Norasmiy tarjima
Belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tovar va xizmatlarning xalqaro tasnifi toʻgʻrisida
Nitstsa Bitimi
1957-yil 15-iyun, Nitstsa
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi mazkur Bitimga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 30-avgustdagi 275-II-sonli “Belgilar roʻyxatga olinadigan Xalqaro tovarlar va xizmatlar tasnifi toʻgʻrisidagi Nitstsa shartnomasiga qoʻshilish haqida”gi qaroriga asosan qoʻshilgan.
2002-yil 12-yanvardan kuchga kirgan
1-modda
Maxsus ittifoq tuzilishi;
Xalqaro tasnifni qabul qilish;
Xalqaro tasnif taʼrifi va tillari
(1) Ushbu Bitim qoʻllaniladigan mamlakatlar Maxsus ittifoq tashkil qiladilar va belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun tovarlar va xizmatlarning yagona tasnifini (keyingi oʻrinda “Tasnif” deb yuritiluvchi) qabul qiladilar.
(2) Tasnif quyidagilardan iborat:
(i) zarurat boʻlganda tushuntirishlar bilan birga sinflar roʻyxatidan;
(ii) har bir tovar yoki xizmat qaysi sinfga tegishli ekanligini koʻrsatib, tovarlar va xizmatlarning alfavit tartibidagi roʻyxatidan (keyingi oʻrinda “alfavit roʻyxati” deb yuritiluvchi).
(3) Tasnif quyidagilarni oʻz ichiga olgan:
(i) Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tuzish toʻgʻrisidagi Konvensiyada aytib oʻtilgan Xalqaro intellektual mulkni muhofaza qilish byurosi (keyingi oʻrinda “Xalqaro byuro”) tomonidan 1971-yilda eʼlon qilingan tasnifni; shu bilan birga, tushuniladiki, ushbu nashrga kiritilgan sinflar roʻyxati uchun tushuntirishlar 3-moddada aytib oʻtilgan Ekspertlar qoʻmitasi tomonidan sinflar roʻyxati uchun tushuntirishlar ishlab chiqilgunga qadar vaqtinchalik va tavsiyanomalar sifatida qaraladi;
(ii) ushbu Akt kuchga kirgunga qadar, 1957-yil 15-iyundagi Nitstsa bitimining 4(1) moddasiga va ushbu Bitimning 1967-yil 14-iyundagi Stokgolm Aktiga muvofiq kuchga kirgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni;
(iii) ushbu Aktning 3-moddasiga muvofiq keyinchalik kiritilgan va ushbu Aktning 4 (1) moddasiga muvofiq kuchga kirgan oʻzgartirishlarni.
(4) Tasnif ingliz va fransuz tillarida ishlab chiqiladi va ikkala matn ham toʻligʻicha haqiqiy.
(5) (a) (3) (i) bandda aytib oʻtilgan Tasnif, ushbu Akt imzolash uchun ochiq boʻlgan sanadan oldin kuchga kirgan, 3 (ii) bandda koʻrsatilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan birga Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Bosh direktoriga (keyingi oʻrinda “Bosh direktor” va “Tashkilot”) topshirilgan fransuz tilidagi bir haqiqiy nusxada saqlanadi. Ushbu Akt imzolash uchun ochiq boʻlgan sanadan keyin kuchga kirgan, 3 (ii) bandda koʻrsatilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham fransuz tilidagi bir haqiqiy nusxada Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
(b) (a) bandda aytib oʻtilgan matnlarning ingliz tilidagi varianti ushbu Akt kuchga kirgandan keyin qisqa muddatda, 3-moddada aytib oʻtilgan ekspertlar Qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi. Uning haqiqiy nusxasi saqlash uchun Bosh direktorga topshiriladi.
(c) 3 (iii) bandda aytib oʻtilgan oʻzgartirishlar ingliz va fransuz tillardagi bitta haqiqiy nusxada saqlash uchun Bosh direktorga topshiriladi.
(6) 5-moddada koʻrsatilgan Assambleya belgilashi mumkin boʻlgan Tasnifning arab, ispan, italyan, nemis, portugal, rus va boshqa tillardagi rasmiy matnlari manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashilgandan keyin, yoki ushbu hukumatlar tomonidan berilgan tarjimaga asoslanib, yoki Maxsus ittifoq yoki Tashkilot budjetiga moliyaviy taʼsir koʻrsatmaydigan boshqa vositalardan foydalanib Bosh direktor tomonidan tuziladi.
(7) Alfavit roʻyxati har bir mahsulot yoki xizmat koʻrsatkichining qarshisida u tuzilgan tilga mos keladigan tartib raqamini oʻz ichiga olgan, va
(i) ingliz tilida tuzilgan alfavit roʻyxatida xuddi shu koʻrsatkichga ega boʻlgan tartib raqami, agar soʻz fransuz tilida tuzilgan alfavit roʻyxati haqida yuritilayotgan boʻlsa, va aksincha;
(ii) fransuz tilida tuzilgan alfavit roʻyxatida, yoki ingliz tilida tuzilgan alfavit roʻyxatida xuddi shu koʻrsatkichga ega boʻlgan tartib raqami, agar soʻz (6) bandga muvofiq tuzilgan alfavit roʻyxati haqida yuritilayotgan boʻlsa.
2 -modda
Tasnifnining yuridik ahamiyati va ishlatilishi
(1) Ushbu Bitim bilan yuklangan majburiyatlarni hisobga olib, Tasnif Maxsus Ittifoqning har bir mamlakatida unga shu mamlakatda beriladigan maʼnoga ega boʻladi.
(2) Maxsus Ittifoqning har bir mamlakati Tasnifni asosiy yoki ikkilamchi tizim sifatida ishlatish huquqini oʻzida qoldiradi.
(3) Maxsus ittifoq mamlakatlarining vakolatli idoralari belgilarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi rasmiy hujjatlar va nashrlarga belgi roʻyxatdan oʻtkazilayotgan tovarlar yoki xizmatlar tegishli boʻlgan Tasnif sinflari raqamlarini kiritadilar.
(4) Har qanday nomlanishni alfavit roʻyxatiga kiritilishi, bu nomga boʻlishi mumkin boʻlgan huquqlarga hech qanday daxl qilmaydi.
3-modda
Ekspertlar Qoʻmitasi
(1) Maxsus ittifoqning har bir mamlakati vakillik qiladigan Ekspertlar qoʻmitasi taʼsis qilinadi.
(2) (a) Bosh direktor Maxsus ittifoq aʼzolari boʻlmagan, lekin Tashkilotga aʼzo boʻlgan yoki Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining ishtirokchilari boʻlgan mamlakatlarni Ekspertlar qoʻmitasi yigʻilishlarida vakillik qilish uchun kuzatuvchi sifatida taklif qilishi mumkin va Ekspertlar qoʻmitasining talabiga binoan taklif qilishi lozim.
(b) Bosh direktor belgilar sohasida ixtisoslashgan, aʼzolari qatoriga Maxsus ittifoqning mamlakati boʻlgan kamida bitta mamlakat kiradigan hukumatlararo tashkilotlarni Ekspertlar qoʻmitasi yigʻilishlarida vakillik qilish uchun kuzatuvchi sifatida taklif qiladi.
(c) Bosh direktor boshqa hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlarini ularni qiziqtiradigan masalalarni muhokama qilishda ishtirok etishi uchun taklif qilishi mumkin va Ekspertlar qoʻmitasining talabiga binoan taklif qilishi lozim.
(3) Ekspertlar qoʻmitasi:
(i) Tasnifga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(ii) Maxsus ittifoq mamlakatlariga Tasnifdan foydalanishni osonlashtiruvchi va uni bir xilda qoʻllanishini taʼminlovchi tavsiyalar yuboradi;
(iii) Maxsus ittifoq yoki Tashkilot budjetiga moliyaviy taʼsir koʻrsatmasdan, Tasnifdan rivojlanayotgan mamlakatlar foydalanishiga koʻmaklashadigan barcha boshqa qarorlarni qabul qiladi;
(iv) kichik qoʻmitalar (podkomiteti) va ishchi guruhlari tuzish huquqiga ega.
(4) Ekspertlar qoʻmitasi oʻz tartib-qoidalarini qabul qiladi. Ushbu qoidalar Tasnifni takomillashtirishga katta hissa qoʻsha oladigan (2) (b) bandda koʻrsatilgan hukumatlararo tashkilotlar Ekspertlar qoʻmitasining kichik qoʻmitalari va ishchi guruhlari yigʻilishlarida ishtirok etish imkonini beradi.
(5) Tasnifga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi takliflar har qanday Maxsus ittifoq mamlakatining vakolatli idorasi, Xalqaro byuro, (2) (b) bandga muvofiq Ekspertlar qoʻmitasida vakilliq qilayotgan hukumatlararo tashkilotlar, va bunday takliflarni tayyorlash uchun Ekspertlar qoʻmitasi maxsus taklif qilgan har qanday mamlakat yoki tashkilot tomonidan berilishi mumkin. Takliflar Xalqaro byuroga yuboriladi, u Ekspertlar qoʻmitasi aʼzolari va kuzatuvchilariga takliflar koʻrib chiqiladigan Ekspertlar qoʻmitasi sessiyasidan kamida ikki oy oldin ularni yuboradi.
(6) Maxsus ittifoqning har bir mamlakati bir ovozga ega.
(7) (a) (b) band qoidalarini hisobga olib, Ekspertlar qoʻmitasi qaror qabul qilish uchun Maxsus ittifoqning ovoz berishda qatnashuvchi va ishtirok etuvchi mamlakatlarining oddiy koʻpchiligi talab qilinadi.
(b) Tasnifga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarorlar Maxsus ittifoqning ovoz berishda qatnashuvchi va ishtirok etuvchi mamlakatlarining beshdan toʻrt qismiga teng koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Oʻzgartirishlar deganda, tovarlar va xizmatlarning bir sinfdan boshqasiga oʻtkazilishi yoki har qanday yangi sinfning kiritilishi tushuniladi.
(c) (4) bandda aytib oʻtilgan protsedura qoidalari, maxsus holatlar istisno qilinganda, Tasnifga oʻzgartirishlar belgilangan muddatlarning oxirida qabul qilinishini koʻzda tutadi; har bir muddatning davomiyligi Ekspertlar qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(8) Betaraflarning ovozlari hisobga olinmaydi.
4-modda
Oʻzgartirishlarni bildirish, kuchga kirishi va nashr etilishi
(1) Maxsus ittifoq mamlakatlarining vakolatli idoralari Xalqaro byuro tomonidan qabul qilingan oʻzgartirishlar va tavsiyalar boʻyicha Ekspertlar qoʻmitasining qarorlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi. Tuzatishlar bildirishnoma yuborilgan sanadan olti oydan keyin kuchga kiradi. Har qanday boshqa oʻzgartirish Ekspertlar qoʻmitasi tomonidan oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab belgilangan sanadan kuchga kiradi.
(2) Xalqaro byuro kuchga kirgan oʻzgartirishlarni Tasnifga kiritadi. Ushbu oʻzgartirishlar haqidagi axborotlar 5-moddada aytib oʻtilgan Assambleya belgilaydigan davriy nashrlarda chop etiladi.
5 -modda
Maxsus ittifoq Assambleyasi
(1) (a) Maxsus ittifoq ushbu Aktni ratifikatsiya qilgan yoki unga qoʻshilgan mamlakatlardan tashkil topgan Assambleyaga ega.
(b) Har bir mamlakat hukumatidan bitta delegat vakil boʻladi, u oʻrinbosarlarga, maslahatchilarga va ekspertlarga ega boʻlishi mumkin.
(c) Har bir delegatsiyaning xarajatlarini uni belgilagan hukumat qoplaydi.
(2) (a) 3 va 4-moddalar qoidalarini hisobga olib, Assambleya:
(i) Maxsus ittifoqni saqlash va rivojlantirishga va ushbu Bitimni qoʻllashga tegishli barcha masalalarni koʻrib chiqadi;
(ii) Ushbu Aktni ratifikatsiya qilmagan yoki unga qoʻshilmagan Maxsus ittifoq mamlakatlarining sharhlarini tegishlicha inobatga olgan holda, qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarni tayyorlash yuzasidan Xalqaro byuroga koʻrsatma beradi;
(iii) Tashkilot Bosh direktorining (keyingi oʻrinda “Bosh direktor”) Maxsus ittifoqqa tegishli hisoboti va faoliyatini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, va Maxsus ittifoq kompetensiyasiga kiradigan masalalar boʻyicha zarur yoʻl-yoʻriqlar beradi;
(iv) dasturni belgilaydi, Maxsus ittifoqning ikki yillik budjetini qabul qiladi va uning moliyaviy hisobotlarini tasdiqlaydi;
(v) Maxsus ittifoq moliyaviy reglamentini tasdiqlaydi;
(vi) 3-moddada koʻrsatilgan Ekspertlar qoʻmitasidan tashqari, Maxsus ittifoq maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur deb hisoblaydigan boshqa ekspert qoʻmitalari va ishchi guruhlarini ham tuzadi;
(vii) Maxsus ittifoqqa aʼzo boʻlmagan qaysi mamlakatlar, va qaysi hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlar uning yigʻilishlarida kuzatuvchi sifatida kiritilishi mumkinligini aniqlaydi;
(viii) 5 — 8-moddalarga tuzatishlar qabul qiladi;
(ix) Maxsus ittifoq maqsadlariga erishishga yoʻnaltirilgan boshqa har qanday tegishli choralarni amalga oshiradi;
(x) ushbu Bitimdan kelib chiqadigan boshqa barcha vazifalarni bajaradi.
(b) Maʼmuriy boshqaruvini Tashkilot amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlarni ham qiziqtiradigan masalalar boʻyicha Assambleya Tashkilot Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasining fikrini eshitgandan soʻng qarorlar qabul qiladi.
(3) (a) Har bir Assambleyaga aʼzo-mamlakat bir ovozga ega.
(b) Assambleyaga aʼzo-mamlakatlarning yarmi kvorum tashkil qiladi.
(c) (b) bandning qoidalariga qaramay, agar biron bir sessiyada vakillik qilgan davlatlar soni yarmidan kam boʻlsada, lekin Assambleyaga aʼzo davlatlarning uchdan bir qismiga teng yoki undan koʻp boʻlsa, u qaror qabul qilishi mumkin, biroq Assambleyaning barcha bunday qarorlari, oʻz protsedura qoidalariga taalluqli qarorlar bundan mustasno, quyidagi shartlar bajarilgan i taqdirdagina kuchga kiradi. Xalqaro byuro aytib oʻtilgan qarorlarni Assambleyada vakil boʻlmagan, unga aʼzo-davlatlarga yuboradi, va ularni qarorlar yuborilgan sanadan boshlab uch oy ichida yozma ravishda bu qarorlarga ovoz beradilarmi, ularga qarshi yoki betaraf ekanliklari haqida xabar berishga taklif qiladi. Agar ushbu muddat tugagandan soʻng, shunday ovoz bergan yoki ovoz berishdan bosh tortganligi haqida xabar bergan mamlakatlar soni sessiyaning oʻzida kvorumga erishish uchun yetarli boʻlmagan songa yetsa, bunday qarorlar bir vaqtda koʻpchilik ovoz saqlanib qolish sharti bilan kuchga kiradi.
(d) 8 (2) moddaning qoidalariga rioya qilgan holda, Assambleya oʻz qarorlarini berilgan ovozlarning koʻpchilik uchdan ikki qismi bilan qabul qiladi.
(e) Betaraflarning ovozlari hisobga olinmaydi.
(f) Delegat faqat bir mamlakatdan vakil boʻlishi va uning nomidan ovoz berishi mumkin.
(g) Assambleyaga aʼzo boʻlmagan Maxsus ittifoq davlatlari uning yigʻilishlariga kuzatuvchilar sifatida kiritiladi.
(4) (a) Assambleyaning navbatdagi sessiyasi har ikki yilda bir marta Bosh direktor tomonidan chaqiriladi va istisnoli holatlardan tashqari, Tashkilot Bosh assambleyasi bilan bir vaqtda va joyda oʻtkaziladi.
(b) Assambleya Bosh direktor tomonidan Assambleyaga aʼzo-davlatlari chorakdan birining talabiga binoan chaqiriladigan navbatdan tashqari sessiyaga yigʻiladi.
(c) Bosh direktor har bir sessiyaning kun tartibini tayyorlaydi.
(5) Assambleya oʻz protsedura qoidalarini qabul qiladi.
6-modda
Xalqaro byuro
(1) (a) Maxsus ittifoqning maʼmuriy vazifalari Xalqaro byuro tomonidan amalga oshiriladi.
(b) Xalqaro byuro, xususan, yigʻilishlarni tayyorlaydi va Assambleya Kotibiyati, Ekspertlar qoʻmitasi hamda shunday Assambleya yoki Ekspertlar qoʻmitasi tomonidan yaratilishi mumkin boʻlgan boshqa ekspertlar qoʻmitalari yoki ishchi guruhlarining vazifalarini bajaradi.
(c) Bosh direktor Maxsus ittifoqning bosh mansabdor shaxsi va Maxsus ittifoq vakili boʻlib hisoblanadi.
(2) Bosh direktor va u tayinlagan har qanday xodim Assambleya, Ekspertlar qoʻmitasi hamda Assambleya yoki Ekspertlar qoʻmitasi tomonidan yaratilishi mumkin boʻlgan boshqa shunday ekspertlar qoʻmitalari yoki ishchi guruhlarining barcha yigʻilishlarida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi. Bosh direktor yoki u tayinlagan xodim ushbu organlarning ex officio kotibi boʻlib hisoblanadi.
(3) (a) Xalqaro byuro, Assambleyaning koʻrsatmasiga binoan, 5 — 8-moddalardan tashqari, Bitim qoidalarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalar tayyorlaydi.
(b) Xalqaro byuro qayta koʻrib chiqish boʻyicha konferensiyalarga tayyorgarlik koʻrish uchun hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlari bilan maslahatlashishi mumkin.
(c) Bosh direktor va u tayinlagan shaxslar bu konferensiyalar ishida ovoz berish huquqisiz ishtirok etadilar.
(4) Xalqaro byuro unga yuklatilgan har qanday vazifalarni bajaradi.
7-modda
Moliya
(1) (a) Maxsus ittifoq budjetga ega.
(b) Maxsus ittifoq budjeti Maxsus ittifoq daromadlari va xarajatlarini, uning Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar budjetiga toʻlovini, shuningdek, kerak boʻlganda, Tashkilot Konferensiyasi budjetiga ajratmalarni oʻz ichiga oladi.
(c) Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar — bu faqat Maxsus ittifoq bilan bogʻliq boʻlmagan, bir vaqtning oʻzida Tashkilot maʼmuriy boshqaruvini amalga oshiradigan bir yoki bir nechta boshqa Ittifoqlarga tegishli xarajatlardir. Bunday umumiy xarajatlardagi Maxsus ittifoq ulushi uning ushbu xarajatlarda manfaatdorligiga mos keladi.
(2) Maxsus ittifoq budjeti Tashkilot maʼmuriy boshqaruvini amalga oshiradigan boshqa Ittifoqlarning budjetlari bilan muvofiqlashtirish talablarini hisobga olgan holda qabul qilinadi.
(3) Maxsus ittifoq budjeti quyidagi manbalardan moliyalashtiriladi:
(i) Maxsus ittifoq davlatlari badal toʻlovlaridan;
(ii) Xalqaro byuro Maxsus ittifoq bilan bogʻliq xizmatlarni taqdim etgani uchun yigʻimlar va toʻlovlardan;
(iii) Maxsus ittifoqqa tegishli Xalqaro byuroning nashrlarini sotishdan va bunday nashrlarga huquqlarni oʻtkazishdan tushgan mablagʻlardan;
(iv) sovgʻalar, meros mablagʻlar va subsidiyalardan;
(v) rentalar, foizlar va boshqa daromadlardan.
(4) (a) (3) (i) bandda aytib oʻtilgan badal toʻlovini aniqlash uchun, Maxsus ittifoqning har bir mamlakati Sanoat mulkini muhofazalash boʻyicha Parij ittifoqiga tegishli boʻlgan sinfga kiradi va yillik badallarini ushbu Ittifoqda bunday sinf uchun oʻrnatilgan miqdordagi birliklar asosida toʻlaydi.
(b) Har bir Maxsus Ittifoq mamlakatining yillik badal toʻlovi barcha mamlakatlar Maxsus ittifoq budjetiga toʻlashi kerak boʻlgan badal toʻlovlarning umumiy summasiga tegishli summaga teng, xuddi shunday uning birliklari soni barcha badal toʻlovchi mamlakatlar birliklarining umumiy soniga toʻgʻri keladi.
(c) Badal toʻlovlari har yilning birinchi yanvaridan toʻlanishi lozim.
(d) Badallarni toʻlash boʻyicha qarzdor mamlakat, agar uning qarzi oʻtgan ikki yil davomida toʻlangan badallar miqdoriga teng yoki undan koʻp boʻlsa, Maxsus ittifoqning barcha organlarida ovoz berish huquqidan mahrum boʻladi. Shu bilan birga, Maxsus ittifoqning ushbu organlaridan har biri bunday mamlakatga toʻlovni kechiktirish alohida va muqarrar holatlar tufayli yuz berganiga amin boʻlgan taqdirda, ushbu organda oʻz ovoz berish huquqidan foydalanishni davom ettirishga ruxsat berishi mumkin.
(e) Agar budjet yangi moliyaviy davr boshlanishidan oldin qabul qilinmagan boʻlsa, unda moliyaviy reglamentda koʻzda tutilgan tartibda oʻtgan yil darajasidagi budjet amal qiladi.
(5) Maxsus ittifoq nomidan Xalqaro byuro tomonidan bajariladigan xizmatlar uchun yigʻimlar va toʻlovlarning razmeri Bosh direktor tomonidan belgilanadi va u bu haqda Assambleyaga xabar beradi.
(6) (a)Maxsus ittifoqning aylanma mablagʻlari jamgʻarmasi mavjud boʻlib, bu Maxsus ittifoqning har bir mamlakati tomonidan toʻlanadigan bir martalik toʻlovdan tashkil topadi. Agar aylanma mablagʻlari jamgʻarmasi yetarli boʻlmasa, Assambleya uni koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(b) Har bir mamlakatning aytilgan jamgʻarmaga dastlabki toʻlovi miqdori yoki uning bu fondni koʻpaytirishdagi ulushi ushbu davlatning jamgʻarma tuzilgan yoki uni koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yilga qoʻshgan hissasiga mutanosibdir.
(s) Ushbu nisbat va toʻlov shartlari Assambleya tomonidan Tashkilot Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitasining fikrini eshitgandan soʻng Bosh direktorning taklifiga binoan belgilanadi.
(7) (a) Hududida Tashkilot shtab-kvartirasi joylashgan mamlakat bilan tuzilgan shtab-kvartira haqidagi bitimda, agar aylanma mablagʻlar jamgʻarmasi yetarli boʻlmaganda, ushbu mamlakat avans taqdim etishi koʻzda tutilgan. Bu avanslar miqdori va ularni berish shartlari har bir holda ushbu mamlakat va Tashkilot oʻrtasida maxsus kelishuvga binoan belgilanadi.
(b) (a) bandda koʻrsatilgan mamlakat ham, Tashkilot ham yozma xabarnoma orqali avans olish majburiyatini bekor (denonsatsiya) qilishi mumkin. Denonsatsiya xabarnoma berilgan yil tugagagandan uch yildan keyin kuchga kiradi.
(8) Moliyaviy reviziya Maxsus ittifoqning bir yoki bir nechta davlatlari yoki Assambleya ular roziligi bilan tayinlagan tashqi revizorlar bilan moliyaviy reglament qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
8-modda
5 — 8-moddalarga tuzatishlar
(1) 5, 6, 7-moddalarga va ushbu moddaga tuzatishlar kiritish boʻyicha takliflar har qanday Assambleyaga aʼzo-davlatlar yoki Bosh direktor tomonidan berilishi mumkin. Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan ularni Assambleyada koʻrilishidan kamida olti oy oldin Assambleyaga aʼzo-davlatlarga yuboriladi.
(2) (1) bandda koʻzda tutilgan moddalarga kiritilgan har qanday tuzatish Assambleya tomonidan qabul qilinadi, buning uchun berilgan ovozlarning koʻpchilik toʻrtdan uch qism ovoz talab qilinadi; shu bilan birga, 5-modda va ushbu bandga kiritilgan har qanday tuzatish berilgan ovozlarning koʻpchilik beshdan toʻrt qism ovozi bilan qabul qilinadi.
(3) (1) bandda koʻzda tutilgan moddalarga kiritilgan har qanday tuzatish har bir mamlakatning konstitutsiaviy tartibiga muvofiq qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabarnomalar Bosh direktor tomonidan ushbu tuzatishlar Assambleya tomonidan qabul qilgan paytda unga aʼzo boʻlgan davlatlarning toʻrtdan uch qismidan qabul qilingandan keyin bir oy oʻtgach kuchga kiradi. Shu tarzda qabul qilingan ushbu moddalarga kiritilgan har qanday tuzatish, tuzatishlar kuchga kirgan vaqtda Assambleya aʼzolari boʻlgan yoki shu kunday keyin aʼzo boʻlgan barcha mamlakatlar uchun majburiydir; shu bilan birga Maxsus ittifoq mamlakatlari majburiyatlarini oshiruvchi har qanday tuzatish faqat bunday tuzatish qabul qilinganligini bildirgan mamlakatlar uchun majburiydir.
9-modda
Ratifikatsiya va qoʻshilish; kuchga kirish
(1) Ushbu Aktni imzolagan Maxsus ittifoqning har qaysi mamlakati uni ratifikatsiya qilishi yoki, agar uni imzolagan boʻlmasa, unga qoʻshilishi mumkin.
(2) Maxsus ittifoqning aʼzosi boʻlmagan, lekin Sanoat mulkini muhofazalash boʻyicha Parij konvensiyasining ishtirokchisi boʻlgan har qanday mamlakat ushbu Aktga qoʻshilishi va bu bilan Maxsus ittifoq mamlakati boʻlishi mumkin.
(3) Ratifikatsiya yorliqlari va qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktlar saqlash uchun Bosh direktorga topshiriladi.
(4) (a) Ushbu Akt quyidagi ikki shart bajarilgandan uch oy keyin kuchga kiradi:
(i) oltita yoki undan koʻp mamlakatlar oʻz ratifikatsiya yorliqlarini yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktlarini saqlash uchun toshirdilar;
(ii) bu mamlakatlarning kamida uchtasi ushbu Akt imzolash uchun ochiq boʻlgan sanaga Maxsus ittifoq malakalari boʻlib hisoblanadilar.
(b) (a) bandda aytib oʻtilgan kuchga kirish oʻz ratifikatsiya yorliqlarini yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktlarini ushbu koʻrsatilgan kuchga kirishdan kamida uch oy avval saqlash uchun toshirgan mamlakatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
(c) (b) band tegishli boʻlmagan har qanday mamlakat uchun ushbu Akt Bosh direktor tomonidan uning ratifikatsiyasi yoki qoʻshilishi haqidagi bildirishnoma eʼlon qilingandan sanadan uch oydan keyin kuchga kiradi, agar faqat ratifikatsiya yorligʻida yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi Aktda kechroq sana koʻrsatilmagan boʻlsa. Bunday holatda ushbu Akt bu mamlakat uchun shu tariqa koʻrsatilgan sanaga kuchga kiradi.
(5) Ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish avtomatik ravishda ushbu Akt bilan oʻrnatilgan qoidalarni eʼtirof etishga va barcha afzalliklarga ega boʻlishga olib keladi.
(6) Ushbu Akt kuchga kirgandan keyin hech bir mamlakat ushbu Bitimning har qanday oldingi aktini ratifikatsiya qilishi yoki unga qoʻshilishi mumkin emas.
10-modda
Amal qilish muddati
Ushbu Bitim Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasi ega boʻlgan amal qilish muddatiga ega.
11-modda
Qayta koʻrish
(1) Ushbu Bitim vaqti vaqti bilan Maxsus ittifoq mamlakatlari konferensiyalarida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(2) Qayta koʻrish boʻyicha konferensiyani chaqirish toʻgʻrisidagi qaror Assambleya tomonidan qabul qilinadi.
(3) 5 — 8-moddalarga tuzatishlar qayta koʻrish boʻyicha konferensiyada yoki 8-modda qoidalariga muvofiq qabul qilinishi mumkin.
12-modda
Denonsatsiya qilish
(1) Har qanday mamlakat Bosh direktorga yoʻnaltirilgan bildirishnoma bilan ushbu Aktni denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya, shuningdek, ushbu Aktni bekor qiluvchi mamlakat ratifikatsiya qilgan yoki qoʻshilgan ushbu Bitimning avvalgi aktini yoki avvalgi aktlarini bekor qilishdir; denonsatsiya faqat uni amalga oshirgan mamlakatga nisbatan qoʻllaniladi, Maxsus ittifoqning boshqa mamlakatlari uchun esa, Bitim oʻz kuchida qoladi va bajarilishi shart.
(2) Denonsatsiya Bosh direktor xabarnomani olgan kundan boshlab bir yil oʻtgach kuchga kiradi.
(3) Ushbu moddada koʻzda tutilgan denonsatsiya huquqi, Maxsus ittifoq davlati boʻlgan kundan boshlab besh yil oʻtgunga qadar, mamlakat tomonidan qoʻllanilishi mumkin emas.
13-modda
Parij konvensiyasining 24-moddasiga ilova
Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining 1967-yilgi Stokgolm Aktining 24-moddasi qoidalari ushbu Bitimga qoʻllaniladi; shu bilan birga, agar bu qoidalarga kelajakda tuzatishlar kiritilsa, unda vaqt boʻyicha oxirgi tuzatish Maxsus ittifoqning ushbu tuzatish bilan bogʻliq mamlakatlari uchun qoʻllaniladi.
14-modda
Imzolash; tillar; depozitariy vazifalari; bildirishnomalar
(1) (a) Ushbu Akt ingliz va fransuz tillarida bitta nusxada imzolangan boʻlib, ikkala matn ham bir xil kuchga ega va Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
(b) Ushbu Aktning rasmiy matnlari manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashishdan soʻng va ushbu Akt imzolangan sanadan ikki oy mobaynida, boshqa ikki tilda, (a) ostbandda aytib oʻtilgan boshqa tillar bilan bir qatorda, Butun jahon intellektual mulk tashkilotini taʼsis etuvchi Konvensiyaning bir xil kuchga ega matnlari imzolangan ispan va rus tillarida Bosh direktor tomonidan tuziladi.
(c) Ushbu Aktning rasmiy matnlari manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashishdan soʻng, arab, italyan, nemis va portugal tillarida, shuningdek Assambleya belgilagan boshqa tillarda Bosh direktor tomonidan tuziladi.
(2) Ushbu Akt 1977-yilning 31-dekabrigacha imzolash uchun ochiq.
(3) (a) Bosh direktor ushbu Akt imzolangan matnining ikkita oʻzi tasdiqlagan nusxasini barcha Maxsus ittifoq mamlakatlari hukumatlariga va, soʻrov boʻyicha, har qanday boshqa davlat hukumatiga yuboradi.
(b) Bosh direktor ushbu Aktga har qanday tuzatishlarning oʻzi tasdiqlagan ikkita nusxasini barcha Maxsus ittifoq mamlakatlari hukumatlariga va, soʻrov boʻyicha, har qanday boshqa davlat hukumatiga yuboradi.
(4) Bosh direktor ushbu Aktni Birlashgan Millatlar tashkiloti Kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkazadi.
(5) Bosh direktor Sanoat mulkini muhofaza qilish boʻyicha Parij konvensiyasining barcha ishtirokchi-mamlakatlari hukumatlariga quyidagilar haqida xabar beradi:
(i) (1) bandga muvofiq imzolashlar haqida;
(ii) 9 (3)-moddasiga muvofiq ratifikatsiya yorlivlari yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi aktlarni saqlash uchun topshirish haqida;
(iii) 9 (4) (a)-moddasiga muvofiq ushbu Aktni kuchga kirish sanasi haqida;
(iv) 8 (3)-moddaga muvofiq ushbu Aktga tuzatishlarni qabul qilish haqida;
(v) bunday tuzatishlarni kuchga kirish sanalari haqida;
(vi) 12-moddaga muvofiq olingan denonsatsiyalar haqida.
(imzo)