Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, sogʻlom, faol, toʻlaqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, oʻsishida turli nuqsonlari boʻlgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sogʻlomlashtirishga muhtoj bolalarni oʻqitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Reabilitatsiya markaziga ega boʻlgan davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini oʻrganishni taʼminlasin.
Oʻrganish yakunlariga koʻra:
2019-yil 1-iyulgacha boʻlgan muddatda — Toshkent shahri davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish boʻyicha;
2019-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini maqbullashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
2019-yil 1-iyundan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi;
2019-yil 1-sentabrdan boshlab davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari yordamchilarining, shuningdek, qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻsishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlaydigan tarbiyachilar, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari yordamchilarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha haq toʻlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari, qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oʻsishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlovchi mutaxassis (tibbiyot xodimlari bundan mustasno), ishlab chiqarish, oʻquv yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz miqdorda ustamalar toʻlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 817-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi uch oy muddatda umumiy tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining namunaviy shtat birliklarini qayta koʻrib chiqsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi uch oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqib Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 13-may,
391-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinda maktabgacha taʼlim tashkilotlari deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkiloti — umumiy turdagi davlat yoki nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti — davlat tomonidan moliyalashtiriladigan va boshqariladigan hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha taʼlim xizmatlarini koʻrsatadigan tashkilot;
Oldingi tahrirga qarang.
nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti — qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan litsenziya asosida, shuningdek, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha taʼlim sohasida taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
bolaning qonuniy vakillari — bolaning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
inklyuziv taʼlim va tarbiya — bolalarning alohida taʼlim olishga boʻlgan ehtiyojlarini hamda individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda taʼlim va tarbiya olishi uchun teng imkoniyatlarni taʼminlaydigan jarayon.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
3. Ushbu Nizom koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va qoʻshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga va oʻz ustaviga muvofiq amalga oshiradi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
5. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Yangi avlod maktabgacha taʼlim tashkiloti ilgʻor xorijiy tajribalar asosida oʻyinga asoslangan taʼlim va tarbiya jarayonlarini amalga oshiradigan hamda Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini oʻz ichiga olgan umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkiloti hisoblanadi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 24-avgustdagi 456-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Maktabgacha taʼlim tashkiloti vakolatli davlat organi tomonidan attestatsiya asosida qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
7. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega.
8. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, oʻz nomi yozilgan muhr va shtampga ega boʻlishi mumkin.
2-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsadlari va vazifalari
9. Quyidagilar maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsadlari hisoblanadi:
bolaning taʼlim olishga boʻlgan huquqini amalga oshirishni taʼminlash;
bolaning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamolotini saqlash va mustahkamlash;
umumtaʼlim muassasalarida bolaning jamiyatga moslashishini va taʼlim olishni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash.
10. Quyidagilar maktabgacha taʼlim tashkiloti vazifalari hisoblanadi:
bolalarga, shu jumladan, oʻziga xos ehtiyojlari bor bolalarga yakka tartibda taʼlim dasturlaridan foydalanish, shuningdek, oʻz vaqtida inklyuziv maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkonini beradigan qulay muhit yaratish;
bolalarda Vatanga muhabbat tuygʻusini, oilaga, oʻz xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, atrof-muhitga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash;
bolaning jamiyatga moslashishini va boshlangʻich taʼlimga tayyorligini taʼminlash;
taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
3-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
11. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi va oʻz faoliyatini ustav asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
13. Yuridik shaxslar — xususiy mulk huquqi subyektlari va jismoniy shaxslar nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining muassislari boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari binolari va inshootlarini Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishmasdan xususiylashtirish, oʻzgaga berish va qayta ixtisoslashtirish mumkin emas.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qonunchilikda belgilangan tartibda tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
4-bob. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash
16. Maktabgacha taʼlim sohasidagi nodavlat taʼlim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Maktabgacha taʼlim sohasida nodavlat taʼlim xizmatlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziya berish, litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilab bergan tartibda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
5-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
18. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturi asosida oʻz taʼlim dasturini ishlab chiqish;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturida koʻrsatilgandan tashqari qoʻshimcha pulli taʼlim xizmatlari koʻrsatish, ishlanmaydigan kunlarda yoki belgilangan ish soatlaridan tashqari bolaning qonuniy vakillari bilan kelishuv asosida bolalarni parvarishlash va ularga qarab turish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(18-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq taʼlim-tarbiya jarayonini amalga oshirishi;
maktabgacha taʼlimning tegishli sifatini taʼminlashi;
bolani tarbiyalash va oʻqitish masalalari boʻyicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berishi;
bolalarni kamol toptirish, tarbiyalash va oʻqitish uchun xavfsiz shart-sharoitlarni yaratishi;
maktabgacha taʼlim sifati taʼminlanishini nazorat qilishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
(19-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi;
bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sogʻligʻini mustahkamlashni tashkil etish;
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiq kelmasligi;
bolalarni umumtaʼlim muassasalaridagi boshlangʻich taʼlimga shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda tayyorlash sifati;
taʼlim dasturlari tegishli sifatda va belgilangan hajmda amalga oshirilishini taʼminlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati ustidan monitoring olib borish va nazorat qilish vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Oʻquv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki taʼlim olayotgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilikka zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
23. Pedagog xodimlar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradilar.
6-bob. Maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini tashkil etish
24. Maktabgacha taʼlim tashkiloti maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, oʻqitishni, ularga qarab turishni, ularni parvarishlashni va sogʻlomlashtirishni taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi taʼlimning mazmun-mohiyati Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim davlat taʼlim dasturi asosida ishlab chiqilgan taʼlim dasturida belgilab beriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
26. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi taʼlim-tarbiya jarayoni mashgʻulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Maktabgacha taʼlim tashkiloti “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga va boshqa qonunchilikka muvofiq taʼlim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar bilan ishlash texnologiyalari, usullari va shakllari ularning psixofizik rivojlanish xususiyatlari, oʻziga xos imkoniyatlari va sogʻligʻi holatidan kelib chiqqan holda, pedagog va tibbiy xodimlar tomonidan belgilanadi hamda maktabgacha taʼlim tashkilotining Pedagogik kengashi bilan kelishiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
28. Maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishning asosiy shakli oʻyin hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Har bir yosh guruhidagi mashgʻulotlar, oʻyinlarning har yilgi soni, davom etadigan davri va izchilligi maktabgacha taʼlim tashkilotining oʻquv rejasida belgilanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari boʻlmagan bolalarning bir tashkilotda birgalikda oʻqishi va tarbiyalanishiga qaratilgan inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.
Bolalarning maktabgacha taʼlim tashkilotlarida boʻlish vaqtiga qarab u yerdagi guruhlar quyidagicha boʻlishi mumkin:
bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);
toʻliq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlar.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining:
bolalar kuniga 3-4 soat boʻladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
bolalar kuniga 9 — 10,5 soat boʻladigan guruhlarida — uch martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak;
bolalar 12 soat boʻladigan guruhlarida — toʻrt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan boʻlishi kerak.
Uch yoshdan yetti yoshgacha boʻlgan bolalar uzluksiz uxlamaydigan muddatning tavsiya etiladigan maksimal davomiyligi 5,5 — 6 soatni tashkil etadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
291. Inklyuziv taʼlim guruhlarida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar bilan taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik ishlarni amalga oshirayotgan tarbiyachi, yordamchi — tarbiyachilar hamda oʻqituvchi-defektolog (logoped)larga alohida mehnat sharoitlari uchun lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga nisbatan bir nafar bola uchun 10 foiz, ikki nafar bola uchun 20 foiz, uch nafar bola uchun esa 30 foiz miqdorida qoʻshimcha haq psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi amal qilish muddati davomida toʻlanadi.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
30. Maktabgacha taʼlim tashkilotining ishlash tartibi va bolalarning unda boʻlish vaqti uning ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi.
31. Maktabgacha taʼlim tashkiloti va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga oʻtkazilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
Shartnomada bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga boradigan rejim, necha marta ovqatlanish va boshqa shartlar koʻrsatiladi.
32. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi oʻquv yili joriy yilning 2-sentabridan keyingi yilning 31-mayigacha boʻlgan davrni, yozgi sogʻlomlashtirish davri joriy yilning 1-iyunidan 31-avgustigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.
33. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarga taʼlim berish va tarbiyalash “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat tilida va boshqa tillarda olib boriladi.
7-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish
34. Bolani maktabgacha taʼlim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda boʻsh joylar boʻlsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
bola qonuniy vakilining arizasi;
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻllanma shakllangani haqida xabarnomada qayd etilgan tasdiq kodi;
(34-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 27-apreldagi 204-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son)
bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga belgilangan tartibda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan berilgan xulosani taqdim etadi.
(34-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
35. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Joriy oʻquv yili davomida 7 yoshga toʻlgan tarbiyalanuvchilar keyingi oʻquv yilining boshlanishiga qadar tashkilotda qoladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son)
36. Bola davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
361. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish hamda ulardan chiqarish psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga koʻra ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi tarbiyalanuvchilarni inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(362-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi 126-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Bola nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi va chiqariladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha taʼlim tashkiloti va bolaning qonuniy vakili oʻrtasida tuziladigan shartnoma hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Bolaning qonuniy vakili va maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuziladigan shartnoma tarbiyalanuvchining maktabgacha taʼlim tashkilotini bitirgunicha yoki undan ketgunicha kuchda boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar bolani qonuniy vakillarining roziligi bilan zarurat boʻlganda yil davomida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga yoxud maslahat olish uchun zarur ixtisoslikdagi mutaxassislarga yuborilishi mumkin.
(38-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
39. Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
71-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etish
391. Umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan, shu jumladan nutqida nuqsoni boʻlgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun defektolog shtat birligi kiritiladi.
Mashgʻulotlar maxsus pedagogika sohasida oliy maʼlumotga yoki pedagogika boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan va maxsus pedagogika sohasida kasbiy qayta tayyorlovdan oʻtgan defektolog tomonidan oʻtkaziladi.
392. Defektolog bilan mashgʻulotlarga maktabgacha taʼlim tashkilotining quyidagi tarbiyalanuvchilari jalb qilinadi:
3 — 7 yoshdagi inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar;
5 — 7 yoshdagi nutqning fonetik-fonematik rivojlanmaganligi, dislaliya (oddiy, murakkab) boʻlgan tarbiyalanuvchilar.
Oldingi tahrirga qarang.
393. Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan 3 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar hududiy psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida defektolog bilan mashgʻulotlarga jalb qilinadi.
(393-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nutqida nuqsonlari boʻlgan 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar yashash joyi boʻyicha davolash-profilaktika muassasasi logopedining korreksion-pedagogik ishlarni oʻtkazish tavsiya qilinayotgan muddat belgilangan holda, ushbu davolash-profilaktika muassasasi muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan roʻyxatga olingan xulosasi asosida defektolog bilan boʻlgan mashgʻulotlariga jalb qilinadi.
(393-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
394. Defektolog bilan mashgʻulotlarning zaruratini aniqlash uchun tarbiyalanuvchilar rivojlanishi va nutqini dastlabki tekshirish bola maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilingan vaqtdan boshlab 2 hafta ichida oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
395. Maktabgacha taʼlim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazilganda va unda tarbiyalanuvchilarda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasini berish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar roʻyxatida koʻrsatilgan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari aniqlanganda, tarbiyalanuvchi psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyadan oʻrnatilgan tartibda oʻtish uchun yuboriladi.
(395-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazilganda va unda 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar orasida nutqida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar aniqlanganda, maktabgacha taʼlim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasi logopedining ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan roʻyxatga olingan xulosasi rasmiylashtiriladi.
(395-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
396. Maktabgacha taʼlim tashkilotining defektolog tomonidan 3 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari va 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar nutqida nuqsonlari aniqlanganda, ushbu tarbiyalanuvchilar maktabgacha taʼlim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasiga chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari tasdiqlanganda hududiy psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyasidan oʻrnatilgan tartibda oʻtish uchun yuboriladi.
(396-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nutqida nuqsonlari tasdiqlanganda logopedning davolash-profilaktika muassasa muhri bilan tasdiqlangan va tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan roʻyxatga olingan xulosasi rasmiylashtiriladi.
(396-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
397. Umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotida defektolog faoliyatini tashkil etishdan maqsad rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari, shu jumladan nutqida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarga korreksion-pedagogik yordam koʻrsatishdir.
398. Defektolog faoliyatining vazifalari quyidagilardan iborat:
nuqsonlarni aniqlashtirish maqsadida va yakka tartibdagi korreksion-pedagogik ish rejasini tuzish uchun kompleks psixologik-pedagogik tekshiruvni tashkil etish;
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlarni, shuningdek xotira, tafakkur, diqqat-eʼtiborni imkon qadar korreksiya qilishga qaratilgan ishlarni amalga oshirish;
tarbiyalanuvchining imkoniyatlari va ehtiyojlariga muvofiq korreksion-pedagogik usullarni tanlash;
rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya berish, ularni ijtimoiy moslashuvi, shuningdek rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar, shu jumladan inklyuziv taʼlim muhitini yaratish yuzasidan pedagoglar bilan hamkorlikda ishlash va ushbu faoliyatlarni muvofiqlashtirish.
399. Defektolog ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq, shuningdek ular asosida ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya va korreksion faoliyatni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik yordam koʻrsatilishini taʼminlaydi.
3910. Umum rivojlantiruvchi va korreksion dasturlar boʻyicha oʻtkaziladigan yakka tartibdagi, kichik guruhdagi yoki frontal mashgʻulotlar korreksion-pedagogik ishlarni tashkil etishning asosiy shakli hisoblanadi.
3911. Defektolog maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagoglari, boshqa mutaxassislari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boradi, mashgʻulotlarni borib koʻradi, pedagog xodimlari va bolaning qonuniy vakillarga nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilarga yordam koʻrsatishning maxsus usullar va uslublarini qoʻllash yuzasidan maslahat beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
3912. Inklyuziv guruhlardagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar bilan korreksion-pedagogik ishlar psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasida belgilangan muddatgacha oʻtkaziladi.
(3912-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Nutqida nuqsonlari boʻlgan 5 — 7 yoshdagi tarbiyalanuvchilar maktabgacha taʼlim tashkilotida korreksion-pedagogik ishlar 6 oy oʻtkazilganidan keyin maktabgacha taʼlim tashkilotiga hududiy biriktirilgan davolash-profilaktika muassasasining logopedi tomonidan tekshiriladi.
Agar tarbiyalanuvchida nutqida nuqsonlari boʻlsa, maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchiga korreksion-pedagogik yordam koʻrsatilishini davom ettirish tavsiya etilganligi toʻgʻrisidagi logopedning xulosasi beriladi.
3913. Xulosada koʻrsatilgan muddat tugashigacha nuqsonlar bartaraf etilsa, defektolog tomonidan oʻtkaziladigan mashgʻulotlar toʻxtatiladi.
3914. Defektolog faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish va uni nazorat qilish maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori tomonidan amalga oshiriladi.
(71-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
8-bob. Maktabgacha taʼlim tashkiloti guruhlarini toʻldirish
40. Guruh maktabgacha taʼlim tashkilotining tarkibiy birligi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yangidan tashkil etiladigan guruhlar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari taklifiga koʻra, tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi rahbarining buyrugʻiga asosan tashkil etiladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-dekabrdagi 848-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son)
41. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan toʻldirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi inklyuziv guruhlar yosh prinsipi boʻyicha toʻldiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
42. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini toʻldirish va bir guruhdan boshqasiga oʻtkazish har yili oʻquv yili boshlanishidan oldin amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlar quyidagi miqdorda toʻldiriladi:
3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan toʻliq kunlik guruhlarda — kamida 25 nafar, koʻpi bilan 30 nafar bola;
bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlarda — kamida 15 nafar, koʻpi bilan 30 nafar bola;
turli yoshdagi guruhlarda — kamida 20 nafar, koʻpi bilan 25 nafar bola;
bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlarda — koʻpi bilan 10 nafar bola.
Agar davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti joylashgan joyda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga borishni xohlovchi maktabgacha yoshdagi bolalar soni 20 nafardan kam boʻlsa va bu joyda boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda kam sonli bolalardan iborat guruhlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
3 yoshdan katta boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarning toifasiga qarab toʻldiriladi hamda koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan koʻpi bilan 3 nafar bolani tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan kelishuvga koʻra guruhlarni ularni toʻldirishning eng koʻp miqdori oshirilgan holda tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
44. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlarni toʻldirish tartibi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.
9-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
45. Maktabgacha taʼlim tashkilotida ovqatlanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
46. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari zimmasiga yuklanadi.
10-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilar sogʻligʻini asrash
Oldingi tahrirga qarang.
47. Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga tibbiy yordam maktabgacha taʼlim tashkiloti shtatiga kiradigan tibbiyot xodimlari yoki sogʻliqni saqlash muassasalarining maktabgacha taʼlim tashkilotiga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan taʼminlanadi, ular bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy kamoloti, davolash-profilaktika tadbirlari oʻtkazilishi, sanitariya-gigiyena normalariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishi uchun javob beradi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
48. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish tuman (shahar) tibbiyot birlashmalariga yuklanadi.
49. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish uning rahbariga yuklanadi.
50. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining shtatdagi xodimlari sogʻliqni saqlash muassasalarida belgilangan tartibda bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga tibbiy yordam qonunchilikka muvofiq beriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
52. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish bepul asosda sogʻliqni saqlash tizimining malaka oshirish muassasalarida 3 yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
11-bob. Maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
53. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati ularning muassislari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
55. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qoʻshimcha budjet mablagʻlarini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
12-bob. Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi
56. Bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun toʻlovlar ota-onalar va maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan amalga oshiriladi.
57. Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
58. Bolalarni nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi miqdori va uni toʻlash shakli ularning muassislari tomonidan belgilanadi.
59. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalar farzandlarini hamda rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozli shartlarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
(12-bob Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
13-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotini boshqarish
Oldingi tahrirga qarang.
60. Maktabgacha taʼlim tashkiloti qonunchilikda, ushbu Nizomda, shuningdek, maktabgacha taʼlim tashkiloti ustavida nazarda tutilgan tartibda boshqariladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga Kuzatuv kengashi tomonidan ovoz berish yoʻli orqali tanlangan uch nafar nomzodlar ichidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalarida tashkil etilgan Direktorlar kengashi tomonidan tavsiya etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori rahbarlik qiladi.
(61-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
62. Maktabgacha taʼlim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassisi oldida hisob beradi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
64. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyatiga direktor joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi.
65. Quyidagilar davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining boshqaruvi organlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Pedagogik kengash;
(65-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Kuzatuv kengashi.
Oldingi tahrirga qarang.
66. Maktabgacha taʼlim tashkilotining Pedagogik kengash:
(66-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
maktabgacha taʼlim tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;
maktabgacha taʼlim tashkilotining ish rejasini va pedagog xodimlarining pedagogik yuklamasini belgilaydi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti taʼlim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
maktabgacha taʼlim tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga fan yutuqlarini va ilgʻor pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama etadi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari va pedagog xodimlar hisobotlarini eshitadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining Pedagogik kengash qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
(66-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida bolani tarbiyalash, shakllantirish va oʻqitishda koʻmaklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari orasidan tuziladi.
67. Maktabgacha taʼlim tashkilotining Kuzatuv kengashi:
maktabgacha taʼlim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha va maktab taʼlimining tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek, uni egallab turgan lavozimidan ozod qilish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
(67-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitadi;
maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
(67-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotining Kuzatuv kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
(67-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(67-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
68. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlarining huquqlari va majburiyatlari qonunchilikda, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(69-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
14-bob. Yakunlovchi qoidalar
70. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.
71. Xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlar amaliyotini oʻtkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
2-ILOVA
Maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi maktabgacha yoshdagi bolalar qisqa muddatli guruhlari maqsadlari, vazifalar va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati maktabgacha taʼlim tashkilotlari ustavi bilan tartibga solinadi.
3. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha taʼlim tashkilotiga bormaydigan bolalarning toʻlaqonli kamol topishini taʼminlash, ularni tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish uchun moʻljallangan.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning boʻlishi uchun toʻlov qonunchilikda belgilangan miqdorlarda amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan qisqa muddatli guruhlarda bolalarning boʻlishi uchun toʻlov muassis tomonidan belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha belgilanadi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-bob. Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari va vazifalari
6. Qisqa muddatli guruhlar maqsadlari bolalarning maktabgacha taʼlimga toʻliq jalb etilishini va maktabgacha taʼlim tashkilotlariga bormaydigan bolalar maktabgacha taʼlim olishda teng imkoniyatlardan foydalanishini taʼminlashdan iborat.
7. Qisqa muddatli guruhlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
bolaning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishini saqlash va mustahkamlash;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, bolaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olib, uning ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash;
bolaning yosh va oʻziga xos imkoniyatlari, qobiliyatlari va ehtiyojlariga qarab har tomonlama kamol topishini taʼminlash;
bolani shakllantirishda, tarbiyalashda va oʻqitishda oilaga har tomonlama yordam berish;
bolalarning bilim orttirishini, ijtimoiy-shaxsiy, badiiy-estetik va jismoniy kamol topishini taʼminlash.
3-bob. Qisqa muddatli guruhlar tashkil etish, ularga qabul qilish va ularni toʻldirish tartibi
8. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida foydalanilmaydigan xonalar boʻlganda tashkil etiladi.
9. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning (keyingi oʻrinlarda qonuniy vakillar deb ataladi) arizasi va bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa asosida qabul qilinadi.
10. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
bolaning qonuniy vakili arizasi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yoʻllanma;
bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma.
11. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar oʻz faoliyatini davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi asosida amalga oshiradi.
12. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar oʻz faoliyatini bolaning qonuniy vakillari bilan shartnoma asosida amalga oshiradi.
13. Bitta xonada koʻpi bilan 3 ta qisqa muddatli guruh faoliyatini uchta smenada tashkil etishga yoʻl qoʻyiladi.
14. Qisqa muddatli guruhlar maktabgacha taʼlim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena talablariga va yongʻin xavfsizligi qoidalariga javob beradigan xonalarida tashkil etiladi.
15. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
16. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarga 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinadi.
17. Qisqa muddatli guruhlar ham bir xil yoshdagi, ham turli yoshdagi bolalar bilan toʻldirilishi mumkin.
18. Bolalarni qisqa muddatli guruhlardan chiqarib yuborish maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi va:
bola qonuniy vakilining arizasi boʻyicha;
tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha;
bola maktabgacha taʼlim tashkilotining toʻliq kunli guruhiga joylashtirilganda amalga oshiriladi. Bu haqda qisqa muddatli guruhga boradigan bolaning qonuniy vakillari maktabgacha taʼlim tashkilotiga yoʻllanma olgan kundan boshlab 14 kun ichida maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbarini xabardor qilishi shart.
19. Qisqa muddatli guruhlarning ishlash tartibi maktabgacha taʼlim tashkilotining ustavida va bolaning qonuniy vakili bilan tuziladigan shartnomada belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qisqa muddatli guruhlarning quyidagi turlari faoliyat koʻrsatishi mumkin:
rivojlantirish guruhi;
inklyuziv guruh;
kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh.
Rivojlantirish guruhi 3 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun ularni har tomonlama kamol toptirish, tengdoshlari va kattalar davrasiga moslashtirish maqsadida tashkil etiladi. Rivojlantirish guruhi kamida 20 nafar va koʻpi bilan 30 nafar bola bilan toʻldiriladi.
Inklyuziv guruh 2 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun oʻziga xos ehtiyojlari bor bolani jamiyatga moslashtirishni taʼminlash, bolaning qonuniy vakillariga maslahat-metodik koʻmaklashish, oʻziga xos ehtiyoji bor bolalarning bunday zaiflikka ega boʻlmagan bolalar bilan birga oʻqishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etiladi.
Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh 3 yoshdan 7 yoshgacha bolalar uchun bolalarni tarbiyalash, taʼlim berish, parvarishlash va ularga qarab turish masalalarida qonuniy vakillarga yordam berish maqsadda tashkil etiladi. Kechki, dam olish va bayram kunidagi guruh koʻpi bilan 15 nafar bola bilan toʻldiriladi.
Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qisqa muddatli guruhlar turiga qarab 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida qonunchilikka muvofiq qisqa muddatli guruhlarning boshqa turlari tashkil etilishi mumkin.
(20-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlar uchun quyidagi shtat birliklari belgilanadi:
bitta guruh uchun — 0,5 birlik tarbiyachi va 0,5 birlik tarbiyachi yordamchisi;
ikkita guruh uchun — 0,25 birlik tibbiy hamshira va 0,25 birlik musiqa rahbari.
22. Qisqa muddatli guruhlar faoliyati tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti quyidagilar uchun javob beradi:
bolaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;
bolalar maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlgan vaqtida ularning hayoti himoya qilinishini va sogʻligʻi mustahkamlanishini tashkil etish;
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, ruhiy va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga muvofiqligi;
bolalarni umumtaʼlim muassasalaridagi boshlangʻich taʼlimga shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda tayyorlash sifati;
umumtaʼlim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda taʼminlamaslik.
4-bob. Qisqa muddatli guruhlarda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
23. Qisqa muddatli guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlimning davlat taʼlim dasturiga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti dasturida belgilab beriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son)
24. Qisqa muddatli guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni moslashuvchan xususiyatga ega, shuningdek, bolaning oʻziga xos, shaxsga yoʻnaltirilgan kamol topishini taʼminlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishni oʻz ichiga oladi.
25. Qisqa muddatli guruhlardagi taʼlim-tarbiya jarayoni yakka tartibdagi va birgalikdagi faoliyatning har xil shakllarini — ham katta yoshdagilarning bolalar bilan, ham bolalarning oʻzlari ishtirokidagi shakllarini oʻz ichiga oladi.
26. Negizida qisqa muddatli guruh tashkil etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining rahbari bolalar bilan metodik ishlarni tashkil etadi, qisqa muddatli guruhlarda taʼlim-tarbiya jarayoni tashkil etilishini va hujjatlar yuritilishini nazorat qiladi.
27. Qisqa muddatli guruhlarda bolalar bilan mashgʻulotlarni tashkil etishda taʼlim yuklamasi bir haftalik taʼlim yuklamasining eng koʻp ruxsat etilgan hajmidan va mashgʻulotlarning eng koʻp ruxsat etilgan sonidan oshmasligi kerak.
28. Uzluksiz taʼlim faoliyati muddati sanitariya talablariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
5-bob. Qisqa muddatli guruhlarni moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
29. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi qisqa muddatli guruhlarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi, jismoniy va yuridik shaxslarning xayr-ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Taʼlim faoliyatini olib boruvchi qisqa muddati guruhlarning pedagog xodimlari mehnatiga qonunchilikda belgilangan tartibda haq toʻlanadi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida
NIZOM
(3-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga hamda oʻz ustaviga amalga qiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarning maktabgacha taʼlim olishiga, shuningdek, ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari boʻlmagan bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda oʻqishini va tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan.
Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar tashkil etilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlar boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga hamda shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega.
7. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot yuridik shaxslar hisoblanadi, ajratilgan mol-mulkka, mustaqil balansga ega, oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻz ixtiyoridagi mol-mulk bilan javob beradi, oʻz nomi yozilgan muhrga va shtampga ega boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot litsenziya olgan vaqtdan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda taʼlim faoliyatini amalga oshiradi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotning maqsadlari hamda vazifalari
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot maqsadlari quyidagilardan iborat:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
bolaning taʼlim olishga boʻlgan huquqi amalga oshirilishini taʼminlash;
bolalarni oʻqitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning yosh va oʻziga xos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishini taʼminlash;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotning vazifalari quyidagilardan iborat:
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, shuningdek, ular asosida ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya va korreksion ishlarni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya va korreksiya-pedagogik yordam berilishini taʼminlash;
bolalarda Vatanga muhabbat, oilaga hurmat bilan munosabatda boʻlish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat, oʻziga va atrof-muhitga ongli munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya oʻtkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish;
bolalarga sifatli maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda taʼlim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash;
bolalarni umumtaʼlim muassasalarida oʻqishga tayyorlash;
oʻquv jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa davlat tashkilotlari davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotning muassislari boʻlishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni 6 tani tashkil etadi.
Qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarini tashkil etish uchun guruhlarning eng kam soni tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etishi kerak:
a) kamida 3 ta inklyuziv guruh;
b) quyidagi ixtisosliklar boʻyicha rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun kamida 3 ta guruh:
eshitishda ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun;
koʻrishda ogʻir nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun;
psixik rivojlanishi kechikkan bolalar uchun;
aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan 5 yoshga boʻlgan bolalar kontingenti mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni har yili yigʻib boradi va bu maʼlumotni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga belgilangan tartibda taqdim etadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda maktabgacha taʼlim hududiy boshqaruv organlari, deb ataladi) Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirligi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda sogʻliqni saqlash hududiy boshqaruv organlari deb ataladi) bilan birgalikda bunday muassasalarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish yakunlari boʻyicha tashkil etiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalar mavjud boʻlsa, maktabgacha taʼlimning hududiy boshqaruv organlari sogʻliqni saqlashning hududiy boshqaruv organlari bilan birgalikda davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif bilan Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga murojaat qiladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif oxirgi 5 yil har yilga boʻlib chiqilgan va tegishli hududdagi 5 yoshgacha boʻlgan bolalar orasida qayd etilgan kasalliklar oʻsishini koʻrsatadigan sogʻliqni saqlash organlarining rasmiy statistika maʼlumotlari bilan asoslangan boʻlishi kerak.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini tashkil etish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olganidan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tegishli taklif bilan murojaat qiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni yoki qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotni tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qabul qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarining va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining bino hamda inshootlari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, oʻzgaga berilishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot oʻquv yili tugaganidan keyin qonunchilikda belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida bolalarni boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻtkazish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmalari, Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4-bob. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalash
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan litsenziyani olgan vaqtdan boshlab amalga oshiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagi huquqlarga ega:
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
tasdiqlangan moslashtirilgan taʼlim dasturi asosida mustaqil ravishda oʻz taʼlim dasturini ishlab chiqish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
bolalarning jismoniy oʻsishi va sogʻligʻi mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena meʼyorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini taʼminlashi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;
taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogika jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini taʼminlashi;
bolalar toʻgʻri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarni shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda umumtaʼlim muassasalarida oʻqishga sifatli tayyorlashni taʼminlashi;
maktabgacha taʼlim sifatini taʼminlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashishi;
ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan toʻldirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotlardagi inklyuziv guruhlar uchun moʻljallangan guruhlarni umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga qoʻyiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan toʻldirishi shart;
(21-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
(21-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar quyidagilar uchun javob beradi:
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda yoki qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda boʻlgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sogʻligʻini mustahkamlashni tashkil etish;
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
belgilangan talablarga muvofiq taʼlim-tarbiya, korreksion-pedagogika hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish;
bolani tarbiyalash va taʼlim berish masalalari boʻyicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berish;
umumtaʼlim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda taʼminlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarning va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Oʻquv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki taʼlim olayotgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligiga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish hamda ulardan chiqarish
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda boʻsh joylar boʻlsa, kalendar yil davomida amalga oshiriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarga bolalarni qabul qilish:
Oldingi tahrirga qarang.
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlarga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlmagan bolalar:
(25-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
bola qonuniy vakilining arizasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yoʻllanma (qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti uchun);
(25-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarga, shuningdek qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotning inklyuziv guruhlariga rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalar quyidagilar asosida qabul qilinadi:
(25-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
bola qonuniy vakilining arizasi;
Oldingi tahrirga qarang.
psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
(25-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi asosida qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda, qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan hamda inklyuziv guruhlarda boʻlish davri, korreksion ishlari muddati psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
27. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotga quyidagi nuqsonlari boʻlgan bolalar qabul qilinmaydi:
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
ogʻir va chuqur darajadagi aqli zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari;
asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi.
Oldingi tahrirga qarang.
271. Bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdan va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotdagi rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun guruhlardan quyidagilar asosida chiqariladi:
bolani qonuniy vakillarining arizasi;
sogʻliqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy koʻrsatmalari;
maktabgacha taʼlim tashkilot va bolaning qonuniy vakillarning oʻrtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi;
maktabgacha taʼlim tashkilot tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasida koʻrsatilgan bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda boʻlish muddati tugashi;
(271-bandning oltinchisi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
maktab yoshiga yetishi (7 yosh).
(271-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan belgilangan davlat talablariga muvofiq bolalar taʼlim olishi, tarbiyalanishi, parvarishlanishi va sogʻlomlashtirilishini taʼminlaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotdagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan taʼlim dasturi asosida, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan (shu jumladan, mualliflik, moslashtirilgan va boshqa) dastur bilan belgilanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
30. Taʼlim-tarbiya jarayoni mashgʻulotlarning yillik, kalendar-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot qonunchilikka hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarga taʼlim berish va tarbiyalash shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayoni ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi yoʻnalish asosida bolalarning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Mashgʻulotlar frontal, kichik guruh va yakka tartibda olib boriladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
33. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga quyidagi tamoyillar asosida taʼlim beriladi va tarbiyalanadi:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
taʼlimning korreksion yoʻnaltirilganligi;
ijtimoiy moslashuvi;
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda taʼlimning maxsus metodologiyasidan va toifalangan yondashuvdan foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda besh kunlik ish haftasi belgilanadi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Bolalar tashkilotda boʻlish vaqtiga qarab ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotdagi guruhlar:
bolalar qisqa vaqt boʻladigan guruhlar (kuniga 3-4 soat);
toʻliq kunli guruhlar (kuniga 9, 10,5 va 12 soat);
bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlar boʻlishi mumkin.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda ishlash tartibi hamda tarbiyalanuvchilarning boʻlish vaqti uning ustavida va muassis qarorida belgilanadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bola ushbu tashkilotga joylashtirilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
38. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayoni maxsus maktabgacha taʼlim boʻyicha tegishli malakaga ega pedagog xodimlar tomonidan oʻtkaziladi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotdagi taʼlim-tarbiya jarayonining psixologik-pedagog kuzatuvi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
39. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda taʼlim-tarbiya davlat tilida hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda reabilitatsiya jarayonini tashkil etish
(8-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
40. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalar uchun reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga yoki qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotga hududiy biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlari tibbiyot xodimlari tomonidan oʻtkaziladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlarda reabilitatsiya tadbirlari tashkilot shtatidagi tibbiyot xodimlari, shuningdek, boshqa tibbiyot xodimlari tomonidan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
42. Tibbiyot xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan davolash standartlariga muvofiq tarbiyalanuvchining rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiya qilishga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya qilish, abilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlarini oʻtkazadi.
43. Davolashning belgilangan kursi doirasida tibbiy reabilitatsiya muolajalarini oʻtkazish har bir tarbiyalanuvchi uchun mashgʻulotlar jadvalini hisobga olib yakka tartibda oʻtqaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
44. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda bolaning boʻlish muddati tugaganidan soʻng uning qonuniy vakillari yashash joyidagi tibbiyot muassasasi uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan har bir bolaning tibbiy kartasidan koʻchirma beriladi.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
45. Tibbiy jismoniy tarbiya boʻyicha mashgʻulotlar tibbiy jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega oʻqituvchi tomonidan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda barcha sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari toʻgʻri tashkil etilishi hamda oʻtkazilishi ustidan nazorat ushbu tashkilot joylashgan joydagi sogʻliqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(46-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining shtatidagi xodimlar sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
(47-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlar xodimlari sogʻliqni saqlash organlarining muassasalari tomonidan shartnoma asosida tibbiy tekshiruvdan oʻtkaziladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda guruhlarni toʻldirish
(9-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi:
(49-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
eshitishida ogʻir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
koʻrishida ogʻir nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
psixik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
aqli zaif boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
(49-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun.
50. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab toʻldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etadi:
kar tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif eshituchi tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
koʻzi ojiz tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif koʻruvchi yaxshi koʻrmaydigan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 15 nafar va koʻpi bilan 18 nafar tarbiyalanuvchi;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
yengil darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; oʻrta darajada aqliy zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psixik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.
Oldingi tahrirga qarang.
51. Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda inklyuziv guruhlar yoshi boʻyicha toʻldiriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
52. Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan inklyuziv guruhlar rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarning toifasiga qarab toʻldiriladi hamda quyidagini tashkil etadi:
(52-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan (zaif koʻruvchilar yoki zaif eshituvchilar yoki tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan) 3 nafar bola;
(52-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan (ambliopiya bilan, koʻzi gʻilaylik, yoki nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan yoki autizm bilan) 2 nafar bola;
(52-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan nutqida ogʻir nuqsonlari boʻlgan 3 nafar bola;
kamida 20 nafar va koʻpi bilan 25 nafar bola, shu jumladan, koʻpi bilan psixik rivojlanishda kechikayotgan 3 nafar bola.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab toʻldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagini tashkil etadi:
(52-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
kar bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;
zaif eshituvchi bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;
koʻzi ojiz bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;
zaif koʻruvchi bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda –kamida 15 nafar va koʻpi bilan 18 nafar bola;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar bola;
bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bilan bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar bola;
Oldingi tahrirga qarang.
yengil darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; oʻrta darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
(52-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psixik rivojlanishda kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.
53. Nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida guruhlarni toʻldirish tartibi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini saqlab turish, tuzish va ularda ishlash tartibini tashkil etishga qoʻyilgan sanitariya-gigiyena talablarini hisobga olgan holda muassis tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
10-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarda ovqatlanishni tashkil etish
(10-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
54. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda ovqatlanish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
55. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda tarbiyalanuvchilar ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik ushbu tashkilotning rahbari zimmasiga yuklanadi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish
(11-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
(56-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi;
(56-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(56-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
57. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qoʻshimcha budjet mablagʻlarini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
58. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish hamda moddiy-texnik taʼminlash muassis mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
59. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida bolalarni parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun olinadigan ota-onalar toʻlovi qonunchilikda belgilangan miqdorda undiriladi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
60. Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarda va qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotlari oʻzi koʻrsatayotgan maktabgacha taʼlim va tarbiya xizmatlari haqi muassis tomonidan shartnoma asosida belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha toʻlanadi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
61. Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan oilalarning bolalarini parvarishlash, ovqatlantirish va ularga qarab turish uchun ota-onalar toʻlovi imtiyozli shartlar asosida qonunchilikda belgilangan miqdorlarda olinadi.
62. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlarida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarida ota-onalar toʻlovi undirilmaydigan tarbiyalanuvchilarning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlar roʻyxati qonunchilikda belgilangan tartibda belgilanadi.
(60 — 62-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj boʻlgan bolalarga uyda yakka tartibda taʼlim berish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ilova.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni moliyalashtirish ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tomonidan tasdiqlangan va qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining inklyuziv guruhlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatga olingan umumiy turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
Qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlarning rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlari qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatga olingan ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida xodimlar ish haqi qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(64-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida rahbarlar, pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.
Qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotlarining rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga moʻljallangan guruhlarda ishlovchi pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot tegishli davlat organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
66. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining moliya-xoʻjalik faoliyati Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqaruvi
(12-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
67. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotni va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish qonunchilikka, ushbu Nizomga va mazkur tashkilotning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
(67-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotini va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini boshqarish organlari quyidagilardan iborat:
(68-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Pedagogik kengashi;
Kuzatuv kengashi;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari.
(68-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlar va nodavlat qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotlar oʻz boshqaruv organlari tizimini mustaqil belgilaydi.
(68-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
69. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagogik kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti taʼlim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga fan yutuqlarini va ilgʻor pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari va pedagog xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Pedagogik kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
(69-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotida va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va taʼlim berishda koʻmaklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi:
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarini saylaydi, shuningdek uni egallagan lavozimidan ozod qilish boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbarining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi davriy hisobotlarini eshitadi;
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti rahbari, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlariga davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotining Kuzatuv kengashi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
(70-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti va qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 2-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan Maktabgacha taʼlim tashkilotining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
72. Davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining hududiy boʻlinmalari tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan Kuzatuv kengashi tomonidan tanlanadigan direktor rahbarlik qiladi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
73. Maktabgacha taʼlim tashkilotining ustaviga muvofiq lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning yoki qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilotning rahbari hisoblanadi.
(73-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
74. Direktor davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkiloti yoki qoʻshma turdagi davlat maktabgacha tashkiloti faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi hamda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining Kuzatuv kengashi va muassis oldida hisob beradi
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Direktor nodavlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot yoki qoʻshma turdagi nodavlat maktabgacha tashkilot faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va muassis oldida hisob beradi.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
76. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot rahbarining huquqlari hamda majburiyatlari qonunchilikda, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
(76-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
77. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilot rahbarining lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan belgilanadi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
78. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda psixolog, tibbiyot va pedagog xodimlardan iborat tibbiy-psixologik-pedagogik kengash tuziladi hamda faoliyat koʻrsatadi.
(78-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot va qoʻshma tipdagi maktabgacha tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi:
bola qabul qilinganda uning oʻziga xos va yosh xususiyatlarini, sogʻligʻi holati va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan individual yoʻnalishni ishlab chiqadi;
individual yoʻnalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlaydi va zarurat boʻlsa, unga oʻzgartishlar kiritadi;
korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish koʻnikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirishi monitoringini olib boradi va baholaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda boʻlgan muddat davomida uni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani koʻrib chiqadi;
(78-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasida koʻrsatilgan bolaning boʻlish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda boʻlish muddati tugaganidan xabardor qiladi hamda ushbu tashkilotlarda boʻlishini davom ettirish yuzasidan uni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tekshiruvga yuboradi.
(78-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
79. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(79-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
80. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda va qoʻshma turdagi maktabgacha tashkilotda xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlar va tibbiyot xodimlari amaliyotini oʻtkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(80-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga
5-ILOVA
Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda Ixtisoslashtirilgan tashkilot deb ataladi) maqsadlari va vazifalari, huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini, shuningdek uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom umumiy tipdagi davlat tashkilotlari, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʻshma turdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.
3. Ixtisoslashtirilgan tashkilot oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, ushbu Nizomga hamda oʻz ustaviga muvofiq olib boradi.
4. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarning maktabgacha taʼlim olishiga, shuningdek ularni tarbiyalash va reabilitatsiya qilishga qaratilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ixtisoslashtirilgan tashkilot akkreditatsiyasi attestatsiya asosida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Ixtisoslashtirilgan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va davlat tilidagi oʻz nomi yozilgan muhrga hamda shtampga, mustaqil balansga, budjet va budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
2-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning maqsadlari va vazifalari
7. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning maqsadlari quyidagilardan iborat:
bolaning taʼlim olishga boʻlgan huquqini amalga oshirilishini taʼminlash;
bolalarni oʻqitish va tarbiyalash, jamiyatga moslashtirish, shuningdek, rivojlanishidagi nuqsonlarni korreksiyalash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning yosh va oʻziga xos imkoniyatlariga, qobiliyatlari va ehtiyojlariga muvofiq ularning jismoniy, aqliy va maʼnaviy kamol topishini taʼminlash;
bolaning shaxsini shakllantirish, uning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, uning ijtimoiy tajriba orttirishini taʼminlash;
nogironligi boʻlgan bolalarga, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga, shuningdek bunday bolalar tarbiyalanayotgan oilalarga malakali ijtimoiy-maishiy, ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish, jamiyatdagi, oiladagi hayotga, oʻqishga va mehnat qilishga imkon qadar toʻliq hamda oʻz vaqtida moslashishiga koʻmaklashish.
8. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga, shuningdek, ular asosida ishlab chiqilgan taʼlim-tarbiya va korreksion ishlarni tashkil etish dasturlariga muvofiq tarbiyalanuvchilarga taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik yordam berilishini taʼminlash;
bolalarda Vatanga muhabbat, oilaga hurmat bilan munosabatda boʻlish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarga hurmat, oʻziga va atrof-muhitga ongli munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
tibbiy abilitatsiya va reabilitatsiya oʻtkazish, bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni kompensatsiya va korreksiya qilish;
bolalarga sifatli maktabgacha taʼlim va tarbiya olish imkonini beradigan shart-sharoitlar yaratish;
bolalarning ijtimoiy moslashuvchanligini hamda taʼlim va tarbiya olishni davom ettirishga tayyorligini taʼminlash;
bolalarni umumtaʼlim muassasalarida oʻqishga tayyorlash;
oʻquv jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarni joriy etish.
3-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Ixtisoslashtirilgan tashkilotning muassisidir.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
10. Ixtisoslashtirilgan tashkilot muassis tomonidan tashkil etiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va muassasalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va davlat organlarini tugatish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti.
11. Ixtisoslashtirilgan tashkilot koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti va reabilitatsiya markazidan iborat, shuningdek oʻz tuzilmasida bolalar va ularning qonuniy vakillari bilan vaqtinchalik yashaydigan xostelga ega boʻlishi mumkin.
12. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda muassis bilan kelishilgan holda faoliyati Ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatining ustav turlariga zid boʻlmagan qoʻshimcha boʻlimlar, xizmatlar, tarkibiy boʻlinmalar ochilishi mumkin. Barcha tarkibiy boʻlinmalar oʻz faoliyatida Ixtisoslashtirilgan tashkilotning direktoriga boʻysunadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning bino va inshootlari Agentlik bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, musodara qilinishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
14. Ixtisoslashtirilgan tashkilot oʻquv yili tugaganidan keyin qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi yoki tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat muassasalari toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotni qayta tashkil etish yoki tugatish jarayonida tarbiyalanuvchilarni boshqa davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga oʻtkazish Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan bolaning qonuniy vakillari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
4-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi
15. Ixtisoslashtirilgan tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
tasdiqlangan moslashtirilgan taʼlim dasturi asosida mustaqil ravishda oʻz taʼlim dasturini ishlab chiqish;
bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorlik qilish;
maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha innovatsion faoliyatda qatnashish.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Ixtisoslashtirilgan tashkilot:
bolalarning jismoniy oʻsishi va sogʻligʻi mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena meʼyorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini taʼminlashi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini oʻtkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;
taʼlim-tarbiya va korreksion-pedagogik jarayonini tashkil etishda qoʻllaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini taʼminlashi;
bolalar toʻgʻri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarni shaxsga yoʻnaltirilgan yondashuvni qoʻllagan holda umumtaʼlim muassasalarida oʻqishga sifatli tayyorlashni taʼminlashi;
maktabgacha taʼlim sifatini taʼminlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazishda vakolatli davlat organlariga koʻmaklashishi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan toʻldirilishi.
zarur moddiy-texnik bazasi va malakali tibbiyot xodimlari mavjud boʻlganda, asosiy taʼlim-tarbiya faoliyati bilan birga pulli davolash-sogʻlomlashtirish xizmatlarini koʻrsatishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotning qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham boʻlishi mumkin.
(16-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
17. Ixtisoslashtirilgan tashkilot quyidagilar uchun javob beradi:
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;
bolalar Ixtisoslashtirilgan tashkilotda boʻlgan vaqtida ularning hayotini himoya qilishni va sogʻligʻini mustahkamlashni tashkil etish;
belgilangan talablarga muvofiq taʼlim-tarbiya, korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya jarayonlarini amalga oshirish;
bolani tarbiyalash va taʼlim berish masalalari boʻyicha uning qonuniy vakillariga maslahatlar bilan yordam berish;
umumtaʼlim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda taʼminlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻquv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki taʼlim olayotgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
5-bob. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti
20. Koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi oʻrinlarda ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot deb ataladi) Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi hisoblanib, u yerda tarbiyalanuvchilarga taʼlim va tarbiya beriladi.
21. Bolalarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga qabul qilish ushbu tashkilotda boʻsh joylar boʻlsa, kalendar yil davomida amalga oshiriladi.
Bolalar ularning qonuniy vakillari roziligi bilan quyidagilar asosida qabul qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyasining belgilangan tartibda berilgan xulosasi;
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha bolaning tibbiy kartasi va profilaktik emlash kartasi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda boʻlish davri va bolalar bilan oʻtkaziladigan korreksion ishlar muddati psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
23. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan 2 yoshdan 7 yoshgacha tarbiyalanuvchilar kontingentiga muvofiq quyidagi guruhlar tuziladi:
eshitishida ogʻir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
koʻrishida ogʻir nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun;
psixik rivojlanishda kechikayotgan tarbiyalanuvchilar uchun;
aqliy zaiflik bilan tarbiyalanuvchilar uchun;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlari boʻlgan tarbiyalanuvchilar uchun.
24. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda guruhlar bolalarning toifasiga va yoshiga qarab toʻldiriladi hamda tegishli ravishda quyidagilarni tashkil etadi:
kar tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif eshituvchi tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
koʻzi ojiz tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
zaif koʻruvchi tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
tayanch-harakat apparatida nuqsonlar boʻlgan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 15 nafar va koʻpi bilan 18 nafar tarbiyalanuvchi;
gemiparez, monoparez, plegiya asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
bolalar serebral falaji sindromi asoratlari bilan tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
yengil darajada aqli zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi; oʻrta darajada aqliy zaif boʻlgan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 6 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
autizm bilan uch yoshdan katta tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi;
psixik rivojlanishida kechikayotgan uch yoshdan katta bolalarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 10 nafar va koʻpi bilan 12 nafar tarbiyalanuvchi;
murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) tarbiyalanuvchilarga moʻljallangan guruhlarda — kamida 8 nafar va koʻpi bilan 10 nafar tarbiyalanuvchi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ovqatlanish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda tarbiyalanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etish uchun javobgarlik Ixtisoslashtirilgan tashkilotning direktori zimmasiga yuklanadi.
26. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga quyidagi nuqsonlari boʻlgan bolalar qabul qilinmaydi:
ogʻir va chuqur darajadagi aqliy zaiflik;
shizofreniya, hissiy irodaning chuqur buzilishlari;
tez-tez takrorlanuvchi umumlashgan epileptik xurujlar;
turli sababli psixopatiya va psixopatsimon holatlarning ogʻir shakllari;
asab tizimining organik shikastlanganligi sababli siydik va najas ushlab turolmaslik;
yurak-qon tomir, nafas olish va ovqat hazm qilish tizimining xuruj va dekompensatsiya bosqichi;
koʻzi koʻr qulogʻi karlar.
27. Bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdan quyidagilar asosida chiqariladi:
bolani qonuniy vakillarining arizasi;
sogʻliqni saqlash organlari muassasalarining tibbiy koʻrsatmalari;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot va bolaning qonuniy vakillarning oʻrtasidagi shartnoma shartlarining bajarilmasligi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning xulosasida koʻrsatilgan bolaning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda boʻlish muddati tugashi;
(27-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
bolaning maktab yoshiga yetishi (7 yosh).
(27-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
6-bob. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish
28. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot maktabgacha taʼlimga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarni taʼlim olishi, tarbiyalashni, ularni parvarishlashni va bolalarga korreksion-pedagogik yordamni koʻrsatishni taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotdagi taʼlim-tarbiya jarayonining mazmun-mohiyati Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq Agentlik bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan taʼlim dasturi asosida ishlab chiqilgan (shu jumladan, mualliflik, moslashtirilgan va boshqa) dastur bilan belgilanadi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
30. Taʼlim-tarbiya jarayoni mashgʻulotlarning yillik, taqvim-mavzuli rejalari va jadvali bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot qonunchilik hujjatlariga hamda Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan davlat talablariga muvofiq bolalarga taʼlim-tarbiya berish shakllari, vositalari va usullarini tanlaydi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
32. Taʼlim-tarbiya jarayoni ishlab chiqiladigan yakka tartibdagi yoʻnalish asosida bolalarning oʻziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda tashkil etiladi. Mashgʻulotlar frontal, kichik guruh va yakka tartibda olib boriladi. Guruhlar va korreksion-taʼlim kabinetlar zarur ixtisoslashtirilgan asbob-uskuna va jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
33. Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarga quyidagi tamoyillar asosida taʼlim beriladi va tarbiyalanadi:
taʼlimning korreksion yoʻnaltirilganligi;
ijtimoiy moslashuvi;
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishda taʼlimning maxsus metodologiyasidan va toifalangan yondashuvdan foydalanish.
34. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Bolalar tashkilotda boʻladigan muddatga qarab guruhlar:
toʻliq kunli guruhlar (kuniga 10,5 soatgacha);
bolalar kechayu kunduz boʻladigan guruhlar (24 soat) boʻlishi mumkin.
35. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda ishlash tartibi va tarbiyalanuvchilarning boʻlish muddati Ixtisoslashtirilgan tashkilotning ustavida va muassis qarorida belgilanadi.
36. Ixtisoslashtirilgan tashkilot va bolaning qonuniy vakillari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotga joylashtirilganda tuziladigan shartnoma bilan tartibga solinadi. Bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda boʻladigan vaqt ushbu shartnomada koʻrsatiladi.
37. Taʼlim-tarbiya jarayoni ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning maxsus maktabgacha taʼlim boʻyicha tegishli malakaga ega pedagog xodimlari tomonidan oʻtkaziladi. Taʼlim jarayonining psixologik-pedagogik kuzatuvi psixologlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Pedagog xodimlari taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot faoliyatiga va taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etishga umumiy rahbarlik Ixtisoslashtirilgan tashkilotning oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
39. Taʼlim-tarbiya davlat tilida hamda “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi.
7-bob. Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
40. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
tarbiyalanuvchilar;
pedagog xodimlari;
tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar;
bolaning qonuniy vakillari.
41. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tarbiyalanuvchilari quyidagi huquqlarga ega:
bepul maktabgacha taʼlim olish;
reabilitatsiya va tibbiy xizmatlardan foydalanish;
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan dori-darmonlar roʻyxatiga asosan dori vositalari bilan bepul taʼminlanish;
Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq ovqatlanish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tarbiyalanuvchilarining boshqa huquq va majburiyatlari qonunchilik hujjatlari va Ixtisoslashtirilgan tashkilot ustaviga muvofiq belgilanadi.
(41-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
42. Tegishli ixtisoslashtirilgan maʼlumotga, kasbiy tayyorgarlikka, yuksak axloqiy xislatlarga ega shaxslar Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda pedagogika faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga ega.
43. Bolaning qonuniy vakillari ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning taʼlim-tarbiya faoliyati, oʻz farzandiga berilayotgan taʼlim va koʻrsatilayotgan reabilitatsiya yordami bilan ushbu tashkilotning ishiga aralashmay tanishish huquqiga ega.
8-bob. Reabilitatsiya markazi va reabilitatsiya jarayonini tashkil etish
44. Reabilitatsiya tadbirlari Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy boʻlinmasi hisoblangan reabilitatsiya markazida shtatdagi tibbiyot va pedagog xodimlari, shuningdek Ixtisoslashtirilgan tashkilotga hududiy biriktirilgan sogʻliqni saqlash organlari muassasalarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
45. Reabilitatsiya markazining tibbiyot va pedagog xodimlari bolalarning qonuniy vakillari bilan tuziladigan shartnomada nazarda tutilgan talab va shartlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlagan davolash standartlariga muvofiq bolalarning rivojlanishidagi nuqsonlarini korreksiya qilish, rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalarni tibbiy reabilitatsiya, abilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashuvga qaratilgan reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
46. Belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning har bir tarbiyalanuvchisi uchun yakka tartibda mashgʻulotlar jadvalini hisobga olgan holda rejalashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
47. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning tarbiyalanuvchilaridan tashqari reabilitatsiya markazi mazkur ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi koʻrsatmasiga koʻra 2 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalarni mazkur Nizomning ilovasida koʻrsatilgan tibbiy koʻrsatmalar asosida ambulator sharoitida qabul qiladi va reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazadi.
(47-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Bolalarni ambulator sharoitida qabul qilishda ularga koʻrsatiladigan reabilitatsiya muolajalarni davriyligi yakka tartibdagi reabilitatsiya dasturida belgilanadi, unda bir oy davomida reabilitatsiya muolajalari kursini olish, bolaning sogʻligʻi holatiga qarab va Ixtisoslashtirilgan tashkilotni Tibbiy-psixologik-pedagogik kengashining tavsiyalari boʻyicha 3 yoki undan koʻproq oydan soʻng muolajalarni takroran oʻtkazish nazarda tutiladi.
48. Reabilitatsiya markazida ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotining har bir tarbiyalanuvchisiga hamda ambulator sharoitida davolanish kursidan oʻtgan bola uchun belgilangan namunadagi tibbiy kartasi ochiladi. Tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda boʻlish muddati tugagandan keyin yoki ambulator sharoitida davolanish kursi tugaganidan soʻng bolaning qonuniy vakillari yashash joyi boʻyicha tibbiyot muassasasi uchun tibbiy kartasidan koʻchirma beriladi.
49. Reabilitatsiya markazida besh kunlik ish haftasi belgilanadi. Qabul qilish jadval boʻyicha belgilangan vaqtda — har kuni 7,2 soatdan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Reabilitatsiya markazi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bola yashash joyi boʻyicha tuman (shahar) markaziy koʻp tarmoqli poliklinikaning yoʻllanmasi asosida, yuqumli kasalliklar bilan aloqa boʻlmaganligi haqidagi maʼlumotnomani albatta talab qilgan holda, qoʻshimcha pulli ambulator xizmatlarini tashkil etishga haqli.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
51. Tibbiy jismoniy tarbiya boʻyicha mashgʻulotlar tibbiy jismoniy tarbiya instruktori yoki tegishli tayyorgarlikka ega oʻqituvchi tomonidan oʻtkaziladi.
52. Reabilitatsiya markazida barcha sogʻlomlashtirish va reabilitatsiya tadbirlari toʻgʻri tashkil etilishi hamda oʻtkazilishi ustidan nazorat sogʻliqni saqlash hududiy boshqarish organlari tomonidan olib boriladi.
Sogʻliqni saqlash hududiy boshqarish organlari reabilitatsiya markazini tibbiyot kadrlari bilan toʻldirish, ularning malakasini oshirish, shuningdek davolash va sogʻlomlashtirishning zamonaviy texnologiyalari hamda usullarini keng jalb qilish, maslahatlari bilan yordam koʻrsatishi uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish uchun masʼuldir.
53. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning shtatdagi xodimlari sogʻliqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy tekshiruvdan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
54. Tibbiyot va pedagog xodimlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq reabilitatsiya jarayonini tashkil etish uchun javob beradi. Reabilitatsiya markazi faoliyatiga va reabilitatsiya jarayonini tashkil etishga umumiy rahbarlik Ixtisoslashtirilgan tashkilotning davolash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari tomonidan amalga oshiradi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
9-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilot xosteli
55. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga bola ambulator sharoitida belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya muolajalarini oladigan davrda bola (bolalar) oʻz qonuniy vakillari bilan birgalikda vaqtinchalik yashashi uchun xostel tashkil etishga ruxsat berilsin.
56. Xostellar yuridik maqomga ega boʻlmaydi va Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan boshqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Xostellar asosan oʻzini-oʻzi moliyalashtirish mablagʻlari hisobiga saqlanadi. Shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik (begʻaraz) yordamlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan mablagʻ jalb qilinishi mumkin.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
58. Xostellardan tushgan tushumlar Davlat budjetiga undiriladigan soliqlar, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga yigʻimlar va davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Xostellardan foydalanish tartibini Agentlik tomonidan belgilanadi.
(59-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
10-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatini moliyalashtirish
60. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriy xayriya ehsonlari;
pulli xizmatlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(60-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoʻshimcha daromadlar olish huquqiga ega.
(60-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
61. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga qoʻshimcha budjet mablagʻlarini jalb qilish budjetdan moliyalashtirishni kamaytirishga olib kelmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
62. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda bolalarni saqlash uchun ota-onalar toʻlovi undirilmaydi, bundan bolalarning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan holatlar mustasno.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
63. Ixtisoslashtirilgan tashkilot oʻzi tomonidan tasdiqlangan va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatga olingan xarajatlar smetasi asosida moliyalashtiriladi.
(63-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
64. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda xodimlar ish haqi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(64-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ixtisoslashtirilgan tashkilotda rahbarlar, pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek, tarbiyachilar yordamchilari lavozim maoshlariga hamda bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
65. Ixtisoslashtirilgan tashkilot tegishli davlat organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy va statistik hisobot taqdim etadi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2024-yil 15-oktabrdagi 10-mb-sonli “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3575, 18.11.2024-y.), Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 8-oktabrdagi 181-sonli “Moliyaviy hisobotlarni taqdim etish muddatlari hamda ularning tarkibi va mazmuni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3567, 04.11.2024-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
66. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning moliya-xoʻjalik faoliyati Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan nazorat qilinadi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
11-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotini boshqaruvi
67. Ixtisoslashtirilgan tashkilot qonunchilik hujjatlariga, ushbu Nizomga va Ixtisoslashtirilgan tashkilotining ustaviga muvofiq boshqariladi.
68. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning boshqaruv organlari quyidagilardan iborat:
Pedagogik kengashi;
Kuzatuv kengashi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori.
69. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Pedagogik kengashi:
Ixtisoslashtirilgan tashkilotda taʼlim-tarbiya jarayonini takomillashtirish masalalarini koʻrib chiqadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot ish rejasini hamda pedagog xodimlarning pedagogik yuklamasini belgilaydi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot taʼlim dasturini amalga oshirish natijalarini baholaydi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot bolaning qonuniy vakillari bilan hamkorligi tartibini belgilaydi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot pedagog xodimlari malakasini oshirish, ularning ijodiy tashabbusini rivojlantirish, taʼlim jarayoniga fan yutuqlarini va ilgʻor pedagogik tajribani joriy etish masalalarini muhokama qiladi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlarini maʼnaviy va moddiy ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori va pedagog xodimlari hisobotlarini eshitadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot Pedagogik kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
(69-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
70. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda bolani tarbiyalash, rivojlantirish va taʼlim berishda koʻmaklashish maqsadida Kuzatuv kengashi tashkil etiladi. Uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, uning xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar vakillaridan tuziladi.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotning Kuzatuv kengashi:
Ixtisoslashtirilgan tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(70-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 375-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son)
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining uning faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi davriy hisobotlarini eshitadi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori, pedagog xodimlari va boshqa xodimlari faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga Ixtisoslashtirilgan tashkilot xodimlarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
(70-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilotning Kuzatuv kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham bajarishi mumkin.
(70-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
71. Ixtisoslashtirilgan tashkilot Kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
Oldingi tahrirga qarang.
72. Ixtisoslashtirilgan tashkilotga Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
73. Direktor Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatiga joriy rahbarlik qiladi va Kuzatuv kengashiga hamda muassisga hisob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining huquqlari va majburiyatlari qonunchilik hujjatlarida, ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
75. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktorining lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Agentlik tomonidan belgilanadi.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
76. Direktor:
Oldingi tahrirga qarang.
Ixtisoslashtirilgan tashkilot nomidan faoliyat olib boradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, Ixtisoslashtirilgan tashkilot mulkini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasarruf etadi va shartnoma tuzadi;
(76-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ixtisoslashtirilgan tashkilot vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi va Ixtisoslashtirilgan tashkilotga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻz vakolati doirasida Ixtisoslashtirilgan tashkilotning barcha xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
oʻquv-moddiy bazani mustahkamlash, taʼlim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, malakali pedagog va tibbiy kadrlar bilan taʼminlash bilan bogʻliq ayrim masalalarni hal qilish yuzasidan hamda Ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatiga oid boshqa masalalar boʻyicha tegishli organlarga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
pedagog, tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlar bilan mehnat shartnomalarni tuzadi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
77. Uch nafar direktor oʻrinbosari Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tarkibiy boʻlinmalariga joriy rahbarlik qiladi:
oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Agentlik bilan kelishuv boʻyicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi;
davolash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari sogʻliqni saqlash hududiy boshqaruv organi tomonidan tavsiya etiladi hamda Agentlik bilan kelishuv boʻyicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi;
umumiy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Agentlik bilan kelishuv boʻyicha Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori tomonidan tayinlanadi.
(77-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
78. Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori oʻrinbosarlarining huquq va majburiyatlari ustavda, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
12-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi
79. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda tibbiy-psixologik-pedagogik kengashi tuziladi va faoliyat olib boradi, Ixtisoslashtirilgan tashkilot direktori uning raisi va oʻquv-tarbiya ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, davolash ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, psixolog, pedagog hamda tibbiyot xodimlari uning aʼzolari hisoblanadi.
80.Tibbiy-psixologik-pedagogik kengash:
bola Ixtisoslashtirilgan tashkilotning ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotiga qabul qilinganda uning oʻziga xos va yosh xususiyatlarini, sogʻligʻi holati va rivojlanish darajasini hisobga olib korreksion-pedagogik hamda reabilitatsiya tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan yakka tartibdagi yoʻnalishni ishlab chiqadi;
oʻquv yili davomida 3-marta (sentabr, yanvar va mayda) ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilot tarbiyalanuvchilarini tekshiradi;
yakka tartibdagi yoʻnalishni amalga oshirish jarayonida bola rivojlanishi dinamikasini aniqlaydi va zarurat boʻlsa, unga oʻzgartishlar kiritadi;
korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalari, bolaning oʻziga oʻzi xizmat koʻrsatish koʻnikmalari darajasi va ijtimoiy moslashuv dinamikasi, taʼlim-tarbiya dasturlarini oʻzlashtirishi monitoringini olib boradi va baholaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
bola ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda boʻlgan muddat davomida uni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga qayta tekshiruvga yuborish zarurati haqidagi masalani koʻrib chiqadi;
(80-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasida koʻrsatilgan bolaning boʻlish muddati tugashidan kamida bir oy oldin bolaning qonuniy vakillarini tarbiyalanuvchining ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotda boʻlish muddati tugaganidan xabardor qiladi hamda ushbu tashkilotlarda boʻlishini davom ettirish yuzasidan uni psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga tekshiruvga yuboradi;
(80-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tarbiyalanuvchilarni tekshirish maʼlumotlari yoki korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlari natijalarining ijobiy dinamikasi asosida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasida koʻrsatilgan boʻlish muddati tugashigacha tarbiyalanuvchini ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotidan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqiga ega;
(80-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 25-yanvardagi 46-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son)
Ixtisoslashtirilgan tashkilotning reabilitatsiya markazida ambulator sharoitida belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya muolajalarini olishga yuborilgan bolalarni yakka tartibda tekshiradi va bolaning oʻziga xos va yosh xususiyatlariga, sogʻligʻi holatiga va rivojlanish darajasiga qarab korreksion-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarini tayinlaydi; bola korreksion-pedagogik va reabilitatsiya muolajalarini vaqti va davriyligi bilan olishi toʻgʻrisida tavsiyalar ishlab chiqadi;
bolaning qonuniy vakillari roziligi bilan bola Ixtisoslashtirilgan tashkilot xostelida yashashi uchun u ambulator sharoitida belgilangan davolash kursi doirasida reabilitatsiya muolajalarini olishi zarurligi va uning davomiyligi haqida xulosa beradi.
13-bob. Yakunlovchi qoidalar
81. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda siyosiy partiyalar va diniy muassasalarning tashkiliy tuzilmalari tashkil etilishiga va faoliyatiga yoʻl qoʻyilmaydi.
82. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda xalqaro hamkorlik, pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog va tibbiyot xodimlari amaliyotini oʻtkazish va malakasini oshirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Reabilitatsiya markaziga ega davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Reabilitatsiya markaziga qabul qilish uchun asos boʻladigan tibbiy koʻrsatmalar
ROʻYXATI

Kasallik nomi

Xalqaro Kasalliklar Tasnifi

(XKT-10)

Ruhiy rivojlanishdagi nuqsonlar (3 yoshdan)

Psixologik rivojlanishning aralash spetsifik buzilishlari

F83

Bolalar autizmi

F84.0

Atipik autizm

F84.1

Retta sindromi

F84.2

Aqliy zaiflik va stereotip harakatlar bilan birga

F84.4

Bolalik yoshidagi boshqa dezintegrativ buzilish

F84.3

Asperger sindromi

F84.5

Rivojlanishning boshqa umumiy buzilishlari

F84.8

Aqliy rivojlanishdagi nuqsonlar (3 yoshdan)

Yengil darajadagi aqliy zaiflik

F70

Moʻtadil aqliy zaiflik

F71

Ogʻir darajadagi aqliy zaiflik

F72

Nutqdagi nuqsonlar (3 yoshdan)

Ekspressiv nutqning buzilishi (nutq rivojlanishining birinchi va ikkinchi darajali motor alaliyasi)

F80.1

Retseptiv nutqning buzilishi (sensor alaliya)

F80.2

Rinolaliya (nutq apparatining korreksiya boʻyicha operatsiyalardan keyingi holat)

R49.2

Oʻrtacha va ogʻir darajadagi duduqlik

F98.5

Dizartriya (markaziy nerv tizimining organik shikastlanishi bilan)

R47.1

Koʻrishida nuqsonlar (2 yoshdan):

Koʻzi ojizlik (amovroz)

N54.1

Tugʻma nuqsonlar

Q11

Mikroftalm

Mikrokornea

Anoftalm

Retinoblastoma

C69.2

Koloboma

Q13.0

Q12.2

Q10.3

Q14.2

Q14.8

Preretinopatiya (chala tugʻilgan bolalar retinopatiyasi)

N35.1

Koʻrish nervining atrofiyasi

N47.2

Koʻrish nervi disk va makulasining ogʻir darajadagi gipoplaziyasi

Q14.2

Albinizm

E70.3

Aniridiya

Q13.1

Katarakta

N26.0

Markaziy zonada toʻliq yoki qisman xiralashish

N26.0

Artifakiya

N27.0

Afakiya (koʻz gavhari yoʻqligi)

Q12.3

N27.0

Koʻz gavhari siljishi (joyi oʻzgarishi)

Q12.1

N27.1

Koʻz gavharining chiqishi

N27.1

Glaukoma (tugʻma, ikkilamchi)

N40 — 42

Tugʻma miopiyaning oʻrta, yuqori darajasi

N52.1

Gipermetropiyaning oʻrta yuqori darajasi

N52.0

Toʻr parda ajralishi, uning yorilishi yoki yirtilishlari

N33

Nistagm

N55

Eshitishida nuqsonlar (2 yoshdan)

Koxlear implantatsiyadan keyin

N90.3 KI

Neyrosensor eshitish zaifligining II darajasi (eshitishning 41 — 55 db gacha pasayishi), (quloqni protezlash)

N90.3 II daraja

Neyrosensor eshitish zaifligining III darajasi (eshitishning 56 — 70 db gacha pasayishi), (quloqni protezlash)

N90.3 III daraja

Neyrosensor eshitish zaifligining IV darajasi (eshitishning 91 db gacha pasayishi)

N90.3 IV daraja

Karlik yoki kar-soqovlik (eshitishning 91 db dan ortiq pasayishi)

N90.3 Kar

Tayanch-harakat apparati nuqsonlari (2 yoshdan)

Koʻkrak qafasining 2, 3 va 4 darajali girdobsimon deformatsiyasi

Q67.6

Koʻkrak qafasining 2,3 va 4 darajali qilsimon deformatsiyasi

Q67.7

Artrogripoz

Q74.3

Boshqa nevrologik patologiyalar oqibatida ortopedik deformatsiyalari; tugʻma va irsiy kasalliklar (Daun sindromi, Shereshev-Terner sindromi, Klaynfelter sindromi, spinal amiotrofiyalar, Kornellii-de Lange sindromi, Vilyams sindromi, Pradera-Villi sindromi, Nunan sindromi)

Q90

Q96

Q98

G12

Q87.1

Spina bifida (tayanch-harakat apparati buzilgan holda

Q05

Osteomiyelit asoratlari (jarrohlik muolajasidan keyingi holatlar)

M86

Oʻrta, ogʻir tugʻma maymoqlik

Q66.0

Q66.1

Q66.4

Qoʻl va oyoqlarda jarohatdan keyingi boʻgʻimlar ogʻir darajadagi kontrakturasi

M24.5

Ortopediyadagi suyak skeletining tizim kasalliklari (axondroplaziya, disxondroplaziya, xondrodistrofiya)

Q77.4

Tugʻma son suyagi chiqishi

S73.0

Aniqlanmagan oyoq-qoʻl(lar) tugʻma anomaliyalari (tugʻma rivojlanish anomaliyasi oqibatida amputatsion choʻltoqlik (tayanch-harakat funksional yetishmovchiligiga olib keladigan)

Q74.9

Koʻpincha markaziy nerv sistemasini shikastlantiruvchi, sistem atrofiyalar

(G10-G13) (2 yoshdan)

Gentitgton kasalligi

G10

Irsiy ataksiya Istisno qilingan: bolalar serebral falaji

G11

Modda almashinuvi buzilishlari, irsiy va idiopatik nevropatiya

(G80.-) (E70-E90) 433 (G60.-)

Tugʻma progressiyaga moyil boʻlmagan ataksiya

G11.0

DNK reparatsiyasi buzilishiga ega miyacha ataksiyasi Istisno qilingan: pigmentli kserodermiya (Q82.1) Kokkeyn sindromi (Q87.1)

G11.3

Irsiy spastik paraplegiya

G11.4

Boshqa irsiy ataksiya

G11.8

Aniqlanmagan irsiy ataksiya

G11.9

Spinal mushak atrofiyasi va unga yaqin sindromlar

G12

Boshqa irsiy spinal mushak atrofiyalari

G12.1

Harakatlantiruvchi nevron kasalligi

G12.2

Boshqa spinal mushak atrofiyalari va unga yaqin sindromlar

G12.8

Aniqlanmagan spinal mushak atrofiyasi

G12.9

Boshqa ruknlarda tasniflangan kasalliklarda, asosan markaziy nerv sistemasini shikastlantiruvchi, sistem atrofiyalar

G13*

Paraneoplastik nevromiopatiya va nevropatiya

G13.0*

Oʻsma kasalliklarda, asosan markaziy nerv sistemaga taʼsir koʻrsatadigan, boshqa sistem atrofiyalar

G13.1*

Meksedemadagi, asosan markaziy nerv sistemaga taʼsir koʻrsatadigan, sistem atrofiya (E00.1+, E03.- +)

G13.2*

Boshqa ruknlarda tasniflangan, boʻlak kasalliklarda, asosan markaziy nerv sistemaga taʼsir koʻrsatadigan, sistem atrofiya

G13.8

Ekstrapiramid va boshqa harakatlar buzilishlari(G20-G26) (2 yoshdan)

Gallervorden-Shpats kasalligi

G23.0

[Stil-Pichardson-Olshevskiy] progressiyaga moyil yadro usti oftalmoplegiyasi

G23.1

Striatonigral degeneratsiya

G23.2

Bazal gangliylarning boshqa aniqlangan degenerativ kasalliklari

G23.8

Bazal gangliylar aniqlanmagan degenerativ kasalligi

G23.9

Distoniya Kiritilgan: diskineziya Istisno qilingan: atetoidli serebral paralich (G80.3)

G24

Dori vositalar keltirib chiqargan, distoniya

G24.0

Idiopatik oilaviy distoniya

G24.1

Idiopatik oilaviy boʻlmagan distoniya

G24.2

Spastik boʻyin qiyshiqligi Istisno qilingan: boʻyin qiyshiqligi QRA (M43.6)

G24.3

Idiopatik ogʻiz-yuz distoniyasi

G24.4

Blefarospazm

G24.5

Boshqa distoniyalar

G24.8

Aniqlanmagan distoniya

G24.9

Boshqa ekstrapiramid va harakatlanish buzilishlari

G25

Essensial tremor Istisno qilingan: tremor QRA (R25.1)

G25.0

Dori vosita keltirib chiqargan, tremor

G25.1

Boshqa aniqlangan tremor turlari

G25.2

Mioklonus Istisno qilingan: yuz miokimiyasi (G51.4) mioklonik epilepsiya (G40.)

G25.3

Dori vosita keltirib chiqargan, xoreya

G25.4

Xoreyaning boshqa turlari Istisno qilingan: revmatik xoreya (I02.-) yurakni jalb etgan xoreya QRA (I02.0) Gentington xoreyasi (G10) Sidenxem xoreyasi (I02.-)

G25.5

Dori vositalar keltirib chiqargan va boshqa organik genezli tiklar Istisno qilingan: 53.de la Turett sindromi (F95.2) tik QRA (F95.9)

G25.6

Boshqa aniqlangan ekstrapiramid va harakatlanish buzilishlari

G25.8

Aniqlanmagan ekstrapiramid va harakatlanish buzilishi G26* Boshqa ruknlarda tasniflangan kasalliklarda ekstrapiramid va harakatlanish buzilishlari

G25.9

Idiopatik oilaviy distoniya

G24.1

Idiopatik oilaviy boʻlmagan distoniya

G24.2

Spastik boʻyin qiyshiqligi Istisno qilingan: boʻyin qiyshiqligi QRA (M43.6)

G24.3

Modda almashinuvi kasalliklari (2 yoshdan):

Glukozaminoglikanlar almashinuvi buzilishlari

E76

Mukopolisaxaridoz, I tip

E76.0

Mukopolisaxaridoz,

E76.1

Klassik fenilketonuriya II tip

E70.0

Boshqa ruknlarda tasniflangan kasalliklardagi, ensefalit, miyelit va ensefalomiyelit (9.Kiritilgan: boshqa ruknlarda tasniflangan kasalliklardagi meningoensefalit va meningomiye)

G05

Boshqa ruknlarda tasniflangan bakterial kasalliklardagi, ensefalit, miyelit va ensefalomiyelit

G05.0

Boshqa ruknlarda tasniflangan virusli kasalliklardagi, ensefalit, miyelit va ensefalomiyelit

G05.1

Boshqa ruknlarda tasniflangan boshqa infeksion va parazitar kasalliklardagi, ensefalit, miyelit va ensefalomiyelit

G05.8

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/391/3120-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son; 28.05.2021-y., 09/21/331/0501-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 26.01.2024-y., 09/24/46/0070-son; 23.12.2024-y., 09/24/848/1049-son; 01.03.2025-y., 09/25/126/0205-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 15.07.2025-y., 09/25/439/0619-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 25.12.2025-y., 09/25/817/1208-son; 28.04.2026-y., 09/26/204/0421-son; 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son; 25.08.2026-y., 09/26/456/0870-son)