|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 11.11.2023
|
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son hamda 2023-yil 10-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlarini toifalarga ajratish mezonlari hamda soliq siyosati va soliq maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-21-son farmonlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan Fargʻona viloyati Soʻx tumanida roʻyxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 10 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etish;
“aʼlo” kredit tarixiga ega boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, ular avval olgan kreditlari boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi kafilligidan foydalanayotgan boʻlishidan qatʼi nazar qoʻshimcha kreditlar boʻyicha belgilangan umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etish;
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengashning yangilangan tarkibini tasdiqlash.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-mart,
PF-43-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-martdagi PF-43-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi “Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-150-son Farmonida:
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Belgilansinki, 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
a) Jamgʻarma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha:
1 — 3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini;
4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Fargʻona viloyati Soʻx tumanida roʻyxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 10 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Bunda, kompensatsiya “2+1” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, tadbirkorlar tomonidan biznes-rejada koʻzda tutilgan mahsulot (xizmat)larni sotish hamda ish oʻrinlari yaratish koʻrsatkichlari toʻliq bajarilgan taqdirda, qoʻshimcha bir yilga uzaytiriladi;
b) Jamgʻarma tomonidan tijorat banklari kredit (lizing)lariga kafillik:
1 — 3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;
4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summasining 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.
Bunda, “aʼlo” kredit tarixiga ega boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, ular avval olgan kreditlari boʻyicha Jamgʻarma kafilligidan foydalanayotgan boʻlishidan qatʼi nazar qoʻshimcha kreditlar boʻyicha belgilangan umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etiladi”;
b) 3-banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 7-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarma tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi xizmat turlarini joriy etish hamda ularning tartib va qoidalarini belgilash;
Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya taqdim etilishi orqali ajratilgan kredit (lizing) biznes-rejasida koʻrsatilgan ish oʻrinlarini yaratish va mahsulot (xizmat)lar aylanmasi koʻrsatkichlari bajarilmagan hollarda kompensatsiya toʻlovlarini toʻxtatish yuzasidan qarorlar qabul qilish”;
yettinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash
TARKIBI
|
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi |
|
Sh.D. Kudbiyev |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari |
|
I.I. Norqulov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari |
|
J.R. Oʻroqov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari |
|
Lavozimi boʻyicha |
— |
uch nafar mustaqil aʼzo |
|
A.M. Maxamatov |
— |
Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi direktori, Kengash kotibi |
Izoh: Kengash raisiga Kengash aʼzolari tarkibi va ularning cheklangan soniga oʻzgartirish kiritish hamda mustaqil aʼzolarni belgilash vakolati beriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmoniga 1-ilovaning izohlar qismi 5.1-bandidagi “Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi departamenti” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 428-son qarorida:
a) nomlanishi, 2 va 3-bandlardagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovada:
nomlanishi va 1-banddagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “pri Ministerstve ekonomicheskogo razvitiya i sokraщeniya bednosti” soʻzlari “pri Ministerstve ekonomike i finansov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Ministry of economic development and poverty reduction” soʻzlari “Ministry of economy and finance” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“toifa — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PF-287-son Farmoniga muvofiq ixtisoslashuvi hamda kichik biznes uchun mavjud sharoitidan kelib chiqib ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi shahar va tumanlarining roʻyxati”;
quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Jamgʻarma tomonidan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashning yangi xizmat turlarini joriy etadi hamda ularning tartib va qoidalarini belgilaydi”;
yigirma ikkinchi — yigirma toʻrtinchi xatboshilar tegishincha yigirma uchinchi — yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan koʻrsatiladigan moliyaviy yordam shakllari
1. Kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha:
1 — 3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha;
4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalari boʻyicha foiz stavkasining asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha;
Fargʻona viloyati Soʻx tumanida roʻyxatga olingan va faoliyat yuritayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan, qiymati 10 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari boʻyicha foiz stavkasining 10 foizlik punktidan yuqori qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Bunda, kompensatsiya “2+1” tamoyili asosida avval kredit (lizing)ning dastlabki ikki yiliga taqdim etiladi, tadbirkorlar tomonidan biznes-rejada koʻzda tutilgan mahsulot (xizmat)larni sotish hamda ish oʻrinlari yaratish koʻrsatkichlari toʻliq bajarilgan taqdirda, qoʻshimcha bir yilga uzaytiriladi.
2. Tijorat banklari kredit (lizing)lariga:
1 — 3 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summaning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;
4-5 toifadagi tuman (shahar)larda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kredit summaning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;
2025-yil 1-yanvarga qadar olis va borish qiyin boʻlgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlar hamda mahallalarga biriktirilgan “yetakchi” kichik tadbirkorlik subyektlariga, shuningdek, kasanachilikni rivojlantirish boʻyicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham shu jumlaga kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.
Bunda, “aʼlo” kredit tarixiga ega boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlariga, ular avval olgan kreditlari boʻyicha Jamgʻarma kafilligidan foydalanayotgan boʻlishidan qatʼi nazar qoʻshimcha kreditlar boʻyicha belgilangan umumiy miqdor va shartlar doirasida kafilliklar taqdim etiladi.
3. 2023-yil 1-apreldan boshlab bir yilda bir marotaba oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan oshmagan qismi Jamgʻarma tomonidan qoplab beriladi.
Oʻrta tadbirkorlik subyektlariga mol-mulkni sugʻurta qilish xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlangan nizom asosida qoplab beriladi.
Izoh: tadbirkorlik subyektlarini, shu jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash Tadbirkorlik faoliyatini koʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan bosh bitimlar asosida vakolatli tijorat banklari orqali milliy valyutada amalga oshiriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2023-y., 06/23/43/0167-son)