O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, ilg‘or xalqaro tajribani amaliyotga samarali joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ilmiy va innovatsion faoliyatini jadallashtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 9-apreldagi PQ-4273-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistik tadqiqotlar markazi negizida belgilangan shtat birliklari soni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin;
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 106-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/106/0182-son)
Institutning samarali faoliyatini ta’minlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 106-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/106/0182-son)
4. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Statistika dasturi doirasida statistika organlari xodimlarining malakasini oshirish va innovatsion statistik tadqiqotlarni tashkil etish uchun institutni saqlab turishga ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/106/0182-son)
Institut tomonidan shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy ishlar, ta’lim va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan va tanlovga asosan shakllantiriladigan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
xalqaro statistika, moliya va boshqa institutlarning grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
5. Davlat statistika qo‘mitasi:
a) ikki oy muddatda:
Institut ustavining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek, belgilangan tartibda uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risidagi nizom, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin;
Institut huzurida xo‘jalik faoliyati hisobiga moliyalashtiriluvchi “O‘zbekiston statistik axborotnomasi” ilmiy-ommabop jurnalini belgilangan tartibda tashkil etsin va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etiladigan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy-amaliy natijalari chop etiladigan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritsin;
Institutni o‘qitishning zamonaviy uslublarini qo‘llash ko‘nikmalariga va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘lgan malakali xodimlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
b) Institut bilan birgalikda uch oy muddatda Institutning quyidagi vazifalarni bajarishni nazarda tutuvchi 2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan statistika tadqiqotlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
makroiqtisodiy statistika ko‘rsatkichlarining, shu jumladan milliy hisoblar, davlat moliyasi, pul-kredit sohasi, to‘lov balansi va mehnat bozori statistikasining o‘zaro muvofiqligi va ilmiy asoslanganligini ta’minlash;
kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining choraklik va yillik ko‘rsatkichlari statistikasi va hisobining to‘liqliligini ta’minlash;
iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha norasmiy bandlikni statistik hisobga olishning to‘liqliligini ta’minlash bo‘yicha uslubiy vositalar ishlab chiqish;
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni aks ettirishda matematik statistika va ekometrika usullarini keng qo‘llashning uslubiy bazasini yaratish;
mamlakatda “raqamli iqtisodiyot”ning joriy holatini o‘rganish va qisqa va uzoq muddatli rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash.
v) quyidagi masalalarda Institut faoliyatini muvofiqlashtirsin:
davlat statistika organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining statistika sohasi bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, statistik tahlil sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha yangi o‘quv dasturlarini ishlab chiqilishi;
ilg‘or statistika usullari va texnologiyalari asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishi va innovatsion ishlanmalarni amalga oshirilishi;
statistika sohasidagi ilg‘or tajribaga ega mahalliy va xorijiy ilmiy hamda ta’lim muassasalari, xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik qilinishi.
6. Davlat statistika qo‘mitasi 2020-2021-yillarda Institut o‘quv binosini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni ta’minlasin.
7. Institut o‘quv binosini kapital ta’mirlash hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat statistika qo‘mitasiga 2020-2021-yillar uchun Davlat statistika ishlari dasturini bajarishga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi belgilansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat statistika qo‘mitasining asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Institut o‘quv binosini kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarga qo‘shimcha mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratsin.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 07/26/103/0226-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 07/26/103/0226-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/106/0182-son)
Oldingi tahrirga qarang.
har yili belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarni shakllantirish doirasida Statistika agentligining buyurtmasi bo‘yicha milliy va xalqaro statistika uslubiyoti hamda amaliyotiga doir ilmiy tadqiqotlar loyihalarining tanlovlarini doimiy ravishda tashkil etilishini ta’minlasin;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 106-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/106/0182-son)
2020-yildan e’tiboran Institut uchun “Ekonometrika va statistika” va “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalarining ajratilishini nazarda tutsin.
11. Institut Toshkent shahri, Mustaqillik shoh ko‘chasi, 42b-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin va unga Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazining asbob-uskunalari, mebellari, kompyuter texnikasi va boshqa mol-mulki o‘tkazib berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi B.A. Begalov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-avgust,
686-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-fevraldagi 106-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2025-y., 09/25/106/0182-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-avgustdagi 686-son qaroriga
2-ILOVA
Institutining samarali faoliyatini ta’minlash hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Moliyalashtirish miqdori va manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti faoliyatini tashkil qilish

1.

Institutning ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, uni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlash.

Ustavni tasdiqlash to‘g‘risida buyruq, Ro‘yxatga olish guvohnomasi

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

2.

Institutning shtat jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Davlat statistika qo‘mitasi
buyrug‘i

2019-yil

1-sentabrgacha

-

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

3.

Institut kafedra va bo‘limlarini malakali professor-o‘qituvchilar, ilmiy va boshqa xodimlar bilan to‘ldirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

kompleksi

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

4.

Institut Ilmiy kengashi tarkibini tasdiqlash, uning tarkibiga Davlat statistika qo‘mitasining rahbar xodimlari, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlari va xodimlarini kiritish.

Davlat statistika qo‘mitasi
va Institut buyruqlari

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

5.

Institutning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlash.

Institut buyrug‘i

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

II. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti moddiy-texnika bazasini shakllantirish va mustahkamlash

6.

2020-2021-yillarda Institutning Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shox ko‘chasi, 42b-uy manzilida joylashgan o‘quv binosini hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish.

Texnik topshiriq loyihasi

2020-2021-yillarda

1050,0 mln. so‘m*

Davlat statistika qo‘mitasiga
davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Institut

7.

Institut moddiy-texnika va o‘quv bazasini mustahkamlash (zarur mebel, inventarlar, zamonaviy o‘quv uskunalari, kompyuter va boshqa texnika jixozlari bilan ta’minlash).

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2020 — 2024-yillarda

315,0 mln. so‘m*

Davlat statistika qo‘mitasi
va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

8.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasining axborot kutubxona fondiga, yetakchi mahalliy va xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga kirishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-oktabrgacha

Davlat statistika qo‘mitasi
va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

O‘zbekiston milliy kutubxonasi,
Davlat statistika qo‘mitasi,
Institut

9.

Institutning rasmiy saytini yangilash va takomillashtirish, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-dekabrgacha

Institutning budjetdan tashqari

mablag‘lari

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

10.

Institutning Axborot-resurs markazini zarur uskunalar va zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-dekabrgacha

Institutning

budjetdan tashqari

mablag‘lari

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

11.

Ikkita yengil avtotransport vositasini (bitta shaxsan biriktirilgan va bitta navbatchi) saqlash uchun limit belgilash va Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan bir dona xizmat avtomashinasini (mavjud bitta avtomashinani hisobga olgan holda) ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-dekabrgacha

-

Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi,

Institut

III. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti o‘quv-uslubiy faoliyatini tashkil etish

12.

Davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha amaldagi o‘quv kurslarini qayta ko‘rib chiqish, qayta ko‘rib chiqilgan o‘quv kurslari bo‘yicha o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Institut Ilmiy kengashi

qarori

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

13.

Quyidagilarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash:

kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari to‘g‘risida nizom;

Institut professor-o‘qituvchilar tarkibi mehnatini me’yorlashtirish tartibi;

qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bilimini baholash tartibi.

Institut

Ilmiy kengashi qarori

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Institut, Davlat statistika qo‘mitasi

14.

Davlat statistika organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturiga kiritilgan o‘quv kurslari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar va o‘quv-metodik materiallarni tayyorlash va nashr qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar

rejasi

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Institut, Davlat statistika qo‘mitasi

15.

Institut faoliyatiga davlat statistika organlari xodimlarini videokonferensaloqa va boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda masofaviy o‘qitish tizimini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2022-yildan boshlab

-

Davlat statistika qo‘mitasi,

Institut, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini ri�ojlantirish vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

16.

Institutning Axborot-resurs markazini zamonaviy o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar (shu jumladan elektron shaklida) bilan jihozlash, shu jumladan, mahalliy va xorijiy iqtisodiy va axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obuna bo‘lishni ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-oktabrgacha,

kelgusida doimiy

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Institut, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston milliy kutubxonasi

IV. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish

17.

Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ilmiy asoslanganligi va muvofiqligi, norasmiy faoliyatni statistik hisobga olishning to‘liqliligi, qashshoqlik darajasini baholash uslubiyotini takomillashtirish, matematik statistika va ekonometrika usullarini keng qo‘llash, “raqamli iqtisodiyot”ning rivojlanishi, mamlakatning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilash va boshqa masalalarni o‘z ichiga olgan statistika sohasining dolzarb muammolari bo‘yicha 2019 — 2021-yillarga mo‘ljallangan institutning statistik tadqiqotlar dasturini (shu jumladan, milliy va xalqaro grantlarni jalb qilish hisobiga) ishlab chiqish va tasdiqlash.

Dasturni tasdiqlash bo‘yicha Institut Ilmiy kengashi qarori

2019-yil

1-noyabrgacha

-

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

18.

Institut huzurida “Ekonometrika va statistika” va “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” ixtisosliklari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha ilmiy kengashni tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil

1-oktabrgacha

-

Oliy attestatsiya komissiyasi,

Davlat statistika qo‘mitasi,

Institut

19.

Institut negizida 2020-yildan boshlab 08.00.06 — “Ekonometrika va statistika” va 08.00.14 — “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalishlari bo‘yicha tayanch doktarantura va fan doktorini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

2020-yildan

e’tiboran

-

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

20.

Har yili belgilangan tartibda ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan ilmiy faoliyatga oid davlat maqsadli dasturlarni shakllantirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining buyurtmasi bo‘yicha milliy va xalqaro statistika uslubiyoti hamda amaliyotiga doir ilmiy tadqiqotlar loyihalarining tanlovlarini doimiy ravishda tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar kompleksi

Har yili, belgilangan muddatda

-

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Davlat statistika qo‘mitasi, Institut

21.

Xo‘jalik faoliyati hisobidan moliyalashtiriladigan “O‘zbekiston statistik axborotnomasi” ilmiy-ommabop jurnalini tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan doktorlik dissertatsiyalarining asosiy ilmiy-amaliy natijalari chop etiladigan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritish.

Jurnalni ro‘yxatga olish guvohnomasi

2019-yil

1-oktabrgacha

Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

Institut, Davlat statistika qo‘mitasi

22.

Institutning yetakchi mahalliy va xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan memorandumlar va o‘zaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, malaka oshirish kurslarini tashkil etish va ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi halqaro hamkorligini kengaytirish.

Hamkorlik bo‘yicha memorandum va kelishuvlar imzolash

Doimiy asosda

Tomonlarning o‘z mablag‘lari

Iinstitut, Davlat statistika qo‘mitasi

Izoh. * Yakuniy qiymati tender natijalari bo‘yicha o‘zgarishi mumkin.

Kompleks chora-tadbirlarda ko‘zlangan umumiy xarajatlar qiymati:

1 365,0 mln.so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga

1050,0 mln.so‘m

Davlat statistika qo‘mitasi va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari

315,0 mln.so‘m

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2019-y., 09/19/686/3579-son; 07.11.2020-y., 09/20/690/1473-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 25.02.2025-y., 09/25/106/0182-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 13.03.2026-y., 07/26/103/0226-son)