1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.02.00.00 Fuqarolarni uy-joy bilan taʼminlash. Uy-joy fondidan foydalanish / 08.02.02.00 Uy-joy binosini jismoniy shaxslar tomonidan ijaraga olish (yollash);
3.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.14.00 Taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish;
4.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Yoshlarga doir siyosat toʻgʻrisida qonun hujjatlari;
2.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya;
3.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Taʼlim]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va bandligiga koʻmaklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi PF-6208-son Farmoni bilan:
2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi, bunda:
ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravaridan oshmasligi;
ijara toʻlovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, oʻrnak koʻrsatgan va faol talabalar uchun qoplab berilishi;
oliy taʼlim muassasalari tomonidan ularning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab berilishi mumkinligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
davlat oliy taʼlim muassasalarining faqat kunduzgi taʼlim shaklida, davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan barcha talabalarga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
ariza beruvchi talaba tomonidan oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish uchun oʻzi taʼlim olayotgan fakulʼtetga yoki oliy taʼlim muassasasining Registrator ofisiga yozma ariza bilan murojaat etish tartibi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2026-y., 09/26/32/0084-son)
davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish boʻyicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi tomonidan talabalar arizasini koʻrib chiqish, oʻrganish va oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha qaror qabul qilish;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
ijara huquqi asosida yashaydigan talabaga oylik ijara toʻlovlarining bir qismini qoplab berishni moliyalashtirish va toʻlab berish tartibi.
talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan oliy taʼlim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) boʻlgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga, oliy taʼlim muassasalariga ushbu maqsadlarda ajratilgan mablagʻlar doirasida sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara toʻlovining bir qismi qoplab beriladi hamda belgilangan tartibda ijara shartnomasi taqdim etgan talabalarga noyabr oyidan toʻlovlar davom ettiriladi;
davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan ijara huquqi asosida yashayotgan, biroq ijara toʻlovlari ushbu qarorda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplanadigan talabalarning 60 foizidan ortgan qismi uchun oylik ijara toʻlovi bir qismini ushbu oliy taʼlim muassasasi tomonidan tasdiqlangan mezonlar va tartib asosida moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplab berilishi mumkin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021-yilda mazkur qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralarning asoslangan hisob-kitoblariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻ ajratsin, 2022-yildan boshlab esa — tegishli mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 24-sentabr,
605-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga ILOVA
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
1. Ushbu Nizom yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy taʼlim muassasalari talabalarining oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab berish hamda davlat oliy taʼlim muassasalarining ijarada yashayotgan talabalariga davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz), Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron platformasi (keyingi oʻrinlarda — Maxsus platforma) orqali oylik ijara toʻlovining bir qismini qaytarish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizom talablari nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga, xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallari, oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-martdagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y., 09/26/88/0192-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — davlat oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan hamda ijara huquqi asosida yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, shuningdek, respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan talaba;
ijara huquqi asosida yashaydigan talaba — yotoqxonada, ota-otasi yoki yaqin qarindoshi bilan birga yashamaydigan, oʻziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijarada yashovchi talaba;
vakolatli organ — davlat oliy taʼlim muassasasi;
davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish boʻyicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) — talabalarning arizasini koʻrib chiqish, oʻrganish va oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha qaror qabul qilishga masʼul boʻlgan, ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori) tomonidan tasdiqlanadigan, jamoatchilik asosida doimiy ishlaydigan tuzilma;
talabgor — ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish toʻgʻrisida komissiya tomonidan ijobiy xulosa olgan talaba.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-martdagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y., 09/26/88/0192-son)
3. Ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara toʻlovi bir qismini qoplab berish qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qoʻyilgan koʻchmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.
Roʻyxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.
4. Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan boʻlishlari shart.
Bunda talabgorlarga oylik ijara toʻlovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qatʼi nazar, Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, qolgan hududlarda — bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida toʻlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
5. Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida talabgorlar komissiya tomonidan aniqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
6. Davlat oliy taʼlim muassasalarining faqat kunduzgi taʼlim shaklida (xorijiy hamkor oliy taʼlim tashkilotlarining qoʻshma taʼlim dasturlari asosida va fakultetlarida taʼlim olayotgan talabalardan tashqari), davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida tahsil olishidan qatʼi nazar, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning 60 foiziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
2-bob. Ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish uchun ariza bilan murojaat etish
7. Ariza beruvchi arizaning davlat xizmatini koʻrsatish doirasida koʻrib chiqish holatini YIDXP yoki Maxsus platforma orqali kuzatib borishi mumkin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-martdagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y., 09/26/88/0192-son)
71. YIDXP va vakolatli organ oʻrtasidagi elektron davlat xizmatini koʻrsatish doirasida axborot almashinuvi “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali amalga oshiriladi.
72. Talabalar oʻzlarining doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingan joyidan qatʼi nazar, istalgan Markazga davlat xizmatidan foydalanish uchun murojaat qilishi mumkin.
73. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun oylik ijara toʻlovining bir qismini qaytarish boʻyicha davlat xizmati ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema asosida koʻrsatiladi.
74. Ariza beruvchi davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP yoki Maxsus platformadan roʻyxatdan va (yoki) avtorizatsiyadan oʻtadi.
75. Ariza beruvchi Markazga oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Markaz xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP yoki Maxsus platforma orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnoma boʻyicha maʼlumotlarni elektron ravishda kiritadi. Bunda ariza beruvchining murojaatiga oid quyidagi maʼlumotlar “Elektron hukumat” idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali avtomatik tarzda aniqlanadi:
shaxsga doir maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamentining elektron axborot tizimi orqali;
doimiy yashash manzili — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining manzil-maʼlumot elektron axborot tizimi orqali;
tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi boʻyicha taʼlim maʼlumotlari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish — HEMIS” axborot tizimi orqali;
koʻchmas mulk ijara shartnomasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining “Soliq toʻlovchilar tomonidan koʻchmas mulkni ijaraga berish yoki bepul foydalanish shartnomalarini soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkazish” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — ijara.soliq.uz) orqali.
Ariza beruvchidan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga ariza beruvchi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ariza beruvchi tomonidan ariza yuborishda amalda qabul qilingan arizasi mavjud boʻlmasligi talab etiladi. Bunda ariza beruvchining tegishli maʼlumotlari oʻzgargan taqdirda, qayta ariza yuborish imkoniyati yaratiladi.
Ariza beruvchi YIDXP orqali davlat xizmatidan foydalanganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
76. Soʻrovnomaga zarur maʼlumotlar rasmiylashtirib, kiritilgandan soʻng Markaz xodimi ariza beruvchiga QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan soʻrovnomani ikki nusxada chop etib, taqdim etadi. Ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, soʻrovnomani oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi, bir nusxasini oʻzida olib qoladi va ikkinchi nusxasini Markaz xodimiga beradi.
Soʻrovnoma ariza beruvchining imzosi bilan tasdiqlangandan soʻng Markaz xodimining ERIsi bilan tasdiqlangan holda, Maxsus platformaga avtomatik tarzda kiritiladi.
77. Vakolatli organ tomonidan arizalar har oyning 15-sanasiga qadar koʻrib chiqiladi. Bunda oliy taʼlim muassasalarida tashkil etilgan ijara komissiyalar tomonidan talabalarning arizalari asosida bayonnoma elektron raqamli imzo (ERI) orqali tasdiqlanadi va buyruqlar shakllantiriladi. Oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) komissiya aʼzolari tomonidan kelishilgan buyruqni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlaydi. Tasdiqlangan buyruq asosida talabalarga ijara toʻlovlarining bir qismi qoplab beriladi.
Soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishda uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning murojaati koʻrilmasdan qoldiriladi.
Ariza beruvchi tomonidan ariza maʼlumotlarini ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda, ariza yuborilgan platforma orqali yuklab olish imkoniyati yaratiladi.
(71 — 77-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-martdagi 88-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y., 09/26/88/0192-son)
8. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish:
oʻquv yili davomida, yaʼni har yili 1-sentabrdan 1-iyulgacha etib yoki oʻqitish dasturi boʻyicha oʻquv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi;
ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasiga qadar arizalar masʼullarga taqdim etilganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ushbu muddatlar tugagandan keyin taqdim etilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
9. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlar va ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
10. Masʼullar bir hafta davomida tyutorlar bilan birgalikda ariza beruvchilarning maʼlumotlarini komissiyaga taqdim etish uchun har tomonlama oʻrganadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
11. Masʼullar hafta davomida oʻrganilgan maʼlumotlarni umumlashtirib, koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida komissiyaga taqdim etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
4-bob. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni komissiya tomonidan koʻrib chiqish tartibi
12. Masʼullar taqdim etgan ariza beruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bir kun muddatda komissiya tomonidan oʻrganib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
13. Komissiya ishining tashkiliy shakli yigʻilish hisoblanadi. Komissiya majlislari komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda oʻtkaziladi. Bunda, ariza beruvchi taʼlim olayotgan fakultet dekanining masalaga masʼul oʻrinbosari, tyutor, xotin-qizlar kengashi raisi, yoshlar yetakchisi bir vaqtning oʻzida komissiya yigʻilishida ishtirok etishi shart.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
14. Komissiya yigʻilishlarida ishtirok etayotgan aʼzolarning uchdan ikki qismi yoqlab ovoz bergan komissiya qarorlari qabul qilingan hisoblanadi va ushbu yigʻilishlarda qabul qilingan qarorlar yigʻilish kotibi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
15. Komissiyaning barcha yigʻilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi.
16. Komissiya uning vakolatlariga tegishli masalalarni komissiya raisi boshchiligida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda koʻrib chiqadi.
17. Komissiya raisi:
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
komissiyaning yigʻilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
komissiya vakolatiga tegishli boʻlgan masalalarni uning yigʻilishida koʻrib chiqish uchun kiritadi;
komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
18. Komissiya kotibi:
komissiya raisining topshiriqlariga asosan komissiya aʼzolarini komissiya yigʻilishining oʻtkaziladigan joyi, vaqti va sanasi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya aʼzolariga yuboradi;
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi; komissiya ish yurituvini amalga oshiradi.
19. Komissiya hujjatlari davlat oliy taʼlim muassasasining arxivida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
20. Zarurat boʻlganda, taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish maqsadida ariza beruvchi suhbat uchun Komissiya yigʻilishiga chaqirilishi mumkin.
21. Komissiya arizalarni navbat asosida ularning qayd etilishi ketma-ketligiga muvofiq koʻrib chiqadi.
Komissiya yigʻilishlari, ularning oshkoraligi va xolisligini taʼminlash maqsadida uzluksiz videotasvirga (ovozli) tushiriladi hamda oliy taʼlim muassasasi arxivida belgilangan muddatgacha saqlanadi.
22. Komissiya taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar asosida ariza beruvchiga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
Talabgorlarni tanlash komissiya tomonidan qonuniylik, shaffoflik, adolat va haqqoniylik tamoyillari asosida amalga oshiriladi.
Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisida komissiya maxsus reyestrni yuritadi.
23. Koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha komissiya yigʻilishining bayonnomasi asosida bir kun muddatda davlat oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning tegishli buyrugʻi rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan Talabgorlar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotlar va ularning roʻyxati toʻlovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.
Komissiyaning ijara toʻlovining bir qismini toʻlab berish yoki ijara toʻlovining bir qismini toʻlab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori asoslantirilgan ravishda oliy taʼlim muassasasining tegishli eʼlonlar taxtalari, rasmiy saytlarida aks ettirilishi komissiya kotibi tomonidan taʼminlanadi.
24. Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etgan talabalar roʻyxati shakllantirilib boriladi.
Ushbu talabalar roʻyxatiga tushgan talabalarga komissiya qarori asosida oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish toʻxtatilishi mumkin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
25. Quyidagi holatlarda ariza beruvchiga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish rad etilishi mumkin:
ariza beruvchi ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan talabalar roʻyxatida mavjud boʻlganda;
ariza beruvchining ijara shartnomasida koʻrsatilgan manzilda yashamasligi, ijarada yashayotgan manzil ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli ekanligi, ijara shartnomasi tegishli tartibda rasmiylashtirilmaganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki soxta maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
ariza va tegishli hujjatlar qabul qilishning oxirgi sanasi tugagandan keyin taqdim etilganda.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 376-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/376/0607-son)
26. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilgan kamchiliklarni toʻgʻrilash imkoniyati boʻlgan taqdirda ariza beruvchi ushbu Nizomda belgilangan umumiy tartibda takroran murojaat qilishga haqli.
5-bob. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berishni moliyalashtirish va toʻlab berish tartibi
27. Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda davlat oliy taʼlim muassasasi ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarning jami sonini, shuningdek, uning 60 foizini alohida koʻrsatgan holda asoslantirilgan hisob-kitoblarni yuqori turuvchi vazirlik va idoralarga taqdim etishlari lozim.
28. Vazirlik va idoralar oʻz navbatida davlat oliy taʼlim muassasalari tomonidan taqdim etilgan hisob-kitoblarni jamlab, belgilangan tartibda Davlat budjetidan tegishli mablagʻlarni ajratish uchun Moliya vazirligiga taqdim etadilar.
29. Davlat budjetidan mazkur maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlar oliy taʼlim muassasasi xarajatlar smetasining “47.21.500 — Uy-joy-kommunal xizmatlar boʻyicha har oylik kompensatsiya toʻlovlari” moddasida rejalashtiriladi.
30. Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara toʻlovining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.
31. Davlat oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori)ning tegishli buyrugʻiga muvofiq muassasa buxgalteriyasi tomonidan ijara haqining bir qismini qoplash uchun beriladigan mablagʻlar talabgorning plastik kartasiga pul oʻtkazish yoʻli bilan har oyning 15-sanasiga qadar toʻlab beriladi.
32. Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga budjetdan ajratilgan mablagʻlarning tegishli moliya yili yakuniga qadar oʻzlashtirilmay qolgan qismi belgilangan tartibda Davlat budjetiga qaytariladi.
321. Markazlar, oliy taʼlim muassasalari va tashkilotlar oʻz faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
322. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
323. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Markazlar ushbu Nizom talablarining ijrosi yuzasidan davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini, jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoring qilib boradi.
(321 — 323-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-martdagi 88-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y., 09/26/88/0192-son)
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
33. Talaba oʻquv yili davomida akademik taʼtilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki talabalar safidan chetlashtirilgan hollarda, unga ijara haqining bir qismini qoplash uchun beriladigan mablagʻlarni toʻlash toʻxtatiladi.
34. Talabgor ariza va unga ilova qilingan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarni, shuningdek taqdim etilgan ijara shartnomasi bekor qilinganda yoki yashash manzili oʻzgarganda uch ish kuni ichida masʼullarga hamda oliy taʼlim muassasasi buxgalteriyasiga xabar berishi shart.
35. Mazkur toʻlovlarning toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishini doimiy nazorat qilish davlat oliy taʼlim muassasasi rektori (filial direktori), yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori (direktor oʻrinbosari), bosh buxgalteri va bosh auditori zimmasiga yuklanadi.
36. Oylik ijara toʻlovi bir qismini qoplab berish boʻyicha ajratilgan mablagʻlar ortiqcha toʻlanganda, davlat oliy taʼlim muassasasining masʼullari hamda buxgalteriyasi tomonidan mazkur mablagʻlarni qaytarish choralari koʻriladi.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha mablagʻlarni talabgorlarga toʻlanishi yuzasidan nazorat Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi hamda vazirlik va idoralarning Ichki audit va moliyaviy nazorat xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
38. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
39. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish boʻyicha talabgorlarni tanlab olish komissiyasining
NAMUNAVIY TARKIBI
1.
Lavozimiga koʻra
—
Oliy taʼlim tashkilotining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori (filial direktorining birinchi oʻrinbosari), Komissiya raisi
2.
Lavozimiga koʻra
—
Oliy taʼlim tashkilotining Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi
3.
Lavozimiga koʻra
—
Oliy taʼlim tashkilotining Xotin-qizlar kengashi raisi
4.
Lavozimiga koʻra
—
Oliy taʼlim tashkiloti fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari
5.
Lavozimiga koʻra
—
Oliy taʼlim tashkilotining yoshlar yetakchisi
6.
Lavozimiga koʻra
—
Oliy taʼlim tashkilotining tyutori
7.
Lavozimiga koʻra
—
Oliy taʼlim tashkilotining bosh auditori
8.
Lavozimiga koʻra
—
Oliy taʼlim tashkilotining Buxgalteriya boʻlimi masʼul xodimi
9.
Lavozimiga koʻra
—
Oliy taʼlim tashkilotining Registrator ofisi maʼlumotlar bazasi boʻlimi menejeri, Komissiya kotibi
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi 32-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.01.2026-y., 09/26/32/0084-son)
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Ariza beruvchi
1. Oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markazlar)ga murojaat qiladi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus platformasi orqali (keyingi oʻrinlarda — Maxsus platforma) roʻyxatdan oʻtadi.
2. Markazlarga yoki YIDXP yoxud Maxsus platforma orqali murojaat etganda, belgilangan shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi. (Bunda talabgorning ijara shartnomasi maʼlumotlari Soliq qoʻmitasining ijara.soliq.uz platformasidan integratsiya orqali avtomatik tarzda olinadi. Mazkur holatda 1-bosqich talabalaridan joriy oʻquv yilining sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.)
1. Arizalar asosida bayonnoma shakllantiradi, Maxsus platformada yaratilgan bayonnoma belgilangan mezonlar boʻyicha avtomatik tekshiriladi. Shuningdek, tyutorlar bilan birgalikda ariza beruvchining maʼlumotlarini komissiyaga taqdim etish uchun har tomonlama oʻrganadi.
2. Ijara komissiyasi aʼzolariga bayonnomani tasdiqlash uchun axborot tizimida SMS-xabarnoma orqali bayonnomani koʻrib chiqish havolasini yuboradi.
Har oyning 7-sanasidan 13-sanasiga qadar
3-bosqich
Oliy taʼlim muassasasi ijara komissiyasi
(Aʼzolar)
Oliy taʼlim muassasasi ijara komissiyasi kotibi tomonidan yuborilgan bayonnomalarni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlaydi yoki rad etadi.
Har oyning 14-sanasiga qadar
4-bosqich
Oliy taʼlim muassasasi ijara komissiyasi
(Rais)
Oliy taʼlim muassasasi ijara komissiyasi aʼzolari tomonidan tasdiqlangan bayonnoma qarorini elektron raqamli imzo orqali tasdiqlaydi yoki rad etadi.
Har oyning 14-sanasiga qadar
5-bosqich
Oliy taʼlim muassasasi ijara komissiyasi
(Buyruqni kelishuvchilar)
Axborot tizimida tasdiqlangan bayonnoma asosida avtomatik tarzda shakllangan buyruqni elektron raqamli imzo orqali tasdiqlaydi yoki rad etadi.
Oliy taʼlim muassasasida tasdiqlangan buyruq asosida ariza beruvchining ijara toʻlovlarining bir qismini qoplab berish miqdorini hisoblash hujjatini yaratadi hamda tegishli toʻlovlarning amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Har oyning 15-sanasiga qadar
8-bosqich
Oliy taʼlim muassasasi ijara komissiyasi
(Kotib)
Ariza beruvchini davlat xizmatini koʻrsatish natijasi haqida xabardor qiladi.
Har oyning 15-sanasiga qadar
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-martdagi 88-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y., 09/26/88/0192-son)
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
NAMUNA
SOʻROVNOMA
I. Ariza beruvchining shaxsiy maʼlumotlari
1.1. Familiyasi, ismi va otasining ismi
1.2. Tugʻilgan sanasi
1.3. Pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (seriyasi va raqami, JSHSHIR maʼlumotlari)
1.4. Fuqaroligi
1.5. Doimiy yashash manzili
1.6. Telefon raqami
1.7. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa)
1.8. Jinsi
1.9. Ijtimoiy holati
II. Ariza beruvchining taʼlim maʼlumotlari
2.1. Tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasasi nomi
2.2. Fakulteti
2.3. Taʼlim yoʻnalishi
2.4. Taʼlim shakli
2.5. Taʼlim bosqichi
2.6. Guruhi
2.7. Taʼlim tili
III. Ariza maʼlumotlari
3.1. Ijara shartnomasi ID raqami
3.2. Ijaraga olingan uy-joy hududi va manzili
3.3. Uy-joyning ijara summasi
3.4. Ijara shartnomasining amal qilish muddati
3.5. Ijara beruvchining familiyasi, ismi va otasining ismi
3.6. Bank plastik kartasi maʼlumotlari (MFO, bank plastik kartasi turi, hisobvaragʻi)
Davlat oliy taʼlim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara toʻlovining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
NAMUNA
ARIZA
1. Talaba F.I.O.
2. Talaba manzili
3. Tugʻilgan sanasi
4. Jinsi
5. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR)
6. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)
Oʻqish joyi
Taʼlim yoʻnalishi
Taʼlim shakli
Taʼlim bosqichi
7. Ijaraga olingan uy-joy hududi va manzili
8. Uy-joyning ijara summasi
Men davlat tomonidan oylik ijara toʻlovining bir qismini qoplab berilishidan manfaatdorligimni bildiraman.
9. Pasportim va ijtimoiy holatimni tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini ilova qilmoqdaman. Ushbu ariza va unga ilova qilinayotgan hujjatlarda koʻrsatilgan barcha maʼlumotlarning haqiqiyligini tasdiqlayman.
Qabul qilingan sana
Qabul qilgan shaxs
(QR kod)
Ariza holati:
Axborot tizimi nomi
(3, 4-ilovalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-martdagi 88-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.03.2026-y., 09/26/88/0192-son)