Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kapital bozorini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Kapital bozorini yanada rivojlantirish, uning infratuzilmasini takomillashtirish, investorlarni kapital bozoriga jalb etishni ragʻbatlantirish, chet el investorlari uchun mahalliy fond bozorida qatnashish tartibini soddalashtirish va investorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5495-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Markaziy bankning:
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasini “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyatiga oʻzgartirish;
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketini Markaziy bankka begʻaraz oʻtkazish;
“Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” aksiyadorlik jamiyati taʼsischiligida “Milliy kliring markazi” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJning qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish, ularning hisobini yuritish va saqlash hamda qimmatli qogʻozlardagi hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha faoliyati qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan, qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar natijalari boʻyicha puldagi hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha faoliyati Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab davlat va korporativ qimmatli qogʻozlarning yagona hisobi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJda yuritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“Milliy kliring markazi” AJning davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha bitimlarda “Markaziy kontragent” sifatidagi faoliyati va markazlashtirilgan kliringni (Clearinghouse) amalga oshirishi Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
2024-yil 1-mayga qadar “Milliy kliring markazi” AJ va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJga hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun Markaziy bankda vakillik hisobvaragʻi ochiladi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 22-moddasi.
2028-yil 31-dekabrga qadar “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ, “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ va “Toshkent” respublika fond birjasi” AJ mablagʻlarni maqsadli ravishda ularni rivojlantirishga yoʻnaltirgan holda dividendlarni hisoblash va toʻlashdan ozod qilinadi.
3. Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy qilinsin va uning doirasida:
kapital bozorida qoʻllanadigan asosiy tushunchalar 1-ilovaga muvofiq;
kapital bozorida chet ellik ishtirokchilarning faoliyati va operatsiyalariga doir alohida qoidalar 2-ilovaga muvofiq;
qimmatli qogʻozlar egalari toʻgʻrisidagi axborotlar maxfiyligini taʼminlash va ularning mulkiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PF-6207-sonli “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 1-bandi.
4. Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-noyabrdagi PF-200-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son)
aksiyalar ommaviy joylashtirilganda korxonalar xodimlari korxona tomonidan joriy qilingan oʻz xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi (ESOP) doirasida ularga ushbu aksiyalarni sotib olish boʻyicha imtiyozli huquqni taqdim etish. Bunda, ularning aksiyalarni sotib olishga yoʻnaltiradigan oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlaridan oshmaydigan mablagʻlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilinadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi “Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-90-son qarori 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddatini 2028-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish;
soliq toʻlovchining soliq davri davomida jami mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi ish haqi va boshqa daromadlaridan mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan daromadlarini ularni oʻn ikki oy ichida qaytarib olmaslik sharti bilan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish.
5. Minoritar aksiyadorlar va investorlar huquqlarini himoya qilish hamda ularni kapital bozoriga jalb etishni ragʻbatlantirish maqsadida:
a) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarning aksiyalari fond bozorida ommaviy taklif qilish orqali joylashtirilgandan soʻng kamida yetti yil davomida mazkur korxonalar sof foydasining kamida 30 foizi dividend toʻlashga yoʻnaltirilsin, bundan qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar mustasno;
davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalarga xizmat koʻrsatuvchi anderrayterlarning xizmat haqi qimmatli qogʻozlar rejalashtirilganga nisbatan qimmatroq va (yoki) koʻproq joylashtirilganligi natijasida shartnomada kelishilgan miqdordan oshgan hollarda, shartnoma boshlangʻich narxini 10 foizdan ortiqqa oshirmaslik toʻgʻrisidagi cheklov bekor qilinsin;
b) 2023-yil 1-dekabrdan boshlab vakolatli davlat organiga qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan axborot va hisobotlar bir yil ichida ikki va undan ortiq marta oʻz vaqtida oshkor etilmaganligi uchun emitentning ijroiya organini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish toʻgʻrisida koʻrsatma kiritish va emitentning qimmatli qogʻozlar chiqarilishini toʻxtatib qoʻyish huquqi berilsin.
6. Qimmatli qogʻozlari fond birjasi listingiga kiritilmagan aksiyadorlik jamiyatlarining rasmiy veb-sayti boʻlishi haqidagi majburiy talab bekor qilinsin, bundan davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari mustasno.
7. “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat ishtirokidagi korxonalarga nisbatan bir vaqtning oʻzida ham mulkdorning, ham tartibga soluvchining vazifalarini bajarishga yoʻl qoʻyilmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
8. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining:
Iqtisodiyot va moliya vazirligining kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qogʻozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi faoliyatini tartibga solish, korporativ boshqaruvni rivojlantirish, shuningdek, sugʻurta tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish boʻyicha vazifa, funksiya va vakolatlarini Agentlikka oʻtkazish va uni ushbu sohalarda tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ etib belgilash;
“Fond bozorining axborot resurs markazi” davlat unitar korxonasi va Korporativ axborot yagona portalini Agentlikka begʻaraz oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5073-sonli “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 2-bandi.
9. Belgilansinki:
Agentlik Iqtisodiyot va moliya vazirligining kapital bozori sohasiga oid shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
kapital bozori sohasida avval berilgan litsenziya va boshqa ruxsat etuvchi hujjatlar oʻz kuchini saqlab qoladi, mazkur qaror qabul qilinganligi ularni bekor qilish yoki oʻzgartirishga olib kelmaydi;
kapital bozori sohasidagi Iqtisodiyot va moliya vazirligida koʻrib chiqish jarayonida boʻlgan hujjatlar (tegishli faoliyatni litsenziyalash, qimmatli qogʻozlar chiqarishni roʻyxatga olish, murojaatlar va boshqa hujjatlar) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Agentlikka oʻtkaziladi va koʻrib chiqish natijalari Agentlik tomonidan rasmiylashtiriladi;
fond birjasi faoliyati, qimmatli qogʻozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati va qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish hamda kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim etish tartibi Agentlik tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-bobi.
10. 2023 — 2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
12. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
sugʻurta bozorini yanada rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini;
qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 2-sentabr,
PQ-291-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qaroriga
1-ILOVA
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida kapital bozorida qoʻllanadigan
ASOSIY TUSHUNCHALAR
1. Tan olingan xorijiy yurisdiksiya — Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tan olingan xorijiy yurisdiksiya.
2. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi — tan olingan xorijiy yurisdiksiyaning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi.
3. Chet ellik mijoz — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida mijozlarga Oʻzbekiston Respublikasi yurisdiksiyasidan tashqarida xizmat koʻrsatuvchi chet ellik nominal saqlovchining mijozi (jismoniy yoki yuridik shaxs, shu jumladan boshqa chet ellik nominal saqlovchi).
4. Chet ellik investitsiya vositachisi — Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan investitsiya vositachisining professional faoliyati bilan tenglashtiriladigan tan olingan xorijiy yurisdiksiyaning qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan investitsiya kompaniyasi (investitsiya yoki depozitar bank, broker yoki investitsiya vositachisi), global kastodian, kastodian, bank yoki boshqa yuridik shaxs.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Chet ellik benefitsiar mulkdor — Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi hisobida qimmatli qogʻozlarning egasi sifatida roʻyxatga olingan yoki roʻyxatga olinmagan, biroq qimmatli qogʻozlarga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki bilvosita egalik qilish yoki ulardan foyda olish huquqiga ega boʻlgan va chet ellik nominal saqlovchi hisobida qimmatli qogʻozlarning yakuniy egasi hisoblangan jismoniy yoki yuridik shaxs.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
6. Chet ellik nominal saqlovchi — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan maslahatlashuvlar natijasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tan olingan chet ellik investitsiya vositachisi, xorijiy yoki xalqaro qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi boʻlib, professional faoliyatni amalga oshirish uchun jumladan quyidagi vakolatlarga ega boʻladi:
oʻzining chet ellik mijozlari (chet ellik benefitsiar mulkdorlar yoki boshqa chet ellik nominal saqlovchilar) nomidan va ularning topshirigʻiga koʻra harakat qilish;
qimmatli qogʻozlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, agar ular xorijiy yoki xalqaro qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi boʻlsa;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha xorijiy vakolatli davlat organi tomonidan tartibga solinadigan chet el birjalaridagi savdolar natijasiga koʻra xorijiy yoki xalqaro qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi hisob-kitoblari asosida oʻzining chet ellik mijozlari uchun qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish;
oʻzining chet ellik mijozlari topshirigʻiga koʻra yoki ular nomidan qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni oʻtkazish, roʻyxatga olish, hisobini yuritish, saqlash va (yoki) tasdiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xorijiy nominal hisobvaraq-chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida bevosita bir chet ellik benefitsiar mulkdor nomiga toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraq yoki omnibus hisobvaraq shaklida ochiladigan depo hisobvaragʻining turi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraq — chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida bevosita chet ellik benefitsiar mulkdor nomidan va uning nomiga ochilgan depo hisobvaragʻi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Omnibus hisobvaraq — chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida ochilgan va barcha chet ellik benefitsiar mulkdorlar va/yoki chet ellik nominal saqlovchilarga tegishli qimmatli qogʻozlarning soni va qiymati jamlangan holda hisobga olinadigan xorijiy nominal hisobvaraq turi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-65-sonli Farmoni tahririda)
Izoh:
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi asosiy tushunchalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqiga ega.
“OʻzRVB” AJ depozitariy tizimida depo hisobvaraqlar ochish yagona depozitar tizim yoʻlga qoʻyilgunga qadar amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qaroriga
2-ILOVA
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida kapital bozorida chet ellik ishtirokchilarning faoliyati va operatsiyalariga doir
ALOHIDA QOIDALAR
1. Tan olingan xorijiy yurisdiksiyalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi va u tomonidan mazkur roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
2. Chet ellik investitsiya vositachilari Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya vositachisi faoliyatini amalga oshirishi va depo hisobvaragʻini ochishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 4-apreldagi 2007-04, 290-V-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxati raqami 1692, 2007-yil 22-iyun).
3. Chet ellik nominal saqlovchilar qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisobvaraqlar ochishi va Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini toʻgʻridan-toʻgʻri yoki agent orqali amalga oshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Chet ellik nominal saqlovchilar, jumladan kastodianlarga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida xorijiy va milliy valyutada hisobvaraqlar ochishga, shuningdek, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida va “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — “OʻzRVB” AJ) depozitariy tizimida depo hisobvaraqlari ochishga ruxsat beriladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Depozitar bank (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida xalqaro bozorlarda davlat aksiya paketlarini IPO/SPO orqali sotishda ishtirok etayotgan rezident-emitentlarning aksiyalariga nisbatan huquqlarni tasdiqlovchi global depozitar tilxatlarning xorijiy emitenti) (keyingi oʻrinlarda — depozitar bank deb yuritiladi) Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kastodian maʼlumotlari asosida oʻz nomidan kastodianda va Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida rezident-emitentlarning aksiyalari mavjudligini tasdiqlovchi hujjatni berish huquqiga ega.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
5. Uyushgan savdolarda qimmatli qogʻozlarni sotuvchi (sotib oluvchi) norezident yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklarida milliy valyutada hisobvaraqlar ochishga ruxsat beriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
6. Korporativ obligatsiyalarning chiqarilishi va muomalasi hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshirishda obligatsiyalarning qiymatini chet el valyutasida belgilash va mazkur valyutada toʻlashga ruxsat beriladi.
7. Chet ellik nominal saqlovchilar oʻzlarining Oʻzbekiston Respublikasida ochilgan hisobvaraqlaridagi hisobga olingan qimmatli qogʻozlar yoki pul mablagʻlarining benefitsiar mulkdori hisoblanmaydi.
Qimmatli qogʻozlarning xorijiy nominal hisobvaragʻidan (yoki xorijiy nominal hisobvaragʻiga) benefitsiar mulkdor oʻzgarmagan holda “qimmatli qogʻozlarni toʻlovsiz yetkazib berish” (Free of Payment transfer of securities) orqali oʻtkazilishi ushbu qimmatli qogʻozlarni realizatsiya qilish (sotish) hisoblanmaydi va tomonlarning hech biri, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchi uchun soliq majburiyatini keltirib chiqarmaydi.
8. Chet ellik nominal saqlovchilar Oʻzbekiston Respublikasida oʻz faoliyatini alohida litsenziya olmasdan, filial yoki yangi yuridik shaxs tashkil etmasdan yoxud mahalliy yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etmasdan vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi PQ-90-sonli “Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
9. Chet ellik investitsiya vositachilarining xodimlariga tan olingan xorijiy yurisdiksiyalarda berilgan qimmatli qogʻozlar bilan ishlash imkonini beruvchi malaka sertifikatlari mazkur xodimlarga Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq alohida qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka attestatini olmagan holda Oʻzbekiston Respublikasida qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beradi.
10. “OʻzRVB” AJ oʻzining depozitariy tizimida davlat qimmatli qogʻozlarini saqlash va hisobga olish hamda chet ellik nominal saqlovchilarga boshqa depozitariy xizmatlar koʻrsatish uchun chet ellik nominal saqlovchilar depo hisobvaraqlarini yuritish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslarga, shu jumladan investitsiya fondlariga, ularga tegishli boʻlgan va ular tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan Tartibga solish qumdoni xorijiy ishtirokchilari tomonidan kastodial xizmatlar va nominal saqlash xizmatlari koʻrsatilishiga ruxsat etiladi.
12. Depozitar bank mazkur ilovaning 4-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan quyidagi huquqlarga ega:
Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida qimmatli qogʻozlar hisobvaraqlarini ochish;
qimmatli qogʻozlarni chet el nominal hisobvaragʻidan benefitsiar egasini oʻzgartirmagan holda (yoki xorijiy nominal hisobvaraq) “qimmatli qogʻozlarni toʻlovsiz yetkazib berish” (Free of Payment transfer of securities) orqali oʻtkazish.
13. Qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi va depozitar bank oʻzining nominal saqlashida boʻlgan aksiyalar bilan berilgan aksiyadorning barcha huquqlarini oʻz mijozlari — chet ellik benefitsiar egalari va (yoki) qimmatli qogʻozlarning boshqa chet ellik nominal saqlovchilari nomidan va ularning manfaatlarini koʻzlab, oʻz mijozlarining topshirigʻiga binoan, bunday chet ellik benefitsiar egalari va (yoki) qimmatli qogʻozlarning boshqa chet ellik nominal saqlovchilari nomidan vakillik qilish huquqini tasdiqlovchi hech qanday ishonchnomalarsiz amalga oshirishga haqli.
Agar chet ellik nominal saqlovchi yoki depozitar bankda bir emitentning bir turdagi aksiyalari bir nechta mijoz uchun nominal saqlanayotgan boʻlsa, qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi yoki depozitar bank aksiyadorning huquqlarini bunday shaxslardan olingan alohida topshiriqlar asosida har bir mijozga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda amalga oshiradi. Bunda qimmatli qogʻozlarning chet ellik nominal saqlovchisi yoki depozitar banki, agar nominal saqlov shartnomasi shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, kun tartibidagi ayni bir masala boʻyicha bunday shaxslarning har biriga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda alohida-alohida ovoz berishi mumkin.
14. Aksiyadorlik jamiyati — emitent ustav fondini keyinchalik kamaytirish yoki sotib olingan aksiyalarni qayta sotish maqsadida depozitar bank yoki xorijiy nominal saqlovchidan, depozitar tilxat egalari manfaatida hisobga olinayotgan aksiyalarni toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olish huquqiga ega.
“Emitent-aksiyadorlik jamiyati keyinchalik ustav fondini kamaytirish yoki qayta sotish maqsadida depozitar tilxatlarning xorijiy benefitsiar egalari manfaatlarini koʻzlab bunday aksiyalar boʻyicha huquqlarni hisobga oluvchi xorijiy nominal saqlovchi yoki depozitar bankdan hisob-kitoblar va hisobni yuritish sharti bilan, shu jumladan Maxsus huquqiy rejim doirasida faoliyat yuritishga ruxsat berilgan kastodian orqali oʻz aksiyalarini toʻgʻridan-toʻgʻri sotib olishga haqli. Agar harakatlar Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan kastodian orqali amalga oshirilsa, mazkur operatsiyani amalga oshirish uchun emitent va depozitar bank Maxsus huquqiy rejim ishtirokchisi sifatida roʻyxatdan oʻtishi talab etilmaydi.
15. Maxsus huquqiy rejim doirasida korporativ nizolarga taalluqli boʻlgan hamda emitentning qimmatli qogʻozlarini depozitar tilxatlardan foydalangan holda xorijiy bozorlarda joylashtirish va muomalada boʻlishidan, shuningdek emitentning, kastodian, chet ellik nominal saqlovchining, depozitar bankning va depozitar tilxatlar egalarining huquq va majburiyatlarini bajarishdan kelib chiqadigan yoki emitentning boshqaruv organlari qarorlari ustidan shikoyat bildirish bilan bogʻliq nizolar taraflarning kelishuviga koʻra xalqaro tijorat arbitrajiga koʻrib chiqish uchun topshirilishi mumkin.
(11 — 15-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Izoh: “OʻzRVB” AJ depozitariy tizimida depo hisobvaraqlar ochish yagona depozitar tizim yoʻlga qoʻyilgunga qadar amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qaroriga
3-ILOVA
Qimmatli qogʻozlar egalari toʻgʻrisidagi axborotlar maxfiyligini taʼminlash va ularning mulkiy huquqlarini himoya qilish mexanizmlari
1. Quyidagi majburiyatlar boʻyicha xatlov, musodara qilish, undiruvga qaratish, toʻxtatib qoʻyish (muzlatib qoʻyish) yoki boshqa shaklda majburiy undirishga yoʻl qoʻyilmaydi:
a) chet ellik nominal saqlovchilarning mulki boʻlmagan va xorijiy nominal hisobvaraqlarda (toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraqlar va omnibus hisobvaraqlarida) saqlanadigan qimmatli qogʻozlarga nisbatan;
b) chet ellik nominal saqlovchilar mijozlarining omnibus hisobvaraqlarida saqlanadigan qimmatli qogʻozlariga nisbatan, bundan aniq shaxsga tegishli ekanligini identifikatsiya qilish mumkin boʻlgan va bevosita shu shaxs nomiga ochilgan toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraqqa oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar mustasno.
2. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi chet ellik nominal saqlovchidan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida ochilgan omnibus hisobvaragʻida hisobga olingan qimmatli qogʻozlarning xorijiy benefitsiar mulkdorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oshkor qilishni talab qilishga haqli. Bunda:
a) agar omnibus hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlar aniq bir benefitsiarga tegishli ekanligini aniqlash mumkin boʻlsa, ushbu qimmatli qogʻozlar sud qarori asosida chet ellik nominal saqlovchi tomonidan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysidagi koʻrsatilgan benefitsiar mulkdor nomiga ochilgan toʻgʻridan-toʻgʻri individual hisobvaraqqa oʻtkazilishi va undiruvga qaratilishi mumkin;
b) agar omnibus hisobvaragʻida saqlanayotgan qimmatli qogʻozlarning aniq benefitsiar mulkdorini aniqlashning imkoni boʻlmasa, har bir chet ellik nominal saqlovchi qimmatli qogʻozlarning benefitsiar mulkdori aniqlanmagunga qadar qimmatli qogʻozlarga egalik qilish vertikal zanjiri boʻylab soʻrov yuborilishi taʼminlanishi shart.
3. Chet ellik nominal saqlovchining omnibus hisobvaragʻidagi qimmatli qogʻozlarga boʻlgan egalik va boshqa huquqlar Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi tomonidan taqdim etilgan depo hisobvaragʻidan yigʻma koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Qimmatli qogʻozlar egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar chet ellik nominal saqlovchilar tomonidan Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining, monopoliyaga qarshi kurashish organining, soliq organlarining, sudlarning, tergov va surishtiruv organlarining soʻroviga koʻra, Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ularning vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha yuborilgan hollarda va tartibda taqdim etiladi.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida omnibus-hisob raqamiga ega boʻlgan chet ellik nominal saqlovchilar, shuningdek depozitar banklar boshqa chet ellik nominal saqlovchilar tomonidan qimmatli qogʻozlarning chet ellik benefitsiar egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan muddatlarda va tegishli tartibda taqdim etilmaganligi uchun javobgar boʻlmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Markaziy banki boshqaruvining 2007-yil 4-apreldagi 2007-04, 290-V-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar muomalasi, rezidentlar tomonidan chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlarni sotib olinishi, shuningdek rezidentlar chiqargan qimmatli qogʻozlarning norezidentlar tomonidan sotib olinishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxati raqami 1692, 2007-yil 22-iyun).
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qaroriga
4-ILOVA
2023 — 2025-yillarda kapital bozorini rivojlantirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish

1.

Xorijiy investorlar uchun davlat qimmatli qogʻozlari bozorida savdo qilish tartibini soddalashtirish.

1. Moliyaviy axborotlarni almashish (FIX) protokoli yoki standartlashtirilgan API yordamida bozor maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga tarqatish va ichki tizimlar, jumladan buyurtmalarni boshqarish tizimlari (OMS), chet ellik investitsiya vositachilari va boshqalardan keladigan savdo buyurtmalarini qabul qilish imkonini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil sentabr

“Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ (OʻzRVB)

2. Xorijiy investorlarga (tan olingan chet el banklari, shu jumladan kastodianlarga) davlat qimmatli qogʻozlari bozorida birlamchi diler faoliyatini olib borish imkoniyatini yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

OʻzRVB

3. Davlat va korporativ qogʻozlarni hisobga olishning yagona depozitar tizimi yaratilgunga qadar “Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi” AJ tomonidan chet ellik nominal saqlovchilar va investitsion vositachilarga oʻz depozitar tizimida depozitar xizmatlarni koʻrsatish va davlat qimmatli qogʻozlar depo hisobvaraqlarini yuritish uchun sharoit yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil mart

OʻzRVB,

Markaziy bank

2.

Davlat qimmatli qogʻozlari bilan savdolarni amalga oshirish uchun yangi hisob-kitoblar (kliring) modelini joriy qilish.

1. Davlat qimmatli qogʻozlari bilan savdolarni amalga oshirishda pul mablagʻlari bilan hisob-kitoblarni Markaziy bank orqali amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

OʻzRVB,

Markaziy bank,

Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (QQMD)

2. Davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha toʻlovlar amalga oshirishi uchun tan olingan chet ellik nominal saqlovchilar (Clearstream, Euroclear) hamda kastodianlarning murojaatiga muvofiq Markaziy bankda ularga toʻgʻridan-toʻgʻri milliy va chet el valyutalarida hisobvaraqlarni ochishni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Markaziy bank

3. Mahalliy va chet ellik professional ishtirokchilarning, shu jumladan boshqa chet ellik nominal saqlovchilarning Markaziy bankning toʻlov tizimida (RTGS — “Real Time Gross Settlement”) mahalliy banklar orqali ishtirok etishlarini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

Markaziy bank,

QQMD,

OʻzRVB

4. Ikkilamchi bozorda davlat qimmatli qogʻozlari uchun hisob-kitoblarni “T+2” shaklida ham joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

QQMD,

OʻzRVB

5. Davlat qimmatli qogʻozlarini saqlash, hisobga olish va hisob-kitobni amalga oshirishni taʼminlovchi depozitariy dasturiy taʼminotida chet ellik nominal saqlovchi, jumladan kastodian funksiyasini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

QQMD,

OʻzRVB

6. Davlat qimmatli qogʻozlari bilan savdolar amalga oshirilganda qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlarini oldindan depozitga qoʻyish talablarini bekor qilish va yangi hisob-kitoblar (kliring) modelining bir qismi sifatida risk menejmenti amaliyotini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

OʻzRVB,

QQMD

3.

Korporativ qimmatli qogʻozlar bilan savdolarni amalga oshirish uchun yangi hisob-kitoblar (kliring) modelini joriy qilish.

1. “Toshkent” RFB AJning qimmatli qogʻozlar bilan savdolardagi hisob-kitoblarni (kliring) amalga oshirish va hisob-kitob kliring palatasi funksiyalarini Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga oʻtkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktabr

“Toshkent” RFB,

QQMD

2. Korporativ qimmatli qogʻozlar bilan savdolarni amalga oshirishda pul mablagʻlari bilan hisob-kitoblarni Markaziy bank orqali amalga oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktabr

Markaziy bank,

QQMD

3. Tan olingan chet ellik nominal saqlovchilar (Clearstream, Euroclear) hamda kastodianlarning murojaatiga muvofiq, ularga Markaziy bankda toʻgʻridan-toʻgʻri milliy va chet el valyutalarida hisobvaraqlarni ochishni yoʻlga qoʻyish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil yanvar

Markaziy bank,

QQMD

4. Mahalliy va chet ellik professional ishtirokchilarning, shu jumladan boshqa chet ellik nominal saqlovchilarning Markaziy bankning toʻlov tizimida (RTGS — “Real Time Gross Settlement”) mahalliy banklar orqali ishtirok etishlarini taʼminlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktabr

Markaziy bank,

QQMD

5. Yangi hisob-kitoblar (kliring) modelida korporativ qimmatli qogʻozlar boʻyicha hisob-kitoblarni fond birjasining “Main Board” savdo maydonchasi uchun “T+2” va boshqa savdo maydonchalari (“Nego Board”, “IPO/SPO/PO Board”, “Special Buy In/Special Sell Out Board”, “Buy In / Sell Out Board” va boshqalar) uchun “T+2”, “T+1” va “T” shaklida joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktabr

“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK

(Axborot-resurs markazi),

QQMD

6. Korporativ qimmatli qogʻozlarni saqlash, hisobga olish va hisob-kitobni amalga oshirishni taʼminlovchi yagona dasturiy texnik kompleksning (YADTK) depozitariy dasturiy taʼminotida chet ellik nominal saqlovchi, shu jumladan kastodian funksiyasini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil oktabr

Axborot-resurs markazi,

QQMD

7. Savdo bitimlari amalga oshirilganda qimmatli qogʻozlar va pul mablagʻlarini oldindan depozitga qoʻyish talablarini bekor qilish va yangi hisob-kitoblar (kliring) modelida, jumladan korporativ qimmatli qogʻozlarni saqlash, hisobini yurituvchi va hisob-kitoblarni amalga oshirishni taʼminlovchi YADTK depozitar dasturiy taʼminotida risk menejmenti amaliyotini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

OʻzRVB,

QQMD,

Markaziy bank,

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA)

4.

“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJda SWIFT tizimini joriy etish.

1. Davlat va korporativ qimmatli qogʻozlar uchun joriy etilgan SWIFT aloqalarining turlarini oʻrganish va tahlil qilish.

Tahliliy maʼlumot

2023-yil dekabr

OʻzRVB,

QQMD

2. SWIFT tizimining ishlatilishi, unga texnik xizmat koʻrsatish hamda ISO 15022 va ISO 20022 standartlari boʻyicha tegishli oʻquv kurslarini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

OʻzRVB,

QQMD

3. Davlat va korporativ qimmatli qogʻozlar uchun quyidagi SWIFT aloqalarini yoʻlga qoʻyish:

barcha operatsiyalarning ISO 15022 standartlariga muvofiqligini taʼminlash;

xorijiy tajribada ISO 20022 standartlari qoʻllanadigan operatsiyalarning Oʻzbekistonda ushbu standartlarga muvofiqligini taʼminlash;

ISO 15022 va ISO 20022 xabarlari oʻrtasida ikki tomonlama konvertatsiyani (bir standartdan ikkinchi bir standartga oʻtish) yoʻlga qoʻyish;

xorijiy tajribaga muvofiq qolgan operatsiyalar uchun ISO 20022 standartlarini 2028-yilga qadar bosqichma-bosqich joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yil iyul

OʻzRVB,

QQMD

5.

Xalqaro va xorijiy qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariylariga ulanish.

1. Xalqaro va xorijiy qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariylari, jumladan “Clearstream” mijozlari uchun Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysida xorijiy nominal hisobvaraqlar ochish hamda “Clearstream” tashkilotida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysining hisobvaragʻini ochish orqali ushbu tashkilot bilan ikki tomonlama korrespondentlik munosabatlarini oʻrnatish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2025-yil fevral

QQMD,

OʻzRVB

6.

Korporativ va davlat qimmatli qogʻozlarini saqlash, hisobga olish va ular boʻyicha hisob-kitoblar amalga oshirilishini taʼminlovchi “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ faoliyatini takomillashtirish.

1. Mirzo Ulugʻbek tumani, Mustaqillik koʻchasi, 107-uyda joylashgan bino birinchi qavati va yertoʻlasining chap qismini “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJning ustav fondiga balans qiymatida oʻtkazish.

Dalolatnoma, buyruq

2023-yil oktabr

Davaktiv agentligi,

QQMD

2. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DUKni balans qiymatida aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etish.

Aksiyalar chiqariluvi

2023-yil oktabr

Davaktiv agentligi,

Markaziy bank,

ILMA

3. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJdagi davlat aksiya paketlari boʻyicha aksiyador huquqini amalga oshirish uchun ularni Markaziy bankka tekinga oʻtkazish.

Dalolatnoma

2023-yil noyabr

Davaktiv agentligi,

Markaziy bank

4. Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilariga “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJning nazorat paketini saqlagan holda bir qism aksiyalarini sotish boʻyicha taklif kiritish.

Takliflar

2024-yil davomida

ILMA,

Markaziy bank,

Davaktiv agentligi

5. Korporativ va davlat qimmatli qogʻozlarini saqlovchi va hisobga oluvchi hamda ular boʻyicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yagona depozitar dasturiy taʼminotni yaratish boʻyicha takliflarni kiritish.

Tahliliy maʼlumot

2024-yil aprel

QQMD,

OʻzRVB,

Axborot-resurs markazi

6. Qimmatli qogʻozlar boʻyicha komissiyalar xalqaro tashkiloti (IOSCO) prinsiplariga asoslangan qimmatli qogʻozlarni saqlash, hisobini yuritish va hisob-kitob tizimini amaliyotga joriy qilish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil aprel

ILMA,

QQMD,

OʻzRVB

7.

Norezidentlarning qimmatli qogʻozlarini mahalliy bozorda hamda rezidentlarning qimmatli qogʻozlarini chet el bozorlarida muomalaga kiritish tartibini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-avgustdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlarni muomalaga kiritish kvotalari va tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil dekabr

ILMA,

“Toshkent” RFB,

QQMD,

manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlari toʻgʻrisidagi axborotlarning dolzarbligini taʼminlash.

1. Aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyadorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni solishtirish va dolzarbligini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil noyabr

ILMA,

QQMD,

Raqamlashtirish vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

IIV,

Adliya vazirligi,

Personallashtirish agentligi

2. Vafot etgan, doimiy yashash uchun xorijiy davlatga koʻchib ketgan, shaxsini aniqlash imkoni boʻlmagan, merosxoʻrlari aksiyani olishdan voz kechgan jismoniy shaxslarga yoki davlat reyestridan chiqarilgan yuridik shaxslarga tegishli aksiyalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumot

2023-yil dekabr

Davaktiv agentligi,

QQMD,

ILMA

9.

“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK, Markaziy depozitariy va “Toshkent” RFB faoliyatini yanada takomillashtirish.

1. “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK, Markaziy depozitariy va “Toshkent” RFB faoliyatini takomillashtirish choralarini koʻrish. Bunda, “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK har yilgi budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, Markaziy depozitariy va “Toshkent” RFBda amalga oshiriladigan bitimlarni hisobga olgan holda uning tariflarini qayta koʻrib chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

ILMA,

Axborot resurs markazi,

Raqobat qoʻmitasi

2. Yagona dasturiy texnik kompleksning dasturiy taʼminoti va serverlari litsenziyasi boʻyicha Koreya birjasi bilan muzokaralar olib borish va takliflar kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Axborot resurs markazi,

ILMA

3. Mazkur dasturiy taʼminotdan foydalanish boʻyicha tegishli oʻquv-trening kurslarini tashkil etish yuzasidan YADTK yaratuvchilari bilan muzokara olib borish.

Grafik asosida

2023-yil sentabr

4. “Total Market Surveillance” dasturiy taʼminotidan foydalanish boʻyicha tegishli oʻquv-trening kurslarini tashkil etish.

Grafik asosida

2023-yil dekabr

10.

Aksiyadorlarga jamiyat toʻgʻrisidagi muhim axborotlarni yetkazish tartibini takomillashtirish.

1. Jamiyat tomonidan hisoblangan dividend va boshqa muhim axborotlarni SMS xabar va (yoki) elektron pochta manzili orqali yetkazish tartibini joriy etish boʻyicha taklif kiritish.

Taklif

2024-yil mart

ILMA,

Raqamlashtirish vazirligi,

QQMD

2. Mazkur taklifni amalga oshirish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil dekabr

11.

“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish.

“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish bilan bogʻliq hujjatlarni ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2023-yil dekabr

ILMA,

Markaziy bank

II. Emitentlar sonini koʻpaytirish, yangi moliyaviy mahsulotlar va korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali taklifni oshirish

12.

Tadbirkorlik subyektlarining kichik va oʻrta toifalari uchun talablarni soddalashtirish.

Tadbirkorlik subyektlarining kichik va oʻrta toifalari uchun savdo maydonchalarini yaratish qoidalarini ishlab chiqish va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan kelishish.

Kuzatuv kengashi qarori

2024-yil dekabr

“Toshkent” RFB,

Axborot-resurs markazi,

ILMA

13.

Fond birjasida moliyaviy instrumentlar turini koʻpaytirish.

Ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, sinov tariqasida “Gold ETF” fondini “Trast fondi” shaklida tashkil etish va uning ulushlarini muvaffaqiyatli joylashtirish boʻyicha meʼyorlarni nazarda tutgan holda taklif kiritish.

Taklif

2024-yil iyul

ILMA,

Markaziy bank,

Adliya vazirligi

14.

Korporativ axborot yagona portalini takomillashtirish.

Mahalliy va xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda Korporativ axborot yagona portalini takomillashtirish boʻyicha texnik topshiriq tayyorlash. Bunda, Portalda tahliliy axborotlarni avtomatik tarzda shakllantirish, manfaatdor shaxslarga axborotlarni taqdim etish imkoniyatini nazarda tutish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil noyabr

ILMA,

Axborot-resurs markazi

16.

Oʻz xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini (ESOP) joriy etish.

1. Oʻz xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini (ESOP) joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil aprel

ILMA

2. Aksiyalari birlamchi ommaviy taklif qilish orqali sotilishi belgilangan davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan oʻz xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasini (ESOP) joriy qilish.

Boshqaruv organlari qarorlari

2024-yil avgust

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davaktiv agentligi,

ILMA

17.

Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻini ochish va pul mablagʻlarining hisobini yuritish.

1. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi, uni ochish va undagi mablagʻlarning hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

ILMA,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Shaxsiy investitsiya hisobvaragʻi toʻgʻrisida aholi orasida keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil fevral

“Toshkent” RFB,

ILMA,

OʻzMTRK

18.

Qimmatli qogʻozlar hajmini oshirish.

1. Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tijorat banklari va sugʻurta tashkilotlari tomonidan uyushgan savdolardagi qimmatli qogʻozlarga (davlat qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) kiritiladigan investitsiya hajmini ular tomonidan davlat qimmatli qogʻozlariga qilingan jami investitsiyalar hamda depozit va/yoki depozit sertifikatlariga qoʻyilgan mablagʻlarga nisbatan 3 (uch) foizga yetkazish.

Chora-tadbirlar rejasi

2024-yil iyun

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davaktiv agentligi,

ILMA

2. Davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar bir moliya yilida jalb qiladigan jami mablagʻlarining bir qismini (kreditning kamida 5 foizini) mahalliy kapital bozorida birja va korporativ obligatsiyalarni qimmatli qogʻozlarning uyushgan savdolarida joylashtirish orqali jalb etish.

2024-2025-yillar uchun grafik asosida

2025-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davaktiv agentligi,

ILMA

III. Kapital bozorini huquqiy tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish

20.

Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yigʻilishlari va majlislarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etish.

Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari (taʼsischilar, aksiyadorlar, ishtirokchilar, kuzatuv kengashi) umumiy yigʻilishida yoki majlisida masofadan turib ishtirok etish va ovoz berishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda, quyidagi masalalarni nazarda tutish:

fond birjasi kotirovka varagʻiga kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlar yigʻilishlarini yuzma-yuz formatda oʻtkazish bilan bir qatorda, aksiyadorlar uchun ushbu yigʻilishlarda avtorizatsiya va identifikatsiyadan oʻtishni taʼminlovchi elektron kanallar orqali masofadan turib ishtirok etish imkoniyatini yaratish;

qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi, shu jumladan chet ellik nominal saqlovchi uchun aksiyadorlar umumiy yigʻilishi kun tartibida turgan masalalar boʻyicha aksiyalarning benefitsiar mulkdorlari koʻrsatmasiga muvofiq ovoz berish, shu jumladan har bir benefitsiar mulkdor nomidan alohida ovoz berish (yaʼni qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi oʻz mijozi boʻlgan benefitsiar mulkdorlarning bir qismi nomidan “Ha” deb, boshqa bir qismi nomidan “Yoʻq” deb ovoz berishi mumkin) imkoniyatini beruvchi huquqiy baza va texnologik tizimni yaratish;

mazkur tizimda korporativ qarorlar natijasida global depozitariy harakatlar jarayonida tarqatiladigan qoʻshimcha qimmatli qogʻozlar boʻyicha huquqlarning paydo boʻlishi bilan bogʻliq eʼlonlarning jamiyatdan aksiyadorlarga borishi va bunday eʼlonlarga javoblar, murojaatlar, aksiyadorlar huquqlarini amalga oshirish boʻyicha bayonotlarning aksiyadorlardan jamiyatga borishini taʼminlovchi avtomatlashtirilgan axborot almashinuvini koʻzda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil iyul

ILMA,

Davaktiv agentligi,

QQMD,

Raqamlashtirish vazirligi

21.

Qimmatli qogʻozlar boʻyicha daromadlarni toʻlash tartibini takomillashtirish.

Dividendlar va foiz koʻrinishidagi daromadlarni “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” AJ va (yoki) investitsiya vositachilari orqali qimmatli qogʻozlar egalari, investitsiya vositachilari yoki chet ellik nominal saqlovchilarning hisobvaraqlariga toʻlash tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil dekabr

ILMA,

Markaziy bank,

QQMD

22.

Ilgʻor xorijiy tajribani inobatga olgan holda qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining malaka imtihonlarini oʻtkazish va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining malaka imtihonlarini oʻtkazish va malakasini oshirish sohasida xorijiy mamlakatlar qonun hujjatlarini tahlil qilish va ilgʻor tajribasini oʻrganish.

Tahliliy maʼlumot

2024-yil yanvar

ILMA

2. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining mahalliy va xorijiy uyushmalariga (birlashmalariga) quyidagi funksiyalarni berish maqsadga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqqan holda kapital bozorida malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish, uni berish va qayta rasmiylashtirish tartibini qayta koʻrib chiqish:

kapital bozorida malaka sertifikatini olish uchun malaka imtihonlarini oʻtkazish, uni berish va qayta rasmiylashtirish;

kapital bozori mutaxassislarining malakasini oshirish dasturlarini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2024-yil aprel

23.

Offshor hududlarda roʻyxatga olgan investorlar uchun aksiyalar olish boʻyicha belgilangan cheklovlarni qayta koʻrib chiqish.

Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida offshor hududlar roʻyxatini qayta koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish.

Tahliliy maʼlumot

2023-yil dekabr

ILMA,

Markaziy bank,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Soliq qoʻmitasi,

“Toshkent” RFB

24.

Qimmatli qogʻozlar chiqarishni roʻyxatdan oʻtkazish tartibini soddalashtirish.

Qimmatli qogʻozlarni roʻyxatdan oʻtkazishda “qutida roʻyxatga olish” (shelf-registration) amaliyotini joriy etish yuzasidan taklif kiritish.

Tahliliy maʼlumot

2024-yil sentabr

ILMA,

Adliya vazirligi

25.

Aksiyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish va axborotlarni oshkor etish tartibini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

uch yil ichida talab qilib olinmagan dividendlarni aksiyadorlik jamiyatlari ixtiyorida qoldirish tartibini bekor qilish;

emitentlar tomonidan oshkor etilishi lozim boʻlgan hisobotlar, muhim fakt va axborotlarni Korporativ axborot yagona portalida eʼlon qilish va mazkur axborotlarni “Toshkent” RFB veb-saytiga avtomatik tarzda yu?lash.

Qonun loyihasi

2023-yil dekabr

ILMA,

Adliya vazirligi

IV. Kapital bozorida soliq tizimini takomillashtirish

26.

Kapital bozorida soliq tartibotlarini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

aksiyalar ommaviy joylashtirilishida (IPO) korxonalar xodimlari korxona tomonidan joriy qilingan oʻz xodimlarining aksiyalarga egalik qilish rejasi (ESOP) doirasida ularga ushbu aksiyalarni sotib olish boʻyicha imtiyozli huquqni taqdim etish. Bunda, ularning roziligi asosida bir kalendar yil davomida aksiyalarni olishga yoʻnaltiradigan oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlaridan oshmaydigan mablagʻlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish;

soliq toʻlovchining soliq davri davomida jami mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yuz baravarigacha boʻlgan miqdordagi ish haqi va boshqa daromadlaridan mahalliy fond bozorida emissiya qilingan qimmatli qogʻozlarni sotib olish uchun shaxsiy investitsiya hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladigan daromadlarini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod qilish. Bunda, soliq toʻlovchi qimmatli qogʻozlarni sotib olish va mablagʻlarini oʻn ikki oy ichida qaytarib olmaslik majburiyatini oladi. Soliq toʻlovchi tomonidan mazkur majburiyatlar bajarilmagan holda soliq imtiyozining amal qilishi soliq imtiyozini qoʻllashning butun davri uchun soliqni toʻlash majburiyati tiklangan holda bekor qilinadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi “Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-90-son qarori 1-bandida nazarda tutilgan imtiyozlarning amal qilish muddatini 2028-yil 31-dekabrga qadar uzaytirish;

jami daromaddan REPO operatsiyalari boʻyicha daromadni chiqarib tashlash.

Qonun loyihasi

2023-yil oktabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

ILMA,

Davaktiv agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Investorlar bazasini kengaytirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish

27.

Norezidentlar tomonidan milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish tartibini soddalashtirish.

Uyushgan savdolarda aksiyalar bilan bir qatorda korporativ obligatsiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlarga milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish boʻyicha qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

Markaziy bank,

ILMA,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

28.

Birja aʼzolarini savdolarda qatnashish imkoniyatini kengaytirish.

“Toshkent” RFB aʼzolarini soddalashtirilgan tartibda “OʻzRVB” AJ aʼzoligiga qabul qilish boʻyicha yagona tartibni tasdiqlash.

Bunda, ikki birja aʼzolarini oʻzaro tan olish tamoyillari nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

OʻzRVB,

“Toshkent” RFB,

ILMA,

Markaziy bank

29.

Depo hisobvaragʻini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratish.

Depo hisobvaragʻini masofadan turib ochish va investorlar bilan shartnoma tuzish tartibini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, investorlarni identifikatsiya qilish “Elektron hukumat” tizimi orqali davlat axborot tizimlarining bepul olinadigan maʼlumotlaridan foydalangan holda amalga oshirilishini nazarda tutish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktabr

ILMA,

Raqamlashtirish vazirligi

30.

Aholining kapital bozori sohasiga oid masalalar boʻyicha moliyaviy savodxonligini oshirish dasturlarini izchil amalga oshirish.

1. Kapital bozori asoslarini oʻrganish boʻyicha maqolalar va boshqa kontentlarni yaratish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining finlit.uz moliyaviy savodxonlik sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish boʻyicha hamkorlik qilish.

2. Aholining kapital bozorida moliyaviy savodxonligini oshirish masalalari va uning muammolarini yoritib borish maqsadida veb-sayt va telegram kanal orqali axborot va taʼlim resurslarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil noyabr

ILMA,

Markaziy bank

31.

Kapital bozori, shu jumladan fond birjasidagi holatni yoritish hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish.

1. Kapital bozori boʻyicha telekoʻrsatuvlarni tashkil etish.

Grafik

2023-yil dekabr

“Toshkent” RFB,

OʻzRVB,

QQMD,

ILMA,

OʻzA,

OʻzMTRK

2. Aholining kapital bozori sohasiga oid masalalar boʻyicha moliyaviy savodxonligini oshirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2023-yil dekabr

“Toshkent” RFB,

OʻzRVB,

QQMD,

kapital bozori nodavlat notijorat tashkilotlari

(kelishuvga koʻra)

VI. Kapital bozori ishtirokchilarining malakasini oshirish, ularni oʻqitish va qayta oʻqitish tizimini yaratish

32.

Kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha institutsional bazani rivojlantirish.

1. Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlimning barcha darajalarini (magistratura, PhD) qamrab oluvchi “Kapital bozori” mutaxassisligi boʻyicha kadrlarni uzluksiz tayyorlash va Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi va oliy taʼlim muassasalari ishtirokida kapital bozoridagi kamchilik va muammolarni tadqiq qilishga doir mavzularni oliy taʼlim muassasalarida magistrlik dissertatsiyalari va ilmiy ishlar roʻyxatiga kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

OTFIV,

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi,

ILMA,

OTMlar

3. Tajriba almashish hamda moliyaviy savodxonlik va kapital bozoriga oid masalalarni muhokama qilish uchun mahalliy va xalqaro konferensiyalarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2024-yildan boshlab,

doimiy

ILMA,

OTFIV,

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi,

OTMlar

4. Xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda kapital bozori rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ularning malakasini oshirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

ILMA,

Markaziy bank

5. Yuqori malakali, shu jumladan xorijiy davlatlarning qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga soluvchi organlarida ish tajribasiga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb etish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-254-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-sentabrdagi PQ-291-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5073-son qarorida:
birinchi xatboshidagi “Moliya vazirligiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidan “, shuningdek, lotereyalarni tashkil etish faoliyatini” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 3 va 4-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. 2023-yil 15-sentabrdan boshlab quyidagi mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligiga yoʻnaltirilsin”;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
sakkizinchi xatboshidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi “Kapital bozorini qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-90-son qarorida:
a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “2024-yil 31-dekabrga” soʻzlari “2028-yil 31-dekabrga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“Istiqbolli loyihalar milliy agentligi 2025-yil 1-fevralga qadar eksperiment natijalarini chuqur tahlil qilgan holda, uni qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan barcha ishtirokchilarga tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yuzasidan taklif kiritsin.”
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-415-son qarorida:
a) 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Istiqbolli loyihalar milliy agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7 va 11-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
10 va 12-pozitsiyalarning “Ijro muddati” ustunidagi “2023-yil dekabr” soʻzlari “2025-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 07/23/291/0667-son; 28.11.2024-y., 06/24/200/0981-son; 22.12.2025-y., 06/25/254/1195-son)