1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oliy ta’lim muassasalari talabalarini turar joy bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
Talabalarni turar joy bilan ta’minlashning shaffof va samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmati markazlari va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi hamda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 728-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risidagi nizom.
talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali elektron shaklda real vaqt rejimida hisobga qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.14.00 Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.14.00 Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
a) 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining:
1-kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglament talablari asosida amalga oshiriladi;
2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza oliy ta’lim muassasasi talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 2023-yil 25-avgustga qadar topshiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
b) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyiga joylashish onlayn shaklda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.01.00 Umumiy qoidalar]
v) quyidagi toifadagi talabalar ustuvorlik asosida talabalar turar joylariga qabul qilinadi:
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
Ijtimoiy reyestr, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;
(3-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-sonli ““Temir daftar” orqali ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori bilan tasdiqlangayen “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
xalqaro fan olimpiadalari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
“Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi g‘olibi bo‘lgan talabalar;
oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;
talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar;
g) davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali elektron ariza berish va to‘lovlarni amalga oshirishda davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.07.00.00 Ma’muriy-huquqiy tartiblar (rejimlar) / 02.07.08.00 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni ta’minlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish;
3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.14.00 Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish]
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:
a) 2023-yil 20-avgustga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan talabalarni talabalar turar joyiga onlayn joylashtirish imkoniyatini beruvchi axborot tizimi ishlab chiqilishi va keyinchalik qo‘llab-quvvatlanishini;
Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali 2023-yil 20-avgustga qadar tegishli elektron ma’lumotlar bazalarining o‘zaro integratsiya qilinishini;
oliy ta’lim muassasalari hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etuvchi boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini ta’minlasin;
b) YIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ushbu qaror talablarining bajarilishi bo‘yicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy monitoring olib borsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
6. Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Yu. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-avgust,
376-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.14.00 Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning
MA’MURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
1. Mazkur Reglament davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarini talabalar turar joylariga joylashtirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
2. Ushbu Reglamentning qoidalari xorijiy, nodavlat va harbiy oliy ta’lim tashkilotlari talabalar turar joylari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurilgan talabalar turar joylarining xususiy sherik uchun tijoriy maqsadlarda ajratiladigan o‘rinlariga talabalarni qabul qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maxsus axborot tizimi — talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish jarayonini raqamlashtiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) yagona axborot tizimi;
imtiyozli ro‘yxat — Reglamentning 5-bandiga muvofiq aniqlanadigan hamda talabalar turar joyiga birinchi navbatda joylashish huquqiga ega talabalar ro‘yxati;
umumiy ro‘yxat — talabalar turar joyiga joylashish istagini bildirgan imtiyozli ro‘yxatda mavjud bo‘lmagan talabalar ro‘yxati.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
4. Maxsus axborot tizimiga quyidagi ma’lumotlar oliy ta’lim muassasasi tomonidan muntazam kiritib boriladi:
a) har yili 1-avgustga qadar:
tizimidagi har bir talabalar turar joyining manzili va quvvati (o‘quv yili davomida qo‘shimcha o‘rinlar yaratilgan taqdirda, bir ish kuni davomida);
talabalar turar joyida kurslar va fakultetlarga ajratilgan o‘rinlar soni (o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i bilan qayta taqsimlangan taqdirda, shu kunning o‘zida);
b) muntazam ravishda — talabalar turar joyida mavjud bo‘sh o‘rinlar soni (bo‘sh o‘rin paydo bo‘lgan taqdirda shu kunning o‘zida tegishli ma’lumot maxsus axborot tizimiga kiritiladi).
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
5. Imtiyozli ro‘yxatga quyidagi mezonlarning biriga mos keluvchi talabalar kiritiladi:
a) tegishli tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida:
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
Ijtimoiy reyestr, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila (ayol) farzandlari;
(5-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;
xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talabalar;
bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari.
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 32-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2026-y., 09/26/32/0084-son)
b) oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) buyrug‘i asosida:
xalqaro va Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talabalar;
Vazirlik tomonidan o‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual o‘yinlari respublika bosqichi g‘oliblari;
“Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘oliblari;
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari;
talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
6. Imtiyozli ro‘yxatdagi mezonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ariza berish jarayonida:
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, chin yetimlar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining axborot tizimi orqali;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi orqali;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar va “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining axborot tizimi orqali;
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimi orqali;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yoshlar ishlari agentligining axborot tizimi orqali;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 8-maydagi 272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.05.2024-y., 09/24/272/0337-son)
1-kursga tavsiya etilgan talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligining axborot tizimi orqali;
2-kurs va undan yuqori kurs talabalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Vazirlikning axborot tizimi orqali avtomatik tekshiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
7. Davlat xizmatlari markazlari, oliy ta’lim muassasalari va mutasaddi vazirlik va idoralar o‘rtasida axborotlar almashinuvi faqat idoralararo elektron o‘zaro hamkorlik orqali elektron raqamli imzoni qo‘llagan holda amalga oshiriladi.
Ushbu Reglamentning 6-bandida ko‘rsatilgan holatlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasidan olinadi.
Tegishli ma’lumotlar “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida aniqlanmagan taqdirda, talabadan imtiyozli ro‘yxatdagi mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatning nusxasini so‘rashga yo‘l qo‘yiladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
8. Umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun oliy ta’lim muassasasi talabalar turar joyida ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foizi;
2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foizi;
3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi.
Bunda:
kurslarga ajratilgan, biroq to‘lmay qolgan o‘rinlar avvalo quyi kurs talabalari orasida, so‘ng kurslarning ortib borishi tartibiga qat’iy amal qilgan holda yuqori kurs talabalari orasida qayta taqsimlanadi;
oliy ta’lim muassasasi tomonidan talabalar turar joyidagi o‘rinlar soni umumiy ro‘yxat bo‘yicha fakultetlar kesimida taqsimlanishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
9. Umumiy ro‘yxatga kiritiladigan talabalar quyidagi ketma-ketlik asosida talabalar turar joyiga joylashtiriladi:
bitta oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan oila farzandlari;
kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar (kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalar turar joyiga ehtiyoji bor talabalar to‘liq ta’minlanmasdan turib, boshqa ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi);
talaba qizlar (talabalar kontingentidan kelib chiqib oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) ushbu ustuvorlik ulushini belgilaydi);
bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan talabalar (bakalavriat bosqichida o‘qiyotgan turar joyga ehtiyoji bor talabalar to‘liq talabalar turar joyiga joylashtirilmasdan, ta’limning magistratura va doktorantura bosqichida o‘qiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi);
oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududdan boshqa hududda doimiy yashovchi talabalar;
ariza berilgan sana bo‘yicha navbat asosida.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
10. Imtiyozli va umumiy ro‘yxatlar bo‘yicha barcha navbatlar har o‘quv yili yakunidan so‘ng bekor qilinadi hamda avgust oyidan boshlab talabalarning murojaatlari asosida qaytadan shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
11. Talabalarni oliy ta’lim muassasasi talabalar turar joylariga qabul qilish YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan yo‘llanma asosida ushbu Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Talabalarni talabalar turar joyiga yo‘llanmasiz qabul qilish taqiqlanadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
12. Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha yo‘llanmalar taqdim etilgan o‘quv yili uchun amal qiladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi
13. Talaba yo‘llanma olish uchun davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelib (ishonchli vakil orqali) yoki mustaqil ravishda YIDXP orqali murojaat qilishi mumkin.
14. Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish har yili 1-avgustdan boshlanadi va o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
15. Talaba davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilganda, markaz xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq so‘rovnomani to‘ldiradi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
16. So‘rovnoma asosida maxsus axborot tizimida quyidagi harakatlar avtomatik ravishda amalga oshiriladi:
talabani imtiyozli yoki umumiy ro‘yxatga kiritish;
talabalar turar joyida bo‘sh o‘rin bo‘lganda, yo‘llanmani shakllantirish;
talabalar turar joyida bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lmagan taqdirda — tegishli ro‘yxat bo‘yicha talabani navbatga qo‘yish va bu haqda xabarnoma yuborish;
talabalar turar joyida o‘rinlar bo‘shashi bilan bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik yangilab borish.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
17. Talaba quyidagi huquqlarga ega:
so‘rovnoma yuborilganidan so‘ng ham undagi ma’lumotlarni tahrirlash;
talabalar turar joyida, jumladan, tegishli fakultet bo‘yicha mavjud bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi ma’lumotni ko‘rish;
davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki maxsus raqamga so‘rov yuborish orqali ro‘yxatdagi navbat holati haqida SMS-xabar olish. Bunda har bir kiruvchi SMS-xabar uchun to‘lov ariza beruvchi hisobidan undiriladi;
har qanday bosqichda davlat xizmati ko‘rsatilishidan voz kechish.
Ariza beruvchi talaba onlayn tarzda navbatni kuzatishi va YIDXPda xabarnomalarni olishi, shuningdek talabalar turar joyiga qabul qilish uchun ariza berish usulidan (YIDXP yoki davlat xizmatlari markazlari orqali) qat’i nazar, davlat xizmatlari markazlarida murojaat holati to‘g‘risida ma’lumotni bepul olishi mumkin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
18. Oliy ta’lim muassasasi talabaning so‘rovnomasida kamchiliklarni aniqlagan taqdirda, ariza beruvchiga besh ish kuni ichida ularni bartaraf etish uchun imkoniyat beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
19. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi hamda kamchiliklar belgilangan muddat mobaynida bartaraf etilmaganligi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Talabani talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish taqiqlanadi.
Davlat xizmatidan foydalanish rad etilgan yoki talaba davlat xizmati ko‘rsatilishidan voz kechgan taqdirda, talabaning so‘rovnomasi tizim tomonidan avtomatik ravishda ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi va navbatdan chiqariladi. Bunda navbatga turish haqidagi xabarnoma yoki yo‘llanma so‘rovnoma bilan birgalikda bekor qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
20. Talabalar turar joyiga joylashish uchun yo‘llanma talabalar turar joyida o‘rinlar bo‘shagan kuni maxsus axborot tizimida dastlab imtiyozli ro‘yxat, so‘ng umumiy ro‘yxatdagi navbat bo‘yicha avtomatik ravishda shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
21. Maxsus axborot tizimi tomonidan shakllantirilgan elektron yo‘llanma va talabalarning navbatga qo‘yilganligi haqidagi elektron xabarnoma ularning qog‘oz shakliga tenglashtiriladi.
Bunda yo‘llanma va xabarnomalar avtomatik ravishda oliy ta’lim muassasasiga hamda ariza beruvchiga davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboriladi.
Davlat xizmatlari markazi yo‘llanma kelib tushgandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilgan taqdirda, yo‘llanma uning so‘roviga ko‘ra elektron yoki qog‘oz shaklda beriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
22. Talabani talabalar turar joyiga joylashtirish oliy ta’lim muassasasi va ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi.
Bunda:
shartnoma oliy ta’lim muassasasiga yo‘llanma kelib tushgan yoki taqdim etilgan kunning o‘zida tuziladi;
yo‘llanma bilan birgalikda shartnoma va birinchi oy uchun to‘lov topshiriqnomasi avtomatik ravishda shakllantiriladi;
talaba yo‘llanma shakllangandan so‘ng 10 ish kuni mobaynida oliy ta’lim muassasasi bilan shartnoma tuzmasa yoki talabalar turar joyi uchun dastlabki oylik to‘lovni to‘lamagan taqdirda, yo‘llanma bekor qilinadi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
23. Talabalar turar joyi uchun oylik to‘lov miqdori va muddatlari oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi hamda shartnomada aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
24. Talabalarni talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
25. Davlat xizmatlari markazlari, oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlar o‘z faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlaydi.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
26. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 3-bobi.
27. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 1-ILOVA
Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarini talabalar turar joylariga joylashtirish
SXEMASI
Bosqichlar
Mas’ullar
Amalga oshirish mexanizmi
Ijro muddati
1-bosqich
Ariza beruvchi
(talaba)
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali oliy ta’lim muassasasiga so‘rovnoma yuboradi.
Ehtiyojiga ko‘ra
2-bosqich
Oliy ta’lim muassasasi
1. Arizani ko‘rib chiqib, quyidagi xabarnomalardan birini ariza beruvchiga yuboradi:
a) talabalar turar joyida bo‘sh joy mavjud bo‘lsa, talabaning arizasi imtiyozli ro‘yxatdagi mezonlar va umumiy ro‘yxat asosida qabul qilinganligi haqida;
b) talabalar turar joyida bo‘sh joy mavjud bo‘lmasa, navbatga qo‘yilganligi haqida.
Ariza avtomatik tarzda yuborilgach 10 daqiqada
2. Talabalar turar joyida mavjud bo‘sh va band joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni maxsus axborot tizimiga kiritib boradi.
Doimiy ravishda kunlik asosda yangilaydi
3-bosqich
Ariza beruvchi
(talaba)
Talabalar turar joyiga qabul qilinganligi haqidagi QR kodli yo‘llanmani davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali oladi.
Navbat asosida yo‘llanma shakllangandan so‘ng
4-bosqich
Oliy ta’lim muassasasi
Yo‘llanma kelib tushgan yoki taqdim etilgan kunning o‘zida talaba bilan shartnoma tuzadi va uni talabalar turar joyiga joylashtiradi.
Yo‘llanma taqdim etilgan kunning o‘zida
Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ILOVA
Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joylariga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish uchun
II. Oliy ta’lim muassasalari talabalar turar joyi haqida ma’lumot*
Talabalar turar joyi raqami (manzili, sig‘imi)
III. Imtiyozli huquq borligi haqidagi ma’lumotlar va ularni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa)*
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila farzandi
“Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi
“Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxs farzandi
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan talaba
“Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchisi
Chin yetimlar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba
I va II guruh nogironligi bo‘lgan talaba
Xorijiy davlat fuqarosi bo‘lgan talaba
Xalqaro yoki Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan respublika miqyosidagi fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talaba
“Zakovat” intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘olibi
“Yil talabasi” ko‘rik-tanlovi respublika bosqichi g‘olibi
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovining respublika bosqichi g‘olibi
Talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi yoki qavat sardori bo‘lgan talaba
IV. Xabar berish tartibi
1. Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP
2. SMS yoki telefon orqali
3. Elektron pochta orqali
* Ushbu bo‘lim manfaatdor vazirlik va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida avtomatik ravishda shakllantiriladi.
Maxsus axborot tizimida III bo‘lim bo‘yicha tegishli ma’lumot aniqlanmagan taqdirda, ariza beruvchi tomonidan imtiyozli huquqni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi mumkin.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-son qaroriga 2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
ikkinchi xatboshidan “belgilangan mezonlar asosida” so‘zlari chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshidagi “talabani ijtimoiy mezonlar bo‘yicha o‘rganish va talabaga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishni ko‘rib chiqish” so‘zlari “talabalar arizasini ko‘rib chiqish, o‘rganish va oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha qaror qabul qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga, oliy ta’lim muassasalariga ushbu maqsadlarda ajratilgan mablag‘lar doirasida sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi hamda belgilangan tartibda ijara shartnomasi taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan to‘lovlar davom ettiriladi;
davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ijara huquqi asosida yashayotgan, biroq ijara to‘lovlari ushbu qarorda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan talabalarning 60 foizidan ortgan qismi uchun oylik ijara to‘lovi bir qismini ushbu oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan mezonlar va tartib asosida moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi mumkin”;
3. Ilova (Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom)da:
“davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish bo‘yicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — komissiya) — talabalar arizasini ko‘rib chiqish, o‘rganish va oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish bo‘yicha qaror qabul qilishga mas’ul bo‘lgan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tarkibda oliy ta’lim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan tasdiqlanadigan doimiy va jamoatchilik asosida ishlaydigan tuzilma”;
“4. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.
Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lanadi.
5. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida talabgorlar komissiya tomonidan aniqlanadi.
6. Davlat oliy ta’lim muassasalarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari), davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishidan qat’i nazar, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning 60 foiziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
7. Ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi anketa-arizani ikki nusxada to‘ldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki oliy ta’lim muassasasining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga (keyingi o‘rinlarda — mas’ullar) topshiradi.
Bunda ariza beruvchi mazkur bandda keltirilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda o‘zining ijtimoiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni (agar mavjud bo‘lsa) ilova qilishi lozim”;
v) 3-bobning nomidan “ijtimoiy mezonlar bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“10. Mas’ullar bir hafta davomida tyutorlar bilan birgalikda ariza beruvchilarning ma’lumotlarini komissiyaga taqdim etish uchun har tomonlama o‘rganadi”;
d) 11-banddagi “xulosa berish” so‘zlari “qaror qabul qilish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
e) 12-banddagi “talabgorlar” so‘zi “ariza beruvchilar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
j) 13-banddagi “talabgor” so‘zi “ariza beruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
z) 22-bandning birinchi xatboshisidan “hamda ijtimoiy mezonlarga ko‘ra” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“24. Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi.
Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga komissiya qarori asosida oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin”;
“25. Quyidagi holatlarda ariza beruvchiga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi ushbu Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan talabalar ro‘yxatida mavjud bo‘lganda;
ariza beruvchining ijara shartnomasida ko‘rsatilgan manzilda yashamasligi, ijarada yashayotgan manzil ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli ekanligi, ijara shartnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilmaganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;
ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda”;
l) 2-ilova (Anketa-ariza)ning 10-bandi uchinchi xatboshisidagi “ijtimoiy mezonlarga muvofiqligimni” so‘zlari “ijtimoiy holatimni” so‘zlari bilan almashtirilsin.