1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.16.00 Tanlovlar. Koʻriklar. Festivallar;
2.14.00.00.00 Sogʻliqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.03.00.00 Turizm. Ekskursiyalar. Mehmonxona xoʻjaligi / 14.03.01.00 Turizm]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ni tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatimizdagi mavjud ziyorat turizmi salohiyatidan yanada unumli foydalanish, Oʻzbekiston zaminini dunyo sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida namoyon qilish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlarning yuqori eʼtiroflariga sazovor boʻlish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm eksportini oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 9-fevraldagi PF-6165-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Din ishlari qoʻmitasining 2022-yildan boshlab har yili noyabr oyining birinchi haftasida “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ni oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro haftalik) toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
2. Quyidagilar:
“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi (keyingi oʻrinlarda — Tashkiliy qoʻmita) 1-ilovaga muvofiq;
2022-yilda oʻtkaziladigan “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Tashkiliy qoʻmitaga (A. Abduxakimov):
har yili 1-sentabrga qadar Chora-tadbirlar rejasida oʻtkazilishi belgilangan tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha dasturni (keyingi oʻrinlarda — tadbirlar dasturi) ishlab chiqish va unda belgilangan vazifalarning oʻz muddatida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Xalqaro haftalikni tashkil etish va uni yuqori saviyada oʻtkazish doirasida davlat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
zarur hollarda, Xalqaro haftalikni yuqori saviyada tashkil etish bilan bogʻliq tezkor qarorlar qabul qilish vazifalari yuklatilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi:
bir oy muddatda Xalqaro haftalik logotipini ishlab chiqish boʻyicha ochiq tanlov eʼlon qilish;
Xalqaro haftalik oʻtkaziladigan binolarning hamda xorijiy ishtirokchilar uchun band qilingan joylashtirish vositalarining musulmon mehmondoʻstligi va boshqa din vakillari talabnomalariga mos qulayliklar bilan taʼminlash;
tadbirlar dasturi asosida xorijiy ishtirokchilar uchun joylashtirish vositalarini band qilish choralarini koʻrsin.
5. Turizm va madaniy meros vazirligi Din ishlari qoʻmitasi bilan birgalikda Xalqaro haftalik doirasida diniy kitoblar, diniy ulomalarning asarlari va Oʻzbekistonda chop etilgan Qurʼoni karim hamda mavzuli suvenir mahsulotlari koʻrgazmalarini tashkil etib borsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
6. Madaniyat vazirligi “Hunarmand” uyushmasi bilan birgalikda Xalqaro haftalikning madaniy tadbirlarida ishtirok etish uchun xorijiy va mahalliy hunarmand va naqqoshlar, milliy raqqosalar ansambllari, musiqiy ijod va anʼanaviy sanʼat ustalari hamda milliy va sipo (kamtar) liboslar dizaynerlari ishtirokini taʼminlasin.
Din ishlari qoʻmitasi Xalqaro haftalikning diniy-maʼrifiy tadbirlarida ishtirok etish uchun taniqli xorijiy va mahalliy diniy ulamolar, voizlar va diniy-maʼrifiy soha vakillarini jalb etsin.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
7. Belgilab qoʻyilsinki, har yili Xalqaro haftalik doirasida:
a) quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:
Samarqand viloyatida Xalqaro haftalikning rasmiy ochilish marosimi, “Oʻzbekistonning Islomiy merosi” konferensiyasi, “Milliy ohanglar” festivali;
Buxoro viloyatida “Mir Arab bitiruvchilari” forumi, “Zamonaviy islomiy meʼmorchilik” va “Islom xattotligi va naqqoshlik” koʻrgazmalari;
Toshkent shahrida “Islom iqtisodiyoti” davra suhbati, “Milliy liboslar” koʻrgazmasi va “Halol turizm” konferensiyasi, “Halol taomlar” festivali;
ziyorat turizmini rivojlantirishga oid seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va maʼrifiy-madaniy tadbirlar;
b) Xalqaro haftalikka taklif etiladigan 100 nafargacha xorijiy ishtirokchilar uchun joylashtirish vositalaridan oʻrinlar (joylar) zaxira qilib qoʻyiladi;
v) “Uzbekistan Airways” AJ Turizm va madaniy meros vazirligining talabnomasiga asosan xorijiy ishtirokchilar uchun xalqaro va mahalliy aviachiptalarning band qilinishini va rasmiylashtirilishini taʼminlaydi;
g) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Turizm va madaniy meros vazirligining talabnomasiga asosan xorijiy ishtirokchilar uchun qatnovdagi poyezdlarning barcha turlariga temir yoʻl chiptalari zaxira qilib qoʻyilishini va rasmiylashtirilishini taʼminlaydi.
8. Belgilansinki, Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
Xalqaro haftalikning xorijiy ishtirokchilarini Toshkent shahridagi aeroport va vokzaldan kutib olish va kuzatish hamda tadbirlar dasturi asosida harakatlanishi uchun yengil transport vositalari bilan taʼminlash;
xorijiy ishtirokchilar uchun xalqaro aviachiptalar va respublika hududida harakatlanishi uchun avtobus, avia va temir yoʻl chiptalarini sotib olish;
Xalqaro haftalik doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni xorijiy (ingliz, oʻzbek, rus, turk, arab va b.) tillarda sinxron tarjimonlar bilan taʼminlash;
xorijiy ishtirokchilar uchun mavzuli esdalik sovgʻalari (tematik suvenir) va tarqatma materiallar ajratish;
Xalqaro haftalikni xorijiy ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda alohida sahifalar ochgan holda keng targʻibotini amalga oshirish;
Xalqaro haftalikka tayyorgarlik koʻrish va uni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xalqaro haftalik doirasida :
a) 2022-yildan boshlab, har yili 15-oktabrga qadar:
Xalqaro haftalik oʻtkaziladigan va diqqatga sazovor joylarni obodonlashtirish va tadbir uchun tayyor holga keltirish;
tegishli hududdagi aeroport va temir yoʻl vokzallarida hamda markaziy koʻchalar boʻylab Xalqaro haftalikni keng targʻib qilishga qaratilgan bannerlarni oʻrnatish;
b) 2022-yildan boshlab, oʻtkaziladigan Xalqaro haftalik davomida:
ishtirokchilarning tadbirlar dasturi asosida diqqatga sazovor joylarga tashriflarini tashkillashtirish;
band qilingan joylashtirish vositalari va Xalqaro haftalik oʻtkaziladigan binolarda elektr tarmogʻi, suv va tegishli kommunal sharoitlarning texnik sozligi va uzluksizligini taʼminlash;
xorijiy ishtirokchilarni aeroport/vokzaldan kutib olish/kuzatish va tadbirlar dasturi asosida harakatlanishi uchun transport vositalari bilan taʼminlash;
xorijiy ishtirokchilar, ularga biriktirilgan gid-tarjimon va volontyor kuzatuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Xalqaro haftalik doirasida tushlik va kechki ovqatni tashkillashtirish;
xorijiy ishtirokchilar uchun band qilingan joylashtirish vositalarining Xalqaro haftalik doirasida xarajatlarini qoplash;
tadbirlar dasturiga muvofiq oʻtkaziladigan tadbirlar uchun koʻzda tutilgan binolarning band qilinishi va Xalqaro haftalikka tayyorgarlik qilish choralarini koʻrsin.
Din ishlari qoʻmitasi bilan birgalikda Xalqaro haftalik doirasida tadbirlarga xorijiy diniy, taʼlim, turizm tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etish;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Turizm va madaniy meros vazirligining murojaatiga asosan Xalqaro haftalik doirasida respublikaga tashrif buyuruvchi xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari orqali ommaviy axborot vositalarida Xalqaro haftalikni keng targʻib qilish va tadbirlarni yoritish;
Turizm va madaniy meros vazirligiga Xalqaro haftalik doirasidagi tadbirlarga xorijiy ishtirokchilarni jalb qilishga koʻmaklashish hamda ularga taklifnomalarni yetkazish choralarini koʻrsin.
11. Ichki ishlar vazirligi Milliy gvardiyasi bilan birgalikda:
Xalqaro haftalik oʻtkaziladigan hududlarda tadbir ishtirokchilari va mehmonlar toʻplanadigan joylarda, mehmonxonalarda hamda ularning atroflarida jamoat tartibini saqlash;
Xalqaro haftalikka tashrif buyuradigan delegatsiya aʼzolari xavfsizligini taʼminlash maqsadida yoʻl-harakati qoidalariga muvofiq, hamrohlik qilish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish choralarini koʻrsin.
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi tadbir dasturiga muvofiq joylarda tez tibbiy yordam brigadalari faoliyatini tashkil etilishini taʼminlash va tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda sogʻliqni saqlash va sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinishi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Turizm va madaniy meros vazirligining murojaatiga asosan Xalqaro haftalik doirasida tadbirlar oʻtkaziladigan konferensiya va koʻrgazma zallari, matbuot xonalarini oʻrnatilgan tartibda zarur texnika vositalari, sinxron tarjima jihozlari (4 ta kabina, 200 ta quloqchin) va Internet jahon axborot tarmogʻi (Wi-Fi) xizmati bilan taʼminlasin.
14. “Uzbekistan Airports” AJ “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda:
xorijiy ishtirokchilarni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi aeroport va temir yoʻl vokzallarining yuqori martabali mehmonlar zali (Business Lounge) orqali oʻrnatilgan tartibda kutib olish/kuzatish choralarini koʻrsin;
Toshkent shahar, Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi aeroport va vokzallarda xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalariga video-foto tasvirga olishga ruxsat berilsin.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)
Xalqaro haftalikning rasmiy ochilish marosimida xorijiy ishtirokchilarga taqdim etilishi uchun mamlakatimizda oʻzbek, rus, ingliz tillarida chop etilgan kamida 10 xil turdagi (1000 dona) diniy-maʼrifiy kitoblar, jumladan Oʻzbekistonda chop etilgan Qurʼoni karim (100 dona) ajratilishini;
Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasi bilan birgalikda Xalqaro haftalikning xorijiy diniy ulamolari ishtirokida diniy bagʻrikenglik, alloma va ulamolarning Oʻzbekistonning Islom sivilizatsiyasi rivojida tutgan oʻrni kabi mavzularda davra suhbatlari va ilmiy-amaliy konferensiyalarning oʻtkazilishini tashkillashtirsin.
16. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Xalqaro haftalikka tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng yoritib borish tavsiya etilsin.
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 20-may,
282-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 282-son qaroriga
1-ILOVA
“Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi”ni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
A. Abduxakimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va madaniy meros vaziri, Tashkiliy qoʻmita raisi
S. Toshboyev
—
Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari
O. Nazarbekov
—
madaniyat vaziri
I. Maxkamov
—
transport vaziri
V. Norov
—
tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
N. Xoliqnazarov
—
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
J. Maxmudov
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari
A. Ikramov
—
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
X. Xasilov
—
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisi v.b
A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi
A. Koʻchimov
—
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari
B. Ibragimov
—
turizm va madaniy meros vaziri oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita kotibi
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, unga ushbu lavozimlarga qayta tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish uchun tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 282-son qaroriga
2-ILOVA
2022-yilda oʻtkaziladigan “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha
ChORA-TADBIRLAR REJASI
T/r
Tadbirlar nomi
Muddat
Masʼul vazirlik va idoralar
1.
2022-yildagi “Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi” (keyingi oʻrinlarda — Xalqaro haftalik) ning Tadbirlar dasturini ishlab chiqish.
2022-yil 15-iyun
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Samarqand viloyati hokimligi,
Buxoro viloyati hokimligi,
Toshkent shahar hokimligi
2.
Xalq�ro haftalik doirasidagi tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita yigʻilishini oʻtkazish va tashkiliy masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilish.
2022-yil 20-iyun
Tashkiliy qoʻmita,
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Madaniyat vazirligi,
Samarqand viloyati hokimligi,
Buxoro viloyati hokimligi,
Toshkent shahar hokimligi
3.
Tadbirlar dasturiga muvofiq Xalqaro haftalik doirasidagi tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni (binolar) belgilash va band qilish.
2022-yil 1-iyul
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Samarqand viloyati hokimligi,
Buxoro viloyati hokimligi,
Toshkent shahar hokimligi
4.
2022-yildagi “Xalqaro haftalik”ning bosma va elektron taqdimot materiallari va portfoliosini ishlab chiqish.
2022-yil 10-iyul
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
5.
2022-yildagi “Xalqaro haftalik” doirasida oʻtkaziladigan tadbirlar haqidagi ijtimoiy rolik tayyorlash.
2022-yil 1-avgust
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
6.
Xalqaro haftalikning logotipi, banner dizayni va veb-saytini tayyorlash hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini ochish.
2022-yil 1-avgust
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
7.
Xalqaro haftalikni xorijiy OAV, Internet jahon axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda (video roliklar, bannerlar va maqolalar orqali) keng targʻibotini amalga oshirish.
2022-yil avgust — oktyabr
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Tashqi ishlar vazirligi
8.
Tadbirlar dasturiga muvofiq tegishli hududdagi aeroport va temir yoʻl vokzallarida hamda markaziy koʻchalar boʻylab Xalqaro haftalikni keng targʻib qilishga qaratilgan bannerlar oʻrnatish.
2022-yil oktyabr
Samarqand viloyati hokimligi,
Buxoro viloyati hokimligi,
Toshkent shahar hokimligi,
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Transport vazirligi
9.
Xalqaro haftalikda ishtirok etadigan xorijiy mehmonlar roʻyxatini shakllantirish.
2022-yil 1-oktabr
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Tashqi ishlar vazirligi
10.
Xalqaro haftalik haqida press-konferensiya va brifing tashkil etish.
2022-yil 5-noyabr
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
11.
Xalqaro haftalikning rasmiy ochilish marosimi va “Oʻzbekiston islomiy merosi” konferensiyasini oʻtkazish.
2022-yil 7-noyabr
Samarqand viloyati hokimligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi,
Turizm va madaniy meros vazirligi,
12.
Xalqaro haftalik doirasida “Koʻngil ohanglari” festivalini oʻtkazish.
2022-yil 8-noyabr
Madaniyat vazirligi,
Samarqand viloyati hokimligi,
Turizm va madaniy meros vazirligi,
13.
Xalqaro haftalik doirasida “Zamonaviy islomiy meʼmorchilik” hamda “Islom xattotligi va naqqoshlik” koʻrgazmalarini oʻtkazish.
2022-yil 9 — 13-noyabr
Buxoro viloyati hokimligi,
“Hunarmand” uyushmasi,
Turizm va madaniy meros vazirligi
14.
Toshkent shahrida milliy va sipo liboslar, kosmetika mahsulotlari kabi madaniy tadbirlar bilan kengaytirilgan “Milliy liboslar koʻrgazmasi” tashkil etish.
2022-yil 10 — 13-noyabr
Madaniyat vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi,
Turizm va madaniy meros vazirligi
15.
Xalqaro haftalik doirasida “Halol taomlar festivali”ni oʻtkazish.
2022-yil 12-noyabr
Toshkent shahar hokimligi,
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi,
Turizm va madaniy meros vazirligi
16.
Xalqaro haftalik doirasida “Halol turizm” konferensiyasini oʻtkazish.
2022-yil 12-noyabr
Turizm va madaniy meros vazirligi,
Din ishlari boʻyicha qoʻmita,
Tashqi ishlar vazirligi
17.
Xalqaro haftalik doirasida “Islom iqtisodiyoti” davra suhbatini oʻtkazish.