1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Moliya / Baxolash faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 28-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3487]
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son “2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2023-yil 24-martdagi PQ-101-son “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2020-yil 1-maydagi 01/11-15/62-son “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartini tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3239, 2020-yil 4-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 10/20/3239/0721-son);
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.04.00.00 Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2022-yil 4-martdagi 01/11-14/16-son “Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3239-1, 2022-yil 14-mart) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2022-y., 10/22/3239-1/0216-son).
3. Mazkur buyruq Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston baholovchilar jamiyati hamda Oʻzbekiston baholovchilar, ekspertlar va maslahatchilar jamiyati bilan kelishilgan.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.05.00 Normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va kuchga kirishi]
4. Mazkur buyruq 2024-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniining 40-moddasi.
Direktor A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-oktabr,
01/11-14/29-son
Kelishildi:
Baholovchi tashkilotlar assotsiatsiyasi raisi A. ISLAMOV
2023-yil 24-oktabr
Baholovchilar jamiyati direktori F. MIRSOATOV
2023-yil 24-oktabr
Baholovchilar, ekspertlar va maslahatchilar jamiyati raisi Z. NIGMANXANOV
2023-yil 24-oktabr
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2023-yil 25-oktabrdagi 01/11-14/29-son buyrugʻiga
ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING YAGONA MILLIY BAHOLASH STANDARTI
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
Mazkur Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti (bundan buyon matnda YAMBS deb yuritiladi) baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini hamda baholash tartibi va baholash ekspertizasiga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
I boʻlim. Yagona milliy baholash standartining umumiy qoidalari va tuzilmasi
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
1. Mazkur YAMBS umumiy baholash standartlari, maxsus baholash standartlari hamda muayyan baholash obyektlarining qiymatini baholash uchun zarur boʻlgan minimal usullarni belgilaydigan metodikalarni oʻz ichiga oladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Umumiy baholash standartlari barcha turdagi baholash obyektlarini baholash va baholash hisobotlarini ekspertizadan oʻtkazish tartibiga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
3. Umumiy baholash standartlari quyidagi Milliy baholash standartlaridan (bundan buyon matnda MBS deb yuritiladi) iborat:
1-son MBS “Baholash faoliyatining tushunchalari, taʼriflari va prinsiplari”;
2-son MBS “Baholashga oid vazifa”;
3-son MBS “Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar”;
4-son MBS “Baholash toʻgʻrisidagi hisobot va uni tuzish tartibi”;
5-son MBS “Qiymat turlari”;
6-son MBS “Baholash yondashuvlari va usullari”;
7-son MBS “Baholovchilar ishining sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar”;
8-son MBS “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasi”.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.04.00 Baholash tartibi va standartlari]
4. Maxsus baholash standartlari, baholash obyektlarining ayrim turlarini (biznes, koʻchmas mulk, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy boyliklar va boshqalar) baholashga qoʻyiladigan qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.06.00.00 Baholash faoliyati / 09.06.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Maxsus baholash standartlari quyidagi MBSlardan iborat:
9-son MBS “Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqi qiymatini baholash”;
10-son MBS “Koʻchmas mulk qiymatini baholash”;
11-son MBS “Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”;
15-son MBS “Transport vositalari qiymatini baholash”;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 6-maydagi 01/14-11/38-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3487-2, 05.06.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2025-y., 10/25/3487-2/0497-son)
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2026-yil 16-martdagi 01/11-1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3487-3, 11.04.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3487-3/0351-son)
2-bob. YAMBS prinsiplari
6. Quyidagilar YAMBSning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
standart talablariga rioya qilish prinsipi — mazkur YAMBS baholovchilar, baholovchi tashkilotlari va boshqa foydalanuvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholash boʻyicha xizmatlar koʻrsatilganda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish hamda ekspertlar tomonidan baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi (haqqoniyligi) tekshirilganda, qoʻllash majburiy hisoblanadi. Agar baholash ushbu YAMBSga muvofiq oʻtkazilgan yoki oʻtkaziladi deb koʻrsatilgan boʻlsa, baholash qiymati mazkur YAMBSning barcha tegishli milliy baholash standartlari (MBS) talablariga rioya etgan holda tayyorlanganligi yoxud tayyorlanishini anglatadi;
aktivlar va/yoki majburiyatlarni baholashda standartni qoʻllash prinsipi — mazkur YAMBS aktivlar, majburiyatlar yoki aktivlar va majburiyatlar guruhlarining qiymatini baholashda qoʻllanilishi majburiyligini anglatadi;
xolislik (obyektivlik) prinsipi — baholash jarayoni baholovchidan dastlabki maʼlumotlar, taxminlar va baholash natijalarini ishonchliligi toʻgʻrisida xolis (obyektiv) mulohazalarni shakllantirishni talab qiladi. Baholash natijasining ishonchliligini taʼminlash uchun ushbu mulohazalar shaffof hamda har qanday subyektiv omillarning baholash jarayoniga taʼsirini minimallashtirish mumkinligini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan boʻlishi shart;
malakalilik prinsipi — baholash obyektining qiymatini baholash baholovchining tegishli malaka sertifikatiga ega boʻlgan va baholash obyekti, uning aylanma bozori va baholash maqsadlari toʻgʻrisida zarur koʻnikma, tajriba, bilimga ega boʻlgan baholovchi tomonidan amalga oshirilishi kerak;
cheklanishlar prinsipi — baholash jarayonida yuzaga keladigan majburiy chora boʻlib, unga muvofiq baholovchi ushbu YAMBSning ayrim talablaridan farq qiladigan qonunchilik talablariga rioya etishi zarur boʻladi. Bunda, baholash mazkur YAMBSga muvofiq oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Mazkur YAMBS talablaridan boshqa cheklanishlarga yoʻl qoʻyilmaydi;
mustaqillik prinsipi — baholovchi tashkilot oʻz faoliyatida mustaqildir. Buyurtmachi yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
II boʻlim. Baholash faoliyatining tushunchalari, taʼriflari va prinsiplari (1-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
7. “Baholash faoliyatining tushunchalari, taʼriflari va prinsiplari” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 1-son MBS deb yuritiladi) YAMBSning ajralmas qismi boʻlib, baholash faoliyatida foydalaniladigan asosiy prinsiplar, tushunchalar va taʼriflarni belgilaydi.
8. 1-son MBS barcha mulkchilik shakllaridagi mulk qiymatini baholash, baholash obyektining qiymat turlarini aniqlash, baholash obyektini identifikatsiya qilish, baholash yondashuvlari va usullarini belgilash, baholash toʻgʻrisida hisobotni tuzishda qoʻllanilishi kerak.
2-bob. Asosiy tushunchalar va taʼriflar
9. Mazkur YAMBSda quyidagi tushuncha va taʼriflar qoʻllaniladi:
aylanma kapital (working capital) — xoʻjalik yurituvchi subyekt kapitalining aylanma aktivlarga qoʻyilgan qismi, yaʼni yil yoki undan ortiq (ishlab chiqarish texnologiyasining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda) operatsion sikl davomida ishlab chiqarish jarayonida sotilishi yoki isteʼmol qilinishiga taxmin qilish uchun asosga ega boʻlgan aktivlar;
aktiv yoki majburiyat — baholashga oid vazifada (baholash vazifasida) koʻrsatilgan baholash obyektlari. Mazkur YAMBSda “aktiv yoki majburiyat” tushunchasining boshqacha maʼnosi koʻrsatilmagan boʻlsa, uning qoʻllanilishi “aktiv yoki aktivlar guruhi”, “majburiyat yoki majburiyat guruhi” hamda “aktivlar va majburiyatlar guruhi” maʼnosida ishlatilishini ham nazarda tutadi;
almashtirish qiymati — zamonaviy materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda baholash obyektining foydaliligi bilan bir xil boʻlgan yangi obyektni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar yigʻindisi (baholash sanasida amalda boʻlgan bozor narxlarida);
analog — asosiy iqtisodiy, fizik, texnik va boshqa tavsiflarga koʻra baholash obyektiga oʻxshash, uning raqobat bozorida tuzilgan bitim yoki taklifning narxi haqida maʼlumot mavjud boʻlgan boshqa obyekt;
analog-obyekt — baholash jarayonida maʼlumotlardan foydalaniladigan aynan bir xil obyekt yoki analog;
baholanayotgan obyektning ekspozitsiyasi davri — baholanayotgan obyekt ochiq bozorga (ommaviy oferta) taqdim etilgan kundan boshlab u bilan bitim tuzilgan sanagacha boʻlgan vaqt davri;
baholashga oid vazifa — baholash buyurtmachisi va baholovchi tashkilot oʻrtasida yozma shaklda tuzilgan, baholash obyektini baholash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar shartlari hamda buyurtmachi tomonidan baholash uchun baholovchi tashkilotga taqdim etilishi kerak boʻlgan dastlabki maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat;
baholash yondashuvi — bir yoki bir nechta baholash usullaridan foydalangan holda baholash obyektining qiymatini aniqlash;
baholash maqsadi — baholash vazifasida koʻrsatilgan va baholash obyektining qiymatini (bozor yoki bozornikidan farqlanuvchi) aniqlash zarurati paydo boʻlgan sabablarni aks ettiruvchi baholash natijasidan foydalanish maqsadi;
baholash obyekti — Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida baholash obyektlari jumlasiga kiritilgan qonunchilikda fuqarolik muomalasida boʻlishi mumkinligi belgilangan fuqarolik huquqlari obyektlari;
baholash obyektining yakuniy qiymati — baholovchi tomonidan baholashning turli yondashuvlari va usullaridan foydalangan holda baholash obyekti qiymatini hisoblash natijalarini umumlashtirish natijasida olingan eng ehtimolli qiymat;
baholash usuli — baholovchi tomonidan baholanayotgan obyektning qiymatini aniqlash uchun qoʻllaniladigan jarayon;
baholash sanasi — baholash obyektining qiymati aniqlangan sana;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish (baholash ekspertizasi) — baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq va ekspertiza buyurtmachisi bilan tuzilgan shartnoma asosida, baholovchi tashkilot tomonidan baholash obyektini takroriy baholashdan oʻtkazmasdan, baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini (haqqoniyligini) tekshiruvdan oʻtkazish;
baholash toʻgʻrisidagi hisobot — baholovchi tomonidan YAMBS talablariga muvofiq tuzilgan va baholashga oid vazifaga muvofiq toʻplangan maʼlumotlar, oʻtkazilgan tahlil va hisob-kitoblar asosida shakllantirilgan, baholash obyektining yakuniy qiymati toʻgʻrisida baholovchining professional fikrini oʻz ichiga olgan hujjat;
baholovchi — baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan jismoniy shaxs;
baholovchi tashkilot — baholash faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari — kamida ellikta baholovchi tashkilotning aʼzoligiga asoslangan, baholovchilarning professional darajasini oshirishga va saqlab turishga koʻmaklashish, ularning professional manfaatlarini himoya qilish, shu jumladan sudlarda himoya qilish maqsadida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilot;
buyurtmachi — baholashni oʻtkazish uchun baholovchi tashkilot bilan shartnoma tuzgan shaxs;
vazn koeffitsiyenti — baholash obyektining yakuniy qiymati haqida xulosani shakllantirish jarayonida muayyan baholash qiymati koʻrsatkichiga ishonch darajasi;
gudvill — korxonadan alohida identifikatsiya qilinishi va baholanishi mumkin boʻlmagan omillar (korxona nomi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning mashhurligi, muayyan obroʻ va ishga doir aloqalar mavjudligi, joylashgan joyi va boshqa shunga oʻxshash omillar) taʼsirida vujudga keladigan nomoddiy aktiv;
dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertiza — baholash ekspertizasini oʻtkazishda baholash obyektiga chiqib baholangan mol-mulkni tekshirishni va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning qiyoslangan obyektlarini tekshirishni oʻz ichiga oladigan ekspertiza;
development jarayonidagi koʻchmas mulk — qurilish, rekonstruksiya yoki taʼmirlash yoki kelgusida shunday ishlar uchun moʻljallangan yer uchastkalari va/yoki binolar;
diskontlash stavkasi — kelgusidagi pul oqimlarini joriy qiymatning yagona qiymatiga aylantirish uchun ishlatiladigan foiz stavkasi;
joriy qiymat — tegishli diskontlash stavkasidan foydalanib, muayyan sanaga keltirilgan kelgusi daromadlar qiymati;
intellektual mulk obyekti (intellektual mulk) — jismoniy yoki yuridik shaxsning intellektual faoliyatning natijalari hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalarga boʻlgan mutlaq huquqi;
ishtirokchi (ishtirokchilar) — baholashga oid vazifada belgilangan qiymat turiga muvofiq tegishli ishtirokchi yoki ishtirokchilar;
kapitallashtirish stavkasi — muayyan davr uchun daromad miqdorini qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan, qoida tariqasida, foiz hisobida ifodalanadigan boʻluvchi;
kerak (tavsiya) — baholovchi uchun maʼqul deb hisoblanadigan harakatlarni anglatadi. Har qanday holatda baholovchi talablarni bajarish imkoniyati va maqsadga muvofiqligini koʻrib chiqadi va agar asoslar boʻlsa, uni bajarishni rad etish huquqiga ega;
baholash obyektining qiymati (qiymat) — bozor ishtirokchilari yoki aniq shaxslar uchun baholash obyekti bahosining pul shaklida ifodalangan, maʼlum bir sanaga aniqlangan, bitimning haqiqiy narxini koʻrsatmaydigan oʻlchov;
majbur — baholovchining muayyan talabni soʻzsiz bajarishga qaratilgan majburiyatini anglatadi. Agar YAMBSda bunday koʻrsatma berilgan boʻlsa, baholovchi ushbu talabni bajarishga majbur;
multiplikator — baholash obyektining narxi va uning faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, ishlab chiqarish yoki moddiy koʻrsatkich oʻrtasidagi nisbatni aks ettiruvchi koeffitsiyent;
mumkin (ixtiyoriy) — baholovchi tomonidan oʻz vakolati doirasida koʻrib chiqishi mumkin boʻlgan harakatlar va jarayonlarni anglatadi. Bunda, baholovchi muayyan holatda oʻzining professional mulohazasi asosida maʼlum bir vazifalarni amalga oshirish yoki amalga oshirmaslik huquqiga ega boʻladi;
narx — aktiv uchun soʻralgan, taklif qilingan yoki toʻlangan, uning qiymatidan farq qilishi mumkin boʻlgan pul yoki boshqa toʻlov;
pul oqimi — muayyan davr mobaynida aktiv, aktivlar guruhi yoki korxona tomonidan yaratiladigan pul mablagʻlari oqimi;
retrospektiv baholash — baholovchi tomonidan oʻtgan davrning tegishli sanasiga amalga oshirilgan baholash. Baholovchi baholash hisobotini tayyorlash jarayonida havola qilgan analoglar boʻyicha oʻtkazilgan hisob-kitoblar va maʼlumotlar baholash sanasiga toʻgʻri kelishi kerak. Zaruratga koʻra, analoglarning joriy narxlari normativ maʼlumotlarni (valyuta kursi (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra) yoki indeksatsiya (Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra) yoxud inflyatsiya (Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra) inobatga olgan holda baholash sanasiga keltiriladi. Bunda, hisob-kitobda baholovchi baholanayotgan obyektning tasniflari va xususiyatlaridan kelib chiqib, eng mos normativ koʻrsatkichlardan birini tanlaydi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotida mazkur tanlovni asoslaydi. Oʻtgan davrning tegishli sanasiga analogning qiymatini aniqlash uchun analogning joriy qiymati baholash jarayonida baholovchi tomonidan tanlangan yuqoridagi koʻrsatkichlardan biri boʻyicha indeksatsiya qilinadi;
(9-bandning oʻttiz yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 6-maydagi 01/14-11/38-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3487-2, 05.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2025-y., 10/25/3487-2/0497-son)
royalti — franshiza sotib oluvchisi tomonidan kompaniyaga uning brendi, tajribasi, ishchanlik obroʻsi va texnologiyasidan foydalanganlik uchun muntazam ravishda toʻlaydigan toʻlov;
salmoqli/ahamiyatli/jiddiy (yoki muhim) — baholashga oid vazifa nuqtai nazaridan baholash jihatlarining (shu jumladan, dastlabki maʼlumotlar, taxminlar, shuningdek qoʻllaniladigan usullar va yondashuvlar) ahamiyatliligi va qoʻllanilishi, ularning baholashga hamda baholash foydalanuvchilarining iqtisodiy yoki boshqa qarorlariga taʼsiri;
sof aktivlar — jamlangan aktivlar va jamlangan majburiyatlar oʻrtasidagi farq;
tavakkalsiz stavka — investitsiya qilingan mablagʻlarning qaytarilmasligi xavfi yoʻqligi yoki minimal boʻlishi bilan tavsiflangan, eng likvid aktivlarga sarmoya kiritishda investor oʻz kapitali boʻyicha olishi mumkin boʻlgan foiz stavkasi;
tannarx — tovar, ishlar yoki xizmatlarni xarid qilish, yaratish, ishlab chiqarish va sotishga doir xarajatlar yigʻindisi;
tahliliy ekspertiza — qiymat turining baholash maqsadlariga muvofiqligini, baholashda foydalanilgan maʼlumotlarning asoslanganligini, metodologiyaning maqbulligini, hisob-kitoblarning aniqligini va baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishini tekshirish uchun oʻtkaziladigan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim etilgan maʼlumotlar tahlili asosida amalga oshiriladigan ekspertiza;
terminal qiymati (terminal value) — aktivning qiymatini daromad yondashuvidan foydalangan holda hisoblashda aktivning prognoz davridan keyingi yildagi qiymati;
tiklash qiymati — bir xil materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda baholash obyekti bilan oʻxshash boʻlgan yangi obyektni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar yigʻindisi (baholash sanasida amalda boʻlgan bozor narxlarida);
xalqaro baholash standartlari — Yevropa baholash standartlari (European Valuation Standards — EVS), Xalqaro baholash standartlari (International Valuation Standards — IVS), Professional baholash amaliyotining yagona standartlari (Uniform Standards of Professional Appraisal Practice — USPAP), Qirollik diplomiga ega baholovchilar instituti standartlari (Royal Institution of Chartered Surveyors — RICS);
xarajatlar — tovar, ishlar yoki xizmatlarni yaratish yoki ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan resurslar miqdorining puldagi ifodasi;
xususiy kapital — tashkilotga tegishli boʻlgan mulk, shu jumladan ustav, qoʻshimcha va zaxira kapitallari hamda taqsimlanmagan foyda;
cheklovchi shartlar — buyurtmachi yoki baholovchi tomonidan yoxud qonunchilikda baholashga qoʻyilgan cheklovlar;
ekspert xulosasi — baholash toʻgʻrisidagi hisobotning mazmuniga, oʻtkazilgan baholash ishlari sifatiga va baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligiga nisbatan sharhlar bilan birgalikda ekspertiza natijalarini aks ettiradigan hujjat;
eng samarali foydalanish — baholash obyektidan eng ehtimoliy, oqilona va ruxsat etilgan foydalanish hisoblanadi;
yaxshilashlar — yer uchastkasini undan keyinchalik foydalanish uchun oʻzgartirish borasidagi faoliyat natijasida yaratilgan va u bilan uzviy bogʻliq boʻlgan yer uchastkasidagi oʻzgarishlar. Yaxshilashlar binolar va inshootlar (kapital qurilish obyektlari), muhandislik sistemalari va tarmoqlari, koʻp yillik oʻsimliklarni va ular bilan jamuljam holda konstruktiv yoki funksional yaxlitlikni tashkil etadigan boshqa obyektlarni oʻz ichiga oladi.
3-bob. Baholash prinsiplari
10. Baholash turli omillarning baholash obyektining qiymati miqdoriga taʼsirini aniqlash imkonini beradigan iqtisodiy prinsiplar yigʻindisi asosida amalga oshiriladi.
Baholash obyekti qiymatiga taʼsir etuvchi iqtisodiy prinsiplar yigʻindisini quyidagicha tasniflash mumkin:
bozor muhitiga bogʻliq baholash prinsiplari;
mulkdorning baholash obyekti haqidagi tasavvuri bilan bogʻliq baholash prinsiplari;
baholash obyektini foydalanish xususiyati bilan bogʻliq baholash prinsiplari;
baholovchining baholash faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq asosiy prinsiplar.
11. Bozor muhitiga bogʻliq baholash prinsiplariga quyidagilar kiradi:
a) talab va taklif prinsipi — baholash obyektining qiymati bozordagi talab va taklif muvozanati hamda raqobat natijasida shakllanadi;
b) raqobat prinsipi — bozor ishtirokchilari oʻrtasida raqobatni taʼminlash uchun teng sharoitlar yaratilishini koʻzda tutuvchi baholash prinsipi;
v) oʻzgarish prinsipi — baholash obyektining qiymati vaqtga bogʻlik holda oʻzgaradi va baholash sanasiga belgilanadi. Baholash obyektining oʻzi hamda tashqi shart-sharoitlar ham oʻzgarishi mumkin;
g) muvofiqlik prinsipi — baholash obyektining eng yuqori qiymati baholash obyektlaridan foydalanish darajasi hamda xarakteri, bozor talablari va kutishlariga mos boʻlgan holatda yuzaga kelishini anglatadi;
d) bogʻliqlik (tashqi taʼsir) prinsipi — baholash obyektining qiymati unga nisbatan ichki va tashqi omillarning taʼsiri bilan bogʻliq boʻlgan baholash prinsipi hisoblanadi.
12. Mulkdorning baholash obyekti haqidagi tasavvuri bilan bogʻliq baholash prinsiplariga quyidagilar kiradi:
a) foydalilik prinsipi — muayyan baholash obyektining foydali boʻlishi va mulkdorning maʼlum bir joyda hamda maʼlum vaqt ichida ehtiyojlari qondirilishini ifodalovchi baholash prinsipi;
b) almashtirish prinsipi — baholash obyektining eng yuqori narxi unga ekvivalent foydalilikka ega boʻlgan boshqa analog-obyekt xarid qilinishi yoki unga almashtirilishi mumkin boʻladigan eng minimal summa bilan belgilanadigan baholash prinsipi;
v) oldindan koʻra bilish prinsipi — daromad keltiruvchi baholash obyektining qiymati kelgusida unga egalik qilishdan olinishi mumkin boʻlgan daromadlarning joriy qiymati bilan belgilanishini ifodalaydigan baholash prinsipi.
13. Baholash obyektining foydalanish xususiyati bilan bogʻliq prinsiplariga quyidagilar kiradi:
a) eng samarali foydalanish prinsipi — baholash obyektidan eng ehtimoliy va oqilona foydalanish prinsipi boʻlib, bu baholash obyektidan qonunchilikka zid boʻlmagan, jismoniy jihatdan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan, moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlgan hamda baholash obyektini eng yuqori qiymatga olib keladigan foydalanishni ifodalaydi. Eng samarali foydalanish prinsipi baholash obyektining bozor qiymatini hisoblashning asosiy va ajralmas qismi hisoblanadi;
b) hissa qoʻshishprinsipi — har qanday qoʻshimcha elementlar va yaxshilashlarni sotib olish va amalga oshirish xarajatlari baholash obyektiga qoʻshimcha elementlar va yaxshilashlar kiritilishidan hosil boʻlgan oʻsish qiymatiga nisbatan oshib ketmagan taqdirda, oʻzini oqlashini anglatadigan baholash prinsipi;
v) muvozanatlashganlik prinsipi — agar baholash obyekti ikki va undan ortiq tarkibiy elementlardan iborat boʻlsa, bunday tarkibiy elementlar oʻzaro funksional bogʻliqlikda boʻlishlari va obyektning eng yuqori qiymati ularni optimal muvozanatlashganligiga rioya qilish orqali erishish mumkin boʻlishini ifodalaydigan baholash prinsipi;
g) oshib boruvchi va kamayuvchi samara prinsipi — ishlab chiqarish omillariga (mehnat, kapital va boshqalar) qilingan xarajatlarining koʻpayishi, baholash obyektining qiymati ushbu xarajatlarga teng ravishda oʻsishga olib kelmasligini koʻrsatadigan baholash prinsipi;
d) maqbul taqsimlash prinsipi — baholash obyektining elementlari va ularga boʻlgan mulkiy huquqlarni obyektning maksimal qiymatiga erishish uchun ajratish va birlashtirishni ifodalaydigan baholash prinsipi.
14. Baholovchi baholash faoliyatini amalga oshirishda quyidagi asosiy prinsiplarga rioya qilishi shart:
etika — baholovchilar jamoatchilik ishonchini mustahkamlash va qoʻllab-quvvatlash uchun halollik, xolislik, begʻarazlik, maxfiylik, vakolatlilik va professionallik kabi axloqiy tamoyillarga amal qilishlari kerak;
vakolatlilik — baholovchilar baholashga oid vazifani toʻgʻri bajarish uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak;
muvofiqlik — baholovchilar baholashga oid vazifani bajarish uchun foydalanilgan baholash standartlarini oshkor qilishlari yoki maʼlumot berishlari va ushbu standartlarga rioya qilishlari kerak;
qiymat turi — baholovchilar baholashga oid vazifaga mos keladigan qiymat turini tanlashlari va barcha belgilangan talablarga rioya qilishlari kerak. Qiymat turi baholashga oid vazifada koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
qiymatni aniqlash sanasi (baholash sanasi) — baholovchilar oʻzlarining tahlillari, fikrlari yoki xulosalari uchun asos boʻlgan baholash sanasini oshkor qilishlari yoki koʻrsatishlari kerak. Baholovchilar baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sanani ham koʻrsatishlari lozim;
farazlar va qoʻshimcha shartlar — baholovchilar baholashga oid vazifaning natijalariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muhim farazlar va shartlarni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda oshkor qilishlari kerak;
maqsadli foydalanish — baholovchilar baholashga oid vazifadan kelib chiqib baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash natijalaridan foydalanishning aniq tavsifini koʻrsatishlari kerak;
baholashdan taxminiy foydalanuvchi(lar) — baholovchilar baholashga oid vazifadan kelib chiqib baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash natijalaridan foydalanuvchi(lar)ning aniq tavsifini koʻrsatishlari kerak (agar maʼlumotlar mavjud boʻlsa);
ish hajmi — baholovchilar baholashga oid vazifadan kelib chiqib ishonchli baholashga olib keladigan ish hajmini belgilashi, bajarishi va zaruratga koʻra yoritib berishi kerak;
baholash obyektini identifikatsiyalash — baholovchilar baholash obyektini baholashga oid vazifada aniq belgilab olishlari kerak;
maʼlumotlar — baholovchilar baholash obyektini haqqoniy baholash uchun birlamchi va boshqa maʼlumotlardan foydalanishlari kerak;
baholash metodikasi — baholovchilar baholash obyektining haqqoniy bahosini aniqlash uchun tegishli baholash usul(lar)idan toʻgʻri foydalanishlari kerak;
baholash toʻgʻrisida maʼlumot berish — baholovchilar baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash tahlillari, fikrlari va xulosalarini foydalanuvchi(lar) uchun aniq yoritib berishlari kerak;
hisobot yuritish va saqlash — baholovchilar baholash toʻgʻrisidagi hisobotni (qogʻoz yoki elektron shaklda) u tuzilgan sanadan boshlab 3 yil muddat davomida saqlashni taʼminlashlari va ularning reyestrini yuritishlari shart.
III boʻlim. Baholashga oid vazifa (2-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
15. “Baholashga oid vazifa” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 2-son MBS deb yuritiladi) baholashga oid vazifaga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
16. 2-son MBSdan buyurtmachi bilan baholashga oid vazifani tayyorlash va kelishishda, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda foydalanish kerak.
17. Baholashga oid vazifani tayyorlash baholovchi tomonidan buyurtmachi bilan birgalikda amalga oshiriladi va baholash shartnomasining ajralmas qismi sifatida ilova qilinadi.
18. Baholashga oid vazifa quyidagi asosiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:
baholanayotgan obyektning nomi va tavsifi;
baholash obyektiga boʻlgan huquqlar;
baholash obyektining joylashgan joyi;
buyurtmachining nomi va uning rekvizitlari;
baholovchi tashkilotning nomi va uning rekvizitlari;
baholash maqsadi;
baholash sanasi;
aniqlanayotgan qiymat turi;
baholashda qoʻllaniladigan valyuta;
muhim va/yoki maxsus farazlar;
cheklovchi shartlar;
buyurtmachi tomonidan baholash ishlarini amalga oshirish uchun taqdim etiladigan birlamchi maʼlumotlar roʻyxati;
baholash ishlarini bajarish muddatlari;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish formati (elektron yoki qogʻoz koʻrinishda);
taxminiy foydalanuvchilar (agar mavjud boʻlsa).
Baholash maqsadi va baholash obyektining xususiyatlaridan kelib chiqib, baholashga oid vazifa baholovchi tomonidan buyurtmachi bilan kelishilgan qoʻshimcha shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
19. Baholovchi buyurtmachi bilan baholashga oid vazifani tuzishda quyidagi maʼlumotlarni muhokama qilishi zarur:
a) baholovchi tashkilot toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni. Agar baholovchi tashkilot buyurtmachi, baholash obyekti yoki baholashga oid vazifaning boshqa jihatlari bilan bogʻliq boʻlsa yoxud obyektiv baholash uchun baholovchi tashkilotning imkoniyatlari cheklangan boʻlsa, baholashga oid vazifani olgan paytdan eʼtiboran bu haqida maʼlum qilishga majbur.
Agar baholovchi tashkilot baholashga oid vazifaning biron bir qismini bajarish uchun boshqa shaxslarga sezilarli yordam soʻrab murojaat qilishi lozim boʻlsa, ushbu yordam xususiyati va ishonchlilik darajasini buyurtmachiga maʼlum qilishi lozim;
b) buyurtmachi(lar) haqidagi maʼlumotlar. Buyurtmachi(lar) haqidagi maʼlumotlar, baholashga oid vazifaning shakli va mazmunini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etib, baholash toʻgʻrisida hisobotdagi maʼlumotlar ularning ehtiyojlariga mosligini kafolatlaydi;
v) tahminiy foydalanuvchilar (agar mavjud boʻlsa) haqidagi maʼlumotlar. Baholash haqidagi hisobotning har qanday tahminiy foydalanuvchilari mavjudligini tasdiqlash baholash toʻgʻrisidagi hisobotning mazmuni va shakli ularning ehtiyojlariga javob berishini kafolatlash uchun muhimdir;
g) baholash obyekti. Baholashga oid vazifada baholanayotgan obyekt(lar)ga aniq taʼrif berilishi shart;
d) baholashning maqsadi. Baholashga oid vazifada uning mazmuniga yoki koʻrsatilgan maqsadlarga mos kelmaydigan baholashni amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik uchun baholash maqsadini aniq belgilash kerak. Baholash maqsadi baholash qiymati tur(lar)i yoki ularni aniqlashga ham taʼsir koʻrsatadi;
e) aniqlanadigan qiymat turi. Qiymat turi baholash maqsadlariga muvofiq boʻlishi lozim. Agar baholovchi YAMBSda koʻrsatilmagan va mijoz tomonidan belgilangan qiymat turini ishlatsa, baholovchi ushbu qiymat turini koʻrsatishi hamda unga taʼrif berishi kerak;
j) baholashda qoʻllaniladigan valyuta. Baholashni oʻtkazishda qoʻllaniladigan va baholash haqidagi hisobotda aks ettiriladigan valyutani belgilash zarur;
z) baholash sanasi. Baholash sanasi koʻrsatilgan boʻlishi shart. Agar baholash sanasi baholash haqidagi hisobotni tuzish sanasidan farq qilsa, bunday sanalarni aniq chegaralab qoʻyish lozim;
i) baholovchi ishining xususiyati va hajmi hamda bu bilan bogʻliq har qanday cheklovlar. Koʻzdan kechirishlar, axborot soʻrovlar va tahlillar bilan bogʻliq barcha cheklovchi shartlar belgilanishi kerak. Agar maʼlumotlarni olish imkoni boʻlmasa, barcha bunday cheklovlar va har qanday muhim va/yoki maxsus farazlar koʻrsatilishi kerak;
k) baholovchi asoslanadigan axborotning xususiyati va manbalari. Baholash uchun asos qilib olinadigan har qanday muhim axborotning xususiyati va manbasi, shuningdek baholashni bajarish jarayonida axborotlarni tekshirish hajmi belgilab qoʻyilishi zarur;
l) muhim va/yoki maxsus farazlar. Baholashni bajarish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishda hisobga olinishi shart boʻlgan barcha muhim va/yoki maxsus farazlar belgilanishi lozim;
m) baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish formati. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning formati, yaʼni baholash toʻgʻrisidagi hisobot qogʻoz shaklda va/yoki elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan elektron hujjat shaklida taqdim etilishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim;
n) baholash toʻgʻrisidagi hisobotdan foydalanish, tarqatish va chop qilishga cheklovlar. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotdan foydalanish va undan foydalanish imkoni berilgan shaxslar doirasini cheklab qoʻyish zarur hamda tegishli cheklovlar baholashga oid vazifada koʻrsatilishi maqsadga muvofiq;
o) baholashni majburiy tarzda YAMBSga muvofiq oʻtkazish va undan cheklanishlar. Baholovchi baholashni YAMBS talablariga muvofiq oʻtkazishi lozim hamda agar YAMBSdan cheklanishlar mavjud boʻlsa, mazkur cheklanishlar asoslantirilgan boʻlishi shart.
20. Baholashga oid vazifa baholash jarayoni boshlanishidan oldin baholovchi tashkilot va buyurtmachining vakolatli shaxslari tomonidan imzolanadi.
Agar baholash boʻyicha ishlarning hajmini aniqlashning imkoni boʻlmasa, baholovchi tashkilot buyurtmachi bilan baholashga oid vazifada amalga oshiriladigan ishlarning taxminiy hajmini koʻrsatadi, keyinchalik ish hajmi aniq belgilangandan soʻng buyurtmachi bilan baholashga oid vazifaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar rasmiylashtiriladi.
21. Baholovchi tashkilot va davlat buyurtmachisi oʻrtasidagi baholash faoliyatiga oid shartnomaviy munosabatlar davlat xaridlari hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi va 2-son MBS talablariga javob berishi kerak.
2-bob. Baholashga oid vazifaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish
22. YAMBSning 19-bandidagi ayrim masalalarni baholashga oid vazifada belgilangan baholash jarayoni boshlanmasidan oldin hal qilib boʻlmagan, baholashga oid vazifaga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritish zaruratini yuzaga keltiruvchi axborot paydo boʻlgan yoxud oʻrganishni talab qiladigan boshqa holatlar yuzaga kelganda, baholashga oid vazifaga baholashni oʻtkazish mobaynida tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Bunda, baholashga oid vazifaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar baholovchi tashkilot va buyurtmachining vakolatli shaxslari tomonidan imzolanishi kerak.
23. Baholash ishi boshlangandan keyin yuzaga kelgan har qanday oʻzgarishlar (ishlar hajmining oʻzgarishi, YAMBSning 19-bandida koʻrsatilgan masalalar bilan bogʻliq oʻzgarishlar va boshqalar) toʻgʻrisida baholovchi baholashga oid vazifada koʻrsatilgan ishni bajargunga va baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzgunga qadar buyurtmachiga xabar berishi shart.
IV boʻlim. Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar (3-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
24. “Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 3-son MBS deb yuritiladi) baholashga oid vazifani bajarishda axborotni toʻplash, oʻrganish, tahlil qilish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
25. 3-son MBS baholash obyektlarini baholash boʻyicha vazifalarni bajarishda va baholash hisobotlarining ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishda qoʻllanilishi kerak.
26. Baholash obyektini baholashning asosliligi va ishonchliligini taʼminlash, shuningdek zarur maʼlumotlar va axborotlarni toʻplash jarayonini taʼminlash uchun oʻtkazilgan oʻrganish va tahlillar mazkur YAMBS talablariga, baholashga oid vazifa maqsadlariga va qiymat tur(lar)iga muvofiq boʻlishi lozim.
2-bob. Maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish
27. Asoslangan baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash uchun baholovchi baholash obyektni identifikatsiya qilish (koʻzdan kechirish), soʻrovlar tuzish, tahlil oʻtkazish va hisob-kitoblar kabi vositalar yordamida yetarli miqdorda maʼlumotlar toʻplashi kerak.
28. Axborotni yigʻish va uni tahlil qilish jarayoni baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladigan baholash obyektini identifikatsiya qilish bilan birga olib boriladi.
29. Hisob-kitoblarning hajmi va ularning batafsil tavsifi toʻplangan maʼlumotlar va baholash uchun zarur boʻlgan hujjatlarga bogʻliq boʻladi.
Baholash obyekti toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish quyidagilarni:
zarur maʼlumotlar tarkibini aniqlash;
zarur axborotni yigʻish;
maʼlumotlarni tizimlashtirish, ularni qayta ishlash va tahlil qilish;
baholash obyektining miqdor va sifat koʻrsatkichlarini oʻrganish;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotda axborotni bayon etishni oʻz ichiga oladi.
30. Axborot yigʻishda baholovchi tomonidan baholash obyekti mansub boʻlgan bozorning tahlili oʻtkaziladi hamda uning yakunlari boʻyicha baholash obyektining xususiyatlariga muvofiq aynan bir xil obyektlar va analoglarning sotilishi hamda takliflari toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplanadi. Baholash obyektining asosiy parametr va tavsiflari analog-obyektlarning xuddi shunday parametr hamda tavsiflari bilan solishtiriladi.
Axborot yigʻishda aynan bir xil analog-obyektlar toʻgʻrisidagi axborot ustuvor hisoblanadi.
31. Axborot va taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qilishda baholash obyektini koʻzdan kechirish natijalari hisobga olinadi. Agar axborot va taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligida nomuvofiqlik, qarama-qarshilik yoki shubhalar yuzaga kelsa, baholovchi dastlabki maʼlumotlarga aniqlik kiritish, ularni keyingi hisob-kitoblarda qoʻllash yoki baholash uchun boshqa asoslangan maʼlumotlardan foydalanishga haqli.
32. Agar baholashga oid vazifa buyurtmachidanboshqa shaxsdan olinadigan maʼlumotdan foydalanishni nazarda tutsa, ushbu maʼlumot ishonchli ekanligi hamda unga baholash haqidagi hisobotning ishonchliligiga salbiy taʼsir koʻrsatmaydigan tarzda tayanish mumkinligi tahlil qilinishi kerak.
33. Baholovchiga taqdim etilgan maʼlumotlar tasdiqlangan (imzolangan) boʻlishi lozim.
Taqdim etilgan maʼlumotning toʻgʻriligi yoki ishonchliligini tasdiqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, bunday axborotdan foydalanish masalasi koʻrib chiqilishi kerak.
34. Taqdim etiladigan maʼlumotning toʻgʻriligi va ishonchliligi masalasi yuzasidan qaror qabul qilishda baholovchi quyidagilarni hisobga olishi lozim:
baholashning maqsadi;
yakuniy qiymatni chiqarishda maʼlumotlarning ahamiyatliligi;
manbaning ishonchliligi;
maʼlumot manbasining buyurtmachiga yoki buyurtmachining affillangan shaxsiga, baholash obyektiga bogʻliq yoki bogʻliq emasligi.
35. Yigʻilgan axborot, agar undan foydalanish baholash obyekti qiymatining jiddiy oʻzgarishiga olib kelmasa, ishonchli hisoblanadi.
Agarda axborotning yetarli emasligi baholash obyekti qiymatining yakuniy natijasiga taʼsir qilgan taqdirda, bu holat baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
3-bob. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
36. Baholovchi yigʻilgan (buyurtmachi yoki uning vakillaridan olingan) birlamchi hujjatlarga ega boʻlgan holda buyurtmachi yoki baholash obyekti balansda saqlovchisining vakili bilan birgalikda baholash obyektini koʻzdan kechirish, uning amaldagi holatini oʻrganish, uni tavsiflash, oʻlchash, fotosuratga olish va baholash obyektini indentifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni amalga oshiradi.
37. Baholash obyektini koʻzdan kechirishdan maqsad uni identifikatsiya qilish, holatini aniqlash, taqdim etilgan boshlangʻich hujjatlarga muvofiqligini aniqlash hisoblanadi.
38. Baholash obyektini identifikatsiya qilish (koʻzdan kechirish) quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
baholash obyektini vizual koʻzdan kechirish;
baholash obyektining fotosuratini olish;
baholash obyektini identifikatsiya qilish;
koʻzdan kechirganlik dalolatnomasini tuzish.
39. Baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholash obyektining amaldagi holatidan kelib chiqib uning sifat va miqdor koʻrsatkichlarining buyurtmachi va (yoki) uning vakili taqdim etgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi aniqlanadi.
Baholash obyektiga boʻlgan mulkiy huquqlarning mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi oʻrganiladi. Zaruratga koʻra, baholovchining soʻroviga binoan hujjatlarni taqdim qilgan shaxs tomonidan tegishli hujjatlarga aniqliklar (izohlar) qoʻshimcha maʼlumotnomalar koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Baholash obyektini identifikatsiya qilish bilan bogʻliq barcha bajarilgan ishlar baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi.
40. Baholovchi baholash obyektining quyidagi xususiyatlarini identifikatsiya qilishi va tavsiflashi lozim:
nomi, funksional maqsadi va joriy foydalanilishi;
baholash obyektining joylashgan joyi (zonani koʻrsatgan holda), uning fizik va huquqiy tavsifi;
baholash obyektining umumiy maydoni;
baholash obyektiga boʻlgan cheklovlar.
41. Baholash buyurtmachisi yoki uning vakili baholovchiga belgilangan tartibda baholash obyektiga kirishni taʼminlashi shart.
42. Baholash obyekti identifikatsiya qilinmagan (koʻzdan kechirishdan oʻtkazilmagan) taqdirda, baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda identifikatsiya qilmaganlik (koʻzdan kechirilmaganlik) sabablari hamda u bilan bogʻliq farazlarni koʻrsatib oʻtishi shart.
43. Agar baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholashga oid vazifaga kiritilgan va bajarilayotgan oʻrganishlar natijalari ishonchli baholashni taʼminlamasa yoki taqdim etilgan axborot notoʻgʻri boʻlsa yoxud axborotni olishning imkoni boʻlmasa, baholovchi baholashni davom ettirishni rad etishi lozim.
4-bob. Baholash materiallarini saqlash va ulardan foydalanish
44. Baholovchi baholash jarayonida olingan, qiymat toʻgʻrisida yakuniy xulosa chiqarishga yordam bergan barcha materiallarni, baholash toʻgʻrisidagi hisobot nusxasini (qogʻoz yoki elektron shaklda) qonunchilikda belgilangan muddat davomida saqlashi lozim. Bu materiallar boshlangʻich axborotlarni, hisob-kitoblarni, oʻrganish va tahlillarni, shuningdek baholash hisobotida foydalanilgan har qanday hujjatlarni oʻz ichiga olishi lozim.
45. Baholashni oʻtkazishda baholovchi barcha mavjud maʼlumot va axborotlardan qonunchilik hujjatlari talablaridan kelib chiqib, maxfiylik shartlariga rioya qilgan holda foydalanishi shart.
5-bob. YAMBSdan cheklanish shartlari
46. Agar baholash jarayonida YAMBSning ayrim talablaridan farq qiladigan qonunchilik talablariga rioya etilishi zarur boʻlsa, baholovchi YAMBS prinsiplariga muvofiq mazkur qonunchilik talablariga rioya etishi lozim.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda YAMBS talablaridan cheklanishlar majburiy chora sifatida asoslangan boʻlsa, bunday baholash YAMBSga muvofiq oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
47. Baholovchi tashkilotlar oʻzining ichki hujjatlarida belgilangan baholash boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, tahlillar qilish va axborot toʻplash tartib-taomillariga, agar ular YAMBSga hamda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmasa, rioya etishlari mumkin.
V boʻlim. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot va uni tuzish tartibi (4-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
48. “Baholash toʻgʻrisidagi hisobot va uni tuzish tartibi” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 4-son MBS deb yuritiladi) baholash hisobotini tuzish va shakllantirish tartibini belgilaydi.
49. 4-son MBS baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlashda qoʻllanilishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, baholovchi tashkilotlar tomonidan qoʻshimcha professional xizmatlar koʻrsatish boʻyicha ish natijalari baholash toʻgʻrisidagi hisobot hisoblanmaydi.
50. Baholash natijalari baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan hamda baholovchi tashkilotning toʻplangan axborot va hisob-kitoblari asosida tasdiqlangan baholash obyekti qiymatini aks ettiruvchi baholash toʻgʻrisidagi hisobot bilan rasmiylashtiriladi.
Baholash obyektining baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan qiymati tavsiya xususiyatiga ega.
51. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholashni yoki baholash toʻgʻrisidagi hisobot ekspertizasini oʻtkazishni toʻgʻri tushunish uchun zarur maʼlumotlar boʻlishi lozim. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda noaniq talqin va tushunmovchiliklarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mashina va uskunalar, tovar-moddiy zaxiralar, shuningdek boshqa aktiv va majburiyatlar qiymatini baholashda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan yakuniy qiymatidan, agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sanadan olti oydan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlsa, foydalanilishi mumkin.
Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari, biznes va biznesda ishtirok etish huquqi va koʻchmas mulk qiymatini baholashda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan yakuniy qiymatidan, agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sanadan oʻn ikki oydan ortiq vaqt oʻtmagan boʻlsa, foydalanilishi mumkin.
Retrospektiv baholash oʻtkazilgan taqdirda, baholash obyektining qiymati haqidagi xulosa faqat baholashni amalga oshirilgan sanaga haqiqiy boʻladi.
52. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholashga oid vazifaning hajmi va mazmuni, uning foydalanish maqsadi (shu jumladan, foydalanishga oid har qanday cheklovlarni), har qanday muhim, noaniq yoki cheklovchi shartlarni oʻz ichiga olgan, baholashga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qiladigan maʼlumotlar aniq bayon qilinishi lozim.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda uning YAMBSga muvofiqligi koʻrsatilishi va mazkur YAMBSdan har qanday cheklanishlar mavjudligi yoritilishi kerak.
53. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish shakli (elektron yoki qogʻoz koʻrinishda) baholashga oid vazifaga muvofiq buyurtmachi va baholovchi oʻrtasida kelishilgan boʻlishi kerak.
54. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholashga oid vazifaning talablari, bajarilgan ishlar va olingan natijalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
55. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotga baholash jarayonida foydalanilmagan maʼlumotlar kiritilmasligi lozim, agar ularni kiritilishi YAMBS talablariga muvofiq majburiy boʻlmasa.
2-bob. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot mazmuniga oid talablar
56. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi shart:
baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana va uning tartib (roʻyxatdan oʻtkazilganlik) raqami;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish uchun asos;
baholash obyektini baholashning maqsadi;
baholash obyektining aniqlanadigan qiymat turi;
baholovchi tashkilotning nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili);
baholash obyektini baholashni amalga oshirgan baholovchi(lar)ning malaka sertifikati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
baholash obyektining qiymatini aniqlash sanasiga uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan tavsifi, shuningdek baholash obyekti mulkdorining maʼlumotlari;
baholash standartlari, ulardan foydalanish uchun asos, baholash obyektini baholashdan oʻtkazishda foydalanilgan maʼlumotlarning mazkur maʼlumotlar olingan manbalar koʻrsatilgan holdagi roʻyxati;
baholash obyektini baholashdan oʻtkazish izchilligi, shuningdek olingan natijani qoʻllanish chegaralari;
baholash sanasi;
baholovchi tashkilot tomonidan foydalaniladigan hamda baholash obyektining miqdor va sifat xususiyatlarini belgilaydigan hujjatlar roʻyxati.
Agar baholash obyektini baholash bir nechta baholovchi tomonidan oʻtkazilgan boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash jarayonida ular tomonidan bajarilgan ish baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatiladi.
Agar baholash obyektini baholashdan oʻtkazishda bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymat aniqlanayotgan boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda uni aniqlash mezonlari va baholash obyektining bozor qiymatini aniqlash imkoniyatidan cheklanish sabablari koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholash obyekti qiymatini asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
57. Baholash jarayonida foydalanilgan maʼlumotlar oshkor qilinishi kerak, bundan maxfiy maʼlumotlar mustasno.
Baholovchi maxfiy maʼlumotlarni faqat buyurtmachi va (yoki) bunday maʼlumotlarni taqdim etgan shaxslar bilan kelishilgan holda yoki sud qaroriga muvofiq oshkor qilishi mumkin.
Amaldagi maʼlumotlarning maxfiylik darajasi buyurtmachi va (yoki) bunday maʼlumotlarni taqdim etgan shaxslar yoki ushbu maʼlumotlarga bevosita aloqador shaxslar tomonidan belgilanadi.
58. Agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot qogʻoz shaklda tayyorlangan boʻlsa, uning har bir varagʻi raqamlangan va baholovchi(lar) tomonidan imzolangan, hisobot esa tikilgan va baholovchi tashkilot rahbari tomonidan imzolangan hamda tasdiqlangan boʻlishi shart.
Agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot elektron hujjat shaklida tayyorlangan boʻlsa, mazkur hisobot baholovchi(lar) va baholovchi tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlishi lozim
59. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotga quyidagilar ilova qilinishi majbur:
baholovchi tashkilotlarining professional jamoat birlashmalaridan biriga aʼzoligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisining nusxasi;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash va baholash obyekti qiymatini aniqlashda foydalanilgan hujjatlar nusxalari.
3-bob. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilishiga oid talablar
60. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot quyidagi asosiy boʻlimlarni oʻz ichiga oladi:
titul varagʻi;
boʻlimlar mundarijasi;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotga aloqa xati;
baholashga oid vazifa, baholash obyekti boʻyicha asosiy faktlar va xulosalar;
mamlakat va mintaqadagi baholash obyekti bilan bogʻliq umumiy iqtisodiy vaziyatning tavsifi;
baholash obyekti tegishli boʻlgan tarmoq va bozorning tavsifi;
baholash obyektining tavsifi;
baholash obyektining moliyaviy hisobotlari tahlili, agar mavjud boʻlsa;
baholash yondashuvlari va usullarini tanlash va qoʻllash tavsifi;
baholash obyektining yakuniy qiymati va uni aniqlash;
ilovalar.
61. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning titul varagʻida quyidagilar koʻrsatiladi:
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning roʻyxat raqami;
baholash obyektining nomi va manzili;
baholash obyektining aniqlanishi kerak boʻlgan qiymati turi;
baholash sanasi;
baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana;
buyurtmachi va baholovchi tashkilot nomi (baholovchi);
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga aʼzoligi.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning yakuniy tuzilishi baholovchi tomonidan baholash obyektining xususiyatiga, baholash maqsadlariga va baholash hisobotining maqsadli foydalanuvchisidan kelib chiqqan holda oʻzgarishi mumkin.
VI boʻlim. Qiymat turlari (5-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
62. “Qiymat turlari” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 5-son MBS deb yuritiladi) qiymat turlarini, ularning taʼriflari va talqinini belgilaydi hamda baholash obyektining aniqlanishi lozim boʻlgan qiymat turini belgilashda qoʻllanilishi kerak.
63. Baholash obyektining baholash maqsadlaridan kelib chiqib bozor yoki bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymati belgilanadi.
2-bob. Qiymat turlari
64. Qiymat turi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan qiymat uchun asos boʻlgan asosiy prinsiplarni belgilaydi.
Qiymat turi boshlangʻich maʼlumotlar va farazlarni tanlashga yoki belgilab berishga, shuningdek qiymat haqidagi yakuniy natijaga taʼsir koʻrsatishi mumkin.
65. Baholashni oʻtkazishda qoʻllaniladigan qiymat turlariga quyidagi umumiy elementlar xos:
baholash obyekti boʻyicha tuzilishi moʻljallanayotgan bitim (bundan buyon matnda moʻljallanayotgan bitim deb yuritiladi);
moʻljallanayotgan bitimning sanasi;
moʻljallanayotgan bitimning taraflari.
66. Qiymat turidan kelib chiqib moʻljallanayotgan bitim quyidagi shakllarga boʻlinadi:
gipotetik bitim;
haqiqiy bitim;
xarid qilish (investitsiyalash) boʻyicha bitim;
sotuv (investitsiya obyektidan chiqish) boʻyicha bitim;
muayyan yoki gipotetik bozorda oldindan belgilangan tavsiflar boʻyicha amalga oshiriladigan bitim.
67. Moʻljallanayotgan bitimning sanasi baholovchi tomonidan baholashni amalga oshirishda qanday axborot va maʼlumotlarni eʼtiborga olishga taʼsir koʻrsatadi.
Aksariyat qiymat turlari ishtirokchilarga ochiq boʻlmagan axborotni yoki bozordagi vaziyatni baholash sanasi yoxud qiymatni aniqlash sanasi holatiga qoʻshimcha oʻrganishlarsiz hisobga olish imkonini bermaydi.
68. Qiymat turi asosiy farazlar, shu jumladan gipotetik bitim xususiyati, bitim taraflarining xohishlari va ular oʻrtasidagi munosabatlar, shuningdek baholash obyektining bozordagi ekspozitsiya davri davomiyligini aks ettiradi.
69. Baholovchi baholashga oid vazifa shartlari va maqsadlariga mos keladigan qiymat turini tanlashi hamda ushbu qiymat turi bilan bogʻliq barcha talablarga amal qilishi zarur.
Baholash yondashuvi va usullari, dastlabki maʼlumotlar va cheklanishlarni tanlash qiymat turiga bogʻliq boʻladi.
70. Baholovchi baholashga oid vazifada koʻrsatilgan baholash maqsadlariga mos kelmaydigan qiymat turidan foydalanmasligi kerak.
71. Baholashga oid boshlangʻich maʼlumotlarning xususiyati va manbalari qiymat turiga muvofiq boʻlishi kerak.
72. YAMBSga muvofiq qiymat turlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:
a) bozor qiymatiga oid:
bozor qiymati;
bozor ijara haqi;
garov obyektining qiymati;
b) bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymatlarga oid:
adolatli qiymat;
investitsiya qiymati;
sinergetik qiymat;
tugatish qiymati;
yoʻq qilish qiymati;
qoldiq balans qiymati;
almashtirishning qoldiq qiymati;
takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati;
maxsus qiymat;
sugʻurtaga oid qiymat;
soliqqa oid qiymat.
73. Bozor qiymatidan farqlanuvchi baholash qiymati asosida bajarilgan barcha baholash natijalari har xil farazlarni talab qiladi, ular baholovchi tomonidan aniq identifikatsiya qilinishi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilishi lozim.
Bozor qiymatidan farqlanuvchi tegishli baholash qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, baholovchi baholashga oid vazifaga buyurtmachi bilan kelishilgan xolda, tegishli oʻzgartirishlar kiritishi lozim.
74. Qiymat turi bitim natijasida sotuvchining sotish xarajatlarini yoki xaridorning sotib olish xarajatlarini, shuningdek tomonlar tomonidan toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlarni hisobga olmagan holda, baholash obyektining hisoblangan qiymatini anglatadi.
75. Baholovchi qiymat turlarini oʻzi tomonidan toʻgʻri talqin etilishi va qoʻllanilishi uchun javobgardir.
3-bob. Bozor qiymatiga oid qiymat turlari
1-§. Bozor qiymati
76. Baholash obyektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga koʻra mazkur baholash obyektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur axborotga ega boʻlgan holda oʻz manfaatlari yoʻlida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qoʻshilish majburiyati aks etmaydi.
Agar biron-bir baholash obyektini baholashda majburiy oʻtkazish talabi mavjud boʻlgan normativ hujjatda yoki baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnomada qiymatning aniq turi koʻrsatilmagan boʻlsa, mazkur obyektning bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash obyekti qiymatining turini aniqlovchi Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunida yoki YAMBSda nazarda tutilmagan atamalardan foydalanilgan taqdirda ham qoʻllanilishi kerak.
77. Bozor qiymati quyidagi konseptual doiralarda talqin qilinishi lozim:
a) “eng ehtimol tutilgan narx...” — pulda ifodalangan, bozorda tijorat bitimi tuzilganda aktiv uchun toʻlanishi mumkin boʻlgan narx.
Bozor qiymati uning taʼrifida koʻrsatilgan shartlarga rioya etilganda baholash sanasida bozorda oqilona qabul qilinishi ehtimoli eng yuqori boʻlgan narxdir. Bu narx oqilona oʻylagan sotuvchi uchun erishilishi mumkin boʻladigan eng yaxshi, oqilona oʻylagan xaridor uchun esa erishilishi mumkin boʻladigan eng foydalisidir. Bu narxni aniqlashda, xususan bitimning alohida shartlari yoki holatlariga, masalan moliyalashtirishning noodatiy shakli, mulkni sotib keyin ijaraga qayta olish, bitimga jalb etilgan taraflardan biri tomonidan taqdim etilgan maxsus kompensatsiyalar yoki chegirmalar kabilarga bogʻliq holda oshirib yoki tushirib yuborilgan narxlar hisobga olinmaydi, shuningdek faqat muayyan aniq mulkdor yoki xaridor uchun hamyonbop boʻlgan qiymatning birorta elementi ham hisobga olinmaydi;
b) “...ochiq bozorda raqobat sharoitida…” — baholash obyektining qiymati oldindan belgilab qoʻyilgan yoki kelishilgan sotuv narxi emas (raqobatsiz shartlar), balki raqobat sharoitida taxmin qilinib, hisoblab chiqilgan miqdordir. Bu narx baholash sanasidagi bitimning shunday narxiki, bitimni amalga oshirganda bozor qiymati taʼrifida koʻrsatilgan barcha boshqa shartlar bajarilgan boʻladi;
v) “...bitim...” — tomonlar mustaqil ravishda harakat qilishlarini va ular oʻrtasida bitim narxini bozorga xos boʻlmagan holga keltiradigan maxsus munosabatlar yoʻqligini anglatadi;
g) “...oʻz manfaatlari yoʻlida oqilona harakat qiladi…” — manfaatdor xaridor ham, manfaatdor sotuvchi ham sotilayotgan aktivning xususiyati va xossalari, uning haqiqiy va potensial foydalanilishi, shuningdek baholash sanasida bozordagi holat haqida yetarli darajada xabardor qilingan deb taxmin qilinishini anglatadi. Ushbu maʼlumotlarga ega boʻlgan holda ularning har biri oʻz pozitsiyasi nuqtai nazaridan bitimdagi eng maqbul narxni qoʻlga kiritishga intilgan holda harakat qiladi.
d) “...ixtiyoriy ravishda harakat qiladi...” — taraflarning har birida bitim tuzishga oʻz asoslari borligi, ammo ularning birortasi ham bitim tuzishga majbur emasligi yoki haddan tashqari moyilligi yoʻqligini anglatadi.
78. Bozor qiymati xaridorlar va sotuvchilardan tashkil topgan ochiq bozorda narxlarni belgilashni oʻz ichiga oladi.
79. Aktivning bozor qiymati undan eng samarali foydalanilishini aks ettiradi. Bunday foydalanish jismonan mumkin, qonuniy ruxsat etilgan va moliyaviy jihatdan amalga oshirilishi kerak.
80. Bozor qiymati asosidagi baholashlar taqqoslanuvchi obyektlarga tegishli axborotga asoslanishi lozim.
Baholash jarayoni baholovchidan zarur va kerakli tekshiruvlarni oʻtkazishni, toʻgʻri tahlil olib borishni hamda axborot va dalillar bilan asoslangan farazlarni shakllantirishni talab qiladi. Bu jarayonda baholovchilar bozorda kuzatiladigan va ishga daxldor barcha faktlarni, tendensiyalarni, taqqoslanuvchi bitimlarni va boshqa axborotni baholash vazifasiga bogʻlik tarzda koʻrib chiqishga majbur.
Bozor maʼlumotlari cheklangan boʻlsa yoki umuman mavjud boʻlmasa, baholovchi baholash hisobotida lozim darajada vaziyatni ochib berishi hamda maʼlumotlarning yetarli emasligi bois hisob-kitoblar qanday tarzda cheklanganligini (agar cheklangan boʻlsa) koʻrsatishi lozim.
Barcha baholashlarda baholovchining shaxsiy mulohazasi talab etiladi.
81. Agar baholovchi baholanayotgan baholash obyekti bozoriga aloqador boʻlgan ochiq maʼlumotlar va holatlarni tahlil qilish imkoniyatiga ega boʻlsa, baholash jarayonida qoʻllaniladigan har bir yondashuv yoki usul bilan baholash obyektining bozor qiymatini aniqlashni taʼminlashi lozim.
2-§. Bozor ijara haqi
82. Bozor ijara haqi deganda baholash sanasiga eng ehtimol tutilgan narx tushunilib, unga koʻra mazkur baholash obyektining ochiq bozorda raqobat sharoitida ijaraga berilishi mumkin boʻlgan, ijara bitimining taraflari (manfaatdor ijaraga beruvchi va ijarachi) barcha zarur axborotga ega boʻlgan holda (marketing), oʻz manfaatlari yoʻlida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi, ijara haqining miqdorida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining ushbu bitimga qoʻshilish majburiyati aks etmaydi.
83. Shartnomaviy ijara haqi deganda tuzilgan ijara shartnomasi shartlariga asosan toʻlanadigan ijara haqi tushuniladi. Ijara haqi ijara muddatiga qatʼiy belgilab qoʻyilgan yoki oʻzgaruvchan boʻlishi mumkin. Ijara haqining oʻzgarishlari ijara shartnomasida aks ettirilgan boʻlib, ijaraga beruvchi oladigan naflarning umumiy miqdorini va ijaraga oluvchining majburiyatlarini belgilash uchun aniq va tushunarli boʻlishi kerak.
84. Bozor ijara haqidan ijara shartnomasini yoki ijara huquqini baholashda baholash qiymati turi sifatida foydalanilishi mumkin. Bunday hollarda shartnomaviy ijara haqi va bozor ijara haqi (agar shartnomaviy ijara haqidan farq qilsa) eʼtiborga olinishi kerak.
85. Baʼzi hollarda bozor ijara haqi tuzilgan ijara shartnomasi shartlari asosida qabul qilinishi/hisoblanishi mumkin.
3-§. Garov obyektining qiymati
86. Garov obyektining qiymati deganda garov narsasi boʻlgan yoki garov taʼminoti sifatida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan baholash obyektining bozor qiymati tushuniladi.
Har qanday mol-mulk, shu jumladan ashyolar va mulkiy huquqlar (talablar) garov narsasi boʻlishi mumkin, muomaladan chiqarilgan mol-mulk, kreditorning shaxsi bilan uzviy bogʻliq boʻlgan talablar, xususan hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi talablar, alimentlar toʻgʻrisidagi talablar hamda boshqa shaxsga berilishi qonun bilan man etilgan boshqa talablar bundan mustasno.
87. Baholashga oid vazifada baholovchi baholash obyektini baholash garov maqsadlari uchun amalga oshirilganligini koʻrsatishi kerak.
4-bob. Bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymat turlari
1-§. Adolatli qiymat
88. Adolatli qiymat deganda baholash obyekti aniq belgilangan va barcha zarur axborotga ega, manfaatdor boʻlgan taraflar oʻrtasida erkin bitim asosida sotilganda (mulk sotilganda yoki qarzdorlik hisobdan chiqarilganda), ushbu taraflarning manfaatlarini aks ettiradigan, hisoblab chiqiladigan-baholanadigan narx tushuniladi.
89. Adolatli qiymatni aniqlash qatʼiy belgilangan taraflar oʻrtasida ushbu taraflarning har biri bitimdan koʻradigan afzalliklari yoki salbiy tomonlarini hisobga olganda, adolatli boʻladigan xuddi shunday narxni baholashni talab qiladi.
Bunda, qiymatni aniqlashda qoida tariqasida, bozor ishtirokchilariga xos boʻlmaydigan yoki ular foydalana olmaydigan barcha afzalliklar yoki salbiy holatlar hisobga olinmaydi.
2-§. Investitsiya qiymati
90. Investitsiya qiymati deganda baholash obyektining egasi yoki potensial investor uchun ularning investitsiyaviy yoki operatsion (xoʻjalik) maqsadlari hisobga olinadigan qiymat tushuniladi.
91. Investitsiya qiymati subyektiv oʻziga xos qiymat turi boʻlib, aktiv qiymati uning egasi uchun uni boshqa tarafga sotganda, olish mumkin boʻlgan miqdorga teng boʻlsada, ushbu qiymat turida iqtisodiy subyekt aktivga egalik qilishdan va tegishlicha aktiv bilan hech qanday almashuv moʻljallanmasdan olishi mumkin boʻlgan foydalar aks ettiriladi.
92. Investitsiya qiymatida iqtisodiy subyektning moliyaviy ahvoli va baholashni bajarishdan moliyaviy maqsadlari aks ettiriladi. Bu qiymatdan koʻpincha investitsiyalar samaradorligini aniqlash uchun foydalaniladi.
3-§. Sinergetik qiymat
93. Sinergetik qiymat — ikki va undan ortiq aktivlar yoki ishtirokchilikdagi ulushlarning birlashtirilishi natijasida qiymatning umumiy yigʻindisi summasi ularning alohida olingan qiymatlari summasidan ortiq boʻlib chiqqanda (ijobiy sinergiya) yoki aksincha xollarda (salbiy sinergiya) hosil boʻladigan qiymat.
94. Agar faqat aniq bir xaridor sinergetik samarani qoʻlga kiritsa, sinergetik qiymat bozor qiymatidan farqlanadi, chunki sinergetik qiymatda aktivning faqat aniq xaridor uchun qiymatga ega boʻlgan aniq tavsiflari aks etadi.
95. Sinergetik qiymatni aniqlash zarurati obyektlar bir-birini funksional ravishda toʻldiradigan (ijobiy sinergiya) yoki har qanday funksiyalarni kerakli darajada bajarishga xalaqit beradigan (salbiy sinergiya) koʻchmas mulk obyektlarining mulkiy va investitsiya komplekslarini baholashda paydo boʻladi.
4-§. Tugatish qiymati
96. Tugatish qiymati deganda aktiv yoki aktivlar guruhini qismlarga boʻlib sotib yuborganda olinishi mumkin boʻlgan summa tushuniladi. Tugatish qiymatida aktivlarni sotishga tayyorlash hamda sotish bilan bogʻliq xarajatlarini hisobga olish kerak.
97. Tugatish qiymatini baholashni oʻtkazishning quyidagi dastlabki shart-sharoitlaridan foydalanib aniqlash mumkin:
marketing davrida tartibga solingan bitim;
marketing davri qisqartirilgan majburiy bitim.
Baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda tugatish qiymatini aniqlash jarayonida foydalangan dastlabki shart-sharoitni koʻrsatishi shart.
5-§. Yoʻq qilish qiymati
98. Yoʻq qilish qiymati deganda baholash obyektining uni tashkil etgan materiallarning bozor qiymatiga teng qiymati tushuniladi.
Bu qiymat yalpi yoki sof qiymat (sotish xarajatlarini chegirgan holda) tarzida ifodalanishi mumkin.
Yoʻq qilish qiymatining alohida holati skrap qiymati (Scrap value) deb atalib, unda obyektning eng samarali qiymati uni metall parchalari sifatida sotish deb tan olingan qiymat hisoblanadi.
6-§. Qoldiq balans qiymati
99. Qoldiq balans qiymati deganda asosiy vositalarning boshlangʻich (tiklanish) qiymatidan jami eskirish summasi chegirib tashlangan qiymat tushuniladi.
7-§. Almashtirishning qoldiq qiymati
100. Almashtirishning qoldiq qiymati baholash obyektiga oʻxshash obyektni baholash oʻtkazish sanasidagi bozor narxlarida baholash obyektining eskirishini hisobga olgan xolda yaratish uchun zarur boʻlgan xarajatlar miqdorini anglatadi.
8-§. Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati
101. Takror ishlab chiqarish qoldiq qiymati deganda baholash obyekti bilan bir xil obyektni bir xil materiallar va bir xil texnologiyalardan foydalangan holda yaratishga sarflanadigan, baholashni oʻtkazish sanasida mavjud bozordagi narxlarda oʻlchanadigan, baholash obyektining eskirishini hisobga oluvchi xarajatlar summasi tushuniladi.
9-§. Maxsus qiymat
102. Maxsus qiymat — bozor qiymatidan yuqori summa boʻlib, faqat maxsus xaridor (alohida manfaatga ega boʻlgan) uchun qiymatga ega boʻlgan aktivlarning muayyan tavsiflarini aks ettiradigan qiymat tushuniladi.
10-§. Sugʻurtaga oid qiymat
103. Sugʻurtaga oid qiymat deganda sugʻurta shartnomasi yoki polisida nazarda tutiladigan qiymat tushuniladi. Bunda, sugʻurta maqsadlari uchun mulkning haqiqiy qiymati sugʻurta shartnomasi yoki polisi imzolangan kuniga aniqlanadi.
11-§. Soliqqa oid qiymat
104. Soliqqa oid qiymat deganda amaldagi soliq qonunchiligi asosida hisoblab chiqiladigan qiymat tushuniladi.
105. Baholashga oid vazifada va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda ushbu qiymat soliqning qaysi turi uchun aniqlanayotganligi koʻrsatilishi kerak.
5-bob. Baholash uchun zarur shart-sharoitlar (taxminiy foydalanish)
106. Baholash uchun zarur shart-sharoitlarda (taxminiy foydalanishda) aktiv yoki majburiyatdan foydalanish shartlari (holatlari) aks ettiriladi. Bu baholash obyektiga tegishli boʻlishi mumkin boʻlgan bitim holatlarining eng ehtimoliy toʻplamiga oid taxminning bir turi hisoblanadi. Turli baholash qiymatlari uchun alohida baholash shart-sharoitlari talab etilishi yoki ular bir nechta baholash shart-sharoitlarida koʻrib chiqilishi mumkin. Quyidagilar umumiy baholash shart-sharoitlari hisoblanadi:
eng samarali foydalanish;
joriy/mavjud foydalanish;
tartibga solingan tugatish (sotish);
majburiy sotish.
107. Eng samarali foydalanish deganda aktivdan foydalanishning shunday shakli tushuniladiki, bunda ishtirokchi nuqtai nazaridan aktiv uchun eng yuqori qiymat taʼminlanadi.
Eng samarali foydalanish amalga oshirish imkoni borligi (agar oʻrinli boʻlsa), moliyaviy asoslanganligi, qonunchilik nuqtai nazardan ruxsat etilgan boʻlishi va bu eng yuqori qiymatga olib kelishi shart.
Agar bunday foydalanish turi joriy foydalanishdan farq qilsa, aktivni undan samaraliroq foydalaniladigan shakliga oʻtkazish xarajatlari uning qiymatiga taʼsir qiladi.
“Eng samarali foydalanish” deganda dastlabki shart-sharoit nuqtai nazaridan aktiv sifatida koʻchmas mulk obyekti tushuniladi.
108. Eng samarali foydalanish turini aniqlash quyidagilarni nazarda tutadi:
aktivdan u yoki bu tarzda foydalanishni amalga oshirish imkonini aniqlash, bunda ishtirokchilar oqilona deb tan oladigan foydalanishlar hisobga olinadi;
“qonunchilik nuqtai nazardan ruxsat etilgan boʻlishi” talabini hisobga olish uchun aktivdan foydalanishdagi har qanday huquqiy cheklovlarni eʼtiborga olish kerak. Masalan, shaharsozlik talablari yoki hududlar boʻyicha cheklovlar, shuningdek bu cheklovlar kelgusida oʻzgarishi mumkinligi;
foydalanilishning “moliyaviy asoslangan”ligi haqidagi talab amalga oshirish imkoni bor va qonunchilik nuqtai nazardan ruxsat etilganligi aktivdan muqobil foydalanishda odatdagi ishtirokchiga joriy foydalanishdagi samaradan, aktivni muqobil foydalanishga oʻtkazish xarajatlarini inobatga olgan holda, yetarli samara berishini hisobga oladi.
109. Joriy/mavjud foydalanish deganda aktiv yoki majburiyatdan hozirgi paytdagi foydalanish shakli tushuniladi. Joriy foydalanish aktivdan eng samarali foydalanish shakliga mos kelishi mumkin.
110. Tartibga solingan tugatishda (sotishda) xaridor(lar)ni izlash uchun oqilona muddatlarni nazarda tutadi, tugatish jarayonida sotilishi kerak boʻlgan aktivlarning qiymati koʻrsatiladi, bunda sotuvchi aktivni “mavjud holatda” va “joylashgan joyida” sotishga majbur boʻladi.
Xaridor(lar)ni izlashga ajratilgan oqilona muddat aktiv turiga va bozor sharoitlariga qarab, farq qilishi mumkin.
111. “Majburiy sotish” tushunchasi sotuvchi sotuvni amalga oshirishga majbur boʻlganda va buning natijasida ekspozitsiya davri uchun (sotish uchun obyekt bozorda boʻlishi kerak boʻlgan vaqt) muddat yetarli boʻlmagan hamda xaridorlar yetarli tekshiruvni oʻtkaza olmaydigan hollarda ishlatiladi.
Bunda, olinishi mumkin boʻlgan narx sotuvchiga boʻlgan bosim xususiyatiga va nima uchun aktiv boʻyicha zarur darajada ekspozitsiya/marketing qila olmasligiga bogʻliq boʻladi. Ushbu narx yetarli vaqt ichida sotishni amalga oshira olmaslik sababli sotuvchi uchun oqibatlarni aks ettirishi mumkin.
Agar sotuvchiga bosim xususiyatlari va sabablari maʼlum boʻlmasa, unda majburiy sotishdan olinishi mumkin boʻlgan narxni toʻgʻri aniqlash mumkin boʻlmaydi.
Majburiy sotishda sotuvchi rozi boʻladigan narx bozor qiymatining taʼrifi boʻyicha gipotetik manfaatdor sotuvchini emas, balki uning oʻziga xos sharoitlarini aks ettiruvchi narx boʻladi.
Majburiy sotish — bu ayirboshlash sodir boʻlgan vaziyatning tavsifi boʻlib, aniq belgilangan qiymat turini ifodalamaydi.
112. Agar majburiy sotishdagi narxni aniqlash talab etilsa, sotuvchiga taʼsir qiladigan cheklovlarning aniq sabablari koʻrsatilishi kerak.
Belgilangan muddatda sotishni amalga oshira olmaslik oqibati tegishli farazlar bilan koʻrsatilishi kerak.
Agar baholash sanasida bunday sabablar mavjud boʻlmasa, ular maxsus farazlar sifatida aniq belgilanishi kerak.
113. Majburiy sotishdagi zarur shart-sharoit quyida keltirilgan barcha shartlar bajarilgan taqdirda, aniq mulk uchun olish mumkin boʻlgan eng ehtimoliy narxni aks ettiradi:
sotishni qisqa muddatda tugatish;
aktiv baholash sanasida yoki bitim yakunlanishi kerak boʻlgan maʼlum vaqt ichida amal qiladigan bozor sharoitlari taʼsiri doirasiga tushadi;
xaridor va sotuvchi ehtiyotkorlik hamda xabardorlik bilan harakat qiladi;
sotuvchi sotishni amalga oshirishga majbur;
xaridor bitim tuzishda xohishga ega;
har ikkala taraf oʻzlari uchun manfaatdor tarzda harakat qiladi;
ekspozitsiyaga ajratilgan muddatning qisqaligi sababli, marketing oʻtkazishning odatiy choralarini qoʻllab boʻlmaydi;
toʻlov pul mablagʻlari bilan amalga oshiriladi.
114. Faoliyatsiz yoki pasayib borayotgan bozorda sotish avtomatik ravishda “majburiy sotish”ning dalili hisoblanmaydi, chunki sotuvchi vaziyat yaxshilangan taqdirda yaxshiroq narxga umid qilishi mumkin.
Agar sotuvchi aktivni zarur darajada marketing oʻtkaza olmaslik imkonini bermaydigan muddat ichida sotishga majbur boʻlmasa, bu sotuvchi bozor qiymatining taʼrifida keltirilgan manfaatdor sotuvchi hisoblanadi.
115. Amalga oshirilgan “majburiy sotish” bitimlari qiymat turi bozor qiymati boʻlgan baholashda hisobga olinmaydi.
6-bob. Alohida iqtisodiy subyektlar uchun oʻziga xos omillar
116. Baholash obyektining bozor qiymatini aniqlashda dastlabki maʼlumotlardan bozor qiymatidan farqlanuvchi qiymatlar boʻyicha baholangan obyektlar haqidagi maʼlumotlar chiqarib tashlanadi hamda ular faqat maʼlum bir xaridor yoki sotuvchiga xos boʻlib, boshqa ishtirokchilarga nisbatan qoʻllanilmaydi.
117. Ishtirokchilarga maʼlum boʻlmasligi mumkin boʻlgan va alohida iqtisodiy subyektlar uchun xos boʻlgan oʻziga xos omillarga quyidagilar misol boʻladi:
analog aktivlar portfelini yaratish natijasida yuzaga kelgan qoʻshimcha qiymat yoki qiymatning pasayishi;
aktivning iqtisodiy subyektga tegishli boshqa aktivlar bilan oʻzaro noyob taʼsiri (sinergiya);
faqat koʻrib chiqilayotgan iqtisodiy subyektga nisbatan qoʻllaniladigan yuridik huquqlar yoki cheklovlar;
koʻrib chiqilayotgan iqtisodiy subyektga qoʻllaniladigan soliq imtiyozlari yoki soliq solish majburiyatlari;
koʻrib chiqilayotgan iqtisodiy subyekt uchun eksklyuziv boʻlgan aktivdan foydalanish imkoniyati.
Agar baholashning maqsadi maʼlum bir mulkdor uchun qiymatni (masalan, investitsiya qiymatini) aniqlash boʻlsa, iqtisodiy subyekt uchun oʻziga xos boʻlgan omillar aktivni baholashda aks ettiriladi.
7-bob. Farazlar va maxsus farazlar
118. Qiymat turini belgilashda gipotetik bitimda aktivning holatini yoki aktiv almashinuvi moʻljallanayotgan holatlarni aniqlashtirish uchun bitta yoki bir nechta farazlarni koʻrsatish zarur boʻladi. Bunday farazlar qiymatga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.
119. Farazlar turlari quyidagi ikki toifaga ajratiladi:
qabul qilingan faktlar baholash sanasiga mavjud faktlardan farqlanmaydi yoki ushbu faktlarga muvofiq kelishi mumkin (farazlar);
qabul qilingan faktlar baholash sanasida haqiqatda mavjud boʻlgan faktlardan farq qiladigan faktlar (maxsus farazlar).
120. Baholash sanasida mavjud faktlarga mos faktlar yoki mos kelishi mumkin boʻlgan faktlar bilan bogʻliq farazlar baholovchi tomonidan amalga oshirilgan oʻrganishlar yoki soʻrovlar hajmining cheklanganligi oqibati boʻlishi mumkin.
Ushbu farazlarga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
biznesning toʻlaqonli faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyekt sifatida berilayotganligi haqidagi faraz;
biznesga jalb qilingan aktivlar biznessiz (yakka tartibda yoki guruh sifatida) berib yuborilayotganligi haqidagi faraz;
alohida baholanayotgan aktiv boshqa bir-birini toʻldiruvchi aktivlar bilan birga oʻtkazilishi haqidagi faraz;
aksiyadorlik ulushi aksiyalar paketi yoki alohida oʻtkazilishi haqidagi faraz.
121. Agar baholash sanasida qabul qilingan faktlar haqiqiy mavjud faktlardan farq qilsa, ular maxsus farazlar deb ataladi.
Maxsus farazlar mumkin boʻlgan oʻzgarishlarning aktiv qiymatiga taʼsirini koʻrsatish uchun ishlatiladi.
Maxsus farazlar baholash foydalanuvchisiga baholash toʻgʻrisidagi hisobot hozirgi sharoitlarning oʻzgarishiga bogʻliqligini yoki baholash sanasidagi fikrni aks ettirishini koʻrsatadi hamda ishtirokchilar unga rozi boʻlmaganligi uchun uni “maxsus” deb belgilashadi.
Maxsus farazlarga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
koʻchmas mulk ijara majburiyatlari yuklatilmagan toʻliq mulk huquqida ekanligi toʻgʻrisidagi faraz;
baholash sanasiga taklif etilayotgan bino qurilishi haqiqatda tugallanganligi haqida faraz;
shartnoma tuzilmagan boʻlsada, baholash sanasida uni mavjud deb hisoblash haqidagi faraz;
moliyaviy instrument ishtirokchi foydalanishi mumkin boʻlgan daromadlilik egri chizigʻidan farqli daromadlilik egri chizigʻi yordamida baholanayotganligi haqidagi faraz.
122. Barcha farazlar va maxsus farazlar belgilangan sharoitga muvofiq asoslangan, tegishli dalillar bilan mustahkamlangan hamda baholash maqsadidan kelib chiqib dolzarb boʻlishi majbur.
VII boʻlim. Baholash yondashuvlari va usullari (6-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
123. “Baholashning yondashuvlari va usullari” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 6-son MBS deb yuritiladi) baholashning yondashuvlari va usullari, ularning taʼriflari, talqini va qoʻllanilishini belgilaydi.
124. Baholovchilar mazkur 6-son MBSni talqin qilish va qoʻllash hamda baholashning har bir turi (majburiy yoki tashabbuskor/ixtiyoriy) uchun tegishli yondashuvlar va usullarni tanlash uchun javobgardir.
125. Baholashda eng maqbul yondashuvni tanlashga eʼtiborni qaratish lozim. Barcha yondashuvlar narx muvozanati, foyda yoki almashtirishning iqtisodiy tamoyillariga asoslanadi.
Baholashning asosiy yondashuvlari quyidagilardan iborat:
qiyosiy yondashuv;
daromad yondashuvi;
xarajat yondashuvi.
Baholash yondashuvlarining har biri turli xil qoʻllash usullarini oʻz ichiga oladi.
126. Baholash obyektini baholashda baholash yondashuvini tanlashdan asosiy maqsad aniq mavjud holatlarda foydalanish uchun eng mos keladigan usulni tanlashdan iborat. Baholash usullaridan birortasi ham barcha vaziyatlarda qoʻllash uchun mos kelmaydi. Ularni tanlashda kamida quyidagilarni hisobga olish kerak:
baholashga oid vazifada koʻrsatilgan shartlar va maqsadlarga muvofiq aniqlanadigan baholash qiymat(lar)i va zarur shart-sharoitni (dastlabki shart-sharoitlarni);
baholashda qoʻllash mumkin boʻlgan yondashuvlar va usullarning kuchli va zaif tomonlarini;
baholash obyektining tavsifidan kelib chiqib, har bir yondashuv va usullarni qoʻllashning maqsadga muvofiqligi;
baholash maqsadi va vazifalari;
zarur boʻlgan ishonchli maʼlumotlarning mavjudligi, toʻliqligi va ishonchliligi;
oʻtkaziladigan baholashdagi farazlar va cheklovlar;
baholash natijalaridan foydalanish taxmini.
127. Baholash obyektini baholashni amalga oshirishda baholovchi qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlarini qoʻllashi lozim. Baholash jarayonida baholash yondashuvlari va usullarini qoʻllash yoki qoʻllashni rad etish baholovchi tomonidan asoslab berilishi lozim.
Baholovchi har bir baholash yondashuvi doirasida aniq baholash usullarini oʻzi mustaqil belgilash huquqiga ega. Baholash usullarini tanlashda u yoki bu usulni qoʻllash uchun axborotning yetarliligi va ishonchliligi hisobga olinadi.
128. Agar baholovchi baholashga oid vazifa shartlaridan kelib chiqib yagona baholash usulining aniqliligi va toʻgʻriligiga ishonch hosil qilgan boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslantirilgan holda qiymatni baholashning bitta usulidan foydalanishi mumkin. Yagona usulni qoʻllashda yetarli maʼlumotlar mavjud boʻlmasa,baholovchilar qiymatni aniqlash uchun bir nechta baholash yondashuvlari va usullaridan foydalanishni koʻrib chiqishlari kerak.
(128-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 19-iyuldagi 01/14-11/32-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3487-1, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 10/24/3487-1/0624-son)
Agar bir nechta baholash yondashuvlari va usullari yoki bir yondashuv doirasida bir nechta usullar qoʻllanilsa, bunday yondashuvlar va/yoki usullar yordamida olingan baholash natijalari muvofiqlashtirilishi lozim. Bunda, baholash natijalari oʻrtacha qiymatni hisoblamasdan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilishi kerak.
129. Agar baholashda turli yondashuvlar va/yoki baholash usullaridan foydalangan holda, qiymat koʻrsatkichlarida jiddiy farqlanishlar olinsa, baholovchi qiymat koʻrsatkichlari nima uchun bunday farqlanayotganini tushunish uchun tahlil olib borishi kerak. Bunda, ikki yoki undan ortiq farqlanayotgan qiymat koʻrsatkichini oddiygina (arifmetik) oʻlchash (kelishishi) maqsadga muvofiq boʻlmaydi.
Bunda, baholovchi qoʻllanilgan yondashuvlar/usullardan birortasi qiymatning ishonchliroq koʻrsatkichini olishni qanchalik taʼminlay olishi masalasini hal qilish uchun YAMBSning 128-bandi talablarini hisobga olishi kerak.
2-bob. Baholash yondashuvlarini qoʻllash
1-§. Qiyosiy yondashuv
130. Qiyosiy yondashuv — bu baholash obyektini narxi maʼlum boʻlgan bir xil yoki taqqoslanuvchi (oʻxshash) obyektlar bilan qiyoslash orqali qiymat koʻrsatkichi olinadigan usullar toʻplami. Qiyosiy yondashuv almashtirish prinsipidan kelib chiqadi.
131. Qiyosiy yondashuv usullari obyektning haqiqatan ham bozor qiymati haqida tasavvur beradigan taqqoslanuvchi baholash obyektlarining faol bozori mavjud boʻlganda samarali hisoblanadi.
132. Quyidagi holatlarda qiyosiy yondashuvni qoʻllash va unga katta salmoq berish kerak boʻladi:
baholashda qoʻllanilayotgan qiymat turi nuqtai nazaridan qaralayotgan obyekt eʼtiborga olish mumkin boʻlgan yaqinda tuzilgan bitimda sotilganda;
qaralayotgan obyekt yoki mohiyatiga koʻra unga oʻxshash obyektlar bozorda faol ravishda aylanganda (sotilganda);
“mohiyatan oʻxshash” obyektlar bilan tez-tez va/yoki yaqinda sodir etilgan bitimlar mavjud boʻlganda.
Agar ushbu holatlar mavjud boʻlmasa, quyidagi holatlarda ham qiyosiy yondashuvni qoʻllash va unga katta salmoq berish mumkin:
bozorda koʻrib chiqilayotgan obyekt bilan yoki “mohiyatan oʻxshash” obyektlar bilan tuzilgan bitimlar bozorning beqarorligi va zaif faoliyati tufayli yetarli darajada ahamiyatli boʻlmaganda;
obyekt yoki deyarli oʻxshash obyektlar bozorda u qadar faol ravishda aylanmaganda (sotilmaganda);
bozorda sodir boʻlgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlganda, ammo taqqoslanuvchi obyektlar qaralayotgan obyektdan sezilarli darajada farq qilgan xolda, bu esa subyektiv tuzatishlar kiritishni talab qilishi mumkin boʻlganda;
yaqinda amalga oshirilgan bitimlar haqidagi maʼlumotlar ishonchsiz boʻlganda (batafsil maʼlumot mavjud emasligi, bozor shartlaridan tashqari bitim, muammoli sotish va boshqalar);
aktivning qiymatiga taʼsir qiluvchi eng muhim omil — takror ishlab chiqarish xarajatlari yoki uning daromad olish imkoniyati emas, balki bozorda unga beriladigan narx.
Agar ushbu koʻrsatilgan mezonlar bajarilmasa, baholovchi qiyosiy yondashuv orqali olingan qiymat miqdorini asoslash uchun boshqa har qanday yondashuvlarni qoʻllashni koʻrib chiqishi kerak.
133. Qiyosiy yondashuv qoʻllanilmagan taqdirda, boshqa yondashuvlarni qoʻllashda dastlabki bozor maʼlumotlaridan maksimal darajada foydalanish kerak (samarali daromad va foyda meʼyori kabi bozorni baholash koʻrsatkichlari).
134. Agar taqqoslanuvchi bozor maʼlumotlari aynan bir xil yoki mohiyatiga koʻra aynan oʻxshash obyektlarga taalluqli boʻlmasa, baholovchi baholangan va taqqoslanuvchi obyektlar oʻrtasidagi sifat va miqdoriy oʻxshashlik va farqlarning qiyosiy tahlilini oʻtkazishi kerak.
Koʻpincha qiyosiy tahlil natijalarining yakunlariga koʻra tuzatishlar kiritish zarur boʻladi.
Tuzatishlar kiritish asosli amalga oshirilishi kerak va baholovchi tuzatishlar sabablarini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda hujjatlashtirib qoʻyishi hamda miqdoriy bahoni qanday berganligini tushuntirib berishi kerak.
135. Qiyosiy yondashuvni qoʻllashda asosiy talab taqqoslash obyektini (analogni) toʻgʻri tanlash hisoblanadi.
Taqqoslash obyekti baholanayotgan obyekt bilan funksional va tasniflanishi jihatidan oʻxshash boʻlishi, jumladan baholanayotgan obyekt hamda taqqoslash obyekti funksiyasi va narxni shakllantirish parametrlari miqdori boʻyicha bitta guruhga mansub boʻlishi zarur.
136. Qiyosiy yondashuvda koʻpincha taqqoslanuvchi obyektlar tanlanmasidan olinadigan bozor multiplikatorlaridan foydalaniladi, ularning har biri oʻziga xos multiplikator koʻrsatkichi bilan tavsiflanadi.
Mavjud koʻrsatkichlar oraligʻidan mos multiplikatorni tanlash, sifat va miqdoriy omillarni hisobga oladigan asoslashni talab qiladi.
137. Baholash obyekti qiymatini qiyosiy yondashuv orqali baholashda quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi:
taqqoslanuvchi bitimlar usuli (indikativ/oldingi bitimlar usuli);
kapital bozori usuli (analog-ommaviy kompaniyalarni taqqoslash usuli);
sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli va boshqalar.
138. Qiymat koʻrsatkichini olish uchun taqqoslanuvchi bitimlar usuli qoʻllanilganda, baholanayotgan oʻxshash yoki bir xil obyektlar bilan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalaniladi.
Agar baholash obyekti taqqoslanuvchi bitimda ishtirok etsa, bu usul “oldingi bitimlar usuli” deb ataladi.
139. Agar baholash obyekti bilan kam miqdorda bitimlar sodir etilgan boʻlsa, baholovchi bir xil yoki oʻxshash obyektlar uchun taklif narxlarini hisobga olishi mumkin. Bunda, mazkur holat aniq belgilangan, sinchiklab tahlil qilingan va hujjatlashtirilgan boʻlishi lozim.
Baholash obyektining qiymatini aniqlashda unga berilgan taklif narxlari maʼlumotlarning yagona manbasi sifatida qoʻllanilmasligi kerak, biroq boshqa usullar qoʻllanilganda ular maqbul deb hisoblanishi mumkin.
Baholash obyektini sotib olish yoki sotish boʻyicha taklif narxlari tahlil qilinganda, ushbu narxlarga salmoq miqdori belgilanadi. Bunda, ushbu taklif narxi bilan bogʻliq majburiyatlar hamda uning bozorda boʻlgan davri hisobga olinishi lozim.
Masalan, baholash obyektini eʼlon qilingan narxda sotish yoki sotib olish boʻyicha majburiyatini ifodalovchi taklifga bunday qatʼiy majburiyatni nazarda tutmasdan eʼlon qilingan narx taklifiga qaraganda kattaroq salmoq berish kerak.
140. Taqqoslanuvchi bitimlar usulidan foydalanishda baholash obyekti parametrlarini qiyosiy tahlil qilishning turli natijalaridan foydalanish mumkin. Bu parametrlar “taqqoslash birliklari” deb ham ataladi va taqqoslash uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Taqqoslash birliklari asosan quyidagilardan iborat:
a) koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni baholashda:
bir kvadrat metr uchun narx;
bir kvadrat metr uchun ijara haqi;
kapitallashtirish stavkasi.
b) biznesni baholashda:
moddiy va nomoddiy aktivlarning foizlar, soliqlar va amortizatsiyadan oldingi foyda multiplikatorlari (EBITDA — Earnings before interest, taxes, depreciation and amortization);
narx/foyda multiplikatori;
narx/tushum multiplikatori;
narx/balans qiymati multiplikatori.
v) moliyaviy instrumentlarni baholashda:
daromadlilik;
foiz stavkalari spredlari (foiz stavkasidan yuqori marja).
Foydalaniladigan taqqoslash birliklari aktivga tegishli boʻlgan guruh, tarmoq va mintaqaga bogʻliq holda bir-biridan farq qilishi mumkin.
141. Taqqoslanuvchi bitimlar usulini qoʻllashda quyidagi muhim bosqichlar mavjud:
tegishli bozorda ishtirokchilar foydalanadigan taqqoslash birliklarini aniqlash;
oʻrinli taqqoslanuvchi bitimlarni aniqlash va baholashning asosiy salmoq koʻrsatkichlarini, shu jumladan ushbu bitimlar boʻyicha multiplikatorlarni hisoblash;
taqqoslanuvchi obyektlar va baholanayotgan obyekt oʻrtasidagi sifat hamda miqdoriy oʻxshashlik va farqlarni izchil taqqoslash tahlilini oʻtkazish;
zaruratga koʻra baholanayotgan obyekt bilan taqqoslanayotgan obyektlar oʻrtasida farqlarni aks ettirish maqsadida baholash koʻrsatkichlariga kerakli tuzatishlar kiritish;
agar bir nechta baholash koʻrsatkichlaridan foydalanilgan boʻlsa, olingan qiymat koʻrsatkichlarini muvofiqlashtirish.
142. Baholovchi taqqoslanuvchi bitimlarni tanlashda quyidagilarni hisobga olishi kerak:
bir nechta bitimlar boʻyicha dalillar qoida tariqasida, bir martalik bitimga qaraganda samarali hisoblanadi;
bir xil oʻxshash obyektlar bilan tuzilgan bitimlar, ushbu bitimda haqiqiy sotish narxiga sezilarli tuzatishlarni talab qiladigan obyektlarga nisbatan yaxshiroq qiymat koʻrsatkichini taʼminlaydi;
baholash sanasiga yaqinroq amalga oshirilgan bitimlar hamda qatʼiy tijorat asosida bir-biriga bogʻliq boʻlmagan tomonlar ishtirokida amalga oshirilgan bitimlar ustuvor ahamiyatga ega;
baholovchi taqqoslanuvchi obyektning tavsifini chuqurroq tahlil qilish imkoniyatiga ega boʻlishi uchun bitim boʻyicha maqbul maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak;
taqqoslanuvchi bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumot ishonchli va eʼtiborga molik manbadan olinishi kerak;
amalga oshirilgan bitimlar rejalashtirilayotgan bitimlarga (taklif narxiga) qaraganda ishonchli hisoblanadi.
143. Baholovchi taqqoslanuvchi bitimlar va baholash obyekti oʻrtasidagi har qanday muhim farqlarni tahlil qilishi hamda tuzatish kiritishi kerak. Tuzatishni talab qiladigan eng keng tarqalgan farqlar quyidagilardan iborat:
muhim tavsiflar (yoshi, oʻlchami, xususiyatlari va boshqalar);
koʻrib chiqilayotgan obyektga yoki taqqoslanuvchi obyektlarga qoʻyilgan tegishli cheklovlar;
geografik joylashuvi (obyektning joylashgan joyi va/yoki obyekt bilan bitim amalga oshirilishi mumkin boʻlgan yoki undan foydalanadigan joy) hamda tegishli iqtisodiy va normativ-huquqiy muhit;
aktivlarning rentabelligi yoki foydaliligi;
retrospektiv va kutilayotgan oʻsish;
daromadlilik darajasi/foiz stavkalari;
taʼminot turlari;
taqqoslanuvchi bitimlarni amalga oshirishdagi noodatiy shartlar;
taqqoslanuvchi obyekt va baholanayotgan obyektga nisbatan likvidlilik va nazorat darajasi bilan bogʻliq farqlar;
mulkchilik tavsiflari (egalik qilishning huquqiy shakli, egalik qilishning foiz ifodasidagi ulushi);
taqqoslanuvchi obyektlar taklif narxlari va sodir etilgan bitimlar narxlari.
144. Kapital bozori usuli taqqoslash uchun aktiv sifatida baholanayotgan aktivga oʻxshash va ommaviy sotiladigan taqqoslanuvchi aktivlar toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishni nazarda tutadi.
Kapital bozori usuli taqqoslanuvchi bitimlar usuliga oʻxshash hisoblanadi, kapital bozori usuli ochiq bozorda savdo qilinadigan taqqoslanuvchi aktivlarga bogʻliq boʻladi. Quyidagilar kapital bozori usulining taqqoslanayotgan aktivlarning ochiq bozorda sotilishi bilan bogʻliq farqli jihatlari hisoblanadi:
baholash qiymati koʻrsatkichlarini/taqqoslanuvchi dalillarni baholash sanasiga olish imkoniyati;
taqqoslanuvchi aktivlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning foydalanish uchun ochiqligi;
taqqoslanuvchi aktivlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq tayyorlanganligi.
145. Kapital bozori usulidan baholash obyekti ochiq bozorda sotiladigan analog-obyektga oʻxshash boʻlganda foydalanilishi mumkin. Bu esa obyektlarning toʻgʻri taqqoslanishini taʼminlaydi.
146. Kapital bozori usulini qoʻllashning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
tegishli bozorda ishtirokchilar qoʻllaydigan baholashning solishtirma koʻrsatkichlarini/taqqoslanuvchan dalillarni belgilash;
ommaviy bozorda sotiladigan analog-obyektlarni tanlash hamda ular bilan bitimlarda belgilangan asosiy baholash koʻrsatkichlarini (multiplikatorlarni) hisoblash;
bozorda sotiladigan analog-obyektlar bilan baholanadigan aktiv oʻrtasidagi sifat va miqdoriy oʻxshashliklarni hamda farqlarni izchil qiyosiy tahlil qilish;
zaruratga koʻra, baholanayotgan obyekt bilan ochiq bozorda sotiladigan analog-obyektlar oʻrtasidagi farqlarni hisobga olish maqsadida hisoblab chiqilgan baholash koʻrsatkichlariga tuzatishlar kiritish;
tuzatish kiritilgan baholash koʻrsatkichlarini baholanayotgan aktivga qoʻllash;
agar bir nechta baholash koʻrsatkichlaridan foydalanilgan boʻlsa, har bir holatda olingan qiymat koʻrsatkichlarini (baholash natijalarini) kelishish (salmogʻini chiqarish).
147. Baholovchi ommaviy bozorda sotiladigan analog-obyektlarni tanlashda quyidagilarni hisobga olishi kerak:
ommaviy bozorda sotiladigan bir nechta analog-obyektlardan foydalanish bitta analog-obyektdan foydalanishga qaraganda afzalroq hisoblanadi;
ommaviy savdoda sotiladigan analog-obyektlar asosida olingan dalillar (oʻxshash bozor segmenti, hudud, tushumlar va/yoki aktivlar hajmi, oʻsish surʼatlari, rentabellik koeffitsiyentlari, qarz kapitalidan foydalanish, likvidlilik va diversifikatsiya) jiddiy tuzatishlarga muhtoj taqqoslanuvchi analoglarga qaraganda yaxshiroq baholash koʻrsatkichini olish imkonini beradi;
faol oldi-sotdidagi qimmatli qogʻozlar sust aylanayotgan qimmatli qogʻozlarga qaraganda muhimroq maʼlumotlarni beradi.
148. Baholovchi foydalanilgan ochiq bozorda sotiladigan analog-obyektlar bilan baholanayotgan aktiv oʻrtasidagi har qanday jiddiy farqlarni tahlil qilishi va tegishli tuzatishlar kiritishi lozim.
Tuzatishni talab qiladigan keng tarqalgan farqlarga quyidagilar misol boʻlishi mumkin:
muhim tavsiflar (yoshi, oʻlchami, tuzilishi va shunga oʻxshash boshqa xususiyatlari);
tegishli chegirmalar va ustamalar;
baholanayotgan yoki taqqoslanayotgan obyektlarga nisbatan tegishli cheklovlar;
tahlil qilinayotgan kompaniyaning geografik joylashuvi, u joylashgan joydagi iqtisodiy va huquqiy muhit;
aktivlarning rentabelligi yoki daromadliligi;
retrospektiv va kutilayotgan oʻsish;
taqqoslanayotgan va baholanayotgan aktivning likvidliligi hamda nazorat tavsiflari bilan bogʻliq farqlar;
mulkchilik shakli.
149. Qiyosiy yondashuvda baholanayotgan aktiv, bitimlar yoki oldi-sotdi boʻlayotgan qimmatli qogʻozlar oʻrtasidagi farqlarni hisobga olish uchun tuzatishlar kiritish muhim hisoblanadi. Tuzatishlar deganda chegirmalar va ustamalar tushuniladi.
150. Cheklangan likvidlilik uchun chegirma (DLOM — Discount for Lack of Marketability) taqqoslanuvchi analoglar baholanayotgan aktivga nisbatan yuqori bozor likvidliligiga ega boʻlganda qoʻllaniladi.
Cheklangan likvidlilik uchun chegirma (DLOM) bir xil aktivlar taqqoslanganda, oson sotiladigan aktiv sotilishi qiyinroq yoki sotishga cheklovlari koʻproq boʻlgan aktivga qaraganda koʻproq qiymatga egaligi haqidagi tasavvurni aks ettiradi.
151. Nazorat borligi uchun ustamalar (mukofotlar) (sotib olish uchun bozor ishtirokchilarining mukofotlari — Control Premiums yoki Market Participant Acquisition Premiums (MPAPs) va nazorat yoʻqligi uchun chegirmalar (paketning nazoratsiz tabiati uchun chegirmalar — Discount for Lack of Control (DLOC) taqqoslanuvchi analog bilan baholanayotgan aktiv oʻrtasidagi mazkur chegirmalarning qarorlar qabul qilishga taʼsiri borasidagi farqini aks ettirish hamda obyekt yoki kompaniya faoliyatiga oʻzgartirishlar kiritish uchun qoʻllaniladi.
Ishtirokchilar, qoida tariqasida, baholanayotgan aktivni nazorat qilmaslikdan koʻra uni nazorat qilishni afzal koʻradilar.
Ishtirokchilarning nazorat borligi uchun haq toʻlashga yoki nazoratning yoʻqligi uchun chegirma qilishga tayyorligi ushbu aktiv egasi uchun iqtisodiy foydani haqiqatan ham oshirish koʻrsatkichi boʻlib xizmat qiladi.
Nazorat borligi uchun ustamalar yoki nazorat yoʻqligi uchun chegirmalar quyidagilar:
pul oqimlari oshishining aniq natijalarini tahlil qilish;
nazorat qilish bilan bogʻliq tavakkalni kamaytirish;
bozorda muomalada boʻlgan qimmatli qogʻozlarning nazorat paketi uchun toʻlangan haqiqiy narxlarni bunday bitimni tuzishga qadar bozor bahosi bilan solishtirish orqali hisob-kitob qilinadi.
152. Bloklovchi chegirmalardan (blockage discounts) baholanayotgan aktiv bozorda aylanadigan aksiyalar paketi uning egasi ushbu paketni ochiq bozorda belgilangan narxga salbiy taʼsir koʻrsatmagan holda tez sotib yubora olmaydigan darajada katta boʻlganda foydalaniladi.
Bloklovchi chegirmalarga har qanday oqilona usuldan foydalangan holda miqdoriy baho berish mumkin, biroq qoida tariqasida, ishtirokchi sotilishi moʻljallangan aksiyalarni bozorda berilayotgan narxga salbiy taʼsir koʻrsatmasdan sotib yuborishi (qimmatli qogʻozlarning bir kunlik odatiy savdolar hajmini tashkil qiladigan qismiga nisbatan kamroq qismini sotish) mumkin boʻlgan muddatni hisobga oladigan modeldan foydalaniladi.
Tegishli qiymat turlari, jumladan moliyaviy hisobot uchun adolatli qiymatdan foydalanilganda, bloklovchi chegirmalarning qoʻllanilishi taqiqlanadi.
2-§. Daromad yondashuvi
153. Daromad yondashuvi — bu baholash obyektidan kelajakda foydalanishdan kutilayotgan daromadni aniqlash asosida baholash obyekti qiymatini baholash usullari toʻplami.
Daromad yondashuvini qoʻllashda aktivning qiymati aktivdan keladigan daromadlar, pul oqimlari yoki tejaladigan xarajatlarning joriy (keltirilgan) qiymati bilan belgilanadi.
154. Daromad yondashuvi quyidagi holatlarda qoʻllanilishi va unga katta salmoq berilishi kerak:
aktivning daromad keltirish imkoniyati mavjud boʻlganda;
baholanayotgan aktivdan kelgusida muayyan vaqt davomida daromad olish hamda uning muddatlarini ishonchli prognoz qilish mumkin boʻlsa va ayni vaqtda bozorda oʻxshash analog-obyektlar (agar mavjud boʻlsa) soni koʻp boʻlmasa.
Ushbu mezonlar bajarilmagan taqdirda, baholovchi boshqa har qanday yondashuvlarni qoʻllashni ham koʻrib chiqishi kerak.
Quyidagi holatlarda ham daromad yondashuvini qoʻllash mumkin:
baholanayotgan aktivdan daromad olish imkoniyati mazkur aktivning qiymatiga taʼsir qiluvchi omillardan biri boʻlganda;
baholanayotgan aktiv bilan bogʻliq kelajakdagi daromadlarning summasi va muddatlari boʻyicha sezilarli noaniqlik mavjud boʻlganda;
baholanayotgan aktiv haqidagi toʻliq maʼlumotlarni olish imkoni mavjud boʻlmaganda (minoritar aksiya egasi moliyaviy hisobotlarga ega boʻlishi mumkin, lekin prognozlar/budjetlarga emas);
baholanayotgan aktiv hali daromad keltira boshlamagan, ammo prognozlarga koʻra, kelgusida daromad keltiradi.
155. Investorlarning oʻz investitsiyalari boʻyicha aniqlangan tavakkalchilik darajasini hisobga olgan holda daromad/samara olish kutilmasi daromad yondashuvining asosiy jihati hisoblanadi.
156. Baholash obyekti qiymatini daromad yondashuvi bilan baholash uchun baholovchi baholash obyektidan kutilayotgan daromadni baholash sanasidagi yagona qiymat birligiga aylantirishga asoslangan quyidagi usullarning biridan foydalanadi:
pul oqimlarini diskontlash usuli (bundan buyon matnda POD usuli deb yuritiladi) — baholash obyekti qiymatini baholash sanasiga prognoz va prognozdan keyingi davrlardagi (davrning oxiridagi) pul oqimlarining joriy qiymatlarini qoʻshish yoʻli bilan aniqlashga asoslanadi;
daromadni kapitallashtirish usuli — baholash obyekti qiymati belgilangan davrdagi daromad miqdorini ushbu daromadga mos keladigan kapitallashtirish stavkasiga boʻlish orqali aniqlanadi.
157. POD usuli pul oqimlari beqaror boʻlgan aktivlarni baholash uchun qoʻllaniladi.
158. POD usuliga muvofiq prognozlashtirilayotgan kelgusidagi pul oqimlari baholash sanasidan orqaga diskontlanadi, bu esa natijada aktivning joriy (hozirgi) qiymatini aniqlashga imkon beradi.
159. Quyidagilar POD usulini qoʻllashning asosiy bosqichlari hisoblanadi:
baholanayotgan obyektning va uni baholashning xususiyatlarini hisobga olgan holda pul oqimining eng munosib turini tanlash (soliqlar toʻlangunga qadar yoki soliqlar toʻlangandan keyingi pul oqimlari, yalpi pul oqimlari yoki xususiy va/yoki investitsiyalangan kapital uchun pul oqimlari, real yoki nominal pul oqimlari va h.k.);
pul oqimini prognozlashning eng maqbul davrini aniqlash (prognoz davri);
pul oqimi prognoz davri mobaynidagi pul oqimlari prognozini tayyorlash;
baholanayotgan aktivning xususiyatlarini inobatga olgan holda belgilangan prognoz davri tugagandan soʻng, baholanayotgan aktiv uchun prognozdan keyingi qiymatni (bundan buyon matnda terminal qiymat deb yuritiladi) aniqlash;
tegishli diskontlash stavkasini aniqlash;
diskontlash stavkasini, zaruratga koʻra terminal qiymatini ham hisobga olgan holda prognozlashtirilayotgan pul oqimiga qoʻllash.
160. Aktiv yoki uning baholash xususiyatini hisobga olgan holda tegishli pul oqimi turini tanlashda baholovchi quyidagi omillarni eʼtiborga olishi lozim:
yaxlit aktiv yoki bir qismi sifatida uning ulushiga toʻgʻri keluvchi pul oqimi. Qoida tariqasida, yaxlit aktiv (investitsiyalangan kapital)ga toʻgʻri keluvchi pul oqimidan foydalaniladi. Baʼzi hollarda boshqa shakldagi daromadlar jumladan, aksiyadorlik (xususiy) kapitali (asosiy qarzdorlik boʻyicha summa va foizlar toʻlovidan keyin) yoki dividendlar (aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanuvchi pul oqimi)dan foydalaniladi;
pul oqimlari soliq toʻlagunga qadar yoki soliq toʻlangandan keyin aniqlanishi mumkin. Bunda qoʻllaniladigan soliq stavkasining baholash qiymatiga muvofiqligini taʼminlash lozim;
real yoki nominal pul oqimi. Real pul oqimida inflyatsiya hisobga olinmaydi, nominal pul oqimida esa inflyatsiya hisobga olinadi. Agar kutilayotgan pul oqimi inflyatsiya darajasi boʻyicha taxminlarni oʻz ichiga olsa, diskontlash stavkasi inflyatsiyani hisobga olgan tuzatishni ham oʻz ichiga olishi kerak;
valyuta. Baholashda qoʻllaniladigan valyutani tanlash inflyatsiya va tavakkalchilik bilan bogʻliq farazlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin. Ushbu holat rivojlanayotgan bozorlar yoki yuqori darajadagi inflyatsiyadagi valyuta uchun oʻta muhim hisoblanadi. Prognozni tuzishda foydalaniladigan valyuta va u bilan bogʻliq tavakkalchiliklar aktiv joylashgan yoki faoliyat yuritayotgan mamlakat(lar) bilan bogʻliq tavakkalchiliklardan ajratilishi kerak;
prognozdagi pul oqimining turi (ehtimollik ssenariysini inobatga oluvchi kutiladigan pul oqimi, eng ehtimoliy pul oqimlari, shartnomaviy pul oqimlari va boshqalar);
diskontlash stavkasi va boshqa dastlabki koʻrsatkichlar tanlangan pul oqimi turiga mos kelishi kerak.
161. Prognoz davrini tanlash mezonlari baholash maqsadiga, aktivning oʻziga xos xususiyatiga, mavjud maʼlumotlarga va talab etiladigan qiymatlar turiga bogʻliq boʻladi. Foydalanish muddati kam boʻlgan aktivlar boʻyicha pul oqimlarini ulardan foydalanishning butun muddati mobaynida prognozlash mumkin.
162. Prognoz davrini tanlashda baholovchilar quyidagi omillarni hisobga olishlari kerak:
aktivdan foydalanish muddati;
prognoz uchun asos boʻladigan ishonchli maʼlumot mavjud boʻlgan muddat;
aktivning va undan koʻriladigan foydaning barqaror oʻsishiga erishish uchun yetarli boʻlgan, undan keyin terminal qiymatni qoʻllash mumkin boʻlgan eng kam prognoz davri;
siklik (davriy) aktivlarni baholashda belgilanadigan prognoz davri, qoida tariqasida, imkon boricha butun siklni (davrni) oʻz ichiga olishi lozim;
unumli foydalanish muddati cheklangan aktivlar uchun pul oqimi, qoida tariqasida, ushbu aktivdan toʻliq unumli foydalanish muddati davomida prognoz qilinadi.
163. Prognoz qilinadigan pul oqimida baholanayotgan aktivga bogʻliq barcha kelgusidagi tushumlar va pul mablagʻlari sarflarining hajmi va muddatlari tegishli baholash qiymatidan kelib chiqqan holda hisobga olinishi kerak.
164. Prognoz qilinadigan pul oqimi quyidagilarni aks ettiradi:
shartnomada kelishilgan yoki belgilangan pul oqimi;
yuqori ehtimolli pul oqimlari;
ehtimollik bilan oʻlchanib, kutilayotgan pul oqimi;
kelgusidagi pul oqimlarining bir nechta ehtimoliy variantlari.
165. Turli xil pul oqimlari aksariyat hollarda turli xil tavakkalchilik darajalarini aks ettiradi va ular uchun turli diskontlash stavkalari talab etilishi mumkin.
166. Baholovchi pul oqimi prognozlarida baholanayotgan obyektning mavsumiyligi va davriyligini toʻgʻri hisobga olinishini taʼminlashi kerak.
167. Agar aktiv maʼlum bir prognoz davri oxirida faoliyat koʻrsatishi kutilsa, baholovchilar ushbu davr tugaganidan keyin aktivning qiymatini (terminal qiymat) baholashlari kerak.
Hisoblangan terminal qiymat oxirgi prognoz davrida pul oqimiga qoʻllanilgan bir xil diskontlash stavkasidan foydalangan holda baholash sanasiga diskontlanadi.
168. Terminal qiymatda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
aktivning foydalanish muddati cheklangan yoki cheksiz foydalanish muddatiga egaligi, chunki bu omillar terminal qiymatini hisoblashdagi usulga taʼsir koʻrsatadi;
belgilangan prognoz davridan keyin aktivning oʻsish salohiyati (potensiali) mavjudligi;
maʼlum bir prognoz davri oxirida olinishi kutilayotgan oldindan belgilangan pul miqdori kutilayotganligi;
terminal qiymati aniqlangan vaqtda aktivga nisbatan kutilayotgan xavf darajasi;
prognoz davri yakunlangandan keyin mazkur aktivga qoʻllaniladigan soliqlar (agar mavjud boʻlsa), ushbu soliqlarning cheksiz davr mobaynida davom etishi;
terminal qiymat, pul oqimlarining har qanday “maksimal” yoki “minimal” darajasi cheksiz ravishda saqlanib qolishidan qatʼi nazar, aktivning siklik xususiyatini hisobga olishi kerak.
169. Baholovchilar terminal qiymatni hisoblashning har qanday oqilona usulini qoʻllashi mumkin. Terminal qiymatni hisoblashning turli xil usullari mavjud boʻlib, quyidagilar eng koʻp qoʻllaniladigan usullar hisoblanadi:
gordon modeli/doimiy oʻsish modeli;
qiyosiy yondashuvi/chiqish qiymati;
skrap qiymati/utilizatsiya qilish xarajatlari.
170. Gordon modeli aktivning qiymati kelgusida cheksiz vaqt davomida doimiy surʼatda koʻtarilishi (yoki pasayishi)ni taxmin qiladi.
171. Qiyosiy yondashuv/chiqish qiymati usulida terminal qiymatni hisoblashda bozor maʼlumotlari yoki bozor multiplikatori asosida kapitallashtirish koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
Qiyosiy yondashuv/chiqish qiymati usulidan foydalanganda baholovchilar ushbu YAMBSning qiyosiy yondashuv va qiyosiy yondashuv usullari boʻlimida koʻrsatilgan talablarga rioya qilishlari kerak.
172. Ayrim aktivlarning terminal qiymati oldingi pul oqimlariga hech qanday aloqasi boʻlmasligi mumkin. Mazkur aktivlarga shaxtalar yoki neft quduqlari kabi tugayotgan aktivlar misol boʻla oladi.
Bunda, terminal qiymat skrap qiymati sifatida aktivni sotish xarajatlari chegirilgan holda hisoblab chiqiladi. Agar aktivni sotish xarajatlari skrap qiymatidan yuqori boʻlsa, u holda terminal qiymati manfiy koʻrsatkichli boʻlib, “utilizatsiya xarajatlari” yoki “aktivni hisobdan chiqarish majburiyatlari” sifatida aniqlanadi.
173. Prognoz qilinayotgan pul oqimining diskontlash stavkasi nafaqat pulning vaqt bilan bogʻliq qiymatini, balki koʻrib chiqilayotgan pul oqimi turi va aktivdan kelajakda foydalanish bilan bogʻliq xavflarni ham hisobga olishi kerak.
174. Baholovchilar diskontlash stavkasini hisoblash uchun har qanday oqilona usuldan foydalanishlari mumkin.
Diskontlash stavkasini aniqlash yoki maqbul diskontlash stavkasini qoʻllashni belgilashning koʻplab usullari mavjud boʻlsada, umumeʼtirof etilgan usullarning toʻliq boʻlmagan roʻyxati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
kapital aktivlarni hisoblash modeli (CAPM — Capital Asset Pricing Model);
kapitalning oʻrtacha hisoblangan qiymati (WACC — Weighted Average Cost of Capital);
kuzatilgan yoki taxmin qilingan stavkalar/daromadlar;
kumulyativ tuzish usuli.
Baholovchi diskontlash stavkasini qoʻllashning maqsadga muvofiqligini baholashda muqobil tahlil usullarini koʻrib chiqishi kerak. Qoʻllaniladigan tahlil usullarining qisman roʻyxatiga quyidagilar kiradi:
ichki daromadlilik darajasi (IRR — Internal Rate of Return);
oʻrtacha hisoblangan daromadlilik darajasi (WARA — Weighted Average Rate of Return).
175. Qoʻllaniladigan diskontlash stavkasining toʻgʻriligini tekshirishda baxolovchilar tasdiqlovchi tahlillarni hisobga olishlari kerak. Bunda, ichki daromadlilik darajasi (IRR) yoki aktivlarning oʻrtacha hisoblangan daromadlilik darajasini (WARA) topish hamda tahlil qilinishi kerak.
176. Diskontlash stavkasini hisoblashda baholovchi quyidagilarni inobatga olishi zarur:
baholanayotgan aktiv turini (masalan, qarzni baholashda qoʻllaniladigan diskontlash stavkalari koʻchmas mulk yoki biznesni baholashda qoʻllaniladigan diskontlash stavkalaridan farq qiladi);
taqqoslanayotgan bozor bitimlarida qoʻllaniladigan stavkalar;
aktivning geografik joylashuvi va/yoki ular sotiladigan bozorlarning joylashgan joyi;
aktivdan unumli foydalanish muddati/davri yoki aktivning xizmat koʻrsatish muddati, baholash obyektiga sarmoya kiritish uchun xavf omili sifatida (masalan, stavka aktivning ishlatish shartlariga bogʻliq va pul oqimi davriga moslashtiriladi);
boshlangʻich maʼlumotlarning asosliligi;
foydalaniladigan qiymat turlari;
pul oqimini shakllantirish uchun foydalaniladigan valyuta.
177. Baholovchi diskontlash stavkasini hisoblashda quyidagilarni hisobga olishi lozim:
diskontlash stavkasini aniqlashda foydalaniladigan usulni tavsiflash va usulni tanlashni yozma ravishda asoslantirish;
diskontlash stavkasining kelib chiqishini isbotlovchi dalillarni, shu jumladan muhim boshlangʻich maʼlumotlar va ularni kelib chiqishi hamda manbalarning qoʻllanilishini asoslash.
178. Daromadni kapitallashtirish usulidan pul oqimlari oʻzgarmas deb bashorat qilinganda foydalaniladi. Bunda, baholovchi:
retrospektiv va joriy moliyaviy hisobotlarni tahlil qilishi va zarur boʻlsa, ularni bir meʼyorga olib kelishi;
kapitallashtiriladigan daromad turi va summasini tanlashi;
kapitallashtirish stavkasini hisoblab chiqishi;
baholash obyektining joriy qiymatini aniqlashi;
yakuniy tuzatishlar kiritishi shart.
179. Kapitallashtirish stavkasi tanlangan daromad turiga mos kelishi lozim va quyidagi usullarning biri orqali hisoblab chiqiladi:
oʻxshash obyektlar haqidagi bitimlar va takliflar xususida maʼlumotlar boʻlsa, bozor ekstraksiyasi usuli;
diskontlash stavkasida daromad oʻzgarishining doimiy surʼatini hisobga olish usuli.
Boshqa holatlarda baholovchi kapitallashtirish stavkasini hisoblashda har qanday asoslantirilgan usulni qoʻllash huquqiga egadir.
180. Baholash obyekti qiymati tanlangan daromad summasini kapitallashtirish stavkasiga boʻlish orqali hisoblanadi.
3-§. Xarajat yondashuvi
181. Xarajat yondashuvi — bu baholash obyekti qiymatini baholashning eskirishlar yigʻindisini hisobga olgan holda baholash obyektini sotib olish, tiklash yoki almashtirish uchun zarur boʻlgan barcha xarajatlarni aniqlashga asoslangan usullari toʻplami.
Tiklash xarajatlari bir xil materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda baholash obyekti bilan oʻxshash boʻlgan yangi obyektni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar yigʻindisi (baholash sanasida amalda boʻlgan bozor narxlarida) hisoblanadi.
Baholash obyektini almashtirish xarajatlari zamonaviy materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda, baholash obyektining foydaliligi bilan bir xil boʻlgan yangi obyektni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar yigʻindisi (baholash sanasida amalda boʻlgan bozor narxlarida) hisoblanadi.
182. Xarajat yondashuvini quyidagi holatlarda qoʻllash va unga katta salmoq berish kerak:
ishtirokchilar baholanayotgan aktiv bilan deyarli oʻxshash boʻlgan aktivni hech qanday cheklovlarsiz qayta yaratishga qodir va bu aktiv juda tez yaratilishi oqibatida ishtirokchida baholanayotgan aktivdan darhol foydalanish imkoniyati uchun katta ustama toʻlashning zarurati boʻlmaganda;
baholanayotgan aktiv bevosita daromad olib kelmaydigan, shuningdek aktivning oʻziga xos xususiyati daromad yondashuvi va/yoki qiyosiy yondashuvdan foydalanish imkonini bermaganda;
qoʻllaniladigan qiymat turi tiklash qiymati va almashtirish xarajatlariga asoslanganda.
183. Baholovchi xarajat yondashuvida olingan xarajat koʻrsatkichlarini tasdiqlash uchun boshqa yondashuvlarni qoʻllash va natijalarni ular bilan kelishish/salmogʻini chiqarish imkoniyatini hisobga olishi kerak.
Quyidagi holatlarda ham xarajat yondashuvi qoʻllanilishi va unga yuqori salmoq berilishi mumkin:
ishtirokchilar oʻxshash foydali xususiyatga ega aktivni qayta yaratishni koʻrib chiqishlari mumkin, lekin normativ-huquqiy xarakterga ega yoki aktivni yaratish uchun vaqt bilan bogʻliq muhim toʻsiqlar mavjud boʻlganda;
xarajat yondashuvi boshqa yondashuvlarning toʻgʻriligini tekshirish uchun qoʻllanilganda (masalan, xarajat yondashuvini amaldagi korxona sifatida baholanayotgan biznesni, tugatish qiymati bazasida koʻproq qiymatga ega boʻlishi mumkinligini tekshirish uchun qoʻllaniladi);
agar aktiv yaqinda yaratilgan boʻlsa, xarajat yondashuvida qoʻllaniladigan farazlar yuqori darajadagi ishonchga ega boʻlganda.
184. Qisman tugallangan aktivning qiymati aktivni yaratish jarayonida qilingan xarajatlarni, shuningdek ishtirokchilarning aktiv toʻliq yaratilganida mulk qiymatiga nisbatan kutishlarini aks ettiradi hamda aktivni tugallash uchun zarur xarajatlar, vaqt, foyda va riskka tegishli tuzatishlar ham hisobga olinadi.
185. Xarajat yondashuvi quyidagi usullar yordamida hisoblanadi:
almashtirish xarajatlari usuli — qiymatni hisoblash xuddi shunday teng qiymatda (ekvivalent) va foydalilikdagi analog-aktivga qilingan xarajatlarni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi;
tiklash xarajatlari usuli — qiymatni hisoblash aktivning aniq nusxasini qayta yaratishga (tiklashga) ketgan xarajatlarni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi;
komponent usuli — aktivning qiymati uning tarkibiy qismlarining qiymatlarini qoʻshish orqali hisoblanadi.
186. Almashtirish xarajatlari usulidan foydalanishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
teng qiymatli foydalilikni taʼminlaydigan aktivni yaratish yoki sotib olish istagida boʻlgan ishtirokchi amalga oshiradigan barcha xarajatlarni hisoblash;
baholanayotgan aktivning jismoniy, funksional va tashqi eskirishi munosabati bilan qanchalik qadrsizlanishi mavjudligini aniqlash;
baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun umumiy xarajatlar summasidan jami eskirish-qadrsizlanishni chegirish.
187. Almashtirish xarajatlari baholanayotgan aktiv bilan bir xil funksiyalarni bajaradigan hamda teng qiymatli foydalilikni taʼminlaydigan, iqtisodiy samarador materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda qurilgan yoki ishlab chiqarilgan zamonaviy ekvivalent aktivga tegishli boʻladi.
188. Tiklash xarajatlari usuli quyidagi hollarda qoʻllaniladi:
zamonaviy ekvivalent aktivga qilingan xarajatlar baholanayotgan aktivning aniq nusxasini qayta yaratish xarajatlaridan yuqori boʻlganda;
baholanayotgan aktiv beradigan foydalilikni zamonaviy ekvivalent aktiv emas, balki uning aniq nusxasi taʼminlashi mumkin boʻlganda.
189. Tiklash xarajatlari usulini qoʻllashning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:
baholanayotgan aktivning aniq nusxasini yaratish maqsadida ishtirokchining barcha sarf-xarajatlarini hisoblash;
baholanayotgan aktivning jismoniy, funksional va tashqi eskirishi munosabati bilan qanchalik qadrsizlanishi mavjudligini aniqlash;
baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun umumiy xarajatlar summasidan jami eskirish-qadrsizlanishni chegirish.
190. Komponent usuli, qoida tariqasida, investitsiya kompaniyalariga yoki qiymati birinchi navbatda ularning qoʻyilmalari va/yoki mulki bilan belgilanadigan korxonalarga yoki aktivlarga nisbatan qoʻllaniladi.
191. Komponent usuli quyidagi bosqichlar orqali amalga oshiriladi:
tegishli yondashuvlar va baholash usullarini qoʻllagan holda, baholanayotgan aktiv tarkibiga kiradigan har bir tarkibiy aktivni (komponentni) baholash;
baholanayotgan aktiv qiymatini olish uchun barcha tarkibiy aktivlar qiymatini qoʻshish.
192. Xarajat yondashuvida ishtirokchining barcha kelgusidagi xarajatlari hisobga olinishi kerak.
Hisobga olinadigan xarajatlar elementlari esa aktiv turiga qarab ajralib turishi mumkin va baholash kuniga aktivni almashtirish/takror qayta ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita xarajatlarni oʻz ichiga olishi kerak. Quyidagi umumiy xarajatlar elementlari eʼtiborga olinishi kerak:
toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar — materiallar va mehnatga haq toʻlash xarajatlari kiradi;
bilvosita xarajatlar — transport xarajatlari, montaj ishlariga xarajatlar, mutaxassislarga mehnat haqi toʻlash (dizayn, ruxsat berish, arxitektura, huquq va boshqalar), boshqa toʻlovlar (komission va boshqalar), yuklama xarajatlar, soliqlar, moliyalashtirish xarajatlari (masalan, qarzni moliyalashtirish boʻyicha foizlar), aktivlarni yaratayotgan shaxsning foyda normasi/tadbirkorlik foydasi).
193. Yigʻma eskirish bilan bogʻliq tuzatishlarni kiritishda quyidagi eskirishlar turlari hisobga olinadi:
jismoniy eskirish (aktivning yoki uning tarkibiy qismlarining yoshi va ishlatilishi tufayli jismoniy sifatining yomonlashuvi oqibatida har qanday foydalilikni yoʻqotish);
funksional eskirish (zamonaviy analogga nisbatan baholanayotgan aktivning past ishlab chiqarish/samaradorligi tufayli har qanday foydalilikni yoʻqotishi, masalan, eskirgan dizayn, spetsifikatsiya yoki texnologiya);
tashqi yoki iqtisodiy eskirish (aktivga nisbatan tashqi, mahalliy yoki iqtisodiy omillar taʼsirida foydalilikning har qanday yoʻqotishlari). Mazkur eskirish doimiy yoki vaqtinchalik boʻlishi mumkin.
194. Yigʻma eskirishlarni hisoblashda aktivning jismoniy va iqtisodiy unumli foydalanish muddati hisobga olinishi kerak. Bunda:
aktivning jismoniy jihatdan unumli foydalanish muddati — aktivni uzoq muddat ishlatilishi, uning toʻliq eskirishi yoki uni taʼmirlash iqtisodiy maqsadga muvofiq boʻlmay qolganligini koʻrsatadi;
aktivning iqtisodiy jihatdan unumli foydalanish muddati — aktivning qancha muddat davomida daromad keltirishini koʻrsatadi.
195. Jismoniy eskirishning quyidagi koʻrinishlari mavjud:
bartaraf etib boʻladigan eskirish — tiklash/bartaraf etish xarajatlari;
bartaraf etib boʻlmaydigan eskirish — aktivning yoshi, moʻljallanayotgan unumli foydalanishning jami muddati va unumli foydalanishning qolgan muddati.
196. Funksional eskirishning quyidagi shakllari mavjud:
ortiqcha kapital xarajatlari, bunda dizayn yoki qurilish materiallarida texnologiya va texnologik ishlab chiqarishdagi oʻzgarishlar baholanayotgan aktivga nisbatan ancha kam kapital qoʻyilmalarni talab qiladigan zamonaviy ekvivalent aktivlarni yuzaga kelishiga olib keladi;
ortiqcha foydalanish xarajatlari dizaynni takomillashtirish yoki ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanmaslik natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunda, foydalanish xarajatlari baholanayotgan aktivga nisbatan ancha kam boʻlgan zamonaviy ekvivalent aktivlarning yuzaga kelishiga olib keladi.
197. Tashqi yoki iqtisodiy eskirish tashqi omillarning alohida aktivga yoki biznesda ishtirok etayotgan barcha aktivlarga taʼsir qilishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin, unga tuzatishlar esa jismoniy va funksional eskirish hisobga olinganidan keyin kiritiladi.
198. Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari eskirmaydi hamda ularga tuzatishlar kiritilmaydi.
Likvidli aktivlarga eskirish hisoblanganda, mazkur aktivlarning qiyosiy yondashuv doirasida aniqlangan bozor qiymatidan past boʻlgan qiymatga olib keluvchi tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
199. Baholash obyektini baholashning turli yondashuvlari va baholash usullarini qoʻllash orqali olingan natijalar muvofiqlashtirilishi hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
200. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish deganda baholashga nisbatan turli yondashuvlar qoʻllash orqali olingan natijalarni oʻlchash va taqqoslash yoʻli bilan baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash tushuniladi.
201. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish, qoida tariqasida, turli baholash yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari uchun solishtirma oʻlchovlarni belgilash orqali amalga oshiriladi. Bunda, baholovchi quyidagilarni hisobga olishi kerak:
baholash maqsadi va baholash natijalaridan foydalanish moʻljali;
baholanayotgan biznes va uning aktivlari xususiyatlari;
qiymat turi;
baholash yondashuvlarini qoʻllashda foydalanilgan axborot hajmi va sifati;
baholash yondashuv(lar)ining baholash obyektiga xos boʻlgan narx belgilovchi omillar tuzilishini hisobga olishga qodirligi;
baholash yondashuv(lar)ining baholash obyektiga oʻxshash obyektlarning xaridorlari va sotuvchilarining xohishini aks ettirishga qodirligi.
202. Solishtirma oʻlchovlarni aniqlash va baholash natijalarini muvofiqlashtirish quyidagi usullar orqali hisoblanadi:
mantiqiy tahlil qilish usuli — baholovchi barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda solishtirma oʻlchovlarni ekspert tarzda tanlaydi va ularni mantiqiy tahlil qiladi. Baholovchi aktiv qiymatini baholashda ustun yondashuvni aniqlaydi, qolgan yondashuvlarning natijalaridan esa ustun yondashuv yordamida olingan natijani tekshirish va unga tuzatish kiritish uchun foydalanadi;
mezonlar boʻyicha moslashtirish usuli — turli baholash yondashuvlari bilan olingan natijalarning solishtirma oʻlchovlarini aniqlash uchun bir nechta mezonlardan foydalaniladi va ularning yordamida qoʻllanilgan hisoblash usulining afzalliklari yoki kamchiliklari aniq obyektni baholash xususiyatlarini hisobga olgan holda tavsiflanadi;
iyerarxiyalarni tahlil qilish usuli — baholashning turli yondashuvlari bilan olingan natijalarni muvofiqlashtirish hamda muvofiqlashtirishning muammolarini qismlarga boʻlish va uni iyerarxiya koʻrinishida taqdim etishni ifodalaydi.
Baholovchilar baholash natijalarini muvofiqlashtirishda YAMBSning 1-ilovasida keltirilgan metodikadan foydalanishlari mumkin.
203. Baholovchi baholash natijalarini muvofiqlashtirish usuli va solishtirma oʻlchovlarning tanlanishini, shuningdek barcha mulohazalar va farazlarni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslantirishga majbur.
VIII boʻlim. Baholovchi tashkilotlar baholovchilarining ish sifatini nazorat qilish boʻyicha ichki qoidalarga qoʻyiladigan umumiy talablar (7-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
204. “Baholovchi tashkilotlar baholovchilarining ish sifatini nazorat qilish boʻyicha ichki qoidalarga qoʻyiladigan umumiy talablar” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 7-son MBS deb yuritiladi) baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuv va tamoyillarni, shuningdek mazkur qoidalarni qoʻllashda ichki sifat nazoratini tashkil qilish va tartibga solish talablarini belgilaydi.
205. Har bir baholovchi tashkilot oʻzining xodimlari uchun majburiy boʻlgan, oʻz baholovchilari ish sifatini nazorat qilish boʻyicha ichki qoidalarini (bundan buyon matnda ichki qoidalar deb yuritiladi) ishlab chiqishi, tasdiqlashi va amaliyotga joriy qilishi shart.
Ichki qoidalar baholovchi tashkilot aʼzo boʻlgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi bilan kelishilgan boʻlishi kerak.
2-bob. Ichki qoidalarga qoʻyiladigan talablar
206. Ichki qoidalar deganda baholovchi tashkilot tomonidan tasdiqlangan va uning xodimlari uchun qoʻllanilishi majburiy boʻlgan hujjatlar (qoidalar, uslubiy ishlanmalar, qoʻllanmalar va boshqalar) tushunilib, ular baholash faoliyatini amalga oshirishda samaradorlikni taʼminlash va mazkur faoliyatni baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq yuritish maqsadida qabul qilinadi hamda baholash ishlarini amalga oshirish va rasmiylashtirishga doir yagona talablarni belgilaydi.
207. Ichki qoidalar:
baholovchilarga (baholovchi yordamchilariga) amaliyotda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini bajarish va baholash ishlarining sifatini oshirish yuzasidan oʻz harakatlarining aniq tartibini belgilashga qaratilgan tavsiyalarni oʻz ichiga olishi;
baholovchilarning (baholovchi yordamchilarining) mazkur baholovchi tashkilot doirasidagi faoliyatini tartibga soladigan hamda baholovchi tashkilotning xodimlari, rahbariyati va buyurtmachi oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni hal qilish uchun asos boʻlishi;
baholovchi tashkilotlar uchun baholash toʻgʻrisidagi hisobot va ekspertiza/ekspert xulosasini tuzishda baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini hisobga olgan holda baholovchining ish sifati nazoratini taʼminlash va shu orqali baholovchi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga imkon berishi;
baholovchi tashkilotning baholash jarayonini tashkil etish va oʻtkazishga nisbatan kompleks yondashuvining tavsifini berishi;
soʻz birikmalarining aniq ifodalanishini, bayonning toʻliq va ravshanligi, shuningdek ulardagi barcha atamalar bir xil talqin qilinishini taʼminlashi shart.
208. Baholovchi tashkilotlar ichki qoidalarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni va YAMBS talablariga amal qilishi kerak.
209. Baholovchi tashkilot ichki qoidalarning toʻliq roʻyxati va ularni ishlab chiqishning batafsil tartibini mustaqil ravishda belgilaydi.
3-bob. Ichki qoidalar va ularning mazmuni
210. Baholovchi tashkilotlarning ichki qoidalari quyidagi guruhlarga boʻlinishi mumkin:
baholashning umumiy qoidalari;
baholashni oʻtkazish tartibini belgilovchi qoidalar;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarni va ekspert xulosasini tuzish tartibini belgilovchi qoidalar;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza qilish tartibini belgilovchi qoidalar;
maxsus qoidalar;
professional xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilovchi qoidalar;
kadrlarni oʻqitish, tayyorlash va malakasini oshirish qoidalari;
boshqa qoidalar.
211. Baholashning umumiy qoidalardan iborat ichki qoidalari baholovchilar oʻrtasidagi, shuningdek baholovchi tashkilot xodimlari va rahbariyati oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tartibga solish uchun moʻljallanadi. Baholashning umumiy qoidalariga quyidagilar kiritilishi mumkin:
ichki qoidalarni ishlab chiqishga oid konsepsiya va yondashuvni tavsiflovchi qoidalar hamda ularning tuzilmasi;
baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan baholovchilarning professional xulq-atvor (etika) kodeksi;
baholashni sifatli oʻtkazish ustidan ichki nazoratni amalga oshirish tartibini hamda baholovchilar masʼuliyatini oshirishni nazarda tutuvchi qoidalar;
boshqa qoidalar.
212. Baholashni oʻtkazish tartibini belgilovchi qoidalar baholash jarayonini oʻtkazish qoidalarini ifoda qilib, quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
baholovchi masʼuliyatini tartibga soluvchi qoidalar;
baholashni oʻtkazish tartibini belgilovchi qoidalar;
baholash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni olish tartibini belgilovchi qoidalar;
baholashga boshqa baholovchilar va mutaxassislarni jalb qilish tartibini belgilovchi qoidalar;
boshqa qoidalar.
213. Baholash faoliyatini amalga oshirishda baholovchining professional xulq-atvor (etika) kodeksiga quyidagilar kiritilishi mumkin:
baholovchilar professional etikasining asosiy tamoyillari (halollik, obyektivlik, kompetentlik, kasbiy xulq-atvor, maxfiylik va boshqalar);
baholovchining buyurtmachilar bilan munosabatlari;
baholovchilar oʻrtasidagi munosabatlar;
baholovchilarning baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari bilan munosabatlari;
baholovchilarning ommaviy axborot vositalari va reyting agentliklari bilan aloqalari;
baholovchilarning ish beruvchilar bilan munosabatlari va boshqalar.
214. Baholash hisobotlarini va ekspert xulosalarini tuzish tartibini belgilovchi qoidalar baholovchi tashkilotning baholash natijalari boʻyicha baholash hisobotlari hamda oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert xulosalarining mazmuni va tuzilishiga doir ichki talablaridan iborat boʻlishi lozim. Mazkur qoidalarga qoʻyidagilar ham kiritilishi mumkin:
baholash natijalari boʻyicha baholash hisobotlarini tayyorlash tartibini belgilovchi qoidalar;
baholash hisobotining ishonchliligini tekshirish natijalari boʻyicha ekspert xulosalarini tayyorlash tartibini belgilovchi qoidalar.
215. Maxsus qoidalar YAMBSda koʻzda tutilmagan va baholashning xalqaro tajribasiga zid boʻlmagan baholash obyektlari boʻyicha baholashni oʻtkazish uslubiyoti sohasidagi qoidalarni oʻz ichiga oladi. Mazkur qoidalarga turli maqsadlar uchun baholash obyektlarining ayrim turlarini (masalan, qimmatbaho metallar, zargarlik buyumlari, kichik zargarlik buyumlari, koʻp yillik oʻsimliklar va boshqalar) baholashning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi qoidalar kiritilishi mumkin.
216. Professional xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilovchi qoidalar quyidagi baholash faoliyatining professional xizmatlar turlarini koʻrsatish tartibiga oid qoidalardan iborat:
baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertiza qilish qoidalari;
investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va tahlil qilish, biznes-rejalar tuzish qoidalari;
baholash jarayonini avtomatlashtirish va baholash faoliyatiga axborot texnologiyalarini joriy etish qoidalari;
baholash faoliyati sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ularning natijalarini tarqatish qoidalari.
217. Kadrlarni oʻqitish, tayyorlash va malakasini oshirish qoidalari baholovchilar va mutaxassislarning taʼlim, kasbiy bilim darajasiga nisbatan talablarni belgilaydi hamda baholovchi tashkilot xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tartibga soladi.
218. Ichki qoidalar oʻz tuzilmasi boʻyicha nomi, tartibga soluvchi parametrlari, umumiy qoidalari, maqsadi va vazifalari, asosiy tamoyillari va usullarining taʼrifi, amal qilish doirasi, qoidaning roʻyxatga olish raqami, kuchga kirish sanasi, qarorni tasdiqlagan shaxs, ilovalar hamda boshqa qoidalar va tafsilotlarni oʻz ichiga olishi kerak.
219. Ichki qoidalar YAMBSning 2-ilovasida keltirilgan namunaviy shaklda tuziladi.
4-bob. Ichki qoidalar talablarining bajarilishi yuzasidan ichki nazoratni tashkil etish
220. Ichki qoidalar baholovchi tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi, baholovchi tashkilotning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa boshqa vakolatli organ tomonidan ham tasdiqlanishi mumkin.
221. Baholash sifatiga oid ichki nazoratni tartibga soluvchi ichki qoidalar ularda belgilangan talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish qoida(talab)larini oʻz ichiga olishi kerak.
222. Ichki qoidalarda ularning qoidalariga rioya qilish uchun masʼul boʻlgan, majburiyatlari mehnat munosabatlarida nazarda tutilgan tegishli shaxslarni tayinlash nazarda tutilishi mumkin.
223. Ichki qoidalar talablari bajarilishini nazorat qilish baholash faoliyatini amalga oshirishning barcha boʻgʻinlarida, baholovchidan tortib baholovchi tashkilot rahbarlarigacha tashkil etilishi lozim.
224. Ichki qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan ichki nazoratni tashkil etish uchun baholash sifatini nazorat qilish xizmati ham tuzilishi mumkin.
225. Baholovchi tashkilot xodimlari zimmasiga ichki qoidalarni oshkor qilmaslik va ularni mazkur baholovchi tashkilot faoliyatidan tashqarida qoʻllamaslik majburiyati yuklatiladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
226. Baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmalari oʻz aʼzolari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, YAMBS, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek baholash faoliyati sohasidagi ichki qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
IX boʻlim. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasi
(8-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
227. “Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizasi” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 8-son MBS deb yuritiladi) baholovchi tashkiloti tomonidan belgilangan tartibda baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishga oid ishlarni tashkil etish tartibini belgilaydi.
228. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning ishonchliligi ekspertizadan (bundan buyon matnda ekspertiza deb yuritiladi) oʻtkazish predmeti hisoblanadi.
229. Ekspertiza buyurtmachi, baholashning boshqa isteʼmolchilari va baholashni oʻtkazgan baholovchi tashkilot oʻrtasida bahsli vaziyatlar paydo boʻlgan taqdirda yoki boshqa holatlarda oʻtkaziladi.
230. Ekspertiza quyidagilar yuzasidan taqdim etilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini tekshirilishini taʼminlaydi:
foydalanilgan maʼlumotlar va olingan materiallarning asoslanganligi;
baholash hisobotida foydalanilgan maʼlumotlar manbalari va hujjatlarning dolzarbligi (baholash sanasi boʻyicha), adekvatligi va ishonchliligi;
qoʻllanilgan baholash yondashuvlari va usullarining asoslanganligi;
hisob-kitoblarning toʻgʻriligi;
dastlabki maʼlumotlar tahlili va baholash jarayonida undan toʻgʻri va aniq foydalanilishi;
amalga oshirilgan tahlil, fikrlar (mulohazalar va farazlar) hamda xulosalarning asoslanganligi;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun, baholash standartlari, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
har qanday nomuvofiqliklar va xatolar hamda ularning baholash natijalariga taʼsiri.
Ekspertiza baholash obyektining yangi qiymatini aniqlashga qaratilmaydi, chunki buning uchun yangi baholash talab etiladi.
231. Ekspertiza jarayonida baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarning quyidagi barcha mezonlarga muvofiqligi tekshirilishi kerak:
tegishlilik — baholash obyekti bilan baholash amalga oshiriladigan maʼlumotlar hamda ularning sifat va miqdoriy xususiyatlari oʻrtasida bogʻliqlik mavjudligi;
yoʻl qoʻyilishi mumkinligi — maʼlumotlarning tasdiqlangan ishonchli manbalardan olinganligi;
ishonchlilik — maʼlumotlar buyurtmachi va ekspertiza natijalaridan boshqa foydalanuvchilar ularni xolisona haqiqatga muvofiq deb baholashi mumkin boʻlgan tarzda haqiqatda yuz bergan tegishli holatlar bilan isbot qilinganligi;
yetarlilik — maʼlumotlar qoʻshimcha axborot manbalarini jalb etmasdan va baholash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrmasdan ular yordamida olinadigan natijalarni toʻliq va xolisona talqin qilish imkonini berganligi.
232. Ekspertizani oʻtkazgan baholovchi tashkilot takroriy (oʻz) baholashni amalga oshirmasdan va baholash obyekti qiymatini oʻz ichiga olgan oʻz xulosasini chiqarmasdan baholash toʻgʻrisidagi ushbu hisobotning ishonchliligini aniqlaydi.
233. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarni ekspertizadan oʻtkazish baholovchi tashkilot tomonidan uning shtatida (yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida) birinchi yoki oliy toifasiga ega boʻlgan baholovchi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin. Bunda, ekspert xulosasi birinchi yoki oliy toifali ekspert tomonidan tayyorlanishi hamda imzolanishi shart.
234. Baholovchi tashkilotni ilgari ushbu baholovchi tashkilot tomonidan bajarilgan baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ekspertizasiga jalb qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ekspertizasiga baholash toʻgʻrisidagi ushbu hisobotni tuzishda oldin ishtirok etgan baholovchi ham jalb etilishi mumkin emas.
235. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlar ekspertiza uchun qogʻozda va/yoki elektron hujjat koʻrinishida elektron raqamli imzo va uni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi elektron hujjatning boshqa rekvizitlaridan foydalangan holda qabul qilinadi.
Qogʻoz shaklidagi hisobotlar bogʻlangan, raqamlangan va tasdiqlangan boʻlishi kerak. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning nusxalari baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzgan bajaruvchining (baholovchi va baholovchi tashkiloti rahbari) imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.
Elektron hujjat shaklidagi baholash hisobotlari ushbu hisobotni tuzgan baholovchi va baholovchi tashkilot rahbarining elektron raqamli imzosi bilan imzolanishi kerak.
2-bob. Ekspertiza oʻtkazish uchun asos
236. Ekspertiza oʻtkazuvchi baholovchi tashkilot (bundan buyon matnda bajaruvchi deb yuritiladi) bilan ekspertizaning buyurtmachisi (baholash xizmatlari isteʼmolchisi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma (shartnomada oʻtkaziladigan ekspertiza turi koʻrsatilishi kerak) yoki sud ajrimi ekspertiza oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
237. Ekspertizani oʻtkazishda ekspertiza buyurtmachisi yoki boshqa manfaatdor shaxslarning bajaruvchi faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Ekspertiza buyurtmachisining huquq va majburiyatlari
238. Ekspertiza buyurtmachisi quyidagi huquqlarga ega:
ekspertizani oʻtkazish masalalari boʻyicha bajaruvchidan maslahatlar va zarur yordam olish;
ekspertiza predmetiga nisbatan takliflar, mulohazalar, tushuntirishlarni bajaruvchiga taqdim etish;
bajaruvchidan ekspertizani oʻtkazishning borishi toʻgʻrisidagi axborotni olish.
239. Ekspertiza buyurtmachisi qonunchilik va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
ekspertiza oʻtkazilishining toʻliqligini taʼminlaydigan materiallarni ekspertizaga taqdim etish va ushbu materiallarning haqqoniyligini taʼminlash;
shartnomada belgilangan tartibda ekspertizani oʻtkazish boʻyicha haq toʻlash.
241. Ekspertiza buyurtmachisi qonunchilik va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham bajarishi mumkin.
4-bob. Bajaruvchining huquq va majburiyatlari
242. Ekspertiza oʻtkazishda bajaruvchi quyidagi huquqlarga ega:
ekspertiza buyurtmachisidan baholash obyekti va baholash obyektini baholashdan oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlardan foydalanish taʼminlanishini talab qilish, shuningdek undan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tushuntirish va qoʻshimcha maʼlumotlarni olish;
baholovchidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda havola qilingan, ammo baholash toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilmagan va ekspertiza maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olish;
uchinchi shaxslardan ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olish. Agar koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni taqdim etish rad etilishi ekspertizaning haqqoniyligiga jiddiy tarzda taʼsir koʻrsatsa, buni ekspert xulosasida koʻrsatish;
baholovchi va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda ekspertizani oʻtkazishda qatnashishga jalb etish;
agar buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan, ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etmagan yoxud shartnomaga muvofiq ish sharoitlarini taʼminlamagan boʻlsa, ekspertiza oʻtkazishni rad etish.
243. Bajaruvchi qonunchilik va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
244. Bajaruvchiga baholash sanasidan keyin maʼlum boʻlgan maʼlumotlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
245. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqish jarayonida bajaruvchi takroriy baholashni oʻtkazishga haqli emas.
ekspertizani oʻtkazish tartibi va shartlariga rioya qilish;
buyurtmachining talabiga koʻra ekspertizani oʻtkazishga doir shartnomani tuzishdan oldin baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga aʼzoligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni, baholovchi (baholovchilar)ning malaka sertifikatini, baholovchi (baholovchilar)ning birinchi yoki oliy toifasiga egaligi toʻgʻrisida guvohnomani va baholovchi tashkilotlarning fuqarolik javobgarligi sugʻurta polisini taqdim etish;
baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan xolisona ekspertiza oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan holatlar paydo boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvining mavjudligi, mustaqillik tamoyiliga rioya qilishning imkoni yoʻqligi oqibatida ekspertizani oʻtkazishda oʻzining ishtirok etishi mumkin emasligi toʻgʻrisida buyurtmachiga xabar qilish;
buyurtmachining soʻroviga koʻra baholash faoliyatini tartibga soladigan qonunchilik talablari toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etish;
ekspertiza oʻtkazish davomida olinadigan hujjatlarning saqlanishini taʼminlash;
mulkning egasi va/yoki buyurtmachiga ekspertiza oʻtkazish jarayonida aniqlangan qonunchilik buzilishi holatlari toʻgʻrisida xabar berish;
oʻtkazilgan ekspertiza natijalari boʻyicha ekspert xulosalari nusxalarini (qogʻoz yoki elektron shaklda) u tuzilgan sanadan boshlab, shu kabi hujjatlar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan saqlash muddati davomida saqlashni taʼminlash, shuningdek ularning reyestrini yuritish;
ekspertiza oʻtkazish davomida buyurtmachidan olingan axborotning maxfiyligini taʼminlash;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan baholash sanasiga baholash obyektiga tegishli boʻlgan barcha faktlar va maʼlumotlarga ega boʻlish. Agar bajaruvchida ushbu maʼlumotlar boʻlmasa yoki qisman mavjud boʻlsa, u buni ekspert xulosasida koʻrsatishi shart;
ekspert xulosasida aks ettirilgan ekspertiza natijalari va xulosalarini asoslash.
247. Bajaruvchi qonunchilik va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham oʻz zimmasiga olishi mumkin.
249. Ekspertiza tahliliy yoki dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertiza shaklida amalga oshiriladi.
250. Tahliliy ekspertizani oʻtkazishda bajaruvchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan axborotdan foydalanib, quyidagilarni tekshirishi shart:
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, baholash standartlari, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
baholash obyektiga tegishli huquqlar va baholanadigan huquqlar tavsifining yetarliligi;
baholanadigan qiymat maqsadlari va turining baholashni oʻtkazish haqidagi shartnoma shartlariga va baholash natijalaridan kelajakda foydalanishga muvofiqligi;
baholashni oʻtkazishda qabul qilingan farazlar va cheklashlarning qonuniyligi (qonunchilikka muvofiqligi) va haqqoniyligi (amaldagi holatlarga muvofiqligi);
baholash obyektiga tegishli boʻlgan bozor tavsifi va isteʼmolchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi;
ishonchli natijaga ega boʻlish uchun narx hosil qiluvchi jami omillarni, shu jumladan baholash obyektining joylashgan joyi, ochiq bozorda baholash obyekti ekspozitsiyasining oʻrtacha bozor davrini hisobga olish;
baholash obyekti qiymatining tegishli turini aniqlash uchun baholovchi tomonidan baholash standartlari qoʻllanilishining asoslanganligi;
huquqiy, bozorga oid, moliyaviy, texnik va boshqa axborotlardan hamda ularni olish manbalaridan foydalanishning asoslanganligi;
baholovchining maxsus atamalarga, asoslantirishlarga va xulosalarga tushuntirishlarining mavjudligi va toʻliqligi;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotga ilovalarda zarur hujjatlar va materiallarning mavjudligi va toʻliqligi;
xarajat, qiyosiy va daromad yondashuvlari qoʻllanilishining toʻgʻriligi, shuningdek har bir yondashuv doirasida baholash usullarini tanlash va qoʻllashning toʻgʻriligi, ulardan foydalanishni asoslanganligi (foydalanishdan rad etganligi);
baholashning turli yondashuvlari boʻyicha qilingan hisob-kitoblar toʻgʻri muvofiqlashtirilganligi;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotning tuzilmasi va uni rasmiylashtirish sifati;
hisob-kitoblarda foydalanilgan maʼlumotlarning birlamchi maʼlumotlarga hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning har xil boʻlimlarida va unga ilovalarda keltirilgan boshqa maʼlumotlarga muvofiqligi.
251. Dala sharoitida oʻtkaziladigan ekspertizada bajaruvchi ekspertizani ushbu MBSning 250-bandi talablariga muvofiq amalga oshiradi hamda:
baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan maʼlumotlarga muvofiq identifikatsiya qiladi;
baholash obyektining fizik holatini koʻzdan kechiradi;
baholash obyekti xususiyatlarining zarur oʻlchovlarini amalga oshiradi;
zaruratga koʻra, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun qiyoslanadigan obyektlarni koʻzdan kechiradi.
252. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni haqqoniy yoki haqqoniy emas deb eʼtirof etish ekspertiza natijasi hisoblanadi.
253. Quyidagi omillar (holatlar)dan hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlganda, baholash toʻgʻrisidagi hisobot haqqoniy emas deb eʼtirof etiladi:
baholash toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun talablariga, baholash standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmaganda;
baholash toʻgʻrisidagi hisobot baholashni oʻtkazish haqidagi shartnoma talablariga muvofiq boʻlmaganda;
baholashning maqsadi baholash natijalaridan kelgusida foydalanishni aks ettirmaganda;
baholovchi tomonidan baholash obyekti qiymatining turi notoʻgʻri belgilanganda;
baholash toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlaridan ishonchli dalil sifatida foydalanishning imkoni boʻlmaganda, shuningdek oʻzaro bir-birini istisno etuvchi va bir-biriga zid faktlar, maʼlumotlar, xulosalar, farazlar qoʻllanilganda hamda ularni bir xilda talqin etish mumkin boʻlmaganda;
baholashni oʻtkazishda foydalanilgan maʼlumotlar (ularni olish manbalari) toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmaganda;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotda ishlatilgan tuzatishlar va/yoki farazlar ularni qoʻllashning aniq imkoniyatlari doirasidan tashqariga chiqqanda;
hisob-kitoblar, formulalar, qoʻllanilgan chegirishlar va mukofotlar izchil va asoslangan boʻlmaganda.
254. Baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzishda yoʻl qoʻyilgan, biroq “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun, baholash standartlari, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablarining buzilishiga olib kelmagan aniqlangan texnik xatolar (imlo, notoʻgʻri matn, grammatik yoki arifmetik xatolar) baholash hisobotini haqqoniy emas deb eʼtirof etish uchun asos boʻlmaydi.
255. Agar baholash toʻgʻrisidagi hisobot Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga, baholash faoliyati standartlariga, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuzilgan boʻlsa va isbotlovchi ahamiyatli maʼlumotlarga ega boʻlsa, baholash toʻgʻrisidagi hisobot ishonchli deb eʼtirof etiladi.
(255-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 6-maydagi 01/14-11/38-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3487-2, 05.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2025-y., 10/25/3487-2/0497-son)
256. Bajaruvchi ekspertizani oʻtkazishda baholash toʻgʻrisidagi hisobot tuzilgan sana bilan ekspertiza oʻtkazilgan sana oʻrtasida paydo boʻlgan qoʻshimcha axborotni eʼtiborga olmasligi kerak.
257. Ekspertiza natijalari boʻyicha bajaruvchi ekspertiza oʻtkazish uchun tuzilgan shartnomaga muvofiq ekspertizaning buyurtmachisiga beriladigan ekspert xulosasini tuzadi.
Ekspertiza tugallangandan keyin uch kun muddatda bajaruvchi ekspert xulosasining nusxasini bajarilgan baholash ishlarining xolisligi va sifati ustidan nazorat qilish hamda reyestrini yuritish uchun ekspertiza oʻtkazayotgan baholovchi tashkilot aʼzo boʻlgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga, baholash toʻgʻrisidagi hisobot haqqoniy emas deb topilgan taqdirda uning bir nusxasini baholash toʻgʻrisidagi hisobotning bajaruvchisi aʼzo boʻlgan baholovchi tashkilotlarning professional jamoat birlashmasiga yuboradi.
Baholash toʻgʻrisidagi hisoboti yuzasidan amalga oshirilgan ekspertiza xulosalari boʻyicha maʼlumotlar ekspertiza tugallangandan keyin besh ish kunida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining baholash toʻgʻrisidagi Ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga bajaruvchi tomonidan joylashtiriladi.
Ekspert xulosalari (davlat sirlari yoki qonun bilan muhofaza qilinadigan boshqa sirlarni oʻz ichiga olgan hujjatlarga doir xulosalar bundan mustasno) Ekspertiza xulosalarining yagona reyestriga kiritilishi majburiy hisoblanadi.
Ekspertiza xulosalarining yagona reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligini baholash faoliyatining yagona elektron axborot platformasi negizida yuritiladi.
(257-band Oʻzbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2024-yil 19-iyuldagi 01/14-11/32-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3487-1, 15.08.2024-y.) asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 10/24/3487-1/0624-son)
258. Ekspertizaning buyurtmachisi ekspert xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda, u ushbu ekspert xulosasini va baholash toʻgʻrisidagi hisobotni sudga yuborishga haqlidir.
259. Ekspert xulosasida quyidagi boʻlimlar mavjud boʻlishi kerak:
a) 1-boʻlim. Umumiy maʼlumotlar. Ushbu boʻlim quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
ekspertiza oʻtkazish uchun asos;
ekspertiza predmeti (baholash toʻgʻrisidagi hisobotning nomi);
ekspertizaning turi (tahliliy yoki dala sharoitida);
ekspertiza oʻtkazilgan sana;
ekspert (ekspertlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotga oid maʼlumotlar;
baholash obyektini baholash sanasida aniq identifikatsiyalash imkonini beradigan baholash obyektining aniq tavsifi, yuridik shaxsga tegishli boʻlgan baholash subyektiga nisbatan esa yuridik shaxsning rekvizitlari;
b) 2-boʻlim. Baholash obyektini tekshirish natijalari. Ushbu boʻlimda dala sharoitida ekspertiza oʻtkazilganda, baholash obyektiga chiqqan holda uni identifikatsiya qilishning natijalari koʻrsatiladi.
v) 3-boʻlim. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning muvofiqligi. Ushbu boʻlimda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning Oʻzbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, baholash faoliyati standartlari, baholash faoliyati sohasidagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi aks ettiriladi.
g) 4-boʻlim. Ekspert xulosasi. Ushbu boʻlimda oʻtkazilgan ekspertiza yakunlari boʻyicha bajaruvchining xulosalari ifodalanadi.
Ekspert xulosasi YAMBSning 3-ilovasida keltirilgan namunaviy shaklda tuziladi.
X boʻlim. Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqi qiymatini baholash (9-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
260. “Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqi qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 9-son MBS deb yuritiladi) biznes va biznesda ishtirok etish huquqlari qiymatini baholash (bundan buyon matnda biznes qiymatini baholash deb ataladi) jarayonida qoʻyiladigan asosiy talablarni, shuningdek ushbu jarayonning xususiyatlarini belgilaydi.
261. Biznes qiymatini baholash 1 — 7-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. 9-son MBS biznesning qiymatini baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
262. 9-son MBS maqsadlarida biznes deganda iqtisodiy foyda olishga qaratilgan tijorat, sanoat, xizmat koʻrsatish yoki investitsiya faoliyati tushuniladi. Biznes qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday shaklda boʻlishi mumkin. Biznes qiymati bunday biznesni tashkil qiluvchi alohida aktivlar yoki majburiyatlar qiymatidan farq qilishi mumkin.
263. Biznesga tegishli alohida aktivlar yoki majburiyatlarni baholash mazkur YAMBSning 9 — 14-son MBSlariga muvofiq amalga oshiriladi.
264. Baholovchilar biznes qiymatini baholashda YAMBSning 4-ilovasida keltirilgan metodikadan foydalanishlari mumkin.
265. Quyidagilar biznes qiymatini baholash obyekti boʻlishi mumkin:
biznes bilan shugʻullanuvchi korxona (korporatsiya, kompaniya, aksiyadorlik jamiyati, masʼuliyati cheklangan jamiyat yoki yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar) (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi);
korxonaning mulkiy majmuasi yoki uning alohida mulk shaklidagi bir qismi.
266. Baholovchilar tomonidan baholash qiymati korxonaga, uning aksiyalariga yoki aksiyalar paketiga (nazorat paketi yoki nazorat qilmaydigan paket) yoki korxona xoʻjalik faoliyatining aniq yoʻnalishiga tegishli ekanligi (korxonaning investitsiya loyihasi sifatida baʼzi bir biznes yoʻnalishlarini baholash) aniqlanishi lozim.
Baholashga oid vazifada baholanadigan biznes yoki unda ishtirok etish huquqi aniq belgilanishi lozim. Biznesni yaxlit holda baholashda uning quyidagi darajalari farqlanishi mumkin:
korxona qiymati (enterprise value) — koʻpincha biznesning oʻz kapitali qiymati va qarz yoki qarz majburiyatlari summasining umumiy yigʻindisidan bunday majburiyatlarni bajarish uchun mavjud boʻlgan har qanday pul vositalari yoki uning ekvivalentlari chegirmasi sifatida ifodalanadi;
jami investitsiyalangan kapital qiymati (value of total invested capital) — ayni paytda biznesga kiritilgan pullarning, ularning manbasidan qatʼi nazar, umumiy summasi, koʻpincha qisqa muddatli majburiyatlar va pul vositalari chegirilgandan keyingi jami aktivlar qiymati sifatida tavsiflanadi;
operatsion qiymat (operating value) — har qanday iqtisodiy foyda keltirmaydigan (nooperatsion) aktivlar va majburiyatlarni chegirgan holda biznesning asosiy (operatsion) faoliyatining umumiy qiymati;
xususiy kapital qiymati (equity value) — biznesni uning barcha aksiyadorlari/taʼsischilari uchun qiymati;
foizli qarz kapitali qiymati — uzoq va qisqa muddatli qarzlarning yigʻindisidan iborat, bundan korxona qiymatining bir qismi boʻlmagan, aylanma kapitaldagi qisqa muddatli majburiyatlar mustasno. Pul mablagʻlari va ularning ekvivalentlari, agar ular ortiqcha naqd pul vositalari boʻlsa, foizli qarz kapitali qiymatidan chegirib tashlanadi, aks holda ular aylanma mablagʻlarning bir qismi sifatida hisobga olinadi.
267. Baholovchi baholashga oid vazifani 2-son MBS talablari doirasida tuzadi. Bunda, quyidagi qoʻshimcha axborotlar koʻrsatilishi kerak:
a) baholash obyekti haqidagi maʼlumotlar:
aksiyalarni baholashda — aksiyalar soni va turi, aksiyalar chiqarilishining davlat roʻyxati raqami, sanasi va soni;
investitsiya va pay fondlaridagi paylarni (aktivlarni) baholashda — baholanayotgan ulush (aktiv) summasi, aksiyalar (aktivlar, paylar) miqdori;
korxonaning mulkiy majmuasini baholashda — uning tarkibi tavsifi;
b) korxonaning toʻliq yoki qisqartirilgan firma nomi (shu jumladan, tashkiliy-huquqiy shakli), uning joylashgan joyi shuningdek, investitsiya va pay fondlaridagi aksiyalari (paylari, aktivlari) va ustav kapitalidagi ulushlari.
Korxona yoki uning qismini baholash korxona faoliyatini saqlab qolish shart-sharoitlaridan kelib chiqib oʻtkaziladi, bunda korxonaning tarkibi aniq identifikatsiya qilinishi lozim.
268. Baholovchi korxona faoliyat yuritayotgan tarmoqning holati va rivojlanish istiqbollari haqidagi axborotni, korxonaning tarmoqdagi egallagan oʻrni hamda baholash obyekti qiymatini aniqlash uchun keyingi hisob-kitoblarda qoʻllaniladigan boshqa bozor maʼlumotlarini tahlil qiladi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiradi.
269. Baholovchiga korxona faoliyatini tavsiflovchi quyidagi axborotlar taqdim etiladi:
korxonaning faoliyat yuritish shartlarida biznesni tashkil qilish va rivojlantirish haqidagi axborot;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (tovarlar) va/yoki bajarilayotgan ishlar, koʻrsatilayotgan xizmatlar haqidagi axborot, korxonaning retrospektiv davrdagi ishlab chiqarish faoliyati natijalari haqidagi axborot;
korxonaning moliyaviy axboroti, shu jumladan yillik va oraliq (zarur boʻlganda) moliyaviy (buxgalteriya) hisoboti, hisobot davridagi moliya-xoʻjalik faoliyati natijalari haqidagi axborot;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish uchun korxonaning prognoz maʼlumotlari, shu jumladan budjetlar, biznes rejalar va muhim koʻrsatkichlarning tahlili.
270. Baholovchi baholash obyekti haqidagi quyidagi axborotni tahlil qiladi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiradi:
a) korxonaning ustav kapitali, investitsiya va pay fondi tarkibi haqidagi quyidagi axborotlar:
aksiyalar qiymatini baholashda — oddiy aksiyalarning nominal qiymati va soni, ovoz beruvchi va ovoz bermaydigan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati va soni;
ustav kapitalidagi ulushlarni baholashda — ustav kapitali miqdori, ulushlarning miqdori va nominal qiymati;
investitsiya va pay fondlaridagi paylarni (aktivlarni) baholashda — pay fondi miqdori, paylar (aktivlar) soni haqidagi axborotni;
b) korxonaning taʼsis hujjatlaridagi oddiy va imtiyozli aksiyalar, investitsiya va pay fondidagi paylar (aktivlar), ustav kapitalidagi ulushlarga nisbatan nazarda tutilgan huquqlar haqidagi axborot;
v) korxonaning retrospektiv davr uchun dividend tarixi (dividend toʻlovlari) yoki korxona foydasining taʼsischilar oʻrtasida taqsimlanadigan qismi haqidagi axborot.
271. Baholovchi quyidagi bozor axborotini toʻplashi va tahlil qilishi lozim:
makroiqtisodiy axborot (milliy iqtisodiyotning holati va uning mazkur korxonaga taʼsiri haqidagi axborot);
korxona joylashgan hudud (mintaqa);
korxona mansub bozor/bozor boʻgʻini.
2-bob. Biznes qiymatini baholashda qoʻllaniladigan baholash yondashuvlari va usullari
272. Biznes qiymatini baholashda baholovchi har bir baholash yondashuvi doirasida 9-son MBSda belgilangan usullarni baholash maqsadi, baholash obyektining xususiyati va rivojlanish imkoniyatlari, cheklovchi shartlar, axborot bazasi mavjudligi va uning toʻliqligini hisobga olib mustaqil tanlaydi.
1-§. Qiyosiy yondashuv
273. Biznes qiymatini baholashda qiyosiy yondashuv va usullari 6-son MBS talablariga muvofiq qoʻllaniladi.
274. Quyidagilar biznesni qiyosiy yondashuvdan foydalanib baholashda qoʻllaniladigan maʼlumotlar manbalari hisoblanadi:
analog korxonalarning aksiyalari muomalaga chiqariladigan fond bozorlari;
baholanayotgan aksiyalar bilan ilgari amalga oshirilgan bitimlar yoki ular boʻyicha takliflar;
qayta tashkil etilayotgan (qoʻshib yuborilayotgan, qoʻshib olinayotgan, boʻlinayotgan, ajratib chiqarilayotgan) korxonalarning aksiya paketlari (ulushlar, paylar) sotiladigan bozor.
275. Qiyosiy yondashuvdan foydalanganda biznes analoglarni tanlash va ular bilan taqqoslash uchun yetarlicha asoslar (taqqoslanuvchanlik) boʻlishi kerak.
Qiyosiy yondashuv doirasida baholovchi kapital bozori va taqqoslanuvchi bitimlar usullarini qoʻllashda kamida uchta analoglarni tanlashi kerak. Ushbu analoglar baholanayotgan biznes qaysi tarmoqqa tegishli boʻlsa, oʻsha tarmoqqa yoki oʻxshash iqtisodiy koʻrsatkichlar amal qiladigan tarmoqqa tegishli boʻlishi kerak. Taqqoslash uchun asoslar mavjudligini koʻrib chiqishda quyidagi omillar eʼtiborga olinishi kerak:
sifat va miqdoriy tavsiflar boʻyicha baholanayotgan biznesga oʻxshashlik;
oʻxshash bizneslar haqida maʼlumotlarning yetarliligi va ularni tekshirish imkoniyatining mavjudligi;
oʻxshash biznesning narxi tijorat bitimi shartlariga va tartibga solingan bitim shartlariga mos kelishi.
korxonalarni taqqoslash parametrlarini aniqlashi va multiplikatorlarni hisoblashi;
multiplikatorlar qiymatini tanlashi va baholash obyekti qiymatini aniqlashi;
yakuniy tuzatishlarni amalga oshirishi zarur.
277. Multiplikatorni hisoblash uchun analog korxonalar uchun sotuv narxini yoki taklif narxini aniqlash hamda/yoki analog korxonalarning mos keladigan moliyaviy yoxud boshqa xil koʻrsatkichlarini tanlash lozim.
Multiplikatorlarda hisobga olinadigan moliyaviy yoki boshqa koʻrsatkichlar, baholanayotgan korxona va analog korxonalar uchun baholash sanasiga nisbatan ayni bir davr uchun hisoblanishi lozim.
278. Bozor multiplikatoridan foydalanganda, ayrim hollarda baholanayotgan korxona yoki analog korxonalar koʻrsatkichlariga tuzatishlar kiritilishi mumkin.
279. Qiyosiy yondashuvda baholash obyektining qiymati tanlangan multiplikatorlar miqdorlarini baholash obyektining tegishli moliyaviy koʻrsatkichlarga yoki boshqa koʻrsatkichlariga koʻpaytirish orqali olingan natijalarni muvofiqlashtirish yoʻli bilan aniqlanadi.
280. Baholovchi baholash obyekti qiymatiga quyidagi yakuniy tuzatishlarni kiritadi yoki ularni kiritishni asoslantirgan holda rad etadi:
daromadni shakllantirishda ishtirok qilmagan aktivlar;
xususiy aylanma kapitalining ortiqchaligi (yetishmasligi);
likvidlilik (yopiq korxonani ochiq analoglar boʻyicha baholaganda) darajasi;
nazorat darajasi bilan bogʻliq tuzatishlar.
2-§. Daromad yondashuvi
281. Biznes qiymatini baholashda daromad yondashuvi va usullari 6-son MBS talablariga muvofiq qoʻllaniladi.
282. Baholash obyekti qiymatini daromad yondashuvidan foydalangan holda aniqlashda baholovchi quyidagilarni amalga oshirishi lozim:
kelgusidagi pul oqimlarini baholash obyektining qiymati bilan bogʻlaydigan baholash usulini tanlash;
pul mablagʻlari oqimlari prognozi yoki boshqa moliyaviy koʻrsatkichlar belgilanadigan davr davomiyligini (prognoz davrini) aniqlash;
retrospektiv davr mobaynida makroiqtisodiy va tarmoqqa oid tendensiyalarni tahlil qilish va pul oqimlarini baholash usuliga muvofiq boshqa moliyaviy koʻrsatkichlarni prognozlashtirish;
baholash obyektini baholash uchun tanlangan usulga muvofiq keladigan diskontlash stavkasini va/yoki kapitallashtirish stavkasini belgilash;
baholash obyektini baholash uchun POD usuli tanlangan boʻlsa, terminal qiymatni aniqlash;
baholanayotgan biznesni yurituvchi korxonaning xususiy va/yoki investitsiyalangan kapital qiymatini hisob-kitob qilish;
tegishli tuzatishlarni kiritish;
baholash obyekti qiymatini hisoblash.
283. Daromad yondashuvi doirasida korxonaning kelgusidagi daromadlari yoki pul mablagʻlari oqimini baholash uchun korxonaning retrospektiv moliyaviy hisobotlaridan asos sifatida foydalanadi.
Retrospektiv davrdagi pul oqimlari va prognoz qilinayotgan pul oqimlari oʻrtasidagi farqlarni aks ettirish uchun quyidagi tuzatishlarni kiritish lozim:
biznesning daromadlari va xarajatlariga uning kutilayotgan davomiy faoliyatiga mos keladigan darajalarga moslashtirish boʻyicha tuzatishlar;
baholanayotgan biznes va unga analoglar boʻyicha moliyaviy maʼlumotlarni taqqoslash asosida taqdim etish;
bozor shartlariga mos boʻlmagan bitimlarga bozor narxlari boʻyicha tuzatishlar kiritish (masalan, buyurtmachi va yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar);
bozor narxi yoki stavkasi darajasini aks ettirish uchun ishchi kuchiga yoki ijaraga olingan, uchinchi shaxslar tomonidan foydalanayotgan obyektlarga amalga oshirgan xarajatlarga tuzatishlar kiritish;
retrospektiv daromad va xarajatlar tarkibidan taʼsir qiluvchi favqulodda (qaytarilmaydigan hodisa) hodisalarni chiqarish. Favqulodda (qaytarilmaydigan) hodisalarga yangi ishlab chiqarishni ishga tushirish, ob-havo yoki fors-major shartlari natijasidagi zararlar misol boʻladi. Bunda, pul oqimlarini prognozlashda oldindan koʻrish mumkin boʻlgan har qanday qaytarilmaydigan daromad yoki xarajatlarni aks ettirish lozim. Ilgari sodir boʻlgan hodisalar kelgusida qayta sodir boʻlishini koʻrsatish mumkin;
baholanayotgan biznesdan farqli ravishda hisobot berilishi mumkin boʻlgan oʻxshash korxonalar bilan taqqoslash maqsadida, yoki iqtisodiy haqiqatni aniqroq aks ettirish uchun, zaxirani hisobga olish maʼlumotlariga tuzatishlar kiritish.
284. Korxona kapitalining tuzilishidan (xususiy kapital va jalb qilingan kapitalning oʻzaro nisbatidan) kelib chiqib baholovchi xususiy kapitalga yoki investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimidan foydalanadi.
Xususiy kapitalga olingan pul oqimi uchun diskontlash stavkasi quyidagi usullardan biri yordamida hisoblanadi:
kapital aktivlarni hisoblash usuli (CAPM);
kumulyativ tuzish usuli.
Investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimiga diskontlash stavkasini hisoblash uchun kapitalning oʻrtacha hisoblangan qiymati (WACC) usuli qoʻllaniladi.
285. Agar prognoz qilinayotgan pul oqimi nominal qiymatda taqdim etilgan boʻlsa, kelajakda kutilayotgan narxlar oʻzgarishlarini inobatga olingan diskontlash stavkasidan foydalanish lozim. Agar prognoz qilinayotgan pul oqimi real qiymatda taqdim etilgan boʻlsa, kelajakda kutilayotgan narxlar oʻzgarishlarini inobatga olinmagan diskontlash stavkasidan foydalanish lozim.
286. Daromad yondashuvidan foydalanganda diskontlash stavkasida qoʻllanilmagan va pul oqimlarini prognoz qilishda hisobga olinmagan quyidagi tuzatishlarni kiritadi yoki ularni kiritishni asoslantirgan holda rad etadi:
daromadni shakllantirishda ishtirok qilmagan aktivlar;
xususiy aylanma kapitalining ortiqchaligi (yetishmasligi);
likvidlilik (yopiq korxonani ochiq analoglar boʻyicha baholaganda) darajasi;
nazorat darajasi bilan bogʻliq tuzatishlar.
287. Daromadni kapitallashtirish usulini qoʻllaganda baholovchi mazkur YAMBSning 178-bandi talablarini inobatga olishi shart.
288. Kapitallashtirilishi lozim boʻlgan daromad hajmi sifatida baholash sanasidan keyingi yil uchun daromad hajmi hisoblanadi.
3-§. Xarajat yondashuvi
289. Biznes qiymatini baholashda xarajat yondashuvi qoʻllanilganda 6-son MBS talablariga rioya etilishi zarur.
Aktivlarga asoslangan faoliyat yuritayotgan biznesni baholashda xarajat yondashuvi yagona baholash yondashuvi boʻlmasligi kerak, bundan boshqa yondashuvlarni qoʻllash imkoni boʻlmagan xollar mustasno.
290. Xarajat yondashuvi bilan baholashda baholovchi quyidagi usullardan birini qoʻllaydi:
sof aktivlar usuli — biznes qiymati korxonani barcha aktivlarining bozor qiymatlari va uning majburiyatlari oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi;
tugatish qiymati usuli — biznes qiymati korxona tugatilganda uning mulkdori olishi mumkin boʻlgan mulkning qiymati va tugatish xarajatlari oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
291. Sof aktivlar usulini qoʻllashda baholovchi:
korxonaning baholash sanasidagi oxirgi buxgalteriya balansi boʻyicha aktivlar va majburiyatlar tarkibini oʻrganishi;
buxgalteriya balansida hisobga olinmagan aktivlar va majburiyatlar bor yoki yoʻqligini aniqlashi;
buxgalteriya balansiga muvofiq aktivlar summasining bozor qiymatini va majburiyatlar summasining bozor qiymatini aniqlashi;
aktivlar va majburiyatlarning bozor qiymati boʻyicha hisobga olinadigan baholash balansini shakllantirishi;
korxonaning xususiy kapitalini aktivlarning bozor qiymatidan majburiyatlarning bozor qiymatini ayirish yoʻli bilan aniqlashi lozim.
292. Tugatish qiymati usulini qoʻllashda baholovchi:
korxonaning baholash sanasidagi oxirgi buxgalteriya balansi boʻyicha aktivlar va majburiyatlar tarkibini oʻrganishi;
buxgalteriya balansida hisobga olinmagan aktivlar va majburiyatlar bor yoki yoʻqligini aniqlashi;
korxona aktivlarining joriy qiymatini ularning bozor qiymati negizida (tegishli aktivga xos boʻlgan sotuv muddati bilan solishtirganda) qisqartirilgan sotuv muddatiga diskontni inobatga olgan holda hisoblashi;
tugatish xarajatlarini aniqlashi;
aktivlarning joriy qiymatidan tugatish xarajatlarini ayirib tashlashi va tugatish davrining operatsion daromad (zarar)ni (agar mavjud boʻlsa) qoʻshishi (ayirishi);
korxona majburiyatlarining joriy qiymatini hisoblashi;
korxonaning tugatish qiymatini aktivlarning tuzatish kiritilgan joriy qiymati va korxona majburiyatlarining joriy qiymati oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlashi lozim.
293. Baholash yondashuvlari va baholash usullarini qoʻllash orqali olingan biznes qiymatini baholash natijalarini muvofiqlashtirish hamda ularni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish 6-son MBS va 4-son MBS talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Biznes qiymatini baholashning xususiyatlari
294. Baholashni amalga oshirishda baholanayotgan biznesga yoki unda ishtirok etish huquqiga tegishli boʻlgan barcha huquq va imtiyozlar hisobga olinishi kerak.
295. Biznesni yoki unda ishtirok etishdagi ulushni baholashni amalga oshirishda baholanayotgan korxonaning maʼmuriyatidan olingan va tasdiqlangan axborotga tayanish kerak. Bunda, baholovchi maʼmuriyatdan olingan axborotdan baholash maqsadlarida foydalanish qanchalik maqsadga muvofiqligini aniqlashi lozim. Baholanayotgan korxonaning maʼmuriyati taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgardir.
296. Baholovchilar baholashga oid vazifa doirasida kutilayotgan daromadni prognoz qilish maqsadida korxonaning retrospektiv moliyaviy hisobotlarini hisobga olishi kerak.
Agar biznesning kutilayotgan koʻrsatkichlari retrospektiv koʻrsatkichlardan sezilarli darajada farq qiladigan boʻlsa, baholovchi nima uchun retrospektiv koʻrsatkichlar kelgusidagi taxminlarni aniqlay olmasligini tushunishi kerak.
297. Baholovchi baholash jarayonida muhim iqtisodiy tendensiyalar va aniq tarmoqqa oid tendensiyalar haqida tasavvurga ega boʻlishi kerak. Siyosiy tendensiya, davlat siyosati, valyuta kurslari, inflyatsiya, foiz stavkalari va bozordagi faollik kabi masalalar iqtisodiyotning turli tarmoqlari va/yoki sektorlaridagi aktivlarga turlicha taʼsir koʻrsatishi mumkin.
298. Kapitali oddiy aksiyalar va majburiyatlardan iborat biznesning oddiy aksiyalari sof aktivlar usuli orqali baholanishi mumkin. Biroq, bu usulni barcha hollarda ham qoʻllash toʻgʻri boʻlmaydi. Masalan, yuqori leveridjli korxonalarni baholashda uni qoʻllab boʻlmaydi.
299. Oddiy aksiyalardan tashqari turli tuzilmalarga ega boʻlgan kapital qiymatini yoki kapitalning maʼlum bir turini baholash uchun baholovchi har qanday oqilona usullardan foydalanishi mumkin. Bunda, biznesning qiymati aniqlanadi va bu qiymat qarz va kapitalning har xil turlari oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda, baholovchi quyidagi usullardan foydalanishi mumkin:
joriy qiymat usuli (CVM — Surrent Value Method usuli);
opsionlarni narxlash usuli (OPM — Option Pricing Method usuli);
taxmin qilingan daromadning qaytish usuli (PWERM — Probability Weighted Expected Return Method usuli).
300. Korxonaning umumiy bahosi asosli boʻlishini taʼminlash uchun baholovchi CVM, OPM va/yoki PWERM usullaridan olingan kelgusidagi qiymatlarning ehtimollik asosida oʻlchangan joriy qiymatlarini baholanayotgan korxona aktivlarining umumiy qiymati bilan muvofiqlashtirishi kerak.
XI boʻlim. Koʻchmas mulk qiymatini baholash (10-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Koʻchmas mulk qiymatini baholashning asosiy qoidalari
301. “Koʻchmas mulk qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 10-son MBS deb yuritiladi) koʻchmas mulk qiymatini baholash jarayoniga qoʻyiladigan asosiy talablar hamda ushbu jarayonning xususiyatlarini belgilaydi.
302. Koʻchmas mulk qiymatini baholash 1 — 7-son MBSlarning umumiy talablari asosida amalga oshiriladi. 10-son MBS koʻchmas mulk qiymatini baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
303. Koʻchmas mulk jumlasiga yer uchastkalari, yer osti boyliklari, binolar, inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlar va yer bilan uzviy bogʻlangan boshqa mol-mulk, yaʼni belgilangan maqsadiga mutanosib zarar yetkazmagan holda joyini oʻzgartirish mumkin boʻlmaydigan obyektlar kiradi.
304. Baholovchilar koʻchmas mulkni baholashda YAMBSning 5-ilovasida keltirilgan metodikadan foydalanishlari mumkin.
305. Koʻchmas mulkning qiymati ularga boʻlgan mulkiy huquqlarni, shuningdek ularga boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishi va cheklovlarini hisobga olgan holda aniqlanadi.
306. Baholash jarayonida 2-son MBS va 3-son MBS asosida olinadigan axborot xususiyati va manbasi haqidagi talablarga rioya etish maqsadida quyidagi masalalar koʻrib chiqilishi lozim:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi huquqni belgilovchi hujjatlar;
oʻtkaziladigan barcha koʻzdan kechirishlar hajmi;
yer uchastkasi maydoni hamda bino (inshoot)ning barcha qavatlari maydonlari haqidagi axborot;
bino(inshoot)ning tavsiflari va uning holati;
koʻrsatiladigan kommunal xizmatlarning turlari va xususiyatlari haqidagi maʼlumotlar;
grunt va poydevorlarning holati haqida axborotlar (agar mavjud boʻlsa);
koʻchmas mulkning qiymatiga taʼsir koʻrsatuvchi haqiqatda va mavjud ekologik xavf-xatarlar;
koʻchmas mulkdan foydalanish boʻyicha ruxsatlar yoki cheklovlar mavjudligi;
madaniy meros obyekti boʻlgan koʻchmas mulkni baholashda baholash obyektining tarixiy, madaniy yoki badiiy ahamiyatga ega ekanligi.
(306-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2026-yil 16-martdagi 01/11-1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3487-3, 11.04.2026-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3487-3/0351-son)
307. Baholanayotgan koʻchmas mulk obyekti haqidagi axborotni toʻplashda baholovchi baholash obyektini baholash sanasiga eng yaqin boʻlgan davrda koʻzdan kechiradi, agar baholashga oid vazifada boshqa davr koʻrsatilgan boʻlmasa.
Baholash obyekti koʻzdan kechirilmagan taqdirda baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash obyektini koʻzdan kechirmaganligi sabablarini, shuningdek koʻzdan kechirmaganligi bilan bogʻliq farazlar va cheklovlarni koʻrsatadi.
308. Koʻchmas mulk obyektining qiymatini baholash uchun qoʻshimcha tarzda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
baholanayotgan koʻchmas mulk tarkibi;
uning har bir tarkibiy qismini aniqlash uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar;
baholash obyekti va uning baholanayotgan qismlari tavsiflari yoki baholovchi foydalanishi mumkin boʻlgan bunday tavsiflar koʻrsatilgan hujjatlarga havolalar;
baholash obyektini baholashda hisobga olinadigan huquqlar, ushbu huquqlarga, shu jumladan baholash obyektining har bir qismiga doir cheklovlar (majburiyatlar).
2-§. Axborotni toʻplash va tahlil qilish
309. Boshlangʻich axborot quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u bilan tuzilgan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
koʻchmas mulkka oid kadastr hujjatlari;
baholash obyektiga boshqa shaxslarning huquqlari (baholash obyektiga boʻlgan huquqlarga nisbatan cheklashlar) — servitut mavjudligi haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar;
baholanayotgan yaxshilashlarning hajmiy-rejalashtirish va konstruktiv tavsiflariga doir axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari mavjud boʻlganda);
baholash obyekti va uning qismlarining rivojlanish rejalari (yangi qurilish, rekonstruksiya, taʼmirlash) haqidagi maʼlumotlar;
yuridik shaxslarga qarashli boʻlgan obyektlarga nisbatan baholash obyektining soʻnggi hisobot sanasidagi balans qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
retrospektiv va prognoz moliyaviy axborot, shu jumladan obyektdan tijorat maqsadida foydalanishning asosiy koʻrsatkichlari (xarajatlar moddalari boʻyicha yillik foydalanish xarajatlari, daromadlar manbalari boʻyicha obyektdan foydalanishdan olingan daromadlar);
koʻchmas mulk tarkibida baholanadigan qoʻshimcha mulklar (oʻrnatilgan uskunalar, koʻp yillik daraxtlar, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari) roʻyxati va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Baholash obyektiga oid boshlangʻich axborot baholash obyekti mulkdorining imzosi bilan tasdiqlangan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholovchi boshlangʻich axborot roʻyxatini kengaytirishi mumkin.
310. Koʻchmas mulk qiymatini aniqlash uchun baholovchi baholash obyektiga mansub bozor segmentini oʻrganadi.
311. Koʻchmas mulk bozorini tahlil qilish quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
baholash obyekti joylashgan mamlakat va mintaqadagi umumiy siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning baholanayotgan obyekt bozoriga taʼsirini tahlil qilish;
baholanayotgan obyektga mansub bozor segmentini aniqlash. Agar koʻchmas mulk bozori rivojlanmagan boʻlib, koʻchmas mulk obyektlari bilan taqqoslanuvchi bitimlar va/yoki takliflar narxlari haqida tasavvurlar hosil qilish imkonini beradigan maʼlumotlar yetarli boʻlmasa, baholanayotgan obyekt joylashgan joyga iqtisodiy tavsiflarga koʻra oʻxshash hududlar hisobiga tadqiqotlar hududini kengaytirishga yoʻl qoʻyiladi;
taqqoslanuvchi koʻchmas mulk obyektlariga talab, taklif va ularning narxiga taʼsir qiluvchi asosiy omillar, jumladan daromadlilik stavkasi, koʻchmas mulk bozorida investitsiyalarning qoplanuvchanligi davrlarini ushbu omillar qiymat intervallarini keltirgan holda tahlil qilish;
koʻchmas mulk bozorining obyektni baholash uchun zarur segmentlariga nisbatan asosiy xulosalar, masalan bozor dinamikasi, talab, taklif, sotuvlar hajmi, bozor sigʻimi, xaridorlar va sotuvchilar motivatsiyasi, likvidlilik, baholanayotgan obyekt bozoridagi narxlar oʻzgarishlari va boshqalar haqidagi xulosalar.
Tahlillar hajmi baholovchi tomonidan baholash obyektining xususiyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
2-bob. Koʻchmas mulkdan eng samarali foydalanish
312. Eng samarali foydalanishni tahlil qilish koʻchmas mulkning bozor qiymatini baholash uchun asos hisoblanadi.
313. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish uning eng maksimal qiymatini taʼminlaydigan, jismoniy jihatdan amalga oshirish mumkin boʻlgan, huquqiy jihatdan yoʻl qoʻyilgan (baholash obyekti qiymatini aniqlash sanasida) va moliyaviy jihatdan oʻzini oqlaydigan foydalanishdir.
314. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish uning haqiqiy (joriy) foydalanilishini yoki undan boshqacha tarzda foydalanishni nazarda tutishi mumkin (masalan kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, buzish va x.k.)
315. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlili koʻchmas mulk obyektidan eng koʻp foyda olinadigan tarzda foydalanish imkonini beradi, chunki bozor ishtirokchilari bitim narxini shuni moʻljallab shakllantiradilar.
Bozor qiymatini aniqlashda baholovchi baholash obyektini baholash yondashuvlari va usullarini tanlash hamda har bir yondashuvni qoʻllaganda taqqoslanuvchi koʻchmas mulk obyektlarini tanlash uchun ushbu tahlil natijalariga asoslanadi.
316. Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlilini amalga oshirish chegarasi va koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan muqobil foydalanish variantlari soni baholashga oid vazifa shartlari va baholash obyektining xususiyatlariga muvofiq belgilanadi.
Baholash obyektidan eng samarali foydalanish tahlilida baholash ikki bosqichda amalga oshiriladi:
boʻsh turgan (yaxshilanmagan) deb qaraladigan yer uchastkasi uchun;
yaxshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasi uchun.
317. Yaxshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan foydalanish uning bozor qiymati boʻsh turgan yer uchastkasining (yaxshilashlarsiz) qiymatidan ortiq boʻlgan taqdirda, eng samarali deb eʼtirof etiladi.
Baholash obyektining aniqlangan bozor qiymati miqdori yer uchastkasidan foydalanish variantlarining qaysi biriga muvofiq ekanligi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilishi lozim.
3-bob. Koʻchmas mulk qiymatini baholashda baholash yondashuvlari va usullarini qoʻllash
318. Koʻchmas mulk qiymatini baholashda qoʻllaniladigan baholash yondashuvlari va usullarini qoʻllash 6-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. Koʻchmas mulkni baholashda qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlari qoʻllaniladi.
1-§. Qiyosiy yondashuv
319. Qiyosiy yondashuvni qoʻllashda baholovchi quyidagilarni hisobga oladi:
a) koʻchmas mulkni baholashning qiyosiy yondashuvi real bitim narxlari va/yoki taklif narxlari maʼlum boʻlgan yetarli miqdordagi analog-obyektlarni tanlash mumkin boʻlganda qoʻllaniladi;
b) analog-obyektlar sifatida baholanayotgan obyekt bilan bitta bozor segmentiga tegishli boʻlgan va narx hosil qiluvchi omillar boʻyicha u bilan taqqoslanuvchi koʻchmas mulk obyektlaridan foydalaniladi;
v) baholashni oʻtkazishda baholovchi foydalana oladigan analog-obyektlar haqidagi real bozor maʼlumotlari hajmi hamda hisob-kitoblarni olib borish uchun ularni tanlab olish qoidalari bayon etilishi lozim;
g) hisob-kitoblarni olib borishda baholanayotgan obyekt bozorda shu obyektga oʻxshash obyekt uchun xos boʻlgan solishtirma qiymat koʻrsatkichlari (taqqoslash birliklari), xususan maydon birligi yoki hajm birligining narxi yoki ijara haqi miqdoridan foydalaniladi;
d) bozorda mavjud boshlangʻich axborotdan kelib chiqib koʻchmas mulkni baholash jarayonida taqqoslash usuli yoki regression tahlildan foydalanish mumkin;
e) baholash obyektini bitimlar sodir etilgan yoki bitim sodir etish uchun bozorga chiqarilgan boshqa koʻchmas mulk obyektlari bilan taqqoslash uchun qoida tariqasida, quyidagi taqqoslash elementlaridan foydalaniladi:
obyektning joylashgan joyi;
foydalanish turi;
oʻtkaziladigan mulkiy huquqlar, ushbu huquqlarga doir cheklashlar (boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishi);
sodir etilgan yoki moʻljallanayotgan bitimni moliyalashtirish shartlari (toʻlov turi, kreditlash shartlari, boshqa shartlar);
sotish shartlari (bozor uchun xos boʻlmagan shartlar, affillangan shaxslar oʻrtasidagi bitim, boshqa shartlar);
bozor shartlari (bitim sanasi va baholash sanasi oʻrtasidagi davrda narxlarning oʻzgarishi, taklif narxlari boʻyicha chegirmalar, boshqa shartlar);
xariddan keyingi xarajatlar;
obyektning fizik tavsiflari, shu jumladan yer uchastkasi xossalari, kapital qurilish obyektlarining holati, yer uchastkasi maydoni bilan undagi qurilmalar maydoni nisbati, boshqa tavsiflar;
iqtisodiy tavsiflar (operatsion xarajatlar hajmi, ijara shartlari, ijarachilar tarkibi, boshqa tavsiflar);
koʻchmas mulk qiymatiga taʼsir koʻrsatuvchi qoʻshimcha yaxshilashlar mavjudligi.
320. Baholash obyekti qiymatini qiyosiy yondashuv orqali aniqlashda taqqoslash birligi sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
bino yoki yer uchastkasining maydon birligi (kvadrat metr, sotix, gektar) narxi;
bino hajmining birligi (kub metr) narxi;
tijoriy salohiyati asosida baholanayotgan baholash obyektlari uchun joy narxi, raqam va boshqa oʻlchov birliklari.
2-§. Daromad yondashuvi
321. Daromad yondashuvidan koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinadigan daromadlarni hisoblash maqsadida qoʻllaniladi. Koʻchmas mulkni daromad yondashuvi bilan baholash daromadli koʻchmas mulkdan talab qilingan tavsiflar bilan kutilayotgan daromad odatiy xaridor uchun xohishni aks ettiradi.
322. Kelgusidagi daromad ijara/moʻljallangan ijara haqidan yoki undan joriy foydalanishdan (mehmonxonalar, restoranlar, sport, dam olish va koʻngilochar obyektlar va boshqa shunga oʻxshash obyektlar kabi tijorat salohiyati) hosil boʻladi.
323. Baholash obyekti qiymatini daromad yondashuvi bilan aniqlash uchun baholovchi daromadni kapitallashtirish yoki POD usullaridan foydalanadi.
324. Daromadni kapitallashtirish usuli taʼmirlashga yoki rekonstruksiya qilishga jiddiy kapital kiritmalarni talab qilmaydigan, ulardan haqiqiy foydalanish eng samarali foydalanishga mos keladigan koʻchmas mulk obyektlarini baholash uchun qoʻllaniladi.
Koʻchmas mulk obyektlari qiymatini daromadni kapitallashtirish usulidan foydalangan holda aniqlash obyektning bozorga muvofiq kutilayotgan yillik daromadini umumiy kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
325. Kutilayotgan daromad sifatida uning quyidagi turlaridan biri olinadi:
potensial yalpi daromad, yaʼni koʻchmas mulkdan u toʻliq yuklangan sharoitda hamda barcha yoʻqotishlar va xarajatlarni hisobga olmagan holda olinishi mumkin boʻlgan daromad;
potensial yalpi daromaddan maydonlardan toʻlaligicha foydalanmaslik tufayli yuz bergan yoʻqotishlarni chiqarib tashlash va ijara haqi olinganda koʻchmas mulk obyektidan bozor maqsadlarida normal foydalanishdan olingan boshqa daromadlarni qoʻshish yoʻli bilan olinadigan haqiqiy yalpi daromad;
haqiqiy yalpi daromaddan koʻchmas mulkka egalik va uni ekspluatatsiya qilishda hosil boʻlgan operatsion xarajatlarni va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq xarajatlarini ayirish yoʻli bilan aniqlanadigan haqiqiy operatsion daromad.
326. Kapitallashtirish stavkasi baholanayotgan aktivdan kutilayotgan daromadlar tarkibi va mavjud axborotdan kelib chiqib quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi:
bozorni siqish usuli;
bogʻliq investitsiyalar usuli;
kapital xarajatlar qoplanishini hisobga olish usuli.
Kapitallashtirish stavkasi daromad olinishi bilan bogʻliq xatarlarga muvofiq boʻlishi lozim.
327. Pul oqimlarini diskontlash (POD) usuli beqaror pul oqimlarini keltirib chiqaradigan yoki yaratishga qodir boʻlgan koʻchmas mulkni baholashda qoʻllaniladi.
328. Prognoz davrida olinadigan pul oqimlari oʻlchovi sifatida quyidagi daromad turlaridan biri eʼtiborga olinadi:
potensial yalpi daromad;
haqiqiy yalpi daromad;
sof operatsion daromad;
soliqlar va foizlar toʻlangunga qadar boʻlgan daromad.
Pul oqimlari nominal yoki real oʻlchovlarda hisoblanadi.
329. Diskontlash stavkasi quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi:
kumulyativ tuzish usuli;
muqobil investitsiyalarni taqqoslash usuli;
analog obyektlarning sotilishi haqidagi maʼlumotlardan bozor maʼlumotlarini ajratish usuli.
Diskontlash stavkasi qoʻllanilayotgan pul oqimining turiga muvofiq boʻlishi lozim.
330. Tijorat salohiyatiga ega boʻlgan koʻchmas mulkni baholash uning qiymatidan baholanayotgan mulk bilan bogʻliq boʻlmagan tarkibiy qismlarni ajratish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
3-§. Xarajat yondashuvi
331. Koʻchmas mulk qiymatini xarajat yondashuvida baholash 6-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi.
332. Xarajat yondashuvi bozor faolligi past boʻlganligi bois, qiyosiy va daromad yondashuvlarini qoʻllash uchun zarur maʼlumotlar yetarli boʻlmaganda, shuningdek maxsus maqsadlarda foydalaniladigan, ixtisoslashtirilgan koʻchmas mulkni (masalan, gidrotexnik inshootlar, suv bosimi minoralari, nasos stansiyalari, qozonxonalar, muhandislik tarmoqlari) baholash uchun qoʻllaniladi.
333. Xarajat yondashuvi asosiy yondashuv sifatida yoki boshqa yondashuvlardan olingan natijalarni qoʻshimcha tasdiqlovchi sifatida qoʻllanishi mumkin.
334. Xarajat yondashuvida aniqlanadigan koʻchmas mulk obyektining qiymati quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi:
yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni boʻsh yer uchastkasiga boʻlgan huquq sifatidagi qiymatini aniqlash;
yaxshilashlarni yaratish (qayta tiklash yoki almashtirishga) xarajatlarini hisoblash;
yaxshilashlar qiymatini ushbu obyektlarni yaratishga xarajatlarni hamda tadbirkor foydasini qoʻshish va ularning jismoniy eskirishini ayirish yoʻli bilan aniqlash;
baholash obyekti qiymatini yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar qiymati va yaxshilashlar qiymati yigʻindisi sifatida aniqlash.
335. Koʻchmas mulk obyektining bozor qiymatini xarajat yondashuvida aniqlash maqsadida yer uchastkasi boʻsh yer sifatida undan eng samarali foydalanishni taxmin qilib baholanadi.
336. Kapital qurilish obyektlarini yaratishga xarajatlarni hisoblash quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
analog obyektlarni qurish boʻyicha pudrat shartnomalari (kontraktlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
analog obyektlarni qurishga xarajatlar haqida maxsus manbalardan olingan maʼlumotlar;
resurs smeta hisob-kitoblari;
qurilish materiallarining bozor qiymatlari haqida axborot;
boshqa maʼlumotlar.
337. Kapital qurilish obyektlarini yaratishga sarflangan xarajatlar qurilish-montaj ishlari tarkibiga kiradigan ushbu obyektlarni bevosita yaratish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar va ularni yaratishga yordam beradigan, ammo qurilish-montaj ishlari tarkibiga kiritilmaydigan sarf-xarajatlar yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
338. Koʻchmas mulkning bozor qiymatini aniqlash maqsadida tadbirkorlik foydasi koʻrsatkichi bozor maʼlumotlari asosida kapital qurilish obyektlarini yaratish va yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni sotib olish bilan bogʻliq toʻgʻridan-toʻgʻri, bilvosita va kiritilgan xarajatlarni hisobga oladigan ekstraksiya, ekspert baholash usullari yoki analitik modellar asosida aniqlanadi.
339. Jamlangan eskirish koʻrsatkichi koʻchmas mulk qiymatining jismoniy eskirish, funksional va iqtisodiy (tashqi) eskirish natijasida qiymat yoʻqotilishi sifatida aniqlanadi. Bunda jamlangan eskirish baholanayotgan koʻchmas mulkka tegishli kapital qurilish obyektlariga bogʻliq boʻladi.
340. Boʻsh turgan (yaxshilanmagan) deb qaraladigan yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati mazkur yer uchastkasidan eng samarali foydalanish yoʻli sifatida taxmin qilinganda, quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi:
sotuvlarni taqqoslash usuli;
taqsimlash usuli;
ajratish usuli;
yer rentasini kapitallashtirish usuli;
yer uchun qoldiq usuli;
yer uchastkasidan moʻljallanayotgan foydalanish usuli.
341. Yaxshilashlarni tiklash yoki almashtirish xarajatlarini hisoblash uchun quyidagi usullardan biri qoʻllaniladi:
qiyosiy birlik usuli;
komponentlarga ajratish usuli;
narxlarning yagona maxraji (ayrim narxlar usuli). Mazkur usul resursli va bazisli-indeksli usul kabi turlarga boʻlinadi;
analoglar usuli.
4-bob. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
342. Baholash yondashuvlari va baholash usullarini qoʻllash orqali olingan koʻchmas mulk qiymatini baholash natijalarini muvofiqlashtirish hamda ularni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirish 6-son MBS va 4-son MBS talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Ayrim turdagi koʻchmas mulklar qiymatini baholashning oʻziga xos xususiyatlari
343. Koʻchmas mulk qiymatini baholash natijalari baholash obyekti balansida turgan shaxslar tomonidan buxgalteriya hisobi va hisobotiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlarda aktivlarni dastlabki qiymati (tarixiy) asosida baholashning umumiy qoidalaridan cheklanish nazarda tutilgan hollarda buxgalteriya hisobi va hisoboti maʼlumotlarini tuzatish maqsadida qoʻllanilishi mumkin.
344. Tijorat salohiyatiga muvofiq baholanadigan koʻchmas mulk uchun qiymat turi mavjud foydalanishning bozor qiymati hisoblanadi.
Tijorat salohiyatiga muvofiq baholanadigan koʻchmas mulk obyektlari olinishi mumkin boʻlgan daromaddan kelib chiqib (foizlar, soliqlar hamda moddiy va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi chegirib tashlangunga qadar) POD usuli yoki toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan baholanadi.
Tijorat salohiyatiga muvofiq baholanayotgan koʻchmas mulk bahosiga koʻchmas mulk bilan biriktirilgan asbob-uskunalar va jihozlar hamda beriladigan gudvill (tovar-moddiy zaxiralardan tashqari) ham kiritilishi mumkin.
Beriladigan gudvill nomoddiy aktiv boʻlib, u oʻziga xos nom, biznes obroʻsi, mijozlarning afzalliklari, joylashgan joyi, servis mahsuloti va iqtisodiy samara keltiradigan boshqa shunga oʻxshash omillar tufayli vujudga keladi.
Ayrim hollarda, identifikatsiyalashgan koʻrinishda nomoddiy aktivlar komponenti qatnashsa, baholovchi “Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash” 11-son MBS talablariga rioya qilishi lozim.
345. Binoning ichki qismida qurilgan binoning bir qismi hisoblanadigan xonalar qiymatini aniqlashda yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati hisobga olinmaydi.
346. Moliyaviy hisobot maqsadida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasidan foydalanish huquqining qiymatini aniqlashda uning tuproq va iqlim xususiyatlari, shuningdek suv taʼminoti va tegishli infratuzilmaning mavjudligi, yerdan foydalanuvchi tomonidan ilgʻor agrotexnika va suvni tejaydigan texnologiyalar, zamonaviy texnika, elita urugʻlik va boshqalardan foydalanish hisobga olinishi kerak.
6-bob. Development jarayonida boʻlgan koʻchmas mulk qiymatini baholashning oʻziga xos xususiyatlari
1-§. Asosiy qoidalar
347. Ushbu standartda development jarayonidagi (qurilish bosqichidagi) koʻchmas mulk deganda eng samarali foydalanish uchun qayta qurish yoki mavjud koʻchmas mulk obyektini yangi maqsadda foydalanish uchun qayta ixtisoslashtirish (redevelopment) talab qilinadigan, yaxshilashi koʻzda tutilgan yoxud baholash sanasiga yaratish bosqichida boʻlgan quyidagi koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquq tushuniladi:
qurilish jarayonidagi binolar;
infratuzilmaga ega boʻlishi rejalashtirilgan va bino qurilmagan yer uchastkasi;
bino qurilgan va redevelopment jarayonidagi yer uchastkasi;
yaxshilash yoki oʻzgartirish jarayonidagi bino va inshootlar;
shaharsozlik rejasiga muvofiq qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasi;
shaharsozlik rejasiga muvofiq yanada samarali foydalanish yoki yana zichroq qurilishlarni amalga oshirish uchun ajratilgan yer uchastkasi.
348. Qurilish bosqichida koʻchmas mulkni baholashni amalga oshirish turli maqsadlar uchun zarur boʻlishi mumkin. Development jarayonida boʻlgan koʻchmas mulkni baholash quyidagilar holatlarda talab qilinishi mumkin:
taklif qilinayotgan loyihalarning moliyaviy maqsadga muvofiqligini aniqlashda;
koʻchmas mulkni xarid qilish, garov asosida kredit ajratish uchun maslahatlashuvlarni oʻtkazish va bitimlarni tayyorlash boʻyicha jarayonida;
soliq hisobi va soliq hisobotlarini tuzish maqsadida;
aksiyadorlarning nizolari va yetkazilgan zarar uchun tovon pulini toʻlash kabi holatlarda baholashni tahlil qilish talab etiladigan sud jarayonlari uchun;
moliyaviy hisobdorlik maqsadlari uchun koʻpincha, biznesni birlashtirish boʻyicha bitimlarni, aktivlarni xarid qilishni va sotishni, shuningdek ularni qadrsizlanishini tahlil qilishda.
Qonunchilik bilan belgilangan har qanday boshqa holatlarda development jarayonida boʻlgan mol-mulkni baholash talab qilinishi mumkin (masalan, majburiy ravishda qayta sotib olish).
349. Development jarayonida boʻlgan koʻchmas mulkni baholashda baholovchilar aktivlar yoki majburiyatlarning mazkur turi uchun qoʻllaniladigan standart talablariga amal qilishlari kerak.
350. Development jarayonida boʻlgan koʻchmas mulkning tarkibidagi yer uchastkasining qoldiq qiymati yoki qiymati, tugallangan loyihadan olinadigan daromadlar yoki tushumlarga yoxud qurilishni tugatishga oid roʻy beradigan har qanday xarajatlarga oid farazlar yoki prognozlarga taʼsirchan boʻlishi mumkin.
351. “Qiymat turlari” 5-son MBSga muvofiq baholovchi development jarayonida boʻlgan koʻchmas mulkni baholashda qiymatning tegishli turi(lari)ni tanlashi kerak.
352. Development jarayonida boʻlgan koʻchmas mulk qiymatini baholash loyiha tugallanganidan soʻng uning shartlari yoki maqomi boʻyicha faraz va maxsus farazlarning salmoqli miqdorini koʻzda tutadi. Masalan, qurilish yakunlangan yoki koʻchmas mulk obyekti toʻliq ijaraga topshirilgani haqidagi maxsus farazlar kiritilishi mumkin.
“Baholashga oid vazifa” 2-son MBS talablariga muvofiq baholashda foydalanilgan muhim farazlar va maxsus farazlar baholashga oid vazifaga aloqador boʻlgan barcha tomonlarga xabar qilinishi, kelishilishi va baholashga oid vazifada tasdiqlangan boʻlishi kerak.
353. Development jarayonidagi koʻchmas mulkning development jarayoniga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan har bir tavsifini tekshirishning imkoni boʻlmaydi (masalan, hali tekshirilishi lozim boʻlgan grunt holati).
Bunda, faraz qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi (masalan, xarajatlarning jiddiy ravishda koʻpayishiga sabab boʻladigan gruntning hech qanday anomal holati kuzatilmaydi).
354. Loyiha boshlanganidan keyin bozorda oʻzgarishlar boʻlgan holatlarda, development loyihasi yer uchastkasidan eng samarali foydalanish variantini koʻrsatmasligi mumkin.
Bunda, loyihani dastlab taklif qilinganidek yakunlash xarajatlari baholash maqsadlari uchun qoʻllanilmasligi mumkin, chunki bozordagi odatiy xaridor qisman qurilgan binolarni buzishi yoki ularni muqobil loyihaga moslashtirishi ehtimoli yuqori boʻladi.
Development jarayonidagi koʻchmas mulkning qiymati muqobil loyihaning joriy qiymatini, shuningdek uni yakunlash bilan bogʻliq xarajatlar va tavakkalchiliklarni aks ettirishi zarur.
355. Development jarayonidagi ayrim koʻchmas mulk obyektlari uchun ulardan foydalanish muayyan foydalanish turi yoki xoʻjalik-iqtisodiy/savdo faoliyat bilan chegaralanadi yoxud yakunlangan koʻchmas mulk obyekti belgilangan barqaror darajada daromad keltirishi haqidagi maxsus faraz kiritiladi.
Bunda, baholovchi “Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqi qiymatini baholash” 9-son MBS va zarurat koʻra “Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash” 11-son MBS talablariga rioya qilishi kerak.
2-§. Development jarayonidagi koʻchmas mulk qiymatini baholashda qoʻllaniladigan baholash yondashuvlari va usullari
356. Development jarayonidagi koʻchmas mulk qiymatini baholash uchun quyidagi ikkita asosiy yondashuv qoʻllaniladi:
qiyosiy yondashuv;
qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvning birikmasini ifodalaydigan qoldiq usuli (qoldiq qiymati usuli).
Qoldiq usuli — bu foyda olishning maʼlum omillarini hisobga olgan holda amalga oshiriladigan mulkni baholash turlaridan biri. Bu usul qurilgan biznes obyektlari va oʻzlashtirilmagan yer uchastkalarini baholash uchun ishlatiladigan usul hisoblanadi. Oʻzlashtirilmagan yer uchastkalari bu koʻchmas mulk obyektini qurish orqali yaxshilashi mumkin boʻlgan yoki oʻz-oʻzidan foyda olishga qodir boʻlgan uchastkani anglatadi.
Development jarayonidagi koʻchmas mulkning qoldiq qiymatini aniqlash uchun qurilishi tugallangan obyektning toʻliq qiymatidan qurilish xarajatlari va koʻchmas mulk developeri foydasi chiqarib tashlanadi.
357. Baholash yondashuvi va usulini tanlashda baholovchi mazkur standartga qoʻshimcha ravishda 6-son MBS, shu jumladan 128 va 129-bandlari talablariga amal qilishi lozim.
358. Baholashni amalga oshirishda baholash yondashuvini tanlash talab qilinadigan qiymat turiga, shuningdek muayyan faktlar va holatlarga, yaqinda tuzilgan bitimlar narxlarining darajasiga, loyihani ishlab chiqish darajasiga va loyiha boshlangan paytdan boshlab koʻchmas mulk bozoridagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻladi.
Bunda, ushbu holatlarga eng toʻgʻri keladigan yondashuvni tanlash kerak. Baholash uchun eng toʻgʻri keladigan yondashuvni tanlash mulohazani shakllanishida muhim hisoblanadi.
3-§. Qiyosiy yondashuv
359. Development jarayonidagi ayrim koʻchmas mulk turlari yetarli darajada turdosh boʻlishi va bozorda tez-tez almashib turishi mumkin. Qiymatga oid baholash talab qilingan holatlarda, bevosita taqqoslashni amalga oshirish uchun bozorda yaqinda amalga oshirilgan sotuvlar natijasida olingan maʼlumotlarning yetarli hajmi mavjud boʻladi.
360. Ayrim bozorlarda development jarayonidagi yirik va kompleks turdagi obyektlarni yoki turli toifadagi yaxshilashlar rejalashtirilayotan kichik obyektlarni baholash boʻyicha qiyosiy yondashuvni qoʻllash cheklangan boʻlishi mumkin.
Turli obyektlarning farqlari soni va darajasi boʻyicha tegishli bozor maʼlumotlarini tahlil qilish asosida tuzatishlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyosiy hisoblash imkoni boʻlmaydi.
361. Development jarayonida boʻlgan qurilish ishlari boshlangan, ammo yakunlanmagan mulk obyektlariga nisbatan qiyosiy yondashuvni qoʻllash muammoli hisoblanadi. Qisman yakunlangan bunday holatdagi obyektlar bir ishtirokchidan ikkinchisiga kamdan-kam hollarda sotilishi mumkin.
Sanasi baholash sanasiga yaqin boʻlgan, qisman yakunlangan boshqa obyektning sotilishi haqida maʼlumotlar mavjud boʻlganda ham ularni ishlarning yakunlanganlik darajasi farqlanadi.
362. Qurilishi yakunlangan koʻchmas mulk obyektining qiymatini qoldiq usulida aniqlashda qiyosiy yondashuvdan boshlangʻich elementlardan biri sifatida foydalanilishi mumkin.
4-§. Daromad yondashuvi
363. Development jarayonidagi koʻchmas mulk obyektining qoldiq qiymatini aniqlash pul oqimlarining turli modellari qoʻllanilishini koʻzda tutishi mumkin.
364. Daromad yondashuvi qoldiq usulini qoʻllash uchun zarur boʻlgan boshlangʻich elementlardan biri sifatida yakunlangan obyektning qiymatini belgilash uchun toʻgʻri kelishi mumkin.
5-§. Xarajat yondashuvi
365. Development xarajatlarini aniqlashning qoldiq qiymati qoldiq usulining asosiy komponenti hisoblanadi.
366. Development jarayonidagi koʻchmas mulk obyektining qurilishi yakunlangandan soʻng mazkur koʻchmas mulk obyekti uchun faol bozor boʻlmagan holda, xarajat yondashuvi yakunlangan obyektning indikativ qiymatini beruvchi yagona vosita boʻlishi mumkin.
367. Xarajat yondashuvi iqtisodiy prinsipga asoslangan boʻlib, unga koʻra xaridor aktiv uchun teng foydalilikka ega boʻlgan aktivni yaratish xarajatlari summasidan koʻproq pul toʻlamaydi.
Ushbu prinsipni development jarayonidagi koʻchmas mulk obyektiga nisbatan qoʻllashda baholovchi potensial xaridorning baholanayotgan koʻchmas mulk obyekti qurilishi yakunlanishidan olinishi mumkin boʻlgan daromadga teng developmentdan daromad olish potensialiga ega boʻlgan oʻxshash aktivni sotib olishda koʻrishi mumkin boʻlgan xarajatlarni hisobga olishi kerak.
368. Development jarayonidagi koʻchmas mulk obyektini baholashda xarajat yondashuvini qoʻllashning yana bir murakkabligi uning moʻljallanayotgan xaridor uchun foydaliligini aniqlovchi foyda darajasini belgilashdir.
6-§. Qoldiq usuli
369. Qoldiq usuli loyihaning tugallanishi bilan bogʻliq xavflarni hisobga olgan holda, qurilishni tugallashning kutilayotgan qiymatidan qurilishni tugatish uchun zarur boʻlgan barcha xarajatlar chegirib tashlanganidan keyin qoldiq miqdorini aniqlaydi. Ushbu hisob-kitoblarning natijasi qoldiq qiymati deb ataladi.
370. Qoldiq qiymat prognoz pul oqimlaridagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlib, baholovchi har bir muhim omil uchun alohida taʼsirchanlik tahlilini oʻtkazishi kerak. Dastlabki maʼlumotlarni baholash farazlar bilan amalga oshirilishi kerak.
371. Qoldiq usulini qoʻllashda baholovchi quyidagi manbalardan olingan maʼlumotlardan foydalanadi:
har qanday qurilishi taxmin qilinayotgan bino yoki inshoot haqidagi maʼlumotlar manbasi (masalan, baholash uchun asos boʻladigan har qanday rejalar va spetsifikatsiyalar);
baholash jarayonida ishlatiladigan development xarajatlari va loyihani yakunlash bilan bogʻliq boshqa xarajatlar toʻgʻrisidagi har qanday maʼlumot manbasi.
372. Development jarayonidagi koʻchmas mulkning bozor qiymatini qoldiq usuli bilan baholashda quyidagi boshlangʻich parametrlarni olish kerak:
development yakunlangandagi koʻchmas mulkning qiymati;
developmentga sarflanadigan xarajatlar;
maslahatchilarni ragʻbatlantirish;
marketing xarajatlari;
ishlarni amalga oshirish jadvali;
moliyalashtirish xarajatlari;
developer foydasi;
diskontlash stavkasi.
Qiymatning boshqa turi uchun oʻzgacha boshlangʻich parametrlarning qoʻllanilishi talab qilinishi ham mumkin.
373. Development yakunlangan koʻchmas mulkning qiymatini aniqlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) development loyihasi shartli ravishda yakunlanganidan soʻng birinchi navbatda koʻchmas mulkdagi tegishli huquqning qiymatini baholash zarur;
b) qiyosiy yoki daromad yondashuvi doirasida qoʻllaniladigan usullardan qatʼiy nazar baholovchi ikkita asosiy boshlangʻich farazlardan birini tanlashi zarur:
qurilish yakunlanishiga obyektning bozor qiymati muayyan reja va texnik shartlarga koʻra loyiha yakunlanganligiga oid faraz bilan belgilanadigan baholash sanasiga mos boʻlgan bozor narxlariga asoslanadi;
qurilish yakunlanishiga obyektning bozor qiymati muayyan reja va texnik shartlarga koʻra loyiha uning yakunlanish sanasiga yakunlanishi haqidagi maxsus farazga asoslanadi;
v) bozor amaliyoti va tegishli maʼlumotlarning mavjudligi ushbu farazlarning qaysi biri koʻproq toʻgʻri kelishini aniqlashi kerak. Ammo, qanday narxlardan foydalanilishi haqidagi masalaga aniqlik kiritilishi lozim (mavjud bozor narxlari yoki ularning prognoz qiymati);
g) agarda developmentning hisob-kitob qilingan toʻliq qiymatidan (loyihaning maqsadiga erishilganligidan keyingi qiymat) foydalanilsa, u baholash sanasiga maʼlum boʻlgan maʼlumot asosida ishtirokchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin boʻlgan maxsus farazlarga asoslanishini aniq bayon qilish kerak;
d) qoldiq qiymatni hisoblashda ziddiyatli boʻlmagan farazlardan foydalanish kerak, bunda agar joriy bozor narxlaridan foydalanilayotgan boʻlsa, u holda joriy xarajatlardan foydalanish, diskontlash stavkasini esa joriy narxlarni tahlil qilish asosida hisoblash kerak;
e) agarda loyihaning yoki tegishli qismining yakunlanishini koʻzda tutuvchi dastlabki sotuv yoki dastlabki ijara haqidagi tuzilgan shartnoma mavjud boʻlsa, yakunlangan koʻchmas mulk obyektini baholashda uni hisobga olish kerak. Dastlabki sotuv haqidagi shartnomada narxlar yoki ijara stavkasi va shartnomaning boshqa shartlari ishtirokchilar tomonidan baholash sanasiga kelishilishi mumkin boʻlgan narxlar/stavkalarga mosligini aniqlash boʻyicha choralarni koʻrish kerak;
j) agarda tegishli shart-sharoitlar bozor shartlariga toʻgʻri kelmasa, baholashga tuzatishlar kiritish kerak boʻladi;
z) ushbu shartnomalar xaridorga development jarayonidagi koʻchmas mulk obyektiga tegishli huquqlarni uning tugatilishiga qadar berish mumkinligini aniqlash maqsadga muvofiq.
374. Baholash sanasiga loyihaning muayyan ixtisoslashuviga muvofiq yakunlanishi boʻyicha bajarilishi lozim boʻlgan barcha ishlarning xarajatlarini belgilash talab qilinadi. Ishlar hali boshlanmagan taqdirda, ushbu xarajatlar qurilish boʻyicha asosiy shartnomani tuzishga qadar zarur boʻladigan har qanday tayyorgarlik ishlarining xarajatlarini oʻz ichiga oladi (masalan, qonunchilikda koʻzda tutilgan ruxsatnomalarni olish, buzish yoki qurilish maydonini tayyorlash ishlarni amalga oshirish).
375. Maslahatchilarni ragʻbatlantirish xarajatlariga loyiha tugaguniga qadar ishtirokchilar tomonidan yuristlar va maslahatchilarga sarflanadigan xarajatlar kiradi.
376. Marketing xarajatlari agar tugallangan loyiha uchun aniq xaridor yoki ijarachi boʻlmasa, tegishli marketingni oʻtkazish uchun zarur xarajatlarni va u bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan maslahatchilarni ragʻbatlantirishga kiritilmagan xarajatlarni koʻzda tutadi.
377. Loyihani baholash sanasidan boshlab loyihani jismoniy yakunlashning taxminiy sanasigacha boʻlgan muddat barcha pul mablagʻlari oqimlari bilan birga hisobga olinishi kerak.
378. Moliyalashtirish xarajatlari baholash sanasidan boshlab loyiha yakunlanishiga qadar obyektni jismonan tugatish uchun zarur boʻlgan yoki unga boʻlgan huquqni sotish maqsadida yoxud uni toʻliq barqaror ishlatishga oid har qanday davrdagi xarajatlarni koʻzda tutadi.
379. Developer foydasi baholash sanasiga developer tomonidan tavakkalchilikka qoʻl urib, developmentdan olingan foyda yoki kutilayotgan daromadni koʻzda tutadi. Ushbu foyda yoki daromad loyiha jismonan yakunlanganidan soʻng sotuvlardan kelib chiqadigan kapital qiymat yoki kutilayotgan daromadni olish bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni hisobga oladi.
380. Diskontlash stavkasi quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:
a) qoldiq usulidan foydalangan holda baholash sanasida qiymat oʻlchovini olish uchun barcha kelajakdagi pul oqimlariga diskontlash stavkasi qoʻllanilishi kerak;
b) agarda pul oqimlari baholash sanasiga belgilangan qiymatlar va xarajatlar oqimiga asoslangan boʻlsa, baholash sanasi va loyiha yakunlanishi kutilayotgan sana oraligʻidagi davrda ularning oʻzgarish tavakkalchiliklarni koʻrib chiqish kerak;
v) agarda pul oqimlari taxmin qilinayotgan/kutilayotgan qiymatlar va xarajatlarga asoslangan boʻlsa, bunday tavakkalchiliklar noaniq boʻlishi haqidagi tavakkalchiliklarni koʻrib chiqish kerak.
381. Mavjud koʻchmas mulkning development jarayoniga muvofiqligini baholash uchun mulkni istiqbolliligi yoki istiqbolsizligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqish kerak.
382. Agarda loyihaning amalga oshirilishi boshlangan boʻlsa, loyihani ishlab chiqish, qurilish va qurilishni nazorat qilish boʻyicha tuzilgan shartnomalar boʻyicha maʼlumot olish yoki oʻrganish uchun qoʻshimcha soʻrovlarni yuborish talab qilinadi.
XII boʻlim. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash (11-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholashning asosiy qoidalari
383. “Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 11-son MBS deb yuritiladi) nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash jarayoniga qoʻyiladigan asosiy talablar, shuningdek ushbu jarayonning xususiyatlarini belgilaydi.
384. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini baholash 1 — 7-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. 11-son MBS Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
385. Baholovchilar nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini baholashda YAMBSning 6-ilovasida keltirilgan metodikadan foydalanishlari mumkin.
386. 11-son MBS maqsadlari uchun baholash obyekti oʻzining iqtisodiy xususiyatlari bilan namoyon boʻladigan, moddiy-ashyoviy shaklga ega boʻlmagan, lekin mualliflik huquqi egasiga huquq va/yoki iqtisodiy foyda keltiradigan nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari hisoblanadi.
387. Baholovchilar nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini baholash predmeti va maqsadini baholashga oid vazifada aniq belgilashlari lozim.
2-§. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini identifikatsiya qilish
388. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini identifikatsiya qilishda baholovchi taqdim etilgan hujjatlarning baholash obyektining haqiqiy holati va unga boʻlgan huquqlarga mos kelishini aniqlaydi. Baholash jarayonida vujudga kelishi mumkin boʻlgan farazlar va cheklovchi shartlar tahlili amalga oshiriladi.
389. Baholash obyektini identifikatsiya qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
baholash obyekti va unga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarning (mavjudligi ehtimoli) faktini aniqlash;
baholash obyektiga boʻlgan mulkiy huquqlarning turini aniqlash;
baholash obyektidan foydalanishning maqsadlari, usullari va boshqa muhim faktlarini aniqlash;
foydalanishni boshlash sanasini aniqlash.
3-§. Axborotni toʻplash va tahlil qilish
390. Baholashga oid vazifada 2-son MBSda koʻrsatilgan axborotlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi axborotlar boʻlishi kerak:
intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish rejimi, shu jumladan hajmi, davomiyligi, huquqiy muhofaza hududi, intellektual mulkning mutlaq huquqlariga nisbatan cheklovlar (boshqa shaxslar talablarining yuklanishlari), huquqlarni kelib chiqishi;
baholanishi kerak boʻlgan intellektual mulkka nisbatan huquqlar hajmi;
tarkibida baholash obyekti boʻlgan obyektlar yigʻindisi (yoki yagona texnologiya yoxud qoʻshimcha aktivlar).
Baholash maqsadi va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholashga oid vazifa qoʻshimcha shartlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
391. Baholovchi baholash obyekti tegishli boʻlgan bozor segmentini oʻrganadi va tahlil qiladi.
Baholash obyekti bozorini tahlil qilish quyidagi izchillikda bajariladi:
oʻxshash obyektlarni yaratish va huquqiy muhofazasini tahlil qilish;
baholash obyektining tegishli bozor sektorining hozirgi holati, rivojlanish istiqbollari va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish;
baholash obyekti yoki analog-obyekt (agar mavjud boʻlsa) bilan bitimlar (litsenziya shartnomalari hamda mutlaq huquqdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi shartnomalar)ni tahlil qilish;
bir xil yoki oʻxshash obyektlarga ega biznes bilan (agar mavjud boʻlsa) birlashishga oid bitimlarni tahlil qilish;
baholash obyekti bilan taqqoslanuvchi analoglarga talab, taklif va narxiga taʼsir qiluvchi asosiy omillarni tahlil qilish. Tahlil qilinishi lozim boʻlgan asosiy omillar ichidan quyidagilar koʻrib chiqilishi mumkin:
baholash obyekti bilan taqqoslanuvchi analoglar sonining oʻzgarish tendensiyasi;
intellektual mulk bozorida raqobat va narxlarga taʼsir qiluvchi omillar, shuningdek boshqa nomoddiy aktivlar.
392. Dastlabki axborotlar quyidagi maʼlumotlardan iborat boʻlishi mumkin:
baholash obyekti toʻgʻrisidagi, shu jumladan obyektni bir xil identifikatsiya qilish imkonini beradigan nomoddiy aktiv biriktirilgan moddiy tashuvchining tavsifiga oid maʼlumot;
baholash obyektining mualliflik huquqi egasi toʻgʻrisidagi maʼlumot;
nomoddiy aktiv va intellektual mulkni yaratishga sarflangan xarajatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
nomoddiy aktiv va intellektual mulkning afzalliklari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
nomoddiy aktiv va intellektual mulkdan foydalanishdan keladigan daromad (haqiqiy va potensial) toʻgʻrisidagi maʼlumot;
baholash obyektidan foydalanishning texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;
nomoddiy aktiv va intellektual mulk huquqi egasining moliya-xoʻjalik faoliyati boʻyicha hisobotlari.
Baholash maqsadiga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab baholovchi dastlabki axborot roʻyxatini kengaytirishi yoki baholashni oʻtkazish jarayonida zarur axborotni talab qilib olishi mumkin.
2-bob. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholashda baholash yondashuvlari va usullarini qoʻllash
1-§. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash
393. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholashda qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlarini qoʻllash mumkin. Baholash yondashuvi va usulini tanlashda 6-son MBS talablariga amal qilinishi kerak.
394. Har bir baholash yondashuvi doirasida 11-son MBSda belgilangan usullarni tanlash baholovchi tomonidan baholash maqsadi, baholash obyektining xususiyatlari va rivojlantirish istiqbollari, cheklovchi shartlar, axborot bazasi mavjudligi va uning toʻliqligini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
2-§. Qiyosiy yondashuv
395. Qiyosiy yondashuvdan foydalanilganda, nomoddiy aktivning qiymati bozorning faolligidan (masalan, bir xil yoki oʻxshash aktivlar bilan bitimlar) kelib chiqqan holda aniqlanadi.
396. Nomoddiy aktivlar ishtirokidagi bitimlar koʻpincha boshqa aktivlarni (masalan, nomoddiy aktivlar bilan bogʻliq boʻlgan biznesni) ham birlashtirishga oid bitimlarni oʻz ichiga oladi.
397. Baholovchilar nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholashda quyidagi mezonlarning ikkalasi ham bajarilgan taqdirda qiyosiy yondashuvni qoʻllashlari kerak:
mustaqil taraflar oʻrtasidagi bir xil yoki oʻxshash obyektlar jalb qilingan bitimlar haqida baholash sanasidagi yoki unga yaqin sanadagi axborot mavjud boʻlganda;
baholovchiga baholanayotgan nomoddiy aktiv va bunday bitimlarda ishtirok etadigan aktivlar oʻrtasidagi barcha muhim farqlarni hisobga olish boʻyicha tuzatishlar kiritish uchun yetarli maʼlumot mavjud boʻlganda.
398. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlaridan foydalanish xususiyatining bir xil emasligi hamda nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari bilan bitimlar juda kam hollarda boshqa aktivlardan alohida tuzilishi fakti shuni anglatadiki, faqat kamdan kam hollarda ushbu baholash obyekti bilan bitimlar haqida bozor maʼlumotlarini qoʻlga kiritish mumkin. Bozor maʼlumotlari mavjud boʻlgan taqdirda ham ular bir xil emas, balki oʻxshash obyektlarga tegishli boʻladi.
399. Qiyosiy yondashuv doirasida taqqoslanuvchi bitimlar usuli qoʻllaniladi.
400. Taqqoslanuvchi bitimlar usulini qoʻllashda nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarining qiymati yaqindagi sotuvlarning haqiqiy narxlarini solishtirish yoki shunga oʻxshash obyektlar boʻyicha talab hamda taklif maʼlumotlarini oʻrganish orqali aniqlanadi.
401. Taqqoslanuvchi bitimlar usuli quyidagi bosqichlardan iboratdir:
oʻxshash obyektlar boʻyicha tuzilgan bitimlar toʻgʻrisida axborot toʻplanadi;
baholash obyektini tanlab olingan analoglari bilan solishtirish elementlari roʻyxati aniqlanadi;
baholanayotgan obyektlar bilan solishtirish elementlari qiymatlarini hisobga olgan holda tuzilgan bitimlarning haqiqiy narxlari tuzatiladi;
taqqoslanayotgan bitimlar boʻyicha tuzatilgan haqiqiy maʼlumotlar asosida baholanayotgan obyektlarning qiymati aniqlanadi.
402. Baholash obyektini bitimlar tuzilgan yoki bozorga chiqarilgan boshqa obyektlar bilan taqqoslash uchun quyidagi taqqoslash elementlari qoʻllaniladi:
baholanadigan obyektga boʻlgan baholanayotgan mulkiy huquqlar hajmi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari bilan bogʻliq bitimlarni moliyalashtirish shartlari (shaxsiy va qarz mablagʻlarining nisbati, qarz mablagʻlarini taqdim qilish shartlari);
analog bilan bogʻliq bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash oʻtkazilgan sanagacha boʻlgan davrda nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari narxlarining oʻzgarishi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari foydalanilgan yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan sanoat tarmogʻi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari hamda analogga boʻlgan taqdim etilayotgan huquqlar amal qiladigan hudud;
baholash obyektining analogga nisbatan funksional, texnologik, iqtisodiy tavsiflari;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlaridan foydalangan holda ishlab chiqarilishi yoki sotilishi mumkin boʻlgan mahsulotga talab;
raqobatlashuvchi takliflarning mavjudligi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) sotishning nisbiy hajmi;
nomoddiy aktivlar, intellektual mulk obyektlari va analogning iqtisodiy foyda keltiradigan muddati (bundan buyon matnda foydali xizmat qilish muddati deb yuritiladi);
ishlab chiqarishda nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini hamda analogni oʻzlashtirish xarajatlarining darajasi;
toʻlov shartlari hamda nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari bilan bogʻliq bitimlarni tuzish holatlari;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarining qiymatiga taʼsir qiluvchi boshqa tavsiflar.
Agar asosiy aktivlari nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari boʻlgan korxonalarning qiymati toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlsa, analog-korxonalar usulidan foydalanish mumkin.
3-§. Daromad yondashuvi
403. Daromad yondashuviga koʻra, nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektlari qiymati uning foydali xizmat qilish muddati davomida oʻlchanadigan daromadlar, pul oqimlari yoki nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarining xarajatlari qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
404. Nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektlarini baholashda daromad yondashuvini qoʻllash zarurligini aniqlashda baholovchilar 6-son MBS talablariga muvofiq harakat qilishlari kerak.
405. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari bilan bogʻliq daromad tovarlar yoki xizmatlar uchun toʻlanadigan narxga kiritiladi. Daromad yondashuvining usullari baholanayotgan nomoddiy aktiv bilan bogʻliq boʻladigan iqtisodiy foydani ajratish uchun qoʻllaniladi.
406. Daromad yondashuvi nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini baholashda eng koʻp qoʻllaniladigan usul hisoblanadi va daromad keltiruvchi nomoddiy aktivlar hamda intellektual mulklarni baholashda undan foydalaniladi. Daromad yondashuvidan quyidagilarni baholashda foydalaniladi:
texnologiyalar;
mijoz bilan bogʻliq nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari (masalan, bajarilmagan (kelgusidagi buyurtma jurnallari, kontraktlar, shartnomaviy munosabatlar);
savdo nomlari, tovar belgilari, brendlar;
faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalar (masalan, franchayzing haqida kelishuvlar, foydali qazilmalarni kavlab olishga, qurilishga litsenziyalar va h.k.);
raqobatni cheklash haqidagi kelishuvlar.
407. Baholash obyekti qiymatini daromad yondashuvi bilan baholash uchun baholovchi tomonidan baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni baholash sanasidagi qiymatning yagona miqdoriga aylantirishga asoslangan quyidagi usullardan biri qoʻllanadi:
toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli;
POD usuli.
408. Daromad yondashuvi nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan daromad (foyda) olish uchun qoʻllanilishi mumkin. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanish huquqini maʼlum vaqt ichida boshqa shaxsga berish natijasida olinadigan mablagʻlarning kirib kelishi va chiqib ketishi (bundan buyon matnda pul oqimlari deb ataladi) oʻrtasidagi farq nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan olinadigan daromad hisoblanadi.
409. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan muayyan vaqt davri mobaynida, bir-biriga teng yoki bir xil surʼatlarda oʻzgarib turadigan pul oqimlarini keltirib chiqaradigan baholash obyektlari uchun qiymatning miqdori kelgusidagi pul oqimlarini toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan belgilanadi.
410. Bozor qiymatini toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan aniqlash quyidagi bosqichlardan iborat:
baholash obyektidan foydalanish natijasida hosil boʻlgan, baholash sanasidan keyingi yillik pul oqimini aniqlash;
baholash obyektidan foydalanishdan olinadigan pul oqimlarini kapitallashtirishning tegishli stavkalari summasini aniqlash;
baholash obyektidan foydalanishdan olinadigan pul oqimlarini kapitallashtirish yoʻli bilan baholash obyektining bozor qiymatini hisoblab chiqish.
411. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan keladigan pul oqimlari bir maromda boʻlmagan taqdirda, qiymat miqdori POD usuli bilan aniqlanadi.
412. Bozor qiymatini POD usuli bilan aniqlash quyidagi bosqichlardan iborat:
baholash obyektidan foydalanishdan olinadigan pul oqimlarining hajmi va tuzilmasini aniqlash;
tegishli diskontlash stavkasining miqdorini aniqlash;
baholanayotgan obyektdan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan POD usuli yordamida baholanayotgan obyektning bozor qiymatini hisoblash.
413. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan olinadigan daromad (pul oqimlari)ni tuzish uchun baholovchilar tomonidan quyidagi asosiy usullardan biri qoʻllaniladi:
ortiqcha foyda olish usuli;
royaltidan ozod qilish usuli;
foydadagi ustunlik usuli (oldin va keyin usuli);
Grinfild usuli;
distribyutor usuli;
sotish hajmidagi ustunlik usuli;
tannarxdagi yutuq usuli;
litsenziatning foydasidan litsenziarning ulushini ajratish usuli;
ekspert yoʻli bilan foyda ulushini ajratish usuli.
414. Ortiqcha foyda usuliga muvofiq nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektining qiymati baholanayotgan nomoddiy aktiv bilan bogʻliq pul oqimlarini hosil qilish uchun zarur boʻlgan boshqa aktivlar (yordamchi aktivlar) ulushidan joriy qiymatni chiqarib tashlash orqali aniqlanadi. Ortiqcha foydalar usuli aksariyat hollarda xaridordan biznesni sotib olishning umumiy qiymatini moddiy aktivlar, identifikatsiyalanadigan nomoddiy aktivlar va gudvill oʻrtasida taqsimlash talab etilganda qoʻllaniladi.
415. Yordamchi aktivlar baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari bilan bogʻliq moʻljallanayotgan pul oqimlarini toʻplashda baholanayotgan nomoddiy aktiv bilan birgalikda foydalaniladigan aktivlar hisoblanadi. Moʻljallanayotgan pul oqimlarini shakllantirishda ishtirok etmaydigan aktivlar yordamchi aktivlar hisoblanmaydi.
416. Ortiqcha foyda usulidan prognoz qilinayotgan pul oqimlarini diskontlashni qoʻllagan holda yoki prognoz qilinayotgan pul oqimini kapitallashtirish yoʻli bilan foydalanish mumkin.
417. Prognoz qilinayotgan pul oqimlarini kapitallashtirish usuli nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyekti barqaror ishlayotgan va barqaror oʻsish/pasayish surʼatlari, oʻzgarmagan rentabellik normalari va yordamchi aktivlar/hisob-kitoblarning doimiy darajalariga ega boʻlgan taqdirdagina mos keladi.
418. Aksariyat nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarining xizmat qilish muddati oʻsish/pasayishning notekis xususiyatiga ega boʻlganligi sababli POD usuli ortiqcha foyda olishning eng koʻp ishlatiladigan usuli hisoblanadi.
419. Ortiqcha foyda usulini qoʻllash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
koʻrib chiqilayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari hamda tegishli yordamchi aktivlar bilan bogʻliq kelgusi daromadlarning hajmi va muddatlarini prognoz qilish;
baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektidan hamda tegishli yordamchi aktivlardan daromad olish uchun zarur boʻlgan xarajatlar hajmi va ularning kelib chiqish muddatlarini prognoz qilish;
prognoz qilinayotgan daromadlar va xarajatlarni shakllantirish uchun talab qilinmaydigan yangi nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektlarini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarni bartaraf etish uchun xarajatlarga tuzatishlar kiritish. Ortiqcha foyda usuli boʻyicha rentabellik koʻrsatkichlari barcha biznes uchun rentabellik koʻrsatkichidan yuqori boʻlishi mumkin, chunki ortiqcha foyda usuli muayyan yangi nomoddiy aktivlarga investitsiyalarni hisobga olmaydi;
prognoz qilinadigan daromad va xarajatlarga erishish uchun zarur boʻlgan yordamchi aktivlarni aniqlash. Yordamchi aktivlar aylanma kapital, asosiy vositalar, toʻliq butlangan xodimlar personali hamda baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektidan farq qiladigan identifikatsiyalanadigan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektlarni oʻz ichiga oladi;
mazkur aktiv bilan bogʻliq tavakkalchilikni baholash asosida har bir yordamchi aktiv uchun tegishli samara stavkasini aniqlash;
har bir prognoz davrida faqat nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektiga tegishli ortiqcha foyda olish uchun prognoz qilingan yordamchi aktivlar boʻyicha talab etiladigan daromadlar summasidan chegirib tashlanadi;
koʻrib chiqilayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyekti uchun tegishli diskontlash stavkasini aniqlash va ortiqcha foyda yoki uni kapitallashtirish qiymatini hisoblash;
baholash maqsadiga muvofiq boʻlsa, amortizatsiyadan soliqqa oid foydani hisoblash va baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektiga qoʻshish (agar nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari soliq hisobi maqsadlarida amortizatsiya qilinadigan boʻlsa).
420. Ortiqcha foyda usuli boshqa barcha moddiy, joriy va alohida identifikatsiyalangan nomoddiy aktiv hamda intellektual mulk obyektlarining qiymati aniqlangandan keyin faqat eng muhim biznesni tashkil etuvchi nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektiga nisbatan qoʻllanilishi kerak.
421. Daromad yondashuvi doirasida qoʻllaniladigan royaltidan ozod qilish usuli nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektidan foydalanishdan kelajakda olinadigan foydaning joriy qiymatini aniqlashni nazarda tutadi. Bu foyda nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyekti egasi oʻzida mavjud tegishli huquqlar tufayli tejagan royalti toʻlovlari koʻrinishida ifodalanadi.
422. Royaltidan ozod qilish usulida ehtimoliy yillik toʻlovlarning summasi baholash obyektidan foydalanilgan holda chiqarilgan mahsulotlarni (xizmatlarni) sotishdan tushgan yillik tushumni royalti stavkasiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Ushbu royalti toʻlovlari nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan olinadigan sof daromad (pul oqimi) sifatida qabul qilinadi.
423. Royaltidan ozod qilish usulini qoʻllash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
royalti toʻlanishi kutilayotgan davrdagi baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkka boʻlgan huquqlarning samarali foydalanish muddati aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmining prognozi qiymat va natura shaklida tuziladi. Bu koʻrsatkichlarning qiymatlari ehtimoliy royalti toʻlovlarining hisob-kitobi uchun asos hisoblanadi;
royalti stavkasi aniqlanadi;
yillik toʻlovlar (royalti) litsenzion mahsulotlarni (xizmatlarni) sotish hajmidan foiz ajratmalarni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi;
huquqiy muhofaza qiluvchi hujjatni kuchda saqlab turish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar hamda baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektidan foydalanishni tashkiliy-huquqiy taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar aniqlanadi, agarda mavjud boʻlsa;
huquqiy muhofaza qiluvchi hujjatni kuchda saqlab turish hamda baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektining tashkiliy-huquqiy taʼminlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni ayirib tashlash yoʻli bilan royalti boʻyicha sof toʻlovlar oqimlari hisoblab chiqiladi.
424. Royaltidan ozod qilish usuli doirasida nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyekti qiymati bu aktivdan uchinchi taraf litsenziyasi boʻyicha foydalanish emas, balki aktivga egalik qilish tufayli tejalishi moʻljallanayotgan royalti toʻlovlari miqdoridan kelib chiqib aniqlanadi. Ushbu usulni nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyekti egasi mazkur nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqini litsenziya toʻlovi evaziga uchinchi taraflarga berishdan olishi mumkin boʻlgan pul oqimlariga qoʻllaniladigan diskontlangan pul oqimlari usuli sifatida eʼtirof etish mumkin.
425. Royalti stavkasi bozor bitimlariga yoki foydani taqsimlash usuliga (yoki ikkalasiga) asoslanganligidan qatʼi nazar, uni tanlashda baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektining xususiyatlari hamda undan foydalanilayotgan muhit hisobga olinishi kerak. Agar ushbu omillar hisobga olingan boʻlsa, koʻrib chiqilayotgan aktiv uchun mumkin boʻlgan kuzatiladigan bitimlar va/yoki foyda diapazoni doirasida aniq royalti stavkasini tanlash uchun asos boʻladi. Hisobga olish kerak boʻlgan omillarga quyidagilar kiradi:
raqobatbardosh muhit;
baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektining unga boʻlgan huquq egasi uchun ahamiyatliligi;
baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektining hayot sikli.
426. Baholovchi royalti stavkasini tanlashda quyidagilarni ham eʼtiborga olishi kerak:
litsenziya bitimini tuzishda royalti toʻlayotgan ishtirokchilar toʻlovlarni ularning foyda darajasiga hamda ularga litsenziya toʻlovi evaziga berilgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektining ushbu foydaga qoʻshgan hissasiga qarab toʻlash xohishini;
litsenziatga berilgan aniq huquqlar va har qanday cheklovlarni.
427. Foydadagi ustunlik usuli baholash obyektidan foydalanishdan olingan qoʻshimcha foydani hisobga olishga asoslanadi. Foydadagi ustunlik deganda nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni oʻz ichiga olgan mahsulotni sotadigan korxona shunga oʻxshash mahsulotni ishlab chiqaradigan yoki xizmatlarni koʻrsatadigan, ammo bunday nomoddiy aktivlar va intellektual mulkka ega boʻlmagan korxonaga nisbatan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanish bilan bogʻliq qoʻshimcha sof foyda tushuniladi.
Oʻxshash korxonalar boʻyicha bunday axborot boʻlmaganda, bunday taqqoslashni bir korxona doirasida korxonaning baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanishdan oldingi va keyingi faoliyati natijalarini taqqoslash yoʻli bilan amalga oshirish mumkin.
428. Nomoddiy aktivlar, shu jumladan intellektual mulkdan foydalanish natijasida yuzaga keladigan foydadagi ustunlikning shakllanish manbasi quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin:
mahsulot (ish, xizmat) birligiga sotish narxining oshishi;
mahsulot (ish, xizmat)ni natural ifodada sotish hajmining oshishi;
mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish va/yoki sotish bilan bogʻliq xarajatlarning qisqarishi.
429. Grinfild usuliga muvofiq baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektining qiymati baholash sanasida biznesning faqat bitta aktivi baholanadigan nomoddiy aktiv boʻlsa, pul oqimlari prognozlari asosida aniqlanadi.
Boshqa barcha moddiy va nomoddiy aktivlar sotib olingan, shakllangan yoki ijaraga olingan boʻlishi kerak.
430. Grinfild usuli ortiqcha foyda usuliga oʻxshash, biroq bu usulda yordamchi aktivlar hissasini aks ettirish maqsadida yordamchi aktivlarga hisoblashlarni pul oqimidan chegirish oʻrniga baholanayotgan aktivga boʻlgan huquqning egasi yordamchi aktivlarni shakllantirgan, sotib olgan yoki ijaraga olgan boʻlishi kerakligi nazarda tutiladi.
Qoʻshimcha aktivlarni shakllantirishda yoki sotib olishda takror ishlab chiqarish xarajatlari emas, balki ekvivalent foydalilikdagi aktiv bilan almashtirish xarajatlari qoʻllaniladi.
431. Grinfild usulidan franchayzing va eshittirish spektri kabi asosiy (asos boʻluvchi) nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholashda foydalaniladi.
432. Grinfild usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
a) baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyekti baholash sanasida biznes mulkidagi yagona aktiv boʻlishi sharti bilan hamda hajmlarni barqaror darajagacha oshirish uchun zarur vaqt davrini hisobga olgan holda, tushum, xarajatlar prognozlarini tuzish, biznes uchun kapital qoʻyilmalar va aylanma kapitalga ehtiyojlarni prognozlash;
b) koʻrib chiqilayotgan biznes faoliyatini yuritish uchun zarur boshqa barcha aktivlarni sotib olish, yaratish yoki ijaraga olishga kerak boʻlgan investitsiyalarni hisoblab baholash;
v) biznes uchun tegishli diskontlash stavkasidan foydalanish yagona baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyekti mavjudligini hisobga olgan holda baholanayotgan biznes qiymatini aniqlash uchun kelgusidagi pul oqimlarining keltirilgan qiymatini hisoblash;
g) amortizatsiyadan shakllangan soliqqa oid foydani hisoblash va baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektiga qoʻshish, agar bu baholash maqsadlari uchun zarur boʻlsa.
433. Distribyutor usuli koʻp davrli ortiqcha foyda usuli boʻlib, mijozlar bilan bogʻliq nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektlarni baholash uchun foydalaniladi. Distribyutor usulining asosiy konsepsiyasi shundan iboratki, turli yoʻnalishlarda faoliyat yuritadigan tijorat korxonalari har bir faoliyat yoʻnalishidan foyda oladi.
Distribyutor usuli intellektual mulkni ishlab chiqish yoki ishlab chiqarish bilan emas, balki faqat mahsulotni mijozlar oʻrtasida taqsimlash bilan bogʻliq funksiyalarni bajarishi bois, distribyutorlar olgan foyda normasi haqida axborotdan mijozlar bilan bogʻliq nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektlarga tegishli ortiqcha foyda hisob-kitobi asosida baholash uchun foydalaniladi.
434. Distribyutor usuli agar boshqa nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyekti (masalan, texnologiya yoki brend) asosiy yoki eng ahamiyatli nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyekti hisoblansa hamda koʻp davrli ortiqcha foyda usuli boʻyicha baholansa, mijozlar bilan bogʻliq aktivlarni baholashga toʻgʻri keladi.
435. Distribyutor usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
mijozlar bilan amaldagi munosabatlardan kelib chiqib, tegishli tushum prognozlarini tuzish. Bunday prognozlarda mavjud mijozlardan tushumning kutilayotgan oʻsishini, shuningdek mijozlarning ketib qolishi oqibatlarini aks ettirish kerak;
mijozlar bilan biznes munosabatlarini yoʻlga qoʻygan taqqoslanuvchi distribtorlarni aniqlash, ushbu distribyutorlar erishadigan foyda normalarini hisoblash;
distribyutorlik foyda normasini prognozlanayotgan tushumga qoʻllash;
taqsimlash funksiyasiga aloqasi boʻlgan hamda prognozlangan tushum va xarajatlarni taʼminlash uchun zarur yordamchi aktivlarni aniqlash. Bunday distribyutorlikka oid yordamchi aktivlarga aylanma kapital, asosiy vositalar va mehnat resurslari kiradi;
har bir yordamchi aktiv bilan bogʻliq baholashga asoslangan har bir tegishli aktivga mos samara stavkasini aniqlash;
har bir prognozlanadigan davrga nisbatan faqat baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektiga tegishli ortiqcha foydani olish maqsadida yordamchi aktivlarning talab etiladigan daromadlari prognozlangan distribyutorlik foydasi miqdoridan chegirish;
baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyekti uchun tegishli diskontlash stavkasini aniqlash va keltirilgan ortiqcha foyda qiymatini hisoblash;
amortizatsiyadan soliqqa oid foydani hisoblash va uni baholanayotgan nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektiga qoʻshish, agar bu baholash maqsadlari uchun zarur boʻlsa.
436. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan yaratilayotgan pul oqimlari uchun kapitallashtirish stavkasi nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni sotib olish uchun investitsiya qilingan kapital va bu kapitalning qaytishini diskontlash (kapitaldan unum) stavkasi miqdorini hisobga olishi zarur.
437. Diskontlash stavkasi quyidagi usullardan biri bilan hisoblab chiqiladi:
kumulyativ tuzish usuli;
kapitalning oʻrtacha oʻlchangan qiymati usuli;
kapital aktivlarni baholash usuli.
4-§. Xarajat yondashuvi
438. Nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektini baholash uchun xarajat yondashuvi qoʻllanilganda, qiymat oʻxshash yoki oʻxshash foydalilikka ega aktiv bilan almashtirishga ketgan xarajatlar asosida aniqlanadi.
439. Nomoddiy aktiv va intellektual mulk obyektlarini baholashda xarajat yondashuvini qoʻllash zaruratini aniqlash uchun baholovchilar 6-son MBS talablariga rioya etishlari lozim.
440. Xarajat yondashuvi uchinchi tomondan sotib olingan yoki mustaqil ravishda yaratilgan baholanadigan obyektlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
441. Xarajat yondashuvi boshqa baholash yondashuvlarini qoʻllash imkoniyati boʻlmaganda qoʻllanilishi mumkin.
442. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni xarajat yondashuvida baholash uchun xarajatlarning quyidagi turlarini inobatga olish lozim:
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkka boʻlgan mulkiy huquqlarni sotib olish xarajatlari;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish xarajatlari, shu jumladan laboratoriya sinovlari, ilmiy-tadqiqotlar, tajriba-konstruktorlik, loyiha-qidiruv ishlari sarf-xarajatlari;
baholash obyektini yaratishda ishtirok etuvchi tashkilotning (korxonaning) asosiy vositalarining amortizatsiya xarajatlari;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni ishlab chiqarishda foydalanishga tayyor holatga yetkazish xarajatlari;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkdan foydalanish yoki nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni sotish orqali tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni himoya qilish bilan bogʻliq xarajatlar (huquqiy yoki boshqa);
boshqa ehtimoliy xarajatlar.
443. Xarajat yondashuvida nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni baholash uchun quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
baholash sanasiga nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish, sotib olish va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning eskirish miqdori aniqlanadi (mavjud boʻlganda);
tadbirkorlik foydasi aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning qiymati tadbirkorning foydasiga tuzatish kiritilgan xarajatlar miqdori va eskirish summasi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
444. Xarajat yondashuvida quyidagi asosiy usullar qoʻllaniladi:
almashtirish qiymati usuli (oʻxshash obyektlar boʻyicha xarajatlar asosida xarajatlar kalkulyatsiyasi);
yaratish qiymati usuli (haqiqiy xarajatlarni indeksatsiya qilish usuli);
takror ishlab chiqarish xarajatlari qiymati usuli (joriy qiymatlarda xarajatlarning kalkulyatsiyasini modellashtirish).
445. Almashtirish qiymati usulida mijoz aktiv uchun taqqoslanuvchi foydalilik yoki funksionallikka ega boshqa aktiv bilan almashtirish jarayonida sarflanishi mumkin boʻlgandan koʻp pul sarflamaydi.
446. Almashtirish qiymati usuli baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarining yangi aniq nusxasini yaratish mumkin boʻlmaganda, lekin isteʼmolchilik xususiyatlari bilan baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlariga oʻxshash boʻlgan, biroq tashqi koʻrinishi va uning tarkibiy elementlari boʻyicha aynan bir xil boʻlmagan analogi bilan almashtirilishi mumkin boʻlganda qoʻllaniladi.
447. Yaratish qiymati usuli doirasida muqaddam amalda sarflangan baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish qiymatlari indeksatsiya qilish orqali joriy qiymatga keltiriladi. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning qiymati joriy narxlarda baholanadigan va investitsiya uchun foyda stavkasiga koʻpaytirilgan barcha xarajatlarni jamlash bilan aniqlanadi.
448.Yaratish qiymati usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi:
baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulklarni uni yaratish hamda foydalanish uchun tayyor holatga keltirish bilan bogʻliq barcha haqiqiy xarajatlar aniqlanadi;
baholash sanasiga xarajatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab narxlar (inflyatsiya) indeksi summasiga tuzatiladi;
tuzatilgan xarajatlar jamlanadi va qabul qilingan foyda normasiga (investitsiya uchun daromad darajasi) koʻpaytiriladi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarining eskirish miqdori (mavjud boʻlsa) aniqlanadi;
tuzatilgan xarajatlar summasi hamda nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning eskirish miqdori oʻrtasidagi farq sifatida nomoddiy aktivlar, shu jumladan intellektual mulkni yaratish qiymati aniqlanadi.
449. Takror ishlab chiqarish xarajatlari qiymati usuli korxona daromadi miqdorini inobatga olgan holda tiklash xarajatlarini hisoblash asosida nomoddiy aktivlar va intellektual mulkka boʻlgan huquqlarning qiymatini aniqlashni nazarda tutadi. Bunday tiklanish baholash sanasiga baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulklarni joriy qiymat narxlarida toʻliq, asl holatga keltirish bilan bogʻliq (modellashtirish) yaratish xarajatlarini oʻz ichiga oladi.
450. Takror ishlab chiqarish xarajatlari qiymati usuli bilan aniqlangan tiklash qiymati baholash obyektini yaratish uchun haqiqiy maʼlumotlar bilan hujjatli tasdiqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirdagina qoʻllaniladi. Ushbu usulni ishlatishda nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning tiklash qiymati uning yangi aniq nusxasini yaratish uchun zarur boʻlgan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. Ushbu xarajatlar aynan oʻxshash xom ashyo, materiallar, energiya manbalari, tarmoqdagi oʻrtacha mehnatga haq toʻlash va boshqa xarajatlarga nisbatan baholash sanasida amaldagi narxlar asosida hisoblanishi lozim.
451. Takror ishlab chiqarish xarajatlari qiymati usulini qoʻllash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish va rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanishga tayyor holga keltirish bilan bogʻliq barcha zarur xarajatlar aniqlanadi;
baholash sanasiga xom ashyo, materiallar, energiya manbalari, butlovchi buyumlar, tarmoqda tegishli malakaga ega boʻlgan ishchilarning mehnatiga oʻrtacha haq toʻlash boʻyicha axborot hamda baholanayotgan nomoddiy aktivlar va intellektual mulk uchun xos boʻlgan boshqa narsalarga nisbatan narxlar aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni yaratish qiymatining kalkulyatsiyasi aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulk qiymatining tiklash qiymati tadbirkor daromadiga (investitsiya uchun foyda stavkasi) koʻpaytirilgan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi;
nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarining eskirish miqdori (mavjud boʻlsa) aniqlanadi;
baholash obyektining qiymati nomoddiy aktivlar va intellektual mulkning tiklash qiymati hamda eskirish miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
5-§. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
452. Turli baholash yondashuvlari va usullaridan foydalangan holda olingan baholash obyekti qiymatining yakuniy baholash natijalarini muvofiqlashtirish 6-son MBS talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. Nomoddiy aktivlar qiymatini baholashning oʻziga xos xususiyatlari
1-§. Nomoddiy aktivlar uchun diskontlash stavkalari (samara stavkalari)
453. Nomoddiy aktiv uchun diskontlash stavkasini tanlashda baholovchilar baholanayotgan nomoddiy aktiv bilan bogʻliq tavakkalchiliklarga baho berishi lozim.
454. Nomoddiy aktiv bilan bogʻliq tavakkalchiliklarni baholashda baholovchi quyidagi omillarni eʼtiborga olishi kerak:
nomoddiy aktivlar koʻpincha moddiy aktivlarga qaraganda yuqoriroq tavakkalchilik darajasiga ega ekanligi;
agar nomoddiy aktiv tor ixtisoslashgan yoki joriy foydalanishda boʻlsa, bunday aktivning tavakkalchilik darajasi koʻp maqsadli foydalaniladigan aktivlarga qaraganda yuqoriroq boʻlishi mumkinligi;
alohida nomoddiy aktivlarning tavakkalchilik darajasi aktivlar guruhiga (yoki butun biznesga) nisbatan yuqoriroq boʻlishi mumkinligi;
aktivning foydalilik xizmat muddati. Xizmat muddati uzoqroq boʻlgan nomoddiy aktivlar boshqa teng sharoitlarda, yuqoriroq tavakkalchilik darajasiga ega deb qaralishi.
2-§. Nomoddiy aktivning foydali xizmat qilish muddati
455. Nomoddiy aktivning foydali xizmat qilish muddati ayniqsa daromad yondashuvini qoʻllanganda, nomoddiy aktivni baholashning muhim mezonidir. Bu yuridik, texnologik, funksional omillar bilan cheklangan muddat boʻlishi, shuningdek boshqa cheklanmagan xizmat muddatiga ega boʻlgan aktivlarga bogʻliq boʻlishi mumkin.
Nomoddiy aktivning foydali xizmat qilish muddati tushunchasi buxgalteriya va soliq hisobi maqsadlaridagi foydalilik xizmat muddati tushunchasidan farq qiladi.
456. Nomoddiy aktivning foydali xizmat qilish muddatini baholashda yuridik, texnologik, funksional omillar alohida va birgalikda koʻrib chiqilishi lozim.
Masalan, patent bilan himoyalangan farmatsevtika texnologiyasining qolgan xizmat qilish muddati besh yil boʻlishi mumkin, ammo samaradorligi oshgan raqobatdosh dori uch yildan keyin bozorda paydo boʻladi deb taxmin qilish mumkin. Bu esa patentning iqtisodiy hayoti atigi uch yil ekanligini koʻrsatadi. Aksincha, texnologiyaning kutilayotgan xizmat muddati patentning amal qilish muddatidan oshib ketishi mumkin, agar texnologiya bilan bogʻliq nou-xau patent muddati tugagandan soʻng ham u dorivor mahsulot ishlab chiqarishda qiymatga ega boʻlsa.
457. Nomoddiy aktivning foydali xizmat qilish muddatini baholashda baholovchi undan foydalanish yoki almashtirish xususiyatini ham inobatga olishi kerak.
4-bob. Nomoliyaviy majburiyatlar shaklidagi nomoddiy aktivlarning qiymatini baholash
1-§. Umumiy qoidalar
458. Mazkur bob nomoliyaviy majburiyatlarning qiymatini baholashga nisbatan qoʻllaniladigan qoʻshimcha talablarni oʻz ichiga oladi.
459. Diskontlash stavkasini aniqlash va tavakkalchilikka tuzatish kiritish “Baholash yondashuvlari va usullari” 6-son MBS talablariga zid boʻlgan taqdirda, baholovchi mazkur bob talablariga amal qilishi kerak.
460. Ushbu bob maqsadlari uchun nomoliyaviy majburiyatlar tovarlar yoki xizmatlarni taqdim qilish (yetkazish) shaklidagi pulga oid boʻlmagan ijroni talab qiluvchi majburiyatlar deb hisoblanadi.
461. Ushbu bobning doirasiga kiradigan majburiyatlarning roʻyxatiga quyidagilar kiradi:
qoldirilgan daromadlar yoki kelgusi davrlarning shartnomaviy majburiyatlari;
ishlab chiqaruvchilarning kafolatlari;
atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlar;
aktivlarni hisobdan chiqarishga oid majburiyatlar;
sodiqlik dasturlari (chegirmalar yoki bonuslar koʻrinishidagi imtiyozlar yordamida mijozlarni jalb qilish va ushlab turish tizimi);
kommunal xizmatlarni xarid qilish boʻyicha bitimlar;
sud qarorlari va kutilmagan xarajatlar boʻyicha ayrim zaxiralar;
maʼlum bir kompensatsiyalar va kafolatlar;
boshqalar.
462. Maʼlum sharoitlar bilan bogʻliq pulli majburiyatlar ushbu bobning qoʻllanilish sohasiga kirmaydi.
463. Oʻz zimmasiga nomoliyaviy majburiyatlarni oladigan tomon tovarlarni yoki xizmatlarni yetkazib berish bilan bogʻliq harakatlar va tavakkalchiliklar uchun majburiyatlarni bajarish boʻyicha oʻz saʼy-harakatlari uchun foydaning maʼlum qismini talab qiladi.
464. Moliyaviy majburiyatlar bajarilishining yagona usuli mazkur majburiyatlarning pul mablagʻlari bilan bajarilishi hisoblanadi hamda ularning bajarilishi uchun biron bir qoʻshimcha kompensatsiyalar talab qilinmaydi.
465. Tovarlar yoki xizmatlar koʻrsatish majburiyatlarning bajarilishi deb hisoblanadi va bu boradagi harakatlar uchun qoʻshimcha kompensatsiya talab qilinadi. Nomoliyaviy majburiyatlar aktivlar va majburiyatlarni baholashning maʼlum tamoyillari yordamida baholanadi.
466. Quyidagi hollarda nomoliyaviy majburiyatlarni baholashda ular aktiv qiymatlariga ega boʻlmaydi:
nomoliyaviy majburiyatlar kontragent tomonidan tan olingan, roʻyxatga olingan tegishli aktivga ega emas (masalan, atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlar) yoki faqat boshqa aktivlar bilan birga berilishi mumkin (masalan, avtomobil va u bilan bogʻliq kafolat faqat birgalikda beriladi);
nomoliyaviy majburiyatlarga mos boʻlgan aktiv koʻp tomonlarga tegishli boʻlishi mumkin, bunda ularga nisbatan aktivni amaliyotda identifikatsiya qilish va unga nisbatan bahoni kelishish muvofiq boʻlmasligi mumkin;
nomoliyaviy aktivlar va majburiyatlar bozori oʻta nolikvid boʻlib, bu asimmetrik axborotga, talab va taklif narxlari oʻrtasida yuqori spredlarga (farqlarga) hamda majburiyatlar bilan aktivlar oʻrtasida asimmetriyaga olib keladi.
467. Nomoliyaviy majburiyatni tutib turuvchi tashkilotga (korxonaga) taqqoslanmaydigan korxonalar va raqobatchilar koʻrib chiqilayotgan nomoliyaviy majburiyatlarga oid bitimlarni amalga oshiradigan bozor ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Sugʻurta va kafolatlash bilan shugʻullanuvchi korxonalar va boshqa koʻplab subyektlar bunga misol boʻla oladi. Baholovchi nomoliyaviy javobgarlik korxonasi faoliyat yuritadigan sohadan tashqarida bozor yoki ishtirokchilar mavjudligi masalasini koʻrib chiqishi kerak.
468. Nomoliyaviy majburiyatlarni baholash turli maqsadlar uchun amalga oshiriladi. Baholovchi baholash maqsadini va nomoliyaviy majburiyatlarni alohida yoki boshqa aktivlar bilan birga baholash kerakligi yoxud kerak emasligini aniqlashi lozim. Quyidagilar nomoliyaviy majburiyatlarning baholash komponenti sifatida qamrab oladigan holatlar hisoblanadi:
moliyaviy hisobdorlik maqsadlari uchun nomoliyaviy majburiyatlarni baholash biznes, xaridlar va aktivlar sotuvlarini birlashtirish, shuningdek qadrsizlanishning tahlili talab qilinadi;
soliq hisoboti maqsadlari uchun transfertli narxni shakllantirishni, mulk soligʻini rejalashtirishni va ular boʻyicha hisobotlarni tuzishni tahlil qilish, shuningdek soliq solish bilan bogʻliq tahlillar uchun baholash talab qilinadi;
nomoliyaviy majburiyatlar muayyan sharoitlarda baholash tahlilini talab qiladigan sud protsessining predmeti boʻlgan xollarda;
kreditlash va bitimlarni taʼminlash maqsadlari, shuningdek umumiy maslahatlar doirasida va boshqa holatlarda.
469. Baholovchi nomoliyaviy majburiyatlarni baholashda 5-sonli MBSga muvofiq tegishli qiymat turini (qiymat turlarini) tanlashi kerak.
2-§. Nomoliyaviy majburiyatlar qiymatini baholashda qoʻllaniladigan baholash yondashuvlari va usullari
470. Nomoliyaviy majburiyatlarni baholashda “Baholash yondashuvlari va usullari” 6-son MBSda tavsiflangan uchta yondashuvlarning (qiyosiy, daromad va xarajatlar) elementlari qoʻllanilishi mumkin.
471. Baholovchi baholash yondashuvi va usulini tanlashda ushbu bob talablariga rioya qilishi kerak.
3-§. Qiyosiy yondashuv
472. Qiyosiy yondashuvga muvofiq nomoliyaviy majburiyatning qiymati bozor bitimlariga havola qilingan holda belgilanadi (masalan, bir xil yoki analog nomoliyaviy majburiyatlarni koʻzda tutuvchi bitimlar).
473. Nomoliyaviy majburiyatlar bilan bitimlar boshqa aktivlarni ham oʻz ichiga qamrab oladi. Masalan, bizneslarni birlashtirish boʻyicha bitimlar moddiy va nomoddiy aktivlarni ham oʻz ichiga oladi.
474. Alohida nomoliyaviy majburiyatlar bilan bogʻliq bitimlar soni bizneslar va aktivlar bilan bogʻliq bitimlarga nisbatan cheklangan boʻlishi mumkin.
475. Nomoliyaviy majburiyatlar bilan bogʻliq alohida bitimlar mavjud boʻlgan taqdirda, baholovchilar qiymatning tegishli bozor koʻrsatkichlarini hisobga olishi kerak. Bozorga asoslangan bunday koʻrsatkichlar qiyosiy yondashuvni qoʻllash uchun yetarlicha maʼlumot bermasa ham, bozorga asoslangan dastlabki maʼlumotlardan foydalanish boshqa yondashuvlardan foydalanishda koʻproq qoʻllanilishi kerak.
476. Qiymatning bozor koʻrsatkichlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
baholanayotgan nomoliyaviy majburiyatga nisbatan bir xil yoki analog mahsulotlarning taqdim qilinishi boʻyicha uchinchi tomonlardan narxlar va narxlarni shakllantiruvchi omillar;
bir xil yoki analog majburiyatlar uchun uchinchi shaxslar tomonidan chiqarilgan kafolatli majburiyatlar narxlari;
sodiqlikni taqdirlash boʻyicha muayyan majburiyatlar uchun bozor ishtirokchilari tomonidan eʼlon qilinadigan pulli hisob-kitobning belgilangan summasi;
baholanayotgan majburiyatlarga oʻxshash boʻlgan talab qilish huquqi boʻyicha savdo narxi (masalan, shartli ravishda oʻrnini qoplash);
nomoliyaviy majburiyatlarga investitsiya kiritayotgan investitsiya fondlari samaradorligining kuzatilayotgan stavkalari (masalan, ishni sudda koʻrib chiqilishini moliyalashtirish) va boshqalar.
477. Nomoliyaviy majburiyatlar qiymatini baholashga qiyosiy yondashuvni qoʻllash zarurligini belgilashda baholovchilar 6-son MBSga amal qilishi kerak.
478. Bozor narxlariga oid dalillar mavjud boʻlsa, baholovchilar baholanayotgan nomoliyaviy majburiyatlar bilan bitimlarda ishtirok etgan majburiyatlar oʻrtasidagi farqni aks ettirish maqsadida ularga tuzatish kiritish imkoniyatini koʻrib chiqishi kerak. Bunday tuzatishlar baholanayotgan nomoliyaviy majburiyatning oʻziga xos xususiyatlarini bitimda ishtirok etayotgan nomoliyaviy majburiyat oʻrtasidagi farqni aks ettirish imkoniyatini koʻrib chiqish lozim. Bunday tuzatishlar miqdor darajasida emas, faqat sifat darajasida aniqlanishi mumkin. Sifatga oid jiddiy tuzatishlar kiritish zarurati baholash uchun boshqa biron bir yondashuv toʻgʻri kelishiga ishora boʻlishi mumkin.
479. Ayrim hollarda baholovchi bozor narxlariga yoki baholanayotgan nomoliyaviy majburiyatga mos keladigan aktivlarga tayanishi mumkin. Bunda, baholovchi tashkilotning baholanayotgan nomoliyaviy majburiyatni oʻtkazish layoqatini, aktiv va u bilan bogʻliq bahoning xuddi oʻsha yoki boshqa cheklovlarni aks ettirishini, tegishli cheklovlarga tuzatishlarni hisobga olish yoki hisobga olmaslik kerakligini eʼtiborga olishi lozim. Baholovchi oʻtkazishga doir cheklovlar baholanayotgan nomoliyaviy majburiyatning tavsifi (masalan, nolikvid bozor tufayli) yoki tashkilotning tavsifi (masalan, moliyaviy qiyinchiliklar) ekanligini aniqlashi kerak.
480. Qiyoslanadigan bitimlar usuli nomoliyaviy majburiyatlarni baholash uchun qoʻllanilishi mumkin boʻlgan yagona qiyoslash usuli hisoblanadi.
481. Ommaviy bozorda tegishli nomoliyaviy majburiyatga mos boʻlgan qimmatli qogʻozlar muomalada boʻlishi mumkin va bu qiyoslanadigan ommaviy korxonalar usulidan foydalanishga imkon beradi. Bunday qimmatli qogʻozga misol sifatida muayyan mahsulot yoki texnologiyaning samaradorligiga bogʻliq boʻlgan talab qilish huquqini keltirish mumkin.
Jiddiy restrukturizatsiyaga duch kelgan korxonaning aksiyadorlari koʻpincha qayta sotib olinishni talab qilish huquqiga ega boʻlishi mumkin. Bunday huquqlar aksiyadorlar maʼlum vaqt mobaynida muayyan voqea sodir boʻlganda, qoʻshimcha foyda olishini kafolatlaydi.
482. Qiyosiy yondashuv asosida nomoliyaviy majburiyatlarni baholash usul yuqoridan quyiga usuli deb ham ataladi.
483. Yuqoridan quyiga usuli doirasida nomoliyaviy majburiyatlarni baholash dastlabki shart-sharoitlarga asoslanadi va bunda ijro etilayotgan majburiyatlarga nisbatan narx shakllanishiga oid ishonchli bozor dalillari mavjud boʻladi.
484. Nomoliyaviy majburiyatlar bilan bogʻliq boʻlgan tovar yoki xizmatlarni taqdim etish boʻyicha majburiyatlarni bajaruvchi bozor ishtirokchisi nazariy jihatdan xizmatlarning bozor narxidan bajarilayotgan majburiyat boʻyicha qilingan xarajatlarini (ushbu xarajatlarga foyda ulushini qoʻshimcha qilgan holda) chiqarib tashlash orqali ushbu majburiyatni baholay olishi mumkin.
485. Baholanayotgan nomoliyaviy majburiyatning qiymatini baholash uchun bozor maʼlumotlaridan foydalanilsa, diskontlash talab qilinmaydi, chunki diskontlash kuzatilayotgan bozor narxlarida mujassamlanadi.
486. Yuqoridan quyiga usulini qoʻllashda asosiy bosqichlar quyidagilar hisoblanadi:
nomoliyaviy majburiyatning pulsiz bajarilishining bozor narxini aniqlash;
haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar va majburiyatni beruvchi tomon ishlatgan aktivlarni aniqlash;
amalga oshirilgan xarajatlar boʻyicha oqilona foydani aniqlash;
nomoliyaviy majburiyatning pulsiz bajarilishining bozor narxidan xarajatlar va foydani chegirib tashlash.
4-§. Daromad yondashuvi
487. Daromad yondashuvida nomoliyaviy majburiyatning qiymati majburiyatni bajarishga oid xarajat boʻyicha keltirilgan qiymat va majburiyatni olish uchun talab qilinadigan foyda yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
488. Nomoliyaviy majburiyatlarni bajarishda daromad yondashuvini qoʻllash kerak yoki kerak emasligini aniqlashda baholovchi 6-son MBSga rioya qilishi kerak.
489. Daromad yondashuvi doirasida nomoliyaviy majburiyatlarni baholashning asosiy usuli quyidan yuqoriga usuli deb ataladi.
490. Quyidan yuqoriga usuliga muvofiq, nomoliyaviy majburiyat majburiyatni bajarish uchun zarur boʻlgan xarajatlar sifatida baholanib (ular oʻz ichiga maʼlum ustama xarajatlarni qamrab olishi yoki qamrab olmasligi mumkin), ushbu xarajatlar boʻyicha olingan oqilona foydani keltirilgan qiymatga diskontlangan summasi qoʻshiladi.
491. Quyidan yuqoriga usulini qoʻllashda asosiy bosqichlar quyidagilardan iborat:
majburiyatni bajarish uchun zarur boʻlgan xarajatlarni belgilash. Bunday xarajatlar majburiyatni bajarish uchun zarur boʻlgan toʻgʻridan toʻgʻri xarajatlarni, shuningdek tegishli aktivlardan foydalanishda hisoblanadigan ustamalar kabi bilvosita xarajatlarni oʻz ichiga olishi mumkin;
majburiyatni bajarish uchun foydaning ulushini belgilash. Aksariyat hollarda maqsadli foyda (qayd qilingan summa, qiymat yoki xarajatlarga sarflarning foizi) sifatida ifodalanishi mumkin boʻlgan, muayyan xarajatlarga moʻljallanayotgan foydaning ulushini hisobga olish maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin;
ijro muddatini belgilash va keltirilgan qiymatga diskontlash. Diskontlash stavkasida pullarning vaqt bilan bogʻliq qiymatini va ijro etmaslik tavakkalchiligini hisobga olish zarur;
majburiyatlarni ijro etish xarajatlari tushum foizi orqali olingan boʻlsa, baholovchilar ijro etish xarajatlarini diskontlashning bilvosita taʼsiriga kiritish kerakligini koʻrib chiqish zarur.
5-§. Nomoliyaviy majburiyatlar qiymatini baholashda diskontlash stavkasini aniqlash qoidalari
492. Daromadli yondashuvning fundamental asosini investorlar oʻz investitsiyalaridan foyda olishni kutishi va bunday foyda investitsiyalarning taxmin qilingan xavf darajasini aks ettirishi kerak.
493. Diskontlash stavkasida pullarning vaqt bilan bogʻliq qiymatini va majburiyatlarning ijro etilmaslik tavakkalchiligini hisobga olish zarur. Ijro etilmaslik tavakkalchiligi kontragentning tavakkalchilik funksiyasi (yaʼni, majburiyatni ijro etishga majbur tashkilotning (korxonaning) kredit tavakkalchiligi) hisoblanadi.
494. Ayrim hollarda baholovchi bajarilmagan majburiyatlar tavakkalchiligini hisobga olish maqsadida pul oqimlariga tuzatishlar kiritishi mumkin.
495. Bozor ishtirokchisi majburiyatni bajarish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni jalb qilish uchun toʻlashi kerak boʻlgan miqdor majburiyatlar bajarilmasligi xavfini miqdoriy baholash toʻgʻrisida tushuncha berishi mumkin.
496. Ayrim moliyaviy majburiyatlarning davomli xarakterini hisobga olib, baholovchi pul oqimlarida inflyatsiyaning hisobga olinganlik masalasini koʻrib chiqishi hamda diskontlash va pul oqimlarini baholash stavkasi qiyosiy asosda olinganligini kafolatlashi lozim.
6-§. Nomoliyaviy majburiyatlar qiymatini baholashda pul oqimlarini va tavakkalchilik uchun ustamalarni (marjani) aniqlash qoidalari
497. 6-son MBSning 160 — 166-bandlarida belgilangan qoidalar nomoliyaviy majburiyatlarni baholashda va nomoliyaviy majburiyatlar bilan bogʻliq baholashlarga tatbiq qilinmasligi mumkin. Nomoliyaviy majburiyatlarni baholashda baholovchilar ushbu boʻlimda keltirilgan qoidalarni qoʻllashi kerak.
498. Nomoliyaviy majburiyatlarga oid pul oqimlarining prognozlari oʻlchangan va kuzatilishi mumkin boʻlgan pul oqimlariga oid bir necha ssenariylarni modellashtirishni oʻz ichiga qamrab oladi. Ushbu usul ssenariyli tahlil usuli deb ataladi. Ssenariyli tahlil usuli oʻz ichiga modellashtirishning ayrim usullarini xususan, Monte-Karlo modellashtirish usulini qamrab oladi.
Ssenariyli tahlil usuli shartnomada kelgusi toʻlovlar belgilanmagan, kelgusida sodir boʻladigan voqealardan kelib chiqib oʻzgarishi mumkin boʻlgan hollarda qoʻllaniladi.
Nomoliyaviy majburiyatlar boʻyicha pul oqimlari tizimli xavflarga duch kelganda, baholovchi boshqa asoslangan usullardan foydalanishi mumkin.
499. Pul oqimlarini baholash jarayonida quyidagi farazlar hisobga olinishi mumkin:
koʻrib chiqilayotgan majburiyatni ijro etishga zarur boʻlgan vazifalarni bajarishda uchinchi tomon uchun yuzaga keladigan xarajatlar;
uchinchi tomon majburiyatini berishda narxni belgilashga kiritadigan boshqa summalar (masalan, ustama xarajatlar, uskuna uchun haq toʻlash, foyda darajasi va x.k.);
uchinchi tomon xarajatlarining summasi va uning muddati turli ssenariylarda va ushbu ssenariylarning nisbiy ehtimolligida qanday oʻzgarishi koʻrsatkichi;
uchinchi tomon talab qiladigan, noaniqlik va kutilmagan holatlar xavfi uchun olishi mumkin boʻlgan narx.
500. Kutilayotgan pul oqimlari aktivdan kutilayotgan pul oqimlarini hisobga olgan boʻlsada, ular bozor ishtirokchilari bunday pul oqimlarining noaniqligini taʼminlash uchun talab qiladigan kompensatsiyani hisobga olmaydilar.
501. Diskontlash stavkasi bilan qiymat oʻrtasidagi teskari bogʻliqlikni hisobga olib, diskontlash stavkasiga prognozli xavfni aks ettirish uchun tuzatish kiritish zarur (yaʼni, summaga va pul oqimlarini toʻlash muddatiga nisbatan noaniqlik bilan bogʻliq tavakkalchilik uchun kompensatsiya).
502. Prognozli xavfni diskontlash stavkasiga tuzatish kiritish orqali aks ettirish mumkin. Biroq, mazkur usulni qoʻllash amaliyotda cheklanganligini nazarda tutish lozim. Bunda, baholovchi pul oqimida xavf uchun ustama (marja) kiritishni emas, balki diskontlash stavkasiga tuzatish kiritishni asoslab berish kerak.
503. Xavf uchun ustamani aniqlashda baholovchi quyidagilarni bajarishi lozim:
xavf ustamasini aniqlash uchun ishlatiladigan usulni hujjatlashtirish va asoslash;
xavf uchun ustamani aniqlash boʻyicha dalillarni keltirish, shu jumladan muhim boshlangʻich maʼlumotlarni identifikatsiya qilish va ularning chiqarilishini yoki olish manbasini asoslab berish.
504. Pul oqimlari tarkibidagi xavf uchun ustamani aniqlashda baholovchi quyidagilarni hisobga olishi zarur:
aktivning hayot muddati (amal qilish muddati, qoplanish muddati) va u boʻyicha maʼlumotlarning kelishilganligi;
aktivning geografik joylashuvi va/yoki u sotiladigan bozorlarning joylashuvi;
prognoz qilingan pul oqimlari denominatsiya qilingan valyuta;
prognozda hisobga olinadigan pul oqimining turi (kutilayotgan pul oqimlari, ehtimoliy pul oqimlari, shartnomaviy pul oqimlari va boshqalar).
505. Pul oqimi tarkibidagi xavf uchun ustamani (marjani) belgilashda baholovchi majburiyatlarni ijro etish boʻyicha kutilayotgan xarajatlar va bunday ijro uchun tavakkalchilik boʻyicha ustamaga (marja) ishonch qanchalik kam boʻlsa, tavakkalchilik boʻyicha ustama (marja) shunchalik yuqori boʻlishi kerakligini hisobga olishi lozim.
506. Baholovchi oqilona asoslarda foydalanish mumkin boʻlgan barcha maʼlumotlarni hisobga olishi kerak.
7-§. Oʻtkazishga qoʻyiladigan cheklovlar
507. Nomoliyaviy majburiyatlar oʻtkazish yoki berishga oid cheklovlarga ega boʻladi. Bunday cheklovlar oʻz xarakteriga koʻra shartnomaviy boʻlishi yoki baholanayotgan nomoliyaviy majburiyatga nisbatan nolikvid bozor funksiyasi boʻlishi mumkin.
508. Bozor maʼlumotlariga tayangan holda, baholovchi koʻrib chiqilayotgan nomoliyaviy majburiyatlarning oʻtkazilishi yoki berilishi imkoniyatini hisobga olishi hamda baholashga majburiyatlarni berish boʻyicha mavjud cheklovlarni aks ettiruvchi biron-bir tuzatishlar kiritish kerakligini koʻrib chiqishi lozim.
509. Daromad yondashuvini qoʻllashda baholovchi majburiyatlarni berish paytidagi cheklovlarni hisobga olish uchun investor qoʻshimcha ustama (marja) talab qilishini aniqlashi kerak.
8-§. Soliqlar
510. Baholovchilar nomoliyaviy majburiyatlarni baholashda soliq toʻlangunga qadar boʻlgan pul oqimlari va diskontlash stavkasidan foydalanishi kerak.
511. Ayrim hollarda soliq toʻlangandan keyingi pul oqimlarini va diskontlash stavkalarini hisobga olgan holda tahlil qilish maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin. Bunday holatlarda baholovchi foyda soligʻini toʻlagandan keyingi baza boʻyicha olingan boshlangʻich maʼlumotlardan foydalanishni asoslab berishi yoki soliq toʻlagandan keyingi baza boʻyicha baholardan foydalanishni taqozo qiluvchi meʼyoriy hujjatlarni va boshqa hujjatlarni qayd etishi kerak.
512. Agarda soliq toʻlangandan keyingi baza boʻyicha maʼlumotlardan foydalanilsa, baholashda prognozli pul chiqib ketishi tufayli yaratiladigan soliq amortizatsiyasidan olinadigan foydani hisobga olish maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin.
9-§. Xarajat yondashuvi
513. Nomoliyaviy majburiyatlar uchun xarajat yondashuvi cheklangan holda qoʻllaniladi, chunki bozor ishtirokchilari majburiyatlarni ijro etishdan foyda olishni kutadi.
514. Xarajatli yondashuvni nomoliyaviy majburiyatlarni baholashda qoʻllash kerakligini aniqlashda baholovchilar 6-son MBSdan foydalanishi kerak.
XIII boʻlim. Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholash (12-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
515. “Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 12-son MBS deb yuritiladi) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholash jarayoniga qoʻyiladigan asosiy talablar va ushbu jarayonning xususiyatlarini belgilaydi.
516. Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholash 1 — 7-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. 12-son MBS tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
517. Baholovchilar tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholashda YAMBSning 7-ilovasida keltirilgan metodikadan foydalanishlari mumkin.
518. 12-son MBS usullari bilan aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar qiymati ushbu mulkning belgilangan tartibda moliyaviy hisobotlar uchun aniqlangan qiymatidan jiddiy farq qilishi mumkin.
Tovar-moddiy zaxiralar oʻz tarkibiga faqat tarixiy xarajatlarni olib, ishlab chiqarish jarayonida olingan va ishlab chiqarishda foydalanadigan aktivlarning (shu jumladan, aylanma kapital, asosiy vositalar, uskuna va nomoddiy aktivlar) daromadliligini aks ettiruvchi foyda balans qiymatiga kapitallashtirilmaydi. Bunda, tovar-moddiy zaxiralarning aniqlangan bozor qiymati balans qiymatidan farq qiladi va undan yuqori boʻlishi mumkin.
519. 12-son MBSga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholashda sotuvlardan keyingi xarajatlar, foyda va shartnomalarni rasmiylashtirish bilan bogʻliq xarajatlar hisobga olinmaydi.
520. Tovar-moddiy zaxiralar deganda keyinchalik sotish maqsadida saqlab turiladigan yoki ishlab chiqarish jarayonida boʻlgan, mahsulot ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan yoxud maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan quyidagi koʻrinishdagi moddiy aktivlar tushuniladi:
sotish uchun moʻljallangan tayyor mahsulot, tovarlar, shu jumladan, yoʻldagi tovarlar;
tugallanmagan ishlab chiqarish;
ishlab chiqarish jarayonida foydalanish yoki ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish maqsadlari uchun moʻljallangan xom ashyo, materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlar, konstruksiya va detallar, yoqilgʻi, tara va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, boshqa moddiy zaxiralar.
521. Baholashga oid vazifa va zarur axborotni toʻplash mazkur YAMBSning tegishli MBS talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2-bob. Axborotlarni toʻplash va tahlil qilish
522. Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholashda korxonaning buxgalteriya hisobi va hisobot hujjatlari asosiy axborot manbai hisoblanadi.
523. Baholash obyektining qiymatini baholashda buyurtmachi baholovchiga quyidagilarni taqdim etadi:
baholash sanasidan oldingi moliyaviy hisobot hujjatlarining nusxalari hamda tovar-moddiy zaxiralarning miqdori va hisobga olish maʼlumotlarini (narxlar toʻgʻrisida axborotlar va h.k.) oʻz ichiga olgan hujjatlar;
tovar-moddiy zaxiralari moddasi, shu jumladan ularning miqdori va oʻlchov birligi boʻyicha buxgalteriya maʼlumoti;
sifat tavsiflarini koʻrsatgan holda tovar-moddiy zaxiralar holatining dalolatnomasi;
baholash obyektiga taalluqli boʻlgan boshqa hujjatlar.
Zarur xollarda baholovchi tomonidan tovar-moddiy zaxiralarini yuridik shaxslarning balansiga qabul qilish uchun asos boʻluvchi hujjatlar nusxalari (shartnomalar, qabul qilish dalolatnomalari va h.k.) soʻrab olinishi mumkin.
524. Baholovchi tomonidan qoʻllaniladigan baholash usullari bozor holati va dinamikasi, shuningdek baholash obyekti boʻyicha bitimlar haqidagi (sanasi, narxi, narxni shakllantiruvchi omillar, axborot manbai va boshqalar) axborotdan foydalanishni talab etsa, baholovchi baholash obyektiga tegishli boʻlgan bozor segmenti toʻgʻrisida umumiy axborotni yigʻishi kerak.
3-bob. Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholashda qoʻllaniladigan baholash yondashuvlari va usullari
525. Tovar-moddiy zaxiralarni baholash xarajat va qiyosiy yondashuvlarni qoʻllagan holda amalga oshiriladi. Baholash yondashuvi va usulini qoʻllashda 6-son MBS talablariga rioya etilishi shart.
526. Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat yondashuvi bilan baholashda quyidagi usullar qoʻllaniladi:
almashtirish usuli;
qiymatni indeksatsiya qilish usuli;
oʻrtacha hisoblangan qiymat usuli;
oʻrtacha narx boʻyicha baholash usuli.
527. Almashtirish usuli ishlab chiqaruvchi korxonaning narxlarini (sotish narxi, preyskurant boʻyicha narx va boshqalar) ustama xarajatlari (toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita) qiymatini hisobga olgan holda aniqlashga asoslanadi.
528. Qiymatni indeksatsiya qilish usuli qimmatlashishning statistik indekslarini hisobga olgan holda tovar-moddiy zaxiralarning dastlabki qiymatini qoʻshimcha baholash orqali tiklash qiymatini aniqlashni nazarda tutadi.
529. Oʻrtacha hisoblangan qiymat usuli bilan hisoblash tovar-moddiy zaxiralarning turidan kelib chiqib guruhlar va kichik guruhlar tuzishni nazarda tutadi hamda tovar-moddiy zaxiralar qabul qilib olingan vaqtdagi narxlar oʻzgarishi dinamikasiga asosan ularga salmoqlarni berishga asoslanadi.
530. Oʻrtacha narx boʻyicha baholash usuli tovarlarning turdosh guruhlariga nisbatan tovar birligining oʻrtacha qiymatini hisob-kitob qilish yoʻli bilan qoʻllaniladi. Tovar narxlari sezilarli oʻzgarib turganda ushbu usulni qoʻllab boʻlmaydi.
531. Xarajat yondashuvi usullarini tovar-moddiy zaxiralarni baholash doirasida qoʻllashda tiklash qiymati yoki almashtirish qiymati tovar qiymatini yoʻqotish summasiga tuzatiladi.
Tovar-moddiy zaxiralar doirasida tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini baholaganda, tovar qiymatining yoʻqotish summasiga tuzatish kiritilmaydi.
532. Qiyosiy yondashuv oʻxshash obyektlarning sotilishi (yoki taklifi) toʻgʻrisidagi bozor axborotidan tovar bozorida foydalanishni anglatadi. Bunda, sotish (yoki taklif) narxlariga baholash obyekti va analog tavsiflaridagi tafovutlarni hisobga olgan holda tuzatish kiritiladi.
533. Qiyosiy yondashuv tovar-moddiy zaxiralarni ularning analoglari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli orqali qoʻllaniladi.
534. Qonunchilik hujjatlari bilan qayta sotilishi taqiqlangan, monopol va yuqori likvidli tovarlar turlarining qiymatini baholashda qiyosiy yondashuvdan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
535. Bir nechta baholash yondashuvlaridan foydalanilganda, baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash uchun olingan natijalarni muvofiqlashtirish 6-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi.
XIV boʻlim. Mashina va uskunalar qiymatini baholash (13-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
536. “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 13-son MBS deb yuritiladi) mashina va uskunalar qiymatini baholash jarayoniga qoʻyiladigan asosiy talablar hamda ushbu jarayonning xususiyatlarini belgilaydi.
537. Mashina va uskunalar qiymatini baholash 1 — 7-son MBSlar talablari asosida amalga oshiriladi. 13-son MBS mashina va uskunalar qiymatini baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
538. Baholovchilar mashina va uskunalarni baholashda YAMBSning 8-ilovasida keltirilgan metodikadan foydalanishlari mumkin.
539. Agar mashina va uskunalarni nomoddiy aktivlardan (dasturiy vositalar, ixtisoslashtirilgan maʼlumotlar bazalari, litsenziyalar, texnik hujjatlar va h.k.) foydalanmasdan ishlatish imkonsiz boʻlsa, u holda baholashga oid vazifaga qarab nomoddiy aktivlar qiymati alohida yoki mashina va uskunalar qiymati tarkibida hisobga olinishi kerak.
bitta alohida olingan mashina va uskuna yoki mashina va uskunaning muayyan qismi;
mashina va uskunalarning bir-biridan shartli ravishda mustaqil boʻlgan birliklari (ishlab chiqarish-texnologik tizim yoki liniyaning bir qismi);
ishlab chiqarish-texnologik tizimlari (ishlab chiqarish-texnologik jarayon bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan mashina va/yoki uskunalarning majmuasi).
541. Mashina va uskunalarga tegishli foydalanish huquqini baholashda (masalan, ijara shartnomasi asosida) ham ushbu MBS talablariga rioya qilish kerak.
2-bob. Baholashga oid vazifa, axborotni toʻplash va tahlil qilish hamda farazlar
542. Baholashga oid vazifa va baholash uchun zarur boʻlgan axborotni toʻplash 2 va 3-son MBSlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
543. Ahamiyatli axborot xususiyati va manbasiga qoʻyilgan talablarga rioya etish maqsadida quyidagi masalalar koʻrib chiqilishi kerak:
baholanayotgan mashina va uskunalar guruhining tarkibi (har bir mashina va uskuna birligi boʻyicha ularni identifikatsiya qilish uchun yetarli boʻlgan maʼlumotlarni koʻrsatgan holda);
mashina va uskunalardan foydalanish uchun zarur boʻlgan nomoddiy aktivlarni (bunday aktivlar mavjud boʻlgan taqdirda) hisobga olish boʻyicha axborot.
544. Baholovchi aktivning boshqa aktivlarga birlashtirilishi yoki integratsiyalanishi darajasini hisobga olishi zarur. Masalan:
aktivlar yerga mustahkam bogʻlangan boʻlishi, aktivning oʻzini yoki unga birikkan konstruksiya yoki binoga jiddiy shikast yetkazmasdan koʻchirib boʻlmasligi mumkin;
alohida mashina integratsiyalangan ishlab chiqarish liniyasining bir qismi boʻlishi, uning ishlashi boshqa aktivlarga bogʻliq boʻlishi mumkin;
uskuna mulkning tarkibiy qismi sifatida tasniflashi mumkin (masalan, isitish, ventilyatsiya va havoni konditsionerlash tizimlari). Bunda, baholashda nimalar hisobga olinishi yoki hisobga olinmasligi aniq belgilab olinishi zarur.
545. Binoda kommunal xizmatlarni taʼminlash yoki koʻrsatish bilan bogʻliq mashina va uskunalar bino bilan bitta yaxlitlik hosil qilib, oʻrnatilgandan keyin ularni binodan ajratib boʻlmaydi.
Bu obyektlar koʻchmas mulkka boʻlgan mulkiy huquqlar tarkibiga kiritiladi. Ushbu obyektlarning asosiy funksiyasi binoni elektr energiyasi, gaz, isitish, sovutish yoki ventilyatsiya bilan taʼminlash hisoblanadi.
Agar baholash maqsadi uchun bunday obyektlarni alohida baholash zarur boʻlsa, baholashga oid vazifada alohida baholanishi kerak boʻlgan obyektlarning qiymati koʻchmas mulkka boʻlgan mulkiy huquqlar tarkibiga kiritilishi va alohida sotilmasligi haqida koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
546. Mashina va uskunalarning funksionalligi va ularni tashish shartlari turlicha boʻlgani bois, aktivlarni baholashdagi vaziyatlar va holatlarni bayon qilish uchun qoʻshimcha quyidagicha farazlarni ham koʻrib chiqish zarur:
mashina va uskunalar ular oʻrnatilgan joyda yaxlit holatda hamda amaldagi biznesning bir qismi sifatida baholanadi;
mashina va uskunalar ular oʻrnatilgan joyda yaxlit holatda, ammo ishlab chiqarish faoliyati hali boshlanmagan degan farazdan kelib chiqib baholanadi;
mashina va uskunalar ular oʻrnatilgan joyda yaxlit holatda, ammo korxona yopilayotganligi haqidagi farazdan kelib chiqib baholanadi;
mashina va uskunalar ular oʻrnatilgan joyda yaxlit holatda, ammo ularni sotishga majbur boʻlishganligi haqidagi farazdan kelib chiqib baholanadi;
mashinalar va uskunalar ularni oʻrnatish joyidan koʻchirish maqsadida alohida baholanadi.
3-bob. Mashina va uskunalar qiymatini baholashda qoʻllaniladigan baholash yondashuvlari va usullari
547. Mashina va uskunalar qiymatini baholashda baholovchi 5-son MBSga muvofiq tegishli qiymat turi(lari)ni tanlashi lozim.
548. Mashina va uskunalar qiymatini baholash qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlari asosida 6-son MBS talablariga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Har bir baholash yondashuvi doirasida 6-son MBSda belgilangan baholash usullarini tanlashni baholovchi baholash maqsadi, baholash obyektining xususiyati va foydalanish imkoniyatlari, cheklovchi shartlar, axborot bazasi mavjudligi va uning toʻliqligidan kelib chiqib mustaqil ravishda amalga oshiradi.
549. Qiyosiy yondashuvdan turdosh boʻlgan mashinalar va uskunalarni baholash uchun foydalaniladi (masalan, sanoat uskunalari, alohida turdagi ofis uskunalari va boshqalar).
Mashina va uskunalarning turlari ixtisoslashtirilgan boʻlib, bunday obyektlarni sotish haqida toʻgʻridan-toʻgʻri dalillar boʻlmaganda, daromad yoki xarajatlar asosidagi bozor axborotlari mavjud boʻlmagan hollarda xarajat yondashuvini qoʻllash lozim.
550. Qiyosiy yondashuv aynan bir xil obyektlar va/yoki analoglarning sotilishiga doir bozor maʼlumotlaridan kelib chiqib, baholash obyektining qiymatini aniqlashga asoslanadi. Aynan bir xil obyekt yoki analog bilan bitimlar toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmaganda, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar takliflari toʻgʻrisidagi axborot asosida qiyosiy yondashuvdan foydalanish mumkin.
551. Mashina va uskunalar qiymatini baholash qiyosiy yondashuvning quyidagi usullari orqali amalga oshiriladi:
sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli
statistik tahlil usuli.
552. Qiyosiy yondashuvda sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli aynan bir-xil yoki analog obyektlar narxiga ularning baholash obyektidan farqlanishiga qarab, tegishli tuzatishlar (qiymat va/yoki foiz) kiritish orqali qoʻllaniladi.
553. Statistik tahlil usuli baholash obyekti bozor qiymatining narxlarni shakllantiruvchi omillarning maʼlum bir toʻplami bilan oʻzaro bogʻliqligini, shuningdek korrelyatsiya va regressiya tahlili usullari bilan amalga oshiriladigan ushbu omillarning oʻzaro bogʻliqligini aniqlashdan iborat.
554. Analoglarni tanlashdagi asosiy talab funksional maqsadiga koʻra tarmoq boʻyicha va konstruktiv-texnologik oʻxshashligi hisoblanadi.
555. Mashina va uskunalar qiymatini baholashda agar aktiv yoki aktiv guruhlariga nisbatan aniq pul oqimlarini taqsimlash mumkin boʻlsa, daromad yondashuvini qoʻllash mumkin (masalan, bozorda sotiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan sanoat moslamasi boʻlgan aktivlar guruhi koʻrib chiqilayotganda).
556. Mashina va uskunalar qiymatini baholashda daromad yondashuvi qoʻllanilgan taqdirda, aktiv(lar) xizmat muddati davomida shakllanishi kutilayotgan pul oqimlari, shuningdek aktivning foydali muddati oxiridagi qiymati hisobga olinishi lozim.
557. Daromad yondashuvi mashina va uskunalarni yalpi biznes doirasida baholashda qoʻllanilmaydi.
558. Daromad yondashuvi quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
559. Foydani toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli baholash obyektidan keladigan foydani joriy qiymatga keltirishga asoslanadi.
Baholanayotgan obyektni ijaraga berishdan olingan yillik pul oqimlari mulkdorning operatsion xarajatlarini chegirgan holda foyda sifatida qaraladi.
Foydani toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli texnologik kompleksdan qatʼi nazar, daromad olishga qodir boʻlgan alohida obyektdan iborat baholash obyektlariga nisbatan qoʻllaniladi.
560. Qoldiq usuli baholash obyekti tomonidan texnologik majmua sifatida yaratiladigan sof operatsion daromadni kapitallashtirishga asoslanadi.
Qoldiq usulini qoʻllashda baholash obyektini umumiy biznesdan mustaqil ravishda ishlab chiqarish va texnologik siklni taʼminlashga qodir boʻlgan va texnologik kompleks sifatida yalpi biznesning ishlab chiqarish birligini oʻz ichiga oladigan alohida, mustaqil mulkiy majmuaga ajratish mumkin.
561. Ishlab chiqarish boʻlinmasini texnologik majmua bilan ajratishning imkoni mavjud boʻlmasa, baholash obyektining qiymatini baholashda daromad yondashuvi qoʻllanilmaydi.
562. Teng samarali funksional analog usuli baholash obyektining qiymatini bozor qiymati maʼlum boʻlgan analoglarning funksional va ishlab chiqarish quvvatlari asosida aniqlashni nazarda tutadi.
563. Mashina va uskunalar qiymatini xarajat yondashuvida baholashda baholash obyektining joriy qiymati tiklash qiymatini (takror ishlab chiqarish qiymati yoki almashtirish qiymati) hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi, unda jamlangan eskirishning aniqlangan elementlari (jismoniy, funksional va iqtisodiy) tufayli yuzaga keladigan qadrsizlanishlar hisobga olinadi.
564. Xarajat yondashuvi koʻproq alohida ixtisoslashtirilgan aktivlarni yoki maxsus maqsadlardagi obyektlarni baholashda qoʻllaniladi.
565. Muayyan holatlarda korxonaning aktivni sotib olish yoki tayyorlashga sarflangan haqiqiy xarajatlari aktivni almashtirish xarajatlari sifatida foydalanish uchun mos kelishi mumkin. Biroq, retrospektiv xarajatlar haqidagi ushbu axborotdan foydalanishdan oldin baholovchi quyidagilarni eʼtiborga olishi lozim:
retrospektiv xarajatlarning yuzaga kelish muddatlari. Bunda, korxonaning haqiqiy xarajatlari eskirgan boʻlishi mumkin yoki baholash sanasiga ularning ekvivalentiga muvofiq boʻlishi uchun inflyatsiya/indeksatsiyani hisobga olgan holda tuzatishlar talab etilishi mumkin;
baholash qiymati. Bunda, baholovchi korxona amalga oshirgan xarajatlar oʻz xususiyatiga koʻra ilgari sodir etilgan bitimlarni yoki foydalanishda boʻlgan mashina va uskunalarni sotib olishni hisobga olish usulini qoʻllashi tufayli tarixiy boʻlmasligi mumkinligi ehtimolini hisobga olishi lozim. Har qanday holatda retrospektiv xarajatlar tegishli indekslardan foydalangan holda baholash sanasiga inobatga olinishi lozim;
qiymatga kiritilgan aniq xarajatlar. Bunda, baholovchi barcha kiritilgan jiddiy xarajatlarni, shuningdek bu xarajatlar baholanayotgan aktiv qiymati shakllanishiga hissa qoʻshgan yoki qoʻshmaganligini hisobga olishi lozim;
bozorga oid boʻlmagan komponentlar. Bunda, bozor ishtirokchilari qilmagan yoki ular qila olmagan xarajatlar, ularga berilmagan chegirmalar yoki qoplamalar hisobga olinmasligi kerak.
566. Tiklash/almashtirish xarajatlari aniqlab olingandan keyin jismoniy, funksional va iqtisodiy eskirishlardan kelib chiqib chegirishlar amalga oshirilishi kerak.
567. Xarajat yondashuvi doirasida mavjud boʻlgan axborotdan kelib chiqib quyidagi usullardan biri qoʻllaniladi:
takror ishlab chiqarish usuli;
almashtirish usuli;
turdosh obyekt narxi boʻyicha hisoblash usuli;
elementma-element hisoblash usuli;
qiymatni indeksatsiya qilish usuli.
568. Takror ishlab chiqarish usuli qiymatni aniqlash uchun analog obyektlarning narxi haqidagi axborotdan foydalanishni nazarda tutadi.
569. Almashtirish qiymatini aniqlash uchun almashtirish usuli bir xil obyektlar yoki analoglar toʻgʻrisidagi narx maʼlumotlarini koʻrib chiqishni, ulardan texnik va texnologik xususiyatlardagi farqlarga asoslangan, shuningdek vaqt oʻtishi bilan narx oʻzgarishini hisobga oluvchi tuzatishlar asosida foydalanishni nazarda tutadi.
570. Turdosh obyekt narxi boʻyicha hisoblash usuli asosiy ishlab chiqarish koʻrsatkichlaridagi farqlanishlarga tuzatishlar kiritish orqali analog-obyekt toʻgʻrisidagi narx maʼlumotlarini (narxi maʼlum boʻlganda) hisobga olgan holda baholash obyekti qiymatini aniqlashga asoslanadi.
571. Elementma-element hisoblash usuli baholash obyektining bozor narxi maʼlum boʻlgan bir nechta agregatlardan iborat boʻlganda, shuningdek texnik agregatlarni yigʻish murakkab boʻlmagan va isteʼmolchining oʻzi tomonidan bajarilishi mumkin boʻlgan hollarda qoʻllaniladi.
572. Qiymatni indeksatsiya qilish usuli joriy narxlarga mos keltirish uchun baholash obyektining bazaviy (boshlangʻich yoki tiklanish) qiymatiga narxlar qimmatlashishining statistik indekslarini qoʻllashga asoslanadi.
573. Mashinalar va uskunalarni xarajat va qiyosiy yondashuvlardan foydalangan holda baholashda baholash sanasidan keyin analog-obyektlar bilan sodir boʻlgan hodisalar toʻgʻrisidagi narx maʼlumotlaridan foydalanishi mumkin (masalan, narxlarni teskari indeksatsiya qilish). Baholovchi baholash kunidan tegishli voqea sodir boʻlgan kungacha narxlar dinamikasini tahlil qilishi va tegishli tuzatishlar kiritishi kerak.
4-bob. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
574. Bir nechta yondashuvlardan foydalanilganda, baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash uchun olingan natijalarni muvofiqlashtirish 6-son MBSga muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Mashina va uskunalar qiymatini baholashning oʻziga xos xususiyatlari
575. Mashina va uskunalar qiymati uni moliyalashtirish usuliga bogʻliq boʻlmaydi. Ayrim hollarda baholashni oʻtkazishda mashina va uskunalarni moliyalashtirish shartlarining usuli va barqarorligini hisobga olish kerak boʻlishi mumkin.
576. Mashina yoki uskunalar qiymatini baholash maqsadidan kelib chiqib majburiyatlar yuklatilgan har qanday aktivlarni identifikatsiya qilish va ularning qiymatini majburiyatlar yuklatilmagan aktivlardan alohida baholash maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin.
577. Operatsion ijara shartlarida saqlab turiladigan mashina va uskunalar obyektlari uchinchi shaxslar mulki boʻlib, ularning ijarasi muayyan mezonlarga mosligi sharti bilan ijarachi aktivlarini baholashda hisobga olinmaydi. Biroq, ushbu aktivlar hisobga olinishi hamda ularning mavjudligi ular bilan birga ishlatiladigan aktivlar qiymatiga taʼsir qilishi mumkin.
XV boʻlim. Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash (14-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
578. “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 14-son MBS deb yuritiladi) xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash jarayoniga qoʻyiladigan asosiy talablar va ushbu jarayonning xususiyatlarini belgilaydi.
579. Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash 1 — 7-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. 14-son MBS xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi. 14-son MBSni qoʻllashda YAMBSning 9-ilovasida keltirilgan metodikadan foydalanilishi mumkin.
Quyidagilar xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash obyektlari (bundan buyon matnda baholash obyekti deb yuritiladi) hisoblanadi:
koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar va yakka tartibdagi uy-joy (uylarning qismlari);
aholi koʻchib kirmagan hamda boʻshatilgan kvartiralar, rekonstruksiya va taʼmirlash tugallangandan keyingi yakka tartibdagi uy-joy (uylarning qismlari);
yangi qurilgan uylardagi kvartiralar.
2-bob. Buxgalteriya hisobi standartlari va moliyaviy hisobotlar bilan bogʻliqlik
580. Mazkur 14-son MBS maqsadlari uchun quyidagi atamalar va taʼriflar qoʻllaniladi:
boshlangʻich qiymat — asosiy vositalarni yaratish (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish boʻyicha qilingan xarajatlarning qiymati, shu jumladan toʻlangan va qoplanmaydigan soliqlar (yigʻimlar), shuningdek aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan yetkazib berish va montaj qilish, oʻrnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlar;
qoldiq (balans) qiymat — jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlangʻich (tiklash) qiymati;
amortizatsiya — foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga tizimli taqsimlash va oʻtkazish koʻrinishida eskirishning qiymat ifodasi.
581. 14-son MBSning moliyaviy hisobot hujjatlaridan asosiy farqi baholash obyektini baholashda qoʻllanadigan qiymatning pul ifodasi tarixiy fakt emas, balki obyektning vaqtning aniq paytidagi foydaliligi bahosidan iborat. Bu baholash qiymati moliyaviy hisobotda aks ettirilgan qiymatdan farq qilishi mumkin.
3-bob. Baholash obyektini baholash
582. Xususiylashtirish maqsadida baholash obyektining qiymatini baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
baholashga oid vazifani belgilash va baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi shartnomani tuzish;
baholash obyektini identifikatsiya qilish;
axborot yigʻish va uni tahlil qilish;
yakuniy qiymatni hisoblash;
baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish.
1-§. Baholashga oid vazifani belgilash
583. Baholashga oid vazifa 2-son MBS talablariga muvofiq tuziladi.
584. Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishda qoldiq balans qiymati aniqlanadi.
2-§. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
585. Baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi taqdim qilingan hujjatlar baholash obyektining haqiqiy holatiga hamda unga boʻlgan mulkiy huquqlariga muvofiqligini belgilaydi. Baholash jarayonida vujudga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy farazlar va cheklovchi shartlarning tahlili oʻtkaziladi.
586. Baholash obyektini identifikatsiya qilish baholovchi tomonidan buyurtmachi va (yoki) u vakil qilgan shaxs taqdim qilgan hujjatlar (uy-joy yoki turar joyga doir inventar hujjatlar yigʻma jildi) asosida baholash obyektini koʻzdan kechirish, oʻlchab koʻrish, fotosuratga olish, uning amalda mavjudligi va haqiqiy holatini oʻrganish, obyektning nomini, joylashgan yerini, miqdor va sifat tarkibini, texnik tavsiflarini hamda baholash obyektining oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tavsiflash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
587. Turar joyning umumiy maydoni qonunchilikka belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
588. Baholovchi tomonidan baholash obyektini identifikatsiya qilish jarayonida toʻplangan maʼlumotlar balansda saqlovchi tomonidan taqdim qilingan kadastr maʼlumotlariga mos kelmasligi aniqlanganda, baholovchi tomonidan turar joy va yordamchi xonalarning texnik tavsifi dalolatnomasi tuziladi hamda balansda saqlovchi vakillari va baholash obyektida yashovchining baholovchi tomonidan kiritiladigan tuzatishlarga ularning roziligini tasdiqlovchi imzolari qoʻyiladi.
589. Buyurtmachi tomonidan baholash obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tuzatish kiritish rad etilganda yoki ushbu maʼlumotlarga tuzatish kiritish imkoni boʻlmagan taqdirda, baholovchi baholash oʻtkazishni rad qilishi yoki buyurtmachi bilan kelishgan holda baholash obyektining haqiqiy holatidan kelib chiqib, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda taqdim qilingan hujjatlardagi nomuvofiqliklar faktlari hamda baholash obyektining holatini aks ettirgan holda baholashni amalga oshirishi mumkin. Bunda, koʻrsatilgan cheklovchi shartlar inobatga olinib baholash hisoboti tuzilishi kerak.
3-§. Axborot toʻplash va tahlil qilish
590. Axborot toʻplash va tahlil qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
baholash obyektiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlar;
baholash obyektiga doir buxgalteriya hisobi va hisobot maʼlumotlari;
baholash obyektidan foydalanish bilan bogʻliq cheklovlar;
baholash obyekti va uning tarkibiy qismlarining texnik tavsifi va boshqa axborotlar.
591. Baholash obyektlarini baholashda buyurtmachi yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan taqdim qilingan dastlabki axborot, shuningdek baholovchi tomonidan buxgalteriya, birlamchi va statistika hisoblaridan olingan maʼlumotlardan foydalaniladi.
592. Quyidagilar buyurtmachi yoki u vakil qilgan shaxs tomonidan taqdim qilinadigan dastlabki axborot hisoblanadi:
turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan order yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat;
balansda saqlovchining baholash obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi (ishga tushgan yili, balans qiymati, eskirish, qoldiq qiymati, umumiy maydon, foydali maydon va boshqalar);
uy-joy va/yoki turar joy kadastr hujjatlari yigʻma jildining nusxasi.
Baholovchi tomonidan baholash obyektining xususiyatlariga qarab boshqa axborot ham soʻrab olinishi mumkin.
593. Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot xususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat uy-joy fondi obyektining qiymatini baholovchi tomonidan aniqlash uchun ishonchli va yetarli boʻlishi lozim. Buyurtmachi yoki u vakil qilgan shaxs taqdim qilgan axborot, shuningdek bevosita baholovchining oʻzi tomonidan yigʻilgan axborot, axborotni taqdim qilgan tashkilotning rahbari tomonidan imzolangan va tasdiqlangan taqdirda ishonchli hisoblanadi.
594. Baholovchi tashkilot, agarda taqdim qilingan axborot hajmi va sifati 14-son MBS talablariga muvofiq baholashni oʻtkazish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tayyorlash uchun yetarli boʻlmasa, baholash boʻyicha ishlarni bajarishdan bosh tortishga haqlidir.
4-§. Yakuniy qiymatni hisoblash
595. Xususiylashtirish maqsadida baholash obyektining qiymatini baholash baholovchi tomonidan qoldiq balans qiymati usulidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
596. Qoldiq balans qiymati usuli bilan xususiylashtirilishi lozim boʻlgan turar joyning bahosini hisoblashda kvartiralarning umumiy maydoni 1 (bir) kvadrat metrning qiymati uy-joy qoldiq balans qiymatining uyning barcha kvartiralari umumiy maydoni yigʻindisiga nisbati sifatida aniqlanadi. Uy-joyda noturar joylar mavjud boʻlgan taqdirda ularning qiymati va umumiy maydoni hisobdan chiqarib tashlanadi.
597. Agar baholash obyektining yigʻilgan amortizatsiyasi 90 (toʻqson) va undan yuqori foizni tashkil qilgan taqdirda, qoldiq qiymati sifatida boshlangʻich balans qiymatining 10 (oʻn) foizi qabul qilinadi.
598. Turar joyning isteʼmolchilik sifatlari jamlangan koeffitsiyenti baholovchi tomonidan isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yigʻindisini chiqarish yoʻli bilan hisoblanadi.
599. Baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda xususiylashtirilishi lozim boʻlgan turar joyning hisoblangan qoldiq qiymatini hamda turar joyning isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yigʻindisini koʻrsatadi.
5-§. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish
600. Baholash toʻgʻrisidagi hisobot 4-sonli MBS talablariga muvofiq tuzilishi kerak.
601. Baholovchi tashkilot baholashning baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilgan natijalari uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
4-bob. Axborotni oshkor etishga qoʻyiladigan talablar
602. Baholash jarayonida foydalanilgan axborotni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda oshkor etish baholash toʻgʻrisidagi hisobotdan foydalanuvchilar baholash jarayoni va baholash obyektining qiymatini aniqlash uchun baholovchi koʻrgan choralarni tushuna oladigan tarzda amalga oshirilishi lozim.
603. Baholash jarayonida qoʻllanilgan barcha axborot oshkor etilishi lozim, bundan maxfiy xususiyatga ega boʻlgan axborot mustasno. Maxfiy axborotni baholovchi faqat buyurtmachi va (yoki) mazkur axborotni taqdim qilgan shaxslar bilan kelishgan holda yoki sudning tegishli qaroriga binoan oshkor etadi. Foydalanilayotgan axborotning maxfiylik darajasi buyurtmachi va (yoki) mazkur axborotni taqdim qiluvchi yoki unga bevosita aloqador boʻlgan shaxslar tomonidan belgilanadi.
604. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholash obyekti bilan bogʻliq barcha farazlar, cheklovchi shartlar va 14-son MBS talablaridan chetga chiqishlar aks ettiriladi.
605. Baholash retrospektiv sanaga (baholashni amalga oshirish sanasiga mos kelmaydigan) amalga oshirilgan taqdirda, baholash obyektining qiymati faqat retrospektiv sana uchun haqiqiy hisoblanadi.
XV1 boʻlim. Transport vositalari qiymatini baholash (15-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Transport vositalarini baholashning qoidalari
6051. “Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 15-son MBS deb yuritiladi) transport vositalari qiymatini baholash jarayoniga qoʻyiladigan asosiy talablarni, shuningdek ushbu jarayonning xususiyatlarini belgilaydi.
6052. Transport vositalari qiymatini baholash 1 — 7-son MBSlar talablari asosida amalga oshiriladi. 15-son MBS transport vositalari qiymatini baholashga va ularga yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
6053. Baholovchilar transport vositalari qiymatini baholashda YAMBSning 10-ilovasida keltirilgan metodikadan foydalanishlari mumkin.
6054. Mazkur MBS doirasida transport vositasi deganda yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish uchun moʻljallangan qurilmalar tushuniladi (yengil avtomobillar, yuk avtomobillari, avtobuslar, tirkamalar va yarimtirkamalar, maxsus va ixtisoslashtirilgan mashinalarning shassisidagi avtomobillar, qishloq xoʻjaligi va yoʻl-qurilish texnikalari, mototexnikalar (motonaqliyotlar, mopedlar, skuterlar va h.k) va velosipedlar).
6055. Transport vositalari tarkibiga transport vositasi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan mashinalar kiritilmaydi.
6056. 15-son MBS bilan baholanadigan baholash obyektlariga quyidagilar kiradi:
bir birlik transport vositasi;
transport vositasining qismlari, uzellari, agregatlari, detallari va boshqa komponentlari.
2-§. Baholashga oid vazifani belgilash
6057. Baholashga oid vazifa 2-sonli MBS talablariga muvofiq tuziladi.
Transport vositasi qiymatini baholashda basharti baholashni oʻtkazish uchun asos boʻlgan normativ-huquqiy hujjatda yoki baholash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, uning bozor qiymati aniqlanadi.
Bozor qiymatidan farq qiladigan qiymat turini aniqlash zarur boʻlgan hollarda qiymatni qoʻllash va turini aniqlash sabablari baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslangan, ochib berilgan va bayon qilingan boʻlishi kerak.
Qiymat turlarini aniqlashda baholovchi 5-son MBS talablariga amal qilishi kerak.
Shikastlangan transport vositalarini baholashda baholovchi shikastlangan transport vositalarining taʼmirlash (tiklash) qiymatini va transport vositasiga yetkazilgan zarar miqdorini hamda ularning tovar qiymatini yoʻqotishni aniqlaydi.
Baholash obyektlarining bozor qiymatini aniqlashda ularning oldi-sotdisi bilan bogʻliq tashkiliy tadbirlarga (ommaviy savdolar, reklama va boshqalar) xarajatlar hisobga olinmaydi.
3-§. Axborotni toʻplash va tahlil qilish
6058. Baholovchi baholash obyekti haqidagi axborotni va bozor axborotini toʻplash hamda tahlil qilishni baholash yondashuvlari va usullarini tanlash va qoʻllash uchun yetarli boʻlgan hajmda amalga oshiradi.
6059. Baholash obyekti haqidagi dastlabki axborot manbalari quyidagilardan iborat:
buyurtmachi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan taqdim etiladigan dastlabki axborot;
baholovchi tomonidan baholash obyektini koʻzdan kechirish chogʻida olingan axborot;
uchinchi shaxslar va tashkilotlardan olingan, shuningdek ommaviy axborot vositalarida va internet tarmogʻida eʼlon qilingan axborot.
60510. Buyurtmachi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan zaruratga koʻra taqdim etilishi mumkin boʻlgan dastlabki axborot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
baholash obyektining oxirgi hisobot sanasi holatidagi balans qiymati va amortizatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
huquqni belgilovchi hujjatlar;
baholash obyektining texnik va konstruktiv tavsiflarini oʻz ichiga olgan hujjatlar;
baholash obyektining texnik holati haqidagi dalolatnoma;
baholash obyektining tarkibidagi baholanishi kerak boʻlgan qoʻshimcha butlovchilar (agar boʻlsa) haqidagi maʼlumotlar;
baholash obyektiga boʻlgan huquqlarning cheklovlari (cheklanishlari) haqida maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar.
Baholashning maqsadi va baholash obyekti xususiyatlariga qarab, baholovchi buyurtmachidan baholash uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni soʻrab olishga haqli.
60511. Transport vositasini koʻzdan kechirish buyurtmachi yoki mulkdorning rasmiy vakili bilan birga oʻtkaziladi. Baholovchi baholash obyektini koʻzdan kechirganda, uni identifikatsiya qiladi.
60512. Buyurtmachi taqdim etgan, shuningdek ishlarni bajarishga jalb qilingan uchinchi shaxslardan olingan axborot, agar u rahbar (mulkdor)ning imzosi hamda axborotni bergan tashkilot (yuridik shaxslar uchun) muhri bilan tasdiqlangan boʻlsa, ishonchli hisoblanadi.
Ommaviy axborot vositalaridan, internet tarmogʻidan, soʻrov, suhbat natijalaridan va boshqa shunga oʻxshash manbalardan olingan maʼlumotlar, agar ushbu maʼlumotlarning tegishli manbalari baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan boʻlsa, ishonchli hisoblanadi.
Buyurtmachi baholash obyekti va baholovchiga taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgardir.
60513. Zarur boʻlgan hollarda baholovchining soʻroviga koʻra, hujjatlarni taqdim etgan shaxs tegishli hujjatlarga tushuntirishlar (izohlar)ni qoʻshimcha maʼlumotnomalar koʻrinishida rasmiylashtiradi.
4-§. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
60514. Baholash obyektini identifikatsiya qilish (baholash obyekti holati tavsiflarini aniqlash) baholash obyektini tashqi koʻzdan kechirish oʻtkazish (bundan buyon matnda koʻzdan kechirish deb yuritiladi) hamda roʻyxatga olish hujjatlarini (avtomototransport roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani, boshqa tasdiqlovchi rasmiy hujjatlarni) oʻrganish va transport vositadagi mavjud identifikatsion raqamlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
60515. Baholash obyektini identifikatsiya qilish quyidagilarni nazarda tutadi:
baholash obyektining jismonan mavjudligini va unga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlarni aniqlash;
baholash obyektiga boʻlgan mulk huquqlarining turini aniqlash;
baholash obyektining texnik tavsiflari (turi, rusumi, modeli, modifikatsiyasi, ishlab chiqaruvchi haqidagi maʼlumotlar, ishlab chiqarilgan yili, kuzov (shassi) identifikatsion raqami, kuzov turi (kabinalar — yuk mashinalari va traktorlar uchun, platformlar — tirkama uchun), oʻrindiqlar, eshiklar soni, dvigatelning raqami, turi, ishchi hajmi, silindrlari soni va kuchi, uzatgich qutisi (transmissiya) turi, rangi va boʻyash turi, butlovchilari haqidagi maʼlumotlar);
baholash obyektini roʻyxatga olish tavsiflari (roʻyxat raqami, texnik pasport seriyasi va raqami, ular boʻlmagan taqdirda hisobvaraq-maʼlumotnoma, oldi-sotdi shartnomasi);
baholash obyektining holati koʻrsatkichlari (butlanishining mosligi, spidometr koʻrsatkichlari boʻyicha yurilgan masofa, ishlab berilgan motoresurs, ish davomiyligi, transport vositasining umumiy holati, uzellar va agregatlarning ishga yaroqliligi, koʻrikdan oʻtkazishdan oldin olib borilgan taʼmirlash taʼsirlari (ishlari) yoki transport vositasining kapital taʼmirlangan yoki almashtirilgan qismlari);
baholash obyekti shikastlanishlari tavsiflari (shikastlanishlar, deformatsiyalar turi, oʻlchamlari va zonalari).
2-bob. Transport vositalari qiymatini baholashda baholash yondashuvlari va usullarini qoʻllash
1-§. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qoʻllash
60516. Baholash obyektini baholashda baholovchi qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlaridan birini qoʻllaydi.
60517. Baholovchi har bir baholash yondashuvi doirasida baholash usullarini baholashning maqsadi, aniqlanadigan qiymat turi, baholash obyekti xususiyatlari, cheklovchi shartlar, axborot bazasi va uning toʻliqligini hisobga olgan holda tanlaydi.
2-§. Qiyosiy yondashuv
60518. Qiyosiy yondashuv analog-obyektlarning bozor qiymatlari toʻgʻrisidagi axborotga va ularning qiymatini qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatishga asoslangan hisoblash usullari yigʻindisidan iborat. Analog-obyektlarning bozor qiymatlari deganda bitimlar va takliflar narxlari tushuniladi.
60519. Baholash obyekti qiymatini qiyosiy yondashuv bilan aniqlash uchun baholovchi quyidagi usullardan birini qoʻllaydi:
sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli;
statistik tahlil usullari (korrelyatsion-dispersion, regression).
60520. Sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli analog-obyektlarning sifat tavsiflarini qiyoslashga hamda qiyoslash elementlari boʻyicha aniqlangan farqlar qismida tuzatishlar kiritish yoʻli bilan baholash obyekti qiymatini aniqlashga asoslangan hisob-kitoblar yigʻindisidan iborat boʻlib, quyidagi asosiy bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
bozorni oʻrganish, analog-obyektlar boʻyicha axborot toʻplash va tahlil qilish;
analoglarni tanlash;
qiyoslash birligini belgilash;
qiyoslash elementlarini tanlash;
qiymatni hisoblash usullarini tanlash;
qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatishlarni hisoblash;
analog-obyektlar narxlari (qiymati)ni tuzatish;
baholash obyekti qiymatini aniqlash.
60521. Quyidagilar asosiy qiyoslash birliklari hisoblanadi:
kuzov turi;
quvvat birligi;
transport vositasining birligi.
60522. Quyidagilar asosiy qiyoslash elementlari hisoblanadi:
transport vositasining turi, rusumi, modeli, yoʻlovchi sigʻimi, yuk koʻtarish sigʻimi, vazni, hajmi, dvigatel quvvati;
ishlab chiqarilgan yili, yurgan masofasi va texnik holati;
jihozlanishi va boshqa qiyoslash elementlari.
60523. Sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:
mahalliy va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) mamlakatlarida ishlab chiqarilgan transport vositalari uchun — baholash obyektiga analog boʻlgan kamida uchta transport vositasi mavjud boʻlganda (bunda ishlab chiqarilishi toʻxtatilgan transport vositalarga nisbatan kamida ikkita);
xorijda (MDH mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarda) ishlab chiqarilgan transport vositalari uchun — baholash obyektiga analog boʻlgan kamida ikkita transport vositasi mavjud boʻlganda.
60524. Statistik tahlil usullari baholash obyektining narxi bilan baholash obyektining narxiga taʼsir qiluvchi parametrlar oʻrtasidagi statistik (korrelyatsion-dispersion, regression) bogʻliqliklarni aniqlashga asoslanadi.
3-§. Daromad yondashuvi
60525. Daromad yondashuvi tijoratda foydalaniladigan baholash obyektidan olinadigan kelgusidagi daromadlar yigʻindisi sifatida uning joriy qiymatini aniqlashga asoslanadi.
60526. Mazkur MBS doirasida daromad yondashuvi usullaridan quyidagi hollarda foydalanilishi mumkin:
qiyosiy va xarajat yondashuvlari usullarini qoʻllash imkoni boʻlmaganda;
agar baholash obyekti ishlab chiqarish siklida oʻzi mustaqil barqaror daromadni shakllantiradigan maxsus va (yoki) ixtisoslashtirilgan texnika boʻlsa;
agar baholash obyekti daromadni shakllantiradigan jamoat yoki noyob (raritet) transport vositasi boʻlsa.
60527. Baholash obyekti qiymatini baholashda daromad yondashuvining toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli qoʻllaniladi va baholash qiymati sof operatsion daromad koʻrsatkichlarini kapitalizatsiya stavkasiga boʻlish orqali aniqlanadi.
kapitallashtiriladigan sof operatsion daromad qiymatini hisoblab chiqishi;
kapitallashtirish stavkasini hisoblashi;
baholash obyektining joriy qiymatini aniqlashi lozim.
60529. Kapitallashtirish stavkasi kumulyativ qurish usuli va bozor ekstraksiyasi usuli yordamida hisoblanadi.
60530. Sof operatsion daromadni aniqlash uchun baholovchi operatsion xarajatlar yoki xizmatlarni koʻrsatishda (ishlarni bajarishda) transport xizmatlarining tannarxi baholash obyektiga operatsion xarajatlar asosida baholash obyektidan foydalanishdan olinadigan sof operatsion daromadni hisobga olgan holda baholash obyektini ijaraga berishdan keladigan pul tushumlaridan foydalanadi.
60531. Sof operatsion daromad baholash sanasi yilidan keyingi toʻliq yil uchun oʻrtacha yillik qiymat miqdorida aniqlanadi. Bunda, baholovchi prognozlarda narxlarning oʻzgarishini hisobga olgan holda, ijara stavkalari yoki transport xizmatlari (ishlar) qiymati oʻzgarishini hisobga olishi kerak.
4-§. Xarajat yondashuvi
60532. Xarajat yondashuvi transport vositasi qiymatini uni tiklash, ishlab chiqarish yoki almashtirish uchun zarur xarajatlar qiymatidan jami eskirishni chegirib tashlash orqali aniqlashga asoslanadi.
60533. Qiymatni xarajat yondashuvi bilan hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
toʻliq tiklash — ishlab chiqarish qiymati yoki almashtirish qiymatini aniqlash;
baholash obyektiga oʻrnatilgan, baholash obyektining zavod komplektatsiyasiga kirmaydigan qoʻshimcha jihozlanish qiymatini aniqlash (zarur boʻlganda);
baholash obyektida mavjud boʻlgan nuqsonlarni va nosozliklarni bartaraf etish qiymatini aniqlash (zarur boʻlganda);
baholash obyekti qiymatini toʻliq takror ishlab chiqarish qiymati yoki almashtirish qiymati bilan (qoʻshimcha uskunaning qiymatini va baholash obyektida mavjud boʻlgan nuqsonlarini va nosozliklarini bartaraf etish qiymatini hisobga olgan holda) jamlangan eskirishning qiymati koʻrsatkichlari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlash.
60534. Toʻliq takror ishlab chiqarish qiymati yoki almashtirish qiymati quyidagi usullardan biri yordamida aniqlanadi:
bilvosita usul;
almashtirish usuli;
qiymatni indeksatsiyalash usuli.
Jamlangan eskirish jismoniy, funksional (maʼnaviy) va iqtisodiy (tashqi) eskirish hamda eskirish yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
60535. Mavjud axborotdan kelib chiqqan holda transport vositasining jismoniy eskirishi quyidagi usullardan biri yordamida aniqlanadi:
statistik mezonlar usuli;
normativ eskirish usuli;
foydalanish boshlangandan boshlab xronologik yosh va bosib oʻtgan masofasi/ishlagan vaqtini inobatga olishga oid jismoniy eskirish usuli;
transport vositasi, shuningdek ularning tarkibiy qismlari uchun tabiiy jismoniy eskirish usuli;
texnik holatini tavsiflovchi usuli.
60536. Funksional eskirish — avtomobil sanoatidagi ilmiy va texnologik taraqqiyot, ishlab chiqarish, import, tovar bozorlari va transport vositalarining ishlashiga davlat tomonidan qoʻyilgan cheklovlar, transport vositalarini ishlab chiqarishni tugatish, shu jumladan, ular uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni toʻxtatish va boshqa omillar taʼsirida foydaliligining pasayishi tufayli transport vositasining qiymatining nisbiy pasayishidan iborat.
60537. Iqtisodiy (tashqi) eskirish — bozor konyunkturasining baholanayotgan obyektga salbiy taʼsiri natijasida baholanayotgan obyekt qiymatining pasayishidan iborat.
3-bob. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
60538. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish 6-son MBS talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
60539. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish turli baholash yondashuvlari yordamida olingan baholash natijalari uchun qiyoslash choralarini belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda, baholovchi quyidagilarni hisobga olishi kerak:
baholashning maqsadi hamda baholash natijalaridan moʻljallanayotgan foydalanish;
baholash obyektining xususiyati;
qiymat turi;
baholash yondashuvlarini qoʻllaganda foydalaniladigan axborotning miqdori va sifati.
60540. Oʻlchovlarni kelishish va qiyoslash usullarini tanlashda baholovchining barcha farazlari va taxminlari baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslab berilgan boʻlishi kerak.
4-bob. Shikastlangan transport vositalari qiymatini baholash hamda transport vositalariga yetkazilgan zararni aniqlash xususiyatlari
1-§. Shikastlangan transport vositalari qiymatini baholashning umumiy qoidalari
60541. Transport vositalari shikastlanishining asosiy sabablari yoʻl-transport hodisalari, ishlab chiqarishdagi yirik avariyalar, tabiiy ofatlar, zilzilalar, sel, qulashlar, toshlar oʻpirilishi, koʻchkilar, toshqinlar, suv bosishi, shuningdek transport vositasining shikastlanishiga olib kelgan qasddan yoki qasddan boʻlmagan (ehtiyotsizlik oqibatidagi) harakatlar boʻlishi mumkin.
60542. Shikastlanishdan zarar (moddiy zarar) — transport vositasining olingan shikastlanishlar natijasida arzonlashish qiymati yoki uni tiklashga qilingan xarajatlar miqdori hisoblanadi. Zarar transport vositasi qiymatining shikastlanish oqibatida haqiqiy yoʻqotilishi yoki shikastlangan transport vositasini uning shikastlanishdan bevosita oldingi texnik holatigacha tiklashga ketgan xarajatlar hamda uni tiklash boʻyicha ishlar olib borish natijasida uning qiymati yoʻqotilishi miqdori (tovar qiymatining yoʻqotilishi) yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Bunda, moddiy zarar miqdoriga quyidagilar kiradi:
taʼmirlash uchun zarur boʻlgan materiallarning qiymati;
taʼmirlash jarayonida ularning eskirishini hisobga olgan holda almashtiriladigan ehtiyot qismlarining qiymati;
taʼmirlash ishlari uchun xarajatlar, shu jumladan ustalarning ish haqi xarajatlari;
taʼmirlash bilan bevosita bogʻliq xarajatlar va qoʻshimcha xarajatlar (ish soatlarining umumiy qiymati).
tovar qiymatining yoʻqotilishi qiymati;
Yoʻqotilgan daromad (boy berilgan foyda) ushbu MBS doirasida aniqlanmaydi.
60543. Taʼmirlash (tiklash) qiymati — transport vositasi shikastlanishlarini bartaraf etish qiymati hisoblanadi.
60544. Tovar qiymatining yoʻqotilishi qiymati — transport vositasida mavjud boʻlgan nuqsonlar yoki ularni bartaraf etish izlari mavjudligi yoki nuqsonlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar mavjudligi sababli transport vositasining isteʼmol xususiyatlarining yomonlashishi natijasida transport vositasi (mahsulot) qiymatining pasayishi hisoblanadi.
Bunda, tovar qiymatining yoʻqotilishi transport vositasini taʼmirlash (tiklash) boʻyicha ishlar bajarilgandan keyin uning geometrik parametrlaridagi, konstruktiv materiallar fizik-kimyoviy xossalaridagi va ish jarayonlari tavsiflaridagi qaytmas oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻladi.
60545. Baholovchi oldiga qoʻyilgan vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun buyurtmachi transport vositasini baholovchiga koʻzdan kechirish uchun taqdim etadi.
60546. Baholovchi tomonidan koʻzdan kechirish natijasida baholash uchun zarur boʻlgan baholash obyektining shikastlanishlari va nuqsonlari haqidagi, shu jumladan quyidagi maʼlumotlar:
transport vositasini identifikatsiya qilish, transport vositasi va uning agregatlari raqamlarining taqdim etilgan hujjatlardagi (roʻyxat raqami, indentifikatsiyalash raqami (VIN — transport vositasining 17 ta belgidan iborat noyob kodi), kuzov raqami, rama yoki shassi raqami, dvigatel raqami va h.k.) yozuvlarga mosligi;
transport vositasining odometr boʻyicha yurgan masofa koʻrsatkichi, aks ettirilgan kattalikning ishonchliligini baholagan holda;
transport vositasining jihozlanishi, qoʻshimcha uskunalarning mavjudligi;
uzellar, agregatlar va qimmatbaho butlovchi qismlar almashtirilganligi yoki almashtirilmaganligi;
transport vositasida ekspluatatsion shikastlanishlar, nuqsonlarning mavjudligi;
yoʻl transport hodisasi yoki boshqa hodisa natijasida vujudga kelgan shikastlanishlar, nuqsonlarning mavjudligi, turi, murakkabligi, xarakteri, ularning oʻlchamlari va joylashuvi;
transport vositasining kuzovi ilgari taʼmirlanganligi, uning hajmi, xarakteri va sifati;
aniqlangan shikastlanishlar, nuqsonlarni bartaraf etish imkoniyati va usullari;
aniqlangan shikastlanishlar, nuqsonlarning mazkur yoʻl-transport yoki boshqa hodisalarga muvofiqligi;
tiklash yoki taʼmirlash ishlarini bajarish mumkinligi, har bir alohida agregat, uzel, detallar boʻyicha ularni bajarish usullari va hajmi;
transport vositasini tiklash uchun zarur ehtiyot qismlari roʻyxati aniqlanadi va koʻzdan kechirish dalolatnomasiga kiritiladi.
Koʻzdan kechirishni oʻtkazish chogʻida aniqlanadigan shikastlanishlarni aniq qayd etib, fotosuratga olish kerak. Transport vositasining umumiy koʻrinishlari fotosuratlaridan keyin alohida shikastlangan elementlarning uzelli va detalli fotosuratlari joylashtiriladi.
60547. Transport vositasini koʻzdan kechirish natijalarini baholovchi baholash hisobotining tadqiqot qismida aks ettiradi. Transport vositasini koʻzdan kechirish natijasida qayd etilgan maʼlumotlar baholovchiga qoʻyilgan baholashga oid vazifalarga muvofiq hisob-kitoblarni amalga oshirishni boshlash imkonini beradi.
2-§. Shikastlangan transport vositalari qiymatini baholash
60548. Transport vositasining shikastlanishidan koʻrilgan zarar miqdorini hisoblashda tiklovchi taʼmirlash usulidan foydalangan holda xarajat yondashuvi qoʻllaniladi.
60549. Qayta tiklash taʼmirlashi — bu transport vositasining bevosita shikastlanishiga qadar boʻlgan holatigacha tiklash uchun zarur ishlar majmuasidir.
60550. Shikastlangan transport vositasini tiklash boʻyicha amalga oshirish boʻlgan zarur ishlar roʻyxatini belgilash mazkur rusumdagi transport vositasini taʼmirlash boʻyicha texnologik hujjatlar talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
60551. Taʼmirlash ishlarining hajmi, turlari va uslublari baholovchi tomonidan alohida detallarning shikastlanishi, (korrozion yemirilishi)ning xarakteri va darajasiga qarab, ularni ajratish/yigʻish, moslash, sozlash, boʻyash, korroziyaga hamda shovqinga qarshi ishlov berish va boshqalarni hisobga olgan holda transport vositasini ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan taʼmirlash texnologiyasiga muvofiq, tayyorlovchi korxonaning taʼmirlash texnologiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda esa mavjud analoglar va tayyorlovchi korxonalarning rasmiy vakolatxonalari maʼlumotlari boʻyicha ushbu ehtiyot qismlarning texnik holatiga baho berish yoʻli bilan belgilanadi.
60552. Baholovchi agregat, uzel, detallarni tiklashning texnik imkoniyati boʻlmaganda yoki uni tiklash iqtisodiy maqsadga muvofiq boʻlmaganda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, tarmoq normativlari va ishlab chiqaruvchi korxonalar normativlariga (mavjud boʻlgan taqdirda) asoslangan holda ularni almashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
60553. Transport vositasining detallar, uzellar, agregatlar narxini aniqlashda hamda baholash hisobotini tuzishda baholovchi ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy vakolatxonalaridagi original ehtiyot qismlar va materiallar narxlaridan, ularning mazkur mintaqada shakllangan oʻrtacha bozor narxlaridan, bunday maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda chakana narxlardan kelib chiqishi kerak.
60554. Shikastlangan transport vositasini tiklash uchun zarur taʼmirlash ishlariga haq toʻlash uchun xarajatlar transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha ishlarni tartibga soladigan amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga (transport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlashning mehnat sigʻimi normativlari (ish soatlari), transport vositasini joriy taʼmirlash boʻyicha qoʻllanmalar, transport vositasini joriy taʼmirlash texnologiyalari va boshqalar) muvofiq aniqlanadi.
60555. Agar ayrim ishlar turlariga normativlar belgilanmagan boʻlsa, transport vositasining taʼmirlash ish soatlari transport vositasining analogini tanlash yoʻli bilan, transport vositasining turi, rusumi va ishlab chiqarilgan sanasini hisobga olib analog transport vositalariga tegishli ish soatlaridan foydalanish mumkin.
Shikastlangan transport vositasini tiklash uchun zarur boʻlgan ishlarning baholash sanasidagi bir ish soati qiymati tanlanma kuzatuv natijalari boʻyicha aniqlanadi.
60556. Tanlanma kuzatuv transport vositasini baholash joyida transport vositalarini taʼmirlash boʻyicha xizmatlar bozori doirasida olib boriladi. Bunda, ish soatlarining qiymati transport vositasini taʼmirlash boʻyicha ustaxonalardan olingan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi, agar mintaqada bunday ustaxonalar mavjud boʻlmasa, analog transport vositalarini taʼmirlash ustaxonalaridagi qiymatlar qabul qilinadi.
60557. Transport vositasini yangilash ehtimolligini hisobga olib, uni tiklash xarajatlari va tovar qiymatining qoʻshimcha yoʻqotilishi alohida hisoblanadi hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotda alohida bobda keltiriladi.
3-§. Shikastlangan transport vositalarining tovar qiymati yoʻqotilishini baholash
60558. Tovar qiymatining yoʻqotilishi qiymati transport vositalarini taʼmirlashdan oldin yoki keyin aniqlanishi mumkin.
60559. Transport vositasi tovar qiymatining yoʻqotilishini hisoblash koʻzdan kechirishda aniqlangan quyidagi taʼmirlash turlarini amalga oshirish zarurati tugʻilganda hisoblanishi mumkin:
kuzovning qiyshiqligini bartaraf etish;
kuzovning yechilmaydigan elementlarini almashtirish (toʻliq yoki qisman);
kuzovning alohida (yechiladigan yoki yechilmaydigan) elementlarini (shu jumladan plastik kopot, qanotlar, eshiklar, yukxona eshigini) taʼmirlash;
kuzov va bamperlarning tashqi yuzalarini toʻliq yoki qisman boʻyash;
salonni, uning zavodda yigʻilgan sifatini buzilishi bois, toʻliq demontaj qilish.
(XV1 boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 6-maydagi 01/14-11/38-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3487-2, 05.06.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2025-y., 10/25/3487-2/0497-son)
XV2 boʻlim. Madaniy boyliklar qiymatini baholash (16-son MBS)
1-bob. Umumiy qoidalar
60560. “Madaniy boyliklar qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (bundan buyon matnda 16-son MBS deb yuritiladi) madaniy boyliklar qiymatini baholash jarayoniga qoʻyiladigan asosiy talablarni, shuningdek ushbu jarayonning xususiyatlarini belgilaydi.
60561. Madaniy boyliklar qiymatini baholash 1 — 7-son MBS talablari asosida amalga oshiriladi. 16-son MBS madaniy boyliklar qiymatini baholashga doir qoʻshimcha talablarni belgilaydi.
Madaniy boyliklarning qiymatini baholashda baholovchilar mazkur YMBSning 11-ilovasida keltirilgan “Madaniy boyliklar qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (16-son MBS) metodikasidan foydalanishlari mumkin.
2-bob. Asosiy tushunchalar va taʼriflar
60562. Mazkur MBS maqsadlarida quyidagi tushuncha va taʼriflar qoʻllaniladi:
madaniy boyliklar — moddiy dunyoning milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatga ega boʻlgan koʻchar boyliklar obyektlari, shu jumladan, muzey ashyolari, kolleksiyalar, arxeologik ashyolar va obyektlar;
atributsiya — madaniy boyliklar obyektining yaratilish joyi va vaqtini, shuningdek, ushbu obyektni yoki u tegishli boʻlgan maktabni yaratgan ustaning nomini aniqlash;
madaniy boyliklar ekspertizasi — madaniy boyliklarning sifatini oʻrganish, haqiqiyligini (yoki aksini), shu jumladan, texnologik vosita va uslublarni qoʻllagan holda baholash obyektining madaniy boyliklarga tegishliligi belgilarini, shuningdek, ularning saqlanish darajasini aniqlash maqsadida sanʼatshunos-ekspert yoki boshqa tegishli sohadagi ekspert tomonidan amalga oshiriladigan oʻrganish;
texnologik ekspertiza — faoliyatning arxeologiya, gemmologiya, kimyo, numizmatika, qurol ishi va boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ekspertlar tomonidan amalga oshiriladigan madaniy boyliklar obyektining materiali, yaratilish vaqti va uni tayyorlash texnikasi tahlili;
baholash obyektining sanʼatshunoslik ekspertizasi (bundan buyon matnda sanʼatshunoslik ekspertizasi deb yuritiladi) — tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishidagi madaniy boyliklarni ularning haqiqiyligi (yoki aksi), mualliflik, saqlanish darajasi, restavratsiya ishlari amalga oshirilganligi yoki amalga oshirilmaganligi, muayyan bir davrga tegishliligi, shuningdek, uning madaniy, tarixiy, ilmiy, badiiy, arxeologik yoki boshqa ahamiyatga ega boʻlgan boylik ekanligini aniqlash sanʼatshunos-ekspert tomonidan olib boriladigan oʻrganish;
sanʼatshunos-ekspert — sanʼatshunoslik ekspertizasini amalga oshirish uchun sanʼatshunoslik sohasi, jumladan tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishida oliy maʼlumot va sanʼatshunoslik sohasining muayyan yoʻnalishi boʻyicha (tasviriy yoki amaliy sanʼat) kamida oʻn yillik ish stajiga ega boʻlgan malakali mutaxassis;
sanʼatshunos-ekspert xulosasi (bundan buyon matnda xulosa deb yuritiladi) — sanʼatshunos-ekspert tomonidan tuziladigan, baholash (madaniy boyliklar) obyektining sanʼatshunoslik ekspertizasi natijasini aks ettiruvchi, shu jumladan ushbu obyektning haqiqiyligi yoki haqiqiy emasligini tasdiqlovchi hujjat;
texnologik ekspertiza protokoli — ixtisoslik boʻyicha ekspert tomonidan tuziladigan, tadqiqot oʻtkazishning texnik vositalari va oʻtkazish uslublari koʻrsatilgan, baholash (madaniy boyliklar) obyektining texnologik ekspertizasi natijalarini oʻz ichiga olgan hujjat;
ixtisoslik boʻyicha ekspert — madaniy boyliklar obyektlari bilan bogʻliq boʻlgan muayyan soha boʻyicha bilimlarga ega boʻlgan mutaxassis (kimyogar, fizik, arxeolog, haykaltarosh, rassom, tarixchi, manbashunos, xattot va boshqalar);
provenans — madaniy boyliklar obyektiga egalik qilish tarixi;
antikvariat — savdo va toʻplash obyekti boʻlgan qadimiy va noyob sanʼat asarlari yoki qimmatbaho buyumlar. Bunday buyumlarning asosiy belgilari eskiligi, noyobligi yoki oʻziga xosligi, kam miqdorda chiqarilganligi, tarixiy davr yoki tarixiy voqealar bilan bogʻliqligi, takror ishlab chiqarishning imkoni yoʻqligi, badiiy qiymatga egaligi va boshqalardan iborat.
60563. Ushbu standart doirasiga kiruvchi baholash obyektlari qatoriga quyidagi madaniy boyliklar obyektlari va ular bilan bogʻliq boʻlgan mulkiy huquqlar kiradi:
a) xalqlar hayotidagi tarixiy voqealar, jamiyat va davlat taraqqiyoti, fan va texnika tarixi, shuningdek, buyuk shaxslar (davlat, siyosiy, jamoat arboblari, mutafakkirlar, ilm-fan, adabiyot, sanʼat arboblari)ning hayoti va ijodi bilan bogʻliq boʻlgan tarixiy qadriyatlar;
b) arxeologik qazilmalar natijasida olingan obyektlar va ularning boʻlaklari;
d) badiiy boyliklar, shu jumladan:
har qanday asosda va har qanday materiallardan qoʻlda ishlangan rasmlar va chizmalar;
har qanday materiallardan yasalgan haykaltaroshlik asarlari;
har qanday materiallardan tayyorlangan original badiiy kompozitsiyalar va montajlar;
bosma grafika asarlari, shu jumladan barcha turdagi gravyuralar, ularning koʻchirma nusxalari va original bosma shakllari, shuningdek fotosuratlar (bosmalar, negativlar va barcha turdagi boshqa materiallar);
barcha turdagi dekorativ-amaliy sanʼat asarlari, shu jumladan mebel, interyer va maishiy obyektlar, zargarlik va qurol-yarogʻ sanʼati, anʼanaviy xalq badiiy hunarmandchiligi, yogʻoch, metall, tosh, keramika, shisha, mato, suyak va boshqa materiallardan tayyorlangan buyumlar;
badiiy bezatilgan ibodat obyektlari;
arxitektura va monumental sanʼat yodgorliklarining badiiy ahamiyatga ega boʻlgan boʻlaklari (qismlari);
kitoblar va boshqa bosma nashrlar, shu jumladan afishalar, reklama plakatlari, tarixiy va badiiy ahamiyatga ega boʻlgan hamda kolleksiya obyekti hisoblanuvchi boshqa bosma mahsulotlar, alohida va kolleksiyalarda;
nodir qoʻlyozmalar va hujjatli yodgorliklar;
xattotlik asarlari va namunalari;
arxivlar, shu jumladan foto-, fono-, kino- va videoarxivlar;
noyob va kamyob musiqa asboblari;
pochta markalari, boshqa filateliya materiallari, alohida yoki kolleksiyalarda;
qadimiy tangalar, ordenlar, medallar, muhrlar va boshqa kolleksiya obyektlari;
noyob kolleksiyalar, flora hamda fauna namunalari, mineralogiya, anatomiya va paleontologiya singari fan sohalarini qiziqtiruvchi obyektlar;
e) boshqa koʻchar obyektlar, shu jumladan tarixiy, badiiy, ilmiy yoki boshqa madaniy ahamiyatga ega boʻlgan nusxalar, shuningdek, tarixiy va madaniy yodgorliklar sifatida davlat muhofazasiga olingan obyektlar.
60564. Madaniy boyliklarga boʻlgan mulk huquqi hamda mulkiy huquqdagi ulushlar ham baholash obyekti boʻlishi mumkin.
3-bob. Baholashga oid vazifa, axborotni toʻplash va tahlil qilish hamda farazlar
60565. Baholashga oid vazifa va baholash uchun zarur boʻlgan axborotni toʻplash 2-son MBS “Baholashga oid vazifa” va 3-son MBS “Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar” talablariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
60566. Baholash vazifasini tuzishda baholovchi malakali sanʼatshunos-ekspertlar tomonidan tuzilgan xulosaning mavjudligi madaniy boyliklar qiymatini baholashning eng muhim sharti hisoblanishini nazarda tutishi lozim.
Bunda madaniy boyliklarni baholashda baholash obyektini quyidagi hollarda texnologik ekspertizadan oʻtkazish natijalari mavjud boʻlishi kerak:
madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish;
sanʼatshunos-ekspertlarda madaniy boyliklarning haqiqiy yoki haqiqiy emasligi boʻyicha shubha mavjud boʻlsa;
baholash davlat buyurtmachilari hisobidan amalga oshirilsa yoki moliyaviy, gumanitar, xayriya yordami va boshqa qaytarib berilmaydigan begʻaraz mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilsa, agar moliyaviy, gumanitar, xayriya yordami va boshqa begʻaraz (qaytarib berilmaydigan) moliyalashtirish shartlarida tovarlarni (ishlar, xizmatlar) sotib olishning boshqa tartibi belgilanmagan boʻlsa.
60567. Madaniy boyliklar obyektlarini ekspertizadan oʻtkazish natijalari mavjud boʻlmagan taqdirda, baholovchi buyurtmachiga ekspertiza oʻtkazish zarurligi toʻgʻrisida xabar berishi kerak. Aks holda, bu madaniy boyliklar boʻyicha baholash ishlari olib borilmaydi.
60568. Madaniy boyliklar obyektlarini ekspertizadan oʻtkazish bunday tadqiqotlarni oʻtkazish imkonini beruvchi tegishli uskunalar va xodimlarga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan tashkilotlarda yoki malakali sanʼatshunos-ekspertlar tomonidan oʻtkazilishi shart.
Madaniy boyliklar obyektlarini ekspertizadan oʻtkazish uning mulkdori yoki vakili tomonidan amalga oshiriladi.
60569. Baholash obyekti haqida maʼlumot toʻplashda, agar baholash topshirigʻida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, baholovchi baholash sanasiga eng yaqin hujjatlarni oʻrganadi.
60570. Agar baholash obyekti boʻyicha malakali sanʼatshunos-ekspertlarning xulosalari va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlsa, baholovchi baholash obyektining haqiqiyligini aniqlashning ishonchliligi, uning madaniy boyliklarga mansublik belgilari, saqlanish darajasi, yoʻqotishlar miqdori, kelib chiqishi hamda provenansni aniqlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha javobgar hisoblanmaydi.
60571. Baholashni amalga oshirish uchun buyurtmachi baholovchiga quyidagilarni taqdim etishi lozim:
baholash obyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxalari yoki nusxalarini (agar mavjud boʻlsa);
sanʼatshunos-ekspert xulosasining nusxasi;
madaniy boyliklar obyektini texnologik ekspertizadan oʻtkazish protokoli;
baholash obyekti bilan bogʻliq hujjatlar yoki boshqa axborot materiallari (koʻrgazmalar kataloglari, sanʼatshunoslik sohasiga oid adabiyotlar, muzeylar yoki koʻrgazma galereyalarining veb-saytlari va boshqalar).
Zaruratga koʻra, baholovchi baholash obyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalarini (shartnomalar, sovgʻalar, vasiyatnomalar va boshqalar) talab qilishi mumkin.
60572. Madaniy boyliklar ekspertizasi natijalaridan qatʼi nazar, baholashni amalga oshirishdan avval baholovchi baholash obyektini koʻzdan kechiradi. Koʻzdan kechirishni oʻtkazish baholash obyekti toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilgan maʼlumotlarni muhokama qilish uchun zaruriy shart hisoblanadi.
60573. Baholash obyektini koʻzdan kechirishning maqsadi baholash obyektining miqdoriy-sifat xususiyatlari va saqlanish holatini taqqoslash va taʼriflashdan iborat.
60574. Qoʻshimcha texnologik yoki sanʼatshunoslik tadqiqotlarini amalga oshirishda yoki qoʻshimcha atributsiyalash ishlarini oʻtkazishda, shuningdek saqlash holatini aniqlash hamda taʼmirlash-restavratsiya ishlari hajmini aniqlashda baholash tashkiloti mustaqil ravishda tegishli yoʻnalish boʻyicha malakali sanʼatshunos-ekspertlarni va ixtisoslik boʻyicha ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Ekspertlar shartnoma asosida madaniy boyliklar obyektini texnologik ekspertizadan oʻtkazish laboratoriyasi yoki baholovchi tashkilot tomonidan jalb qilinadi. Shartnomada ekspertiza shartlari, ekspertning javobgarligi, mehnat sharoitlari, toʻlov, ekspert xulosasi taqdim etiladigan vaqt va mehnat munosabatlari bilan bogʻliq boshqa masalalar koʻrsatiladi.
60575. Baholovchi tomonidan qoʻllanadigan baholash uslublari bozorning holati va dinamikasi toʻgʻrisidagi, shuningdek baholash obyekti bilan amalga oshirilgan bitimlar (sanasi, auksion narxlari (estimeyt), narx omillari, maʼlumot manbai va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishni talab qiladigan hollarda, baholovchi baholash obyekti tegishli boʻlgan bozor segmenti haqida umumiy maʼlumotlarni toʻplashi shart.
60576. Madaniy boyliklar obyektini baholash vazifasida 2-son MBS “Baholashga oid vazifa”da koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha tarzda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi shart:
baholash obyektining taʼrifi (uni identifikatsiyalashga imkon beruvchi), baholash obyektining madaniy boyliklarga mansubligi, asar muallifi belgilari koʻrsatilgan holda;
saqlanish darajasi, obyektiv xususiyatlari (vazni, oʻlchami, tayyorlash materiallari va texnikasi), yaratilish (ishlab chiqarish) joyi va vaqti;
baholash obyektida mavjud boʻlgan nuqsonlar, yoriqlar, darz ketishlar va sinishlar hamda boshqa shikastlanishlar (agar mavjud boʻlsa);
qayta tiklash-taʼmirlash (restavratsiya) ishlarining zarurligi, shuningdek, provenans yoki baholovchi olishi mumkin boʻlgan shunday xususiyatlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar yoki hujjatlarga havolalar.
4-bob. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qoʻllash
60577. Madaniy boyliklarni baholash yondashuvlari 6-son MBS “Baholash yondashuvlari va usullari” qoidalarini hisobga olgan holda qoʻllaniladi.
60578. Agar baholash obyekti mulkiy mualliflik huquqiga ega boʻlsa, u madaniy mulkni baholash hisobotida toʻliq aks ettirilishi kerak. Bir vaqtning oʻzida mualliflik (yoki sheriklik) huquqi obyekti boʻlgan madaniy boylik obyektiga egalik huquqi 11-son MBS “Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash”ga amal qilgan holda intellektual mulk huquqlariga muvofiq baholanishi kerak.
1-§. Qiyosiy yondashuv
60579. Qiyosiy yondashuv analog-obyektlarning (oʻxshash obyektlarning) bozor qiymatlari toʻgʻrisidagi axborotga va ularning qiymatini qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatishga asoslangan hisoblash usullari yigʻindisidan iborat.
Analog-obyektlarning bozor qiymatlari deganda analog madaniy boyliklar boʻyicha bitimlar va takliflar narxlari tushuniladi.
60580. Qiyoslash elementlariga baholash obyektining qiymatiga taʼsir qiluvchi omillar va madaniy boyliklar obyektlari bilan bogʻliq bitimlarning xususiyatlari kiradi.
60581. Qiyosiy yondashuv yordamida madaniy boyliklar qiymatini baholashda quyidagi usullardan foydalaniladi:
toʻgʻridan-toʻgʻri sotishni taqqoslash usuli;
reyting usuli.
60582. Qiyosiy yondashuvda sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli aynan bir xil yoki analog-obyektlar narxiga ularning baholash obyektidan farqlanishiga qarab, tegishli tuzatishlar (qiymat va (yoki) foiz) kiritish orqali qoʻllaniladi.
60583. Qiyoslashning har bir elementi boʻyicha tuzatish kiritish ushbu elementning obyekt qiymatiga qoʻshgan hissasi prinsipiga asoslanadi va analog-obyektdan baholash obyektiga tomon amalga oshiriladi.
60584. Qiyoslanadigan obyektlarning narxlarini tuzatish pul birliklarida yoki foizda amalga oshirilishi mumkin. Agar analog-obyektlar narxiga tuzatishlar pul birliklarida ifodalangan boʻlsa, ularni kiritish har qanday ketma-ketlikda amalga oshirilishi mumkin. Agar tuzatishlar foiz sifatida ifodalangan boʻlsa, unda birinchi tuzatish analog-obyektni sotish narxiga koʻpaytiriladi, keyingi tuzatishlar ketma-ket zanjirli harakatlar shaklida amalga oshiriladi.
60585. Baholash maqsadida madaniy boyliklarning analog-obyekti - bu uning qiymatini belgilaydigan asosiy xususiyatlariga koʻra, baholash obyektiga maksimal darajada oʻxshash obyekt hisoblanadi. Madaniy boyliklar sohasidagi analog-obyektlarning oʻxshashligini aniqlashda baholovchi ekspertiza natijalariga asoslanishi kerak.
60586. Analog-obyektlarni tanlashda quyidagi omillar hisobga olinishi kerak:
analog-obyektlarning asosiy miqdoriy va sifat (tavsif) xususiyatlariga koʻra baholash obyekti bilan oʻxshashligi;
tanlangan analog-obyektlar soni, ular bilan baholash obyektini qiyoslash imkoniyati mavjudligi hamda ularning miqdoriy va sifat xususiyatlari;
baholash obyekti muallifining mualliflik asarlari (agar muallif ommaga maʼlum boʻlsa).
Muallifning mashhurligi boʻyicha quyidagilar tushuniladi:
muallifda faxriy yoki boshqa unvonlar mavjudligi;
muallifning koʻrgazmalar tarixi (qachon, qayerda va qaysi koʻrgazmalarda ishlari namoyish etilgan);
muallif ishlarining joylashgan manzili (muzeylar, galereyalar, ijodiy salonlar, xususiy kolleksiyalar, shu jumladan xorijda);
keng ommaga muallif ishlarining tanishish imkonini beradigan boshqa omillar.
60587. Boshqa muallifning obyekti, agar u baholash obyekti muallifiga yaqin maqomga ega boʻlsa, shu jumladan mashhurligi, asarlarining badiiy ahamiyati, reytingi va boshqa xususiyatlari bilan oʻxshash boʻlsa, analog-obyekt sifatida boʻlishi mumkin.
60588. Bozorda mavjud boʻlgan dastlabki maʼlumotlarga koʻra, madaniy boylik obyektlarini baholash jarayonida miqdoriy (miqdoriy qiyoslash usuli, juftlashtirilgan sotish usuli va boshqalar) va sifat usullaridan (ekspert baholash usuli va boshqalar), shuningdek ularning kombinatsiyalaridan foydalanish mumkin.
2-§. Daromad yondashuvi
60589. Daromad yondashuvi kelajakdagi pul oqimini joriy qiymatga aylantirish orqali qiymat oʻlchovini taʼminlaydi. Daromad yondashuvini qoʻllashda madaniy boyliklarning qiymati baholash obyekti tomonidan ishlab chiqarilgan daromad pul oqimi yoki xarajatlarni tejash qiymatiga qarab belgilanadi.
60590. Daromad yondashuvi madaniy boyliklar qiymatini baholashning yagona yondashuvi sifatida quyidagi holatlarda qoʻllanishi lozim:
a) madaniy boyliklar obyektining daromad olish qobiliyati, bozor ishtirokchisi nuqtayi nazaridan, uning qiymatiga taʼsir qiluvchi eng muhim omil hisoblansa;
b) koʻrib chiqilayotgan madaniy boyliklarga nisbatan kelajakdagi daromad miqdori va muddatlari toʻgʻrisida oqilona uzoq muddatli prognoz qilish mumkin boʻlsa hamda bozorda faqat kam miqdorda analog-obyektlar mavjud boʻlsa.
60591. Mazkur Standartning 60590-bandida keltirilgan mezonlarga rioya qilinmasa, quyidagi holatlarda daromad yondashuvi natijasida olingan qiymat koʻrsatkichini qoʻllab-quvvatlash uchun boshqa yondashuvlarni ham qoʻllash imkoniyati koʻrib chiqilishi kerak:
a) baholanayotgan madaniy boyliklar obyektining daromad keltirish qobiliyati uning qiymatiga taʼsir qiluvchi omillardan biri boʻlsa;
b) baholanayotgan madaniy boylik obyektiga bogʻliq boʻlgan kelajakdagi daromadlar miqdori va muddati toʻgʻrisida sezilarli noaniqlik mavjud boʻlsa;
d) baholanayotgan madaniy boylik obyekti haqidagi maʼlumotlarni olish imkoni boʻlmaganda;
e) baholanayotgan madaniy boylik obyekti hali daromad keltira boshlamagan, ammo maʼlumotlarga koʻra, bu yaqin kelajakda sodir boʻlishi mumkin boʻlsa.
Shuningdek, baholash jarayonida olingan natijalarni muvofiqlashtirishda daromad yondashuvi natijasi katta ahamiyatga ega boʻladi.
3-§. Xarajat yondashuvi
60592. Xarajat yondashuvi qiymat koʻrsatkichini olishga imkon beradi, bunda xaridor madaniy boylik obyekti uchun obyektni teng foydalilik, vaqt, noqulayliklar, tavakkalchilik yoki boshqa murakkablashtiruvchi omillar mavjud emasligida xarid qilish uchun sarflanadigan miqdordan koʻproq pul toʻlamaydi degan iqtisodiy prinsipdan foydalaniladi.
60593. Xarajat yondashuvi madaniy boyliklar obyektini almashtirish yoki koʻpaytirish boʻyicha joriy xarajatlarni hisoblash va vaqt oʻtishi bilan madaniy boyliklar uchun tegishli eskirish turlari va narxlarning oshishi uchun tuzatishlar kiritish orqali qiymat koʻrsatkichini olish imkonini beradi.
60594. Xarajat yondashuvi quyidagi holatlar mavjud boʻlganda madaniy boyliklarning qiymatini baholashning yagona yondashuvi sifatida qoʻllanilishi mumkin:
a) ishtirokchilar baholash obyekti bilan deyarli bir xil foydalilik xususiyatiga ega boʻlgan madaniy boyliklar obyektini hech qanday meʼyoriy yoki huquqiy cheklovlarsiz qayta yaratishga qodir boʻlsa va bu madaniy boyliklar obyekti shu qadar tez yaratilishi mumkinki, ishtirokchi baholanayotgan madaniy boyliklar obyektidan darhol foydalanish imkoniyati uchun katta mukofot toʻlashni xohlamasa;
b) baholanayotgan madaniy boylik obyekti toʻgʻridan-toʻgʻri daromad keltirmasa va uning oʻziga xos xususiyati daromad va (yoki) qiyosiy yondashuvlardan foydalanishga imkon bermasa;
d) amaldagi qiymat turi asosan qayta ishlash yoki almashtirish xarajatlariga asoslansa.
60595. Mazkur Standartning 60594-bandida keltirilgan mezonlarga rioya qilinmasa, quyidagi holatlarda ham xarajatlar yondashuvi natijasida olingan xarajatlar koʻrsatkichini qoʻllab-quvvatlash uchun boshqa yondashuvlarni ham qoʻllash imkoniyati koʻrib chiqilishi kerak:
a) ishtirokchilar madaniy boyliklar obyektini analog-obyektni qayta tiklash imkoniyatini koʻrib chiqishlari mumkin, ammo madaniy boylikning bir xil obyektini yaratish bilan bogʻliq cheklovlar mavjud boʻlsa yoki koʻp vaqt talab qilsa;
b) madaniy boyliklar obyekti yaqin vaqt ichida yaratilgan va xarajatlar yondashuvida ishlatiladigan taxminlar yuqori darajadagi ishonchlilikka ega boʻlsa.
4-§. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
60596. Turli xil yondashuvlar va baholash usullaridan foydalangan holda olingan madaniy boyliklarning qiymatini baholash natijalarini muvofiqlashtirish va uni baholash hisobotida aks ettirish 4-son MBS “Baholash toʻgʻrisidagi hisobot va uni tuzish tartibi” va 6-son MBS “Baholash yondashuvlari va usullari” talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Madaniy boyliklarni baholash boʻyicha maxsus qoidalar
60597. Madaniy boyliklarni boshqa usullar yordamida ham baholash mumkin.
Madaniy boyliklarni baholashda baholovchi baholanayotgan madaniy boyliklarning xususiyatlarini hisobga olishi va maʼlumotlarning mavjudligi va bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda baholash usullarini tanlashi kerak.
Bunday holda, baholash hisobotida baholovchi tomonidan tanlangan usul (usullar) tavsifi koʻrsatilishi kerak, bu baholash hisobotidan foydalanuvchiga qiymatni aniqlash jarayonining mantiqiyligi va tanlangan usul(lar)ning muvofiqligini tushunishga imkon beradi.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobot har xil talqin qilinishiga yoʻl qoʻymasligi va tushunmovchiliklar keltirib chiqarmasligi kerak.
60598. Hisoblash usulini tanlashda baholovchi muhimlik, asoslilik, noaniqlik, tekshiriluvchanlik va yetarlilik tamoyillariga tayanishi kerak. Bunday holda, baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholovchi tanlangan usul(lar)ning asoslanishi va tavsifini, madaniy qadriyatlar (tasviriy yoki amaliy sanʼat) yoʻnalishidan kelib chiqqan holda narxlash mezonlarini koʻrsatishi kerak.
60599. Madaniy boyliklarning qiymati uni yaratish uchun moliyalashtirish usuliga bogʻliq emas.
605100. Madaniy boyliklarni baholash boʻyicha ishlarni bajarishda baholovchi quyidagilarga majburdir:
baholangan madaniy boylik obyektida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar bilan bogʻliq majburiyatlar mavjudligini aniqlash;
mavjud manbalardan baholash obyektida qonuniy cheklovlar mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot olish.
605101. Baholanayotgan madaniy boyliklarga nisbatan uchinchi shaxslarning hujjatlashtirilgan mulkiy huquqlari yoki cheklovlar boʻlmagan taqdirda, obyektni baholash, agar baholash topshirigʻida boshqacha tartib koʻrsatilmagan boʻlsa, tekshirish paytida aniqlangan holatlarni hisobga olgan holda bunday huquq va cheklovlar yoʻqligi haqidagi taxmin asosida amalga oshiriladi.
605102. Baholovchi baholash usulini tanlashda baholanayotgan madaniy boylikning xususiyatlarini hisobga olgan holda, muhimlik, ishonchlilik, toʻgʻrilik, tekshiriluvchanlik va muvofiqlik tamoyillariga asoslanishi kerak.
605103. Moliyaviy hisobotlar uchun belgilangan tartibda aniqlangan madaniy boylik obyektlarining qiymati mazkur Standartda aniqlangan qiymatidan sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
(XV2 boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2026-yil 16-martdagi 01/11-1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3487-3, 11.04.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3487-3/0351-son)
XVI boʻlim. Yakuniy qoidalar
606. Mazkur YAMBS talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
607. Mazkur YAMBS boʻyicha yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
608. Baholovchi tashkilotlar tomonidan mazkur YAMBS talablariga rioya etilishini nazorat qilish baholovchi tashkilotlarining professional jamoat birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga
1-ILOVA
“Baholash yondashuvlari va usullari” Milliy baholash standartining (6-son MBS) baholash natijalarini muvofiqlashtirish
METODIKASI
Mazkur Metodika 6-son “Baholash yondashuvlari va usullari” MBSda koʻrsatilgan baholash natijalarini muvofiqlashtirishni qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, YAMBSga hamda baholashning xalqaro tajribasiga zid boʻlmagan boshqa usullardan ham foydalanishlari mumkin.
Axborotni toʻplash, oʻrganish va tahlil qilish, shuningdek baholash obyektini identifikatsiya qilish baholovchi tomonidan 3-sonli MBS talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
2. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish deganda baholashga nisbatan turli yondashuvlarni qoʻllash orqali olingan natijalarni oʻlchash va taqqoslash yoʻli bilan baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash tushuniladi. Bunda, har bir yondashuvning muayyan vaziyatda ahamiyati va qoʻllanilishi hisobga olinadi.
3. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish turli baholash yondashuvlari bilan olingan baholash natijalari uchun solishtirma oʻlchovlarni belgilash orqali amalga oshiriladi. Bunda, baholovchi quyidagilarni hisobga olishi kerak:
baholash maqsadi va baholash natijalaridan foydalanish moʻljali;
baholash yondashuvlarini qoʻllashda foydalanilgan axborot hajmi va sifati;
baholash yondashuvlarining baholash obyektiga xos boʻlgan narx belgilovchi omillar tuzilishini hisobga olishga qodirligi;
yondashuv(lar)ni baholash obyektiga oʻxshash obyektlarning xaridorlari va sotuvchilarining xohishini aks ettirishga qodirligi;
maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi.
2-bob. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish va solishtirma oʻlchovlarni aniqlash
4. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish uchun qiymatlarning solishtirma oʻlchovlarini aniqlash kerak va bunda ilgari olingan qiymatlar baholovchining ekspert xulosasi asosida barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda baholash obyektining yakuniy qiymatini tashkil qiladi.
5. Turli yondashuvlar bilan olingan natijalarni muvofiqlashtirish quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:
Ki = Kd*S1 + Ks*S2 + K3*S3
bunda,
Ki — baholash obyektining yakuniy qiymati;
Kd, Ks, K3 — tegishlicha daromadga oid, qiyosiy va xarajatga oid yondashuvlar bilan aniqlangan qiymatlar;
S1, S2, S3 — har bir baholash yondashuvi uchun tanlangan tegishli solishtirma ogʻirliklar vazni.
Bunda, quyidagi shart bajarilishi lozim:
S1 + S2 + S3 = 1 (bir)
Agar baholash jarayonida yondashuvlardan biron-biri qoʻllanilmasa, tegishli Kva Ckoeffitsiyentlariga nol qiymati qoʻllaniladi.
6. Kelishishda muayyan vaziyatda qoʻllanilgan yondashuvlarning afzalliklari va kamchiliklarini hisobga olish kerak.
7. Hisob-kitoblar jarayonida qiymatlarni yaxlitlashga faqat hisoblashning yakuniy bosqichida ruxsat beriladi.
8. Solishtirma ogʻirliklarni aniqlash va olingan natijalarni muvofiqlashtirish usullari orasida quyidagilarni taʼriflash mumkin:
mantiqiy tahlil qilish usuli;
mezonlar boʻyicha moslashtirish usuli;
iyerarxiyalarni tahlil qilish usuli.
9. Mantiqiy tahlil qilish usuli barcha muhim parametrlarni hisobga olgan holda baholovchining mantiqiy tahlil (fikrlash) va sezgi asosida baholash natijalarini muvofiqlashtirishda aniq solishtirma ogʻirliklarni tanlashdan iborat.
Mantiqiy tahlil qilish usulidan foydalanganda, usullarning har biriga (hisoblash natijalariga) maʼlum bir vazn (foiz yoki daraja) berilgan deb taxmin qilinadi.
10. Mantiqiy tahlil usuli baholash mezonlarini darajaga boʻlib baholash usulini oʻz ichiga oladi. Har bir yondashuv natijasida olingan baholash natijalari uchun oʻziga xos solishtirma ogʻirliklarni aniqlash quyidagi asosiy mezonlarga muvofiq darajaga boʻlish asosida taxmin qilinadi:
baholash maqsadini hisobga olish qobiliyati;
bozor sharoitlarini hisobga olish qobiliyati;
obyektning fizik va iqtisodiy parametrlarini hisobga olish qobiliyati;
axborot sifati.
11. Solishtirma ogʻirliklarni hisoblashni quyidagi bosqichlarga boʻlish mumkin:
a) koʻrib chiqilayotgan mezonlar boʻyicha qoʻllaniladigan har bir yondashuvga asoslangan daraja beriladi (masalan, yuqori, oʻrta yoki past darajalar);
b) ballar mos ravishda belgilanadi (masalan, yuqori — 2, oʻrta — 1, past — 0);
v) har bir yondashuv uchun umumiy ball hisoblanadi va jami ustuniga kiritiladi;
g) baholangan obyekt tomonidan olingan ballarning umumiy miqdori foydalanilgan yondashuvlar yigʻindisidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
d) har bir yondashuvning vazn koeffitsiyenti tegishli yondashuvning umumiy balining jami ballga nisbati sifatida hisoblanadi.
12. Turli yondashuvlarning oʻziga xos solishtirma ogʻirliklarini aniqlash uchun mezonlar boʻyicha moslashtirish usuli baholovchining ixtiyoriga koʻra tanlangan toʻrt yoki undan ortiq obyektiv mezonlardan foydalanadi, ular maʼlum bir obyektni baholash xususiyatlarini hisobga olgan holda qoʻllaniladigan hisoblash usulining individual afzalliklari yoki kamchiliklarini tavsiflaydi.
13. Mezonlar boʻyicha moslashtirish usulida qoʻllanilgan usullarning solishtirma ogʻirliklarini hisoblash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
a) omillar matritsasi tuzilib, unda har bir yondashuvga toʻrtta mezonga muvofiq toʻrt turdagi ball beriladi. Mezonlar ichida quyidagilarni aniqlash mumkin:
tahlil va hisob-kitoblar oʻtkazilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va yetarliligi;
obyektga xos boʻlgan narx omillari tarkibini hisobga olish yondashuvining qobiliyati;
yondashuvning xaridor/sotuvchining xohishi va/yoki haqiqiy niyatlarini aks ettirish qobiliyati;
b) har bir yondashuv uchun ballar yigʻindisi aniqlanadi va barcha foydalanilgan yondashuvlarning ballari qoʻshiladi;
v) har bir yondashuvning hisoblangan ogʻirligi ushbu yondashuv ballari summasini barcha foydalanilgan yondashuvlar ballari summasining umumiy yigʻindisiga nisbati sifatida aniqlanadi.
14. Olingan qiymatlar har bir mezonning oʻziga xos solishtirma ogʻirliklarining yakuniy qiymatini ifodalaydi. Yakuniy qiymat mazkur Metodikaning 5-bandida keltirilgan formula boʻyicha hisoblanadi.
15. Iyerarxiyalarni tahlil qilish usuli baholashning turli yondashuvlari bilan olingan natijalarni muvofiqlashtirish hamda uning muammolarini qismlarga boʻlish va uni iyerarxiya koʻrinishida taqdim etishni ifodalaydi.
Natijalarni muvofiqlashtirish maqsadlari uchun quyidagi koʻrinishlarga ega boʻlgan uch darajali iyerarxiyadan foydalaniladi:
yuqori daraja — maqsad — bozor qiymatini baholash;
oraliq daraja — muvofiqlashtirish mezonlari;
quyi daraja — alternativlar — turli usullar bilan olingan baholash natijalari.
Baholash maqsadlari uchun muvofiqlashtirishning quyidagi mezonlaridan foydalaniladi:
potensial investor, xaridor yoki sotuvchining haqiqiy maqsadlarini aks ettirish imkoniyati;
tahlil oʻtkazilishiga asos sanalgan maʼlumotlarning turi, sifati, kengligi;
foydalanilayotgan usullar parametrlarining konyunktura tebranishlarini hisobga olishga qodirligi;
obyektning qiymatiga taʼsir qilayotgan oʻziga xos xususiyatlarini (joylashgan joyi, miqdori, potensial daromadliligini) hisob olishga qodirligi.
Natijalarni muvofiqlashtirish muammolari qismlarga boʻlinganidan va iyerarxiya koʻrinishida taqdim qilingandan keyin quyidagi izchillikdagi harakatlar bajariladi:
a) mezonlardagi ustuvorliklar juft-jufti bilan taqqoslash orqali aniqlanadi. Buning uchun teskari simmetrik matritsa quriladi, juft-jufti bilan taqqoslash uchun esa quyidagi nisbatlar shkalasidan foydalaniladi:
b) kelgusida har bir mezon uchun quyidagi formula boʻyicha oʻlchov aniqlanadi:
bunda,
W΄j — mezon oʻlchovi;
P — indekslar koʻpaytmasi;
aij — mezonning (indeksning) muhimligi;
n — mezonlar soni;
v) olingan oʻlchovlar quyidagi formula boʻyicha meʼyorlanadi:
Olingan miqdorlar har bir mezonlarning yakuniy oʻlchov qiymatini ifodalaydi hamda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
har bir mezon boʻyicha har bir alternativa uchun ustuvorliklarni aniqlashning tavsiflangan tartib-jarayonlarini amalga oshirish oʻtkaziladi va har bir alternativaning oʻlchov miqdorlari aniqlanadi;
har bir alternativaning narx belgilovchi omillar oʻlchovlarining koʻpaytmalari summasiga teng boʻlgan hamda ularning har bir omillar boʻyicha alternativalari oʻlchovlariga muvofiq boʻlgan yakuniy oʻlchovlarini hisoblash oʻtkaziladi;
alternativalar oʻlchovlari koʻpaytmalari summasiga teng boʻlgan va ularning oʻlchovlariga mos keluvchi bozor qiymatini hisoblash oʻtkaziladi.
3-bob. Yakuniy qoidalar
16. Har bir aniq vaziyatda baholovchi maqsadga muvofiqlik tamoyiliga asoslangan holda u yoki bu usulni ongli ravishda tanlashi kerak.
17. Baholash hisobotida koʻrsatilgan baholash obyektining qiymati baholovchining fikri hisoblanadi.
18. Baholash obyekti bilan tuzilgan bitimning bahosi baholovchi tomonidan baholash hisobotida belgilangan qiymatdan farq qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga
2-ILOVA
Baholovchi tashkilot ichki qoidalarining
NAMUNAVIY SHAKLI
Baholovchi tashkilotning blanki yoki burchak shtampi
Ekspertiza oʻtkazilgan sana: 20___ yil “____”_______________
Ekspert: F.I.O., lavozimi, baholovchining malaka sertifikati tartib raqami va uning berilgan sanasi_____________________________________________________
20__ yil “___” _______ dagi “_______________” -son hisobot (keyingi oʻrinlarda Hisobot deb ataladi) 20__ yil “___” _______ da “____________” jamoat birlashmasiga aʼzo boʻlgan “______________” baholovchi tashkilot tomonidan 20__ yil “___” ________ da berilgan ______-son baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlgan baholovchi ______ tomonidan 20__ yil “___” __________ dagi _______ -son Shartnoma boʻyicha ________________ maqsadida bajarilgan.
(obyektning baholash sanasida identifikatsiya qilish imkonini beruvchi aniq tavsifi, yuridik shaxsga tegishli boʻlgan baholash obyekti boʻyicha esa yuridik shaxsning rekvizitlari)baholash obyekti hisoblanadi.
2. Baholanuvchi obyektga borgan holda baholanuvchi mol-mulkni tekshirish natijalari (dala sharoitida ekspertiza oʻtkazishda):
Dala sharoitida ekspertiza oʻtkazishda qoʻshimcha ravishda quyidagilar aniqlandi:
(soʻngra ekspert tomonidan baholash obyektiga borgan holda baholanayotgan mol-mulkni tekshirish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlash uchun mol-mulkning taqqoslanuvchi obyektlarini tekshirish natijalari keltiriladi)
3. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqligi
(soʻngra ekspert tomonidan baholash toʻgʻrisida taqdim etilgan hisobotning baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobot mazmuniga qoʻyiladigan umumiy talablarga rioya qilinishi boʻyicha muvofiqligi haqidagi xulosalar keltiriladi).
Baholash maqsadlari uchun Hisobotda quyidagi yondashuvlardan foydalanilgan:
(soʻngra ekspert tomonidan hisobotda Baholovchi tomonidan u yoki bu baholash yondashuvlaridan foydalanishning (yoki foydalanishni rad etishning) asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi). Daromad boʻyicha yondashuvdan foydalanish:
Tanlangan yondashuv doirasida Baholovchi __________________________ metodidan foydalandi.(soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi).
Tanlangan yondashuv doirasida baholovchi __________________________ metodidan foydalandi.
(soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi)
Tanlangan yondashuv doirasida baholovchi _______________________________ metodidan foydalandi.
(soʻngra ekspert tomonidan foydalanilgan yondashuv doirasida Baholovchi tomonidan aniq metodni tanlashning toʻgʻriligi va asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi. Baholashning tanlangan metodi doirasida baholashni amalga oshirishda Baholovchi tomonidan foydalanilgan axborotlarning toʻliqligi va haqqoniyligi, hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan miqdorlarning haqqoniyligi va asoslanganligini tahlil qilish natijalari keltiriladi)
Joriy etilgan chegirishlar va mukofotlar:
(Ushbu boʻlimda ekspert tomonidan hisoblashda Baholovchi tomonidan foydalanilgan chegirishlar va mukofotlar miqdorlarini qoʻllaganlikning asoslanganligi va ularning haqqoniyligi, shuningdek ularni aniqlashning haqqoniyligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi)
Baholashning har qaysi yondashuvi salmogʻini asoslash:
(soʻngra ekspert tomonidan Baholovchi yondashuvlarining salmogʻini (koeffitsiyentlarini) belgilashning asoslanganligi toʻgʻrisidagi xulosalar keltiriladi)
4. Oʻtkazilgan ekspertiza xulosalari:
Yuqorida bayon qilinganlarga asoslanib, 20_____ yil “____” ___________ dagi “_______________________”ni baholash toʻgʻrisidagi koʻrib chiqilgan (hisobot nomi) _____ -son hisobot_______________________________ deb eʼtirof etiladi.
Izoh: ushbu ekspert xulosasi faqat ilova qilinayotgan hisobotning toʻliq matnini hisobga olgan holda, unda mavjud boʻlgan barcha yoʻl qoʻyishlar va farazlarni, shuningdek ekspertizani oʻtkazishda foydalanilgan hujjatlarni eʼtiborga olib talqin etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga
4-ILOVA
“Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqi qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (9-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 9-son “Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqi qiymatini baholash” MBSni qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Metodika YAMBSga muvofiq biznesni va unda ishtirok etish huquqi (bundan buyon matnda baholash obyekti deb yuritiladi) qiymatini baholash uchun zarur boʻlgan minimal usullarni belgilaydi. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, YAMBSga hamda baholashning xalqaro tajribasiga zid boʻlmagan boshqa usullardan ham foydalanishlari mumkin.
2. Ushbu Metodika maqsadida quyidagi asosiy atama va taʼriflardan foydalaniladi:
investitsiya qilingan kapitalga olingan sof pul oqimi (Cash Flow to Invested Capital CFIC) — korxona kapitalining xususiy va qarz turlari oʻrtasida kelgusidagi daromadlarni hamda moliyaviy majburiyatlarni taqsimlashdan oldingi pul mablagʻlari;
muntazam tavakkalchilik — makroiqtisodiy omillar taʼsirida butun bozor konyunkturasining oʻzgarishlari bilan bogʻliq boʻlgan, diversifikatsiya yoʻli bilan bartaraf etib boʻlmaydigan tavakkalchilik;
nazorat — korxonani boshqarishga va uning siyosatiga taʼsir koʻrsatish imkoniyati;
nazorat elementi yoʻqligi uchun chegirma — biznesdagi aksiyalar paketi (ulush)ning 100 (yuz) foizi qiymatiga mutanosib miqdordan chegiriladigan, ayrim yoki barcha nazorat vakolatlarining yoʻqligini aks ettiruvchi summa yoki foiz;
nazorat elementi mavjudligi uchun mukofot — nazorat ulushining mutanosib qiymati korxonadagi nazorat qilinmaydigan ulushning mutanosib qiymatidan oshib ketadigan summa yoki foiz;
nomuntazam tavakkalchilik — korxona faoliyatining investitsiyalash samaradorligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan ichki omillari bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalchilik;
tavakkalchilik uchun mukofot — tavakkalchilikni aks ettirish uchun tavakkalsiz stavkaga qoʻshiladigan daromad stavkasi;
xususiy kapitalga olingan pul oqimi (Cash Flow to Equity — CFE) — soliqlar, qarz mablagʻlaridan foydalanganlik uchun foizlar va qarzning asosiy summasi qaytarilgandan keyin aksiyadorlar ixtiyorida qoladigan pul mablagʻlari.
3. Baholashga oid vazifani belgilashda baholovchi baholash sanasi baholash maqsadlaridan kelib chiqib belgilanishini hisobga olishi lozim. Baholovchi faqat baholash sanasida mavjud boʻlgan holatlarni va baholash sanasiga qadar yuz bergan voqealarni eʼtiborga olishi kerak.
Biznesni baholashda baholash sanasi, qoida tariqasida, baholash oʻtkazilishini belgilagan voqea yuz bergunga qadar tuzilgan soʻnggi moliyaviy hisobot sanasi bilan mos keladi. Baholash sanasi (moliyaviy hisobot tuzilgan sana bilan mos kelmaydigan) oraliq sanaga belgilanishi ham mumkin.
4. Baholash obyektiga nisbatan uchinchi shaxslarning hujjat bilan tasdiqlangan mulkiy huquqlari, mazkur obyektdan foydalanishda cheklashlar va unga doir majburiyatlar boʻlmagan holda, uning qiymatini baholovchi, agar baholashga oid vazifada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan huquqlar, cheklashlar va majburiyatlar yoʻqligi haqidagi farazdan kelib chiqib aniqlaydi.
5. Baholash obyektini baholash maqsadi uning bozor qiymatini aniqlash boʻlib, quyidagilar baholash maqsadlari boʻlishi mumkin:
faoliyat koʻrsatayotgan korxona yoki uning ulushini oldi-sotdi qilish;
boshqaruv qarorlarini qabul qilish;
korxonani qayta tashkil etish (birlashish, qoʻshilish, ajratish, boʻlinish);
korxonaning oʻz aksiyalarini sotib olish;
boshqa korxona ustav kapitaliga aksiya paketini kiritish.
Normativ-huquqiy hujjatlar yoki baholashga oid vazifada bozor qiymatini aniqlash uchun boshqa baholash maqsadlari ham belgilanishi mumkin.
6. Baholash obyekti qiymatini baholashda investitsiya yoki tugatish qiymatini oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan bozor qiymatidan farqli qiymat turlari aniqlanishi mumkin.
2-bob. Axborot va moliyaviy hisobotlarni toʻplash va tahlil qilish
7. Baholovchi baholash yondashuvi va usullarini qoʻllash va tanlashni asoslantirish uchun baholash obyektini tahlil qilishni amalga oshiradi. Baholash obyektini tahlil qilish uchun zarur boʻlgan axborotlar turi va miqdori baholash maqsadi, aniqlanayotgan qiymat turi, baholash obyekti xususiyati, cheklovchi farazlar va shartlardan kelib chiqib, baholovchi tomonidan aniqlanadi.
8. Axborotni toʻplash, oʻrganish va tahlil qilishda, shuningdek baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi 3-sonli MBS talablariga amal qilishi kerak.
Baholovchi baholanayotgan obyekt haqidagi yigʻilgan axborot asosida:
korxonaning rivojlanish tendensiyalarini aniqlaydi;
daromadlarni prognoz qiladi;
baholanayotgan biznesga xos boʻlgan nomuntazam tavakkalchilik omillarini aniqlaydi.
9. Baholovchi makroiqtisodiy axborotni tahlil qilish jarayonida oʻrganishi va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirishi lozim boʻlgan asosiy koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
iqtisodiy oʻsish (yalpi ichki mahsulotning oʻsish) surʼatlari;
sanoat ishlab chiqarish hajmi;
inflyatsiya darajasi;
milliy valyutaning ayirboshlash kursi;
foiz stavkalari darajasi;
fond bozori koʻrsatkichlari;
soliq tizimi.
Baholash obyektining xususiyati va baholash maqsadlariga qarab baholovchi makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning roʻyxatini kengaytirishi mumkin.
10. Baholovchi baholash obyektiga mansub boʻlgan bozorni aniqlashi va uni tahlil qilishi lozim. Tahlil qilish va baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirish talab etiladigan bozorga oid asosiy koʻrsatkichlarga quyidagilar kiradi:
baholash obyekti mansub boʻlgan tarmoqning oʻsish surʼatlari;
tarmoqdagi oʻrtacha daromadlilik koʻrsatkichlari;
potensial investorlar uchun tarmoqning jozibadorligi;
tarmoqning rivojlanish istiqbollari;
tarmoq segmentatsiyasi va baholangan korxona tegishli boʻlgan segmentni aniqlash;
tarmoqni meʼyoriy-huquqiy tartibga solish va tarmoq korxonalari faoliyatiga nisbatan oʻziga xos cheklovlar.
11. Bozorga oid axborot tahlili natijalariga koʻra baholash toʻgʻrisidagi hisobotda bozorning mazkur segmentini tavsiflovchi quyidagi parametrlar boʻyicha xulosalar aks ettirilishi lozim:
narxlar dinamikasi;
asosiy raqobatchilar;
korxonaning tarmoqdagi oʻrni;
korxonaning imkoniyatlari.
12. Quyidagilar moliyaviy hisobot maʼlumotlarini tahlil qilishning asosiy turlari hisoblanadi:
a) yagona bazaga muvofiq tahlil (vertikal tahlil). Ushbu maqsadda buxgalteriya balansi moddalari aktivlar summasiga nisbatan foizda, moliyaviy natijalar haqidagi hisobot moddalari esa daromadlarning umumiy summasiga nisbatan foizda ifodalanadi;
b) gorizontal tahlil. Tahlil davri mobaynida moliyaviy hisobot asosiy koʻrsatkichlari oʻzgarishining tahlilini oʻz ichiga oladi. Asosiy koʻrsatkichlarga sotishdan tushgan tushumning oʻsish surʼatlari, daromad (foyda)ning oʻsish surʼatlari, aktivlarning oʻsish surʼatlari va boshqalar kiradi;
v) moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili. Mazkur tahlil hisoblangan koeffitsiyentlarni normativ koʻrsatkichlar, boshqa korxonalarning koeffitsiyentlari bilan yoki tarmoqqa oid oʻrtacha koʻrsatkichlar bilan taqqoslashni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
13. Korxonani baholashda quyidagi asosiy moliyaviy koeffitsiyentlar qoʻllaniladi:
korxonaning ish faolligini tavsiflaydigan aylanuvchanlik koeffitsiyenti;
korxona ishining daromadliligini, xarajatlarning iqtisodiy samara berish darajasini va mablagʻlardan foydalanish darajasini tavsiflaydigan, shuningdek korxona sof yoki operatsion daromadining korxona faoliyatining u yoki bu parametriga nisbatini aks ettiradigan daromadlilik va rentabellik koeffitsiyentlari;
korxonaning oʻz va qarz mablagʻlari nisbatini aks ettiruvchi va uning moliyaviy mustaqillik darajasini tavsiflovchi moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti;
korxonaning qisqa muddatdagi toʻlov qobiliyatini tavsiflaydigan likvidlik koeffitsiyenti.
14. Baholash obyektining xususiyatlaridan kelib chiqib baholovchi foydalaniladigan koeffitsiyentlar soni va turini mustaqil ravishda belgilaydi, shuningdek, boshqa mos keladigan koeffitsiyentlarni ham hisoblashi mumkin.
15. Zarur hollarda baholovchi korxonaning moliyaviy hisobotlariga baholash jarayonida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan, qoʻyidagilarni oʻz ichiga oluvchi tuzatishlar kiritishi mumkin:
korxona aktivlari va passivlarining bozor qiymatini hisoblash uchun zarur boʻlgan buxgalteriya balansi maʼlumotlariga tuzatishlar;
moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotdagi baholanayotgan korxona uchun xos boʻlmagan daromadlar va xarajatlarga tegishli boʻlgan tuzatishlar.
Tuzatishlar natijalariga koʻra korxonaning moliyaviy hisoboti quyidagicha boʻlishi kerak:
tarmoqning oʻxshash korxonalari yoki tarmoqqa oid oʻrtacha koʻrsatkichlar bilan taqqoslash mumkin boʻlishi;
korxonaning pul oqimlarini prognozlashda foydalanish uchun qoʻllanila olishi.
Tuzatishlar kiritilgan moliyaviy hisobot (balanslari va moliyaviy natijalar haqidagi hisobotlar)dan faqat baholash maqsadida foydalaniladi va baholash hisobotida aks ettiriladi.
16. Korxona moliyaviy hisoboti maʼlumotlari tahlilining natijalari baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi va quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
baholash sanasiga qadar soʻnggi uch yil uchun buxgalteriya balanslari va moliyaviy natijalar haqidagi hisobotlar tahlilining natijalari izohlar va xulosalar bilan;
baholash sanasiga qadar soʻnggi uch yil uchun moliyaviy koeffitsiyentlarning asosiy guruhlari boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar.
3-bob. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qoʻllash
1-§. Qiyosiy yondashuv
17. Qiyosiy yondashuv oʻxshash korxonalar yoki ularning ulushlarini sotuv narxlari tahliliga asoslanadi.
Qiyosiy yondashuv doirasida kapital bozori usulidan va taqqoslanuvchi bitimlar usulidan foydalanganda baholovchi kamida uchta analog-korxonani tanlab olishi lozim. Taqqoslash uchun oʻxshash korxonalarni tanlash qiyosiylik mezonlari tarkibi baholash shartlari va zaruriy axborot mavjudligi bilan belgilanadi.
Quyidagilar baholovchi hisobga olishi lozim boʻlgan asosiy mezonlar hisoblanadi:
baholash obyekti va analog-korxonalarning bir tarmoqqa mansubligi;
baholash obyekti va analog-korxonalarning miqdor jihatidan qiyosiyligi, ularning sotuvlar hajmi, aktivlarning umumiy qiymati,
bozor kapitallashuvi va boshqa koʻrsatkichlar bilan ifodalanishi;
baholash obyekti va analog-korxonalarning daromadlarning oʻsish surʼatlari jihatidan qiyosiyligi.
18. Baholash obyektining bozor qiymatini qiyosiy yondashuv usullari bilan aniqlash uchun quyidagi formula boʻyicha hisoblanadigan multiplikatorlar qoʻllaniladi:
bunda,
M — multiplikator;
N — oʻxshash korxonaning sotuv narxi (yoki boshqa qiymatni belgilovchi koʻrsatkich);
K — korxona faoliyatini tavsiflovchi moliyaviy, ishlab chiqarishga oid yoki moddiy koʻrsatkich.
Mos ravishda, baholash obyektining narxi (R) moliyaviy koʻrsatkichni tegishli multiplikatorga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanishi mumkin:
R = M * K
Multiplikatorlar umuman korxona boʻyicha yoki bir aksiyaga nisbatan hisoblanishi mumkin.
19. Biznesni baholashda multiplikatorlarning quyidagi asosiy turlaridan foydalaniladi:
narx/daromad (foyda, pul oqimi);
narx/dividendlar. Bu multiplikator amalda toʻlangan dividendlar asosida yoki bunday toʻlovlarga xos boʻlgan oʻxshash korxonalar boʻyicha dividend toʻlovlari asosida hisoblanadi;
Baholash obyekti va analog-korxonalarning xususiyatlariga qarab baholovchi boshqa turdagi multiplikatorlarni qoʻllashi ham mumkin.
Baholash obyektini baholash uchun mos boʻlgan multiplikatorlar tanlanishini asoslash va hisoblash tartibining tavsifi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilishi lozim.
20. Baholash obyektining bozor qiymati qiyosiy yondashuv yordamida multiplikatorlarning tanlangan qiymatlarini baholash obyektining tegishli moliyaviy yoki boshqa koʻrsatkichlariga koʻpaytirish orqali olingan natijalarni muvofiqlashtirish va quyidagi yakuniy tuzatishlar kiritish yoʻli bilan aniqlanadi:
agar investitsiya qilingan kapitalning qiymati qiymatni aniqlash uchun asos sifatida qabul qilinsa, uzoq muddatli qarz chegirib tashlanadi;
xususiy aylanma kapitalning taqchilligi chegirib tashlanadi (ortiqcha aylanma kapital qoʻshiladi);
daromadni shakllantirishda ishga solinmagan aktivlarning bozor qiymati qoʻshiladi (agar ular mavjud boʻlsa);
qoida tariqasida, xaridor uchun jozibador boʻlmagan ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishda portfel chegirmasi ayirib tashlanadi;
mulkning baholanayotgan ulushi uning oʻxshashlari bilan taqqoslaganda beradigan nazorat qilish imkoniyati darajasiga qarab, nazoratning yoʻqligi uchun chegirma ayirib tashlanadi yoki nazorat uchun mukofot qoʻshiladi.
Analog korxonalar toʻgʻrisida bozor axboroti mavjud boʻlmaganda, nazorat elementlari yoʻqligiga (mavjudligiga) qiymatga nisbatan chegirmalar (mukofotlar) quyidagi tarzda hisoblanadi:
Biznesning qiymati 100% toʻliq nazoratni hisobga olgan holda aniqlanadigan holatda quyidagi jadval boʻyicha chegirma belgilanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori
(ustav kapitaliga nisbatan foizda)
Nazorat elementlari yoʻqligi uchun chegirma
(qiymatga nisbatan foizda)
(75% +1 oddiy aksiya)dan 100%gacha
0%
(50% +1 oddiy aksiya)dan 75%gacha
5%
(25% +1 oddiy aksiya)dan 50%gacha
10%
(10% +1 oddiy aksiya)dan 25%gacha
15%
10% va undan kam
20%
Biznesning qiymati toʻliq nazoratni hisobga olmagan holda aniqlanadigan holatda quyidagi jadval boʻyicha mukofot belgilanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori
(ustav kapitaliga nisbatan foizda)
Nazorat elementlari mavjudligi uchun mukofot
(qiymatga nisbatan foizda)
(75% +1 oddiy aksiya)dan 100%gacha
25%
(50% +1 oddiy aksiya)dan 75%gacha
20%
(25% +1 oddiy aksiya)dan 50%gacha
10%
(10% +1 oddiy aksiya)dan 25%gacha
5%
10% va undan kam
0%
2-§. Daromad yondashuvi
21. Baholash obyekti qiymatini daromad yondashuvida baholashda pul oqimlarini diskontlash usuli (POD) yoki daromadni kapitallashtirish usuli qoʻllanilishi mumkin.
22. Daromad yondashuvi boʻyicha baholashda baholash obyekti qiymati pul oqimlarini diskontlash usuli (POD) yordamida baholash obyektidan prognoz davrida kutilayotgan pul oqimlarining joriy qiymatlari va baholash obyektining prognoz davridan keyingi joriy qiymatini qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda koʻrsatilgan qiymatlar baholash sanasidagi diskontlash stavkasi boʻyicha keltiriladi.
Baholash obyektining joriy qiymatini POD usuli bilan hisoblash formulasi pul oqimlari prognoz davrining har yili oxirida tushadi deb faraz qilinganda, quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
bunda,
PV — joriy qiymat;
i — prognoz davri yilining raqami;
n — prognoz davrining oxirgi yili;
CFi — prognoz davri i -chi yilining pul oqimi;
D — diskontlash stavkasi;
FV — baholash obyektining prognoz davri tugaganidan keyingi qiymati.
Pul oqimlari yilning oʻrtasida tushadi deb faraz qilinganda (ular yil mobaynida mutanosib ravishda tushganda), i oʻrniga daraja koʻrsatkichi i-0,5, n oʻrniga tegishlicha n-0,5 ishlatiladi. Bunda, quyidagi formula qoʻllaniladi:
23. Baholash obyekti qiymatini POD usuli bilan baholashda baholash maqsadi, baholash obyektining oʻziga xos xususiyatlari va kapital tarkibiga qarab, nominal yoki real miqdorda soliqdan oldin yoki soliqdan keyin hisoblangan xususiy yoki investitsiya qilingan kapitalga olingan pul oqimlari qoʻllaniladi.
a) xususiy kapitalning qiymatini baholash uchun foydalaniladigan pul oqimlarining asosiy turi xususiy kapitalga olingan sof pul oqimlari boʻlib, sof foydaga nisbatan quyidagi amallar bajariladi:
amortizatsiya ajratmalari qoʻshiladi;
xususiy aylanma kapitalning kamayishi (koʻpayishi) qoʻshiladi (ayiriladi);
uzoq muddatli qarzning koʻpayishi (kamayishi) qoʻshiladi (ayiriladi);
kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining kamayishi (oʻsishi) qoʻshiladi (ayiriladi);
yangi qarz majburiyatlarining vujudga kelishidan tushumlar (qimmatli qogʻozlar) qoʻshiladi;
imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar (mazkur aksiyalar mavjud boʻlsa) ayiriladi;
b) korxona kapitalining tuzilishida jalb qilingan kapital ulushi ancha koʻp (oʻttiz foizdan ortiq) boʻlsa, investitsiya qilingan kapitalga olingan sof pul oqimi qoʻllaniladi va sof foydaga nisbatan quyidagi amallar bajariladi:
amortizatsiya ajratmalari qoʻshiladi;
xususiy aylanma kapitalning kamayishi (koʻpayishi) qoʻshiladi (ayiriladi);
sof foyda miqdori kamaygan kreditlar boʻyicha foizlar qoʻshiladi;
sof daromadni hisoblashda ilgari chegirib tashlangan uzoq muddatli qarzlar boʻyicha foizlar toʻlovlari qoʻshiladi;
toʻlangan foizlar miqdoriga toʻgʻri keladigan foyda soligʻining bir qismi ayiriladi.
Haqiqiy retrospektiv pul oqimlari va xaridor duch kelishi kerak boʻlgan oqimlar oʻrtasidagi farqlarni aks ettirish uchun tegishli tuzatishlar kiritish maqsadga muvofiq boʻlishi mumkin.
24. Daromad va xarajatlarni prognoz qilishda baholovchi quyidagi omillarni aniqlaydi, tahlil qiladi va hisobga oladi:
a) daromadlarni prognoz qilishda:
chiqarilayotgan mahsulot assortimenti;
ishlab chiqarish hajmlari va mahsulot narxlari;
chiqarilayotgan mahsulotga boʻlgan talab;
inflyatsiya surʼatlari (nominal pul oqimi uchun);
korxonaning mavjud ishlab chiqarish quvvatlari;
kapital qoʻyilmalarni amalga oshirish rejasi va oqibatlari;
talab imkoniyatlarini belgilaydigan iqtisodiyotdagi umumiy vaziyat;
tarmoqdagi vaziyat va raqobat;
baholanayotgan korxonaning bozordagi ulushi;
prognoz davri tugaganidan soʻng daromadlarning oʻsish surʼatlari.
b) xarajatlarni prognoz qilishda:
xarajatlar tarkibini, doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar nisbatining tahlili;
bir martalik va favqulodda xarajatlar moddalari;
amortizatsiyalanadigan aktivlar mavjudligi, ularning boʻlgʻusi koʻpayishi va hisobdan chiqarilishi prognozidan kelib chiqib, amortizatsiya ajratmalari miqdori;
qarz mablagʻlari boʻyicha foiz toʻlovlari miqdori, ushbu mablagʻlarning prognoz qilinayotgan miqdori;
korxonaning asosiy vositalar va aylanma mablagʻlarga boʻlgan ehtiyojining prognozi;
korxona xususiy aylanma kapitalining ortiqchaligi yoki taqchilligi;
uzoq muddatli qarzlar hajmining oʻzgarishlari (xususiy kapitalga hisoblangan pul oqimlari uchun).
25. Diskontlash stavkasini hisoblash uchun pul oqimi turiga qarab quyidagi usullarning biridan foydalanilishi mumkin:
xususiy kapitalga olingan pul oqimi uchun — kapital aktivlarni hisoblash modeli (CAPM), kumulyativ tuzish usuli va diskontlangan pul oqimini tahlil qilish usuli;
investitsiya qilingan kapitalga olingan pul oqimi uchun — kapitalning oʻrtacha hisoblangan qiymati (WACC) usuli.
Diskontlash stavkasi qoʻllanishi mumkin boʻlgan (soliqqa tortishdan oldin yoki keyin) pul oqimi, qiymat turi (nominal yoki real) va hisob-kitoblarni amalga oshirish valyutasida hisoblanishi kerak.
26. Diskontlash stavkasini kapital aktivlarni hisoblash modeli (CAPM) bilan hisoblash fond bozorining erkin muomaladagi aksiyalar daromadlilik darajasining oʻzgarishiga doir axborotni tahlil qilish asosida quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
D = Rf + β×(Rm — Rf ) + S1 + S2 + C
bunda,
D — diskontlash stavkasi;
Rf — davlat qimmatli qogʻozlarining foiz stavkasi, yaʼni tavakkalsiz stavka;
β — muayyan aksiyalarning bozor daromadlarining oʻzgarishiga qanchalik sezgir ekanligini anglatadigan koeffitsiyent.
Agar bozor indeksining qiymati oʻrtacha 1% ga oʻzgarganda, korxona aksiyalari ham 1% ga oʻzgarsa, korxonaning betasi 1 ga teng. Agar indeks 1% ga oʻzgarganda, korxona aksiyalari 1,5% ga oʻzgaradi, beta 1,5 ga teng. Koeffitsiyent statistik maʼlumotlar asosida hisoblanadi.
Rm — bozorning umumiy daromadlilik darajasi (daromadlilikning bozordagi oʻrtacha meʼyori);
(Rm — Rf) — investitsiya xavfi uchun foiz mukofoti;
S1 — kichik korxonalarga tavakkalchilik uchun mukofot boʻlib, ustav kapitali miqdori yirik korxonalar bilan taqqoslaganda uncha katta boʻlmagan korxonalarning past darajadagi kredit qobiliyati va moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi;
S2 — aniq korxonaga investitsiyalar qilish tavakkalchiligi uchun mukofot (spetsifik tavakkalchiliklar);
S — mamlakat xavfi, bu faqat boshqa mamlakatlarning bozor maʼlumotlarini formulaning elementlari sifatida ishlatishda hisobga olinadi.
27. Diskontlash stavkasini kumulyativ tuzish usulida hisoblash tavakkalsiz stavkasini baholanayotgan korxonaga investitsiyalar qilish tavakkalchiligi uchun mukofotlarni qoʻshish yoʻli bilan quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
D = Rf + RPm + RPs + RPu
bunda,
D — diskontlash stavkasi;
Rf — davlat qimmatli qogʻozlarining foiz stavkasi, yaʼni tavakkalsiz stavka;
RPm — tavakkalsiz investitsiyalar bilan taqqoslaganda aksiyalarga sarmoya kiritish xavfi uchun mukofot;
RPs — kichik korxonalarga tavakkalchilik uchun mukofot;
RPu — aniq korxona yoki tarmoqqa xos boʻlgan tavakkalchilik uchun mukofot boʻlib, uning doirasida tavakkalchilikning quyidagi omillari baholanishi mumkin:
korxonaning menejmentiga bogʻliqlik;
korxonani moliyalashtirish manbalari;
tovar va hududiy diversifikatsiya;
mijozlarning diversifikatsiyalanganligi;
baholanayotgan korxonaga xos boʻlgan boshqa tavakkalchiliklar.
28. Diskontlash stavkasini pul oqimini diskontlash (POD) usuli yordamida hisoblash baholash obyektining joriy qiymatini POD usuli bilan hisoblash formulasida diskontlash stavkasi qiymatini, qolgan parametrlar maʼlum boʻlganda, mazkur formula elementlarining tengligiga erishgunga qadar ketma-ket oʻzgartirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
29. Diskontlash stavkasini kapitalning oʻrtacha hisoblangan qiymati (WACC) usulida hisoblash xususiy kapital va jalb qilingan mablagʻlarga iqtisodiy samara olishning oʻlchangan stavkalarini qoʻshish yoʻli bilan (bu yerda oʻlchovlar sifatida xususiy va jalb qilingan mablagʻlarning kapital tarkibidagi ulushlari amal qiladi) quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
WACC=kd (1-tc) wd+kpwp+ksws
bunda,
kd — qarz mablagʻlari boʻyicha bank foiz stavkasi;
tc — korxonaning foyda soligʻi stavkasi;
wd — korxonaning kapital tarkibidagi qarz kapitalining ulushi;
kp — imtiyozli aksiyalar boʻyicha daromad stavkasi;
wp — korxona kapitali tarkibida imtiyozli aksiyalar ulushi;
ks — oddiy aksiyalar boʻyicha daromad stavkasi;
ws — korxona kapitali tarkibida oddiy aksiyalar ulushi.
30. Diskontlash stavkasini hisoblash usulining tanlanishi va hisoblashda olingan qiymatlar va farazlar baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslantirilishi lozim.
31. Baholash obyektining prognoz davri tugaganidan keyingi qiymati quyidagi usullardan biri yordamida hisoblanadi:
a) eskirish va kapital qoʻyilmalarning qiymatlari teng deb faraz qilinganda, prognozdan keyingi davrda barqaror daromadlar olish prognoziga asoslangan Gordon (doimiy oʻsish) modeli yordamida:
bunda,
FV — baholash obyektining prognoz davri tugagandan keyingi qiymati;
CF(t +1) — prognozdan keyingi davrning birinchi yili uchun pul oqimi;
D — diskontlash stavkasi;
g — pul oqimining uzoq muddatli oʻsish surʼati;
b) moʻljallanayotgan sotuv usuli baholash obyektini sotish majburiyati mavjud boʻlgan yoki bunday sotish muayyan turdagi biznesga xos boʻlgan holda qoʻllaniladi. Sotuv narxini hisoblash pul oqimlarini quyidagilar asosida olingan koeffitsiyentlardan foydalanilgan holda narx koʻrsatkichlariga aylantirishdan iborat:
taqqoslanuvchi baholash obyektlarini sotish maʼlumotlarini tahlil qilish;
sof aktivlar qiymati doirasida;
tugatish (likvidatsiya) qiymati doirasida.
32. Baholash obyektining bozor qiymatini hisoblash uchun quyidagi tuzatishlarni kiritish talab etiladi:
pul oqimini shakllantirishda ishtirok etmagan aktivlarning (agar ular mavjud boʻlsa) qiymati qoʻshiladi;
xususiy aylanma kapitalning ortiqcha qismi qoʻshiladi (taqchilligi ayiriladi);
agar korxona xususiy kapitalining qiymatini hisoblash uchun investitsiya qilingan kapitalga olingan pul oqimidan foydalanilayotgan boʻlsa, uzoq muddatli qarzlar summasi ayirib tashlanadi.
Agar baholash obyekti biznesdagi ulush boʻlsa, baholovchi nazorat va likvidlik darajasiga tegishli tuzatishlar kiritadi.
33. Baholash obyekti qiymatini daromadni kapitallashtirish usuli yordamida aniqlash ayrim davr (qoida tariqasida bir yil) mobaynida olingan daromad miqdorini shu daromadga muvofiq boʻlgan kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
bunda,
PV — joriy qiymat;
CF — yil (yoki boshqa tanlangan davr) mobaynida olish kutilayotgan daromad;
R — kapitallashtirish stavkasi.
34. Kapitallashtirilishi lozim boʻlgan daromad miqdori quyidagi usullardan biri orqali hisoblanadi:
joriy daromadlar usuli — kapitallashtirilishi lozim boʻlgan daromad miqdori sifatida soʻnggi hisobot davri koʻrsatkichlari olinadi;
daromadning oddiy oʻrtacha miqdorini hisoblash usuli — kutilayotgan daromad miqdori retrospektiv davrdagi daromadning oʻrtacha miqdoriga teng deb olinadi;
daromadning oʻlchangan oʻrtacha miqdorini hisoblash usuli — kutilayotgan daromad miqdori retrospektiv davrdagi daromadning oʻlchangan oʻrtacha miqdoriga teng deb olinadi, bunda daromadni olish davri baholash sanasiga qancha yaqin boʻlsa, uning koʻrsatkichi vazni shuncha salmoqli boʻladi;
mavjud tendensiyalar davom etadi degan farazga asoslangan statistik usul (trend) — oxirgi uch yil uchun retrospektiv maʼlumotlarga asoslanib trend tuzish va quyidagi formuladan foydalanishni nazarda tutadi:
y = a + bxn+1
bunda,
y — prognozdan keyingi davrning birinchi yilidagi daromad miqdori;
xn+1 — prognozdan keyingi davrning birinchi yiliga mos keladigan davr raqami;
a va b — aniqlanishi lozim boʻlgan nomaʼlum oʻzgaruvchilar.
bunda,
n — oʻtgan davrlar soni;
x — davr raqami.
35. Kapitallashtirish stavkasi quyidagi usullardan biri orqali aniqlanadi:
baholash obyektiga oʻxshash obyektlarning daromadlari miqdorlari va sotuv narxlari haqidagi bozor axboroti tahliliga asoslangan bozor ekstraksiyasi usuli;
diskontlash stavkasidan baholash obyektidan olingan daromadlar oʻsishining yillik oʻrtacha surʼatini ayirish usuli.
Kapitallashtirish stavkasi bozor ekstraksiyasi usuli bilan quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda,
R0 — baholash obyekti uchun kapitallashtirish stavkasi;
n — analog-obyektlar soni;
Ki — i -chi analog-obyektning oʻlchov koeffitsiyenti;
Ri — i -chi analog-obyekt uchun kapitallashtirish stavkasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ri = Ii / Vi
bunda,
Ii — i-chi obyektning baholash obyektining kapitallashtirilayotgan turdagi daromadiga mos keladigan daromadi;
Vi — i-chi obyektning sotuv narxi.
Kapitallashtirish stavkasining diskontlash stavkasi bilan oʻzaro aloqasi quyidagi formula bilan ifodalanadi:
R0 = D — g
bunda,
D — diskontlash stavkasi;
g — oʻsish surʼatlari.
Baholovchi daromadning oʻsish surʼatlari yoʻqligini prognoz qilgan boʻlsa, kapitallashtirish stavkasi miqdor jihatidan diskontlash stavkasiga tenglashtiriladi.
36. Baholash obyektining joriy qiymati kapitallashtirish usuli yordamida yil (yoki boshqa davr) mobaynida olinishi kutilayotgan daromad miqdorini kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblanadi.
Baholash obyektining bozor qiymatini olish uchun pul oqimlarini shakllantirishda ishga solinmagan aktivlarning (agar ular mavjud boʻlsa) bozor qiymatini qoʻshish lozim.
Agar baholash obyekti biznesdagi ulush boʻlsa baholovchi nazorat va likvidlik darajasiga tuzatishlar kiritadi.
Agar butun investitsiya qilingan kapitalga pul oqimi (daromad) baholash asosida boʻlsa, yuz foizdan kam boʻlgan aksiyalar paketini baholashda aksiyalar paketining tegishli miqdori uchun nazorat elementlari yoʻqligiga chegirma qoʻllaniladi.
Agar bir dona oddiy aksiya pul oqimi (daromad) baholash bazasi boʻlsa, aksiyalar paketining tegishli miqdoriga nazorat elementlari mavjudligi uchun mukofot qoʻllaniladi.
Analog korxonalar toʻgʻrisida bozor axboroti mavjud boʻlmaganda, nazorat elementlari yoʻqligi (mavjudligi) uchun chegirmalar (mukofotlar) quyidagi tarzda hisoblanadi:
Biznesning qiymati 100% toʻliq nazoratni hisobga olgan holda aniqlanadigan holatda quyidagi jadval boʻyicha chegirma belgilanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori
(ustav kapitaliga nisbatan foizda)
Nazorat elementlari yoʻqligi uchun chegirma
(qiymatga nisbatan foizda)
(75% +1 oddiy aksiya)dan 100%gacha
0%
(50% +1 oddiy aksiya)dan 75%gacha
5%
(25% +1 oddiy aksiya)dan 50%gacha
10%
(10% +1 oddiy aksiya)dan 25%gacha
15%
10% va undan kam
20%
Biznesning qiymati toʻliq nazoratni hisobga olmagan holda aniqlanadigan holatda quyidagi jadval boʻyicha mukofot belgilanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori
(ustav kapitaliga nisbatan foizda)
Nazorat elementlari mavjudligi uchun mukofot
(qiymatga nisbatan foizda)
(75% +1 oddiy aksiya)dan 100%gacha
25%
(50% +1 oddiy aksiya)dan 75%gacha
20%
(25% +1 oddiy aksiya)dan 50%gacha
10%
(10% +1 oddiy aksiya)dan 25%gacha
5%
10% va undan kam
0%
3-§. Xarajat yondashuvi
37. Xarajat yondashuvi doirasida baholash obyektini baholash usulini tanlash baholovchi tomonidan qabul qilingan baholash shartiga bogʻliq boʻladi. Ishlab turgan korxona baholanganda sof aktivlar usuli, korxonani tugatish sharti nazarda tutilgan holda baholanganda esa tugatish qiymati usuli qoʻllaniladi.
Xarajatga oid yondashuv usullari quyidagi umumiy formula orqali hisoblanadi:
Sr = Sa — So
bunda,
Sr — korxona qiymati;
Sa — aktivlar qiymati;
So — majburiyatlar qiymati.
38. Ishlab turgan korxonani sof aktivlar usuli bilan baholash uchun baholovchi baholash sanasiga qadar soʻnggi korxona buxgalteriyasi (yoki mavjud boʻlganda konsolidatsiya qilingan/birlashtirilgan) balansi asosida baholash (iqtisodiy) balansini tuzadi.
Baholash (iqtisodiy) balansida korxonaning barcha, shu jumladan buxgalteriya balansida hisobga olinmagan aktivlari va majburiyatlari bozor qiymati boʻyicha hisobga olinadi.
a) koʻchmas mulk, mashinalar, uskunalar va transport vositalarining bozor qiymatini aniqlaydi;
b) nomoddiy aktivlarning bozor qiymatini aniqlaydi.
Aktivlarning tarmoq boʻyicha oʻrtacha daromadliligi haqida axborot mavjud boʻlsa, gudvill qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi (bunda korxonaning balansida aks ettirilgan, xususiylashtirish (sotib olish) paytida gudvill sifatida korxona xususiy kapitalining balans qiymati va baholash qiymati oʻrtasidagi farq tarzida yuzaga kelgan nomoddiy aktivlar baholashga kiritilmaydi):
CHP — RSA * SDA
Gudvill = –––––––––––––––––––––––––––––––
SK
bunda,
CHP — korxonaning sof foydasi;
RSA — korxona aktivlarining bozor qiymati;
SDA — aktivlarning tarmoq boʻyicha oʻrtacha daromadliligi;
SK — kapitallashtirish stavkasi;
v) korxona moliyaviy qoʻyilmalarining (aksiya, ulush va x.k.) bozor qiymatini, shu jumladan korxonaning qimmatli qogʻozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav kapitallariga investitsiyalarni, shuningdek boshqa tashkilotlarga berilgan qarzlarni aniqlaydi.
Fond bozorida kotirovka qilinadigan qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarning bozor qiymatini baholashda baholovchi ushbu qimmatli qogʻozlarning bozor kotirovkalariga asoslanadi.
Fond bozorida kotirovka qilinmaydigan qimmatli qogʻozlarga va boshqa tashkilotlarning ustav fondlariga qilingan investitsiyalar qiymatini baholash investitsiyalarning nazorat sifatlaridan kelib chiqib:
1) 50 (ellik) foizdan ortiq boʻlgan moliyaviy qoʻyilmalar (aksiyalar paketlari, ulushlar va boshqalar) qiymatini baholash 9-son MBS asosida amalga oshiriladi;
2) 50 (ellik) foizgacha (qoʻshib hisoblaganda) boʻlgan moliyaviy qoʻyilmalar (aksiyalar paketlari, ulushlar va boshqalar) qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
fond bozorida kotirovka qilinadigan aksiyalar qiymatini baholash mazkur aksiyalarning baholash sanasidan oldingi kotirovkalarga muvofiq amalga oshiriladi;
dividendlar koʻrinishida daromadlar keltiradigan investitsiyalar qiymatini baholash soʻnggi uch yil uchun dividend koʻrinishidagi oʻrtacha yillik daromadni baholash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi boʻyicha kapitallashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Daromad keltirmaydigan investitsiyalar qiymatini baholash xususiy kapital miqdoridan kelib chiqib quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
Sak = Bin * Ssk / Suf * (1-Kkontr)
bunda,
Sak — aksiyalar paketining hisoblangan qiymati;
Bin — aksiyalar paketining balans qiymati;
Ssk — xususiy kapitalning balans boʻyicha miqdori (xususiy mablagʻlar manbalari);
Suf — balans boʻyicha ustav kapitalining miqdori;
Kkontr — nazorat koeffitsiyenti.
Aksiyalar qiymatini hisoblashda baholanayotgan aksiyalar paketining nazorat darajasini inobatga olish zarur. Nazorat elementlari yoʻqligi uchun chegirma mazkur metodikaning 39-bandiga asosan hisoblanadi.
Investitsiya qiymatining yakuniy qiymati sifatida hisoblangan natijalarning eng yuqori qiymatini beruvchi natijasi qabul qilinadi. Bunda aksiyalar paketining aniqlangan qiymati uning balans qiymatidan kam boʻlishi mumkin emas;
g) nihoyasiga yetkazilmagan kapital qoʻyilmalar — tugallanmagan qurilish obyektlari va oʻrnatilishi lozim boʻlgan uskunalarning bozor qiymatini aniqlaydi;
d) tovar-moddiy zaxiralarining qiymatini ularning balans qiymati boʻyicha qabul qiladi;
e) kelgusi davrlar xarajatlarini balans qiymati boʻyicha qabul qiladi;
j) kechiktirilgan xarajatlar va daromadlarning qiymatini quyidagi tarzda aniqlaydi:
agar ular buxgalteriya hisobi standartlarida belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bersa, ularning qiymati balans qiymatiga teng holda qabul qiladi;
agar ular buxgalteriya standartlarida belgilangan aktivlar va majburiyatlarni tan olish mezonlariga javob bermasa, ularning qiymati toʻlanadigan foyda soligʻi (muddati kechiktirilgan daromadlar uchun) yoki ushbu soliqdan tejalgan summa (muddati kechiktirilgan xarajatlar uchun) boʻyicha hisoblaydi. Bunda toʻlanishi kerak boʻlgan soliq yoki uning tejash summasi ushbu soliqning amaldagi stavkasini kechiktirilgan xarajatlar va daromadlarning balans qiymatiga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi;
z) pul mablagʻlari qiymatiga tuzatish kiritmaydi;
i) har bir debitor boʻyicha uzoq muddatli debitorlik qarzining bozor qiymatini kutilayotgan qarz toʻlovlari va qarz boʻyicha foizlarni diskontlash stavkasi boʻyicha qarzni uzish muddatlari va ehtimolini hisobga olgan holda aniqlaydi. Agar bozor maʼlumotlari boʻlmasa, diskontlash stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan asosiy stavkasi miqdorida olinadi. Joriy debitor qarz balans qiymatiga teng deb olinadi;
k) uzoq muddatli majburiyatlarning bozor qiymatini kutilayotgan qarz toʻlovlari va qarz boʻyicha foizlarni diskontlash stavkasi boʻyicha toʻlov muddatlari grafiklarini hisobga olgan holda diskontlash orqali aniqlaydi;
l) joriy majburiyatlarning bozor qiymatini aniqlaydi, bu majburiyatlar balans qiymatiga teng deb hisoblanadi;
m) baholanayotgan korxonaga tegishli boʻlgan, balansdan tashqari hisobda turgan, foydalanishda boʻlgan xoʻjalik inventari balansdan tashqari hisobda koʻrsatilgan qiymati boʻyicha 50 (ellik) foiz miqdoridagi eskirishni ayirib tashlagan holda baholaydi;
n) hisobga olinmagan majburiyatlarning (agar ular mavjud boʻlsa) bozor qiymatini aniqlaydi.
39. Korxona xususiy kapitalining bozor qiymati sof aktivlar usuli yordamida aktivlar summasining bozor qiymatidan majburiyatlar summasining bozor qiymatini ayirib tashlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Baholanayotgan ulushning bozor qiymati korxona xususiy kapitali qiymatiga nisbatan mutanosib ravishda hisoblanadi. Mulkning nazorat huquqini bermaydigan ulush (aksiyalarning nazorat huquqini bermaydigan paketi) baholanganda ayrim (yoki barchasi) nazorat funksiyalarining yoʻqligi uchun chegirma qoʻllaniladi.
Bozor axboroti mavjud boʻlmaganda, nazorat elementlari yoʻqligi uchun chegirmalar quyidagi tarzda hisoblanadi:
Baholanayotgan aksiyalar paketi miqdori
(ustav kapitaliga nisbatan foizda)
Nazorat elementlari yoʻqligi uchun chegirma
(qiymatga nisbatan foizda)
(75% +1 oddiy aksiya)dan 100%gacha
0%
(50% +1 oddiy aksiya)dan 75%gacha
5%
(25% +1 oddiy aksiya)dan 50%gacha
10%
(10% +1 oddiy aksiya)dan 25%gacha
15%
10% va undan kam
20%
40. Tugatish qiymati usuli korxona tugatilganda va uning aktivlari alohida sotilganda mulkdor olishi mumkin boʻlgan qiymatni aniqlashga asoslanadi.
Aktivlarning joriy qiymatini bu aktivlarning moʻljallanayotgan sotish sanasida aniqlangan, baholash sanasida aktivni sotish bilan bogʻliq tavakkalchilikni hisobga oluvchi diskontlash stavkasi boʻyicha keltirilgan bozor qiymati sifatida aniqlanadi. Tugatish shartlari bilan bunday aktivni sotishga xos boʻlgan muddatdan kamroq sotish muddati belgilangan boʻlsa, aktivning bozor qiymatidan qisqartirilgan sotish muddatiga chegirmani ayirib tashlash talab etiladi.
Tugatish xarajatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tugatish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlar — vositachilarga haq, jalb qilinadigan tashkilotlarga xizmat haqi, aktivlarni sotishda toʻlanadigan soliqlar;
aktivlarga ular sotilgunga qadar egalik qilish bilan bogʻliq xarajatlar — tayyor mahsulot zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, koʻchmas mulk obyektlarini saqlab turish xarajatlari va korxonani tugatish yakunlangunga qadar uning ishini tashkil qilish boʻyicha boshqaruv xarajatlari.
41. Korxonaning tugatish qiymati tugatish xarajatlari ayirib tashlangan aktivlarning joriy qiymati bilan korxona majburiyatlarining joriy qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Mulk ulushining qiymati korxonaning tugatish qiymatiga mutanosib ravishda hisoblanadi.
4-§. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
42. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash 6-son “Baholash yondashuvlari va usullari” MBS va “Baholash yondashuvlari va usullari” Milliy baholash standarti (6-son MBS)ning baholash natijalarini muvofiqlashtirish tartibi metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga
5-ILOVA
“Koʻchmas mulk qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (10-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 10-son “Koʻchmas mulk qiymatini baholash” MBSni qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Metodika koʻchmas mulk va ularga boʻlgan huquqlar qiymatini, YAMBSga muvofiq baholash uchun zarur boʻlgan minimal usullarni belgilaydi. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, YAMBSga hamda baholashning xalqaro tajribasiga zid boʻlmagan boshqa usullardan ham foydalanishlari mumkin.
2. Ushbu Metodika maqsadida quyidagi atama va taʼriflardan foydalaniladi:
bartaraf etib boʻladigan eskirish — shunday bir eskirish boʻlib, uni bartaraf etish xarajatlari bartaraf etish natijasida koʻchmas mulk obyektiga qoʻshiladigan qiymatidan kamroq yoki unga tengdir;
bartaraf etib boʻlmaydigan eskirish — shunday bir eskirish boʻlib, uni bartaraf etish xarajatlari bartaraf etish natijasida koʻchmas mulk obyektiga qoʻshiladigan qiymatidan koʻproqdir;
yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismidir;
jismoniy eskirish — tabiiy eskirish, notoʻgʻri foydalanish, konstruktiv nuqsonlar, shuningdek yaxshilash elementlarining mexanik shikastlanishlari bilan belgilangan yoʻqotish;
ixtisoslashtirilgan koʻchmas mulk — oʻz xususiyatiga (konstruktiv xususiyatlari, ixtisosligi, oʻlchami, joylashgan yeriga yoki mazkur omillar birikmasiga) koʻra undan foydalanishning muayyan turi bilan cheklangan foydali xossalarga ega boʻlgan va ochiq bozorda kamdan-kam sotiladigan (korxonaning bir qismi sifatida sotilgan hollar bundan mustasno) koʻchmas mulk;
ixtisoslashtirilmagan koʻchmas mulk — ochiq bozorda sotib olinadigan, sotiladigan va ijaraga beriladigan koʻchmas mulk;
iqtisodiy xizmat muddati — shunday bir davr muddati boʻlib, uning oʻtishi mobaynida yaxshilashlar koʻchmas mulk obyektining qiymatiga hissa qoʻshadi;
yigʻilgan eskirish — koʻchmas mulk obyektining jismoniy eskirishi, shuningdek funksional va tashqi qadrsizlanishi bilan bogʻliq umumiy qiymatning yoʻqolishi;
tavakkalchilik uchun mukofot — tavakkalsiz stavka boʻyicha qoʻyilmalar bilan taqqoslaganda, koʻchmas mulkka qoʻyilmalarga xos boʻlgan tavakkalchilik darajasini aks ettiradigan daromadning qoʻshimcha normasi;
tashqi (iqtisodiy) eskirish — koʻchmas mulk obyekti qiymatining mazkur obyektga tashqi omillar taʼsiri natijasida pasayishi;
funksional eskirish — yaxshilashlar toʻlaligicha yoki ayrim elementlariga koʻra bozor talablariga muvofiq emasligi bilan belgilangan yaxshilashlar qiymatidagi yoʻqotish;
eng samarali foydalanish — yer uchastkasi bilan koʻchmas mulk obyektidan eng ehtimoliy, oqilona va ruxsat etilgan foydalanish hisoblanib, quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
jismoniy mumkin;
qonuniy ruxsat etilgan;
moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiq;
eng yuqori iqtisodiy samarani taʼminlaydi;
haqiqiy yosh — yaxshilashlarning ularning holati va foydali xossalariga muvofiq boʻlgan, yaxshilashlarning iqtisodiy xizmat muddatidan ularning qolgan iqtisodiy xizmat muddatini ayirish yoʻli bilan hisoblanadigan yoshi. Foydalanish sharoitlariga qarab yaxshilashlarning haqiqiy yoshi ularning amaldagi (xronologik) yoshidan kichik, unga teng yoki undan katta boʻlishi mumkin.
2-bob. Baholashga oid vazifani belgilash
3. Baholashga oid topshiriqni tuzishda buyurtmachi baholovchi bilan birgalikda boʻsh turgan yer uchastkasi (yaxshilanmagan) yoki qurilgan (yaxshilangan) yer uchastkasi sifatida qabul qilinadigan baholash obyektini belgilaydi va tavsiflaydi.
Baholash obyektining qiymati unga boʻlgan mulkiy (ashyoviy va majburiyatga oid) huquqlar, mazkur huquqlarga doir cheklashlar va ularga boshqa shaxslar huquqlarining yuklanishini hisobga olib aniqlanadi. Bunday huquqlarga quyidagilar kiradi:
toʻliq mulk huquqi;
egalik qilish huquqi;
tasarruf etish huquqi;
foydalanish huquqi;
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
yer uchastkasidan doimiy (muddatsiz) foydalanish huquqi;
ijara huquqi;
servitut;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa huquqlar.
Baholash shartnomasi shartlariga va baholash obyektining xususiyatlariga muvofiq toʻla mulkdorlik huquqini yoki ayrim mulkiy huquqlarni baholash belgilanishi mumkin.
4. Yer uchastkasini yaxshilashlarga quyidagilar kiradi:
yer uchastkasida joylashgan alohida binolar, inshootlar va ularning guruhlari, mazkur uchastkaga tegishli boʻlgan yer osti inshootlar yoki ularning qismlari;
binolarga barcha uzoq muddatli ulanishlar, jumladan ichki suv taʼminoti, isitish va sovutish tizimlari, elektr taʼminoti, gaz tarmoqlari, shuningdek oʻrnatilgan statsionar qurilmalar (mashinalar, asbob-uskunalar);
yer uchastkasiga va binolarning ichki tarmoqlariga bogʻliq muhandislik inshootlari, kommunikatsiyalar va tarmoqlar;
mazkur yer uchastkasiga tegishli boʻlgan, lekin uning chegarasidan tashqarida joylashgan xoʻjalik, transport va muhandislik taʼminoti elementlari;
yer uchastkasi hududini obodonlashtirish obyektlari, shu jumladan koʻp yillik oʻsimliklar;
infratuzilma obyektlaridagi mulk ulushi;
baholanayotgan mulk bilan yaxlit majmuani hosil qiluvchi, konstruktiv yoki funksional jihatdan uning ajralmas qismi boʻlgan boshqa obyektlar.
5. Binoda va yer uchastkasida oʻrnatilgan statsionar qurilmalar baholash maqsadlarida ikki toifaga boʻlinadi:
mulk qiymatiga kiritilgan binolarga texnik xizmat koʻrsatish tizimlarining tarkibiy qismlari;
koʻchmas mulk obyektida olib borilayotgan biznesda foydalaniladigan yer uchastkasi va yaxshilashlardan alohida baholanadigan statsionar qurilmalar.
6. Koʻchmas mulk qiymatiga kiritilgan statsionar qurilmalar, mashinalar va asbob-uskunalarga quyidagilar kiradi:
elektr taʼminoti — markaziy quvvatlantiruvchi kabellar, transformatorlar, qalqonli, zaxiradagi generatorlar va noishlab chiqarish ehtiyojlari uchun moʻljallangan elektr tarmoqlari;
gaz taʼminoti — gaz stansiyalarigacha va ularning doirasidagi gaz quvur yoʻllari, shuningdek binolar doirasidagi noishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun moʻljallangan gaz quvur yoʻllari;
suv taʼminoti — rezervuarlar, quduqlar va skvajinalar, nasoslar, suv tozalash uskunalari, baklar, taqsimlash tarmoqlari, drenaj qurilmalari va kanalizatsiya tizimlari;
isitish va havo haroratini sovutish — qozonlar va tegishli asbob-uskunalar, yonilgʻi baklari, radiatorlar, kaloriferlar, konditsionerlar uchun asbob-uskunalar, havo yoʻnaltirish quvurlari, ventilyatorlar va noishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan boshqa asbob-uskunalar;
liftlar va yuk koʻtargichlar — bino tuzilishining ajralmas qismini shakllantiradigan va notijorat maqsadlarida foydalaniladigan yoʻlovchi va yuk liftlari, eskalatorlar, transportyorlar, yuk koʻtargichlar va tirkovichlar.
7. Baholash maqsadi qiymat turini tanlashning asosiy mezonidir. Koʻchmas mulkni baholashda aniqlanadigan qiymatning asosiy turi bozor qiymatidir. Koʻchmas mulk qiymatini baholashda aniqlanishi mumkin boʻlgan bozor qiymatidan farqlanuvchi boshqa turdagi qiymatlarga quyidagilar kiradi:
investitsiya qiymati;
almashtirishning qoldiq qiymati;
sugʻurtaga oid qiymat;
yoʻq qilish (utilizatsiya) qiymati;
tugatish qiymati;
soliqqa oid qiymat.
8. Baholash sanasi baholash maqsadlaridan kelib chiqib belgilanadi va qoida tariqasida, baholovchi tomonidan baholash obyektini koʻzdan kechirish sanasiga muvofiq boʻladi. Baholovchi baholash sanasidagina mavjud boʻlgan holatlarni va baholash sanasiga qadar yuz bergan voqealarni eʼtiborga olishi lozim.
3-bob. Axborotni yigʻish va tahlil qilish
9. Axborotni toʻplash, oʻrganish va tahlil qilishda, shuningdek baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi 3-sonli MBS talablariga amal qilishi kerak.
Baholash obyektining bozor qiymati toʻgʻrisida asoslantirilgan hisob-kitob qilish uchun baholovchi mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat, koʻchmas mulk bozori, baholash obyekti joylashgan yer va baholash obyektining tavsiflari haqida axborotni yigʻishi va uni tahlil qilishi lozim.
10. Mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni tahlil qilishda baholovchi:
mintaqaning tabiiy-iqlim xususiyatlarini;
asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarni;
iqtisodiyot tarmoqlarning asosiy koʻrsatkichlari, ularning oʻzgarish dinamikasi va baholash obyektining bozordagi holatiga taʼsirini;
ijtimoiy rivojlanishning asosiy koʻrsatkichlari, ularning oʻzgarish dinamikasi va baholash obyektining bozordagi holatiga taʼsirini oʻrganadi.
Mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat tahlilining natijalariga koʻra baholovchi tomonidan baholash obyektining bozordagi joriy va boʻlgʻusi holati asoslanadi.
11. Koʻchmas mulk bozorini tahlil qilishda baholovchi tomonidan:
baholash obyekti joylashgan mintaqadagi koʻchmas mulk bozorining umumiy tavsiflari;
koʻchmas mulk bozorining ishtirokchilari va tuzilishi;
koʻchmas mulk bozorining ayrim segmentlari boʻyicha talab va taklif omillari miqdoriy tahlil va tendensiyalar tahlili bilan birga oʻrganiladi.
Bozor tendensiyalarining tahlili uchun zarur boʻlgan bozorni segmentlarga ajratish koʻchmas mulkning quyidagi toifalari boʻyicha amalga oshiriladi:
turar joy koʻchmas mulki;
tijorat koʻchmas mulki;
sanoat koʻchmas mulki;
qishloq xoʻjaligi koʻchmas mulki;
ixtisoslashtirilgan koʻchmas mulk.
Baholash obyektining muayyan xususiyatlari va baholash shartnomasining shartlaridan kelib chiqib, koʻchmas mulk toifalarining har biri yanada kichikroq segmentlarga ajratilishi mumkin.
Koʻchmas mulk bozorining tahlili natijalariga koʻra, baholovchi koʻchmas mulk bozorida yuz berishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlarni baholash obyektining koʻchmas mulk bozoridagi joriy va kelgusi holatini muqobil foydalanish imkoniyatini hisobga olgan holda asoslaydi.
12. Baholovchi baholash obyektining joylashgan joyini tahlil qilishda:
atrofdagi yerdan foydalanish xususiyatini;
transport qatnovi qulayligini;
muhandislik tarmoqlari va kommunal xizmat koʻrsatishni;
ijtimoiy infratuzilmani;
iqtisodiy oʻrnini;
tutash hududning ekologik holatini;
ijtimoiy obroʻsini;
boshqa qulay va noqulay taʼsirlarni oʻrganadi.
Baholash obyekti joylashgan joyi tahlilining natijalariga koʻra, baholovchi baholash obyekti joylashgan yerning mazkur obyekt qiymatiga taʼsir etishi mumkin boʻlgan ijobiy va salbiy tavsiflari hamda imkoniyatlarini asoslaydi.
13. Baholovchi baholash obyekti tavsiflarini tahlil qilishda:
baholash obyektining konstruktiv yechimi xususiyatlarini;
konstruktiv elementlar va muhandislik uskunalarining texnik holatini oʻrganadi.
Baholash obyektining xususiyatlarini tahlil qilish natijalariga koʻra, baholovchi baholash obyektining texnik xususiyatlari oʻxshash foydali xususiyatlarga ega koʻchmas mulkdan foydalanish va funksionallik nuqtai nazaridan zamonaviy bozor talablariga muvofiqligini aniqlaydi.
Tashqi koʻzdan kechirishni amalga oshirishda baholovchi ayrim konstruktiv elementlar boʻyicha yaxshilashlarni koʻzdan kechiradi. Mazkur konstruktiv elementlarga quyidagilar kiradi:
poydevor holati;
yer osti qismi qurilmalari;
koʻtarib turuvchi asosni tashkil etadigan konstruksiyalar;
qavatlararo ulanishlarning elementlari;
tom-yopma moslamalari;
devor va eshik tirqishlarining toʻldirgichlari;
pollar;
tashqi pardoz;
ichki pardoz;
ichki muhandislik sistemalar va asbob-uskunalar.
4-bob. Koʻchmas mulkdan eng samarali foydalanish tahlili
14. Koʻchmas mulkdan (baholash obyektidan) eng samarali foydalanish (bundan buyon matnda ESF deb yuritiladi) tahlili ikki bosqichda amalga oshiriladi:
boʻsh turgan (yaxshilanmagan) deb qaraladigan yer uchastkasi uchun;
yaxshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasi uchun.
Baholovchi har bir bosqichda ESF tahlilini amalga oshirishda:
koʻchmas mulk obyektidan foydalanishning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan, ehtimol tutilgan variantlarini zonalarga ajratish meʼyorlari, shaharsozlikka oid cheklashlar, qurilish meʼyorlari va qoidalari hamda yuridik cheklashlarni hisobga olgan holda tahlil qiladi;
foydalanishning ruxsat etilgan variantlaridan mazkur yer uchastkasida jismonan amalga oshirish mumkin boʻlganlarini yer uchastkasining fizik tavsiflari, atrofdagi imoratlar va yer uchastkasiga tutash hududdagi ijtimoiy vaziyatni hisobga olgan holda qoldiradi;
yer uchastkasidan foydalanishning jismonan amalga oshirish mumkin boʻlgan va qonun yoʻli bilan ruxsat etilgan variantlarining moliyaviy samaradorligini qurilish yoki yaxshilashlarni rekonstruksiya qilish xarajatlarini va koʻchmas mulk obyekti yaratishi mumkin boʻlgan daromadlarni hisobga olgan holda tahlil qiladi;
qiymati eng yuqori boʻlgan koʻchmas mulk obyektidan ESF variantini tanlaydi.
15. ESF tahlilini amalga oshirishda baholovchi baholash sanasida koʻchmas mulk obyektiga xos boʻlgan va qoida tariqasida investorlar tomonidan qabul qilinadigan foydalanish variantlarini oʻrganishi lozim.
16. Boʻsh turgan yer uchastkasi uchun ESFni tahlil qilish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
a) jismoniy jihatdan mumkin boʻlgan, qonuniy ruxsat etilgan va iqtisodiy jihatdan asoslangan variantlarning har biri uchun quyidagilar aniqlanadi:
bozorda shakllangan sharoitdan kelib chiqib, potensial va effektiv foydalilik;
operatsion xarajatlar va sof operatsion daromad;
xarajat yondashuvining usullaridan foydalangan holda, mavjud imoratni buzish xarajatlari (agar shunday imorat boʻlsa) va yangi tijorat obyektini qurish xarajatlari (masalan, savdo markazi, restoran, ofis binosi va boshqalar).
b) har bir muqobil foydalanish uchun tegishli mos kapitalizatsiya koeffitsiyentlari aniqlanadi. Bunda, koʻchmas mulk bozorining aniq segmenti uchun investitsiya tavakkalchilik darajasini, kapitalning qaytish muddatini, oʻz mablagʻlari va qarz kapitali nisbatini, koʻchmas mulk qiymatining prognozlashtirilgan oʻzgarish surʼatini, inflyatsion kutilmalar va boshqa omillarni aks ettiradi.
v) kapitalizatsiyaning u yoki boshqa texnikasini qoʻllash bilan daromad keltiruvchi koʻchmas mulkning qiymati aniqlanadi va mazkur qiymatdan yer uchastkasiga tegishli qiymati ajratiladi. Yer uchastkasining maksimal qiymatini taʼminlaydigan varianti boʻsh turgan yer uchastkasi uchun ESFga muvofiq hisoblanadi.
ESFni tahlil qilishda quyidagi jadvalda koʻrsatilgan holatlar boʻlishi mumkin:
Holatlar
Boʻsh turgan yer uchastkasi uchun (yaxshilanmagan) ESFni tahlil qilishni amalga oshirish ketma-ketligi
A. Binolar va yer uchastkasi (YEU) kapitallashuv koeffitsiyentlari turlicha
A.1. Bozordagi taklif va talablarni inobatga olib, shartli boʻsh turgan yer uchastkasi (YEU)da muayyan foydalanishga moʻljallangan bino va inshootlarni qurish qiymatini aniqlash.
A.2. Potensial yalpi daromadni hisoblash (PYAD).
A.3. Yuklanganlik koeffitsiyenti va toʻlovlarni hamda boshqa daromadlarni yigʻishdagi yoʻqotishlarga tuzatishlar kiritish.
A.4. Haqiqiy yalpi daromadni baholash (HYAD).
A.5. Operatsion xarajatlarni hisoblash (OX).
A.6. Kapital taʼmirlash uchun zaxira xarajatlarini hisoblash.
A.7. Sof operatsion daromadni hisoblash (SOD).
A.8. Bino uchun kapitalizatsiya koeffitsiyentini hisoblash.
A.9. Bino va inshootga tegishli daromadni hisoblash.
A.10. YEUga tegishli daromadni hisoblash.
A.11. YEU uchun kapitalizatsiya koeffitsiyentini hisoblash.
A.12. YEU qiymatini baholash yer uchastkasiga tegishli YEU uchun kapitalizatsiya koeffitsiyentiga boʻlish orqali baholanadi.
B. Bino va yer uchastkasi (YEU) uchun kapitallashuv koeffitsiyenti teng
B.1. Bozordagi taklif va talablarni inobatga olib, shartli boʻsh turgan YEUda muayyan foydalanishga moʻljallangan bino va inshootlarni qurish qiymatini aniqlash.
B.2. PYADni hisoblash.
B.3. Yuklanganlik koeffitsiyenti va toʻlovlarni hamda boshqa daromadlarni yigʻishdagi yoʻqotishlarga tuzatishlar kiritish.
B.4. HYADni baholash.
B.5. Ekspluatatsiya xarajatlarini (EX) hisoblash va kapital taʼmirlashga zaxira xarajatlarini hisoblash.
B.6. SODni hisoblash.
B.7. Umumiy kapitalizatsiya koeffitsiyentini hisoblash.
B.8. Koʻchmas mulk va yer uchastkasini yaxlit tarzda kapitalizatsiya usuli bilan koʻchmas mulkning SODni hisoblash.
B.9. YEU qiymatini koʻchmas mulkning hisoblangan qiymati va yaxshilashlar uchun sarflangan xarajatlar farqi sifatida baholanadi.
V. Koʻchmas mulkning moʻljallangan maqsad uchun sotuvdagi narxi maʼlum boʻlgan holat uchun
V.1 Tahlil qilinayotgan YEUda aniq moʻljallangan maqsad uchun qurilayotgan yaxlit koʻchmas mulkning bozor qiymatini baholash.
V.2. Investorning foydasini inobatga olib, qurilish qiymati hisoblanadi.
V.3. YEUning qiymati yaxlit koʻchmas mulk obyektining bozor qiymati va qurilish qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
17. Boʻsh turgan yer uchastkasi uchun (yer uchastkasidagi yaroqsiz holatdagi qurilishlarni buzish va mazkur yer uchastkasida yangi qurilishlarni qurish shartida) ESFni hisoblashda quyidagilarni aniqlash kerak:
a) ijaraga berilayotgan va qurilishi moʻljallangan inshootning foydali maydoni;
b) yangi yaxshilashlar uchun ijara stavkasi;
v) ijaraga berishdan olingan potensial yalpi daromad;
g) toʻliq toʻldirilmaganligi va yigʻimlarning toʻliq olinmasligi natijasida koʻrilgan yoʻqotishlar;
d) haqiqiy yalpi daromad;
e) operatsion xarajatlar;
j) almashtirishlar uchun zaxiralar;
z) koʻchmas mulk obyekti boʻyicha toʻliq sof operatsion daromad;
i) mavjud qurilishni buzish va undan qaytadigan materiallarni inobatga olish xarajatlari;
k) yangi obyekt qurish uchun xarajatlar;
l) buzishni inobatga olgan xolda yaxshilashlarning yakuniy qiymati;
m) qurilishi moʻljallangan bino uchun kapitallashuv koeffitsiyenti;
n) binodan olinadigan daromad;
o) yer uchastkasi uchun daromadni obyektning toʻliq sof operatsion daromad va bino keltiradigan daromad oʻrtasidagi farq sifatida aniqlash;
p) yer uchastkasi uchun kapitallashuv koeffitsiyenti;
r) boʻsh turgan yer uchastkasi qiymatini, yer uchastkasidan olinadigan daromadning yer uchun kapitallashuv koeffitsiyenti nisbati sifatida aniqlash.
18. Yaxshilangan yer uchastkasini tahlil qilishda taʼmirlash, rekonstruksiya, mavjud obyektni qayta ixtisoslashtirishlar ESFning variantlari boʻlishi mumkin.
Yer uchastkasidan amaldagi foydalanish yer uchastkasi qiymati undan optimal foydalanganda va joriy foydalanishda mavjud qurilishni buzish boʻyicha xarajatlar chegirilgan holda yer uchastkasining umumiy qiymatini oshirmagan holatga kelguncha davom etadi. ESFning eng oxirgi varianti mavjud qurilishni buzish hisoblanadi.
ESFning har bir variantini tahlil qilishda potensial va effektiv daromadlilik, operatsion xarajatlar aniqlanadi hamda sof operatsion daromad hisoblanadi. Kapitallashtirish orqali koʻchmas mulkning har bir foydalanish holati uchun olingan kelajakdagi daromadning joriy qiymati maqsadli foydalanish holatlariga muvofiq, qayta ixtisoslashtirish xarajatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi. Koʻchmas mulkning har bir variant boʻyicha joriy qiymati daromadning joriy qiymati bilan qayta ixtisoslashtirish, taʼmirlash va rekonstruksiya xarajatlari oʻrtasidagi farq sifatida hisoblanadi. Koʻchmas mulkning maksimal qiymatini taʼminlovchi qiymati ESFga muvofiq keladi.
Qurilishi mavjud yer uchastkasi uchun ESFni tahlil qilishda quyidagi ketma-ketlikdagi harakatlar amalga oshiriladi:
Sodir boʻlishi
Qurilishi mavjud yer uchastkasi (YEU) uchun ESFni tahlil qilishdagi harakatlar ketma-ketligi
A. Bino va inshootlar qurilgan yer uchastkasi (YEU)da mavjud obyektni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, qayta ixtisoslashtirishlarni talab qilinadi
A.1. Potensial yalpi daromadni hisoblash (PYAD)
A.2. Yuklanganlik koeffitsiyenti va toʻlovlarni hamda boshqa daromadlarni yigʻishdagi yoʻqotishlarga tuzatishlar.
A.3. Haqiqiy yalpi daromadni baholash (HYAD).
A.4. Operatsion xarajatlarni hisoblash (OX).
A.5. Koʻchmas mulk va yer uchastkasini yaxlit tarzda kapitalizatsiya usuli bilan koʻchmas mulkning SODini hisoblash.
A.6. Umumiy kapitalizatsiya koeffitsiyentini hisoblash.
A.7. Kapitalizatsiyalash usuli bilan koʻchmas mulkni baholash.
A.8. Mavjud koʻchmas mulk obyektini taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, qayta ixtisoslashtirish xarajatlarni hisoblash.
A.9.Mavjud obyekti taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, qayta ixtisoslashtirish hisobiga koʻchmas mulk uchun qiymatning oshishini baholash.
B. Qurilgan YEUdagi bino va inshootlar mavjud obyektni taʼmirlash, rekonstruksiya qilish, qayta ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni talab qilmaydi.
“A” vaziyatga oʻxshash bosqichlar amalga oshiriladi, bunda A.8. va A.9. bosqichlari inobatga olinmaydi.
19. Yaxshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasi uchun ESFni tahlil qilish mavjud qurilishni almashtirishning quyidagi variantlari hisobga olinib oʻtkaziladi:
mavjud yaxshilashlarni oʻzgarishsiz qoldirgan yoki uni kapital taʼmirlashni amalga oshirgan holda foydalanish;
mavjud yaxshilashlarni rekonstruksiya qilish bilan uning negizida boshqa koʻchmas mulkni yaratish.
Yaxshilangan yer uchastkasi uchun ESFni hisoblashda quyidagilarni aniqlash kerak:
a) mavjud holatdagi ijaraga berilayotgan binoning foydali maydoni va boshqa obyektga aylantirishga oid rekonstruksiya variantlari;
b) qabul qilingan variant boʻyicha ijara toʻlovi stavkasi;
v) potensial yalpi daromad;
g) yuklanmaganlik va toʻlovlarni yigʻishdagi yoʻqotishlar;
d) haqiqiy yalpi daromad;
e) ekspluatatsiya xarajatlari;
j) almashtirish xarajatlari;
z) sof operatsion daromad;
i) bino uchun kapitalizatsiya koeffitsiyenti;
k) kelgusi daromadning joriy qiymati. Bunda, kelgusi daromadning joriy qiymati sof operatsion daromadning bino uchun kapitalizatsiya koeffitsiyentiga nisbati bilan aniqlanadi;
l) rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash xarajatlari;
m) koʻchmas mulkning qiymati. Bunda, koʻchmas mulkning qiymati kelgusi daromadning joriy qiymati bilan rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash xarajatlari oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
20. ESF tahlili natijalariga koʻra baholovchi tomonidan:
a) koʻchmas mulk obyektidan foydalanishdagi yuqori qiymatni taʼminlovchi varianti qabul qilinadi;
b) yer uchastkasidan joriy foydalanish undan eng samarali foydalanishga qay darajada muvofiq ekanligi toʻgʻrisida xulosa chiqariladi va baholashning eng maqsadga muvofiq yondashuvlari va usullarini tanlash amalga oshiriladi:
yaxshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan ESF boʻsh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan ESF bilan muvofiq boʻlgan taqdirda barcha baholash yondashuvlari qoʻllaniladi;
yaxshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan ESF boʻsh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan ESF bilan muvofiq boʻlmagan taqdirda va yaxshilashlar saqlanganda baholashning xarajat va daromad yondashuvlari qoʻllaniladi;
yaxshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan ESF boʻsh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan ESF bilan muvofiq boʻlmagan, mavjud yaxshilashlarni rekonstruksiya qilish zarur boʻlgan holda xarajat yondashuvi va daromad yondashuvining pul oqimlarini diskontlash usuli qoʻllaniladi;
yaxshilashlar mavjud boʻlgan yer uchastkasidan ESF boʻsh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan ESF bilan muvofiq boʻlmagan, mavjud yaxshilashlarni buzib tashlash zarur boʻlgan holda buzish xarajatlarini hisobga olib, qiyosiy yondashuv va daromad yondashuvining pul oqimlarini diskontlash usuli qoʻllaniladi.
5-bob. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qoʻllash
1-§. Qiyosiy yondashuv
21. Baholash obyekti qiymatini aniqlashda qiyosiy yondashuvdan foydalanish uchun baholovchi kamida uchta analogni tanlab olishi lozim. Analoglarni tanlashning asosiy mezoni baholash obyektiga oʻxshash eng samarali foydalanish hisoblanadi.
22. Baholash obyekti qiymatini sotuvlarni taqqoslash usuli bilan baholashda taqqoslash elementlarini tanlash, qoida tariqasida, koʻchmas mulk tipi bilan belgilanadi. Taqqoslash elementlari sifatida quyidagilar qoʻllaniladi:
bino yoki yer uchastkasining maydon birligi (kvadrat metr, sotix, gektar) narxi;
binoning hajm birligi (kub metr) narxi;
tijorat salohiyatiga muvofiq baholanadigan baholash obyektlari uchun oʻrin, nomer narxi va boshqa oʻlchov birliklari.
23. Baholovchi qaysi taqqoslash elementi boʻyicha analog va baholash obyekti oʻrtasidagi farqni aniqlagan boʻlsa, shu taqqoslash elementi analogining narxiga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritadi:
berib yuboriladigan mulkiy huquqlarga tuzatishlarni hisoblash uchun analogning daromad manbalari, tuzilishi va uni ijaraga berish shartlari haqida axborot mavjud boʻlishi lozim;
moliyalashtirish shartlariga muvofiq tuzatishlar kiritish analog bilan bitimlar tuzishda baholash obyektiga nisbatan kreditlash sxemalari va haq toʻlash shakllarida farqlar mavjud boʻlgan holda amalga oshiriladi;
sotuv shartlariga qarab kiritiladigan tuzatishlar xaridor va sotuvchi oʻzaro munosabatlarining tahlili asosida aniqlanadi;
xariddan keyingi xarajatlarga masalan, bino yoki uning bir qismini demontaj qilish xarajatlari, yer uchastkasining ifloslanishini bartaraf etish xarajatlari kabi xarajatlar kiradi;
bozor shartlariga muvofiq tuzatishlar kiritish analog bilan bitim tuzilgan sanadan baholash obyektini baholash sanasiga qadar oʻtgan vaqtga qarab sotuvlarning narxlariga tuzatishlar kiritishni oʻz ichiga oladi;
analog joylashgan yerdan kelib chiqib uning narxiga tuzatish kiritishni amalga oshirish uchun baholovchi taqqoslanayotgan obyektlar joylashgan yer bilan bogʻliq farqlarni aniqlashi va koʻchmas mulk obyektining narxiga bu farqlar qoʻshgan hissani hisoblashi lozim;
fizik tavsiflar farqiga qarab tuzatish kiritish qiymatga mazkur farq qoʻshgan hissa bilan belgilanadi. Tuzatish kiritishni amalga oshirish chogʻida oʻrganiladigan fizik tavsiflarga binoning katta-kichikligi, qurilish sifati, qurilish materiallari, arxitekturaviy uslubi, binoning yoshi va holati, funksional jihatdan foydaliligi, yer uchastkasi hajmi va unda qurilgan imoratlar maydoni, jozibadorligi, obodonlashtirilganligi va qulayliklari, uchastka ekologiyasi kiradi;
iqtisodiy tavsiflar farqiga qarab tuzatish kiritishda obyektning uning daromadiga taʼsir etadigan tavsiflari, yaʼni foydalanish xarajatlari, boshqarish sifati, ijarachilarning ishonchliligi, ijara narxidagi chegirmalar, ijara shartnomasi shartlari, ijara shartnomasi tugaydigan muddat, ijarani uzaytirish variantlari oʻrganiladi.
foydalanish turiga qarab tuzatish kiritish analog sifatida baholash obyekti bilan muvofiq kelmaydigan eng samarali foydalanishli obyekt tanlangan holda qoʻllaniladi.
Agar analog qiymatiga koʻchmas mulk hisoblanmaydigan komponentlar (masalan, biznes uchun asbob-uskunalar, mebel) kiritilgan boʻlsa, ularning qiymati analog qiymatidan chegirib tashlanishi lozim.
24. Analoglar soni bilan tuzatishlar kiritish amalga oshirilayotgan taqqoslash elementlarining nisbatiga doir axborotga qarab baholovchi tuzatishlarni hisoblashning quyidagi miqdoriy va sifatga oid usullarini qoʻllaydi.
a) agar analoglar soni analoglarni birlikka koʻpaytirilgan baholash obyekti bilan taqqoslashni amalga oshirishda qoʻllanilayotgan taqqoslash elementlari sonidan koʻproq yoki unga teng boʻlsa, baholash uchun tuzatishlarni hisoblashning miqdoriy usullaridan foydalaniladi. Mazkur usullarga quyidagilar kiradi:
taqqoslash elementiga qarab kiritiladigan tuzatishni mazkur elementga koʻra farq qiladigan ikki obyektni taqqoslash yoʻli bilan aniqlash imkoniyatini beradigan maʼlumotlar juftligini tahlil qilish usuli;
vaqt yoki joy belgisiga koʻra qiymat oʻzgarishining statistik qonuniyatlarini aniqlash maqsadida maʼlumotlarni sotuv vaqti yoki joylashgan yeri kabi oʻzgaruvchilar boʻyicha guruhlashni nazarda tutadigan maʼlumotlar guruhlarini tahlil qilish usuli;
chiziqli tenglamalar sistemalarini matritsa sifatida yechishga asoslangan chiziqli algebra usuli;
koʻchmas mulk obyektlarini korrelyatsion-regression yoki klasterli tahlil yordamida baholash usuli. Bu usulni analoglar soni taqqoslash elementlari sonidan besh baravar koʻproq boʻlgan holda qoʻllash maqsadga muvofiq hisoblanadi;
grafik tahlil usuli. Bunda, baholovchi narxlarning oʻzgarish grafiklari tahlili asosida qiymatning oʻzgarish xususiyati haqida xulosalar chiqaradi;
xarajatlarni tahlil qilish usuli. Bunda, analogning texnik yoki huquqiy tavsiflarini baholash obyektiga keltirish uchun mazkur analogga nisbatan qilinishi lozim boʻlgan xarajatlar haqidagi maʼlumotlardan foydalanishga asoslanadi hamda tuzatishlar oʻrtacha bozor koʻrsatkichlariga muvofiq kelishi lozim;
koʻchmas mulk boʻyicha ixtisoslashgan nashrlarda keltirilgan tavsiyalarga asoslangan ikkilamchi maʼlumotlarni tahlil qilish usuli;
baholash obyekti bilan taqqoslaganda analogning kamchiliklari yoki afzalliklari bilan belgilangan ijara stavkalaridagi tafovutni kapitallashtirish yoʻli bilan tuzatishlarni hisoblashga asoslangan ijara farqlarini kapitallashtirish usuli.
b) agar analoglar soni analoglarni birlikka koʻpaytirilgan baholash obyekti bilan taqqoslashni amalga oshirishda qoʻllanilayotgan taqqoslash elementlari sonidan kamroq boʻlsa, baholash uchun tuzatishlarni hisoblashning sifatga oid usullaridan foydalaniladi. Mazkur usullarga quyidagilar kiradi:
analoglar narxlarining oʻsib yoki kamayib boruvchi qatorida baholash obyektining oʻrnini aniqlash maqsadida baholash obyekti va analoglarning qiyosiy tahliliga asoslangan nisbiy qiyosiy tahlil usuli;
baholovchining yoki jalb qilingan ekspertlarning baholash obyekti va analoglar xususidagi subyektiv fikriga asoslangan ekspertiza yoʻli bilan baholash usuli.
25. Baholashda qoʻllaniladigan tuzatishlar usullari va soni baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda asoslantiriladi.
2-§. Daromad yondashuvi
26. Koʻchmas mulk qiymatini baholash toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli yoki pul oqimlarini diskontlash usuli bilan amalga oshirilishi mumkin.
27. Toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli koʻchmas mulkning eng tipik yillik daromadini koʻchmas mulk qiymatiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzgartirishga asoslangan. Bunda, koʻchmas mulk daromadi kapitallashtirish stavkasiga (baholash obyektiga oʻxshash koʻchmas mulk obyektlari qiymatiga nisbati haqidagi bozor maʼlumotlari tahlili asosida hisoblangan) boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi:
bunda,
V — baholash obyektining qiymati;
I — sof operatsion daromad;
R — kapitallashtirish umumiy stavkasi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli daromad oqimlari uzoq muddat mobaynida barqaror boʻlganda yoki daromad oqimlari barqaror va moʻtadil surʼatlarda oʻzgarganda qoʻllaniladi.
Agar baholash obyekti jiddiy taʼmirlashni (rekonstruksiya qilishni) talab qilsa yoki tugallanmagan qurilish holatida boʻlsa, toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli, qoida tariqasida, qoʻllanilmaydi.
28. Koʻchmas mulk qiymatini toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan hisoblash uchun daromadning asosiy manbasi baholash obyekti ijarasidir.
Koʻchmas mulk obyektidan olinadigan boshqa daromadlar koʻchmas mulkning ijara haqiga kirmasligi mumkin (masalan, garaj yoki avtotransport uchun toʻxtash joyidan foydalanganlik uchun haq, saqlash kameralarini taqdim etishdan olingan daromad). Bunda, daromad manbasi baholash obyekti bilan bevosita va uzviy bogʻliq boʻlishi lozim.
29. Ijara stavkalari quyidagicha farqlanadi:
bozor ijara stavkalari — ushbu mintaqada baholash obyekti tegishli boʻlgan bozor segmentiga xos stavkalar;
kontrakt ijara stavkalari — ular ijara shartnomasi bilan belgilanadi.
Bozor ijara stavkasidan koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan mulk huquqini baholashda foydalaniladi. Kontrakt ijara stavkasi ijaraga beruvchining qisman mulkiy huquqlarini baholash uchun qoʻllaniladi.
30. Daromad qiymati sifatida, qoida tariqasida, kutilayotgan sof operatsion daromad(SOD)dan foydalaniladi. SOD quyidagi ketma-ketlikda hisoblanadi:
koʻchmas mulk obyektidan yil davomida olinadigan potensial yalpi daromad (PYAD) ijaraga berish uchun moʻljallangan maydonni ijara stavkasiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi;
haqiqiy yalpi daromad (HYAD) maydondan toʻla foydalanmaslikdan va ijara haqini yigʻishdagi yoʻqotishlarni potensial yalpi daromad (PYAD)dan ayirish va boshqa daromadlarni qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi;
haqiqiy yalpi daromaddan operatsion xarajatlarni ayirib, sof operatsion daromad olinadi.
31. Maydondan toʻla foydalanmaslikdan va ijara haqini yigʻishdagi yoʻqotishlar mazkur bozordagi boshqaruvning tipik darajasi uchun bozor koʻrsatkichlari boʻyicha hisoblanadi. Qiyosiy obyektlar boʻyicha bozor koʻrsatkichlarini hisoblash uchun zarur axborot boʻlmasa, yoʻqotishlar qiymati baholash obyektiga doir retrospektiv va joriy axborot tahlili asosida hamda ular kelgusida oʻzgarishi mumkinligini hisobga olgan holda aniqlanadi.
32. Operatsion xarajatlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
miqdori koʻchmas mulkning ekspluatatsion yuklanganlik darajasiga bogʻliq boʻlmagan shartli oʻzgarmas xarajatlar;
miqdori koʻchmas mulkning ekspluatatsion yuklanganlik darajasiga qarab oʻzgaradigan shartli oʻzgaruvchan (ekspluatatsion) xarajatlar;
joriy taʼmirlash ishlari uchun xarajatlar (ekspluatatsion xarajatlar);
xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ish haqi va unga solinadigan soliqlar;
xavfsizlikni taʼminlash xarajatlari.
Almashtirish xarajatlariga tom, pol toʻshami, elektr uskunalari va boshqa tez eskiradigan yaxshilashlarni vaqti-vaqti bilan almashtirish xarajatlari kiradi.
33. Kapitallashtirish stavkasini bozorni siqish usuli bilan hisoblash analog obyektlarning sotuv narxlari va SOD qiymatlari haqidagi bozor maʼlumotlariga asoslanadi va quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda,
R — kapitallashtirish stavkasi;
n — qiyosiy koʻchmas mulk obyektlari soni;
Ii — i-chi baholash obyektining sof operatsion daromadi;
Vi — i-chi analog obyektining sotuv narxi;
wi — i-chi natijaning oʻlchovi (salmogʻi).
34. Kapitallashtirish stavkasini kapital xarajatlar qoplanishini hisobga olish usuli koʻchmas mulk qiymatining oʻzgarishi prognoz qilinganda qoʻllaniladi va quyidagi ikki qismdan iborat boʻladigan kapitallashtirish stavkasini hisoblashni oʻz ichga oladi:
pul mablagʻlaridan foydalanganlik uchun tavakkalchiliklarni va muayyan investitsiyalar bilan bogʻliq boshqa omillarni hisobga olgan holda investorga toʻlanishi lozim boʻlgan kompensatsiya hisoblanadigan xususiy kapital uchun daromadlilik stavkasi;
boshlangʻich qoʻyilmalar summasining qaytishini belgilaydigan va aktivlarning eskiradigan qismiga qoʻllaniladigan kapitalning qaytish meʼyori.
R = re + r1
bunda,
R — kapitallashtirish stavkasi;
re — xususiy kapital uchun daromadlilik stavkasi;
r1 — kapitalning qaytish meʼyori;
Xususiy kapital uchun daromadlilik stavkasi kumulyativ tuzish usuli bilan hisoblanadi:
re = rf + p1 + p2 + p3
bunda,
rf — tavakkalsiz daromad stavkasi;
p1 — koʻchmas mulkka investitsiya qilish tavakkalchiligi uchun mukofot;
p2 — koʻchmas mulkning past likvidliligi uchun mukofot;
p3 — investitsion menejment uchun mukofot.
Tavakkalsiz daromad stavkasi — investor uchun mavjud boʻlgan va daromadlilik kafolatiga ega boʻlgan yuqori likvidli aktivlarning daromadlilik darajasi, yaʼni buning uchun hech qanday xavf yoʻq;
Koʻchmas mulkka investitsiya qilish tavakkalchiligi uchun mukofot — obyektning isteʼmol qiymatining tasodifiy yoʻqolishi ehtimoli hisoblanadi;
Koʻchmas mulkning past likvidliligi uchun mukofot — koʻchmas mulk obyektiga qoʻyilgan investitsiyalarni darhol qaytarishning mumkin emasligi hisoblanadi;
Investitsion menejment uchun mukofot — investitsiya qanchalik xavfli va murakkab boʻlsa, u shunchalik malakali boshqaruvni talab qiladi.
Kapitalning qaytish meʼyorini (r1) hisoblashning uchta usuli mavjud:
Ring usuli — investitsiyalangan kapital teng ulushlarda qoplanishini nazarda tutadi (toʻgʻridan-toʻgʻri qaytish):
r1 = 1 / n
bunda,
n — mulkning qoldiq xizmat qilish muddati;
Invud usuli — kapitalning qaytish summalarini kapital uchun daromadlilik stavkasi boʻyicha qayta investitsiyalashda foydalaniladi (annuitet usuli):
r1 = sff(p, re) = re / ((1+re)n — 1)
bunda,
re — xususiy kapital uchun daromadlilik stavkasi;
r1 — kapitalning qaytish meʼyori;
sff(p, re) — qoplash fondi omili;
n — investitsiyalar qaytarilishi nazarda tutilayotgan vaqt davri;
Xoskold usuli — dastlabki investitsiyalarning daromadlilik darajasi yuqori boʻlganda va ushbu daromadlilik darajasi boʻyicha qayta investitsiya qilish ehtimoli yoʻqligida qoʻllaniladi:
r1 = sff(p, rf) = rf / ((1+rf)n — 1)
bunda,
r1 — kapitalning qaytish meʼyori;
rf — tavakkalsiz daromad stavkasi;
sff(p, rf) — qoplash fondi omili;
n — investitsiyalar qaytarilishi nazarda tutilayotgan vaqt davri.
35. Kapitallashtirish stavkasini bogʻliq investitsiyalar usuli bilan hisoblash koʻchmas mulk obyekti jalb qilingan qarz mablagʻlardan foydalanib xarid qilingan holda amalga oshiriladi.
Kapitallashtirish umumiy stavkasi oʻrtacha oʻlchangan qiymat sifatida hisoblanadi:
R = m*Rm + (1 — m) Re
bunda,
Rm — jalb qilingan mablagʻlar uchun kapitallashtirish stavkasi (ipoteka oʻzgarmas stavkasi) boʻlib, u kredit boʻyicha har yilgi toʻlovlarning ipoteka krediti summasiga nisbati sifatida aniqlanadi;
Re — xususiy kapital uchun kapitallashtirish stavkasi boʻlib, u qiyosiy obyektlarning sotilishi haqidagi bozor maʼlumotlariga koʻra daromadning soliq solingunga qadar qiymatini xususiy kapital miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi;
m — ipoteka qarzi koeffitsiyenti boʻlib, u investitsiyalarning umumiy summasida jalb qilingan mablagʻlar ulushini koʻrsatadi va ipoteka krediti summasini investitsiyalarning umumiy summasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
36. Qoʻllanilayotgan kapitallashtirish stavkasi daromad turi, valyutasi va qiymati (nominal yoki real)ga muvofiq boʻlishi lozim. Kapitallashtirish stavkasini nominal qiymatdan real qiymatga va real qiymatdan nominal qiymatga qayta hisoblash quyidagi formulalar yordamida amalga oshiriladi:
Rn = Rr + Iinf + Rr * Iinf,
Rr = (Rn — Iinf) / (1 + Iinf)
bunda,
Rn — kapitallashtirish nominal stavkasi;
Rr — kapitallashtirish real stavkasi;
Iinf — inflyatsiya indeksi (inflyatsiyaning yillik surʼati).
Bunda, inflyatsiya indeksi hisoblash uchun tanlangan valyutaga muvofiq boʻlishi lozim.
37. Koʻchmas mulk elementlaridan biri boʻlgan yer uchastkasining qiymatini toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan hisoblash uchun zarur maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda, qoldiq texnikasi qoʻllaniladi. Yer uchastkasi qiymati qoldiq texnikasi yordamida quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda,
Vz — yer uchastkasi qiymati;
Vu — yaxshilashlar qiymati;
I — koʻchmas mulk obyektidan olingan sof operatsion daromad;
Rz — yer uchastkasidan olingan daromadlar uchun kapitallashtirish stavkasi;
Ru — yaxshilashlardan olingan daromadlar uchun kapitallashtirish stavkasi.
Yaxshilashlar qiymati qoldiq texnikasi yordamida quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
38. Pul oqimlarini diskontlash (POD) usuli — baholash obyektining qiymatini diskontlash hamda baholanayotgan koʻchmas mulkdan foydalanishning har bir yilidagi pul oqimlarini, shu jumladan mazkur koʻchmas mulkka egalik davrining oxirida uni qayta sotishdan keladigan pul oqimini qoʻshish orqali aniqlanadi:
bunda,
Vs — baholash obyektining qiymati;
Ii — i-chi yilning prognoz davri pul oqimi;
D — diskontlash stavkasi;
Vn —baholash obyektining prognoz davri tugaganidan keyingi qiymati;
i — prognoz davri yilining raqami;
n —prognoz davrining oxirgi yili.
39. Kumulyativ tuzish usuli boʻyicha diskontlash stavkasi tavakkalsiz stavka va tavakkalchilik uchun mukofotlarni qoʻshish orqali aniqlanadi. Bunda tavakkalchilik uchun mukofotlarga quyidagilar kiradi:
mazkur qoʻyilmaga xos boʻlgan nolikvidlik tavakkalchiligi uchun mukofot;
mazkur turdagi qoʻyilmalar uchun talab etiladigan boshqaruv ishi hajmi bilan belgilangan investitsion menejment tavakkalchiligi uchun mukofot;
baholash obyektiga xos boʻlgan qoʻshimcha (tizimli) tavakkalchilik uchun mukofot.
Tavakkalsiz stavka sifatida davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foiz stavkasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi olinadi.
Qiymatlarni va qabul qilingan farazlarni asoslantirish baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda keltirilishi lozim.
40. Baholovchi diskontlash stavkasini analog-obyektlarning sotilishi haqidagi bozor maʼlumotlaridan ajratish usuli bilan hisoblash uchun:
analoglarni tanlaydi;
har bir analog uchun prognoz davridagi pul oqimlarini va prognoz davridan keyingi qiymatni hisoblaydi;
maʼlum sotuv narxini va hisoblangan koʻrsatkichlarni pul oqimlarini diskontlash formulasiga solib, izchil yaqinlashish yoʻli bilan har bir analog boʻyicha diskontlash stavkasini aniqlaydi;
baholash obyekti uchun diskontlash stavkasini barcha analoglar boʻyicha oʻrtacha oʻlchangan qiymat sifatida aniqlaydi.
41. Diskontlash stavkasini muqobil investitsiyalarni taqqoslash usuli bilan hisoblash, qoida tariqasida, koʻchmas mulkning investitsiya qiymatini aniqlash vaqtida amalga oshiriladi. Bunda, diskontlash stavkasi sifatida:
investor tomonidan talab qilinayotgan daromadlilik darajasi;
muqobil loyihalarning va investor ixtiyorida mavjud boʻlgan moliyaviy vositalarning kutilayotgan daromadlilik darajasi olinadi.
42. Qoʻllanilayotgan diskontlash stavkasi daromad turi, valyutasi va qiymati (nominal yoki real)ga muvofiq boʻlishi lozim. Diskontlash stavkasini nominal qiymatdan real qiymatga va real qiymatdan nominal qiymatga qayta hisoblash kapitallashtirish stavkasini qayta hisoblash bilan ayni bir tartibda amalga oshiriladi.
3-§. Xarajat yondashuvi
43. Xarajat yondashuvi bilan aniqlanadigan baholash obyektining qiymati yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatidan va yigʻilgan eskirish chegirib tashlangan holda yaxshilashlarni tiklash qiymati hamda tadbirkor daromadini oʻz ichiga oladigan almashtirish qiymatidan iboratdir.
44. Xarajat yondashuvi usullari yangi qurilishga xarajatlarni, eskirishni, yer uchastkasidan foydalanish huquqining bozor qiymatini, tadbirkorning koʻchmas mulk bozorida talab va taklifning nisbiy muvozanati sharoitidagi foydasini aniq baholash mumkin boʻlgan taqdirda obyektiv natijalarni beradi.
Mazkur yondashuv quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
bino va inshootlarning takror ishlab chiqarish/almashtirishning toʻliq xarajatlarini baholash;
jamlangan eskirishni baholash;
tadbirkorning foydasini baholash;
yer uchastkasidan foydalanish huquqining bozor qiymatini baholash;
bino va inshootlarning takror ishlab chiqarish/almashtirishning qiymatini eskirishga tuzatish va yer uchastkasidan foydalanishga boʻlgan huquq qiymatini qoʻshish yoʻli bilan obyektning yakuniy qiymatini hisoblash.
Koʻchmas mulkning bozor qiymati quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
Sk = Se + (St.q. + TF — In)
bunda,
Sk — koʻchmas mulk obyektining qiymati;
Se — yer uchastkasiga mulk huquqining qiymati;
St.q. — koʻchmas mulk obyektining tiklanish qiymati;
TF— tadbirkor foydasi;
In — jamlangan eskirish.
45. Baholash obyekti tarkibiga kiruvchi yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqining qiymatini aniqlash mazkur yer uchastkasini boʻsh turgan (yaxshilanmagan) deb qarash va undan eng samarali foydalanishni faraz qilgan holda amalga oshiriladi.
46. Baholovchi yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini sotuvlarni qiyosiy tahlil usuli bilan hisoblashda:
baholanayotgan yer uchastkasiga analog yer uchastkalarining sotuvlariga doir rasmiy nashr etilgan axborotni tahlil qiladi;
baholanayotgan yer uchastkasini oʻxshash yer uchastkalari bilan taqqoslashda qoʻllaniladigan taqqoslash elementlarini aniqlaydi;
har bir taqqoslash elementi boʻyicha tuzatishlar kiritadi;
yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini analog yer uchastkalarining tuzatish kiritilgan narxlarini muvofiqlashtirish yoʻli bilan hisoblaydi.
47. Yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati taqsimlash usuli bilan yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar va yaxshilashlar narxining koʻchmas mulk tiplari boʻyicha guruhlangan koʻchmas mulkning umumiy narxidagi tipik nisbatiga doir statistik axborot asosida aniqlanadi. Baholovchi yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini taqsimlash usuli bilan hisoblash uchun:
analoglar roʻyxatini tuzadi;
baholash obyekti va analoglarni taqqoslashda qoʻllaniladigan taqqoslash elementlarini aniqlaydi;
har bir analog uchun taqqoslash elementlari boʻyicha tuzatishlar kiritishni amalga oshiradi;
analoglarning tuzatishlar kiritilgan narxlarini muvofiqlashtirish yoʻli bilan baholash obyektining qiymatini aniqlaydi;
yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini koʻchmas mulk yagona obyektining qiymatida yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlarning eng odatiy ulushi asosida aniqlaydi.
48. Baholovchi yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini ajratish usuli bilan hisoblash uchun:
baholash obyekti bilan taqqoslaganda yer uchastkalarining tavsiflari eng yaqin boʻlgan analoglarni tanlaydi;
har bir analog boʻyicha yaxshilashlar qiymatini xarajat yondashuvi usullari bilan tadbirkor daromadini hisobga olgan holda aniqlaydi;
har bir analog boʻyicha yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini sotuv narxidan yaxshilashlar qiymatini ayirish yoʻli bilan aniqlaydi;
baholanayotgan yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini sotuvlarni qiyosiy tahlil qilish usuli bilan olingan natijalardan foydalangan holda aniqlaydi.
49. Yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati yer rentasini kapitallashtirish usuli bilan baholash sanasidan keyingi birinchi yil uchun yer rentasi qiymatini kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Yer rentasi sifatida yer uchastkasini ijaraga berishdan olingan, bozor maʼlumotlariga koʻra hisoblangan daromad olinadi.
Kapitallashtirish stavkasi analoglar boʻyicha kapitallashtirish stavkalarini muvofiqlashtirish yoʻli bilan yoki tavakkalsiz stavkani mazkur yer uchastkasiga investitsiya kiritish bilan bogʻliq boʻlgan tavakkalchilik uchun mukofot qiymatiga oshirish yoʻli bilan aniqlanadi.
50. Baholovchi yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini yer uchun qoldiq usuli bilan hisoblashda:
yaxlit koʻchmas mulk obyektining (yer uchastkasi va yaxshilashlar) sof operatsion daromadini bozor ijara stavkasi asosida aniqlaydi;
yaxshilashlar qiymatini yer uchastkasidan eng samarali foydalanishga muvofiq boʻlgan yaxshilashlarni takror ishlab chiqarish qiymati yoki almashtirish qiymati sifatida hisoblaydi;
yaxshilashlar uchun kapitallashtirish stavkasini aniqlaydi;
yaxshilashlarga toʻgʻri keladigan sof operatsion daromadni yaxshilashlarni takror ishlab chiqarish qiymati yoki almashtirish qiymatini yaxshilashlar uchun kapitallashtirish stavkasiga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblaydi;
yer rentasi qiymatini yaxlit koʻchmas mulk obyektining sof operatsion daromadidan yaxshilashlarga toʻgʻri keladigan sof operatsion daromadni ayirish yoʻli bilan hisoblaydi;
yer uchastkasi uchun kapitallashtirish stavkasini aniqlaydi;
yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini yer rentasi qiymatini yer uchastkasi uchun kapitallashtirish stavkasiga boʻlish yoʻli bilan hisoblaydi.
Zarur axborot mavjud boʻlsa, yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati yer uchun qoldiq usuli bilan yaxlit koʻchmas mulk obyekti qiymatidan yaxshilashlar qiymatini ayirish yoʻli bilan aniqlanadi.
51. Yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati moʻljallanayotgan foydalanish usuli bilan quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda,
Vz — yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymati;
i — yilning tartib raqami;
j — yer uchastkasida yaxshilashlarni yaratish boʻyicha xarajatlarni amalga oshirish davrining soʻnggi yili;
Ei — xarajatlarni amalga oshirishning i-chi yilida yer uchastkasidan foydalanishning tanlangan variantiga muvofiq mazkur uchastkada yaxshilashlarni yaratish boʻyicha xarajatlar;
Ii — prognoz davrining i-chi yilida yaxshilashlardan foydalanishdan olingan daromad;
D — diskontlash stavkasi;
n — prognoz davrining oxirgi yili;
Vn — baholash obyektining prognoz davri tugaganidan keyingi qiymati.
52. Yaxshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymati toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita xarajatlar yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
a) qurilish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri xarajatlarga quyidagilar kiradi:
qurilish materiallari, jihozlar, qurilmalar va muhandislik asbob-uskunalari qiymati;
ishchilar mehnatiga toʻlanadigan haq;
qurilish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qiymati;
qurilishga yoʻldosh boʻlgan vaqtinchalik binolar, inshootlar va muhandislik tarmoqlari, qurilish davridagi kommunal xizmatlar qiymati;
pudratchining foydasi va qurilish ishlab chiqarishining umumiy sharoitlarini yaratish, uni tashkil etish va unga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar;
qurilish jarayoni va qurilish obyektini ishga tushirish ustidan nazorat tadbirlarining qiymati.
b) qurilishga bevosita taalluqli boʻlmagan bilvosita xarajatlarga quyidagilar kiradi:
yerga qilingan investitsiyalar qiymati va yer uchastkasini ajratish xarajatlari (shu jumladan, ruxsat etuvchi hujjatlar toʻplamiga xarajatlar);
loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertiza xarajatlari;
ishchilarga qoʻshimcha toʻlovlar va nafaqalar;
barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar;
kreditga xizmat koʻrsatish xarajatlari;
marketing, sugʻurta va reklama xarajatlari;
ijaraga olingan mol-mulkka qoʻshimcha investitsiyalar;
quruvchining maʼmuriy xarajatlari.
53. Yaxshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini qiyosiy birlik usuli bilan hisoblash bunday yaxshilashlar uchun qabul qilingan qiyosiy birlikni yaratish xarajatlariga doir maʼlumotlardan foydalanishga asoslanadi. Yaxshilashlarni takror ishlab chiqarish yoki almashtirish xarajatlari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
TX = TXi * N yoki AX = AXi * N
bunda,
TX — yaxshilashlarni tiklash xarajatlari;
AX — yaxshilashlarni almashtirish xarajatlari;
TXi — i-chi qiyosiy birlikka toʻgʻri keladigan tiklash xarajatlari;
AXi — i-chi qiyosiy birlikka toʻgʻri keladigan almashtirish xarajatlari;
N — qiyosiy birliklar soni.
i-chi qiyosiy birlikka toʻgʻri keladigan tiklash yoki almashtirish xarajatlari oʻxshash yaxshilashlarning qurilish qiymati haqidagi rasmiy bozor maʼlumotlariga koʻra yoki zamonaviy rasmiy toʻplamlaridan foydalangan holda tegishli tuzatishlar kiritish yoʻli bilan hisoblanadi.
54. Yaxshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini komponentlarga ajratish usuli bilan hisoblash qurilish-montaj ishlarining umumiy hajmini yirik komponentlarga (masalan, tuproq ishlari, poydevorlar, devorlar) ajratishdan iborat. Mazkur usulga muvofiq bir yoki bir nechta asosiy komponentlarni yaratish xarajatlari hisoblanadi va ularning foiz hisobidagi ulushi aniqlanadi. Mazkur ulushga muvofiq yaxshilashning umumiy qiymati hisoblab chiqariladi.
55. Yaxshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini bir narxni belgilash usuli bilan hisoblash baholanayotgan obyektni tiklash (almashtirish) uchun toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita xarajatlarni batafsil hisoblashdan iborat. Qoʻllanilayotgan narxlarning turiga qarab, bir narxni belgilash usuli quyidagi turlarga boʻlinadi:
joriy narxlarda hisoblashda resurs usuli;
hisoblash bazis (muayyan yildagi) narxlarda amalga oshirilganda bazis-indeks usuli.
56. Baholovchi resurs usulidan foydalanganda:
baholanayotgan yaxshilashni qurishga asosiy qurilish materiallari, qurilmalar va jihozlar sarfini aniqlaydi;
mintaqada qurilish materiallari bilan ulgurji va mayda ulgurji savdo maʼlumotlariga koʻra qurilish materiallari, qurilmalar va jihozlarning joriy qiymatini hisoblaydi;
boshqa toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita xarajatlarni hisoblaydi;
yaxshilashlarni tiklash qiymati (almashtirish qiymati)ni toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita xarajatlar yigʻindisi sifatida hisoblaydi.
Joriy narxlarda tuzilgan va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, mazkur hujjatlarning maʼlumotlaridan ular tuzilgan sanadan baholash sanasiga qadar narxlarning oʻzgarishini hisobga olgan holda foydalaniladi.
bazis narxlardan joriy narxlarga qayta hisoblash koeffitsiyentlari (indekslari)ni qoʻllashni nazarda tutadi.
58. Yaxshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini analoglar usuli bilan hisoblash oʻxshash yaxshilashlarni qurish xarajatlariga doir axborotdan foydalanishga, texnik tavsiflarga koʻra baholash obyektining analogdan farqlariga hamda qurilish vaqtiga qarab mazkur axborotga tuzatishlar kiritishga asoslanadi.
59. Tadbirkor foydasi qiymatini analoglar usuli bilan hisoblash analoglarning bozor qiymatidan yaxshilashlarni yaratish xarajatlari va yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini ayirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkor foydasi qiymatini ekspertiza soʻrovi usuli bilan hisoblash baholash obyektiga investitsiyalash tavakkalchiliklari xususida investorlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tadbirkor foydasi qiymatini kiritilgan xarajatlar usuli bilan hisoblash baholash obyektiga investitsiyalar bilan bogʻliq boʻlgan kiritilgan xarajatlarni baholashga asoslanadi. Bunda, kiritilgan xarajatlar deganda shartli ravishda hisoblanadigan xarajatlar (masalan, mazkur pul summasiga, agar u baholash obyektiga investitsiya qilinganda, olinishi mumkin boʻlgan foizlar) tushuniladi.
60. Yigʻilgan eskirish qiymati iqtisodiy yosh usuli bilan quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
In = (DV / SES) * SU
bunda,
In — yigʻilgan eskirish;
DV — yaxshilashlarning haqiqiy yoshi;
SES — iqtisodiy xizmat muddati;
SU — yaxshilashlar qiymati.
61. Baholovchi yigʻilgan eskirish qiymatini bozor ekstraksiyasi usuli bilan hisoblashda:
haqiqiy yosh jihatidan baholash obyekti bilan muvofiq keladigan analoglarni tanlaydi;
har bir analog uchun yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini aniqlaydi;
har bir analog uchun yaxshilashlar qiymatini sotuv narxlaridan yer uchastkasiga boʻlgan mulkiy huquqlar qiymatini ayirish yoʻli bilan aniqlaydi;
har bir analog uchun yaxshilashlarning tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini hisoblaydi;
analoglar uchun yigʻilgan eskirish qiymatini yaxshilashlarning tiklash qiymati (almashtirish qiymati) va yaxshilashlarning sotuv narxidan ajratilgan qiymati oʻrtasidagi farq sifatida aniqlaydi;
har bir analog uchun yigʻilgan eskirish qiymatini yigʻilgan eskirish qiymatini yaxshilashlarni tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatiga boʻlish yoʻli bilan foiz hisobida aniqlaydi;
baholash obyektining yigʻilgan eskirish qiymatini foiz hisobida barcha analoglar boʻyicha yigʻilgan eskirishning oʻrtacha oʻlchangan qiymati sifatida hisoblaydi.
62. Yigʻilgan eskirish qiymati ajratish usuli bilan quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Inak = 1 — ((1 — Ifiz) * (1 — Ifunk) * (1 — Ivn))
bunda,
Inak — baholash obyektining yigʻilgan eskirish koeffitsiyenti;
Ifiz — baholash obyektining jismoniy eskirish koeffitsiyenti;
Ivn — baholash obyektining tashqi eskirish koeffitsiyenti.
Ajratish usulidan bozor ekstraksiyasi usuli yoki iqtisodiy yosh usulini qoʻllash uchun zarur axborot boʻlmaganida foydalaniladi.
63. Jismoniy eskirishni aniqlashda baholovchi bartaraf etib boʻladigan yoki bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirishni hisoblaydi.
Qoida tariqasida, yaxshilashlardan qoniqarsiz foydalanilganda vujudga keladigan bartaraf etib boʻladigan jismoniy eskirish qiymati yaxshilashning normal foydalanish tavsiflarini tiklash xarajatlari asosida hisoblanadi.
Bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish qiymati jismoniy eskirishni aniqlashga doir normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanish asosida xizmat muddati uzoq va qisqa elementlar boʻyicha alohida hisoblanadi.
Yaxshilashning xizmat muddatiga teng boʻlgan xizmat muddati uzoq elementlar boʻyicha bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish qiymatini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish darajasi yaxshilash haqiqiy yoshining uning umumiy jismoniy xizmati (normativ foydalanish muddati)ga nisbati sifatida hisoblanadi;
eskirishni hisoblash hajmi elementning takror ishlab chiqarish qiymati (almashtirish qiymati) bilan uning bartaraf etib boʻladigan jismoniy eskirishi va xizmat muddati qisqa elementlarning qoldiq tiklash qiymati yigʻindisi oʻrtasidagi farq sifatida hisoblanadi;
bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish qiymati eskirish darajasining eskirishni hisoblash bazasiga koʻpaytmasi sifatida hisoblanadi.
Xizmat muddati qisqa elementlar, yaʼni yaxshilashlarning xizmat koʻrsatish muddati mobaynida vaqti-vaqti bilan almashtirishlarni talab qiladigan elementlar boʻyicha bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirishini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish darajasi elementlar haqiqiy yoshining ularning umumiy jismoniy xizmati (normativ foydalanish muddati)ga nisbati sifatida hisoblanadi;
eskirishni hisoblash hajmi elementning tiklash qiymati (almashtirish qiymati) bilan uning bartaraf etib boʻladigan jismoniy eskirishi oʻrtasidagi farq sifatida hisoblanadi;
bartaraf etib boʻlmaydigan jismoniy eskirish qiymati eskirish darajasining eskirishni hisoblash bazasiga koʻpaytmasi sifatida hisoblanadi.
Xizmat muddati qisqa elementlardan foydalanish muddatlari turli ahamiyatga molik binolar va inshootlarni taʼminlash va ulardan foydalanishga doir tegishli maʼlumot materiallari boʻyicha olinadi.
64. Jismoniy eskirish koʻchmas mulkning alohida konstruktiv elementlari eskirish koʻrsatkichlarining yigʻindisi sifatida aniqlanadi va quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda,
Ii — i-chi konstruktiv elementning jismoniy eskirishi, foiz hisobida;
Ki — koʻchmas mulk obyektining umumiy massasida i-chi konstruktiv element ulushi;
i— koʻchmas mulk obyektining konstruktiv elementlar soni.
Baholovchi koʻchmas mulk obyektining har bir konstruktiv elementining jismoniy eskirish hajmini ularning haqiqiy holatiga qarab qurilish normalariga muvofiq (koʻzdan kechirish jarayonida) aniqlaydi.
65. Funksional eskirish qiymatini aniqlashda baholovchi bartaraf etib boʻladigan yoki bartaraf etib boʻlmaydigan funksional eskirishni hisoblaydi. Yaxshilash ayrim elementlarining yoʻqligi, yetarli emasligi yoki keragidan ortiqligiga qarab funksional eskirishning quyidagi tiplari hisoblanadi:
yaxshilashlar bozorning hozirgi talablariga muvofiqligining muqarrar omili sanalgan elementning yoʻqligi bilan bogʻliq va mavjud yaxshilashlarda yetishmayotgan elementni oʻrnatish xarajatlari bilan baholash sanasidagi yangi qurilishda mazkur elementni yaxshilashlarga oʻrnatish xarajatlari oʻrtasidagi farqqa teng boʻlgan bartaraf etib boʻladigan funksional eskirish;
yaxshilashlar bozorning hozirgi talablariga muvofiqligining muqarrar omili sanalgan elementning yoʻqligi hamda sof operatsion daromad yoʻqotishlarining joriy qiymatlari bilan yaxshilash elementining yoʻqligi bilan bogʻliq har qanday xarajatlar yigʻindisiga teng boʻlgan bartaraf etib boʻlmaydigan funksional eskirish;
koʻchmas mulk obyektining isteʼmol xossalarini pasaytiradigan yaxshilashlar elementining keragidan ortiqligi bilan belgilangan va mazkur elementni uning jismoniy eskirishini hisobga olgan holda tiklash qiymati va uni demontaj qilish xarajatlarining qaytariladigan materiallar qiymati chegirib tashlangan yigʻindisiga teng boʻlgan bartaraf etib boʻladigan funksional eskirish;
koʻchmas mulk obyektining isteʼmol xossalarini pasaytiradigan yaxshilashlar elementining keragidan ortiqligi bilan belgilangan va mazkur elementni uning jismoniy eskirishini hisobga olgan holda tiklash qiymati, sof operatsion foyda yoʻqotishlarining joriy qiymatlari va yaxshilashning keragidan ortiq elementi mavjudligi tufayli qilingan xarajatlar bilan mazkur element mavjudligi bilan bogʻliq iqtisodiy samaraning joriy qiymati oʻrtasidagi farqqa teng boʻlgan bartaraf etib boʻlmaydigan funksional eskirish;
yaxshilashlarning foydalanishga yaroqli boʻlgan, lekin bozorning hozirgi talablariga muvofiq kelmaydigan elementlarini almashtirish yoki modernizatsiya qilishni talab etadigan bartaraf etib boʻladigan funksional eskirish. Yaxshilashlarning almashtirilayotgan yoki modernizatsiya qilinayotgan elementlarining ularning jismoniy eskirishi chegirib tashlangan qiymati mazkur elementni demontaj qilishning qaytariladigan materiallar qiymati chegirib tashlangan xarajatlari va mavjud yaxshilashlarda yetishmayotgan elementlarni oʻrnatish xarajatlari bilan baholash sanasidagi yangi qurilishda mazkur elementni yaxshilashlarga oʻrnatish xarajatlari oʻrtasidagi farq yigʻindisi sifatida hisoblanadi;
yaxshilashlarning foydalanishga yaroqli boʻlgan, lekin bozorning hozirgi talablariga muvofiq kelmaydigan elementlarini almashtirish yoki modernizatsiya qilishni talab etadigan va sof operatsion foyda yoʻqotishlarining joriy qiymatlari bilan yaxshilashlarning maʼnaviy eskirgan elementlari mavjudligi tufayli qilingan xarajatlar yigʻindisiga teng boʻlgan bartaraf etib boʻlmaydigan funksional eskirish.
66. Tashqi (iqtisodiy) eskirish qiymati mavjud axborot xususiyatiga qarab, quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi:
juft maʼlumotlarni (sotuvlarni) tahlil qilish usuli;
ijaraga oid zararlarni kapitallashtirish usuli.
Tashqi eskirishni juft maʼlumotlarni tahlil qilish usuli bilan hisoblashda baholovchi koʻchmas mulk obyektlarining sotuvlariga doir axborotni tashqi eskirishga ega boʻlgan koʻchmas mulk obyektlari va tashqi eskirishga ega boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlarining narxlarini taqqoslash yoʻli bilan tahlil qiladi.
Baholovchi tashqi eskirishni ijaraga oid zararlarni kapitallashtirish usuli bilan hisoblashda:
ijaraga oid zararlarni aniqlash uchun bozor maʼlumotlarini tahlil qiladi;
baholash obyekti qiymatining pasayishini ijaraga oid zararlarni kapitallashtirish yoʻli bilan hisoblaydi;
hisoblangan qiymatning pasayishini baholash obyektining elementlari (yer uchastkasi va yaxshilashlar) oʻrtasida taqsimlaydi.
Agar baholovchi ijaraga oid zararlar doimiy xususiyatga ega boʻlishini prognoz qilgan boʻlsa, ularni kapitallashtirish toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli bilan amalga oshiriladi.
Agar baholovchi ijaraga oid zararlar vaqtinchalik xususiyatga ega boʻlishini prognoz qilgan boʻlsa, ularni kapitallashtirish POD usuli bilan amalga oshiriladi.
67. Tashqi eskirishni ijara haqidagi yoʻqotishlarni kapitallashtirish yoʻli bilan aniqlash bartaraf etilmaydigan funksional eskirishni hisoblash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tashqi eskirishni juft maʼlumotlarni (sotuvlarni) tahlil qilish usuli bilan quyidagi formula boʻyicha aniqlash mumkin:
Ivnesh = Abvn — Asvp
bunda
Abvp — baholash obyektining tashqi eskirish belgilari mavjud boʻlmagan analog qiymati;
Asvp — baholash obyektining tashqi eskirish belgilari mavjud boʻlgan analog qiymati.
4-§. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
68. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash 6-son “Baholash yondashuvlari va usullari” MBS hamda “Baholash yondashuvlari va usullari” Milliy baholash standarti (6-son MBS)ning baholash natijalarini muvofiqlashtirish tartibi metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga
6-ILOVA
“Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (11-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 11-son “Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash” MBSni qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Metodika YAMBSga muvofiq nomoddiy aktivlarni (bundan buyon matnda NMA deb yuritiladi) va intellektual mulk obyektlari (bundan buyon matnda IMO deb yuritiladi) qiymatini baholash uchun zarur boʻlgan minimal usullarni belgilaydi. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, YAMBSga hamda baholashning xalqaro tajribasiga zid boʻlmagan boshqa usullardan ham foydalanishlari mumkin.
2-bob. Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlarini identifikatsiya qilish
2. NMA va IMOga (bundan buyon matnda baholash obyekti deb yuritiladi) boʻlgan huquqlarni identifikatsiya qilishda baholovchi mulkiy huquqlarga qonuniy egalik qilinishini tasdiqlovchi hujjatlarning mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Ushbu hujjatlarga quyidagilar kiradi:
huquqiy muhofaza qiluvchi hujjatlar (patentlar, guvohnomalar);
litsenziya shartnomalari, huquqlarni boshqaga oʻtkazish shartnomalari, kompleks tadbirkorlik litsenziyasi (franshizing) shartnomalari;
boshqa korxonalar yoki korxonaning boʻlinmalari tomonidan baholash obyektini yaratishga buyurtma (moliyalashtirish) shartnomalari;
xizmat vazifasi sifatida korxonaning oʻzida baholash obyektini yaratishga buyurtmalar;
korxona va baholash obyektining ishlab chiquvchilari oʻrtasidagi kontraktlar va mualliflik litsenziyasi shartnomalari;
baholash obyektiga boʻlgan huquqlarni haq toʻlash yoki begʻaraz topshirishdagi qabul qilish-topshirish dalolatnomalari;
korxonalarni qayta tashkil qilish, bankrot deb eʼlon qilish, xususiylashtirishda IMO va NMAlar boʻyicha davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar;
mulkiy huquqlarni identifikatsiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlar.
3. Baholovchi buyurtmachi bilan birgalikda quyidagilardan iborat boʻlgan baholash uchun identifikatsiya (boshlangʻich maʼlumotlar) dalolatnomasini toʻldiradi va tasdiqlaydi:
baholash obyektining u qaysi IMO (NMA)ga mansubligi koʻrsatilgan toʻliq nomi toʻgʻrisidagi axborot;
baholanayotgan huquqlar toʻgʻrisidagi axborot;
huquq egalari va ishlab chiquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
huquqiy muhofaza qiluvchi hujjat va uning amal qilish muddati koʻrsatilgan holda baholash obyektining huquqiy muhofazasi toʻgʻrisidagi axborot (agarda bunday hujjat mavjud boʻlsa);
baholash obyektidan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish boshlangan muddatlar toʻgʻrisidagi axborot;
baholash obyektining ishlab chiqarishga tayyorligi darajasi, uning foydaliligini belgilovchi texnik-iqtisodiy tavsiflar toʻgʻrisidagi axborot;
yaratilishida baholash obyektidan foydalaniladigan mahsulotlar, xizmatlarning texnik, isteʼmol, ekspluatatsiya, ekologik va iqtisodiy koʻrsatkichlaridan iborat boʻlgan tavsiflari;
baholash obyektidan foydalanishdan olinadigan tushum, tannarx, daromadning haqiqiy koʻrsatkichlari (agarda mavjud boʻlsa);
baholash obyektiga boʻlgan huquqlarni topshirish boʻyicha litsenziya shartnomalari mavjudligi (mavjud emasligi) toʻgʻrisida axborot;
baholash obyektiga boʻlgan huquqlarni yaratishga (xarid qilishga) sarflangan xarajatlar toʻgʻrisidagi axborot;
tushumning rejalashtirilayotgan koʻrsatkichlari, tannarx, daromad, ishlab chiqarishga tayyor holatga keltirish xarajatlari, soliq solish toʻgʻrisidagi hamda baholashni oʻtkazish uchun ahamiyatli boʻlgan baholash obyektidan ishlab chiqarishda foydalanish xususiyatlarini tavsiflovchi boshqa axborot.
Baholash obyektining xususiyatiga qarab mazkur axborot toʻldirilishi mumkin.
3-bob. Axborotni toʻplash va tahlil qilish
4. Axborotni toʻplash, oʻrganish va tahlil qilish, shuningdek baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi 3-son MBS talablariga amal qilishi kerak.
5. Baholash obyektini tahlil qilish uchun zarur axborot turi va hajmi baholovchi tomonidan baholash maqsadi, aniqlanayotgan qiymat turi, baholash obyektining xususiyatlari, farazlar va cheklovchi shartlarga qarab aniqlanadi.
6. Baholash obyekti qiymatini aniqlashda uning ilmiy-texnik, tijorat va huquqiy tavsiflari, maqsadlari, shartlari va marketing tadqiqotlari vositasida olingan foydalanish natijalari, agarda ular baholash buyurtmasida mavjud boʻlsa, tahlil qilinadi. Baholovchi baholash obyekti mansub boʻlgan bozorni aniqlashi va agarda imkon boʻlsa, uni tahlil qilishi ham lozim.
4-bob. Baholash yondashuvlari va usullarinitanlash, asoslash va qoʻllash
1-§. Qiyosiy yondashuv
7. Baholash obyektining bozor qiymatini qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda aniqlash analoglar narxlariga ularning baholash obyektidan farqini bartaraf qilish imkonini beruvchi tuzatishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
8. Qiyosiy yondashuv tegishli solishtirish elementlari asosida tanlab olinadigan analoglar narxlaridan foydalangan holda qoʻllaniladi. Solishtirish elementlariga baholash obyektining bozor qiymatiga taʼsir qiluvchi omillar hamda baholash obyekti bilan bogʻliq bitimlar tavsiflari kiradi.
baholash obyekti boʻlgan baholanayotgan mulkiy huquqlar hajmi;
baholash obyekti bilan bogʻliq bitimlarni moliyalashtirish shartlari (shaxsiy va qarz mablagʻlarining nisbati, qarz mablagʻlarini taqdim qilish shartlari);
analog bilan bogʻliq bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash oʻtkazilgan sanagacha boʻlgan davrda baholash obyekti narxlarining oʻzgarishi;
baholash obyekti foydalanilgan yoki foydalanilishi mumkin boʻlgan sanoat tarmogʻi;v
baholash obyekti hamda analogga boʻlgan taqdim etilayotgan huquqlar amal qiladigan hudud;
baholash obyektining analogga nisbatan funksional, texnologik, iqtisodiy tavsiflari;
baholash obyektidan foydalangan holda ishlab chiqarilishi yoki sotilishi mumkin boʻlgan mahsulotga talab;
raqobatlashuvchi takliflarning mavjudligi;
baholash obyektidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) sotishning nisbiy hajmi;
baholash obyekti hamda analogning foydali xizmat qilish muddati;
ishlab chiqarishda baholash obyektini hamda analogni oʻzlashtirish xarajatlarining darajasi;
toʻlov shartlari hamda baholash obyekti bilan bogʻliq bitimlarni tuzish holatlari va boshqalar.
10. Analog hamda baholash obyektining taqqoslanuvchi parametrlari aynan bir bozordagi sotilish yoki taklif sanasi, iqtisodiy shartlari, fizik tavsiflari va raqobatdoshligiga nisbatan oʻxshash boʻlishi, yaʼni talab va taklif jihatdan ular bir xil holatda boʻlishi lozim. Aks holda, taqqoslanayotgan analogdan qiymat koʻrsatkichlarini koʻchirish xato natijalarga olib kelishi mumkin.
11. Tuzatishlar miqdorlari quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
bir solishtirish elementi boʻyicha bir-biridan farq qiluvchi analoglar narxlarini toʻgʻridan-toʻgʻri solishtirish hamda shu tarzda olingan axborot asosida ushbu solishtirish elementi boʻyicha tuzatishlarni aniqlash;
bir solishtirish elementi boʻyicha bir-biridan farq qiluvchi ikkita analoglarning daromadini (foydasini) toʻgʻridan-toʻgʻri solishtirish hamda daromadlardagi farqlarni kapitallashtirish yoʻli bilan ushbu solishtirish elementi boʻyicha tuzatishlarni aniqlash;
analogning baholash obyektidan farq qiladigan solishtirish elementi tavsifining oʻzgarishi bilan bogʻliq xarajatlarni aniqlash;
analoglar narxlariga tuzatishlarni ekspert yoʻli bilan asoslash.
12. Qiyosiy yondashuv quyidagi bosqichlardan iborat:
baholash obyektiga oʻxshash boʻlgan obyektlar bilan tuzilgan bitimlar va ularning sotilish takliflari toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish maqsadida bozorni oʻrganish oʻtkaziladi;
analog NMA va IMOlar yoki ular asosiy aktivi boʻlgan korxonalar boʻyicha tuzilgan bitimlar toʻgʻrisida axborot toʻplanadi;
baholash obyekti hamda uning analogini taqqoslash oʻtkaziladigan solishtirish elementlari roʻyxati aniqlanadi, taqqoslanayotgan obyektlarning farqlanuvchi xususiyatlari ularning qiymatiga taʼsir darajasi aniqlanadi;
baholash obyektini, tanlab olingan bozorda sotilgan yoki sotishga taklif qilinayotgan analog-obyektlar bilan alohida koʻrsatkichlar boʻyicha solishtirish oʻtkaziladi;
analog-obyekt qiymatiga nisbatan solishtirish elementlari boʻyicha tuzatishlar aniqlanadi;
haqiqiy bitim narxlari baholash obyektlari taqqoslash elementlarining qiymatlarini hisobga olgan holda tuzatiladi;
baholash obyektining qiymati taqqoslanuvchi bitimlar boʻyicha tuzatishlar kiritilgan haqiqiy maʼlumotlar (yoki analoglar) asosida aniqlanadi.
13. Baholash obyektini baholashning qiyosiy yondashuvida baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
taqqoslanuvchi bitimlar usuli;
analog-korxonalar usuli.
14. Taqqoslanuvchi bitimlar usuli — baholash obyektining analogi uning bozor qiymatini aks ettirayotgan narx boʻyicha bozorda sotib olinganligini nazarda tutadi. Mazkur usul baholash obyektining bozor qiymatini hisoblash uchun foydalanilishi mumkin hamda baholash obyekti va uning analogining taqqoslanishini taʼminlovchi tuzatishlar kiritiladi.
15. Taqqoslanuvchi bitimlar usuliga binoan baholash obyektining bozor qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
V = Vkor ± Kor
bunda,
V — baholash obyektining bozor qiymati;
Vkor — analog qiymatining tuzatilgan miqdori;
Kor — baholash sanasi holatiga taqqoslanayotgan analogning tuzatilgan qiymati miqdoriga umumiy tuzatishlar miqdori.
Baholash obyekti analogining tuzatilgan qiymati miqdori narxning amal qilishi sanasi holatiga quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Vkor = Pa * Kinf — A
bunda,
Pa — sotuv kuni holatiga taqqoslanayotgan obyektning (analogning) sotilish narxi;
Kinf — analog bilan bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash sanasiga qadar boʻlgan davr uchun inflyatsiya indeksining oʻzgarishlarini inobatga oluvchi koeffitsiyent;
A — analog bilan bitim tuzilgan sanadan boshlab baholash sanasiga qadar boʻlgan davr uchun eskirish miqdori.
16. Analog-korxonalar usuli asosiy aktivlari NMA va IMO boʻlgan korxonalarning qiymati toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.
Bunda, analog-korxonaning qiymati toʻgʻridan-toʻgʻri bitimning qiymati sifatida yoki korxonaning fond bozorida sotilgan aksiyalarining qiymati orqali aniqlanishi mumkin.
17. Baholash obyektining isteʼmolchilik xususiyatlari koʻp sonli parametrlar bilan aniqlanadi va baholash sanasi holatiga uning toʻliq analogi yoki oʻxshash obyektlar bilan tuzilgan bitimlar boʻyicha axborot umuman boʻlmasligi mumkin.
18. Qiyosiy yondashuv bilan hisob-kitob qilinganda, mutlaqo bir xil boʻlgan NMA va IMOlar boʻlmasligi hamda ulardan bir xilda foydalanish shartlari boʻlmasligini tushunish lozim.
2-§. Daromad yondashuvi
19. Daromad yondashuvi boʻyicha baholash obyektining qiymati uning kelgusidagi pul oqimlarining sof joriy qiymatiga yoki ushbu aktivga egalik qilish orqali kamaygan xarajatlarning joriy qiymatiga tenglashtirilishini nazarda tutadi. Baholash obyekti oʻz egasiga mahsulot ishlab chiqarishda (xizmatlar koʻrsatishda) kelgusida foyda olishini taʼminlaydi. Kelgusidagi pul oqimlarining oʻzgarishi hajm jihatidan quyidagilarga bogʻliq boʻladi:
mazkur baholash obyektidan foydalanuvchi korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va moliyaviy imkoniyatlari;
mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishni baholash obyekti ishtiroki bilan orttirish rejalari;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ortib borayotgan hajmi isteʼmoli boʻyicha bozor imkoniyatlari.
20. Daromad yondashuvi baholash obyektiga boʻlgan huquqlarga ega shaxs olayotgan yoki olishi mumkin boʻlgan foyda miqdorini aniqlash mumkin boʻlgan hollarda baholash obyektini baholash uchun qoʻllaniladi.
21. Baholash obyektidan foydalanishdan olinadigan foydaning asosiy shakllari quyidagilar hisoblanadi:
mahsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini tejash va/yoki asosiy va aylanma mablagʻlarga investitsiyalarni, shu jumladan xarajatlarni amalda pasaytirish, baholash obyektidan foydalanish huquqlarini olishda xarajatlarning yoʻqligi (masalan, litsenziya toʻlovlarining yoʻqligi, foydadan litsenziarning ehtimoliy ulushini ajratish zaruratining mavjud emasligi);
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmatlar) birligi narxining oshishi;
ishlab chiqarilayotgan mahsulot (xizmatlar) sotuvlari hajmining oshishi;
baholash obyektidan foydalanishdan keladigan pul oqimining yaxshilashi;
yuqorida koʻrsatilgan shakllarning turli xil kombinatsiyalari.
22. Baholash obyektidan olinadigan foyda baholash obyektini ishlatishdan tushadigan pul oqimining hajmi, tavakkalchiligi va vaqtini, baholash obyektining egasi uni ishlatmasdan olishi mumkin boʻlgan pul oqimining hajmi, tavakkalchiligi va vaqti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri solishtirish asosida aniqlanadi.
23. Baholash obyektidan foydalanish huquqi taqdim etilganligi uchun toʻlovlar hajmi bitim taraflari barcha zarur axborotga ega boʻlgan tarzda oqilona harakat qilganda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan eng koʻp ehtimoliy qiymat asosida hisoblanadi hamda toʻlovlar hajmida hech qanday favqulodda holatlar aks etmaydi.
24. Baholash obyektidan foydalangan holda mahsulot birligining tannarxi va narxini hisoblashda xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar narxlari elementlarini, tovarni ishlab chiqarish va sotishdagi oylik maoshni, boshqa xarajatlarni, shu jumladan binolar ijarasi, kommunal toʻlovlar, asbob-uskunaning eskirishi va hokazolarni aniqlash zarur.
25. Baholash obyektidan foydalanishdan tushadigan pul oqimini tuzish uchun quyidagi asosiy usullardan foydalaniladi:
ortiqcha foyda olish usuli;
royaltidan ozod qilish usuli;
foydadagi ustunlik usuli (oldin va keyin usuli);
Grinfild usuli;
distribyutor usuli;
sotish hajmidagi ustunlik usuli;
tannarxidagi yutuq usuli;
litsenziatning foydasida litsenziarning ulushini ajratish usuli;
ekspert yoʻli bilan foyda ulushini ajratish usuli.
26. Foydadagi ustunlik usuli (oldin va keyin usuli) baholash obyektidan foydalanishdan olingan qoʻshimcha daromadni hisobga olishga asoslanadi. Foydadagi ustunlik deganda NMA va IMOdan iborat mahsulotni sotayotgan korxonaning NMA va IMOdan foydalanish sharti bilan olayotgan, oʻxshash mahsulotni ishlab chiqarayotgan yoki oʻxshash xizmatlar turini koʻrsatayotgan, lekin bunday NMA va IMOga ega boʻlmagan korxona foydasiga nisbatan qoʻshimcha sof foyda tushuniladi.
Oʻxshash korxonalar boʻyicha bunday axborot boʻlmaganda, baholanayotgan korxonaning baholash obyektidan foydalanishdan oldin va keyin faoliyatining natijalarini bir korxona doirasida solishtirish orqali qiyoslash mumkin.
27. Baholash obyektidan foydalanish natijasida yuzaga keladigan foydadagi ustunlikning shakllanish manbasi quyidagilar boʻlishi mumkin:
mahsulotlar (xizmatlar) birligini sotish narxlarining oshirilishi;
mahsulotlar (xizmatlar) sotishning natural shaklda amalga oshirilishi;
mahsulotlar (xizmatlar) ishlab chiqarilishi va/yoki sotilishi bilan bogʻliq xarajatlarning qisqartirilishi.
28. Foydadagi ustunlik retrospektiv va baholash obyektiga boʻlgan huquqlardan foydalanishning samarali muddatining qolgan davrida foydaning kutilayotgan koʻrsatkichlariga asoslanadi.
29. Foydadagi ustunlik usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
baholash obyektidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning (xizmatning) narxini baholash obyektidan foydalanmasdan ishlab chiqarilgan mahsulotning (xizmatning) narxi bilan solishtirma tahlili amalga oshiriladi;
baholash obyektidan foydalanish orqali mahsulotni (xizmatlarni) sotishdan olinishi kutilayotgan qoʻshimcha daromad aniqlanadi;
mazkur ustunlik kutilayotgan vaqt davri aniqlanadi.
30. Baholash obyektiga boʻlgan huquqlardan foydalanishdan keladigan daromad (pul oqimi) baholash obyektidan foydalanish bilan amalga oshirilayotgan faoliyatdan olinadigan foyda hamda bunday faoliyatni baholash obyektidan foydalanmagan holda amalga oshirishdan olingan foyda oʻrtasidagi tafovut sifatida shakllanadi.
31. Foydadagi ustunlik quyidagi formula bilan aniqlanadi:
ADPi = Vi *[(Pbefore — SPbefore) (Pafter — SPafter)]
bunda,
ADPi — i-chi yilda olingan foydadagi ustunlik (qoʻshimcha foyda);
Vi — i-chi yilda baholash obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
Pafter, Pbefore — baholash obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotning narxi hamda tegishlicha baholash obyektidan foydalanish boshlangunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotning narxi;
SPafter, SPbefore — tegishlicha baholash obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi hamda baholash obyektidan foydalanish boshlangunga qadar ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi.
32. Royaltidan ozod qilish usuli baholash obyektiga boʻlgan mulkiy huquqlar litsenziya shartnomasi boʻyicha boshqa shaxsga taqdim qilingan yoki taqdim qilinishi mumkin boʻlganda qoʻllaniladi.
33. Royaltidan ozod qilish usuli baholash obyektining huquq egasi agarda u baholash obyektining egasi boʻlmaganda, baholash obyektiga boʻlgan huquqlardan foydalanganligi uchun uning egasiga royaltini (davriy toʻlovlarni) toʻlashga majbur boʻlishini taxmin qiladi. Biroq, ushbu toʻlovlar oʻtkazilmaydi va hosil boʻlgan tejash baholash obyekti bilan yaratiladigan qoʻshimcha foydaga tenglashtiriladi.
34. Royaltidan ozod qilish usulida potensial yillik toʻlovlarning miqdori baholash obyektini qoʻllagan holda chiqarilgan mahsulotlarni (xizmatlarni) sotishdan tushgan yillik tushumni royalti stavkasiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi. Mazkur toʻlovlar (royalti) baholash obyektidan foydalanish orqali olinadigan sof daromad (pul oqimi) sifatida qabul qilinadi.
35. Royaltidan ozod qilish usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
royalti toʻlanishi kutilayotgan davrdagi baholash obyektiga boʻlgan huquqlarning foydalanish muddati aniqlanadi;
baholash obyektidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning (xizmatlarning) qiymat va natura hajmlari prognozi tuziladi. Bu koʻrsatkichlarning qiymatlari potensial royalti toʻlovlarining hisobi uchun asos hisoblanadi;
royalti stavkasi aniqlanadi;
yillik toʻlovlar (royalti) litsenzion mahsulotlarni (xizmatlarni) sotish hajmidan foiz ajratmalarni hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi;
huquqiy muhofaza qiluvchi hujjatni kuchda saqlab turish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar hamda baholash obyektidan foydalanishni tashkiliy-huquqiy taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlar aniqlanadi (agarda mavjud boʻlsa);
sof royalti toʻlovlari oqimlari baholash obyektining huquqiy muhofaza qiluvchi hujjatini kuchda saqlab turish hamda foydalanishni tashkiliy-huquqiy taʼminlash bilan bogʻliq barcha xarajatlarni ayirish yoʻli bilan hisoblanadi.
36. Royaltidan ozod qilish usuli bilan baholash obyektidan olingan daromad (pul oqimi) quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
PRi = (Vi * Pi * R) — Si
bunda,
PRi — i-chi yilda baholash obyektidan olingan daromad (pul oqimi);
Vi — i-chi yilda baholash obyektidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi;
Pi — i-chi yilda baholash obyektidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning narxi;
R — royalti stavkasi;
Si — huquqiy muhofaza qiluvchi hujjatni kuchida saqlab turish hamda baholash obyektidan foydalanishni tashkiliy-huquqiy taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar (agarda mavjud boʻlsa).
37. Quyidagilar royaltini toʻlash asosi boʻlishi mumkin:
yalpi daromad (sotishdan tushadigan tushum, sotish hajmi);
soliq solishgacha boʻlgan sof daromad (foyda);
soliq solishdan keyingi sof daromad (foyda);
baholash obyektini sotib olgan yoki foydalanayotgan korxonada vujudga keluvchi qoʻshimcha foyda;
mahsulot (xizmatlar) birligining (partiyasining) narxi;
tannarx;
ishlab chiqarish quvvati.
38. Royalti stavkasi quyidagi usullar asosida aniqlanadi:
muayyan mahsulot yoki sanoat tarmogʻi boʻyicha yuzaga kelgan hamda ommaviy axborot vositalarida chop etiladigan royaltining standart stavkalaridan foydalanishga asoslangan usul;
litsenziar bilan avval tuzilgan litsenziya shartnomalaridan olingan analoglarni tahlil qilishga asoslangan usul;
ushbu sanoat tarmogʻi uchun oʻxshash mahsulotlar boʻyicha avval tuzilgan litsenziya shartnomalaridan olingan royalti stavkalarini qoʻllashga asoslangan usul;
litsenziatning qoʻshimcha foydasi miqdorini hisoblash usuli (eng soʻnggi royalti usuli deb ham ataladi);
litsenziarning litsenziat yalpi daromadidagi hissasini hisobga olishga asoslangan royalti stavkasini hisoblab chiqish usuli;
solishtirma xarajatlar koʻrsatkichlarini hisobga olishga asoslangan royalti stavkasini hisoblash usuli.
Baholovchi litsenziya shartnomasi loyihasi shartlaridan kelib chiqqan holda royalti stavkasini belgilashi mumkin.
39. Daromad hisoblanganidan va baholash obyekti tomonidan keltirilayotgan pul mablagʻlari oqimi tahlil qilinganidan keyin ular joriy qiymatga aylantirilishi lozim.
40. Baholash obyektidan keladigan har yillik daromadning uning joriy qiymatiga aylantirilishi baholash obyektidan foydalanishdan keladigan daromadni toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish yoki baholash obyektidan foydalanishdan keladigan pul oqimlarini diskontlash orqali oʻtkaziladi.
41. Pul oqimlarini diskontlash usuli kelgusidagi pul oqimlarining darajasi bir meʼyorda boʻlmaganda, joriy pul oqimlaridan jiddiy farq qilganda, prognoz qilinayotgan kelgusidagi pul oqimlari prognoz yillari uchun ijobiy miqdor hisoblanganda ishlatiladi.
42. Pul oqimlarini diskontlash usulini qoʻllash quyidagi asosiy bosqichlarni nazarda tutadi:
diskontlanadigan pul oqimining miqdorini aniqlash;
diskontlash stavkasini hisoblash;
diskont koʻpaytiruvchilarini har yillik daromadlarning tushish davrlariga muvofiq hisoblash;
baholash obyekti qiymati miqdorini baholash obyektidan keluvchi har yillik daromadlarga tegishli diskont koʻpaytiruvchisi boʻyicha koʻpaytirish orqali aniqlash.
43. Pul oqimlarini tahlil qilishda maʼlum bir davr uchun pul oqimlari prognozi tuziladi, u moliyaviy oqimlardagi har qanday oʻzgarishlarni aks ettirishi mumkin va ushbu oqimlarga taʼsir qiluvchi koʻplab omillarni hisobga oladi.
Prognoz davri barqaror oʻsish surʼatlariga yoki oʻzgaruvchansiz pul oqimiga erishgunga qadar korxona faoliyatidan daromad va foydaning kutilayotgan oʻsish surʼatlarini eng aniq prognoz qilish imkonini beradigan davr hisoblanadi.
Prognoz davri korxona oʻsish surʼati barqarorlashguncha davom etadi (davrning qolgan qismida barqaror uzoq muddatli oʻsish surʼati yoki bir darajadagi doimiy daromad oqimi nazarda tutiladi).
Agar baholash obyektidan foydalanish muddati cheklanmagan va foydalanishning prognoz muddati prognoz davridan uzoqroq boʻlsa, baholash obyekti terminal (prognozdan keyingi) qiymatga ega boʻlishi mumkin (masalan, savdo belgisi yoki nouxau).
44. Diskontlash stavkasi investitsiyalarning baholash sanasidagi tavakkalchilik darajasi bilan taqqoslanuvchi muqobil variantlar boʻyicha daromad stavkasi sifatida hisoblanishi mumkin. Diskontlash stavkasini hisoblash qoʻllanilayotgan (soliq toʻlangunga qadar yoki soliq toʻlanganidan keyingi) pul oqimiga mos keladigan asosda, qiymatda (nominal yoki real qiymatda) va hisoblash valyutasida amalga oshirilishi lozim.
45. Baholash obyekti tomonidan yaratiladigan pul oqimlari uchun diskontlash stavkasi quyidagi usullar bilan aniqlanishi mumkin:
kumulyativ tuzish usuli;
kapitalning oʻrtacha oʻlchangan qiymati usuli;
kapital aktivlarni baholash usuli.
46. Kumulyativ tuzish usuli bilan diskontlash stavkasini hisoblashda investitsiyalarning tavakkalsiz stavkasi baholash obyektidan xoʻjalikda foydalanish tavsifiga mos keluvchi tavakkalchilikka koʻpaytirilishi lozim. Baholash obyektini boshqarishda eng koʻp uchraydigan tavakkalchiliklar quyidagilar hisoblanadi:
baholash obyektiga qoʻyiladigan investitsiyalardan keladigan daromad investor tomonidan avvaldan hisoblab chiqilgan daromaddan kam boʻlganligi tufayli yuzaga keluvchi investitsion tavakkalchilik;
baholash obyektidan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarishda yuzaga keluvchi tavakkalchilik, shu jumladan bekor turib qolish, xom ashyo, materiallar yetishmovchiligi va boshqalarni aks ettiruvchi ishlab chiqarish tavakkalchiligi;
baholash obyektining foydaliligi prognoz koʻrsatkichlarini hisoblashda yuzaga keluvchi foydani prognoz qilish tavakkalchiligi;
obyektni sotishdagi bozor ekspozitsiyasining davomliligiga tuzatishni yoki taxmin etilayotgan investorni qidirish vaqtini ifodalovchi baholash obyektining ularning tijoriy sotilishidagi yuzaga keluvchi past likvidlilik tavakkalchiligi.
47. Kapitalning oʻrtacha hisoblangan qiymati usuli faoliyati qarz va shaxsiy mablagʻlar yordamida moliyalashtiriladigan korxonalar uchun ishlatiladi. Kapitalning oʻrtacha hisoblangan qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
WACC = EWc — DWz * (1 — NP)
bunda,
WACC — kapitalning oʻrtacha oʻlchangan qiymati;
E — xususiy kapital qiymati;
Wc — korxona kapitalidagi shaxsiy mablagʻlar ulushi;
D — qarz mablagʻlar qiymati;
Wz — korxona kapitalidagi qarz mablagʻlar ulushi;
NP — foyda soligʻi stavkasi.
48. Diskontlash stavkasini kapital aktivlarni hisoblash modeli (CAPM) bilan hisoblash fond bozorining erkin muomaladagi aksiyalar daromadlilik darajasining oʻzgarishiga doir axborotni tahlil qilish asosida quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
D = Rf + β×(Rm — Rf ) + S1 + S2 + C
bunda,
D — diskontlash stavkasi;
Rf — davlat qimmatli qogʻozlarining foiz stavkasi, yaʼni tavakkalsiz stavka;
β — beta koeffitsiyenti, tizimli tavakkalchilik koʻrsatkichi;
Rm — bozorning umumiy daromadlilik darajasi (daromadlilikning bozordagi oʻrtacha meʼyori);
(Rm — Rf) — investitsiya xavfi uchun foiz mukofoti;
S1 — kichik korxonalarga tavakkalchilik uchun mukofot boʻlib, ustav kapitali miqdori yirik korxonalar bilan taqqoslaganda uncha katta boʻlmagan korxonalarning past darajadagi kredit qobiliyati va moliyaviy barqarorligi bilan belgilanadi;
S2 — aniq korxonaga investitsiyalar qilish tavakkalchiligi uchun mukofot (spetsifik tavakkalchiliklar);
S — mamlakat xavfi. Bu faqat boshqa mamlakatlarning bozor maʼlumotlarini formulaning elementlari sifatida ishlatishda hisobga olinadi.
49. Daromadni toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli kelgusi sof daromadlar joriy daromadlarga teng boʻlishi kutilganda yoki ularning oʻsish surʼati moʻtadil va bashorat qilsa boʻladigan hollarda ishlatiladi. Sof daromadni kapitallashtirish baholash obyektini ishlatishdan tushadigan daromad barqaror boʻlgan hollarda yetarli aniqlik bilan baholash obyektining qiymatini aniqlashga imkon beradi.
50. Kapitallashtirish usulidan foydalanishda sof daromadlar miqdori baholash obyektini ishlatishdan tushgan sof daromadlarni uning qiymatiga qaytadan hisob-kitob qilish uchun kapitallashtirish koeffitsiyentiga boʻlinadi.
51. Kapitalizatsiya stavkasi diskontlash stavkasi summasi (investitsiyalar uchun daromad meʼyorlari) va bu investitsiyalarni qaytarish stavkasi sifatida hisoblanishi mumkin.
52. Baholash obyekti bilan yaratiladigan pul oqimlari uchun kapitallashtirish koeffitsiyenti oʻxshash NMA va IMO bilan yaratiladigan pul oqimi miqdorini uning narxiga boʻlish orqali ham aniqlanishi mumkin.
3-§. Xarajat yondashuvi
53. Xarajat yondashuvi baholash obyektini tiklash xarajatlari miqdorini baholash obyektini yaratish uchun ragʻbatlantirish sifatida kalkulyatsiyaga qoʻyiladigan tadbirkorlik daromadini inobatga olgan holda qadrsizlanishni chegirgan tarzda joriy narxlarda hisoblab chiqishdan iborat.
54. Quyidagilar xarajat yondashuvining asosiy usullari hisoblanadi:
yaratish qiymati usuli (haqiqiy xarajatlarni indeksatsiya qilish usuli);
takror ishlab chiqarish xarajatlari qiymati usuli (joriy qiymatlarda xarajatlarning kalkulyatsiyasini modellashtirish);
almashtirish qiymati usuli (oʻxshash obyektlar boʻyicha xarajatlar asosida xarajatlar kalkulyatsiyasi).
55. Yaratish qiymati usuli doirasida muqaddam amalda sarflangan baholash obyektini yaratish xarajatlari indeksatsiya qilish orqali joriy qiymatga keltiriladi. Baholash obyektining qiymati joriy narxlarda baholangan va investitsiya uchun daromad stavkasiga koʻpaytirilgan barcha xarajatlarni jamlash bilan aniqlanadi.
56. Yaratish qiymati usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
baholash obyektini yaratish va harakatga keltirish bilan bogʻliq barcha haqiqiy xarajatlar, jumladan uni foydalanishga yaroqli holatga keltirish boʻyicha xarajatlar aniqlanadi;
baholash sanasiga xarajatlar yuzaga kelgan paytdan boshlab narxlar indeksi (inflyatsiya) qiymati boʻyicha tuzatiladi;
tuzatilgan xarajatlar jamlanadi va qabul qilingan rentabellilik koeffitsiyentiga (investitsiya uchun daromad stavkasiga) koʻpaytiriladi;
baholash obyektining eskirish summasi aniqlanadi;
tuzatilgan xarajatlar summasi hamda baholash obyektining eskirish summasi oʻrtasidagi farq sifatida baholash obyektini yaratish qiymati aniqlanadi.
57. Baholash obyektining qiymati yaratish qiymati usuli asosida quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
n — baholash obyektini yaratilgan paytdan boshlab baholash sanasigacha oʻtgan yillar soni;
Ci — i-chi yilda ishlab chiqarilgan baholash obyektini toʻliq yaratishning haqiqiy xarajatlari;
KIndi — i-chi yildagi xarajatlarning baholash sanasiga indeksatsiya koeffitsiyenti.
58. Baholash obyektini yaratishning haqiqiy xarajatlari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
S= S1 + S2 + S3
bunda,
S — baholash obyektini toʻliq yaratishning haqiqiy xarajatlari;
S1 — baholash obyektini yaratishning haqiqiy xarajatlari rentabellilikni inobatga olgan holda hisoblab chiqilgan ilmiy tadqiqot ishlarini toʻliq hajmda bajarish hamda texnik hujjatlarning (masalan, eskizdan boshlab ish loyihasigacha) barcha bosqichlarini ishlab chiqish uchun amalda sarflangan xarajatlar summasi hisoblanadi.
Bunda, ilmiy-tadqiqot ishlari uchun xarajatlar qidiruv ishlari, jumladan muammoni dastlabki oʻrganib chiqish, nazariy tadqiqotlar, tajribalarni oʻtkazish va hisobotni tasdiqlash hamda boshqa shu kabi xarajatlardan tashkil topadi.
Texnik hujjatlarni ishlab chiqish xarajatlari eskiz, texnik va ish loyihalarini bajarish, hisob-kitoblarni bajarish, sinovlar oʻtkazish, tashqi tashkilotlarning xizmatlari, muallif nazoratini oʻtkazish va boshqalar uchun xarajatlardan iborat boʻlishi mumkin.
Texnologik va loyiha hujjatlari qisman bajariladigan yoki baholash obyektini yaratishdan oldin faqat ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkaziladigan hollarda baholash obyektining qiymatini hisoblash amalda bajarilgan ishlar xarajatlari boʻyicha amalga oshiriladi;
S2 — baholash obyektini huquqiy muhofaza qilishning haqiqiy xarajatlari (patent (guvohnoma) olish uchun buyurtma materiallarini rasmiylashtirish, buyurtma boʻyicha yozishmalar, buyurtma topshirish, ekspertiza oʻtkazish, huquqiy muhofaza qiluvchi hujjatni olish, uni kuchda saqlab turish va boshqalar uchun bojlar toʻlash);
S3 — baholash obyektini ishlab chiqarishga va tijoriy sotishga tayyor holga yetkazish uchun haqiqiy xarajatlar hamda boshqa xarajatlar.
59. Indeksatsiya koeffitsiyenti — nisbiy muayyan vaqt davrida tovarlar narxlarining oʻzgarishini tavsiflovchi koʻrsatkichdir. Indeksatsiya oʻtkazishda xarajatlarning elementlari boʻyicha narxlar oʻzgarishi indekslariga amal qilish lozim.
Xarajatlar elementlari boʻyicha narxlar oʻzgarishi indekslari toʻgʻrisida olish oson boʻlgan ishonchli axborot mavjud boʻlmaganda tegishli sanoat tarmoqlari boʻyicha narxlar oʻzgarishi indekslari yoki boshqa tegishli indekslar ishlatilishi mumkin boʻladi.
Indeksatsiya qilishning tegishli koeffitsiyenti ish haqi, valyuta, materiallar, butlovchi qismlar yoki tayyor mahsulot narxlarining oʻzgarishini aks ettiruvchi koʻrsatkich sifatida hisoblanishi mumkin.
60. Indeksatsiya koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Kind = P1 / P0
bunda,
Kind — indeksatsiya koeffitsiyenti;
P1 — tovarlar narxlari, ish haqi miqdori yoki baholash sanasidagi valyutalar kursining oʻzgarishi;
P0 — tovarlar narxlari, ish haqi miqdori yoki xarajatlarni amalga oshirish sanasidagi valyutalar kursining oʻzgarishi.
61. Investitsiyalar uchun daromad meʼyori (Rate) baholash obyektining investitsiyalash tavakkalchiligi darajasiga oʻxshash boʻlgan (masalan sanoatning tegishli tarmogʻidagi) kapital uchun unumdorlik stavkalaridan kelib chiqib hisoblanishi mumkin.
62. Baholash obyektining eskirishi oʻxshash NMA va IMOlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan maʼnaviy eskirishdan iborat. Maʼnaviy eskirish sotuvlarning tushishi va baholash obyekti daromadliligining pasayishi bilan baravar yuz beradi.
63. Baholash obyektining eskirishi uning foydali xizmat qilish muddati va huquqiy muhofaza hujjatining qolgan muddati asosida aniqlanishi mumkin. Bunda, baholash obyektini foydali xizmat qilish muddati shartnoma boʻyicha baholash obyektidan foydalanish huquqi berilishi mumkin boʻlgan muddat sifatida yoki baholash obyekti egasining shaxsiy ishlab chiqarishida (biznesida) ishlatilishi mumkin boʻlgan muddat sifatida aniqlanadi.
64. Baholash obyektining eskirish koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha aniqlanishi mumkin:
FP — huquqiy muhofazasiga ega boʻlgan baholash obyektlar uchun ustuvorlik sanasidan (huquqiy muhofaza qiluvchi hujjatga binoan) baholash sanasigacha boʻlgan haqiqiy muddat yoki huquqiy muhofazaga ega boʻlmagan baholash obyektlari uchun ulardan ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish boshlangan haqiqiy muddat;
LP — huquqiy muhofazaga ega boʻlgan baholash obyektlari uchun huquqlarning (huquqiy muhofaza qiluvchi hujjatga binoan) nominal amal qilish muddati yoki huquqiy muhofazaga ega boʻlmagan baholash obyektlari uchun ishlab chiqarish faoliyatida foydalanish muddati.
65. Takror ishlab chiqarish xarajatlari qiymati usulida korxona daromadi miqdorini inobatga olgan holda tiklash xarajatlarini hisoblash asosida baholash obyektiga boʻlgan huquqlarning qiymati aniqlanadi. Ushbu tiklash baholash obyektini baholash sanasi holatiga joriy narxlarda toʻliq asl holatda tiklashni (modellashtirishni) nazarda tutadi.
66. Takror ishlab chiqarish xarajatlari qiymati usuli baholash obyektini yaratish uchun haqiqiy maʼlumotlar bilan hujjatli tasdiqlash imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda eng maqbul usul hisoblanadi. Mazkur usulni ishlatishda baholash obyektining takror ishlab chiqarish qiymati (tiklash qiymati) uning yangi aniq nusxasini yaratish uchun zarur boʻlgan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi. Mazkur xarajatlar aynan oʻxshash xom ashyo, materiallar, energiya manbalari, tarmoqdagi oʻrtacha mehnatga haq toʻlash va boshqa xarajatlarga nisbatan baholash sanasida amaldagi narxlar asosida hisoblanishi lozim.
67. Takror ishlab chiqarish xarajatlari qiymati usuli quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
baholash obyektini yaratish va rejalashtirilgan maqsadlarda foydalanishga tayyor holga keltirish bilan bogʻliq boʻlgan barcha zarur xarajatlar aniqlanadi;
baholash sanasi holatiga xom ashyo, materiallar, energiya manbalari, butlovchi buyumlar, tarmoqda tegishli malakaga ega boʻlgan ishchilarning mehnatiga oʻrtacha haq toʻlash boʻyicha axborot hamda baholash obyekti uchun xos boʻlgan boshqa tarkibiy qismlarga nisbatan narxlar belgilanadi;
baholash obyektini yaratish qiymatining kalkulyatsiyasi aniqlanadi;
baholash obyektining tiklash qiymati tadbirkor daromadiga (investitsiya uchun daromad stavkasi) koʻpaytirilgan xarajatlar summasi sifatida aniqlanadi;
baholash obyektining ehtimoliy eskirish miqdori hisoblanadi;
baholash obyektining qiymati uning tiklanish qiymati hamda eskirish miqdori oʻrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
68. Almashtirish qiymati usuli baholanayotgan baholash obyektining aniq nusxasini asl holatida yaratish mumkin boʻlmaganda, lekin isteʼmolchilik xususiyatlari bilan baholash obyektiga oʻxshash boʻlgan, biroq tashqi koʻrinishi va tarkibiy elementlari boʻyicha aynan bir xil boʻlmagan analogi bilan almashtirilishi mumkin boʻlganda qoʻllaniladi.
69. Baholash obyektini almashtirish qiymati oʻzining isteʼmolchilik, funksional, iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha baholash obyektining teng qiymatli oʻrnini bosuvchisi boʻlishi mumkin boʻlgan, undan eng samarali foydalanilishini taʼminlay oladigan baholash obyektining analogini yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish xarajatlarining baholash sanasi boʻyicha joriy qiymati toʻgʻrisidagi axborotga asosan aniqlanadi.
70. Almashtirish qiymati usulida baholash obyekti qiymati oʻxshash foydalilik yoki isteʼmolchilik qiymatiga ega boʻlgan NMA va IMOni sotib olishda toʻlanishi lozim boʻlgan narx asosida aniqlanadi.
71. Almashtirish qiymati usuli quyidagi bosqichlardan iborat:
bozor oʻrganib chiqiladi va baholash obyektining oʻxshash foydalilik yoki boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan analoglari aniqlanadi, ularning bozor qiymati yoki ularni yaratish xarajatlari summasi belgilanadi;
agarda analogni sotish (yoki taklif etish) sanasi baholash obyektini baholash sanasidan farq qilsa, analoglar qiymati (yoki yaratish xarajatlari) baholash sanasi holatiga indeksatsiya yoʻli bilan keltiriladi;
baholash obyektining analogiga nisbatan baholash obyektining eskirish miqdori aniqlanadi;
baholash obyektining bozor qiymatini baholash obyektiga oʻxshash boʻlgan yangi obyektni yaratish xarajatlaridan baholash obyektining qadrsizlanish miqdorini chegirib tashlash yoʻli bilan hisoblanadi yoki teng foydalilikka ega analogni sotib olishda toʻlanishi lozim boʻlgan eng kam narxdan kelib chiqib baholash obyektining qiymati aniqlanadi.
72. Baholash obyektiga oʻxshash yangi obyektni yaratish xarajatlari summasi analogni yaratish hamda uni foydalanish uchun tayyor holatga keltirish bilan bogʻliq bevosita va bilvosita xarajatlarni, shuningdek baholash obyektini yaratishga investitsiya uchun eng ehtimoliy mukofot miqdorini (tadbirkor daromadini) oʻz ichiga oladi.
4-§. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
73. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash 6-son MBS “Baholash yondashuvlari va usullari” hamda “Baholash yondashuvlari va usullari” Milliy baholash standarti (6-son MBS)ning baholash natijalarini muvofiqlashtirish tartibi metodikasi asosida amalga oshiriladi.
5-bob. Alohida obyektlarni baholashning xususiyatlari
74. Tijorat foydalarini olish uchun ishlatilmaydigan, ekologik, ijtimoiy, ilmiy yoki taʼlim vazifalarini yechishda foydalaniladigan noyob NMA va IMOlarni baholashda ularning bozor qiymatini baholashning yagona yondashuvi sifatida xarajat yondashuvidan foydalaniladi.
75. Tovar belgisini baholashning xususiyati shundan iboratki, tovar belgisini baholashda baholash obyektining qiymatini baholash asoslanadigan fundamental prinsiplarga amal qilish tavsiya etiladi.
Tovar belgisiga boʻlgan huquqlarning qiymati faqat ushbu huquqlardan mavjud yoki eng yaxshi foydalanishda ularning egasiga keltiriladigan daromadlar bilan aniqlanadi.
76. Tovar belgisini xarajat yondashuvi asosida baholashda xarajatlar sifatida quyidagi xarajat turlari hisobga olinadi:
tovar belgisini yaratish xarajatlari;
tovar belgisini huquqiy va boshqa muhofazasi xarajatlari;
baholanayotgan tovar belgisi ostidagi mahsulotlarning (xizmatlarning) marketing tadqiqotlari xarajatlari;
reklama tadbirlari xarajatlari.
77. Amaldagi tovar belgisini baholashdan oʻtkazish uchun korxonaning soʻnggi uch yil uchun moliyaviy hisobotlari tahlili oʻtkaziladi.
78. Tovar belgisidan olinadigan daromadlarni daromad yondashuvi doirasida baholashda quyidagi asosiy usullar qoʻllaniladi:
foydadagi ustunlik usuli;
ortiqcha foyda usuli;
tovar belgisidan olinadigan qoʻshimcha daromadni ajratib olish usuli;
royaltidan ozod qilish usuli.
79. Daromad yondashuvidan foydalanishda tovar belgisi mahsulotlar (xizmatlar) qiymatini yaratishda boshqa aktivlar (koʻchmas mulk, asbob-uskuna va b.) bilan birgalikda ishtirok etishi taxmin qilinadi. Mashhur tovar belgisi oʻxshash tovarlarga boʻlgan oʻrtacha bozor narxi bilan taqqoslaganda narxni oshirish imkonini beradi. Aynan shu farq foydadagi ustunlik usulidan foydalanish asosida hisoblab chiqilishi mumkin boʻlgan tovar belgisidan foydalanish hisobiga yaratiladigan qiymat hisoblanadi. Baholovchidan rentabellilikning qoʻshimcha foizini hisoblashda korxonaning sotuvlari prognozini tuzish va qoʻshimcha foydaning joriy summasini aniqlash talab qilinadi.
80. Ortiqcha foyda usuli iqtisodiy jihatdan foydadagi ustunlik usuliga oʻxshash, biroq gudvill qiymatini baholash uchun qoʻllaniladi. Ushbu usuldan tovar belgisini baholash uchun foydalanish ham mumkin. Bunda, korxona tomonidan tovar belgisini ishlatishdan olinadigan qoʻshimcha foyda alohida tovarlar va xizmatlarga nisbatan emas, balki xususiy kapitaldan foydalanish rentabelliligini aniqlash yoʻli bilan hisoblab chiqiladi.
Rentabellilikning hisoblab chiqilgan foizi oʻrtacha tarmoq foizi bilan solishtiriladi, olingan farq xususiy kapital miqdoriga koʻpaytiriladi. Bu esa ortiqcha foyda yoki tovar belgisining bozor qiymati hisoblanadi.
81. Tovar belgisidan olinadigan qoʻshimcha daromadni ajratib olish usuli bilan foydani (pul oqimini) aniqlashda qiymatni hisob-kitob qilish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
P = Kad * Pei * Rate
bunda,
R — foyda (pul oqimi);
Kad — tovar belgisini qoʻllash bilan bogʻliq qoʻshimcha foydani inobatga oluvchi va tovar belgisi ostida mahsulotlar ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish) tavsifiga bogʻliq boʻlgan koeffitsiyent. Ushbu koeffitsiyentning qiymati mazkur Metodikaning ilovasida keltirilgan shkala boʻyicha aniqlanadi;
Pei — i-chi yilda sotilgan mahsulotlar (xizmatlar) hajmini i-chi yildagi mahsulotlar (xizmatlar) birligining ehtimoliy narxiga koʻpaytirish natijasi sifatida aniqlanadigan i-chi yildagi tovar belgisini ishlatishdan olingan tushum (yalpi foyda);
Rate ― investitsiyalar uchun foyda meʼyori.
82. Xarajat yondashuviga muvofiq tovar belgisini baholash uchun boshlangʻich xarajatlar usulidan foydalanishda mos ravishda tovar belgisining uni yaratish xarajatlarini hisobga olishdagi xususiyatlarini tavsiflovchi bir qator koeffitsiyentlarni inobatga olish lozim.
83. Boshlangʻich xarajatlar usuli asosida tovar belgisining qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda,
Val — tovar belgisi qiymati;
Ci — i-chi yilda qilingan tovar belgisini yaratish va rivojlantirish (shu jumladan dizayni, huquqiy muhofazasi, marketing, reklama va boshqalarga) xarajatlari;
n — tovar belgisidan foydalanish boshlangan paytdan boshlab baholash sanasiga qadar oʻtgan yillar soni;
KInd — xarajatlarni indeksatsiya qilish koeffitsiyenti;
Rate — investitsiyalar uchun foyda meʼyori;
Kt — tovar belgisidan foydalanish vaqti koeffitsiyenti;
Km — tovar aylanmasi hajmi boʻyicha aniqlanadigan tovar belgisidan foydalanishning koʻlamliligi koeffitsiyenti;
Ke — estetik qabul qilish koeffitsiyenti.
84. Koʻlamlilik va estetik qabul qilish koeffitsiyentlari qiymatlari mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
85. Tovar belgisidan foydalanish vaqti koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha hisoblanishi mumkin:
Kt = 1 + FP/ LP
bunda,
Kt — tovar belgisidan foydalanish vaqti koeffitsiyenti;
FP — tovar belgisining haqiqiy xizmat muddati;
LP — tovar belgisining nominal xizmat muddati (muddatni 10 yil qilib koʻrsatish maqsadga muvofiq, chunki tovar belgisiga beriladigan guvohnoma shu muddat davriga, guvohnomaning muddatini uzaytirishni hisobga olmagan holda beriladi).
86. IMOga boʻlgan huquqlardan gʻayriqonuniy foydalanganligi uchun zararlar miqdori ushbu obyektdan gʻayriqonuniy foydalanish natijasida kontrafakt mahsulotni ishlab chiqarish va/yoki sotish hajmlaridan kelib chiqqan holda IMOning huquq egasi va/yoki litsenziatning olinmagan foydasining (daromadning) toʻplanishi baholash jarayonini qoʻllash orqali baholash sanasi holatiga aniqlanadi.
87. IMOdan gʻayriqonuniy foydalanilganligi oqibatidagi zarar deganda quyidagilar nazarda tutiladi:
huquqi buzilgan shaxs tomonidan qilingan yoki qilinishi lozim boʻlgan xarajatlar;
ushbu shaxs fuqarolik muomalasi sharoitlarida, agarda uning huquqi buzilmaganda, olishi mumkin boʻlgan (boy berilgan foyda), olinmagan daromadlar.
88. Huquq egasining xarajatlariga uning dalillar toʻplash bilan bogʻliq chiqimlari, ekspertizalar oʻtkazish (shu jumladan, zararni va boy berilgan foydani baholash boʻyicha) xarajatlari, sud xarajatlari, maʼmuriy chiqimlari (shu jumladan notarial tasdiqlatish) va boshqa xarajatlari kiradi. Xarajatlarning jamlangan miqdori tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlanadi.
Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obyektlari qiymatini baholash metodikasiga
ILOVA
1. Tovar belgisini qoʻllash bilan bogʻliq qoʻshimcha daromadni hisobga oluvchi Kad koeffitsiyenti qiymati:
Kad = 0,1 gacha — yakka tartibda ishlab chiqarish;
Kad = 0,1-0,2 — kichik seriyali ishlab chiqarish;
Kad = 0,2-0,3 — seriyali ishlab chiqarish;
Kad = 0,3-0,4 — yirik seriyali ishlab chiqarish;
Kad = 0,4-0,5 — ommaviy ishlab chiqarish.
2. Ke estetik qabul qilish koeffitsiyenti qiymati:
Ke = 1,3 — 10 yildan ortiq ishlatilgan va dunyo miqyosidagi isteʼmolchilar orasida mashhurlik;
Ke = 1,2 — 5 yildan ortiq ishlatilgan va keng miqyosda taniqli boʻlish;
Ke = 1,1 — 5 yildan kam ishlatilgan va isteʼmolchilarning ishlab chiqaruvchi toʻgʻrisida barqaror tasavvuri;
Ke = 1,05 — kamida 3 yil ishlatilgan;
Ke = 1 — 1 yil mobaynida ishlatish.
3. Tovar aylanmasining quyidagi hajmida tovar belgisining ishlatilishi koʻlamliligi Km koeffitsiyenti qiymati:
oyiga 10 ming AQSH dollarigacha Km = 1,0;
oyiga 10 — 50 ming AQSH dollarigacha Km = 1,2;
oyiga 50 — 100 ming AQSH dollarigacha Km = 1,4;
oyiga 100 — 500 ming AQSH dollarigacha Km = 1,6;
oyiga 500 ming AQSH dollaridan — 1 mln AQSH dollarigacha Km = 1,8;
oyiga 1 mln AQSH dollaridan yuqori Km = 2,0.
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga
7-ILOVA
“Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholash” Milliy baholash standartiga (12-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 12-son “Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholash” MBSni qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Metodika YAMBSga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar (bundan buyon matnda baholash obyekti deb yuritiladi) qiymatini baholash uchun zarur boʻlgan minimal usullarni belgilaydi. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, YAMBSga hamda baholashning xalqaro tajribasiga zid boʻlmagan boshqa usullardan ham foydalanishlari mumkin.
2. Ushbu Metodika maqsadida quyidagi asosiy tushuncha va taʼriflardan foydalaniladi:
aynan bir xil obyekt — kimyoviy tarkibi va fizik xossalariga koʻra baholash obyektiga oʻxshash hamda tabiiy kelib chiqishi (standarti) boʻyicha baholash obyektidan biror-bir farqlanishlari mavjud boʻlmagan obyekt;
tovar-moddiy zaxiralar — keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida boʻlgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish jarayonida yoxud maʼmuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar;
tovar qiymatining yoʻqotilishi — isteʼmol xossalarining pasayishi yoki yomonlashuvi sababli tovar-moddiy zaxiralarning qiymati pasayadigan nisbiy miqdor.
2-bob. Axborotni toʻplash va tahlil qilish
3. Baholash obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish baholash obyekti boʻyicha hujjatlarni olish, baholash obyektini koʻzdan kechirish jarayonida olingan maʼlumotlarni oʻrganish, tovar bozori haqidagi maʼlumotlarni oʻrganish, maʼlumotlarni tahlil qilish, baholash obyektini tavsiflashni oʻz ichiga oladi.
4. Tovar-moddiy zaxiralardan foydalanish, egalik qilish va ularni tasarruf etish huquqi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va nazorat qilinishi lozim boʻlgan taqdirda, baholovchi tegishli roʻyxatga olish va/yoki ruxsat berish hujjatlarini talab qilishi shart.
5. Analoglar toʻgʻrisidagi axborotni yigʻishda import tovarga qoʻshimcha xarajatlar (soliqlar va yigʻimlar, transport xarajatlari, boshqa xarajatlar) hisob-kitobiga xolis yondashish maqsadida baholash obyekti va analoglarning ishlab chiqarilgan mamlakati muvofiq kelishi toʻgʻrisidagi shartlarga rioya etilishi zarur.
Obyektlarning boshqa parametr va tavsiflari baholash obyekti uchun narxni shakllantiruvchi omil hisoblangan taqdirda, ularni ham qiyoslash lozim.
6. Baholash obyektining analoglari toʻgʻrisida axborot yigʻishda analoglarni tanlash elementlarining talablarini hisobga olish lozim.
Baholash obyekti muayyan tovar belgisi ostida ishlab chiqarilgan tovar hisoblangan taqdirda, baholovchi aynan oʻxshash baholash obyektini tanlashda baholash obyektining tovar belgisiga alohida eʼtibor qaratishi kerak.
7. Axborotni toʻplash, oʻrganish va tahlil qilishda, shuningdek baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi 3-son MBS talablariga amal qilishi kerak.
3-bob. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash hamda qoʻllash
1-§. Qiyosiy yondashuv
8. Qiymatni qiyosiy yondashuv boʻyicha hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
bozorni tadqiq etish, analog-obyektlar boʻyicha axborotni tahlil qilish va yigʻish;
taqqoslash analoglarini tanlash;
taqqoslash birliklarini aniqlash;
taqqoslash elementlarini tanlash;
qiymatni hisoblash usullarini tanlash;
taqqoslash elementlari boʻyicha tuzatishlarni hisoblash;
9. Baholash obyektlari bozori analog-obyektlarga doir bitimlar (takliflar) toʻgʻrisida axborot olish maqsadida tadqiq va tahlil qilinadi.
10. Taqqoslash analoglarini tanlash asosan mahalliy bozorda amalga oshiriladi (masalan, kelib chiqishiga koʻra import boʻlgan analoglar uchun). Mahalliy bozorda analoglar mavjud boʻlmaganda, 12-son MBS talablarini hisobga olgan holda xorijiy bozorlar analoglari toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
11. Baholash obyektining taqqoslash birliklarini aniqlash baholash obyekti oʻlchov birliklarini hisobga olish xususiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi (masalan, ogʻirlik (tonna, kilogramm, gramm, litr va h.k.), uzunlik (kilometr, metr, santimetr va h.k.), maydon (kvadrat metr, kvadrat santimetr va h.k.) oʻlchov birligi yoki uyumlangan oʻlchov birligi (vagon, konteyner va h.k.).
12. Taqqoslash elementlarini tanlash faqat narxni shakllantiruvchi va analoglar narxiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan quyidagi elementlar yordamida amalga oshiriladi:
mulkiy huquqlar (cheklanishlar, cheklovlar va h.k.);
moliyalashtirish shartlari (boʻlib-boʻlib toʻlash, imtiyozli toʻlovlar va h.k.);
alohida shartlar (toʻlovlar va yetkazib berishning bozorga oid boʻlmagan shartlari);
bozor shartlari (vaqt mobaynida narxlarning oʻzgarishi va h.k.);
joylashgan joyi (mahalliy va xorijiy bozorlar va h.k.);
jismoniy tavsiflari (xossalari, tarkibi va h.k.);
iqtisodiy xossalari (tannarxi, xarajatlarni tejashi va h.k.);
narxni shakllantirishning boshqa xususiyatlari.
Baholashni qiyosiy yondashuv usullari bilan oʻtkazayotganda, baholovchi obyektning yakuniy qiymatiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa taqqoslash elementlarini ham koʻrib chiqishi mumkin. Baholovchi buni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirishi va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlashda hisobga olishi zarur.
13. Qiyosiy yondashuv usullarini qoʻllashda kamida uchta analog-obyekti toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish lozim.
14. Baholash obyekti qiymatini qiyosiy yondashuv vositasida baholash analog bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taqqoslash usuli orqali amalga oshiriladi.
15. Analog bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taqqoslash usuli oʻxshash mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning narxlaridan foydalanishni nazarda tutadi.
16. Analog bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taqqoslash usuli analoglarning narxlariga tegishli tuzatishlarni kiritish orqali amalga oshiriladi:
S = San * K1 * K2 * K3* … * Kn
bunda,
S — baholash obyektining narxi;
San — analog obyektning narxi;
K1, K2, K3,…Kn — baholanayotgan obyekt va analogning parametrlari qiymatlaridagi farqlarni hisobga oluvchi tuzatuvchi koeffitsiyentlar.
17. Baholashda xorijiy bozor toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanilgan holda, joylashgan joyiga qarab tuzatish kiritiladi. Joylashgan joyiga qarab tuzatishni hisoblash ketma-ketligi:
analogning shartnomaviy narxi aniqlanadi hamda u analogning sotish (taklif) va yetkazib berish (transport xarajatlari) narxlari yigʻindisiga teng;
import qilishda soliqlar va yigʻimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblanadi.
Transport xarajatlari haqiqatdagi tashish xarajatlariga qarab qabul qilinadi. Tashish xarajatlarining haqiqatdagi miqdorini aniqlash yoki hisob-kitob qilishning imkoni boʻlmaganda, transport xarajatlari analog-obyektni sotish/taklif qiymatining besh foizi miqdorida qabul qilinadi.
18. Jismoniy holatga tuzatish baholash obyektining va tanlangan analoglarning jismoniy holati darajasini solishtirish asosida quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi (tovar qiymatining yoʻqotilishi sifatida aniqlanadi):
bunda,
K — tovar qiymati yoʻqotilishiga tuzatish kirituvchi koeffitsiyent;
Iobyekt — baholash obyekti jismoniy holatining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ianalog — analog-obyekt jismoniy holatining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
19. Analog-obyektlarning narxiga (qiymatiga) qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatish kiritish quyidagi qoidalardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
analog-obyektlarning narxiga (qiymatiga) qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatish baholash obyektiga nisbatan kiritiladi;
agar taqqoslash elementi boʻyicha baholash obyekti analog-obyekt bilan solishtirganda yaxshiroq koʻrsatkichlarga ega boʻlsa, analog-obyektning narxi (qiymati) tuzatish miqdoriga oshiriladi;
agar taqqoslash elementi boʻyicha baholash obyekti analog-obyekt bilan solishtirganda yomonroq koʻrsatkichlarga ega boʻlsa, analog-obyektning narxi (qiymati) tuzatish miqdoriga kamaytiriladi.
Analoglar orasidagi narx diapazoni 30 foizdan oshmasligi kerak.
20. Tuzatishlar foiz va/yoki pul ifodasida kiritiladi.
3-§. Xarajat yondashuvi
21. Baholash obyektini baholashda xarajat yondashuvi tovar qiymati yoʻqotilishini chegirgan holda baholash obyektining toʻliq tiklash qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlashga asoslanadi.
22. Baholash obyektining qiymatini xarajat yondashuvi bilan baholashda hisob-kitoblarning quyidagi bosqichlariga rioya etish talab etiladi:
tiklash qiymatini (takror ishlab chiqarish qiymati yoki almashtirish qiymati) aniqlash;
baholash obyektining tovar qiymati yoʻqotilishi hajmini aniqlash;
baholash obyektining qiymatini toʻliq tiklash qiymati yoki almashtirish qiymati va tovar qiymati yoʻqotilishining qiymat koʻrsatkichi oʻrtasidagi farq sifatida aniqlash.
23. Tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini aniqlash quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
takror ishlab chiqarish/almashtirish usuli;
qiymatni indeksatsiyalash usuli;
oʻrtacha hisoblangan qiymat usuli;
oʻrtacha narx boʻyicha baholash usuli.
24. Takror ishlab chiqarish usuli bilan baholash obyektining tiklash qiymati yangi aynan bir xil obyekt yoki analog-obyektning narxiga qarab aniqlanadi. Tavsiflarga doir tafovutlar boʻlgan taqdirda, analogning narxiga tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi. Baholash obyektining takror ishlab chiqarish qiymati ishlab chiqaruvchi zavodning sotish narxiga (yoki rasmiy dilerlarning sotish narxiga) tenglashtiriladi.
Almashtirish usuli tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini aynan bir xil obyektlarni sotish (savdolashish uchun chegirmani hisobga olgan holda taklif) yoki agar aynan bir xil obyekt ishlab chiqarishdan chiqarib tashlangan boʻlsa, unga yaqin analoglar narxiga qarab baholashga asoslanadi.
Almashtirish usuli bilan baholash obyektining tiklash qiymati aynan bir xil obyektlarni sotish (yoki savdolashish uchun chegirmani hisobga olgan holda taklif) narxiga asoslangan holda aniqlanadi, agar aynan bir xil obyekt ishlab chiqarishdan chiqarib tashlangan boʻlsa.
25. Analog-obyekt Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan hollarda mazkur analogning narxiga joylashgan joyiga qarab tuzatish kiritish zarur. Quyidagi xarajatlarni hisobga olgan holda narxga tuzatish kiritiladi:
Oʻzbekiston Respublikasiga yetkazib berish (tashish);
baholash vaqtiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan soliqlar va yigʻimlar turlari.
26. Turgan joyiga qarab tuzatishni hisoblash ketma-ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
analogning shartnomaviy narxi aniqlanadi. Bu narx analogning sotish (taklif) va yetkazib berish (transport xarajatlari) narxi qoʻshilmasiga teng;
import qilishda soliqlar va yigʻimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblanadi.
Transport xarajatlari haqiqiy tashish xarajatlari boʻyicha qabul qilinadi. Tashish xarajatlarining haqiqiy miqdorini aniqlash yoki hisob-kitob qilishning imkoni boʻlmaganda transport xarajatlari analog-obyektni sotish/taklif qiymatidan beshfoiz miqdorida qabul qilinadi.
27. Qiymatni indeksatsiyalash usuli statistika organlari belgilaydigan narxlarning qimmatlashish indeksini qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Bunda indekslar narxlar indekslari hisoblangan davrga qarab, balansga qabul qilingan sanadan boshlab baholash obyektining bazaviy (boshlangʻich, tiklanish) qiymatiga nisbatan qoʻllanadi.
Bazaviy qiymat sifatida buxgalteriya hisobi maʼlumotlari yoki ishlab chiqaruvchilarning (yoki dilerlar, yetkazib beruvchilarning) retrospektiv sanadagi narx axborotidan foydalanish mumkin (bunda, aynan bir xil analog narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish zarur).
28. Oʻrtacha hisoblangan qiymat usuli turdosh tovar-moddiy zaxiralarning guruh va kichik guruhlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Guruhlash tovar-moddiy zaxiralarning oʻziga xos tavsiflaridan (turi, foydalanish sohasi, modellari va boshqalar) kelib chiqib amalga oshiriladi.
Tovar-moddiy zaxiralarning kichik guruhlariga oʻrtacha hisoblangan qiymatni hisoblashga solishtirma oʻlchovlar berish asos hisoblanadi.
Solishtirma oʻlchovlar korxona balansiga kelib tushayotgan har bir tovarlar turkumiga beriladi. Balans narxi joriy bozor narxlariga yaqinroq boʻlgan kichik guruhlarga kattaroq solishtirma oʻlchov berilishi zarur. Kichikroq solishtirma oʻlchovni balansga birinchi boʻlib qabul qilingan kichik guruhga berish kerak.
Oʻrtacha hisoblangan qiymat usuli quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Ssv = (S1 * U1) + (S2 * U2) + … + (Sn * Un)
bunda,
Ssv — baholash obyekti bir tovar pozitsiyasining oʻrtacha hisoblangan qiymati;
S1, S2, …, Cn — baholash obyekti bir tovar pozitsiyasining balans qiymati;
U1, U2, …, Un — har bir tovar pozitsiyasi solishtirma oʻlchovi.
Tovar pozitsiyalarining solishtirma oʻlchovlarining umumiy koʻrsatkichi 1 (bir)ga teng boʻlishi kerak.
Baholash obyekti bir tovar pozitsiyasining balans qiymati har bir guruh (yoki kichik guruh) umumiy balans qiymatini mazkur guruhning (yoki kichik guruhning) tovar-moddiy zaxiralar miqdoriga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
29. Oʻrtacha narx boʻyicha baholash usuli hisobot davrida xarid qilingan, turkumlarning umumiy miqdoriga boʻlingan yetkazib berishlarning qoldigʻida va har bir turkumida mavjud boʻlgan tovarlar birliklari qiymatlarining summasini aniqlash yoʻli bilan qoʻllaniladi:
bunda,
Ssr — xarid qilingan tovar birligining oʻrtacha tannarxi;
Si — i-turkumdagi birlikning xarid qiymati;
n — davr uchun tovarlar xaridi turkumlarining soni;
So — qoldiqdagi tovar birligining hisobot davri boshidagi tannarxi.
30. Baholash sanasida baholash obyekti tovar qiymatining yoʻqotilishi jismoniy, funksional va iqtisodiy yoʻqotishlarning yigʻindisi sifatida belgilanadi. Tovar qiymatining yoʻqotilishi 100 (yuz) foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Jismoniy yoʻqotishda tovar-moddiy zaxiralar qiymatining yoʻqotishlari baholash obyektining foydalanishga yaroqlilik xossalarini, shu jumladan tabiiy eskirish, tabiat hodisalarining taʼsiri, avariyalar, boshqa jismoniy taʼsirlar natijasida qisman yoki toʻliq yoʻqotishi bilan bogʻliq boʻladi.
Funksional yoʻqotish isteʼmol jihatidan afzalliklar, texnik innovatsiyalar yoki bozor standartlarining oʻzgarishi oqibatida yuzaga keladi.
Iqtisodiy yoʻqotish baholash obyektiga nisbatan tashqi vaziyatning oʻzgarishi (shu jumladan, tovar bozoridagi oʻzgarishlar, ijtimoiy, moliyaviy, qonunchilik, ekologik va boshqa sharoitlarning oʻzgarishi) natijasida yuzaga keladi.
Tovar qiymatining yoʻqotilishi toʻliq tiklash qiymati boʻyicha (koeffitsiyent koʻrsatkichi) foizlarda yoki ulushlarda, shuningdek almashtirish qiymati boʻyicha (mutlaq miqdor) pul ifodasida belgilanishi mumkin.
31. Xom ashyo materiali hisoblangan tovar-moddiy zaxiralar, jismoniy (texnik) xossalarini yoʻqotmagan taqdirda, tovar qiymati yoʻqotilishining miqdori nolga teng boʻladi.
32. Tovar qiymati yoʻqotilishining miqdori, quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
UTSek — baholash obyekti iqtisodiy yoʻqotishining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
33. Baholash obyektining jismoniy yoʻqotishi quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
foydalilik usuli;
ekspert hisob-kitobi usuli.
34. Foydalilik usuli jismoniy yoʻqotishni bartaraf etishga moʻljallangan xarajatlar (qoʻshimcha tovarlarni xarid qilish, turli xil qoʻshimcha va ingrediyentlarni qoʻshish, foydalilikni oshirish va h.k.) yigʻindisi sifatida hisoblanadi.
35. Ekspert hisob-kitobi usuli quyidagi jadvalda keltirilgan jismoniy holatning ekspert baholari shkalasiga muvofiq aniqlanadi:
Holatning bayoni
Holatning tavsifi
Tovar qiymatining yoʻqotilishi, %
Yangi
Yangi holatda, foydalanish muddati tugallanmagan, biron-bir oʻzgartirish yoki qoʻshimchalarsiz foydalanishga yaroqli.
0 — 5
Juda yaxshi
Deyarli yangi, belgilangan foydalanish muddati oʻtgan, lekin tovar oʻzgartirish yoki qoʻshimchalarsiz foydalanishga yaroqli, tovarning toʻliq massasi (butun hajmi) saqlangan holatda (yoʻqotishlarsiz), qayta qadoqlash, foydalanish yoki saqlash shartlarini oʻzgartirish talab qilinmaydi.
6 — 20
Yaxshi
Tovar foydaliligini oshirish uchun mayda xarajatlarni hisobga olganda foydalanishga yaroqli, qayta idishga solishni (qayta qadoqlashni) talab qiladi, qisqa foydalanish muddatiga ega, yangi tovar bilan birgalikda ishlatilishi mumkin, asosiy elementlarini almashtirmagan holda mayda taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi (agar tovar mexanizm hisoblansa yoxud mexanik yoki elektron asosda ishlasa).
21 — 40
Qoniqarli
Tarkibiy jihatdan qayta ishlangandan soʻng foydalanishga yaroqli, tovarning isteʼmol xossalarini oshiruvchi muayyan qoʻshimchalar qoʻshilganda, foydalilik sifatlari oshirilganda qoʻllanilishi mumkin, tovardan foydalanish alohida qoʻllash sharoitlarini (yangi tovar bilan kam-kam qismlarini birgalikda ishlatishni talab qiladi), asosiy elementlarini almashtirgan holda yirik taʼmirlash ishlari oʻtkaziladi (agar tovar mexanizm hisoblansa yoxud mexanik yoki elektron asosda ishlasa).
41 — 60
Qoniqarsiz
Chiqindi materiallari, ikkilamchi xom ashyo yoki parchalar yoxud ehtiyot qismlar sifatida foydalanishga yaroqli.
61 — 80
36. Qiymatning funksional yoʻqotishi baholash obyektining tavsiflari (yaxshilashlar va/yoki ularning elementlari) isteʼmol bozorining joriy talablariga nomuvofiqligini yuzaga keltirgan toʻliq tiklash qiymati yoki almashtirish qiymati miqdorida tuzatish kiritish orqali aniqlanadi.
Funksional yoʻqotish miqdorini aynan bir xil obyekt va zamonaviyroq analogning narxlaridagi farq sifatida hisoblash mumkin.
37. Iqtisodiy yoʻqotish baholash obyekti qiymatiga tashqi omillarning salbiy taʼsirini yuzaga keltirgan baholash obyektining tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatining pasayish miqdorini bildiradi. Bozordagi vaziyat, foydalanishdagi cheklovlar, infratuzilmaning yoki qonunchilik hujjatlarining oʻzgarishi va boshqalar tashqi omillarga kiradi.
Iqtisodiy qimmatlashishni aniqlash analog-obyektlardan biri iqtisodiy yoʻqotishga ega boʻlib, ularni sotish narxi yoki bozor qiymatini taqqoslashga asoslanadi.
38. Xarajat yondashuvi qoʻllanganda, baholash obyektining qiymati tovar qiymatining yoʻqotilishi miqdorini chegirgan holda tiklash qiymati (yoki almashtirish qiymati) sifatida aniqlanadi. Baholash obyektining qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
S = Sv(z) * (100% — UTS)
bunda,
Sv(z) — baholash obyektining takror ishlab chiqarish qiymati yoki almashtirish qiymati;
UTS — baholash obyekti tovar qiymatining yoʻqotilishi, foizda.
4-§. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
39. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash 6-son MBS “Baholash yondashuvlari va usullari” hamda “Baholash yondashuvlari va usullari” Milliy baholash standarti (6-son MBS)ning baholash natijalarini muvofiqlashtirish tartibi metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga
8-ILOVA
“Mashina va uskunalar qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (13-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 13-son “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” MBSni qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Metodika YAMBSga muvofiq mashina va uskunalar (bundan buyon matnda baholash obyekti deb yuritiladi) qiymatini baholash uchun zarur boʻlgan minimal usullarni belgilaydi. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, YAMBSga hamda baholashning xalqaro tajribasiga zid boʻlmagan boshqa usullardan ham foydalanishlari mumkin.
2. Ushbu Metodika maqsadida quyidagi asosiy atama va taʼriflardan foydalaniladi:
aynan bir xil obyekt — baholanayotgan obyekt bilan bir xil modeldagi (modifikatsiyadagi) obyekt boʻlib, uning standart (zavoddagi) konstruksiyasi, jihozlanishi, parametrlari va qoʻllaniladigan materiallari boʻyicha baholash obyektidan biror-bir farqlanishlari mavjud boʻlmagan obyekt;
jamlangan eskirish — jismoniy eskirish, shuningdek funksional va iqtisodiy (tashqi) eskirish turlari taʼsirida mashina va uskunalarning texnik-iqtisodiy tavsiflarini yoʻqotishi bilan birga kechadigan qadrsizlanishi;
jismoniy eskirish — foydalanilishi davomida ishlab chiqarish omillari (korpus, agregatlar, materiallarning eskirishi, ishqalanish, zanglash, vibratsiya va boshqalar) taʼsirida baholash obyekti tavsiflarining tabiiy yomonlashuvi, shuningdek avariyalar, tabiiy ofatlar va boshqalar natijasida yomonlashuvi oqibatida mashina va uskunalar qiymatining pasayishi;
mashinalar — xoʻjalik yurituvchi subyektning ekspluatatsion talablaridan kelib chiqqan holda ixtisoslashtirilgan texnologik jarayonlarni bajarish uchun foydalaniladigan energiya, materiallar va axborotni bir turdan boshqa turga oʻzgartirish maqsadida mexanik xarakterdagi harakatlarni amalga oshiradigan texnik qurilmalar;
mashina parki — majmuada mavjud boʻlgan (masalan, ishlab chiqarish sexi koʻrinishida), biroq texnologik jihatdan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan, yakka tartibdagi texnikadan iborat mashina va uskunalar birliklarining yigʻindisi. Mashina va uskunalar ishlab chiqarish jarayonida yagona siklning bosqichma-bosqich funksiyalarini bajarishi mumkin, biroq mashina parki texnikasining har bir birligi materialga ishlov berishning tugallangan jarayonini amalga oshirishi munosabati bilan mashina parkini texnologik majmuadan farqlash zarur;
tashqi eskirish — mashina va uskunalarga isteʼmol talabiga taʼsir koʻrsatuvchi tashqi omillar (iqtisodiy, ekologik va boshqa) oʻzgarishi oqibatida ushbu mashina va uskunalar qiymatining pasayishi;
texnologik majmua — korxonaning ishlab chiqarish faoliyatida foydalaniladigan hamda uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini taʼminlovchi texnologik va tashkiliy jihatdan oʻzaro bogʻliq mashina va uskunalarning, shuningdek komponentlarning (instrumentlar, materiallar, dasturiy taʼminotlar va boshqalar) yigʻindisi;
funksional eskirish — ishlab chiqarishning arzonlashishi yoki yangilariga nisbatan ishlab chiqarish unumdorligi pastroqligi sababli mashina va uskunalar isteʼmol qiymatining qisman yoʻqotilishi;
uskunalar — ish yoki ishlab chiqarishda ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar, asboblar, qurilmalar jamlanmasi, shuningdek korxonani tashkiliy-texnologik taʼminlash uchun foydalaniladigan ularning butlovchi qismlari, aksessuarlari, inventarlari va asboblari.
3. Baholashga oid vazifani tuzishda baholash obyekti barcha texnik parametrlar va konstruktiv elementlar, shuningdek barcha huquq va majburiyatlarni hisobga olgan holda tavsiflanadi.
2-bob. Axborotni toʻplash va tahlil qilish
4. Axborotni toʻplash, oʻrganish va tahlil qilishda, shuningdek baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi 3-sonli MBS talablariga amal qilishi kerak.
5. Baholash obyekti toʻgʻrisida axborot yigʻish buyurtmachidan baholash obyektiga doir hujjatlarni olish, baholash obyektini koʻzdan kechirayotganda olingan axborotni oʻrganish, mashina va uskunalar bozoriga doir axborotni izlash va oʻrganish, axborotni tahlil qilish, baholash obyektini tavsiflashni oʻz ichiga oladi.
6. Axborot va taqdim etilgan hujjatlar tahlil qilinganda baholash obyektini koʻzdan kechirish natijalari hisobga olinadi. Ularda nomuvofiqliklar, qarama-qarshiliklar aniqlanganda yoki ularning ishonchliligiga shubha tugʻilganda baholovchi dastlabki maʼlumotlarni aniqlashtirishga va ularni kelgusi hisob-kitoblarda qoʻllashga yoki baholash uchun boshqa asoslangan axborotdan foydalanishga haqlidir.
7. Buyurtmachi baholash obyektini koʻzdan kechirayotganda, baholash obyektining pasportini, baholash obyektining pasporti boʻlmagan taqdirda, uning texnik tavsiflarini oʻz ichiga olgan hujjatni taqdim etishi shart. Qonunchilik hujjatlarida baholash obyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi nazarda tutilgan taqdirda, buyurtmachi uning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini ham taqdim etadi.
Baholash obyektini roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari boʻlmagan taqdirda, koʻzdan kechirish vaqtida hisob-faktura, oldi-sotdi (hadya) shartnomasi yoki uning yetkazib berish shartnomasi maʼlumotlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
8. Baholash obyekti va analog-obyektlarning parametr va tavsiflari solishtirilganda, unumdorligi va quvvati toʻgʻrisidagi tavsiflarni, shuningdek obyektlarning butligi va jismoniy holatini solishtirish taomilini oʻtkazish majburiy hisoblanadi.
Agar parametr va tavsiflar baholash obyekti uchun narxni shakllantiruvchi ahamiyatga ega boʻlsa, obyektlarning boshqa parametr va tavsiflarini solishtirish ham majburiy hisoblanadi.
9. Analogni tanlashda bitta ishlab chiqaruvchi tomonidan va bitta mamlakatda ishlab chiqarilgan, shuningdek bir xil maqsadga (umumiy, ixtisoslashtirilgan, maxsus va boshqalar) ega boʻlgan obyektlarga ustunlik berish kerak.
10. Analog-obyektlar haqidagi baholash jarayonida toʻplangan axborot quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha tahlil qilinadi:
qatʼiy belgilangan narxning amal qilish vaqti;
narx aks ettirilgan pul birligi (valyutasi);
kelib chiqish manbasi boʻyicha (internet, maʼlumotnomalar va h.k.) narxning xususiyati (ulgurji, chakana, birja va h.k.);
sotish joyi;
obyektning eskirishi (foizda);
narxda mahalliy soliqlarning bor-yoʻqligi;
sotuvchining narxdagi transport va boshqa chiqimlarining mavjudligi.
11. Mashina va uskunalar qiymatini baholashda analog-obyektlarni tanlash va ular toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishning quyidagi ustuvor jihatlari oʻrnatiladi:
afzal holatda baholash uchun aynan bir xil obyektlar toʻgʻrisidagi axborotdan foydalaniladi;
aynan bir xil obyektlar toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmaganda analoglar toʻgʻrisidagi axborotdan foydalaniladi.
Analoglar toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanishda quyidagi talablarga rioya etish zarur:
analoglar va baholash obyektining tarmoqdagi maqsadi (foydalanish, qoʻllash sohasi) bir xil boʻlishi kerak;
baholash obyekti va tanlangan analoglar bitta savdo markasiga (brendga) ega boʻlishi kerak, bundan savdo markasi ishlab chiqarishdan olib qoʻyilgan yoki mazkur savdo markasi ostida analoglarni ishlab chiqarish toʻxtatilgan hollar mustasno;
baholash obyektlari va bitta mamlakatda ishlab chiqarilgan tanlangan analoglar, shuningdek yagona mintaqaviy sotish bozori (Yevropa, Osiyo va boshqalar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning mavjudligi. Analoglarning narxlari (sotish yoki takliflar) toʻgʻrisida axborot mavjud boʻlmaganda, tegishli tuzatishlarni kiritgan holda boshqa mintaqaviy bozorlardagi axborotdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
12. Axborot toʻplash jarayonida mashina va uskunalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
quvvat mashinalari va uskunalari — yadro reaktorlari, qozonxonalar, bugʻ dvigatellari, turbinalar, quvvat transformatorlari, ichki yonuv dvigatellari va boshqalar;
ishlaydigan mashinalar va uskunalar — mehnat obyektlariga mexanik, termik, kimyoviy yoki boshqa texnologik taʼsir koʻrsatish uchun moʻljallangan stanoklar, apparatlar, agregatlar;
oʻlchash va nazorat qilish asbob va uskunalari hamda laboratoriya jihozlari — tarozilar, dozatorlar, manometrlar, termostatlar, signalizatsiya uskunalari, tadqiqot laboratoriyalari, seysmik stansiyalar uchun uskunalar va boshqalar;
boshqa mashina va uskunalar — telefon stansiyalarining jihozlari va oldingi guruhlarga kirmagan boshqa mashina va uskunalar.
2-bob. Baholash obyektini identifikatsiya qilish
13. Baholash obyektini identifikatsiya qilish koʻzdan kechirish, uning pasporti va roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarini (mavjud boʻlganda) oʻrganish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
14. Oʻrnatilgan qoʻshimcha uskunaga buyurtmachi va/yoki manfaatdor shaxs tomonidan tegishli texnik, ruxsat berish hujjatlari va balans qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (yuridik shaxslar uchun) taqdim etiladi.
15. Baholash obyektini koʻzdan kechirish va identifikatsiya qilish yakunlari boʻyicha baholash obyektining texnik holatini koʻzdan kechirish dalolatnomasi tuziladi hamda unda baholash obyektining texnik holati aks ettiriladi, identifikatsiya qilish, butlash natijalari, nosozliklar, ekspluatatsion va boshqa nuqsonlari toʻgʻrisida xulosalar shakllantiriladi.
Mazkur metodikaning 1-ilovasiga muvofiq baholash obyektining texnik holatini koʻzdan kechirish dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
16. Koʻzdan kechirish dalolatnomasida mazkur Metodikaning 2-ilovasida keltirilgan mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari shkalasiga muvofiq baholash obyektining texnik tavsiflari koʻrsatiladi.
17. Funksional jihatdan bir xil boʻlgan koʻplab mashina va uskunalardan tarkib topgan mashina parki baholash obyekti boʻlgan hollarda, mashina va uskunalarning turdosh guruhlarini (rusumi yoki funksional yoʻnalishiga koʻra) shakllantirish yoʻli bilan yoppasiga identifikatsiya (ommaviy identifikatsiya) qilishga yoʻl qoʻyiladi.
Yoppasiga identifikatsiya tarkibiga kamida 30 ta texnika kiradigan mashina parki baholash obyekti hisoblangan taqdirdagina oʻtkaziladi.
Yoppasiga identifikatsiya har bir guruhda kamida ikkita baholash obyektini tanlab identifikatsiya qilishni nazarda tutadi.
3-bob. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qoʻllash
1-§. Qiyosiy yondashuvi
18. Qiymatni qiyosiy yondashuv bilan hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
bozorni tadqiq etish, analog-obyektlar boʻyicha axborotni tahlil qilish va yigʻish;
taqqoslash analoglarini tanlash;
taqqoslash birliklarini aniqlash;
taqqoslash elementlarini tanlash;
qiymatni hisoblash usullarini tanlash;
taqqoslash elementlari boʻyicha tuzatishlarni hisoblash;
19. Mashina va uskunalar bozori analog-obyektlarga doir bitimlar (takliflar) toʻgʻrisida axborot olish maqsadida tadqiq va tahlil qilinadi.
20. Qiyosiy yondashuv usullarini qoʻllashda kamida uchta analog-obyektlar toʻgʻrisida axborot yigʻish lozim.
21. Taqqoslash birliklari baholash obyekti va analog-obyektlar toʻgʻrisida axborot mavjudligiga qarab aniqlanadi. Quyidagilar mashina va uskunalar qiymatini baholashda asosiy taqqoslash birliklari hisoblanadi:
texnik tavsiflar — unumdorligi yoki quvvati, yuk koʻtarishi, yuk tortishi, ish makoni hajmlari, aniqlik toifasi, avtomatlashtirish darajasi va boshqalar;
foydalanish tavsiflari — avtomatik, yarim avtomatik yoki noavtomatik foydalanilishi, toʻxtovsiz ishlashi, chidamliligi, taʼmirga yaroqliligi, but saqlanganligi va boshqalar;
konstruktiv tavsiflar — ogʻirligi, asosiy konstruktiv materiallarining tarkibi va boshqalar;
iqtisodiy tavsiflar — mashinalar vaqt birligida, mahsulot yoki ishlar birligida faoliyat koʻrsatganda turli resurslarning sarflanishi.
Baholovchi oʻzida mavjud axborot va baholash obyektining xususiyatlaridan (noyobligi) kelib chiqib, baholash obyektining boshqa tavsiflaridan ham taqqoslash birliklari sifatida foydalanishi mumkin.
22. Baholash obyekti va analog-obyektlarni taqqoslash birligi boʻyicha solishtirish asosida quyidagi taqqoslash elementlari tanlanadi:
mulkiy huquqlar — baholash obyekti va (yoki) analog-obyektlar sotilganda oʻtadigan mulkiy huquqlar tahlil qilinadi;
moliyalashtirish shartlari — baholash obyekti va (yoki) analog-obyektning bozor qiymatiga taʼsir koʻrsatadigan toʻlov shartlari (boʻlib toʻlash, kredit, lizing va boshqalar) tahlil qilinadi;
bozor holati (sotish vaqti) — analog-obyektlar narxlarining oʻzgarishi tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi;
sotish shartlari — sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi bozorga xos boʻlmagan munosabatlar aniqlanadi;
fizik tavsiflar — baholash obyekti va analog-obyektlarning texnik-foydalanish tavsiflari tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi. Hajmlardagi, konstruktiv qismlardagi (elementlardagi), texnik holatidagi (eskirish foizi), joriy foydalanish xususiyatidagi, qoʻshimcha butlanishidagi va boshqa farqlar tahlil qilinadi;
foydalanish shartlari — baholash obyekti va analog-obyektlardan foydalanishdagi farqlar (joriy foydalanish, funksional foydalanish), shuningdek mazkur farqlarning analog-obyektlar narxiga taʼsiri aniqlanadi.
Baholash obyektining narxiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa taqqoslash elementlari ham tahlil qilinishi mumkin.
23. Taqqoslash elementlari sifatida fizik tavsiflarni ikki guruhga ajratish mumkin:
baholash obyektining konstruksiyasiga (standart butlanishiga) tegishli boʻlgan taqqoslash elementlari (ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan turkum butlash qismlarining mavjud emasligi, qoʻshimcha butlashning mavjudligi, turkum ishlab chiqariladigan konstruksiyaning jiddiy oʻzgartirilganligi bilan bogʻliq tuzatishlar);
baholash obyektining haqiqatdagi texnik holatiga tegishli boʻlgan taqqoslash elementlari (baholash obyektidan intensiv foydalanish rejimi, baholash obyekti asosiy tizimlari va qismlarining jiddiy boʻlmagan foydalanish nuqsonlari, foydalanishdagi, avariyaviy jiddiy shikastlanish va nuqsonlar, baholash obyekti tovar koʻrinishining (qiymatining) yoʻqotilishi bilan bogʻliq tuzatishlar).
24. Qiyosiy yondashuv quyidagi usullarning biridan foydalangan holda amalga oshiriladi:
sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli;
statistik tahlil usuli.
25. Sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usulini qoʻllashda baholovchi aynan bir xil obyektlarning sotilish narxlari va/yoki sotish takliflari toʻgʻrisida axborotga ega boʻlishi kerak.
26. Aynan bir xil obyektning narxi (yoki sotish haqidagi taklifi) baholash obyektining qiymatini tayinlash uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Toʻliq almashtirish qiymati tuzatishlar kiritilgan analogning narxiga tengdir.
27. Sotishlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli analoglarning narxlariga tegishli tuzatishlarni kiritish yoʻli bilan quyidagi formulaga asosan amalga oshiriladi:
S = San * (Kfv/ (1 — Kiz)) * K1 * K2 * K3* … * Kn +/- Sdop ,
bunda,
S — baholash obyektining narxi;
San — analog-obyektining narxi;
Kfv — analoglar narxlarining vaqt omili boʻyicha (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha) oʻzgarishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kiz — ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha foydalanish davrida analogning jismoniy eskirishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
K1, K2, K3 … Kn — baholanayotgan obyekt va analogning parametrlari qiymatidagi farqlarni hisobga oluvchi tuzatuvchi koeffitsiyentlar;
Sdop — analog-obyekt qoʻshimcha qurilmalarning mavjudligi bilan farqlanib turadigan narx.
28. Vaqt omili boʻyicha tuzatishlar (vaqt omili boʻyicha analoglar narxlarining oʻzgarishini hisobga oluvchi tuzatish (ishlab chiqarilgan paytidan boshlab baholash paytigacha) analog ishlab chiqarilgan yil bilan uni baholash yili oʻrtasidagi vaqt davrida xuddi shunday obyektlar narxlari oʻzgarishining oʻrtacha koeffitsiyent koʻrsatkichi sifatida aniqlanadi. Analog bir yilning oʻzida ishlab chiqarilgan va baholanganda tuzatish kiritilmaydi.
Vaqtga koʻra mashina va uskunalar narxlari oʻzgarishi dinamikasining tahlili asosida vaqt omili boʻyicha tuzatish koeffitsiyentini aniqlashning imkoni boʻlmaganda tegishli guruh boʻyicha mahsulot narxlari qimmatlashishining statistik indekslaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
29. Ishlab chiqarilgandan boshlab baholash vaqtigacha foydalanish davrida analogning jismoniy eskirishini hisobga oluvchi koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda,
Kiz — eskirishga tuzatish kirituvchi koeffitsiyent;
Iobyekt — baholash obyektining jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ianalog — analog-obyektning jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
30. Baholashda xorijiy bozorning mashina va uskunalari toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanilgan hollarda ham analog-obyektlarning narxlariga joylashgan joyiga qarab tuzatish kiritiladi. Joylashgan joyiga qarab tuzatishni hisoblashda:
analogning shartnomaviy narxi aniqlanadi va u analogning sotish (taklif) hamda yetkazib berish (transport xarajatlari) narxlari yigʻindisiga teng;
import qilishda soliqlar va yigʻimlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblanadi.
Transport xarajatlari haqiqatdagi tashish xarajatlariga qarab qabul qilinadi. Tashish xarajatlarining haqiqatdagi miqdorini aniqlash yoki hisob-kitob qilishning imkoni boʻlmaganda, transport xarajatlari analog-obyektni sotish/taklif qiymatining besh foizi miqdorida qabul qilinadi.
31. Narxlar (sotish va/yoki takliflar) toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanganda tuzatishlar quyidagi ketma-ketlikda kiritiladi:
sotishning noodatiy shartlarini bartaraf etadigan tuzatishlar (yetkazib berishning tezlashtirilgan muddatlari, kafolat muddati, chegirmalar, butlash, qoʻshimcha xizmatlar va boshqalar);
qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) mavjudligiga qarab tuzatishlar;
vaqt omili boʻyicha tuzatishlar.
Ikkinchi va uchinchi guruhlardagi tuzatishlar doim amalga oshiriladi, birinchisi esa uning belgilanganligi va ahamiyatliligini hisobga olib amalga oshiriladi.
32. Analoglarni sotish narxlari va/yoki takliflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanganda baholash narxlar (sotish va/yoki takliflar) va obyektlarning asosiy parametrlari oʻrtasidagi munosabatni aniqlashga asoslanadi (masalan, darajali bogʻliqlikni aniqlash).
Mazkur norma quyidagi formulada aks ettiriladi:
bunda,
R1, R2 — analoglar narxlari;
N1,N2 — analoglar asosiy parametrlari;
n — texnik qurilmalarning aniq turiga bogʻliq boʻlgan darajali koeffitsiyent (narxni toʻxtatib turish koeffitsiyenti*).
* Toʻxtatib turish koeffitsiyenti (Chilton koeffitsiyenti) obyekt qiymatiga asosiy parametr (qiymat omili) taʼsirining kuchini tavsiflovchi koʻrsatkich hisoblanadi. Mashina va uskunalar uchun asosiy parametr unumdorlik, quvvat, energiya sarfi, atrof-muhitga mosligi, obyektning miqyosi (hajmi, sigʻimi) va boshqalar boʻlishi mumkin.
33. Qiyosiy yondashuvning barcha usullarini qoʻllashda tuzatishlar kiritishning yagona tartibiga rioya etish zarur (dastlab qiymat tuzatishlari, undan keyin foizli tuzatishlar kiritiladi).
34. Analoglarning tuzatilgan narxlarini yagona qiymati foydalanilgan axborotning toʻliqligi, batafsilligi va ishonchliligidan kelib chiqib, oʻrtacha arifmetik, oʻrtacha oʻlchangan yoki mediana qiymatlarini hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi.
35. Statistik tahlil usullari, analog-obyektlar narxlarining korrelyatsion-regression tahlildan foydalangan holda taqqoslash elementlariga bogʻliqligini aniqlash yoʻli bilan baholash obyekti qiymatini belgilashga imkon beradi.
Mazkur usulni qoʻllaganda, modellashtirish ehtimoliy potensial narx bilan korrelyatsion bogʻliqlikda boʻlgan analoglarning bir yoki bir nechta asosiy ishlab chiqarish va/yoki funksional parametrlarining tahlili asosida amalga oshiriladi.
36. Oʻzgaruvchan miqdorlar oʻrtasidagi statistik bogʻliqliklar korrelyatsion va regression tahlil usullari orqali oʻrganiladi.
Korrelyatsion tahlil baholash obyekti/analoglar narxi va ularning asosiy parametrlari (bir va bir nechta) oʻrtasidagi aloqani oʻrnatishga imkon beradi. Korrelyatsion tahlilning asosiy vazifasi tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi aloqani aniqlash va baholashdan iborat.
Regression tahlil usullari bilan esa aniq matematik modelni tanlash va tanlangan modelning adekvatligini baholash mumkin boʻladi (model xossalarining (funksiyalari/parametrlari/tavsiflari va boshqalar) hamda modellanayotgan obyektning tegishli xossalariga toʻgʻri kelishi). Regression tahlilning asosiy vazifasi shaklni belgilash va tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganishdan iborat.
37. Korrelyatsion tahlil, bir alomatning (asosiy koʻrsatkichning) oʻzgaruvchanligi boshqasining (narxning, qiymatning) oʻzgaruvchanligiga mos kelishini aks ettiruvchi alomatlarning kelishtirilgan oʻzgarishini ifodalaydi.
Juft korrelyatsiya ikkita tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi, koʻp tarmoqli korrelyatsiya — koʻp sonli miqdorlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganadi.
Korrelyatsion tahlil elementlari: (α, β) tasodifiy miqdor kuzatuvlaridan n tanlanganda, (x1, y1), ..., (xn, yn) ikki oʻlchamli normal taqsimlanishga ega boʻladi.
Koordinatalarning dekart tizimida tanlov elementlarini nuqtalar bilan tasvirlab, tarqalish diagrammasi yoki korrelyatsion maydonga ega boʻlamiz. Korrelyatsion maydonning koʻrinishiga qarab, korrelyatsiyaning tanlov koeffitsiyenti asosida α va β oʻrtasida aloqaning mavjudligi va tavsifi xususida taxmin qilsa boʻladi.
Korrelyatsiyaning tanlov koeffitsiyenti quyidagicha son hisoblanadi:
| rvib | ≤ 1
Asos sifatida koeffitsiyentlari koʻproq darajada 1 (bir) raqamiga intiladigan analoglarning narxlari olinadi.
38. Regression tahlil — mustaqil oʻzgaruvchan miqdorning mustaqil boʻlmagan bir yoki bir nechta oʻzgaruvchan miqdorlar oʻrtasidagi aloqani oʻrganadi.
(α, β) ikki oʻlchamli tasodifiy miqdorning (x1, y1),..., (xn, yn) qiymatlari kuzatiladi. β tasodifiy miqdorining α tasodifiy miqdoriga bogʻliqligi tekshiriladi.
Umumiy olganda regression model quyidagi koʻrinishga ega:
y = ƒ (x, βk0, βk1, …, βkn)
βk0, βk1,…, βkn — parametrlari regressiya koeffitsiyentlari deb nomlanadi.
Regression tahlilning vazifalaridan biri — regressiya koeffitsiyentlarini baholash. Regressiya koeffitsiyentlarini baholash uchun, qoida tariqasida, eng kichik kvadratlar usuli qoʻllaniladi. Eng kichik kvadratlar usuli kvadratlar summasini kamaytirishga asoslangan boʻlib, bunda kuzatilayotgan qiymatlarning ogʻish kvadratlari summasini kamaytiradigan parametrlarning qiymatlari baholash sifatida qabul qilinadi:
Agar oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi aloqa chiziqli deb faraz qilinsa, tegishli regressiya modeli quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
y = βk0 + βk1 x
bunda, βk0 va βk1 — chiziqli regressiya koeffitsiyentlari.
2-§. Daromad yondashuvi
39. Daromad yondashuvi mashina va uskunalarning joriy qiymatini ulardan foydalanishdan (ekspluatatsiya qilishdan) olinadigan kelgusidagi daromadlarning yigʻindisi sifatida aniqlashga asoslanadi.
40. Mazkur MBS doirasida daromad yondashuvi quyidagi usullarni qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi:
41. Daromad yondashuvi usullari baholash obyektidan foydalanishdan olingan sof operatsion daromad miqdorini kapitallashtirishga asoslangan.
Sof operatsion daromad operatsion xarajatlar summasini yalpi daromad miqdoridan ayirish yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda, sof operatsion daromadning miqdori savdo markasi (brend) uchun pul ustamasidan tozalangan boʻlishi zarur.
Sof operatsion daromadning oʻrtacha yillik miqdoriga, joriy moliya yili davomida baholash obyektining yuklanganligini hisobga olgan holda tuzatish kiritiladi.
42. Foydani (daromadni) toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli quyidagi formulaga muvofiq hisoblanadi:
43. Qoldiq usulini, texnologik majmuani yalpi biznes doirasidagi mulkiy majmua (yoki ishlab chiqarish sexi) sifatida ajratish imkoniyati mavjud boʻlgan hollarda qoʻllash mumkin.
44. Qoldiq usuli texnologik majmua ulushiga toʻgʻri keladigan sof operatsion daromadning bir qismini kapitallashtirish asosida amalga oshiriladi.
45. Texnologik majmuaning ishlab chiqarish faoliyatidan sof operatsion daromadni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) korxonaning butun mulkiy majmuasidan uskunasi baholanishi lozim boʻlgan majmua (yalpi, shartli ravishda mustaqil) ajratiladi;
b) ushbu majmuaga toʻgʻri keladigan korxona sof daromadining ulushi hisob-kitob qilinadi (korxonaning moliyaviy hisoboti va/yoki ishlab chiqarish hisoboti asosida);
v) sof daromad ulushidan texnologik majmua joylashgan yer uchastkasiga tegishli qism aniqlanadi. Hisob-kitob quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
CHDzem = Szem * Rzem
bunda,
CHDzem — yer uchastkasi hisobidan olingan sof daromad;
g) baholanayotgan texnologik majmuaga toʻgʻri keladigan sof daromad ulushidan mazkur texnologik majmuaning binosiga toʻgʻri keladigan qismi ajratiladi. Hisob-kitob quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
CHDzd = Szd * Rzd
bunda,
CHDzd — binolar hisobidan olingan sof daromad;
Szd — binoning bozor qiymati;
Rzd — kapitallashtirish stavkasi (bino uchun);
d) texnologik majmuaning mashinalari/uskunalariga toʻgʻri keladigan sof daromad ulushi (CHDob) yer uchastkasi va binolar hisobidan olingan sof daromadlar miqdorini ayirish yoʻli bilan aniqlanadi:
CHDob = CHDik — CHDzem — CHDzd
bunda, CHDik — korxonaning (yalpi biznesning) mulkiy majmuasiga toʻgʻri keladigan sof daromad;
e) baholanayotgan mashinalar/uskunalarga toʻgʻri keladigan sof daromad ulushi qoldiq usuli bilan aniqlanadi:
bunda,
Sob — baholanayotgan uskunaning qiymati;
CHDob — baholanayotgan uskunaga toʻgʻri keladigan sof daromad;
Yer uchastkasi va koʻchmas mulkning bozor qiymati 10-son MBSda belgilangan tartibda aniqlanadi.
46. Teng samarali funksional analog usuli quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
bir xil funksiyalarni bajaruvchi, lekin unumdorligi, xizmat muddati, uning yordamida tayyorlangan mahsulot sifati, boshqa koʻrsatkichlari boʻyicha baholash obyektidan farqlanishi mumkin boʻlgan analog (tayanch analog) tanlanadi;
baholanayotgan obyektdan olinadigan daromad aniqlanadi, lekin toʻliq hajmda emas, balki baholanayotgan obyektning daromadi analog (tayanch analog) obyektdan farqlanadigan qismida.
47. Baholash obyekti va tayanch analog bir xil foyda keltirgan taqdirda, baholash obyektining qiymati tayanch analog narxidan kelib chiqib aniqlanadi. Ushbu usul samaradorlik nazariyasi qoidalariga asoslanadi.
48. Agar samaradorlik nolga teng (teng samaradorlik sharti) deb faraz qilinsa, bunda qoʻllaniladigan matematik model qiyosiy iqtisodiy samarani hisoblash formulasidan olinadi:
bunda,
S — baholash obyektining qiymati;
Sb — tayanch analogning narxi;
I, Ib — tegishli ravishda baholash obyekti va tayanch analogning yillik foydalanish chiqimlari (eskirishni hisoblamaganda);
Ka, Ka.b. — qoplash fondi omiliga asosan hisoblab chiqariladigan, tegishli ravishda baholash obyekti va tayanch analogning eskirish koeffitsiyenti;
Q, Qb — tegishli ravishda baholash obyekti va tayanch analog tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi;
Rk — kapitallashtirish stavkasi.
Teng samarali funksional analog usulida baholanayotgan obyekt qiymati, basharti ular bir xil samara keltirsa, tayanch analog narxidan chiqariladi.
49. Mashina va uskunalar qiymatini baholashga daromad yondashuvi usullarini qoʻllash kapitallashtirish stavkasidan foydalanishni nazarda tutadi.
50. Mavjud axborotga qarab kapitallashtirish stavkasi bozor ekstraksiyasi usuli yoki kumulyativ tuzish usuli bilan hisoblanishi mumkin.
51. Bozor ekstraksiyasi usuliga muvofiq kapitallashtirish stavkasi sof operatsion daromad va aynan bir xil obyektlarni sotish narxi toʻgʻrisidagi bozor maʼlumotlarining tahlili asosida aniqlanadi:
bunda,
CHOD — har bir sotilgan obyekt boʻyicha sof operatsion daromad;
S — sotish narxi.
52. Kumulyativ tuzish usuli bilan kapitallashtirish stavkasi tavakkalsiz daromad keltirish normasi hamda baholash obyektiga egalik qilish va undan foydalanish tavakkalchiligi uchun baholash obyektiga xos boʻlgan daromad keltirish normasining summasi sifatida aniqlanadi:
Rk = Ro + Rs + Rl + Rin + nk
bunda,
Rk — kapitallashtirish stavkasi;
Ro — tavakkalsiz foiz stavkasi (foizda);
Rs — tarmoq tavakkalchiligi (foizda);
Rl — past likvidlilikka mukofot (foizda);
Rin — baholash obyektiga investitsiyalash tavakkalchiligi (foizda);
nk — kapitalga qaytish normasi (foizda).
Kapitalning qaytish normasini hisoblashda 10-son MBSning Metodikasida aks ettirilgan Ring usuli, Invud usuli va Xoskold usullaridan foydalaniladi.
53. Baholash obyekti qiymati daromad yondashuvi bilan hisob-kitob qilinishi asos qilib olinadigan daromad shakllangan davrga muvofiq keluvchi davr uchun baholash obyektining eskirishini hisobga olgan holda kapitallashtirish stavkasiga tuzatish kiritish zarur.
54. Baholash obyekti tavsiflari va undan foydalanish sohasining oʻziga xosligidan kelib chiqib, tavakkalchilik uchun daromad keltirish normalari muayyan obyektga xos boʻlgan tavakkalchiliklarning boshqa turlari bilan toʻldirilishi mumkin.
3-§. Xarajat yondashuvi
55. Baholash obyektini baholashda xarajat yondashuvi jamlangan eskirishni chegirgan holda baholash obyektining qismlari va (yoki) qoʻshimcha uskuna qiymatini hisobga olib, baholash obyektining tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini aniqlashga asoslanadi.
56. Baholash obyektining qiymatini baholashda xarajat yondashuvi hisob-kitoblarning quyidagi bosqichlariga rioya etishni oʻz ichiga oladi:
toʻliq tiklash qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlash;
baholash obyektiga oʻrnatilgan, baholash obyektining standart butlanishiga kirmaydigan qoʻshimcha uskunaning qiymatini aniqlash (zarur hollarda);
baholash obyektining tovar qiymati yoʻqotilishi hajmini aniqlash;
qoʻshimcha uskuna qiymati va jamlangan eskirishning qiymat koʻrsatkichini hisobga olgan holda toʻliq tiklash qiymati yoki almashtirish qiymati oʻrtasidagi farq sifatida baholash obyektining qiymatini aniqlash.
57. Tiklash qiymati yoki almashtirish qiymatini aniqlash quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
takror ishlab chiqarish/almashtirish usuli;
turdosh obyekt narxi boʻyicha hisoblash usuli;
elementma-element hisoblash usuli;
qiymatni indeksatsiyalash usuli.
58. Takror ishlab chiqarish/almashtirish usuli analog (aniq yoki taxminiy) obyektlar toʻgʻrisidagi narx axborotidan (bitim dalillari va/yoki yetkazib beruvchilarning takliflari toʻgʻrisidagi axborot) foydalangan holda qoʻllaniladi.
Analog-obyektlarning bitim yoki taklif narxiga tuzatishlarning quyidagi asosiy turlari kiritilishi mumkin:
ishlab chiqarish, texnik, texnologik, funksional tavsiflari, butlanishi, jihozlanishi va boshqalar boʻyicha tafovutlarga qarab tuzatish kiritish;
tashish, bitimni rasmiylashtirish, soliq va yigʻimlarga qarab tuzatish kiritish;
analog-obyektning joylashgan joyiga qarab tuzatish kiritish;
narxlar oʻzgarishi dinamikasini hisobga olib tuzatish kiritish (analoglarga doir bitimlar va takliflar toʻgʻrisidagi axborot olinganiga bir yildan ortiq boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi).
Bitimlar va takliflarning narxlariga narxni shakllantiruvchi boshqa omillarni hisobga olib tuzatishlar kiritilishi ham mumkin.
59. Turdosh obyekt narxi boʻyicha hisoblash usulini qoʻllagan holda baholash obyektining qiymati quyidagi tartibda aniqlanadi:
a) baholanayotgan obyekt uchun avvalo tayyorlash texnologiyasi, foydalanadigan materiallari, konstruksiyalari boʻyicha baholanayotgan obyektga oʻxshash turdosh obyekt tanlanadi. Turdosh obyektning narxi maʼlum boʻlishi kerak;
b) turdosh obyektni ishlab chiqarishning toʻliq tannarxi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda,
Sp.od — turdosh obyektni ishlab chiqarishning toʻliq tannarxi;
Sod — turdosh obyekt narxi;
Nds — qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi;
Npr — foyda soligʻi stavkasi;
Kr — rentabellik koʻrsatkichi;
rentabellik koʻrsatkichi talab yuqori boʻlgan mahsulotlar uchun 0,25 — 0,35 oraligʻida, talab oʻrtacha boʻlgan mahsulotlar uchun 0,1 — 0,25 oraligʻida, talab past boʻlgan mahsulotlar uchun 0,05 — 0,1 oraligʻida qabul qilinadi;
v) baholash obyektining toʻliq tannarxi hisoblab chiqiladi. Buning uchun turdosh obyekt tannarxiga asosiy tavsifga qarab tuzatishlar kiritiladi:
bunda,
Sp — baholanayotgan obyektni ishlab chiqarishning toʻliq tannarxi;
Gova God — tegishincha baholanayotgan va turdosh obyektlarning asosiy tavsifi koʻrsatkichi;
Ks va Ks/o — tegishincha baholanayotgan va turdosh obyektlarni ishlab chiqarishning turkumliligi koeffitsiyenti (turkumlilik koeffitsiyenti ishlab chiqarish turiga bogʻliq, u yirik turkumda boʻlsa 1 ga teng, oʻrtacha turkumda — 1,1 ga, mayda turkumda — 1,2 ga, yagona ishlab chiqarishda — 1,3 ga teng).
Baholanayotgan obyektning tiklanish qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
60. Elementma-element hisoblash usuli qoʻllanganda baholash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
baholash obyektining butlovchi uzellari va agregatlari roʻyxati tuziladi;
butlovchi uzellar va agregatlar narxiga doir axborot yigʻiladi;
quyidagi formula boʻyicha baholash obyektining toʻliq tannarxi aniqlanadi:
Sp = ∑ Se + V
bunda,
Sp — obyektning toʻliq tannarxi;
Se — butlovchi uzel va agregatning qiymati;
V — tayyorlovchining oʻz xarajatlari (yigʻish qiymati, xodimlarning ish haqi va boshqalar).
Baholanayotgan obyektning tiklanish qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda,
Sv — baholanayotgan obyektning tiklanish qiymati.
61. Qiymatni indeksatsiyalash usuli statistika organlari tomonidan belgilanadigan narxlarning qimmatlashuvi indekslarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Bunda, indekslar narxlar indekslari hisoblangan davrga qarab, asosiy vositalarni soʻnggi qayta baholash sanasidan boshlab baholash obyektining bazaviy (boshlangʻich, tiklanish) qiymatiga nisbatan qoʻllanadi.
Bazaviy qiymat sifatida buxgalteriya hisobi maʼlumotlari yoki tayyorlovchilarning (yoki dilerlar, yetkazib beruvchilarning) retrospektiv sanadagi narxga oid axborotdan foydalanish mumkin (bunda, aynan bir xil butlangan aniq analog narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish zarur).
62. Baholash obyektining baholash sanasidagi jamlangan eskirishi uning jismoniy holatidan (jismoniy eskirish), baholash obyekti bozorning zamonaviy talablariga muvofiqligidan (funksional eskirish), shuningdek tashqi omillarning taʼsiri ostida qiymatining pasayishidan (tashqi/iqtisodiy eskirish) kelib chiqib, baholash obyektini koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha aniqlanadi. Jamlangan eskirish 100 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Jamlangan eskirish tiklash qiymatidan (koeffitsiyent koʻrsatkichi) yoki pul ifodasida almashtirish qiymatidan (mutlaq miqdor) foizlarda yoki ulushlarda aniqlanishi mumkin.
63. Jamlangan eskirish quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
Inak = 1 — (1 — Ifiz) * (1 — Ifunk) * (1 — Ivn)
bunda,
Inak — baholash obyekti jamlangan eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ifiz — baholash obyekti jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ivn — baholash obyekti tashqi eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
64. Baholash obyektining jismoniy eskirishi quyidagi usullardan biri bilan aniqlanadi:
asosiy parametrning yomonlashuvi usuli;
normativ eskirish usuli;
jismoniy eskirishni oʻlchashning toʻgʻridan-toʻgʻri usuli;
xronologik yoshga tuzatish kiritish usuli;
tiklanish usuli;
oʻrtacha oʻlchangan eskirish usuli;
yoshni va qilingan kapital taʼmirlashlarni hisobga olish usuli;
ekspert-tahliliy usul.
65. Asosiy parametrning yomonlashuvi usuli jismoniy eskirish baholash obyektiga xos muayyan bir foydalanish parametrining (unumdorligi, aniqligi, quvvati, yonilgʻi sarfi va h.k.) yomonlashuvida namoyon boʻlishini nazarda tutadi. Agar mazkur turdagi mashina/uskunalar uchun shunday parametr topilgan boʻlsa, u holda jismoniy eskirish quyidagi tartibda hisoblanadi:
bunda,
X, Xo — baholash obyektining undan foydalanila boshlagunga qadar va baholash paytidagi asosiy parametri qiymatlari;
n — asosiy parametrning baholash obyekti qiymatiga taʼsir kuchini tavsiflovchi daraja koʻrsatkichi (0,6 — 0,8).
66. Normativ eskirish usuli baholash obyekti haqiqatdagi xizmat muddatining normativ muddatga nisbati sifatida jismoniy eskirish hisoblanishini anglatadi. Mazkur usulni normativ-texnik hujjatlarda bosib oʻtadigan masofasi normativi yoki xizmat qilish muddatini belgilangan baholash obyektlari uchun qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Bunda jismoniy eskirish quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bunda,
Tef — baholash obyektining baholash sanasidagi samarali yoshi (ishlagan vaqti);
Tn — hisobdan chiqarish yoki kapital taʼmirlashgacha normativ xizmat muddati (ishlagan vaqti).
Baholash obyektining unumdorlik yoshi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda,
Tost — qoldiq xizmat muddati.
67. Jismoniy eskirishni oʻlchashning toʻgʻridan-toʻgʻri usulida eskirishni bartaraf etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan baholash obyektining alohida elementlarini (pul ifodasida) almashtirish xarajatlari summasi hisoblanadi. Ushbu summa yangi (analogik) obyektning qiymati bilan solishtiriladi:
bunda,
Sr — eskirishni bartaraf etish uchun talab qilinadigan taʼmirlash qiymati;
Sa — yangi analogning qiymati.
68. Xronologik yoshga tuzatish kiritish usuli bilan jismoniy eskirishni hisob-kitob qilish, baholash obyektini ishlab chiqarish xususiyati, foydalanish muhiti, ishning smenaliligi va sharoitlariga asoslanadi. Hisob-kitob quyidagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi:
Ifiz = T * Kxp * Kur * Ksm
bunda,
T — uskunaning xronologik yoshi;
Kxp — ishlab chiqarish xususiyati koeffitsiyenti (0,9-1 ommaviy ishlab chiqarish uchun, 0,67 — 0,77 turkum ishlab chiqarish uchun, 0,5 — 0,65 yagona ishlab chiqarish uchun);
Kur — ish sharoitlari koeffitsiyenti (sex binosida ishlaganda 1, alohida xonada ishlaganda 0,6-0,7, ishning zararli sharoitlarida 1,3 — 1,5);
Ksm — smenalilik koeffitsiyenti.
Smenalilik koeffitsiyenti har bir uskunaning oʻrtacha necha smenada ishlashini koʻrsatadi.
Uskuna ishlashining smenalilik koeffitsiyenti quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
MC 1, MC 2, MS Z — sutkada haqiqatda ishlagan mashina-smenalarining miqdori;
N yct — oʻrnatilgan uskunalarning umumiy soni.
69. Tiklanish usuli baholash obyektini yangi holatga keltirish xarajatlarining yigʻindisini hisoblash yoʻli bilan jismoniy eskirishni quyidagi tartibda hisoblashni nazarda tutadi:
keyinchalik foydalanishga yaroqliligidan qatʼiy nazar, alohida asosiy agregatlar va qismlarni (uzellarni) yangilariga almashtirish bilan kapital taʼmirlash xarajatlari jamlanadi;
yangi baholash obyektini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar summasini hisob-kitobda nazarda tutadi:
Sp — yangi baholash obyektini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar summasi (transport xarajatlari, majburiy toʻlovlar).
70. Oʻrtacha oʻlchangan eskirish usuli jismoniy eskirishni hisob-kitob qilishga asoslangan boʻlib, bunda baholash obyektini alohida konstruktiv elementlarning umumiy baholash obyekti qiymatidagi salmogʻini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Jismoniy eskirishni aniqlash usuli ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlariga muvofiq salmoqlarning normativlari mavjud boʻlgan taqdirda qoʻllanilishi mumkin.
Baholash obyekti va uning butlovchi qismlari uchun jismoniy eskirish quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
ai — butun baholash obyektining tannarxidai-uzel tannarxining salmogʻi;
n — baholanayotgan baholash obyektining konstruktiv elementlari (uzellari) soni.
71. Yoshni va qilingan kapital taʼmirlashlarni hisobga olish usuli texnik hujjatlar bilan rejali kapital taʼmirlashlarni oʻtkazish nazarda tutilgan baholash obyektlariga nisbatan qoʻllaniladi. Eskirish quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda,
α — bir marta kapital taʼmirlash oʻtkazilgandan keyin jismoniy eskirish kattalashadigan doimiy miqdor, foizda;
k — baholash sanasiga qadar oʻtkazilgan kapital taʼmirlashlarning soni;
e — natural logarifmaning asosi, e ≈ 2,72;
Tk — oxirgi kapital taʼmirlash oʻtkazilgan paytdan boshlab baholash obyektining baholash sanasidagi haqiqatdagi xizmat muddati;
Tnkr — baholash obyektining kapital taʼmirlashga qadar boʻlgan normativ xizmat muddati.
Bir marta kapital taʼmirlash oʻtkazilgandan keyin jismoniy eskirish kattalashadigan α doimiy miqdori oʻrtacha 20 foizga teng deb qabul qilinadi (agar texnik hujjatlarda boshqacha miqdor belgilangan boʻlsa, texnik hujjatlardagi maʼlumotlar asos sifatida qabul qilinadi).
72. Hisoblash uchun zarur boʻlgan dastlabki maʼlumotlar mavjud boʻlsa, baholash obyektining jismoniy eskirishini aniqlashda hisoblash va analitik usullar qoʻllaniladi.
73. Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan dastlabki maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, baholovchi mazkur Metodikaning 2-ilovasida keltirilgan mashina va uskunalarning jismoniy holatini ekspert baholash shkalasidan foydalanishi mumkin.
74. Funksional eskirish baholash obyektining ishlab chiqarishdan olib tashlanishi xuddi shunday mashina va uskunalarni ishlab chiqarish sohasida yangi texnologiyalarning rivojlanishi munosabati bilan baholash obyekti u yoki bu xossalarining isteʼmol jozibadorligi pasayishi bilan belgilanadi. Funksional eskirish maʼnaviy va texnologik eskirishga boʻlinadi.
Maʼnaviy eskirish — xuddi shunday qurilmalarning xossalari va tavsiflarining yaxshilashi (texnik parametrlari yoki konstruktiv yechimlarining oʻzgarishi, yangi imkoniyatlarining vujudga kelishi, ekologik xususiyati, energiya sarfini tejashi va boshqalar) yoki ular turkum ishlab chiqarilishining arzonlashuvi sababli yuzaga kelgan eskirish hisoblanadi.
Texnologik eskirish — xuddi shunday qurilmalarda foydalaniladigan konstruktiv materiallarning dizayni va tarkibidagi farqlanish, ishlab chiqarish (ishlov berish) texnologik siklining oʻzgarishi, qulayliklar va mexanika oʻrniga elektronika tufayli yangi funksiyalarning qoʻshilishi bilan bogʻliq eskirish hisoblanadi.
75. Funksional eskirish quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Ifunk = 1 — (Po / Pan) n
bunda,
Po — baholash obyektining unumdorlik koʻrsatkichi (natural birliklarda yoki pul ifodasida);
Pan — funksional takomillashuv alomatlari boʻlgan yangi analogning unumdorlik koʻrsatkichi (natural birliklarda yoki pul ifodasida);
n — qoʻllanilayotgan parametrning baholash obyekti qiymatiga taʼsir kuchini tavsiflovchi daraja koʻrsatkichi (narxni toʻxtatish koeffitsiyenti 0,6 — 0,8).
76. Baholash obyektining funksional eskirishini hisoblashda texnologik va funksional eskirishni hisobga olish zarur.
77. Tashqi eskirish baholash obyektining qiymatiga tashqi omillarning salbiy taʼsir koʻrsatishi bilan yuzaga kelgan eskirishdan iborat. Tashqi omillarga bozordagi vaziyat, moliyalashtirish shartlari, foydalanishdagi cheklovlar, infratuzilma va qonunchilik hujjatlarining oʻzgarishi hamda boshqalar kiradi.
78. Baholash obyektining jalb etilmagan zaxiralarini (ishlab chiqarish quvvatlari) va buning oqibatida foyda (daromad) darajasining yoʻqotilishini aniqlash tashqi eskirishni hisoblashni taqozo etadi hamda bu baholash obyekti qiymatining pasayishida aks etadi.
79. Tashqi eskirishning hisob-kitobi quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
bunda,
Np — baholash obyektini real quvvati yoki real ishlab chiqarishi;
NN — baholash obyektini nominal quvvati yoki nominal ishlab chiqarishi;
n — toʻxtatib turish koeffitsiyenti (Chilton koeffitsiyenti).
80. Xarajat yondashuvini qoʻllaganda baholash obyektining qiymati jamlangan eskirishni chegirgan va tashqi qimmatlashuvni hisobga olgan holda baholash obyektining tiklash qiymati (almashtirish qiymati) sifatida aniqlanadi. Baholash obyekti qiymatini hisoblash formulasi:
S = Sv * (100% — Isov)
bunda,
Sv — baholash obyektining tiklash qiymati yoki almashtirish qiymati;
81. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash 6-son MBS “Baholash yondashuvlari va usullari” hamda “Baholash yondashuvlari va usullari” Milliy baholash standarti (6-son MBS)ning baholash natijalarini muvofiqlashtirish tartibi metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Mashina va uskunalar qiymatini baholash metodikasiga
Baholash obyektining nomi (texnik hujjatlarga muvofiq koʻrsatiladi; texnik hujjatlar boʻyicha nomi buxgalteriya hujjatlaridagi nomi bilan tafovut qilganda keyingisi drob orqali koʻrsatiladi):
Izoh: baholash obyektining texnik holati toʻgʻrisidagi dalolatnoma namunaviy hisoblanadi hamda zarur hoshiyalar va ustunlar, boshqa zarur axborot bilan toʻldirilishi mumkin.
Mashina va uskunalar qiymatini baholash metodikasiga
2-ILOVA
Mashina va uskunalar jismoniy holatining ekspert baholari
SHKALASI
Holatning bayoni
Texnik holatning tavsifi
Xizmat muddatining qoldigʻi, foizda
Eskirish, foizda
Yangi
Yangi, biroq davlat organlarida roʻyxatdan oʻtkazilmagan, aʼlo darajadagi holatda, savdoga tayyorlashdan keyingi davrda foydalanish belgilari mavjud emas.
100
95
0
5
Juda yaxshi
Deyarli yangi, foydalanishning kafolatli davrida texnik xizmatlar hajmi koʻrsatilgan va taʼmirga yoki biror-bir qismini almashtirishga ehtiyojsiz.
90
85
10
15
Yaxshi
Foydalanishning kafolatli davridan keyingi davrda texnik xizmatlar hajmi koʻrsatilgan, joriy taʼmirga yoki biror-bir qismini almashtirishga ehtiyojsiz. Mukammal taʼmirdan soʻng.
80
75
70
65
20
25
30
35
Qoniqarli
Oldin foydalanishda boʻlgan, texnik xizmatlar hajmi koʻrsatilgan, joriy taʼmirga yoki ayrim detallarni almashtirishga ehtiyoj bor, lok-boʻyoq qoplamasining biroz zararlanishi mavjud.
60
55
50
45
40
40
45
50
55
60
Shartli-yaroqli
Oldin foydalanishda boʻlgan, agregatlar joriy taʼmirdan chiqqach, kuzov (kabina) taʼmirlangach (almashtirilgach) keyinchalik foydalanishga yaroqli.
35
30
25
20
65
70
75
80
Qoniqarsiz
Oldin foydalanishda boʻlgan, raqamli agregatlarning (dvigatel, kuzov, ramalar) mukammal taʼmirlanishi yoki almashtirilishi, toʻliq boʻyalishi talab qilinadi.
15
10
85
90
Qoʻllashga yaroqsiz yoki lom
Oldin foydalanishda boʻlgan, bajarilishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikdan oshadigan hajmda taʼmirga talab bor, buni bajarish uchun texnik imkoniyat yoʻq, foydalanishga va taʼmirga yaroqli emas.
2,5
0
97,5
100
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga
9-ILOVA
“Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (14-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 14-son “Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash” MBSni qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Metodika YAMBSga muvofiq xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi (bundan buyon matnda baholash obyekti deb yuritiladi) qiymatini baholash uchun zarur boʻlgan minimal usullarni belgilaydi.
2. Baholashga oid vazifani aniqlash 2-son MBSga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Axborotni toʻplash va tahlil qilish
3. Axborotni toʻplash, oʻrganish va tahlil qilishda, shuningdek baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi 3-son MBS talablariga amal qilishi kerak.
4. Baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholash obyektining amaldagi holatidan kelib chiqib uning sifat va miqdor koʻrsatkichlarining buyurtmachi va (yoki) uning vakili taqdim etgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi aniqlanadi hamda baholovchi tomonidan mazkur Metodikaning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi kvartiraning (uyning) turar joy va yordamchi xonalari texnik tavsifi toʻldiriladi.
Baholash obyektiga boʻlgan mulkiy huquqlarning mulkka boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiqligi oʻrganiladi. Zaruratga koʻra baholovchining soʻroviga binoan, hujjatlarni taqdim qilgan shaxs tomonidan tegishli hujjatlarga aniqliklar (izohlar) qoʻshimcha maʼlumotnomalar koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Baholash obyektini identifikatsiya qilish bilan bogʻliq barcha bajarilgan ishlar baholovchi tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettiriladi.
5. Buyurtmachi tomonidan quyidagi hujjatlar ham taqdim qilinishi lozim:
turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan order yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat;
balansda saqlovchi tomonidan beriladigan baholash obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma, jumladan uy-joyning qurilgan yili, uy-joy joylashuvi, uning boshlangʻich balans qiymati (oʻtkazilayotgan qayta baholashni koʻrsatgan holda), yigʻilgan amortizatsiyasi, qoldiq balans qiymati, uy-joyning noturar joylar maydoni ajratilgan holdagi umumiy maydoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
uy-joy joylashgan yer uchastkasining soliq solish zonalari va kvartirani qayta qurish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majburiy koʻrsatilgan holda, baholash obyektining kadastr hujjatlarining nusxasi.
3-bob. Baholash usulini qoʻllash
6. Baholash obyektining qiymatini baholashda faqat qoldiq balans qiymatini aniqlash usulidan foydalaniladi.
7. Baholash obyektining qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) balansda saqlovchining buxgalteriya maʼlumotlaridan uy-joyning boshlangʻich qiymati, uy-joy tarkibiga kiradigan noturar joylarning (mavjud boʻlganda) boshlangʻich qiymati, shuningdek toʻplangan amortizatsiya aniqlanadi;
b) kadastr hujjatlari boʻyicha uy-joy hamda uy-joy tarkibiga kiradigan noturar joylar (mavjud boʻlganda) maydoni aniqlanadi;
v) 1 m2 turar joyning qiymati uyning barcha kvartiralari umumiy maydonining yigʻindisiga nisbatan uy-joy qoldiq balans qiymatining nisbati sifatida hisoblanadi. Uy-joyda noturar joylar mavjud boʻlgan taqdirda, ularning qiymati hamda umumiy maydoni hisobdan chiqarib tashlanadi va quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda,
S — umumiy maydon 1 m2 ning qoldiq balans qiymati;
Sb — uyning balans qiymati;
Snt — noturar joylarning balans qiymati;
Q — yigʻilgan amortizatsiya meʼyori;
Fobsh — uyning umumiy maydoni;
Fnp — noturar joylarning maydoni.
g) baholanayotgan turar joyning qiymati quyidagi formula boʻyicha 1 m2 ning qoldiq balans qiymatini kvartiraning umumiy maydoniga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi:
Sf = S * Fkv
bunda,
Sf — baholanayotgan turar joyning qoldiq balans qiymati;
S — umumiy maydon 1 m2 ning qoldiq balans qiymati;
Fkv — kvartiraning umumiy maydoni.
8. Yigʻilgan amortizatsiya 90 va undan yuqori foizni tashkil qilgan taqdirda qoldiq balans qiymati sifatida boshlangʻich qiymatining 10 foizi qabul qilinadi.
9. Baholovchi tomonidan turar joyning isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyenti mazkur Metodikaning 2-ilovasida keltirilgan isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyentlarini qoʻshish yoʻli bilan hisoblanadi.
10. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholovchi baholash obyektining qoldiq balans qiymatini hamda isteʼmolchilik sifatlari koeffitsiyentlarining yigʻindisini koʻrsatishi shart.
11. Baholovchining 14-son MBS talablarini qisman yoki toʻliq bajarish uchun imkoni boʻlmagan taqdirda, baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda ushbu holatni asoslab berishi shart.
Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash metodikasiga
(yer tuzish, roʻyxatga olish va koʻchmas mulk kadastri xizmatining maʼlumotlari hamda balansda saqlovchining maʼlumotlari asosida toʻldiriladi)
1.1. Kvartiraning turar joy va yordamchi xonalari qavatda joylashgan va quyidagilardan iborat alohida (umumiy) kvartiradir (uyning chetki qismida yoki chetki qismida emasligi koʻrsatiladi):
a) yashash xonalari, maydoni bilan
kv. m
№ 1
kv. m
№ 2
kv. m
№ 3
kv. m
№ 4
kv. m
Butun kvartiraning yashash maydoni
kv. m
b) oshxona (umumiy maydoni)
kv. m
v) vannaxona
kv. m
g) tualet
kv. m
d) yoʻlak
kv. m
e) joylashtirilgan shkaflar
kv. m
j) balkonlar
kv. m
z) lodjiyalar (peshayvonlar)
kv. m
Noturar joy maydoni
Kvartiraning umumiy maydoni
kv. m
1.2. Xonalarning balandligi
m
1.3. Kvartira/domning balans boʻyicha qiymati
soʻm
1.4. Qoldiq balans qiymati
soʻm
2. Uyga doir umumiy maʼlumotlar:
Loyiha seriyasi
Tashqi devorlar materiali
Tom yopqich materiali
Qavatlar soni
Jihozlangan, shu jumladan:
suv oʻtkazgichlar tizimi
kanalizatsiya tizimi
isitish tizimi
telefon aloqasi
elektr yoritgichlar tizimi
axlat tashlash quvuri
liftlar
Tuzdi: _______________________________________
Kelishildi:
Balansda saqlovchi _________________________
Kvartirada yashovchi ____________________________
Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholash metodikasiga
K1d. Uy-joyning qurilish zonalar boʻyicha joylashuvi
Zonalari
Fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkalari uchun undiriladigan yer soligʻining har yili tasdiqlanadigan stavkalari
Har bir zona uchun solishtirma ulushlari
1 zona
2 zona
3 zona
4 zona
..... zona
..... zona
..... zona
K1d. fuqarolarga yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun berilgan yer uchastkalari uchun undiriladigan har yili tasdiqlangan yer soligʻi stavkalari asosida hisoblanadi.
Koeffitsiyentni hisoblash har bir zona uchun solishtirma ulushlarini berish yoʻli bilan oʻtkaziladi, yaʼni barcha zonalar boʻyicha soliq stavkasi qoʻshiladi va har bir zona uchun solishtirma ulush chiqariladi.
Olingan solishtirma ulushlar uy-joy imoratining har bir zonasi uchun hududiy joylashtirilganlik koʻrsatkichi hisoblanadi.
Izoh: Bunda uy-joy imorati zonalari boʻyicha uy-joyning joylashuvi koeffitsiyenti tasdiqlanadigan fuqarolardan yakka tartibda uy-joy qurishga taqdim qilinganligi uchun undiriladigan yer soligʻi stavkalari bazasidan kelib chiqqan holda har yili qaytadan hisoblab chiqiladi.
Koʻrsatkichlar
Tavsifi
Qiymatning oʻzgarishi (foizda)
oshishi
kamayishi
K2d. Uy-joyning kvartal ichida joylashganligi
Shovqin darajasi pasaygan, mikroiqlim yaxshilashi
6.0
K3d. Uy-joyning magistral koʻchalar boʻylab joylashganligi
Transport harakatidan chiqadigan shovqin, gazlanganlik (asosiy old tomoni bilan (magistral koʻchalarning) qizil chizigʻidan chiqib ketgan uy-joylar uchun)
6.0
K4d. Uy-joyning jamoat transporti bekatidan 500 m narida joylashganligi
Jamoat transportidan foydalanishning qulayligi
6.0
K5d. Uy-joyning savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalaridan 500 m narida joylashganligi
Tovarlar sotib olish va maishiy xizmatlardan foydalanishning qulayligi
6.0
K6d. Uy-joyning yirik ishlab chiqarish obyektlari, aerodromlar, temir yoʻllardan uzoqlashish zonalariga yaqin joylashganligi
Atmosferaning samolyotlar parvozi va temir yoʻllar tarkibi harakatidan, zararli chiqindilardan gazlar bilan toʻlganligi
10.0
II. K7d. Uyning isteʼmolchilik xususiyatlari
5 qavatdan ortiq qavatli uylarda liftning yoʻqligi
3
Galereya turidagi uy
1
Oilaviy yotoqxona turidagi uy
Ishlaydigan axlat tashlash quvuri mavjudligi
2
Uy devorlarining konstruktiv tavsiflari
daraxt
10
gʻisht
10
III. Kvartiralarning sifat koʻrsatkichlari
K1k. Kvartiralarning uyning oxirgi qavatida joylashganligi
Yil fasllari boʻyicha xona ichki haroratining bir meʼyorda boʻlmasligi
Sifat koʻrsatkichiga taʼsir qiluvchi foizlarni hisoblash quyida keltirilgan
K2k. Kvartiralarda markazlashtirilgan issiqlik taʼminotining yoʻqligi
Suvni isitish va xonalarni isitishdagi noqulayliklar
5.0
K3k. Sanuzellarning (vanna va hojatxonaning) bir xonaga joylashganligi
3
K4k. 7m2dan katta oshxona maydoni
4 va har bir 3 m2ga oshishda 0,2 dan qoʻshib boriladi
K5k. Yirik panelli uylar uchun kvartiralarning chetki qismlarda joylashganligi
Xonalardagi harorat-namlik rejimining yetarli emasligi
4.0
IV. Kvartirani isteʼmolchilik xususiyatlarining qavatlarga bogʻliq holdagi koeffitsiyentlari (foizlarda)
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga
10-ILOVA
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 15-son “Transport vositalari qiymatini baholash” MBSni qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Metodika YAMBSga muvofiq transport vositalari qiymatini baholash uchun zarur boʻlgan minimal usullarni belgilaydi. Baholovchilar baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, YAMBSga hamda baholashning xalqaro tajribasiga zid boʻlmagan boshqa usullardan ham foydalanishlari mumkin. Bunda baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda tanlangan baholash usulini koʻrsatishi va asoslashi kerak.
2. Ushbu Metodikada quyidagi asosiy atama va taʼriflar qoʻllaniladi:
transport vositasi — yoʻlovchilarning, bagajning, yuk bagajining, yuklarning, pochta va kurerlik joʻnatmalarining yoki maxsus ishlarni amalga oshirish uchun uskunalarning yoʻllarda harakatlanishi yoki tashilishi uchun moʻljallangan qurilma;
mexanik transport vositasi — dvigatel bilan harakatga keltiriladigan transport vositasi. Bu atama barcha traktor va oʻzi yurar moslamalarga ham taalluqlidir;
yengil avtomobil — yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan va haydovchi oʻrindigʻini hisobga olmaganda 8 tadan ortiq boʻlmagan oʻrindiqqa ega transport vositasi;
avtobus — yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan va haydovchi oʻrindigʻini hisobga olmaganda 8 dan ortiq oʻrindiqqa ega transport vositasi. Avtobuslar mikroavtobuslar, shahar, shahar atrofi, shaharlararo va turistik avtobuslarga boʻlinadi;
yuk avtomobili — yuk tashish uchun moʻljallangan transport vositasi. Yuk mashinalari bortli yuk mashinalariga, shu jumladan tirkamali (bortli tortuvchi), yarim tirkamali (egarli tortuvchi), oʻzi agʻdaruvchi va ixtisoslashtirilgan mashinalarga boʻlinadi;
tirkama — mexanik transport vositasi tarkibida harakatlanishga moʻljallangan va dvigatel bilan jihozlanmagan transport vositasi. Ushbu atama yarim tirkama va uzaytiriladigan tirkamalarga ham taalluqlidir;
ixtisoslashtirilgan mashina — muayyan turdagi yuklarni tashish uchun moʻljallangan va buning uchun maxsus kuzov va (yoki) moslamalar bilan jihozlangan, shu jumladan yarim tirkamali yoki tirkamali (koʻptirkamali) yuk mashinasi. Ixtisoslashtirilgan transport vositalariga furgonli (umumiy maqsadli, izotermik, refrijerator, non uchun, mebel uchun, kiyim-kechak uchun, hayvonlar uchun va h.k.) yoki sisternali (suyuq va sochiluvchan yuklar uchun) mashinalar, konteyner tashuvchilar, almashtiriladigan (olinadigan) kuzovli mashinalar, uzun oʻlchamli yuklarni tashish uchun jihozlangan mashinalar, ogʻir yuk tashuvchi, panel tashuvchi, blok tashuvchi, plita tashuvchi, toʻsin tashuvchi, santexnika kabinalari tashuvchi, avtomobil tashuvchi mashinalar va h.k.lar kiradi;
maxsus mashina — maxsus funksiyalarni, koʻproq notransport ishlarni (asosan statsionar sharoitda) bajarish uchun moʻljallangan va qayd etilgan funksiyalarni bajarish uchun maxsus uskunalar bilan jihozlangan mashina. Maxsus mashinalarga oʻt oʻchirish mashinalari, narvonli yuk mashinalari, avtokranlar, avtobetonqorgichlar, avtobeton nasoslari, avtominoralar, avtoburgʻulash qurilmalari, avtoustaxonalar va h.k.lar kiradi;
yoʻl-qurilish texnikasi — avtomobil yoʻllarini qurish va taʼmirlash uchun moʻljallangan transport vositalari. Yoʻl-qurilish texnikasi tarkibiga ekskavatorlar, frontal yukortgichlar, skreperlar, avtogreyderlar, buldozerlar, asfalt yotqizuvchilar, yoʻl katoklari, markalash mashinalari, yoʻl frezalari, yoʻl taʼmirlagichlar va hk.lar kiradi;
seriyali komplektatsiya (butlanma) (seriyali uskunalar) — transport vositasini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ushbu modifikatsiyadagi (seriyadagi) barcha transport vositalariga majburiy tartibda oʻrnatiladigan uskunalar;
qoʻshimcha uskunalar — ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ushbu seriyadagi barcha transport vositalariga individual buyurtma boʻyicha oʻrnatilishi mumkin boʻlgan jihozlar, shuningdek transport vositasiga undan foydalanish jarayonida seriyali jihozdan tashqari oʻrnatilgan jihozlar;
butlovchi qismlar — transport vositasi konstruksiyasiga kiradigan agregatlar, uzellar, detallar;
agregat — toʻliq oʻzaro almashinish qobiliyatiga ega boʻlgan, transport vositasining boshqa qismlaridan yoki umuman transport vositasidan alohida yigʻilish imkoniyatiga va transport vositasi tarkibida yoki mustaqil ravishda muayyan funksiyani bajarish layoqatiga ega boʻlgan yigʻish birligi;
uzel — buyumning boshqa tarkibiy qismlaridan yoki butun mahsulotdan alohida yigʻish mumkin boʻlgan va bir maqsaddagi mahsulotlarda faqat boshqa tarkibiy qismlar bilan birgalikda maʼlum funksiyalarni bajarishi mumkin boʻlgan yigʻish birligi;
detal — yigʻish amaliyotlaridan foydalanmagan holda nomi va rusumi boʻyicha bir turdagi materialdan tayyorlangan buyum;
yoʻl-transport hodisasi — transport vositasining yoʻlda harakatlanish jarayonida va uning ishtirokida sodir boʻlgan, fuqarolar vafot etgan yoki ularning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan, transport vositalari, inshootlar, yuklar shikastlangan yoxud boshqa moddiy zarar yetkazilgan hodisa;
tiklovchi taʼmirlash qiymati — shikastlangan transport vositasini taʼmirlash, transport vositasini ishlab chiqaruvchi zavodning meʼyoriy-texnik hujjatlarida nazarda tutilgan, transport vositasining bevosita shikastlanishdan oldin ega boʻlgan ekspluatatsion xususiyatlari va isteʼmol sifatini tiklash uchun zarur boʻlgan xarajatlar (shu jumladan ish, ehtiyot qismlar va materiallar sarfi) miqdori;
takror ishlab chiqarish qiymati (tiklash qiymati) — bir xil materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda, baholash obyekti bilan bir xil boʻlgan yangi obyektni yaratish uchun sarflangan xarajatlar miqdori (baholash sanasi holatiga amalda boʻlgan bozor narxlarida);
almashtirish qiymati — zamonaviy materiallar va texnologiyalardan foydalangan holda, foydaliligi baholash obyekti bilan teng boʻlgan yangi obyektni yaratish uchun sarflangan xarajatlar miqdori (baholash sanasi holatiga amalda boʻlgan bozor narxlarida);
yaroqli qoldiqlar — transport vositasining soz holatdagi, qoldiq qiymatiga ega boʻlgan, kelgusida foydalanish uchun yaroqli boʻlgan, shikastlangan transport vositasidan ajratib olish va sotish mumkin boʻlgan detallari, uzellari va agregatlari;
yaroqli qoldiqlar qiymati — shikastlangan qayta tiklanmaydigan transport vositasining yaroqli qoldiqlarining bozor qiymati boʻlib, u boʻyicha yaroqli qoldiqlar sotuvdan oldingi xarajatlarni (yaʼni qismlarga ajratish, nuqsonlarini aniqlash; saqlash va sh.k.) va savdo chiqimlarini hisobga olgan holda bozorda sotilishi mumkin. Yaroqli qoldiqlar qiymati ushbu transport vositasining utilizatsiya qiymatidan kam boʻlmasligi lozim;
tovar qiymatining yoʻqolishi (bundan buyon matnda TQY deb yuritiladi) — nuqsonlar (shikastlar) yoki ularni bartaraf etish izlari mavjudligi yoki nuqsonlar (shikastlar) bartaraf etilganligi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar mavjudligi sababli transport vositasining isteʼmol xususiyatlari yomonlashishi natijasida transport vositasi qiymatining pasayishi;
identifikatsiya raqami (vehicle identification number) (bundan buyon matnda VIN deb yuritiladi) — ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan transport vositasiga beriladigan noyob raqam;
transport vositasini koʻzdan kechirish — transport vositasini identifikatsiya qilish, uning ishlash layoqatini aniqlash, shikastlar yoki nuqsonlar, taʼmir izlarini aniqlash bilan bogʻliq tartib-taomil;
bosib oʻtilgan masofa — transport vositasi tomonidan muayyan vaqt ichida bosib oʻtilgan masofaning kilometrlardagi miqdori;
oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofa — transport vositasining shartli ravishda oʻxshash transport vositalari bosib oʻtgan masofaning oʻrtacha statistik miqdoriga teng deb qabul qilingan yillik bosib oʻtgan yoʻli miqdori;
kuzovdagi kamchiliklarni bartaraf etish — bu oynalar, eshiklar, kapot, yukxona qopqogʻi, lonjeronlarb salon karkasi va kuzov asosidagi quvvat agregati, transmissiya va ilgaklarni mahkamlash uchun bazaviy nuqtalarning geometrik parametrlarini tiklash;
xronologik yosh — baholash obyekti ishlab chiqarilgan vaqtdan boshlab baholash sanasigacha oʻtgan vaqt (yillar) miqdori;
ekspluatatsion eskirish — transport vositasi va uning elementlarining texnik holatini tavsiflovchi, transport vositasini ekspluatatsiya qilish natijasida erishilgan jismoniy qarishning miqdoriy koʻrsatkichi (foizlarda). Ekspluatatsion eskirish eng koʻp darajada transport vositasining sinfiga, bosib oʻtgan masofasiga (ishlashiga), ekspluatatsiya muddatiga, ekspluatatsiya qilish (jumladan texnik ekspluatatsiya) tartibi va shartlariga, ekspluatatsiya qilish nuqsonlariga bogʻliq boʻladi;
tiklovchi (qayta tiklash) taʼmirlash — bu transport vositasining shikastlanishdan oldin darhol ega boʻlgan texnik xususiyatlarini va isteʼmolchi xususiyatlarini tiklash uchun bajarilishi kerak boʻlgan ishlar toʻplami;
eskirish — jismoniy eskirish, shuningdek funksional (maʼnaviy) va iqtisodiy (tashqi) eskirish turlari taʼsirida transport vositalarining texnik-iqtisodiy tavsiflarini yoʻqotishi bilan birga kechadigan qadrsizlanishi;
zarar — huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim boʻlgan xarajatlari, uning mol-mulki yoʻqolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek bu shaxs oʻz huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin boʻlgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda);
nuqson — mahsulotning meʼyoriy-texnik hujjatlari talablariga mos kelmasligi;
jiddiy nuqson — nuqson yoki nuqsonlar yigʻindisi boʻlib, ularni bartaraf etish xarajatlari yangi buyumning tovar qiymatining kamida 10 foizini tashkil etadigan nuqson. Nuqson uni bartaraf etgandan keyin ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilgan mahsulotning resursi (xizmat muddati) pasayishiga hamda bu mahsulotning tovar qiymatini yoʻqotishiga olib keladi;
tashqi boʻyoq — transport vositasining tashqi yuzalarini boʻyash (eshiklarning cheti va teshiklari, kapot va bagajnik qopqogʻining suv oqish joylari bilan birga);
shikastlanish — meʼyoriy-texnik hujjatlarda belgilangan darajadan oshib ketadigan tashqi taʼsirlar natijasida obyektning sozligi buzilishi;
toʻliq boʻyoq — transport vositasining tashqi va ichki yuzalarini boʻyash;
taʼmirlash materiallari — taʼmirlashda ishlatiladigan asosiy va yordamchi materiallar;
yashirin nuqson — transport vositasini koʻzdan kechirish chogʻida aniqlab boʻlmaydigan nuqson boʻlib, uni identifikatsiyalash uchun qism, uzel yoki agregatni qoʻshimcha tekshiruvdan oʻtkazish zarur;
transport vositasining ishlab chiqarilgan sanasi — transport vositasi ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ishlab chiqarish yakunlangan sana (barcha texnologik va maʼmuriy jarayonlar yakunlangan sana).
2-bob. Axborotni toʻplash va tahlil qilish
3. Axborotni toʻplash, oʻrganish va tahlil qilishda, shuningdek baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi 3-son MBS talablariga amal qilishi kerak.
4. Transport vositasini koʻzdan kechirish jarayoni uni identifikatsiya qilish, texnik holatini aniqlash, nosozliklarni yoki transport vositasining qismlaridagi nuqsonlarni aniqlash uchun olib boriladi. Koʻzdan kechirish jarayoni quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
transport vositasi va uning qismlarining texnik holatini aniqlash;
transport vositasini suratga olish;
transport vositasini identifikatsiya qilish;
transport vositasining texnik holatini tekshirish dalolatnomasini tuzish.
Koʻzdan kechirishni boshlashdan oldin baholovchi quyidagi maʼlumotlar va hujjatlar bilan tanishadi:
transport vositasi egasining familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi, egasining (egasining ishonchli vakili, buyurtmachi) manzili yoki uning yuridik manzili;
transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari maʼlumotlari (texnik pasport, roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, transport vositasining pasporti, texnik talon);
transport vositasining identifikatsiya maʼlumotlari (turi, rusumi, modeli (modifikatsiyasi), chiqarilgan sanasi, identifikatsiya raqami (VIN), kuzov, shassi (ramkalar) raqami, dvigatel modeli va raqami, uning turi, hajmi va quvvati, rangi, asosiy agregatlarni almashtirish sanalari (agar ular almashtirilgan boʻlsa), davlat raqami);
ishlab chiqaruvchi mamlakat, import qiluvchi mamlakat (xorijiy ishlab chiqarilgan transport vositasi uchun);
odometr koʻrsatkichi boʻyicha bosib oʻtilgan masofasi.
5. Transport vositasini koʻzdan kechirishda baholash buyurtmachisi baholovchiga Oʻzbekiston Respublikasida davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani (transport vositasining texnik pasporti) va agar mavjud boʻlsa, boshqa roʻyxatga olish hujjatlarini taqdim etadi. Transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, koʻzdan kechirish jarayonida schyot-fakturalar, oldi-sotdi (hadya) shartnomasi, ishonchnoma yoki transport vositasini yetkazib berish shartnomasi maʼlumotlaridan foydalanishga ruxsat etiladi.
Transport vositasi baholovchiga uni sifatli koʻzdan kechirish imkoniyatini taʼminlaydigan holat va sharoitlarda taqdim etilishi kerak.
Transport vositasi asosan organoleptik usul yordamida, yaʼni tashqi koʻzdan kechirish orqali oʻrganiladi. Agar zarur boʻlsa, baholovchi maxsus nazorat, oʻlchash va diagnostika asboblari va jihozlaridan foydalanishi mumkin.
Koʻzdan kechirish davomida baholovchi transport vositasini suratga oladi. Olingan fotosuratlar baholash toʻgʻrisidagi hisobotga kiritilishi kerak.
Kam yorugʻlik sharoitida suratga olishda fotochaqnovchi yoki qoʻshimcha yorugʻlik manbalari qoʻllaniladi.
Transport vositasini suratga olishda imkoniyat mavjud boʻlsa, quyidagilar aks ettirilishi kerak:
odometr koʻrsatkichlari;
transport vositasining identifikatsiya raqami (VIN), transport vositasining kuzov raqami, dvigatel va shassi (rama) raqamlari;
shinalar va disklar.
6. Transport vositasini koʻzdan kechirishda baholovchi imkoniyat mavjud boʻlsa, quyidagi maʼlumotlarni aniqlaydi:
transport vositasining hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni haqiqiy identifikatsiya maʼlumotlariga muvofiqligini tekshirish;
transport vositasining bosib oʻtilgan masofasi yoki ish vaqtini qayd qiluvchi qurilmalarning koʻrsatkichlari, shuningdek ushbu qurilmalarni almashtirish yoki taʼmirlash fakti;
agregatlar, butlovchi qismlar va qimmatbaho butlovchi qismlar almashtirilishi (almashtirish sanasi aks ettiriladi);
transport vositasi ilgari taʼmirlanganligi va ushbu taʼmirlashning hajmi, xususiyati va sifati qandayligi;
transport vositasidagi nuqsonlar va shikastlanishlarning xususiyati va hajmi (agar mavjud boʻlsa).
Axborotlarni yigʻish va tahlil qilish baholovchi tomonidan transport vositasini koʻzdan kechirish qiyin yoki imkonsiz boʻlgan hollarda transport vositasini koʻzdan kechirmasdan ham amalga oshirilishi mumkin. Bu holatda baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholanayotgan transport vositasi koʻzdan kechirilmasdan taqdim etilgan hujjatlar asosida oʻrganilganini qayd etishi kerak. Bunda koʻzdan kechirishning imkoniyati yoʻqligi sabablari koʻrsatilishi lozim.
Transport vositasini koʻzdan kechirmasdan baholash uchun taqdim etilgan hujjatlarning yetarliligi yoki yetarli emasligi har bir alohida holatda baholovchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
7. Olingan maʼlumotlarga koʻra, baholovchi transport vositasining seriyali va qoʻshimcha uskunalarining roʻyxatini belgilaydi. Transport vositasida oʻrnatilgan qoʻshimcha uskunalar uchun baholash buyurtmachisi yoki manfaatdor shaxs tegishli texnik, ruxsat beruvchi hujjatlar va balans qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (yuridik shaxslar uchun) taqdim etadi.
Baholovchi transport vositasi konstruksiyasiga kiritilgan har qanday oʻzgartirishlar (qayta jihozlash) va u bilan bogʻliq butlanish qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tegishli ravishda hujjatlashtirilganligini eʼtiborga olishi kerak.
8. Baholash obyektini koʻzdan kechirish va identifikatsiya qilish yakunlari boʻyicha baholash obyektining texnik holati haqida dalolatnoma tuziladi hamda unda baholash obyektining texnik holati, identifikatsiya natijalari, butlanishi, nosozliklari, foydalanishdagi kamchiliklari va boshqa nuqsonlar aks ettiriladi. Texnik holat haqidagi dalolatnoma mazkur Metodikaning 1-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
9. Baholash obyekti bilan analog-obyektlar parametrlari va tavsiflarini solishtirishda obyektlarning unumdorligi va quvvati, shuningdek butlanishi va fizik holati haqidagi tavsiflarni taqqoslash majburiy hisoblanadi. Agar parametr va tavsiflar baholash obyekti uchun narxni shakllantiruvchi ahamiyatga ega boʻlsa, obyektlarning boshqa parametr va tavsiflarini solishtirish ham majburiy hisoblanadi.
Transport vositasini koʻzdan kechirish va identifikatsiya qilish jarayonida baholovchining vakolatiga quyidagilarni tekshirish kirmaydi:
transport vositasining identifikatsiya raqami (kodi), dvigatel, zavod belgisi, boʻyoq kodi, transport vositasi roʻyxatdan oʻtish hujjatlarining haqiqiyligi;
transport vositasining roʻyxatga olish belgilarining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi;
tovar belgisidan foydalanishning qonuniyligi;
tarkibiy qismning muvofiqlik belgisi (tarkibiy qismni bir xil qism bilan almashtirish yoki transport vositasining maqsadli bozorini aniqlashning alohida holatlari bundan mustasno);
transport vositalarini qoʻshimcha markirovkalash.
Agar transport vositasini koʻzdan kechirish va identifikatsiya qilish jarayonida zavod belgisida koʻrsatilgan maʼlumotlar va transport vositasining haqiqiy maʼlumotlari yoki roʻyxatga olish hujjatlaridagi maʼlumotlar oʻrtasida nomuvofiqlik aniqlansa, baholovchi quyidagi yechimlardan birini tanlashi kerak:
aniqlik kiritish zarurligi toʻgʻrisida baholash buyurtmachisiga yozma ariza berish;
baholash jarayonini buyurtmachi tomonidan nomuvofiqlar bartaraf etilguniga va tegishli hujjatlar taqdim etilguniga qadar toʻxtatib turish;
baholashni rad etish.
10. Baholash obyekti bilan aynan bir xil obyekt tanlanganda, ishlab chiqaruvchisi bitta boʻlgan va bitta mamlakatda ishlab chiqarilgan, shuningdek vazifasi (umumiy, ixtisoslashtirilgan, maxsus va boshqalar) bir xil boʻlgan obyektga afzallik berilishi kerak.
3-bob. Baholash yondashuvlari va usullarini tanlash, asoslash va qoʻllash
1-§. Qiyosiy yondashuv
11. Qiymatni qiyosiy yondashuv bilan hisoblash quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
bozorni tadqiq etish, transport vositasining analog-obyektlari boʻyicha axborotni tahlil qilish va yigʻish;
transport vositasining analog-obyektlarini tanlash;
qiyoslash elementlarini tanlash;
qiymatni hisoblash usullarini tanlash;
qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatishlarni hisoblash;
transport vositasining analog-obyektlari narxiga (qiymatiga) tuzatishlar kiritish;
baholash obyekti qiymatini aniqlash.
12. Transport vositalari bozorini oʻrganish va tahlil qilish analog-obyektlar boʻyicha bitimlar (takliflar) haqida axborot olish uchun amalga oshiriladi.
13. Qiyosiy yondashuv usullarini qoʻllashda kamida uchta analog-obyektlar haqida axborotni toʻplash zarur.
14. Baholash obyekti va analog-obyektlarni qiyoslash birligi boʻyicha taqqoslashda quyidagi elementlar tanlab olinadi:
mulkiy huquqlar — baholash obyekti va (yoki) analog-obyektlarni sotishda bir shaxsdan boshqa shaxsga oʻtadigan mulkiy huquqlar tahlil qilinadi;
moliyalashtirish shartlari — baholash obyekti va (yoki) analog-obyektning bozor qiymatiga taʼsir koʻrsatadigan toʻlov shartlari (kechiktirish, kredit, lizing va h.k.) tahlil qilinadi;
bozor holati (sotuv vaqti) — analog-obyektlar narxining oʻzgarishi tahlil qilinadi va hisobi yuritiladi;
sotuv shartlari — sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi bozor munosabatlari uchun tipik boʻlmagan shartlar aniqlanadi;
yosh — transport vositasining yosh omili, uning turkum ishlab chiqarishdan olinganligi yoki transport vositasi butlovchi qismlarini turkum ishlab chiqarishdan olinganligi hisobga olinadi;
fizik tavsiflar — baholash obyekti va analog-obyektlarning texnik-ekspluatatsion tavsiflari tahlil qilinadi va hisobi olib boriladi. Oʻlchamdagi, konstruktiv qismlar (elementlar)dagi, texnik holat (eskirish foizi)dagi, joriy foydalanish xarakteridagi, qoʻshimcha butlanishidagi va h.k. tafovutlar tahlil qilinadi;
baholash obyekti narxiga taʼsir qiluvchi boshqa taqqoslash elementlari.
15. Fizik tavsiflarni qiyoslash elementlari sifatida quyidagi ikkita guruhga ajratish mumkin:
baholash obyektining konstruksiyasiga tegishli (standart yoki turkum butlanishiga) (ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan turkum butlash qismlarining yoʻqligi, qoʻshimcha butlash mavjudligi, turkum ishlab chiqariladigan konstruksiyadagi jiddiy oʻzgarishlar bilan bogʻliq) tavsiflar;
baholash obyektining haqiqiy texnik holatiga tegishli (baholash obyektidan foydalanishning intensiv rejimi, baholash obyektining asosiy tizimini ekspluatatsiya qilishdagi nuqsonlari baholash obyektining asosiy tizimining va bir qismining nuqsonlari, jiddiy ekspluatatsion, avariyali shikastlanishlar va nuqsonlar, baholash obyektini tovar koʻrinishining yoʻqotilishi bilan bogʻliq) tavsiflar.
16. Qiyosiy yondashuv quyidagi usullarning bittasidan foydalanish orqali amalga oshiriladi:
sotuvlarni toʻgʻridan toʻgʻri qiyoslash;
statistik tahlil usullari (korrelyatsion-regression).
17. Sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli baholash obyekti qiymatini analog-obyektlarning sotuv yoki taklif narxiga tuzatilgan oʻrtacha qiymati sifatida hisoblashga asoslanadi.
Toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvlarni solishtirish usuli transport vositasiga boʻlgan, ayni paytda birlamchi (yangi avtomobillar uchun) yoki ikkilamchi bozorda (foydalanilgan avtomobillar uchun) shakllangan taklif va talab narxlarini tahlil qilishga asoslangan boʻladi. Baholash bozor narxini statistik tanlov usuli bilan baholanayotgan transport vositasiga oʻxshash transport vositasiga boʻlgan taklif narxlarining oʻrtacha qiymatini aniqlash va keyinchalik uni tuzatish orqali amalga oshiriladi.
Baholangan transport vositasining bozor narxi quyidagi omillarga bogʻliq:
transport vositasining isteʼmol xususiyatlari;
hududda ishlab chiqaruvchi vakilining mavjudligi;
mazkur transport vositasi rusumiga xizmat koʻrsatish stansiyalari tarmogʻining mavjudligi;
mazkur transport vositasi rusumining ehtiyot qismlari, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlariga narxlar darajasi;
transport vositasi rusumining obroʻsi va bozor konyunkturasi;
geografik joylashuvi, iqtisodiy vaziyat va h.k.
18. Baholash obyektining bozor narxini aniqlashda quyidagi maʼlumotlardan foydalaniladi:
eng ishonchli maʼlumot sifatida oldi-sotdi bitimlari narxlari;
mutaxassis(lar) tomonidan vaqti-vaqti bilan tuziladigan yangi va ishlatilgan transport vositalarining mintaqaviy bozorini oʻrganish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlar, ularda qayd etilgan sotuvchilar tomonidan transport vositalari uchun soʻralayotgan narxlar (taklif narxi) va sotilayotgan transport vositalarining qisqacha tavsifi (rusumi, modeli, ishlab chiqarilgan sanasi, yurgan masofasi, dvigatel turi va xususiyatlari, jihozlari, umumiy texnik holati);
avtomobillar va ularning ehtiyot qismlarini sotishga tegishli ruxsatnomaga ega boʻlgan savdo tashkilotlari (avtodoʻkonlar, dilerlar, avtosalonlar, avtomarkazlar va h.k.) yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar;
transport vositalari narxlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan xorijiy, mintaqaviy va respublika nashrlaridan olingan maʼlumotlar;
preyskurant (narxlar roʻyxati);
mamlakat va xorijiy maʼlumotnoma va tahliliy nashrlardan olingan narxlar;
auksion narxlari;
Internet saytlaridan olingan narxlar;
mintaqaviy ixtisoslashtirilgan avtomobil bozorini oʻrganish asosida olingan maʼlumotlar.
Transport vositasi va uning ehtiyot qismlarining narxi quyidagi maʼlumotlar asosida aniqlanadi:
rusumi, modeli, modifikatsiyasi;
zavoddan chiqarilgan sanasi (foydalanish muddati);
yurish masofasi;
komplektatsiya va toʻliqligi;
transport vositasining texnik holati;
amalga oshirilgan taʼmirlarning hajmi va sifati;
asosiy agregatlar va uzellarning almashtirilishi;
notoʻgʻri ishlatilishi va saqlanishidan kelib chiqqan nuqsonlarning mavjudligi.
19. Sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash usuli quyidagi formula boʻyicha analoglar narxiga tegishli tuzatishlar kiritish orqali amalga oshiriladi:
bunda:
C — baholash obyektining narxi;
Can —analog obyektning narxi;
Kfv —analoglar narxlarining vaqt omili boʻyicha oʻzgarishini (ishlab chiqarilgan vaqtdan boshlab baholash paytigacha) hisobga oluvchi koeffitsiyent;
Kiz —analogning ishlab chiqarilgan vaqtdan boshlab baholash paytigacha foydalanilgan davrdagi jismoniy eskirishini hisobga oluvchi koeffitsiyent;
K1, K2, K3 … Kn — baholash obyekti va analog parametrlari qiymatlaridagi farqlarni hisobga oluvchi tuzatuvchi koeffitsiyentlar;
Sdop — analog-obyektni ajratib turadigan qoʻshimcha moslamalarning narxi.
20. Baholash obyektining komplektatsiyasiga tegishli qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatishlar:
seriyadagi komplektatsiyaga;
qoʻshimcha komplektatsiyaga (zavodda chiqarilmagan qoʻshimcha uskunalar) bogʻliq boʻlgan tuzatishlarga ajratiladi.
21. Seriyadagi komplektatsiyaga tuzatish kiritish baholash obyektida uni analogidan (oʻxshash obyektdan) farq qiluvchi mavjud yoki mavjud boʻlmagan qismlar (moslamalar)ning hamda ularni oʻrnatish ishlarining qiymatidan, shuningdek dasturiy taʼminotlar (masalan, kompyuter diagnostikasi) yordamida bozor tahlili asosida zarur materiallar qiymatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
22. Qoʻshimcha komplektatsiya bilan bogʻliq tuzatishlar, analogning qiymatiga qoʻshimcha komplektatsiya qiymatini (seriyali ishlab chiqarish/zavod komplektatsiyasiga nisbatan) qoʻshish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunday tuzatishlar miqdorini baholovchi bozorni tahlil qilish asosida va (yoki) maxsus dasturiy taʼminotlar yordamida belgilaydi.
23. Seriyali va qoʻshimcha komplektatsiyani identifikatsiya qilish ishlab chiqaruvchidan olingan maʼlumotlar, ixtisoslashtirilgan (transport vositasining texnik parametrlari haqidagi axborotdan iborat boʻlgan) maʼlumotnomalar asosida hamda xuddi shunday transport vositasini ishlab chiqarishning texnik shartlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
24. Jismoniy eskirishga tuzatish baholash obyektining hamda qabul qilingan analog-obyektlarning jismoniy eskirishi darajalari nisbatidan kelib chiqib quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
bunda:
K —eskirishga tuzatish koeffitsiyenti;
Iobyekt — baholash obyekti jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi;
Ianalog — analog-obyekt jismoniy eskirishining koeffitsiyent koʻrsatkichi.
Mazkur formuladan foydalanish imkoni boʻlmagan taqdirda, baholovchi bozorni tahlil qiladi hamda tuzatishni qoʻllab, ushbu tuzatishni nima uchun qoʻllaganini asoslab beradi.
25. Baholash obyektining haqiqiy texnik holatiga tegishli qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatishlar:
transport vositasidan foydalanish intensivligi rejimi;
transport vositasining asosiy tizimlari va qismlaridan foydalanishdagi nuqsonlar;
transport vositasining tovar koʻrinishi (qiymati) yoʻqolishi bilan bogʻliq tuzatishlarga ajratiladi.
26. Transport vositasidan foydalanish intensivligi rejimi bilan bogʻliq tuzatish:
transport vositasining haqiqatda bosib oʻtgan masofasini muayyan toifadagi transport vositasi uchun uning meʼyoriy koʻrsatkichiga taqqoslash yoʻli bilan (mavjud boʻlgan taqdirda);
haqiqiy xizmat muddati qonunchilikda yoki tayyorlovchi tomonidan belgilangan meʼyoriy muddatga taqqoslash yoʻli bilan aniqlanishi mumkin (mavjud boʻlgan taqdirda).
Transport vositasidan foydalanish intensiv rejimida bosib oʻtilgan masofa yoki ishlash vaqtiga tuzatish koeffitsiyenti maxsus dasturiy taʼminotlar yordamida ham aniqlanishi mumkin.
27. Foydalanishdagi nuqsonlarga tuzatishlar transport vositasidan foydalanish, saqlash va konstruksiyalarni nomuvofiq oʻzgartirish hamda boshqa salbiy holatlarga bogʻliq nuqsonlarni bartaraf etish smetasini yoki hisob-kitoblarni tuzish yoʻli bilan kiritiladi.
28. Transport vositasi bozor qiymatining shakllanishiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydigan transport vositasining asosiy tizimlari va qismlarida jiddiy boʻlmagan nuqsonlar mavjud boʻlganda, tuzatish miqdori obyekt-analogning (shu jumladan, tafsilotlarsiz va hisob-kitoblarsiz bazaviy analogning) bozor qiymatidan jami 5 foizgacha boʻlgan miqdorda qabul qilinishi mumkin.
Foydalanishdagi jiddiy boʻlmagan nuqsonlarni:
transport vositasini saqlash sharoitlari (2 foizgacha) — rangni xiralashishi, dogʻlar, kuzovda sezilarsiz korroziya elementlari va h.k.;
foydalanish sharoitlari (3 foizgacha) — eshiklar va kapot gʻirchillashi, salon va kuzov izolyatsiyasining buzilishi va h.k. keltirib chiqarishi mumkin.
29. Foydalanishdagi hamda avariyada kelib chiqqan shikastlanishlar va nuqsonlarni hisobga oluvchi tuzatish transport vositasi alohida qismlarining bozor qiymatini hisobga olgan holda foydalanishdagi va avariyada kelib chiqqan shikastlanishlar va nuqsonlarni bartaraf etish boʻyicha taʼmirlash ishlarini olib borish smetasini (kalkulyatsiyani) tuzish yoʻli bilan aniqlanadi. Transport vositasi alohida qismlarining bozor qiymati ushbu qismlarni almashtirish xarajatlarini hisobga olib aniqlanadi.
30. Tovar koʻrinishi (qiymati)ning yoʻqotilishini hisobga oluvchi tuzatish avariya taʼsiri belgilari aniqlanganda amalga oshiriladi. Tuzatish baholash obyektining mulkdori (yoki baholash buyurtmachisi)dan olingan axborot asosida bajariladi.
Mazkur axborot tegishli hujjatlar (tekshiruv dalolatnomalari, nuqson hisobotlari, fotosuratlar va boshqalar) bilan tasdiqlanishi kerak.
31. Analog-obyektlarning narxlari (qiymati)ni qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatish quyidagi qoidalardan kelib chiqib amalga oshiriladi:
analog-obyektlarning narxlari (qiymati)ni qiyoslash elementlari boʻyicha tuzatish baholash obyektiga nisbatan bajariladi;
agar baholash obyekti qiyoslash elementlariga koʻra analog-obyektga nisbatan yaxshiroq koʻrsatkichlarga ega boʻlsa, analog-obyektning narxi (qiymati) tuzatish miqdoriga oshiriladi;
agar baholash obyekti qiyoslash elementlariga koʻra analog obyektga nisbatan yomonroq koʻrsatkichlarga ega boʻlsa, analog-obyektning narxi (qiymati) tuzatish miqdoriga kamaytiriladi.
32. Xorijda ishlab chiqarilgan transport vositasi baholanayotganda Oʻzbekistonning ichki bozorida analoglar narxi boʻlmasa, baholovchi analoglarning tashqi bozordagi narxlaridan foydalanishi mumkin. Bunda baholovchi analogning joylashgan joyi boʻyicha tuzatish kiritadi. Tuzatish bojxona rasmiylashtiruvini hisobga olgan holda kiritiladi.
Analogning joylashgan joyi boʻyicha tuzatishni hisoblash ketma-ketligi quyidagicha:
analogning shartnomaviy narxi aniqlanadi;
import qilishda soliqlar va boshqa toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblanadi.
Bojxona toʻlovlari, soliqlar va boshqa toʻlovlarning ikki baravar hisoblanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun baholanayotgan obyektning kelib chiqqan mamlakatidan olingan narx maʼlumotlariga ustunlik berish kerak.
33. Statistik tahlil usullari analog-obyektlar narxlarining korrelyatsion-regression tahlilidan foydalangan holda qiyoslash elementlariga bogʻliqligini aniqlash yoʻli bilan baholash obyekti qiymatini belgilashga imkon beradi.
Mazkur usulni qoʻllashda modellashtirish ehtimoliy potensial narx bilan korrelyatsion bogʻliqlikda boʻlgan analoglarning bir yoki bir nechta asosiy ishlab chiqarish va (yoki) funksional parametrlarining tahlili asosida amalga oshiriladi.
Oʻzgaruvchan miqdorlar oʻrtasidagi statistik bogʻliqliklar korrelyatsion va regression tahlil usullari orqali oʻrganiladi.
Korrelyatsion tahlil baholash obyekti/analoglar narxi va ularning asosiy parametrlari (bir va bir nechta) oʻrtasidagi aloqani oʻrnatishga imkon beradi. Korrelyatsion tahlilning asosiy vazifasi tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi aloqani aniqlash va baholashdan iborat.
Regression tahlil usullari bilan esa aniq matematik modelni tanlash va tanlangan modelning adekvatligini baholash mumkin boʻladi (model xossalari (funksiyalari/parametrlari/tavsiflari va boshqalar) va modellanayotgan obyektning tegishli xossalarining toʻgʻri kelishi). Regression tahlilning asosiy vazifasi shaklni belgilash va tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganishdan iborat.
Korrelyatsion tahlil bir alomatning (asosiy koʻrsatkichning) oʻzgaruvchanligi boshqasining (narxning, qiymatning) oʻzgaruvchanligiga mos kelishini aks ettiruvchi alomatlarning kelishilgan oʻzgaruvchanligini ifodalaydi.
Juft korrelyatsiya ikkita tasodifiy miqdorlar oʻrtasidagi, koʻp tarmoqli korrelyatsiya koʻp sonli miqdorlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni oʻrganadi.
Korrelyatsion tahlil elementlari (α, β) tasodifiy miqdor kuzatuvlaridan n tanlanganda, (x1, y1), ..., (xn, yn) ikki oʻlchamli normal taqsimlanishga ega boʻladi.
Koordinatalarning dekart tizimida tanlov elementlarini nuqtalar bilan tasvirlab, tarqalish diagrammasi yoki korrelyatsion maydonga ega boʻlinadi. Korrelyatsion maydonning koʻrinishiga qarab korrelyatsiyaning tanlov koeffitsiyenti asosida α va β oʻrtasida aloqaning mavjudligi va tavsifi xususida taxmin qilsa boʻladi.
Korrelyatsiyaning tanlov koeffitsiyenti quyidagicha hisoblanadi:
Asos sifatida koeffitsiyentlari koʻproq darajada 1 (lekin 0,7 dan kam boʻlmagan) raqamiga intiladigan analoglarning narxlari olinadi.
Korrelyatsion tahlil yordamida qiymatga taʼsir qiluvchi turli oʻzgaruvchan koʻrsatkichlar oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash asosida transport vositalarining qiymatini baholash natijalarining ishonchlilik darajasini oshirish mumkin.
34. Regression tahlil — mustaqil oʻzgaruvchan miqdorning mustaqil boʻlmagan bir yoki bir nechta oʻzgaruvchan miqdorlar oʻrtasidagi aloqani oʻrganadi.
Umumiy olganda regression model quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
βk0,βk1,…,βkn — parametrlari regressiya koeffitsiyentlari deb nomlanadi.
Regression tahlilning vazifalaridan biri — regressiya koeffitsiyentlarini baholash. Regressiya koeffitsiyentlarini baholash uchun qoida tariqasida, eng kichik kvadratlar usuli qoʻllaniladi. Bunda kuzatilayotgan qiymatlarning chetga ogʻish kvadratlari summasini kamaytiradigan parametrlarning qiymatlari baholash sifatida qabul qilinadi, yaʼni eng kichik kvadratlar usuli kvadratlar summasini kamaytirishga asoslangan:
Agar oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi aloqa chiziqli deb faraz qilinsa, tegishli regressiya modeli quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
bunda, βk0 va βk1 — chiziqli regressiya koeffitsiyentlari.
Korrelyatsiya tahlilidan farqli oʻlaroq, regressiya tahlili oʻzgaruvchilar oʻrtasidagi munosabatlar shaklini aniqlashga va bir yoki bir nechta mustaqil oʻzgaruvchilarining qiymatlarini bashorat qilishga imkon beradi.
35. Statistik tahlil usulidan foydalanganda, tuzatishlar narxga taʼsir qiladigan hamda baholash obyekti qiymatini belgilashga asos boʻladigan funksiyaga kiradigan qiyoslash elementlari orqali kiritiladi.
Agar bozorning katta namunasi boʻlsa, baholovchi dispersiya kabi oʻlchovdan foydalanishi mumkin. Dispersiya bu natijalar orasidagi tarqalishni koʻrsatadigan qiymat. Agar barcha natijalar oʻrtacha qiymatga yaqin boʻlsa, dispersiya past boʻladi. Agar natijalar oʻrtacha koʻrsatkichdan juda farq qilsa, u holda dispersiya yuqori boʻladi. Maʼlumotlar namunasidagi oʻrtacha arifmetik qiymat odatda tarqalish hisoblangan nuqta sifatida olinadi. Dispersiya turli parametrlar boʻyicha maʼlumotlarni toʻplash va keyin ularni baholashga yordam beradi. Dispersiya quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda:
D — dispersiya;
n — namunadagi elementlar soni;
Xn — namunadagi i-elementning qiymati;
X — namunaning oʻrtacha arifmetik qiymati.
Dispersiyani hisoblash uchun baholovchi quyidagilarni bajarishi kerak:
Xning oʻrta arifmetik qiymatini topishi hamda buning uchun barcha elementlarni qoʻshish va olingan miqdorni ularning soniga boʻlish;
har bir elementdan oʻz navbatida arifmetik oʻrtachani ayirish va natijada olingan sonni kvadratga aylantirish. Bu oʻrtachadan kvadrat ogʻish deb ataladi;
oʻrtachadan ogʻishning topilgan kvadratlarini qoʻshish;
olingan miqdorni namunadagi elementlar soniga boʻlish.
36. Qiyosiy yondashuvda qoʻllaniladigan tuzatishlar foiz va (yoki) pul koʻrinishida kiritiladi.
Shu bilan birga, bozorda majburiy (tugatish) sotish natijasida olingan narxlar (masalan, banklar tomonidan garovga qoʻyilgan transport vositasi) boʻlishi mumkinligi inobatga olinishi kerak. Bunday holda baholovchi tegishli tuzatishlar kiritishi kerak.
Agar yetarli miqdordagi axborot manbalari mavjud boʻlsa, sotishni qiyosiy tahlil qilish yondashuvi eng ustuvor hisoblanadi.
2-§. Daromad yondashuvi
37. Transport vositasini baholashda daromad yondashuvi baholanayotgan transport vositasidan tijorat maqsadlarida foydalanganda hamda transport xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha biznesning bir qismi boʻlganda qoʻllaniladi.
Baholovchi shuni inobatga olishi kerakki, transport vositalarining qiymatini baholashda daromad yondashuvini faqat ixtisoslashtirilgan daromad keltiruvchi transport vositalarini yetarli bozor analoglari mavjud boʻlmaganda yoki ular uchun koʻp sonli tuzatishlar zarur boʻlgan sharoitda qoʻllashi mumkin.
38. Daromad yondashuvini qoʻllash foyda (daromad)ni mustaqil toʻplay oladigan baholash obyekti qiymatini baholashni nazarda tutadi. Transport vositalaridan tijorat maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzgan holda foyda (daromad)ni toʻplaydigan obyektlarni baholashda daromad yondashuvi qoʻllanilmaydi.
Baholash obyektining foyda (daromad)ni toʻplay olishi mulkdor (yoki baholash buyurtmachi) taqdim etgan maʼlumotlarga muvofiq aniqlanadi.
39. Daromad yondashuvi baholash obyektidan foydalanishdan (shu jumladan, uni ijaraga berishdan) kelgusida olinishi moʻljallanayotgan daromadni kapitallashtirish orqali transport vositasi qiymatini aniqlash mexanizmidan iborat.
40. Daromad yondashuvi daromadni kapitallashtirish usulini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
41. Daromadni kapitallashtirish usuli kelgusidagi pul oqimlarini baholash obyektining joriy qiymatiga qayta hisoblashni nazarda tutadi. Ushbu usul baholash obyektidan foydalanganda daromadning hosil boʻlishi surʼatlarini barqaror deb faraz qilish mumkin boʻlganda qoʻllaniladi.
42. Foydani toʻgʻridan-toʻgʻri kapitallashtirish usuli quyidagi formulaga muvofiq qoʻllaniladi:
bunda:
S — baholash obyektining qiymati;
V — sof operatsion daromad;
Rk — kapitallashtirish stavkasiga mos keladigan koeffitsiyent.
43. Pul oqimi transport vositasidan tijorat maqsadlarida foydalanganda (ishlarni bajarish, yoʻlovchilar yoki yuklarni tashish va h.k.) baholash sanasidan keyingi yil uchun shakllanadigan sof operatsion daromad (operatsion xarajatlar chegirilgan holda yalpi daromad) sifatida qabul qilinadi.
44. Transport vositasini baholashga daromad yondashuvini qoʻllash kapitallashtirish stavkasidan foydalanishni nazarda tutadi.
45. Mavjud axborotdan kelib chiqib kapitallashtirish stavkasi bozor ekstraksiyasi usuli yoki kumulyativ tuzish usuli bilan hisoblanishi mumkin.
46. Bozor ekstraksiyasi usuliga muvofiq kapitallashtirish stavkasi sof operatsion daromad va aynan bir xil obyektlarni sotish narxi toʻgʻrisidagi bozor maʼlumotlarining tahlili asosida aniqlanadi:
bunda:
CHOD — har bir sotilgan obyekt boʻyicha sof operatsion daromad;
S — sotish narxi.
47. Kumulyativ tuzish usuli bilan kapitallashtirish stavkasi tavakkalsiz daromad keltirish normasi hamda baholash obyektiga egalik qilish (undan foydalanish) tavakkalchiligi uchun baholash obyektiga xos boʻlgan daromad keltirish normasining summasi sifatida aniqlanadi:
bunda:
Ro — tavakkalsiz foiz stavkasi (foizda);
Rs — tarmoq tavakkalchiligi (foizda);
Rl — past likvidlilikka mukofot (foizda);
Rin — baholash obyektiga investitsiyalash tavakkalchiligi (foizda);
nk —kapitalga qaytish normasi (foizda).
Kapitalning qaytish normasi transport vositasidan foydalanish muddati boʻyicha hisoblanadigan amortizatsiya koeffitsiyentidan foydalanib aniqlanadi.
48. Baholash obyekti tavsiflari va undan foydalanish sohasining oʻziga xosligidan kelib chiqib tavakkalchilik uchun daromad keltirish normalari muayyan obyektga xos boʻlgan tavakkalchiliklarning boshqa turlari bilan toʻldirilishi mumkin.
3-§. Xarajat yondashuvi
49. Baholash obyektini baholashda xarajat yondashuvi jamlangan eskirishni chegirgan holda baholash obyektining qismlari va (yoki) qoʻshimcha uskuna qiymatini hisobga olib baholash obyektining toʻliq tiklanish qiymatini yoxud almashtirish qiymatini aniqlashga asoslanadi.
50. Baholash obyektining qiymatini xarajat yondashuvi bilan baholash hisob-kitoblarning quyidagi bosqichlarini oʻz ichiga oladi:
toʻliq tiklanish qiymatini yoki almashtirish qiymatini aniqlash;
baholash obyektiga oʻrnatilgan baholash obyektining standart butlanishiga kirmaydigan qoʻshimcha uskunaning qiymatini aniqlash (zarur hollarda);
qoʻshimcha uskuna qiymatini hisobga olgan holda toʻliq tiklanish yoki almashtirish qiymati va jamlangan eskirishning qiymat koʻrsatkichi oʻrtasidagi farq sifatida baholash obyektining qiymatini aniqlash.
51. Toʻliq tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymatini aniqlash quyidagi usullardan birini qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
bilvosita usul;
almashtirish usuli;
qiymatni indeksatsiyalash usuli.
52. Bilvosita usul yangi analog-obyektning qiymatini toʻxtatib turish koeffitsiyentini qoʻllash orqali hisoblangan qiyoslash birligiga tuzatish kiritilgan asosiy elementga koʻpaytirish yoʻli bilan almashtirish qiymatini aniqlashga asoslanadi.
Bunda, qiyoslash elementlari quvvat koʻrsatkichlari (dvigatel hajmi, tezlik, transmissiya va h.k.), vazn, hajm va h.k. boʻlishi mumkin.
bunda:
Sz — baholanayotgan yangi transport vositasini almashtirish qiymati;
San — baholanayotgan baholash obyektining analogi boʻlmish yangi transport vositasining qiymati;
X, Xan — baholash obyekti va analogning tegishlicha funksional va konstruktiv-texnik tavsiflari koʻrsatkichi;
Y — transport vositasining turiga bogʻliq boʻlgan daraja koʻrsatkichi.
Transport vositasining turiga qarab analog-obyekt uchun sozlashni hisoblash uchun zarur boʻlgan formula parametrlari baholovchi tomonidan ushbu Metodikaning 2-ilovasidan foydalanishi mumkin.
Baholovchi boshqa mavjud va tasdiqlangan axborot manbalaridan olingan maʼlumotlardan ham foydalanishi mumkin. Biroq, ushbu maʼlumot manbalari baholash hisobotida koʻrsatilishi kerak.
Quyidagi hollarda bilvosita usuldan foydalanish tavsiya etiladi:
transport vositasi baholash sanasida ishlab chiqarilmoqda, ammo uning birlamchi bozordagi qiymati toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmasa;
transport vositasi baholash sanasida ishlab chiqarilmayotgan boʻlsa.
53. Almashtirish usuli transport vositasining qiymatini aynan bir xil obyektlarni sotish (yoki savdolashish uchun chegirmani hisobga olgan holda taklif) yoki aynan bir xil obyekt ishlab chiqarishdan chiqarib tashlangan boʻlsa, unga yaqin analoglarni narxiga qarab baholashga asoslanadi.
Baholash obyektining almashtirish usuli bilan toʻliq tiklash qiymati yangi aynan bir xil obyekt yoki analog-obyektning narxiga qarab aniqlanadi. Tavsiflarga doir tafovutlar boʻlgan taqdirda, analogning narxiga tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Baholash obyektining toʻliq tiklash qiymati ishlab chiqaruvchi zavodning sotish narxiga (yoki rasmiy dilerlarning sotish narxiga) tenglashtiriladi.
Analog-obyekt Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida boʻlgan hollarda mazkur analogning narxiga joylashgan joyiga qarab tuzatish kiritish zarur.
Analog-obyektning turgan joyiga qarab tuzatishni hisoblash ketma-ketligi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
analogning shartnomaviy narxi aniqlanadi hamda u analogning sotish (taklif) va yetkazib berish (transport xarajatlari) narxi qoʻshilmasiga teng boʻladi;
import qilishda bojxona bojlari, soliqlar va majburiy toʻlovlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisoblanadi.
Transport xarajatlari haqiqiy tashish xarajatlari boʻyicha qabul qilinadi. Tashish xarajatlarining haqiqiy miqdorini aniqlash yoki hisob-kitob qilishning imkoni boʻlmaganda transport xarajatlari analog-obyektni sotish (taklif) qiymatidan 5foiz miqdorida qabul qilinadi.
Almashtirish usuli voqea sodir boʻlgan transport vositalarining qiymatini baholash uchun samarali hisoblanadi, agar baholanayotgan obyektning yangi aniq nusxasini amalda qayta tiklash mumkin boʻlmasa. Shuningdek, almashtirish usuli transport vositasini rekonstruksiya qilish va (yoki) almashtirish xarajatlarini hisobga olgan holda uning adolatli qiymatini aniqlash uchun ham qoʻllanilishi mumkin.
54. Qiymatni indeksatsiyalash usuli statistika organlari tomonidan belgilanadigan narxlarning qimmatlashuvi indekslarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi. Bunda, indekslar narxlar indekslari hisoblangan davrga qarab asosiy vositalarni soʻnggi qayta baholash sanasidan boshlab baholash obyektining bazaviy (boshlangʻich, tiklanish) qiymatiga nisbatan qoʻllanadi.
Bazaviy qiymat sifatida buxgalteriya hisobi maʼlumotlari yoki tayyorlovchilarning (yoki dilerlar, yetkazib beruvchilarning) retrospektiv sanadagi narxga oid axborotidan foydalanish mumkin. Bunda, agar mavjud boʻlsa, aynan bir xil butlangan aniq analog narxlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish zarur.
55. Agar baholanayotgan transport vositalari guruhlari boʻyicha statistik maʼlumotlar mavjud boʻlsa, indeksatsiyalash usuli qoʻllaniladi.
56. Baholash obyektining baholash sanasidagi jamlangan eskirishi uning jismoniy holatidan (jismoniy eskirish), baholash obyekti bozorning zamonaviy talablariga muvofiqligidan (funksional eskirish), shuningdek tashqi omillarning taʼsiri ostida qiymatining pasayishidan (iqtisodiy/tashqi eskirish) kelib chiqib baholash obyektini koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha aniqlanadi. Jamlangan eskirish 100 foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Jamlangan eskirish tiklash qiymatidan (koeffitsiyent koʻrsatkichi) yoki pul ifodasida almashtirish qiymatidan (mutlaq miqdor) foizlarda yoki ulushlarda aniqlanishi mumkin.
57. Transport vositasi va uning butlovchi qismlarining jamlangan eskirishi quyidagi formulaga muvofiq aniqlanadi:
bunda:
Ifiz — tabiiy jismoniy eskirish (foizda):
If — funksional (maʼnaviy) eskirish (foizda);
Iek — iqtisodiy eskirish (foizda).
58. Baholash obyektining jismoniy eskirishi quyidagi usullar bilan aniqlanadi:
statistik mezonlar usuli;
normativ eskirish usuli;
foydalanish boshlangandan boshlab xronologik yosh va bosib oʻtgan masofasi/ishlagan vaqtini inobatga olishga oid jismoniy eskirish usuli;
transport vositasi, shuningdek uning tarkibiy qismlari uchun tabiiy jismoniy eskirish usuli;
texnik holatini tavsiflovchi usul.
59. Bozorda keng taqdim etilgan obyektlar uchun baholash obyektining eskirish darajasini uning qiymatining oʻzgarishiga qarab hisoblash imkonini beruvchi quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
bunda:
Snov — yangi transport vositasining baholash vaqtidagi bozor qiymati (soʻmda);
Sos — baholash vaqtida baholanayotgan obyektning bozor qiymati (soʻmda).
Ushbu formula boʻyicha eskirish miqdorini belgilashda eskirish miqdori 100 foizdan oshmasligi kerak, yaʼni I < 100 foiz boʻladi.
Agar bozorda taqdim etilgan analoglar soni yetarli boʻlmasa (masalan, noyob va eksklyuziv avtomobillar uchun), jamlangan eskirish miqdori quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
60. Normativ eskirish usuli baholash obyekti xizmat muddatining normativ muddatga nisbati sifatida jismoniy eskirish hisoblanishini anglatadi. Mazkur usulni normativ-texnik hujjatlarda bosib oʻtadigan masofasi normativi yoki xizmat qilish muddati belgilangan baholash obyektlari uchun qoʻllash maqsadga muvofiqdir. Bunda, jismoniy eskirish quyidagi formula bilan hisoblanadi:
bunda:
Lf — baholash sanasida baholash obyektining undan foydalanish boshlangan paytdan boshlab haqiqiy bosib oʻtgan masofasi (ming km);
Ln —baholash obyektining hisobdan chiqarish (kapital taʼmirlash)gacha normativ bosib oʻtadigan masofasi (ming km);
Tf — baholash obyektining baholash sanasidagi haqiqiy yoshi, yil (motosoat);
Tn — baholash obyektining hisobdan chiqarish (kapital taʼmirlash)gacha normativ xizmat yili, yil (motosoat).
61. Jismoniy eskirish usuli baholash obyektining asosiy funksional vazifasi boʻyicha ishlagan xronologik yoshi va ishlagan vaqtiga bogʻliq holda jismoniy eskirishini hisoblashdan iborat.
a) foydalanish boshlangandan boshlab xronologik yosh va bosib oʻtgan masofasini hisobga olgan holda jismoniy eskirishini hisoblash quyidagi formula orqali amalga oshiriladi:
bunda:
e — natural logarifmlar asosi 2,72ga teng;
Ώ — baholash obyektining yoshi va undan foydalanish boshlangandan keyingi haqiqiy bosib oʻtgan masofasiga bogʻliq funksiya hisoblanadi.
Bunda, funksiya quyidagi koʻrinishga ega boʻladi:
bunda:
Pf — baholash obyektidan foydalanish boshlangandan keyingi haqiqiy bosib oʻtgan masofasi (ming km);
Df — haqiqiy xizmat muddati (yil);
a, v — baholash obyektining turiga qarab koʻrsatkichi belgilanadigan qatʼiy belgilangan konstantalar.
Turli baholash obyektlari uchun “a” va “v” qatʼiy belgilangan konstantalarning turlari va koʻrsatkichlari mazkur Metodikaning 3 va 4-ilovalariga muvofiq aniqlanadi.
b) yoʻl-qurilish texnikalari hamda maxsus va ixtisoslashtirilgan mashinalarining oʻrtacha yillik ishlagan vaqti ushbu Metodikaning 5-ilovasidagi jadvalga muvofiq aniqlanadi.
Yoʻl-qurilish texnikalari hamda maxsus va ixtisoslashtirilgan mashinasining jismoniy eskirish miqdori (foizda) ushbu Metodikaning 6-ilovasiga muvofiq hisoblanadi.
62. Transport vositasi va uning butlovchi qismlari (Ifiz) uchun tabiiy jismoniy eskirish miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda:
Ifiz —tabiiy jismoniy eskirish, foizda;
Ib — xizmat qilish muddati bilan belgilanadigan obyektning eskirishining bazaviy koʻrsatkichi, foizda;
Ik — baholanayotgan transport vositasi haqiqiy bosib oʻtgan masofasini oʻrtacha yillik bosib oʻtgan masofasidan ogʻish miqdori bilan aniqlanadigan bosib oʻtgan masofasi boʻyicha tuzatish kiritilgan eskirish koʻrsatkichi, foizda;
K — transport vositasidan foydalanadigan mintaqa turiga bogʻliq transport vositasining eskirishiga tuzatish kirituvchi koeffitsiyent quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda:
A — mintaqa turini hisobga olgan holda transport vositasining eskirishiga tuzatish kirituvchi koeffitsiyent hisoblanadi hamda uning miqdori ushbu Metodikaning 7-ilovasidagi jadvalga aniqlanadi.
Oʻz navbatida:
bunda:
I1 — transport vositasi haqiqiy bosib oʻtgan masofasini oʻrtacha yillik bosib oʻtgan masofasidan ogʻish miqdoriga bogʻliq eskirishga tuzatish kirituvchi koeffitsiyent (0,25 foizga teng, agar Pf > PsrgDf yoki 0,1 foiz, agar Pf ≤ PsrgDf), foizda;
Pf —transport vositasining foydalanish boshlangandan boshlab haqiqiy bosib oʻtgan masofasi, ming km.;
Df — haqiqiy xizmat muddati, yilda;
Psrg —oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofa, ming km.
bunda:
I2 — transport vositasini bir yil foydalanishdagi eskirishi va uning miqdori ushbu Metodikaning 8-ilovasiga muvofiq hisoblanadi.
Tirkamalar va yarim tirkamalarning jismoniy eskirishi aniqlanganda, quyidagi formuladan foydalaniladi:
Turli turdagi transport vositalari uchun oʻrtacha yillik bosib oʻtgan masofa miqdori (Psrg) ushbu Metodikaning 9-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
63. Texnik holatini tavsiflovchi usuldan foydalangan holda jismoniy eskirishni aniqlashda ushbu Metodikaning 10-ilovasida keltirilgan transport vositalarining jismoniy texnik holatini baholash shkalasi qoʻllaniladi.
Texnik holatini tavsiflovchi usul deganda dastlabki maʼlumotlarning noaniqligi sharoitida qoʻllaniladigan usul tushuniladi. Bu holat kerakli maʼlumotlarning miqdori yetarli boʻlmaganda paydo boʻlishi mumkin. Shu sababli, boshqa usullardan foydalanish qiyin yoki imkonsizdir. Mazkur usul oʻz mohiyatiga koʻra koʻp yillik amaliyotga asoslangan va ushbu sohadagi professional hamjamiyat rozi boʻlgan ekspert-mutaxassislarning fikrlari (mulohazalari) toʻplamini oʻz ichiga oladi. Ushbu fikrlar toʻplami miqdoriy shaklda ifodalanishi mumkin. Foydalanish qulayligi uchun ushbu fikrlar toʻplami jadval shaklida taqdim etilishi mumkin.
64. Baholash obyektining jismoniy eskirishini aniqlashda hisoblash-analitik usullar hisoblash uchun zarur boʻlgan dastlabki maʼlumotlar mavjud boʻlganda qoʻllaniladi.
65. Funksional (maʼnaviy) eskirish baholash obyektining ishlab chiqarishdan olib tashlanishi, xuddi shunday transport vositalarini ishlab chiqarish sohasida yangi texnologiyalarning rivojlanishi munosabati bilan baholash obyekti u yoki bu xossalarining isteʼmol jozibadorligi pasayishi bilan belgilanadi.
Maʼnaviy eskirish — xuddi shunday transport vositalarining xossalari va tavsiflarining yaxshilanishi (texnik parametrlari yoki konstruktiv yechimlarining oʻzgarishi, yangi imkoniyatlarning vujudga kelishi, yoqilgʻi sarfini tejashi va h.k.) yoki ular turkum ishlab chiqarilishining arzonlashuvi sababli yuzaga kelgan eskirish hisoblanadi.
Transport vositasining maʼnaviy eskirishini hisoblash quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
bunda:
Mr — transport vositasining maʼnaviy eskirishini aniqlashda hisobga olinadigan r-chi omil (foizda).
Baholash sanasida ishlab chiqarishdan toʻxtatilgan transport vositasini hisobga oluvchi birinchi omil miqdorini hisoblash quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
bunda:
Tsn — transport vositasini ishlab chiqarish toʻxtatilgan sanadan baholash sanasigacha boʻlgan muddat (yil).
Transport vositasiga tegishli ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish toʻxtatilishini inobatga oluvchi maʼnaviy eskirish omili miqdori M2 = 20 foizga teng boʻladi.
Transport vositasining yoʻl-transport hodisasiga yoʻliqishini inobatga oluvchi (baholash sanasiga qadar) maʼnaviy eskirish omili miqdori M3 = 5 foizga teng boʻladi.
Transport vositasi foydalanuvchilari sonini inobatga oluvchi (roʻyxatga olish hujjatlari maʼlumotlariga asosan 3 tadan oshiq foydalanuvchi) maʼnaviy eskirish omili miqdori M4 =5 foizga teng boʻladi.
66. Baholash sanasida transport vositasiga talabning pasayishi yoki yoʻqligi sababli iqtisodiy eskirish (Iek) baholovchi tomonidan oʻziga xos bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilanadi va Iek qiymati ≤ 20 foiz boʻlishi mumkin.
67. Xarajat yondashuvini qoʻllashda baholash obyektining qiymati jamlangan eskirishni chegirgan holda baholash obyektining tiklanish qiymati (yoki almashtirish qiymati) sifatida aniqlanadi. Baholash obyekti qiymatini hisoblash quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:
bunda:
Sv(z) — baholash obyektining tiklanish qiymati yoki almashtirish qiymati;
Inak — baholash obyektining jamgʻarilgan eskirishi (foizda).
68. Hisoblangan jismoniy eskirish transport vositasining texnik holatiga mos kelmagan hollarda baholovchi 50 foizdan ortiq hisoblangan jismoniy eskirishni oshirish yoki kamaytirish (majburiy tartibda asoslash bilan) va uning miqdorini transport vositasining texnik holatidan kelib chiqib belgilash huquqiga ega. Bunda, tuzatilgan jismoniy eskirish 35 foizdan kam boʻlmasligi lozim. Tuzatish ushbu Metodikaning 10-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar transport vositasida hisobot hujjatlari mavjud boʻlsa, ularning bosib oʻtgan masofasi/ishlagan vaqtiga oid maʼlumotlar inobatga olinishi kerak.
69. Transport vositasining ishlab chiqarilgan sanasi nomaʼlum boʻlsa, foydalanish boshlangan sana qabul qilinishi mumkin.
Agar transport vositasining faqat ishlab chiqarilgan yili nomaʼlum boʻlsa, transport vositasi ishlab chiqarilgan model yilining birinchi yanvari (agar model yili maʼlum boʻlsa) yoki ishlab chiqarilgan yilning birinchi yanvari (agar model yili nomaʼlum boʻlsa) shartli ravishda foydalanish muddatining boshlanishi sifatida qabul qilinadi. Transport vositasi chiqarilgan oy (foydalanish boshlanishi) maʼlum boʻlgan hollarda, shu oyning birinchi kuni chiqarilgan sana (foydalanish boshlanishi) sifatida qabul qilinadi.
Agar ishlab chiqarilgan yili ham nomaʼlum boʻlsa, foydalanish muddatini taxminan bilvosita koʻrsatkichlar, jumladan transport vositasining markirovkalangan agregatlari, uzellari, detallari, ushbu modelni ishlab chiqarish muddati (foydalanishning boshlanishi) boʻyicha koʻrib chiqish mumkin. Bunda, ekspluatatsion eskirish baholovchi tomonidan taxminan aniqlanishi mumkin.
70. Voqea sodir boʻlgunga qadar foydalanishda boʻlgan yoki foydalanilayotgan va davlat texnik koʻrigidan oʻtgan transport vositasi uchun maksimal jismoniy eskirish 90 foizdan oshmasligi kerak deb hisoblanadi. Agar hisoblangan ekspluatatsion eskirish 90 foizdan oshsa, baholovchi unga tuzatish kiritishga haqli. Tuzatish mazkur Metodikaning 10-ilovasida keltirilgan jadvalga muvofiq amalga oshiriladi.
Yangi avtomobillar uchun eskirishi 10 foizdan oshmagan boʻlsa, ehtiyot qismlarning eskirishi qoʻllanilmaydi.
4-§. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
71. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash 6-son “Baholash yondashuvlari va usullari” MBS va uning Metodikasiga asosan amalga oshiriladi.
4-bob. Shikastlangan transport vositalarining qiymatini baholashning xususiyatlari
1-§. Axborotni toʻplash va tahlil qilishning xususiyatlari
72. Mazkur bob shikastlangan transport vositasining qiymatini (xususiyatlarni inobatga olgan holda), shikastlangan transport vositasini taʼmirlash (tiklash) qiymatini va shikastlanishidan kelib chiqadigan zararni baholashga oid tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Transport vositalarini tiklash boʻyicha taʼmirlash xarajatlarini hisoblashdan maqsad transport vositasining avariyadan oldingi xususiyatlarini tiklash uchun yetarli boʻlgan xarajatlarning eng koʻp miqdorini aniqlashdir.
73. Shikastlangan transport vositasining qiymatini baholash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
shikastlangan transport vositasini koʻrikdan oʻtkazish;
transport vositasini taʼmirlashning tiklash qiymatini hisoblash (taʼmirlash ishlari qiymatini hisoblash, materiallar qiymatini hisoblash, ularning eskirishini hisobga olgan holda ehtiyot qismlar qiymatini aniqlash).
Transport vositasiga yetkazilgan moddiy zararga yoʻl-transport hodisasi oqibatida shikastlangan transport vositasining tovar qiymatining yoʻqolishi ham kiradi.
Olinmagan daromadlarni (yoʻqotilgan foydani) aniqlash ushbu standart doirasida baholovchining vakolatiga kirmaydi.
Taʼmirlash-tiklash ishlari hajmini aniqlash baholovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Hajmi, turlari va taʼmirlash usullari baholovchi tomonidan transport vositasining shikastlanish xususiyati va darajasiga (korroziyaviy buzilishga) va alohida detallar holatiga qarab belgilanadi. Bunda, transport vositasi ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan texnologiyaga muvofiq, detallarni demontaj qilish/montaj qilish, sozlash, tuzatish, boʻyash, korroziyaga qarshi va shovqinga qarshi ishlov berish va h.k. ishlarni bajarish zaruriyatini hisobga olish lozim. Agar transport vositasini ishlab chiqaruvchi korxonaning taʼmirlash texnologiyasi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlmasa, mavjud analoglar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy maʼlumotlari olinadi.
Transport vositasining texnik holatini aniqlash va ehtimoliy yashirin shikastlangan agregatlar va uzellarning tiklash ishlari hajmini aniqlashda tekshirish ishlari (zarurat tugʻilganda, qismlarga ajratish va nuqsonlarni aniqlash) hisobga olinishi zarur. Bunda, almashtirilishi rejalashtirilgan detallarning narxi, bevosita ochilgan uzel yoki agregatni koʻrikdan oʻtkazish jarayonida ushbu taxmin tasdiqlanmaguncha hisobga olinmaydi.
Baholovchi agregat, uzel yoki qismni texnik jihatdan tiklash imkoniyati yoʻq boʻlganda yoki uning tiklanishi iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmagan hollarda uni almashtirish haqida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining normativ hujjatlari, sohaviy normativlar va transport vositasini ishlab chiqaruvchi korxonalarning texnik holati va ekspluatatsiya xavfsizligi normalarini belgilab beradigan normativlariga amal qilinishi lozim.
Agregat va uzellarni almashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishdan avval, odatda, ularni qismlarga ajratish yoki holatini diagnostika qilish amalga oshirilishi lozim.
Yengil avtomobil kuzovi yoki ramasini, mikroavtobus kuzovi yoki ramasini, yuk mashinasi kabinasi yoki ramasini almashtirish quyidagi hollarda belgilanishi mumkin:
a) kuzovning murakkab yoki juda murakkab egilishi kuzatilganda, quyidagi qismlarni almashtirish zarur boʻlganda:
old qismi old lonjeronlar bilan yoki deformatsiyalarni bartaraf etish (2-kategoriyadan past boʻlmagan murakkablikdagi taʼmir) bilan birgalikda, old panel, yon panel tiraqlari (bir yoq tiragʻi), shamol oynasi ramasi, salonning old qavati va chap yoki oʻng qismidagi tom paneli;
kuzovning orqa qismi orqa lonjeronlar bilan yoki deformatsiyalarni bartaraf etish (2-kategoriyadan past boʻlmagan murakkablikdagi taʼmir) bilan birgalikda, orqa panel, orqa oyna ramasi, yon panellarining orqa qismlari (bir yon paneli), salonning orqa qavati va chap yoki oʻng qismidagi panel;
b) kuzov elementlarining 50 foizidan koʻprogʻiga yetkazilgan shikastlar, shu jumladan, tom paneli, lonjeronlar bilan salon qavati, yon panel, dvigatel qalqoni, old yoki orqa lonjeronlar;
d) kuzovning oʻrtacha yoki murakkab egilishi va uning tayanch elementlarida teshib oʻtgan korroziya mavjud boʻlib, bu almashtiriladigan yoki taʼmirlanadigan qismlarni sifatli biriktirish imkonini bermasa;
e) kuzov yoki ramaning alohida elementlarini taʼmirlash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq boʻlmasa;
f) kuzov yoki rama taʼmirga qabul qilish talablariga mos kelmasa.
Baholovchi tomonidan plastik elementlarni almashtirish yoki tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilishda boshqa narsalar bilan birgalikda ishlab chiqaruvchining taʼmir texnologiyasi, zamonaviy materiallardan foydalangan holda tiklashning mavjud texnologiyalaridan foydalanishini, bunda hududdagi taʼmir bazasining imkoniyatlari va qayta tiklashning foydasini ham inobatga olish kerak.
Boʻyoq ishlari hajmini belgilashda elementning bitta boʻyoq turini (turiga, hajmiga, taʼmirlash taʼsiri zonasiga bogʻliq ravishda) toʻliq, tashqi yoki qisman (agar bunday boʻyoqni ishlatish mumkin va maqsadga muvofiq boʻlsa) tanlash imkoniyatidan kelib chiqish lozim. Bunda lak-boʻyoq qoplamasining (LBQ) oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish zarur.
Agar transport vositasining tashqi boʻyaladigan yuzasining 50 foizidan ortigʻi boʻyashga muhtoj boʻlsa (kuzov elementlari soniga qarab), transport vositasi boʻyicha mutaxassis tomonidan transport vositasining tashqi qismini va qoʻshimcha ravishda boʻyashni talab qiladigan boshqa yuzalarni (almashtirilayotgan yoki taʼmirlanayotgan detallarning ichki yuzalarini) boʻyash belgilanishi mumkin.
Toʻliq boʻyash ishlari tashqi yuzalardan tashqari avtomobil salonining ichki qismini, bagajni va motor boʻlimini, eshikning ichki yuzalarini, kapot va bagajnik qopqogʻini (bagajnik eshigini), eshikning chekkalari va ochilishlarini ham boʻyashni oʻz ichiga oladi. Buning uchun salonni toʻliq demontaj qilish, bagajnik astarlarini olib tashlash va motor boʻlimini qisman demontaj qilish kerak.
Agar transport vositasini koʻrib chiqish natijasida quyidagi holatlar aniqlansa, transport vositasining kuzovi va elementlarini boʻyash ishlari belgilanmaydi:
butun elementning zararlanishidan oldin LBQ yoʻq boʻlsa;
elementning shikastlanish zonasida uning shikastanishidan oldin LBQ yoʻq boʻlsa;
elementda toʻgʻridan-toʻgʻri korroziya izlari mavjud boʻlsa.
Mayda LBQning shikastlanishlarini (chuqur emas chiziqlar, soʻrilishlar, yuvilmaydigan dogʻlar va h.k.) bartaraf etish uchun polirovka va siyqalash ishlari tayinlanishi mumkin.
74. Transport vositasini koʻrikdan oʻtkazish baholash buyurtmachisi (yoki uning ishonchli vakili) ishtirokida amalga oshiriladi.
Baholovchi tomonidan transport vositasi vizual tarzda, zarurat boʻlganda, texnik vositalardan foydalangan holda koʻrikdan oʻtkaziladi.
Baholovchi tomonidan zarurat boʻlganda transport vositalari boʻyicha mutaxassis jalb qilingan holda koʻrib chiqilayotgan hodisa natijasida yetkazilgan nuqsonlar va shikastlanishlarni aniqlash amalga oshiriladi.
Tashqi koʻzdan kechirishdan keyin baholovchi, agar imkoniyat boʻlsa, transport vositasi boʻyicha mutaxassisni jalb qilgan holda, dvigatel va boshqa agregatlar hamda transport vositalari tizimlarini, shuningdek oʻrnatilgan ixtisoslashtirilgan (maxsus) uskunalarni (avtosamosval kuzovining koʻtarish mexanizmlari, avtobus eshiklarni ochish va yopish uskunalari va shunga oʻxshash) diagnostikasini amalga oshiradi.
Baholash vazifalarini hal qilish uchun transport vositasining detallari, tizimlari va mexanizmlarini koʻzdan kechirish zarur boʻlsa, koʻzdan kechirish quyidagi uch bosqichda oʻtkazilishi mumkin:
dvigatel oʻchirilgan holatda;
dvigatel ishlayotgan holatda;
transport vositasi harakatlanayotgan hollarda.
LBQ koʻzdan kechirish transport vositasi boʻyicha mutaxassisni jalb qilgan holda amalga oshiriladi. LBQni koʻzdan kechirishda transport vositasining zavodda boʻyalgan texnologiyasi va taʼmirdan keyin boʻyashdagi xatolarni hisobga olish lozim.
LBQ turli burchaklarda tekshiriladi:
toʻgʻri burchakda (90°);
oddiy aks burchagida (45°);
uchqur burchakda (flop) (15°).
Vizual tekshiruvni LBQ holati indikatorlari yoki LBQ qalinligini oʻlchovchilar yordamida mustahkamlash mumkin.
Koʻzdan kechirish davomida ekspluatatsiya jarayonida yoki sodir boʻlgan yoʻl-transport hodisasi natijasida tarkibiy qismlarning joylashuv holatining oʻzgarishini tekshirishda yonma-yon joylashgan kuzov qismlari orasidagi boʻshliqlarni koʻzdan kechirish lozim. Boʻshliqlar kuzovning har ikki tomonidagi simmetrik tarkibiy qismlar oʻrtasida bir xil va teng (transport vositasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan chetlanish doirasida) boʻlishi kerak.
Agar baholovchi (transport vositasi boʻyicha mutaxassis) tomonidan kuzovning egilishi yoki ramaning deformatsiyasiga oid belgilarni aniqlagan, lekin bu belgilar qatʼiy qaror qabul qilish uchun yetarli boʻlmasa yoki bunday belgilar mavjud boʻlmasa, ammo hodisa xususiyati kuzovning egilishi yoki ramaning buklangan boʻlishi ehtimoli yuqori ekanini koʻrsatsa, buyurtmachiga kuzov (rama)ni stapelda tekshirish zarurligi haqida xabar berish yoki qoʻl oʻlchovchi tizimlar yordamida tekshiruv oʻtkazish zarur.
75. Transport vositalarini suratga olish transport vositasining shikastlanishini aniqlash va qayd etishning toʻliqligini taʼminlashi kerak. Fotosuratlarda olingan materialni tizimlashtirish va uning mazmunini mantiqiy ketma-ketlikda ochib berish uchun suratga olish umumiydan xususiygacha olib boriladi.
Ushbu maqsadlar uchun ketma-ket yaqinlashish usuli yordamida uch turda transport vositalarini suratga olish amalga oshiriladi:
umumiy koʻrinish;
uzelli;
batafsil.
76. Umumiy koʻrinishda suratga olish (oʻrta va umumiy koʻrinish) shikastlangan transport vositasining oʻzini, uning atrofini qamrab olmasdan yoki qamrab olgan holda suratga olishdir.
Shikastlanish joyiga qarab kadrda butun old yoki orqa qismi va shikastlangan butun yon yuzasi koʻrinadigan boʻlsa, transport vositasi kuzovining old, orqa yoki yon qismlarini burchakli suratga olish mumkin.
Transport vositalarini sharhli suratga olishda suratga olish obyekti butun kadrni yoki uning asosiy (85 foizdan ortiq) qismini egallab, kadr chegaralari boʻylab minimal boʻsh joy qoldirishi kerak.
Sharhli suratga olish toʻrtta nuqtadan amalga oshiriladi. Bunday suratga olishdan maqsad butun transport vositasini suratga olishdir.
77. Uzelli suratga olish (yaqindan koʻrish) — transport vositasining alohida, eng muhim shikastlangan qismlarini suratga olishdan iborat.
Uzelli fotosuratda obyektlar yaqindan tasvirlangan boʻlib, shikastlanishning shakli va tasnifini, shikastlangan transport vositasidagi belgilarning nisbiy joylashuvini aniqlash mumkin boʻlishi lozim.
78. Batafsil suratga olish — alohida qismlarni, kuzovning shikastlanishini va transport vositasi toʻqnashuvi izlarini qayd etish uchun amalga oshiriladi. Batafsil fotosuratlar maksimal maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi lozim boʻlib, ulardan transport vositasiga yetkazilgan zararning darajasi va tasnifini, fotosuratda olingan shikastlanishlarning fazoviy xususiyatlarini aniqlash mumkin boʻladi.
79. Koʻzdan kechirish natijasida baholovchi (yoki baholovchining yordamchisi) shikastlangan transport vositasining texnik holatini tekshirish dalolatnomasiga baholash obyekti toʻgʻrisida baholash uchun zarur boʻlgan barcha maʼlumotlarni, uning shikastlanishini, nuqsonlarini aniqlaydi va quyidagilarni dalolatnomaga kiritadi:
transport vositasi va uning butlovchi qismlari raqamlarining taqdim etilgan hujjatlardagi yozuvlarga (roʻyxatga olish raqami, VIN identifikatsiya raqami, kuzov raqami, rama raqami, dvigatel raqami va boshqalar) muvofiqligi;
transport vositasining butligi, qoʻshimcha uskunalarning mavjudligi;
komponentlar, agregatlar va qimmatbaho butlovchi qismlar almashtirilganligi;
transport vositasida foydalanishdagi shikastlanish va nuqsonlarning mavjudligi;
mavjud avariya va nuqsonlarning turi, xususiyati, murakkablik darajasi, hajmi va joylashuvi;
transport vositasining kuzovi ilgari taʼmirdan oʻtganligi, uning hajmi, tasnifi va sifati;
aniqlangan shikastlanish va nuqsonlarni bartaraf etish imkoniyati va usullari;
har bir alohida agregat, uzel va detal uchun tiklash ishlarini amalga oshirish imkoniyati, usullari va ularni amalga oshirish hajmi (mehnat sigʻimi);
transport vositasini qayta tiklash uchun zarur boʻlgan ehtiyot qismlari nomenklaturasi.
Shikastlangan transport vositasining texnik holatini tekshirish akti mazkur Metodikaning 11-ilovasiga muvofiq tuziladi.
Qayta tiklash ishlarining nomenklaturasi, ularni amalga oshirish usullari va hajmlari, zarur ehtiyot qismlari va materiallarni aniqlashda baholovchi transport vositasini ishlab chiqaruvchining texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha standartlari va tavsiyalariga asoslanishi kerak.
Transport vositasi egilishlarining tasnifi va murakkablik darajasi mazkur Metodikaning 12-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
80. Shikastlangan transport vositasining taʼmirlash qiymatini hisoblash baholash sanasiga quyidagi formula boʻyicha amalga oshiriladi:
bunda:
Cv — taʼmirlash tiklash qiymati;
Crr — taʼmirlash ishlari qiymati;
Cm — foydalangan asosiy materiallarning qiymati;
Cd — transport vositasiga oʻrnatilgan detallar va ehtiyot qismlarining qiymati;
Ki — detallar va ehtiyot qismlarning eskirish koeffitsiyenti.
81. Taʼmirlash ishlari hajmi, turi, usuli, texnologiyasi va mehnat sigʻimi detallar va uzellarning shikastlanish darajasi va xossalariga hamda holatiga (korroziyali yemirilish) bogʻliq holda aniqlanadi.
Bunda, ajratish/yigʻish, moslash, boʻyash, korroziya va shovqinga qarshi qayta ishlash va boshqa zarur ishlarni hisobga olish lozim. Mazkur ishlarni transport vositasini ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan belgilangan texnologiyaga muvofiq amalga oshirish lozim. Ishlab chiqaruvchi korxonaning talab etiladigan taʼmirlash texnologiyasi mavjud boʻlmagan hollarda mavjud analoglar va ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy vakolatxonasining maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Taʼmirlash ishlari qiymati Srr quyidagi formula asosida aniqlanadi:
bunda:
Ti p — i-chi ish turi boʻyicha mehnat hajmi (ish soati);
Si n-ch — i-chi ish turi boʻyicha ish soati qiymati (soʻm).
82. Transport vositalarini taʼmirlashning mehnat zichligini aniqlashda transport vositalarini ishlab chiqaruvchi yoki vakolatli tashkilotlar (muassasalar) tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari uchun mehnat zichligi meʼyorlaridan foydalanish kerak. Agar bunday normalar mavjud boʻlmasa, unda analog transport vositasi uchun mehnat zichligi normalarini qoʻllash kerak.
83. Ish soatining narxini aniqlashda quyidagi eng kamida preyskurantlar olinishi kerak:
firmani (dilerlik) xizmat koʻrsatish shoxobchalari uchun — ikkidan kam emas (agar mintaqada mavjud boʻlsa, mavjud boʻlmasa, mavjud stansiyalardan maʼlumotlar olinadi);
ixtisoslashtirilgan texnik xizmat koʻrsatish shoxobchalari uchun — yengil avtomashinalar uchun kamida uchta teng xizmat koʻrsatish shoxobchalari (agar hududda mavjud boʻlsa, mavjud boʻlmaganda mavjud stansiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinadi);
yuk mashinalari, avtobuslar, motonaqliyotlar, maxsus texnika va boshqalar uchun kamida ikkita (agar mintaqada mavjud boʻlsa, mavjud boʻlmasa, mavjud stansiyalardan maʼlumotlar olinadi).
Transport vositasi taʼmirlashda ish soatining qiymati baholovchi tomonidan hududiy xizmatlar bozori sharoiti va amaldagi oʻrtacha narxlarni (ishlar turi, transport vositasining turi, shuningdek, transport vositasining rusumi va modellari boʻyicha) inobatga olgan holda belgilanishi mumkin.
Agar vakolatli shaxs yoki organning qarori yoxud koʻrsatmasida taʼmir ishlarini bajarish yoki bajarilgan taʼmir ishlarini amalga oshiriladigan taʼmirlash tashkilotining narx parametrlari yoki manzillari koʻrsatilgan boʻlsa, unda tiklash taʼmirining qiymati koʻrsatilgan narxlar boʻyicha hisoblanishi mumkin va bu haqda baholash hisobotida koʻrsatilishi kerak.
Taʼmirlash xarajat parametrlarini tanlashda kelgusi taʼmirlashning murakkabligini inobatga olish zarur. Transport vositasini tiklash uchun barcha taʼmirlash ishlarini bajara oladigan, maxsus jihozlarga va yuqori malakali xodimlarga ega boʻlgan taʼmirlash tashkilotiga afzallik berish kerak.
84. Transport vositasini taʼmirlash boʻyicha tannarx parametrlarini (taʼmirlash ishlarining norma-soati narxini) tanlashda ishlash muddati besh yildan oshgan yoki ishchi eskirishi 35 foizdan yuqori boʻlgan transport vositasi uchun, agar ular mazkur hududdagi shu rusumdagi (modeldagi) transport vositalarini taʼmirlash boʻyicha oʻrtacha narxlar darajasidan yuqori boʻlsa, firmaning (brendli) xizmati narxlarini belgilamaslik tavsiya etiladi. Bunday transport vositasi uchun transport vositasining umumiy texnik holatiga (ekspluatatsion eskirish va tashqi koʻrinishi, muntazam texnik xizmat koʻrsatish, avvalgi shikastlarning izlari va ularni taʼmirlash sifati bilan tavsiflanadi) qarab mazkur hudud uchun oʻrtacha yoki minimal narxlarni belgilash tavsiya etiladi.
Ayrim hollarda, ekspluatatsiya muddati besh yildan ortiq boʻlgan yoki ekspluatatsion eskirishi 35 foizdan ortiq boʻlgan transport vositasini taʼmirlashda firmani (brend) xizmatining narxlarini qoʻllashga ruxsat beriladi. Agar avariya sodir boʻlishidan avval transport vositasi muntazam texnik xizmat koʻrsatishdan oʻtgan va firma (brend) stansiyasida taʼmirlangan boʻlsa, bu xizmat daftarchasidagi yozuvlar bilan tasdiqlanadi.
Boʻyoqning narx parametrlarini tanlashda boʻyoq qoplamasi uchun amal qiladigan kafolatga ega boʻlgan transport vositasi uchun firma (brend) xizmatining narxlarini belgilash tavsiya etiladi. Boʻyoq uchun minimal narxlar qoniqarsiz holatdagi LBQ boʻlgan transport vositasiga qoʻllanilishi kerak. Boshqa hollarda oʻrtacha qiymat parametrlarini qoʻllash tavsiya etiladi.
Bir necha rasmiy dilerlar mavjud boʻlgan hududlarda bir xil rusumli transport vositalariga teng xizmat koʻrsatiladigan boʻlsa, ulardan biridagi minimal taʼmirlash baholarini qabul qilish tavsiya etiladi.
Transport vositasini taʼmirlash qiymatini belgilashda sinab koʻrilgan va sertifikatlangan dasturiy vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Bozor maʼlumotlari boʻlmaganda, transport vositasini taʼmirlashda ish soatining qiymati baholash sanasiga amalda boʻlgan bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida qabul qilinadi.
85. Texnologiyaga muvofiq asosiy ekspluatatsiya materiallarining fizik yoki kimyoviy holatini oʻzgartiradigan, ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan texnologiyada qoʻllanishi koʻrsatilgan materiallar (shpatlyovka, boʻyoqlar, laklar, germetiklar, texnologik suyuqliklar) uchun xarajatlar hisob-kitobi amalga oshiriladi.
Materiallar turkumiga transport vositasining shikastlanishi natijasida yoʻqotilgan va taʼmirlash jarayonida zarur boʻlgan xladagentlar, tormoz va sovutish suyuqliklari kiradi. Bunda, agar shunday ekspluatatsiya materiallari yoʻqotilmagan boʻlsa, unda ularning xarajatlari faqat toʻldirish uchun meʼyorlari boʻyicha hisoblanadi.
Materiallar xarajatlari miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda:
Rm — transport vositasini tiklash taʼmiri uchun materiallar xarajatlari (soʻm);
n — taʼmirlashda zarur materiallar turlari soni;
Smi — i-chi turdagi materiallarning bir birligi (soʻm);
Kpi— i-chi turdagi materiallar zarur boʻlgan taʼmirlanayotgan birliklar soni (detallar, uzellar, agregatlar soni, kilogramm, metr, kvadrat metr va h.k.).
i-chi turdagi materialning bir birlikdagi qiymati mazkur materiallar bozoridan baholash sanasiga olingan narx maʼlumotlari asosida aniqlanadi.
i-chi turdagi materialning solishtirma sarf normasi mazkur materialning tovar bozoridagi ishlab chiqaruvchilarning axboroti boʻyicha oʻrtacha miqdor sifatida hisoblanadi.
i-chi turdagi materialdan foydalanilgan holda tiklash, taʼmirlash, qilinadigan taʼmirlash birliklari (masalan, detallar, uzellar, agregatlar soni, kilogramm, metr, kvadrat metr) soni transport vositasini koʻrikdan oʻtkazish natijalari boʻyicha aniqlanadi.
86. Ehtiyot qismlar (detallar, uzellar, agregatlar) qiymati baholash sanasidagi mazkur hududda yangi ehtiyot qismlarga shakllangan bozor narxlari toʻgʻrisida ishonchli axborotlar asosida aniqlanadi.
Kafolatli ekspluatatsiya muddatidagi transport vositasi uchun, shuningdek xizmat koʻrsatgan muddati besh yilgacha boʻlgan avtomobillar uchun original ehtiyot qismlar va butlovchilarning qiymati olinishi tavsiya etiladi. Shu bilan birga, kafolat muddatida boʻlgan avtomobillar uchun narxlarni rasmiy dilerning yoki ushbu savdo rusumini rasmiy ravishda taqdim etadigan ixtisoslashtirilgan doʻkon maʼlumotlari asosida qabul qilish tavsiya etiladi.
Zarurat boʻlgan taqdirda, detallar, uzellar, agregatlar qiymatini aniqlashda transport vositasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan tuzilgan muayyan transport vositasi rusumi (modellar, modifikatsiyalar) uchun ehtiyot qismlar katalogiga muvofiq ularning toʻliq nomini koʻrsatish kerak.
Detallar (uzellar, agregatlar)ning qiymati (Sd) jismoniy eskirishni hisobga olgan holda quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bunda:
Snov — almashtirilishi kerak boʻlgan detal (uzellar, agregatlar)ni oʻrniga almashtirish uchun tayinlangan yangi detal (uzellar, agregatlar) qiymati (soʻm);
Ifiz —almashtirilishi kerak boʻlgan detal (uzellar, agregatlar)ning jismoniy eskirishi (foizda).
Baholash sanasidagi jismoniy eskirish uning foydalanish shartlari, baholash obyektining bozorning zamonaviy talablarga muvofiqligi, shuningdek tashqi omillar taʼsiri tufayli qiymatning pasayishidan kelib chiqib koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha aniqlanadi.
Detal (uzellar, agregatlar)ni jismoniy eskirishi 50 foizdan ortiq boʻlsa, tuzatish 50 foiz miqdorida mazkur Metodikaning 10-ilovasidan foydalangan holda qabul qilinadi.
Hududda ilgari foydalanilgan detallar, uzellar, agregatlar bozori shakllangan boʻlsa, tiklash taʼmirlash qiymatini hisob-kitob qilinishida mazkur detallar, uzellar, agregatlar qiymatidan foydalanish mumkin. Bunday holda quyidagi shart qabul qilinadi:
bunda:
Cd — almashtirilishi kerak boʻlgan detal (uzellar, agregatlar) qiymati (soʻm);
Cd(b/u) —ilgari foydalanishda boʻlgan, almashtiriladigan detal (uzellar, agregatlar)ni oʻrniga tayinlanadigan detal (uzellar, agregatlar)ning qiymati (soʻm).
87. Voqea natijasida shikastlangan transport vositasining alohida qismlarining holati transport vositasining umumiy holatidan sezilarli darajada farq qilgan taqdirda, ushbu qismlarning jismoniy eskirishiga mazkur Metodikaning 10-ilovasidan foydalangan holda tuzatish kiritish mumkin (masalan, kuzov elementlarining izchil korroziyasi, yoriqlar, shisha va plastmassa qismlarning siniqlari, mazkur hodisaga aloqasi boʻlmagan deformatsiya yoki elementlarning qisman buzilishi, taʼmirlash izlari, foydalanish davrida detallarni almashtirish, agar ularning eskirishi transport vositasining umumiy eskirishidan sezilarli darajada farqlanadi).
2-§.Transport vositalarining shikastlanishi va keyingi taʼmirlash ishlari natijasida tovar qiymatini yoʻqotish miqdorini aniqlash
88. Tovar qiymatini yoʻqotish (bundan buyon matnda TQY deb yuritiladi) — shikastlangandan keyin normativ talablarga muvofiq tiklangan transport vositasining bozor qiymatini shunga oʻxshash shikastlanmagan transport vositasining bozor qiymatiga nisbatan shartli ravishda pasayishi hisoblanadi.
Transport vositasida maʼlum turdagi shikastlanishlarni bartaraf etish boʻyicha muayyan turdagi ishlarni bajarish uning geometrik parametrlarida, tarkibiy materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlarida va ish jarayonlarining xususiyatlarida obyektiv zarur oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlib, funksional va foydalanish xususiyatlarining yomonlashishiga olib kelishi tufayli TQY vujudga keladi.
89. Shikastlangan va taʼmirlangan holatlardan (agar shikastlanish darajasini aniqlash mumkin boʻlsa) qatʼiy nazar transport vositasi uchun TQY hisoblanishi mumkin.
TQY oʻtkazilgan tiklash taʼmirlashning qoniqarsiz sifatiga bogʻliq boʻlmaydi.
90. Transport vositasining koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha quyidagi taʼmirlash taʼsirlaridan birining zarurligi yoki ular amalga oshirilganligi aniqlanganda, TQY hisoblanishi mumkin:
transport vositasi kuzovining egilishini bartaraf etish;
transport vositasi kuzovining ajralmas elementlarini almashtirish (toʻliq yoki qisman);
transport vositasi kuzovining alohida elementlarini (ajraladigan yoki ajralmas) taʼmirlash;
transport vositasining kuzovi va bamperining tashqi sirtini toʻliq yoki qisman boʻyoqdan chiqarish;
zavoddagi yigʻish sifatining buzilishiga olib keluvchi transport vositasi salonini toʻliq yechish.
91. TQY quyidagi hollarda hisoblanmaydi:
agar shikastlanish vaqtida transport vositasining ekspluatatsion eskirish miqdori 35 foizdan oshsa yoki ishlab chiqarilgan kundan boshlab besh yildan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa. TQY faqat ikkala shart bajarilganda hisoblanmaydi;
yuk avtomobilining xizmat qilish muddati uch yildan oshgan boʻlsa;
texnologik jarayonlarni taʼminlashda yordamchi funksiyalarni bajaruvchi yuk tashuvchi transport vositasining (generatorlar, koʻchma ustaxonalar va shunga oʻxshashlar, yuk mashinasi shassisiga oʻrnatilgan uskunalar va boshqalar) xizmat muddati kafolat muddatidan oshgan boʻlsa;
avtobuslarning xizmat qilish muddati intensiv rejimda ishlaydigan avtobuslar uchun bir yildan, boshqa avtobuslar uchun esa uch yildan oshgan boʻlsa;
shikastlanishlarni aniqlashdan oldin kuzov almashtirilganda (kabina orqasidagi romga oʻrnatilgan yuk tashuvchi transport vositasining kuzovi bundan mustasno);
transport vositasi ilgari tiklash taʼmirlash qilingan boʻlsa (shu jumladan, boʻyash) yoki avariya natijasida shikastlangan boʻlsa, bundan mazkur Metodikaning 90-bandida koʻrsatilgan shikastlanishlar mustasno;
voqea sodir boʻlgan vaqtda transport vositasining kuzovi yoki kabinasida korroziya shikastlanishlari mavjud boʻlsa.
92. Quyidagi shikastlanishlar oʻrganilayotgan hodisa natijasida yuzaga kelganda TQY hisoblashni talab qilmaydi va ularning oʻrganilayotgan hodisagacha boʻlganligi TQY hisoblashni rad etishni belgilamaydi:
himoya funksiyalarini buzmaydigan mexanik taʼsirida boʻyoq qoplamasining ekspluatatsion shikastlanishlari (rangni sizilarsiz oʻzgarishi, yoriqlar, maydoni kichik boʻlaklar, tirnalgan joylar);
0,25 dm2dan ortiq boʻlmagan, boʻyashni talab qilmaydigan oddiy deformatsiya koʻrinishidagi kuzovning (kabinaning) bittalik ekspluatatsion shikastlanishi;
boʻyashni talab qilmaydigan va transport vositasining tashqi koʻrinishini yomonlashtirmaydigan alohida qismlarni almashtirishga olib keladigan shikastlanishlar (shisha, faralar, boʻyalmagan bamperlar, pnevmatik shinalar, gʻildirak disklar, tashqi va ichki furnitura va boshqalar). Agar koʻrsatilgan qismlarga qoʻshimcha ravishda kapot, rama qisimlari yoki qoplama detallar (olinadigan qanotlar, kapot, eshiklar, bagaj qopqogʻi) shikastlangan boʻlsa, TQYni hisoblashda barcha shikastlanishlar kompleks tarzda hisobga olinishi kerak;
moldinglar, bezaklar, nakladkala, tutqichlar, oyna korpuslarini va boshqa kichik tashqi elementlar, gʻildirak diklarining boʻyalgan holatlari.
93. Transport vositasi shikastlanganda TQY uning baholash sanasidagi qiymatiga nisbatan foizda quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bunda:
SUTS —transport vositasining tovar qiymatini yoʻqotish miqdori (soʻmda);
SKTS — shikastlanish vaqtida transport vositasining qiymati (soʻmda);
KUTSi — taʼmirlash harakatlarida TQY transport vositasining i-chi koeffitsiyenti (foizda).
94. Tovar qiymatining yoʻqotilishi shikastlanishlarning (taʼmirlash taʼsirini) hajmi, turi va xususiyatiga bogʻliq boʻladi. KUTSi — koeffitsiyentlar miqdori alohida pozitsiyalar boʻyicha ekspert amaliyoti natijalari asosida mazkur Metodikaning 13-ilovasida belgilanadi.
95. Kuzovning payvand orqali bir-biri bilan ulangan uygʻunlashgan ajralmas elementlarini almashtirishda bitta taʼsirni ikkiyoqlama hisob-kitobini bartaraf etish maqsadida mazkur elementlar guruhi uchun koeffitsiyentlar KUTCi summasi “Almashtirish” pozitsiyasi boʻyicha 20 foizga kamaytirilishi kerak.
96. Transport vositasining ajraladigan detallarini taʼmirlashda taʼmirlash qiymati summasi (taʼmirlash uchun ajratib olish va zarur hollarda taʼmirlash uchun detallarni yechish qiymati) va TQY miqdori (boʻyoqlash natijasida TQYni hisobga olmagan holda) mazkur detal (jismoniy eskirishini hisobga olgan holda) qiymati va uni almashtirish qiymatidan oshib ketmasligi kerak.
97. Kuzov (kabina)ni (korroziya yoki boshqa shikastlanishlar boʻlmagan transport vositalari uchun, uni bartaraf qilish uchun korpus elementini yoki korpusni toʻliq boʻyash kerak) toʻliq, tashqi yoki qisman boʻyashda TQY quyidagilarga hisoblanadi:
zavodning lak-boʻyoq qoplamali MDH va mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan muddati uch yildan oshmagan (uchinchi yil birgalikda) transport vositalari uchun;
besh yilgacha (beshinchi yil birgalikda) boʻlgan chet elda ishlab chiqarilgan transport vositalari uchun (shu jumladan, MDH hududida litsenziya asosida yoki qoʻshma korxonada ishlab chiqarilgan).
98. Transport vositasi kuzovining tashqi yuzalarini elementma-element boʻyashdagi TQY KUTCi koeffitsiyenti qiymati quyidagi formula boʻyicha boʻyaladigan elementlar soniga mutanosib ravishda hisoblanadi:
bunda:
Kutsokr(1) — transport vositasi kuzovining birinchi tashqi elementini boʻyash boʻyicha TQY koeffitsiyenti (foizda);
Kutsokr(N-1) — transport vositasi kuzovining ikkinchi va keyingi tashqi elementini boʻyash boʻyicha TQY koeffitsiyenti (foizda);
N — TQY hisoblanadigan transport vositasi kuzovini boʻyaladigan tashqi elementlar soni.
99. Transport vositasi kuzovining boʻyalgan elementlarida voqea sodir boʻlgunga qadar yuzaga kelgan nuqsonlar va shikastlanishlar va (yoki) ularni bartaraf etish izlari (taʼmirlash, boʻyash izlari) ham shikastlangan zonada, ham undan tashqarida boʻlsa, hisob-kitoblarda quyidagini olish lozim:
100. Transport vositasini tashqi yoki toʻliq boʻyashni amalga oshirishda kuzovning tashqi elementlarining boʻyoq qoplamasida hodisa sodir boʻlgunga qadar yuzaga kelgan nuqson va shikastlanishlar va (yoki) ularni bartaraf qilish izlari) mavjud boʻlganda, tashqi yoki toʻliq boʻyash uchun TQY Kuts okr koeffitsiyenti miqdori bunday elementlarning soniga mutanosib ravishda kamayadi.
Misol uchun, agar umumiy soni oʻn toʻrt boʻlgan ikkita shikastlangan element mavjud boʻlsa, TQY Kuts koeffitsiyenti = 5 foiz — 5 foiz × 2 / 14 = 4,29 foiz boʻladi.
3-§. Foydalanishga yaroqli qoldiqlar qiymatini hisoblash
101. Shikastlangan transport vositasining foydalanishga yaroqli qoldiqlari deganda bozor qiymatiga ega boʻlgan, keyinchalik foydalanish uchun yaroqli, shikastlangan transport vositasidan demontaj qilinishi va sotilishi mumkin boʻlgan uning detallari, uzellari va agregatlari tushuniladi.
Foydalanish mumkin boʻlgan qoldiqlarning qiymati deganda ularni demontaj qilish, nuqsonlarni aniqlash, diagnostika qilish (agar kerak boʻlsa), saqlash va sotishni tashkil etish xarajatlarini hisobga olgan holda ularni sotish mumkin boʻlgan eng ehtimoliy qiymat tushuniladi.
102. Foydali qoldiqlarga quyidagilar kirishi mumkin:
rama (pastki rama), kuzov yigʻmasining oʻrnatilgan qismlari, jumladan kapot, eshiklar, bagaj qopqogʻi (orqa eshigi), qoplash (quyruq) qismlari (olinadigan qanotlar), shuningdek bamperlar (old va orqa), oynalar shishalari;
transport vositasi boshqarish mexanizmining va shassisining tarkibiy qismlari (dvigatel, uzatgich (uzatish) qutisi, akslar (koʻpriklar) va boshqalar);
ikki yoki toʻrt gʻildirak uchun toʻplam sifatida pnevmatik shinalar, yigʻilgan gʻildiraklar;
transport vositasining asboblari va jihozlari.
Uzellar, agregatlar, asboblar va jihozlar, agar diagnostika yoki nosozliklarni bartaraf etishda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, quyidagi shartlar bajarilganda ishlashi mumkin deb hisoblanadi:
ular avariya zonasidan tashqarida joylashganda;
ularda avariya va taʼmirlash taʼsirining izlari yoʻq boʻlsa;
texnik nosozlik yoki ishlamay qolish belgilari yoʻq boʻlsa (masalan, ishlaydigan suyuqliklarning oqishi, ulanishda sezilarli nomaqbul lyuft va boshqalar).
103. Quyidagi tarkibiy qismlarni foydalanish mumkin boʻlgan qoldiqlarga kiritish mumkin emas:
demontaj qilish gazli payvandlash va elektr kesishdan foydalanish bilan bogʻliq ishlarni talab qilsa;
yoʻl harakati xavfsizligiga taʼsir qilsa;
korroziya shikastlanishiga ega boʻlsa;
taʼmirlashni talab qilsa.
104. Transport vositasi nobud (yaroqsiz) boʻlgan taqdirda, bunday transport vositasining qiymati yoʻq qilishga topshirilgan transport vositasi uchun kompensatsiya miqdoriga teng ravishda olinishi mumkin. Bunday sharoitlarda foydalanish mumkin boʻlgan qoldiqlarning qiymati aniqlanmaydi.
Shikastlangan transport vositasini qayta tiklash xarajatlari eskirishni hisobga olgan holda uning shikastlanish vaqtidagi qiymatining 85 foiziga teng yoki undan koʻp boʻlgan yoki tiklash taʼmirlash ishlari olib borilishi texnik jihatdan imkonsiz boʻlsa transport vositasi nobud (yaroqsiz) boʻlgan deb topiladi.
Foydalanish mumkin boʻlgan qoldiqlarning qiymati, agar transport vositasini texnik holatiga koʻra ehtiyot qismlarga ajratish mumkin boʻlmasa, ham aniqlanmaydi.
Ehtiyot qismlarning ikkilamchi bozorining mintaqaviy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ushbu transport vositasining foydalanishga yaroqli qoldiqlari talabga ega boʻlmaganda, foydalanishga yaroqli qoldiqlar qiymatini hisoblash amalga oshirilmasligi kerak.
105. Foydalanishga yaroqli qoldiqlar quyidagi shartlarga javob berishi kerak:
detal (agregat, uzel) uning yaxlitligi va koʻrinishiga putur etkazadigan hech qanday shikastlanishga ega boʻlmasligi kerak va agregat (uzel) qoʻshimcha ravishda ish holatida boʻlishi kerak;
detal (agregat, uzel) transport vositasi ishlab chiqaruvchisi tomonidan nazarda tutilmagan konstruksiya, shakl yoki geometriya yaxlitligi oʻzgarishiga ega boʻlmasligi kerak (masalan, noturkum ishlab chiqarilgan uskunalarni mahkamlash uchun qoʻshimcha teshiklar va kesmalar);
detalda oldingi taʼmirlash izlari boʻlmasligi kerak (toʻgʻrilash izlari, shpaklyovka izlari, qisman taʼmirlash izlari va boshqalar).
106. Foydalanishga yaroqli qoldiqlarning qiymati ularni demontaj qilish, saqlash va sotish xarajatlarini hisobga olgan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
bunda:
Sgo — foydalanish mumkin boʻlgan qoldiqlarning qiymati, soʻmda;
S — foydalanishga yaroqli qoldiqlar qiymatini aniqlash vaqtida shikastlanmagan holatda boʻlgan transport vositasining qiymati, soʻmda;
Ke — nuqsonlarni aniqlash, demontaj qilish, saqlash va sotish xarajatlarini hisobga oladigan koeffitsiyent;
Kv — shikastlangan paytdagi transport vositasining xizmat qilish muddatini va uning shikastlanmagan qismlariga boʻlgan talabni hisobga oladigan koeffitsiyent;
Kop — transport vositasining mexanik shikastlanish hajmini (darajasini) hisobga oladigan koeffitsiyent;
Ci —shikastlanmagan elementlar qiymatining transport vositasi qiymatiga nisbati (ogʻirligi), foizda.
Transport vositasining uzellar va agregatlar qiymatini transport vositasi qiymatiga taxminiy foiz nisbati mazkur Metodikaning 14-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
Ke, Kv va Kop koeffitsiyentlarining miqdorlari mazkur Metodikaning 15-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
4-§. Tadqiqot uchun taklif qilingan transport vositasining analogini tanlash usuli
107. Agar transport vositasining eng muhim isteʼmol xususiyatlari bir-biridan biroz farq qilsa yoki umuman farq qilmasa, bunda transport vositasini analog sifatida qabul qilish mumkin boʻladi. Bunday xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
transport vositasining maqsadi;
texnik va ekspluatatsion xususiyatlar;
qiymati.
Analogni tanlashda bir xil ishlab chiqaruvchi va mamlakatga ustunlik berish kerak.
108. Motonaqliyotlar va mopedlar uchun analog tanlashda quyidagi xususiyatlar olinadi:
maqsadi;
turi (kichik, oʻrta, katta);
vazni;
dvigatel ishchi hajmi va quvvati;
gʻildirak formulasi;
milliy (mintaqaviy) bozordagi qiymati.
109. Yengil avtomobillar uchun analog tanlashda quyidagi xususiyatlar olinadi:
maqsadi;
turi (kichik, oʻrta, katta);
ishchi vazni;
uzatish turi (orqa, oldi, toʻliq va h.k.);
gʻildirak formulasi;
dvigatel ishchi hajmi va quvvati;
yoqilgʻi turi (benzin, dizel, gaz, elektr va boshqalar.);
uzatmalar qutisi turi (mexanik, avtomatik va boshqalar.);
qoʻshimcha uskunalar bilan jihozlanishi;
milliy (mintaqaviy) bozordagi qiymati.
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 1-ILOVA
Transport vositasining (transport vositasi) texnik holatini tekshirish akti
__________-sonli shartnoma asosida transport vositasi rusumi _________ davlat raqami ____________ ishlab chiqarilgan yili ___________ koʻrikdan oʻtkazildi.
texnik pasport __________-sonli, kuzov ________-sonli, dvigatel ___________-sonli, shassi _____________-sonli, boʻyoq rangi ________________, transport vositasi masofasi _______ ming km, transport vositasining egasi _____________________________________________________________, manzili _____________________________________________________________________________
Transport vositasini yaxshi holatda.
Transport vositasini tekshirish vaqtida quyidagilar
ANIQLANDI
Toʻliqlik, detallar, uzellar, agregatlar, qoʻshimcha uskunalar haqida maʼlumot: _______________
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 2-ILOVA
Transport vositasi turiga bogʻliq ravishda baholanayotgan transport vositasining Y koʻrsatkich darajasi va X konstruktiv-texnik tavsifi koʻrsatkichining miqdori
Transport vositasi turi
X-tavsifi xususiyati oʻzgarishlari nomi va diapazoni
Y miqdori
Yengil avtomobillari
X-dvigatel quvvati, ot kuchi (o.k.)
21 o.k. ≤ X ≤ 105 o.k.
0,90
Bortli yuk avtomobillari
X-yuk koʻtarish hajmi, tonna
0,3 t ≤ X ≤ 15 t
0,85
Tortuvchi mashinalari
X-koʻtarish oʻqiga yuklama, tonnada
5,8 t ≤ X ≤ 17 t
0,87
Oʻzi agʻdaruvchi mashinalari
X-yuk koʻtarish hajmi, tonnada
1,2 t ≤ X ≤ 100 t
1,50
Ixtisoslashtirilgan avtomobillari
X-yuk koʻtarish hajmi, tonnada
0,45 t ≤ X ≤10 t
0,85
Maxsus avtomobillari
X-yuk koʻtarish hajmi, tonnada
7,5 t ≤ X ≤ 40 t
0,85
Tirkamalari va yarim tirkamalari
X-yuk koʻtarish hajmi, tonnada
0,2 t ≤ X ≤ 70 t
1,40
Avtobuslari
X-umumiy oʻtirish soni, oʻrin
7 oʻrin ≤ X ≤ 220 oʻrin
0,95
Yengil avtomobillari
X-dvigatel ish hajmi, kub.sm.
934 kub.sm ≤ X ≤ 6750 kub.sm.
1,05
Yengil avtomobillari
X-dvigatel ish hajmi, kub.sm.
756 kub.sm. ≤ X ≤ 4600 kub.sm.
0,93
Yengil avtomobillari
X-dvigatel ish hajmi, ot kuchi
44 o.k. ≤ X ≤ 455 o.k.
1,05
Yuk avtomobillari
X-dvigatel ish hajmi, kub.sm.
2400 kub.sm. ≤ X ≤ 12000 kub.sm.
0,88
Yuk avtomobillari
X-dvigatel ish hajmi, ot kuchi
100 o.k. ≤ X ≤ 450 o.k.
0,88
Boshqa yuk avtomobillari
X-yuk koʻtarish hajmi, tonnada
0,25 t ≤ X ≤ 17,7 t
0,85
Avtobuslari
X-dvigatel ish hajmi, ot kuchi
100 o.k ≤ X ≤ 350 o.k.
0,88
Avtobuslari
X-dvigatel ish hajmi, kub.sm.
2400 kub.sm. ≤ X ≤ 12000 kub.sm.
0,88
Avtobuslari
X-umumiy oʻtirish soni, oʻrin
9 oʻrin ≤ X ≤ 45 oʻrin
1,08
Boshqa avtobuslari
X-umumiy oʻtirish soni, oʻrin
9 oʻrin ≤ X ≤ 120 oʻrin
1,08
Avtomobil kranlari
X = 1 * Gk + 0,24 * Gsh,
Gk — kranning yuk koʻtarishligi, tonna;
Gsh — shassi yuk koʻtarishligi, tonna;
6,3 t ≤ Gk ≤ 50 t;
6 t ≤ Gsh ≤ 20 t.
1,59
Frontal bir kovshli yuklagichlar
X = Gkp + 0,32 * Vp,
Gkp — kovshning yuk koʻtarishligi, tonna;
Vp — kovshning hajmi, kub.m.;
2,2 t ≤ Gkp ≤ 8 t;
1,1 kub.m. ≤ Vp ≤ 4,2 kub.m.
1,53
Gʻaltak mashinalar
X = Rk + 0,61 * Lp,
Rk — katka massasi, t.;
Lp — polos kengligi, m.;
2 t ≤ Rk ≤ 16 t;
0,875 m. ≤ Lp ≤ 2 m.
0,89
Bir kovshli ekskavatorlar
X — kovshning hajmi, kub.m.
0,3 kub.m ≤ X ≤ 1,5 kub.m.
1,23
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 3-ILOVA
Transport vositasining har xil turlari uchun Ω-funksiyasini hisoblash uchun foydalaniladigan oʻzgarmas “a” va “v” konstantalar miqdori
Transport vositasi turlari
“a” miqdori
“v” miqdori
MDH mamlakatlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yengil avtomobillari
0,07
0,0035
MDH mamlakatlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning yuk-bortli avtomobillari
0,1
0,003
MDH mamlakatlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tortuvchi (tyagach) avtomobillari
0,09
0,002
MDH mamlakatlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning oʻzi agʻdaruvchi (samosval) mashinalari
0,15
0,0025
MDH mamlakatlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ixtisoslashtirilgan avtomobillari
0,14
0,002
MDH mamlakatlari va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning avtobuslari
0,16
0,001
Yevropa ishlab chiqaruvchilarining yengil avtomobillari
0,05
0,0025
Amerika ishlab chiqaruvchilarining yengil avtomobillari
0,055
0,003
Osiyo ishlab chiqaruvchilarining yengil avtomobillari (Yaponiyadan tashqari)
0,065
0,0032
Yaponiya ishlab chiqaruvchilarining yengil avtomobillari
0,045
0,002
Xorijiy ishlab chiqaruvchilarning yuk mashinalari
0,09
0,002
Xorijiy ishlab chiqaruvchilarning avtobuslari
0,12
0,001
Izoh. Agar transport vositasi bir davlatda litsenziya bitimi boʻyicha yoki boshqa davlatning asosiy ishlab chiqaruvchisi bilan qoʻshma korxonada tayyorlangan boʻlsa, asosiy ishlab chiqaruvchi davlat va transport vositasini ishlab chiqaruvchisi uchun transport vositasi turiga mos “a” va “v” konstantalarning oʻrtacha miqdori qabul qilinadi.
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 4-ILOVA
Yoʻl-qurilish texnikasi hamda maxsus va ixtisoslashtirilgan mashinalarning jismoniy eskirishini hisoblashda qoʻllaniladigan “a” va “v” konstantalar miqdori
Yoʻl-qurilish texnikasi hamda maxsus va ixtisoslashtirilgan mashinalar turi
“a” miqdori
“v” miqdori
Zanjirli (gusenitsali) ekskavatorlar 0,5-0,65 kub.m sigʻimli kovsh bilan
0,048
0,04
Pnevma gʻildirakli ekskavatorlar 0,4-0,65 kub.m sigʻimli kovsh bilan
0,0423
0,04
Ekskavatorli koʻtargich uskunasi mavjud traktorlar 0,25 kub.m. sigʻimli kovsh bilan
0,1063
0,04
Skreperlar
0,0415
0,04
Buldozerlar
0,0481
0,04
Avtogreyderlar
0,0872
0,04
Avtokranlar yuk koʻtarishi 10 tonnagacha
0,0901
0,033
Avtokranlar yuk koʻtarishi 10 tonnadan oshiq
0,0343
0,033
Pnevma gʻildirakli kranlar
0,0461
0,033
Zanjirli (gusenitsali) kranlar
0,0461
0,033
Bir kovshli yuklagichlar
0,1018
0,033
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 5-ILOVA
Yoʻl-qurilish texnikalari hamda maxsus va ixtisoslashtirilgan mashinasining oʻrtacha yillik ish vaqti Nsr
Yoʻl-qurilish texnikalari hamda maxsus va ixtisoslashtirilgan mashinalari turi
Normativ xizmat muddati, yil
Oʻrtacha yillik ish vaqti, ming mashina-soati
Zanjirli (gusenitsali) ekskavatorlar 0,5-0,65 kub.m sigʻimli kovsh bilan
9
1,483
Pnevma gʻildirakli ekskavatorlar 0,4-0,65 kub.m sigʻimli kovsh bilan
9
1,680
Ekskavatorli koʻtargich uskunasi mavjud traktorlar 0,25 kub.m. sigʻimli kovsh bilan
8
0,8
Skreperlar
10
1,446
Buldozerlar
9
1,478
Avtogreyderlar
8
0,974
Avtokranlar yuk koʻtarishi 10 tonnagacha
10
0,744
Avtokranlar yuk koʻtarishi 10 tonnadan oshiq
16
0,861
Pnevma gʻildirakli kranlar
12
1,092
Zanjirli (gusenitsali) kranlar
12
1,092
Bir kovshli yuklagichlar
8
0,904
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 6-ILOVA
Yoʻl-qurilish texnikasi hamda maxsus va ixtisoslashtirilgan mashinalar jismoniy eskirishi miqdori (foizda)
Uskunalar turlari
Yoshi, yillari
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
Avtogreyderlar
6
18
33
40
60
72
85
90
98
99
Bir chelakli (kovshli) oldingi yuklagichlar
8
22
29
46
52
68
75
88
95
96
Bir chelakli (kovshli) ekskavatorlar
4
8
12
15
30
54
67
75
88
95
Gʻaltak mashinalar (Yoʻl katoklari)
4
8
12
18
39
50
75
85
95
97
Boshqa maxsus va ixtisoslashtirilgan mashinalar
5
8
16
28
44
62
76
87
94
96
Izoh.
Zanjirli (gusenitsali) traktorlarning jismoniy eskirishi, yurish masofasidan qatʼi nazar, yiliga 12 foiz qilib belgilangan.
Gʻildirakli traktorlarning jismoniy eskirishi, yurish masofasidan qatʼi nazar, yiliga 10 foiz qilib belgilangan.
Mashina tirkamalari va turar-joy transport vositalari (masalan, avtomobil-dala hovli) uchun tirkamalarning jismoniy eskirishi, yurish masofasidan qatʼi nazar, yiliga 8 foiz miqdorida belgilanadi.
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 7-ILOVA
Transport vositasini ekspluatatsiya qilinadigan aholi mintaqali turiga bogʻliq transport vositalarini jismoniy eskirishiga tuzatish kirituvchi koeffitsiyenti (A)
Mintaqa turi
A-koeffitsiyent miqdori
50 ming kishigacha boʻlgan aholi punktlari
1,000
Aholisi 50 dan 200 ming kishigacha boʻlgan shaharlar
1,025
Aholisi 200 mingdan 1 million kishigacha boʻlgan shaharlar
1,050
Aholisi 1 milliondan 4 million kishigacha boʻlgan shaharlar
1,075
4 milliondan ortiq aholiga ega megapolislar
1,100
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 8-ILOVA
Har xil turdagi transport vositalari uchun oʻrtacha yillik eskirish qiymati
1-jadval
Yengil avtomobillar uchun oʻrtacha yillik eskirish qiymati
Klass belgilashi
Uzunligi,
metr
Avtomobilning oʻrtacha yillik eskirishi (M2), foiz
Mikroavtobuslar uchun oʻrtacha yillik eskirish qiymati I2
Mikroavtobusning toʻliq (M) massasi, t
Mikroavtobuslar uchun oʻrtacha yillik eskirish qiymati, foiz
Import qilingan,
“UZ-DEU”, GM Uzb, UzAuto
RF va MDH ishlab chiqarilgan
M < 2,8
5,5
7,0
2,8 < M <3,5
5,2
7,0
3-jadval
Mototexnikalar uchun oʻrtacha yillik eskirish qiymati I2
Mototexnikalarining dvigatel hajmi (V), sm3
Mototexnikalar uchun oʻrtacha yillik eskirish qiymati, foiz
Import qilingan, UzAuto
RF va MDH ishlab chiqarilgan
V< 49
11
15
50 < V< 125
10,5
14
126 < V < 249
10,0
13
250 < V < 499
9,5
12
500 < V < 749
9,0
11
750 < V < 999
8,5
10,5
1000 < V
8,0
10,0
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 9-ILOVA
Har xil turdagi transport vositalari uchun oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi
1-jadval
Yengil avtomobillar uchun oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi
Korpus turi, vazifasi
Oʻlchamlar
Transport vositasining xizmat muddati
Ishlab chiqaruvchi
Oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi, ming km
Yopiq kuzov (sedan, fastbek, kombi, universal va boshqalar), quyida jadvalda koʻrsatilganlardan tashqari
uzunligi 3,6 m gacha
5 yilgacha
-
16,1
5 yildan 12 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
14,1
Mahalliy ishlab chiqarilgan
11,2
12 yil yoki undan koʻp
Chet elda ishlab chiqarilgan
13,4
Mahalliy ishlab chiqarilgan
10,7
uzunligi 3,6 m dan (shu jumladan) 4,0 m gacha
5 yilgacha
-
16,5
5 yildan 12 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
14,9
Mahalliy ishlab chiqarilgan
12,8
12 yil yoki undan koʻp
Chet elda ishlab chiqarilgan
14,2
Mahalliy ishlab chiqarilgan
12,1
uzunligi 4,0 m dan (shu jumladan) 4,5 m gacha
5 yilgacha
-
19,5
5 yildan 12 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
17,6
Mahalliy ishlab chiqarilgan
14,4
12 yil yoki undan koʻp
Chet elda ishlab chiqarilgan
16,5
Mahalliy ishlab chiqarilgan
13,6
uzunligi 4,5 m dan (shu jumladan) 4,8 m gacha
5 yilgacha
-
22,6
5 yildan 12 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
19,9
Mahalliy ishlab chiqarilgan
14,7
12 yil yoki undan koʻp
Chet elda ishlab chiqarilgan
18,7
Mahalliy ishlab chiqarilgan
13,9
uzunligi 4,8 m dan (shu jumladan) 5,0 m gacha
5 yilgacha
-
24,8
5 yildan 12 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
22,0
Mahalliy ishlab chiqarilgan
15,5
12 yil yoki undan koʻp
Chet elda ishlab chiqarilgan
20,9
Mahalliy ishlab chiqarilgan
14,7
uzunligi 5,0 m va undan yuqori
5 yilgacha
-
25,5
5 yildan 12 yilgacha
-
22,1
12 yil yoki undan koʻp
Chet elda ishlab chiqarilgan
21,5
Mahalliy ishlab chiqarilgan
15,2
Yoʻltanlamas transport vositalari (M1G toifasi) va M1G toifasining maʼlum xususiyatlariga ega boʻlgan boshqa transport vositalari — SUV (Sport Utility Vehicle), CUV (Crossover Utility Vehicle).
uzunligi 4,1 m gacha (shu jumladan)
5 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
17,0
Mahalliy ishlab chiqarilgan
14,1
5 yildan 12 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
16,3
Mahalliy ishlab chiqarilgan
13,5
12 yil yoki undan koʻp
Chet elda ishlab chiqarilgan
15,9
Mahalliy ishlab chiqarilgan
12,8
uzunligi 4,1 m dan (shu jumladan) 4,6 m gacha
5 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
21,0
Mahalliy ishlab chiqarilgan
15,1
5 yildan 12 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
18,8
Mahalliy ishlab chiqarilgan
14,5
12 yil yoki undan koʻp
Chet elda ishlab chiqarilgan
17,7
Mahalliy ishlab chiqarilgan
13,8
uzunligi 4,6 m va undan yuqori
5 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
21,9
Mahalliy ishlab chiqarilgan
15,1
5 yildan 12 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
19,5
Mahalliy ishlab chiqarilgan
14,5
12 yil yoki undan koʻp
Chet elda ishlab chiqarilgan
18,8
Mahalliy ishlab chiqarilgan
13,8
Pikaplar
5 yilgacha
-
23,0
5 yildan 12 yilgacha
Chet elda ishlab chiqarilgan
20,0
Mahalliy ishlab chiqarilgan
16,0
12 yil yoki undan koʻp
Chet elda ishlab chiqarilgan
17,6
Mahalliy ishlab chiqarilgan
14,8
MPV (yuqori sigʻimli universali), minivenlar
uzunligi 4,1 m gacha
5 yilgacha
-
18,7
5 yildan 12 yilgacha
-
16,9
12 yil yoki undan koʻp
-
16,5
uzunligi 4,1 m dan (shu jumladan) 4,6 m gacha
5 yilgacha
-
22,4
5 yildan 12 yilgacha
-
20,4
12 yil yoki undan koʻp
-
19,3
uzunligi 4,6 m va undan yuqori
5 yilgacha
-
25,0
5 yildan 12 yilgacha
-
22,3
12 yil yoki undan koʻp
-
21,0
Kupe
5 yilgacha
-
18,0
5 yildan 12 yilgacha
-
16,9
12 yil yoki undan koʻp
-
16,0
Ochiq yoki birlashtirilgan kuzov (lando, kabrioletlar va boshqalar), yuqorida koʻrsatilganlardan tashqari
5 yilgacha
-
15,9
5 yildan 12 yilgacha
-
15,8
12 yil yoki undan koʻp
-
15,0
Yuridik shaxslar tomonidan foydalaniladigan engil avtomobillar uchun oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi 35 ming km boʻlishi tavsiya etiladi.
Yoʻlovchi taksilarining oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi 90 ming km boʻlishi tavsiya etiladi.
2-jadval
Avtobuslar uchun oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi
Ishlab chiqaruvchi
Toifa
Klass
Oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi, ming km
Mahalliy ishlab chiqarilgan avtobuslar
M3
I, II, A
50,0
M2
I, II, A
40,0
M2
III, V
65,0
M3
III, V
80,0
Chet elda ishlab chiqarilgan avtobuslar
M3
I, II, A
60,0
M2
I, II, A
40,0
M2
III, V
80,0
M3
III, V
105,0
3-jadval
Mototexnika uchun oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi
Mototexnika turi
Oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi, ming km
Mahalliy ishlab chiqarilgan mototexnika
Chet elda ishlab chiqarilgan mototexnika
Mopedlar, motovelosipedlar, mokiklar (dvigatel hajmi 50 kub. sm gacha)
2,77
3,72
Motonaqliyotlar (dvigatel hajmi 50 kub. sm ortiq 350 kub. sm gacha)
4,50
5,96
Motonaqliyotlar (dvigatel hajmi 350 kub. sm dan ortiq)
7,70
8,34
4-jadval
Yuk avtomobillar uchun oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi
Ishlab chiqaruvchi
Korpus turi, vazifasi
Toifa
Xizmat muddati,
yillar
Oʻrtacha yillik bosib oʻtilgan masofasi,
ming km
Mahalliy ishlab chiqarilgan yuk mashinalar
Bortli, furgon va boshqalar
(oʻzi agʻdaruvchilar va tortuvchilardan tashqari)
N1
-
23,2
N2
12 gacha
25,1
12 yoki undan koʻp
16
N3
-
39,2
Oʻzi agʻdaruvchilar agagdaruvchilar Samosvallar
Barcha toifalar kategoriya
33,1
Tortuvchilar
Barcha toifalar
-
39,2
Chet elda ishlab chiqarilgan yuk mashinalar
Bortli, furgon va boshqalar
(oʻzi agʻdaruvchilardan tashqari)
N1
12 gacha
29,1
12 yoki undan koʻp
27,1
N2
-
90,1
N3
12 gacha
104,8
12 yoki undan koʻp
76,9
Oʻzi agʻdaruvchilar
N2
-
49,9
N3
-
81,1
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 10-ILOVA
Transport vositalarining texnik holatga qarab eskirishi shkalasi
Texnik holati
Holatni baholash
Eskirish, foizi
Yangi, YHXX* roʻyxatdan oʻtmagan, aʼlo holatda, sotuvdan oldingi tayyorgarlikdan soʻng, foydalanish belgilarisiz.
Yangi
0 — 10
Amalda yangi, kafolat muddati davomida, texnik xizmat koʻrsatish tugallangan va taʼmirlashni talab qilmaydi.
Juda yaxshi
10 — 35
Kafolatdan keyingi foydalanish davrida, muntazam taʼmirlash yoki biron bir qismni almashtirishni talab qilmaydigan texnik xizmat koʻrsatish bilan. Katta taʼmirdan keyin.
Yaxshi
35 — 50
Ishlatilgan, tugallangan texnik xizmat koʻrsatish bilan, muntazam taʼmirlash yoki baʼzi qismlarni almashtirishni talab qiladigan, kichik zarar bilan.
Qoniqarli
50 — 60
Agregatlarni muntazam taʼmirlash (almashtirish), kuzovni (kabinani) taʼmirlash (tashqi boʻyash) amalga oshirilgandan soʻng keyingi foydalanish uchun mos holatda ishlatiladi.
Shartli-yaroqli
60 — 70
Ishlatilgan, kapital taʼmirlash yoki raqamlangan birliklarni almashtirish (dvigatel, korpus, rama), toʻliq boʻyash.
Qoniqarsiz
70 — 80
Ishlatilgan, uni amalga oshirishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligidan oshib ketadigan miqdorda taʼmirlashni talab qiladigan foydalanilgan; buni amalga oshirish uchun texnik qobiliyatning etishmasligi.
Cheklangan holat
(qoʻllashga yaroqsiz)
80 — 90
Izoh. *Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 11-ILOVA
Shikastlangan transport vositasining (transport vositasi) texnik holatini tekshirish akti
Men, baholovchi _________, ________-sonli shartnoma asosida, transport vositasini (TRANSPORT VOSITASI ) rusumi _________, davlat raqami ___________, ishlab chiqarilgan yili _________, texnik pasporti __________, kuzov ________, dvigatel ___________, shassi ___________, boʻyoq rangi _____________, yurgan masofasi ___________ ming km., transport vositasining egasi __________________________________, manzili ______________________ koʻzdan kechirdim.
Tekshiruv natijasida quyidagilar aniqlandi:
1. Tekshiruv quyidagi manzilda oʻtkazildi: ___________________________ buyurtmachining huzurida ________________________________________ ikkinchi haydovchining ishtirokida (yoki ishtirokisiz) ______________________________________________.
2. Toʻliqlik, detallar, uzellar, agregatlar, qoʻshimcha uskunalar haqida maʼlumot: ____________
3. Ushbu Aktda koʻrsatilgan barcha yozuvlar tekshirilayotgan transport vositasining texnik pasportiga mos keladi.
4. Tekshiruv natijasida baholanayotgan transport vositasi avariya natijasida yoriqlar, egilishlar, burmalar hosil boʻlishi bilan deformatsiyalanganligi va quyidagi ehtiyot qismlarni almashtirishni talab qilishi aniqlandi:
5. Tekshiruv davomida baholanayotgan transport vositasi avariya natijasida yoriqlar, burmalar, burmalar hosil boʻlishi bilan deformatsiyaga uchraganligi va quyidagi taʼmirlash ishlarini talab qilishi aniqlandi:
6. Tekshiruv davomida baholanayotgan avtomashinada bartaraf etishni talab qiluvchi nosozlik (perekos) borligi aniqlandi.
Xulosa:
Tekshiruvdan oʻtgan transport vositasi yoʻl-transport hodisasiga qadar texnik jihatdan yaxshi holatda boʻlgan va shikastlangan qismlarni almashtirish va boʻyash orqali tiklashni talab qiladi.
Favqulodda xarakterdagi yashirin nuqsonlar mumkin.
Mazkur akt tashqi tekshiruv asosida tuzilgan. Quyidagilar ishtirok etdilar va imzoladilar:
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 12-ILOVA
Kuzovning deformatsiyasi va geometrik parametrlarning ogʻish darajasiga qarab transport vositalarini qiyshiqlanganliglarini turlari
1-jadval
Kuzovning deformatsiyalanish darajasiga qarab qiyshiqlanganliglarini tavsifi
T/r
Qiyshiqli (perekos) turi
Proyemni buzish
1.
Qiyin (Murakkab) boʻlmagan
Kapotning oralik masofasi
2.
Qiyin (Murakkab) boʻlmagan
Bagaj qopqogʻining oralik masofasi (orqa eshigi)
3.
Qiyin (Murakkab) boʻlmagan
Yon eshikning oralik masofasi
4.
Qiyin (Murakkab) boʻlmagan
Old oynaning oralik masofasi
5.
Oʻrtacha
Kapotning va bagaj qopqogʻining oralik masofasi (orqa eshigi)
6.
Oʻrtacha
Bagaj qopqogʻining oralik masofasi (orqa eshigi) va orqa yon elementlarning oralik masofasi
7.
Qiyin (Murakkab)
Orqa yon elementlarning oralik masofasi, bagaj qopqogʻining oralik masofasi (orqa eshigi) va kuzovni ramaning oralik masofasi
8.
Qiyin (Murakkab)
Kapotning oralik masofasi, old yon elementlarning oralik masofasi
9.
Ayniqsa qiyin (Oʻta murakkab)
Orqa va old yon elementlarning oralik masofasi, kapotning oralik masofasi, bagaj qopqogʻining oralik masofasi (orqa eshigi)
10.
Ayniqsa qiyin (Oʻta murakkab)
Old yon elementlarning oralik masofasi, kapotning oralik masofasi, kuzovni ramaning oralik masofasi
2-jadval
Geometrik parametrlarning chetlanishiga qarab qiyshiqganchiliqlarning tavsifi
Kuzovning qiyshiqlanganliglarini tavsifi
Transport vositasining konstruktiv xususiyatlari
konstruksiyada old osma/aks (subrama)ning koʻndalang elementi/tastasi boʻlmagan avtomobillar (xetchbek turi).
konstruksiyada old osma/aks (subrama)ning koʻndalang elementi/nuriga ega avtomobillar (sedan turi)
Oralik masofalarining qiyshiqlanganligi
Geometrik parametrlarning yon eshiklar yoki shamol oynalari yoki orqa oynalar teshiklarining ruxsat etilgan chegaralaridan oshib ketishi
Qiyin (Murakkab boʻlmagan) qiyshiqlanganligi
Kapotning geometrik parametrlarining ogʻishi yoki magistral qopqogʻining (arka eshigi) ochilishi, korpusning poydevori va ramasining, eshik teshiklarining, shamol yoki orqa oynalarning geometrik oʻlchamlarini buzmasdan, ruxsat etilgan darajadan oshib ketishi, ular orasidagi boʻshliqlar bundan mustasno. eshiklar va old yoki orqa qanotlarning juft qismlari
Oʻrtacha qiyshiqlanganligi
Bir vaqtning oʻzida kapot va bagaj qopqogʻi (orka eshigi) teshiklarining geometrik parametrlarini ruxsat etilgan darajadan chetga surib qoʻyish yoki old va orqa yon qismlarga zarar bermasdan, orqa yon elementlarning yoki ichki ramkaning (oʻrta ustun) geometrik parametrlarini ruxsat etilganidan tashqariga buzish
Bir vaqtning oʻzida kapot va bagaj qopqogʻi (orka eshigi) teshiklarining geometrik parametrlarini ruxsat etilgan chegaradan chetga surib qoʻyish yoki korpus ramasini buzmagan holda old yon qismlarning geometrik parametrlarini buzish; yoki orqa yon aʼzolar, yoki ichki rama (oʻrta ustun) ruxsat etilgan chegaradan oshib, old va orqa yon qismlarga zarar bermasdan
Qiyin (Murakkab) qiyshiqlanganligi
Orqa yon elementlarning geometrik parametrlari va korpus ramasining bir vaqtning oʻzida ogʻishi yoki oldingi yon elementlarning geometrik parametrlarining ruxsat etilgan chegaralardan tashqariga buzilishi
Orqa yon elementlar va korpus ramasi yoki old va orqa yon elementlar yoki old yon elementlar va korpus ramasining geometrik parametrlarining bir vaqtning oʻzida ogʻishi ruxsat etilgan chegaradan oshib ketadi
Ayniqsa qiyin (Oʻta murakkab) qiyshiqlanganligi
Old tomonning aʼzolari va kuzov ramasining ruxsat etilgan chegaradan oshib ketishining geometrik parametrlarini buzish
Old va orqa yon qismlarning geometrik parametrlarini va kuzov ramasining ruxsat etilgan chegaralardan tashqarida buzilishi
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 13-ILOVA
Har xil turdagi transport vositalarining tovar qiymatining yoʻqolishi koeffitsiyentlari (KUTS)
1-jadval
Yengil avtomobillar va ular asosida yuk avtomobillari uchun KUTS
T/r
Element nomi
Almashtirish
Taʼmirlash raqami
2-taʼmirlash
3-4-taʼmirlash
Oldingi qism
1.
Kapot
-
0,2
0,4
2.
Oldi paneli (radiator ramkasi) yigʻilgan holda (ajratiladigan panellar uchun TQY almashtirishda — 0 ga teng)
0,3
0,2
0,3
2.1.
Oldingi xoch elementi (poperichina peredka) (radiator ramkasi) yuqorigisi
0,1
0,1
0,2
2.2.
Oldingi xoch elementi (poperichina peredka) (radiator ramkasi) pastgisi
Lonjeronsiz oldingi qanot (krilo) loy qoplamasi (brizgovik) (jumladan, yigʻilgan yuqori kuchaytirgich bilan)
1,0
0,4
0,6
8.
Oldingi lonjeron qanot loy qoplamasiz (brizgoviksiz)
0,5
0,3
0,4
9.
Oldingi qanot shchiti (jumladan, qalqon biriktirma bilan)
0,5
0,2
0,5
9.1.
Old qalqon biriktirma (nadstavka shita peredka)
0,2
0,1
0,2
10.
Havo taʼminoti qutisi
0,2
0,1
0,2
11.
Shamol oynasi ramka paneli
0,6
0,2
0,4
11.1.
Pastki qism shamol oynasi ramka paneli
0,3
0,1
0,2
Oʻrta qism
12.
Yonbosh eshik
-
0,2
0,3
13.
Tom paneli (jumladan koʻngdalang)
1,2
0,4
0,7
14.
Yonbosh tom paneli (konstruktiv alohida element)
0,3
0,2
0,3
15.
Orqa qanotdan yon devor va korpus (kostruktiv- yaxlit element)
2
-
-
15.1.
Orqa qanotsiz korpus tomoni (konstruktiv- alohida elementlar)
1,5
-
-
15.2.
Tomonning yuqori qismi (oldindan orqaga)
0,3
0,2
0,5
15.3.
Old yon devor ustuni (tomdan ostonagacha)
0,5
0,2
0,3
15.4.
Orqa yon ustuni (tomdan ostonagacha)
0,5
0,2
0,3
15.5.
Shamol yoki orqa oyna ustuni (yon devorgacha yoki deraza romining old qismi yoki orqa ustunining bir qismi)
0,2
0,1
0,2
15.6.
Markaziy yon ustuni
0,4
0,2
0,3
15.7.
Yon tomonning pastki qismi (ostona)
0,2
0,2
0,3
16.
Salon pol panellari
1
0,5
0,9
17.
Lonjeron, salon poli koʻndalang elementi
0,2
0,2
0,3
Orqa qism
18.
Orqa eshik, bagaj qopqogʻi
-
0,2
0,6
19.
Orqa panel (jumladan. mustahkamlash yoki koʻndalang element bilan toʻldirish)
0,3
0,1
0,4
20.
Qanot (konstruktiv — alohida element)
0,3
0,2
0,3
21.
Qanot — orqa tashqi yon panel tarkibiy jihatdan kuzovning yon devori bilan birlashtirilishi)
0,5
0,2
0,5
22.
Orqa gʻildirak arka yigʻish (shu jumladan, ichki yon devorning orqa tomoni agar konstruktiv — yaxlit element boʻlganda)
0,3
0,2
0,3
22.1.
Orqa gʻildirak arkaning tashqi tomoni (shu jumladan, orqa ichki yon devor agar konstruktiv — yaxlit element boʻlganda)
0,2
0,1
0,2
22.2.
Ichki yon panel — orqa qismi (konstruktiv- alohida element)
0,2
0,1
0,2
23.
Bagaj boʻlimining poli (jumladan kengaytmalar bilan)
0,3
0,1
0,3
23.1.
Bagaj boʻlimining kengaytmasi yon yoki orqa
0,2
0,1
0,2
24.
Orqa lonjeron
0,5
0,3
0,7
25.
Orqa old koʻndalang polning kengayishi (yoki choʻzilgan koʻndalang kengaytma)
0,2
0,2
0,3
26.
Orqa eshik rama paneli
0,4
0,2
0,4
26.1.
Orqa eshigi ramasining pastki koʻndalang qismi (shu jumladan, orqa javon)
0,1
0,1
0,2
27.
Rama
27.1.
Old ramaning koʻndalang elementi, yechilmaydigan
0,3
0,15
0,3
27.2.
Ramaning markaziy qismining koʻndalang qismi yoki orqasi yechilmaydigan
0,3
0,15
0,3
27.3.
Yechilmaydigan ramaning kronshteyni
0,3
27.4.
Ramaning lonjeroni
0,3
0,2
0,4
27.5.
Rama — tuzatish
0,5
1
Boʻyoqdan chiqarish
28.
Kuzovning toʻliq yoki tashqi boʻyoqdan chiqarilishi
5
29.
Kuzovning bir qismini boʻyoqdan chiqarish
birinchi elementni boʻyoqdan chiqarish (Kuts okr (1))
0,5
2-chi taʼmirlash va har bir keyingi elementni boʻyoqdan chiqarish (Kuts okr (N-1))
0,35
Ajratib olish, qiyshiqlanganlarini bartaraf etish
30.
Yengil avtomobil, mikroavtobusning ichki qismini toʻliq demontaj qilishda, shuningdek rama almashtirishda zavod yigʻmasining yaxlitligini buzish
1
30.1.
Yengil avtomobil yoki mikroavtobusning old qismini toʻliq demontaj qilishda zavod yigʻilishining yaxlitligini buzish
0,4
30.2.
Yengil avtomobil yoki mikroavtobusning orqa qismini toʻliq demontaj qilishda zavod yigʻilishining yaxlitligini buzish
0,2
31.
Qiyshiqlanganliglari
Eshik ochilishining (proyem) perekosi
0,5
oddiy (murakkab boʻlmagan)
1
oʻrtacha
1,5
qiyin (murakkab)
3
ayniqsa qiyin (oʻta murakkab)
4
2-jadval
Yuk avtomobillar va avtobuslari uchun KUTS
T/r
Element nomi
Almashtirish
Taʼmirlash raqami
2-taʼmirlash
3-4-taʼmirlash
Oldingi qism
1.
Kapot
-
0,1
0,3
2.
Oldi paneli (radiator ramkasi) yigʻilgan holda (ajratiladigan panellar uchun TQY almashtirishda — 0 ga teng)
0,4
0,2
0,3
2.1.
Oldingi xoch elementi (poperichina peredka) yuqorigisi
0,1
0,1
0,3
2.2.
Oldingi xoch elementi (poperichina peredka) pastgisi
0,2
0,1
0,2
3.
Olinadigan qanot (old yoki orqa qism)
0,1
0,1
0,1
4.
Olinmaydigan qanot (old yoki orqa qism)
0,2
0,1
0,2
5.
Lonjeronsiz oldingi qanot (krilo) loy qoplamasi (brizgovik)
0,3
0,2
0,3
6.
Oldingi lonjeron qanot loy qoplamasiz (brizgoviksiz)
0,5
0,3
0,7
7.
Kabina pol lonjeroni
0,2
0,1
0,2
8.
Oldingi qanot qalqoni (kapotni kompanovka uchun)
0,5
0,4
0,7
9.
Shamol oynasi ramka paneli
0,4
0,2
0,4
10.
Kabinaning yon paneli — eshik oraliq masofasi (ostona)
0,7 (0,5)
0,5 (0,3)
1,0 (0,5)
11.
Kabina eshigi
-
0,1
0,2
Oʻrta qism
12.
Yonbosh eshik
0,1
0,2
13.
Tom paneli (jumladan xoch koʻngdalangi bilan)
1,0
0,4
1,0
13.1.
Old tom paneli (oʻrta, orqa)
0,6
0,2
0,8
14.
Yonbosh tom paneli (konstruktiv alohida element)
0,5
0,3
0,5
15.
Kabina yoki furgoning yonbosh tomoni
1,0
-
-
16.
Furgonning tashqi yonbosh paneli
0,5
0,3
0,5
16.1.
Yonbosh panelning pastki qismi (ostona)
0,5
0,3 (0,5)
0,5 (0,8)
16.2.
Ostona paneli (kengaytma bilan)
0,5
0,3
0,5
17.
Ustun yonboshi
0,3
0,3
0,5
18.
Kabina yoki furgon ustunlarini mustahkamlash (har bir qism uchun)
0,3
0,2
0,3
19.
Kabinaning poli (salonning oldingi poli)
1,0
0,3
0,7
20.
Salonning oʻrta poli
2,0
1,0
1,5
21.
Pol salonining lonjeroni va xochi
0,3
0,2
0,3
22.
Orqa gʻildirak arkasi
0,3
0,3
0,4
Orqa qism
23.
Orqa eshik (eshiklar ochilgan holati, uchun har biriga)
-
0,1
0,3
24.
Kabinaning orqa devori (yuqori yoki pastki)
0,3
0,3
0,7
25.
Orqa pol
0,7
0,3
0,6
26.
Orqa paneli
0,3
0,3
0,5
27.
Orqa panelining xochi (poperechina)
0,1
0,1
0,2
28.
Burchak yon paneli
0,3
0,3
0,5
29.
Ramasi
0,7
2,0
29.1.
Ramaning lonjeroni
0,3
0,5
1
29.2.
Ramaning xochi (old yoki orqa)
0,3
0,3
0,5
29.3.
Tortib olish ushlagichining xoch elementi
0,3
0,3
0,5
Boʻyoqdan chiqarish
30.
Korpusni (kabinani) toʻliq yoki tashqi boʻyash
5
31.
Kuzovning bir qismini boʻyoqdan chiqarish
Birinchi komponent qismini boʻyash (Kuts okr (1))
0,4
Ikkinchi va har bir keyingi komponent qismini boʻyash (Kuts okr (N-1))
0,2
32.
Zavod yigʻilishining yaxlitligini buzish (yuk mashinasi salonidagi yoki mikroavtobusning ichki qismidagi uskunani toʻliq demontaj qilish paytida, shuningdek ramani almashtirishda)
1
33.
Eshik ochilishining (oraliq masofa) qiyshiqligini (perekoslari) hamda rama tuzatish
Qiyshiqligini buzilishlarini bartaraf etish
0,5
Vertikal yoki yonbosh deformatsiyani bartaraf etish
2
Diagonal deformatsiyani bartaraf etish
3
Burilish deformatsiyani bartaraf etish
5
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 14-ILOVA
Transport vositasi buzilmagan uzellari va agregatlari qiymatining butun (buzilmagan) transport vositasi qiymatiga taxminan foiz nisbati
1-jadval
Yengil avtomobillar va yengil yuk mashinalar komponentlari qiymatining butun avtomobil (mashina) qiymatiga taxminan foiz nisbati
Komponent (butlovchi qism) nomi
Buzilmagan avtomobil komponentlari qiymatining buzilmagan shakldagi transport vositasining qiymatiga (Ci) foiz nisbati
3, 4, 5-ustunlarda koʻrsatilganlardan tashqari barcha transport vositasi
2 eshikli kuzovli transport vositasi
Rama konstruksiyani transport vositasi
(3 eshikli universali)
Rama konstruksiyani transport vositasi
(5 eshikli universali)
1
2
3
4
5
Kuzov qismlari, tashqi, ichki, shu jumladan:
50
45
41,4
45,8
Old qism:
14
14
11,6
11,6
Kapot
1,9
1,9
1,9
1,9
Old qanot (1 dona uchun)
0,8
0,8
0,8
0,8
Old bamper (kuchaytirgich, astar (oblitsovka) va qoliplar, spoyler bilan yigʻilgan)
1,9
1,9
1,9
1,9
Radiator panjarasi (astar, (oblitsovka))
0,8
0,8
0,8
0,8
Old lonjeron (1 dona uchun)
0,8
0,8
0,4
0,4
Loydan himoya qolipi (brizgovik) (1 dona uchun)
1,4
1,4
0,8
0,8
Oldi shamol oynasi
1,7
1,7
1,7
1,7
Radiator ramkasi
1,4
1,4
1,0
1,0
Old shchit paneli
0,3
0,3
0,3
0,3
Orqa qism:
12
14
13,4
11,4
Orqa bamper
1,6
1,6
1,6
1,6
Arklar bilan yigʻilgan orqa qanot (yon taraf) (1 dona uchun)
2,1
3,1
3,1
2,1
Orqa shamol oynasi
1,9
1,9
1,9
1,9
Orqa panel
0,8
0,8
0,6
0,6
Yukxona poli
0,8
0,8
0,4
0,4
Yukxona astari (oblitsovka)
1,1
1,1
1,1
1,1
Bagaj qopqogʻi (orqa eshigi)
1,6
1,6
1,6
1,6
Oʻrta qism:
24
17
16,4
22,8
Old yon ustuni (1 dona uchun)
1,4
1,4
1,1
1,1
Ostona va polning bir qismi boʻlgan yon tomonning oʻrta ustuni (1 dona uchun)
1,4
0
0
1,1
Yon taraf astar ustunlari, ostonalari, qistirmalari, markaziy konsoli, quyoshdan himoya qiluvchi pardalari, salon lampalari, pol tagliklari, orqa koʻzgu oynasi uchun qoplamalar
2,5
2,1
2,1
2,5
Eshiklar armaturasi bilan (1 dona uchun),
1,9
1,9
1,9
1,9
shu jumladan eshik armaturalari (1 eshik toʻplami uchun)
0,5
0,5
0,5
0,5
Oʻrindiqlar (barchasi)
1,1
1,1
1,1
1,1
Tom paneli, koʻndalang elementlar va ustunlar bilan yigʻilgan xolda,
3,5
3,5
3,5
3,5
shu jumladan tom paneli bezaklari
0,8
0,8
0,8
0,8
Asboblar panelini yigʻilgan xolda asboblar paneli (shchitok priborov) bilan birga, panjaralar, qoʻlqop qutisi, choʻntaklar va boshqalar
2,5
2,5
2,5
2,5
Old xavfsizlik kamarlari (1 dona uchun)
0,3
0,3
0,3
0,3
Yoʻlovchi xavfsizlik yostigʻi
0,6
0,6
0,6
0,6
Rama
0
0
4
4
Boshqa konstruksiya elementlari:
Dvigatel, qoʻshimchalar, sovutish tizimining komponentlari, qabul qilish va chiqarish tizimi
Dvigatel qoʻshimchalari bilan yigʻilgan xolda
turbo kuchaytirgichsiz
turbo kuchaytirgichlangan
10,7
12,7
Qoʻshimchalarsiz toʻliq dvigatel
4,9
4,9
shu jumladan valf (klapan) qopqogʻi
0,5
0,5
shu jumladan paktki moy qopqogʻi (poddon)
0,5
0,5
shu jumladan silindr bloki
2,2
2,2
Drossel zaslonkasi valf (klapan) va datchiklar bilan birga toʻliq uzeli
1,4
1,4
Generator
0,8
0,8
Qabul qilish kollektori
0,5
0,5
Chiqarish kollektori
0,5
0,5
Sovutish radiatori gʻiloflar va ventilyator bilan yigʻilgan xolda
0,8
0,8
Starter
0,5
0,5
Quvurlar bilan havo filtri qutisi
0,5
0,5
Gazlarni chiqarish trakti yigʻilgan xolda
0,8
0,8
Turbo kompressor (turbo super zaryadlovchi)
0
1,4
Interkuler
0
0,6
Yoqilgʻi tizimi
2,5
Yoqilgʻi baki
0,7
Yoqilgʻi taʼminoti tizimi
1,8
Transmissiya
4,5
Barcha mumkin boʻlgan uzatish variantlarini hisobga olgan holda oʻrtacha koʻrsatkich
4,5
Yurish qismi
oldingi/orqa gʻildirak yurgizuvchi
toʻliq yurgizuvchi
10
10
Oldi yurish qismi tayanchlari bilan birga toʻliq xolda
5,5
4,5
Orqa yurish qismi tayanchlari bilan birga toʻliq xolda
4,5
5,5
Rul boshqaruvi
3
Rul kolonkasi val bilan birga yigʻilgan xolda
0,5
Rul gidravlik pompasi quvvati bilan
0,8
Rul mexanizmi
1,2
Rul chambaragi xavfsizlik yostigʻi bilan birga
0,5
shu jumladan haydovchi xavfsizlik yostigʻi
0,3
Tormoz tizimi
3,5
Asosiy tormoz silindri
0,5
Gʻildirak tormoz mexanizmi (har bir gʻildirak uzeli uchun)
2
Qoʻl (oyoq) tormozi
0,3
Bloklanishga qarshi tormoz tizimining boshqaruv bloki
0,7
Elektr jihozlari
13,6
Bobinli sham simlari (toʻplam)
0,5
Oʻrnatish bloki
0,5
Dvigatelni boshqarish bloki
1
Orqa chiroqlar (1 dona uchun)
0,5
Yon orqa koʻrish oynalari (1 dona uchun)
0,8
Ichki isitish moslamasini yigʻish (korpus, dvigatel, radiatorlar)
2,1
Konditsioner nasosi
0,5
Konditsioner, qoplama, ventilyator, quvurlar bilan toʻliq yigʻilgan xolda
0,6
Yoritgich moslamalari (farlar) (1 dona uchun)
1,1
Dvigatel simlar toʻplami
0,9
Asboblar panelidagi simlar toʻplami
0,8
Boshqa simlar toʻplami (barchasi)
0,3
Tumanga qarshi chiroq (1 dona uchun)
0,8
Turbo kuchaytirgichsiz boshqa transport vositalari:
2,2
7,2
6,8
2,4
Turbo kuchaytirgichlangan boshqa transport vositalari:
0,2
5,2
4,8
0,4
2-jadval
Yuk avtomobilni komponentlari qiymatining yuk avtomobili qiymatiga foiz nisbati
Buzilmagan transport vositasi komponentlari qiymatining buzilmagan shakldagi transport vositasi qiymatiga nisbati (Si)
Motonaqliyotlar
Mopedlar, skuterlar
1
2
3
Quvvat agregat, toʻliq (dvigatel, transmissiya, qoʻshimchalar (agar alohida koʻrsatilmagan boʻlsa)), shu jumladan:
14,00
30,00
silindr boshi, toʻliq
3,00
dvigatel yon qopqogʻi (1 dona uchun)
0,60
generator, regulator oʻrni
1,00
starter
1,00
serpanish toʻplami
0,70
boshqaruv bloki
2,00
quvvat agregatining boshqa qismlari
5,70
Yoqilgʻi taʼminoti tizimi:
1,00
karbyuratorlar (toʻplam uchun)
2,00
yonilgʻi sepish injektori
3,00
havo filtri moslamasi (havo kanallari bilan birga)
0,50
Dvigatel sovutish tizimi
-
radiator ventilyatorli, moy radiator (1 dona uchun)
2,00
pompa
1,00
Kengaytirish bachokka termostat, shlanglar, va boshqalar qismlar
1,00
Stok egzoz tizimini yigʻish (sistema vixlopa)
3,00
3,00
Premium segmentdagi uglerod yoki titandan tayyorlangan toʻgʻridan-toʻgʻri oqimli egzoz tizimi (Termignoni, Akrapovic, Arrow, Yoshimura va boshqalar):
5,00
yigʻilgan: qabul qilish quvurlari, sustlashtiruvchilar, dvigatelni boshqaruv bloki, kerakli mahkamlagichlar va vilkalar
13,00
faqat sustlashtiruvchilar
3,00
Budjet modellarining kam maʼlum boʻlgan ishlab chiqaruvchilardan nostandart sustlashtiruvchilari
1,20
Poʻlat quvurli rama
13,00
10,00
Quyma aluminiy rama, shu jumladan:
20,00
asosiy qismi
16,00
quyruq qismi
4,00
Oldingi yurish qismi
10,00
old yurish qismi amortizatori yigʻilgan holda (1 dona uchun)
2,50
toʻliq sozlash diapazoni old yurish amortizatori yoki premium segment amortizatori (ohlins, marzochi va boshqalar), (1 dona uchun)
4,00
pastki travers
1,00
yuqori travers
0,90
rul dempferi
1,00
Old gʻildirak (disk + shina)
5,00
3,00
Orqa yurish qismi (privod)
5,00
tebranish yigʻilgan holda (amortizatorsiz), zanjirli privod bilan
2,50
tebranish yigʻilgan holda (amortizatorsiz), kardanli privod bilan
5,00
orqa yurish qismi amortizatori (1 dona uchun)
2,00
toʻliq sozlash diapazoni orqa yurish qismi amortizatori yoki premium segment amortizatori (ohlins, marzochi va boshqalar), (1 dona uchun)
3,00
Orqa gʻildirak (disk + shina)
5,00
3,00
Tutqichli rul (yoki kliponlar)
1,00
2,00
Rul qoʻshimchasi bilan
3,00
tormoz mashinkasining yigʻilgan holda (tutqich, tormoz bosh silindri, rezervuar), tezlatgich privodi, oʻng ruldagi boshqaruv paneli, muvozanat vazni
1,50
serpantirish mashinkasi yigʻilgan holda (tutqich, serpantirish silindri, rezervuar, shlanglar yoki privodi kabellar), chap tutqichdagi boshqaruv paneli, muvozanat vazni
1,50
Tormoz tizimi
old gʻildirak tormoz tizimi (disk, suppot, shlanglar), (1 toʻplam uchun)
2,00
4,00
orqa gʻildirak tormoz tizimi (disk, support, shlanglar)
1,50
4,00
bloklanishga qarshi tormoz tizimining boshqaruv bloki
1,50
Kronshteyn dastagi bilan chap haydovchi oyoq bilan tezligini oʻzgartiruvchi richagi oyoq suyanchigʻi
1,00
-
Kronshteyn, orqa tormoz dastagi, tormoz silindri va rezervuar bilan oʻng haydovchi oyoq suyanchigʻi
1,50
-
Yoʻlovchilar uchun oyoq suyanchigʻi tayanchlari toʻplami
1,50
-
Motonaqliyot oyoq suyanchigʻi yon tarafi
0,50
1,00
Metall yonilgʻi bakining yigʻilishi (nasos, qopqoq, astarlar va boshqalar bilan)
3,50
-
Plastik yonilgʻi bakining yigʻilgan holda (nasos, qopqoq astarlar va boshqalar bilan)
2,00
4,00
Egar (barchasi)
0,60
3,00
Asboblar paneli
3,20
5,00
Yoritish moslamalari
old optika
1,50
3,.00
orqa yorugʻlik chirogʻi
0,50
1,00
Old yoki orqa burilish signallari toʻplami (1 toʻplam uchun)
0,50
1,00
Kislotali akkumulyator batareyasi
0,20
1,00
Old qanot
0,60
2,00
Orqa xager (orqa qanot)
0,20
-
Orqa koʻrinish oynasi (1 dona uchun)
0,30
1,00
Qoplamalar
qoplama oldi shamol oynasi bilan
2,001
9,00
(“neyked”) modeliga tegishli, motonaqliyotlarda oldingi shamol deflektori yalangʻoch holda
0,501
yon qoplama yigʻilishi (1 tomon uchun)
2,001
9,00
dvigatelning pastki qoplamasi
1,501
quyruq trim yigʻish (shu jumladan, davlat raqami ushlagichi)
1,001
9,00
Boshqa hisobga olinmagan qismlar (kichik qarama-qarshi qismlar, ovozli signal, elektr tizimining elementlari, slayderlar, toʻsiqlar, bagaj qutilari va ularni mahkamlash uchun qavslar va boshqalar)
4,00
5,00
Eslatmalar.
1Uglerod tolasidan tayyorlangan komponentlar uchun (tabiiy karbon, kevlar) ortib boruvchi K1=2 koeffitsiyenti qoʻllaniladi.
“Transport vositalari qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (15-son MBS) metodikasiga 15-ILOVA
Transport vositasining yaroqli qoldiqlari qiymatini aniqlashda Ke, Kv va Kop koeffitsiyentlarining hajmlari
1-jadval
Demontaj, nuqsonlarni aniqlash, saqlash, sotish xarajatlarini hisobga olgan holda Ke, Kv transport vositalarining “yaroqli qoldiqlari” qiymati pasaytirish koeffitsiyenti hajmilari “yaroqli qoldiqlar” qiymati aniqlash vaqtida avtomobilning xizmat qilish muddatiga qarab, shuningdek, buzilmagan qismlarga boʻlgan talab
Transport vositasining xizmat qilish muddati, yillar
Ke, Kv miqdori
0 — 5 (shu jumladan)
0,85
6 — 10 (shu jumladan)
0,70
11 — 15 (shu jumladan)
0,55
16 — 20 (shu jumladan)
0,4
21 yoki undan koʻp
0,35
2-jadval
Transport vositasiga mexanik shikastlanish hajmini (darajasini) hisobga oladigan Kop koeffitsiyentining miqdorlari
Mexanik shikastlanish hajmi
Buzilmagan elementlar qiymatining transport vositasi qiymatiga foiz nisbati, Ci foiz
Transport vositasiga mexanik shikastlanish hajmini (darajasini) hisobga olgan holda koeffitsiyent,
Kop miqdorlari
Kichik
80 yoki undan koʻp
interval
oʻrtacha
0,9 — 1
0,95
80 — 60
interval
oʻrtacha
0,9 — 0,8
0,85
Oʻrta
60 — 40
interval
oʻrtacha
0,8 — 0,7
0,75
40 — 20
interval
oʻrtacha
0,7 — 0,6
0,65
Katta
20 — 0
interval
oʻrtacha
0,6 — 0,5
0,55
(10-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2025-yil 6-maydagi 01/14-11/38-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3487-2, 05.06.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2025-y., 10/25/3487-2/0497-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standartiga
11-ILOVA
“Madaniy boyliklar qiymatini baholash” Milliy baholash standarti (16-son MBS)
METODIKASI
Mazkur Metodika 16-son MBS “Madaniy boyliklar qiymatini baholash”ni qoʻllash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Metodika YAMBSga muvofiq madaniy boyliklar obyektlari (bundan buyon matnda MBO deb yuritiladi) qiymatini baholash uchun zarur boʻlgan minimal uslublarni belgilaydi. Baholovchilar Oʻzbekiston Respublikasining baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikka, YAMBSga hamda baholashning xalqaro tajribasiga zid boʻlmagan boshqa uslublardan ham foydalanishlari mumkin. Bunda baholovchi baholash toʻgʻrisidagi hisobotda tanlangan baholash usulini koʻrsatishi va asoslashi kerak.
2-bob. MBOni identifikatsiya qilish
2. Baholanayotgan MBOni identifikatsiya qilish uning miqdoriy va sifat koʻrsatkichlari va parametrlarini aniqlash, shuningdek, baholanayotgan MBOning qiymatini aniqlash imkonini beruvchi tegishli parametrlar va tavsiflarga analog-obyektlarning narxni shakllantiruvchi parametrlari mosligini qiyoslash asosida amalga oshiriladi.
3. Indentifikatsiya jarayonida MBOning ekspertizasi oʻtkaziladi. Ekspertiza MBOni baholash uchun asos boʻlib xizmat qiladi, bu esa baholash obyektining madaniy (badiiy) qiymatini aniqlash va ularni analog-obyektni identifikatsiyalash imkonini beradi.
Baholanayotgan MBOni ekspertizadan oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad uning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini tasdiqlashdan iborat.
Madaniy (badiiy) qiymatni aniqlash vazifasi ahamiyatli belgilarning eng katta va eng aniq miqdorini aniqlashdan iboratdir.
4. Baholanayotgan madaniy boyliklar obyektining oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq ravishda baholovchi quyidagi masalalarga alohida eʼtibor berishi lozim:
MBOni baholash uchun boshlangʻich maʼlumotlar;
sanʼatshunos-ekspert xulosasining mavjudligi;
MBOning texnologik ekspertizasi protokoli mavjudligi (ixtisoslik boʻyicha ekspertlar xulosalari protokolda aks ettiriladi);
MBO atributsiyasining mavjudligi (agar mavjud boʻlsa);
MBO provenansi mavjudligi (agar mavjud boʻlsa);
MBOga nisbatan cheklovlar mavjudligi yoki mavjud emasligi;
MBOning saqlanish darajasi va restavratsiya qilish zarurati;
MBO bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarning mavjudligi (koʻrgazmalar kataloglari, adabiyotlar va boshqalar);
baholash uchun taqdim etilgan MBO analoglari haqida maʼlumot.
5. MBOni baholash uchun boshlangʻich maʼlumotlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi lozim:
MBOning nomi;
MBOning fotosurati;
MBO muallifining imzosi yoki shaxsiy tamgʻasining mavjudligi;
yaratilgan sanasi;
MBOning mansubligi (tasviriy yoki amaliy sanʼat);
sanʼatshunos-ekspert xulosasi;
MBOning savdo tarixi (sotuvlar tarixi) (agar mavjud boʻlsa).
6. MBO boʻyicha sanʼatshunos-ekspertning xulosasida MBOning muallifi, yaratilgan sanasi, badiiy, ilmiy va tarixiy-madaniy qiymati, muayyan maktabga aloqadorligi, ijro uslubi, kompozitsion yechimi, koʻrgazma tarixi va boshqalar aks ettiriladi.
7. MBO ekspertizaga jalb etiladigan sanʼatshunos-ekspert baholash obyektining tegishli soha yoʻnalishi (tasviriy yoki dekorativ-amaliy sanʼat) boʻyicha malakaga ega boʻlishi kerak.
Xulosada sanʼatshunos-ekspert oʻzi haqidagi toʻliq maʼlumotlarni (familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy unvoni va darajasi (agar mavjud boʻlsa), ish joyi (lavozimi) (agar mavjud boʻlsa) hamda oʻzaro aloqa maʼlumotlarini) koʻrsatishi lozim.
Xulosa sanʼatshunos-ekspertning oʻzi tomonidan imzolanadi. Shuningdek, xulosa sanʼatshunos-ekspertning shtatida boʻlgan tashkilotning yoki u bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzgan tashkilotning muhri bilan tasdiqlanishi mumkin.
8. MBOni texnologik ekspertizadan oʻtkazish toʻgʻrisidagi bayonnomada tadqiqot turlari, tadqiqotlar oʻtkazilgan uskunalar roʻyxati, oʻlchov vositalarining amaldagi metrologik sertifikati, soha eksperti haqidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, ilmiy unvoni va darajasi, ish joyi (lavozimi) va texnologik ekspertizani oʻtkazgan tashkilot) koʻrsatilishi kerak.
9. MBO atributsiyasi uning yaratilgan joyi va vaqti, shuningdek, ushbu obyektni yaratgan usta yoki u tegishli boʻlgan maktabni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, ekspertizada MBO atributsiyasi boʻyicha badiiy asarning ishonchliligi, haqiqiyligi, uning muallifi, yaratilgan joyi va vaqti aniqlanadi. Bunda ekspertiza muayyan sanʼat turi boʻyicha ekspert tomonidan amalga oshiriladi. Ekspertning atributsiyadagi asosiy faoliyati obyektning muallifligi, xronologik mansubligi, autentligini tasdiqlash uchun obyekt tipologiyasining hujjatli va informatsion taʼminotini aniqlashga yoʻnaltiriladi.
10. MBO provenansi — bu MBOning oldingi egalari haqida hujjatli maʼlumotlarning mavjudligidir. Provenansni oʻrganishda baholovchi oxirgi mulkdordan uning baholash obyektiga egalik huquqining qonuniyligi haqida yozma maʼlumotlarni olishi, shuningdek, agar MBO Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan 1996-yil 21-mayda ratifikatsiya qilingan Qurolli mojaro chiqqan hollarda madaniy boyliklarning himoya qilinishi toʻgʻrisidagi Konvensiyani buzgan holda olingan boʻlsa, MBO egasini javobgarlikka tortilishi mumkinligi toʻgʻrisida ogohlantirishi shart.
11. MBOga nisbatan cheklovlar mavjudligini tekshirishda baholovchi buyurtmachidan baholash obyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning asli yoki nusxalarini va baholanayotgan MBO boʻyicha cheklovlar yoʻqligini tasdiqlovchi hujjatlarni (agar mavjud boʻlsa) olishi lozim.
12. Zaruratga koʻra, baholovchi tegishli tashkilotlardan baholash obyektiga mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarning (shartnomalar, xayr-ehsonlar, vasiyatnomalar va boshqalar) nusxalarini talab qilishga haqli.
13. MBO ekspertiza natijalaridan qatʼi nazar, baholashni amalga oshirishdan oldin baholovchi baholash obyektini tekshiruvdan oʻtkazadi. Vizual tekshiruvga quyidagilar kiradi:
nuqsonlar, darz ketishlar, boʻlinishlar, sinishlar va boshqa shikastlanishlarning mavjudligi;
saqlanish darajasi va restavratsiya qilish zarurati.
14. MBOning saqlanish darajasi bevosita baholash narxiga taʼsir qiladi. MBOni vizual tekshirish vaqtida nuqsonlar, mogʻor bosish va deformatsiya izlari yoki boshqa kamchiliklar aniqlangan taqdirda, baholovchi baholash obyektini restavratsiya qilish darajasini aniqlash uchun tegishli ekspertni jalb qilishi lozim.
15. Tekshiruv davomida MBOning qaysi turga tegishliligi va tipologik belgilari, muallifi, mavzusi, syujeti, vaqti, yaratilish joyi va mavjudligi, ilmiy ahamiyati, memorialligi, ijtimoiy va etnik mansubligi, tayyorlash materiali va usuli, oʻlchami, rangi, shakli, tuzilishi, yoʻqotishlar roʻyxati va boshqa sifatlar yoki baholash uchun zarur boʻlgan alohida belgilar qayd etiladi.
16. Tekshiruvni ixtisoslik boʻyicha ekspert jalb qilgan holda oʻtkazish obyektni baholash toʻgʻrisidagi hisobotda koʻrsatilgan maʼlumotlarni isbotlash uchun zarur shart hisoblanadi.
17. MBO bilan bogʻliq hujjatlar yoki boshqa axborot materiallarining (koʻrgazmalar kataloglari, sanʼatshunoslik sohasidagi adabiyotlar, muzeylar yoki koʻrgazma galereyalarining veb-saytlari va boshqalar) mavjudligi MBOning yakuniy bahosiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Xususan, respublika miqyosidagi yoki xalqaro koʻrgazmalarda MBOning koʻrgazmalar tarixi mavjudligi baholash obyekti qiymatini bir necha barobar oshirishi mumkin.
3-bob. Axborotni toʻplash va tahlil qilish
18. Axborotni toʻplash, oʻrganish va tahlil qilishda, shuningdek, baholash obyektini identifikatsiya qilishda baholovchi 3-son MBS “Baholash jarayonida oʻtkaziladigan oʻrganishlar va tahlillar” talablariga amal qilishi kerak.
19. Baholash obyektini tahlil qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarning turi va miqdori baholovchi tomonidan baholashdan koʻzda tutilgan maqsad, aniqlanadigan qiymat turi, baholash obyektining oʻziga xos xususiyatlari, ruxsatlar va cheklovchi shartlarga qarab belgilanadi.
20. MBOni baholash ishlari sifatli boʻlishini taʼminlashning asosiy sharti baholash uchun taqdim etilgan MBO analoglari borasidagi maʼlumotlarni toʻgʻri va malakali tanlashdan iboratdir. Analoglarni tanlashda baholovchi muallif asarlarining mahalliy bozorini ham, xorijiy bozorini ham, shu jumladan auksion savdolarini (agar mavjud boʻlsa) ham oʻrganishi kerak. MBOning muallifi boʻlmagan holatlarda, baholanayotgan MBO bilan eng koʻp oʻxshash tavsiflarga ega boʻlgan obyekt analog-obyekt sifatida olinadi.
21. Baholash obyekt bozorining tahlili quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
analog-obyektlar bozorining tahlili;
baholash obyekti bozoriga tegishli sektorning joriy holati, rivojlanish istiqbollari va rivojlanish tendensiyalari tahlili;
baholash obyekti bilan yoki analog-obyektlar bilan tuzilgan bitimlar tahlili (agar mavjud boʻlsa);
baholash obyekti bilan qiyoslanayotgan analoglarga boʻlgan talab, taklif va narxga taʼsir qiluvchi asosiy omillar tahlili.
Madaniy boyliklar bozorining kelajak tendensiyalarini prognoz qilishda MeiMoses All Art Index, Artprice Global Index, ArtNet, Zurich Art and Antiques Index, Skateʼs Art Stocks Index (SASI), ARTIMX singari mashhur indekslar, shuningdek, Christieʼs, Sothebyʼs, Heritage Auctions, Phillips de Pury & Company, Bonhams va boshqa nufuzli auksion uylari va sanʼat asarlari bozorini tahlili qilishga ixtisoslashgan tahliliy kompaniyalar maʼlumotlaridan foydalanish mumkin.
22. Baholovchi tomonidan qoʻllanilayotgan baholash uslublari bozorning holati va dinamikasi, shuningdek baholash obyekti bilan tuzilgan bitimlar (sanasi, auksion narxlari (estimeyt), narx omillari, maʼlumot manbai va boshqa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishni talab qiladigan holatlarda, baholovchi baholash obyekti tegishli boʻlgan bozor segmenti haqida umumiy maʼlumotlarni toʻplashi lozim.
23. Quyidagilar MBOni baholashning maqsadlari boʻlishi mumkin:
oldi-sotdi;
deklaratsiyalash;
ustav kapitali (jamgʻarmasi)ga kiritish;
sugʻurtalash (sugʻurta xatarlarining barcha holatlari);
olib chiqiladigan va olib kiriladigan madaniy boyliklarga qoʻyiladigan bojxona boji qiymatini belgilash;
vakolatli davlat organi tomonidan MBOni olib chiqish va vaqtincha olib chiqish uchun beriladigan sertifikatni olish;
hibsga olingan yoki musodara qilingan MBOning bozor qiymatini aniqlash;
garovga qoʻyish;
boshqa davlatlardan noqonuniy tarzda olib chiqilgan, oʻgʻirlangan yoki boshqa davlatlarda yoʻqotilgan MBO qonuniy egasiga qaytarilganida, uni halol xarid qilgan inson uchun beriladigan kompensatsiya miqdorini aniqlash.
Bunda baholovchi baholashda qiymat turini tanlash bevosita baholash maqsadiga bogʻliqligini eʼtiborga olishi kerak.
24. MBO qiymatining turi baholash maqsadi va uning natijalaridan foydalanish bilan bogʻliq ravishda 5-son MBS “Qiymat turlari”ga muvofiq tarzda belgilanadi.
4-bob. Baholash yondashuvlari va uslublarini tanlash, asoslash va qoʻllash
25. MBOni baholash qiyosiy, daromad va xarajatlarga asoslangan yondashuvlardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Baholash toʻgʻrisidagi hisobotda baholovchi u yoki bu yondashuvni qoʻllashning maqsadga muvofiqligini asoslab berishi kerak. Baholovchi baholash uchun tanlangan yondashuv (yondashuvlar) doirasida baholash obyekti qiymatini hisoblashning muayyan uslublarini mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega.
26. MBOni baholash quyidagi asosiy bosqichlarni oʻz ichiga olishi lozim:
baholashning maqsadi va vazifasini aniqlash, baholash topshirigʻini tayyorlash, MBO qiymatini baholash boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarga oid shartnoma tuzish;
baholash obyektini identifikatsiya qilish, yaʼni baholash obyektini, uning tarixi, miqdoriy va sifat tavsiflari va parametrlarini aniq taʼriflash;
baholash obyekti muallifining ijodiy tarixini taʼriflash (agar mavjud boʻlsa);
sanʼatshunoslik va (yoki) texnologik ekspertiza natijalarini taʼriflash;
madaniy boyliklar muomalada boʻlgan bozorni tahlil qilish, baholanayotgan MBOning bozor segmenti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻplash va tizimlashtirish;
narxlarni shakllantiruvchi omillarni va ularning narxga taʼsirini aniqlash;
baholashga oid yondashuv (yondashuvlar)ni va baholanayotgan MBO qiymatini hisoblash uslubini (uslublarini) tanlash va asoslash;
baholanayotgan MBOning qiymatini aniqlash boʻyicha baholash yondashuvlarini qoʻllash va hisoblash-tahliliy protseduralarni bajarish;
olingan natijalarni umumlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash;
MBOni baholash boʻyicha hisobot tayyorlash.
27. MBO qiymatini baholash ishlarini bajarishda baholovchi quyidagilarni amalga oshiradi:
baholanayotgan MBO mualliflik va turdosh huquqlar bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar mavjudligini aniqlash;
mavjud axborot manbalaridan baholash obyektiga nisbatan qonuniy cheklovlar toʻgʻrisida maʼlumot olish.
28. MBOning qiymati uni yaratishdagi moliyalashtirish usuliga bogʻliq boʻlmaydi.
29. Baholanayotgan MBOga nisbatan uchinchi shaxslarning hujjatlar bilan tasdiqlangan mulkiy huquqlari va cheklovlar mavjud boʻlmagan taqdirda, obyektni baholash, agar baholash topshirigʻida boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, tekshirish paytida aniqlangan holatlarni hisobga olgan holda bunday huquq va cheklovlar mavjud emas degan taxmin asosida amalga oshiriladi.
30. Hisoblash uslubini tanlashda baholovchi baholanayotgan MBOlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda muhimlik, asoslilik, aniqlik va yetarlilik tamoyillariga asoslanishi kerak. Baholash hisobotida baholovchi MBO yoʻnalishidan (tasviriy yoki amaliy sanʼat) kelib chiqqan holda tanlangan uslub (uslublar)ning asoslanishi va taʼrifini, shuningdek, narx shakllanishi mezonlarini koʻrsatib oʻtishi lozim.
Baholash hisobotini tayyorlashda muhimlik prinsipidan foydalangan holda ishni amalga oshirish davomida aniqlangan barcha muhim holatlarning bayon etilishi baholovchi tomonidan boshqa hech qanday muhim holatlar aniqlanmaganini anglatadi.
Asoslanganlik prinsipi qoʻllanayotgan uslublar va alohida hisob-kitoblar asosli ekanligi va mantiqiy tushuntirishga egaligi, hisoblashda foydalanilgan boshlangʻich maʼlumotlar va taxminlar bir-biriga va bozor sharoitlariga mos kelishini koʻzda tutadi.
Aniqlik prinsipi baholash hisobotining mazmuni ushbu hisobotdan foydalanuvchilarni chalgʻitmasligi, shuningdek, turli talqin qilish mumkin emasligini anglatadi.
Yetarlilik prinsipiga koʻra, MBOni baholash hisobotini tayyorlash jarayonida har qanday fikr-mulohaza faqat uning ishonchliligiga yetarli asoslar keltirilgan, yaʼni foydalanilgan axborot manbalariga havolalar va hujjatlarning nusxalari boʻlsagina, toʻgʻri deb hisoblanadi.
1-§. Qiyosiy yondashuv
31. Qiyosiy yondashuv analog-obyektlarning narxlari va tavsiflari toʻgʻrisida ishonchli va foydalanish mumkin boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda qoʻllanadi. Baholash obyektini bir xil yoki analog MBOlar bilan taqqoslash uchun tegishli maʼlumotlarning mavjudligi qiyosiy yondashuvni qoʻllash sharti hisoblanadi. Bunday analog-obyektlar baholanayotgan MBO bilan bir bozorda yoki baholanayotgan MBO bilan bir xil bozorda sotilishi kerak. Bunda amalga oshirilgan kelishuvlar narxi ham, takliflar narxi ham qoʻllanishi mumkin.
32. Baholash maqsadlari uchun oʻzining qiymatini belgilovchi asosiy tavsiflari boʻyicha baholash obyektiga maksimal oʻxshash boʻlgan obyekt analog-obyekt sifatida tan olinadi. Madaniy boyliklar sohasidagi analoglarning oʻxshashligini aniqlashda baholovchi sanʼatshunoslik va (yoki) texnologik ekspertiza natijalariga asoslanishi lozim.
33. Quyidagilar analog-obyektlarni tanlashda hisobga olinadigan omillar hisoblanadi:
analog-obyektlarning baholanayotgan MBO bilan asosiy miqdoriy va sifat tavsiflari boʻyicha oʻxshashligi;
tanlanayotgan analog-obyektlarning soni, ularning miqdoriy va sifat xususiyatlarini tekshirish imkoniyati mavjudligi;
mualliflik (agar mavjud boʻlsa).
34. Qiyosiy yondashuvdan foydalangan holda baholash obyektining qiymatini aniqlash analog-obyektlarning narxlarini tuzatish orqali amalga oshiriladi, bu ularning baholanayotgan obyektdan farqini bartaraf qilish imkonini beradi.
35. Qiyosiy yondashuv tegishli qiyoslash elementlari asosida tanlangan analog-obyektlarning narxlaridan foydalangan holda qoʻllaniladi. Qiyoslash elementlari qatoriga baholash obyektining qiymatiga va madaniy boyliklarga taalluqli boʻlgan obyektlar bilan tuziladigan bitimlarning xususiyatlariga taʼsir qiladigan omillar kiradi.
36. Sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash uslubi bozori chaqqon, koʻplab takliflar va bitimlarga boy boʻlgan seriyali va ommaviy MBOlar uchun qoʻllaniladi. Analog-obyektlar bilan tuzilgan muayyan bitimga bogʻliq holda MBOni xarid qilish va sotish boʻyicha bitimlar tuziladigan bozorlarning quyidagi turlari ajratib koʻrsatiladi:
auksion;
galereya;
yarmarka (art-yarmarka, badiiy yarmarka, sanʼat yarmarkasi va boshqa);
kolleksiyachi yoki merosxoʻr tomonidan amalga oshiriladigan toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvlar;
rassom (muallif) ustaxonasi;
onlayn auksionlar va elektron savdo maydonchalari.
37. Auksion savdolari madaniy boyliklar qiymatining yuqori chegarasini shakllantiradi hamda bunday bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchli va haqiqiy emaslik xavfi minimal hisoblanadi.
38. Auksionda shakllanadigan MBO bahosi estimeyt deb ataladi va quyidagi tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi:
bolgʻacha narxi (lot sotilgan narx);
bolgʻacha narxiga qoʻshimcha yigʻimlar (xaridor tomonidan auksion uyiga toʻlanadigan xaridor mukofoti, zaruratga koʻra, sotib olingan MBOni mamlakatdan olib chiqish uchun ruxsat olishga sarflanadigan xarajatlar);
agar auksion oʻtkazilayotgan mamlakatning amaldagi qonunchiligiga muvofiq MBOga nisbatan intellektual mulk huquqi mavjud boʻlsa, muallif yoki uning merosxoʻrlariga haq toʻlash;
transport xarajatlari;
yetkazib berishda MBOni sugʻurtalashga sarflanadigan xarajatlar qiymati;
har bir muayyan holatda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan va koʻzda tutilmagan boshqa xarajatlar.
39. Bitta auksion savdosi madaniy boylik obyektining yakuniy narxi boʻlishi mumkin emas. Shunga analog MBOning kamida ikkita savdosi mavjudligi muallifning muayyan sanʼat asarlari boʻyicha shakllangan narxlardan dalolat berishi mumkin.
tanlangan analog-obyektlarning har biri baholash obyekti bilan narxlarni shakllantiruvchi omillar (qiyoslash elementlari) boʻyicha taqqoslanadi;
baholash obyekti va analog-obyektlar oʻrtasidagi narxlarni shakllantiruvchi omillardagi farqlar aniqlanadi;
analog-obyektning narxi (yoki uning solishtirma koʻrsatkichi) aniqlangan farqlarga muvofiq tuzatiladi;
baholanayotgan obyektning qiymati analog-obyektlarning tuzatilgan narxlarini umumlashtirish orqali aniqlanadi.
41. MBOning bozor qiymati sotuvlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qiyoslash uslubiga muvofiq quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
V = Vkor ± Kor
bu yerda:
V — MBOning bozor qiymati;
Vkor — analog-obyektni sotish (sotishga oid takliflar) qiymati;
Kor — taqqoslanayotgan analog-obyektning tuzatilgan qiymatiga kiritilgan tuzatishlarning baholash sanasidagi umumiy qiymati.
Tuzatishlar asoslangan holda kiritilishi lozim va baholovchi baholash hisobotida tuzatishlar kiritilishi sabablarini hujjatlashtirishi hamda miqdoriy koʻrsatkichlarni hisoblash tartibini koʻrsatishi kerak.
42. Auksion narxlari bilan ishlashda baholovchi auksion savdosi sanasiga mos ravishda analog-obyekt narxiga tuzatish kiritishni qoʻllashi lozim. Agar sotish sanasi baholash sanasidan farq qilsa, baholash sanasiga tuzatish kiritilishi kerak.
43. Analog-obyektlarning qiymati baholash sanasiga indeksatsiyalash orqali keltiriladi. Indeksatsiyalashni amalga oshirishda baholovchi baholash obyekti uchun xarajatlar elementlarini nazarga olgan holda narx oʻzgarishi indekslariga amal qiladi. Xarajatlar elementlari uchun narx oʻzgarishi indekslari toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, tegishli tarmoqlar uchun narx oʻzgarishi indekslaridan yoki baholash obyektining mohiyatiga mos keladigan boshqa indekslardan foydalanish mumkin.
Indeksatsiyalash koeffitsiyenti baholash obyektini yaratishda ishtirok etayotgan ustalarning ish haqi oʻzgarishini, eng barqaror valyutaning oʻzgarishi yoki materiallar, butlovchi qismlar yoki tayyor mahsulotlar narxlarining oʻzgarishi va boshqalarni aks ettiruvchi koʻrsatkich sifatida hisoblanadi.
44. Tuzatishlarning foiz qiymatlari taqqoslanadigan obyekt narxiga beriladigan mulkiy huquqlar, moliyalashtirish shartlari, sotish shartlari, auksionda sotish shartlari bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha xarajatlar, bozor konyunkturasi, joylashuvi, iqtisodiy tavsiflari, foydalanish turi va boshqa komponentlar boʻyicha baholash obyektidan qanchalik oshib ketishi yoki undan pastligini hisobga olish uchun qoʻllaniladi.
45. Tuzatishlarni kiritish barcha tuzatishlar kiritilgunga qadar davom ettiriladi. Baholash obyektini ular boʻyicha tuzilgan bitimlar yoki bozorga chiqarilayotgan boshqa analog-obyektlar bilan qiyoslash uchun quyidagi qiyoslash elementlari qoʻllaniladi:
sotish shartlari (bitim sanasi va baholash sanasi orasidagi narx oʻzgarishi, narxning savdolar jarayonidagi oʻzgarishlari);
analog-obyekt xarid qilinganidan keyingi xarajatlar (yetkazib berish, soliqlar va tegishli yigʻimlarni toʻlash);
jismoniy xususiyatlar;
iqtisodiy xususiyatlar;
tarixiy xususiyatlar;
baholash obyektining joylashuvi;
boshqa shartlar.
46. Analog-obyektlar boʻyicha tuzatishlar sanʼatshunos-ekspertning professional fikri asosidagi ekspert xulosasidan olingan maʼlumotlar, shuningdek, analog-obyektlarni tavsiflovchi maʼlumotlar asosida kiritiladi.
47. MBOning badiiy qiymati, shakli, materiali, bezak turi, texnikasi va tayyorlash murakkabligi boʻyicha tuzatishlar analog-obyekt va baholash obyekti oʻrtasida sezilarli farq kuzatilganda, ixtisoslikning mazkur yoʻnalishi boʻyicha sanʼatshunos-ekspertlarni jalb qilish orqali kiritilishi mumkin.
48. Reyting usuli MBOning turli tavsiflarini hisobga oluvchi va uning narxiga taʼsir koʻrsatuvchi asosiy (bazis) qiymatni aniqlash va multiplikativ tuzatishlarni kiritish orqali qoʻllanadi.
49. Asosiy (bazis) qiymat quyidagicha hisoblanadi:
bir qiymat uchun (materiallarning solishtirma xarajatlari, ish haqi, qoʻshimcha va maʼmuriy xarajatlar, agar mavjud boʻlsa);
baholanayotgan MBOning kompensatsiyaviy nusxasini zamonaviy yaratish qiymatini qayta ishlab chiqarishdan kelib chiqqan holda;
tarixiy qiymat yoki tayyorlovchi (muallif) tomonidan amaliy sotish nuqtayi nazaridan baholanayotgan MBOni yaratish davridagi narxini amaldagi narxlar boʻyicha qayta hisoblash (narxlarni indeksatsiya qilish) asosida.
50. MBOning bozor qiymatini hisoblashda tasviriy sanʼat asari (rasm) misolida koʻrib chiqamiz. MBOning bozor qiymati bazaviy qiymat hamda sanʼatshunoslik va texnologik ekspertizaning 20 ta mezoni (Xi) asosida quyidagi tarzda aniqlanadi:
SBR — tasviriy sanʼat asari (rasm)ning standart bazaviy oʻlchami, toʻrtta guruhdagi ijro texnikasi orqali belgilanadi:
1-texnika — xolst, moyboʻyoq (akril, tempera va boshqalar), katta ishlar uchun 100×120 sm standart oʻlcham, oʻrta ishlar uchun 70×90 sm standart oʻlcham,mayda ishlar uchun 30×50 sm standart oʻlcham;
2-texnika — qogʻoz, akvarel (guash, pastel va boshqalar), 30×50 sm standart oʻlcham;
3-texnika — dastgoh grafikasi (tush, qalam va boshqalar), 20×30 sm standart oʻlcham;
4-texnika — mualliflik bosma grafikasi (ofort, litografiya, oʻyma va boshqalar), standart oʻlcham 20×30 sm;
RK — tasviriy sanʼat asari (rasm)ning kvadrat santimetrdagi oʻlchami;
Xmax — sanʼatshunoslik va texnologik ekspertizaning mezonlari boʻyicha umumiy ball.
51. Umumiy eskirish quyidagi komponentlar asosida aniqlanadi:
Kfun — funksional eskirish koeffitsiyenti;
Kfi — jismoniy eskirish koeffitsiyenti. Ushbu koeffitsiyent mazkur Metodikaning ilovasida keltirilgan MBOning jismoniy holatini ekspert baholash shkalasi boʻyicha aniqlanadi;
Keu — iqtisodiy eskirish koeffitsiyenti.
52. MBOning bazaviy qiymati quyidagicha aniqlanadi:
BPS = BRV *BS
bunda:
BRS — MBOning bazaviy hisoblash qiymati (minimal);
BS — MBOning foydalanilayotgan texnika asosidagi bazaviy qiymati.
53. Quyidagi holatlarda qiyosiy yondashuv MBOni baholash uchun yagona yondashuv sifatida qoʻllanishi mumkin:
baholash obyekti yaqin vaqt ichida qoʻllanayotgan qiymat turiga mos ravishda eʼtiborga olinishi mumkin boʻlgan bitim asosida sotilgan boʻlsa;
baholash obyekti, u bilan bir xil yoki analog MBOlar bozorda faol muomalada aylanayotgan boʻlsa;
baholash obyekti bilan bir xil yoki analog MBOlar bilan tez-tez boʻladigan va (yoki) yaqin vaqt ichida tuzilgan bitimlar mavjud boʻlsa;
muallifning asarlari auksionlar yoki koʻrgazmalarda sotilgan boʻlsa.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mezonlar mavjud boʻlmagan taqdirda, quyidagi holatlarda qiyosiy yondashuv natijasida olingan qiymat koʻrsatkichini qoʻllab-quvvatlash uchun boshqa yondashuvlarni ham qoʻllash imkoniyati koʻrib chiqilishi lozim:
baholanayotgan MBO yoki analog-obyektlar bilan bozorda tuzilayotgan bitimlar bozorning beqarorligi va faolligining mavjud darajasini hisobga olgan holda unchalik yangi boʻlmasa;
baholanayotgan MBO yoki analog-obyektlar bozorda oʻzaro muomalada boʻlsa-da, biroq unchalik faol boʻlmasa;
bozor kelishuvlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud, biroq taqqoslanayotgan MBOlar baholash obyektidan sezilarli darajada farq qilsa, bu esa tuzatishlar kiritishni talab qilishi mumkin boʻlsa;
MBO bilan yaqin vaqt ichida amalga oshirilgan bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishonchli boʻlmasa (yaʼni, mish-mishlar, maʼlumotlarning yoʻqligi, sinergetik xaridor, bozor shartlariga mos boʻlmagan bitim, muammoli sotuv va boshqalar);
MBOning qiymatiga taʼsir qiluvchi muhim omil uni ishlab chiqarish xarajatlari yoki uning foyda keltirishi imkoniyati emas, balki bozorda unga beriladigan narx boʻlsa.
Shuningdek, olingan natijalarni muvofiqlashtirish jarayonida qiyosiy yondashuv natijasi katta ahamiyatga ega boʻladi.
54. Bozorda mavjud boʻlgan dastlabki maʼlumotlarga bogʻliq holda MBOni baholash jarayonida turli xil miqdoriy (miqdoriy toʻgʻrilash uslubi, juft sotuvlar uslubi va boshqalar) va sifatga oid uslublardan (ekspert baholash uslubi va boshqalar), shuningdek, ularning kombinatsiyalaridan foydalanish mumkin.
Sifatga oid uslublardan foydalanganda MBOni baholash analog-obyektlar bilan amalga oshirilgan bitimlar va (yoki) takliflar qiymatini tahlil qilish yoxud sanʼatshunos-ekspertlardan olingan tegishli maʼlumotlarni oʻrganish va tanlangan baholash yondashuvi metodikasidan foydalanish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
55. Statistik tahlil usullarini qoʻllashda baholovchi baholash obyektining bozor segmenti maʼlumotlaridan foydalangan holda ushbu obyekt bozoriga mos keladigan qiymatni belgilaydi va unga muvofiq tegishli narxning hisoblash qiymatini aniqlaydi.
2-§. Daromad yondashuvi
56. Madaniy boylikning har bir baholanayotgan obyekti uchun daromad yondashuvini qoʻllash imkoniyatini belgilashda uning daromad olish qobiliyatini oʻrganish kerak. Bunday daromadlar qatoriga baholanayotgan madaniy boyliklar qoʻyilgan muntazam faoliyat olib boruvchi koʻrgazmadan keladigan pul tushumlari yoki baholanayotgan MBO keltiradigan boshqa daromad (foyda) manbai kirishi mumkin.
57. Bunda MBOning iqtisodiy muomalada boʻlish muddati nomuayyan ekanligini ham eʼtiborga olish lozim.
58. Baholangan MBOdan kelayotgan daromadlarni ishonchli aniqlash imkoniyati mavjud boʻlsa, uning qiymati iqtisodiy muomalada boʻlish davri uchun kutilayotgan ushbu daromadlarni kapitallashtirish yoki diskontlash yoʻli bilan aniqlanadi.
59. Baholash jarayonida daromad yondashuvni qoʻllagan holda baholovchi:
prognoz davrini belgilashi kerak. Prognoz davri deganda kelajakdagi davr tushunilib, unda baholash sanasidan boshlab baholash obyekti tomonidan keltirilishi kutilayotgan daromadlarni, shuningdek, baholash obyekti va daromad olish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar, shu jumladan amaldagi qonunchilikka muvofiq oʻrni toʻldirilmaydigan soliqlar va yigʻimlarni prognozlash ham amalga oshiriladi.
baholash obyektining prognoz davrida daromadlar oqimini keltirish qobiliyatini oʻrganish, shuningdek, prognoz davridan keyingi davrda obyektning daromadlar oqimini keltirish qobiliyati toʻgʻrisida xulosa chiqarish;
kelajakdagi daromadlar oqimlarini baholash sanasiga yetkazish uchun foydalaniladigan baholash obyekti bilan tavakkalchilik nuqtayi nazaridan taqqoslanadigan investitsiya obyektlariga qoʻyilmalar daromadliligini aks ettiruvchi diskont stavkasini aniqlash;
kutilayotgan daromadlar oqimini baholash sanasidagi qiymatga keltirish jarayonini amalga oshirish.
60. Alohida noyob qimmatga ega boʻlgan MBOlar uchun saqlash (bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish, restavratsiya qilish, reklama aksiyalari va boshqalar) xarajatlarini hisobga olish va avtorizatsiyalash (MBO ekspertiza xarajatlari, koʻchirish uchun ruxsat olish va boshqa) ishlarini amalga oshirish zarurati yuzaga kelishi mumkin.
3-§. Xarajat yondashuvi
61. Xarajat yondashuvini qoʻllash MBOni qayta tiklash uchun ketadigan xarajatlar miqdorini hisobga olish imkoniyatini puxta koʻrib chiqishni talab etadi. MBOning noyobligi narxni shakllantiruvchi asosiy omil hisoblanadi.
62. Madaniy boyliklarning baʼzan yaratilish yoshi ahamiyatga ega boʻlib, ularni qayta yaratishni modellashtirishda yetarlicha toʻgʻri hisobga olish qiyin boʻlgan iqtisodiy sharoitlarda yaratilganligi hisobga olinishi lozim. Baholash obyektiga oʻxshash (oʻrnini bosuvchi) MBOni qayta yaratish uning haqiqiyligi va tarixiy-madaniy qiymatini yoʻqotish ehtimoli bilan bogʻliq boʻladi. Noyob va qayta takrorlab boʻlmaydigan MBOni qayta yaratish yoki almashtirish mumkin emas.
63. Xarajat yondashuvini qoʻllash uchun tegishli maʼlumotlar mavjud boʻlsa, bu yondashuvni seriyali va ommaviy MBOlarga nisbatan qoʻllash lozim.
64. Xarajat yondashuvini qoʻllashda, agar haqiqiyligi va tarixiy-madaniy qiymatini yoʻqotish prinsipial ahamiyatga ega (narxni shakllantiruvchi asosiy omil) boʻlmasa, baholanayotgan MBOni xarid qilish, qayta yaratish yoki oʻrnini bosish uchun zarur boʻlgan xarajatlar aniqlanadi.
65. Qayta yaratish xarajatlari baholanayotgan MBOning asl nusxasi yaratilgan davrdagi uslublar (texnologiyalar)ni qoʻllagan holda tabiati, sifati va yoshi nuqtayi nazaridan unga yaqin boʻlgan materiallardan qayta tayyorlangan aniq nusxasi (original) uchun toʻlanishi mumkin boʻlgan pul miqdorini bildiradi.
66. Oʻrnini bosish xarajatlari baholash obyektiga oʻxshash yoshi, oʻlchami, rangi va holatdagi MBO uchun toʻlanadigan pul miqdorini bildiradi. Mazkur xarajatlar baholash obyektiga muqobil nusxani yoki uning replikasini yoxud imkon qadar asl nusxaga yaqinroq boʻlgan, ammo zamonaviy usullar yordamida qayta yaratilgan nusxasini yaratish (sotib olish) xarajatlariga asoslanadi.
67. Xarajat yondashuvini qoʻllash sanoat tomonidan ishlab chiqariladigan, koʻp nusxalarga ega boʻlgan tasviriy va amaliy sanʼat obyektlari (seriyali yoki ommaviy ishlab chiqarish) kabi MBOlarni baholashda foydali boʻlishi mumkin (masalan, zargarlik buyumlari, keramika buyumlari va haykalchalar, shtamplash orqali tayyorlangan mahsulotlar, gilamlar, yogʻoch oʻymakorligi va boshqalar).
68. Quyidagi holatlarda xarajat yondashuvi MBO qiymatini baholashning yagona yondashuvi sifatida ishlatilishi mumkin:
ishtirokchilar baholanayotgan obyekt bilan deyarli bir xil foydalilikka ega boʻlgan MBOni hech qanday meʼyoriy yoki huquqiy cheklovlarsiz qayta yaratishga qodir boʻlganda va bu madaniy boyliklar obyekti shu qadar tez yaratilganidan bozor qatnashchisi baholanayotgan MBOdan darhol foydalanish imkoniyati uchun katta miqdorda pul toʻlashni xohlamaganda;
baholanayotgan MBO bevosita daromad keltirmaganda hamda uning oʻziga xos xususiyati foydali va (yoki) qiyosiy yondashuvlardan foydalanishga imkon bermaganda;
amaldagi qiymat turi asosan xarajatlarga asoslansa;
MBOni qayta yaratish yoki almashtirish zaruriyati mavjud boʻlganda.
69. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mezonlarga rioya qilinmasa, quyidagi holatlarda xarajatlar yondashuvi natijasida olingan qiymat koʻrsatkichini mustahkamlash uchun boshqa har qanday yondashuvlarni ham koʻrib chiqish kerak:
ishtirokchilar MBOni qiyosiy foydalilik bilan qayta tiklash imkoniyatini koʻrib chiqishlari mumkin, biroq oʻxshash MBOni yaratish bilan bogʻliq boʻlgan qonuniy toʻsiqlar mavjud boʻlsa yoki koʻp vaqt talab qilsa;
MBO yaqin vaqt ichida yaratilgan va shu sababli xarajatlar yondashuvida ishlatiladigan taxminlar yuqori darajadagi ishonchlilikka ega boʻlsa.
70. Madaniy boyliklar boshqa uslublar yoki ularni kombinatsiyalash orqali ham baholanishi mumkin.
Baholovchi boshqacha hisob-kitob metodikasidan foydalanish va tanlangan yondashuvlarning har biri doirasida MBOni baholash uslubini (usullarini) mustaqil ravishda belgilash huquqiga ega. Bunda u muhimlik, asoslanganlik, aniqlik, tekshiruvchanlik va yetarlilik tamoyillariga asoslanadi. Shuningdek, baholash hisobotida baholovchi tomonidan tanlangan uslub(uslublar)ga taʼrifi berilishi lozim. Bu baholash hisobotidan foydalanuvchiga qiymatni aniqlash jarayoni mantigʻini va baholovchi tomonidan tanlangan uslub(uslublar)ning baholash obyektiga va baholash prinsiplariga muvofiqligini tushunish imkonini beradi.
4-§. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish
71. Baholash natijalarini muvofiqlashtirish va baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash 6-son MBS “Baholash yondashuvlari va usullari”ga muvofiq amalga oshiriladi.
72. MBOni xarajatlar va qiyosiy yondashuvlarni qoʻllagan holda baholashda analog-obyektlar bilan baholash sanasidan keyin sodir boʻlgan, shu jumladan, narxni teskari indeksatsiyalash toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanishga ruxsat beriladi. Bunda baholovchi baholash kunidan tegishli voqea sodir boʻlgan kungacha boʻlgan davrdagi narxlar dinamikasini tahlil qiladi va tegishli tuzatishlarni kiritadi. Agar baholovchi hisobotda baholash sanasida mavjud boʻlgan bozor koʻrsatkichlariga muvofiqligi uchun olingan hisoblash qiymatlarining tahlilini, shuningdek ushbu maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq taxminlarni amalga oshirgan va oshkor qilgan boʻlsa, bunday narx maʼlumotlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
5-bob. Ayrim MBOlarni baholashning oʻziga xos xususiyatlari
73. Tijorat maqsadida daromad olish uchun foydalanilmaydigan noyob MBOlarni baholashda xarajatlar yondashuvi ularni baholashning yagona yondashuvi hisoblanadi.
74. Baholanayotgan MBOlarning muayyan xususiyatlarini hisobga olgan holda baholash hisoboti hisobotdan foydalanuvchiga qiymatni aniqlash jarayonining mantigʻini va baholovchi tomonidan tanlangan uslub (uslublar)ning baholash obyekti, baholash tamoyillari, aniqlanayotgan qiymat turi va koʻzda tutilayotgan baholash natijalaridan foydalanishga qanchalik mos kelishini tushunish imkonini berishi lozim.
Madaniy boylik obyektlarining jismoniy holatini ekspert baholash
SHKALASI
Madaniy boylik obyektlarining jismoniy holatini baholash
Madaniy boylik obyektlari jismoniy holatining umumiy tavsifi
Eskirish darajasi, foizda
Aʼlo
Madaniy boylik obyektining shikastlanish va deformatsiyasi mavjud emas, joriy taʼmirlash vaqtida bartaraf etiladigan va umumiy koʻrinishiga taʼsir qilmaydigan individual mayda nuqsonlar mavjud
0 — 5
Yaxshi
Madaniy boylik obyektining shikastlanish va deformatsiyasi mavjud emas, joriy taʼmirlash vaqtida bartaraf etilishi mumkin boʻlgan va obyektning noyobligini hisobga olgan holda tashqi koʻrinishiga sezilarli taʼsir koʻrsatmaydigan mayda nuqsonlar mavjud. Ular taʼmirlash jarayonida osongina bartaraf etiladi.
6 — 15
Qoniqarli
Madaniy boylik obyektining umumiy elementlari yaroqli, tashqi koʻrinishi ancha eskirgan, mayda teshikchalar, darz ketgan joylar, qoplama sirtida nuqsonlar koʻrinadi.
16 — 40
Qoniqarsiz
Madaniy boylik obyektining elementlari shikastlangan, jiddiy nuqsonlar, darz ketishlar, baʼzi elementlarining yetishmasligi mavjud, ammo restavratsiya qilish mumkin.
41 — 60
Eskirgan
Madaniy boylik obyektining elementlari eskirgan, jiddiy nuqsonlar, darz ketgan joylar, katta elementlarning yetishmasligi mavjud, jiddiy restavratsiya qilinmasa, u badiiy ahamiyatga ega emas, ammo tarixiy ahamiyatga ega.
61 — 80
Yaroqsiz
Madaniy boylik obyekti yaroqsiz yoki vayron boʻlgan holatda, restavratsiya qilib boʻlmaydi, badiiy qimmatga ega emas, ammo tarixiy qiymatga ega.
81 — 100
(11-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2026-yil 16-martdagi 01/11-1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3487-3, 11.04.2026-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 10/26/3487-3/0351-son)