1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish va tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori 9-bandida davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish va tartibga solish mexanizmlarini belgilovchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilganligi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida Fiskal xatarlarni baholash va boshqarish boshqarmasi tashkil etilganligi hamda unga davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini ko‘rib chiqish, kelishish, hisobini yuritish, boshqarish va tartibga solish vazifalari yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat-xususiy sheriklik loyihalaridagi davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlarini boshqarish va tartibga solish;
davlat sherigi tomonidan davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etish tartibi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalari bilan bog‘liq davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlarini tahlil qilish, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni monitoring qilish imkonini beruvchi idoralararo yagona elektron bazani yaratish.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 G‘aznachilik;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
3. Belgilansinki, davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelgan davlatning shartli majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzurida Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qaroriga2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bir hafta muddatda mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etish, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini ko‘rib chiqish, kelishish, hisobini yuritish, boshqarish va tartibga solish doirasida ichki jarayonlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 23-oktabr,
558-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom amalga oshirilayotgan, amalga oshirilishi kutilayotgan, shuningdek, tayyorgarlik yoki tender bosqichida bo‘lgan davlat-xususiy sheriklik (keyingi o‘rinlarda — DXSH) loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlarini (keyingi o‘rinlarda — fiskal majburiyatlar) boshqarish hamda tartibga solish, ko‘rib chiqish va kelishish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlari — davlat sherigi tomonidan DXSH bitimida belgilangan hamda miqdorlari, shartlari va muddatlari aniq bo‘lgan, to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar bo‘lib, ularning tarkibiga bir martalik avans ko‘rinishida, shartnoma muddati amal qilishi davomida to‘lanadigan doimiy to‘lovlar, kelishilgan natijalarga erishilganligi uchun to‘lanadigan to‘lovlar, muayyan xizmatdan foydalanish darajasidan kelib chiqib to‘lanadigan to‘lovlar yoki subsidiyalar kiradi;
davlatning shartli majburiyatlari — DXSH loyihasini amalga oshirish davrida yuzaga kelishi muddatlari va hajmi noaniq bo‘lgan, shuningdek, davlat tomonidan nazorat qilish imkoni bo‘lmagan kelajakdagi muayyan hodisalar natijasiga ko‘ra Davlat budjetining oldida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy moliyaviy majburiyatlar;
davlat-xususiy sheriklik loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy vazifalarni hal etishga qaratilgan, xususiy investitsiyalarni jalb etish va (yoki) ilg‘or boshqaruv tajribasini joriy etish asosida amalga oshiriladigan tadbirlar majmui;
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi.
davlat sherigi — O‘zbekiston Respublikasi va (yoki) davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan boshqa yuridik shaxslar yoki ularning birlashmalari;
maxsus holatlar — shartnomada belgilanmagan, yuzaga kelishi sheriklarning harakati (harakatsizligi)ga bog‘liq bo‘lmagan, tomonlar uchun bir qator huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan holatlar;
Kafolat jamg‘armasi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida tashkil etilgan yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi;
talabgor — davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan va tenderda ishtirok etishdan manfaatdor bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi;
xususiy sherik — O‘zbekiston Respublikasining yoki chet davlatning qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tkazilgan, davlat sherigi bilan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzgan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs yoki yuridik shaxslarning birlashmasi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
3. Ushbu Nizomning maqsadi davlat sheriklari va tarmoqlar bo‘yicha har bir DXSH loyihalaridagi fiskal majburiyatlar DXSH bitimlari amal qilish muddati davomida boshqarish va tartibga solish, ushbu bitimlarni imzolashdan oldin fiskal majburiyatlarni ko‘rib chiqish va kelishish, DXSH loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlashdan iborat.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi]
4. DXSH loyihalaridan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlar summasi ushbu Nizomda belgilangan qoidalar asosida hisoblanadi.
2-bob. DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlarni boshqarish va tartibga solish
5. Vakolatli organ DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlarni ko‘rib chiqish, kelishish, hisobini yuritish, boshqarish va tartibga solish funksiyalarini amalga oshiradi hamda ushbu majburiyatlarni ma’qullaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
6. Davlat sherigi xususiy sherik bilan birgalikda DXSH loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlarni mazkur Nizomda belgilangan tartibda vakolatli organga taqdim etib boradi.
7. Vakolatli organ:
DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlar summasi bo‘yicha ma’lumotlarni to‘playdi, umumlashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, yangilab boradi, tahlil qiladi va monitoringini olib boradi;
DXSH shartnomasi doirasida berilgan davlat kafolatlari va boshqa turdagi davlat ko‘magi kelishuvlarining hisobini yuritadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
8. Davlatning fiskal imkoniyatlarini hisobga olib, vakolatli organ DXSH to‘g‘risidagi kelishuv doirasida xususiy sherikka beriladigan kafolatlar va fiskal majburiyatlar bo‘yicha davriy limitlarni (budjet chegarasini) belgilash yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Bunda ushbu takliflar Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun loyihasi va budjetnomada inobatga olinishi mumkin.
9. Vakolatli organ DXSH to‘g‘risidagi bitimda belgilangan fiskal majburiyatlar bajarilishini nazorat qilib boradi.
10. Vakolatli organ DXSH to‘g‘risidagi bitim doirasida berilgan davlat kafolati bo‘yicha to‘lovlar va tushumlar, shu jumladan, davlat sherigiga berilgan kreditlar va ular bo‘yicha to‘lovlar hisobini yuritadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
11. Davlat sherigi DXSH loyihalari bo‘yicha tender o‘tkazish, hujjatlarni rasmiylashtirish va loyihani amalga oshirishga mas’ul hisoblanadi hamda quyidagi qo‘shimcha vazifalarni amalga oshiradi:
DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlarni tahlil qiladi;
amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan DXSH loyihasining konsepsiyasida, loyihani baholash hujjatida, tender hujjatida va DXSH to‘g‘risidagi bitimda fiskal majburiyatlarni vakolatli organ bilan kelishadi.
12. Vakolatli organ qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlarni ko‘rib chiqadi va kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
13. DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlar bo‘yicha kafolatlangan to‘lovlar davlat sherigi bilan birgalikda uning majburiyatlarini amalga oshirish maqsadida mablag‘lar mavjudligini yoki likvidligini boshqarish vositasi sifatida foydalanish sharti bilan beriladi, yillik operatsion subsidiyalar ko‘rinishidagi to‘lovlar bundan mustasno.
14. DXSH loyihalari bo‘yicha fiskal majburiyatlarni ko‘rib chiqish va kelishish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
3-bob. DXSH loyihasi hujjatlarida fiskal majburiyatlarni aks ettirish tartibi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
15. DXSH loyihasining konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va DXSH to‘g‘risidagi bitimning moliya bo‘limida quyidagilar aks ettirilgan bo‘lishi lozim:
a) DXSH to‘g‘risidagi bitimda xususiy sherik va davlat sherigi o‘rtasidagi tavakkalchilik taqsimoti;
b) DXSH to‘g‘risidagi bitimning amal qilish davrida davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlari yuzaga kelgan taqdirda, yillar kesimida kutilayotgan nominal va joriy qiymatlarda hisoblangan xarajatlar smetasi;
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan loyihaning fiskal xatarlar matritsasi;
ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ishlab chiqilgan davlatning yillar bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlari hisob-kitobi hamda davlatning shartli majburiyatlari yuzaga keltiradigan ssenariy tahlillari (davlat sherigi defolti, xususiy sherikning defolti yoki fors-major holatlar), sodir bo‘lgan taqdirda, yillar kesimida kutilayotgan xarajatlar hisob-kitobi;
bitimni muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha kompensatsiyaning nominal qiymatdagi yillik hisob-kitoblari;
davlatning shartli majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi asosiy omillar;
xatarlarni kamaytirish bo‘yicha nazarda tutilgan tadbirlar;
v) DXSH loyihasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan fiskal majburiyatlar qiymati loyiha smetasiga kiritilgan bo‘lishi zarur.
4-bob. DXSH loyihasi bo‘yicha fiskal majburiyatlarni ko‘rib chiqish va kelishish tartibi
16. DXSH loyihasining konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va DXSH to‘g‘risidagi bitim loyihasidagi fiskal majburiyatlarini kelishish uchun davlat sherigi yozma ravishda vakolatli organga taqdim etadi.
Davlat sherigining yillik budjeti, daromadlari va xarajatlari ko‘rsatilgan moliyaviy hisob-kitoblar aks etgan ma’lumotnoma tashkilotning birinchi rahbari tomonidan tasdiqlangan holda ilova qilinadi.
Bunda vakolatli organ DXSH to‘g‘risidagi bitim loyihasidagi fiskal majburiyatlarni Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-apreldagi 259-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5 va 6-boblarida belgilangan muddatlar doirasida ko‘rib chiqadi va kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
17. Vakolatli organ taklif etilayotgan loyihani har tomonlama, shu jumladan, narx va sifat nisbati, xatarlar tahlili, loyihalashtirish, talab va taklif, moliyaviy baholash kabi DXSH bitimi bilan bog‘liq shartlarni, shuningdek, fiskal majburiyatlarni, DXSH loyihasini amalga oshirishda davlat ko‘magi turlarini, davlat kafolatlarini hamda kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlarni ko‘rib chiqadi.
18. Vakolatli organ davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida besh ish kuni ichida fiskal majburiyatlarni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarga ko‘ra baholaydi:
DXSH to‘g‘risidagi bitim amal qilish muddati davomida davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlari maqbul ekanligi;
DXSH loyihasini amalga oshirish davrida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar va ular natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning shartli majburiyatlari taxminiy miqdori maqbul ekanligi;
DXSH to‘g‘risidagi bitimda yoki loyihani baholash hujjatida fiskal majburiyatlari summasi Davlat budjetidan to‘lanishi belgilangan taqdirda, ushbu mablag‘lar Davlat budjeti taqsimotida aks ettirilganligi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.01.00 Majburiyat tushunchasi va tomonlari. Majburiyatda shaxslarning almashinuvi;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
19. Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha quyidagilar:
davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlari summasi vakolatli organ tomonidan DXSH loyihalari uchun ajratilishi belgilangan Davlat budjeti mablag‘lari miqdoridan ortiq ekanligi;
davlatning shartli majburiyatlarini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar to‘liq ko‘rsatilmaganligi;
shartli majburiyatlar summasi to‘g‘ri hisob-kitob qilinmaganligi aniqlangan taqdirda, vakolatli organ taklif etilayotgan DXSH loyihasidan yuzaga keluvchi fiskal majburiyatlarni qaytadan hisoblab chiqish va ushbu Nizom talablariga muvofiqlashtirish uchun davlat sherigiga kamchiliklarni aniq ko‘rsatilgan xulosa bilan birga qaytaradi.
20. Davlat sherigi vakolatli organning xulosasi asosida DXSH loyihasi natijasida yuzaga keluvchi fiskal majburiyatlarni qaytadan hisoblab chiqib, mazkur Nizomning 18-bandi talablariga muvofiqlashtiradi hamda fiskal majburiyatlar summasini kelishish uchun vakolatli organga qaytadan kiritadi.
21. Vakolatli organ qaytadan kiritilgan DXSH loyihasi hujjatlarini besh ish kuni ichida ko‘rib chiqadi hamda DXSH loyihasidan yuzaga keluvchi fiskal majburiyatlar davlat sherigining moliyaviy imkoni yetadigan darajada deb hisoblasa, fiskal majburiyatlar summasini ma’qullaydi va davlat sherigiga qaytaradi.
22. DXSH to‘g‘risidagi bitim xususiy sherik tomonidan imzolashga tayyor holatga keltirilgandan so‘ng davlat sherigining rahbari imzolashidan oldin DXSH to‘g‘risidagi bitimni vakolatli organga kiritadi.
Vakolatli organ uch ish kuni ichida imzolashdan oldin kiritilgan DXSH to‘g‘risidagi bitimni va undagi fiskal majburiyatlarni mazkur Nizomning 17 — 19-bandlariga muvofiq berilgan xulosalarga mos ekanligini ko‘rib chiqadi va ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha DXSH loyihasidagi fiskal majburiyatlar summasi maqbul deb hisoblasa, loyihani ma’qullagan holda davlat sherigiga qaytaradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.01.00 Davlat dasturlari, konsepsiyalar va boshqalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
23. Davlat sherigi umumiy qiymati 10 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasining konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va DXSH to‘g‘risidagi bitim loyihasidagi fiskal majburiyatlar summasini vakolatli organ bilan kelishadi, vakolatli organ ushbu hujjatlar kelib tushgandan boshlab o‘n ish kuni ichida Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
24. Umumiy qiymati 1 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan hamda mazkur Nizom qabul qilinishidan avval tasdiqlangan va amalga oshirilayotgan DXSH loyihalari bo‘yicha fiskal majburiyatlar ushbu qaror kuchga kirgan sanadan boshlab bir oy ichida DXSH loyihasini amalga oshirishga mas’ul davlat sherigi tomonidan mazkur nizomning 15-bandiga muvofiq hisoblanadi hamda vakolatli davlat organiga taqdim etiladi.
Bunda mazkur Nizom qabul qilinishidan avval tasdiqlangan va amalga oshirilayotgan DXSH loyihalarida fiskal majburiyatlar hisoblanib, vakolatli davlat organiga taqdim etilganidan so‘ng tasdiqlangan DXSH bitimidagi fiskal majburiyatlarga o‘zgartirish kiritilmaydi hamda mazkur nizomning 19 — 23-bandlari mazkur Nizom qabul qilinishidan avval tasdiqlangan va amalga oshirilayotgan DXSH loyihalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
5-bob. Taklif etilayotgan DXSH loyihasining fiskal jihatdan maqbulligini va barqarorligini baholash
25. Vakolatli organ taklif etilayotgan DXSH loyihasining maqbulligini va barqarorligini baholash uchun quyidagilarni amalga oshiradi:
ushbu Nizomning 15-bandiga asosan davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni batafsil ko‘rib chiqadi;
DXSH loyihasidan kelib chiqadigan fiskal majburiyatlarning yillar kesimidagi qiymatini baholaydi;
DXSH loyihasining barqarorligini baholash uchun davlat sherigining yillik budjet mablag‘lari fiskal majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishga yetarli ekanligini tekshiradi.
26. Vakolatli organ mazkur Nizom talablariga muvofiq fiskal majburiyatlar bo‘yicha xulosa taqdim etishidan oldin DXSH loyihasining maqbulligini va barqarorligini baholash natijalari vakolatli davlat organi rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi lozim.
6-bob. Umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan kam bo‘lgan DXSH loyihasining fiskal jihatdan maqbulligini va barqarorligini baholash
27. Vakolatli organ umumiy qiymati bir million dollardan kam bo‘lgan DXSH loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlar bo‘yicha limitlarni belgilash va kelishish yuzasidan ko‘rsatmalar ishlab chiqadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
28. Davlat sherigi umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan kam bo‘lgan DXSH to‘g‘risidagi bitimni imzolashdan oldin mazkur DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan fiskal majburiyatlar va fiskal xatarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli organga taqdim etadi.
Ma’lumotlar qabul qilinganidan so‘ng vakolatli organ taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi rejalashtirilgan DXSH loyihasini fiskal jihatdan maqbul deb hisoblamasa, davlat sherigiga tegishli o‘zgartirish kiritish bo‘yicha tavsiyalar beradi.
7-bob. DXSH loyihalari bilan bog‘liq fiskal xatarlarni boshqarish
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.03.00 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) / 01.08.03.01 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakolati;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.08.00 Davlat qarzi]
29. Vazirlar Mahkamasi vakolatli organ bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga davlat qarzi bo‘yicha cheklangan miqdorlarni va DXSH to‘g‘risidagi kelishuv doirasida xususiy sherikka beriladigan kafolatlar va fiskal majburiyatlar bo‘yicha yillik limitlarni belgilash yuzasidan takliflar kiritadi.
30. Davlat sherigi fiskal xatarlar matritsasini, fiskal barqarorlik shaklini, fiskal majburiyatlar bo‘yicha Davlat budjeti doirasida ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha hisob-fakturalar, kreditorlar tomonidan qarzlarni to‘lash jadvali va muddati o‘tgan qarzlar to‘g‘risida ma’lumotlarni imzolangan va tasdiqlangan holda har olti oyda ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq vakolatli organga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.05.00 Davlat-xususiy sheriklik]
31. Vakolatli organ davlat sherigi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan loyiha bitimidagi shartlarga rioya qilinmayotganligini aniqlagan taqdirda, davlat sherigi va xususiy sherik bilan birgalikda ushbu holatni tahlil qiladi va tegishli choralar ko‘radi.
32. Vakolatli organ umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan barcha DXSH loyihalaridagi davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlari miqdorini umumlashtiruvchi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, yangilab boradi, tahlil qiladi va monitoringini yuritadi.
33. Vakolatli organ har yili yil yakunlari bo‘yicha barcha DXSH loyihalaridan yuzaga keluvchi umumiy fiskal majburiyatlar summasini hisoblab boradi.
8-bob. DXSH loyihasidan yuzaga keladigan shartli majburiyatlarni bajarish hamda fiskal majburiyatlar shaffofligini ta’minlash
34. Xususiy sherik tomonidan DXSH loyihasidan yuzaga keladigan shartli majburiyatlarning bajarilishini talab qilish maqsadida da’vo arizasini yuborish tartibi DXSH to‘g‘risidagi bitimda yoki davlatning kafolat xatida (agar mavjud bo‘lsa) ko‘rsatib o‘tilishi lozim.
35. DXSH loyihasidan yuzaga kelgan davlatning shartli majburiyatlari bajarilishi bo‘yicha taqdim etiladigan da’vo arizasidagi talablar davlat sherigi hamda xususiy sherik tomonidan ma’qullanganidan keyin yoki uchinchi taraf (tijorat arbitrajlari) tomonidan tasdiqlangandan so‘ng vakolatli organga taqdim etiladi.
36. Vakolatli organ mazkur Nizomning 34-bandiga asosan shartli majburiyatlarni bajarish bo‘yicha tasdiqlangan da’vo arizasi kelib tushganidan so‘ng belgilangan tartibda arizani ko‘rib chiqadi hamda tegishli xulosani taqdim etadi.
DXSH loyihasi bo‘yicha yuzaga kelgan davlatning shartli majburiyatlarini bajarish bo‘yicha yo‘llangan da’vo arizasini qanoatlantirish maqsadida tegishli to‘lovlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qaror vakolatli organ rahbari tomonidan qabul qilinadi.
Shartli majburiyatlar bo‘yicha to‘lov miqdori belgilangan miqdorlardan ortiq bo‘lsa, vakolatli organ Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha qaror qabul qiladi.
Shartli majburiyatlar bo‘yicha to‘lovni amalga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan so‘ng 180 kun ichida davlat sherigi yoki Kafolat jamg‘armasi hisobidan to‘lovlar amalga oshiriladi.
37. Vakolatli organ DXSH loyihasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning shartli majburiyatlari umumiy qiymatidan kelib chiqib, davlatning shartli majburiyatlari bilan bog‘liq to‘lovlarni amalga oshirish uchun Davlat budjetini shakllantirishda Kafolat jamg‘armasiga mablag‘lar ajratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.
38. Vakolatli davlat organi yillik davlat qarzi hisobotida DXSH loyihalari bilan bog‘liq davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlarining summasi, amalga oshirilgan va kutilayotgan to‘lovlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni aks ettirib boradi.
39. Davlatning shartli majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlar tarkibiga DXSH bitimida belgilangan xatarlar, siyosiy xatarlar, fors-major holatlar, kelishilgan bozor xatarlari natijasida xususiy sherik tomonidan sarflangan ortiqcha xarajatlar, xususiy sherikka berilgan kafolatlangan daromadlar bo‘yicha to‘lovlar, shuningdek, xususiy sherikka beriladigan to‘lov kafolati, minimal daromad kafolati, valyuta kursi kafolati, kredit kafolati, tarif kafolati, kontragentga to‘lov kafolati, bitimni muddatidan oldin bekor qilish bo‘yicha to‘lov va boshqa noaniq hodisalar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xarajatlar kiradi.
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi]
40. DXSH loyihalari ishtirokchilari DXSH bitimidan kelib chiqadigan nizolar yuzasidan belgilangan tartibda sudga yoki yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddasi.
41. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat xususiy sheriklik loyihalari bo‘yicha davlatning fiskal majburiyatlarini ko‘rib chiqish va kelishish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Davlat sherigi
DXSH loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlari hisob-kitobini vakolatli organga taqdim etadi.
Zaruratga ko‘ra
2-bosqich
Vakolatli organi
(Iqtisodiyot va moliya vazirligi)
1. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlarini ko‘rib chiqadi, kelishadi, rad etadi yoki qayta ishlash uchun qaytaradi.
2. Davlat sherigi tomonidan kiritilgan umumiy qiymati o‘n million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlarini kelishilgandan so‘ng Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
10 ish kuni ichida
3-bosqich
Vazirlar Mahkamasi
Vakolatli organ tomonidan kiritilgan umumiy qiymati o‘n million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan ekvivalentdagi DXSH loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlarini ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi, rad etadi yoki qayta ko‘rib chiqish uchun qaytaradi.
10 ish kuni ichida
4-bosqich
Davlat sherigi
1. Davlatning fiskal majburiyatlari ma’qullanganligi haqida xususiy sherikni xabardor qiladi.
2. Qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarilgan davlatning fiskal majburiyatlarini hisoblab chiqadi va kelishish uchun vakolatli organga takroran kiritadi.
3 ish kuni ichida
Belgilangan muddatlarda
5-bosqich
Davlat sherigi va xususiy sherik
Davlatning fiskal majburiyatlari ma’qullangan DXSH loyihasini belgilangan tartibda rasmiylashtirish va amalga oshirish choralarini ko‘radi.
Belgilangan muddatlarda
6-bosqich
Vakolatli organ
DXSH loyihalaridagi davlatning fiskal majburiyatlari bo‘yicha umumlashtiruvchi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, yangilab boradi, tahlil qiladi va monitoringini yuritadi.
Doimiy ravishda
7-bosqich
Davlat sherigi yoki vakolatli organ
DXSH loyihasidagi davlatning fiskal majburiyatlari bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshiradi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Loyihaning fiskal xatarlari matritsasi
Xatar turi
Ehtimollik darajasi1
Fiskal ta’siri2
Xatarning ehtimoliy ta’sir qilish darajasi3
Xatar ta’sirini kamaytirish strategiyasi mavjudligi
Talab qilinadigan chora-tadbirlarning ustuvorlik darajasi 4
Taklif etilayotgan strategiya
Xatar turi 1
Past
O‘rta
Yuqori
Past
O‘rta
Yuqori
Past
O‘rta
Yuqori
Mavjud
Mavjud emas
Past
O‘rta
Yuqori
…
1Davlat sherigi xatarning sodir bo‘lish ehtimollik darajasini past, o‘rta, yuqori ekanligini quyidagi prinsiplarga asosan belgilashi mumkin
Past
O‘rta
Yuqori
Xatarning sodir bo‘lish Ehtimolligi va omillar
Ehtimoli juda kam, lekin ahamiyatsiz emas
Juda g‘ayrioddiy vaziyatlarni talab qiladi
Ehtimoli bor va mumkin
Noodatiy vaziyatlarni talab qiladi
Ehtimoli aniq, deyarli aniq
Ko‘p holatlar va vaziyatlar
2 Xatarlarning fiskal ta’sir darajasi quyidagi jadvalga asosan aniqlanadi
Past
X< YAIM 0,1 % yoki X< Capex 5%
Hukumat nufuziga va ko‘rsatiladigan xizmatlarga salbiy ta’siri past
O‘rta
YAIM 0.1%-0,2% yoki 5% — 25% Capex
Hukumat nufuziga va ko‘rsatiladigan xizmatlarga calbiy ta’siri o‘rta
Yuqori
X> YAIM 0,2% yoki X> 25% Capex
Hukumat nufuziga va ko‘rsatiladigan xizmatlarga salbiy ta’siri yuqori
X-xatar amalga oshgandagi miqdori Capex – loyiha uchun sarflanadigan jami xarajatlar
3 Xatarning ehtimoliy ta’sir darajasi quyidagi jadvalga asosan aniqlanadi
Xatar darajasi = Ehtimoliy darajasi x Fiskal ta’siri
Fiskal ta’siri
Yuqori
O‘rta
Yuqori
O‘ta yuqori
O‘rta
Past
O‘rta
Yuqori
Past
Ahamiyatsiz
Past
O‘rta
Past
O‘rta
Yuqori
Ehtimolik darajasi
4 Talab qilinadigan chora-tadbirlarning ustuvorlik darajasi
Chora-tadbirlarning ustuvorligi = Xatar darajasi x Xatar ta’sirini kamaytirish strategiyasi mavjudligi
Xatar ta’sirini kamaytirish strategiyasi mavjudligi
Mavjud emas
Chora-tadbir talab etilmaydi
O‘rta ustuvorlik
Yuqori ustuvorlik
Yuqori ustuvorlik
O‘ta yuqori ustuvorlik
Mavjud
Chora-tadbir talab etilmaydi
Past ustuvorlik
O‘rta ustuvorlik
O‘rta ustuvorlik
Yuqori ustuvorlik
Ahamiyatsiz
Past
O‘rta
Yuqori
O‘ta yuqori
Xatarning ehtimoliy ta’sir qilish darajasi
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlar turi hamda summasi to‘g‘risida ma’lumot*
Fiskal majburiyat
Fiskal majburiyatning turi/ta’rifi
Xatarlarni bartaraf etuvchi omillar/Xatarlarni sodir qiluvchi omillar
Joylashuvi/loyiha hujjatlariga havola
Loyiha nomi
1-to‘lov
To‘g‘ridan-to‘g‘ri
To‘lov summasi, to‘lov shartlari, davomiyligi va hisoblash shakli bayon etiladi
Xatarlarni bartaraf etuvchi omillar va Xatarlarni sodir qiluvchi omillar batafsil bayon etiladi
Loyihaning qaysi hujjati va aynan qaysi bandida ushbu majburiyatlar belgilangan
2-to‘lov
Shartli
To‘lov summasi, to‘lov shartlari, davomiyligi va hisoblash shakli bayon etiladi
-
-
-
* Loyiha konsepsiyasi, loyihani baholash hujjati va bitim loyihasiga asosan to‘ldiriladi
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik loyihasidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlari maqbulligini baholash*
Xatar turi
Baholash yondashuvi
O‘lchov birliklari
(DXSH shartnomasi yakuniga qadar prognozlar)
To‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlar
Yillik hisoblangan to‘lovlar Sof foyda qiymati (NPV) (o‘rtacha/eng yomon holatda)
Davlat sherigining yillik budjetiga nisbati
Respublika budjeti daromadi va xarajatlariga nisbati
Davlat qarziga nisbati
YAIMga nisbati
Kafolatlar
Yillik hisoblangan to‘lovlar Sof foyda qiymati (NPV) (o‘rtacha/eng yomon holatda)
Davlat sherigining yillik budjetiga nisbati
Respublika budjeti daromadi va xarajatlariga nisbati
Ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘ summasiga nisbati
Davlat qarziga nisbati
YAIMga nisbati
Boshqa fiskal xatarlar
Yillik hisoblangan to‘lovlar Sof foyda qiymati (NPV) (o‘rtacha/eng yomon holatda)
Davlat sherigining yillik budjetiga nisbati
Respublika budjeti daromadi va xarajatlariga nisbati
Ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘ summasiga nisbati
Davlat qarziga nisbati
YAIMga nisbati
Muddatidan oldin shartnomani bekor qilish to‘lovi
Yillik hisoblangan to‘lovlar Sof foyda qiymati (NPV) (o‘rtacha/eng yomon holatda)
Respublika budjeti daromadi va xarajatlariga nisbati
Ko‘zda tutilmagan xarajatlar uchun ajratilgan mablag‘ summasiga nisbati
YAIMga nisbati
* DXSH loyihalarining davlatning fiskal barqarorligiga va imkoniyatlariga ta’sirini aks ettirish uchun ushbu o‘lchov birliklari qatoriga barcha shartli majburiyatlar summasining Davlat budjetiga nisbatini, davlat qarzi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun mablag‘larning davlatning daromadiga nisbati, davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlari summasi ko‘rsatilishi mumkin.
** Sof foyda qiymatini (NPV) hisoblash tartibi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan uslubiy qo‘llanmada ko‘rsatiladi.
Davlat-xususiy sheriklik loyihalaridan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan davlatning fiskal majburiyatlarini boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 5-ILOVA
Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan yuzaga keladigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va shartli majburiyatlarni hisoblash jadvali
Fiskal majburiyatlar
Davr uchun jami, AQSH dollari
DXSH shartnomasi muddatiga qadar davr uchun umumiy qiymati
1 yil
2 yil
3 yil
…
To‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlar
Ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlar
Akkreditiv to‘lov, davlat sherigi tomonidan bankka to‘lanadigan yillik to‘lov
...
Jami to‘g‘ridan-to‘g‘ri majburiyatlar
Shartli majburiyatlar
Inflyatsiya tufayli tovar va xizmat narxlarining oshishi
Minimal kafolatlangan daromad bo‘yicha olinmagan daromadlar
Xususiy sherikning iste’molchilarga imtiyozlar berish va davlat sherigi ehtiyojlari uchun xizmatlar ko‘rsatishdan kelib chiqadigan daromadlarini yo‘qotishi / qo‘shimcha xarajatlari
Tovarlar va xizmatlar iste’molchilari tomonidan to‘lovlarni to‘lamaslik natijasida yo‘qotilgan daromadlar uchun to‘lovlar
Maxsus holatlarning yuzaga kelishi natijasida vujudga keladigan to‘lovlar
(i) Valyuta kursi o‘zgarishi
(ii) Inflyatsiyaning keskin oshishi
(iii) Soliq tariflari o‘zgarishi
(iv) Foiz stavkalari o‘zgarishi
Shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishining maksimal miqdori
...
Jami shartli majburiyatlar
Umumiy miqdori — DXSH fiskal majburiyatlar
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-oktabrdagi 558-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzurida davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kafolat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 21-sentabrdagi 573-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Nomidagi “Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzurida” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. 1-band va 2-bandning birinchi xatboshilaridagi “Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzurida” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) nomidagi “Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) 1-banddagi “Moliya vazirligi G‘aznachiligi huzuridagi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
v) 4-banddagi “Moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Moliya vazirligi)” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.