

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-6522606" id="onLBC-6522606">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6294"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.14.00.00 Intellektual mulk / 03.14.01.00 Umumiy qoidalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-6522606" id="onLS-6522606">[<b>TSZ:</b><div id="LS3800"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Sud tuzilishi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-6522638" id="-6522638">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining </div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-6522640" id="-6522640">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-6522643" id="-6522643">Intellektual mulkka oid ishlarni koʻrib chiqishning ayrim masalalari toʻgʻrisida</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6522644" id="-6522644"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522647" id="-6522647">Mamlakatimizda intellektual mulk sohasini rivojlantirish, muallif va boshqa huquq egalarining qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga alohida eʼtibor berilmoqda.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522649" id="-6522649">Intellektual mulkni ragʻbatlantirishga doir normalar Asosiy qonunimizdan ham oʻrin olgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining <a href="/acts/-6445145#-6445632">53-moddasida </a>har kimga ilmiy, texnikaviy va badiiy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanib, intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinishi va davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida gʻamxoʻrlik qilishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522651" id="-6522651">Intellektual mulk obyektlari muhofazasini taʼminlash bilan birga ularni samarali himoya qilish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish va amalga oshirish hamda bu yoʻnalishdagi amaliyotni takomillashtirish davr talabidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522652" id="-6522652">Shunga koʻra, intellektual mulkka oid ishlarni koʻrishda sudlar tomonidan qonunchilikni toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/acts/-5534923#-5536944">22-moddasiga </a>asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522657" id="-6522657">1. Sudlarga tushuntirilsinki, intellektual mulk sohasida kelib chiqadigan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi <a href="/acts/-6445145">Konstitutsiyasi </a>(bundan buyon matnda Konstitutsiya deb yuritiladi), Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (BMT Bosh Assambleyasining Rezolyutsiya 217 A (III) bilan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan va eʼlon qilingan), boshqa Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, Fuqarolik <a href="/acts/-111189">kodeksi </a>(bundan buyon matnda FK deb yuritiladi), “<a href="/acts/-76671">Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-69237">Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-32769">Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-1248526">Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-5889882">Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-1055517">Firma nomlari toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-1022944">Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-6518381">Raqobat toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-4571490">Ilm-fan va ilmiy faoliyat toʻgʻrisida</a>”, “<a href="/acts/-33150">Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida</a>”gi qonunlari va intellektual mulk sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522661" id="-6522661">Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, intellektual mulk sohasiga oid Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga quyidagilar kiradi, xususan:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522662" id="-6522662">“Butunjahon intellektual mulk tashkilotini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2600169">konvensiyasi </a>(1967-yil 14-iyul, Stokgolm va 1979-yil 2-oktabrda oʻzgartirilgan; Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1991-yil 25-dekabrdan kuchga kirgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522663" id="-6522663">“Sanoat mulki muhofazasi boʻyicha” Parij konvensiyasi (Parij, 1883-yil 20-mart, Bryussel, 1900-yil 14-dekabr, Vashington, 1911-yil 2-iyun, London, 1934-yil 2-iyun, Lissabon, 1958-yil 31-oktabr, Stokgolm, 1967-yil 14-iyulda qayta koʻrilgan va 1979-yil 2-oktabrda oʻzgartirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi mazkur konvensiyada huquqiy voris sifatida 1991-yil 25-dekabrdan ishtirok etadi);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522664" id="-6522664">“Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Bern <a href="/acts/-1310607">konvensiyasi </a>(Parij, 1971-yil 24-iyul, 1979-yil 28-sentabrda oʻzgartish kiritilgan. Mazkur konvensiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 27-avgustdagi 681-II-sonli “Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Bern konvensiyasiga qoʻshilish haqida”gi <a href="/acts/-350139">qaroriga </a>asosan qoʻshilgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522666" id="-6522666">“Patent huquqi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-1345819">shartnoma </a>(2000-yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi ushbu shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 15-martdagi OʻRQ-25-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 1-iyunda Jenevada Diplomatik konferensiya tomonidan qabul qilingan Patent huquqi toʻgʻrisidagi Shartnomaga qoʻshilishi haqida”gi <a href="/acts/-973719">qonuniga </a>asosan qoʻshilgan. 2006-yil 19-iyuldan kuchga kirgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522669" id="-6522669">“Tovar belgilariga doir qonunlar toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2691060">shartnoma </a>(Jeneva, 1994-yil 27-oktabr. Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 1-maydagi 630-I-sonli “Tovar belgilariga doir qonunlar toʻgʻrisidagi Shartnomaga qoʻshilish haqida”gi <a href="/acts/-2623829">qaroriga </a>asosan qoʻshilgan. Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1998-yil 4-sentabrdan kuchga kirgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522673" id="-6522673">“Oʻsimliklarning yangi navlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi xalqaro <a href="/acts/-1322202">konvensiya </a>(1961-yil 2-dekabr, 1972-yil 10-noyabr, 1978-yil 23-oktabr va 1991-yil 19-martda Jenevada qayta koʻrib chiqilgan. Mazkur konvensiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 27-avgustdagi 680-II-sonli “Oʻsimliklarning yangi navlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Xalqaro konvensiyaga qoʻshilish haqida”gi <a href="/acts/-350137">qarori </a>bilan ratifikatsiya qilingan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522675" id="-6522675">“Belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Madrid bitimiga doir <a href="/acts/-1345389">bayonnoma </a>(Madrid, 1989-yil 27-iyun. Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Bayonnomaga Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 18-iyuldagi OʻRQ-40-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining belgilarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi Madrid bitimiga doir bayonnomaga (Madrid, 1989-yil 27-iyun) qoʻshilishi haqida”gi <a href="/acts/-1022877">Qonuniga </a>asosan qoʻshilgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522677" id="-6522677">“Patent kooperatsiyasi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-2602762">shartnoma </a>(Vashington, 1970-yil 19-iyun. Oʻzbekiston Respublikasi uchun 1991-yil 25-dekabrdan kuchga kirgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522679" id="-6522679">“Patent protsedurasi maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponentlashning xalqaro eʼtirof etilishi toʻgʻrisida”gi Budapesht <a href="/acts/-2119620">shartnomasi </a>(Budapesht, 1977-yil 28-aprel. Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 277-II-sonli “Patent tartiboti maqsadlari uchun mikroorganizmlarni toʻplashni xalqaro eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Budapesht shartnomasiga qoʻshilish haqida”gi <a href="/acts/-2119622">Qaroriga </a>asosan qoʻshilgan. 2002-yil 12-yanvardan kuchga kirgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522683" id="-6522683">“Belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tovar va xizmatlarning xalqaro tasnifi toʻgʻrisida”gi Nitssa <a href="/acts/-2119697">bitimi </a>(Nitssa, 1957-yil 15-iyun. Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Bitimga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 275-II-sonli “Belgilar roʻyxatga olinadigan Xalqaro tovarlar va xizmatlar tasnifi toʻgʻrisidagi Nitssa shartnomasiga qoʻshilish haqida”gi <a href="/acts/-2119664">qaroriga </a>asosan qoʻshilgan. 2002-yil 12-yanvardan kuchga kirgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522685" id="-6522685">“Xalqaro patent tasnifi toʻgʻrisida”gi Strasburg <a href="/acts/-2111876">bitimi </a>(Strasburg, 1971-yil 24-mart. Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Bitimga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 276-II-sonli “Xalqaro patent tasnifi toʻgʻrisidagi Strasburg bitimiga qoʻshilish haqida”gi <a href="/acts/-2114799">qarori </a>bilan qoʻshilgan. 2002-yil 12-oktabrdan kuchga kirgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522687" id="-6522687">“Sanoat namunalarining xalqaro tasnifini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Lokarno <a href="/acts/-1345377">bitimi </a>(1968-yil 8-oktabrda Lokarnoda imzolangan. Oʻzbekiston Respublikasi ushbu Bitimga Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 14-martdagi OʻRQ-24-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 1968-yil 8-oktabrda Lokarnoda imzolangan sanoat namunalarining xalqaro tasnifini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Lokarno bitimiga qoʻshilishi haqida”gi <a href="/acts/-973717">qonuni </a>bilan qoʻshilgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522689" id="-6522689">“Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Mualliflik huquqi boʻyicha shartnomasi” (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr. Oʻzbekiston Respublikasi ushbu shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi OʻRQ-520-sonli “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Mualliflik huquqi boʻyicha shartnomasi”ga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-4202732">qonuniga </a>asosan qoʻshilgan. Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2019-yil 17-iyuldan kuchga kirgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522691" id="-6522691">“Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnomasi” (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr. Oʻzbekiston Respublikasi ushbu shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 16-fevraldagi OʻRQ-519-sonli “Butunjahon intellektual mulk tashkilotining ijrolar va fonogrammalar boʻyicha shartnomasi”ga (Jeneva, 1996-yil 20-dekabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-4202725">qonuniga </a>asosan qoʻshilgan. Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2019-yil 17-iyuldan kuchga kirgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522694" id="-6522694">“Fonogrammalarni tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalarini noqonuniy takrorlashdan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-4319087">konvensiya </a>(Jeneva, 1971-yil 29-oktabr. Mazkur Konvensiya Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-dekabrdagi OʻRQ-511-sonli “Fonogramma tayyorlovchilarning manfaatlarini ularning fonogrammalari noqonuniy takrorlanishidan muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Jeneva, 1971-yil 29-oktabr) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi <a href="/acts/-4127879">Qonuni </a>bilan ratifikatsiya qilingan. Oʻzbekiston Respublikasi uchun 2019-yil 25-apreldan kuchga kirgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522696" id="-6522696">“Koʻzi ojiz, koʻrishda nuqsoni boʻlgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish toʻgʻrisida”gi Marokash shartnomasi (Marokash, 2013-yil 27-iyun. Oʻzbekiston Respublikasi mazkur shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-80-sonli “Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-5819810">qarori </a>bilan qoʻshilgan);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522698" id="-6522698">boshqa xalqaro shartnomalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522701" id="-6522701">2. Sudlarning eʼtibori FK <a href="/acts/-180552#-197233">1031-moddasiga </a>muvofiq intellektual mulk obyektlari muayyan belgilariga qarab uch guruhga boʻlinishi va ushbu guruhdagi obyektlar roʻyxati tugal emasligiga qaratilsin (masalan, geografik koʻrsatkichlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining, tovarlar, ishlar va xizmatlarning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalar intellektual mulk obyekti hisoblanadi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522703" id="-6522703">3. Shuni nazarda tutish lozimki, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi) intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni muhofaza qilish va himoya qilish sohalarida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organi boʻlib, Intellektual mulk agentligining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-6522784" id="-6522784">Protsessual qonunchilikni qoʻllash</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522787" id="-6522787">4. Sudlarga tushuntirilsinki, intellektual mulkka oid nizolar turli xil huquqiy tabiatga ega boʻlib, ushbu huquqiy tabiat nizolarning sudlarga taalluqlilik masalasini hal qilishda muhim ahamiyatga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522789" id="-6522789">Shu sababli sudlar tomonidan nizolarning sudlovga taalluqliligi masalasini hal qilishda nizoning huquqiy tabiatini (ommaviy yoki xususiy) va nizolashuvchi shaxslarning tarkibini aniqlashlari hamda ushbu masalani Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining (bundan buyon matnda MSIYUtK deb yuritiladi) <a href="/acts/-3527353#-3528900">26-moddasi</a>, Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) <a href="/acts/-3517337#-3518237">27-moddasi</a>, Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) <a href="/acts/-3523891#-3527466">25-moddasi </a>talablaridan kelib chiqib hal etishlari lozimligi eʼtiborga olinsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522790" id="-6522790">Intellektual mulkka oid maʼmuriy huquqbuzarliklar va jinoyatlar belgilangan tartibda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi. Bunda maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat natijasida intellektual mulk egalariga yetkazilgan zarar jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan hal qilinishi mumkin (Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning <a href="/acts/-97664#-197974">38-moddasi</a>, Jinoyat-protsessual kodeksining <a href="/acts/-111460#-255025">275-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522792" id="-6522792">5. Tushuntirilsinki, maʼmuriy organning intellektual mulk obyektlariga patent (guvohnoma) berish (roʻyxatga olish) haqidagi talabnomalarni koʻrib chiqmaganlik, patent (guvohnoma) berishni rad etish, patent (guvohnoma)ning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman oʻzgalarga berish toʻgʻrisidagi shartnomalarni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish bilan bogʻliq maʼmuriy hujjatlari, harakatlari (harakatsizligi)ga oid talablar ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar boʻlib, maʼmuriy sudlarning sudloviga taalluqli hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522794" id="-6522794">Vakolatli davlat organining Apellyatsiya kengashi qarorlari ustidan berilgan shikoyatlar ham maʼmuriy sudlarning sudloviga taalluqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522796" id="-6522796">6. Sudlarning eʼtibori, MSIYUtKning <a href="/acts/-3527353#-3528912">27-moddasiga </a>muvofiq, arizachi intellektual mulk sohasiga oid maʼmuriy hujjatni haqiqiy emas, mansabdor shaxsning xatti-harakatlari (harakatsizligi)ni qonunga xilof deb topish haqidagi talablar bilan bir qatorda ushbu talablarga sababiy bogʻlanishda boʻlgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talabni ham qoʻyishga haqli ekanligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522798" id="-6522798">Arizachi tomonidan bunday zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida talab qoʻyilmaganligi, keyinchalik ushbu talab bilan fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqidan mahrum qilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522800" id="-6522800">Mazkur bandning birinchi xatboshisida nazarda tutilgan zararni undirish haqidagi alohida tartibda berilgan talab, shuningdek sababiy bogʻlanishda boʻlmagan yoki maʼmuriy organ boʻlmagan boshqa shaxslardan zararni undirish haqidagi talablar fuqarolik ishlari boʻyicha yoxud iqtisodiy sudlar tomonidan koʻrib chiqiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522802" id="-6522802">7. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, muallif va (yoki) huquq egasining oʻz huquqlarini fuqarolik munosabatlari ishtirokchilari tomonidan har qanday buzilishlardan himoya qilish, litsenziya shartnomasi, intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni toʻliq yoki qisman oʻtkazish haqidagi shartnomadan kelib chiquvchi hamda mualliflar va (yoki) huquq egalari oʻrtasidagi nizolar, shuningdek uchinchi shaxslarning intellektual mulk obyektlaridan foydalanganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish, tovar belgisiga doir guvohnomani muddatidan oldin toʻliq yoxud qisman tugatish haqidagi talablar fuqarolik ishlari boʻyicha yoinki iqtisodiy sudlar tomonidan hal etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522804" id="-6522804">Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan merosga doir ishlar hamda xizmat vazifalari yoki xizmat topshirigʻi tartibida yaratilgan ayrim intellektual mulk obyektlari (asar, ixtiro, foydali model va sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, integral mikrosxema topologiyalari va hok.) bilan bogʻliq nizolar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga taalluqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522805" id="-6522805">Ayrim intellektual mulk obyektlari (ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, seleksiya yutugʻi, tovar belgisi, tovar kelib chiqqan joy nomi, firma nomi)ga nisbatan mutlaq huquqlarni buzgan yuridik shaxslarga nisbatan jarima undirish toʻgʻrisidagi vakolatli davlat organining daʼvo arizasi iqtisodiy sudlarga taalluqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522809" id="-6522809">8. Konstitutsiyaning <a href="/acts/-6445145#-6445640">55-moddasida </a>har kim oʻz huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli ekanligi belgilangan. Har kimga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlangan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522811" id="-6522811">Shu munosabat bilan sudlarning eʼtibori, agar qonunda va (yoki) bitimda nizoni hal etishning sudgacha majburiy tartibi toʻgʻridan-toʻgʻri belgilanmagan boʻlsa, ushbu tartibga rioya etilmaganligi asosida daʼvo arizasini (arizani) qaytarish yoki qabul qilishni rad etish, agar daʼvo arizasi (ariza) ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, uni koʻrmasdan qoldirish yoxud ish yuritishni tugatish mumkin emasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522817" id="-6522817">9. Sudlarga tushuntirilsinki, FK <a href="/acts/-111189#-151117">27-moddasiga </a>asosan oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlar sudda fan, adabiyot va sanʼat asarining, ixtironing yoki oʻz intellektual faoliyatining qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa natijasiga mualliflik huquqini mustaqil ravishda himoya qilishga haqli.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-6522819" id="-6522819">Umumiy masalalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522824" id="-6522824">10. Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi deganda qonunchilikka muvofiq mazkur obyektlarning tan olinishi va davlat tomonidan muallif va (yoki) huquq egalariga mutlaq huquqlarning berilishi hamda intellektual mulkni himoya qilish uchun tegishli imkoniyatlar taqdim etilishi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522831" id="-6522831">Intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522833" id="-6522833">ularning yaratilganligi tufayli;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522835" id="-6522835">FK yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda vakolatli davlat organi tomonidan huquqiy muhofaza berilishi natijasida yuzaga keladi (FK <a href="/acts/-180552#-197258">1032-modda</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522842" id="-6522842">Qonunda nazarda tutilgan hollarda huquqiy muhofaza Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq vujudga kelishi mumkin (masalan, “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunning <a href="/acts/-24925#-24955">4 </a>va <a href="/acts/-24925#-24964">6-moddalari</a>, “Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi qonunning <a href="/acts/-5889882#-5891749">4-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522846" id="-6522846">11.Sudlarga tushuntirilsinki, quyidagi intellektual mulk obyektlarini huquqiy muhofaza qilish ularning yaratilish faktlari asosida vujudga keladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522849" id="-6522849">fan, adabiyot va sanʼat asarlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522850" id="-6522850">ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522853" id="-6522853">elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlar va maʼlumot bazalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522862" id="-6522862">oshkor etilmagan axborot, shu jumladan ishlab chiqarish sirlari (nou-xau).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522863" id="-6522863">Ushbu obyektlar ogʻzaki, yozma yoki uni boshqa shaxslar tomonidan qabul qilishga imkon beradigan boshqa obyektiv shaklda ifodalangan paytdan boshlab yaratilgan hisoblanadi va shu paytdan muallif va (yoki) huquq egasida shaxsiy nomulkiy va (yoki) mulkiy (mutlaq) huquqlar paydo boʻladi hamda huquqiy muhofazaga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522864" id="-6522864">Bunday obyektlarni roʻyxatdan oʻtkazish (patent, guvohnoma olish va hok.) talab etilmaydi. Shunga koʻra, sudlarning eʼtibori qonunchilikda ushbu obyektlarni keyinchalik ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazish qoidasi mavjud boʻlsa ham roʻyxatdan oʻtkazish texnik xususiyatga egaligi sababli unga rioya qilmaslik yuqoridagi huquqlar vujudga kelishiga toʻsqinlik qilmasligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522867" id="-6522867">Shu munosabat bilan sudlar, xususiy-huquqiy yoki ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda muallifda yoxud huquq egasida qayd etilgan huquq qachon paydo boʻlganligini aniqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522870" id="-6522870">12. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, intellektual mulk obyektlarining quyidagi turlarini huquqiy muhofaza qilish berilgan huquqiy muhofaza hujjati (guvohnoma, patent va hok.) asosida vujudga keladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522871" id="-6522871">ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari (patent asosida};</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522873" id="-6522873">seleksiya yutuqlari (patent asosida);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522874" id="-6522874">tovar belgilari (guvohnoma yoki roʻyxatdan oʻtkazish asosida);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522875" id="-6522875">firma nomlari (firma nomlari reyestriga kiritilishi natijasida);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522876" id="-6522876">tovar kelib chiqqan joy nomlari (guvohnoma yoki roʻyxatdan oʻtkazish asosida);</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522877" id="-6522877">geografik koʻrsatkichlar (guvohnoma yoki roʻyxatdan oʻtkazish asosida).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522878" id="-6522878">Sudlarga tushuntirilsinki, firma nomlaridagi umumeʼtirof etilgan soʻzlardan uchinchi shaxslar tomonidan oʻz tovar (xizmat)larida foydalanganligi ushbu firma nomi egasining huquqlari buzilganligini anglatmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522879" id="-6522879">Bunda sudlarning eʼtibori hammaga maʼlum tovar (xizmat koʻrsatish) belgisining huquqiy muhofazasi qonunchilikda belgilangan tartibda berilgan vakolatli davlat organi Apellyatsiya kengashining qarori asosida vujudga kelishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522880" id="-6522880">13. Sudlar oshkor etilmagan axborotlarni huquqiy muhofaza qilish yuzasidan kelib chiqqan nizolar FKning <a href="/acts/-180552#-198398">64-bobi</a>, Oʻzbekiston Respublikasining “<a href="/acts/-2460801">Tijorat siri toʻgʻrisida</a>” va “<a href="/acts/-98850">Davlat sirlari toʻgʻrisida</a>”gi qonunlarida belgilangan alohida xususiyatlardan kelib chiqib hal etilishini nazarda tutishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522881" id="-6522881">14. Sudlarning eʼtibori intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqning muddatli ekanligiga qaratilsin, bundan oshkor etilmagan axborot, firma nomi, hammaga maʼlum tovar belgisiga nisbatan huquqlar mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522882" id="-6522882">Shu sababli sudlar, ushbu toifadagi ishlarni koʻrishda huquqiy muhofaza muddati oʻtmaganligini ham aniqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522883" id="-6522883">15. Qonunchilikka koʻra, intellektual faoliyat natijalarining mualliflari ana shu natijalarga nisbatan shaxsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarga ega boʻladilar (FK <a href="/acts/-180552#-197262">1033-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522885" id="-6522885">Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda mulkiy huquqlar boshqa shaxslarga tegishli boʻlishi (masalan, xizmat asari) yoki shaxsiy nomulkiy huquqlar mavjud boʻlmasligi (masalan, fonogramma, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish) ham mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522886" id="-6522886">16. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, shaxsiy nomulkiy huquqlar bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda shaxsiy nomulkiy huquq deganda mulkiy mazmunga ega boʻlmagan, obyekt yaratuvchisi (muallif)ni ijodiy maqomini belgilovchi va ushbu maqomdan kelib chiqadigan huquqlarni mustahkamlashga va himoya qilishga qaratilgan muddatsiz mutlaq huquqlari boʻlib, u faqat muallifga tegishli va begonalashtirilishi mumkin emasligi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522891" id="-6522891">Muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari uning mulkiy huquqlari turlari, mazmuni va hajmlaridan qatʼiy nazar unga tegishli boʻlishi, bunday huquqlar mulkiy huquqlar boshqa shaxslarga oʻtkazilgan taqdirda ham saqlab qolinishi eʼtiborga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522892" id="-6522892">Shu sababli, shaxsiy nomulkiy huquqlarni boshqa shaxslarga oʻtkazish haqidagi bitimlar (masalan, muallifning oʻz xohishiga koʻra ushbu huquqdan voz kechib, uni bitim yoki shartnoma asosida berishi) FK <a href="/acts/-111189#-5445337">116-moddasiga </a>muvofiq oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522893" id="-6522893">17. Muallifning mulkiy huquqlari deganda intellektual faoliyat natijalaridan uning oʻzi tomonidan foydalanish, foydalanish huquqini boshqa shaxslarga oʻtkazish yoki foydalanishga ruxsat berish kabi huquqlari tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522894" id="-6522894">Shundan kelib chiqib, sudlarning eʼtibori ishning pirovard natijasidan manfaatdor shaxslar doirasini toʻgʻri aniqlash lozimligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522895" id="-6522895">18. Sudlarga tushuntirilsinki, muallif mulkiy huquqlarini boshqa shaxslarga oʻtkazgan yoki oʻtkazmaganligidan qatʼiy nazar, shaxsiy nomulkiy huquqlarini har qanday buzilishlardan himoyalash maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega (masalan, asarga nisbatan mutlaq huquqlarni sotib olgan nashriyot uni chop etishda muallif nomini koʻrsatmaganda, muallif nufuzi, shaʼni, qadr-qimmati poymol qilinganda).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522896" id="-6522896">19. Qonunchilikka koʻra, individuallashtirish vositalariga nisbatan huquqlar intellektual faoliyat natijalariga nisbatan huquqlardan farq qilib, ushbu vosita egalariga faqat mulkiy huquqlar tegishli boʻladi (FK <a href="/acts/-180552#-197262">1033-moddasi</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522897" id="-6522897">20. FK <a href="/acts/-180552#-197281">1034-moddasi </a>qoidalaridan kelib chiqib, sudlarga tushuntirilsinki, mulkiy huquq toʻliq hajmda boshqa shaxslarga oʻtganda, huquq egasi ushbu huquqni oʻzidan begonalashtiradi va obyektga boʻlgan mulkiy huquq uchinchi shaxslarda vujudga keladi, qisman oʻtkazilganda esa huquq egasi bu huquqni muayyan qismini oʻzida saqlab qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522898" id="-6522898">21. Qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan ayrim intellektual mulk obyektlariga bogʻliq boʻlgan shartnomalar (litsenziya shartnomasi, huquqlarni toʻliq yoki qisman boshqa shaxsga oʻtkazish) vakolatli davlat organida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozimligiga qaratilsin. Bunday tartib mavjud boʻlmaganda, intellektual mulkka oid shartnoma (mualliflik shartnomasi, firma nomidan foydalanish toʻgʻrisidagi litsenziya shartnomasi)ni roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmasligi sudlarga tushuntirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522900" id="-6522900">22. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, intellektual mulk obyektlariga nisbatan mutlaq huquqlar bir nechta merosxoʻrlarga oʻtkazilayotganda mazkur huquqlar ular oʻrtasida foiz yoki qism koʻrinishda taqsimlanishi mumkin emas. Bunda mutlaq huquqlardan foydalanish merosxoʻrlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522901" id="-6522901">23. Sudlar qonunchilikda ayrim intellektual mulk obyektlariga nisbatan mulkiy huquqlar egalaridan boshqa shaxslarga oʻtishi boʻyicha istisnolar mavjudligini inobatga olishi lozim (masalan, tovar kelib chiqqan joy nomidan, geografik koʻrsatkichlardan foydalanish huquqini boshqa shaxsga berishga, ularni boshqa shaxsga oʻtkazish haqidagi bitimlarni tuzishga yoki litsenziya asosida foydalanish uchun ruxsat berishga yoʻl qoʻyilmaydi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522902" id="-6522902">24. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlar umumiy va maxsus usullarda himoya qilinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522903" id="-6522903">Umumiy usul FKning <a href="/acts/-111189#-150418">11-moddasida </a>belgilangan boʻlib, shunga koʻra sudlarning eʼtibori mazkur moddada belgilangan fuqarolik huquqlarini himoya qilishning barcha usullari intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni himoya qilishga ham tatbiq etilishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522904" id="-6522904">Maxsus usul FKning <a href="/acts/-180552#-197374">1040 </a>va <a href="/acts/-180552#-198491">1107-moddalarida </a>belgilangan boʻlib, mutlaq huquqlar qaysi moddiy obyektlar yordamida buzilgan boʻlsa:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522905" id="-6522905">oʻsha moddiy obyektlarni hamda bunday buzish natijasida yaratilgan moddiy obyektlarni olib qoʻyish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522906" id="-6522906">yoʻl qoʻyilgan buzish haqidagi maʼlumotni majburiy suratda eʼlon qilib, unga buzilgan huquq kimga tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522907" id="-6522907">tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanayotgan shaxs tomonidan tayyorlab qoʻyilgan tovar belgisi tasvirlarini yoʻq qilish, qonunga xilof ravishda foydalanayotgan tovar belgisini yoki almashtirib yuborish darajasida unga oʻxshash boʻlgan belgini tovardan yoxud uning idishi va oʻrovidan yoʻqotish, bunday talablarni bajarish imkoniyati boʻlmaganda esa tegishli tovar yoʻq qilib tashlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522908" id="-6522908">Shuningdek, intellektual mulk obyektlariga nisbatan huquqlarni himoya qilish qonunda nazarda tutilgan boshqa maxsus usullarda ham amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522909" id="-6522909">25. Sudlarning eʼtibori FKning <a href="/acts/-111189#-150438">14-moddasiga </a>muvofiq, agar huquqni buzgan shaxs buning natijasida daromad olgan boʻlsa, huquqi buzilgan shaxs boshqa zarar bilan bir qatorda boy berilgan foyda bunday daromaddan kam boʻlmagan miqdorda toʻlanishini talab qilishga haqli ekanligiga qaratilsin.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-6522910" id="-6522910">Mualliflik huquqi</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522912" id="-6522912">26. Mualliflik huquqi obyektlar turlari jumlasiga adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, oʻquv, publitsistik va boshqa asarlar); dramatik va ssenariy asarlar; matnli va matnsiz musiqa asarlari; musiqali-dramatik asarlar; xoreografiya asarlari va pantomimalar; audiovizual asarlar; rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy sanʼat asarlari; manzarali-amaliy va sahna bezagi sanʼati asarlari; arxitektura, shaharsozlik va bogʻ-park barpo etish sanʼati asarlari; fotografiya asarlari va fotografiyaga oʻxshash usullarda yaratilgan asarlar; joʻgʻrofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, joʻgʻrofiya, topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar; barcha turdagi elektron-hisoblash mashinalari (EHM) uchun dasturlar, shu jumladan amaliy dasturlar va operatsiya tizimlari hamda FKning <a href="/acts/-180552#-1109939">1041-moddasida </a>belgilab qoʻyilgan talablarga javob beruvchi boshqa asarlar kiradi (FK <a href="/acts/-180552#-197425">1042-modda</a>).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522913" id="-6522913">Sudlarga tushuntirilsinki, ijodiy mehnati bilan asar yaratgan jismoniy shaxs muallif hisoblanib, unga texnik yordam koʻrsatgan shaxslar (matn terish, korrektirovka qilish va boshqalar) asarning hammualliflari deb tan olinmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522915" id="-6522915">27. FKning <a href="/acts/-180552#-197664">1051-moddasida </a>va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunning <a href="/acts/-1022944#-1023102">18-moddasida </a>sanab oʻtilgan shaxsiy nomulkiy huquqlar (muallif deb eʼtirof etilish huquqi, muallifning ismiga boʻlgan huquq, oshkor qilishga boʻlgan huquq, asarni chaqirib olish huquqi, muallif obroʻsini himoya qilish huquqi) daxlsizdir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522916" id="-6522916">Sudlar shuni inobatga olsinki, muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlari meros boʻyicha oʻtmaydi. Biroq, muallifning merosxoʻrlari yoki muallif oʻzining shaxsiy nomulkiy huquqlarini himoya qilishni ishonib topshirgan shaxs, shuningdek merosxoʻrlar boʻlmagan taqdirda vakolatli davlat organi muallifning ushbu huquqlarini hech qanday cheklovlarsiz himoya qilishga haqlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522917" id="-6522917">28. FKning <a href="/acts/-180552#-1110614">1056-moddasi </a>va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunning <a href="/acts/-1022944#-1023123">19-moddasida </a>belgilangan muallifning mulkiy huquqlari buzilgan taqdirda, muallif va (yoki) huquq egasi, ularning merosxoʻrlari, mulkiy huquqlarni jamoaviy boshqarish tashkiloti, shuningdek vakolatli davlat organi tomonidan himoya qilinishi mumkinligi eʼtiborga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522919" id="-6522919">29. Sudlar eʼtiborga olishlari lozimki, mualliflik huquqi oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522921" id="-6522921">Asarni oshkor qilish deganda muallifning roziligi bilan amalga oshirilgan, asarni chop etish, omma oldida namoyish etish, omma oldida ijro etish, efirga uzatish yoki boshqacha usulda yuborish yoʻli bilan ilk bor asardan barchaning voqif boʻlishi uchun imkon beradigan harakat tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522922" id="-6522922">Shunga koʻra, mualliflik huquqi obyektlari eʼlon qilingan (oshkor qilingan, chop etilgan) yoki eʼlon qilinmagan asarlar boʻlishidan qatʼiy nazar, mualliflik huquqi bilan muhofaza etilishi inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522923" id="-6522923">Sudlarning eʼtibori, muallif oshkor qilish toʻgʻrisida ilgari qabul qilgan qaroridan, asardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga ular shunday qaror tufayli koʻrgan zararning oʻrnini, shu jumladan boy berilgan foydani qoplash sharti bilan, voz kechish huquqiga (asarni chaqirib olish huquqiga) ega ekanligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522925" id="-6522925">Mualliflik huquqi nafaqat butun asarga, balki uning bir qismiga, agar asarning ushbu qismi ijodiy faoliyat natijasi boʻlsa va mustaqil ravishda ishlatilishi mumkin boʻlsa qoʻllaniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522926" id="-6522926">30. FK <a href="/acts/-180552#-1109939">1041-moddasiga </a>koʻra, mualliflik huquqi gʻoyalar, prinsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki konsepsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etilishi bois, ular huquqiy muhofaza obyektiga aylanishi uchun asar obyektiv ravishda mavjud boʻlishi kerak (masalan, kartina yaratish gʻoyasining oʻzi ushbu gʻoyani muhofaza obyektiga aylantirmaydi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522927" id="-6522927">Bunda, asarning u yoki bu obyektiv shaklda ifodalanishi, qoida tariqasida, moddiy predmet shaklida (masalan, kitob, haykal va hok.) aks ettirilishi tushuniladi. Shunga koʻra, ilmiy, ilmiy-publitsistik ishlarning “konsepsiya”, “tizim” kabi nomlarda yuritilganligi, ularni mualliflik obyekti hisoblanmasligini anglatmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522928" id="-6522928">Asar yozma, ogʻzaki, ovozli yoki video yozuv, tasvir, hajmli-fazoviy hamda elektron va boshqa shakllarda boʻlishi mumkin (masalan, kompyuter dasturlari yordamida yaratilgan asar yoki ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirilgan fayllar).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522929" id="-6522929">31. Sudlarga tushuntirilsinki, muallifning obyektga boʻlgan mutlaq huquqi yaratilgan moddiy obyektga boʻlgan mulk huquqi yoki egalik qilish huquqi boshqa shaxsga oʻtgan taqdirda ham muallifda saqlanib qoladi, yaʼni asar ifodalangan moddiy obyektga (masalan, kitob, haykallar, suratlar, rasmlar) boʻlgan mulk huquqining boshqa shaxsga oʻtganligi, asarga boʻlgan mualliflik huquqining boshqa shaxsga oʻtganligini anglatmaydi. Ushbu holatda sudlar FKning <a href="/acts/-180552#-197362">1038-moddasi </a>talablaridan kelib chiqishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522930" id="-6522930">32. Sudlar mualliflik huquqiga oid nizolarni koʻrishda mualliflik huquqi obyektlari boʻlgan asarlarda asarning shakli yoki shakl va mazmunini farqlashlari lozim (masalan, musiqa asarlari — notalar, tasviriy sanʼat asarlari — chiziqlar, ranglar). Bunda mualliflik huquqi faqatgina asarning shakli yoki shakl va mazmun elementlari birgalikda muhofaza qilinishi, mazmun elementining birgina oʻzi esa qonun bilan muhofaza qilinmasligi tushuntirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522931" id="-6522931">33. Asarning shakli yoki shakl va mazmunini aniqlashda aksariyat hollarda maxsus bilimlar talab etilishi sababli, sudlar, zaruratga qarab, ushbu toifadagi ishlarni hal etishda, asarning shakli yoki shakl va mazmunini aniqlash uchun maxsus bilimga ega boʻlgan mutaxassis fikrini olishlari yoki ekspertiza tayinlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522932" id="-6522932">Masalan, musiqa asarlarining oʻzaro oʻxshashligi yuzasidan nizo kelib chiqqanda, har ikkala musiqa asarining shakli va tovushlari (notalar va ularning joylashishi) bir xilligi aniqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522933" id="-6522933">34. Qonunchilikka koʻra, hosila asarlar deganda tarjimalar, ishlanma asarlar, annotatsiyalar, referatlar, muxtasar xulosalar, sharhlar, inssenirovkalar, aranjirovkalar, soddalashtirishlar hamda fan, adabiyot va sanʼat asarlarining boshqa qayta ishlanmalari tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522934" id="-6522934">Bunday asarlar boshqa muallifning ijodiy faoliyati natijalari boʻlgan fan, adabiyot va sanʼat asarlari yoki xalq ijodiyoti asarlarini qayta ishlash, shuningdek tarjima qilish, toʻplash (yigʻish) va boshqa tarzda jamlash natijasida vujudga keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522936" id="-6522936">Sudlar tomonidan hosila asarlarga doir nizolarni koʻrib chiqishda, agar hosila asar boshqa asarni qayta ishlash natijasida yaratilgan boʻlsa, qayta ishlangan asarga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligi aniqlanishi lozim. Bunda muallif va (yoki) huquq egasining yozma roziligi olinganligi yoki mualliflik shartnomasi tuzilganligi qayta ishlangan asarga boʻlgan huquqlarga rioya etilgan deb baholanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522944" id="-6522944">35. Hosila asar muallifiga fan, adabiyot va sanʼat asarining mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan qayta ishlanmasiga boʻlgan mualliflik huquqi tegishlidir. Hosila asarga boʻlgan mualliflik huquqi FK <a href="/acts/-180552#-1110346">1048-moddasi</a>, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunning <a href="/acts/-1022944#-1023076">13-moddasi </a>bilan tartibga solinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522945" id="-6522945">36. Toʻplamlar (ensiklopediyalar, antologiyalar, maʼlumotlar bazalari) va materiallarning tanlanganligi yoki joylashtirilganligiga koʻra ijodiy mehnat natijasi boʻlgan boshqa asarlar jamlama asarlar hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522950" id="-6522950">Jamlama asar muallifi (tuzuvchisi)ga ijodiy mehnat natijasini ifodalovchi, mazkur muallif tomonidan amalga oshirilgan, materiallarni tanlab olish yoki joylashtirishga boʻlgan mualliflik huquqi tegishlidir.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522951" id="-6522951">Sudlar tomonidan jamlama asarlarga doir nizolarni koʻrib chiqishda, agar jamlama asar boshqa asarlar asosida yaratilgan boʻlsa, jamlama asarga kiritilgan asarlarning har biriga boʻlgan huquqlarga rioya etilganligi aniqlanishi lozim. Bunda tegishli muallif va (yoki) huquq egasining yozma roziligi olinganligi yoki mualliflik shartnomasi tuzilganligi jamlama asar tarkibiga kiritilgan asarlarga boʻlgan huquqlarga rioya etilgan deb baholanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522952" id="-6522952">37. Sudlarning eʼtibori, FKning <a href="/acts/-180552#-197750">1060-moddasi</a>, “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi qonunning <a href="/acts/-1022944#-1023172">25 — 33-moddalari </a>yoki boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda muallif va boshqa shaxslarning asardan foydalanish borasidagi mutlaq huquqlarini cheklashga yoʻl qoʻyilishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522956" id="-6522956">Shunga koʻra sudlar mazkur cheklashlar asardan normal foydalanilishiga oʻrinsiz ziyon yetkazganligi va muallifning qonuniy manfaatlari asossiz kamsitilganligi holatini toʻgʻri aniqlash maqsadida mutaxassis fikrini olishlari yoki ekspertiza tayinlashlari lozimligiga eʼtibor qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522957" id="-6522957">38. Muallifning mulkiy huquqlari muddatlilik tusiga ega ekanligini inobatga olib, sudlar bunday muddatlarni FKning <a href="/acts/-180552#-197389">60-bobi </a>(<a href="/acts/-180552#-1111464">1065-modda</a>), “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-1022944">qonun </a>(<a href="/acts/-1022944#-1023215">35-modda</a>) asosida qoʻllashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522958" id="-6522958">39. FKning <a href="/acts/-180552#-1110851">1062-moddasi </a>talablaridan kelib chiqib sudlarga tushuntirilsinki, agar asar ish vaqtida yoki ish beruvchining mulkidan foydalangan holda yaratilib, biroq xizmat vazifalari doirasida yoki xizmat topshirigʻi tartibida yaratilmagan boʻlsa, u xizmat asari hisoblanmaydi.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-6522961" id="-6522961">Tovar belgisi<br />(xizmat koʻrsatish belgisi) </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522962" id="-6522962">40. Tovar belgisi egasining tovar belgisiga boʻlgan huquqini himoya qilishga oid talabi ushbu tovar belgisiga berilgan guvohnoma haqiqiy emas deb topilmasdan yoki amal qilish muddati tugamasdan (tugatilmasdan) ikkinchi tarafning uning roʻyxatdan oʻtkazilishning noqonuniyligiga oid dalillari mazkur talabni rad etish uchun asos hisoblanmasligi tushuntirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522964" id="-6522964">41. Sudlar tovar belgisidan foydalanilmaganligi munosabati bilan tovar belgisiga berilgan guvohnomaning amal qilishini muddatidan oldin tugatishga oid ishlarni hal qilishda “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunning <a href="/acts/-24925#-25233">27-moddasida </a>koʻrsatilgan talablar boʻyicha tovar belgisidan foydalanilganligini tekshirishlari lozim. Bunda tovar belgisidan foydalanmaganlik sabablari aniqlanishida huquq egasiga bogʻliq boʻlmagan holatlar yoki huquqni suiisteʼmol qilishlik kabilar inobatga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522965" id="-6522965">Tovar belgisiga doir guvohnomani muddatidan oldin tugatish haqidagi ishlarni koʻrishda daʼvo talablarining doirasidan kelib chiqib, sinf(lar) va (yoki) rukn(lar)dagi har bir tovar yoki xizmatdan foydalanganlik faktini tekshirgan holda nizo hal qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522966" id="-6522966">Sudlarga tovar belgisini fuqarolik muomalasidagi tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida, tovarlarni fuqarolik muomalasiga kiritish bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlarda hamda domen nomida ishlatilishi ham tovar belgisidan foydalanish deb eʼtirof etilishi mumkinligi tushuntirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522967" id="-6522967">42. Tushuntirilsinki, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi talabnoma vakolatli davlat organiga topshirilgan sanadan boshlab uni davlat roʻyxatidan oʻtkazilgunga qadar ushbu belgidan uchinchi shaxslarning foydalanishi belgiga nisbatan talabnoma beruvchining huquqlari buzilishi deb hisoblanmaydi, bundan insofsiz raqobat holatlari mustasno.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522969" id="-6522969">43. Tovar belgisiga boʻlgan huquqni buzuvchi va domen nomidan noqonuniy foydalanishni toʻxtatish haqidagi ishlarni koʻrishda daʼvoni taʼminlash chorasi sifatida Maʼmurga domen nomini bekor qilishga qaratilgan har qanday harakatlarini taqiqlash, shu jumladan domen nomini boshqarish huquqlarini boshqaga oʻtkazish, roʻyxatga oluvchini oʻzgartirish kabi harakatlar taqiqlanishi mumkin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6522970" id="-6522970"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7336553" id="edi-7336553"><a href="/acts/-6522606?ONDATE=23.06.2023 00#-7336551">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7336553" id="-7336553"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7336557" id="-7336557">44. Sudlarga tushuntirilsinki, tovar belgilarining bir xilligi, oʻzaro oʻxshashlik darajasi va tovar belgisining boshqa muhofazaga layoqatliligiga taʼsir qiluvchi belgilari “Tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻgʻrisida”gi qonunning <a href="/acts/-24925#-25025">10-moddasi </a>hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tovar belgilari va xizmat koʻrsatish belgilarini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti” asosida aniqlanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7336561" id="-7336561">(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7307613">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522971" id="-6522971">Tegishli dalillar mavjud boʻlganda, sud tovar belgisi va nizoli belgi oʻrtasidagi qarama-qarshilik holatini aniqlashda quyidagilarni inobatga olishi mumkin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522972" id="-6522972">huquq egasi tomonidan tovar belgisi guvohnomasida koʻrsatilgan sinf(lar)ga oid tovar (xizmat) turlari uchun tovar belgisidan foydalanilayotganligi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522973" id="-6522973">huquq egasi tomonidan tovar belgisidan foydalanish hajmi (hududi) va muddati;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522974" id="-6522974">tovar belgisini tanib olish, uning maʼlum va mashhurlik darajasi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522975" id="-6522975">tovarning isteʼmolchiga maʼqul kelayotganlik darajasi (boshqa holatlar bilan birga tovarlarning toifasi va ularning narxiga qarab).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522977" id="-6522977">Adashtirish holatini aniqlashda ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim qilingan belgi va tovar belgisining aniq adashtirish mumkinligi toʻgʻrisidagi dalillar, shu jumladan tegishli tovar boʻyicha isteʼmolchilar orasida oʻtkazilgan soʻrovlar ham hisobga olinishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522978" id="-6522978">45. Sudlar shuni inobatga olsinki, FKning <a href="/acts/-180552#-3187607">1107<sup>1</sup>-moddasiga </a>asosan agarda tovar belgisi bilan belgilangan tovar fuqarolik muomalasiga huquq egasi tomonidan qonuniy yoʻl bilan kiritilgan boʻlsa, keyinchalik amalga oshiriladigan ushbu tovarning aylanmasi huquq egasining mutlaq huquqlari buzilishi hisoblanmaydi.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-6522979" id="-6522979">Sanoat mulkiga boʻlgan huquq</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522981" id="-6522981">46. Sudlarning eʼtibori sanoat mulkiga boʻlgan huquqlar FKning <a href="/acts/-180552#-198295">1082-moddasiga </a>muvofiq patent berilgan taqdirdagina muhofaza qilinishiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522982" id="-6522982">47. Sudlar ixtiroga, foydali modelga yoki sanoat namunasiga mualliflik (hammualliflik) toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqishda mualliflikka daʼvo qilgan har bir shaxsning texnik yechim, badiiy-konstruktorlik yechim yaratishdagi ishtiroki xususiyatini aniqlashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522983" id="-6522983">Bir nechta shaxslarning ijodiy mehnati natijasida bir butun (bitta) texnik yechim yoki badiiy-konstruktorlik yechim yaratilsa, ular ushbu intellektual mulk obyektining mualliflari deb topiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522984" id="-6522984">Hammualliflikda birgalikda yoki alohida-alohida ishlaganlik, shuningdek ijodiy ulushning darajasi ahamiyatga ega boʻlmaydi. Asosiysi bunday ulushning mavjudligi hisoblanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522987" id="-6522987">48. Sudlarga tushuntirilsinki, shaxs ixtiroga, foydali modelga yoki sanoat namunasiga muallif (hammuallif) deb topilishi uchun u sanoat mulk obyektini yaratishda oʻzining ijodiy mehnati bilan qatnashgan boʻlishi kerak. Yaratish deganda ijodiy faoliyat nazarda tutiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522988" id="-6522988">Shunga koʻra, ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasi yaratilishiga shaxsiy ijodiy ulush qoʻshmagan, muallifiga faqat texnik, tashkiliy yoki moddiy yordam koʻrsatgan yoxud sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquqlarni rasmiylashtirishga va undan foydalanishga koʻmaklashgan shaxslar muallif deb eʼtirof etilmasligiga eʼtibor qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522990" id="-6522990">49. Sanoat mulki obyektlariga nisbatan patent berilishi rad etilganligi ustidan nizolashilganda, patentga layoqatlilik shartlari “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi qonunning <a href="/acts/-76671#-76794">6 — 8-moddalari </a>va boshqa qonunchilik hujjatlari asosida tekshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522991" id="-6522991">50. Qonunchilikka koʻra, sanoat mulki obyektini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda yaratgan boʻlsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani vakolatli davlat organiga birinchi boʻlib topshirgan shaxsga tegishli boʻladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522992" id="-6522992">Ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasini gʻayriqonuniy oʻzlashtirib olish natijasida ushbu obyektga patent olingan boʻlsa, muallif (hammuallif) bunday patent ustidan nizolashish yoki patentning patent egasi sifatida oʻziga (oʻzlariga) oʻtkazilishini soʻrab, fuqarolik ishlari boʻyicha sudiga murojaat qilish huquqiga ega.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522993" id="-6522993">Shu munosabat bilan bunday nizolarni koʻrishda ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining muallifi kim ekanligi, gʻayriqonuniy oʻzlashtirib olish (masalan, oʻgʻirlash, aldash, zoʻrlik, qoʻrqitish va h.k.) fakti mavjud yoki mavjud emasligini aniqlanishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522995" id="-6522995">Shaxs sanoat mulk obyektini oʻziga tegishli ekanligini uning yaratilganligini koʻrsatuvchi qoʻlyozma nusxalari, amalda uning birinchi yaratilganligi va (yoki) undan foydalanilganligini tasdiqlovchi boshqa dalillar bilan isbotlashi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6522998" id="-6522998">51. Sudlarga tushuntirilsinki, mahsulot (buyum)da ixtironing, foydali modelning formulasi mustaqil bandiga kiritilgan har bir belgisi yoki unga bogʻliq boʻlgan belgi qoʻllanilgan boʻlsa, ushbu mahsulot (buyum) patentlangan ixtiro, foydali modeldan foydalanilgan holda tayyorlangan, ixtiro patenti bilan muhofaza etiladigan usul esa — qoʻllanilgan deb eʼtirof etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523000" id="-6523000">52. Agar bir xil ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari uchun yoki faqat ekvivalent belgilari bilan farq qiluvchi ixtirolar uchun berilgan ustuvorlik sanalari har xil boʻlgan ikkita patent mavjud boʻlsa, keyinroq ustuvor sanaga ega boʻlgan patent haqiqiy emas deb topilgunga qadar ushbu patent egasining harakatlari, undan foydalanishi avvalroq ustuvor sanaga ega boʻlgan patentning buzilishi sifatida qaralmasligi sudlarga tushuntirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523002" id="-6523002">53. Qonunchilikka koʻra, sanoat mulki obyekti ustuvorligi belgilangan sanaga qadar uning muallifidan mustaqil tarzda aynan oʻxshash boʻlgan yechimdan foydalangan yoki shunga yetarli darajada tayyorgarlik koʻrgan har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ishlab chiqarish hajmini kengaytirmagan tarzda, keyinchalik ham undan bepul foydalanish huquqini saqlab qoladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523005" id="-6523005">Shu munosabat bilan, ishlab chiqarish hajmining kengayishi deganda, sanoat mulki obyektining ustuvor sanasidan oldingi foydalanish hajmiga nisbatan keyingi ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining miqdoriy oʻzgarishi (dona, kilogramm, metr va boshqalar), shuningdek chiqarish hajmining boshqa shakllarda kengayishi tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523007" id="-6523007">Avvaldan foydalanib kelayotgan shaxsning patentlangan sanoat mulki obyektidan foydalanish hajmini har qanday kengaytirishi patent egasidan ruxsat olish zaruratini keltirib chiqaradi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523008" id="-6523008">Avval foydalanganlik huquqi qonunchilikda belgilangan asoslarda yuzaga keladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523012" id="-6523012">54. Xodim va ish beruvchi oʻrtasida maʼlum bir ixtiro, foydali model yoki sanoat namunasining xizmat vazifalarini yoxud ish beruvchidan olgan aniq topshiriqni bajarish munosabati bilan yaratilganligi toʻgʻrisida nizo yuzaga kelgan taqdirda, sudlar xodimning mehnat majburiyatlarining mazmuni, ish beruvchidan olingan aniq topshiriqning mavjudligi yoinki yoʻqligini hisobga olishi lozim.</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-6523014" id="-6523014">Yakunlovchi qoidalar</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523017" id="-6523017">55. Sudlar intellektual mulk sohasida kelib chiqadigan nizolarni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qonunchilik buzilgan har bir holat yuzasidan munosabat bildirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6523019" id="-6523019">56. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni qoʻllashga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borishi va mazkur toifadagi ishlar koʻrilishida sud xatolarining oldini olish yuzasidan choralar koʻrishi lozim.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6524829" id="-6524829">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. ISLAMOV </div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-6524830" id="-6524830">Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi N. XAKIMOVA </div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6524831" id="-6524831">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-6524832" id="-6524832">2023-yil 23-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-6524833" id="-6524833">19-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
