1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.06 Kreditlashning boshqa turlari;
2.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 28-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2022-yil 17-martda maʼqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
Ushbu Qonunning maqsadi nobank kredit tashkilotlari faoliyati va mikromoliyalashtirish faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 6-dekabrdagi 28/2-sonli “Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (roʻyxat raqami 3412, 2023-yil 11-yanvar) qarori.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
3-modda. Nobank kredit tashkilotlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning ushbu Qonunda ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi quyidagi kredit tashkilotlari nobank kredit tashkilotidir:
mikromoliya tashkiloti — mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi (roʻyxat raqami 3423, 2023-yil 7-mart) nizomning 1-bandi.
lombard — shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkning (ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli mikroqarzlar berishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2022-yil 30-dekabrdagi 30/26-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mikromoliya tashkiloti va lombard faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi (roʻyxat raqami 3423, 2023-yil 7-mart) nizomning 1-bandi.
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti — moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish va ularni ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
kafolatlar berish tashkiloti — yuridik va jismoniy shaxslarning kredit tashkiloti oldidagi pul majburiyatini bajarish boʻyicha kafolatlar (kafilliklar) berish faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
faktoring tashkiloti — pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik shaxs.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
4-modda. Nobank kredit tashkilotlarining faoliyati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.05 Kafolat;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.06.00 Mulkiy yollash (ijara). Umumiy masalalar / 03.11.06.04 Lizing (shuningdek, 09.14.17.04 ga qarang);
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.14.00 Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi (faktoring);
4.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
5.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash]
Mikromoliya tashkilotlari:
mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga;
toʻlov agenti (subagenti) yoki banklarning, sugʻurta va boshqa moliya tashkilotlarining agenti vazifalarini amalga oshirishga;
oʻzi amalga oshirayotgan faoliyat bilan bogʻliq maslahat va axborot xizmatlarini koʻrsatishga;
tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit summasidan oshadigan miqdorda kreditlar, lizing, kafolatlar berishga, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) xizmatlarini va islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatishga;
yuridik shaxslarga chet el valyutasida mikrokredit berishga hamda ushbu qismning beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlarni chet el valyutasida koʻrsatishga;
toʻlov tashkiloti faoliyatini mazkur tashkilotlar uchun belgilangan tartibda amalga oshirishga haqli.
(4-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deganda islomiy moliyalashtirishni amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan ishlab chiqilgan tartibda koʻrsatiladigan moliyaviy xizmatlar tushuniladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Lombardlar:
shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkning (ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli (bir yilgacha) mikroqarzlar berishga;
jismoniy shaxslardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni (ashyoni) vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 289-moddasi.
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari:
1) quyidagilar orqali ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirishni amalga oshirishga:
a) banklarga ular tomonidan berilgan yoki beriladigan ipoteka kreditlariga moliyaviy mablagʻlar taqdim etishga;
b) banklar tomonidan berilgan ipoteka kreditlari boʻyicha talab qilish huquqini olishga;
v) pul mablagʻlarini banklar tomonidan chiqarilgan ipoteka qimmatli qogʻozlariga joylashtirishga;
2) ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish bilan bogʻliq maslahat va axborot xizmatlarini koʻrsatishga haqli.
shaxsning kredit tashkiloti oldidagi pul majburiyatini bajarish boʻyicha kafolat (kafillik) berishga;
kredit tashkilotlariga ular tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan xizmatlarni koʻrsatish uchun moliyaviy mablagʻlar taqdim etishga;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa moliyaviy xizmatlarni koʻrsatishga haqli.
Kafolatlar (kafilliklar) berish boʻyicha faoliyatni professional asosda amalga oshirish deganda, bank yoki sugʻurta tashkiloti boʻlmagan yuridik shaxsning bir yil davomida oʻn martadan koʻp kafolatlar (kafilliklar) berishi tushuniladi, bundan mazkur yuridik shaxs tomonidan uning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) boʻlgan shaxslarga yoki xodimlariga bergan kafolatlar (kafilliklar) mustasno.
Faktoring tashkilotlari:
pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasiga asosan moliya agenti sifatida talab qilish huquqini olishga yoki boshqa shaxsga berishga;
pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash (faktoring) shartnomasi boʻyicha mijoz uchun buxgalteriya hisobini yuritishga, shuningdek mijozga boshqa shaxs foydasiga voz kechish narsasi boʻlgan pul talabnomalari bilan bogʻliq boshqa moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga haqli.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.01 Umumiy qoidalar]
Nobank kredit tashkilotlari xizmatlarni masofadan turib (elektron xizmatlar) koʻrsatishga, Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlarini, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini va ularning qarz qimmatli qogʻozlarini sotib olishga, boʻsh pul mablagʻlarini bankka omonatlar (depozitlar) sifatida kiritishga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishga haqli.
5-modda. Mikromoliyalashtirish faoliyati
Yuridik shaxslarning quyidagi xizmatlarni koʻrsatishga doir faoliyati mikromoliyalashtirish faoliyati deb eʼtirof etiladi:
jismoniy shaxs boʻlgan qarz oluvchiga toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarish shartlari asosida yuz million soʻmdan oshmaydigan miqdorda pul mablagʻlarini — mikroqarz berish;
(5-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-914-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/914/0161-son)
tadbirkorlik subyekti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaxs boʻlgan qarz oluvchiga toʻlovlilik, muddatlilik va qaytarish, shuningdek shartnomada nazarda tutilgan hollarda muayyan maqsadlar uchun foydalanish shartlarida uch yuz million soʻmdan oshmaydigan miqdorda pul mablagʻlarini — mikrokredit berish;
jismoniy shaxslarga mikroqarz summasidan oshmaydigan miqdorda kreditlar va kafolatlar berish, islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatish;
tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit summasidan oshmaydigan miqdorda lizing va kafolatlar berish, faktoring xizmatlari hamda islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Banklar, mikromoliya va toʻlov tashkilotlari, shuningdek mikroqarzlar berishga oid qism boʻyicha lombardlar mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga haqli.
6-modda. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir cheklovlar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.05.00 Bank omonati va boshqa depozit operatsiyalari;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.01.00 Umumiy qoidalar]
Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga haqli emas:
bevosita ishlab chiqarish, sugʻurta, shuningdek savdo faoliyatini amalga oshirishga, bundan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatuvchi mikromoliya tashkilotlari mustasno va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishga;
jismoniy va yuridik shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga;
jismoniy shaxs boʻlgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aksiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshadigan miqdorda qarz mablagʻlarini jalb etishga, bundan obligatsiyalar shaklidagi qarz mablagʻlarini jalb etish mustasno.
(6-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
7-modda. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir talablar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Nobank kredit tashkiloti oʻz faoliyatini amalga oshirish chogʻida:
nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga rioya etishi;
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi OʻRQ-660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
ustav fondini (ustav kapitalini) ushbu Qonun 17-moddasining uchinchi qismida belgilangan miqdordan kam boʻlmasligini taʼminlash;
rahbar xodimlarning ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishini taʼminlashi shart.
Lombard ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan talablardan tashqari kassa xonasining Markaziy bank talablariga muvofiqligini taʼminlashi kerak.
8-modda. Nobank kredit tashkilotlarining faoliyatiga doir mablagʻlarning manbalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Nobank kredit tashkilotlarining oʻz mablagʻlari, banklarning kreditlari, grantlar, shuningdek oʻz ishtirokchilaridan (aksiyadorlaridan) jalb etilgan qarz mablagʻlari nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga doir mablagʻlarning manbalaridir.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.24.00.00 Qimmatli qogʻozlar. Qimmatli qogʻozlar bozori / 07.24.01.00 Qimmatli qogʻozlar turlari / 07.24.01.02 Aksiyalar va obligatsiyalar]
Mikromoliya tashkilotlari va faktoring tashkilotlari ushbu Qonunning 26-moddasida belgilangan prudensial normativlarga rioya etgan taqdirda, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari faoliyatini ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlardan tashqari quyidagi mablagʻlar hisobidan amalga oshirishga haqli:
(8-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining hamda davlat jamgʻarmalarining mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlarining, chet el hukumat moliya tashkilotlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining qarz mablagʻlari;
yuridik shaxslardan, shu jumladan chet el yuridik shaxslaridan olingan qarz mablagʻlari;
islomiy moliyalashtirishga muvofiq boʻlgan qimmatli qogʻozlarni joylashtirishdan olingan mablagʻlar — mikromoliya tashkilotlari uchun;
ipoteka qimmatli qogʻozlarini joylashtirishdan olingan mablagʻlar — ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun.
9-modda. Nobank kredit tashkilotlarining mustaqilligi
Nobank kredit tashkilotlari oʻz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan qarorlarni qabul qilishda mustaqildir.
Davlat organlariga va ularning mansabdor shaxslariga nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga aralashish hamda ulardan turli xil toʻlovlar va badallar talab qilish taqiqlanadi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
10-modda. Nobank kredit tashkilotlarining uyushmalari va boshqa birlashmalari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.12.00 Boshqa birlashmalar, harakatlar, uyushmalar va oʻzga nodavlat notijorat tashkilotlari]
Nobank kredit tashkilotlari, agar ularni tashkil etish qonunchilik talablariga zid boʻlmasa, oʻz umumiy manfaatlarini himoya qilish hamda birgalikdagi dasturlarni amalga oshirish maqsadida uyushmalar va boshqa birlashmalarni tashkil etishi mumkin.
Nobank kredit tashkilotlari uyushmalari va boshqa birlashmalari vakolatli davlat organi tomonidan ular roʻyxatga olinganidan yoki tugatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan keyin Markaziy bankni bu haqda oʻn kunlik muddatda xabardor qiladi.
11-modda. Mikromoliya tashkilotining faoliyatini toʻlov tashkilotlari tomonidan amalga oshirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari]
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini toʻlov tashkilotlari ham toʻlov tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish vositasida Markaziy bankda hisob roʻyxatidan (bundan buyon matnda hisob roʻyxati deb yuritiladi) oʻtganidan keyin amalga oshirishga haqli.
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlariga ushbu Qonunda mikromoliya tashkilotlari uchun quyidagilarga nisbatan nazarda tutilgan talablar qoʻllaniladi:
ularni tashkil etishga, shuningdek filiallarni ochishga;
nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshirishga, shu jumladan prudensial normativlarga rioya etishga;
mikromoliya tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilishga.
Ushbu Qonunda nobank kredit tashkilotlarining firma nomiga nisbatan belgilangan talablar, nobank kredit tashkilotlarining rahbar xodimlariga qoʻyiladigan malaka talablari, shuningdek ushbu Qonun 20-moddasining birinchi qismida hisob roʻyxatidan oʻtish uchun hujjatlarni taqdim etishga belgilangan muddat mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkiloti ijro etuvchi organining aʼzolaridan biri ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan, mikromoliya tashkilotining ijro etuvchi organi rahbariga nisbatan qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlari oʻzida mavjud boʻlgan kredit axborotini kredit byurolariga va Kredit axborotining davlat reyestriga kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq taqdim etishi shart.
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotidan toʻlov tashkilotining faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyasi chaqirib olinganligi uning mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan chiqarilishi uchun asos boʻladi, bundan uning mikromoliya tashkiloti sifatida qayta roʻyxatdan oʻtishi hollari mustasno. Toʻlov tashkilotining yuqori boshqaruv organi tomonidan mikromoliya tashkiloti sifatida faoliyatni amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur tashkilot:
litsenziya chaqirib olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida bu haqda Markaziy bankni xabardor qilishi;
mikromoliya tashkiloti sifatida qayta roʻyxatdan oʻtishi va Markaziy bankka bu haqda litsenziya chaqirib olingan kundan eʼtiboran qirq besh kun ichida maʼlumotlar taqdim etishi shart. Ushbu maʼlumotlar taqdim etilguniga qadar ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish taqiqlanadi.
2-bob. Nobank kredit tashkilotlarini va ularning filiallarini tashkil etish
12-modda. Nobank kredit tashkilotlarini tashkil etish
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar aksiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Nobank kredit tashkilotlari qonunchilikka muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
Nobank kredit tashkilotining firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakliga koʻrsatma, shuningdek tashkilotning turiga qarab “mikromoliya tashkiloti”, “faktoring tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish” yoki “lombard” degan soʻz yoki soʻz birikmasi, mikromoliya tashkilotining qisqartirilgan nomida esa (mavjud boʻlganda) “MMT” degan qisqartma soʻz boʻlishi kerak.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari tashkil etilgan yoki tashkil etilayotgan banklarning yoxud nobank kredit tashkilotlarining firma nomlari bilan chalkashtirib yuborish darajasida oʻxshash boʻlgan firma nomlaridan foydalanish taqiqlanadi, bundan nobank kredit tashkilotlarining ularni tashkil etgan banklarning yoki aksiyadorlarning ular tashkil etgan banklarning firma nomlaridan foydalanishi, shuningdek oʻz faoliyatini mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirgan mikromoliya tashkilotlari foydalanishi mustasno.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-fevraldagi OʻRQ-1026-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 03/25/1026/0131-son)
Nobank kredit tashkiloti rasmiy blankalarda, muhrlarda, shtamplarda va oʻz faoliyati bilan bogʻliq boshqa hujjatlarda, shuningdek reklamada, peshlavhalarda, bosma maʼlumotnomalarda va bosma nashrlarda oʻz ustavida belgilanganidan farq qiladigan firma nomidan foydalanishga haqli emas.
Nobank kredit tashkilotining turlaridan biri sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan, biroq davlat roʻyxatidan oʻtganidan keyin uch oy davomida hisob roʻyxatidan oʻtish uchun hujjatlarni taqdim etmagan yuridik shaxslar oʻz firma nomida “mikromoliya tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish”, “faktoring tashkiloti” soʻz birikmasidan yoki “MMT” degan qisqartma soʻzdan, shuningdek lombard faoliyatini boshlaganlik haqida Markaziy bankka xabarnoma yubormagan yuridik shaxslar — “lombard” degan soʻzdan foydalanish huquqiga ega emas.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Nobank kredit tashkilotlari boʻlmagan yuridik shaxslar oʻz firma nomida faktoring tashkilotining, lombardning faoliyatini, ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish yoki jismoniy shaxslarga kredit berish faoliyatini amalga oshirishini anglatuvchi soʻzdan, soʻz birikmasidan va (yoki) qisqartirma soʻzdan foydalanishga haqli emas, bundan ushbu faoliyatni qonunchilikka muvofiq amalga oshiruvchi yuridik shaxslar mustasno.
(13-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Ushbu moddaning talablari kafolatlar berish tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
14-modda. Nobank kredit tashkilotining muassislari va ishtirokchilari (aksiyadorlari)
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar nobank kredit tashkilotining muassislari va ishtirokchilari (aksiyadorlari) boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.04.00 Siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.05.00 Diniy tashkilotlar;
3.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.17.00.00 Nodavlat notijorat tashkilotlari (shuningdek, 03.03.10.03ga qarang) / 01.17.06.00 Kasaba uyushmalari;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
Quyidagi shaxslar nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarga bevosita yoki bilvosita egalik qilishi mumkin emas:
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlat yoki hudud rezidenti boʻlgan va (yoki) ushbu davlatda yoki hududda yashaydigan jismoniy shaxslar;
imtiyozli soliq rejimini taqdim etuvchi va (yoki) benefitsiar mulkdorning shaxsini oshkor etishni hamda moliyaviy operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishni nazarda tutmaydigan davlatda yoki hududda roʻyxatga olingan yuridik shaxslar yoki ushbu davlat yoki hudud rezidenti boʻlgan, unda yashaydigan yoki roʻyxatdan oʻtgan boshqaruv organi aʼzosi mavjud boʻlgan yuridik shaxslar;
ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan ishchanlik obroʻsiga doir talablarga javob bermaydigan jismoniy shaxslar;
boshqaruv organi aʼzosi ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan ishchanlik obroʻsiga doir talablarga javob bermaydigan yuridik shaxslar;
bankrot deb eʼtirof etilgan shaxslar;
siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, diniy tashkilotlar;
davlat organlari, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyatni amalga oshiruvchi boshqa nobank kredit tashkilotlari.
Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga oʻzi nazorat qiladigan boshqa shaxs orqali egalik qiluvchi shaxs nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga bilvosita egalik qiluvchi shaxsdir.
Nazorat deganda shaxslar oʻrtasidagi quyidagi mezonlardan biriga mos keluvchi oʻzaro aloqa tushuniladi:
shaxs tomonidan yuridik shaxsning ustav fondida (ustav kapitalida) ustunlik qiladigan ulushga egalik qilish;
ishtirokchi (aksiyador) boʻlgan shaxsning shu yuridik shaxs boshqaruv organlarining koʻpchilik aʼzolarini tayinlash yoki almashtirish huquqi;
shaxsning yuridik shaxs faoliyatiga u bilan tuzilgan shartnomaga va (yoki) uning ustavi qoidalariga muvofiq taʼsir koʻrsatish imkoniyati.
Yuridik shaxsga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi yoki uni nazorat qiluvchi jismoniy shaxs yuridik shaxsning benefitsiar mulkdoridir.
15-modda. Nobank kredit tashkiloti ishtirokchilari (aksiyadorlari) tarkibining oʻzgarishi
Jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ularga aloqador boʻlgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari (bundan buyon matnda norezidentlar deb yuritiladi) bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi):
oʻn va undan koʻproq foizni, lekin koʻpi bilan yigirma foizni tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olguniga qadar Markaziy bankni xabardor qilishi;
yigirma va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olguniga qadar Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shart.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq xabardor etishda nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisida hujjatlar bilan tasdiqlangan axborot Markaziy bankka taqdim etiladi.
Agar nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish talab etilsa, nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olishga doir dastlabki ruxsatnomani olish uchun berilgan ariza Markaziy bank tomonidan monopoliyaga qarshi organning qarorini hisobga olgan holda koʻrib chiqiladi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Dastlabki ruxsatnomani olish uchun nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olishni niyat qilgan shaxs Markaziy bankning elektron platformasi (bundan buyon matnda elektron platforma deb yuritiladi) orqali Markaziy bankka quyidagilarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi:
1) nobank kredit tashkilotining ishtirokchilari (aksiyadorlari) tarkibiga yangi ishtirokchi (aksiyador) kirgan taqdirda:
a) nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni;
b) nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olishni niyat qilgan shaxsning ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni;
v) ushbu Qonun 20-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli hujjatlarni, agar nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olishni niyat qilgan shaxs norezident boʻlsa;
2) ishtirokchiga (aksiyadorga) tegishli hissaning miqdori (aksiyalar soni) koʻpaytirilgan taqdirda — nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini koʻpaytirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni.
Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasisiz nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini olish boʻyicha tuzilgan bitimlar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Markaziy bankning keyingi ruxsatnomasini olish shaxs nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ushbu modda birinchi qismida koʻrsatilgan hajmdagi ulushini oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda (huquqiy vorislik, meros, hadya yoki sudning qaroriga asosan mulk huquqini olish) olgan taqdirda talab etiladi. Shaxs nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olgan kundan eʼtiboran Markaziy bank tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kunga qadar, Markaziy bank tomonidan keyingi ruxsatnomani berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda esa, bunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran va mazkur ulush boshqa shaxsga oʻtkazilgunga qadar ushbu shaxsning ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilish, kun tartibiga masalalar kiritish, shuningdek kuzatuv kengashi (mavjud boʻlganda) va ijro etuvchi organlari aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish huquqi toʻxtatib turiladi.
Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olgan shaxs uni olgan kundan eʼtiboran oltmish kun ichida Markaziy bankka elektron platforma orqali keyingi ruxsatnomasini olish uchun arizani va mazkur shaxsning ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni taqdim etishi kerak.
Markaziy bank dastlabki yoki keyingi ruxsatnomani berish yoxud dastlabki yoki keyingi ruxsatnomani berishni asoslantirilgan holda rad etish toʻgʻrisidagi qarorni ushbu moddaning ikkinchi yoki beshinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida qabul qiladi.
Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olish uchun berilgan dastlabki ruxsatnoma u olingan kundan eʼtiboran olti oy davomida yuridik kuchini saqlab turadi.
Dastlabki yoki keyingi ruxsatnomani berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi va (yoki) ularda notoʻgʻri va (yoki) buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi;
nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olayotgan yoki oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olgan shaxsning ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq emasligi;
kreditga, garovga olingan mablagʻlardan va majburiyatlar yuklatilgan boshqa mablagʻlardan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan mablagʻlardan nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini olish uchun foydalanilganligi.
Ishtirokchi (aksiyador) tomonidan ariza berilmagan yoki keyingi ruxsatnomani berish rad etilgan taqdirda unga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olingan nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi:
keyingi ruxsatnomani olish uchun ariza berilmagan taqdirda, ulush olingan kundan eʼtiboran;
keyingi ruxsatnomani berish rad etilgan kundan eʼtiboran uch oy ichida boshqa shaxsga oʻtkazilishi lozim.
Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi shaxslar tarkibida ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxsning mavjudligi fakti aniqlangan taqdirda, Markaziy bank nobank kredit tashkilotiga va uning yuqori boshqaruv organiga uni almashtirish talabi bilan koʻrsatma yuboradi. Mazkur koʻrsatma olingan kundan eʼtiboran koʻrsatmada qayd etilgan shaxsning ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni talab qilish, kun tartibiga masalalar kiritish, shuningdek kuzatuv kengashi (mavjud boʻlganda) va ijro etuvchi organlari aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish huquqi toʻxtatib turiladi.
Nobank kredit tashkiloti yoki Markaziy bankning koʻrsatmasida qayd etilgan shaxs koʻrsatma ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda maʼmuriy sudga shikoyat qilishga haqli. Koʻrsatma ustidan shikoyat berilishi Markaziy bankning qarorini ijro etishdan ozod qilmaydi.
Nobank kredit tashkiloti ishtirokchilar tarkibi oʻzgarganidan keyin ustavga kiritilgan oʻzgartish va (yoki) qoʻshimchalarni ular qonunchilikka muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida Markaziy bankka taqdim etishi shart.
16-modda. Nobank kredit tashkilotlarining rahbar xodimlariga doir talablar
Nobank kredit tashkilotining kuzatuv kengashi (mavjud boʻlganda) va ijro etuvchi organi aʼzolari yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organ vazifasini amalga oshiruvchi shaxsi, bosh buxgalteri yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxsi, filiallarning rahbarlari, shuningdek Markaziy bank tomonidan belgilangan boshqa shaxslar (bundan buyon matnda rahbar xodim deb yuritiladi) ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq ishchanlik obroʻsiga doir talablarga, shuningdek ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan rahbar xodimlar malaka talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ishchanlik obroʻsiga doir talablar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
iqtisodiy sohadagi jinoyatlar, boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar hamda terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar uchun tugallanmagan yoki olib tashlanmagan sudlanganlik holatlarining mavjud emasligi;
moliya (kredit) tashkilotining moliyaviy ahvoli yomonlashishiga yoki uning bankrot boʻlishiga yoxud amalga oshirayotgan faoliyatining tugatilishiga olib kelgan harakatlar sodir etishga va (yoki) harakatsizlikka rahbar xodimning aloqadorligi toʻgʻrisidagi dalillarning mavjud emasligi.
(16-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Malaka talablari:
1) quyidagilarda ijro etuvchi organ rahbari yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organ vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs:
a) mikromoliya tashkilotida, faktoring tashkilotida yoki lombardda — oliy iqtisodiy maʼlumotga yoki bank-moliya sohasida ikki yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishini;
(16-modda uchinchi qismi 1-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
b) ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida va kafolatlar berish tashkilotida — oliy iqtisodiy maʼlumotga va bank-moliya sohasida besh yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga, shundan ushbu sohalarda rahbarlik lavozimlarida kamida uch yil ish tajribasiga ega boʻlishini;
(16-modda uchinchi qismi 1-bandining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
2) quyidagilarda bosh buxgalter yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa mansabdor shaxs:
a) mikromoliya tashkilotida, faktoring tashkilotida yoki lombardda — oliy maʼlumotga yoki buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bogʻliq ikki yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishini;
(16-modda uchinchi qismi 2-bandining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
b) ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotida va kafolatlar berish tashkilotida — oliy iqtisodiy maʼlumotga yoki buxgalteriya hisobini yuritish yoki moliyaviy hisobotni tuzish yoxud auditorlik faoliyati bilan bogʻliq uch yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlishini oʻz ichiga oladi.
(16-modda uchinchi qismi 2-bandining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Nobank kredit tashkiloti Markaziy bankka quyidagilar toʻgʻrisida yozma xabarnoma taqdim etishi shart:
nobank kredit tashkilotining rahbar xodimi lavozimga tayinlanganligi (saylanganligi) haqida u tayinlangan (saylangan) kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida rahbar xodimning ushbu moddada belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qilgan va ilgari ushbu lavozimni egallagan shaxsning ozod etilishi sabablarini koʻrsatgan holda;
nobank kredit tashkiloti rahbar xodimining ushbu moddada belgilangan talablarga muvofiq emasligi fakti aniqlanganligi va ushbu fakt aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida unga nisbatan koʻrilgan choralar haqida.
Markaziy bank tomonidan nobank kredit tashkiloti rahbar xodimining ushbu moddada koʻrsatilgan talablarga muvofiq emasligi fakti aniqlangan taqdirda, nobank kredit tashkilotiga uni almashtirish toʻgʻrisida koʻrsatma yuboriladi.
17-modda. Nobank kredit tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.01.00 Umumiy qoidalar]
Nobank kredit tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi va faqat nobank kredit tashkilotining muassislari (ishtirokchilari, aksiyadorlari) tomonidan kiritilgan pul mablagʻlaridan tashkil topadi.
Nobank kredit tashkilotining ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablagʻlardan va majburiyatlar yuklatilgan boshqa mablagʻlardan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan mablagʻlardan foydalanish taqiqlanadi.
Ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori:
kafolatlar berish tashkiloti uchun — yuz milliard soʻmni;
(17-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti uchun — yigirma besh milliard soʻmni;
mikromoliya tashkiloti va faktoring tashkiloti uchun — ikki milliard soʻmni;
(17-modda uchinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
lombard uchun — besh yuz million soʻmni tashkil etishi kerak.
Nobank kredit tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori hisob roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza berilgan yoki lombard faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma yuborilgan kunga qadar shakllantirilgan boʻlishi va hisob roʻyxatidan oʻtkazilguniga qadar yoki lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma yuborilguniga qadar bank hisobvaragʻida saqlanishi kerak.
18-modda. Nobank kredit tashkilotining filiallari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Shoʻʼba korxonalar]
Nobank kredit tashkilotining yuridik shaxs boʻlmagan, oʻz faoliyatini nobank kredit tashkiloti nomidan uning vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiradigan alohida boʻlinmasi nobank kredit tashkilotining filialidir.
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi.
Nobank kredit tashkilotining filiali nobank kredit tashkiloti bilan yagona ustav fondiga (ustav kapitaliga) va balansga ega boʻladi, shuningdek uning mol-mulki bilan taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.15.00.00 Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtirish vositalari / 03.15.01.00 Firma nomi]
Nobank kredit tashkiloti filialining nomi uni tashkil etgan nobank kredit tashkilotining firma nomini oʻz ichiga olishi shart.
Agar mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti faoliyatini ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan amalga oshirsa, mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti filialni ochish chogʻida prudensial normativlarga rioya etishi shart.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Nobank kredit tashkiloti filialni ochgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida Markaziy bankka vakolatli boshqaruv organining filialni tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorini, filial haqidagi nizomni va filialning rahbari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qilgan holda bu haqda elektron platforma orqali xabarnoma yuborishi shart.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Lombard filial ochilguniga qadar filial kassa xonalarining Markaziy bank talablariga muvofiqligini taʼminlashi shart.
Filialning faoliyati natijasida nobank kredit tashkilotining moliyaviy ahvoli yomonlashganda Markaziy bank ushbu filialning yopilishini talab qilishga haqli.
Filialning nomi yoki joylashgan yeri oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bunday oʻzgarish yuzaga kelgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida elektron platforma orqali Markaziy bankka yuborilishi kerak.
Nobank kredit tashkiloti Markaziy bankni filialning yopilishi toʻgʻrisida uni yopish haqida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran besh kun ichida elektron platforma orqali xabardor qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslarining filiallarini tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-bob. Nobank kredit tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish, lombardning faoliyati boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani yuborish va nobank kredit tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish
19-modda. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish shartlari
Mikromoliya tashkilotining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining, kafolatlar berish tashkilotining yoki faktoring tashkilotining faoliyati u haqidagi maʼlumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga, kafolatlar berish tashkilotlari reyestriga yoki faktoring tashkilotlari reyestriga kiritish vositasida hisob roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 44-moddasi.
Lombard faoliyati lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanganidan keyin amalga oshiriladi. Xabarnoma qabul qilinganligini tasdiqlash lombardni lombardlar reyestriga kiritish vositasida amalga oshiriladi.
Lombard oʻz faoliyatini boshlaganlik haqidagi xabarnomani yuborguniga qadar kassa xonalarining Markaziy bank talablariga muvofiqligini taʼminlashi shart. Mazkur talabni bajarish oʻrniga lombard oʻz faoliyatini kompleks sugʻurtalash polisini taqdim etishga haqli.
Mikromoliya tashkiloti naqd pullar va qimmatliklar bilan faoliyatni amalga oshirish chogʻida ularning butligini, daxlsizligini va xavfsizligini taʼminlashi shart.
Mikromoliya tashkilotining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining kafolatlar berish tashkilotining, faktoring tashkilotining ular hisob roʻyxatidan oʻtguniga qadar amalga oshiriladigan faoliyati, shuningdek lombard faoliyatini boshlaganlik toʻgʻrisidagi xabarnoma qabul qilinganligi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanguniga qadar lombardning amalga oshiriladigan faoliyati gʻayriqonuniy deb hisoblanadi. Bunday faoliyat natijasida olingan daromad Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyiladi.
(19-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
20-modda. Hisob roʻyxatidan oʻtish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti (bundan buyon matnda ariza beruvchi deb yuritiladi) hisob roʻyxatidan oʻtish uchun ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka elektron platforma orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi.
(20-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
ariza beruvchining firma nomi va joylashgan yeri (pochta manzili), shuningdek uning bank hisobvaragʻi rekvizitlari koʻrsatilgan arizani;
ariza beruvchining ishtirokchilari (aksiyadorlari) ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar emasligini tasdiqlovchi maʼlumotlarni;
uning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun kiritilgan mablagʻlarning manbalari toʻgʻrisida hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni;
ariza beruvchining rahbar xodimlari ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni.
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
kredit va investitsiya siyosatini, tavakkalchiliklarni, aktivlar va passivlarni boshqarish siyosatini belgilovchi hujjatlarni;
namunaviy bosh kredit shartnomasining (qayta moliyalashtirish shartnomasining) loyihasini;
Norezidentlar tomonidan mikromoliya tashkilotini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini, kafolatlar berish tashkilotini yoki faktoring tashkilotini tashkil etish chogʻida yoxud ularning ustav fondida (ustav kapitalida) norezidentlar ishtirok etganda, ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
(20-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
yuridik shaxsni nazorat qilish organining mikromoliya tashkilotini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotini, kafolatlar berish tashkilotini yoki faktoring tashkilotini tashkil etish uchun yoxud ularning ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etish uchun ruxsatnoma berilganligi toʻgʻrisidagi yozma tasdigʻi yoxud shunday ruxsatnoma talab etilmasligi haqidagi tasdiqnoma yoki uning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi organ mavjud emasligi toʻgʻrisida yuridik shaxsning tasdiqnomasi;
(20-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
auditorlik tashkiloti tomonidan tasdiqlangan oxirgi hisobot yili uchun moliyaviy hisobotlar — yuridik shaxslar ishtirok etgan taqdirda;
oxirgi ikki yil uchun daromadlar haqidagi deklaratsiya — jismoniy shaxslar ishtirok etgan taqdirda.
Norezidentlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar norezident boʻlgan yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan yoki norezident boʻlgan jismoniy shaxs yashayotgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasasi, norezident boʻlgan yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan yoki norezident boʻlgan jismoniy shaxs yashayotgan mamlakatning Tashqi ishlar vazirligi yoki mazkur mamlakatning Oʻzbekiston Respublikasidagi konsullik muassasasi yoxud diplomatik vakolatxonasi tomonidan tasdiqlanadi, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentida tasdiqlanadi.
Markaziy bank ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida koʻrsatilgan hujjatlarning shakli va mazmuniga talablar belgilashga, shuningdek tegishli vakolatli organlardan ariza beruvchini hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
21-modda. Hujjatlarni koʻrib chiqish va hisob roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
Ariza beruvchi tomonidan hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq taqdim etilgan taqdirda Markaziy bank tomonidan koʻrib chiqiladi. Boshqa hollarda Markaziy bank ular olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida ariza beruvchiga hujjatlar koʻrib chiqilmasligi haqida xabarnoma yuboradi. Mazkur xabarnomada ushbu Qonunning 20-moddasiga muvofiq taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxati ham koʻrsatiladi.
Hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.
Hisob roʻyxatidan oʻtkazish yoki hisob roʻyxatidan oʻtkazishni asoslantirilgan holda rad etish toʻgʻrisidagi qaror hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn besh ish kuni ichida Markaziy bank tomonidan qabul qilinadi. Mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti norezidentlar tomonidan tashkil etilgan hollarda mazkur muddat oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish davrida ularda koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, ariza beruvchi bu haqda zudlik bilan Markaziy bankni xabardor qilishi va yangilangan hujjatlarni oʻzgartishlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida taqdim etishi kerak. Bunda hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati oʻn ish kuniga uzaytiriladi.
Ariza beruvchiga hisob roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma hisob roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Hisob roʻyxatidan oʻtkazish haqidagi axborot hisob roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim.
22-modda. Hisob roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish
Hisob roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq emasligi va (yoki) ularda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
ariza beruvchining ishtirokchilari (aksiyadorlari) tarkibida ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning mavjudligi;
rahbar xodimlarning ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiq emasligi;
ariza beruvchining ustav fondi (ustav kapitali) ushbu Qonunning 17-moddasi talablariga muvofiq emasligi;
norezident boʻlgan yuridik shaxs nazorat qilish organining hisob roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi tavsiyasi mavjudligi;
ariza beruvchining hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni ushbu Qonunda belgilangan muddatlarda taqdim etmaganligi.
Hisob roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish haqidagi xabarnoma (bundan buyon matnda rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma deb yuritiladi) ariza beruvchiga rad etish asoslari koʻrsatilgan holda, hisob roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yuboriladi.
Hisob roʻyxatidan oʻtkazish ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan asoslarga koʻra rad etilgan taqdirda, rad etish haqidagi xabarnomada ariza beruvchi rad etish asoslarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat ham koʻrsatilishi kerak. Mazkur muddat rad etish asoslarini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan vaqtga mutanosib boʻlishi, biroq oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni takroran koʻrib chiqish chogʻida rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha hisob roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlar rad etish asoslari bartaraf etilmasdan takroran taqdim etilgan taqdirda, Markaziy bank ushbu hujjatlar qabul qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida ular koʻrib chiqilmasligi toʻgʻrisida ariza beruvchini xabardor qiladi.
Quyidagi hollardan biri yuzaga kelgan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida mikromoliya tashkiloti, faktoring tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish yoki kafolatlar berish tashkiloti oʻz firma nomidan “mikromoliya tashkiloti”, “faktoring tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish” degan soʻz birikmalarini, shuningdek “MMT” degan qisqartirma soʻzni hamda “kafolatlar berish” degan soʻz birikmasini (mavjud boʻlganda) chiqarib tashlashi yoki faoliyatni tugatish haqida yoxud qayta tashkil etish natijasida tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart:
(22-modda yettinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar rad etish asoslari bartaraf etilmasdan taqdim etilganligi munosabati bilan ular takroran koʻrib chiqilmasligi haqida Markaziy bankning xabarnomasini olganda;
hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlar takroran koʻrib chiqish uchun rad etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmaganda;
hisob roʻyxatidan oʻtkazish ushbu modda birinchi qismining yettinchi xatboshisida koʻrsatilgan asos boʻyicha rad etilganda.
23-modda. Lombardning faoliyati boshlanganligi toʻgʻrisida xabardor qilish tartibi
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Lombardning faoliyati boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma lombard davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin uch oydan kechiktirmay Markaziy bankka quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda, elektron platforma orqali yuborilishi kerak:
lombardning ishtirokchilari (aksiyadorlari) ushbu Qonun 14-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar emasligini tasdiqlovchi maʼlumotlar;
lombardning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish uchun uning ishtirokchilari (aksiyadorlari) tomonidan kiritilgan mablagʻlarning manbalari haqidagi hujjatlar bilan tasdiqlangan axborot;
lombardning rahbar xodimlari ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan talablarga muvofiqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi OʻRQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi.
Lombard norezidentlar tomonidan tashkil etilganda yoki uning ustav fondida (ustav kapitalida) norezidentlar ishtirok etganda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlarga qoʻshimcha ravishda ushbu Qonun 20-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli hujjatlar mazkur moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqdim etiladi.
Lombardning faoliyati boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma lombard nomidan ish yuritish vakolatiga ega boʻlgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Lombard Markaziy bankka faoliyatni boshlaganlik haqidagi xabarnomani yuborganda qonunchilik hujjatlarida oʻz faoliyatini amalga oshirish boʻyicha belgilangan talablarga va shartlarga rioya etish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Lombardning faoliyati boshlanganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuborganlik uchun yigʻim undirilmaydi.
24-modda. Nobank kredit tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish
Nobank kredit tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan, kafolatlar berish tashkilotlari reyestridan, faktoring tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan (bundan buyon matnda tegishli reyestr deb yuritiladi) chiqarish toʻgʻrisidagi qaror Markaziy bank tomonidan quyidagi hollarda qabul qilinadi:
(24-modda birinchi qismning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
nobank kredit tashkiloti tomonidan ushbu Qonunda taqiqlangan va (yoki) nazarda tutilmagan faoliyat amalga oshirilganda;
mikromoliya tashkiloti, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tegishincha mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan, kafolatlar berish tashkilotlari reyestridan yoki faktoring tashkilotlari reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, shuningdek Markaziy bank lombardning faoliyati tugatilganligi haqida xabarnoma olganda;
(24-modda birinchi qismning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestriga nobank kredit tashkilotining faoliyati tugatilganligi haqida yozuv kiritilganda;
mikromoliya tashkiloti faoliyati mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirilganda;
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-fevraldagi OʻRQ-1026-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 03/25/1026/0131-son)
nobank kredit tashkiloti toʻlovga qobiliyatsiz boʻlib qolganda (kreditorlarning talablarini ularni bajarish muddatlari boshlangan kundan eʼtiboran uch oy ichida qanoatlantirishga qodir emasligi va (yoki) majburiyatlarning aktivlardan oshib ketganligi);
Markaziy bankning nazoratga doir vazifalarini bajarishga toʻsqinlik qilinganda;
ayrim operatsiyalarni amalga oshirish boʻyicha cheklovlarning amal qilish davrida nobank kredit tashkiloti tomonidan ushbu operatsiyalar amalga oshirilganda;
ariza beruvchi hisob roʻyxatidan oʻtkazish uchun yoki lombardning faoliyati boshlanganligi toʻgʻrisidagi xabarnomada soxta hujjatlardan foydalanganda — sud qaroriga asosan.
Markaziy bank quyidagi hollarda nobank kredit tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli:
(24-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan talablar bajarilmaganda;
ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan faoliyat ketma-ket olti oydan ortiq vaqt davomida amalga oshirilmaganda;
lombard faoliyatini amalga oshirishi uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida yolgʻon yoki ishonchsiz axborot berilganda.
Markaziy bank nobank kredit tashkiloti haqidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kundan eʼtiboran bir ish kuni ichida bu haqda nobank kredit tashkilotini xabardor qiladi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi axborotni Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi.
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Nobank kredit tashkiloti oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida Markaziy bankning xabarnomasini olgan sanadan eʼtiboran yangi xizmatlar koʻrsatishga haqli emas.
(24-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Nobank kredit tashkiloti oʻzi haqidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish toʻgʻrisida Markaziy bank tomonidan qaror qabul qilinganidan keyin oʻttiz kun ichida oʻz firma nomidan “mikromoliya tashkiloti”, “faktoring tashkiloti”, “ipotekani qayta moliyalashtirish”, “lombard” degan soʻzni yoki soʻz birikmalarini, shuningdek “MMT” degan qisqartirma soʻzni hamda “kafolatlar berish” degan soʻz birikmasini (mavjud boʻlganda) chiqarib tashlashi yoxud faoliyatni tugatish yoki qayta tashkil etish natijasida tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi shart.
(24-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
4-bob. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish
25-modda. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish yuzasidan Markaziy bankning vakolatlari
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi.
Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish maqsadida quyidagilarni belgilaydi:
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan oʻtish tartibini;
nobank kredit tashkilotlarining axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini taʼminlashga doir minimal talablarni;
lombardlarning kassa xonalariga doir talablarni;
nobank kredit tashkilotlari tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalarni, texnologiyalarni va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, xizmatlar hamda operatsiyalar soni va (yoki) hajmi, isteʼmolchilar soni va boshqalar) sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus huquqiy rejimni (“tartibga solish qumdoni”);
mikromoliya tashkilotlari tomonidan toʻlov agenti (subagenti) yoki banklar, sugʻurta va boshqa moliya tashkilotlari agenti vazifalarini amalga oshirish tartibini;
mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatish tartibini;
mikromoliya tashkilotlarining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining, kafolatlar berish tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining aktivlari sifatini tasniflash va baholashga, ularni tasniflash asosida aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaxiralarni shakllantirishga doir talablarni;
(25-modda ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
mikromoliya tashkilotlarining, lombardlar, kafolatlar berish tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining xizmatlari isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishi chogʻida ushbu tashkilotlar faoliyatiga doir minimal talablarni;
(25-modda ikkinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga doir ichki nazorat qoidalarini.
Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida quyidagilarni belgilaydi:
nobank kredit tashkilotlari tomonidan faoliyatni va moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarini, hisobotlarning shakli, tuzilishi va mazmunini, moliyaviy hamda nazoratga doir hisobotlarni tuzish uslubiyatini, davriyligini va taqdim etish muddatlarini, tavakkalchiliklarni baholash hamda ularning faoliyatini nazorat qilish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etish muddatlarini;
mikromoliya tashkilotlari, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, kafolatlar berish tashkilotlari va faktoring tashkilotlari uchun prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini hamda ushbu normativlarning yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarini.
(25-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida:
nobank kredit tashkilotlaridan, ularga aloqador boʻlgan shaxslardan, shuningdek nobank kredit tashkilotlarining uyushmalaridan (ittifoqlaridan) hisobotlarni va hujjatlarni soʻrab olishga hamda tekshirishga, olingan axborotni tushuntirib berishni talab qilishga;
nobank kredit tashkilotlarini inspeksiyadan (tekshiruvdan) oʻtkazishga;
mikromoliya tashkilotlari tomonidan beriladigan isteʼmol kreditlari va mikroqarzlar, shuningdek lombardlar tomonidan beriladigan mikroqarzlar boʻyicha foiz stavkalarining va toʻlovlarning eng yuqori qiymatlarini belgilashga;
mikromoliya tashkilotlarining, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining, kafolatlar berish tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining ichki auditiga doir talablarni belgilashga haqli.
(25-modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Markaziy bank mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestrini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, kafolatlar berish tashkilotlari reyestrini, faktoring tashkilotlari reyestrini, shuningdek lombardlar reyestrini yuritadi.
(25-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrdagi OʻRQ-582-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-bobi.
Ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlari va faktoring tashkilotlari, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari prudensial normativlarga rioya etishi shart.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Prudensial normativlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
kapitalning yetarlilik koeffitsiyentlarini;
likvidlilik koeffitsiyentlarini;
bir qarz oluvchiga yoki oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini;
mikromoliya tashkilotiga kafolatlar berish tashkilotiga yoki faktoring tashkilotiga aloqador boʻlgan shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini;
(26-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qogʻozlariga investitsiyalarning eng koʻp miqdorini.
Lombardlarning, shuningdek faoliyatni oʻz mablagʻlari, banklarning kreditlari va oʻz ishtirokchilaridan (aksiyadorlaridan) jalb etilgan qarz mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining prudensial talablarga rioya etishi talab etilmaydi.
(26-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
27-modda. Mikromoliya tashkilotiga, faktoring tashkilotiga yoki kafolatlar berish tashkilotiga aloqador boʻlgan shaxslarga xizmatlar koʻrsatish
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan mablagʻlar hisobidan faoliyatni amalga oshiruvchi mikromoliya tashkilotlarining va faktoring tashkilotlarining, shuningdek kafolatlar berish tashkilotlarining ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan, oʻzlariga aloqador boʻlgan shaxslarga yoki bunday shaxslar nomidan harakat qiladigan shaxslarga xizmatlar koʻrsatishi bunday xizmatlar ushbu tashkilotlarga aloqador boʻlmagan shaxslar uchun nazarda tutilgan shartlarga qaraganda ancha qulay shartlar asosida koʻrsatiladigan hollarda taqiqlanadi.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Mikromoliya tashkilotiga kafolatlar berish tashkilotiga yoki faktoring tashkilotiga aloqador boʻlgan shaxslar quyidagilardan iborat:
(27-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
mikromoliya tashkilotining kafolatlar berish tashkilotining yoki faktoring tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) yigirma foiz va undan ortiq ulushlariga bevosita yoki bilvosita egalik qiluvchi shaxslar;
(27-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
uning ustidan nazoratni amalga oshirayotgan yoki uning nazorati ostidagi yoxud u bilan birgalikda uchinchi shaxs nazorati ostida boʻlgan shaxslar;
ushbu qismning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilarida koʻrsatilgan jismoniy shaxslarning yaqin qarindoshlari (qarindosh yoki qayin-boʻyinchilik munosabatidagi shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalar hamda opa-singillar, er-xotin, farzandlar, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobolar, buvilar, nevaralar, er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-ukalari hamda opa-singillari);
yuridik shaxslar ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma foiz va undan ortiq ulushlarga egalik qiluvchi shaxslar mikromoliya tashkiloti kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti ustidan nazoratni amalga oshirayotgan boʻlsa, mazkur yuridik shaxslar.
(27-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Ancha qulay shartlarni taqdim etish deganda quyidagilar tushuniladi:
mikromoliya tashkilotining kafolatlar berish tashkilotining yoki faktoring tashkilotining oʻziga aloqador boʻlgan shaxsga yoki shunday shaxsning manfaatlarini koʻzlab oʻzining tabiati, maqsadlari, oʻziga xos xususiyatlari va tavakkalchiligiga koʻra boshqa shaxslarga koʻrsatmaydigan xizmatlarini koʻrsatishi;
(27-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
xizmat koʻrsatish uchun boshqa shaxslardan talab qilinadiganidan pastroq tarzda haq olish yoki taʼminotni boshqa shaxslardan talab qilinadigan qiymatdan yuqoriroq qiymat boʻyicha qabul qilish.
Mikromoliya tashkiloti kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti oʻziga aloqador boʻlgan shaxslarga ushbu moddaning talablarini hisobga olgan holda, kuzatuv kengashining (mavjud boʻlganda) yoki yuqori boshqaruv organining qaroriga koʻra xizmatlar koʻrsatishi mumkin.
(27-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Agar shaxs mikromoliya tashkiloti kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti bilan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolaganidan keyin unga aloqador shaxsga aylansa, mikromoliya tashkilotining kuzatuv kengashi (mavjud boʻlganda) yoki yuqori boshqaruv organi mazkur shaxs unga aloqador shaxsga aylangan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida ushbu shartnomani maʼqullashi yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida farmoyish berishi kerak.
(27-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Kuzatuv kengashining (mavjud boʻlganda) yoki yuqori boshqaruv organining aʼzosi mikromoliya tashkiloti kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti bilan oʻzi oʻrtasida yoki oʻziga aloqador shaxs oʻrtasida tuzilgan yoki tuziladigan xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma masalasi boʻyicha yigʻilishda hozir boʻlmasligi, qabul qilinadigan qarorga taʼsir koʻrsatishga urinmasligi kerak.
(27-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Mikromoliya tashkiloti, kafolatlar berish tashkiloti yoki faktoring tashkiloti oʻziga aloqador boʻlgan shaxslarga xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnomalarning alohida reyestrini yuritishi va reyestrni Markaziy bankka uning talabiga binoan taqdim etishi shart.
(27-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
28-modda. Nobank kredit tashkilotlariga nisbatan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy boʻlinmalari va muassasalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.30.00.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish / 07.30.01.00 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan choralar]
Markaziy bank nobank kredit tashkilotlariga nisbatan:
nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini, shu jumladan belgilangan prudensial normativlarni hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik;
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 243-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1793-moddasi.
ular xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini buzganlik;
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbeksiton Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 221-I-sonli “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
faoliyatni xabardor qilish tartibida amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida Markaziy bankka yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot berganlik uchun choralar va sanksiyalar qoʻllashga haqli;
axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlashga doir talablarni bajarmaganlik.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan qoidabuzarliklar aniqlanganda Markaziy bank quyidagi choralar va sanksiyalarni qoʻllashga haqli:
nobank kredit tashkilotlariga ularning faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida, shu jumladan nobank kredit tashkilotlari xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari buzilishiga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish haqida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborish;
ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni uch oygacha boʻlgan muddatga cheklash;
nobank kredit tashkilotining oʻz kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undirish;
nobank kredit tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli reyestrdan chiqarish;
(28-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni toʻxtatib turish yoki tugatish.
Choralar va sanksiyalarni qoʻllashda Markaziy bank quyidagilarni hisobga oladi:
tavakkalchilik darajasini, qoidabuzarliklar xususiyatini, miqyosini va ularning oqibatlarini;
qoidabuzarliklarning tizimliligi va davomiyligini;
yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklarning nobank kredit tashkilotining moliyaviy holatiga taʼsirini;
qoʻllaniladigan choralar va (yoki) sanksiyalar natijasida vaziyatni oʻzgartirish imkoniyatini;
aniqlangan qoidabuzarliklarning va (yoki) tavakkalchiliklarning yuzaga kelishiga olib kelgan sabablarni;
ilgari qoʻllanilgan choralar va sanksiyalarning samaradorligini (natijadorligini).
5-bob. Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi, hisobotlar, ichki audit va auditorlik tekshiruvi
29-modda. Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotlar
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.01.00 Umumiy qoidalar]
Nobank kredit tashkilotlari:
qonunchilikka muvofiq buxgalteriya hisobini tashkil etishi va yuritishi;
moliyaviy va nazoratga doir hisobotlarni oʻz vaqtida Markaziy bank tomonidan belgilangan shakllarda va tartibda taqdim etishi shart. Nobank kredit tashkiloti taqdim etiladigan hisobotlarning yaxlitligi hamda ishonchliligi uchun javobgar boʻladi.
Aktivlarining balans qiymati oʻn milliard soʻmdan ortiq boʻlgan mikromoliya tashkilotlari va faktoring tashkilotlari, aktivlarining balans qiymati besh milliard soʻmdan ortiq boʻlgan lombardlar, shuningdek ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari va kafolatlar berish tashkilotlari ichki audit xizmatini tashkil etishi shart.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Nobank kredit tashkilotining ichki audit xizmati nobank kredit tashkilotining kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit xizmati nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi yoki yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsi, shuningdek filiallari tomonidan qonunchilikka, taʼsis hujjatlariga hamda boshqa hujjatlarga, moliya-xoʻjalik operatsiyalarini amalga oshirishga doir belgilangan qoidalar va tartib-taomillarga rioya etilishini, buxgalteriya hisobi va hisobotida maʼlumotlar toʻliq hamda toʻgʻri aks ettirilishi taʼminlanishini, shuningdek aktivlar but saqlanishini tekshirish hamda monitoring qilish orqali ushbu organ yoki shaxs, shuningdek filiallar ishini nazorat qiladi hamda baholaydi.
31-modda. Nobank kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.07.00 Auditorlik faoliyatining boshqa masalalari]
Nobank kredit tashkilotlarining yillik moliyaviy hisoboti auditdan oʻtkazilishi shart. Nobank kredit tashkilotlarida auditorlik tekshiruvi Markaziy bankning talabiga koʻra ularning faoliyati boʻyicha umumiy holda ham, ular faoliyatining alohida yoʻnalishlari boʻyicha ham oʻtkazilishi mumkin.
Nobank kredit tashkilotlari yillik moliyaviy hisobotni auditorlik xulosasi bilan birga nobank kredit tashkiloti ishtirokchilarining (aksiyadorlarining) yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin eʼlon qilishi shart.
6-bob. Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlarini himoya qilish
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
32-modda. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan xizmatlar koʻrsatishning asosiy qoidalari
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.23.00.00 Boshqa kredit muassasalari / 07.23.02.00 Lombardlar]
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar xizmatlar koʻrsatayotganda isteʼmolchilarga (mijozlarga) nisbatan halollik, shaffoflik, oʻzaro hurmat va xolislik prinsiplariga rioya etishi kerak.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar xizmatlar koʻrsatishning ushbu Qonun talablariga muvofiq oʻzlari ishlab chiqqan qoidalariga binoan xizmatlar koʻrsatadi.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlarning xizmatlar koʻrsatish qoidalari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
koʻrsatiladigan xizmatlarning roʻyxati, ularning qiymati toʻgʻrisidagi, shu jumladan kreditning (mikroqarzning) toʻliq qiymatini hisoblash tartibi, shuningdek xizmatlar koʻrsatishning miqdori va muddatlari haqidagi maʼlumotlarni;
xizmatlar koʻrsatish shartlarini, shu jumladan isteʼmolchilarga (mijozlarga) nisbatan kreditlar (mikroqarzlar) olish uchun qoʻyiladigan talablarni;
xizmatlardan foydalanish uchun isteʼmolchilar (mijozlar) tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatini, ularni taqdim etish tartibini va koʻrib chiqish muddatini;
isteʼmolchilarni (mijozlarni) xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida qabul qilingan qaror yoki mazkur xizmatni koʻrsatishni asoslantirilgan holda rad etish haqida xabardor qilish usullarini.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.10.00 Pullik xizmat koʻrsatish]
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan pulli xizmatlar koʻrsatish uchun isteʼmolchining (mijozning) bunday xizmatlardan foydalanishga doir buyurtma yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakldagi roziligining (akseptning) mavjudligi asos boʻladi.
Isteʼmolchining (mijozning) mikromoliya tashkiloti yoki lombard oldidagi majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarish imkoniyatini aniqlash uchun mikromoliya tashkiloti yoki lombard isteʼmolchi (mijoz) tomonidan taqdim etilgan va (yoki) oʻzi kredit byurosidan yoki boshqa manbadan mustaqil ravishda olgan axborotdan foydalanishga haqli.
Mikromoliya tashkiloti yoki lombard:
xizmatlar koʻrsatish qoidalarida belgilangan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqishi hamda xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida yoki mazkur xizmatni koʻrsatishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilishi;
xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida yoki mazkur xizmatni koʻrsatishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qabul qilingan qaror toʻgʻrisida bunday qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay isteʼmolchini (mijozni) yozma shaklda xabardor etishi shart.
Mikromoliya tashkilotlariga va lombardlarga quyidagilar taqiqlanadi:
jismoniy shaxsga kredit (mikroqarz) berish shartnomasi boʻyicha yillik qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etadigan summada foizlar hisoblash, vositachilik haqlari va neustoyka (jarima, penya) undirish, javobgarlikning boshqa choralarini qoʻllash;
kredit buyurtmalarini koʻrib chiqqanlik, ssuda hisob raqamlariga xizmat koʻrsatganlik, kreditlar (mikroqarzlar) ajratganlik uchun toʻlovlar, shuningdek kreditlarni (mikroqarzlarni) muddatidan ilgari toʻlaganlik uchun neustoykalar undirish;
xizmatdan foydalanish sharti sifatida mikromoliya tashkilotining yoki lombardning yoxud oʻzga uchinchi shaxsning boshqa pulli xizmatidan foydalanishga isteʼmolchini (mijozni) majburlash;
jismoniy shaxslarga chet el valyutasida kreditlar (mikroqarzlar) berish, shuningdek ular boʻyicha jismoniy shaxslarning majburiyatlarini chet el valyutasida hisobga olish;
qaytarish muddati bir yilgacha boʻlgan kreditlar (mikroqarzlar) taʼminoti uchun uy-joy koʻchmas mulkini jismoniy shaxslardan garovga qabul qilish — mikromoliya tashkilotlari uchun;
jismoniy shaxsning ilgari olgan kreditlari (mikroqarzlari) boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlgan taqdirda unga kredit (mikroqarz) berish.
Mikromoliya tashkilotlari tomonidan beriladigan isteʼmol kreditlari va mikroqarzlar, shuningdek lombardlar tomonidan beriladigan mikroqarzlar boʻyicha foiz stavkalari va toʻlovlar Markaziy bank tomonidan belgilangan eng yuqori qiymatlardan oshmasligi kerak.
mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishda banklarning oʻz isteʼmolchilari (mijozlari) bilan oʻzaro munosabatlariga nisbatan;
kafolatlar berish tashkilotlarining oʻz isteʼmolchilari (mijozlari) bilan oʻzaro munosabatlariga nisbatan mazkur tashkilotlar faoliyatiga taalluqli boʻlgan qismida ham tatbiq etiladi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
33-modda. Isteʼmolchilarning (mijozlarning) huquqlari
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.02.00 Asosiy (Konstitutsiyaviy) shaxsiy huquq va erkinliklar / 01.06.02.06 Har qanday axborotni izlash, topish va tarqatish huquqi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.04.00 Maʼnaviy zararni qoplash]
Mikromoliya tashkilotlarining va lombardlarning xizmatlari isteʼmolchilari (mijozlari):
xizmat toʻgʻrisida, shuningdek ushbu xizmatni koʻrsatuvchi tashkilot haqida toʻgʻri va toʻliq axborot olish;
mikromoliya tashkiloti yoki lombard tomonidan koʻrsatiladigan xizmatni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli boʻlishi;
xizmatning xavfsiz boʻlishi;
kamchiliklari boʻlgan xizmat, shuningdek mazkur xizmatni koʻrsatuvchi tashkilotning gʻayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy zararning oʻrni toʻliq hajmda qoplanishi, maʼnaviy ziyonning kompensatsiya qilinishi;
buzilgan huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini soʻrab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Mikromoliya tashkilotlarining va lombardlarning xizmatlari isteʼmolchilari (mijozlari) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Isteʼmolchi (mijoz) mikromoliya tashkiloti yoki lombard tomonidan oʻziga jarima solinmagan holda:
kreditning (mikroqarzning) foydalanilmagan summasidan mazkur kreditni (mikroqarzni) bergan (beradigan) tashkilotni kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisidagi shartnoma tuzilgan kundan eʼtiboran ikki hafta ichida yozma ravishda xabardor qilish orqali voz kechishga;
berilgan kredit (mikroqarz) summasini muddatidan ilgari qaytarishga yoki lizing obyektining qiymatini muddatidan ilgari toʻlashga, shuningdek ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni (lizing beruvchining foizli daromadini) toʻlashga haqli.
34-modda. Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan axborotni oshkor qilish
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.04.00 Ochiq va umumfoydalanishi mumkin boʻlgan axborot. Davlat axborot resurslari]
Kredit (mikroqarz) berish shartlari, uning miqdori, muddatlari, uni toʻlash va uning toʻliq qiymatini hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar barchaning tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlishi hamda rasmiy veb-saytga (mavjud boʻlganda) joylashtirilishi kerak. Ochiq axborot koʻrsatilayotgan xizmatlar shartlaridan va ularga oid maʼlumotlardan farq qilmasligi kerak.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar isteʼmolchi (mijoz) bilan xizmatlar koʻrsatish shartnomasini tuzguniga qadar:
ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan talablarni hisobga olgan holda koʻrsatiladigan xizmatlar toʻgʻrisidagi ishonchli axborotning toʻliq oshkor qilinishini taʼminlashi. Koʻrsatiladigan xizmatlarning shartlari va qiymati haqida axborot berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi;
uning huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek xizmatlar koʻrsatish shartnomasi boʻyicha oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik oqibatlarini tushuntirishi;
uni koʻrsatiladigan xizmatlar shartlarini oʻzgartirish tartibi, shu jumladan qarzdorlikni qaytarish muddatlarini qayta koʻrib chiqish va undiruvni garov mulkiga qaratish tartib-taomili bilan tanishtirishi kerak.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan xizmatlar koʻrsatish joylarida (kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qilish joylarida), shu jumladan oʻz rasmiy veb-saytida (mavjud boʻlganda) kredit (mikroqarz) berish, undan foydalanish va uni qaytarish shartlari toʻgʻrisidagi quyidagi axborot joylashtirilishi kerak:
kredit (mikroqarz) beruvchi tashkilotning nomi, uning joylashgan yeri, aloqa telefonlari, rasmiy veb-sayti (mavjud boʻlganda), mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga yoki lombardlar reyestriga oʻzi haqidagi maʼlumotlar kiritilganligi toʻgʻrisidagi axborot;
kredit (mikroqarz) olish uchun qarz oluvchiga qoʻyiladigan talablar;
kredit (mikroqarz) olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish va kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisida yoki kredit (mikroqarz) berishni asoslantirilgan holda rad etish haqida qaror qabul qilish muddatlari;
kreditning (mikroqarzning) turlari;
kreditning (mikroqarzning) summalari va uni qaytarish muddatlari;
foiz stavkalari yillik foizlarda, oʻzgaruvchan foiz stavkalari qoʻllanilganda esa ularni aniqlash tartibi;
kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha majburiyatlar bajarilishini taʼminlash turlari;
kreditdan (mikroqarzdan) foydalanganlik uchun foizlar hisoblash boshlanadigan sana yoki uni aniqlash tartibi;
kredit (mikroqarz) berish, shu jumladan masofaviy xizmatlar koʻrsatish tizimlari orqali kredit (mikroqarz) berish usullari;
qarz oluvchi kredit (mikroqarz) olishni rad etishga haqli boʻlgan muddatlar;
qarz oluvchining kreditni (mikroqarzni) qaytarish, kredit (mikroqarz) boʻyicha foizlarni va boshqa toʻlovlarni toʻlash chogʻidagi toʻlovlarining davriyligi;
qarz oluvchining kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisidagi shartnomani bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarligi, neustoyka (jarima, penya) miqdorlari, uni aniqlash tartibi;
formulyarlar yoki kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisidagi shartnomaning umumiy shartlari belgilangan boshqa standart shakllar.
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan axborot qarz oluvchining eʼtiboriga bepul yetkaziladi.
Kredit (mikroqarz) berish, undan foydalanish va uni qaytarish shartlari toʻgʻrisidagi axborotni tarqatishga kreditor tomonidan uchinchi shaxslar jalb etilgan taqdirda bunday shaxslar axborotni ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hajmda va tartibda oshkor etishi shart.
Mikromoliya tashkiloti va lombard qarz oluvchi murojaat qilganda unga haqiqiy qarzdorlikning miqdori toʻgʻrisidagi toʻliq axborotni va xizmatlar koʻrsatish shartnomasining shartlari toʻlovlarda oʻzgarishga olib keladigan tarzda oʻzgartirilgan taqdirda — toʻlovlarning yangi jadvalini taqdim etishi shart.
Mikromoliya tashkiloti va lombard oʻzining nomi va (yoki) joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, bunday oʻzgarishlar sodir boʻlgan sanadan eʼtiboran ikki ish kunidan oshmagan muddatda bu haqda qarz oluvchilarni hamda kreditorlarni ommaviy axborot vositalarida va oʻz rasmiy veb-saytida (mavjud boʻlganda) tegishli axborotni eʼlon qilish orqali xabardor etishi shart. Mazkur talab nobank kredit tashkiloti filialining nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
35-modda. Kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisidagi shartnoma shartlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish]
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar kredit (mikroqarz) berish toʻgʻrisidagi shartnomalar (bundan buyon matnda shartnoma deb yuritiladi) asosida kreditlar (mikroqarzlar) beradi.
Shartnoma shartlari qarz oluvchi bilan kelishiladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
kredit (mikroqarz) summasini yoki kreditlash limitini va uni oʻzgartirish tartibini;
foiz stavkasini yillik foizlarda, oʻzgaruvchan foiz stavkasi qoʻllanilganda esa uni aniqlash tartibini;
shartnomaning amal qilish muddatini va kreditni (mikroqarzni) qaytarish muddatini;
qarz oluvchining shartnoma boʻyicha toʻlovlari soni, miqdori va davriyligini (muddatlarini), shuningdek kreditning (mikroqarzning) asosiy summasini hamda u boʻyicha foizlarni toʻlash (differensial yoki annuitet) usulini;
kredit (mikroqarz) qisman muddatidan oldin qaytarilganda qarz oluvchining toʻlovlari sonini, miqdorini va davriyligini (muddatlarini) oʻzgartirish tartibini;
shartnoma boʻyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash turi va bunday taʼminotga (mavjud boʻlganda) nisbatan qoʻyiladigan talablarni;
mikromoliya tashkilotining yoki lombardning va qarz oluvchining shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarligini, neustoyka (jarima, penya) miqdorini yoki ularni aniqlash tartibini.
Shartnomada qonunchilikka muvofiq boshqa shartlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Shartnoma shartlarini oʻzgartirish qonunda belgilangan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar oʻzlari koʻrsatadigan xizmatlarga oid shartnoma shartlarini bir tomonlama tartibda oʻzgartirishga yoki toʻldirishga haqli emas, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Mikromoliya tashkiloti va lombard bir tomonlama tartibda foiz stavkasini kamaytirishga, neustoyka (jarima, penya) miqdorini kamaytirishga yoki uni toʻliq yoki qisman bekor qilishga, neustoyka (jarima, penya) undirilmaydigan muddatni belgilashga yoxud uni undirishni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli, shuningdek basharti qarz oluvchining qarzi oshishiga olib kelmasa, shartnomaning boshqa shartlarini oʻzgartirishga ham haqli. Mikromoliya tashkiloti yoki lombard shartnomada belgilangan tartibda qarz oluvchiga shartnoma shartlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani, kelgusi toʻlovlar miqdori oʻzgargan taqdirda esa kelgusi toʻlovlar haqidagi axborotni ham yuborishi va shartnoma shartlarining oʻzgarishlari haqidagi axborotdan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Isteʼmolchining (mijozning) huquqlarini cheklovchi va (yoki) uning zimmasiga qonunchilikda nazarda tutilmagan qoʻshimcha majburiyatlarni yuklovchi shartnoma shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas. Shartnomaga bunday shartlarni kiritish natijasida isteʼmolchiga (mijozga) yetkazilgan moddiy zararning oʻrni mikromoliya tashkiloti yoki lombard tomonidan sud tartibida qoplanishi yoki kompensatsiya qilinishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang. Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 41-bobi.
36-modda. Shikoyatlarni koʻrib chiqish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Maʼmuriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari]
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar oʻz isteʼmolchilarining (mijozlarining) shikoyatlarini koʻrib chiqish tartib-taomilini belgilovchi tartibga ega boʻlishi shart.
Isteʼmolchilarning (mijozlarning) shikoyatlari ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda boʻlishi mumkin va ular mikromoliya tashkilotiga yoki lombardga kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan oshmagan muddatda, qoʻshimcha oʻrganish, tekshirish va (yoki) qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqilib, javob yozma shaklda berilishi kerak.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar isteʼmolchilarning (mijozlarning) shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqini cheklashga haqli emas. Shikoyatlarni qabul qilishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mikromoliya tashkilotlari, faktoring tashkilotlari va lombardlar oʻz qarz oluvchilari (mijozlari) hamda kreditorlarining moliyaviy operatsiyalariga doir axborotning maxfiyligini kafolatlaydi. Mikromoliya tashkilotining, faktoring tashkilotining va lombardning boshqaruv organlari aʼzolari, shuningdek xodimlari nobank kredit tashkilotining, uning qarz oluvchilarining (mijozlarining) operatsiyalariga, shuningdek kreditorlar bilan operatsiyalarga doir sirni saqlashi shart.
(37-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Konfidensial axborot oʻziga ishonib topshirilgan yoki xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan ushbu axborot oʻziga maʼlum boʻlib qolgan shaxslar uni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentabrdagi OʻRQ-964-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2024-y., 03/24/964/0736-son — 2024-yil 22-dekabrdan kuchga kiradi)
Mikromoliya tashkilotlariga faktoring tashkilotlariga va lombardlarga nisbatan bank siri toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan qoidalar qoʻllaniladi.
(37-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
38-modda. Nobank kredit tashkiloti faoliyatini oʻzgartirishning, uni qayta tashkil etishning oʻziga xos xususiyatlari va nobank kredit tashkilotini tugatish
(38-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-fevraldagi OʻRQ-1026-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 03/25/1026/0131-son)
Mikromoliya tashkiloti oʻz faoliyatini “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan tartibda mikromoliya banki faoliyatiga oʻzgartirishi mumkin.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 11-fevraldagi OʻRQ-1026-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 03/25/1026/0131-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
Nobank kredit tashkilotini qayta tashkil etish ishtirokchilar (aksiyadorlar) umumiy yigʻilishining qaroriga asosan qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida amalga oshiriladi.
Mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti boʻlish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda yangidan vujudga keladigan mikromoliya tashkiloti yoki faktoring tashkiloti majburiyatlarga huquqiy voris boʻlishda va (yoki) qayta tashkil etilayotgan mikromoliya tashkiloti yoxud faktoring tashkiloti ushbu Qonun 8-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan faoliyatni amalga oshirgan taqdirda prudensial normativlarga rioya etishi kerak.
(38-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 17-apreldagi OʻRQ-1058-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2025-y., 03/25/1058/0355-son)
Nobank kredit tashkilotini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 53-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-bobi, Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 7-bobi.
39-modda. Nizolarni hal etish
Nobank kredit tashkilotlari faoliyati va mikromoliyalashtirish faoliyati sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
40-modda. Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
41-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari]
1. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi 154-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrda qabul qilingan OʻRQ-582-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 790-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“banklar faoliyatini litsenziyalashda, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazishda, shuningdek banklar, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari, lombardlar va banklar guruhlari faoliyatini tartibga solish hamda nazorat qilishda asoslantirilgan mulohazadan foydalanadi”;
“banklardagi, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlardagi, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlaridagi va lombardlardagi qoidabuzarliklarni aniqlash yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshiradi, shu jumladan masofadan turib ham amalga oshiradi”;
“banklarning, toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalari va kredit byurolarining faoliyatini litsenziyalaydi, banklarning, shuningdek mikromoliya tashkilotlarining, lombardlarning, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining (bundan buyon matnda nobank kredit tashkilotlari deb yuritiladi), toʻlov tashkilotlarining, toʻlov tizimlari operatorlarining, valyuta birjalarining, kredit byurolarining va banklar guruhlarining faoliyatini tartibga soladi hamda ushbu faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
“Markaziy bank nazorat qilishi lozim boʻlgan shaxslar tomonidan ichki nazorat qoidalariga hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etish tartibiga rioya etilishi yuzasidan monitoring hamda nazoratni amalga oshiradi”;
“banklar va nobank kredit tashkilotlari (bundan buyon matnda kredit tashkilotlari deb yuritiladi) xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, moliyaviy xizmatlarning ochiqligini hamda aholining va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonligi darajasini oshirish choralarini koʻradi”;
“banklar, shu jumladan tizimli ahamiyatga molik banklar, shuningdek banklar guruhlari, mikromoliya tashkilotlari hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini va ushbu normativlarning yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarini belgilaydi”;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini hisob roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
oʻninchi xatboshisidagi “mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
oʻn beshinchi xatboshisidagi “mikrokredit tashkilotlarini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarini va kredit byurolarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi, oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“yuridik shaxslar tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va xizmatlarning soni va (yoki) hajmi, isteʼmolchilar soni va boshqalar) sinovdan oʻtkazish boʻyicha maxsus huquqiy rejimini (“tartibga solish qumdoni”);
mikromoliya tashkilotlari tomonidan toʻlov agentining (subagentining) yoki banklar, sugʻurta va boshqa moliya tashkilotlari agentining vazifalarini amalga oshirish tartibini;
mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar koʻrsatish tartibini”;
“Markaziy bank banklar va kredit byurolarining davlat reyestrlarini, banklarga, toʻlov tashkilotlariga, toʻlov tizimlari operatorlariga, valyuta birjalariga, kredit byurolariga berilgan litsenziyalarning reyestrlarini, mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestrini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, lombardlar reyestrini, shuningdek ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reyestrlarini yuritadi”;
“banklar, shu jumladan tizimli ahamiyatga molik banklar, shuningdek banklar guruhlari, mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini hamda ushbu normativlarning yoʻl qoʻyiladigan qiymatlarini”;
“banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan beriladigan isteʼmol kreditlari hamda mikroqarzlar, shuningdek lombardlar tomonidan beriladigan mikroqarzlar boʻyicha foiz stavkalari va toʻlovlarining eng yuqori qiymatlarini belgilashga”;
oʻn uchinchi xatboshisidagi “mikrokredit tashkilotlari, lombardlar, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga”;
quyidagi mazmundagi oʻn beshinchi, oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshirishga;
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezidentlar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻn va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushi bevosita yoki bilvosita olinayotganda;
nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hajmdagi ulushi oluvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olinayotganda”;
“mikromoliya tashkiloti filialini ochish yoki yopish”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“lombard filialini ochish yoki yopish”;
8) 67-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nobank kredit tashkilotlari qonunchilik talablarini, shu jumladan belgilangan prudensial normativlarni buzgan yoki xabardor qilish tartibida faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun belgilangan talablar va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida Markaziy bankka yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot bergan taqdirda Markaziy bank:
qoidabuzarga oʻz faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar yuborishga;
ularning oʻz kapitalining besh foizigacha miqdorda jarima undirishga;
ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni uch oygacha boʻlgan muddatga cheklashga;
nobank kredit tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestridan yoki ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestridan yoki lombardlar reyestridan chiqarib tashlashga;
xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni toʻxtatib turishga yoki tugatishga haqlidir”;
“671-modda. Moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus “tartibga solish qumdoni” huquqiy rejimi
Yuridik shaxslarning yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov hududi, sinov davri, operatsiyalar va xizmatlarning soni va (yoki) hajmi, isteʼmolchilar soni va boshqalar) sinovdan oʻtkazish boʻyicha faoliyatini maxsus tartibga solish moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimdir (“tartibga solish qumdoni”).
Maxsus huquqiy rejimni joriy etish va bekor qilish, mazkur rejim doirasida faoliyatni amalga oshirish tartibi Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Maxsus huquqiy rejim Markaziy bank tomonidan maxsus huquqiy rejimning vaqtinchalik tartibini tasdiqlash orqali joriy etilib, ushbu tartib quyidagilarni nazarda tutadi:
maxsus huquqiy rejimning uch yildan oshishi mumkin boʻlmagan amal qilish muddatini;
maxsus huquqiy rejim ishtirokchilariga nisbatan tatbiq etilmaydigan qonunchilik hujjatlarining normalarini;
maxsus huquqiy rejim joriy etilishining samaradorligi va natijadorligini baholash tartib-taomillari hamda mezonlarini, shu jumladan maqsadli indikatorlarni;
maxsus huquqiy rejimni joriy etish va qoʻllash uchun zarur boʻlgan boshqa axborotni.
Maxsus huquqiy rejim amal qilishi yakunlanganidan keyin maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan tahlil oʻtkaziladi.
Maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar va xizmatlarni joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, Markaziy bank maxsus huquqiy rejim doirasida sinovdan oʻtkazilgan yangi moliyaviy operatsiyalar, texnologiyalar hamda xizmatlarni ularning amal qilishini cheklamasdan joriy etishga doir qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlaydi”;
quyidagi mazmundagi 691-modda bilan toʻldirilsin:
“691-modda. Markaziy bankning davlat organlari va tashkilotlari bilan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari doirasidagi oʻzaro hamkorligi
Markaziy bank davlat organlari va tashkilotlaridan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari doirasida qarorlar qabul qilish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrab olishga haqlidir.
Davlat organlari va tashkilotlari Markaziy bank tomonidan soʻralgan, tegishli qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etishi kerak”.
1) 289-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolardan shaxsiy isteʼmolga moʻljallangan koʻchar mol-mulkni qisqa muddatli mikroqarzlarni taʼminlash uchun garovga qabul qilish ixtisoslashgan tashkilotlar — faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan lombardlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati sifatida amalga oshirilishi mumkin”;
“Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalashtirish shartnomalarini moliya agenti sifatida banklar va boshqa kredit tashkilotlari tuzishi mumkin”.
(Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi OʻRQ-1137-sonli Qonuniga asosan 41-moddaning 3-bandining chiqarilish sanasi 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 6-mayda qabul qilingan “Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi OʻRQ-33-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 5, 216-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2021-yil, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlari moliyaviy isteʼmol krediti beruvchi tashkilotlardir”;
“Isteʼmol krediti berish shartnomasi va uning qarz oluvchi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kredit tarixini shakllantirish uchun kredit byurolariga taqdim etiladi hamda ulardan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalaniladi. Moliya isteʼmol krediti berish shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Kredit axborotining davlat reyestriga ham taqdim etiladi”.
5. Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-301-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2019-yil, № 3, 166-modda; 2020-yil, № 1, 3-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 16-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Banklar va nobank kredit tashkilotlari, shuningdek mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi toʻlov tashkilotlari boʻlgan kredit axborotini yetkazib beruvchilar oʻzidagi mavjud kredit axborotini Kredit axborotining davlat reyestriga va kredit byurolariga taqdim etishi shart”.
6. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 1-noyabrda qabul qilingan “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-578-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 11, 786-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda) 18-moddasi ikkinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mikromoliya tashkiloti faoliyati”.
7. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda) Ilovasi 20-bandining “v” kichik bandi chiqarib tashlansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevralda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-677-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 2, 146-modda) 14-moddasining ikkinchi xatboshisidagi “va boshqa kredit tashkilotlarini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
9. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 15-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 1-ilovaning 14-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
2) 2-ilova quyidagi mazmundagi 481, 482 va 483-pozitsiyalar bilan toʻldirilsin:
“
481.
Mikromoliya tashkilotini mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi qaror
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
482.
Toʻlov tashkilotini mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi qaror
Mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
483.
Nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushini olish uchun dastlabki (keyingi) ruxsatnoma
Jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan tegishincha yaqin qarindoshlari hamda ular bilan bogʻliq boʻlgan shaxslar bilan birgalikda harakat qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek norezidentlar tomonidan bir yoki bir nechta bitim natijasida nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻn va undan koʻproq foizni tashkil etadigan ulushini bevosita yoki bilvosita olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
nobank kredit tashkilotining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) oʻn foiz va undan koʻproq ulushini oluvchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarda olish
Mikromoliya tashkilotining filialini ochganlik yoki yopganlik haqidagi xabarnoma
Mikromoliya tashkilotining filialini ochish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
”;
quyidagi mazmundagi 101-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“
101.
Lombardning filialini ochganlik yoki yopganlik haqidagi xabarnoma
Lombardning filialini ochish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
”.
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 15-sentabrda qabul qilingan “Mikromoliyalash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-50-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 492-modda);
2) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 20-sentabrda qabul qilingan “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-53-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 495-modda);
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 17-dekabrda qabul qilingan “Xususiy bank va moliya institutlari hamda ular faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-339-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 330-modda);
4) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-345-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 336-modda) 18 va 19-moddalari;
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-352-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) 39-moddasi;
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-373-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 9, 244-modda) 25-moddasi;
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-391-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda) 32 va 41-moddalari;
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini taʼminlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-418-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 385-modda) 12-moddasi;
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-429-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 4, 137-modda) 13-moddasi;
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-494-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 10, 670-modda) 4 va 5-moddalari;
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi baʼzi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-522-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 47-modda) 42-moddasi;
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-586-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 880-modda) 39-moddasi;
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-612-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 3, 203-modda) 5-moddasi;
14) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 172, 174 va 215-moddalari;
15) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-oktabrda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-721-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 10, 968-modda) 18-moddasi.
43-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Markaziy bank ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Nobank kredit tashkilotlari ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy ichida firma nomini ushbu Qonunning 13-moddasida belgilangan talablarga muvofiqlashtirishi shart.
Ushbu Qonun kuchga kirgan kundan eʼtiboran va firma nomi ushbu Qonunning 13-moddasiga muvofiqlashtirilguniga qadar mikrokredit tashkilotlari mikromoliya tashkilotlari deb eʼtirof etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV