1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.01 Maktabgacha ta’lim va tarbiya;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy himoya;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlarini tashkil etish va ularni reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan fuqarolarning ta’lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarining ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarning ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularning ta’lim olishlarini tashkil etishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 51-moddalari.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoni bilan 2024-yil 1-avgustdan boshlab alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) tuzilmasiga o‘tkazilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining:
a) alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yo‘llash bo‘yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya hamda ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarga yo‘llash bo‘yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar negizida Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari huzurida yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarni (keyingi o‘rinlarda — PTPK);
b) alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda qisqa muddatli ta’lim va tarbiya berishga mo‘ljallangan “G‘amxo‘rlik” guruhlarini:
2024-yil 1-fevraldan Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;
2024-yil 1-apreldan Toshkent viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda;
2024-yil 1-avgustdan respublikaning qolgan hududlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlarda tashkil etish;
v) 2024-yil 1-apreldan boshlab nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida bolalar reabilitatsiyasi bo‘limlarini (keyingi o‘rinlarda — Reabilitatsiya bo‘limlari) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
LexUZ sharhi
Qarang.: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlariga muhtojligi PTPK tomonidan aniqlanadi. Bunda:
PTPK xulosasini olish uchun bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — qonuniy vakillar) yashash joyidagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki hududga biriktirilgan ijtimoiy xodimga, 2026-yil 1-iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
bolalarni PTPK ko‘rigidan o‘tkazish uchun hujjatlarni shakllantirishda bolaning tugilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, qonuniy vakillarining biometrik pasporti/identifikatsiyalovchi ID-karta ma’lumotlari hamda bolaning ta’lim olganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmog‘i orqali olinadi;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
b) 2024-yil 1-avgustdan boshlab:
PTPK tomonidan hujjatlar qabul qilingandan so‘ng PTPK ko‘rigi o‘tkazilishidan kamida 3 kun oldin qonuniy vakillarga aloqa vositalari, shu jumladan, “SMS” xabarnoma orqali bolani ko‘rikdan o‘tkazish sanasi, vaqti va joyi ko‘rsatilgan xabar yuboriladi;
PTPK xulosasi asosida PTPK kotibi tomonidan bola uning qonuniy vakillari bilan kelishgan holda, tegishli ta’lim muassasasiga yo‘naltiriladi;
(3-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
v) “G‘amxo‘rlik” guruhlari faoliyati maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, maktab-internatlari hamda sanatoriy turidagi ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarini maqbullashtirish munosabati bilan bo‘shayotgan mablag‘lar hisobidan, 2025-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
Bunda “G‘amxo‘rlik” guruhlari uchun shtat birliklari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;
g) Reabilitatsiya bo‘limlariga bolalar pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarining xulosasi asosida yuboriladi.
Bunda Reabilitatsiya bo‘limlari uchun shtat birliklari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
31. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyunga qadar PTPK xulosasini olish uchun Davlat xizmatlari markazi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaatlar qabul qilish hamda xizmatlar ko‘rsatishning har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
4. Quyidagilar:
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning namunaviy tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
“G‘amxo‘rlik” guruhlari to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarining bolalar reabilitatsiya bo‘limlari uchun zarur jihozlar ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2024-yil 1-avgustga qadar:
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan dasturiy ta’minotni takomillashtirish va o‘zaro integratsiya qilish choralarini ko‘rsin;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda PTPKlar va “G‘amxo‘rlik” guruhlari faoliyatini amalga oshirish uchun zarur jihozlar va inventar bilan ta’minlasin;
Reabilitatsiya bo‘limlarini zarur jihozlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan PTPK a’zolariga har oyda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining bir baravari miqdorida respublika budjeti mablag‘lari hisobidan haq to‘lanadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida PTPKlar faoliyatini raqamlashtirish, bolaning PTPKdan o‘tish to‘g‘risidagi “SMS” xabarnomani yuborish va ushbu qarorning 5-bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi PTPKga jalb qilingan mutaxassislarga ustamalar to‘lash, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlarida tashkil etilayotgan Bolalar reabilitatsiyasi bo‘limlarini saqlash va jihozlash uchun zarur mablag‘larni har yili O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetini shakllantirishda nazarda tutsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 25-yanvar,
46-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qaroriga
1-ILOVA
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risida
1. Ushbu Nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan (keyingi o‘rinlarda — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan) bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, maktab, maktab-internatlarga, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarga yo‘llash bo‘yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning (keyingi o‘rinlarda — PTPK) yo‘nalishi, maqsad va vazifalari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
2. PTPKlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) huzurida tashkil etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-sonli “Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
3. PTPKlar o‘z faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiradi:
bolalarda alohida ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash;
kompleks psixologik-tibbiy-pedagogik tekshiruv o‘tkazish va tekshiruv natijalari bo‘yicha ularni tegishli ta’lim muassasalariga joylashtirish;
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni davlat ta’lim muassasalariga yuborish uchun xulosa berish;
nogironligi bo‘lgan bolalarni ijtimoiy xizmatlarga yuborish uchun xulosa berish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
4. PTPKlar o‘z faoliyatini:
xolislik, shaffoflik, oshkoralik va bamaslahat ishlash tamoyillari asosida;
yuridik shaxs maqomisiz, doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi kollegial organ shaklida olib boradi.
5. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar ta’lim muassasalariga mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema asosida yo‘llanadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
6. 1 yoshdan 18 yoshgacha alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni kompleks psixologik-tibbiy-pedagogik tekshiruvdan o‘tkazish hamda davlat ta’lim muassasalariga, shuningdek, ijtimoiy xizmatlarga yuborish uchun xulosa berish PTPKning asosiy maqsadi hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
bolaning alohida ta’limga hamda ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash uchun ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar (keyingi o‘rinlarda — qonuniy vakillar) ishtirokida ko‘rikdan o‘tkazadi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
bolalar ko‘rikdan o‘tkazishda u bilan bevosita muloqot qiladi va undagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘rganadi;
bolaning rivojlanishidagi jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari haqida yashash joyidagi shifoxona vrachlari tomonidan qo‘yilgan tashxisning ishonchliligini o‘rganadi;
bolaning rivojlanishidagi nuqsonlarni kompleks ravishda tekshirish natijalari asosida uning imkoniyatlarini aniqlaydi;
bolaning alohida ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari asosida uni tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti, qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ixtisoslashtirilgan va inklyuziv guruhlariga, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotiga va umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlariga, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarga, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatiga, Ilk rivojlanish markazlarining “maxsus maktabgacha ta’lim xizmati” modeliga, “Erta aralashuv” xizmatiga, uzoq muddat parvarishga muhtoj bolalarni uy sharoitida qarab turish xizmatiga hamda uy sharoitlarida yakka tartibda ta’lim olishga yuborish uchun xulosa beradi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni davlat ta’lim muassasasidan boshqa muassasaga (boshqa ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga, inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim muassasasiga va umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlariga, sog‘liqni saqlash muassasalariga) o‘tkazish hamda uyda yakka tartibda ta’lim berish tashkil qilinishi yuzasidan xulosa beradi;
(7-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlaydigan pedagog, psixolog, tibbiyot xodimlari hamda qonuniy vakillarga zarur maslahatlar beradi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
8. PTPK uning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi, hududiy boshqarma mas’ul xodimi va PTPK a’zolaridan iborat 12 kishilik tarkibda tuziladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
9. PTPK tarkibi Agentlikning, sog‘liqni saqlash, maktabgacha va maktab ta’limi hududiy boshqarmalari tomonidan har yili 20-mayga qadar qo‘shma qarorga asosan tuziladi va tasdiqlanadi.
10. PTPKga rais — Agentlikning hududiy boshqarma boshlig‘ining nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari PTPK raisining o‘rinbosari etib tayinlanadi.
PTPK tarkibiga oliy psixologik, tibbiy, pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar — pediatr, nevrolog, psixonevrolog, ortoped, oftalmolog, otolaringolog vrachlar, maxsus pedagoglar, psixolog kiritiladi.
Hududiy boshqarma mas’ul xodimi PTPK tekshiruvidan o‘tkaziladigan bolalar va ularning oilalarining ijtimoiy holatini so‘rovnoma asosida baholashdan o‘tkazish uchun mas’ul hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
11. PTPK raisi:
ushbu Nizomga muvofiq PTPK ishini tashkil etadi va uning faoliyatiga rahbarlik qiladi;
PTPK a’zolariga bajarish majburiy bo‘lgan topshiriqlar beradi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
PTPKning ish jadvalini tasdiqlaydi, yig‘ilish o‘tkazishning vaqti va joyini belgilaydi;
PTPK ishini tashkil etishni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi.
12. PTPK raisi quyidagilar uchun javobgar hisoblanadi:
PTPK faoliyatini ushbu Nizomga muvofiq tashkil etish;
vazifalarni bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan va bolalar hamda ularning qonuniy vakillari huquqlari va manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor etmaslik;
tekshiruv o‘tkazishda bolalar hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlash.
13. PTPK yig‘ilishini o‘tkazish davriyligi PTPK raisi tomonidan so‘rovnomalar sonidan kelib chiqib (agar arizalar soni kamida 70 ta bo‘lsa), lekin har oyda kamida bir marta yig‘ilish o‘tkazilishini hisobga olgan holda tasdiqlanadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
PTPK barcha a’zolari yig‘ilishda ishtirok etishlari shart. Tasdiqlangan ro‘yxatda ko‘rsatilgan mutaxassis bo‘lmagan taqdirda, ushbu sohadagi boshqa mutaxassis hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ishonchnoma asosida yuboriladi. Bu haqda komissiya raisi va kotibi oldindan xabardor qilinadi.
PTPK kotibi PTPK a’zolarini va bolaning qonuniy vakillarini PTPK ko‘rigi o‘tkazilishidan kamida uch kun oldin xabardor qiladi.
PTPK sayyor yig‘ilishlar o‘tkazishga haqli.
14. PTPK yig‘ilishida PTPK a’zolarining xulosalari asosida qaror qabul qilinadi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma PTPKning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi.
PTPK a’zolari yig‘ilishlarida ko‘rib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda o‘z vakolatlarini boshqa shaxslarga yuklatish huquqisiz ishtirok etadi.
15. Bolani ta’lim muassasalariga yuborish bo‘yicha xulosa qabul qilingan taqdirda, unda ushbu muassasalarda bola bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya va davolash-tuzatish ishlari bo‘yicha tavsiyalar ham ko‘rsatilishi mumkin.
16. Tekshiruv natijalari, shuningdek, PTPKda bolalarni tekshirish bilan bog‘liq ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi. Bolalarning qonuniy vakillari roziligisiz ushbu ma’lumotlarning boshqa shaxslarga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
17. Bolalarni tekshirish, ularning qonuniy vakillariga PTPK mutaxassislari tomonidan maslahat berish bepul amalga oshiriladi.
18. PTPK kotibi bolani tekshirish bayonnomasining asl nusxasini saqlanishini ta’minlaydi.
19. PTPK faoliyatini amalga oshirish uchun Agentlikning hududiy boshqarmalari tomonidan zarur jihozlar va inventar bilan jihozlangan xona ajratiladi.
4-bob. So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish va PTPKning xulosasini berish tartibi
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
1-§. So‘rovnomalarni ko‘rib chiqish va PTPKga yuborish
(1-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
20. PTPK xulosasini olish uchun qonuniy vakillar yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki hududga biriktirilgan ijtimoiy xodimga, 2026-yil 1-iyundan boshlab Davlat xizmatlari markazi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
201. Qonuniy vakil PTPK tekshiruvidan o‘tish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, hududga biriktirilgan ijtimoiy xodim yoki Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoxud xizmatdan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
So‘rovnoma YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda so‘rovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, kalendar bo‘yicha navbatdagi ish kuni vakolatli organga tushgan va ular tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
Qonuniy vakil o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimi, hududga biriktirilgan ijtimoiy xodim yoki Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, qonuniy vakil mustaqil ravishda ushbu Nizomga 1a-ilovaga muvofiq so‘rovnomani elektron shaklda to‘ldiradi.
202. So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar PDF, PNG yoki JPEG formatda ilova qilinadi:
a) bolaning o‘qish joyidan ta’lim muddati, o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va xulq-atvori, bolaga yakka tartibda ko‘mak berish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarning batafsil tahlili aks ettirilgan ma’lumotnoma va tavsifnoma (ta’lim muassasalarida o‘qigan bolalar uchun);
b) davolash-profilaktika muassasasining bosh vrachi tomonidan imzolangan bolaning rivojlanishi tarixidan batafsil ko‘chirma, quyidagi mutaxassislarning xulosalari bilan birga:
bolaning umumiy rivojlanish holati to‘g‘risidagi pediatr xulosasi;
psixonevrologik markazning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan psixonevrolog xulosasi (faqat nutqiy, ruhiy va aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun);
otolaringologning xulosasi (faqat eshitishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun) hamda quloq, tomoq, burun va talaffuz artikulyatsiyasida ishtirok etuvchi organlarning holatiga tavsifi, nutq va shivirlab aytilgan gapni qabul qilish haqidagi ma’lumotlar, audiogramma ma’lumotlari;
oftalmologning xulosasi (faqat ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun) hamda tashxisning keng izohi bilan ko‘rish organlarining tavsifi;
ortoped-travmatologning xulosasi (faqat tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun) hamda tashxisning keng izohi bilan rentgenologik tadqiqot ma’lumotlari;
defektolog-logopedning xulosasi (faqat nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun) hamda til tizimining har bir komponenti shakllanish darajasi ko‘rsatilgan holda nutq rivoji tavsifi;
v) bolalarni nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlariga joylashtirishga oid so‘rovnomaga mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda mazkur Nizomning 1b-ilovasida ko‘rsatilgan hujjatlar.
Qonuniy vakildan so‘rovnomada ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni hamda boshqa hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
203. So‘rovnomaga zarur ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng qonuniy vakil ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobile-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Qonuniy vakil YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
204. PTPK tekshiruvini o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi.
205. Qonuniy vakil PTPK tekshiruvini o‘tkazishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Qonuniy vakil PTPK tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortgan taqdirda, uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi.
(201 — 205-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
22. So‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab har bir bola bo‘yicha shakllantirilgan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi avtomatik ravishda PTPKga ko‘rib chiqish uchun yo‘naltiriladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
23. Mazkur Nizomning 202-bandida ko‘rsatilgan hujjatlari shakllantirilgan bola PTPKning navbatdagi yig‘ilishida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
24. PTPK kotibi shakllantirilgan shaxsiy hujjatlar yig‘majildi asosida har bir bolani PTPKning navbatdagi yig‘ilishiga kiritadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
25. Tekshiruvga olib kelingan bolalar PTPK tomonidan ularning individual xususiyatlari, yoshi, jinsi, jismoniy va ruhiy holatini hisobga olgan holda kompleks tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
26. Bolaning tibbiy kartasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida bolalar PTPKning har bir mutaxassisi tomonidan yakka tartibda yoki bir nechta mutaxassislar tomonidan bir vaqtda tekshiruvdan o‘tkaziladi.
27. PTPK tomonidan mazkur Nizomning 202-bandida ko‘rsatilmagan hujjatlar va ma’lumotlarni talab etish taqiqlanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
28. PTPK a’zolari tomonidan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish, ular bilan bevosita muloqot qilish va ulardagi nuqsonlarni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘rganish natijasida ularning alohida ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari asosida tegishli ta’lim muassasalariga yuborish yoki yuborishni rad etish yuzasidan xulosa beriladi.
PTPK tomonidan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish natijasida ularni ta’lim muassasasiga yuborishni rad etish yuzasidan xulosa berilgan taqdirda, ushbu xulosa uch ish kunida qonuniy vakillarga taqdim etiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/818/1209-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
29. PTPKning tegishli ta’lim muassasalariga yuborish to‘g‘risidagi xulosasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/818/1209-son)
bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi ma’lumotlari;
bola qonuniy vakillarining pasportiga oid ma’lumotlar;
bolaning ta’lim muassasalarida bo‘lish muddati (o‘quv yili ko‘rsatiladi);
(29-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/818/1209-son)
bola inklyuziv ta’lim sinfi, boshlang‘ich tayanch korreksion sinfga yo‘naltirilganda, maxsus pedagog yoki yordamchi xodim (assistent) shtatini ajratish zarurligi;
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
bola umumta’lim muassasasiga yo‘naltirilganda, maxsus pedagog yoxud yordamchi xodim (assistent-o‘qituvchi) shtatini ajratish zaruriyati;
inklyuziv ta’lim sinfiga tavsiya etilgan bola uchun uning qonuniy vakili tomonidan ta’minlanadigan yordamchi jihozlar ro‘yxati.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-sonli qaroriga asosan to‘qqizinchi va o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/818/1209-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
30. 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga xulosa bolaning rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonining og‘irlik darajasiga qarab 6 oy yoki 1 yil muddatga beriladi.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Agarda bola joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lsa yoki PTPK xulosasining amal qilish muddati joriy o‘quv yili davomida tugasa, uning tashkilotda qolish muddati joriy o‘quv yilining 1-avgustiga qadar amal qiladi.
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Bolani ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarga yoki inklyuziv ta’lim tashkil etilgan umumta’lim muassasalarga yuborish bo‘yicha xulosada bolaning maxsus ta’limga bo‘lgan ehtiyojlaridan kelib chiqib, ushbu muassasalarda bo‘lish muddatlari ko‘rsatiladi. Bunda, mazkur muddat 3 o‘quv yilidan oshmasligi kerak.
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
Bu muddat davomida bola ta’lim muassasasining pedagogik kengashi yoki psixologik-tibbiy-pedagogik kengashi tavsiyasi bo‘yicha PTPK tomonidan qayta tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin.
Xulosada ko‘rsatilgan bolaning ta’lim muassasasida bo‘lish muddati tugaganidan keyin ushbu tashkilotda uning bo‘lish muddatini uzaytirish yoki uni umumiy turdagi ta’lim muassasasiga (guruh/sinf) o‘tkazish masalasi PTPK tomonidan mazkur Nizomda belgilangan tartibda qaytadan tekshiruvdan o‘tkazish natijasida belgilanadi. Bunda PTPK xulosasining amal qilish muddati joriy o‘quv yili davomida tugasa, bolaning ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlar, umumta’lim muassasalarining korreksion yoki inklyuziv sinfda qolish muddati joriy o‘quv yili yakuniga qadar amal qiladi.
(30-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
31. PTPKning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuborish to‘g‘risidagi xulosasi ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
(31-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
ko‘rishida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
eshitishda og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga — 2 yoshdan 7 yoshgacha;
nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
ruhiy rivojlanishda kechikayotgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
(31-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
aqliy rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalarga — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
tug‘ma va irsiy kasalliklar (Daun sindromi, Shereshev-Terner sindromi, Klaynfelter sindromi, spinal amiotrofiyalar, Kornellii-de Lange sindromi, Vilyams sindromi, Pradera-Villi sindromi, Nunan sindromi) tufayli rivojlanishda nuqsonlari bo‘lgan bolalarga — 2 yoshdan 7 yoshgacha.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
32. Quyidagi nuqsonlari mavjud bo‘lgan bolalarga davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining to‘liq kunlik guruhlariga yuborishni rad etish to‘g‘risidagi xulosa beriladi:
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
og‘ir va chuqur darajadagi aqli zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
33. PTPKning ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarga yoki inklyuziv ta’lim tashkil etilgan umumta’lim muassasalarga yuborish to‘g‘risidagi xulosasi ushbu Nizomga 3-ilovada ko‘rsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
(33-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.08.00.00 Ijtimoiy xizmat ko‘rsatish / 06.08.04.00 Reabilitatsiya (ijtimoiy, tibbiy, mehnat va h.k.);
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
34. Quyidagi nuqsonlari mavjud bo‘lgan bolalarga maktab, maktab-internatlar sinflariga yuborishni rad etish to‘g‘risidagi xulosa beriladi:
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 818-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/818/1209-son)
og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari;
asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi.
35. PTPKning ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan qisqa muddatli ta’lim va tarbiya berishga mo‘ljallangan “G‘amxo‘rlik” guruhlariga yuborish to‘g‘risidagi xulosasi ushbu Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 4-5 darajadagi Bolalar serebral falaji (G80) bo‘lgan bolalarda yengil va mo‘tadil darajadagi aqliy zaiflik — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlari kuzatiladigan ruhiy yoki aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar bo‘lgan bolalar — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
ko‘r-kar-soqovlik — 3 yoshdan 7 yoshgacha.
PTPKning ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarida tashkil etilgan qisqa muddatli ta’lim va tarbiya berishga mo‘ljallangan “G‘amxo‘rlik” guruhlariga yuborish to‘g‘risidagi xulosasi ushbu Nizomga 3-ilovada ko‘rsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar bo‘lgan quyidagi yosh toifalaridagi bolalarga beriladi:
og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik — 6 yoshdan 16 yoshgacha;
GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 4-5 darajadagi Bolalar serebral falaji (G80) bo‘lgan bolalarda yengil va mo‘tadil darajadagi aqliy zaiflik — 6 yoshdan 16 yoshgacha;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari — 6 yoshdan 16 yoshgacha;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlari kuzatiladigan aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar bo‘lgan bolalar — 6 yoshdan 16 yoshgacha;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari — 6 yoshdan 16 yoshgacha;
ko‘r-kar-soqovlik — 6 yoshdan 16 yoshgacha.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
351. PTPKning bolalarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmatiga yuborish to‘g‘risidagi xulosasi ushbu Nizomga 3a-ilovada ko‘rsatilgan tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha beriladi.
352. PTPKning bolalarni nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlariga joylashtirish to‘g‘risidagi xulosasi nogironligi bo‘lgan bolalarda quyidagi tashxislardan biri bo‘lganida qabul qilinadi:
mo‘tadil darajadagi aqliy zaiflik (F71);
og‘ir darajadagi aqliy zaiflik (F72);
chuqur darajadagi aqliy zaiflik (F73).
353. Bolalarni nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlariga joylashtirishga quyidagilar qarshi ko‘rsatmalar hisoblanadi:
tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq xurujlari sodir bo‘ladigan epilepsiya, seriyali tutqanoq xurujlariga, epileptik statusga, namozshomsimon ong xiralashish holatlariga, disforiyalarga moyillik;
bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va xulqiy buzilishlar sabab bo‘ladigan ruhiy kasalliklar;
ular bilan kasallanganda bolani umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qitish mumkin bo‘lgan har qanday ruhiy kasalliklar;
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
o‘tkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari.
354. PTPKning uch yoshgacha bo‘lgan bolalarni “Erta aralashuv” xizmatiga yuborish to‘g‘risidagi xulosasi ushbu Nizomga 4-ilovada ko‘rsatilgan tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha beriladi.
355. PTPKning uzoq muddat parvarishga muhtoj bolalarni uy sharoitida qarab turish xizmatiga yuborish to‘g‘risidagi xulosasi ushbu Nizomga 5-ilovada ko‘rsatilgan tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha beriladi.
(351 — 355-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
36. PTPKning bayonnomalari va xulosasi tekshiruv o‘tkazilgan kun rasmiylashtiriladi hamda uning a’zolari tomonidan imzolanadi.
37. PTPKning xulosasi asosida PTPK kotibi tomonidan:
a) bola uning qonuniy vakillari bilan kelishgan holda bir ish kunida tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti, qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti, inklyuziv ta’lim guruhlari tashkil etilgan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktab, maktab-internat yoki inklyuziv ta’lim tashkil etilgan umumta’lim muassasasiga yo‘naltiriladi hamda bu to‘g‘risida aloqa vositalari, shu jumladan, “SMS” xabarnoma, elektron pochta hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qonuniy vakillar xabardor qilinadi;
b) nogironligi bo‘lgan bolalarni nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlariga joylashtirish yoki uy sharoitida qarab turish xizmatiga yo‘naltirishga qaratilgan IPTKning xulosasi rasmiylashtirilganda mazkur xulosa bir ish kuni ichida YAMIH AT orqali nogironligi bo‘lgan bolaning yashash manzilidagi “Inson” markaziga yuboriladi hamda bu to‘g‘risida aloqa vositalari, shu jumladan, “SMS” xabarnoma, elektron pochta hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qonuniy vakillar xabardor qilinadi.
Qonuniy vakillar xabarni olgandan so‘ng, bola bilan birgalikda tegishli ta’lim muassasasiga yoki nogironligi bo‘lgan bolalar uchun “G‘amxo‘rlik” markazlariga o‘n besh ish kuni ichida kelishi shart.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
371. Qonuniy vakillar o‘z xohishiga ko‘ra o‘quv yili davomida yoki u tugaganidan so‘ng bolani bir inklyuziv ta’lim tashkil etilgan umumta’lim muassasasidan boshqa shu turdagi umumta’lim muassasasiga o‘tkazish huquqiga ega.
Qonuniy vakillar bolani bir inklyuziv ta’lim tashkil etilgan umumta’lim muassasasidan boshqa shu turdagi umumta’lim muassasasiga o‘tkazish uchun uning sabablarini ko‘rsatgan holda ushbu Nizomda belgilangan tartibda murojaat qiladi. Bunda so‘rovnomaga ilovalar talab etilmaydi.
So‘rovnoma ilgari xulosa berilgan PTPK raisi tomonidan ikki ish kunida ko‘rib chiqilib, xulosaga tegishli o‘zgartirish kiritiladi va ushbu xulosa o‘qishni davom ettirish uchun tanlangan umumta’lim muassasasiga yo‘naltiriladi hamda bu to‘g‘risida “SMS” xabarnoma yuborish orqali qonuniy vakillar xabardor qilinadi.
(371-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
38. PTPK faoliyati ustidan nazorat Agentlik, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy inspeksiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni ta’lim muassasalariga yo‘llash
SXEMASI
Bosqichlar
Mas’ullar
Tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini olish uchun yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki hududga biriktirilgan ijtimoiy xodimga, Davlat xizmatlari markazi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi.
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
1. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari,
Davlat xizmatlari markazi
1. So‘rovnomani to‘ldirib, uni Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga yo‘naltiradi.
Avtomatik ravishda
2. YIDXP
2. Elektron to‘ldirilgan so‘rovnoma Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga yuboriladi.
3-bosqich
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya kotibi
1. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini olish uchun nomzod bola to‘g‘risidagi hujjatlarni Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga kiritish.
1. Hujjatlar taqdim etilgan kuni
2. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning yig‘ilishi vaqti, sanasi va joyi to‘g‘risida bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni xabardor qilish.
2. PTPK yig‘ilishi o‘tkaziladigan sana haqida kamida uch kun oldin
4-bosqich
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya
1. Bolani uning individual xususiyatlari, yoshi, jinsi, jismoniy va ruhiy holatini hisobga olgan holda kompleks tekshiruvdan o‘tkazish.
1. 1 kun ichida
2. Tekshiruv natijasida bolaning alohida ta’limga bo‘lgan ehtiyojlari asosida tegishli ta’lim muassasalariga yuborish yoki yuborishni rad etish yuzasidan xulosa beriladi.
2. Tekshirish davomida
3. PTPK tomonidan bolalarni ko‘rikdan o‘tkazish natijasida ularni ta’lim muassasasiga yuborishni rad etish yuzasidan xulosa berilgan taqdirda, ushbu xulosa uch ish kunida qonuniy vakillarga taqdim etiladi.
3. Uch ish kuni ichida
5-bosqich
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya kotibi
PTPKning xulosasi asosida bolani uning qonuniy vakillari bilan kelishgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti, qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti, inklyuziv ta’lim guruhlari tashkil etilgan umumiy turdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, maktab, maktab-internat yoki inklyuziv ta’lim tashkil etilgan umumta’lim muassasasiga yo‘naltiriladi va bu to‘g‘risida aloqa vositalari, shu jumladan, “SMS” xabarnoma, elektron pochta hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bolaning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni xabardor qilish.
Bir ish kuni ichida
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga 1a-ILOVA
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tekshiruvidan o‘tish uchun
SO‘ROVNOMA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs to‘g‘risida ma’lumot*:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
5. Biometrik pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) seriyasi va raqami:
II. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bola to‘g‘risida ma’lumot:
1. Familiyasi:
2. Ismi:
3. Otasining ismi:
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):
5. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma seriyasi va raqami:
6. Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma raqami va sanasi:
7. Ariza beruvchining qonuniy vakilligini asoslovchi ma’lumot:
8. Ta’lim tashkiloti:
* Tutingan (foster) oila yoki ixtisoslashtirilgan tarbiya va ijtimoiy himoya muassasalarida tarbiyalanayotgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar manfaatida to‘ldiriladigan so‘rovnomada “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining mas’ul xodimi ma’lumotlari ko‘rsatiladi.
** Pasport (identifikatsiya ID-karta) va tug‘ilganlik haqidagi ma’lumotlar hamda nogironlik to‘g‘risida ma’lumotlar mustaqil ravishda “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga 1b-ILOVA
“G‘amxo‘rlik” markazlariga joylashtirish uchun talab etiladigan nogironligi bo‘lgan bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar
RO‘YXATI*
1. Tibbiy muassasadagi bemorning tibbiy kartasidan ko‘chirma (ambulator/statsionar) 027-shakl.
2. Kasallik tarixidan ko‘chirma (Ruhiy-asab kasalliklari shifoxonalarida davolanayotgan shaxslar uchun.
3. Qonning umumiy tahlili.
4. Siydik umumiy tahlili.
5. Qonning RW (Vasserman reaksiyasi) tahlili.
6. “V” va “S” gepatitlarning (NVsAg, NCV) markerlarini aniqlovchi qon tahlili.
7. Qonning OIV bilan zararlanishi to‘g‘risida tahlili (OITSga qarshi kurash markazidan).
8. Ko‘krak qafasi a’zolarining flyuorografiyasi (tekshiriluvchining familiyasi, ismi sharifi hamda tekshiruvning tartib raqami va o‘tkazilgan sana ko‘rsatiladi).
9. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallari Tibbiy-maslahat komissiyasi xulosasi.
1. Ushbu ro‘yxatda ko‘rsatilgan hujjatlarning amal qilish muddati 3 oyni, ko‘krak qafasi a’zolarining flyuorografiyasi 6 oyni tashkil etadi.
2. Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun quyidagi hujjatlar qo‘shimcha ravishda talab qilinadi:
homiylik yoki vasiylikni belgilash to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
ota-onasining vafot etganligi to‘g‘risidagi ma’lumot, ota-onasining uzoq davom etgan kasalligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va ota-onasining yo‘qligini yoki ularning o‘z farzandlarini tarbiyalashga imkoniyat yo‘qligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
ota-onasidan qolgan mol-mulkining (agar bor bo‘lsa) ro‘yxati, mol-mulkning joylashgan manzili (uy-joyning kadastr hujjatlari), uni saqlash uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar va uning saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
alimentlar to‘lashga oid ma’lumotlar (agar bor bo‘lsa);
tijorat banklarida bolalarning nomiga ochiladigan omonat hisobvarag‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar bor bo‘lsa).
3. Quyidagi ma’lumot va hujjatlar ““Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidan “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasi orqali olinadi:
nogironligi bo‘lgan bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi (16 yoshdan katta bolalar uchun biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta) to‘g‘risidagi ma’lumot;
qonuniy vakilning shaxsini tasdiqlovchi hujjat to‘g‘risidagi ma’lumot;
pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumot;
ruhiy kasalliklar bo‘yicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligini tasdiqlovchi hujjat;
nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Mazkur bandda nazarda tutilgan ma’lumotlarni “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasidan olish imkoni bo‘lmaganda, tegishli hujjatlar qonuniy vakildan talab qilib olinishi mumkin.
(1b-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
e) Bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
G80
j) Boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari tug‘ma va irsiy kasalliklar (Daun sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, Klaynfelter sindromi, Kornellii-de Lange sindromi, Vilyams sindromi, Pradera-Villi sindromi, Nunan sindromi)
Q90
Q96
Q98
Q87.1
z) Serebrovaskulyar kasalliklarining oqibatlari+Bo‘shashgan paraplegiya yoki Spastik paraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
I69.2+ G82.0/ G82.1
i) Spinal mushak atrofiyasi va unga yaqin sindromlar (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
G12
k) Mushaklarning birlamchi shikastlanishlari (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
G71
l) Paraplegiya va tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
G82
Gemiplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
G81
m) Spina bifida (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
Q05
n) Osteomiyelit asoratlari (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar)
M86
o) Ortopediyadagi suyak skeletining tizim kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya)
Q77.4
p) Boldir va tovonning tug‘ma yo‘qligi
Q72.2
r) Tovon va tovon panjalarining tug‘ma yo‘qligi
Q72.3
s) Qo‘l panja va barmoq(larning) tug‘ma yo‘qligi
Q71.3
t) Bilak va qo‘l panjalarning tug‘ma yo‘qligi
Q71.2
u) Tovonning borligi holda son va boldir tug‘ma yo‘qligi
Q72.1
f) Qo‘l panjalarning borligi holda yelka va bilak suyaklari (ning) tug‘ma yo‘qligi
Q71.1
x) Aniqlanmagan oyoq-qo‘l(lar) tug‘ma anomaliyalari (tug‘ma rivojlanish anomaliyasi oqibatida amputatsion cho‘ltoqlik (tayanch-harakat funksional yetishmovchiligiga olib keladigan).
Q74.9
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
e) Bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
G80
j) Boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari tug‘ma va irsiy kasalliklar (Daun sindromi, Shereshevskiy-Terner sindromi, Klaynfelter sindromi, Kornellii-de Lange sindromi, Vilyams sindromi, Pradera-Villi sindromi, Nunan sindromi)
Q90
Q96
Q98
Q87.1
z) Serebrovaskulyar kasalliklarining oqibatlari + (Bo‘shashgan paraplegiya yoki Spastik paraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
I69.2+ G82.0 G82.1
i) Osteomiyelit asoratlari (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar)
M86
k) Spinal mushak atrofiyasi va unga yaqin sindromlar (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
G12
l) Mushaklarning birlamchi shikastlanishlari (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
G71
m) Paraplegiya va tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
G82
n) Gemiplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
G81
o) Spina bifida (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 3 yoki 4 daraja)
Q05
p) Ortopediyadagi suyak skeletining tizim kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya);
Q77.4
r) Aniqlanmagan oyoq-qo‘l(lar) tug‘ma anomaliyalari (tug‘ma rivojlanish anomaliyasi oqibatida amputatsion cho‘ltoqlik (tayanch-harakat funksional yetishmovchiligiga olib keladigan)
Q74.9
s) Boldir va tovonning tug‘ma yo‘qligi
Q72.2
t) Tovon va tovon panjalarining tug‘ma yo‘qligi
Q72.3
u) Qo‘l panja va barmoq(larning) tug‘ma yo‘qligi
Q71.3
f) Bilak va qo‘l panjalarning tug‘ma yo‘qligi
Q71.2
x) Tovonning borligi holda son va boldir tug‘ma yo‘qligi
Q72.1
s) Qo‘l panjalarning borligi holda yelka va bilak suyaklari (ning) tug‘ma yo‘qligi
Q 71.1
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga 3a-ILOVA
Kunduzgi parvarish xizmatiga psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar
RO‘YXATI
T/r
Kasallik nomi
Xalqaro Kasalliklar Tasnifi
(XKT-10)
1.
Bolalar serebral falaji (BSF) (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 4 yoki 5 daraja) + yengil darajadagi aqliy zaiflik
G80+F70
2.
Serebrovaskulyar kasalliklarining oqibatlar+ Spastik tetraplegiya yoki Bo‘shashgan tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 4-5 yoki 5-daraja) + yengil darajadagi aqliy zaiflik
I69.2+G82.3 /G 82.4+F70
3.
Tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 4-5 yoki 5 daraja) + yengil darajadagi aqliy zaiflik
G 82+ F70
4.
Mo‘tadil aqliy zaiflik
F71
5.
Og‘ir darajadagi aqliy zaiflik
F72
6.
Chuqur aqliy zaiflik
F73
7.
Ko‘r-kar-soqovlik
N90.3+N54.0
8
Nim o‘tkir sklerozlovchi panensefalit
(O‘tkir osti sklerozlashgan panensefalit)
A81.1
(3a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Gemiplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 2 yoki 3 yoki 4 yoki 5 daraja)
G81
35.
Boshqa notravmatik kalla suyagi ichi qon quyilishi oqibatida paraplegiya va tetraplegiya (GMFCS klassifikatsiyasiga ko‘ra 2 yoki 3 yoki 4 yoki 5 daraja)
I69.2+G82-G82.4
36.
Boldir va tovonning tug‘ma yo‘qligi
Tovonning borligi holda son va boldir (suyaklari)ning tug‘ma yo‘qligi
Q72.2
Q72.1
37.
Tovon va tovon panjalarining tug‘ma yo‘qligi
Q72.3
38.
Qo‘l panja va barmoq(larning) tug‘ma yo‘qligi
Q71.3
39.
Bilak va qo‘l panjalarning tug‘ma yo‘qligi
Q71.2
40.
Tovonning borligi holda son va boldir tug‘ma yo‘qligi
Q72.1
41.
Oyoqlar(ning) tug‘ma to‘liq yo‘qligi
Q72.0
42.
Qo‘l (qo‘llar)ning tug‘ma to‘liq yo‘qligi
Q71.0
43.
Qo‘l panjalarning borligi holda yelka va bilak suyaklari (ning) tug‘ma yo‘qligi
Q 71.1
VII. Psixologik rivojlanishning buzilishlari: (2-3 yoshgacha)
44.
Autizmga xavf
F84.0
Psixonevrolog xulosasi
45.
Psixologik rivojlanishning aralash spetsifik buzilishlariga xavf
F83
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarma boshlig‘ining nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisi
2.
Lavozimi bo‘yicha
—
Hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari, komissiya raisining o‘rinbosari
3.
Lavozimi bo‘yicha
—
pediatr
4.
Lavozimi bo‘yicha
—
nevrolog
5.
Lavozimi bo‘yicha
—
psixonevrolog
6.
Lavozimi bo‘yicha
—
ortoped-travmatolog
7.
Lavozimi bo‘yicha
—
oftalmolog
8.
Lavozimi bo‘yicha
—
otolaringolog
9.
Lavozimi bo‘yicha
—
maxsus pedagog
10.
Lavozimi bo‘yicha
—
psixolog
101.
Lavozimi bo‘yicha
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmasining tegishli sohaviy tarkibiy bo‘linmasi mas’ul xodimi
11.
Lavozimi bo‘yicha
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hududiy boshqarmasining tegishli sohaviy tarkibiy bo‘linmasi mas’ul xodimi, komissiya kotibi
( 2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
Izoh. Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tarkibiga tegishli soha vakillari va mutaxassislar jalb etilishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qaroriga 3-ILOVA
“G‘amxo‘rlik” guruhlari to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
1. Ushbu Nizom davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, davlat ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari) “G‘amxo‘rlik” guruhlarning (keyingi o‘rinlarda — “G‘amxo‘rlik” guruhi) maqsadlari, vazifalari va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. “G‘amxo‘rlik” guruhi faoliyati mazkur Nizom va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ustavi, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
3. “G‘amxo‘rlik” guruhi faoliyati jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan, biroq sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti, qo‘shma turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ixtisoslashtirilgan va inklyuziv guruhlariga, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga, inklyuziv sharoitda ta’lim olishi uchun umumta’lim tashkilotiga, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarda ta’lim olishga ruxsat etilmagan bolalarga (keyingi o‘rinlarda — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar) qisqa muddatli ta’lim va tarbiya berish hamda parvarishlash maqsadida tashkil etiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
4. Quyidagi nuqsonlari mavjud 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ixtisoslashtirilgan ko‘p tarmoqli maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “G‘amxo‘rlik” guruhlariga qabul qilinadi:
og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlari kuzatiladigan ruhiy yoki aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar bo‘lgan bolalar;
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari;
ko‘r-kar-soqovlik.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
5. Quyidagi nuqsonlari mavjud 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarida tashkil etilgan “G‘amxo‘rlik” guruhlariga qabul qilinadi:
og‘ir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlari kuzatiladigan aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar bo‘lgan bolalar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning og‘ir shakllari;
6. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “G‘amxo‘rlik” guruhida bolalarga ta’lim va tarbiya berish hamda parvarishlash bepul amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
2-bob. “G‘amxo‘rlik” guruhining maqsadlari va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
7. “G‘amxo‘rlik” guruhining maqsadlari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga qabul qilinmaydigan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni parvarishlash, ta’lim-tarbiya berish hamda ularni jamiyatga moslashishiga ko‘maklashishdan iborat.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
8. “G‘amxo‘rlik” guruhining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini ta’minlash, bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
bolaning yoshi, imkoniyatlari, qobiliyati va ehtiyojlariga qarab kamol topishida ko‘maklashish;
bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va jamiyatga moslashishida oilaga yordam berish;
bolalarga o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish;
ota-onalar uchun “ijtimoiy hordiq” imkoniyatini yaratish.
3-bob. “G‘amxo‘rlik” guruhini tashkil etish, guruhga qabul qilish va undan chiqarish tartibi
1-§. “G‘amxo‘rlik” guruhini tashkil etish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.04.00 Milliy xavfsizlik kengashi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi bo‘linmalar hamda kengash va maslahat organlar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy boshqarmalar) tegishli hududdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalaridagi bo‘sh o‘rinlarni va “G‘amxo‘rlik” guruhlariga ehtiyojni inobatga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga buyurtma yuboradi.
“G‘amxo‘rlik” guruhi hududiy boshqarmaning buyurtmasiga ko‘ra ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi direktorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.
10. “G‘amxo‘rlik” guruhlari ehtiyojni inobatga olgan holda ikkita smenada tashkil etishga yo‘l qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
11. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida “G‘amxo‘rlik” guruhlari:
davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun;
davlat ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlarda 6 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun faoliyat ko‘rsatadi.
12. Har bir “G‘amxo‘rlik” guruhiga 6 — 8 nafar bola qabul qilinadi. “G‘amxo‘rlik” guruhi teng yoki turli yoshdagi bolalardan iborat bo‘ladi.
2-§. “G‘amxo‘rlik” guruhiga qabul qilish tartibi
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
13. Bolalar “G‘amxo‘rlik” guruhiga ularning qonuniy vakillarining (ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) arizasi hamda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning (keyingi o‘rinlarda — PTPK) xulosasi asosida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan qabul qilinadi.
Buyruqni rasmiylashtirish bilan bir vaqtda ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarni tartibga solish maqsadida Agentlik hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy shaklda shartnoma tuziladi.
Qonuniy vakillar arizani bevosita tegishli hududiy boshqarmaga yoki yashash joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga taqdim etadi.
“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari kelib tushgan arizani bir ish kuni ichida tegishli hududiy boshqarmaga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
14. Hududiy boshqarmalar ariza kelib tushgandan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida bolani “G‘amxo‘rlik” guruhi uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritadi.
“G‘amxo‘rlik” guruhini tashkil etish uchun yetarlicha arizalar kelib tushganidan so‘ng, hududiy boshqarmalar tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga guruh tashkil etish bo‘yicha buyurtma kiritadi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
15. “G‘amxo‘rlik” guruhi tashkil etilganidan so‘ng, tegishli hududiy boshqarma bir ish kuni ichida qonuniy vakillarni guruh tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi to‘g‘risida xabardor qiladi.
“G‘amxo‘rlik” guruhida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida xabar olgandan so‘ng, bolaning qonuniy vakili tegishli ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasiga o‘n besh ish kuni ichida kelishi shart.
3-§. “G‘amxo‘rlik” guruhidan chiqarish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
16. Bolalar “G‘amxo‘rlik” guruhidan quyidagilar asosida chiqariladi:
qonuniy vakilning arizasi;
sog‘liqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy ko‘rsatmalari;
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tibbiy-psixologik-pedagogik yoki pedagogik kengashining xulosasi;
ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillarning o‘rtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi;
PTPKning xulosasida ko‘rsatilgan bolaning ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasada bo‘lish muddatining tugashi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
17. Bolalarni “G‘amxo‘rlik” guruhidan chiqarish ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Bola “G‘amxo‘rlik” guruhidan chiqarilgach, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi rahbari hududiy boshqarmani xabardor qiladi.
4-bob. “G‘amxo‘rlik” guruhida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
18. “G‘amxo‘rlik” guruhidagi ta’lim-tarbiya jarayonining mazmuni davlat ta’lim standartlari, dasturlari va talablari asosida ishlab chiqiladigan variativ maxsus dasturga muvofiq tegishli hududiy boshqarma bilan kelishgan holda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi.
19. “G‘amxo‘rlik” guruhida dars mashg‘ulotlarining davomiyligi sanitariya normalari va qoidalariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
20. “G‘amxo‘rlik” guruhida o‘qitish davomiyligi va muddati har bir bolaga uning sog‘lig‘ining holati hamda PTPK xulosasi asosida ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi ta’lim-reabilitatsiya dasturiga muvofiq belgilanadi.
5-bob. “G‘amxo‘rlik” guruhini moliyalashtirish
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
21. “G‘amxo‘rlik” guruhlar faoliyati ayrim ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarini maqbullashtirish munosabati bilan bo‘shayotgan mablag‘lar hisobidan, 2025-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
“G‘amxo‘rlik” guruhi faoliyati jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
6-bob. Yakunlovchi qoida
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qaroriga
4-ILOVA
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarining bolalar reabilitatsiya bo‘limlari uchun zarur jihozlar
RO‘YXATI
T/r
Asbob-uskunalar nomi
O‘lchov birligi
Soni
1.
Mobil stenderlar
Kichik vertikalizator — bo‘yi 76 sm dan 102 sm gacha bolalar uchun
dona
1
O‘rta vertikalizator — bo‘yi 93 sm dan 132 smgacha bolalar uchun
dona
1
Katta vertikalizator
dona
1
2.
Yurish uchun trenajyorlar
Yurish uchun ortopedik trenajyor (dinamik ustki qavat ramasi, standart negizi odometrsiz, qo‘l ushlab turuvchisi (tirsak asoslari), kichik hajmdagi ko‘krak qafasini ushlab turuvchisi, kichik o‘lchamdagi chanoq tutqichi, son tutqichi: kichik o‘lchamdagi boldir va boldir-tovon tutqichi)
dona
1
3.
Yurish uchun ortopedik trenajyor (dinamik ustki qavat ramasi, yugurish yo‘lakchasi uchun negiz, qo‘l fiksatorlari (tirsak asoslari: juft), kichik hajmdagi ko‘krak qafasi fiksatori, kichik o‘lchamdagi chanoq fiksatori, chanoq tutqichi uchun yumshoq yostiq, son tutqichi: juft, kichik o‘lchovli tyaga, kichik o‘lchovli ko‘p pozitsiyali o‘rindiq)
dona
1
4.
Bo‘yi 95 smdan 140 smgacha bo‘lgan bolalarga yurish uchun o‘rta o‘lchovli ortopedik trenajyor (dinamik yuqori rama, standart negizi odometrsiz, qo‘llar (tirsak asoslari) uchun tutqich, o‘rta hajmdagi ko‘krak qafasi tutqichi (ko‘krak qafasi diametri 56 — 102 sm), o‘rta o‘lchovli chanoq tutqichi, chanoq tutqichi uchun yumshoq yostiq, son tutqichi: juft, kichik o‘lchamdagi boldir-tovon tutqichi, qo‘l tormozi)
dona
1
5.
Bo‘yi 95 smdan 140 smgacha bo‘lgan bolalarga yurish uchun o‘rta o‘lchovli ortopedik trenajyor (dinamik yuqori rama, yugurish yo‘lakchasi uchun negiz, qo‘llar uchun tutqich (tirsak asoslari: juft), o‘rta hajmdagi ko‘krak qafasi tutqichi (ko‘krak qafasi diametri 56 — 102 sm), o‘rta o‘lchovli chanoq tutqichi, chanoq tutqichi uchun yumshoq yostiq, son tutqichi: juft, kichik o‘lchamdagi boldir-tovon tutqichi, qo‘l tormozi ko‘p pozitsiyali o‘rindiq)
dona
1
6.
Yurish uchun katta o‘lchovli ortopedik trenajyor (dinamik yuqori ramasi, yugurish yo‘lakchasi uchun negiz, qo‘llar uchun tutqich (tirsak asoslari: juft), o‘rta hajmdagi ko‘krak qafasi tutqichi (ko‘krak qafasi diametri 56 — 102 sm o‘rta o‘lchovli chanoq tutqichi, chanoq tutqichi uchun yumshoq yostiq, son tutqichi: juftlik, kichik o‘lchamdagi boldir-tovon tutqichi, qo‘l tormozi ko‘p pozitsiyali o‘rindiq)
Bo‘yi 97 smdan 127 smgacha bo‘lgan bolalar uchun kichik o‘lchovli ortopedik velosiped
dona
1
10.
Bo‘yi 127 smdan 161 smgacha bo‘lgan bolalar uchun o‘rta o‘lchovli ortopedik velosiped
dona
1
11.
Djetmobil — yotoq samokat
Bo‘yi 102 smgacha bo‘lgan bolalar uchun djetmobil (yarim doira shaklidagi qo‘shimcha moslamalar (juftda), abduktor — nogironlar aravachasi o‘rindig‘iga o‘rnatilgan, oyoqlarini (sonlarini) bir-biridan ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma, yostiqcha)
dona
1
12.
Bo‘yi 152 smgacha bo‘lgan bolalar uchun djetmobil (yarim doira shaklidagi qo‘shimcha moslamalar (juft), abduktor — nogironlar aravachasi o‘rindig‘iga o‘rnatilgan, oyoqlarini (sonlarini) bir-biridan ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma, yostiqcha)
dona
1
13.
Tambl Forms 2-kreslo “Delyuks”
Tambl Forms 2-kreslo “Delyuks” (shu jumladan, statsionar moslama) bo‘yi 91 smgacha bo‘lgan bolalar uchun “S” o‘lchamdagi barcha o‘lchamlariga moslashuvchan kreslo-stolcha bilan
dona
1
14.
Tambl Forms 2-kreslo Delyuks (shu jumladan, statsionar moslama) bo‘yi 122 smgacha bolalar uchun “M” o‘lchamdagi mobil baza bilan
dona
1
15.
Ko‘p funksiyali adaptiv kreslo — (“Hi/Lo” bazasi bilan)
Ko‘p funksiyali adaptiv kreslo — (“Hi/Lo” bazasi bilan) “S” o‘lchamdagi bo‘yi 81 smdan 122 sm gacha bolalar uchun (o‘rindiq va suyanchiq, bazasi “Hi-Lo” “S” o‘lchamdagi, tirsak osti moslamasi, yumshoq qoplamalari o‘rindiq va yostiqlar, pnevmatik bulog‘i, moslashuvchan bosh suyanchig‘i, quvvatlovchi yon bloklar tasma bilan, patnis — stolcha, stolchaga mahkamlanuvchan tutqich, tanani mustahkamlanuvchi moslama “kapalak”, sonlar uchun tasma, tos holatini abduksiyasi va korreksiyasi uchun har bir son uchun juft tasmalar, sonlar uchun yon bloklar, abduktor — nogironlar aravachasi o‘rindig‘iga o‘rnatilgan, oyoqlarini (sonlarini) bir-biridan ajratish uchun mo‘ljallangan qurilma, oyoqni mahkamlash moslamasi, boldir-tovon tasmachasi, oyoq kiyim (sandal), takozlar
dona
1
16.
Ko‘p funksiyali adaptiv kreslo — (“Hi/Lo” bazasi bilan) “M” o‘lchamdagi bo‘yi 102 smdan 142 smgacha bolalar uchun (o‘rindiq va suyanchiq, bazasi “Hi-Lo” “M” o‘lchamdagi, tirsak osti moslamasi, yumshoq qoplamalari o‘rindiq va yostiqlar, pnevmatik prujina, moslashuvchan bosh suyanchig‘i, quvvatlovchi yon bloklar tasma bilan, patnis — stolcha, stolchaga mahkamlanuvchan tutqich, tanani mustahkamlanuvchi moslama “kapalak”, sonlar uchun tasma, tos holatini abduksiyasi va korreksiyasi uchun har bir son uchun juft tasmalar, sonlar uchun yon bloklar, abduktor, oyoqni mahkamlash moslamasi, boldir-tovon tasmachasi, oyoq kiyim (sandal), takozlar
dona
1
17.
Sensorli integratsiya uchun mahsulotlar
Qo‘shimcha sezgir impuls uchun chuqur bosim ta’sirini ko‘rsatadigan “Siqish” roll trenajyori
dona
1
18.
Ilgakli tizim — “Uya” arg‘imchoq
(Shiftga mahkamlash moslamalari to‘plami alohida xarid qilinadi)
“Vestibulyator II” tizim to‘plami — sensor integratsion terapiya uchun. Vertikal stimulyatsiya va aylanish harakatlarini ta’minlash uchun. Balandligi moslashuvchan konstruksiya. To‘plam: erkin turuvchi rama, arg‘imchoq, egiluvchan disk, arg‘imchoq-g‘ildirak, qorin bilan yotishga mo‘ljallangan arg‘imchoq-setka, o‘rindiqli arg‘imchoq-setka, ipli arkon, asenderli mat
to‘plam
1
22.
Tristender Tumble Forms — universal stender
Universal vertikalizator, Tristender to‘plami aksessuarlar bilan (rama, tos suyagi fiksatori, bola tanasi fiksatori, tizza fiksatorlari, bo‘yin-yelka fiksatorlari) va bo‘yi 81 — 114 sm bo‘lgan bolalar uchun kichik o‘lchamdagi erkin turish uchun moslashuvchan stoli bilan
to‘plam
1
23.
Universal vertikalizator, Tristender to‘plami aksessuarlar bilan (rama, tos suyagi fiksatori, tana fiksatori, tizza fiksatorlari, bo‘yin-yelka fiksatorlari) va bo‘yi 109 — 147 sm bo‘lgan bolalar uchun katta o‘lchamdagi erkin turish uchun moslashuvchan stoli bilan
to‘plam
1
24.
Abduksionli vertikalizator “Stendz”, to‘liq to‘plamda, oldinga va orqaga egilishda foydalanish uchun
to‘plam
2
25.
Langarlar
O‘ng qo‘l bilagini fiksatsiya qilish uchun tutqich “Langar”
dona
1
26.
Chap qo‘l bilagini fiksatsiya qilish uchun tutqich “Langar”
dona
1
27.
O‘ng tirsakni fiksatsiya qilish uchun moslama “Langar”
dona
1
28.
Chap qo‘l bilagini fiksatsiya qilish uchun tutqich “Langar”
dona
1
29.
Tutqich “Langar”
dona
1
30.
Qo‘l bilagiga tayanch va fiksatsiya qiluvchi tutqich “Langar”
dona
1
31.
Gorizontal tutqich “Langar”
dona
1
32.
Tutqich “Langar”
dona
1
33.
Vertikalizator stoli (bolalar uchun), quvvati AS220; 50/60 Gs. quvvat koeffitsiyenti 60 Vt. To‘shak yuzasining o‘lchamlari 1600*630 mm. To‘shak yuzasining balandligi 550 mm. Moslanuvchi tik turish burchagi 0° — 90°.
dona
1
34.
Parallel bar (bolalar uchun) o‘lchamlari — 300*61* 50 — 90 sm, bar balandligi — 50 — 85 sm, yuklamasi — 80 kg
dona
1
35.
Bolalarga ta’lim jarayonida foydalanadigan zinapoya (yuqoridan-pastga, pastdan-yuqoriga bola bilan kunlik mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun)
dona
1
36.
Bolalar uchun ramka. O‘lchamlari — 80*65*124 sm, og‘irligi — 24 kg, orqa yostiqni balandlik diapazoni > 20 sm, tos-son bo‘g‘imni balandlik diapazoni >20 sm, tizza yostiqni balandlik diapazoni: orqa va oldi 0 — 12 sm, yuqoriga va pastga > 20 sm, o‘ng va chap 23 — 40 sm, yuklamasi — 60 kg (doimiy disfunksiyasi mavjud 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ta’lim jarayonida foydalanish uchun)
dona
1
37.
Vertikalizator stoli (bolalar uchun), doimiy disfunksiyasi mavjud 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ta’lim jarayonida foydalaniladi. O‘lchami — 98*70* 90 — 122 sm, tizza moslashuvchan diapazoni (sm): orqa va oldi 0 — 15, o‘ng va chap 15 — 38. Stolning moslashuvchan diapazoni (sm): orqa va oldi 16 — 36, o‘ng va chap 67 — 87, yostiqning buriladigan burchagi — 90°, yuklanmasi — 60 kg
dona
2
38.
Moslashuvchan doska. O‘lchamlari — 53*65* 108 sm, og‘irligi — 43 kg, burchaklar diapazoni — 0° — 50° (qo‘llarni muvofiqlashtirish qobiliyati hamda qo‘l mushaklari va bo‘g‘imlari mashqlari uchun)
dona
2
39.
Individual moslashtirish funksiyali nogironligi bo‘lgan bolalar uchun xavfsiz kreslo
dona
10
40.
Barmoqlar kontrakturasi va adduksiyalarni bartaraf etish uchun doska
dona
1
41.
Barmoqlar uchun moslashtiruvchan doska (universal g‘ildiragi bilan) (barmoqlarni kontraktura va adduksiyalarni tuzatish uchun)
dona
1
42.
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yurish moslamasi (xodunok)
dona
10
43.
Oyoq-qo‘l harakatini qayta tiklash uchun moslama
dona
1
44.
Gidravlik bolalar tayoqchasi (oyoqlar harakati va mushaklar mashqi uchun)
dona
1
45.
Akrobatik bochka. O‘lchamlari: F60 x 76 sm (tik turgan poza buzilishining oldini olish va tuzatish)
dona
1
46.
Bolalar uchun trenajyor (kuch mashqlari tos-son bo‘g‘im abduksiya va adduksiyasi uchun)
dona
1
47.
Bolalar uchun trenajyor. O‘lchamlari: 91*75*99 sm, og‘irligi — 31 kg, yostiq balandligi — 45 sm, tirsak osti tirgovuch balandligi — 60 sm, ko‘taruvchi rama diapazoni — 0-10 sm, burchaklar diapazoni > 120°, bog‘lovchi yuklamalari — 120 kg 4 og‘irligi*, 8 kg
dona
1
48.
Boldir-oshiq bo‘g‘imi bukilish va yozilish harakatlarini reabilitatsiya qilishda faol va passiv mashqlar uchun trenajyor
dona
1
49.
Ta’lim jarayonida foydalanish uchun harakatlanuvchi zinapoyalar
dona
1
50.
Quoiti o‘quv to‘plami. Qo‘l-ko‘z va idrokni muvofiqlashtirishni o‘rgatishda foydalanish uchun
dona
1
51.
Yo‘lakcha. Qizil, sariq, ko‘k va yashil ranglar (bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin)
dona
4
52.
Koptok F46
dona
10
53.
Koptok F56
dona
10
54.
Yumshoq koptok F12
dona
5
55.
Massajli koptok F10
dona
10
56.
Bolalar uchun gantellar (3 kg, 5 kg va 8 kg)
dona
6
57.
Stressga qarshi rezinali koptoklar (mushaklarni shakllantirish uchun)
dona
10
58.
Otcha mashinasi 80*40* 100
dona
1
59.
Eshkak trenajyori 90*37*65
dona
1
60.
Belni burish mashinasi 52*38*100
dona
1
61.
Yurish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun simulyator “Havoli pedallar” 68*41*85
dona
1
62.
“S” o‘lchamli bolalarga mo‘ljallangan nogironlar aravachasi (bo‘yi 94 smdan 120 smgacha bo‘lgan bolalar uchun)
dona
5
63.
“M” o‘lchamli bolalarga mo‘ljallangan nogironlar aravachasi (bo‘yi 120 smdan 165 smgacha bo‘lgan bolalar uchun)
dona
5
64.
Shiftdagi relslar va bolaning tanasini ushlab turish uchun uskunasi bilan yurgizuvchi trenajyor “SOLO STEP”
dona
1
65.
“Bin beg” yumshoq puflar (yechiladigan qoplamli).
dona
4
66.
Sport matlari
dona
10
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-son qaroriga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 17-maydagi 100-son qarori bilan tasdiqlangan Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi uchinchi xatboshisidagi “xalq ta’limi hududiy organlari huzuridagi psixologik-tibbiyot-pedagogik komissiya” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari qoshidagi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 893-sonli qaroriga asosan 2-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 09/24/893/1088-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarorida:
34-bandning beshinchi xatboshisi va 38-bandning uchinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya” so‘zlari tegishli kelishikdagi “psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
393-bandning birinchi xatboshisi, 396-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 3912-bandning birinchi xatboshisidagi tegishli kelishikdagi “tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya” so‘zlari tegishli kelishikdagi “psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“395. Maktabgacha ta’lim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazilganda va unda tarbiyalanuvchilarda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida ko‘rsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari aniqlanganda, tarbiyalanuvchi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan o‘rnatilgan tartibda o‘tish uchun yuboriladi”;
25-bandning uchinchi va o‘n birinchi xatboshilari hamda 26-banddagi tegishli kelishikdagi “tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya” so‘zlari tegishli kelishikdagi “psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
271-bandning oltinchi xatboshisi hamda 78-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilaridagi tegishli kelishikdagi “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya” so‘zlari tegishli kelishikdagi “psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartiga 3-ilovaning 2-bo‘limi 3 — 5-bandlaridagi “Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida (Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga 4-ilova)” so‘zlari “Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos bo‘ladigan tibbiy ko‘rsatmalar ro‘yxatida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarorida:
“b” kichik bandning beshinchi xatboshisidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 13-bandidagi “hududiy xalq ta’limi boshqarmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
17-banddagi “hududiy xalq ta’limi boshqarmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
24-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
38-bandning birinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Nizomga 1-ilovaning 18-bandi beshinchi xatboshisidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — xalq ta’limi boshqarmalari)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
nomi va muqaddimasidagi “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “hududiy xalq ta’limi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy” so‘zlari bilan almashtirilsin;
(5-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-noyabrdagi 740-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
6. Vazirlar Mahkamasining “Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qarorida:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshisi “keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga” so‘zlaridan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi o‘rinlarda — “Inson” markazi) va” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun jismoniy shaxslar Davlat xizmatlari markazlari va “Inson” markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — YAMIH AT) orqali murojaat qiladilar”;
“5. O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi va Agentlik bilan birgalikda:
a) 2022-yil 1-oktabrdan boshlab:
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmati YIDXP orqali joriy etilishini ta’minlasin;
YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida vakolatli organlar va fuqarolar tomonidan murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
b) 2024-yil 1-fevraldan boshlab keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun sanatoriylarga yo‘llanmalarni berish bo‘yicha davlat xizmati YAMIH AT orqali ham joriy etilishini ta’minlasin.
Bunda, sanatoriylarga yo‘llanma berish bo‘yicha davlat xizmati “Inson” markazlari tomonidan ko‘rsatiladi.
“Inson” markazlarining ijtimoiy xodimlariga bevosita fuqarolarning roziligi bilan ularning nomidan Agentlik tizimidagi sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha elektron shaklda ariza berish huquqi beriladi”;
“2. Davlat xizmati Agentlikning tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (keyingi o‘rinlarda — vakolatli organ), Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — YAMIH AT) orqali vakolatli organ tomonidan ko‘rsatiladi”;
3-band quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Yo‘llanma beriladigan shaxslarning ushbu bandning ikkinchi, uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan toifaga kirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan taqdim etiladi”;
“7. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki vakolatli organga kelib murojaat etadilar yoxud davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP yoki YAMIH ATda ro‘yxatdan o‘tadilar”;
8-bandning birinchi xatboshisidagi “Davlat xizmatlari markazi xodimi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar nomidan, YIDXP” so‘zlari “Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ xodimi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar nomidan, YIDXP yoki YAMIH AT” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“14. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organga kelib murojaat etganda, ularning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi yoki vakolatli organ xodimi tomonidan to‘ldirilib, tasdiqlangandan so‘ng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida vakolatli organning “IHMA Sanatoriya” moduliga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP yoki YAMIH AT orqali murojaat qilinganda esa — so‘rovnoma avtomatik tarzda vakolatli organning “IHMA Sanatoriya” moduliga yuboriladi.
15. “IHMA Sanatoriy” modulida kelib tushgan so‘rovnomalarning elektron reyestri yuritiladi. Bunda, fuqarolar so‘rovnomalarning ko‘rib chiqish holati va navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organga murojaat qilish yoki YIDXP yoxud YAMIH AT orqali real vaqt rejimida olishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘llanma amal qilish muddati boshlanishidan 20 kun oldin, biroq 10 kundan kam bo‘lmagan muddatda “IHMA Sanatoriy” moduli orqali elektron shaklda (elektron pochta manzillari mavjud bo‘lganda), aloqa vositalari orqali qisqa matnli xabar (SMS) orqali yoki vakolatli organning xodimlari tomonidan sanatoriyga joylashish navbati kelishi haqida xabardor qilinadi.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin ularga shakllantiriladigan yo‘llanmadan foydalanishni rad etishi yoki yo‘llanma amal qilish muddatini bir oyga uzaytirish haqida vakolatli organga murojaat qilishi mumkin.
Bunda, foydalanishni rad etgan yoki yo‘llanma amal qilish muddatini bir oyga uzaytirish bo‘yicha murojaat qilgan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning o‘rniga keyingi navbatdagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida belgilangan tartibda xabardor qilinadi”;
“20. Agentlik keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning umumiy soni, imtiyoz toifasi va yo‘llanmalarning berish davriyligiga muvofiq respublika sanatoriylariga yo‘llanmalarni taqsimlash rejasini har chorakda tasdiqlaydi.
Bunda, 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini sog‘lomlashtirish uchun yo‘llanmalarni taqsimlash rejasini inobatga oladi”;
21 va 22-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“28. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar salomatligining holatiga yoki boshqa asosli sabablarga ko‘ra, shu jumladan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha chiqib ketishi sababli yo‘llanmadan belgilangan muddatda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan taqdirda, yo‘llanmada ko‘rsatilgan sanatoriyga kelish muddatidan kamida uch kundan kech bo‘lmagan muddatda bu haqida Davlat xizmatlari markaziga yoki vakolatli organga xabar berishi va yo‘llanmani qaytarishi lozim. Davlat xizmatlari markazi xodimi bu haqida 1 soat mobaynida vakolatli organni xabardor qiladi.
Yo‘llanma olish navbati kelgan fuqaro O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga vaqtincha chiqib ketgan, shuningdek, yo‘llanmadan foydalanish muddatini uzaytirish to‘g‘risida murojaat qilgan bo‘lsa, fuqarolarning navbat muddati faqat bir marotaba keyingi oyga ko‘chiriladi”;
“34. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) adliya bo‘limlari Reglament talablari ijrosi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazoratni va monitoringni amalga oshiradi.
Bunda, “Inson” markazlari va YAMIH AT orqali davlat xizmatini ko‘rsatishda mazkur Reglament talablariga rioya etilishi Agentlik va Ijtimoiy inspeksiya tomonidan nazorat qilinadi”;
Yo‘llanma olish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilish yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tish
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
So‘rovnomani axborot tizimida shakllantirish hamda “IHMA Sanatoriy” moduliga yuborish
1. So‘rovnoma to‘ldirilgandan keyin 10 daqiqa ichida
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi
2. Avtomatik tarzda
3-bosqich
“IHMASanatoriy” moduli
1. So‘rovnoma tushganidan so‘ng uni elektron reyestrda qayd etish.
1. Avtomatik tarzda
2. Yo‘llanma berish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablarini tegishli Davlat xizmatlari markaziga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron tarzda yuborish.
2. Avtomatik tarzda
3. Yo‘llanma rasmiylashtirilgan taqdirda, tegishli Davlat xizmatlari markaziga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, YIDXP va “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimiga elektron tarzda yuborish.
3. Navbati kelganda
4-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi yoki “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi
2. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi
1. Yo‘llanma tushganidan so‘ng uni keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning elektron manziliga yuborish (mavjud bo‘lganda) va ularni bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qilish.
2. Murojaatchi yo‘llanmani yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi shaxsiy kabinetida yuklab oladi.
3. O‘zi (yoki ishonchli vakili) kelib murojaat qilganda yo‘llanmani elektron yoki qog‘oz shaklida berish.
4. Yo‘llanma berish rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari to‘g‘risida keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni xabardor qilish.