1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Davlat kadastri. Geodeziya va kartografiya]
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining
buyrugʻi
Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 10-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3445]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-son “Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi hamda Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
1. Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-iyun,
44-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi Raisi D. VAXABOV
2023-yil 29-may
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2023-yil 6-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 26-iyundagi 44-son buyrugʻiga ILOVA
Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
Mazkur Nizom geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni tashkil qilish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida barpo etilgan geodeziya punktlariga nisbatan tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 395-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan, umumdavlat hamda maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatiga molik geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni bajarish natijasida olingan geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
astronomik punktlar — astronomik koordinatalari (kenglik, uzunlik) va yoʻnaltiruvchi yoʻnalish azimuti astronomik kuzatuvlardan aniqlanadigan geodeziya punktlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
geodeziya punktlari — maxsus markazdan, tashqi belgidan hamda tashqi chekkasi geodeziya punktining chegarasi boʻlgan zovur yoki uyum tarzidagi tashqi koʻrinishdan iborat boʻlgan, joyda (tuproqda, binoda yoki boshqa sunʼiy inshootda) yer sathining nuqtalarini maʼlum koordinatalar hamda balandliklar bilan belgilash uchun moʻljallangan moslamalar va (yoki) qurilmalar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
geodeziya punktlarning markazlari — joyning koordinatalari, balandliklari va gravimetriya maʼlumotlarini yetkazib beruvchi, joyda mahkamlanadigan nuqtalarning barqaror holatini va uzoq muddat mobaynida saqlanib qolishini taʼminlash uchun xizmat qiladigan vositalar;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
geodezik zichlashtirish tarmogʻi punktlari — koordinatalari geodeziya tarmogʻi punktlariga bogʻlangan holda aniqlanadigan, davlat geodeziya tarmogʻining zichligini yanada oshirish maqsadida yaratiladigan geodeziya punktlari;
geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari — Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Kadastr agentligi deb yuritiladi), Mudofaa vazirligi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, geodeziya va kartografiya faoliyatini xabardor qilish tartibida amalga oshiradigan yuridik shaxslar, geodeziya va kartografiyaga doir materiallarni (maʼlumotlarni) saqlovchi yuridik va jismoniy shaxslar;
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 4-avgustdagi 25-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3916, 04.08.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)
Global navigatsiya sunʼiy yoʻldosh sistemasi (Global Navigation Satellite System (bundan buyon matnda GNSS deb yuritiladi)) — yer ustidagi, suv va havodagi obyektlar oʻrnini tez va aniq topish uchun moʻljallangan maxsus kosmik va yer usti texnik vositalari, dasturiy taʼminoti va texnologiyalar majmuasi;
gravimetriya tarmogʻi punkti — yer yuzasida muhandislik konstruksiyasi bilan mustahkamlangan, yer sathidagi ogʻirlik kuchining miqdorlari maʼlum boʻlgan geodeziya punkti;
doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻi punktlari — oʻzining yuqori aniqlikdagi koordinatlarini oʻlchab topish xususiyatiga ega hamda GNSS oʻlchov vositalariga tuzatishlar yuborib turuvchi qurilma oʻrnatilgan geodeziya punktlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
yoʻldosh geodeziya tarmogʻi punktlari — koordinatalari maʼlum boʻlgan, aniq loyihani bajarishda GNSS maʼlumotlaridan foydalangan holda uzluksiz oʻlchashlar olib borishga moʻljallangan geodeziya punktlari;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.02.00 Kartografiya]
kartografiya-geodeziya davlat kadastrining geoaxborot bazasi (bundan buyon matnda geoaxborot bazasi deb yuritiladi) — kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Oʻzbekiston Respublikasi hududi toʻgʻrisidagi kartografiya-geodeziya maʼlumotlari, bajariladigan geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari toʻgʻrisidagi, shu jumladan ularning miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻlgan hamda doimiy yangilab boriladigan ishonchli geoaxborot tizimi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
maxsus (tarmoqqa oid) geodeziya tarmogʻi punktlari — geodezik tarmoqlarning yer sirtida mahkamlangan, maxsus texnik shartlar boʻyicha (elektrostansiyalar, gidrouzellar, konlar, shaxtalar, metropolitenlar, tunnellar, boshqa maxsus (tarmoqqa oid) ahamiyatga molik yirik inshootlar qurilishida) barpo etiladigan geodeziya punktlari;
nivelirlash punkti (reper) — joyda ishonchli mahkamlangan, balandligi esa hisoblash boshi (noli) deb qabul qilingan boshlangʻich geodeziya punktiga nisbatan aniqlanadigan geodeziya punkti;
poligonometriya punkti — maʼlum koordinatalar tizimida nuqtalarning oʻzaro joylashuv oʻrni (koordinatasi) ular oʻrtasidagi chiziqlar uzunligini va gorizontal burchaklarini oʻlchash orqali aniqlanadigan geodeziya punkti;
triangulyatsiya va trilateratsiya punktlari — joyda ishonchli mahkamlangan muhandislik konstruksiyasi koʻrinishidagi tashqi belgiga ega boʻlgan, koordinatalari maʼlum koordinatalar tizimida uchburchaklar shaklidagi geodezik oʻlchovlar asosida aniqlanadigan geodeziya punktlari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
3. Geodeziya punktlari geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyatiga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida barpo etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olish ishlari Kadastr agentligining Davlat kartografiya-geodeziya fondi (bundan buyon matnda Fond deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
4. Fond tomonidan:
yangi barpo etilgan geodeziya punktlari roʻyxatdan oʻtkaziladi hamda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi geodeziya punktlarining reyestriga (bundan buyon matnda Reyestr deb yuritiladi) kiritiladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan geodeziya punktlari vaqt oʻtishi bilan ularning joydagi holati (saqlanganligi, koʻchirilganligi, shikast yetkazilganligi, buzilganligi yoki yoʻq qilinganligi) haqidagi maʼlumotlar asosida Reyestrdagi mazkur geodeziya punktlari haqidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali hisobga olinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
5. Quyidagi geodeziya punktlari yangidan barpo etilganda roʻyxatdan oʻtkazilishi yoki ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa, hisobga olinishi lozim:
astronomik punktlar;
geodezik zichlashtirish tarmogʻi punktlari;
gravimetriya tarmogʻi punktlari;
doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻi punktlari;
yoʻldosh geodeziya tarmogʻi punktlari;
maxsus (tarmoqqa oid) geodeziya tarmogʻi punktlari;
nivelirlash punktlari (reperlar);
poligonometriya punktlari;
triangulyatsiya va trilateratsiya punktlari.
6. Fond har yili 1-fevralga qadar Reyestrdagi maʼlumotlar asosida ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq geodeziya punktlarining holati boʻyicha hisobotni Kadastr agentligiga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
2-bob. Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
7. Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 39-moddasi ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
8. Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
geodeziya punktlari koordinatalari va balandliklarining nashr etilgan kataloglari (roʻyxatlari);
geodeziya va kartografiyaga oid ishlar toʻgʻrisidagi texnik hisobotlar.
Geodeziya va kartografiya faoliyatining subyektlari yangidan barpo etilgan geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun geodeziya va kartografiyaga oid ishlar yakunlangandan soʻng bir oy muddatda mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni Fondga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
9. Geodeziya va kartografiya faoliyatining subyektlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Fondga kelib tushgan kundan boshlab oʻn ish kuni ichida geodeziya punktlari Fond tomonidan geoaxborot bazasida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda, geodeziya punktlari geoaxborot bazasida nuqtali, chiziqli va yuza koʻrinishidagi tematik qatlamlar shaklida ifodalanadi hamda mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shartli belgilar bilan tasvirlanadi.
3-bob. Geodeziya punktlarini hisobga olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
10. Geodeziya punktlarini hisobga olish ushbu Nizomning 5-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisi”gi Qonuni 40-moddasining toʻrtinchi xatboshisi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
11. Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari tomonidan geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni amalga oshirish jarayonida ilgari roʻyxatdan oʻtkazilgan geodeziya punktlaridan foydalanilganda, mazkur geodeziya punktlarining joydagi holati (saqlanganligi, koʻchirilganligi, shikast yetkazilganligi, buzilganligi yoki yoʻq qilinganligi) haqidagi maʼlumotlar shakllantiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.01.00 Umumiy qoidalar]
12. Geodeziya punktlarini hisobga olish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
geodeziya va kartografiyaga oid ishlar toʻgʻrisidagi texnik hisobotlar;
geodeziya punktlarining saqlanganligi, koʻchirilganligi, shikast yetkazilganligi, buzilganligi yoki yoʻq qilinganligi haqidagi maʼlumotlar (materiallar), dalolatnomalar.
Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari geodeziya va kartografiyaga oid ishlar yakunlangandan soʻng, bir oy muddatda mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni Fondga taqdim etadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
13. Geodeziya va kartografiya faoliyatining subyektlari tomonidan taqdim etilgan hujjatlar Fondga kelib tushgan kundan boshlab bir oy muddatda geodeziya punktlari Reyestrdagi mazkur geodeziya punktlari haqidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali Fond tomonidan geoaxborot bazasida hisobga olinadi.
Bunda, Reyestrdagi geodeziya punktlari haqidagi maʼlumotlarga oʻzgartirishlar kiritish ushbu geodeziya punktlariga taalluqli oʻzgartirishlar tarixi saqlangan holda amalga oshiriladi.
Fond geodeziya punktlarining holati haqidagi maʼlumotlar asosida geoaxborot bazasiga mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shartli belgilar orqali tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
14. Geodeziya punktining holati oʻzgarmasdan saqlangan taqdirda, Reyestrga geodeziya punktining holati saqlanganligi haqidagi maʼlumot, geodeziya va kartografiyaga oid ishlarni amalga oshirgan subyektning nomi hamda mazkur ishlar amalga oshirilgan vaqt (kun, oy, yil), shuningdek ushbu maʼlumotlarni Reyestrga kiritgan masʼul xodim toʻgʻrisidagi axborotlar (F.I.O) kiritiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
4-bob. Geodeziya punktlarini geoaxborot bazasida identifikatsiya qilish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.03.00 Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash]
15. Geodeziya punktlari geoaxborot bazasida quyidagi tarkibiy elementlar asosida identifikatsiya qilinadi:
geodeziya punktining turi;
geodeziya punktining nomi (raqami);
geodeziya punktining aniqlik darajasiga koʻra sinfi (razryadi);
geodeziya punktining holati;
geodeziya punkti joylashgan 1:100 000 masshtabli trapetsiyaning nomenklaturasi.
16. Geoaxborot bazasida geodeziya punktlariga quyidagi koʻrinishda takrorlanmas identifikatsiya raqami beriladi:
A-AA-AAA:BB:DDDD:E:F:GGGG.
Bunda:
A — belgisi oʻrniga geodeziya punkti joylashgan joyiga qarab J, K va L harfli belgilaridan biri qoʻyiladi;
AA — belgisi oʻrniga geodeziya punkti qaysi kartografik zonada joylashganligiga qarab 40, 41, 42, 43 raqamlaridan biri qoʻyiladi;
Izoh: A va AA — Gauss-Kryuger proyeksiyasi boʻyicha geodeziya punkti joylashgan joyning 1:1 000 000 masshtabli xaritasi nomenklaturasi boʻlib, ushbu xarita nomenklaturasi boʻyicha Oʻzbekiston hududi J, K va L harflari bilan boshlanadigan hamda 40, 41, 42 va 43 raqamlari bilan belgilangan trapetsiyaga toʻgʻri keladi.
AAA — belgisi oʻrniga geodeziya punkti joylashgan joyiga qarab 001 dan 144 gacha boʻlgan 1:100 000 masshtabli xaritalar nomenklaturasining tegishli raqamlaridan biri qoʻyiladi;
BB — belgisi oʻrniga ushbu Nizomning 17-bandiga muvofiq geodeziya punktining turini bildiruvchi harfli qisqartmalar belgisi qoʻyiladi;
DDDD — belgisi oʻrniga geodeziya punktining nomini (raqamini) bildiruvchi toʻrt xonali raqam va (yoki) harflar qoʻyiladi;
E — geodeziya punktining aniqlik darajasiga koʻra sinfini (razryadini) bildiruvchi son hisoblanadi hamda ushbu belgi oʻrniga aniqlik darajasi yuqoridan pastga qarab 1 dan 8 gacha boʻlgan sonlardan biri qoʻyiladi. Bunda, 1 — birinchi sinf, 2 — ikkinchi sinf, 3 — uchinchi sinf, 4 — toʻrtinchi sinf, 5 — birinchi razryad, 6 — ikkinchi razryad, 7 — topografik suratga olish asosi hamda 8 — texnik nivelirlashni bildiradi;
F — belgisi oʻrniga geodeziya punktining holatini bildiruvchi 1 dan 5 gacha boʻlgan sonlardan biri qoʻyiladi. Bunda 1 — yangi barpo etilgan, 2 — ishchi holatda saqlangan, 3 — koʻchirilgan, 4 — buzilgan va 5 — yoʻq qilingan geodeziya punktini bildiradi;
GGGG — belgisi oʻrniga geodeziya punktining (reperining) markaz turini bildiruvchi toʻrt xonali raqam va (yoki) harflar qoʻyiladi.
17. Geodeziya punktlarini identifikatsiya qilishda ularning turiga koʻra quyidagi harfli qisqartmalardan foydalaniladi:
AP — astronomik punktlar;
GZ — geodezik zichlashtirish tarmogʻi punktlari;
GR — gravimetriya tarmogʻi punktlari;
GS — doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻi punktlari;
YG — yoʻldosh geodeziya tarmogʻi punktlari;
MP — maxsus (tarmoqqa oid) geodeziya tarmogʻi punktlari;
NP — nivelirlash punktlari (reperlar);
PP — poligonometriya punktlari;
TR — triangulyatsiya va trilateratsiya punktlari.
5-bob. Yakuniy qoida
18. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
Geodeziya va kartografiya faoliyatining subyektlari yangidan barpo etilgan geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun geodeziya va kartografiyaga oid ishlar yakunlangandan soʻng mazkur Nizomning 8-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni Fondga taqdim etadi.
Ishlar yakunlangandan soʻng bir oy ichida
2-bosqich
Fond
Fond taqdim etilgan hujjatlar asosida geodeziya punktlarini geoaxborot bazasida roʻyxatdan oʻtkazadi.
10 ish kuni ichida
3-bosqich
Fond
Geodeziya punktlarning reyestriga kiritilgan geodeziya punktlari haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga taqdim etadi.
Har yili 1-fevraliga qadar
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
Geoaxborot bazada geodeziya punktlarini tasvirlashda qoʻllaniladigan shartli belgilar
1. Yangidan barpo etilgan hamda holati oʻrganilgan (saqlangan, koʻchirilgan) geodeziya punktlari
5 mm
Astronomik punktlar, doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻi va yoʻldosh geodeziya tarmogʻi punktlarining markazlari va tashqi belgilari ishchi holatda saqlangan punktlar
Astronomik punktlar, doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻi va yoʻldosh geodeziya tarmogʻi punktlarining markazlari ishchi holatda saqlangan, lekin tashqi belgilari yoʻq punktlar
Astronomik punktlar, doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻi va yoʻldosh geodeziya tarmogʻi punktlari markazlarini faqat pastki markazi saqlangan punktlar
3 mm
Poligonometriya punkti va ushbu punktga oid geodezik zichlashtirish tarmogʻi punktlari hamda maxsus (tarmoqqa oid) geodeziya tarmogʻi punktlari, gravimetriya tarmogʻi punktlari
3 mm
Uzoq muddat saqlashga moʻljallangan suratga olish asosi punktlari
5 mm
Nivelirlash punktlari (reperlar)
3 mm
Triangulyatsiya. trilateratsiya punktlari va ushbu punktlarga oid geodezik zichlashtirish tarmogʻi punktlari
2. Yoʻqotilgan(buzilgan, yoʻq qilingan)geodeziya punktlari
Doimiy faoliyat koʻrsatadigan sunʼiy yoʻldosh orqali kuzatish stansiyalari tarmogʻi, yoʻldosh geodeziya tarmogʻi, triangulyatsiya, trilateratsiya, poligonometriya tarmogʻi va topografik suratga olish asosi punktlari
Nivelirlash punktlari (reperlar)
3. Topilmagan nivelirlash punktlari (reperlar)
Nivelirlash punktlari (reperlar)
Geodeziya punktlarini roʻyxatdan oʻtkazish va hisobga olishni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.11.00.00 Geodeziya va kartografiya / 09.11.01.00 Geodeziya]
Geodeziya va kartografiya faoliyati subyektlari geodeziya va kartografiyaga oid ishlar yakunlangandan soʻng, mazkur Nizomning 12-bandi ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlarni Fondga taqdim etadi.
Ishlar yakunlangandan soʻng bir oy ichida
2-bosqich
Fond
Fond taqdim etilgan hujjatlar asosida geodeziya punktlarini Reyestrdagi mazkur geodeziya punktlari haqidagi maʼlumotlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritish orqali geoaxborot bazasida hisobga oladi.
Bir oy muddatda
3-bosqich
Fond
Geodeziya punktlarning reyestriga kiritilgan geodeziya punktlari haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligiga taqdim etadi.
Har yili 1-fevraliga qadar
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2023-y., 10/23/3445/0465-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)