1-ILOVA
|
T/r |
Vazifa |
Amaliy chora-tadbir |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar |
|
I. HAR BIR INSONGA O‘Z SALOHIYATINI RO‘YOBGA CHIQARISH UCHUN MUNOSIB SHAROITLARNI YARATISH |
|||||
|
1.1. Ta’lim tizimi islohotlari |
|||||
|
(Mas’ul — A. Aripov) |
|||||
|
1-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash |
|||||
|
1. |
Maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 74 foizga yetkazish. |
Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini 26 mingtaga yetkazish. |
2023-yil yakuniga qadar |
Respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
|
2. |
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish. |
1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish uchun mavjud imkoniyatlarni tahlil qilish. |
2023-yil noyabr |
- |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
|
2. Maktabgacha ta’lim tizimida noqonuniy moliyaviy xatti-harakatlar, korrupsiya va budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflash holatlarining vujudga kelishiga sabab bo‘layotgan omillarni o‘rganish. |
2023-yil noyabr |
||||
|
3. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda xodimlar va tarbiyalanuvchilarning davomatini yuritishni yo‘lga qo‘yish orqali budjet mablag‘larining maqsadsiz sarflanishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr |
||||
|
2-maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish |
|||||
|
3. |
Islom taraqqiyot banki, Arab muvofiqlashtirish guruhi va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik tashkilotining “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish” qo‘shma moliyalashtirish loyihasini amalga oshirish. |
1. Loyihani boshqarish guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, yangi quriladigan obyektlarning loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarga Davlat budjetidan mablag‘larni ajratish. |
2023-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga asosan |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
2. Loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlarni Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan retroaktiv moliyalashtirish asosida qoplash bo‘yicha taklif kiritish. |
2023-yil noyabr |
||||
|
3. Loyiha doirasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini qurish uchun zarur yer uchastkalarini ajratish. |
2023-yil noyabr |
||||
|
4. |
Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarining qurilish ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish. |
Yangi quriladigan yoki rekonstruksiya qilinadigan maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida olib borilayotgan ishlarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan bolalarga “to‘siqsiz muhit” yaratish ustidan doimiy nazorat qilish va keng jamoatchilikni jalb qilish mexanizmlarini ishlab chiqish. Umumta’lim maktablari qurilishi va saqlanishi to‘g‘risida alohida shaharsozlik, sanitariya qoidalarini ishlab chiqish hamda yangi quriladigan maktablarning namunaviy loyihaoldi va loyiha hujjatlarini xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqish amaliyotini joriy etishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar kiritish. |
2023-yil dekabr |
- |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova |
|
3-maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish |
|||||
|
5. |
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 1-sinfdan kompyuter savodxonligi darslarini joriy etish. |
1. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida amaldagi tayanch o‘quv rejasi doirasida 1-sinfda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanining haftasiga bir soatdan o‘qitilishini yo‘lga qo‘yish. 2. “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish o‘quv kurslarini tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
- |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi V. Hamidov |
|
6. |
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish. |
1. Tayanch o‘quv rejasi hamda amalda mavjud sinflar doirasida kimyo — biologiya, fizika — matematika, ona tili — chet tili, matematika — chet tili yo‘nalishlarida o‘quv rejasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 2. 2023/2024 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 120 dan ortiq umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tajriba-sinov tariqasida tanlov fanlarini joriy qilish. |
2023-yil sentabrdan boshlab bosqichma-bosqich |
2023-yil uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ajratilgan Davlat budjeti mablag‘lari doirasida |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi V. Hamidov |
|
4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish |
|||||
|
7. |
Pedagoglarga malakasini oshirish imkoniyatlarini kengaytirish. |
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish rejasini ishlab chiqish. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil noyabr |
- |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, “El-yurt umidi” jamg‘armasi A. Bekmurodov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
|
5-maqsad: Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish |
|||||
|
8. |
Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish. |
Har yili nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun kamida respublika bo‘yicha 50 gektar yer uchastkalarini auksionga chiqarish. |
2023-yil oktabrdan boshlab |
- |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi A. Ortiqov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
6-maqsad: Professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish |
|||||
|
9. |
O‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlashda davlat grantini axborot texnologiyalari, qurilish, transport va logistika yo‘nalishlarida 100 foizga yetkazish. |
1. Kollej va texnikumlarga 2024/2025 o‘quv yili uchun tasarrufida professional ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning taklifi asosida qabul parametrlarini shakllantirish bo‘yicha choralarni ko‘rish. |
2023-yil dekabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
|
10. |
Professional ta’lim tizimi rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy uzluksiz shaklini joriy qilish hamda ushbu sohada yagona metodik ta’minotni amalga oshirish. |
1. Davlat oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi professional ta’lim muassasalari xodimlarining malakasini oshirishga ixtisoslashgan fakultetlar faoliyatini bosqichma-bosqich tugatish. 2. Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Ilg‘or professional tayyorgarlik markazlarini tashkil etish. |
2023-yil oktabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
11. |
Malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash uchun raqamli portfolio tizimini joriy etish, har bir xodimning individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini tuzish. |
1. Professional ta’lim muassasalari xodimlari faoliyatini o‘rganish va malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash uchun maxsus elektron axborot tizimida raqamli portfolio modulini ishlab chiqish. 2. Raqamli portfolio moduli orqali professional ta’lim muassasalari xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini yo‘lga qo‘yish. |
2023-yil dekabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
7-maqsad: Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish |
|||||
|
12. |
5 ming nafargacha professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish uchun, 200 nafargacha yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun tanlov asosida xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuborish. |
Yillar kesimida xorijiy va mahalliy grant mablag‘lari doirasida professor-o‘qituvchilarni tajriba almashish va yosh olimlarni ilmiy daraja olish uchun xorijiy ilmiy tashkilotlarga yuborish rejasini tasdiqlash. |
2023-yil noyabr |
Hisob-kitoblarga asosan |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, “El-yurt umidi” jamg‘armasi A. Bekmuradov |
|
8-maqsad: Oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash |
|||||
|
13. |
Oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy mustaqilligini takomillashtirish va rektorlarni saylash tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
Oliy ta’lim tashkilotlari rektorlarini tashkilot kengashi (jamoasi) tomonidan saylash tizimini joriy qilishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, oliy ta’lim tashkilotlari (kelishuv asosida) |
|
9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlar bilan boyitish |
|||||
|
14. |
Dunyoda tan olingan ilmiy maktablar bilan hamkorlikda matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, bioxilma-xillik kabi yo‘nalishlarda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun kompleks ilmiy dasturlarni ishlab chiqish. |
1. Fundamental tadqiqotlar sohasida kompleks ilmiy dasturlarni shakllantirish uchun nufuzli olimlar (akademiklar, fan doktorlari) tarkibidan ilmiy kengashlar (ekspert guruhlari) tashkil etish talablarini ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Fanlar akademiyasi B. Yuldashev |
|
2. Xorijiy nufuzli ilmiy maktablar bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirishning amaliy mexanizmlarini ishlab chiqish. |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|||
|
3. Matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, bioxilma-xillik kabi yo‘nalishlarda fundamental tadqiqotlarni amalga oshirish uchun kompleks ilmiy dasturlarni shakllantirish. |
2023-yil noyabr |
- |
|||
|
15. |
Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, ma’naviyat, madaniyat va san’at kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha alohida ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirish. |
1. O‘zbekistonni jahonga tanitib, tariximiz, milliy qadriyatlarimiz, madaniy merosimizga oid tadqiqotlarni faol qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil sentabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
2. Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, ma’naviyat, madaniyat va san’at kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha alohida ilmiy-tadqiqot dasturlarini shakllantirish uchun nufuzli olimlar (akademiklar, fan doktorlari) tarkibidan ilmiy kengashlar (ekspert guruhlari) tashkil etish talablarini ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Fanlar akademiyasi B. Yuldashev |
||
|
10-maqsad: Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish |
|||||
|
16. |
Tashkilotlar, vazirlik va idoralarning ilmiy-tahliliy va uslubiy ishlarga buyurtmalarini oliygohlar, ilmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirish bo‘yicha yagona elektron portalni tashkil etish. |
1. Ilmiy-tahliliy va uslubiy ishlarga buyurtmalarni amalga oshirish maqsadida cooperation.uz yagona elektron portalida maxsus bo‘linma ishlab chiqish. |
2023-yil noyabr |
Ijrochilarning mablag‘lari |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
2. Sinovlar natijasida portalni qayta takomillashtirib, amaliyotga joriy qilish. |
2023-yil dekabr |
||||
|
11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash |
|||||
|
17. |
Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari sonini bosqichma-bosqich oshirish. |
1. Tizimida ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralardan stajyor-tadqiqotchilikka, tayanch doktoranturaga, doktoranturaga hamda maqsadli doktoranturaga qabul kvotalari talabnomalarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish. 2. Qabul kvotalari talabnomalarini umumlashtirgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga o‘rnatilgan tartibda taqdim etish. 3. Ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari kesimida akkreditatsiyadan o‘tgan ixtisosliklar bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlarining samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish. |
2023-yil sentabr |
Davlat budjeti mablag‘lari doirasida |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Fanlar akademiyasi B. Yuldashev |
|
12-maqsad: Barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash |
|||||
|
18. |
Global innovatsiya indeksida (GII) qayd etilgan past indikatorlar bo‘yicha O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. GII-2023 hisoboti va avvalgi ikki yillik hisobotlardagi doimiy past baholangan, ma’lumoti mavjud bo‘lmagan va eskirgan indikatorlarni tahlil qilish. |
2023-yil oktabr |
- |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
2. Mas’ul davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda GII-2023 hisoboti indikatorlari ma’lumotlarini shakllantirish va bahosini ko‘tarish bo‘yicha Xalqaro reytinglar va indekslar bilan ishlash respublika komissiyasining 2024-2025-yillarga mo‘ljallangan maqsadli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yil noyabr |
||||
|
3. Tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq belgilangan ishlarni muddatida amalga oshirish choralarini ko‘rish. |
ish rejasiga asosan |
||||
|
1.2. Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar |
|||||
|
(Mas’ul — A. Aripov) |
|||||
|
13-maqsad: Aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish |
|||||
|
19. |
Aholi o‘rtasida ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni barvaqt aniqlash va ular bilan kasallanish holatlarini keskin kamaytirish. |
1. Oylar kesimida 40 va undan katta yoshdagi aholini (2,1 mln) qandli diabet, yurak-qon tomir kasalligining xavf omillarini aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvi bilan qamrab olish dasturini tasdiqlash. 2. Qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklariga moyilligi bor fuqarolarga (kamida 5 mln) tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib borish choralarini ko‘rish. 3. Xavf guruhiga mansub ayollarni (1 mln) xavfli o‘sma kasalligini erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvidan o‘tkazish. |
2023-yil dekabrdan boshlab |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
14-maqsad: Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish |
|||||
|
20. |
Bemorlarning tibbiy xizmatlar sifatidan qoniqishini baholash bo‘yicha elektron axborot tizimini ishlab chiqish. |
1. Bemorlarning tibbiy xizmatlar sifatidan qoniqishini baholash bo‘yicha elektron axborot tizimini yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish. 2. Sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislarining malakasini oshirish va uzluksiz tibbiy ta’lim jarayonlarida jamoatchilik ishtiroki uchun imkoniyatlarni yaratish. |
2023-yil noyabr |
Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
15-maqsad: Bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish |
|||||
|
21. |
Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, tug‘ishlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilish, irsiy kasalliklar profilaktikasi dolzarbligini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish. |
1. FHDY organlarida “Yosh kelin-kuyovlar maktabi” faoliyatini olib borish va ularning maxsus kurslardan to‘liq o‘tishini ta’minlash. 2. Maktablarda, mahalla va oilalarda o‘smir yigitlar va ularning otalari, shuningdek, voyaga yetmagan qizlar va ularning onalari bilan qarindoshlar orasidagi hamda erta nikoh va homiladorlikning salbiy oqibatlari bo‘yicha alohida davra suhbatlari o‘tkazish. 3. Maqbul oraliqqa rioya qilmagan holda tug‘ishlarning ona va bola organizmiga salbiy oqibatlari, tug‘ishlar orasidagi maqbul oraliqqa rioya qilishning afzalliklari va zamonaviy choralari to‘g‘risida oilalarda yosh kelinchak va uning oila a’zolari bilan birgalikda individual suhbatlar o‘tkazish. 4. Erta va qarindoshlar o‘rtasidagi nikohlarning oldini olish, tug‘ishlar o‘rtasidagi maqbul oraliqqa rioya qilish, irsiy kasalliklar profilaktikasi masalalari bo‘yicha tarqatma materiallar (flayer, buklet), videomaterial va roliklar tayyorlash, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish qilish. |
2023-yil dekabr |
Ijrochilar mablag‘lari |
Vazirlar Mahkamasi Z. Maxkamova, Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
16-maqsad: Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash |
|||||
|
22. |
Ayollar salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarning oldini olish tadbirlarini yanada takomillashtirish. |
1. Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining “Ayollar maslahatxonasi” bo‘limida homiladorlarni hisobga olishdan boshlab, tug‘ruqdan keyingi 42 kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab oluvchi yagona elektron bazani shakllantirish va amaliyotga to‘liq joriy qilish. 2. 15 — 49 yoshli ayollarni har yili 1-marta profilaktik ko‘riklardan o‘tkazish, ekstragenital kasallik aniqlanganlarni homiladorlikkacha sog‘lomlashtirish choralarini ko‘rish. |
Doimiy |
Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
23. |
Tug‘ish yoshidagi va homilador ayollarga hamda bolalarga 7 turdagi vitaminlar, yod va foliy kislotasini bepul tarqatish ishlarini davom ettirish. |
Quyidagilar: 6 oylikdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni “A” vitamini bilan; 1,0 million nafar homilador va 1,5 million nafar bola emizuvchi ayollarni yod preparati bilan; 5,9 million nafar 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarni temir va foliy kislotasi preparati bilan bepul ta’minlash. |
2023-yil noyabr oyidan boshlab har yili |
Hisob-kitoblar asosida Davlat budjeti mablag‘lari va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
24. |
Bolalarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash orqali ratsional o‘sishi va rivojlanishi, aqlan barkamol bo‘lib shakllanishini ta’minlash. |
1. Respublika bo‘yicha 6 — 23 oylik bo‘lgan jami 1,2 million nafar bolani mikronutriyent kukuni bilan bepul ta’minlash. 2. Quyidagilarni: 6,5 million nafar 2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan; 8,8 million nafar 3 — 15 yoshdagi bolalarni yod preparati bilan bepul ta’minlash. |
2023-yil noyabr oyidan boshlab har yili |
Hisob-kitoblar asosida Davlat budjeti mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
25. |
Koxlear implantatsiya operatsiyasi o‘tkazgan bolalarda doimiy asosda nutq protsessorlarini almashtirish dasturini yo‘lga qo‘yish. |
2023-yilda 132 nafar, 2024-yilda 125 nafar bolalarda nutq protsessorlarini almashtirish. |
2023-yil noyabr oyidan boshlab har yili |
Ijrochilar mablag‘lari doirasida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
26. |
Boshqariluvchi yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida profilaktik emlash tadbirlarini davom ettirish. |
Respublika bo‘yicha 12 million nafar bolani 13 turdagi vaksinalar bilan boshqariluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi emlash. |
2023-yil sentabr — dekabr oylari |
Davlat budjeti mablag‘lari doirasida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
|
17-maqsad: Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish |
|||||
|
27. |
Xavf guruhiga mansub aholini onkologik kasalliklarni erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish. |
45 — 65 yoshdagi 2 million nafar ayolni 2 yilda 1-marta ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha ommaviy skrining tekshiruvidan o‘tkazish. |
Har yili |
Davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
18-maqsad: Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish |
|||||
|
28. |
Bolalar va katta yoshdagi aholi orasida profilaktik ko‘riklar va skrining tekshiruvlar qamrovini oshirish. |
1. 3 million nafar maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish. 2. 2 — 10 yoshli 1,3 million nafar bolani gelmintozni, 3 — 18 yoshli 3 million nafar bolani 2 yilda 1-marta gematoonkologik kasalliklarni erta aniqlash maqsadida ommaviy va selektiv skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish. 3. 4 million nafar 18 — 40 yoshli aholini har yili 1-marta profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va salomatlik holatini baholash. 4. 2,1 million nafar 40 yosh va undan katta yoshdagi aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavf omillarini erta aniqlash maqsadida skrining tekshiruvlarini joriy qilish. |
Tarmoq reja asosida |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
19-maqsad: Sog‘lom va faol keksalikni ta’minlash |
|||||
|
29. |
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Faol keksalik konsepsiyasi va Keksa odamlarning salomatligi hamda farovonligini baholash indikatorlarini amaliyotga joriy etish. |
1. Keksa yoshdagi aholining salomatligini va faolligini baholash tizimini joriy etish. 2. 4,6 million nafar 55 va undan katta yoshdagi aholini har yili profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish. 3. Surunkali kasalligi aniqlanganlarning tizimli nazoratini, ambulator va statsionar sog‘lomlashtirishni tashkillashtirish. 4. Yuqumli bo‘lmagan kasallikka chalingan keksa yoshdagi bemorlar va ularning farzandlarini o‘zini o‘zi parvarish qilishga o‘rgatish maqsadida ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda “Profilaktika maktabi” mashg‘ulotlarini o‘tkazish. |
Tarmoq reja asosida |
Hisob-kitoblar asosida Davlat budjeti mablag‘lari |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
30. |
Katta yoshdagi aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha individual va ommaviy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish. |
1. Keksa yoshdagi aholi vakillarining kun tartibini tashkillashtirish, jismoniy faolligi va kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha targ‘ibot materiallarini tayyorlash. 2. Katta yoshdagi aholi orasida skandinavcha yurish va ularga mos boshqa sport turlarini joriy qilish, “Keksalik gashti” shiori ostida yengil sport musobaqalarini o‘tkazib borish. |
2023-yil dekabr |
“Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Sog‘liqni saqlash vazirligi A.Inoyatov |
|
20-maqsad: Aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish |
|||||
|
31. |
Kasallik turlari, jumladan yurak-qon tomir va diabet kasalligi bo‘yicha bemorlar uchun parhez odatlariga asoslangan ovqatlanishni baholashning milliy tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. |
1. Kasallik turlari, jumladan yurak-qon tomir va diabet kasalligi bo‘yicha bemorlar uchun parhez odatlariga asoslangan ovqatlanishni baholashga oid ilmiy-tadqiqot loyihasini tayyorlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish. 2. Kasallik turlariga ko‘ra bemorlarni ovqatlantirish bo‘yicha parhez stollari bo‘yicha me’yoriy hujjatni JSST tavsiyalari va ilg‘or mamlakatlar tajribasi asosida qayta ko‘rib chiqish. |
2023-yil dekabr |
Ilmiy dasturlarga ajratilgan mablag‘lar |
Innovatsion rivojlanish agentligi O. To‘ychiyev, Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
32. |
Oziq-ovqat mahsulotlarida transyog‘lar va boshqa zararli moddalarni aniqlash tizimini yo‘lga qo‘yish. |
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Milliy referens-laboratoriyasi, Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi hamda Xorazm, Samarqand, Namangan viloyatlari mintaqaviy laboratoriyalarining oziq-ovqat mahsulotlarida transyog‘lar va boshqa zararli moddalarni aniqlash imkonini beruvchi asbob-uskunalar ro‘yxatini va tender hujjatlarini shakllantirish. |
2023-yil noyabr |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi B. Yusupaliyev |
|
21-maqsad: Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish |
|||||
|
33. |
Davolashning uzluksizligini ta’minlash uchun bemorning umri davomidagi klinik ma’lumotlarini elektron tizimda respublika hududida almashish imkonini yaratish. |
Elektron sog‘liqni saqlash tizimi yagona platformasining arxitekturasi va milliy standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda, tibbiy ma’lumot almashish standartlari va raqamli sog‘liqni saqlash tizimi yagona platformasining batafsil loyihasi hisobga olinadi. |
2023-yil sentabr |
Germaniyaning “KfW” banki, Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
34. |
Nodavlat tibbiyot tashkilotlarini sog‘liqni saqlashning yagona axborot tizimiga integratsiya qilish. |
Nodavlat tibbiyot tashkilotlarining sog‘liqni saqlashning yagona axborot tizimiga ulanishini belgilovchi talabni tibbiy faoliyatga oid litsenziyaning talab va shartiga kiritish. |
2023-yil dekabr |
- |
Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
1.3. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar |
|||||
|
(Mas’ul — J. Qo‘chqorov, Z. Maxkamova, M. Olloyorov) |
|||||
|
22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish |
|||||
|
35. |
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini mahallada aniqlashning samarali tizimini shakllantirish. |
1. Mahallada oilalar bilan manzilli ishlash tizimini joriy qilish, professional ijtimoiy xodimlar korpusini shakllantirish. 2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimining ma’lumotlar bazasini bosqichma-bosqich shakllantirib, uning tegishli axborot tizimlari va platformalar bilan to‘liq integratsiyasini ta’minlash. |
2023-yil oktabr |
Davlat budjeti mablag‘lari, hamkor tashkilotlar mablag‘lari |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi J. Abruyev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
23-maqsad: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim hamda ular uchun qulay va maqbul muhit yaratish |
|||||
|
36. |
Nogironlikni belgilash tizimini qayta ko‘rib chiqish va zamonaviy standartlarni joriy qilish. |
1. Nogironlikni belgilash bo‘yicha tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari faoliyatini raqamlashtirish, ushbu jarayonlarda ochiqlikni ta’minlash va inson omilini qisqartirish. 2. Nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari uchun ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish. |
2023-yil dekabr |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi M. Tashxodjayev, J. Abruyev, Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish |
|||||
|
37. |
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimini takomillashtirish. |
1. Bolaning hayotiy vaziyatini baholash mezonlarini ishlab chiqish. 2. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr |
Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida |
Ijtimoiy himoya milliy agentligi S. Abdullayev, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili A. Yunusova |
|
25-maqsad. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash |
|||||
|
38. |
“Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat!” shiori ostida oilalarni mustahkamlash, notinch oilalardagi muhitni sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish. |
1. “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat!” shiori ostida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, targ‘ibot tadbirlarining namunaviy tartibi hamda reja-jadvallarini ishlab chiqish. |
2023-yil sentabr |
Hisob-kitoblarga asosan Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi O. Parpiboyeva, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti N. Egamberdiyeva |
|
2. Oilalarga ta’sirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish, mediatorlik institutining rolini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar belgilash. |
2023-yil oktabr |
||||
|
3. Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etishda “Oqila ayollar” harakati faolligini oshirish chora-tadbirlarini belgilash. |
2023-yil noyabr |
||||
|
39. |
Jamiyatda oilaviy zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish ishlarini tizimli davom ettirish. |
1. Jamiyatda oilaviy zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish yuzasidan o‘tkaziladigan targ‘ibot-tushuntirish tadbirlarining namunaviy tartibi hamda reja-jadvallarini ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi M. Olloyorov |
|
2. Xotin-qizlar va bolalarni zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilishda oila instituti va mahallalarning ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
||||
|
3. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va jazo muddatini o‘tab chiqqan, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi profilaktik hamda ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini amalga oshirish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
- |
Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
||
|
40. |
Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar uchun ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish xizmatini kengaytirish. |
1. Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini raqamlashtirish, shu jumladan xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va ularni tizimli ravishda hal etish modulini yaratish va amaliyotga tatbiq etish. |
2023-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga asosan, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mablag‘lari |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi O. Parpiboyeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. “Ayollar daftari” doirasida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj xotin-qizlar bilan manzilli ishlash tizimini yanada takomillashtirish choralarini ko‘rish. |
2023-yil dekabr |
||||
|
3. Aliment to‘lash va undirish amaliyoti hamda xorijiy tajribani inobatga olgan holda aliment to‘lash tizimi samaradorligini oshirish, shu jumladan aliment majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarayotgan shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish. |
2023-yil dekabr |
||||
|
41. |
Jahon bankining “Ayollar, biznes va qonun” indeksida O‘zbekiston pozitsiyasini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. “Ayollar, biznes va qonun” indeksida eng yuqori ball olgan mamlakatlarning ijobiy tajribalarini o‘rganish va natijalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 2. Jahon bankining mazkur indeksida O‘zbekiston pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish choralarini ko‘rish. 3. Jahon bankining mazkur indeksidagi har bir ko‘rsatkich bo‘yicha asoslantirilgan to‘liq tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash hamda kelishilgan holda Jahon bankiga taqdim etilishini ta’minlash. |
2023-yil sentabr-oktabr |
- |
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi O. Parpiboyeva, Statistika agentligi B. Begalov, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
42. |
Xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning mahsulotlarini eksport qilish, faoliyatini kengaytirish uchun investorlarni jalb qilishga ko‘maklashish. |
1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi ayol tadbirkorlar uchun maxsus axborot portalini ishlab chiqish va ishga tushirish. 2. Mahalliy va xorijiy davlatlarning ayol tadbirkorlari ishtirokida biznes forumlar tashkil etish. 3. Faol tadbirkor ayollarning xorijiy davlatlardagi tadbirkorlar bilan o‘zaro tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish va biznes hamkorlarni topishga ko‘maklashish maqsadida tanishuv safarlarini va ko‘rgazmalarda ishtirokini ta’minlash. |
2023-2024-yillar |
Hisob-kitoblarga asosan ijrochilar va homiylar mablag‘lari |
Sado-sanoat palatasi D. Vaxobov, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi O. Parpiboyeva, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
43. |
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalarining O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlariga mos keladigan maqbul normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish. |
1. Xalqaro mehnat tashkilotining “Haq to‘lanadigan ta’tillar to‘g‘risida”gi Konvensiyasini va xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda undagi xalqaro standartlar va normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish masalasini o‘rganish va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
2023-yil sentabr |
- |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Adliya vazirligi A. Tashqulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi O. Parpiboyeva, Kasaba uyushmalari federatsiyasi K. Rafikov, Ish beruvchilar konfederatsiyasi I. Xaydarov |
|
2. Xalqaro mehnat tashkilotining “Mehnat gigiyenasi, ishlab chiqarishda gigiyena xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Ishlayotgan ayollar va erkaklar uchun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatga ega ishchilar to‘g‘risida”gi, “To‘liqsiz ish kuni to‘g‘risida”gi, “Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani qayta ko‘rib chiqish haqida”gi, “Mehnat sohasida tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish to‘g‘risida”gi konvensiyalarini ratifikatsiya qilish masalasini o‘rganish va natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. |
2023-yil dekabr |
||||
|
26-maqsad: Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash |
|||||
|
44. |
Nuroniylar uchun respublika bo‘ylab sayohatlar tashkil etish, ularning mazmunli dam olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish. |
1. Respublikadagi diqqatga sazovor joylarning, xususan tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning so‘lim go‘shalarining ro‘yxatini shakllantirish hamda ularga faol nuroniylarni va yolg‘iz keksalar sayohatini tashkil etish. |
2023-yil noyabr |
Hisob-kitoblarga asosan “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari |
“Nuroniy” jamg‘armasi S. Turdiyev, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
2. Nuroniylar uchun “Turizm oyligi” tadbirini tashkil etish va sayohatlarni uyushtirish. |
Har yili noyabr oyida |
||||
|
45. |
Nuroniylarga tizimli ravishda jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaratib borish, “Nuroniylar maskani” majmualarida va mahallalarda turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazish. |
Tuman (shahar)lardagi “Nuroniylar maskani” majmualari va mahallalarga ta’lim va madaniyat muassasalarini biriktirish hamda ularda madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini o‘tkazish. Tadbirlarga nuroniylar va yoshlarni jalb etish. |
2023-yil sentabr |
Hisob-kitoblarga asosan mahalliy budjet mablag‘lari |
“Nuroniy” jamg‘armasi S. Turdiyev, Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
46. |
Yoshlar tarbiyasida nuroniylarning o‘rnini yanada oshirish maqsadida “Uch avlod uchrashuvlari”, “Otalar jasorati — ibrat namunasi”, “O‘nta yoshga — bir nuroniy” harakati kabi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yanada kengaytirish va manzilli tashkil etish. |
1. El-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shgan taniqli keksa avlod, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar bilan “Uch avlod uchrashuvi”, “Otalar jasorati — ibrat namunasi” tadbirlarini o‘tkazish. O‘zbekiston Qahramonlari, “El-yurt hurmati” ordeni va boshqa davlat mukofotlari sohiblari, atoqli yozuvchilar, shoirlar, taniqli san’atkor, olim va ziyolilar, hududdagi faollar, mashhur sportchilar, hunarmandlar, fermerlar, yirik korxonalar rahbarlarini jalb etish. 2. “O‘nta yoshga — bir nuroniy” harakati doirasida har bir mahallada ishsiz, tarbiyasi og‘ir, muammoli yoshlardan o‘n nafarini bir faol nuroniyga biriktirish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
Hisob-kitoblarga asosan mahalliy budjet mablag‘lari |
“Nuroniy” jamg‘armasi S. Turdiyev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
47. |
“Nuroniylar o‘giti — tarbiya ustuni” tamoyili asosida oila institutini mustahkamlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida umuminsoniy va oilaviy qadriyatlarni targ‘ib etish. |
Manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda oilalar va mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish maqsadida “Nuroniylar o‘giti — tarbiya ustuni” tamoyili asosida mahallalarda aholi, shu jumladan yosh oilalar vakillari ishtirokida turli suhbat va uchrashuvlar tashkil etish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
- |
“Nuroniy” jamg‘armasi S. Turdiyev, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
27-maqsad: Mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirish |
|||||
|
48. |
Har bir kambag‘al oila uchun ishlab chiqilgan individual dastur asosida kambag‘allikdan chiqarish tizimini joriy etish. |
1. Kambag‘al oilalar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Kambag‘al oilalarga taqdim etiladigan ko‘maklar bo‘yicha individual dastur ishlab chiqish. |
2023-yil sentabr |
Hisob-kitoblarga asosan |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
3. Individual dastur asosida kambag‘al oilalarni qo‘llab-quvvatlash. |
2023-yil oktabr |
||||
|
28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish |
|||||
|
49. |
Aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishga, aholi bandligini oshirishga qaratilgan davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va sifatini oshirish. |
1. Bandlik organlarida ko‘rsatilayotgan bandlik sohasidagi xizmatlar sifatini va natijadorligini oshirish choralarini ko‘rish. 2. Bandlik organi xodimlarining lavozim yo‘riqnomalari va vazifalarini qayta ko‘rib chiqish. Ularning ish samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish. 3. Bandlik organi va hokim yordamchilari faoliyatini muvofiqlashtirish, bunda, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish. |
2023-yil dekabr |
- |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
29-maqsad: Fuqarolarni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish |
|||||
|
50. |
Band bo‘lmagan shaxslar, kambag‘al oilalarning ishsiz a’zolari va yoshlarni davlat hisobidan amaliy monomarkaz, davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish ko‘lamini ikki barobar oshirish. |
1. Korxona va tashkilotlar buyurtmalari, shuningdek, mehnat bozori holatidan kelib chiqib kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil etish. 2. Joriy yil ikkinchi yarim yilligida 80 ming nafar ishsizlarni o‘qishga jalb etish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga asosan |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar |
|||||
|
(Mas’ul — A. Aripov) |
|||||
|
30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish |
|||||
|
51. |
Yoshlarni chet tillariga o‘qitish tizimini yanada kengaytirish. |
1. Chet tillarini ommalashtirishga ko‘maklashuvchi “Ibrat” loyihalarini rivojlantirish, xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish amaliyotini kengaytirish. 2. Chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlash, mavjud nodavlat ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish. |
2023-yil noyabr |
- |
Yoshlar ishlari agentligi A. Sa’dullayev |
|
31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish |
|||||
|
52. |
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish. |
1. “Zakovat”, “Shaxmat”, “Munozara” kabi intellektual o‘yinlarga yoshlarni ko‘proq jalb etish, xalqaro va respublika fan olimpiadalari (tanlovlar, turnirlar, boshqalar)ga yoshlarning ishtirok etishiga ko‘maklashish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar ishlari agentligi A. Sa’dullayev |
|
2. Yuqori sinf o‘quvchilarining o‘z hududidagi taniqli tadbirkorlar, sportchilar va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishgan shaxslar bilan uchrashuvlarini muntazam ravishda tashkil etish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab doimiy |
||||
|
32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish |
|||||
|
53. |
Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish. |
1. “Yoshlar balansi”ni takomillashtirish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj, hayotda o‘z o‘rnini topishga qiynalayotgan yoshlarni muntazam ravishda aniqlab borish, ularning kasbiy ko‘nikmalari va qiziqishlari bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish. 2. “Yoshlar daftari” jamg‘armalari mablag‘ining kamida 40 foizini yoshlarni kasb-hunarga o‘qitishga yo‘naltirish, “Yoshlar daftari” tizimi orqali yoshlarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmat turlarini kengaytirish. 3. “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar, jumladan yoshlarga subsidiya, kompensatsiya va moddiy yordam berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar ishlari agentligi A. Sa’dullayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
33-maqsad: Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish |
|||||
|
54. |
Yoshlarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatish, ularning yuqori daromadli sohalarda bemalol ishlay olishlari uchun sharoit yaratish. |
“Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish orqali eng iqtidorli yoshlarni tanlab olib, xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida xalqaro IT bozoriga tayyorlash. |
2023-yil dekabr |
Ushbu dasturlar uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida |
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Yoshlar ishlari agentligi A. Sa’dullayev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
34-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish |
|||||
|
55. |
Sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish. |
1. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladigan ommaviy sport musobaqalaridagi sport turlari geografiyasini kengaytirish va tanlovlar sifatini oshirish. 2. Maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchi va o‘quvchilari, professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari talabalarini ommaviy sport turlariga bosqichma-bosqich keng jalb qilish maqsadida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish. 3. Aholining keng qatlamalari, jumladan uyushmagan yoshlarni sportga qiziqtirish hamda ularning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish doirasida yurish va yugurish kabi musobaqalarni tashkil etib borish. 4. Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish orqali ularning jismoniy qobiliyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. 5. Respublika hududlarida, ayniqsa, olis va chekka hududlardagi mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan universal sport maydonchalarini bosqichma-bosqich barpo etish hamda bu orqali aholining sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish. 6. Aholining yosh toifalari bo‘yicha respublikaning barcha hududlarida har yili jismoniy tayyorgarlik sinovlarini o‘tkazish hamda mazkur tadbirlarga fuqarolarni jalb qilish. 7. Milliy qadriyatlarimizni tiklash, yosh avlodga yetkazish maqsadida har yili “Milliy sport turlari va xalq o‘yinlari”, “Uloq” va “Ko‘pkari” kabi etnofestivallarni o‘tkazish orqali ushbu tadbirlarga yoshlarni jalb qilish. 8. Sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini bog‘cha yoshidan boshlab kengaytirish choralarini ko‘rish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shug‘ullanuvchi yoshlar ulushini oshirish |
|||||
|
56. |
Sport-ta’lim muassasalarida shug‘ullanuvchi yoshlar sonini oshirish. |
1. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida rivojlantirilayotgan sport turlari bo‘yicha milliy va hududiy terma jamoalarga nomzodlarni aniqlash, saralash (seleksiya) va tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. 2. Xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda ixtisoslashtirilgan sport maktablari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish tizimini yaratish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova |
|
57. |
Mamlakatimizda xalqaro darajada sport musobaqalarini o‘tkazish bo‘yicha aniq choralarni belgilash. |
1. Kelgusi yillarda respublikada sport turlari bo‘yicha xalqaro darajadagi yirik musobaqa, bellashuv va boshqa tadbirlarni tashkil etish yuzasidan rejalarni belgilash. 2. Futbol bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo kubogini 2031-yilda O‘zbekistonda o‘tkazish yuzasidan Osiyo futbol konfederatsiyasiga takliflar kiritish choralarini ko‘rish. |
2023-yil noyabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi O. Axmedov |
|
36-maqsad: Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish |
|||||
|
58. |
Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish. |
1. Sportchilarga sport unvonlari va sport razryadlari berish tizimini takomillashtirish. 2. 2023-yilda Xanchjou (Xitoy) shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilarining muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash. 3. 2025-yil Toshkent shahrida bo‘ylab o‘tadigan IV yoshlar Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirok etadigan sport turlari geografiyasini belgilash hamda yuqori natijadorlikka erish bo‘yicha chora-tadbirlarni qabul qilish. 4. Nufuzli xalqaro sport tadbirlarini O‘zbekistonda o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda sohada faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning xalqaro va Osiyo sport tashkilotlarining rahbariyati va a’zolari qatoriga kiritilishini ta’minlash. |
2023-yil noyabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi O. Kasimov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi M. Tashxodjayev |
|
37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish |
|||||
|
59. |
Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish. |
1. Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan jamoaviy (futbol, gandbol, basketbol, voleybol, regbi, chim ustida xokkey, suv sporti turlari) va boshqa sport turlarini rivojlantirish. 2. Jamoaviy va boshqa sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini ta’minlash. 3. Yozgi paralimpiya sport turlarini rivojlantirish, shu jumladan: paralimpiya sportchilari orasida sog‘lom turmush tarzini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish. Xususan, mazkur tashabbusni aholining imkoniyati cheklangan qatlami o‘rtasida targ‘ib qilish; paralimpiya sport turlari ro‘yxatiga kiritilgan sport turlarini sport ta’lim muassasalarida yanada kengaytirish hamda paralimpiya o‘yinlariga litsenziyalarni qo‘lga kiritish. |
2023-yil dekabr |
- |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi O. Kasimov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi M. Tashxodjayev |
|
1.5. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha islohotlar |
|||||
|
(Mas’ul — A. Aripov) |
|||||
|
38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash |
|||||
|
60. |
Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish. |
1. Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy ishlar tanlovini o‘tkazish. 2. Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlarni amalga oshirish. 3. Sotsiologik tadqiqotlar natijalarini monitoring qilish. |
2023-yil dekabr |
- |
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi M. Xodjimatov, Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, “Ijtimoiy fikr” markazi N. Raximova |
|
39-maqsad: O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish |
|||||
|
61. |
Mamlakatimizda kitobxonlikni targ‘ib qilishning ta’sirchan va samarali usullarini joriy qilish. |
Kitobxonlik tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda: ushbu yo‘nalishda qulay shart-sharoitlar yaratish; kitobxonlik tadbirlarini taniqli ijodkorlar, ziyolilar ishtirokida adabiyot va kitobxonlik bayrami sifatida yuqori saviyada tashkil qilish; “Kitobsevar millat” oyliklari doirasida ma’rifiy tadbirlar, kitob savdo-yarmarkalari, kitob festivallarini uyushtirish nazarda tutiladi. |
2023-yil dekabr |
O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Yozuvchilar uyushmasi S. Saidov |
|
40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk san’atini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish |
|||||
|
62. |
Ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish orqali teatrlar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish. |
1. Davlat teatrlarida faoliyat yuritayotgan ijodiy va yordamchi xodimlarning xorijiy davlatlarning nufuzli teatrlarida mahoratini oshirishni tashkil etish maqsadida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladigan xorijiy teatrlar ro‘yxatini shakllantirish hamda kelishuv va memorandumlarni imzolash. 2. Xorijiy davlatlarning nufuzli teatrlarida mahoratini oshiradigan teatrlarda faoliyat yuritayotgan ijodiy va yordamchi xodimlar ro‘yxatini shakllantirish. 3. Ijodiy va yordamchi xodimlarning xorijiy davlatlarning nufuzli teatrlarida mahoratini oshirishini ta’minlash. |
2023-yildan boshlab, reja asosida muntazam |
Hisob-kitoblarga asosan homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
41-maqsad: O‘zbek milliy san’atini targ‘ib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish |
|||||
|
63. |
O‘zbek milliy musiqa san’atini dunyo bo‘ylab ommalashtirish. |
1. O‘zbek milliy musiqa san’atini dunyo bo‘ylab eksport qilish. 2. Nufuzli promouter va prodyuserlarning yurtimizda o‘tkaziladigan xalqaro festivallarda ishtirok etishini tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga asosan homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
64. |
Xoreografiya akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlar uchun maqsadli grantlar joriy qilish. |
1. O‘zbek va jahon xalqlari raqs san’atiga oid fundamental tadqiqotlarni olib boruvchi ilmiy tadqiqot ishchi guruhini shakllantirish. 2. Ilmiy tadqiqotlar uchun maqsadli grant loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 3. Milliy raqs sohasida ilmiy-tadqiqot loyihalari uchun har yili maqsadli grantlar tanlovini e’lon qilish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab har yili |
Hisob-kitoblarga asosan Respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, homiylik xayriyalari |
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abdurahmonov, Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov |
|
42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va ommalashtirish bilan bog‘liq faoliyatni yanada takomillashtirish |
|||||
|
65. |
Buxoro shahrida Jadidlar muzeyini tashkil qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. |
1. Muzey konsepsiyasi yuzasidan ilmiy muhokamalar o‘tkazish. 2. Muzeyni tashkil qilish uchun tegishli binoni Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazish. 3. Muzey faoliyatini ilg‘or tajribalar asosida yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazish. |
2024-yil mart |
Hisob-kitoblarga asosan Davlat budjeti va homiylar mablag‘lari |
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi G. Umerova, Buxoro viloyati hokimligi B. Zaripov |
|
66. |
Madaniy meros obyektlari va davlat muzeylarida restavratsiya va ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish. |
1. Respublikadagi 60 ta madaniy meros obyektlari va 7 ta muzeylar loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 2. Loyiha-smeta hujjatlarini davlat ekspertizasidan o‘tkazish. 3. Restavratsiya va ta’mirlash-tiklash ishlarini moliyalashtirish. 4. Madaniy meros obyektlari va davlat muzeylarida ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish. 5. Muzeylarda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
Respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniy meros agentligi B. Abdikarimov |
|
67. |
Arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va muzeylashtirish. |
1. Arxeologiya yodgorliklarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish. 2. Ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish. 3. Arxeologiya yodgorliklarini muzeylashtirish choralarini ko‘rish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
Respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Madaniy meros agentligi B. Abdikarimov |
|
43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirish. |
|||||
|
68. |
Madaniyat va san’at muassasalari hamda ta’lim tashkilotlarini milliy musiqa cholg‘ulari bilan ta’minlash orqali professional va havaskorlik san’ati faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish. |
1. 10 mingdan ziyod umumta’lim maktablari, 324 ta bolalar musiqa va san’at maktabi hamda 826 ta madaniyat markazlarining milliy musiqa cholg‘ulariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish va ro‘yxatni shakllantirish. 2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida bosqichma-bosqich milliy musiqa cholg‘ularini xarid qilish va ularni umumta’lim maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari va madaniyat markazlariga yetkazish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Madaniyat vazirligiga ajratilgan respublika budjeti mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova |
|
69. |
O‘zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma’naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish hamda rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash. |
1. Xalq og‘zaki ijodi durdonalari bo‘lgan dostonlarni targ‘ib etib kelayotgan baxshilar ijodini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblar asosida Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Askiya va qiziqchilik san’ati yo‘nalishida har yili kamida 3 ta ilmiy-tadqiqot ishi uchun davlat buyurtmasini tanlov asosida shakllantirish. |
Har yili reja asosida |
||||
|
3. Hududlarning o‘ziga xos bo‘lgan urf-odat va marosimlarini qayta tiklash maqsadida folklor ekspeditsiyalarini tashkil etish va ilmiy jihatdan o‘rganish. |
2024-yildan boshlab reja asosida |
||||
|
44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish |
|||||
|
70. |
Mualliflik filmlari ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash. |
Mualliflik filmlarini ishlab chiqarish bo‘yicha rejissorlar o‘rtasida tanlov tashkil qilish, filmlar loyihalari (konsepsiya, adabiy ssenariy, ijodiy guruh, aktyorlar, lokatsiyalar haqidagi ma’lumotlar) asosida g‘olibni belgilash hamda 2024-yil uchun 2 ta film loyihasini tayyorlash. |
2023-yil dekabr |
- |
Kinematografiya agentligi F. Abduxalikov |
1a-ILOVA
T/r | Maqsadli ko‘rsatkich | O‘lchov birligi | 2023 | 2024 |
1.1. Ta’lim tizimi islohotlari | ||||
1-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash | ||||
1. | Bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi. | foiz | 74,0 | 76,0 |
2. | 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrov darajasi. | foiz | 93,0 | 96,0 |
3. | Yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni. | ta | 1 600 | 1 400 |
4. | Kompyuter sinflari bilan ta’minlangan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni. | ta | - | 170 |
5. | Toza ichimlik suv va sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlangan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ulushi. | foiz | - | 80 |
2-maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish | ||||
6. | Umumiy o‘rta ta’lim tizimida yaratiladigan yangi o‘quvchi o‘rinlari soni. | mingta | 100 | 150 |
7. | Toza ichimlik suvi va sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari ulushi. | foiz | 87 | 89 |
3-maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish | ||||
8. | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari uchun yaratiladigan yangi darsliklar, mashq daftarlari, o‘qituvchi metodika kitoblari soni. | nomda | 381 | 131 |
9. | Umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga jalb etiladigan xorijiy til egalari — mutaxassislar soni. | nafar | 500 | 500 |
4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish | ||||
10. | Xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborilgan pedagog xodimlar soni. | nafar | - | 100 |
11. | Uzluksiz malakasi oshirilgan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari xodimlar soni. | ming nafar | 150 | 150 |
12. | O‘quvchilar uchun bepul maktab avtobuslari yo‘lga qo‘yilgan olis va chekka hududlarda joylashgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari soni. | dona | - | 100 |
5-maqsad: Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish | ||||
13. | Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni. | dona | - | 70 |
14. | Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar miqdori. | mlrd. so‘m | - | 153 |
6-maqsad: Professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish | ||||
15. | Professional ta’lim muassasalarida malaka toifasiga ega bo‘lgan pedagog kadrlar ulushi. | foiz | 25 | 30 |
16. | Professional ta’lim tizimida masofaviy yoki aralash shakllarda tashkil etiladigan malaka oshirish kurslari ulushi. | foiz | 10 | 15 |
7-maqsad: Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish | ||||
17. | Yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasi. | foiz | 42 | 43 |
18. | Nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini oshirish darajasi. | foiz | - | 20 |
19. | Oliy ta’lim muassasalarini dunyoning eng nufuzli “Top-1000” oliy ta’lim tashkilotlari reytingiga kiritish. | dona | - | 1 |
20. | Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish. | dona | 6 | 2 |
8-maqsad: Oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash | ||||
21. | Faoliyati kengaytiriladigan salohiyatli oliy ta’lim muassasalari soni. | dona | - | 3 |
22. | Xorijiy nufuzli oliygohlari bilan birgalikda “Kvant markaz”lari tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari soni. | dona | - | 2 |
23. | Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv binolarini qurish hisobiga yaratiladigan qo‘shimcha talaba o‘rinlari soni. | mingta | 7,5 | 16,4 |
24. | Talabalar turar joylarini qurish hisobiga yaratiladigan qo‘shimcha o‘rinlar soni. | mingta | 18 | 27 |
25. | Oliy ta’lim muassasalari va xorijiy ilmiy tashkilotlar hamkorligida tashkil etiladigan qo‘shma ta’lim loyihalari ulushi. | foiz | 15 | 30 |
9-maqsad: Fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yo‘nalishlar bilan boyitish | ||||
26. | Matematika, biologiya, kimyo, geologiya, fizika, epidemiologiya, seysmologiya, bioxilma-xillik kabi yo‘nalishlarda kompleks ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida amalga oshiriladigan fundamental tadqiqotlar soni. | dona | - | 8 |
27. | Til va adabiyot, tarix, arxeologiya, ma’naviyat, madaniyat va san’at kabi ijtimoiy-gumanitar fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha alohida ilmiy-tadqiqot dasturlari doirasida amalga oshiriladigan fundamental tadqiqotlar soni. | dona | - | 20 |
28. | Kompleks dasturlar doirasida bajariladigan fundamental tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladigan yetakchi xorijiy ilmiy maktablar soni. | dona | - | 3 |
10-maqsad: Iqtisodiyotning eng tez o‘sib borayotgan yo‘nalishlarida amaliy tadqiqotlarni kuchaytirish, “korxona — oliygoh — ilmiy tashkilot” klaster tizimini joriy etish | ||||
29. | Ilmiy-tadqiqotlar va ishlanmalar sohasida sotilgan mahsulotlarning (tovarlar, ishlar va xizmatlar) umumiy hajmida innovatsion mahsulotlar (tovarlar, ishlar va xizmatlar)ning ulushi. | foiz | 7 | 9 |
30. | Ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar soni. | dona | 14 | 22 |
31. | Innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari (texnologik parklar, texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlar, innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar va akselerator) soni. | dona | 45 | 55 |
11-maqsad: Yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash | ||||
32. | Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda maqsadli doktorantura kvotalari soni. | dona | 3600 | 4200 |
33. | Tadqiqotchilarning umumiy sonida 39 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ulushi. | foiz | 49 | 50 |
34. | Xorijiy ilmiy tashkilot va universitetlarga ilmiy stajirovkaga yuborilgan tadqiqotchilarning umumiy sonida 39 yoshgacha bo‘lgan tadqiqotchilarning ulushi. | foiz | 44 | 47 |
12-maqsad: Barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash | ||||
35. | Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan ilmiy ishlanmalar soni. | dona | 250 | 275 |
36. | Innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratilgan yangi ish o‘rinlari sonini oshirish. | foiz | 25 | 50 |
37. | Xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotlarga investitsiyalari hajmi. | mln so‘m | 3500 | 4750 |
38. | Innovatsion loyihalar natijasida yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni. | dona | 9000 | 13500 |
39. | Yaratilgan yangi texnologiyalar soni. | dona | 89 | 186 |
40. | Ilm-fanni umumiy moliyalashtirish hajmida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xususiy sektor tomonidan ajratilgan mablag‘lar ulushi. | foiz | 17 | 18 |
1.2. Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar | ||||
13-maqsad: Aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish | ||||
41. | Tug‘ilishdan kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi. | yosh | 74,4 | 74,7 |
42. | Budjetdan tibbiyotga ajratiladigan yillik mablag‘ hajmini oshirish. | foiz | 11,0 | 12,3 |
43. | Onkologiya kasalliklar bo‘yicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta o‘lim ulushini kamaytirish. | foiz | 8,9 | 8,5 |
44. | Yurak-qon tomir kasalliklar bo‘yicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta o‘limni kamaytirish. | foiz | 46,6 | 46,0 |
45. | Diabet kasalligi bo‘yicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta o‘limni kamaytirish. | foiz | 5,0 | 4,8 |
46. | Nafas yo‘llari kasalliklari bo‘yicha 30 — 69 yoshdagi aholi orasida erta o‘limni kamaytirish. | foiz | 3,4 | 3,0 |
47. | Sil kasalligi bilan kasallanish darajasi. | 100 ming aholiga nisbatan | 34,2 | 33,5 |
14-maqsad: Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish | ||||
48. | Poliklinika barpo etish. | ta | 140 | - |
49. | Diabet kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olish. | foiz | 90 | 100 |
50. | Yurak-qon tomir kasalligi bor bemorlarni davolash bilan to‘liq qamrab olish. | foiz | 100 | 100 |
51. | Chaqaloqlarda irsiy kasalliklar bo‘yicha selektiv skrining tekshiruvlar turlarini oshirish. | foiz | 50 | 55 |
15-maqsad: Bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish | ||||
52. | Irsiy kasalliklar bilan kasallangan bolalarni dori vositalari, tibbiy buyumlar va shifobaxsh ozuqalar bilan to‘liq ta’minlash. | foiz | 90 | 100 |
53. | Bolalarda irsiy kasalliklar bo‘yicha selektiv skrining tekshiruvlar turlarini oshirish. | ta | 3 | 4 |
16-maqsad: Onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash | ||||
54. | Onalar o‘limini kamaytirish. | promille | 13,5 | 13 |
55. | Go‘daklar o‘limni kamaytirish. | promille | 8,5 | 8,1 |
56. | Besh yoshgacha bolalar orasidagi o‘limni kamaytirish. | promille | 11,0 | 10,6 |
57. | Tug‘uruq o‘rinlari sonini oshirish. | dona | - | 500 |
58. | 6 — 23 oylik bolalarni mikronutriyent kukuni bilan bepul ta’minlash. | foiz | 100 | 100 |
59. | 2 — 10 yoshdagi bolalarni gelmintoz profilaktikasi bo‘yicha maxsus preparatlar bilan bepul ta’minlash. | foiz | 100 | 100 |
60. | 3 — 15 yoshdagi bolalarning yod preparati bilan bepul ta’minlash. | foiz | 100 | 100 |
61. | Tug‘ish yoshidagi (15 — 35 yosh) ayollarni temir va foliy kislotasi bilan bepul ta’minlash. | foiz | 100 | 100 |
17-maqsad: Onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish | ||||
62. | Xavfli o‘sma kasalliklaridan 1 yilgacha o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish. | foiz | 14,6 | 13,8 |
18-maqsad: Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish | ||||
63. | Yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni erta aniqlash darajasini oshirish. | foiz | 50 | 55 |
64. | Aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish. | foiz | 59,3 | 61,0 |
65. | Tibbiyot muassasalarining yuqumli bo‘lmagan asosiy kasalliklarni davolash uchun zarur bo‘lgan bazaviy diagnostik testlar, jihozlar va asosiy dori vositalari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish. | foiz | 35 | 40 |
19-maqsad: Sog‘lom va faol keksalikni ta’minlash | ||||
66. | 55 va undan katta yoshdagi aholini har yili profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish. | foiz | 100 | 100 |
20-maqsad: Aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish | ||||
67. | Anemiya bilan kasallanishni kamaytirish. | 100 ming aholiga nisbatan | 3858,6 | 3665,6 |
68. | Yod yetishmasligi bilan bog‘liq kasallanishni kamaytirish. | 100 ming aholiga nisbatan | 493,9 | 469,2 |
69. | Ichak infeksiyalari bilan kasallanishni kamaytirish. | 100 ming aholiga nisbatan | 156,3 | 148,4 |
21-maqsad: Tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish | ||||
70. | Raqamli texnologiyalar joriy etilgan tibbiyot muassasalari ulushini oshirish. | foiz | 55 | 70 |
1.3. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar | ||||
22-maqsad: Professional ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish | ||||
71. | Mahalla darajasida manzilli professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatadigan ijtimoiy xodimlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | nafar | 600 | 4200 |
23-maqsad: Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim hamda ular uchun qulay va maqbul muhit yaratish | ||||
72. | Nogironligi bo‘lgan muhtoj shaxslarni sifatli va zamonaviy protez-ortopediya buyumlari (son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari) bilan ta’minlash. | foiz | 8 | 16 |
73. | Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimida yengillik yaratish maqsadida sirtdan nogironlik belgilanadigan kasalliklar va uning asoratlari ro‘yxatini kengaytirish. | foiz | 7 | 15 |
24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish | ||||
74. | Oilada hamda muqobil parvarish qilishning boshqa shakllarida tarbiyalanayotgan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sonining jami va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar umumiy sonidagi ulushi. | foiz | 99,2 | 99,3 |
25-maqsad. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash | ||||
75. | Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan turarjoyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash. | mingta | 4 | 4 |
76. | Davlat tomonidan ehtiyojmand xotin-qizlarga maxsus jarrohlik amaliyotini o‘tkazish. | mingta | 2,7 | 3 |
77. | Boshqaruv lavozimlaridagi xotin-qizlar ulushini oshirish. | foiz | 29,6 | 30,2 |
78. | Oliy ta’limdagi talabalar orasida xotin-qizlar ulushini oshirish. | foiz | 49,2 | 50,1 |
79. | Xotin-qizlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanishini oshirish. | mingta | 47 | 50 |
26-maqsad: Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash | ||||
80. | Nuroniylar uchun respublika bo‘ylab diqqatga sazovor joylar, xususan tarixiy shaharlar, qadimiy obidalar, ziyoratgohlar va yurtimizning so‘lim go‘shalariga sayohatlar tashkil etish. | million nafar | 1, 2 | 1, 3 |
27-maqsad: Mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirish | ||||
81. | Kambag‘allik darajasini kamaytirish. | foiz | 12 | 10 |
28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish | ||||
82. | Mehnatga layoqatli aholini, shu jumladan yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning barqaror va samarali bandligini ta’minlash orqali ishsizlik darajasini tushirish. | foiz | 8,5 | 8,1 |
83. | Aholini mehnat faoliyatiga jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali ishsiz aholini ishga joylashtirishga ko‘maklashish. | ming nafar | 415 | 423 |
29-maqsad: Har bir fuqaroni davlat hisobidan kasb-hunarga o‘qitish, ularning zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish | ||||
84. | Ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni kasb-hunar, tadbirkorlik ko‘nikmalari va xorijiy tillarga o‘qitish. | ming nafar | 160 | 200 |
85. | Xalqaro standartlar asosida kasbga o‘qitish markazlari o‘qituvchilarining malakasini oshirish. | nafar | 50 | 100 |
86. | Kasb-hunarga o‘qitishda xususiy sektor va “usta-shogird” maktablari ulushini oshirish. | foiz | 15 | 20 |
1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar | ||||
30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish | ||||
87. | Yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish. | ming nafar | 5 | 7,5 |
88. | Xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori ball olgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish. | ming nafar | 5 | 6 |
31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish | ||||
89. | Ilmiy va innovatsion faoliyat, intellektual o‘yinlar hamda chet tillarini o‘rganishga jalb etish orqali yoshlarning iqtidorini rivojlantirish. | ming nafar | 500 | 800 |
90. | Iste’dodli yoshlarni xorijning eng nufuzli oliygohlariga o‘qishga yuborish. | nafar | 500 | 500 |
32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish | ||||
91. | Yoshlarning bandligini ta’minlash. | ming nafar | 200 | 300 |
92. | Yoshlarning ishsizlik darajasini kamaytirish. | foiz | 13,8 | 13,5 |
33-maqsad: Yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish hamda sohada xizmatlar eksportini oshirish | ||||
93. | IT sohasida yoshlarni ish bilan ta’minlash, maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘rgatish. | ming nafar | 50 | 75 |
34-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadigan yoshlar qamrovini kengaytirish | ||||
94. | Yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish. | million nafar | 6,2 | 6,5 |
95. | Sport bilan shug‘ullanishga jalb qilingan aholi ulushi. | foiz | 26 | 28 |
96. | Mahallalarda ko‘p funksiyali sport maydonchalarini barpo etish. | ta | 446 | 400 |
35-maqsad: Respublikada sport bilan professional va doimiy shug‘ullanuvchi yoshlar ulushini oshirish | ||||
97. | Sport-ta’lim muassasalarida muntazam shug‘ullanuvchi yoshlar soni. | ming nafar | 360 | 400 |
98. | Mavjud sport maktablarida aholi soni va ixtisoslashuviga ko‘ra olimpiya sport turlari bo‘yicha sport seksiyalarini tashkil etish. | ta | 300 | 450 |
36-maqsad: Milliy terma jamoalarga yuqori malakali va natijador sportchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish | ||||
99. | Razryadli va unvonli sportchilar soni. | ming nafar | 28 | 30 |
100. | Sport sohasida oliy ma’lumotli xodimlar ulushi. | foiz | 62 | 69 |
101. | Sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot va izlanishlar soni. | dona | 52 | 60 |
37-maqsad: Olimpiya va paralimpiya harakatini rivojlantirish | ||||
102. | Parij-2024 Olimpiya va paralimpiya o‘yinlariga litsenziyalar va ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritish. | dona | 25 | 140 |
1.5. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha islohotlar | ||||
38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash | ||||
103. | Ma’rifat targ‘ibotchilari sonini oshirish. | nafar | 1000 | 2000 |
104. | Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodim va mutaxassislar malakasini oshirish. | nafar | 500 | 1500 |
105. | Targ‘ibot media mahsulotlari ishlab chiqish. | dona | 100 | 150 |
39-maqsad: “O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish | ||||
106. | “O‘zbek adabiyoti xazinasidan” deb nomlangan ko‘p jildlik kitoblar majmuasini chop etish. | nusxa | - | 1150 |
107. | “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” 100 jildligini o‘zbek tilida nashr qilish. | ming nusxa | - | 20 |
40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk san’atini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish | ||||
108. | Davlat teatrlari tomonidan namoyish etiladigan spektakllarga tomoshabinlarni jalb etish. | million nafar | 3,2 | 3,6 |
109. | Davlat teatrlarining xalqaro festival va gastrollarga yuborilishini tashkil etish. | ta | 14 | 20 |
110. | Har yili davlat teatrlarida faoliyat yuritayotgan ijodiy va yordamchi xodimlarning xorijiy davlatlarning nufuzli teatrlarida mahoratini oshirish. | nafar | - | 50 |
111. | Davlat buyurtmasi asosida davlat teatrlarida yangi spektakllarni sahnalashtirish. | dona | 40 | 42 |
112. | Joylarda o‘tkaziladigan sirk tomoshalarining sonini oshirish. | ta | 490 | 550 |
41-maqsad: O‘zbek milliy san’atini jahon sahnalarida keng targ‘ib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish | ||||
113. | Respublikada xalqaro festivallar, anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish. | dona | 7 | 11 |
114. | Davlat konsert-tomosha muassasalari tomonidan namoyish etiladigan madaniy tadbirlar va festivallarga tomoshabinlarni jalb etish. | million nafar | 9,5 | 10 |
115. | Madaniyat va san’at tizimidagi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, xususan ilmiy darajali va unvonli kadrlar sonini ko‘paytirish. | nafar | 10 | 10 |
116. | Madaniyat va san’at sohasida iste’dodli va yuqori malakali ijodkorlarning mahorat maktablarini tashkil etish. | dona | 23 | 35 |
42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va ommalashtirish bilan bog‘liq faoliyatni yanada takomillashtirish | ||||
117. | Davlat muzeylari binolarini rekonstruksiya qilish va tiklash. | dona | 7 | 16 |
118. | Davlat muzeylaridagi elektron identifikatsiya qilinadigan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalari sonini oshirish. | ming dona | - | 500 |
119. | Davlat muzeylariga tashrif buyuradigan mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini oshirish. | million nafar | 3 | 4 |
120. | Davlat muzeylari rahbar va xodimlarining malakasini oshirish. | nafar | 20 | 80 |
121. | Arxeologiya obyektlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish. | dona | 70 | 110 |
122. | Arxeologiya yodgorliklarida konservatsiya va muzeylashtirish ishlarini amalga oshirish. | dona | - | 3 |
123. | Madaniy meros obyektlarida restavratsiya, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish. | dona | 62 | 123 |
43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirish. | ||||
124. | 324 ta bolalar san’at maktabi hamda 826 ta madaniyat markazini milliy musiqa cholg‘ulari bilan to‘liq ta’minlash. | komplekt | 1150 | 1150 |
125. | Nukus shahri, viloyatlar va Toshkent shahri markazlarida ijodkorlarning doimiy ko‘rgazmalarini tashkil qilish. | ta | - | 250 |
126. | Madaniyat va san’at muassasalarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish. | dona | 15 | 15 |
44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish | ||||
127. | Jahonning eng nufuzli xalqaro kinobozor va kinofestivallarida ishtirok etish. | dona | - | 5 |
128. | Dunyodagi eng ommabop Internet platformalariga milliy filmlarni joylashtirish soni. | dona | - | 5 |
129. | Milliy qahramonlar haqida multiplikatsion film va seriallar ishlab chiqarish. | dona | 2 | 10 |
130. | Ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-uslubiy filmlar yaratish. | dona | - | 10 |
1b-ILOVA
T/r | Vazifa | Amaliy chora-tadbir | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
1.1. Ta’lim tizimi islohotlari (Mas’ul — A. Aripov) | ||||
1-maqsad: Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash | ||||
1. | Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. Ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun bog‘cha xarajatlarini davlat tomonidan qoplash tizimini joriy qilish. 2. Tarbiyalanuvchilarni zamonaviy texnologiyalarga o‘rgatish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini kompyuter sinflari bilan ta’minlash. 3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ichimlik suv bilan ta’minlash va ularning sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash choralarini ko‘rish. 4. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida muqobil energiya manbalari, energiya tejamkor material va texnologiyalarni joriy qilish orqali energiya samaradorlikni oshirish. 5. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berishni yo‘lga qo‘yish. | 2023-yil noyabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
2-maqsad: Umumiy o‘rta ta’lim tizimida “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturini amalga oshirish | ||||
2. | Ta’lim uchun qulay muhitni yaratishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ta’lim planshetlari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash. | 2023-yil noyabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov |
4-maqsad: Pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish | ||||
3. | Pedagog kadrlarga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. 2024-yil 1-sentabrdan boshlab davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasini berishning yangi tartibini joriy qilish. 2. Malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlarni bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkazish hamda birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda — pedagogik mahoratini baholash tarzida o‘tkazish. | 2023-yil noyabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
4. | Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish bo‘yicha sertifikatlarga qo‘shimcha rag‘batlantirishni joriy etish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | Milliy baholash tizimida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlarini bilish bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama to‘lash amaliyotini joriy etish. | 2023-yil noyabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Adliya vazirligi A.Tashkulov |
5-maqsad: Umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb qilish | ||||
5. | Nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etishni soddalashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil qilishda ularning elektron kutubxonasi, axborot-resurs markazlari, o‘qituvchilarning toifalari, bitta sinfda ta’lim oluvchilarning maksimal soniga qo‘yilgan talablarni yengillashtirish. 2. Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun qo‘yilgan talablarni davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlariga qo‘yilgan talablarga muvofiqlashtirish. | 2023-yil noyabr | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Adliya vazirligi A.Tashkulov |
6. | Nodavlat ta’lim tashkilotlarini tashkil etishda tadbirkorlarga yengillik yaratish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun olinadigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining bir qismini qoplab berish amaliyotini kiritish. | 2023-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Markaziy bank M. Nurmuratov Adliya vazirligi A. Tashkulov |
6-maqsad: Professional ta’lim tizimini rivojlantirish orqali o‘quvchilarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga o‘rgatish | ||||
7. | Texnikumlarda kredit-modul tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Ta’limning kredit-modul tizimi joriy etiladigan ta’lim tashkilotlari ro‘yxatini tasdiqlash. 2. O‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etishda ta’lim dasturi, fanlar katalogi, akademik mobillik, ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazishga taalluqli hujjatlarni tasdiqlash. 3. Texnikumlarning o‘quv yuklamasi va o‘quvchi tomonidan bir o‘quv yilida to‘planadigan kreditlar hajmini belgilash. 4. Kredit-modul tizimida o‘qiydigan o‘quvchilarni o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga o‘tkazish tartibini belgilash. | 2023-yil oktabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, manfaatdor vazirlik va idoralar |
7-maqsad: Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mut?xassislar tayyorlash sifatini oshirish | ||||
8. | Oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun berilgan imtiyozlarni xatlovdan o‘tkazib, ularni qayta ko‘rib chiqqan holda yagona hujjatda tugal ro‘yxati shaklida shakllantirish. 2. Ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoidani belgilash. | 2023-yil noyabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
8-maqsad: Oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash | ||||
9. | Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil qilishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 1. Navoiy davlat pedagogika instituti negizida Navoiy davlat universitetini tashkil qilish. 2. 2023 — 2026-yillar uchun universitetni kompleks rivojlantirish dasturini tasdiqlash. 3. Xalqaro aloqalarni mustahkamlash, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorligini kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or tajribalarni o‘quv va ilmiy jarayonga tatbiq etishni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlarni belgilash. 4. Universitetga ta’lim standartlarini ishlab chiqish, malakaviy talablar, o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek, ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda talabalarning bilimini baholash hamda o‘quv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqini berish. 5. Universitetga bosqichma-bosqich moliyaviy mustaqillik berishni nazarda tutish. | 2023-yil dekabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Navoiy viloyati hokimligi N. Tursunov |
10. | Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida Buxoro davlat tibbiyot universitetini tashkil qilish. | 1. Buxoro davlat tibbiyot instituti negizida Buxoro davlat tibbiyot universitetini tashkil qilish. 2. Universitetning asosiy vazifalarini belgilash. 3. 2023 — 2026-yillar uchun universitetni kompleks rivojlantirish dasturini tasdiqlash. 4. 2026-yilga qadar universitetni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlarini belgilash. 5. Universitet moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash, simulyatsion markaz, o‘quv va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish hamda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash bo‘yicha choralarni belgilash. 6. Buxoro viloyati hamda qo‘shni hududlar sog‘liqni saqlash tizimi ehtiyojlarini va muammolarini muntazam o‘rganib borish, ularni vakolati doirasida bartaraf etish maqsadida sog‘liqni saqlash tizimi hamda nodavlat notijorat tashkilotlar o‘rtasida uzviy hamkorlikdagi faoliyatni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutish. 7. Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan professor-o‘qituvchilarning xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari tomonidan e’tirof etilgan yuqori reytingli jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish sarf-xarajatlarini qoplashni belgilash. | 2023-yil noyabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Buxoro viloyati hokimligi B. Zaripov |
1.2. Aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — A. Aripov) | ||||
13-maqsad: Aholining o‘rtacha umr davomiyligini oshirish | ||||
11. | Aholi o‘rtasida noinfeksion kasalliklarning oldini olishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. Aholiga o‘z sog‘lig‘i va ovqatlanishini nazorat qilishni o‘rgatish va to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha mobil ilova yaratish. 2. Bolalarga mo‘ljallangan nosog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar, bolalar oziq-ovqat mahsulotlari hamda energetiklar, dori vositalari, biologik faol moddalar reklamasiga talab va cheklovlarni kuchaytirish. 3. Ta’lim muassasalarida bolalar va yoshlar uchun tavsiya etilmaydigan mahsulotlar, shu jumladan tarkibida shakar, tuz, transyog‘lar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ta’m va rang beruvchi qo‘shimchalar ro‘yxatini tasdiqlash va ularning iste’molini kamaytirish. 4. Mahalliy mahsulotlar turlaridan kelib chiqib, aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun alohida-alohida sog‘lom ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish. 5. Bolalar, kattalar va keksalar uchun qisqa to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar, sog‘lomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari to‘plamini yaratish. 6. Surunkali kasalliklarni boshqarish dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish. 7. Ambulator sharoitda dinamik nazoratga olinadigan kasalliklar ro‘yxatini shakllantirish, tasdiqlash va amaliyotga joriy etish. 8. Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida aholining eng ko‘p murojaatlariga sabab bo‘lgan surunkali (gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma, o‘pkaning surunkali kasalligi) kasalliklar bilan dispanser nazoratida turgan bemorlarni “reimbursatsiya” dasturi doirasida 11 turdagi dorilar bilan ta’minlash. | 2023-yil noyabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
1.3. Ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — J. Qo‘chqorov, Z. Maxkamova, M. Olloyorov) | ||||
24-maqsad: Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish | ||||
12. | Bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik o‘tkazishning oldini olishga qaratilgan huquqiy mexanizmlarni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi. | 1. Bolalarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilishda davlat organlarining vakolatlarini aniq belgilash. 2. Bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash, tazyiqlarga chek qo‘yish mexanizmini takomillashtirish. 3. Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan bolalarga kompleks yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. | 2023-yil oktabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi M. Olloyorov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova |
13. | Oilaviy bolalar uyi bitiruvchilarining jamiyatga moslashuvini yaxshilash maqsadida 18 yoshga to‘lgandan keyin ham o‘qishni tugatib, ishga joylashib olgunga qadar oilada qolish mexanizmini joriy etish. | 1. “Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risida”gi nizomga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish. 2. Oilaviy bolalar uylari bitiruvchilarining jamiyatga moslashuvida jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish. | 2024-yil mart | Ijtimoiy himoya milliy agentligi J. Abruyev, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) A. Yunusova, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
25-maqsad. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash | ||||
14. | Xotin-qizlarning ta’lim olishi, kasbiy ko‘nikmalarni egallashi va munosib ish topishiga ko‘maklashish, tadbirkorligini rivojlantirish tizimini takomillashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etish. 2. Buyurtma asosida ishsiz va ish qidiruvchi xotin-qizlarni davlat yoki nodavlat ta’lim tashkilotlarida hamda tayyorlov kurslarida maqsadli o‘qitish tizimini yaratish. | 2023-yil sentabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi O. Parpiboyeva |
15. | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida faoliyat olib borayotgan mas’ul xodimlarning malaka va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, xotin-qizlar faollari hamda “Oqila ayollar” harakati a’zolarini rag‘batlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimida faoliyat olib borayotgan mas’ul xodimlarning muntazam malakasini oshirib borish tizimini joriy etish. 2. Mahallalardagi xotin-qizlar faollari va “Oqila ayollar” harakati a’zolarini samarali faoliyatiga asosan rag‘batlantirib borish mexanizmini yaratish. 3. Faoliyat samaradorligi natijalariga ko‘ra yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan mahalladagi xotin-qizlar faollarini rag‘batlantirish tizimini joriy etish. | 2023-yil dekabr | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi O. Parpiboyeva, “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti N. Egamberdiyeva, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abdurahmonov |
16. | Davlat xizmati, ta’lim, ilm-fan, sport, sog‘liqni saqlash hamda boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Xodimlari sonining 30 foizi xotin-qizlardan iborat bo‘lgan hamda markaziy apparati rahbari yoki uning o‘rinbosaridan bir nafari ayol bo‘lgan davlat tashkilotlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish tizimini joriy etish. 2. Genderga oid audit o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish. 3. Audit yakunlari (xulosasi)ga ko‘ra xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlash. | 2023-yil dekabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi O. Parpiboyeva, Statistika agentligi B. Begalov |
17. | Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini raqamlashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Xotin-qizlar muammolari bilan ishlash tizimini raqamlashtirish. 2. Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va ularni tizimli ravishda hal etish modulini yaratish va amaliyotga tatbiq etish. | 2023-yil sentabr-oktabr | Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi O. Parpiboyeva |
27-maqsad: Mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirish | ||||
19. | Har bir viloyatda kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan bittadan jami 14 ta tumanni kambag‘allikdan chiqarish uchun kompleks rivojlantirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha dasturni amalga oshirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Har bir viloyatda kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan bittadan jami 14 ta tumanni kambag‘allikdan chiqarish uchun kompleks rivojlantirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha dasturni tasdiqlash. 2. Tanlab olingan 14 ta tumanni Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil” texnologiyalar hamda boshqaruvning zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish. | 2023-yil dekabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Biznes-ombudsman D. Kasimov |
20. | Kambag‘al aholining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Yangi moliyaviy instrumentlar joriy etish orqali kambag‘al aholining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, shu jumladan ularga imtiyozli kredit va subsidiyalar berish tizimini takomillashtirish. 2. Ehtiyojmand aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qulay shartlarda qo‘llab-quvvatlash maqsadida raqamli mikromoliya tashkilotini tashkil etish. | 2023-yil noyabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
28-maqsad: Aholini daromadli mehnat bilan band qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini takomillashtirish | ||||
22. | Xalqaro mehnat tashkilotining sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi sohalarida mehnat munosabatlarini tartibga solishni nazarda tutadigan 121-, 132- va 95-sonli konvensiyalarini ratifikatsiya qilish masalalarini o‘rganib chiqish. | 1. Ishchi guruh tuzish va milliy qonunchilikning xalqaro konvensiyalarga mosligini tahlil qilish. 2. Xalqaro konvensiyalarni o‘rganib chiqish, mutasaddi vazirlik va idoralar takliflarini inobatga olgan holda yakuniy xulosa hamda tegishli qonun loyihasini tayyorlash va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil sentabr 2023-yil oktabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Ish beruvchilar konfederatsiyasi I. Xaydarov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
23. | Ijtimoiy sug‘urta tizimini joriy etish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari loyihalari. | 1. Sug‘urta to‘lovlarini moliyalashtirishning manbalarini aniqlash, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan to‘lovlarni belgilash. 2. Ijtimoiy sug‘urta tizimi doirasidagi kafolatlangan sug‘urta to‘lovlari orqali norasmiy bandlikni kamaytirish va rasmiy mehnat munosabatlariga o‘tishni rag‘batlantirish. 3. Ish staji va badallar miqdoridan kelib chiqib, ijtimoiy sug‘urta to‘lovlari miqdorini belgilash mexanizmini joriy etish. 4. Milliy qonunchilikni Xalqaro mehnat tashkilotining 1952-yildagi “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari to‘g‘risida”gi 102-sonli Konvensiyasiga muvofiqlashtirish. | 2024-yil yakuniga qadar | Ijtimoiy himoya milliy agentligi M. Olloyorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Kasaba uyushmalari federatsiyasi Q. Rafikov |
1.4. Yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar (Mas’ul — A. Aripov) | ||||
30-maqsad: Yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillariga o‘qitish tizimini yaratish | ||||
24. | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ““Yoshlar daftari”ga kiritilgan talabalar uchun davlat tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan stajirovka tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi. | 1. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan talaba yoshlarning davlat tashkilotlarida amaliyot o‘tagan vaqtida subsidiya ajratish. 2. Amaliyotni davlat oliy ta’lim muassasalarining o‘quv rejalariga muvofiq amaliyotni o‘tash dasturi asosida amalga oshirish. 3. Davlat oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda bitiruvchilarning amaliyot davridan keyin ish o‘rinlariga joylashishlariga ko‘maklashish. | 2023-yil noyabr | Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, Yoshlar ishlari agentligi A. Sa’dullayev |
31-maqsad: Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish | ||||
25. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning ilmiy faoliyatini rag‘batlantirish hamda iqtidorini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi. | 1. Dunyoning eng nufuzli 100 ta oliygohiga grantga o‘qishga qabul qilingan yoshlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘larini qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratish. 2. Dunyoning eng nufuzli 500 ta oliygohiga grant asosida qabul qilingan yoshlarning transport va turarjoy xarajatlarini to‘liq qoplab berish. 3. Biotexnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik muhandislik yo‘nalishlarida iste’dodli yoshlarni xorijning eng nufuzli oliygohlariga davlat hisobidan o‘qishga yuborish. | 2023-yil dekabr | “El-yurt umidi” jamg‘armasi A. Bekmurodov, Yoshlar ishlari agentligi A. Sa’dullayev |
32-maqsad: Yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish | ||||
26. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil qilish to‘g‘risida”giqarori loyihasi. | 1. Har bir hududda kamida 100 gektar maydonda Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazini tashkil qilish. 2. Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazida loyiha ofislarini joylashtirish hamda yoshlar g‘oyalarini tayyor biznesga aylantirishga ko‘maklashish. 3. Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga 100 dan ortiq davlat xizmatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatish. 4. “Loyiha fabrikalari” orqali sanoat zonalarida “tayyor biznes” korxonalarini qurib berish va yoshlarga 10 yil muddatga foizsiz lizing asosida taqdim etish uchun 300 million AQSH dollari ajratish. 5. Loyihalar uchun zarur mutaxassislarni Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazida joylashgan kasbga o‘qitish markazlari tomonidan tayyorlash. | 2023-yil noyabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Yoshlar ishlari agentligi A. Sa’dullayev |
1.5. Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va madaniyat sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — A. Aripov) | ||||
38-maqsad: Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash | ||||
27. | O‘zbekiston xalqini umummilliy qadriyatlar atrofida birlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 2. Mamlakatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, targ‘ibot-tashviqot ishlarining zamonaviy va ta’sirchan usullarini ishlab chiqish hamda hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqib, yangi mafkuraviy texnologiyalarni keng joriy etish. 3. Turli yoshdagi aholining tarixga qiziqishini oshirish maqsadida “Buyuk ajdodlar izidan”, “Tarixingdir ming asrlar” va “O‘zbekiston — Vatanim manim” ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazish. 4. Xorijda istiqomat qilayotgan o‘zbek ziyolilari, ma’rifatparvarlarini mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida birlashtirish, ular bilan ilmiy-ijodiy muloqot maydonlarini yaratish maqsadida “Salom, vatandosh!” ijtimoiy-ma’rifiy loyihasini amalga oshirish. 5. O‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish, o‘zbek tilini chuqur o‘rganish bo‘yicha ilmiy-nazariy adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar, lug‘atlar, maxsus atamalar, ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha adabiyotlarni yaratishni nazarda tutish. | 2023-yil oktabr | Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi M. Xodjimatov, Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Yozuvchilar uyushmasi S. Saidov |
39-maqsad: “O‘zbek va jahon adabiyoti durdonalarini keng ommalashtirish, jamiyatda kitobxonlikni hamda aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni rivojlantirish | ||||
28. | Milliy adabiyotimizni rivojlantirish, yozuvchi va shoirlarning samarali ijod qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga oid O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. | 2024-yilda Yozuvchilar uyushmasining 90 yilligini adabiyot va kitobxonlik bayrami sifatida keng nishonlash. | 2023-yil noyabr | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi S. Saidov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev |
29. | Mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning eng sara namunalarini xalqimiz orasida keng ommalashtirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. “O‘zbek adabiyoti xazinasidan” ko‘p jildlik majmuani ko‘pming nusxalarda chop etish va barcha kutubxonalarga yetkazib berish. 2. “Jahon bolalar adabiyoti durdonalari” 100 jildligini o‘zbek tilida nashr qilish. | 2023-yil dekabr | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi A. Xodjayev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi S. Saidov |
40-maqsad: Zamonaviy teatr va sirk san’atini har tomonlama rivojlantirish, yuksak badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega sahna asarlarini yaratish | ||||
30. | Teatrlarning xalqimiz ma’naviy hayotidagi rolini oshirish hamda ularning faoliyatini bugungi zamon talablari asosida rivojlantirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. Teatr va sirk san’ati sohasida iste’dodli va yuqori malakali ijodkorlarning mahorat maktablarini tashkil etish. 2. Milliy va zamonaviy adabiyotimizning yuqori badiiy-g‘oyaviy saviyaga ega asarlarini inssenirovka qilish uchun har yili 10 tagacha davlat buyurtmasini berish. 3. Teatrlarning repertuar strategiyasini ishlab chiqish. 4. Teatr jamoalarining xorijiy davlatlarga gastrol safarlarini tashkil qilish, chet ellardagi nufuzli teatrlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va qo‘shma spektakllar sahnalashtirish. 5. Har bir teatrda eksperimental spektakllar sahnalashtirishni yo‘lga qo‘yish. 6. Teatr sohasini ilmiy tadqiq etish uchun har yili 5 ta maqsadli ilmiy-tadqiqot loyihasini e’lon qilish va amalga oshirish. 7. Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga “Akademik” maqomini berish. 8. “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining faoliyatini rivojlantirish, u yerda hayvonlarni saqlash, sirk tomoshalarini ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilash. 9. Dunyoda tanilgan sirk jamoalari faoliyatini o‘rganish va ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ko‘chma sirk (shapito) tomoshalarini namoyish etish uchun ko‘chma sahna (arena)lar tashkil etish. | 2023-yil noyabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov |
31. | O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri tashkil topganining 90 yilligini munosib nishonlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | 1. O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri tashkil topganining 90 yilligini keng nishonlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish. 2. “O‘zbekiston teatr san’ati: tarix, taraqqiyot va istiqbol” mavzuyida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish. 3. O‘zbekiston davlat akademik rus drama teatri faoliyatiga bag‘ishlangan ijodiy uchrashuvlar tashkil etish. 4. Mamlakatimiz teatrlari vakillari va faxriylari, madaniyat va san’at namoyandalari, keng jamoatchilik ishtirokida teatrning 90 yilligiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan badiiy-musiqiy kecha o‘tkazish. | 2023-yil noyabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov |
41-maqsad: O‘zbek milliy san’atini targ‘ib qilish orqali mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish | ||||
32. | Maqom, baxshichilik va milliy raqs yo‘nalishlarini dunyo miqyosida keng targ‘ib qilish, xususan, 2024-yilda maqom, baxshichilik, raqs va teatr yo‘nalishlarida xalqaro festival va anjumanlar o‘tkazishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi. | 1. 2024-yilda o‘tkaziladigan ommaviy-madaniy, konsert-tomosha va turizm tadbirlarining rejalarini tasdiqlash. 2. Maqom, baxshichilik, raqs va teatr yo‘nalishlarida har yili kamida 10 ta xalqaro festival va anjumanlar o‘tkazish. 3. Tanlovlar, festivallar va anjumanlarning targ‘ibot roliklarini ishlab chiqish va nufuzli xalqaro platformalarda keng targ‘ib etish. | 2023-yil dekabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari |
33. | O‘zbek milliy san’atini jahon sahnalarida keng targ‘ib qilish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | O‘zbek milliy san’atini jahon sahnalarida keng targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va unda quyidagilarni nazarda tutish: mahalla — tuman (shahar) — viloyat — respublika darajasida Mukarrama Turg‘unboyeva nomidagi raqs tanlovlarini o‘tkazish; “Surxoncha”, “Buxorocha”, “Farg‘ona-Toshkent yo‘li” kabi raqsning boshqa yo‘nalishlarini dunyoga tanitish. | 2023-yil noyabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Toshkent shahri hokimligi Sh. Umurzakov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Q. Rafikov |
34. | Milliy estrada sohasini yanada rivojlantirish, estrada yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan xonandalarni qo‘llab-quvvatlash, yosh iste’dodlarni izlab topish va munosib rag‘batlantirishga oid Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Estrada yo‘nalishida ko‘rik-tanlov, teletanlov, festival va teleshoularni tashkil etish. 2. Estrada yo‘nalishida jonli ijroda ijod etgan estrada xonandalarining konsert dasturlarini o‘tkazish bilan bog‘liq to‘lovlarni Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi tomonidan qoplash. 3. Estrada yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan iste’dodli yosh xonandalarimiz uchun Botir Zokirov nomidagi milliy estrada mukofotini ta’sis etish. | 2023-yil dekabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov |
42-maqsad: Madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy o‘rganish va ommalashtirish bilan bog‘liq faoliyatni yanada takomillashtirish | ||||
35. | “Buxoro shahrida Jadidlar muzeyi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. Muzey binosini mukammal ta’mirlash, muzeyni jihozlash, muzey ekspozitsiyasini yaratish hamda eskiz va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. 2. Muzey konsepsiyasi asosida ekspozitsiya yaratish uchun jadidlar harakatiga oid hujjatlar, kino, fono-, fotomateriallar va muzey ashyolari bilan jamlash. 3. Muzeyning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash hamda malakali kadrlar bilan to‘ldirish. | 2023-yil noyabr | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi G. Umerova, Madaniy meros agentligi B. Abdikarimov, Buxoro viloyati hokimligi B. Zaripov |
43-maqsad: Madaniyat tashkilotlari faoliyatini rivojlantirish, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash va soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarini rivojlantirish. | ||||
36. | O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolarini qo‘llab-quvvatlash, tasviriy va amaliy san’at taraqqiyotida faol ishtirok etib kelayotgan yosh ijodkorlarni rag‘batlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. Har yili “Yangi O‘zbekiston manzaralari”, “Tarixiy allomalar”, “Zamon qahramonlari” turkumida san’at asarlarini yaratish bo‘yicha tanlov tashkil etish va eng yaxshi 50 ta asar uchun g‘oliblarga grantlarni ajratish. 2. Toshkent shahri va viloyati markazlarining “yashil hududlari”da ijodkorlarning doimiy ko‘rgazmalarini tashkil qilishni nazarda tutish. | 2023-yil oktabr | O‘zbekiston Badiiy akademiyasi A. Nuridinov, Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, |
44-maqsad: Milliy kinematografiyani rivojlantirish | ||||
37. | 1. O‘zbekiston va jahon tarixi bo‘yicha mahalliy va xorijiy mutaxassislar, ekspertlar, tarixchi olimlar, xorijiy prodyuser va ijodkorlardan iborat guruhni shakllantirish. 2. 50 ta kinoloyihaning umumiy konsepsiyasi, mavzulari, badiiy-g‘oyaviy mazmuni va moliyalashtirish manbalarini belgilash. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2024-yil mart | Kinematografiya agentligi F. Abduxalikov, Fanlar akademiyasi B. Abduxalimov | |
38. | Ta’lim muassasalarida o‘quvchi va talabalarga o‘quv-uslubiy filmlar yordamida dars o‘tish tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. | 1. O‘quvchi va talabalar uchun o‘zlashtirish murakkab bo‘lgan fanlar va ularning mavzulari ro‘yxatini shakllantirib borish, buning uchun professor-o‘qituvchilar, ta’lim sohasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Har yili belgilangan ro‘yxatga muvofiq 50 ta o‘quv-uslubiy film ishlab chiqarish, o‘qituvchi va pedagoglar ishtirokida namoyishlarni tashkil qilish, xulosalar olish. 3. O‘quv-uslubiy filmlar portali va uning mobil ilovasini ishlab chiqish, filmlarni yuklab borish, darslarda filmlardan foydalanish bo‘yicha qulay imkoniyatlar yaratish. | 2023-yil noyabr | Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Kinematografiya agentligi F. Abduxalikov |
2-ILOVA
| T/r | Vazifa | Amaliy chora-tadbir | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
| II. BARQAROR IQTISODIY O‘SISH ORQALI AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASH | |||||
| 45-maqsad: 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirib, “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish. | |||||
| 1. | Makroiqtisodiy barqarorlik hamda iqtisodiy rivojlanishni energetika, suv va infratuzilma resurslari bilan o‘zaro bog‘liqligini ta’minlagan holda, iqtisodiyotning o‘rtacha yillik 6-7 foiz darajasida o‘sish sur’atini saqlash. | 1. 2023-yilda yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlarini 5,3-5,5 foizdan kam bo‘lmagan darajada ta’minlash. Bunda: inflyatsiyani 9,5 foiz, konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining YAIMga nisbatini 5 foizdan yuqori bo‘lmasligini ta’minlash; asosiy kapitalga 29,6 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirish; eksport hajmi o‘sishini 20 foiz darajasida ta’minlash; sanoat mahsulotlari o‘sishini 6,7 foiz, bozor xizmatlari — 14 foiz, qishloq | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Markaziy bank M. Nurmuratov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov |
| 2. Ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning 2030-yilga qadar ko‘p ssenariyli prognozini ishlab chiqish. Bunda: yalpi ichki mahsulotni 160 mlrd. dollarga yetkazish va aholi daromadlarining yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash; uzoq muddatlarda resurs va infratuzilma bilan bog‘liq cheklovlarni yumshatishga qaratilgan islohotlarning yo‘nalishlarini belgilash; iqtisodiy o‘sish uchun zarur bo‘lgan energiya manbalari bilan ta’minlash; tashqi bozorlardagi o‘zgarishlarni tashqi omillar sifatida prognozlar va iqtisodiy o‘sishga ta’sirini baholash. | 2023-yil dekabr | - | Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Markaziy bank M. Nurmuratov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov | ||
| 2. | Tovarlar va xizmatlar bozori muvozanatini ta’minlash orqali yillik inflyatsiya darajasining 2024-yildan boshlab 8-9 foizdan oshmasligini ta’minlash. | 2024-yilda inflyatsiyaning target ko‘rsatkichiga erishish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Bunda: asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda hosildorlikni oshirish; xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bozori prognozlarini inobatga olish; ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning manzilli choralarini ko‘rib borish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Markaziy bank M. Nurmuratov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, mahalliy hokimliklar |
| 46-maqsad: Fiskal barqarorlikni ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish | |||||
| 3. | Davlat budjeti siyosatida “natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish” amaliyotiga o‘tish. | Davlat moliyasini boshqarish tizimiga “Dasturiy budjetlashtirish” tizimini Davlat budjeti xarajatlarining Milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga bog‘liqligini belgilash bo‘yicha mezonlar ishlab chiqishga xorijiy ekspertlarni jalb qilish; 2025-yildan boshlab Davlat budjeti loyihasini budjet dasturlari kesimida qabul qilish va dasturiy tasnif (klassifikator) ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 4. | “Yashirin iqtisodiyot”ni qisqartirish orqali soliq bazasini kengaytirish. | 1. Sohalar kesimida tahlil qilgan holda soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash holatlarini aniqlash va ularga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish. 2. Qonun talablariga rioya etgan holda faoliyatini amalga oshirayotgan yoki yashirin faoliyatini qonuniylashtirgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. 3. Jamoatchilik nazoratini kengaytirish, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish sohasida ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yanada oshirish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Soliq qo‘mitasi Sh. Qudbiyev |
| 47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish | |||||
| 5. | Sanoat sohalarida ilg‘or muhandislar maktablarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etishda ko‘maklashish. | 1. Yirik korxonalarga o‘zlarining kasbga tayyorlash markazlarini tashkil etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 2. Tog‘-kon metallurgiya, kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik kabi sohalarda ilg‘or muhandislar maktablarini tashkil | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov |
| 6. | Metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligida hosildorlik yo‘nalishlarida ilmiy ishlab chiqarish klasterini tashkil etish. | Tegishli sohalarda 8 ta klasterni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov |
| 48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish | |||||
| 7. | Xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda har bir tumandagi mavjud sanoat zonalari negizida yangi texnologik sanoat zonalarini tashkil etish. | Hududlarning mavjud salohiyatidan kelib chiqib, xorijiy investorlarni keng jalb etgan holda har bir tumandagi mavjud sanoat zonalari negizida tabiiy xomashyo resurslar bazasi, geografik joylashuvi hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy va demografik joylashuvidan kelib chiqib, sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov |
| 8. | Hududlarda mavjud mineral xomashyo zaxirasidan samarali foydalanish maqsadida respublika bo‘ylab 60 ming kvadrat kilometr maydonda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish. | 1. Kanada, Fransiya, Avstriya, Yaponiya, Xitoy, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalarining 2 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil noyabr | - | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
| 2. Oltin, kumush, volfram, ko‘mir hamda noruda konlari bo‘yicha 500 ta ruxsatnomalarni auksionga chiqarish. | 2023-2024-yillarda | - | |||
| Shundan, 2023-yilda kamida 300 ta konni auksionga chiqarish. | 2023-yil dekabr | ||||
| 9. | To‘qimachilikda ip kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazish hamda yuqori sifatli matoga talabni qondirish uchun 400 ming tonna sun’iy tola ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. | 1. Sun’iy tola ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni shakllantirish. | 2023-yil sentabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Savdo-sanoat palatasi D. Vaxabov, “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi I. Xaydarov |
| 2. Sohaga oid dunyodagi mashhur brendlar bilan hamkorlikda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash. | - | ||||
| 3. 2023-yilda ip kalavani qayta ishlash bo‘yicha 78 ta loyihalarni amalga oshirish. | 2023-yil dekabr | - | |||
| 10. | Charm-poyabzal sanoatiga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish hisobiga qo‘shilgan qiymatni 5 barobarga oshirish. | 2024 — 2026-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. 2023-2024-yillarda jami qiymati 1,2 mlrd dollarlik 790 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida 41,8 ming yangi ish o‘rinlari yaratish. | 2023-yil dekabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi F. Boboyev |
| 49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish | |||||
| 11. | Strategik ahamiyatga ega bo‘lgan texnologik va infratuzilmaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish. | Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda umumiy qiymati 150 milliard dollar bo‘lgan 500 dan ziyod strategik loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish va tarmoq jadvallarini ishlab chiqish. 2023-yilda 8,7 milliard dollarlik 23 ta loyihani ishga tushirish. | 2023-yil dekabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
| 12. | Sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlash va ishlab chiqarish loyihalarini ustuvor ravishda ushbu zonalarda joylashtirish. | 2024-yilgi Davlat budjeti doirasida sanoat zonalarini infratuzilma bilan ta’minlash loyihalarini manzilli ro‘yxatini shakllantirish va ularni moliyalashtirish bo‘yicha hisob-kitob qilish. | 2023-yil noyabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Boboyev |
| 13. | Hududlarning investitsion reytingini yuritish, har bir hududning imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning investorlar uchun jozibadorligini yanada oshirish. | Reytingni hisoblash metodologiyasi va mezonlarini ishlab chiqish hamda uning komponentlari to‘g‘risida ma’lumotlarni e’lon qilib borish. | 2023-yil noyabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
| 50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish | |||||
| 14. | Banklarning kuzatuv kengashlari tarkibida xalqaro tajribaga ega mustaqil a’zolarning ulushini oshirish. | Davlat ulushi ishtirokidagi tijorat banklarining kuzatuv kengashlari tarkibini bank sohasida xalqaro tajribaga ega bo‘lgan mustaqil a’zolar bilan butlash ishlarini jadal davom ettirgan holda, bank kengashlaridagi mustaqil a’zolar ulushini 2025-yilning yakuniga qadar kamida 50 foizga yetkazish va kengash raislarini mustaqil a’zolar orasidan saylash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash. | 2023-yil noyabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi A. Ortiqov, Markaziy bank M. Nurmuratov |
| 51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish | |||||
| 15. | Sanoatda “yashil energiya” sertifikatlar bozorini rivojlantirish. | Texnologik jarayonlarning ekologik me’yorlarga va talablarga muvofiqligini baholashga asoslangan hamda mahsulotlar va xizmatlarni ekologik markirovkalash tizimini yo‘lga qo‘yish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
| 16. | Ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarni energiya samaradorligi (energoaudit)ni baholash tizimini joriy etish. | Ko‘p qavatli uy-joylardagi xonadonlarni energiya samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish. Bunda: yangi qurilishlarga alohida mezonlarni joriy etish; mavjud ko‘p qavatli uylarda energiya tejamkorlikni rag‘batlantirish; bino inshootlarni energiya sig‘imi bo‘yicha normativlarni ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov |
| 17. | Jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish. | 2030-yilgacha jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| 18. | Iqlim o‘zgarishi sohasida barcha issiqxona gazlarini qamrab oluvchi monitoring tizimini (MRV) yaratish. | 1. O‘zbekistonning MRV tizimini BMTning iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi asosiy konvensiyasidagi standartlar va ilg‘or tajribaga mos holatga keltirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Issiqxona gazlari ajratmalarini inventarizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ishlab chiqish. 3. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha moliyalashtirish, salohiyatni oshirish va xalqaro hamjamiyatning texnologiyalarni uzatish to‘g‘risidagi hisobotlarini o‘z ichiga oluvchi milliy axborotnomalar chop etish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi Sh. Xabibullayev |
| 52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash | |||||
| 19. | Barcha turdagi energiya resurslari hisobini yuritishni to‘liq raqamlashtirish. | Energiya resurslari hisobini yuritishni to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 20. | Sanoat tarmoqlari korxonalarida energiya samaradorligini oshirish. | Sanoat tarmoqlarida energiya samaradorligini bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| 21. | Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda yo‘qotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish. | 2024-yilga mo‘ljallangan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarda energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlari va ularga erishish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | 2023-yil noyabr | - | Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| 53-maqsad: O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish | |||||
| 22. | Mamlakatning tashqi savdo yuklarini eng qisqa yo‘llar bilan asosiy jahon va mintaqaviy bozorlarga chiqishi uchun samarali va ishonchli muqobil transport va tranzit yo‘laklarini shakllantirish. | 1. Qashqardan — Andijongacha va Peshovardan — G‘alabagacha bo‘lgan xalqaro avtomobil va temir yo‘llarida tashishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Bunda Qoshg‘ar — Irkishtom — O‘sh — Andijon yo‘nalishida yuk tashuvlar hajmini 4 barobarga oshirish choralarini belgilash. | 2023-yil oktabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
| 2. Afg‘oniston orqali Pokiston bilan, shuningdek Qirg‘iziston orqali Xitoy bilan temir yo‘l orqali bog‘laydigan loyihalarni yakuniga yetkazish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish: a) “O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston” temir yo‘l loyihasini amalga oshirish bo‘yicha: | |||||
| loyiha taqdimotini ishlab chiqish xamda Pokiston va Afg‘oniston tomonlari bilan kelishish; | 2023-yil sentabr | ||||
| xalqaro tender asosida malakali maslahatchini yollash uchun texnik topshiriq ishlab chiqish; | 2023-yil sentabr | ||||
| texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish ishlarini moliyalashtirish va boshqarish modelini aniqlash; | 2023-yil dekabr | ||||
| Pokiston va Afg‘oniston tomonlari bilan taqdimot materiallarini kelishgan holda xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazish; | Doimiy | ||||
| b) “O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy” temir yo‘l loyihasini amalga oshirish bo‘yicha: | |||||
| loyihani moliyalashtirish va boshqarish modelini aniqlash; | 2023-yil dekabr | ||||
| loyihani moliyalashtirish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazish. | Doimiy | ||||
| 3. Yuklarning jahon va mintaqaviy bozorlarga chiqishi uchun muqobil transport va tranzit yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni kiritish. Bunda, O‘zbekistonning eksport va import yuk tashuvlari yo‘nalishlarini rivojlantirish, xarajatlarni maqbullashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish inobatga olinadi. | 2023-yil oktabr | ||||
| 4. Yaqin qo‘shni mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasining yuklarini samarali tashish va ishlov berish uchun shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha amaliy choralarni ko‘rish. Bunda, chegara o‘tkazish punktlari infratuzilmasini yaxshilash hamda chegaradan o‘tish tartibotlarini soddalashtirish va qulay sharoitlar yaratish hisobiga yuklarni qo‘shni mamlakatlarga yetkazib berish hajmini keskin oshirish va muddatlarni 2 barobarga qisqartirish. | 2023-yil dekabr | ||||
| 23. | Toshkent — Samarqand va Toshkent — Farg‘ona vodiysi yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklik asosida yangi avtomobil yo‘llarini qurish. | Toshkent — Samarqand va Toshkent — Andijon pullik avtomobil yo‘llarini davlat-xususiy sheriklik asosida qurish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi J. Tursunov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| 24. | Shahar va tumanlarni jamoat transporti bilan to‘liq qamrab olish. | 1. Shahar va tumanlar 2030-yilga qadar jamoat transporti uchun avtobuslar sonini 5 mingtaga va elektrobuslar sonini 2 mingtaga yetkazish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. 2. Avtobus qatnovi yo‘nalishi bo‘yicha to‘xtash bekatlari shart-sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha takliflarni kiritish. | 2023-yil noyabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi J. Tursunov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, mahalliy hokimliklar |
| 25. | Tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish sonini 2,5 barobar ko‘paytirish. | Toshkent — Samarqand yo‘nalishida yangi tezyurar temir yo‘lni qurish bo‘yicha TIAni ishlab chiquvchi loyihachini aniqlash bo‘yicha tender hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish. | 2023-yil dekabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi J. Tursunov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| “Toshkent — Samarqand”, “Samarqand — Navoiy — Buxoro” yo‘nalishlarida qo‘shimcha 6 ta tezyurar poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish hamda 600 kilometr qo‘shimcha temir yo‘llarini qurish bo‘yicha dastlabki loyiha smeta hujjatlarini tayyorlash choralarini ko‘rish. | Reja-grafik asosida | ||||
| 26. | Aeroport xizmatlari tariflarini shakllantirishga bozor tamoyillarini joriy etish hamda samaradorligi past bo‘lgan hududiy aeroportlarni modernizatsiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish. | Respublikada faoliyat yurituvchi xalqaro va hududiy aeroportlarning daromadliligi hamda istiqbolliligidan kelib chiqib, ularni davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish va ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha takliflarni kiritish. | 2023-yil oktabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
| 27. | Davlat-xususiy sheriklik asosida aviareyslarni ko‘paytirish. | 1. Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy aviakompaniyalar sonini 10 taga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash. 2. Farg‘ona vodiysidan Toshkent, Nukus, Buxoro va Urganch shaharlariga kunlik aviareyslarni ko‘paytirish. | 2023-yil oktabr | - | Transport vazirligi I. Mahkamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov |
| 54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish | |||||
| 28. | Hosildorlik ko‘rsatkichlarini paxta bo‘yicha o‘rtacha 45-50 sentnerga, g‘alla bo‘yicha — 80-85 sentnerga yetkazish. | Paxta va g‘alla hosildorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Bunda: paxtada 8 ta va g‘allada 12 ta yangi tezpishar, serhosil navlarni tanlash va joylashtirish; davlat reyestriga kiritilgan yangi yuqori hosilli navlar birlamchi urug‘chilik tizimini yo‘lga qo‘yish; tanlab olingan navlar maydonini har yili 10-15 foizdan kengaytirib borish; zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va g‘alla maydonlarining 40-50 foizida joriy etishni nazarda tutish. Shu jumladan, 2023-yilda: biologik eskirgan navlar o‘rniga yangi yuqori hosilli, ob-havoning noqulay sharoitlariga chidamli g‘o‘za navlari maydonini 150 ming gektarga va kuzgi bug‘doy maydonini 585ming gektarga kengaytirish; 2024-yil hosili uchun 184 ming gektar g‘allani zamonaviy resurs tejovchi seyalkalarda ekish; paxta yig‘im-terimida mashina terimi salmog‘ini 23 foizga yetkazish; 2024-yil hosili uchun ingichka tolali g‘o‘za navlaridan 5 ming tonna urug‘lik paxta jamg‘arishni ta’minlash. | 2023-yil noyabr | - | Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Paxtachilik kengashi I. Abduraxmonov, mahalliy hokimliklar |
| 29. | Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urug‘lik ta’minotini 50 foizga yetkazish. | Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urug‘ligini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. Bunda: ilmiy muassasalarda olib borilayotgan tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish; ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini tijoratlashtirish; ilmiy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni jadallashtirish; xorijiy ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutish. | 2023-yil oktabr | - | Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
| 30. | Agrologistika markazlari faoliyatini kengaytirish. | 2,5 million tonna quvvatga ega bo‘lgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularning eksport salohiyatini 1 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. Shu jumladan, 2023-yilda quvvati 65 ming tonna bo‘lgan 10 ta agrologistika markazlarini tashkil etish. | 2023-yil noyabr | - | Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar |
| 31. | Suvsizlik va qurg‘oqchilikka chidamli, har bir hududning iqlimiga mos ekinlar, meva va uzumning yuqori hosildor navlarini yaratish va hosildorlikni oshirish. | Hududlarning iqlimiga mos ekinlar, meva va uzumning yuqori hosildor navlarini yaratish hamda hosildorlikni 30-35 foizga oshirish choralarini ko‘rib borish. Bunda: iqlim o‘zgarishlariga moslashish tadbirlariga 250 million dollar grant mablag‘larini jalb etish; xorijiy ilmiy tadqiqot institutlari bilan birga meva va uzumning yangi navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish; yangi turdagi navlarni amaliyotga joriy etish. | 2023-yil noyabr | 250 million dollar grant mablag‘lari | Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
| 32. | Yer munosabatlarini isloh qilish doirasida yer ijara huquqini bozor aktiviga aylantirish hamda yer maydonlari ijara huquqini garovga qo‘yish mexanizmini joriy qilish. | Yer ijara huquqi qiymatini baholash va uni garovga qo‘yish tartibini takomillashtirish, shu jumladan yerdan foydalanuvchilar bilan yer ijara shartnomasi bekor qilinganida tuproq unumdorligini oshirish uchun qilingan xarajatlarni qoplab berish amaliyotini joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritish. Bunda: yer ijara huquqi qiymatini aniqlash va tuproq unumdorligini oshirish uchun qilingan xarajatlarni qoplab berish bo‘yicha xalqaro amaliyotni o‘rganish; qishloq xo‘jaligi yerlariga nisbatan ijara huquqini bozor aktiviga aylantirish, shu jumladan boshqa shaxsga o‘tkazish va garovga qo‘yish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish. | 2023-yil noyabr | - | Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Markaziy bank M. Nurmuratov |
| 33. | Ko‘chatchilik xo‘jaliklari reyestrini yuritish va ko‘chatlarni sertifikatlash tizimini joriy qilish. | Ko‘chatchilik xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirish va kafolatlangan ko‘chat yetkazib berish tartibini joriy qilish. 2023-yil kuz oylarida in-vitro laboratoriyalarida tayyorlangan, virussiz 5 mln dona meva va uzum ko‘chatlarini yetkazib berish. | 2023-yil noyabr | - | Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
| 34. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va chorvani sug‘urta qilish tizimini isloh qilish. | 2024-yildan boshlab dehqon va fermerlarga hosilni sug‘urtalashga yo‘naltirilgan sug‘urta mukofotlarining 50 foizini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish (subsidiyalash) amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif kiritish. | 2023-yil noyabr | - | Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi J. Karshibayev |
| 55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish | |||||
| 35. | Eksport tarkibida tayyor va yarim tayyor mahsulotlar hajmini oshirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish: GSP+ va boshqa tizimlardan foydalangan holda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksportini 3,3 barobarga ko‘paytirish; xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 10 barobarga oshirish va ular sonini 5 mingtaga yetkazish; xorijiy brend mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan “autsorsing” va “franchayzing” asosida hududlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rish. | 2023-yil oktabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov |
| 36. | “Yangi O‘zbekiston — raqobatbardosh mahsulotlar yurti” g‘oyasi asosida eksportchi korxonalarni keng qo‘llab-quvvatlash. | Eksportchi korxonalarni moliyaviy va huquqiy qo‘llab-quvvatlash choralarini davom ettirish, shu jumladan ushbu maqsadlarga 2030-yilgacha 2 milliard dollar mablag‘larni yo‘naltirishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. 2023-yilda 310 million dollar mablag‘larni o‘zlashtirish hisobiga 350 ta eksportchi korxonaga aylanma mablag‘lar uchun kredit ajratish, 500 ta korxonaning transport xarajatlarini va 300 ta tadbirkorga xalqaro tan olingan sertifikat va standartlarni joriy etish xarajatlarini qoplab berish. | 2023-yil dekabr | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov |
| 37. | 50 ta nufuzli xorijiy brendlar bilan maxsus eksport zonalarini tashkil qilish. | Engil sanoat, charm-poyabzal, oziq-ovqat, elektrotexnika, qurilish, farmatsevtika sanoati kabi drayver sohalarda maxsus eksport zonalarini tashkil qilish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirish: xorijiy brend egalarini O‘zbekistonga taklif etish va ularga yaratilgan qulay sharoitlar yuzasidan taqdimot o‘tkazish; maxsus eksport zonalarida faoliyat yuritish istagini bildirgan xorijiy brendlar ro‘yxatini shakllantirish hamda ularning ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarini o‘rganish; maxsus eksport zonalarini tashkil etish yuzasidan asoslangan takliflarni kiritish. | 2023-yil oktabr | - | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
| 56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish | |||||
| 38. | Ayrim sohalarda xususiy sektorni keng jalb qilish orqali davlat monopoliyasini bekor qilish va davlat tasarrufida faqat magistral energiya va transport tarmoqlari, davlat boshqaruvi va xavfsizligi bilan bog‘liq sohalarni saqlab qolish. | Quyidagi 17 turdagi davlat monopoliyasini bekor qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbir va “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish: neft bazalari va avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari; kimyo mahsulotlari korxonalari; qurilish materiallari korxonalari; aeroport infratuzilmasini boshqarish; iste’molchilarga elektr yetkazib berish (kichik quvvatli tarmoqlar); iste’molchilarga tabiiy gaz (kichik bosimli tarmoqlar) va suyultirilgan gaz yetkazib berish; iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti va oqova tizimlarini boshqarish; ijtimoiy obyektlarga issiqlik ta’minoti xizmatini ko‘rsatish; avtomobil yo‘llarini qurish va boshqarish; temir yo‘l vokzallarini boshqarish va xususiy vagonlar bilan ta’minlash; avtomobil savdo shoxobchalari; kichik irrigatsiya tizimlarini boshqarish; chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash; turizm sohasidagi xizmatlarni sertifikatlashtirish va ularni boshqarish; arxitektura rejalarini ishlab chiqish; loyihalashtirish ishlari va injiniring xizmatlari. | 2023-yil oktabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sh. Sharaxmetov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, Transport vazirligi I. Mahkamov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov |
| 39. | Mahalliy tadbirkorlik subyektlariga strategik foydali qazilma konlarini berish amaliyotini kengaytirish. | Mahalliy tadbirkorlik subyektlariga strategik foydali qazilma konlaridan foydalanish (oltin, kumush, volfram, ko‘mir hamda noruda konlar) bo‘yicha ruxsatnomalar sonini 4 barobar oshirish bo‘yicha aniq rejalarni ishlab chiqish. | 2023-yil sentabr | - | Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov |
| 40. | Soliq tizimining barqarorligini ta’minlash. | Soliq tizimini to‘liq raqamlashtirish, soddalashtirish va barcha tadbirkorlar | 2023-yil noyabr | - | Soliq qo‘mitasi Sh. Qudbiyev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov |
| 41. | Tadbirkorlik subyektlariga barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida onlayn portal orqali ko‘rsatish choralarini ko‘rish. | Tadbirkorlik subyektlariga barcha xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatishga qaratilgan onlayn portalni joriy etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. | 2023-yil noyabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Savdo-sanoat palatasi D. Vaxobov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-NUB”ga aylantirish | |||||
| 42. | Mamlakatni jahon maydonida “Mintaqaviy IT-NUB” sifatida keng targ‘ib qilish, IT-sohasidagi xorijiy va mahalliy kompaniyalar hamda mutaxassislar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni keng ommalashtirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi “yo‘l xarita”sini ishlab chiqish: har yillik asosda xalqaro sammit, forum, ko‘rgazma, seminar va tanlovlarni tashkil qilishni yo‘lga qo‘yish (jumladan, “Digital Leadership Forum in Uzbekistan”, “BPO Leaders Forum in Uzbekistan”, “ICTWEEK Uzbekistan”, “President Tech Award” tanlovi); Yevropa Ittifoqi, Yaqin Sharq va Amerika mintaqalarida IT-parkning rasmiy vakolatxonalarini tashkil etish va ularning faoliyatini doimiy ravishda moliyalashtirish; xorijiy IT-kompaniyalarning chet eldagi ofislariga Vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlarining rahbarlari va mas’ul xodimlarining tashriflarini tashkil etish; xorijiy IT-kompaniyalar va IT-autsorsing xizmatlarini ko‘rsatish yuzasidan mamlakatimizda yaratilgan shart-sharoitlar haqida xorijiy ommaviy axborot vositalarida maqolalar, videolavhalar joylashtirgan holda targ‘ibot ishlarini olib borishni tashkil etish; xorijiy mamlakatlarning hududida forumlar, davra suhbatlari va boshqa targ‘ibot ishlarini amalga oshirish. | 2023-yil oktabr | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi | Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 43. | IT-park rezidentlari eksport hajmini oshirish maqsadida “Local 2 Global” va “Zero Risk” dasturlarini ishga tushirish. | 1. IT-park rezidentlari sonini 7 500 taga (10 barobar oshirish), ular tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining YAIMdagi ulushini 2,2 foizga yetkazish va ularda yaratilgan ish o‘rinlari sonini 100 mingtaga yetkazish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish. 2. Mahalliy rezidentlarni jahon bozoriga olib chiqish maqsadida “Local 2 Global” dasturini ishlab chiqish. Bunda: xalqaro BPO va IT-autsorsing kompaniyalarni mamlakatga jalb etish bo‘yicha “Zero Risk” dasturini ishga tushirish; xalqaro IT kompaniyalarning mamlakatda mintaqaviy vakolatxonalarini tashkil etish IT-park rezidentlari faoliyat turlarini kengaytirish orqali MDH davlatlariga xizmat ko‘rsatish; xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari (ofislari) sonini 1000 taga yetkazish. | 2023-yil noyabr | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi, “IT-Park” mablag‘lari | Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 3. Quyidagilarni ko‘zda tutuvchi “Local a) IT-park rezidentlari uchun eksport mentoring dasturini amalga oshirish; b) IT-park rezidentlari tomonidan jahon bozoriga chiqishda zarur bo‘ladigan eksport maslahat xizmatlari xarajatlarining v) eksport xizmatlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan IT-park rezidentlari xodimlari malakasini oshirish maqsadida bepul “Coursera” o‘quv kurslarini taqdim etish; g) eksport xizmatlarini amalga oshirmoqchi bo‘lgan IT-park rezidentlarining chet elga xizmat safarlari bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini qoplash. 4. “Zero Risk” dasturini amalga oshirish va uning doirasida: a) respublika bo‘ylab (Toshkent shahri bundan mustasno) IT-park filiallari va hududlarda joylashgan binolardagi ofislarni 1 yilga bepul ijaraga berish; b) xalqaro BPO va IT-autsorsing kompaniyalari ish faoliyatini boshlash uchun bepul texnika va inventar jihozlari bilan ta’minlash; v) xalqaro BPO va IT-autsorsing kompaniyalarining xodimlari ish haqining g) xodimlar malakasini oshirish maqsadida xorijiy mutaxassislarni jalb qilganda d) ishchi xodimlarni yollash uchun NR xizmatlaridan foydalanganda sarflanadigan xarajatlarni qoplash. | 2023-yil dekabrdan boshlab | ||||
| 5. Startap loyihalarni IT-Parkning akseleratsiya (rivojlantirish) dasturini ishlab chiqish va bunda milliy bozor kapitallashuvini 1 milliard dollarga teng birinchi Unicorn startap loyihasini yetishtirib chiqarish vazifalarini nazarda tutish. | 2023-yil noyabr | ||||
| 44. | Eng iqtidorli yoshlarni xalqaro nufuzli kompaniyalar talablariga mos dasturlar asosida tayyorlash. | “Bir million dasturchi” loyihasi orqali 15 ming nafar yoshlarni Coursera platformasining professional kurslarida o‘qitishni tashkil etish. | 2023-yildan boshlab | Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasi, “IT-Park” mablag‘lari | Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 45. | Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yo‘llarni to‘liq mobil Internet bilan ta’minlash. | Xizmat ko‘rsatuvchi mobil aloqa operatorlari tomonidan xalqaro ahamiyatga ega magistral avtomobil yo‘llari bo‘ylab yuqori tezlikdagi mobil Internet qamrovi darajasini oshirish maqsadida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan mobil aloqa tayanch stansiyalarini o‘rnatish rejasini tasdiqlash. | 2023-yil oktabr | - | Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 58-maqsad: O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish | |||||
| 46. | Turizm sohasi va infratuzilmasini jadal rivojlantirish. | “Mehmonxona — transport — tur-operator — savdo va servis” korxonalari kooperatsiya asosida faoliyat yuritadigan 30 ta yirik turizm klasterlari manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish. | 2023-yil sentabr | Hisob-kitoblarga ko‘ra | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
| Hududlarda 4 mingta yangi mehmonxona, mehmon uylari va xostellar tashkil etib, mehmon o‘rinlari sonini kamida 2 barobar oshirish bo‘yicha aniq rejalarni belgilash. | |||||
| Turizm markazlari sonini oshirish, shu jumladan kamida 40 ta qishloq va mahallani “turizm mahallalari” qatoriga qo‘shish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash. | |||||
| Turizm turlarini diversifikatsiya qilish, shu jumladan hududlarda MICE-turizm, qishloq turizmi, veloturizm, agroturizm, tog‘ turizmi, bolalar va o‘smirlar turizmini rivojlantirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish. | |||||
| 47. | Hududlarda “Inklyuziv-to‘siqsiz turizm” rivojlanishi uchun sharoitlarni yaratish. | “Inklyuziv-to‘siqsiz turizm”ni tashkil qilish, har bir viloyatdan yiliga 1 ming nafardan nogironligi bo‘lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga bepul sayohatlarini tashkil qilish dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Transport vazirligi I. Maxkamov, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari hokimliklari |
| 48. | Mamlakatimizga xorijiy turistlar oqimini oshirish. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish: xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan xalqaro turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida O‘zbekistonning turizm salohiyatini keng targ‘ib qilish, xalqaro yetakchi nashrlar, telekanallar, mashhur blogerlar uchun mamlakat bo‘ylab press-turlarni tashkil etib borish; mahalliy turoperator, transport tashkilotlari bilan hamkorlikda chet elda “Road show” va “B2B” uchrashuvlarni o‘tkazish. | 2023-yil noyabr | - | Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
| 59-maqsad: Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish | |||||
| 49. | O‘rta va yirik shaharlar hamda aholisi 300 mingdan ko‘p bo‘lgan tumanlarda zamonaviy xizmatlarni rivojlantirish. | Xizmat ko‘rsatish sohasida 2023-yil yakuniga qadar 10 mingta savdo servis obyektlarini tashkil etish choralarini ko‘rish. Bunda: amalga oshiriladigan loyihalarning manzilli ro‘yxatini shakllantirish; zarur yer va bino-inshootlarni auksion savdolarga chiqarib borish; tijorat banklari tomonidan kredit mablag‘lari ajratilishiga ko‘maklashish; hokim yordamchilari tomonidan mavjud moliyaviy resurslar doirasida imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish orqali o‘zini o‘zi band qilish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A.A. Xaydarov, mahalliy hokimliklar |
| 50. | Hududlarda savdo, maishiy, sayilgoh va ko‘ngilochar xizmatlarini rivojlantirish va 2030-yilgacha aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalarning 233 mingta bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish. | Yangi xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish uchun 2023-yil yakuniga qadar 2 mingta yer (lot) maydonlarni auksion savdolarga chiqarish. Bunda: infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum bo‘lgan hududlarda bo‘sh yer maydonlarini aniqlash; aniqlangan yer maydonlarini belgilangan tartibda auksionga chiqarish; auksionga chiqarilgan yer maydonlari to‘g‘risida hokim yordamchilari tomonidan, shuningdek, ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ibot ishlarini jadallashtirish orqali sotish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi A. Ortiqov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Kadastr agentligi F.Po‘latov, mahalliy hokimliklar |
| 51. | O‘rta va yirik shahar markazlarida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan markaziy ko‘chalarni tashkil etish va 2030-yilgacha 36 mingta savdo va servis obyektlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | O‘rta va yirik shahar va tuman markazlarida tanlab olingan 150 ta markaziy ko‘chalarni maxsus xizmat ko‘rsatish ko‘chasiga aylantirish orqali 850 ta savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil qilish. Bunda: infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum bo‘lgan hududlarda bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish; shakllantirilgan loyihalarga kredit mablag‘lari ajratilishiga ko‘maklashish; ko‘ngilochar ko‘chalarda aholining ma’naviy va madaniy hordiq olishlari uchun har xil ko‘ngilochar tadbirlarni tashkillashtirish. | 2023-yil dekabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Transport vazirligi I. Mahkamov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A.A. Xaydarov, mahalliy hokimliklar |
| 52. | “Yangi O‘zbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida savdo va servis obyektlarini tashkil etish. | “Yangi O‘zbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida 579 ta savdo va servis obyektlarini tashkil etish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A.A. Xaydarov, Transport vazirligi I. Mahkamov, mahalliy hokimliklar |
| 53. | Zamonaviy, qulay, barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslarini tashkil etish. | Yetakchi loyiha tashkilotlarini jalb qilib, bozorlarni zamonaviy, qulay, barcha xavfsizlik talablariga javob beradigan savdo komplekslariga aylantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A.A. Xaydarov, mahalliy hokimliklar |
| 60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish | |||||
| 54. | Ichimlik va oqova suvi infratuzilmasini qurishda xususiy sektorni jalb etish. | Ichimlik va oqova suvi infratuzilmasini qurishda xususiy sektorni jalb etish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Boboyev, mahalliy hokimliklar |
| 61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash | |||||
| 55. | 2030-yilga qadar barcha aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash. | Jami 545 mingdan ziyod ichimlik suvi tarmoqlari, 3 mingga yaqin suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | - | Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Boboyev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
2a-ILOVA
T/r | 2030-yilgacha maqsadli ko‘rsatkich | O‘lchov birligi | 2023-yil | 2024-yil |
45-maqsad: 2030-yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish | ||||
1. | Yalpi ichki mahsulot hajmini 160 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 88 | 95 |
2. | Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YAIM ko‘rsatkichini 4 ming dollarga yetkazish. | ming dollar | 2,4 | 2,6 |
3. | Asosiy kapitalga kiritiladigan investitsiyalar hajmining yillik o‘rtacha 7-10 foiz atrofida o‘sishini ta’minlash. | foiz | 5,9 | 6,1 |
46-maqsad: Fiskal barqarorlikni ta’minlash va davlat majburiyatlarini samarali boshqarish | ||||
4. | Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi ko‘rsatkichini YAIMga nisbatan 2-5 foizdan oshirmaslik. | foiz | 5 | 4 |
47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish. | ||||
5. | Sanoatda texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizdan 32 foizga yetkazish. | foiz | 25 | 26,2 |
6. | Avtomobilsozlik sohasida ishlab chiqarish hajmini 1 million donaga yetkazish. | ming dona | 425 | 460 |
7. | Yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarish. | ming dona | - | 20 |
8. | Elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini 300 ming tonnaga oshirish. | ming tonna | 90 | 100 |
9. | Yangi turdagi mahsulotlar o‘zlashtirish va mahalliylashtirish darajasini o‘rtacha 65 foizga yetkazish. | foiz | 52,5 | 55,1 |
48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish | ||||
10. | Sanoatda qo‘shilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 22,7 | 25,4 |
11. | Xom ashyoni chuqur qayta ishlash tarmoqlari hajmini 2,5 barobar oshirish. | foiz | 110,5 | 108,5 |
12. | Sanoat tarmoqlarida 2,5 millionta yuqori daromadli ish o‘rni yaratish. | mingta | 189,3 | 198,8 |
13. | Hududlarda mavjud mineral xomashyo zaxirasidan samarali foydalanish maqsadida respublika bo‘ylab 60 ming kvadrat kilometr maydonda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish. | ming kvadrat metr | 29,9 | 30,1 |
14. | To‘qimachilikda ip kalavani qayta ishlash darajasini 100 foizga yetkazish. | foiz | 50 | 60 |
15. | Farmatsevtika sohasida dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojning 70 foizini ichki ishlab chiqaruvchilar hisobiga qoplash. | foiz | 40 | 45 |
49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish | ||||
16. | 250 milliard dollar investitsiyalarni jalb qilish. | milliard dollar | 29,6 | 31,6 |
17. | 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. | milliard dollar | 13,2 | 14,7 |
18. | 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish. | milliard dollar | 2,1 | 2,5 |
20. | Iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda umumiy qiymati 150 milliard dollar bo‘lgan 500 dan ziyod “Mega” va strategik ahamiyatiga ega bo‘lgan texnologik va infratuzilmaviy investitsiya loyihalarini amalga oshirish. | ta | 1 | 37 |
21. | Pay va venchur jamg‘armalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali portfel investitsiyalar hajmini har yili 3-5 foizga oshirish. | foiz | 3,8 | |
50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish. | ||||
22. | Bank va moliya tizimida yillik kreditlash hajmini 30 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 21 | 23 |
23. | Bank omonatlari hajmini 4 barobarga oshirish. | foiz | 30 | 25 |
51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish | ||||
24. | 2030-yilga kelib qayta tiklanuvchi energiya manbalarini 25 ming mega-vattga yetkazish. | ming mega-vatt | 4,4 | 8,8 |
25. | Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining jami iste’moldagi ulushini 40 foizga yetkazish. | foiz | 8 | 15 |
52-maqsad. Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash | ||||
26. | Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmini 120 milliard kVtga yetkazish. | milliard kVt soat | 79,5 | 89,6 |
53-maqsad: O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish | ||||
27. | Respublika hududi orqali tranzit yuklarini tashish hajmini 16 million tonnaga yetkazish. | million tonna | 12,8 | 13,7 |
28. | Yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlari hajmini 3 barobar oshirish. | foiz | 111 | 112 |
29. | Elektrlashgan temir yo‘llari ulushini 65 foizga yetkazish. | foiz | 45 | 48 |
30. | Aviaqatnovlar sonini 4 barobarga oshirish. | barobar | 1,1 | 1.4 |
54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish | ||||
31. | Bir gektardan olinadigan o‘rtacha daromadni 3 ming dollardan 5 ming dollarga yetkazish. | ming dollar | 4,1 | 4,3 |
32. | Qishloq xo‘jaligida eksport hajmini yiliga 10 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 1,9 | 2,5 |
33. | Hosildorlik ko‘rsatkichlarini paxta bo‘yicha o‘rtacha 45 — 50 sentnerga yetkazish. | sentner/gektar | 34,6 | 35,5 |
34. | Hosildorlik ko‘rsatkichlarini g‘alla bo‘yicha o‘rtacha 80 — 85 sentnerga yetkazish. | sentner/gektar | 68 | 69 |
35. | Paxtada 8 ta tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirish. | ta | 2 | 3 |
36. | G‘allada 12 ta yangi tezpishar serhosil navlarni tanlash va joylashtirish. | ta | 5 | 6 |
37. | Zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalarni paxta va g‘alla maydonlarining 40 — 50 foizida joriy etish. | foiz | 30 | 33 |
38. | Qo‘shimcha 300 ming gektar yer maydonini zamonaviy suv tejaydigan texnologiyalarni qo‘llash orqali foydalanishga kiritish. | ming gektar | 100 | 91 |
39. | Mahalliy sabzavot, poliz, kartoshka urug‘lik ta’minotini 50 foizga yetkazish. | foiz | 9 | 13 |
40. | Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichining 25 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash. | foiz | 16 | 18 |
41. | 2,5 million tonna quvvatga ega bo‘lgan 100 ta yangi agrologistika markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | ta | 10 | 11 |
42. | Pillachilik sohasida klaster tizimi asosida 105 ming gektar yangi tutzorlarni barpo qilish. | ming gektar | 4,1 | 23,0 |
43. | Pillachilik sohasidagi klaster tizimida 1 milliondan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish. | ming nafar | 598,7 | 621,9 |
55-maqsad: Milliy iqtisodiyotning eksport salohiyatini kuchaytirish va uning tarkibida qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushini keskin oshirish | ||||
44. | Jami eksport hajmini 45 milliard dollarga yetkazish. | o‘sish sur’ati foizda | 22,5 | 20 |
45. | Eksportchi korxonalar sonini 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazish. | ming ta | 7,1 | 8,1 |
46. | Xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar sonini 5 mingtaga yetkazish. | ta | 328 | 822 |
47. | Aylanma mablag‘lar uchun 600 dan ortiq korxonaga Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan qulay shartlarda mablag‘lar ajratish. | ta | 350 | 450 |
56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish | ||||
48. | Iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini 85 foizga yetkazish. | foiz | 64 | 66 |
57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish | ||||
49. | Ikki yilda barcha aholi punktlarini Internet bilan to‘liq qamrab olish. | foiz | 99 | 99,9 |
50. | IT-Park rezidentlari sonini 7 500 taga yetkazish. | ta | 1 515 | 2 000 |
51. | IT xizmatlar va dasturiy mahsulotlar eksporti hajmini 5 milliard dollarga yetkazish. | million dollar | 300 | 500 |
52. | Internet xizmatining kichik tezlikdagi tarif rejasi tezligini 10 barobar oshirish. | Mbit/s. | 4 | 8 |
53. | Xalqaro Internetga ulanish tezligini 5 000 Gbit/s.ga yetkazish. | Gbit/s. | 3 600 | 4 200 |
54. | Optik tolali aloqa liniyalari va keng polosali ma’lumot uzatish tarmoqlarining qamrovini 100 foizga yetkazish. | foiz | 88 | 95 |
55. | IT sohasida yaratilgan ish o‘rinlari sonini 100 mingtaga yetkazish. | ming nafar | 24 | 32 |
56. | IT-Parkda xorijiy kompaniyalar uchun “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi”ni tashkil qilish orqali xorijiy kompaniyalar vakolatxonalari (ofislari) sonini 1 000 taga yetkazish. | ta | 230 | 300 |
57. | Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi xizmatlar va servislar sonini 1 000 taga yetkazish. | ta | 500 | 600 |
58. | Xalqaro ahamiyatga ega avtomagistral yo‘llarni to‘liq mobil Internet bilan ta’minlash. | foiz | 80 | 90 |
58-maqsad: O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish | ||||
59. | Xorijiy turistlar sonini 15 millionga yetkazish. | million nafar | 10,0 | 10,5 |
60. | Ichki sayyohlar sonini 25 millionga yetkazish. | million nafar | 20 | 21 |
61. | Turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 2,0 | 2,5 |
62. | Ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan turistlar sonini 3 million nafarga oshirish. | million nafar | 1,2 | 1,5 |
63. | “Mehmonxona — transport — tur-operator — savdo va servis” korxonalari kooperatsiya asosida faoliyat yuritadigan 30 ta yirik turizm klaster (majmua)larini tashkil etish. | ta | 2 | 4 |
64. | Tibbiyot va ta’lim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish. | million dollar | 100 | 200 |
65. | Hududlarda 4 mingta yangi mehmonxona, mehmon uylari va xostellar tashkil etish. | ta | 600 | 600 |
59-maqsad: Hududlarda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish | ||||
66. | Savdo, maishiy, sayilgoh va ko‘ngilochar xizmatlarini rivojlantirish uchun shaharsozlik loyihalari asosida zaruriy infratuzilmasi mavjud va aholi gavjum bo‘lgan ko‘chalarning 233 mingta bo‘sh yer maydonlarini auksion savdolariga chiqarish. | ta | 2 000 | 2 200 |
67. | O‘rta va yirik shahar markazlarida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan markaziy ko‘chalarni tashkil etish orqali 36 mingta savdo va servis obyektlarni tashkil etish. | ta | 1 750 | 1 560 |
68. | “Yangi O‘zbekiston” massivlarida va xalqaro avtomobil yo‘llari bo‘yida 6 mingta savdo va servis obyektlarni tashkil etish. | ta | 950 | 1 200 |
60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish | ||||
69. | Urbanizatsiya darajasini 51 foizdan 60 foizga yetkazish. | foiz | 51,5 | 52 |
70. | Qurilish hajmini yiliga 25 milliard dollarga yetkazish. | milliard dollar | 20 | 22 |
71. | “Yangi O‘zbekiston” massivlari sonini 100 taga yetkazish. | ta | 40 | 45 |
72. | “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etilishini davom ettirish va uy-joy qurilishi hajmini 90 mingtaga yetkazish. | ming ta | 65 | 80 |
73. | “Ochiq budjet”ga ajratiladigan mablag‘larni 3 barobar oshirish. | trillion so‘m | 8 | 10 |
61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash | ||||
74. | 3 mingga yaqin suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish. | ta | 400 | 500 |
75. | Xususiy sektor ishtirokida 56 ming kilometr yo‘llarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash. | ming kilometr | 8,2 | 8,2 |
2b-ILOVA
|
T/r |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi nomi |
Asosiy mazmuni |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
47-maqsad: Mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish |
||||
|
1. |
Kon zaxiralarini baholashda ilg‘or xalqaro standartlarni keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. |
Kon-metallurgiya sanoati sohasida ekologik talablar va atrof-muhit muhofazasi me’yorlarini xalqaro standartlar asosida belgilash dasturini ishlab chiqish. Bunda: atrof-muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalarni ekologik talablar doirasidan oshmasligini ta’minlash; kon-metallurgiya sanoati korxonalarida ilg‘or xorijiy tajribadan kelib chiqib, ekologik menejment tizimini joriy etish choralarini nazarda tutish. |
2023-yil oktabr |
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
2. |
Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash ko‘rsatkichining 25 foizdan yuqori bo‘lishini ta’minlash. 2. Meva-sabzavotni qayta ishlashni 3,2 million tonnaga, go‘shtni qayta ishlashni 450 ming tonnaga, sutni qayta ishlashni 3 million tonnaga, umumiy eksport hajmida qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari ulushini 40 foizga yetkazish. 3. 2030-yilgacha 10 ta xalqaro brendlarni jalb etish, 20 ta milliy brendlarning tashqi bozorga chiqishiga ko‘maklashish hamda 50 ta yangi brendlar joriy etish. 4. Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida ixtisoslashgan oziq-ovqat sanoati texnoparklarini tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
48-maqsad: Sanoatning “drayver” sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to‘liq ishga solish |
||||
|
3. |
2030-yilgacha metallurgiya sanoatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
Yuqori daromadli mahsulot uchun zarur bo‘lgan mis, oltin, kumush, uran mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish. Bunda, mis ishlab chiqarishni 3,5 barobar, oltin — 1,5 barobar, kumush — 3 barobar, uran — 3 barobar, qora metall ishlab chiqarish quvvatlarini 2 barobarga oshirish chora-tadbirlarini ko‘zda tutish. |
2023-yil dekabr |
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
4. |
2030-yilgacha avtomobil sanoatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Avtomobilsozlik sohasida raqobat muhitini yaratish va ishlab chiqarish hajmini 1 million donaga yetkazish, shu jumladan yiliga 300 mingta elektromobil ishlab chiqarish. 2. Yengil avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobillarning butlovchi va zaruriy ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish darajasini 60 foizga yetkazish va bunga investorlarni keng jalb qilish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, “O‘zavtosanoat” AJ U. Rozukulov |
|
5. |
2030-yilgacha elektrotexnika sanoatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Elektrotexnika sanoatida misni qayta ishlash hajmini 300 ming tonnaga oshirish va barcha maishiy texnika ishlab chiqarishni mahalliylashtirishga 1,5 milliard dollar investitsiya jalb qilish. 2. Yangi turdagi mahsulotlar o‘zlashtirish va mahalliylashtirish darajasini o‘rtacha 65 foizga yetkazish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi M. Yunusov |
|
6. |
2030-yilgacha qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini 2 baravarga ko‘paytirish va yangi turdagi energiya tejamkor materiallarni ishlab chiqarishni kengaytirish. 2. Energiya tejamkor qurilish materiallari, gulqog‘ozlar ishlab chiqarishni 3,5 barobarga, keramik plitalar, qurilish oynasini — 2-2,5 barobarga oshirish. 3. Barcha ishlab chiqarish quvvatlarini energiya tejamkor va muqobil energiya turlariga o‘tkazish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi A. Baxodirov, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov |
|
7. |
2030-yilgacha farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalarining respublika umumiy iste’molidagi ulushini 70 foizga yetkazish. 2. Rekombinant texnologiyalarga asoslangan mahalliy biotexnologik mahsulotlardan vaksina va rekombinat oqsillar ishlab chiqarishni tashkil etish. 3. Saraton va autoimmun kasalliklarini davolash uchun monoklonal antitanachalarga asoslangan yuqori texnologiyali dori preparatlarini yaratish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
8. |
2024 — 2026-yillarda charm-poyabzal sanoatini yanada rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Charm-poyabzal sanoatiga 30 dan ortiq nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish hisobiga qo‘shilgan qiymatni 5 barobarga oshirish. 2. Charm mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda kimyoviy va biologik tozalash inshootlarini joriy qilish. 3. Sport, mebel, mashinasozlik va boshqa sohalarda ishlatiladigan sifatli tabiiy va sun’iy charm mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish. |
2023-yil oktabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi F. Boboyev |
|
9. |
Sanoat ipotekasi tizimini joriy etish to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. |
1. Tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida bino berish mexanizmlarini joriy qilish. 2. Sanoat ipotekasini amaliyotga joriy etish hamda ularning asosiy shartlari va yo‘nalishlarini inobatga olish. |
2023-yil oktabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Sh. Vafayev |
|
10. |
Sanoat tarmoqlari ehtiyojlari uchun tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Tarmoqlar va hududlar kesimida 2023-2024-yillarda tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari manzilli dasturini ishlab chiqish. 2. Yirik korxonalar tomonidan import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va hududiy korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘ygan korxonalarni faol rag‘batlantirish tizimini joriy qilish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
11. |
“Kichik sanoat zonalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. |
Bunda: kichik sanoat zonalarini tashkil etish va boshqarish mezonlari va tamoyillari; davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari; kichik sanoat zonalari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari; kichik sanoat zonalarida yerlarni ijaraga berish, bino va inshootlarni xususiylashtirish tartibi nazarda tutiladi. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
12. |
Ilmiy ishlab chiqarish klasterlari va “Izlanish va rivojlantirish” (R&D) markazlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Metallni qayta ishlash, mashinasozlik va elektronika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligida hosildorlik yo‘nalishlarida 8 ta ilmiy-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish. 2. “Izlanish va rivojlantirish” markazlarini tashkil etishda amaldagi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. 3. Tarmoq korxonalari bilan birga sohadagi yuqori istiqbolli mahsulotlarni aniqlash, ularni ishlab chiqarish uchun texnologiyani tanlash va o‘zlashtirish, konstruktorlik, dizayn va loyiha ishlarini tashkil qilish asosida yangi mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish. |
2023-yil noyabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov |
|
49-maqsad: Mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish va qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish |
||||
|
13. |
Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy bazaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qonunchilik hujjati loyihasi. |
1. Mahalliy va xorijiy investorlarga beriladigan preferensiya va imtiyozlarning yagona reyestrini shakllantirish. 2. Mahalliy va xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish. |
2023-yil dekabr |
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
50-maqsad: Bank tizimida islohotlarni jadallashtirish, bank xizmatlari bozori hajmini oshirish va sohada raqobatni rivojlantirish |
||||
|
14. |
Aholining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish orqali aholining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish, imtiyozli kredit va subsidiyalar berish tizimini takomillashtirish. 2. Ehtiyojmand aholini tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qulay shartlarda qo‘llab-quvvatlash maqsadida raqamli mikromoliya tashkilotini tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi M. Olloyorov, Markaziy bank M. Nurmuratov |
|
51-maqsad: “Yashil iqtisodiyot”ga o‘tish, uning asosi bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish ko‘rsatkichlarini keskin oshirish |
||||
|
15. |
Iqtisodiyotning tarmoq va sohalarida “yashil” tamoyillarni joriy etish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. |
Davlat ishtirokidagi korxonalarni “yashil” iqtisodiyotga o‘tishda peshqadamlarga aylantirish choralarini ko‘rish: ustav kapitalida davlat ulushi ustun mavqega ega korxonalarning tegishli boshqaruv organlarida SDG, SSR, ESG tamoyillarini joriy etish; korxonalarning yillik hisobotlarida, jumladan yirik sanoat korxonalarida ekologik auditni joriy qilish, ekologik samaradorlik ko‘rsatkichlarini davriy e’lon qilib borish. |
2023-yil dekabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi A. Ortiqov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
52-maqsad: Iqtisodiyot tarmoqlari va aholini zarur energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash |
||||
|
16. |
Uglevodorodlarga yangi istiqbolli strukturalarni aniqlash va resurslarni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. |
Uglevodorodlarga yangi istiqbolli strukturalarni aniqlash va resurslarni o‘stirishga qaratilgan seysmorazvedka ishlarini jadallashtirish dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirishga xorijiy investorlarni jalb qilish. |
2023-yil dekabr |
Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov, “O‘zbekneftgaz” AJ B. Sidikov |
|
17. |
Elektr energiyasini taqsimlash va iste’molchilarga yetkazish infratuzilmasini modernizatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
Hududlar kesimida yangi barpo etilayotgan quyosh, shamol va gidro elektr stansiyalari hamda iqtisodiyot va aholining elektr energiyasiga oshib borayotgan talablarini inobatga olgan holda yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari va ularning infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
|
53-maqsad: O‘zbekiston Respublikasining global transport-logistika tarmoqlariga integratsiyasini chuqurlashtirish va milliy transport tizimining salohiyatini oshirish |
||||
|
18. |
2030-yilga qadar avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Respublika bo‘ylab 56 ming kilometr avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish. 2. Mamlakatning avtotransport yo‘laklarining tranzit o‘tkazuvchanligini oshirish. 3. Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilishga xususiy sektorni jalb qilish. 4. Pulli avtomobil yo‘llarini qurish va ulardan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratish. |
2023-yil noyabr |
Transport vazirligi I. Mahkamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Boboyev, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
19. |
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Temir yo‘l sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish va xizmatlar sifatini raqobatbardosh narxlar asosida belgilash. 2. O‘zining yo‘lovchi va yuk vagonlariga ega xususiy operatorlar faoliyatini rivojlantirish. 3. Temir yo‘l transporti korxonalarida operatsion va biznes jarayonlar samaradorligini oshirish. 4. Temir yo‘l orqali ichki va xalqaro yuk hamda yo‘lovchi tashuvlarini davlat-xususiy sheriklik yoki franshiza asosida xususiy sektorga berish. 5. Temir yo‘llarning qamrovi va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shu jumladan temir yo‘l xizmatlarini to‘liq raqamli transformatsiyasini amalga oshirish. 6. Temir va avtomobil yo‘llari kesishgan markazlar hamda havo yo‘liga yaqin hududlarda logistika xablarini yaratish. |
2023-yil oktabr |
Transport vazirligi I. Mahkamov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
|
54-maqsad: Qishloq xo‘jaligida hosildorlik va rentabellik darajasini keskin oshirish |
||||
|
20. |
2023 — 2030-yillarga mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi tumanlarning istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori loyihasi. |
Respublikaning barcha hududlarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni xatlovdan o‘tkazib, Yer kodeksining 12-moddasiga muvofiq, yer tuzish loyiha ishlarini o‘tkazish va hududlarning istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqishni yillar kesimida tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Kadastr agentligi F. Po‘latov |
|
21. |
“Qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarni sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi. |
1. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarini turli xil tabiiy ofatlar va boshqa xatarlardan ko‘riladigan zararlardan sug‘urtalash orqali himoyalash. 2. Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilash. 3. Qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarni sug‘urtalashda sug‘urta munosabatlarini tartibga solish va nazorat qilishning yagona tizimini yaratish. 4. Qishloq xo‘jaligi sohasida tavakkalchiliklarni sug‘urtalash jarayonida ishtirok etuvchi subyektlarining huquq va majburiyatlarini belgilash. |
2024-yil mart |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi J. Karshibayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
22. |
Yangi tahrirdagi “Yaylovlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi. |
Chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash, yaylov yerlardan unumli foydalanishni ta’minlash. Bunda: yaylovlardan foydalanishning asosiy qoidalari va foydalanish turlarini belgilash; yaylovlardan samarali foydalanish va muhofaza qilishni tartibga solish; davlat organlari va yaylovlardan foydalanuvchilarning huquqlari va majburiyatlarini belgilash; yaylovlarni muhofaza qilish, takror ko‘paytirish va tiklash ishlarini moliyalashtirish va rag‘batlantirish mexanizmlarini belgilash. |
2023-yil dekabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norkulov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
23. |
Qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishiga moslashish dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
Qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishiga mos holda rivojlantirish, tuproq va yaylovlarda degradatsiyaning oldini olish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rish. Bunda: suv oqimi va hajmining kutilayotgan o‘zgarishini hisobga olgan holda taqsimlash va tejamkor texnologiyalarni joriy etish; qishloq xo‘jalik ekinlari tarkibi va agrotexnik tadbirlarni, shuningdek, chorva mollari zotlarini, ozuqa va boqish sharoitlarini iqlim o‘zgarishiga moslashtirish; iqlim o‘zgarishida rivojlanadigan zararkunandalar va patogenlarning tarqalish hududlarida o‘simliklarni himoya qilishni nazarda tutish. |
2023-yil noyabr |
Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
56-maqsad: Monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish |
||||
|
24. |
Tabiiy gazning raqobatli bozoriga bosqichma-bosqich o‘tish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Tabiiy gazni ishlab chiqarish, uzatish va yetkazib berishda bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish. 2. Ichki bozorda tabiiy gazga bo‘lgan talabni qondirish maqsadida kafolatli yetkazib berish uchun xususiy operatorlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov |
|
|
25. |
Energetika sohasini isloh qilishning navbatdagi bosqichini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Energetika bozori regulatorini tashkil etish. 2. “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJdan elektr energiyasini yagona xarid qiluvchi funksiyasini ajratish orqali alohida kompaniya tashkil etish. 3. Elektr energiyasining ulgurji va chakana bozorlariga bosqichma-bosqich o‘tish konsepsiyasini tasdiqlash. |
2023-yil dekabr |
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
|
57-maqsad: Raqamli texnologiyalarni rivojlantirgan holda mamlakatni mintaqaviy “IT-NUB”ga aylantirish |
||||
|
26. |
“Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi”ni tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
IT-Parkda xorijiy kompaniyalar uchun “Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi”ni tashkil qilish, uning faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlarni belgilash. |
2023-yil noyabr |
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
60-maqsad. Hududlarni kompleks rivojlantirish, urbanizatsiya strategiyasini amalga oshirish, aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash darajasini oshirish |
||||
|
27. |
“Mening birinchi uyim” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Toshkent viloyatida “Mening birinchi uyim” dasturining pilot loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 2. “Mening birinchi uyim” dasturi doirasida quriladigan uylarning kamida 50 foizini ehtiyojmand va yosh oilalar uchun ajratish. |
2023-yil noyabr |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov |
|
28. |
Uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida ko‘p kvartirali uylarni boshqarishni yanada samarali tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
1. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini takomillashtirish. 2. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari tomonidan faoliyatni amalga oshirish jarayonida tegishli mulkdorlarning huquqlari buzilishidan himoya qilish. 3. Respublikada renovatsiya amalga oshirilishini tashkiliy va huquqiy jihatdan ta’minlash. |
2023-yil oktabr |
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi B. Zakirov, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
61-maqsad: Infratuzilma loyihalarini barqaror va uzoq muddatli moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlash |
||||
|
29. |
Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. |
Bunda: sohalar va hududlar kesimida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar. davlat-xususiy sheriklik loyihalarini sifatli tayyorlash va ularga salohiyatli investorlarni jalb qilish bo‘yicha chora-tadbirlar nazarda tutiladi. |
2024-yil aprel |
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J. Qo‘chqorov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi B. Xodjayev |
3-ILOVA
|
T/r |
Vazifa |
Amaliy chora-tadbirlar |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari va xarajatlar |
Mas’ul ijrochilar |
|
III. SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH | |||||
|
3.1. Suv resurslarini tejash bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — J. Xodjayev) | |||||
|
62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish | |||||
|
1. |
Uzoq muddatga mo‘ljallangan respublikaning suv resurslari balansini ishlab chiqish va uning yuritilishi ustidan doimiy monitoring o‘rnatish. |
Xorijiy va mahalliy ekspertlarni jalb etgan holda suv balansining 2050-yilga qadar prognozining dastlabki loyihasini ishlab chiqish. Bunda: iqlim o‘zgarishi; havo haroratining keskin isishi va yillik yog‘ingarchilik darajasi; yer osti va usti suv zaxiralari; muzliklarning erishi; iqtisodiyotning kengayishi va aholini o‘sishini inobatga olgan holda suvga bo‘lgan talab va resurslar balansini ishlab chiqishni nazarda tutish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islomov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov |
|
2. |
Suv yetkazish tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalarni keng joriy qilgan holda tuproq qoplamali kanallarni beton qoplamaga o‘tkazish. |
Respublika hududlarida mavjud tuproq qoplamali kanallarni xatlovdan o‘tkazib, ularni beton qoplamaga o‘tkazish va ularni yaroqli holda saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini boshlash. |
2023-yil noyabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
3. |
Qo‘shni davlatlar bilan suv resurslari va davlatlararo suv xo‘jaligi obyektlaridan birgalikda foydalanish masalalarida manfaatli hamkorlikni davom ettirish. |
Davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi, suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhlar va komissiyalar doirasida mintaqadagi suv resurslari va suv xo‘jaligi obyektlaridan birgalikda foydalanish masalalarini muhokama qilib borish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab |
- |
Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
4. |
Xizmat ko‘rsatish sohasida suvni tejovchi va qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etish. |
Xizmat ko‘rsatish sohasida, ayniqsa gilam va avtomobillar yuvish shoxobchalari faoliyatini qonuniy tartibga solish, ularda suvni tejovchi va qayta ishlovchi texnologiyalarni (sirkulyar) joriy etish talabini qonunan mustahkamlab qo‘yish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil sentabr |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
63-maqsad: Qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash | |||||
|
5. |
Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish. |
Sug‘oriladigan maydonning har bir gektariga beriladigan suv hajmini 20 foizga kamaytirish orqali suvning mahsuldorligini oshirish choralarini belgilash. |
2023-yil oktabr |
- |
Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov |
|
6. |
Melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish hisobiga yer unumdorligini oshirish. |
1. Manzilli dasturga asosan melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash tadbirlarini amalga oshirish. 2. Sug‘oriladigan yer maydonlarida sho‘rlangan maydonlarni 1,7 mln. gektargacha, kuchli va o‘rta sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 430,0 ming gektargacha, yer osti suv sathi muammoli holatda (0-2 metr) bo‘lgan yer maydonlarini 773,4 ming gektargacha kamaytirish tadbirlarini amalga oshirish. |
2023-yil sentabrdan boshlab har yili |
- |
Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari |
|
64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish | |||||
|
7. |
Suvni yetkazib berish va taqsimlash jarayoniga xususiy sektorni jalb etish, dalalarga suv yetkazadigan obyektlarni tadbirkorlar (fermer xo‘jaliklari va klasterlar) boshqaruviga berish. |
1. Umumiy suv manbaidan foydalanuvchilarning dalalariga suv yetkazadigan obyektlarni tadbirkorlar boshqaruviga berish bo‘yicha namunaviy loyiha taklifini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2. Suv iste’moliga bozor tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Suv xo‘jaligi vazirligi Sh.Xamrayev |
|
65-maqsad: “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirish | |||||
|
8. |
Nasos stansiyalarini boshqarishni raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish. |
Nasos stansiyalari sarflaydigan elektr energiyasi va chiqarayotgan suv hajmi ko‘rsatkichlarini nazorat qilishning raqamlashtirilgan masofaviy tizimini joriy qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash. |
2023-yil noyabr |
- |
Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev |
|
3.2. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — A. Aripov) | |||||
|
66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish | |||||
|
9. |
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan hamkorlikda yagona ekotizimni rivojlantirish. |
Mintaqadagi mavjud ekologik vaziyatni hisobga olgan holda turli ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan yagona ekotizmni rivojlantirish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlarini birlashtiruvchi mintaqaviy ekologik hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil noyabr |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
10. |
Shahar va tuman markazlarida har 50 — 100 ming aholi uchun “jamoat parklari”ni tashkil etish. |
Hududlarda zamonaviy standartlarga javob beradigan “yashil jamoat parklari”ni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash va ularni o‘rnatilgan tartibda ajratish bo‘yicha choralar ko‘rish. |
2023-yil sentabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ijrochilar mablag‘lari mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, homiylik va grant mablag‘lari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish | |||||
|
11. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxtlar hamda butalar ko‘chatlari va qalamchalarini ekish. |
1. Ko‘kalamzorlashtiriladigan maydonlarni aniqlash, har bir hududning tabiiy tuproq-iqlim sharoitiga mos ko‘chat va qalamchalarni tanlash, ekish va parvarishlash bo‘yicha choralar, moliyalashtirish manbalari va mas’ullarni belgilash.
2. Ko‘kalamzorlashtirish va ko‘chat ekish tadbirlari doirasida har yili bahorda 125 million tup va kuzda 75 million tup manzarali, mevali daraxtlar va butalar ko‘chatlari hamda qalamchalarini ekish. 3. Ko‘kalamzorlashtiriladigan maydonlarda, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarida ko‘chatlarni ekish, sug‘orish tizimlarini o‘rnatish. |
2023-yil sentabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar, mahalliy budjet mablag‘lari, homiylik va grant mablag‘lari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
12. |
Barcha shaharlarni to‘liq “yashil belbog‘”lar bilan qamrab olish. |
1. “Yashil belbog‘”larni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash, ularni o‘rnatilgan tartibda ajratish bo‘yicha choralar ko‘rish. 2. Ajratilgan yer maydonlari bo‘yicha hokimliklar bilan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish. 3. Tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlari asosida tuproq va iqlim sharoitiga mos daraxt turlaridan “yashil belbog‘”larni barpo etish. 4. “Yashil belbog‘”larni doimiy ravishda qo‘riqlash va parvarish qilish ishlarini tashkil etish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab dastur asosida |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, homiylik va grant mablag‘lari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
Har bir yirik sanoat korxonasining hududida va unga tutash hududlarda “yashil belbog‘”larni barpo etish. |
Energetika vazirligi tasarrufiga kiruvchi 12 ta, “O‘zkimyosanoat” AJ tarkibiga kiruvchi 11 ta, “O‘zavtosanoat” AJga qarashli 5 ta, sement ishlab chiqaruvchi 32 ta, “O‘zmetkombinat” AJ, “OKMK” AJ hamda “NKMK” AJlarda “yashil belbog‘”lar barpo etish uchun jami 4,4 mln dona ko‘chatlar ekishni ta’minlash. |
2023-yil sentabrdan boshlab |
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar mablag‘lari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
68-maqsad: O‘rmonlar maydonini kengaytirish | |||||
|
14. |
Respublikaning o‘rmon bilan qoplanganlik darajasini 15 foizga yetkazish. |
O‘rmon fondi yer maydonlarida o‘rmonlarni kengaytirish tadbirlarini amalga oshirish va o‘rmon bilan qoplanganlik darajasini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda monitoring yuritishni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlarini belgilash. |
2023-yil oktabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga ajratilgan mablag‘lar |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
69-maqsad: Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish | |||||
|
15. |
Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish, barcha aholi punktlari va mahallalarda “yashil maydonlar”ni ko‘paytirish. |
1. Orol dengizining qurigan tubida “yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlari barpo etish loyihasi va xaritasini ishlab chiqish. 2. “Yashil qoplama”lar va himoya o‘rmonzorlari barpo etish uchun cho‘l o‘simliklari turlarini tanlash, talab etiladigan urug‘lik va ko‘chat ekish materiallari zaxirasini yaratish. 3. Orol dengizining qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlari) “yashil qoplama”larni barpo etish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mahalliy budjetlarning qo‘shimcha manbalari, homiylik va grant mablag‘lari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpog‘i�ton Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyati hokimliklari |
|
16. |
Orolbo‘yi mintaqasida chang bo‘ronlarining shakllanish sharoitlari va tarqalish mintaqalarini prognozlashtirish modelini ishlab chiqish. |
1. Statsionar bo‘lmagan modellashtirish tizimini ishlab chiqish va prognozlashtirish mexanizmlarini tadqiq qilish. 2. Tadqiqot natijalari asosida yangi mezonlarni belgilash uchun xulosalar taqdim qilish. 3. Hududdagi ekologik holatning xavflilik darajasiga qarab ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish mexanizmini ishlab chiqish. 4. Chang bo‘ronlarining shakllanish sharoitlari va tarqalish mintaqalarini prognozlashtirishning dasturiy ta’minotini yaratish. |
2023-yil sentabr oyidan boshlab |
Hisob-kitoblarga ko‘ra, homiylik va grant mablag‘lari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
70-maqsad: Iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining oldini olish | |||||
|
17. |
Iqlim xavfini baholash va kamaytirishga qaratilgan iqlim monitoringi tizimini takomillashtirish. |
Gidrologik, ob-havo va iqlimga oid ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli taqdim etish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha loyihani ishga tushirish. |
2023-yil oktabr |
Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan mablag‘lar |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash | |||||
|
18. |
Mavjud muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni kengaytirish va yangilarini tashkil etish. |
“Zarafshon” milliy tabiat bog‘ini 2 ming gektarga, “Surxon” va “Nurota” davlat qo‘riqxonalari hududini 4-5 ming gektargacha kengaytirish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2023-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash | |||||
|
19. |
Aholini qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish. |
1. Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash xizmatlari bilan qamrab olinmagan mahallalarni xatlovdan o‘tkazish. 2. Sohada davlat-xususiy sheriklik loyihalari sonini oshirish va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash. |
2023-yil noyabr |
Mahalliy budjetlar va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
20. |
Yelim qadoqlangan mahsulotlarni�g chiqindisi hajmini keskin kamaytirish. |
Oziq-ovqat va ichimlik mahsulotlarini yelim idishlarga qadoqlash amaliyotidan bosqichma-bosqich voz kechib, shisha va qayta ishlanadigan materiallardan tayyorlangan qadoqlarni ishlatish va bu amaliyotni rag‘batlantirish tizimi bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil oktabr |
- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish | |||||
|
21. |
Atrof tabiiy muhit davlat monitoringini samarali tashkil etish. |
Hududlardagi ekologik holatni prognozlash va aholini xabardor qilish tizimini joriy etish hamda yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasini saqlashni ta’minlovchi Situatsion markaz faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. |
2023-yil noyabr |
-- |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
3a-ILOVA
|
T/r |
Maqsadli ko‘rsatkich |
O‘lchov birligi |
2023 |
2024 |
|
3.1. Suv resurslarini tejash bo‘yicha islohotlar |
||||
|
62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish |
||||
|
1. |
Suv ishlatish samaradorligini 20 foizga oshirish. |
foiz |
18 |
20 |
|
2. |
Tuproq o‘zanli bo‘lgan magistral va xo‘jaliklararo kanallarning beton qoplamali ulushini 39 foizga oshirish. |
foiz |
38 |
39 |
|
63-maqsad: Qishloq xo‘jaligi sohasida suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash |
||||
|
3. |
Irrigatsiya tizimi va sug‘orish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti ko‘rsatkichini 0,67 gacha yetkazish. |
koeffitsiyent |
0,66 |
0,67 |
|
4. |
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suv tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 1,4 mln gektargacha yetkazish. |
million gektar |
1,2 |
1,4 |
|
5. |
Tomchilab sug‘orish texnologiyasi qamrovini 550 ming gektargacha yetkazish. |
gektar |
475 000 |
550 000 |
|
64-maqsad: Irrigatsiya tizimi va suv tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, soha boshqaruviga xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish |
||||
|
6. |
40 ta suv xo‘jaligi obyektlarida avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy qilish. |
ta |
20 |
20 |
|
65-maqsad: “Yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish doirasida nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirish |
||||
|
7. |
Nasos stansiyalaridagi eskirgan 322 ta nasoslarni energiya tejamkorlariga almashtirish. |
ta |
174 |
148 |
|
8. |
Nasos stansiyalaridagi eskirgan 383 ta elektrodvigatellarni energiya tejamkorlariga almashtirish. |
ta |
234 |
149 |
|
9. |
Energiya tejamkor qurilmalar o‘rnatish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish, ularning yillik elektr energiyasi iste’molini kamaytirish. |
mlrd.kVt/soat |
7,145 |
7,06 |
|
3.2. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha islohotlar |
||||
|
66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish |
||||
|
11. |
14 ta qarovsiz hayvonlarni saqlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi pitomniklar yaratish. |
ta |
- |
14 |
|
67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish |
||||
|
12. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida har yili kamida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko‘chatlarini, qalamchalarini ekish. |
million tup |
200 |
200 |
|
13. |
Yashillik darajasini 30 foizga yetkazish. |
foiz |
10,4 |
12,4 |
|
14. |
1 984 ta yashil bog‘lar barpo etish. |
ta |
260 |
444 |
|
15. |
112 ta yirik sanoat korxonasi tomonidan o‘z va tutash hududlarida uch yil davomida 30 million tup ko‘chatdan iborat “yashil belbog‘”lar barpo etish. |
mln tup |
1,0 |
2,1 |
|
16. |
Loyihaga har yili 400 milliard so‘mdan ajratib borish. |
milliard so‘m |
50 |
500 |
|
68-maqsad: O‘rmonlar maydonini kengaytirish |
||||
|
17. |
Respublikaning o‘rmon bilan qoplanganlik darajasini 15 foizga yetkazish. |
foiz |
7,7 |
8,1 |
|
18. |
Yerlarni eroziyadan va melioratsiya obyektlarini qum ko‘chishidan saqlash uchun 26 200 gektar ihota daraxtzorlarini barpo etish. |
gektar |
12 514 |
15 014 |
|
19. |
Respublikada o‘rmon bilan qoplangan maydonlarni 6,1 million gektarga yetkazish. |
million gektar |
3,46 |
3,65 |
|
20. |
Daraxt va buta urug‘lari tayyorlashni 840 tonnaga oshirish. |
tonna |
644 |
688 |
|
21. |
o‘rmon xo‘jaliklarida nihol va ko‘chatlar yetishtirishni 190 million tupga yetkazish. |
million tup |
104 |
112 |
|
22. |
Asalari oilalari soni 300 ming oilaga yetkazish. |
ming oila |
220 |
230 |
|
23. |
Dorivor o‘simliklar tayyorlashni 11 674 tonnaga yetkazish. |
tonna |
9 041 |
9 640 |
|
69-maqsad: Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish |
||||
|
24. |
Orolbo‘yi mintaqasidagi o‘rmonzorlarni 2,3 million gektarga yetkazish. |
million gektar |
1,7 |
1,9 |
|
25. |
Orol dengizining qurigan tubida qo‘shimcha 600 ming gektar yashil maydonlarni barpo etish. |
ming gektar |
100 |
100 |
|
70-maqsad: Iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining oldini olish |
||||
|
26. |
Cho‘llanish, qurg‘oqchilik, chang-qum bo‘ronlari va haroratning ko‘tarilishiga qarshi chora sifatida asosan jami 600 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” — himoya o‘rmonzorlarini barpo etish. |
ming gektar |
200 |
200 |
|
27. |
Xavfli gidrometeorologik hodisalar to‘g‘risida barvaqt ogohlantirishlar darajasini 100 foizga yetkazish. |
foiz |
99 |
100 |
|
28. |
Tog‘ daryolari oqimi prognozlarining ishonchliligi darajasini 98 foizga yetkazish. |
foiz |
96 |
98 |
|
29. |
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining rivojlanishi va hosildorligi haqidagi agrometeorologik prognozlarning ishonchlilik darajasini 96 foizga yetkazish. |
foiz |
95 |
96 |
|
30. |
Foydali qazilmalarni qazib olish natijasida buzilgan 6 075 gektar yer maydonlarini rekultivatsiya qilish. |
gektar |
2 000 |
2 000 |
|
71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash |
||||
|
31. |
Muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni 14,3 foizgacha kengaytirish. |
foiz |
14,1 |
14,2 |
|
32. |
2 million gektar hajmda tabiiy yaylovlar va pichanzorlar o‘simliklarini geobotanik tekshirishni har yili amalga oshirish. |
million gektar |
- |
2 |
|
33. |
Dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklarni yetishtirish va ko‘paytirish bo‘yicha har yili 25 ming gektar maydonda madaniy plantatsiyalarni tashkil etish. |
ming gektar |
25 |
25 |
|
72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash |
||||
|
36. |
Maishiy chiqindi poligonlarini kamida 50 foizga qisqartirish. |
foiz |
10 |
17 |
|
73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish |
||||
|
37. |
Atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdorini 10,5 foizga kamaytirish. |
foiz |
1,5 |
3,0 |
|
38. |
Atrof-muhitga ta’siri bo‘yicha I va II toifaga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlardagi ifloslantiruvchi texnologiyalarni to‘liq modernizatsiya qilish. |
ta |
106 |
122 |
|
39. |
249 ta sanoat korxonalarida lokal oqova tozalash inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish. |
ta |
80 |
93 |
3b-ILOVA
|
T/r |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi nomi |
Asosiy mazmuni |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
III. SUV RESURSLARINI TEJASH VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH |
||||
|
3.1. Suv resurslarini tejash bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — J. Xodjayev) |
||||
|
62-maqsad: Respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini va suv ishlatish samaradorligini oshirish |
||||
|
1. |
Suv iste’moli yuqori bo‘lgan sohalarda suv resurslaridan unumli foydalanish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish dasturini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori. |
Qishloq xo‘jaligi, uy-joy kommunal xo‘jaligi, sanoat va boshqa tarmoqlarda suv resurslaridan unumli foydalanish va uning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2023-yil noyabr |
Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev, A. Voitov |
|
2. |
Suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning qisqa muddatli strategiyasini tasdiqlash bo‘yicha Hukumat qarori. |
2024 — 2026-yillarga mo‘ljallangan suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari hamda samaradorlik ko‘rsatkichlarini, ichimlik suvining hajmi va sifati bo‘yicha ko‘rsatkichlarni jamoatchilik uchun onlayn-axborot berish tizimini yaratishni nazarda tutuvchi strategiyani ishlab chiqish. |
2024-yil aprel |
Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev |
|
3. |
Suv resurslarini samarali boshqarish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash maqsadida sohadagi normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazish va tegishli me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlash. |
1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni to‘liq xatlovdan o‘tkazish. 2. Me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. 3. Normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish. |
2023-yil dekabr |
Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi A. Voitov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduhakimov, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov |
|
4. |
Hududlar kesimida yer osti suv resurslarini tahliliy aniqlash hamda muqobil suv manbalaridan (buloq, quduq va boshqa) samarali foydalanish choralarini ko‘rish. |
1. Hududlar kesimida mavjud buloq va quduqlarni xatlovdan o‘tkazish va ularning reyestrini shakllantirish. 2. Xatlov natijasiga ko‘ra har bir suv obyektidan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish. 3. Takliflar asosida Vazirlar Mahkamasining reglamentini qabul qilish. |
2023-yil dekabr |
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev, “O‘zsuvta’minot” AJ D. Azimov |
|
3.2. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — A. Aripov) |
||||
|
66-maqsad: Respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilash, inson hayotiga ta’sir o‘tkazuvchi ekologik muammolarni bartaraf etish |
||||
|
5. |
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi. |
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish va jinoiy javobgarlikni joriy qilish. |
2023-yil sentabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Bosh prokuratura N. Yo‘ldoshev |
|
67-maqsad: Ekologik vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini kengaytirish |
||||
|
6. |
Suv resurslarini tejash maqsadida “Yashil makon” loyihasi doirasida ekilgan daraxt va butalarni sug‘orish tizimini talab etiladigan joylarda to‘liq tomchilab sug‘orish tizimiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasi. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish: birinchi bosqichda — vazirlik va idoralar, davlat ulushi ellik foizdan ortiq bo‘lgan tashkilotlar hududidagi (atrofidagi) ko‘kalamzorlashtirish, shu jumladan, daraxt va butalarni sug‘orish tizimini to‘liq tomchilab sug‘orish tizimiga o‘tkazish; ikkinchi bosqichda — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlarning markaziy shaharlari va Toshkent shahrida ko‘kalamzorlashtirish tizimini tomchilab sug‘orish tizimiga o‘tkazish. |
2023-yil oktabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
69-maqsad: Orolbo‘yi mintaqasida ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, Orol dengizi qurishi natijasida yuzaga kelgan ekologik muammolarning salbiy ta’sirini yumshatish |
||||
|
7. |
Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha milliy dastur. |
2023 — 2026-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha quyidagi asosiy yo‘nalishlarni belgilashni nazarda tutuvchi milliy dastur loyihasini ishlab chiqish va kiritish: yashil qoplamalar — himoya o‘rmonzorlarini barpo etishni izchil davom ettirish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni tizimli rivojlantirish; ilmiy va innovatsion faoliyat uchun zamonaviy infratuzilmani yaratish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va boshqa turdagi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish; qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan foydalanish amaliyotini kengaytirish. |
2023-yil noyabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm viloyati hokimligi |
|
70-maqsad: Iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirining oldini olish |
||||
|
8. |
“Yashil iqlim” va Global ekologik jamg‘armalarning bioxilma-xillik, iqlim o‘zgarishi va tuproq yemirilishining oldini olish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi. |
1. Loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqish va donor tashkilotlarga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun kiritish. 2. Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro hamkor bilan o‘zaro bitim imzolash. 3. Loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish. |
2023-yil noyabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Qudratov |
|
71-maqsad: Biologik xilma-xillik ishonchli saqlanishini ta’minlash |
||||
|
9. |
F. Rusanov nomidagi Toshkent botanika bog‘ining viloyatlardagi filiallari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi. |
Toshkent botanika bog‘ining filiallarini tashkil etish va ularning samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
2023-yil oktabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
10. |
Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi. |
Ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkazish, o‘simlik va hayvonot dunyosi obyektlarini nobud qilish yoki ularga shikast yetkazish, hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish. |
2023-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Bosh prokuratura N. Yo‘ldoshev |
|
72-maqsad: Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari sifatini yaxshilash |
||||
|
11. |
Chiqindilarni maishiy chiqindi turlariga qarab, alohida-alohida to‘plash va olib chiqib ketish tizimini joriy qilish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi. |
Xorijiy tajribadan kelib chiqib chiqindilarni alohida saralash tizimini bosqichma-bosqich amalga oshirish doirasida dastlab Buxoro shahri va Toshkent tumanida, keyinchalik esa respublikaning barcha hududlarida joriy qilish. |
2023-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
12. |
Hosil bo‘layotgan chiqindilarni poligonlarga yo‘naltirmasdan, maksimal darajada qayta ishlash va qayta ishlash imkoni bo‘lmagan chiqindilarini kuydirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi. |
Maishiy chiqindilarni qayta ishlash va ularni muqobil energiya ishlab chiqarishga yo‘naltirish hisobiga 2026-yilgacha barcha maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish. Bunda: har bir viloyatda aholi soni va hosil bo‘ladigan maishiy chiqindilar ko‘lamidan kelib chiqib qayta ishlash zavodlarini ishga tushirish; chiqindilar bilan to‘lgan poligonlarni yopish (rekultivatsiya qilish) va mahalliy hokimlik zaxirasiga qaytarish; qolgan poligonlarni rekonstruksiya qilish va zamonaviy texnologiyalar asosida yangi poligonlarni qurishni nazarda tutish. |
2023-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
13. |
Barcha mavjud poligonlardagi chiqindilarning to‘liq qayta ishlash, “yashil tarif” va “yashil subsidiyalar” tizimlarini joriy qilish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi. |
1. Chiqindilarni qayta ishlash sohasiga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish. 2. Chiqindilarni kompleks qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish. 3. Chiqindilarni qayta ishlash yo‘li bilan olinadigan energiyani sotib olish mexanizmlarini belgilash. |
2024-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Energetika vazirligi J. Mirzamaxmudov |
|
73-maqsad: Atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, uning tabiiy tarkibini saqlash bo‘yicha keskin choralar ko‘rish |
||||
|
14. |
Respublikaning barcha tuman va shaharlarida atmosfera havosi ifloslanishi fon monitoringini yuritish uchun avtomatlashgan stansiyalarni o‘rnatish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi. |
1. Kichik stansiyalarni o‘rnatish bo‘yicha texnik talablar va hududlarga joylashtirish xaritalari ishlab chiqish. 2. O‘rnatilgan avtomatlashgan kichik stansiyalar ma’lumotlari atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilish orqali vizuallashtirish va real vaqt rejimida muntazam yangilab borish. 3. Atmosfera havosining tabiiy ifloslanishi yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlash va aholini xabardor qilish tizimini sinov tariqasida joriy etish. |
2023-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov |
|
15. |
Respublika hududlarida aerobiologik monitoring tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi. |
“Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish doirasida Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tomonidan allergiya chaqiradigan o‘simliklarning changlanishi, aholining allergik kasalliklarning klinik zo‘rayishi (rinit, bronxial astma) o‘rtasidagi bog‘liqlikning gulchang monitoringini o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yish. |
2023-yil dekabr |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov |
4-ILOVA
|
T/r |
Vazifa |
Amaliy chora-tadbir |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar |
|
IV. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH |
|||||
|
4.1. Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar (Mas’ullar — A. Aripov, J. Qo‘chqorov, A. Ramatov) |
|||||
|
74-maqsad: Aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirish |
|||||
|
1. |
Mahalla hududida faoliyat yurituvchi davlat organlari vakillari bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash. |
Tadbirkorlarga yaqindan ko‘maklashish, mahalladagi yolg‘iz keksalar va ayollar, nogironligi bo‘lgan va ehtiyojmand aholi bilan manzilli ishlashda mahallalarning tuman (shahar) soliq inspektorlari va Ijtimoiy himoya milliy agentligi tuman (shahar) bo‘linmalarining ijtimoiy xodimlari bilan o‘zaro aloqalarini yo‘lga qo‘yish. |
2023-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi S. Abdullayev |
|
2. |
Fuqarolarning o‘z mahallasi hayotidagi ishtirokini kuchaytirish. |
Mahallaning mablag‘larini aholining ovoziga ko‘ra, mahallalardagi muhim masalalar — yo‘l, ichimlik suv, elektr tarmoqlari va gaz ta’minotini yaxshilash kabi infratuzilma loyihalariga yo‘naltirish amaliyotini joriy qilish, mahallalar uchun “Ochiq budjet” imkoniyatlarini kengaytirib, unga ajratiladigan mablag‘larni bosqichma-bosqich 3 barobar oshirish. |
2023-yil noyabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
3. |
Joylarda ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma masalalarini hal etishda mahallaning rolini oshirish. |
Mahallalarda Tadbirkorlik kengashlarini tashkil etish va ular tomonidan mahalla hududida tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish tartib-taomillarini joriy etish. |
2023-yil dekabr |
- |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
4. |
Mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish. |
1. Mahalladan turib barcha davlat idoralari rahbarlariga onlayn tarzda shaxsan murojaat qilish tizimi va har bir mahallada davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha “elektron xizmat nuqtalari”ni ishga tushirish. 2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini yaratish va quyidagilarni ta’minlash: mahallada kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish, aholi bilan ishlash sohasiga raqamli va zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish; nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, sohada dasturiy yechimlarni ishlab chiqish, joriy etish va qo‘llab-quvvatlash. |
2024-yil may |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Sh. Shermatov S. Abdullayev, |
|
75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish |
|||||
|
5. |
Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining mahallalardagi muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish. |
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda, uni amalga oshirishda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining doimiy komissiyalari ishtirokini ta’minlash. |
2023-yil dekabr |
- |
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida) |
|
6. |
Mahalliy Kengashlarning Oliy Majlis Senati bilan birgalikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammolarni hal etish borasidagi faoliyat samaradorligini oshirish. |
1. Oliy Majlis Senati qo‘mitalarining mahalliy Kengashlar doimiy komissiyalari bilan hamkorlikda sayyor majlislar o‘tkazishini yo‘lga qo‘yish. 2. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining o‘rganilishini hamda sayyor majlislarda muhokama qilinishini tashkil etish. 3. Hududlardagi mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish. |
2023-yil sentabr — dekabr |
- |
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
|
76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish |
|||||
|
7. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining institutsional asoslarini takomillashtirish orqali ularga yuklatilgan ortiqcha vazifa va funksiyalarni maqbullashtirish. |
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish. 2. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining takrorlanadigan vazifa va funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. 3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlash. |
2023-yil noyabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish |
|||||
|
8. |
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish. |
1. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko‘rik natijalarini tibbiyot muassasalari tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga real vaqt rejimida joylashtirish tartibini yo‘lga qo‘yish. 2. Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari bilan bog‘liq bo‘lgan sud qarorlarini ular qonuniy kuchga kirgan kuni ushbu qarorni qabul qilgan sud organi tomonidan “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimiga elektron tizim orqali yuborish hamda sudda ko‘rib chiqilayotgan dalolatnoma yozuvlarini axborot tizimidan yuklab olish orqali, qarorlarni o‘zaro bog‘lash tartibini joriy etish. |
2023-yil sentabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov, Oliy sud B. Islomov |
|
9. |
“Litsenziya” axborot tizimini to‘liq ishga tushirish. |
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan barcha litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini “Litsenziya” axborot tizimida ishga tushirishni yakunlash. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ijrochilar mablag‘lari |
Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
10. |
Davlat xizmatlari va notarius xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolarning ortiqcha sansalorligiga barham berish. |
1. Notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirishni yo‘lga qo‘yish. 2. Fuqarolarning davlat xizmatlaridan foydalanish uchun murojaat qilishida ariza yozish, turli shakllarni to‘ldirish kabi ortiqcha formal tartiblarni bekor qilish, davlat idoralari zarur hujjatlarni elektron bazadan o‘zi oladigan tizim yaratish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra, ijrochilar mablag‘lari |
Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
11. |
“Elektron hukumat” tizimining yangi bosqichi — “Raqamli hukumat” tizimiga o‘tish. |
“Raqamli hukumat” tizimi doirasida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari axborot xavfsizligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. Bunda: axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish orqali axborot xavfsizligini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish; o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va joriy etish. |
2023-yil noyabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish |
|||||
|
12. |
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish orqali ish jarayonlarini maqbullashtirish. |
1. Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari kesimida davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqish. 2. Davlatning iqtisodiyotdagi rolini tubdan kamaytirish maqsadida sog‘liqni saqlash, qurilish, transport, ta’lim, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda xususiy sektor ulushini oshirish. |
2023-yil oktabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov |
|
79-maqsad: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish |
|||||
|
13. |
Parlament palatalari qo‘mitalari nazorat-tahlil jarayonlariga keng jalb etilishini ta’minlash. |
Hukumat a’zolarining, davlat organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan parlament eshituvlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish. |
2023-yil noyabr |
- |
Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida) |
|
80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish |
|||||
|
14. |
Tadbirkorlik sohasida qulay shart-sharoitlarni yaratish, tartibga solish yukini kamaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish. |
Huquqiy tartibga solishning yangi mexanizmlari, shu jumladan, “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va tahlillarni o‘tkazish. |
2023-yil dekabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov |
|
81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish |
|||||
|
15. |
Davlat fuqarolik xizmatida yagona kadrlar siyosatini olib borish, xodimlarni samarali boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish bo‘yicha umumiy konsepsiya ishlab chiqish. |
1. Davlat organlarida inson resurslarini samarali boshqarish, rejalashtirish va tahlil qilish bo‘yicha umumiy konsepsiyani o‘z ichiga olgan namunaviy yo‘riqnoma ishlab chiqish. 2. Davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini boshqarish bo‘yicha mas’ul xodimlariga umumiy konsepsiyani tushuntirish yuzasidan o‘quv seminarlari tashkil qilish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
16. |
Davlat fuqarolik xizmatida zaxirani shakllantirish va kadrlar bilan ishlash jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, shu jumladan “HRM-ARGOSG” elektron platformasini ishga tushirish. |
1. Ilg‘or xorijiy davlatlarning samarali tajribalarini o‘rgangan holda davlat organlari va tashkilotlarning inson resursini boshqarish faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha “HRM-ARGOS” elektron platformasini ishga tushirish. 2. Davlat organlarini “HRMM-ARGOS” elektron platformasida ro‘yxatdan o‘tkazish. 3. Respublikaning barcha darajadagi davlat organlarining inson resursini rivojlantirish bo‘linmalari xodimlarini “hrm.argos.uz” elektron tizimida ishlash bo‘yicha o‘qitish yuzasidan seminarlar tashkil etish. |
2023-yil oktabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
17. |
Davlat fuqarolik xizmatchilarining kasbiy kompetensiyalari va alohida xizmatlarini xolis va adolatli baholash, davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini tizimli ravishda oshirish va rag‘batlantirishni ta’minlovchi Milliy “Karyera modeli” elektron platformasini joriy etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish. |
Bunda: davlat xizmatiga nomzodlarni tanlashda fuqarolarning kasbiy salohiyati asosida kompetensiyani rivojlantirish uchun teng huquqli bo‘lishini ta’minlash; nomzodni tanlash, saralash va lavozimda ko‘tarish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish orqali inson omilini keskin kamaytirish; xizmatchilar kasbiy kompetensiyasini xolis baholash, uning “meritokratiya” tamoyili asosida karyeraviy o‘sishini monitoring qilish tizimini joriy etish; jamoada anonim tarzda o‘tkaziladigan “360 darajali so‘rovnoma” kabi kompetensiya va axloqiy fazilatlarni aniqlashning zamonaviy usullarini joriy etish; davlat xizmatchilarining malakasini uzluksiz oshirish maqsadida ta’lim muassasalari va davlat organlari faoliyatini platformada integratsiyalash nazarda tutiladi. |
2023-yil dekabr |
- |
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi N. Maksumov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi O. Fozilkarimov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov |
|
82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish |
|||||
|
18. |
Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlar bilan ishlash jarayonlarini raqamlashtirish darajasini yangi bosqichga olib chiqish, mansabdor shaxslar qabuliga elektron navbatga yozilish va onlayn maslahat olish imkoniyatini yaratish. |
1. Barcha davlat organlarida murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va ko‘rib chiqish natijalarini nazorat qilish bilan bog‘liq jarayonlarni bir platformada birlashtirish imkoniyatini beruvchi Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasini ishga tushirish. 2. Davlat organlari va tashkilotlariga Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasi veb-sayti va “Xalq bilan muloqot” mobil ilovasi orqali murojaatlarni tunu kun elektron shaklda yuborish imkoniyatini ta’minlash. 3. Davlat organlari va tashkilotlarida Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasi orqali murojaatlar bilan ishlash tartibini belgilash. 4. Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarni qog‘oz shaklida ro‘yxatga olish amaliyotini tugatish. 5. Davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining fuqarolarni qabul qilish jadvallarini Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasida yuritilishini ta’minlash, mansabdor shaxslar qabuliga elektron navbatga yozilish tartibini joriy etish. |
2023-yil noyabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
6. Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlari orqali kelib tushgan murojaatlarning Murojaatlar bilan ishlash yagona onlayn platformasida avtomatik ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlash. |
2023-yil sentabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
|||
|
83-maqsad: Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha xabga aylantirish |
|||||
|
19. |
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning shaffof tizimini yaratish. |
Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning amaldagi tartibini takomillashtirish. Bunda: davlat grantlari va ijtimoiy buyurtmalarining ustuvor yo‘nalishlarini keng jamoatchilikning to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif va mulohazalari asosida shakllantirish; ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlarni moliyalashtirish va baholash jarayonlarining jamoatchilikka oshkoraligini ta’minlash orqali shaffof va sog‘lom raqobat muhitini yaratish; davlat ko‘magida amalga oshirilgan loyiha va dasturlarning natijalari yuzasidan jamoatchilik oldidagi hisobdorlikni oshirish, samaradorlikni baholash nazarda tutiladi. |
2023-2024-yillar |
Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar |
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi (kelishuv asosida), Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
4.2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar (Mas’ullar — B. Islamov, N. Yo‘ldoshev, A. Azizov, P. Bobojonov) |
|||||
|
84-maqsad: Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish |
|||||
|
20. |
Tergov hibsxonalarini ayblanuvchi va sudlanuvchini to‘liq kuzatish imkonini beruvchi videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash. |
Videokuzatuv tizimlari bilan jihozlanmagan tergov hibsxonalarida ayblanuvchi va sudlanuvchilarni ushlab turishni taqiqlash. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga asosan |
Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Inson huquqlari bo‘yicha vakil F. Eshmatova |
|
85-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish |
|||||
|
21. |
Nizolarni muqobil hal etishda mediatsiya institutini rivojlantirish orqali fuqarolarning buzilgan huquqlarini soddalashtirilgan tartibda himoya qilish. |
1. Mediatsiya qo‘llaniladigan sohalar doirasini kengaytirish. 2. Mediatorga doir talablarni qayta ko‘rib chiqish. 3. Hakamlik sudlari faoliyati hamda hakamlik muhokamasini xalqaro standartlarga moslashtirish. |
2023-yil noyabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Oliy sud B. Islamov |
|
86-maqsad: Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish |
|||||
|
22. |
Sudning jamoatchilik bilan muloqot qilish samaradorligini oshirish, shu jumladan aholi o‘rtasida keng muhokamaga sabab bo‘lgan sud qarorlari yuzasidan brifinglar o‘tkazish va boshqa shakldagi tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘yish. |
1. Sud raislarining sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, yuridik shaxslarning huquqlari va manfaatlarini sud orqali himoya qilishga doir faoliyati to‘g‘risida OAV orqali brifinglarda axborot taqdim etishlarini joriy qilish. 2. Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlarini kengaytirish, har bir murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni onlayn kuzatib borilishini ta’minlash, sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyatini yaratish. |
2023-yil dekabr |
- |
Oliy sud B. Islamov, Sudyalar oliy kengashi X. Yodgorov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
|
87-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish |
|||||
|
23. |
Jinoyat haqidagi xabarlar bo‘yicha yagona elektron reyestrni yaratish. |
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga kelib tushadigan jinoyat haqidagi har qanday xabarlar bo‘yicha yagona elektron reyestr yaratish va bunda, jinoyat ishi qo‘zg‘atilishidan tortib ish yuzasidan hukm chiqarilganiga qadar bo‘lgan jarayonni individual raqam va QR kodi orqali kuzatib borish imkoniyatini ta’minlash dasturi bo‘yicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr |
Hisob-kitoblarga ko‘ra ijrochilar mablag‘lari hisobidan |
Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov, Bosh prokuratura N. Yo‘ldoshev, Oliy sud B. Islamov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish |
|||||
|
24. |
Advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish. |
1. Advokatlar malakasini oshirish tizimining zamonaviy va samarali mexanizmlarini tahlil etgan holda takliflar ishlab chiqish. 2. Advokatlar malakasini oshirishni takomillashtirish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish. 3. O‘rganilgan tahliliy ma’lumotlar asosida Advokatlar malakasini oshirishning zamonaviy, uzluksiz va xalqaro standartlarga mos keluvchi va muqobillik tamoyiliga asoslangan tizimini joriy etish. |
2023-yil sentabr |
- |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Advokatlar palatasi (kelishuv asosida) |
|
89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish |
|||||
|
25. |
Aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlik madaniyatini shakllantirish, korrupsiyadan xoli jamiyat yo‘lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni keng ommaga yetkazish borasida samarali targ‘ibot ishlarini tashkil qilish. |
1. Respublika miqyosida umumiy o‘rta maktab ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish haftaliklarini tashkil etish. 2. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha barcha oliy ta’lim muassasalarida talabalar ishtirokida tadbirlar tashkil etish. 3. Respublika oliy ta’lim muassasalarida Aksilkorrupsiya kovorking markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. |
Doimiy |
- |
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi A. Burxanov |
|
26. |
Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish. |
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi hamda hududiy kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish. |
2023-yil noyabr |
- |
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi A.Burxanov |
|
2. Joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi ishlarning holatini o‘rganish hamda korrupsiya ko‘rinishlari namoyon bo‘lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to‘g‘risida Milliy kengashga takliflar kiritish. |
2023-yil noyabr |
||||
|
3. Milliy kengash majlislarida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlarini tizimli eshitib borish. |
Har chorakda |
||||
4a-ILOVA
| T/r | Maqsadli ko‘rsatkich | O‘lchov birligi | 2023 | 2024 |
| 4.1. Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar | ||||
| 74-maqsad: Aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirish | ||||
| 1. | Mahallalarda 100 dan ortiq davlat xizmatlarini “bir qadam”da ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish. | ta | - | 15 |
| 2. | Aholi tashabbusi bilan infratuzilmani yaxshilashga ajratiladigan mablag‘larni yiliga 24 trillion so‘mga yetkazish. | trln so‘m | 4 | 12 |
| 75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish | ||||
| 3. | Mahalliy Kengashlarning 300 dan ortiq funksiyalarini qayta ko‘rib chiqib, ular faoliyatiga xos bo‘lmaganlarini bekor qilish. | ta funksiya | 300 | - |
| 4. | Mahalliy Kengashlar faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish. | ta | 500 | - |
| 76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish | ||||
| 5. | Hokimliklar va vazirliklar bo‘linmalarining bir-birini takrorlovchi 70 dan ortiq funksiyalarini optimallashtirish. | ta | 20 | 30 |
| 6. | Hokimliklarga yuklatilgan 500 dan ortiq vazifa orasidan ular faoliyatiga xos bo‘lmaganlarini bekor qilish. | ta | 80 | 80 |
| 7. | Hokimliklar faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish. | ta | 500 | - |
| 77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish | ||||
| 8. | Elektron shaklda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini 100 foizgacha yetkazish. | foiz | 10 | 20 |
| 9. | Faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushini 50 foizgacha yetkazish. | foiz | 5 | 10 |
| 10. | Kompozit va proaktiv tarzda ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari ulushini kamida 40 taga oshirish. | ta | 5 | 10 |
| 11. | Kamida 300 ta davlat xizmatlarini xususiy sektorga o‘tkazish. | ta | - | 20 |
| 12. | Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini kamida 20 foizga qisqartirish. | foiz | - | 5 |
| 13. | Litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarining 50 foizini soddalashtirish. | foiz | - | 10 |
| 14. | 300 taga yaqin davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartib-taomillarini soddalashtirish. | ta | 15 | 25 |
| 78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish | ||||
| 15. | Sog‘liqni saqlash, qurilish, transport, ta’lim, qishloq xo‘jaligi sohalarida xususiy sektor ulushini kamida 3 barobar oshirish. | barobar | - | 1 |
| 16. | Davlat boshqaruvida mavjud bo‘lgan 5 mingga yaqin funksiyani amalga oshirish jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish. | ta | - | 500 |
| 17. | Majburiy talablar yagona elektron reyestriga kiritilgan majburiy talablarni kamida 20 foizga kamaytirish. | foiz | - | 5 |
| 79-maqsad: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish | ||||
| 18. | Qonun loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish hajmini kamida 2 baravarga oshirish. | barobar | - | 0,5 |
| 19. | Parlament va uning organlari ish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish. | foiz | - | 20 |
| 20. | Saylovchilar bilan elektron muloqot qilish, deputat so‘rovini elektron tarzda yuborish va nazorat qilish imkoniyatini ta’minlash. | foiz | - | 100 |
| 80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish | ||||
| 21. | Qonunchilik hujjatlarini maqbullashtirish natijasida ular sonini 30 foizga qisqartirish. | foiz | - | 10 |
| 22. | Umumiy tusdagi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunlarning ulushini kamida 60 foizga yetkazish. | foiz | - | 5 |
| 81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish | ||||
| 23. | Davlat fuqarolik xizmati tizimi bilan 70 dan ziyod davlat organlari qamrab olinishini ta’minlash. | ta | - | 70 |
| 24. | Milliy kadrlar zaxirasida rahbarlik lavozimlariga nomzodlar sonini kamida 1000 nafarga yetkazish. | nafar | 200 | 500 |
| 25. | Har yili kamida 30 ming nafar davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish. | nafar | - | 10 ming |
| 26. | Kadrlar bilan ishlash bo‘yicha 2 mingdan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish. | ta | 200 | 300 |
| 82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini oshirish | ||||
| 27. | Davlat organlari va tashkilotlarida murojaatlarni qog‘oz shaklida ro‘yxatga olish amaliyotini to‘liq bekor qilish. | foiz | - | 100 |
| 28. | Barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda ularning hududiy bo‘linmalariga elektron shaklda, shu jumladan tegishli mobil ilova orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish. | foiz | - | 100 |
| 29. | Murojaatlarning kamida 80 foizi mahalliy darajada qanoatlantirilishini ta’minlash. | foiz | 50 | 80 |
| 30. | Takroriy murojaatlar ulushini kamida 2 barobar qisqartirish. | barobar | - | - |
| 83-maqsad: Erkin fuqarolik jamiyatini va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha xabga aylantirish | ||||
| 31. | Ijtimoiy sheriklikda amalga oshiriladigan loyihalar sonini kamida 3 barobarga ko‘paytirish. | barobar | - | 1 |
| 32. | Davlat dasturlarida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini kamida 80 taga yetkazish. | ta | - | 20 |
| 33. | Kamida 500 nafar nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. | barobar | - | 100 |
| 4.2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish | ||||
| 84-maqsad: Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish | ||||
| 34. | Sudlar hamda tergov organlari faoliyatida ayrim protsessual harakatlarni masofadan turib amalga oshirish imkoniyatlarini kamida 2 barobarga oshirish. | barobar | - | 0,8 |
| 35. | Aholi punktlarida ikki va undan ortiq polosali tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘laklarini svetoforlar bilan to‘liq jihozlash. | foiz | - | 30 foizgacha |
| 85-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish | ||||
| 36. | Sudga qadar bosqichda hal etilgan nizolar sonini 50 foizga oshirish. | foiz | - | 15 |
| 86-maqsad: Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish | ||||
| 37. | Jahon odil sudlov loyihasining Huquq ustuvorligi indeksi bo‘yicha 0,64 ball to‘plashga erishish. | ball | 52 | 53 |
| 38. | Boshqaruv sifati indikatorlarining Huquq ustuvorligi yo‘nalishi bo‘yicha 61,5 ball to‘plashga erishish. | ball | 40 | 41 |
| 87-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish | ||||
| 39. | Jiddiy oqibatlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini kamida 50 foizga kamaytirishga erishish. | foiz | - | 10 |
| 88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish | ||||
| 40. | Advokatlar sonini kamida 2000 nafarga ko‘paytirishga erishish. | nafar | 300 | 500 |
| 89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish | ||||
| 41. | “Transparency International” xalqaro tashkiloti tomonidan e’lon qilinadigan Korrupsiyani qabul qilish indeksida kamida 50 pog‘onaga ko‘tarilishga erishish. | pog‘ona | 7 | 7 |
4b-ILOVA
| T/r | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi nomi | Asosiy mazmuni | Ijro muddati | Mas’ul ijrochilar |
| IV. QONUN USTUVORLIGINI TA’MINLASH, XALQ XIZMATIDAGI DAVLAT BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH | ||||
| 4.1. Xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish va jamoatchilik boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar (Mas’ullar — A. Aripov, J. Qo‘chqorov, A. Ramatov) | ||||
| 74-maqsad: Aholi farovonligini ta’minlash va hududlarda kundalik masalalarni hal etishda mahallani jamoatchilik hamda davlat organlari o‘rtasidagi “tayanch ko‘prik”ka aylantirish | ||||
| 1. | Mahalla faoliyatining moliyaviy va tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada kuchaytirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. | 1. Har bir mahallada “Mahalla budjeti” tizimini joriy etish, aholining mol-mulk va yer soliqlarini mahallaning o‘zida qoldirish amaliyotini yo‘lga qo‘yib, ularni mahalla raisi tomonidan infratuzilma va ijtimoiy masalalarni hal qilish, tadbirkorlik uchun sharoitni yaxshilash kabi masalalarga yo‘naltirish tartibini belgilash. 2. Jamoat ishlari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ishsiz aholini obodonlashtirish va mavsumiy ishlarga jalb etish, ularga haq to‘lash vakolatini mahalla raisiga berish. Shuningdek: tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari vakant o‘rinlar haqidagi ma’lumotlarni mahallaga taqdim etib borishi; mahalla raisi mahalladagi ishsiz fuqarolarni bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirishi nazarda tutiladi. 3. Mahallalarga tegishli hududdagi tuman (shahar) mahalliy Kengashlari sessiyalari kun tartibiga ko‘rib chiqish uchun taklif kiritish, tuman (shahar) mahalliy Kengashlarining qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish huquqini taqdim etish. 4. Fuqarolar ishonchini qozonmagan mahalla raislariga aholi tomonidan “rais vakolatini muddatidan ilgari tugatish bo‘yicha taklif kiritish” tartibini joriy qilish. 5. Mahalla raisi faoliyati kafolatlarini ta’minlash doirasida mahalla raislari faoliyatiga asossiz aralashish va unga taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklaganlik uchun javobgarlikni belgilash. 6. Mahalla raislariga hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, mahallaga biriktirilgan tuman (shahar) soliq inspektorlari, ijtimoiy xodimlarni rag‘batlantirish, zarur bo‘lganda chora ko‘rish bo‘yicha taklif kiritish vakolatini berish. | 2023-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Ijtimoiy himoya milliy agentligi S. Abdullayev |
| 2. | Mahalla raislarini saylashning mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi. | 1. Mahalla raisi lavozimiga nomzodlar ko‘rsatishning yangi tartibini joriy qilish. 2. Mahalla raisining vakolat muddatini 5 yilga uzaytirish, aholi oldidagi hisobdorligini oshirish. | 2023-yil noyabr | Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
| 75-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam “ovoziga” aylantirish | ||||
| 3. | Hududlarda muammolarni hal etishda ijro organlari ustidan mahalliy Kengashlar va ular deputatlarining vakillik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi. | 1. Mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyalarini kengaytirish, ularni tizimlashtirish maqsadida “Xalq deputatlari Kengashlari nazorati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. 2. Mahalliy Kengashlarning Nazorat tadbirlarini amalga oshirishdagi imkoniyatlarini, “Kengash deputati murojaati”, “Kengash so‘rovi” va “Kengash tekshiruvi” kabi ta’sirchan institutlarni joriy etish hisobiga kengaytirish. | 2023-yil dekabr | Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Adliya vazirligi A. Tashkulov, Davlat boshqaruvi akademiyasi A. Bekmurodov |
| 4. | Oliy Majlis Senatining mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga ko‘maklashish sohasidagi faoliyat samaradorligini oshirish. | 1. Oliy Majlis Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi negizida Hududiy rivojlanish va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari qo‘mitasi va Senat devonida “Hududiy vakillik organlarini o‘rganish markazi”ni tashkil etish. 2. Tashkil etilgan qo‘mita va Markazning mahalliy Kengashlar bilan samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash. | 2023-yil sentabr | Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari |
| 76-maqsad: Mahalliy davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish | ||||
| 5. | Yangi konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda hududlarda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi hamda o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanati tizimining qonuniy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi. | “Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va unda quyidagilarni nazarda tutish: hokimlarning mahalliy Kengashlar oldidagi hisobdorligini oshirish; hokimlar lavozimga tayinlanayotganda aholi muammolarini hal etish va hududni rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini taqdim etishi amaliyotini yo‘lga qo‘yish; hokimlarni muddatidan oldin lavozimidan ozod etishning huquqiy asoslarini yaratish; hokimlarning mahalliy Kengashga rahbarlik qilish amaliyotini bekor qilib, Kengash raisining huquqiy maqomi, asosiy vazifa va funksiyalari hamda javobgarlik doirasini aniq belgilash; joylarda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi hamda o‘zaro tiyib turish va manfaatlar muvozanatini ta’minlash; hududlarning o‘ziga xosligidan kelib chiqqan holda, viloyat, tuman va shaharlar darajasidagi mahalliy Kengashlarning javobgarlik doirasini belgilab, vakolatlarini kengaytirish orqali hududiy ijro organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish; mahalliy Kengashlarning mahallalar, xalq qabulxonalari, hokimliklar va Oliy Majlis Senati bilan o‘zaro aloqalarini qayta ko‘rib chiqib, yangi mexanizmlarni joriy qilish; mahalliy Kengashlar huzuridagi organlar, shu jumladan doimiy komissiyalar va partiya guruhlarining faoliyatini takomillashtirish; mahalliy Kengashlarning kotibiyatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, ularda kadrlar salohiyatini kuchaytirish; mahalla aholisi tomonidan har chorakda qonunchilikda belgilangan mas’ullarning hisobotlarini eshitish tartibining amalda ta’minlanishi ustidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari nazorati institutini joriy etish. | 2023-yil dekabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 77-maqsad: Davlat xizmatlarini raqamlashtirishning ko‘lamini kengaytirish orqali aholi uchun “Servis davlat” tizimini joriy qilish, fuqaro va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda byurokratik tartibotlarga barham berish | ||||
| 6. | “Biznesga litsenziyasiz kirish” (Zero Licensing) rejimini joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | Ayrim faoliyat turlari bo‘yicha litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olmasdan tegishli faoliyatni boshlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish. 3 oylik “o‘tish va moslashish davri”ni belgilash. | 2023-yil oktabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov, Savdo-sanoat palatasi D. Vaxobov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
| 78-maqsad: Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini “Xalq xizmatidagi davlat” tamoyili asosida tashkil etish | ||||
| 7. | Jamoatchilik oldida davlat organlari rahbarlari mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Davlat hokimiyatida siyosiy lavozimni egallovchi shaxslarning qarorlari va harakatlari oqibatlari yuzasidan ularning siyosiy javobgarligi institutini joriy qilish. Bunda, davlat organi rahbariga nisbatan, o‘zi rahbarlik qilayotgan idora yoki tizim faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganda, ishonchsizlik bildirish yoki uning lavozimidan o‘z xohishi bilan iste’foga chiqishi tartibini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi A. Burxanov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 8. | Davlatning nazorat funksiyalarini tubdan qayta ko‘rib chiqib, ularni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. | 1. Davlatning nazorat funksiyalarini amalga oshirishning aniq mexanizmlarini belgilash. 2. Davlatning nazoratni raqamlashtirish, tahlika-tahlil usullarini qo‘llash amaliyotini kengaytirish. 3. Davlat nazoratini amalga oshirishda xususiy sektorning va jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlashning qonuniy asoslarini ishlab chiqish. 4. Davlat nazoratini amalga oshirishda ochiqlik tamoyilini kengaytirish, tadbirkorlar va fuqarolar manfaatlari bo‘yicha muvozanatni ta’minlash. | 2023-yil dekabr | Strategik islohotlar agentligi A. Musayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov |
| 79-maqsad: Yangi O‘zbekistonni barpo etishda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalar rolini yanada oshirish | ||||
| 9. | Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish, ularning faoliyatini yangi konstitutsiyaviy-huquqiy tamoyillar asosida tashkil etish bo‘yicha qonun loyihasi. | Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunchilikni yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablaridan kelib chiqib takomillashtirish. | 2023-yil sentabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida) |
| 10. | Qonun ijodkorligi samaradorligini yanada oshirish, mazkur jarayonda jamoatchilik ishtirokini yanada kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Qonun ijodkorligi jarayonining samaradorligini oshirish hamda fuqarolarning ushbu jarayondagi faol ishtirokining huquqiy asoslarini yaratish maqsadida fuqarolarning qonunchilik taklifi institutini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilashga qaratilgan qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2023-yil oktabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati (kelishuv asosida) |
| 11. | Siyosiy partiyalar rolini oshirish, ular o‘z kuchi va imkoniyatlarini amalda to‘la namoyon etishi uchun vakillik organlariga saylovni aralash, ya’ni majoritar-proporsional tizim asosida tashkil etish bo‘yicha qonun loyihasi. | Vakillik organlariga nomzodlarni proporsional-majoritar tizim asosida saylash amaliyotini yo‘lga qo‘yish. Unga muvofiq deputatlarning bir qismini partiyalar ro‘yxati asosida, qolgan qismini aholi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylash tartibi joriy etiladi. | 2023-yil oktabr | Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (kelishuv asosida) |
| 80-maqsad: Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash va davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish | ||||
| 12. | Tadbirkorlik sohasida qulay shart-sharoitlarni yaratish, tartibga solish yukini kamaytirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Maxsus huquqiy rejim joriy etilgan loyihalar tahlili natijalari bo‘yicha “Maxsus huquqiy rejim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2023-yil dekabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi I. Norqulov |
| 81-maqsad: Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish | ||||
| 13. | “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunda nazarda tutilgan davlat fuqarolik xizmati tizimini to‘liq ishga tushirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | Loyihada: davlat fuqarolik xizmati tatbiq qilinadigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati; davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri; vakant lavozimlar bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom; milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom. | 2023-yil dekabr | Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi O. Xasanov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 82-maqsad: Xalq bilan muloqotni yanada kengaytirish orqali aholi muammolarini aniqlash va hal etish tizimining samaradorligini | ||||
| 14. | “Hukumat kuni”ni o‘tkazib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. | 1. “Hukumat kuni”ni hududlar kesimida o‘tkazish bo‘yicha reja-grafikni va unda ishtirok etuvchi mansabdor shaxslar ro‘yxatini tasdiqlash. 2. “Hukumat kuni” doirasida muhokama qilinadigan muammolarni tahlil qilish va uni Hukumat a’zolariga o‘rganish uchun yetkazish bo‘yicha sohalar kesimidagi doimiy ishchi guruhlarni shakllantirish. 3. “Hukumat kuni”ni o‘tkazish tartibini tasdiqlash. | 2023-yil sentabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 4.2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimidagi islohotlar (Mas’ullar — B. Islamov, N. Yo‘ldoshev, A. Azizov, P. Bobojonov) | ||||
| 84-maqsad: Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashni sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish | ||||
| 15. | Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar faoliyatida xolislikni ta’minlash maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasini alohida sudyalar tomonidan ko‘rib chiqish tartibini joriy etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. | Quyidagilarni nazarda tutish: tergov sudyasi institutini joriy etish; ushbu sudyalar sudga qadar ish yuritish bosqichida protsessual qarorlarga sanksiya berish masalasini ko‘rib chiqishini belgilash. | 2023-yil dekabr | Oliy sud B. Islamov, Bosh prokuratura N. Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 16. | Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qayta ko‘rib chiqish va ularning huquqlarini himoya qilish ishlari samaradorligini oshirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Quyidagilarni nazarda tutish: birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u sud maslahatxonaga kirgunga qadar soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilish; tadbirkorlik subyektlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov-sud jarayonida tegishli mansabdor shaxs jinoyat ishi materiallarini ish yurituviga qabul qilgan vaqtdan boshlab tadbirkorni himoya qilishga Biznes ombudsman, Savdo-sanoat palatasi, shuningdek, tadbirkorlik subyekti a’zo hisoblangan boshqa tashkilotni jamoat himoyachisi sifatida jalb etishni belgilash. | 2023-yil noyabr | Bosh prokuratura N. Yo‘ldoshev, Oliy sud B. Islamov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 85-maqsad: Davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatish hamda ma’muriy adliya tizimini yanada rivojlantirish | ||||
| 17. | Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha preventiv mexanizmlarni takomillashtirishga oid qonun loyihasi. | Jinoyat-ijroiya qonunchiligini qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llashning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmlarni nazarda tutuvchi quyidagi normalar bilan to‘ldirish: milliy preventiv mexanizm ishtirokchilari, ularning vakolatlari, huquq va majburiyatlari; jazoni ijro etish muassasalariga monitoring tashriflari turlari va davriyligi; monitoring tashriflarini o‘tkazish tartibi; monitoring tashriflari yakunlari bo‘yicha tavsiyalar berish; monitoring tashriflari natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligi va ulardan foydalanish tartibi. | 2023-yil noyabr | Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz A. Saidov Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) F. Eshmatova, Bosh prokuratura N. Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
| 86-maqsad: Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirish va uning faoliyatida ochiqlikni ta’minlash orqali odil sudlovga erishish darajasini oshirish | ||||
| 18. | Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlashda sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish, ushbu organlarning to‘laqonli tizimini shakllantirish, sud tizimini boshqarishga sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy etish bo‘yicha qonun loyihasi. | 1. “O‘zbekiston Respublikasida sudyalar hamjamiyati organlari to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish. 2. Sudyalar oliy malaka hay’ati hamda sudyalarning malaka hay’atlari tarkibiga tegishli sudlar raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylamaslik, bir shaxsni ikki muddatdan ortiq malaka hay’ati raisi va uning o‘rinbosari lavozimiga saylamaslik, malaka hay’ati kotibini sudyalar konferensiyasida saylash tartibini joriy qilish. | 2023-yil noyabr | Sudyalar oliy kengashi X. Yodgorov, Oliy sud B. Islamov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 19. | Sud-tergov jarayonida ishtirokchilarning huquq va erkinliklarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalangan holda samarali himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha qonun loyihasi. | Elektron (raqamli) dalil tushunchasi, elektron dalillarni aniqlash, to‘plash, taqdim qilish, tekshirish, baho berish, qayd etish, saqlash tartiblari va bu jarayonda protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilash. | 2023-yil sentabr | Oliy sud B. Islamov, Bosh prokuratura N. Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
| 87-maqsad: Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyatini inson manfaatlari, qadr-qimmati va huquqlarini himoya qilishga yo‘naltirish | ||||
| 20. | Foto va video qayd etish dasturlari orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda foto va video qayd etish dasturlari orqali qayd etilgan holat muayyan qisqa muddat davomida qaror qabul qilinmagan taqdirda huquqiy oqibatini yo‘qotishini belgilash. | 2023-yil noyabr | Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
| 21. | Transport vositasida yo‘l-harakati qoidalarini buzganlik holatlarini aniqlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi. | Transport vositasi mulkdorining transport vositasini boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxs bilan birgalikdagi murojaatiga ko‘ra vakolatli organ tomonidan huquqbuzarliklarni qayd etish tizimiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish hamda ushbu transport vositasida sodir etilgan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun boshqarish huquqi o‘tkazilgan shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish tartibini joriy etish. | 2023-yil noyabr | Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Oliy sud B. Islamov, Adliya vazirligi A. Tashkulov |
| 22. | Sudga qadar ish yuritishning barcha bosqichida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilishning kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi. | 1. Tergovga qadar tekshiruv jarayoniga jalb etilgan shaxslarning protsessual maqomini aniqlashtirish, ushbu shaxslar gumon qilinuvchi, jabrlanuvchi va guvoh huquq va majburiyatlaridan foydalanishini belgilash. 2. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida ayrim tergov harakatlarini o‘tkazishga ruxsat berish. | 2023-yil dekabr | Bosh prokuror N. Yo‘ldoshev, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
| 23. | Axborotlashtirish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Axborotlashtirish va kiberxavfsizlik obyekti, shu jumladan muhim axborot infratuzilmasi obyektlari kiberhimoyasini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga va qonunbuzilishi holatlariga nisbatan javobgarlik normalarini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | Kiberxavfsizlik markazi, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Bosh prokuratura N. Yo‘ldoshev, Davlat xavfsizlik xizmati A. Azizov |
| 88-maqsad: Advokatura institutining salohiyatini tubdan oshirish, shuningdek, malakali huquqiy yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish | ||||
| 24. | Advokatura faoliyatiga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi qonunni ishlab chiqish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. | Advokatura institutini o‘z-o‘zini boshqarish tizimiga o‘tkazish va uning davlat organlari va boshqa tuzilmalardan chinakam mustaqilligini ta’minlash, Advokatlar palatasi boshqaruv organlarining advokatlar hamjamiyati oldidagi hisobdorligini kuchaytirish. | 2023-yil oktabr | Adliya vazirligi A. Tashkulov, Advokatlar palatasi (kelishuv asosida) |
| 89-maqsad: Korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish ishlarini jadal davom ettirish | ||||
| 25. | Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi. | Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish. | 2023-yil dekabr | Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi |
5-ILOVA
|
T/r |
Vazifa |
Amaliy chora-tadbir |
Ijro muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Mas’ul ijrochilar |
|
V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH | |||||
|
5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — J. Xodjayev) | |||||
|
90-maqsad: Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish | |||||
|
1. |
Dunyodagi mavjud murakkab vaziyatda ochiq, pragmatik, faol tashqi siyosat va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini olib borishni izchil davom ettirish. |
1. O‘zbekistonning manfaatlarini ilgari surish va himoya qilishni tashqi siyosatning ustuvor vazifasi sifatida ta’minlash, yangi xalqaro tashabbuslarni ishlab chiqish va amalga oshirish; |
Doimiy |
- |
Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov |
|
2. Xalqaro hamda mintaqaviy muammolarni hal qilishda ochiqlik asosida ko‘p tomonlama yondashuvni amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy talablardan kelib chiqib mazkur maqsad va vazifalarga erishishni ta’minlovchi asosiy mexanizmlarni takomillashtirish. |
2023-yil dekabr |
- | |||
|
3. Yetakchi hamkor davlatlar bilan birgalikda O‘zbekiston tashqi siyosatining mintaqalar kesimidagi Strategiyasini ishlab chiqish. |
Kelishuv asosida |
- | |||
|
2. |
Hamkor mamlakatlar bilan va nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muvozanatli va doimiy muloqotlar o‘rnatish. |
1. O‘zbekiston Respublikasining yetakchi hamkor davlatlar bilan keng qamrovli va strategik hamkorligi doirasida xalqaro munosabatlardagi va maydondagi global masalalar bo‘yicha o‘zaro harakatlarini samarali muvofiqlashtirish; |
Doimiy |
- |
Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
2. O‘zbekiston Respublikasining tashabbuslarini Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalari sifatida qabul qilishni tashkil etish; |
Doimiy |
- | |||
|
3. O‘zbekiston Respublikasining tashabbuslari va xalqaro darajadagi dasturlari yetakchi xalqaro tashkilotlar hamda hamkor davlatlar bilan birgalikda qabul qilinishini ta’minlash; |
Doimiy |
- | |||
|
4. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi o‘rni va nufuzini oshirish; |
Doimiy |
- | |||
|
5. O‘zbekiston Respublikasining yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish. |
Doimiy |
- | |||
|
3. |
Bugungi kunda turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan kelib chiqib xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o‘rnini yaxshilash. |
1. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish. |
2023-yil noyabr |
Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida), Adliya vazirligi A. Tashkulov | |
|
2. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika kengashi yig‘ilishlarida vazirliklar, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborotlarini tizimli eshitib borish. |
Har chorakda | ||||
|
3. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy-huquqiy sohalarga oid ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha 2024-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr | ||||
|
91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish | |||||
|
4. |
Mintaqada turli ustuvor yo‘nalishlar, ayniqsa, ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, transport-kommunikatsiya infratuzilmalarini yanada rivojlantirish borasidagi yaqin hamkorlikni kuchaytirish. |
1. Markaziy Osiyoda o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash va barqaror rivojlanish bo‘yicha tashqi ishlar vazirlari doirasida doimiy muloqotlarni tashkil etish; |
Doimiy |
- |
Vazirlar Mahkamasi J. Xodjayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
2. O‘zbekiston Respublikasi va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi maslahatlashuv jarayonini jadallashtirish. |
Doimiy |
- | |||
|
3. Yetakchi xorijiy davlatlar ishtirokidagi “Markaziy Osiyo plyus” formatlaridagi sammitlarda faol ishtirok etish, ularning yakuni bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish. |
Kelishuv asosida |
- | |||
|
92-maqsad: An’anaviy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qo‘shilish | |||||
|
5. |
MDH mamlakatlari bilan an’anaviy, keng qamrovli va strategik sheriklik aloqalarini bundan buyon ham samarali kengaytirib borish. |
1. Muhim eksport bozorlari sifatida savdo rejimlarini yanada erkinlashtirish hamda davlatlar o‘rtasida sanoat va agrar sohalarda kooperatsiyani jadal rivojlantirib borish. |
Doimiy |
- |
Vazirlar Mahkamasi J. Xodjayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov |
|
2. O‘zbekiston Respublikasiga MDH hukumat rahbarlarining tashriflari doirasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash. |
Doimiy |
- | |||
|
6. |
Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, keng ko‘lamli sheriklik va amaliy hamkorlikning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash. |
1. O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik borasida YEI institutlari va davlatlari bilan muzokaralarni jadallashtirish. |
Doimiy |
- |
Vazirlar Mahkamasi J. Xodjayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov |
|
2. YEI institutlari va davlatlari bilan innovatsiyalar, “yashil iqtisodiyot” texnologiyalari, raqamlashtirish, sanoat sarmoyalarini jalb qilish, bank-moliya tizimini modernizatsiya qilish hamda kapital bozori va moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish sohalarida hamkorlikni kuchaytirish. |
Doimiy |
- | |||
|
93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish | |||||
|
7. |
Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar bilan bozorlarga kirish bo‘yicha muzokaralarni tizimli olib borish va a’zo bo‘lish jarayonini samarali yakuniga yetkazish. |
Xorijiy davlatlar bilan olib borilayotgan muzokaralar davomida qo‘yiladigan savollarga javoblarni tayyorlash. |
Doimiy |
- |
Vazirlar Mahkamasi J. Xodjayev, Adliya vazirligi A. Tashkulov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov |
|
94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish | |||||
|
8. |
Xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam ko‘rsatish. |
1. “Vatandoshlar” jamoat fondi huzurida xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarga masofadan turib kunu tun xizmat ko‘rsatuvchi onlayn elektron portalni ishga tushirish. 2. Xorijiy davlatlarda faol vatandoshlar orasidan volontyorlar (ko‘ngillilar) guruhlarini shakllantirish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularni rag‘batlantirish choralarini belgilash. 3. Xorijdagi vatandoshlar jamoat birlashmalari imkoniyatlari orqali murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizga ko‘maklashish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish. |
2023-yil noyabr |
“Vatandoshlar” jamoat fondi mablag‘lari |
“Vatandoshlar” jamoat fondi O. Sattarov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
9. |
Rivojlangan xorijiy davlatlarda yashab kelayotgan olim va ijodkor vatandoshlarning O‘zbekistonning nufuzini oshirishga qaratilgan ilmiy, ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash. |
1. Xorijdagi olim vatandoshlar bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy loyihalar, anjuman va seminarlar, oliy ta’lim muassasalarida ma’ruzalar o‘qishni tashkil etish. 2. Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning O‘zbekiston nufuzini oshirishga qaratilgan ijodiy ishlari to‘plamini chop etishga tayyorlash. 3. Xorijda istiqomat qilib, ilmiy va ijodiy sohada muvaffaqiyatga erishgan vatandoshlar hayotiga bag‘ishlangan to‘plamlar yaratish, ularning ishlarini keng targ‘ib qilish. |
2023-yildan boshlab |
“Vatandoshlar” jamoat fondi mablag‘lari |
“Vatandoshlar” jamoat fondi O. Sattarov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov, Fanlar akademiyasi B. Yuldashev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish | |||||
|
10. |
Noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish. |
1. Xalqaro migratsiya tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, Jahon banki kabi tashkilotlar bilan noqonuniy tashqi mehnat migratsiyasi va odam savdosiga qarshi kurashish sohalarida hamkorlik memorandumlarini imzolash. 2. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiya, Qozog‘iston, Kanada, AQSH, Buyuk Britaniya, Koreya, Yaponiya, Xitoy, Filippin, Hindiston, BAA, Saudiya Arabistoni va Yevropa Ittifoqi davlatlarining turdosh tashkilotlari bilan sohada ma’lumot va tajriba almashuvini amalga oshirish, migratsiya muammolarini hamkorlikda hal etishga qaratilgan kelishuvlarga erishish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab |
- |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Adliya vazirligi A. Toshkulov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov |
|
11. |
Tashqi mehnat migratsiyasini diversifikatsiya qilish doirasida xorijiy davlatlar bilan yangi mehnat bozorlariga chiqish va mazkur yo‘nalishdagi tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha hamkorlikni jadallashtirish. |
1. Mehnat migrantlarini xorijga jo‘natuvchi tashkilotlar va yirik xorijiy rekruting kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va rivojlantirish. 2. Xususiy bandlik agentliklari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish. 3. Kanada, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Polsha, Vengriya, Portugaliya, Bolgariya, Ruminiya, Turkiya kabi davlatlarda mehnat migratsiyasi forumlarini o‘tkazish. 4. Yaponiya, Buyuk Britaniya, Isroil, Germaniya, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxonalarini ochish. |
2023-yil oktabr oyidan boshlab |
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mablag‘lari |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
5.2. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — V. Maxmudov) | |||||
|
96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarni amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish | |||||
|
12. |
Aholini yot va buzg‘unchi ma’lumotlar ta’siridan himoya qilish. |
1. Radikallashuvning oldini olishga qaratilgan ko‘rsatuv va eshittirishlar sonini oshirish. |
2023-yil sentabrdan boshlab reja-grafikka asosan |
- |
O‘zMTRK A. Xadjayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita S. Toshboyev |
|
2. Yoshlar o‘rtasida “Men radikalizmga qarshiman” nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish. |
Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov , Din ishlari bo‘yicha qo‘mita S. Toshboyev | ||||
|
13. |
Shaxsga oid va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlardan noqonuniy maqsadlarda foydalanishning oldini olish hamda bu boradagi javobgarlik choralarini yanada kuchaytirish. |
Axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish choralarini ko‘rish. |
2023-yil dekabr |
- |
Kiberxavfsizlik markazi O. Mirzayev, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
97-maqsad: Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish | |||||
|
14. |
Qurolli Kuchlarning raqamli salohiyatini oshirish va axborot xavfsizligini ta’minlash, harbiy xizmatchilarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish |
1. Mudofaa vazirligi harbiy okrug va birlashmalarga qadar yotqizilgan optik tolali aloqa liniyalarini bosqichma-bosqich zaxiralash. |
2023-yildan boshlab |
Mudofaa vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi mablag‘lari |
Mudofaa vazirligi Sh. Xalmuxamedov |
|
2. Mudofaa vazirligida barpo etilgan Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazining (Data markaz) ma’lumotlarni saqlash hajmini kengaytirish va zaxirasini yaratish. |
2023-yildan boshlab |
Raqamli texnologiyalar vazirligi mablag‘lari |
Mudofaa vazirligi Sh. Xalmuxamedov, Raqamli texnologiyalari vazirligi Sh.Shermatov | ||
|
3. Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini tatbiq qilish doirasida qo‘shinlarni raqamli aloqa va axborotlashtirish hamda axborotlarni kriptografik himoyalash vositalari bilan ta’minlash. |
Mudofaa vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi mablag‘lari | ||||
|
4. Mudofaa vazirligi kiberxavfsizlik tizimini takomillashtirish maqsadida Axborot xavfsizligi monitoringi markazi (SOC — Security Operations Center)ni tashkil etish. |
Raqamli texnologiyalar vazirligi mablag‘lari | ||||
|
5. Respublika va xorijdagi ilg‘or oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish. |
Mudofaa vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi mablag‘lari | ||||
|
15. |
Harbiy xizmatchilarga vatanparvarlik, Vatanga va xalqqa sodiqlik tuyg‘ularini singdirish, harbiy xizmatni o‘tash tartibini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yanada takomillashtirish. |
1. Axloqiy-ruhiy tayyorgarlikning o‘quv moddiy-texnik bazasini, shuningdek, harbiy psixologlar institutini moddiy-texnik ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlarni tashkillashtirish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari kuch tuzilmalari va xorij davlatlari armiyalari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan o‘quvlarda axloqiy-ruhiy jihatdan ta’minlash va psixologik tadbirlarni o‘tkazish hamda soha mutaxassislarining yetakchi xorij davlatlari armiyalarida tajriba almashish va malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish. |
2023-yil sentabrdan boshlab |
Alohida hisob-kitoblarga asosan, Mudofaa vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonun hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar. |
Mudofaa vazirligi X. Karshiyev, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, O‘zMTRK A. Xadjayev |
|
3. Vatanni himoya qilishda qahramonlarcha halok bo‘lgan o‘g‘lonlar hayoti va qahramonliklari haqida ko‘rsatuv va qisqa lavhalar tayyorlash va keng tarqatish. | |||||
|
4. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarda vatanparvarlik, vatanga sadoqat hissini tarbiyalash maqsadida harbiy-sport o‘yinlari dasturini ishlab chiqish va o‘tkazish muddatlarini belgilash. |
- |
Mudofaa vazirligi X. Karshiyev, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi X. Umarova | |||
|
16. |
Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat g‘oyasi atrofida birlashtirish hamda Vatan himoyachilarini tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash. |
1. Har yili yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha kompleks dasturni ishlab chiqish. |
2023-yildan boshlab |
- |
Mudofaa vazirligi X. Karshiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmonov, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar, Yoshlar siyosati va sport vazirligi A. Ikramov |
|
2. Hududlarda “Vatanparvarlar” harbiy-vatanparvarlik bog‘larini barpo etish, mavjud bog‘larni takomillashtirish. 3. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini Vatanga bo‘lgan muhabbat va buzg‘unchi, radikal g‘oyalarga qarshi kurashuvchanlik ruhida tarbiyalash tizimini keng joriy etish bo‘yicha takliflarni tayyorlash. |
2023-yildan boshlab |
Alohida hisob-kitoblarga asosan | |||
|
17. |
Qo‘shinlarni zamonaviy qurol-aslaha, harbiy va maxsus texnika hamda jihozlar bilan ta’minlash, mahalliy mudofaa sanoati salohiyatini tubdan kuchaytirish. |
1. Mudofaa vazirligi qo‘shinlari va poligonlar o‘quv moddiy-texnika bazasini muntazam takomillashtirib borish. Mudofaa sanoati agentligi korxonalarida majmuaviy trenajyorlarni ishlab chiqarish va qo‘shinlarni bosqichma-bosqich ta’minlash. |
2023-yildan boshlab |
Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi va investorlar mablag‘lari Mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish jamg‘armasi va investorlar hisobidan |
Mudofaa vazirligi A. Narbayev, Mudofaa sanoati agentligi M. Ibodullayev |
|
2. Mudofaa sanoati agentligi korxonalari sonini, harbiy va ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar turini 5 barobarga ko‘paytirish. |
2023-yildan boshlab | ||||
|
98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish | |||||
|
18. |
Xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimi bilan integratsiyalashuv asosida Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi samaradorligini yanada oshirish. |
1. Xalqaro seysmik kuzatuvlar global tizimiga ulangan qo‘shni respublikalarning seysmik stansiyalarini Milliy seysmik kuzatuvlar tarmog‘iga integratsiya qilish. |
2023-yildan boshlab |
Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan |
Vazirlar Mahkamasi X. Berdibayev, Fanlar akademiyasi B. Yuldashev, Favqulodda vaziyatlar vazirligi A. Kuldashev |
|
2. Qo‘shni respublikalar bilan seysmik ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri real vaqt rejimida almashinuvini ko‘zda tutuvchi kelishuv/memorandum loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2023-yildan boshlab | ||||
|
3. Aholini zilziladan erta ogohlantirish tizimini zamonaviy talablar asosida bosqichma-bosqich yaratish. |
2023-yildan boshlab | ||||
|
19. |
Iqlim o‘zgarishini tizimli monitoring qilish, baholash va prognozlashni rivojlantirish. |
1. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli favqulodda vaziyatlar monitoringi, axborot almashinuvi va prognozlash yagona tizimiga integratsiya qilinib, suv omborlari va boshqa xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar bilan tezkor ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan modul ishlab chiqish. 2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish, ekspertiza va tender savdolarini o‘tkazish. 3. Loyihani bosqichma-bosqich to‘liq amaliyotga joriy etish ishlarini tashkil etish |
2023-yildan boshlab |
Mas’ul ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan hamda qonun hujjatlar bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan |
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A. Abduxakimov, Favqulodda vaziyatlar vazirligi A. Kuldashev, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
20. |
Senday hadli dasturi asosida 2030-yilgacha tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha xususan, istiqbolda ekstremal ob-havo hodisalari — erta bahorda tog‘ ko‘llari toshishi, suv toshqini, sel, ko‘chki, shuningdek, yozgi vegetatsiya davrida qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘ini, chang-tuz bo‘ronlarining oldini olish. |
1. Toshqinga qarshi Hukumat komissiyasi a’zolari bilan birgalikda mavsumdan oldin xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar xavfi mavjud hududlarni joyiga chiqqan holda o‘rganib borish, o‘rganish natijalari yuzasidan tabiiy ofatlardan aholini va hududlarni himoya qilish bo‘yicha muhandislik-muhofaza va profilaktik tadbirlarni o‘tkazish. 2. Toshqin suvlari va sel oqimlaridan aholini va hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha daryo va soylarning o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini tashkil etish. 3. Vakolatli davlat organlari xodimlarining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va ularning salohiyatini oshirish maqsadida tizimli ravishda o‘quv kurslari, seminar va treninglarni tashkil etish. |
2023-yildan boshlab |
Respublika budjeti va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan |
Favqulodda vaziyatlar vazirligi A. Kuldashev, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi A.Abduxakimov, Suv xo‘jaligi vazirligi Sh. Xamrayev, Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi B. Islamov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
4. Hududlarda barqaror ekologik vaziyatni saqlash va ekologik fojialarning oldini olishga qaratilgan idoraviy dastur loyihasini ishlab chiqish. |
2023-yil dekabr | ||||
|
99-maqsad: Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash | |||||
|
21. |
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish tizimini raqamlashtirish va unga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol tatbiq etish. |
1. Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishga raqamli videokuzatuv vositalari, uchuvchisiz uchish apparatlari va ularga qarshi kurashish tizimlarini keng joriy qilish, shuningdek, ulardan samarali foydalana oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash. 2. Davlat chegarasi xavfsizligini ta’minlash jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy qilish. 3. DXX Chegara qo‘shinlarining raqamli radioaloqa tarmog‘ini yanada takomillashtirish. |
2023-yildan boshlab |
Hisob-kitoblarga ko‘ra |
Davlat xavfsizlik xizmati S. Xusanov, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
22. |
Davlat chegarasining muhandislik-texnik jihatdan jihozlanganlik darajasini oshirish. |
Davlat chegarasi uchastkalarida panel-to‘rsimon va simli to‘siqlar hamda signalizatsiya majmualarni o‘rnatish, suv o‘tkazish inshootlari, frontal va rokad yo‘llar hamda ko‘priklar barpo etish ishlarini jadallashtirish. |
2023-yil oktabrdan boshlab |
Hisob-kitoblarga ko‘ra, Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar |
Davlat xavfsizlik xizmati S. Xusanov |
|
100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish | |||||
|
23. |
Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarning amalga oshirilishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash. |
1. Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy izlanishlarni amalga oshirish, ulkan ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus mukofotini ta’sis etish. 2. O‘zbekistonning raqamli etnokonfessional atlasini yaratish loyihasini ishlab chiqish. |
2023-yil oktabrdan boshlab |
Davlat budjeti, Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi R. Kurbanov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi I. Abduraxmanov |
5a-ILOVA
|
T/r |
Maqsadli ko‘rsatkich |
O‘lchov birligi |
2023 |
2024 |
|
5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha islohotlar | ||||
|
90-maqsad: Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish | ||||
|
1. |
Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
91-maqsad: Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish | ||||
|
2. |
Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
92-maqsad: An’anaviy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qo‘shilish | ||||
|
3. |
Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish | ||||
|
4. |
Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhining o‘tkazilgan yig‘ilishlari soni |
ta |
2 |
2 |
|
5. |
Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish doirasida bozorga kirish yuzasidan muzokaralar o‘tkaziladigan davlatlar soni |
ta |
10 |
10 |
|
94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish | ||||
|
6. |
O‘zbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, san’at va hunarmandchilik yo‘nalishidagi oliygohlarda xorijdagi vatandoshlar uchun ajratiladigan grantlar soni |
ta |
– |
30 |
|
7. |
Yangi vatandoshlar jamoat birlashmalari soni |
ta |
3 |
7 |
|
8. |
Vatandoshlar ishtirokida tibbiyot, ta’lim va ilm-fan sohalarida amalga oshiriladigan loyihalar soni |
ta |
– |
15 |
|
9. |
Vatandoshlar jamoat birlashmalariga yetkazib beriladigan badiiy adabiyotlar soni |
ta |
5 000 |
15 000 |
|
95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish | ||||
|
10. |
Ishga joylashtirish bo‘yicha xorijiy tomon bilan kelishuvlar soni |
ta |
1 |
2 |
|
11. |
Xorijiy tomon bilan kelishuv asosida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining vakolatxona (vakillik)larini ochish orqali mehnat migrantlariga ko‘rsatilayotgan huquqiy va moddiy yordamlar ko‘lamini oshirish |
ta |
1 |
2 |
|
5.2. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar | ||||
|
96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarni amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish | ||||
|
12. |
Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
97-maqsad: Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish | ||||
|
13. |
Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
98-maqsad: Favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish | ||||
|
14. |
Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
99-maqsad: Chegaralar xavfsizligini mustahkamlash | ||||
|
15. |
Maqsadli ko‘rsatkichlar alohida qarorlar asosida belgilanadi |
– |
– |
– |
|
100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish | ||||
|
16. |
Sohada ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalar soni |
ta |
10 |
15 |
|
17. |
“Yosh kitobxon” tanlovini qo‘shimcha ravishda 6 ta tilda (qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirg‘iz va turkman) o‘tkazish |
tillar nomlari |
– |
qoraqalpoq, tojik, qozoq, rus, qirg‘iz va turkman |
|
18. |
Ta’lim xorijiy tillarda olib borilayotgan maktablardagi badiiy adabiyotlar fondini boyitish. |
ta |
835 000 |
955 000 |
|
19. |
Millatlararo munosabatlar sohasida ilmiy-ommabop maqolalar soni |
ta |
100 |
100 |
|
20. |
Do‘stlik jamiyatlari soni |
ta |
38 |
42 |
|
21. |
Birodarlashgan shaharlar soni |
ta |
55 |
65 |
5b-ILOVA
|
T/r |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi nomi |
Asosiy mazmuni |
Ijro muddati |
Mas’ul ijrochilar |
|
V. “XAVFSIZ VA TINCHLIKSEVAR DAVLAT” TAMOYILIGA ASOSLANGAN SIYOSATNI IZCHIL DAVOM ETTIRISH | ||||
|
5.1. Ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — J. Xodjayev) | ||||
|
93-maqsad: Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lish | ||||
|
1. |
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik bilan bog‘liq huquqiy masalalarni hal qilish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari. |
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik majburiyatlarini olish hamda milliy qonunchilikni va huquqni qo‘llash amaliyoti qoida va me’yorlarini tashkilot talablariga moslashtirish. |
2023-yil dekabr |
Adliya vazirligi A. Tashkulov, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi L. Kudratov, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov |
|
94-maqsad: Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot tizimini joriy etish | ||||
|
2. |
Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni O‘zbekiston hududida tadbirkorlik, investitsiyaviy, ilmiy, ma’rifiy va madaniy faoliyat bilan shug‘ullanishga faol jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi. |
1. Mamlakatimizda uy-joy va ko‘chmas mulk sotib olish, ta’lim, tibbiyot va boshqa davlat xizmatlaridan teng huquqlilik asosida foydalanish imkonini beradigan “Vatandosh guvohnomasi”ni joriy qilish. 2. Tibbiyot, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalar bo‘yicha tajribali mutaxassislar — xorijdagi vatandoshlar ishtirokida seminar va master-klass mashg‘ulotlarini tashkil etish. 3. “Vatandoshlar” jamoat fondi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, imkoniyatlarini kengaytirish, uning huzurida xorijdagi vatandoshlardan iborat tarkibda turli yo‘nalishlardagi ekspertlar guruhlarini tashkil etish. |
2023-yil oktabr |
Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Adliya vazirligi A. Toshkulov, Ichki ishlar vazirligi P. Bobojonov, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev |
|
3. |
Davlat tomonidan xorijga mehnat faoliyatini yuritish uchun chiqib ketayotgan fuqarolarga moddiy yordam va xizmatlar ko‘rsatish ko‘lami va sifatini oshirish, ularni sug‘urtalash tizimini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi. |
1. Malaka sertifikati, yo‘l chiptasi va “ishchi viza”ni olish xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish. 2. Xorijga ketish va ishga joylashish xarajatlarini qoplashga 10 million so‘mgacha imtiyozli mikroqarzlar berish. 3. Rivojlangan mamlakatlarda yuqori maosh to‘lanadigan ish topib ketayotgan fuqarolarga yo‘l chiptasi va “ishchi viza”ni olish xarajatlarini to‘liq qoplab berish amaliyotini joriy etish. 4. Xorijga ishlash uchun ketgan fuqarolarning oilalariga ijtimoiy xodimlar biriktirish orqali ularning bolalariga ta’lim, tibbiyot va boshqa sohalarda ijtimoiy xizmatlardan foydalanishga yordam berish tizimini yaratish. 5. Xorijda vafot etgan fuqarolarning oila a’zolariga alohida g‘amxo‘rlik qilish, farzandlarini o‘qitish va kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha choralar belgilash. 6. Xorijga mehnat faoliyatini yuritish uchun chiqib ketayotgan fuqarolar sog‘lig‘i va hayotini sug‘urtalash ko‘lamini kengaytirish. |
2023 oktabr |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Markaziy bank M. Nurmuratov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov |
|
95-maqsad: Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish | ||||
|
4. |
Mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi. |
1. Xorijdan qaytgan fuqarolarni ishga qabul qilgan tadbirkorlarga bir yil davomida har bir xodim uchun 500 ming so‘mdan subsidiya to‘lash tizimini joriy etish. 2. Xorijda ishlab topgan puli hisobidan o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar berish. 3. Xorijdan qaytgan fuqarolar va ular oila a’zolarining bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy kasalliklarga chalingan fuqarolarga davlat tomonidan zarur tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. |
2023 dekabr |
Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov, Markaziy bank M. Nurmuratov, Sog‘liqni saqlash vazirligi A. Inoyatov |
|
5. |
Murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan mehnat migrantlariga huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatish, dunyoning istalgan nuqtasidan mamlakatimizdagi davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi. |
1. Xorijda ishlayotgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish maqsadida ularga advokat jalb etish xarajatlarini qoplash va huquqiy yordam berish tizimini yo‘lga qo‘yish. 2. Xorijdagi fuqarolarning barcha masalalarini tezkorlik bilan hal qilish uchun elchixonalar, Tashqi ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik hamda Ichki ishlar vazirliklarida tunu kun ishlaydigan “koll-markazlar”ni tashkil etish. 3. Og‘ir ahvolga tushib qolgan barcha fuqarolarga xorijiy davlatning o‘zida moddiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirish. 4. Chet eldagi fuqarolar uchun davlat xizmatlaridan masofadan turib foydalanish imkoniyatini yaratish hamda ularning narxlarini ichki tariflarga tenglashtirish. 5. Doimiy konsullik hisobida turish badalini bekor qilish va hisobda turish shartlarini soddalashtirish. |
2023 oktabr |
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi B. Musayev, Tashqi ishlar vazirligi B. Saidov, Adliya vazirligi A. Toshkulov |
|
5.2. Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha islohotlar (Mas’ul — V. Maxmudov) | ||||
|
96-maqsad: Fuqarolarning axborotni erkin izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytirish | ||||
|
6. |
Axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. |
Raqamli hukumat doirasida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini oshirish maqsadida axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarida axborot xavfsizligi hodisalari monitoringi tizimini joriy etish. |
2023-yil oktabr |
Kiberxavfsizlik markazi O. Mirzayev, Raqamli texnologiyalar vazirligi Sh. Shermatov |
|
97-maqsad: Jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda Qurolli Kuchlarning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish. | ||||
|
7. |
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining yangi tahrirdagi umumharbiy nizomlarini tasdiqlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi. |
Mamlakat harbiy xavfsizligini ta’minlash va mudofaa salohiyatini mustahkamlash borasidagi huquqiy asoslarni yanada takomillashtirish. |
2023-yil yakuniga qadar |
Mudofaa vazirligi B. Kurbanov |
|
8. |
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining umumiy harbiy majburiyati va harbiy xizmatni o‘tashi tartibini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi. |
1. Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat g‘oyasi atrofida birlashtirish hamda Vatan himoyachilarini tarbiyalashda uzviylikni ta’minlash. 2. Aholi va yoshlar o‘rtasida muddatli harbiy xizmat nufuzi va jozibadorligini yanada oshirish, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga imtiyozlar berish tizimini takomillashtirish. |
2023-yil yakuniga qadar |
Mudofaa vazirligi X. Karshiyev, Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar |
|
9. |
Yuqori malakali harbiy kadrlarni tayyorlash tizimni muntazam ravishda takomillashtirib borish, o‘quv jarayonlariga harbiy tayyorgarlikning zamonaviy usullarini keng joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari loyihalari. |
1. Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga universitet maqomini berish bo‘yicha har tomonlama asoslangan tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga institut maqomini berish bo‘yicha har tomonlama asoslangan tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish. 3. Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlar tayyorlash institutini tashkil etish. 4. Ilm-fanni rivojlantirish maqsadida oliy harbiy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot markazlar va laboratoriyalar tashkil etish. |
2023-yil dekabr |
Mudofaa vazirligi B. Kurbanov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I. Abdurahmonov, Iqtisodiyot va moliya vazirligi A. Xaydarov |
|
100-maqsad: Jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish | ||||
|
10. |
Mamlakat hududida yashovchi turli millat va elatlarning madaniyati, tili, urf-odati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. |
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Do‘stlik uylari”ni tashkil etish; 2. Milliy madaniy markazlar faoliyatini moddiy qo‘llab-quvvatlash; 3. Milliy madaniy markazlar xodimlarining ijtimoiy loyihalarni tayyorlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish. |
2023-yil noyabr |
Madaniyat vazirligi O. Nazarbekov |
|
11. |
Yurtimizda xorijiy tillarda faoliyat yuritayotgan hamda millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosatini yoritayotgan ommaviy axborot vositalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. |
1. “O‘zbekiston”, “Zvezda Vostoka” va “Amudaryo” jurnallari, “Yerkin Qaraqalpaqstan”, “Nurli jol”, “Ovozi tojik”, “Mekan” va “Dostuk” gazetalarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash. 2. Jurnalistlar o‘rtasida har yili an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovda millatlararo munosabatlar yo‘nalishida nominatsiya tashkil etish. |
2023-yil oktabr |
Axborot va ommaviy komm?nikatsiyalar agentligi A. Xodjayev, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi R. Kurbanov |