Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 26.11.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xiva shahri 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan hamda Xiva shahrining turistik salohiyatini xalqaro maydonda faol targʻib qilish maqsadida:
1. 2022-yil 27 — 29-iyun kunlari Boku shahrida (Ozarbayjon Respublikasi) boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar turizm vazirlarining XI sessiyasida Xiva shahri 2024-yilda “Islom dunyosining turizm poytaxti” deb eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga (keyingi oʻrinlarda — xalqaro tadbir) tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita (keyingi oʻrinlarda — tashkiliy qoʻmita) tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
“Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2024-yil mart oyida “Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” shiori ostida Xiva shahrida xalqaro tadbirning rasmiy ochilish marosimi hamda may oyida Xiva shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasi oʻtkaziladi;
b) ushbu xalqaro tadbirga Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlardan ishtirokchilar va ekspertlar jalb qilinadi, xalqaro tadbir ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi;
v) Xiva shahrining turistik salohiyatini xalqaro maydonda faol targʻib qilish maqsadida 2023-2024-yillarda quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
“Taste of Uzbekistan Festival” shiori ostida gastronomik festival;
Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan “Strongmen” xalqaro bahodirlar oʻyini musobaqasi;
“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlar;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 282-sonli “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ni tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori.
g) masʼul vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan topshiriqlar, shuningdek, tashkiliy qoʻmitaning tezkor koʻrsatmalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
4. Tashkiliy qoʻmita (A. Aripov):
chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish boʻyicha masʼul davlat organlari va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
xalqaro tadbirga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishda yuzaga keladigan tashkiliy masalalarni tezkorlik bilan hal etsin;
Xiva shahrida xalqaro tadbir oʻtkaziladigan joylarning texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlanishini taʼminlasin;
Xorazm viloyati, shu jumladan Xiva shahrida oʻtkaziladigan qabul, madaniy tadbirlar va xorijiy mehmonlarning sayohatini tashkillashtirsin;
xalqaro tadbirda qatnashuvchilarning Oʻzbekistonga kelib-ketishi, ularga viza rasmiylashtirilishi, transport va tibbiy xizmat koʻrsatish masalalarini muvofiqlashtirsin;
xalqaro tadbir boʻlib oʻtadigan hududlarni obodonlashtirish ishlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasin;
xalqaro tadbir boʻlib oʻtadigan hududlarda obyektlar va mehmonxona fondining tayyorligini taʼminlasin;
zarur hollarda, xalqaro tadbirni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlar qabul qilsin.
5. Madaniyat va turizm vazirligi:
a) bir oy muddatda “Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri logotipini ishlab chiqsin;
b) ikki oy muddatda:
Fanlar akademiyasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Xorazm Maʼmun akademiyasi bilan birgalikda xalqaro tadbirga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar foydalanishi uchun Xiva shahri haqida oʻzbek, rus, ingliz, arab va fransuz tillarida qoʻllanma ishlab chiqib, chop etilishini;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 11-noyabrdagi PF-1880-sonli “Xorazm Maʼmun akademiyasini qaytadan tashkil etish toʻgʻrisidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-avgustdagi 572-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom madaniyati markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori.
Xorazm viloyati hokimligi, Madaniy meros agentligi bilan birgalikda Xiva shahrining turizm va madaniy meros obyektlari, islom dunyosi va ilm-fanning rivojlanishida tutgan oʻrni va tarixi, madaniyati, yashash tarzini aks ettiruvchi foto- va videomateriallar (“Guidebook”) tayyorlanishini taʼminlasin;
v) Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati hokimligi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda:
xalqaro tadbirga tayyorgarlik koʻrish va uning yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati bilan hamkorlikda ishni tashkil etsin;
2023-2024-yillarda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻida “Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” shiori ostida keng targʻibot aksiyasini amalga oshirish choralarini koʻrsin;
2023-2024-yillarda Islom hamkorlik tashkiloti tomonidan tashkil etiladigan xalqaro tadbirlar hamda respublikada oʻtkaziladigan turizm yoʻnalishidagi koʻrgazma va konferensiyalarda “Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” shiori ostida targʻibot ishlarini amalga oshirsin;
2023-yil oktabr oyida Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning turistik tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlarni jalb qilgan holda Xorazm viloyati boʻylab infotur tashkil qilsin.
6. Belgilansinki, ushbu qarorda nazarda tutilgan xalqaro tadbir doirasida:
a) Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
xalqaro tadbirning xorijiy ishtirokchilarini Toshkent shahridagi aeroport va vokzalda kutib olish va kuzatish, ularning respublika hududida harakatlanishi uchun avtobus, avia va temir yoʻl chiptalarini xarid qilish;
xalqaro tadbir doirasida xorijiy (ingliz, arab, fransuz) tillarda sinxron tarjimonlar ishtirokini taʼminlash;
xalqaro tadbirni xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish;
xalqaro tadbir uchun targʻibot materiallari (videoroliklar, tarqatma materiallar, kitoblar va boshqalar)ni ishlab chiqish va chop etish;
Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi, Bosh kotibiyat xodimlari va ekspertlari, faxriy mehmonlarning mamlakatga kelib-ketishi;
xalqaro tadbirga tayyorgarlik koʻrish va uni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
b) Xorazm viloyati hokimligi tomonidan mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
xalqaro tadbir oʻtkaziladigan va diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirish hamda tadbir oʻtkazish uchun tayyor holga keltirish;
xorijiy ishtirokchilar uchun esdalik sovgʻalari (suvenirlar, milliy hunarmandchilik mahsulotlari va boshqalar)ni ajratish;
aeroport va temir yoʻl vokzallarida hamda markaziy koʻchalar boʻylab oʻrnatilgan bannerlar va LED monitorlarda xalqaro tadbirni keng yoritish;
ishtirokchilarning tadbirlar dasturi doirasida diqqatga sazovor joylarga tashriflarini tashkillashtirish;
xorijiy ishtirokchilar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon hamda volontyor kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun tushlik va kechki ovqatni tashkillashtirish va Xorazm viloyati boʻylab harakatlanishi uchun transport vositalari bilan taʼminlash;
xorijiy ishtirokchilar va ommaviy axborot vositalari vakillarining Xorazm viloyatidagi mehmonxonalarda yashashi bilan bogʻliq xarajatlar.
7. Xorazm viloyati hokimligi xorijiy ishtirokchilarni aeroport (vokzal)da kutib olish va kuzatish hamda xalqaro tadbir dasturi asosida ularning harakatlanishi uchun transport vositalarini ajratsin.
8. Tashqi ishlar vazirligi Madaniyat va turizm vazirligining viza talabnomalariga binoan xalqaro tadbirda ishtirok etadigan chet ellik ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash hisobidan yigʻimlar undirilmasdan, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarida rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
9. Ichki ishlar vazirligi:
Milliy gvardiya bilan birgalikda xalqaro tadbir oʻtkaziladigan hududlarda ishtirokchi va mehmonlar toʻplanadigan joylarda, mehmonxonalarda hamda ularning atrofida jamoat tartibini saqlash;
tadbirlarga tashrif buyuradigan delegatsiya aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl harakati qoidalariga muvofiq hamrohlik qilish choralarini koʻrsin.
10. Favqulodda vaziyatlar vazirligi xalqaro tadbir oʻtkaziladigan obyektlar hamda ularning atrofida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkillashtirsin.
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash, tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda sogʻliqni saqlash hamda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga amal qilinishi boʻyicha zarur choralar koʻrsin.
12. Raqamli texnologiyalar vazirligi Madaniyat va turizm vazirligining murojaatiga asosan xalqaro tadbir oʻtkaziladigan konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini belgilangan tartibda zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari va Internet jahon axborot tarmogʻi bilan taʼminlasin.
13. Madaniyat va turizm vazirligining talabnomasiga asosan quyidagilarga:
“Uzbekistan Airways” AJga xorijiy ishtirokchilar uchun xalqaro va mahalliy reyslarga aviachiptalarning band qilinishini taʼminlash;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga xorijiy ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga temir yoʻl chiptalari zaxirasini yaratish va rasmiylashtirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib madaniyat va turizm vaziri O.A. Nazarbekov hamda Xorazm viloyati hokimi J.R. Raximov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-iyul,
PQ-223-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PQ-223-son qaroriga
1-ILOVA
“Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
TASHKILIY QOʻMITA TARKIBI

1.

A. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi

2.

M. Kamilov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

3.

O. Nazarbekov

madaniyat va turizm vaziri, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

4.

J. Raximov

Xorazm viloyati hokimi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari

5.

A. Abduhakimov

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri

6.

Sh. Kudbiyev

iqtisodiyot va moliya vaziri

7.

I. Abdurahmonov

oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

8.

Sh. Shermatov

raqamli texnologiyalar vaziri

9.

A. Inoyatov

sogʻliqni saqlash vaziri

10.

B. Saidov

tashqi ishlar vaziri

11.

I. Maxkamov

transport vaziri

12.

P. Bobojonov

ichki ishlar vaziri

13.

A. Quldashev

favqulodda vaziyatlar vaziri

14.

B. Zakirov

qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri

15.

S. Toshboyev

Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi

16.

B. Yusupaliyev

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

17.

R. Djurayev

Milliy gvardiya qoʻmondoni

18.

A. Xodjayev

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori

19.

B. Abdikarimov

Madaniy meros agentligi direktori

20.

A. Koʻchimov

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

21.

B. Yuldashev

Fanlar akademiyasi prezidenti

22.

Sh. Minovarov

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori

23.

I. Abdullayev

Fanlar akademiyasining mintaqaviy boʻlimi — Xorazm Maʼmun akademiyasi raisi

24.

A. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniya raisi

25.

Sh. Xudaykulov

“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi

26.

R. Djurayeva

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi

27.

Lavozimiga koʻra

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi

28.

T. Davletov

Xiva shahri hokimi

29.

U. Azamov

madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita masʼul kotibi

Izoh: Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyuldagi PQ-223-son qaroriga
2-ILOVA
“Xiva — 2024-yilda Islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun masʼullar

1.

“Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiri (keyingi oʻrinlarda — xalqaro tadbir) tashkil etiladigan bino va inshootlar, shuningdek, hududlarni obodonlashtirish.

1. Mahalliy va xalqaro darajadagi yirik ommaviy tadbirlarni oʻtkazish uchun alohida anjumanlar oʻtkaziladigan joylarni tayyorlash.

2. Xalqaro tadbir oʻtkaziladigan joyni (shu jumladan, bino va inshootlarni) belgilash toʻgʻrisida tashkiliy qoʻmita va Xorazm viloyati hokimining tegishli qarorlarini qabul qilish.

3. Xalqaro tadbir doirasida Xiva shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini yakunlash.

2024-yil yanvar

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

2.

Islom Hamkorlik Tashkiloti (IHT) ekspertlarini taklif qilgan holda turizm sohasi vakillariga xizmat sifatini yaxshilash boʻyicha trening tashkil qilish.

1. IHTbilan muzokaralar olib borish.

2. Trening oʻtkazish muddatlarini belgilash va ishtirokchilarni jalb qilish.

2023-yil noyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

3. IHT tomonidan rozilik olingandan soʻng, turizm sohasi vakillariga trening tashkil qilish.

Kelishilgan muddatda

3.

Xalqaro tadbir logotipi va xeshtegini ishlab chiqish.

1. Xalqaro tadbir logotipi va xeshtegini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2. Ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibotini tashkil qilish.

2023-yil avgust

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

4.

2024-yilda amalga oshiriladigan xalqaro tadbirni yuqori darajada tashkil qilish yuzasidan aniq hisob-kitoblar asosida taklif kiritish.

1. Vazirlar Mahkamasining bayoni loyihasini ishlab chiqish.

2. Vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishish.

2023-yil noyabr

-

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

3. Tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil dekabr

4. Bayon tasdiqlangandan soʻng, chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash.

Belgilangan muddatlarda

5.

IHTga aʼzo davlatlarning turizm sohasi vakillarini “Xalqaro ziyorat turizmi” haftaligida ishtirok etishini taʼminlash.

1. Ishtirokchilar roʻyxatini tuzish va jalb qilish.

2. IHTga aʼzo davlatlarning turoperatorlari va mahalliy turistik tashkilotlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish.

3. Xiva shahrida ziyorat turizmi yoʻnalishida yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan taqdimot materiallarini tayyorlash va oʻtkazish.

2023-yil noyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

6.

Urganch xalqaro aeroportining uchib kelish va uchib ketish zallarida xalqaro tadbir ishtirokchilari uchun qulayliklar yaratish.

1. Urganch xalqaro aeroportida turistlar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

2. Axborot koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish.

2023-yil dekabr

Ijrochilar mablagʻlari

“Uzbekistan Airports” AJ

(R. Djurayeva),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

7.

Xalqaro tadbir uchun ingliz, fransuz, turk, arab, rus tillarida hamroh tarjimonlar, volontyorlar tayyorlash.

1. Xalqaro tadbir uchun ingliz, fransuz va boshqa tillar boʻyicha hamroh tarjimonlar roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash.

2. Oliy taʼlim tashkilotlaridan koʻngilli volontyorlar jamoalarini shakllantirish.

2023 dekabr

Mahalliy budjet va Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

(I. Abdurahmonov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

3. Hamroh tarjimon (gid)larni oʻqitish va xalqaro tadbirga jalb qilish.

2024-yil martmay

8.

Xalqaro tadbir doirasida foydalanish uchun 2 000 nusxadan ortiq targʻibot materiallarini (videorolik va tarqatma materiallar, kitoblar va boshqalarni) tayyorlash.

1. Xalqaro tadbirda foydalanish va Xorazm viloyati madaniyati, turizm salohiyatini targʻib qilish uchun tarqatma materiallar dizaynini ishlab chiqish.

2. Xalqaro tadbir mohiyatidan kelib chiqqan holda tarqatma va video materiallar tayyorlash.

2023-yil noyabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

3. Tarqatma materiallardan xalqaro tadbir davomida foydalanish.

2024-yil martmay

9.

2024-yilda xalqaro tadbir davomida “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi hududidagi holatning sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga mosligini taʼminlash.

1. “Ichan qalʼa” davlat muzey qoʻriqxonasi hududidagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarini xatlovdan oʻtkazish.

2024-yil yanvar

“Ichan qalʼa” davlat muzeyi mablagʻlari

Madaniy meros agentligi

(B. Abdikarimov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Xalqaro tadbir davomida sanitariya-gigiyena shoxobchalarining sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga mosligini taʼminlash va monitoring qilish.

2024-yil martmay

10.

Xalqaro tadbir davomida xorijiy mehmonlar joylashadigan mehmonxonalarda ziyorat turizmiga mos xizmatlar tashkil qilish.

Mehmonxonalar roʻyxatini shakllantirish, ularda ziyorat turizmiga mos xizmatlar tashkil qilish, sifatli xizmat koʻrsatish yuzasidan xodimlar malakasini oshirish.

2024-yil davomida

-

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

11.

IHTga aʼzo davlatlar ommaviy axborot vositalari (OAV) vakillari va blogerlari uchun infoturlar tashkil qilish.

1. IHTga aʼzo davlatlar OAV vakillari va blogerlar bilan infoturlar tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishish.

2. Tashrif buyuruvchilar roʻyxatini shakllantirish va tashrif dasturini ishlab chiqish.

3. Infoturlarni yuqori saviyada tashkil qilish va OAVda yoritish.

2023-yil davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

12.

Xalqaro tadbir ishtirokchilari uchun esdalik sovgʻalari boʻyicha taklif ishlab chiqish va ularni tayyorlash.

1. Xalqaro tadbir ishtirokchilari uchun esdalik sovgʻalari boʻyicha takliflar ishlab chiqib, tasdiqlash.

2023-yil davomida

Mahalliy budjet mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

2. Xalqaro tadbir davomida ishtirokchilarga esdalik sovgʻalarini taqdim etish.

2024-yil davomida

13.

Xalqaro tadbir ishtirokchilari uchun bepul “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

“Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi, Nurullaboy majmuasi, ishtirokchilar joylashadigan mehmonxonalar, xalqaro tadbir oʻtkaziladigan bino va matbuot markazida bepul “Wi-Fi” hududlarini tashkil etish.

2023-2024-yillar davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov)

14.

Xalqaro tadbir doirasida oʻtkaziladigan konferensiya, koʻrgazma va matbuot anjumanlari uchun oʻrnatilgan tartibda zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlarini ajratish.

Madaniyat va turizm vazirligining murojaatiga asosan oʻrnatilgan tartibda xalqaro tadbir doirasida 2024-yilda oʻtkaziladigan konferensiya, koʻrgazma va matbuot anjumanlari uchun zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari (4 ta kabina, 300 ta quloqchin) ajratish.

2024-yil davomida

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

15.

“Ichan qalʼa” majmuasidagi Juma masjidini qayta rekonstruksiya qilish.

“Ichan qalʼa” majmuasidagi Juma masjidi holatini oʻrganish, ekspert xulosalarini shakllantirish va rekonstruksiya qilish choralarini koʻrish.

2023-yil sentabr

-

Madaniy meros agentligi

(B. Abdikarimov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

16.

Xiva shahrida 20 000 kitob fondini qamrab olish imkoni boʻlgan kutubxona qurish loyihasini amalga oshirish.

1. Kutubxonani qurish uchun shaharning bosh rejasiga asosan yer uchastkasini tanlash va belgilangan tartibda ajratish.

2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

3. Loyihani amalga oshirish.

2023-yil sentabr

-

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov),

Kadastr agentligi

(F. Poʻlatov),

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi

(B. Zakirov)

17.

Xiva tumanida joylashgan “Bibi Hojar” majmuasi hududini obodonlashtirish va unda sayyohlar tashrifi uchun shart-sharoit yaratish.

“Bibi Hojar” majmuasi hududini obodonlashtirish, sayyohlarni qabul qilish uchun sharoit yaratish va sayyohlar tashrifini tashkil qilish.

2023-yil avgust

-

Madaniy meros agentligi

(B. Abdikarimov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov),

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov)

18.

Xorazm viloyatiga xalqaro tadbir doirasida tashrif buyuradigan sayyohlar uchun 3x6 oʻlchamdagi 6 ta turistik xaritani tayyorlash va ularni turistlar tashrif maskanlariga oʻrnatish.

1. Turistik xarita dizaynini ishlab chiqish va turistik obyektlarni joylashtirish.

2. Turistik xaritalar joylashuvini aniqlash va ularni oʻrnatish.

2023-yil davomida

Ijrochilar mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

19.

Urganch-Xiva avtomagistrali hamda Xiva shahrida 50 ta turistik va axborot yoʻl koʻrsatkich belgilarini oʻrnatish.

Turizm axborot belgilarini joylashtirish uchun nuqtalarni aniqlash va belgilangan oʻlchamda oʻrnatish.

2023-yil dekabr

Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

20.

“Xiva2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti” shiori ostida Xiva shahrida rasmiy ochilish marosimini (launching ceremony) oʻtkazish.

1. Rasmiy ochilish marosimi (launching ceremony) dasturini ishlab chiqish. Bunda, ochilish marosimining madaniy dasturida IHTga aʼzo mamlakatlarning madaniyatini aks ettiruvchi kuy va qoʻshiqlarini inobatga olish.

2023 yil noyabr

-

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

2. IHT ekspertlari, xorijiy va mahalliy ishtirokchilarni xalqaro tadbirga jalb qilish choralarni koʻrish.

2023 yil dekabr

3. Rasmiy ochilish marosimini tashkil qilish.

2024-yil fevral-mart

21.

IHTga aʼzo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasini yuqori saviyada tashkil qilish va oʻtkazish.

1. IHTga aʼzo davlatlar turizm vazirlarining XII sessiyasini yuqori saviyada tashkil qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasining bayon loyihasini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda kelishish.

Bunda, xalqaro tadbirni yuqori saviyada tashkil qilish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni inobatga olish.

2024-yil yanvar

-

Madaniyat va turizm vazirligi

(O. Nazarbekov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B.Saidov),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(S. Toshboyev),

Xorazm viloyati hokimligi

(J. Raximov)

2. Loyihani tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil fevral

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.07.2023-y., 07/23/223/0468-son)