Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
BELGILAR ROʻYXATGA OLINADIGAN XALQARO TOVARLAR VA XIZMATLAR TASNIFI TOʻGʻRISIDAGI NITSSA SHARTNOMASIGA QOʻSHILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Belgilar roʻyxatga olinadigan xalqaro tovarlar va xizmatlar tasnifi toʻgʻrisidagi Nitssa shartnomasiga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 30-avgust,
275-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 186-modda)