Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishni kompleks qoʻllab-quvvatlashning “uzluksiz zanjirini” yaratish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning yangi texnologiya va innovatsiyalarga asoslangan, sifatli hamda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqaruvchi boʻgʻini boʻlgan oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash instrumentlari yetarlicha yaratilmasdan qolmoqda.
Moliya bozorida resurslarning yuqori foiz stavkalari saqlanib qolayotgan sharoitda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishning yangicha va muqobil instrumentlarini yaratishga, xususan tadbirkorlik loyihalariga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasini joriy etishga, kafillik yordamini taqdim etishni kengaytirishga ehtiyoj ortmoqda.
Biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimida asosiy boʻgʻinlardan biri boʻlgan Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) amaldagi tashkiliy-huquqiy shakli tadbirkorlik subyektlariga yetarlicha yordam koʻrsatish, yangi xizmat turlarini joriy etish, xalqaro moliya institutlaridan toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻ jalb etish imkoniyatini bermaydi.
Joriy yilning 18-avgust kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini taʼminlash, xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda Jamgʻarma faoliyatini jahon tajribasi asosida tashkil etish va tadbirkorlik subyektlariga koʻmaklashish boʻyicha kompleks tizimni yaratish maqsadida:
1. Jamgʻarma Iqtisodiyot va moliya vazirligi taʼsischiligida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) shaklida qayta tashkil qilinsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining Kompaniyani jahon tajribasi asosida transformatsiya qilish ishlarini davom ettirgan holda uning faoliyatini quyidagilarga yoʻnaltirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:
kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni kompleks qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha yordam instrumentlarini mustaqil joriy etish, tadbirkorlarning qoʻllab-quvvatlash choralaridan foydalanish imkoniyatini oshirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi.
mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida moliyaviy resurslarni, shu jumladan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlarini jalb qilish;
kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirish orqali ish oʻrinlari yaratish imkonini beradigan davlat, tarmoq va hududiy dasturlar, loyihalar hamda tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, yangi turdagi mahsulotlar yaratish va ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish, shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatiga samarali yangi texnologiyalarni joriy etish;
oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlaridan kelib chiqib ularning loyihalariga moliyaviy koʻmaklashish;
xizmatlar koʻrsatish, mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish sohasida “yashil” va energiya tejovchi texnologiyalar hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishni keng qoʻllab-quvvatlash.
2. Kompaniya tomonidan 2024-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralari taqdim etilsin:
a) oʻrta tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish loyihalariga:
loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda tashabbuskorning ustav kapitaliga koʻchmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa koʻrinishdagi aktivlar shaklida ulush kiritish;
koʻchmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda mulk sotib olish va yetti yilgacha muddatga qarzdorlik qoldigʻiga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash yoki boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xizmatlar ipotekasi asosida tashabbuskorga berish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi PF-21-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
b) kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining loyihalariga:
kredit (lizing) ajratish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga milliy va xorijiy valyutada moliyaviy resurslarni joylashtirish;
tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlarga umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Kompaniya mablagʻlaridan foydalanish boʻyicha tijorat banklari bilan tuziladigan vositachilik shartnomalariga asosan belgilangan limit hamda umumiy miqdor va shartlar doirasida kreditlar boʻyicha kafillik (portfel kafilligi) taqdim etish;
v) 2024 — 2026-yillarda kichik tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada 5 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlar boʻyicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorda uch yildan ortiq boʻlmagan muddatga kompensatsiya taqdim etish.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari va shartlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi ushbu bandning “a” kichik bandidagi tadbirlarni tashkil etish hamda tadbirkorlik subyektining faoliyatini sogʻlomlashtirish maqsadida Kompaniyaga tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditni “qayta moliyalashtirish” hamda “resurs joylashtirish” uchun unga oʻn yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan jami 1,2 trillion soʻm, shu jumladan 2024-yil 1-iyulga qadar 600 milliard soʻm hamda 2024-yil yakuniga qadar 600 milliard soʻm miqdorida foizsiz budjet ssudasi ajratsin.
(2-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
a) ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi shaklidagi moliyaviy yordamlar Kompaniya tomonidan 24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan hamda bir yil davomida kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan oʻrta tadbirkorlik subyektlari orasida oʻtkaziladigan ochiq tanlov orqali aniqlanadigan loyihalarga taqdim etiladi;
b) Kompaniya oʻzi tomonidan oʻrta tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ulushdor sifatida kiritilgan ulushni yetti yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qiladi;
v) “yaxshi” va “aʼlo” kredit tarixiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga, ular avval olgan kreditlari boʻyicha kafillik yordamidan foydalanayotgan boʻlishidan qatʼi nazar qoʻshimcha ajratiladigan kreditlar boʻyicha belgilangan umumiy miqdorlar doirasida kafillik taqdim etiladi;
g) Kompaniya tomonidan kompensatsiya:
“1+2” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki yiliga taqdim etiladi, keyingi ikki yil davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni rejasi bajarilishi va realizatsiya qilingan mahsulot (xizmat) boʻyicha tushum kamida oʻn besh foizga oshgan taqdirda davom ettiriladi;
Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar hisobiga Iqtisodiyot va moliya vazirligida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochiladigan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasi hisobidan toʻlanadi hamda jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish huquqi Kompaniyaga beriladi.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
2023-2024-yillarda Kompaniya ustav kapitalining 300 milliard soʻm miqdorida shakllantirilishini taʼminlasin;
Oldingi tahrirga qarang.
2024 — 2027-yillarda xizmat koʻrsatish, “yashil” va energiya samarador loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari, mikromoliya va lizing tashkilotlariga moliyaviy resurslarni ajratish maqsadida Kompaniyaga xalqaro moliya institutlaridan 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ jalb etsin;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Kompaniya bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari texnik koʻmagi asosida 2024-yil 1-mayga qadar Kompaniyani rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin;
Kompaniyaning resurs ajratish va xizmatlar ipotekasi moliyaviy yordamini koʻrsatish imkoniyatini kengaytirish va uni zarur mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida Kompaniyaning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq budjet ssudasini ajratib borsin.
Bunda, xizmatlar ipotekasi ustuvor ravishda ishlab chiqarish, turizm, savdo va servis, shuningdek, yoʻl boʻyi infratuzilma obyektlarini tashkil etish va rivojlantirish loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga batafsil rejalashtirish va master-rejalari mavjud hududlarda taqdim etiladi.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning quyidagi takliflari maʼqullansin:
xalqaro moliya institutlari, tijorat banklari va boshqa xususiy investorlarni Kompaniyaning ustav kapitalida ishtirok etishga jalb qilish;
Kompaniyaga xalqaro moliya institutlari va tashkilotlaridan qarz mablagʻlarini jalb etish huquqini berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Markaziy bankka kafolatlar berish tashkiloti faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish vazifasini yuklash;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
2026-yildan boshlab Kompaniyada boshqaruvning zamonaviy tizimlari va xalqaro standartlarni (ISO, SAP) joriy qilish va u tomonidan yetakchi xalqaro agentliklarning kredit reytingi olinishini taʼminlash orqali mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida aksiya va obligatsiyalar chiqarish hamda resurslar jalb qilish;
2024 — 2027-yillarda bosqichma-bosqich Kompaniya daromadlarini kamida 50 foizga oshirish orqali oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Kompaniya Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi va uning aktivlarini balans qiymatida qabul qiladi;
b) Kompaniyaning Kuzatuv kengashiga:
Kompaniya tomonidan tadbirkorlik subyektlariga moliyaviy yordamlarni taqdim etishning miqdorlari, parametr va qoidalariga oʻzgartirish kiritish, shu jumladan yangi xizmat turlarini joriy etish;
loyihalarning biznes-reja va samaradorlik koʻrsatkichlari past boʻlgan hollarda moliyaviy yordamlarni toʻxtatish vakolati beriladi;
v) Kompaniyaga Kuzatuv kengashi tasdiqlagan nizomga asosan malakali mutaxassislardan iborat tanlov komissiyasi tomonidan mustaqil ravishda:
xalqaro yuridik, auditorlik, investitsiya maslahatchilari, konsalting kompaniyalari, malakali mahalliy va xorijiy ekspertlar hamda konsultantlarni jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
axborotlashtirish qurilmalari va xizmatlari hamda dasturiy taʼminotlarni yetkazib beruvchi korxonalar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzish huquqi beriladi.
(6-bandi “v” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
g) Kompaniya va uning muassisligidagi tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq moliyaviy instrumentlarini xorijiy valyutada taqdim etish huquqi beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-sentabrdagi PF-176-sonli Farmoniga asosan “g” kichik bandi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son)
7. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish va transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
11. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 10-noyabr,
PF-193-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmoniga
1-ILOVA
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladigan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari va shartlari
I. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlari

T/r

Qoʻllab-quvvatlash turi

Ishtirokchilar

Foydalanish muddatlari

Alohida shartlar

1. Ustav kapitalga ulush kiritish

1.

Loyiha qiymatining 15 foizi, biroq ustav kapitalining 20 foizi yoki 3 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda koʻchmas mulk obyektlari, asbob-uskunalar va boshqa aktivlar koʻrinishida ulush kiritish.

Quyidagi shartlarga javob beradigan xizmat koʻrsatish, mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshiruvchi oʻrta tadbirkorlik subyektlari:

a) 24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan;

b) kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan.

Kiritilgan ulush yetti yil davomida bozor qiymatida realizatsiya qilinadi.

Qoʻllab-quvvatlash taqdim etiladigan loyiha ochiq tanlov oʻtkazish orqali tanlab olinadi.

Kompaniya ulush kiritilgan loyihalar boʻyicha muntazam ravishda monitoring olib boradi va konsultativ yordam koʻrsatadi, shuningdek, ushbu loyihalar haqida har oy oʻzining rasmiy veb-saytida maʼlumot joylashtirib boradi.

Mazkur qoʻllab-quvvatlash turidan foydalanayotgan tadbirkorlik subyektiga xizmatlar ipotekasi hamda kafillik yordami taqdim etilmaydi.

Loyihalar yoʻnalishlari Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori bilan belgilanadi.

2. Xizmatlar ipotekasi

2.

Koʻchmas mulk va asbob-uskunalarning 70 foizi, biroq 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda mulk sotib olish va quyidagi shartlarning biri asosida tashabbuskorga berish:

a) qarzdorlik qoldigʻiga Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada yillik foiz hisoblash;

b) boʻlib-boʻlib toʻlash.

Quyidagi shartlarga javob beradigan xizmat koʻrsatish, mahsulot ishlab chiqarish va yetishtirish boʻyicha loyihalarni amalga oshiruvchi oʻrta tadbirkorlik subyektlari:

a) 24 oydan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan;

b) kamida 50 nafar kishini doimiy ish bilan taʼminlagan.

Yetti yil muddatgacha taqdim etiladi.

Qoʻllab-quvvatlash taqdim etiladigan loyiha ochiq tanlov oʻtkazish orqali tanlab olinadi.

Mazkur qoʻllab-quvvatlash turidan foydalanayotgan tadbirkorlik subyektiga “ulush kiritish” yordami taqdim etilmaydi.

Yordam koʻrsatiladigan loyihalar yoʻnalishlari Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori bilan belgilanadi.

3. Kompaniya resurslari hisobidan kredit (lizing) ajratish

3.

1,5 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda tijorat bankining marjasi qoʻshilgan stavkada kredit (lizing) ajratish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari.

Tijorat banklari tomonidan kredit (lizing) yetti yil muddatgacha ajratiladi.

Kompaniya tomonidan:

milliy valyutada ajratiladigan kredit (lizing)lar boʻyicha resurs Markaziy bankning asosiy stavkasidan past boʻlmagan stavkada;

xorijiy valyutada ajratiladigan kredit (lizing)lar boʻyicha resurs Kuzatuv kengashi tomonidan belgilangan stavkada joylashtiriladi.

4.

5 milliard soʻmgacha boʻlgan miqdorda milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda tijorat bankining marjasi qoʻshilgan stavkada kredit (lizing) ajratish.

Oʻrta tadbirkorlik subyektlari.

5.

500 million soʻmgacha milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda lizing kompaniyalarining marjasi qoʻshilgan stavkada lizing ajratish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari.

Lizing kompaniyalari tomonidan lizing besh yil muddatgacha ajratiladi.

Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tashabbuskorning koʻrsatkichlari hamda loyiha yoʻnalishlaridan kelib chiqib ajratiladigan resurs miqdori va shartlari belgilana?i.

Kompaniya tomonidan lizing kompaniyalari va mikromoliya tashkilotlariga joylashtirilgan resurs hisobiga ajratiladigan kredit (lizing)lar uchun Kompaniyaning boshqa moliyaviy yordami koʻrsatilmaydi.

6.

1 milliard soʻmgacha milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda lizing kompaniyalarining marjasi qoʻshilgan stavkada lizing ajratish.

Oʻrta tadbirkorlik subyektlari.

7.

300 million soʻmgacha milliy va xorijiy valyutada Kompaniya stavkasi hamda mikromoliya tashkilotlarining marjasi qoʻshilgan stavkada kredit (lizing) ajratish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan kredit (lizing) uch yil muddatgacha ajratiladi.

4. Kafillik taqdim etish

8.

2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari.

Tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, lizing, bank kafolati va akkreditivlar muddatiga mos davrga.

Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davridan kelib chiqib kafillik yordami miqdori belgilanadi.

9.

5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

Oʻrta tadbirkorlik subyektlari.

“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturi ishtirokchisi boʻlgan tadbirkorlik subyektlari.

Tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit muddatiga mos davrga.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-93-son Farmoniga muvofiq miqdorlarda taqdim etiladi.

10.

800 million soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq lizingning 30 foizigacha (30 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari.

Lizing kompaniyalari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan lizinglar muddatiga mos davrga.

Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davridan kelib chiqib kafillik yordami miqdori belgilanadi.

11.

1,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq lizingning 30 foizigacha (30 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

Oʻrta tadbirkorlik subyektlari.

12.

100 million soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 30 foizigacha (30 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

Kichik tadbirkorlik subyektlari hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar.

Mikromoliya tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar muddatiga mos davrga.

13.

5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda, biroq kreditning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi) kafillik taqdim etish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida roʻyxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari.

Tijorat banklari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit muddatiga mos davrga.

Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining faoliyat davridan kelib chiqib kafillik yordami miqdori belgilanadi va kafillik 2025-yil 1-yanvarga qadar taqdim etiladi.

5. Tijorat banklari kredit (lizing)lari boʻyicha kompensatsiya taqdim etish

14.

3 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash.

Faoliyat davri uch yilgacha boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlari.

3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga kompensatsiya “1+2” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki yiliga taqdim etiladi, keyingi ikki yil davomida quyidagilarga asosan davom ettiriladi:

yangi ish oʻrinlarini yaratish rejasi bajarilishi;

yillik realizatsiya qilingan mahsulot (xizmat) boʻyicha tushumning kamida 15 foizga oshishi.

Oʻrnatilgan bazaviy meʼyorlar bajarilmagan taqdirda oʻtgan davr uchun kompensatsiya toʻlovi keyingi yilga oʻtkaziladi.

Kompensatsiya yillik Markaziy bank asosiy stavkasining 4 foizlik punktidan yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutadagi kreditlarga taqdim etiladi.

Kichik tadbirkorlik subyektlariga tashkil etilgan davridan qatʼi nazar kompensatsiya taqdim etiladigan yoʻnalishlar Kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi.

Kompensatsiya hudud toifasidan kelib chiqib taqdim etiladi.

15.

5 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash.

Tashkil etilgan davridan qatʼi nazar kichik tadbirkorlik subyektlari.

16.

10 milliard soʻmgacha ajratiladigan kreditlar (lizinglar) boʻyicha foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismi boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash.

Fargʻona viloyati Soʻx tumanida roʻyxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari.

Kompensatsiya Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutadagi kreditlarga 2025-yil 1-yanvarga qadar taqdim etiladi.

Izoh: Kompaniya tomonidan moliyaviy yordam Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan, tugatilish bosqichida boʻlmagan, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilmagan va “yomon” kredit tarixiga ega boʻlmagan hamda murojaat sanasida kredit (lizing, bank kafolati, akkreditiv) va soliqlardan muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmagan tadbirkorlik subyektlariga taqdim etiladi.
II. “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilmaydigan moliyaviy yordamlar roʻyxati
I. Kompensatsiya yordami boʻyicha:
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish;
ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
nobank kredit tashkilotlari, lizing va sugʻurta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish;
savdo, umumiy ovqatlanish hamda avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchalari faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish (bundan eksportoldi moliyalashtirish, “yashil” texnologiyalarni sotib olish va oʻrnatish mustasno);
aylanma mablagʻlarni shakllantirish (eksportoldi moliyalashtirish, turizm va asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasini yaratish bundan mustasno);
yengil va ilgari foydalanishda boʻlgan yuk avtotransport vositalari sotib olish va ularni taʼmirlash (chet eldan olib kelinadigan yuk avtotransport vositalaridan tashqari);
bino-inshootlarni sotib olish.
II. Resurs va kafillik yordami boʻyicha:
alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish;
ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
sugʻurta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish;
yordam koʻrsatilayotgan loyihalar boʻyicha ishlab chiqarishda ishtirok etmaydigan yengil avtotransport vositalarini xarid qilish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmoniga
2-ILOVA
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish va transformatsiya qilish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi negizida “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJni tashkil etish va Kompaniya Kuzatuv kengashi tarkibini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li)

2.

Kompaniyaning ustav kapitalini 300 milliard soʻm miqdorida shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-2024-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

3.

Ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi instrumentlari qoʻllaniladigan yoʻnalishlar, shartlar va ushbu instrumentlar taqdim etiladigan tashabbuskorlarni aniqlash yuzasidan ochiq tanlov oʻtkazish tartibini belgilash.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

2024-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

4.

Kompaniyaga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi instrumentlarini taqdim etish uchun oʻn yil muddatga besh yillik imtiyozli davr bilan jami 1,2 trillion soʻm, shundan 2024-yil 1-iyulga qadar 600 milliard soʻm hamda 2024-yil yakuniga qadar 600 milliard soʻm miqdorida foizsiz budjet ssudasi ajratish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul — dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

5.

Tajriba-sinov tariqasida Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlarida faoliyat yurituvchi oʻrta tadbirkorlik subyektlari loyihalarida ulush bilan ishtirok etish asosida yordam koʻrsatish.

Bunda:

yoʻnalishlarni belgilab olish yuzasidan soʻrovnomalar oʻtkazish;

loyihalarni tanlab olish yuzasidan tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish;

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori asosida bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ishlarni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil davomida

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Buxoro, Jizzax va Namangan viloyatlari hokimliklari,

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

6.

Kompaniya hisobidan kafillik, shu jumladan portfel kafilligini taqdim etish tartibini belgilash.

Bunda, “yaxshi” va “aʼlo” kredit tarixiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga, ular avval olgan kreditlari boʻyicha kafillik yordamidan foydalanayotgan boʻlishidan qatʼi nazar qoʻshimcha kreditlar boʻyicha belgilangan umumiy miqdorlar doirasida kafillik taqdim etilishini nazarda tutish.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

2024-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

7.

Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan kafilliklar boʻyicha prognoz koʻrsatkichlarini belgilash va Kompaniyaning kafillik leveraji miqdorini 2025-yilda 15 baravarga tushirish.

Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasining qoldiq mablagʻlarini Kompaniyaga kafillik leveraji uchun yoʻnaltirish.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

8.

Kompaniya tomonidan kreditlar boʻyicha kompensatsiya taqdim etish miqdorlari, shartlari va tartibini hamda kompensatsiya ajratiladigan yoʻnalishlarni belgilash.

Bunda:

kompensatsiya “1+2” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki yiliga taqdim etilishi, keyingi ikki yil davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan yaratilgan yangi ish oʻrinlari rejasi bajarilishi va realizatsiya qilingan mahsulot (xizmat) boʻyicha tushum kamida oʻn besh foizga oshgan taqdirda toʻlab borilishi;

kompensatsiya boʻyicha toʻlovlar Davlat budjetidan ajratiladigan transfertlar hisobiga Iqtisodiyot va moliya vazirligida yuridik shaxs tashkil etmasdan ochiladigan Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasidan amalga oshirilishini nazarda tutish.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

2024-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

9.

Kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish uchun Kredit foiz xarajatlarini kompensatsiya qilish jamgʻarmasini tashkil etish.

Bunda, Jamgʻarmani boshqarish huquqini Kompaniyaga berishni nazarda tutish.

Idoraviy hujjat

2024-yil yanvar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

10.

Xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, “yashil” va energiya samarador texnologiyalarni joriy qilishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini belgilash.

Bunda, xalqaro moliya institutlaridan 100 million AQSH dollari miqdorida mablagʻ jalb etish.

Chora-tadbirlar rejasi

Amaliy tadbirlar

2024-yil mart

2024 — 2027-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

11.

Xalqaro moliya institutlari, tijorat banklari va boshqa xususiy investorlarni Kompaniyaning ustav kapitalida ishtirok etishga jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil noyabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

12.

2026-yildan boshlab Kompaniyada boshqaruvning zamonaviy tizimlari va xalqaro standartlarni (ISO, SAP) joriy qilish va u tomonidan yetakchi xalqaro agentliklarning kredit reytingi olinishini taʼminlash.

Mahalliy va xalqaro kapital bozorlarida aksiya va obligatsiyalar chiqarish va resurslar jalb qilishni tashkil etish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

13.

2024 — 2027-yillar davomida bosqichma-bosqich Kompaniya daromadlarini kamida 50 foizga oshirish orqali oʻzini oʻzi moliyalashtirishga oʻtkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil aprel

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

14.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda APEX mikromoliyalash tizimini tashkil etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish:

mikromoliyalash koʻlamini kengaytirish maqsadida APEX tizimini joriy etish va xorijiy moliya institutlaridan resurs jalb qilish;

jalb qilingan resurslarni tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari hamda lizing kompaniyalariga mikromoliyalash uchun joylashtirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil iyul

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Markaziy bank

(Hamrayev),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

15.

Kompaniya instrumentlaridan maqsadli va unumli foydalangan tadbirkorlik subyektlarining eng yaxshi loyihalari boʻyicha tanlovlar oʻtkazish va ularni taqdirlab borish. Bunda, tanlov gʻoliblariga grantlar ajratish va ular tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha koʻrgazmalar tashkil etishni nazarda tutish.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

Har yili

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

16.

Kompaniyaning “Tadbirkor” axborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

tijorat banklari, mikromoliyalash tashkilotlari, lizing kompaniyalari va Soliq qoʻmitasining axborot bazalari bilan integratsiya qilish;

tadbirkorlik subyektlari uchun Kompaniyaning moliyaviy yordamlaridan foydalanish darajasini oldindan bilish imkoniyatini yaratish;

dasturiy taʼminotlar, dasturiy mahsulotlar (xizmatlar)ni yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-2025-yillar

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Milliy statistika qoʻmitasi
(Hamrayev),

Markaziy bank

(Hamrayev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Pekos)

17.

2022-yil 1-iyulga qadar kompensatsiya yordamlari koʻrsatilishi orqali ajratilgan kredit (lizing)lar boʻyicha loyihalar biznes-rejasida koʻrsatilgan ish oʻrinlarini yaratish va mahsulot (xizmat)lar realizatsiyasidan tushum kabi koʻrsatkichlar bajarilmagan hollarda kompensatsiya toʻlovlarini toʻxtatish.

Toʻlovlar toʻxtatilishi hisobiga boʻshagan mablagʻlarni yangi loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish.

Kompaniya Kuzatuv kengashi qarori

2025-yil yanvar

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Soliq qoʻmitasi

(Kudbiyev),

tijorat banklari

18.

Kompaniya tomonidan emissiya qimmatli qogʻozlarini chiqarish va ularni kapital bozoriga joylashtirish ishlarini tashkil etish.

Bunda, qimmatli qogʻozlarni chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarni koʻrib chiqish, uni chiqarishni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va joylashtirish uchun yengilliklarni joriy etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Axborot xati

2024 — 2026-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

(Li),

Markaziy bank

(Hamrayev),

Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi

(Abdujabbarov)

19.

“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga Kompaniya va (yoki) Kompaniya turidagi tashkilotlar faoliyatini nazorat qilish va tartibga solishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2024-yil fevral

Markaziy bank

(Hamrayev),

Adliya vazirligi

(Toshqulov)

20.

“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat Jamgʻarmasiga qoʻllanilgan imtiyozlarni Kompaniyaga oʻtkazishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2024-yil fevral

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Adliya vazirligi

(Toshqulov),

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmoniga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5742-son Farmonining 4-bandida:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblasin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6017-son Farmoni 6-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6059-son Farmonining 1-bandida:
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblasin;
yettinchi xatboshidagi “Uyushma” soʻzi “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-sentabrdagi “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investitsiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6074-son Farmoni 6-bandida:
“a” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6079-son Farmoniga 15-ilovaning 9-pozitsiyasida:
“Muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” soʻzlari “2024-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Ijrochilar” ustunidagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-228-sonli Farmoniga asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi “Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-287-son Farmonining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki, 2024-yil 1-martdan boshlab “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan umumiy belgilangan shartlar va qoidalar doirasida 4 va 5-toifadagi tumanlarda roʻyxatdan oʻtgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklarining Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori va asosiy stavkaning 1,75 baravaridan oshmagan stavkada milliy valyutada ajratiladigan kreditlari boʻyicha asosiy stavkaning 40 foizigacha miqdorida kompensatsiya taqdim etiladi”.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovada:
a) “Jami” pozitsiyasida:
“Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “56 529” raqami “56 498” raqami bilan almashtirilsin;
“Budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan” ustunidagi “4 950” raqami “4 919” raqami bilan almashtirilsin;
b) “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” pozitsiyasida:
“Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “6 238” raqami “6 207” raqami bilan almashtirilsin;
“Budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari hisobidan” ustunidagi “54” raqami “23” raqami bilan almashtirilsin;
“Izohlar” qismining 5.1-bandidan “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi va” soʻzlari chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-93-son Farmoni 7-bandi “b” kichik bandining beshinchi xatboshisidagi hamda 1-ilovaning 3-pozitsiyasi “g” kichik bandidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-129-son Farmonida:
3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “2025-yil 1-yanvarga qadar “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-oktabrdagi “Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-169-son Farmoni 15-bandining ikkinchi xatboshisidagi “bir hafta muddatda” soʻzlari “2023-yil 1-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-1245-son qarori 4-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha taʼlim tizimini yanada ragʻbatlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3651-son qarorida:
a) 4-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini hamda oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etishda davlat sherigi sifatida xususiy sherik bilan bitim tuzadi hamda bitim shartlari xususiy sherik tomonidan lozim darajada bajarilishini monitoring qiladi”;
b) Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi nizomda:
2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
davlat sherigi — oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish loyihalari boʻyicha — Maktabgacha taʼlim agentligi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi), boshqa shakldagi davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish loyihalari boʻyicha — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi)”;
15-banddagi “Vazirlik” soʻzi “davlat sherigi” soʻzi bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi xatboshisidagi “Vazirlikka” soʻzi “davlat sherigiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
27-banddagi “uch kalendar kuni mobaynida Vazirlik” soʻzlari “uch kalendar kuni mobaynida davlat sherigi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
118-bandning birinchi xatboshisidagi “Tegishliligi boʻyicha Vazirlik va Agentlik” soʻzlari “Davlat sherigi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3782-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-259-sonli Farmoniga asosan 15-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4005-son qarorida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblasin;
b) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-yanvardagi “Turizm tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4095-son qarorining 7-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-martdagi “Chorvachilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4243-son qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4512-son qarori 2-bandining “a” kichik bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblasin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4539-son qarori 9-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4634-son qarori 6-bandi “b” kichik bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-maydagi “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4704-son qarorining 3-bandida:
birinchi xatboshidan “Bunda:” soʻzi chiqarib tashlansin;
ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxati quyidagi mazmundagi 83 — 101-bandlar bilan toʻldirilsin:
“83. Qayta ishlangan jundan kiyimlar va boshqa buyumlar toʻqish
84. Uy sharoitida loydan tandir tayyorlash
85. Atlas va adras toʻqish
86. Mayda munchoq (biser) tikish
87. Doʻppidoʻzlik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
88. Temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash
89. Asalarichilik, shuningdek, asalari uyasi va ramkalarini yasash
90. Quroqchilik usulida koʻylak, koʻrpa va yopinchiqlar tikish
91. Qoʻziqorinlarni terish, uy sharoitlarida yetishtirish va sotish
92. Pichoq tayyorlash, charxlash va sotish
93. Qogʻozdan qutilar, banderollar tayyorlash
94. Uy sharoitida issiqxona mahsulotlarini yetishtirish
95. Tayyor mahsulotga etiketka biriktirish
96. Uy sharoitida bolalar oʻyinchogʻi ishlab chiqarish
97. Uy sharoitida supurgi yetishtirish va tayyorlash
98. Yassi oyoqli bolalar oyoq kiyimlarini tayyorlash
99. Milliy taqinchoqlar yasash
100. Kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash
101. Dagʻal jundan gilam, koʻrpa va yostiq tayyorlash”.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4759-son qarorining 1-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 11-noyabrdagi “2020 — 2023-yillarda Qoraqalpogʻiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4889-son qarori 3-bandi “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqoʻrgʻon tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4941-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4984-son qarorining 2-bandida:
toʻqqizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilar tegishincha toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-fevraldagi “Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4998-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan taʼminot turlari asosida”.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5017-son qarorining 1-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblasin.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-apreldagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5071-son qarorining 3-bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-iyundagi “Yangi Andijon” shaharchasini barpo etish va Andijon viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5154-son qarori 1-bandining “v” kichik bandidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-iyundagi “Nodavlat taʼlim tashkilotlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va taʼlim jarayonida yoshlar uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5161-son qarorining 1-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblasin.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-iyuldagi “Yangi Andijon” shahrini barpo etish ishlarini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5180-son qarori 8-bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilgʻor texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5200-son qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Mahallalarda tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va tadbirkorlik subyektlari bilan aholi oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5214-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-fevraldagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-121-son qarorining 4-bandida:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-apreldagi “Kasanachilikni rivojlantirish asosida aholi bandligini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-214-son qarorida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilansinki:
a) 2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvarga qadar:
kasanachilarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi kasanachilikdan olinadigan jami daromadni 50 foizga, biroq hisobot davrida (bir oyda) koʻpi bilan bir million soʻmgacha kamaytirgan holda hisoblanadi;
kasanachilar ijtimoiy soliq toʻlovini oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun belgilangan tartibda amalga oshiradi;
b) Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga har bir kasanachining dastlabki uch oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik oʻrtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi”;
b) 3-banddan “mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2022-yil 1-iyuldan 2025-yil 1-yanvarga qadar Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan tadbirkorlik subyektlariga kasanachilik bilan shugʻullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun, biroq har bir kasanachi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratiladi.
Bunda, subsidiya tadbirkorlik subyekti va tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari oʻrtasida tuziladigan quyidagi shartlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy kontraktga asosan ajratiladi:
tadbirkorlik subyekti tomonidan kasanachiga buyurtma berilayotgan ish turiga qarab, subsidiya hisobiga xarid qilingan asbob-uskunalar va xomashyo kasanachiga bepul beriladi;
tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimi yordamchilari bilan birgalikda kasanachilarning ish faoliyati samaradorligini doimiy tarzda monitoring qiladi hamda foydalanilmayotgan asbob-uskunalar va xomashyoga ajratilgan subsidiyalarni qaytarib oladi”;
g) 6-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 11-banddagi “Davlat soliq qoʻmitasining” soʻzlari “Soliq qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy tumanlarida tadbirkorlikni rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-264-son qarorining 1-bandi birinchi xatboshisidagi “shimoliy tumanlarda” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qaroriga 3-ilovada:
26-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil oktabr” soʻzlari “2024-yil iyul” soʻzlari bilan almashtirilsin;
61-pozitsiyaning “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil iyun” soʻzlari “2023-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-39-son qarorining 3-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi “2023-2024-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-52-son qaroriga 1-ilovaning 10-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2023-yil aprel — dekabr” soʻzlari “2023-2024-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-fevraldagi “Kasanachilikni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-70-son qarorining 6-bandidagi “Kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Hunarmandchilik va kasanachilikni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
43. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-135-son qarori 14-bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
44. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi PQ-162-son qarori bilan tasdiqlangan 2023-yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida raqamli xizmat va servislarni joriy etish reja-jadvalining 33-pozitsiyasida “Elektron hukumat tizimlari bilan integratsiya qilish muddati” va “Sinovdan oʻtkazish muddati” ustunlaridagi “2023 sentabr” soʻzlari “2023-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
45. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyuldagi “Samarqand shahrida “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-233-son qarori 9-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
46. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 18-avgustdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini isloh qilish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-283-son qarori 3-bandining “b” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “ikki oy muddatda” soʻzlari “2023-yil 31-dekabrga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
47. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qaroriga 5b-ilovaning 4-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2023 oktabr” soʻzlari “2023-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
48. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-martdagi “Ichki isteʼmol bozorini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 135-son qarorining 7-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
49. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-martdagi “Qashqadaryo viloyatida qishloq xoʻjaligida foydalanishdan chiqqan yerlarni 2021 — 2023-yillarda oʻzlashtirish va hududlarni eksportbop mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 154-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
50. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi “Hududlarda “mahallabay” ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirish orqali kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 504-son qaroriga ilovada:
a) 11-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 17-bandning “e” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
51. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi “Issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 27-son qarorining 2-bandida:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Izoh: mazkur ilovaning 13-bandi 2023-yil 1-dekabrdan, 7 va 40-bandlari 2024-yil 1-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5388-son Farmonining 8-bandi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5721-son Farmonining 3-bandi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish toʻgʻrisida”gi PF-5780-son Farmonining 23 va 24-bandlari.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-maydagi “Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini kamaytirish uchun turizm sohasini qoʻllab-quvvatlashga doir kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6002-son Farmoni 4-bandining “a” kichik bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi “Eksport faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6091-son Farmonining 1-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi “Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6244-son Farmonining 2-bandi hamda Farmonga 1-ilova.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-iyuldagi “Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6262-son Farmonining 4-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-33-son Farmonining 4-bandi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-yanvardagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida chuqur qayta ishlash va yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni hamda ularning eksportini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-53-son Farmonining 5-bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-150-son Farmoni.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-avgustdagi “Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni tashkil etish tizimini isloh qilish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-189-son Farmoni 2-bandining “g” kichik bandi.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-21-son Farmoni 2-bandining “a” kichik bandi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-43-son Farmoni.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 13-apreldagi “2023-yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-51-son Farmonining 6-bandi.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-81-son Farmonining 10-bandi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3225-son qarorining 2, 31, 6, 7, 8-bandlari va qarorga 1-ilova.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi “Respublikada pillachilik tarmogʻini jadal rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4047-son qarorining 5-bandi.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4246-son qarori 7-bandining “v” kichik bandi.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantirish va talab yuqori boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4302-son qarori 4-bandining “v” kichik bandi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4335-son qarori 4-bandining “d” kichik bandi.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-maydagi “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sugʻurta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4337-son qarorining 1-bandi.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-iyuldagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4406-son qarori 7-bandining “b” kichik bandi.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish boʻyicha masʼuliyatini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-4426-son qarorining 15-bandi.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish, sohada qoʻshilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4549-son qarorining 5-bandi.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qarorining 2 va 18-bandlari.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Aholi tomorqalaridan foydalanish samaradorligini oshirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4767-son qarorining 3-bandi hamda qarorga 3-ilovaning 3-bandi.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-iyuldagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik tarmoqlarini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4776-son qarorining 2 va 4-bandlari.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-avgustdagi “2020-2021-yillarda Fargʻona viloyatining Soʻx tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4798-son qarorining 6-bandi.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4829-son qarori 17-bandining “b” kichik bandi.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-noyabrdagi “Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4899-son qarori 14-bandining “a” kichik bandi.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “2021 — 2023-yillarda Surxondaryo viloyati Uzun tumani Bobotogʻ hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4995-son qarorining 3-bandi.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2021-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5009-son qarori 1-bandi “4” kichik bandining “a” kichik bandi.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-martdagi “Elektrotexnika sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5011-son qarorining 3-bandi.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Namangan viloyatida tadbirkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5084-son qarorining 5-bandi.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5087-son qarori 1-bandining “a” kichik bandi va 2-bandi.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5088-son qarori 10-bandining “a” kichik bandi.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-avgustdagi “Chavandozlar maktablari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5212-son qarorining 9-bandi.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-oktabrdagi “Tadbirkorlik subyektlarining xorijiy valyutadagi kredit majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq yukini kamaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5268-son qarorining 2 va 5-bandlari hamda qarorga ilova.
39. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi “Qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-144-son qarori 4-bandining uchinchi xatboshisi hamda qarorga 3-ilova.
40. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Parrandachilik sohasini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-281-son qarori 4-bandining “a” kichik bandi.
41. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-fevraldagi “Havo harorati keskin sovib ketishining iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-43-son qarorining 9-bandi.
42. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-sentabrdagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-316-son qarori 2-bandining “v” kichik bandi.
43. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-yanvardagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 37-son qarori 7-bandining “b” kichik bandi.
44. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 433-son qarorining 4-bandi.
45. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-oktabrdagi “Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi subyektlarini qoʻllab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi 602-son qarorining 2-bandi.
46. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 95-son qarorining 4-bandi.
47. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 630-son qarorining 10-bandi.
48. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 428-son qarori.
49. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-apreldagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratishni takomillashtirish hamda aholining doimiy daromad manbalarini koʻpaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 161-son qarorining 2-bandi.
Izoh: mazkur ilovaning 10 va 48-bandlari 2024-yil 1-martdan eʼtiboran kuchga kiradi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son; 29.09.2025-y., 06/25/176/0878-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son; 27.12.2025-y., 06/25/259/1224-son)