Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 24-iyuldagi PF-6269-son hamda “Davlat xizmatlari koʻrsatishni soddalashtirish, byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi PF-113-son Farmonlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi:
a) Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 1-ilovaga muvofiq:
davlat xizmatlaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat qilish hamda murojaatga koʻra davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻimlarni toʻlash tartibi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rasmiylashtirish hamda ularga davlat raqami belgilari, texnik pasport va texnik guvohnoma berish tartibi;
b) Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq:
davlat xizmatlaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha murojaatlarni shakllantirish va yuborish tartibi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻimlarni toʻlash tartibi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishni rasmiylashtirish hamda ularga vaqtinchalik texnik pasport, texnik guvohnoma va davlat raqami belgilarini berish tartibi;
v) Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 3-ilovaga muvofiq:
davlat xizmatlaridan foydalangan holda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish boʻyicha murojaatlarni shakllantirish va yuborish tartibi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun yigʻimlarni toʻlash tartibi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish hamda hisobdan chiqarish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
d) Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 5-ilovaga muvofiq:
jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini, servis va taʼmirlash jihozlari hamda boshqa uskunalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha murojaatlarini shakllantirish va yuborish tartibi;
jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini, servis va taʼmirlash jihozlari hamda boshqa uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish va texnik koʻrikdan oʻtkazishni rasmiylashtirish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
d1) jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 51-ilovaga muvofiq:
jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish boʻyicha murojaat qilish tartibi;
jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish tartibi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan “d1” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
e) Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 6-ilovaga muvofiq:
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish va rasmiylashtirish tartibi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish, imtihon oʻtkazish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini rasmiylashtirish tartibi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgan guvohnoma oʻrniga yangisini berish tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
j) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadigan va texnik koʻrikka jalb etiladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, taʼmirlash va servis asbob-uskunalarining roʻyxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning “j” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzagroinspeksiya):
a) Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda:
davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi tuzilmalarning Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) integratsiya qilinishini taʼminlasin;
davlat xizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini YIDXPda kuzatib borish choralarini koʻrsin;
b) YIDXPda davlat xizmatlarini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni ikki oy muddatda ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda kelishish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi va Adliya vazirligiga kiritsin;
v) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda:
uch oy muddatda davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov va yigʻimlarni toʻlov tizimlari hamda yagona billing tizimi orqali elektron shaklda toʻlash imkoniyatini yaratsin;
2023-yil 1-iyulga qadar Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqsin.
4. Oʻzagroinspeksiya 2023-yil 1-maydan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini harakatlanuvchi (maxsus avtotransport) mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalangan holda majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish amaliyotini joriy etsin.
5. Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga 2023-yil 1-sentabrdan boshlab jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanish huquqi berilsin.
Oʻzagroinspeksiya 2023-yil 1-oktabrga qadar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish faoliyatini amalga oshiradigan tadbirkorlik subyektlariga axborot xavfsizligi talablarini inobatga olgan holda “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyatini yaratsin.
Belgilansinki:
“Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga tadbirkorlik subyektlari integratsiya qilingunga qadar tadbirkorlik subyektlari tomonidan majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazilgan va texnik soz deb topilgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga ularning texnik holati haqidagi dalolatnoma beriladi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik holati haqidagi dalolatnoma “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga texnik koʻrik natijalarini kiritish uchun asos boʻladi.
6. Oʻzagroinspeksiya tomonidan quyidagi axborot tizimlari ishga tushirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
davlat roʻyxatiga olingan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining elektron hisobini yuritish boʻyicha “Texnikalar hisobi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha hisobga olingan taʼlim tashkilotlari va traktorchi-mashinist guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslarning roʻyxati aks ettirilgan “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
7. Oʻzagroinspeksiya quyidagi vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-avgustga qadar davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni elektron shaklda olish va almashish maqsadida “Texnikalar hisobi”, “Traktorchi-mashinist” va “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlasin:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan — notarius tomonidan tasdiqlangan shartnomalar (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya va boshqalar) hamda taqiqqa qoʻyish va taqiqdan yechishga oid hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi bilan — qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligi (bojxona yuk deklaratsiyasi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi bilan — yuridik shaxslarning STIR raqamlari, toʻliq nomi, joylashgan joyi (pochta manzili) hamda taqiq qoʻyish va taqiqdan yechish haqidagi hujjatlarga oid maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan — toʻlovlarni real vaqt rejimida koʻrish imkonini beruvchi hisob-kitoblarning kliring tizimi orqali amalga oshirilishiga oid maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi bilan — texnikalarni davlat roʻyxatiga olish va roʻyxatdan chiqarishga oid maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati bilan — texnikalarni davlat roʻyxatiga olish, texnik koʻrikdan oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarishga oid maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan — yuridik shaxslarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda jismoniy shaxslarning JSHSHIR raqami, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, yashash manzili (pasport yoki ID-karta) haqidagi maʼlumotlar.
8. 2023-yil 1-avgustdan boshlab qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkilotlarida xaridorlarga sotilgan yangi texnikalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar bilan birga Oʻzagroinspeksiyada roʻyxatdan oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan “Hisob-maʼlumotnoma” berish amaliyoti joriy etilsin.
Belgilansinki, Oʻzagroinspeksiya qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarni hamda maxsus savdo obyektlarini himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan “Hisob-maʼlumotnoma” blankalari bilan bepul taʼminlaydi va ularning sarflanishini nazorat qiladi.
9. Oʻzagroinspeksiyaga mavjud axborot tizimlarini takomillashtirish, yangi axborot tizimlarini yaratish, maxsus blankalar va boshqa hujjatlarni tayyorlash, maxsus planshet qurilmalarini va harakatlanuvchi (maxsus avtotransport) mobil texnik nazorat liniyalarini xarid qilish, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha xarajatlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirishga ruxsat berilsin.
10. Quyidagilar:
2023-yil 1-sentabrdan boshlab qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisida talon berish amaliyoti bekor qilinsin (xorijiy davlatlarga ishga yuboriladigan texnikalardan tashqari);
eski namunadagi texnik pasport, texnik guvohnoma, davlat raqami belgisi va traktorchi-mashinist guvohnomasini majburiy tartibda almashtirishning yakuniy muddati 2023-yil 31-avgust etib belgilansin;
eski namunadagi texnik pasport, texnik guvohnoma, davlat raqami belgisi va traktorchi-mashinist guvohnomasi 2023-yil 1-sentabrdan boshlab haqiqiy emas deb hisoblansin.
11. Oʻzagroinspeksiya manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2023-yil 1-noyabrga qadar qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari holatini nazorat qiladigan inspektorlarning maxsus kiyimi yoki taniqlik belgilari va ularni kiyib yurish qoidalarini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri A.B. Voitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2023-yil 29-aprel,
170-son
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-son qaroriga
1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — texnika egasi) qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini (keyingi oʻrinlarda — texnika) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tashkiliy shaklidan qatʼi nazar texnikalarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan mazkur Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
davlat raqami belgisi (keyingi oʻrinlarda — DRB) — mazkur Reglamentga 3-ilovada belgilangan namunaga muvofiq texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazishni hisobga olish uchun hududiy kodlar va davlat raqamlari belgilarining tiplariga koʻra beriladigan maxsus raqamli belgi;
davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirlari — qonunchilik hujjatlariga muvofiq Inspeksiya tomonidan texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularni hisobdan chiqarish, shuningdek, texnikalarni roʻyxatga olish haqida texnik pasport va guvohnoma hamda DRB berishdan iborat davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha harakatlar kompleksi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq Inspeksiya tomonidan texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish haqida texnik pasport va texnik guvohnoma hamda DRBni berishdan iborat davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha harakatlar kompleksi;
jismoniy shaxsning vakili — jismoniy shaxsning notarius tomonidan tasdiqlangan qonuniy vakili;
rasmiy diler (distribyutor) — Oʻzbekiston Respublikasi hududida yangi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini realizatsiya qilish boʻyicha ishlab chiqaruvchi bilan tegishli dilerlik (distribyutorlik) kelishuviga ega yuridik shaxs;
roʻyxatga olish joyi — texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi Inspeksiya joylashgan joy;
roʻyxatdan oʻtkazish hujjati — texnikadan foydalanishga huquq berilganligini tasdiqlovchi, yaʼni roʻyxatdan oʻtkazish haqida texnik pasport, texnik guvohnoma, shuningdek, texnikani roʻyxatdan oʻtkazish kitobi;
texnika egasi — texnika vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
texnik guvohnoma — texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilishi hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan agregat, mashina, mexanizm va uskunalarga mazkur Reglamentga 2-ilovada belgilangan namunaga muvofiq beriladigan maxsus himoyalangan hujjat;
texnik pasport — qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, traktorlar, traktor tirkamalari va oʻziyurar mashinalarga mazkur Reglamentga 1-ilovada belgilangan namunaga muvofiq beriladigan maxsus himoyalangan hujjat;
texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — texnikani doimiy hisobga qoʻyish, texnikani roʻyxatdan oʻtkazish haqida texnik pasport va DRB yoki texnik guvohnoma berish;
texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish — tegishli huquqiy asoslar mavjud boʻlganda texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish haqida texnik pasport va DRB yoki texnik guvohnoma berish;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari — idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan barcha turdagi traktorlar (gʻildirakli, zanjirli va yarim zanjirli), oʻziyurar mashinalar (oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari, oʻziyurar meliorativ hamda yoʻl-qurilish texnikalari), traktor tirkamalari, qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish, meliorativ va boshqa maqsadlarga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashina va texnologik uskunalari, suv nasoslari, kichik mexanizatsiya moslamalari.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Texnikalarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari Inspeksiya, davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) orqali texnika egasi yoki uning vakilini soʻrovnomasiga asosan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
5. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, taʼmirlash va servis asbob-uskunalarining nazorati Inspeksiya tomonidan olib boriladi.
6. Texnikaning tuzilmasi texnik tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-martdagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament), shuningdek, texnika xavfsizligini taʼminlash sohasidagi meʼyoriy hujjatlar talablariga mos kelishi lozim.
7. Texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish ishlari toʻlovlar oldindan amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.
8. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan yangi texnika olinganda;
texnikalar “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilganda.
9. Texnikalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning vakilligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmaganda, tijorat bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar texnikalarni belgilangan tartibda oʻz nomlariga roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
10. Boshqaruv va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar barcha turdagi texnikalarning oldi-sotdi shartnomalari faqat notarial idoralar tomonidan rasmiylashtirilishi shart, ishlab chiqaruvchi, diler, lizing tashkilotlarning shartnomalari hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan auksionlarda texnikalarga ega boʻlishni tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma bundan mustasno.
11. Texnikalar texnika egasining nomiga davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
12. Jismoniy shaxslarning texnikalari ularning doimiy yoki vaqtinchalik yashash (turar) joyida davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Texnikalar 18 yoshga toʻlgan muomalaga layoqatli shaxslarning nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Meros, vasiyatnoma, hadya, mukofot yoki qonunchilikda belgilangan holatlarda tashkil etilgan ommaviy oʻyinlarda yutib olingan texnikalar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda voyaga yetmagan shaxslar nomiga ham davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi mumkin.
Meros, vasiyatnoma, hadya qilingan yoki sud ajrimlariga asosan texnikalar faqat bitta shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
13. Yuridik shaxslarning texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish yuridik shaxslarni davlat roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan yuridik shaxs nomi, joylashgan yeri, STIR raqami boʻyicha amalga oshiriladi.
14. Inspeksiyada quyidagi texnikalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi:
faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qoʻllaniladigan maxsus texnikalar;
ichki ishlar organlarida roʻyxatga olingan transport vositalari;
tramvay va trolleybuslar;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyaga tegishli boʻlgan harbiy va boshqa texnikalar, shuningdek, Transport vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan roʻyxatga olinadigan texnikalar.
15. Texnikalarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda ular Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda texnikaning sozligi, uning turi, rusumi, DRB, identifikatsiyalovchi shassisi (rama) va dvigatel raqamining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelishi solishtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Markaz, YIDXP, Agroportal va Inspeksiya oʻrtasida axborotlar almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
17. Texnikalarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Texnika egasi yoki uning vakili texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun Inspeksiyaga yoki Markazga kelib murojaat etganda, Inspeksiya yoki Markaz xodimi texnika egasi nomidan ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
mazkur Reglamentning 22-bandida koʻrsatilgan texnikaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan (subsidiya, soliq va bojxona imtiyozlari hamda moliyaviy yordamlar) foydalangan holda xarid qilingan, shu jumladan, respublikada ishlab chiqarilgan hamda import qilingan yangi traktor va kombaynlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda ularga “onlayn” (GPS) rejimida masofadan kuzatish tizimi oʻrnatilgani toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma (“onlayn” (GPS) rejimida masofadan kuzatish tizimini oʻrnatgan tashkilot tomonidan muhr bilan tasdiqlangan shaklda beriladi).
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda texnikaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma (elektron onlayn-auksion bayonnomasi) “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Texnika egasi yoki uning vakili YIDXP yoki Agroportal orqali davlat xizmatlaridan foydalanganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Mobil-ID tizimi orqali soʻrovnoma toʻldirilganda foydalanuvchining telefon raqamiga yuborilgan xabarni tasdiqlash orqali identifikatsiyalanadi.
20. Texnika egasi yoki uning vakili texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, texnika egasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Texnika egasi yoki uning vakili YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat qilganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
21. Texnika egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
a) jismoniy shaxslar uchun — jismoniy shaxsning shaxsni tasdiqlovchi hujjati:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (ID-karta), haydovchilik guvohnomasi;
16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — tugʻilganlik haqida guvohnoma yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun — ichki ishlar organlarining roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi yoki harbiy qismlarning uy ajratish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini ilova qilgan holda harbiy qism yoki harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy biletlari bundan mustasno);
chet el fuqarolari uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ichki ishlar organining doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan chet el fuqarosining milliy pasporti yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi ichki ishlar organlarining doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi haqidagi belgisi qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi;
b) jismoniy shaxsning vakili uchun:
notarius tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxsning vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki jismoniy shaxsning qonuniy vakili vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat;
vakil shaxsini tasdiqlovchi hujjat (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlar);
v) yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning rahbari tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma;
vakil shaxsini tasdiqlovchi hujjat (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlar).
Shuningdek, Inspeksiya xodimi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini elektron shaklda oladi.
22. Texnikaga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
notarius tomonidan tasdiqlangan shartnoma (oldi-sotdi, ayirboshlash, merosga boʻlgan huquq, vasiyatnoma, hadya, renta va boshqalar) (“Notarius” axborot tizimidan integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda olinadi);
sudning qarori;
ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkiloti (texnikani ishlab chiqaruvchi korxona, uning vakili yoki vositachi (dilerlik, distribyutorlik) tashkilotlari) tomonidan beriladigan maxsus blankadagi “Hisob-maʼlumotnoma”;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan auksionlarda texnikaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari qarorlari;
yuqori turuvchi davlat organining texnikani bir tizim ichidagi tashkilotga tekinga berish toʻgʻrisidagi qarori (buyrugʻi yoki farmoyishi);
yuridik shaxsning yuqori turuvchi boshqaruv organining yuridik shaxsning ustav jamgʻarmasiga texnikani kiritish toʻgʻrisida yoki shu yuridik shaxsning ishtirokchisiga (taʼsischi, aʼzo) yuridik shaxsning texnikani dividend sifatida toʻlash toʻgʻrisidagi qarori (ishtirokchilari, taʼsischilari, aʼzolari) umumiy yigʻilishining bayonnomasi yoki yagona ishtirokchining qarori);
“erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga joylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasining elektron nusxasi (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining axborot tizimidan integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda olinadi);
shaxsning texnikani ommaviy oʻyinda (lotereyada) yutganligini tasdiqlovchi hujjat;
davlat organining texnikani mukofot (hadya) sifatida taqdim etganligi toʻgʻrisidagi qarori nusxasi;
lizingga beruvchining texnikaga boʻlgan mulk huquqini lizingga oluvchiga oʻtganligini tasdiqlovchi topshirish-qabul qilish dalolatnomasi.
23. Tugatilgan yuridik shaxsning texnikalari yangi tashkil etilgan yuridik shaxsning balansiga oʻtganda, texnikalarni davlat roʻyxatiga olishda uning huquqiy vorisligini tasdiqlovchi hujjatga yuridik shaxsning ustavi yoki taʼsis shartnomasi kiradi.
Shuningdek, yuridik shaxsning huquqiy vorisligini tasdiqlovchi hujjatlar “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda olinadi.
24. Texnikalar sud qarori asosida musodara qilinganda, yetkazilgan zararni qoplashga qaratilganda, boshqa shaxs yoki davlat egaligiga oʻtkazilganda, texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish sud qarori yoki auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaga asosan amalga oshiriladi.
Texnikalarning roʻyxatda turish joyini oʻzgartirishga olib keladigan texnika egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgarishi munosabati bilan texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, mazkur Reglamentning 22-bandi beshinchi xatboshisida keltirilgan texnikaga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
25. Texnikalarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimlar ushbu Reglamentga 6-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etilganda, yigim summasining 90 foizi undiriladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu banddagi toʻlov stavkalarining 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan toʻlov stavkalarining 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(25-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
251. Taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentga 6-ilovadagi toʻlov stavkalarining 50 foizi undiriladi.
(251-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
26. Texnikalarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(26-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
20 foizi — Respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(26-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
20 foizi — Respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
v) Inspeksiyaga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Respublika budjetiga;
80 foizi — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
27. Quyidagi hollarda Inspeksiya tomonidan texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish rad etiladi:
davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimga toʻlovlar amalga oshirilmaganda;
mazkur Reglamentda belgilangan tegishli hujjatlar texnika egasi tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
xizmat muddatini oʻtab boʻlganligi va foydalanishga yaroqsizligi tufayli texnika hisobdan chiqarilgan boʻlsa;
texnika konstruksiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar texnik tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, texnika xavfsizligini taʼminlash meʼyorlariga javob bermaganda;
texnika texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan ehtiyot qismlar va agregatlardan tayyorlangan yoki yigʻilgan boʻlsa;
texnikaga ishlab chiqaruvchi tomonidan qoʻyilgan identifikatsiya tamgʻasini yashirish, soxtalashtirish, oʻzgartirish, yoʻq qilish alomatlari, taqdim etilgan hujjatlarning soxtalashtirilishi yoki hujjatlar va roʻyxatga oid hujjatlarda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarning texnika va agregatlar raqamlariga nomuvofiqligi aniqlanganda;
texnikaning raqamlangan agregati qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlarning yoʻqolganligi (oʻgʻirlanganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Oldingi tahrirga qarang.
2025-yil 1-martdan boshlab amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan (subsidiya, soliq va bojxona imtiyozlari hamda moliyaviy yordamlar) foydalangan holda xarid qilingan, shu jumladan, respublikada ishlab chiqarilgan hamda import qilingan yangi traktor va kombaynlarga “onlayn” (GPS) rejimida masofadan kuzatish tizimi oʻrnatilmaganda.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son)
Mazkur bandning yettinchi-sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda, Inspeksiya tomonidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
28. Texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganda, texnika egasi yoki uning vakili texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qayta murojaat qilish huquqiga ega, bunda yigʻimlar undirilmaydi.
Texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish
29. Texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) texnika egasi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, shuningdek, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomi oʻzgarganda;
b) texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish joyini oʻzgartirishni talab qilmagan holda, texnika egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgarganda;
v) texnikaning rangi va (yoki) agregatlari raqami oʻzgarganda;
g) texnika qayta jihozlanganda (texnikaning konstruksiyasiga, yaʼni yurish qismi va kabinasiga oʻzgartirish kiritilganda yoki dvigateli boshqa rusumga moslashtirilganda);
d) texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki oʻgʻirlanganda va (yoki) DRB yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki oʻgʻirlanganda;
e) davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan texnikaning mulk egasi oʻzgarganda.
30. Texnika egasi yoki uning vakili texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun Inspeksiyaga yoki Markazga kelib murojaat etganda, Inspeksiya yoki Markaz xodimi texnika egasi yoki uning vakili nomidan ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga mazkur Reglamentning 34-bandida koʻrsatilgan texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazishga asos boʻladigan hujjatlar ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda texnikaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma (elektron onlayn-auksion bayonnomasi) “Raqamli hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali mustaqil ravishda olinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Texnika egasi yoki uning vakili YIDXP yoki Agroportal orqali davlat xizmatlaridan foydalanganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Mobil-ID tizimi orqali soʻrovnoma toʻldirilganda foydalanuvchining telefon raqamiga yuborilgan xabarni tasdiqlash orqali identifikatsiyalanadi.
32. Texnika egasi yoki uning vakili texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun Markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, texnika egasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
33. Texnika egasi yoki uning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga mazkur Reglamentning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlar kiradi.
34. Texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishga asos boʻluvchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
texnika egasi — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganligini (FHDY organlarining maʼlumotnomasi), shuningdek, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki nomlanishi oʻzgarganligini (yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumot va yuridik shaxsning boshqaruv organi qarori) tasdiqlovchi hujjat;
texnika egasining yashash (turar) joyi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgi bilan pasport, yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma va boshqalar);
texnikaga oʻzgartirish kiritish va uni qayta jihozlashni tasdiqlovchi hujjat;
texnikaning rangi va (yoki) agregat raqami oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat (agregatning qonuniy olinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-maʼlumotnoma, notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi), texnikalarni taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha maxsus korxonada agregatlarning almashtirilganligi yoki rangi oʻzgartirilganligini tasdiqlovchi hujjat);
notarius tomonidan tasdiqlangan shartnoma (oldi-sotdi, ayirboshlash, merosga boʻlgan huquq, vasiyatnoma, hadya, renta va boshqalar) (“Notarius” axborot tizimidan integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda olinadi);
sudning qarori;
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashkil etilgan auksionlarda texnikaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma;
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) boʻlimlari qarorlari;
yuqori turuvchi davlat organining texnikani bir tizim ichidagi tashkilotga tekinga berish toʻgʻrisidagi qarori (buyrugʻi yoki farmoyishi);
yuridik shaxsning yuqori turuvchi boshqaruv organini yuridik shaxsning ustav jamgʻarmasiga texnikani kiritish toʻgʻrisida yoki shu yuridik shaxsning ishtirokchisiga (taʼsischi, aʼzo) yuridik shaxsning texnikani dividend sifatida toʻlash toʻgʻrisidagi qarori (ishtirokchilari, taʼsischilari, aʼzolarining umumiy yigʻilishi bayonnomasi yoki yagona ishtirokchining qarori);
lizingga beruvchining texnikaga boʻlgan mulk huquqini lizingga oluvchiga oʻtganligini tasdiqlovchi topshirish-qabul qilish dalolatnomasi.
35. Texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimlar ushbu Reglamentga 6-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlari koʻrsatish uchun YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu banddagi toʻlov stavkalarining 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan toʻlov stavkalarining 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(35-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimlar toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
351. Texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentga 6-ilovadagi toʻlov stavkalarining 50 foizi undiriladi.
(351-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
36. Yigʻimlar 26-bandda keltirilgan tartibda taqsimlanadi.
37. Inspeksiya tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatishni rad etish uchun mazkur Reglamentning 27-bandida koʻrsatilgan holatlar asos hisoblanadi.
38. Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
39. Texnika egasi yoki uning vakili davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Texnika egasi yoki uning vakili davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi, bunda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
40. Davlat roʻyxatiga olingan texnikaning mulk egasi oʻzgarganda, texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun texnika egasi yoki uning vakili Inspeksiyaga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
texnik pasport yoki texnik guvohnomasi;
davlat raqami belgisi;
mazkur Reglamentning 29-bandi “d” kichik bandiga asosan murojaat qilinganda Inspeksiyaga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma (u yaroqsiz holga kelganda);
davlat raqami belgisi (u shikastlanganda).
3-bob. Texnikalarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rasmiylashtirish hamda ularga davlat raqami belgilari, texnik pasport va texnik guvohnoma berish tartibi
41. Inspeksiya xodimi texnika egasi yoki uning vakili tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, texnikaning turi, rusumi, DRB, identifikatsiyalovchi shassisi (rama) va dvigatel raqamining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelishini koʻrikdan oʻtkazib, solishtirgandan keyin texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazadi yoki oʻtkazishni rad etadi.
42. Texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish 1 ish kunida koʻrib chiqiladi. Mazkur Reglamentning 22 va 34-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, Inspeksiya texnika egasi yoki uning vakilini mazkur Reglamentning 40-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni (texnika qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda) hamda texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etishi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Inspeksiyaning texnika holatini nazorat qilish inspektori 2 ish kunida taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi va texnika boʻyicha maʼlumotlarni soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarga muvofiqligini koʻzdan kechirib, texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazadi. Bunda texnika egasi yoki uning vakili Inspeksiyaga texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
Shuningdek, texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda qoʻshimcha maʼlumot olish talab etilganda, ushbu masalalar boʻyicha kelib tushgan arizalar 10 ish kunida koʻrib chiqiladi.
43. Texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilib, hujjatlar asliga muvofiq va toʻliq boʻlganda, davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda Inspeksiyaning texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga va tegishli axborot tizimiga texnikaning identifikatsiyalovchi shassisi (rama), dvigatel raqamlari va boshqa texnik parametrlari hamda texnika egasi va uning yashash (turar) joyi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Inspeksiya xodimi tomonidan texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida texnikalar axborot tizimida avvalgi roʻyxatdan oʻtkazish joyidan davlat roʻyxatidan chiqariladi va yangi roʻyxatdan oʻtkazish joyiga kiritiladi.
44. Texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport, DRB yoki texnik guvohnoma Inspeksiyaning texnika holatini nazorat qilish inspektori tomonidan texnika egasi yoki uning vakiliga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga uni olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyilib, topshiriladi.
45. Texnikaga avval berilgan texnik pasport, DRB yoki texnik guvohnoma texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazgan Inspeksiya organiga topshiriladi.
46. Davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazilgan texnikalarning orqa qismiga joylashtirish uchun mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq namunada tayyorlangan DRB beriladi.
DRB undagi raqamlarning oʻsib borish tartibiga muvofiq ravishda beriladi:
yuridik shaxslarga — I va III tipli DRB;
jismoniy shaxslarga — II va IV tipli DRB.
47. Texnika egasi berilgan DRBdan maqsadli foydalanishi shart.
48. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda, oʻgʻirlanganda yoki yoʻqolganda, texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish 2 ish kunida koʻrib chiqiladi. Bunda Inspeksiyaning texnika holatini nazorat qilish inspektori tomonidan mazkur Reglamentning 40-bandida koʻrsatilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilganligi koʻrib chiqiladi va texnikadagi maʼlumotlarning soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarga muvofiqligi koʻzdan kechirilib, texnik koʻrikdan oʻtkazadi.
Taqdim etilgan hujjatlar (maʼlumotlar) texnikaga mos boʻlganda, Inspeksiya texnikalarni davlat roʻyxatiga olish axborot tizimi maʼlumotlari asosida texnika egasi yoki uning vakiliga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asliga asosan texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnomaning yangisini beradi.
49. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda, oʻgʻirlanganda yoki yoʻqolganda uning oʻrniga yangisi, shuningdek, DRB yaroqsiz holga kelgan, buzilgan, shikastlangan yoki yoʻqolganda yangi DRB berish uchun ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq miqdorda yigʻim undiriladi.
Davlati xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
50. DRB shikastlanganda, yoʻqolganda yoki oʻgʻirlanganda texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish maʼlumotlariga asosan, shuningdek, belgilangan miqdorda yigim amalga oshirilgach, Inspeksiya tomonidan yangi DRB beriladi. Bunda DRB dublikatini berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (texnikalarni davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma va DRBning yangisini berish) texnikalarni davlat roʻyxatiga olish axborot tizimiga kiritiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
51. Texnikalarni davlat roʻyxatiga va qayta roʻyxatga olish uchun harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlar uch yil, texnikalarni roʻyxatga olish kitobi Inspeksiyada yigirma besh yil saqlanadi va ushbu muddat oʻtgandan keyin belgilangan tartibda davlat arxiviga topshiriladi.
52. Inspeksiyaga hujjatlar taqdim qilinganda yoki elektron shaklda murojaat qilinganda, ularni oʻrganish yoki texnik koʻrik jarayonlarida asli bilan taqqoslanishi shart.
53. Texnikalar yangi xarid qilinganda, texnikaga boʻlgan mulk huquqi yoki texnika egasining manzili (nomi) oʻzgarganda, texnikalar Inspeksiya tomonidan 10 ish kunida davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Bunda texnika egasi texnikaning texnik holatidan qatʼi nazar, mazkur Reglamentning 22-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi.
Agar murojaat qilish muddatining oxirgi kuni dam olish, bayram va boshqa ish kuni boʻlmagan kunlarga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugagan kuni hisoblanadi.
54. Texnikalarni roʻyxatga qoʻyish muddatlarining buzilishi yoki belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilmagan texnikalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
55. Inspeksiya texnika egalariga davlat xizmatlari koʻrsatilishi hamda yoʻl harakati qatnashchilari (traktorchi-mashinistlar) tomonidan yoʻl harakati qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
56. Inspeksiya tomonidan texnikalarni taqiqqa olish va taqiqdan chiqarish sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, davlat ijrochisi, notarius, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi idoraviy notarial arxivlar mudirlari, soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) va tegishli vakolatli tashkilotlar soʻrovlari asosida axborot tizimidagi maʼlumotlar bazasida aks ettiriladi.
Shuningdek, axborot tizimlarini integratsiyalash orqali vakolatli tashkilotlar tomonidan texnikalarni taqiqqa olish va taqiqdan chiqarish elektron shaklda amalga oshirilishi mumkin.
Taqiqqa olingan texnikalarni davlat roʻyxatiga va qayta roʻyxatga olish harakatlari taqiqqa oldirgan idora tomonidan taqiq bekor qilingandan soʻng amalga oshiriladi.
57. Texnikaning lizing (sublizing) shartnomasini amal qilish muddati tugashi bilan, texnikaning lizing (sublizing) shartnomasi va texnikani lizingga beruvchining texnikaga boʻlgan mulk huquqi texnikani lizingga oluvchiga oʻtganligini tasdiqlovchi topshirish-qabul qilish dalolatnomasiga asosan texnikalar lizingga oluvchining nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Texnikalar lizingga beruvchining yozma soʻroviga asosan lizingga oluvchining nomiga ham rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda texnika lizingga beruvchi nomidan taqiqqa olinadi va uning murojaati bilan taqiqdan chiqariladi. Texnikalar texnikani lizingga oluvchidan olinib, boshqaga oʻtkazilganda, yangidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Lizingga (sublizingga) oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan texnikani lizing beruvchiga qaytarib berilishini yoki boshqa lizingga oluvchining nomiga oʻtkazilishini asoslovchi hujjatlar, shuningdek, sud yoki boshqa organlarning ijro hujjati nusxasi ilova qilingan holda lizingga beruvchining arizasiga asosan lizingga beruvchining yoki boshqa lizingga oluvchining nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
58. Inspeksiya, Markaz va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
59. Inspeksiya, Markaz va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.
60. Texnika egasi yoki uning vakili davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
61. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarga beriladigan texnik pasportning
NAMUNASI
Texnik pasportning
TASNIFI
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK PASPORT” xalqaro standartlar asosida 54x86 mm oʻlchamdagi plastikdan tayyorlanadi. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK PASPORT”ning rangi — ochiq sariq pushti. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqami — toʻrt harfli (UZ-TP), raqami — oltita raqamli.
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK PASPORT”da jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va qurilmalar oʻrtasida bevosita aloqasiz axborot ayirboshlash imkonini beruvchi elektron belgi (NFC smart-kart) boʻladi.
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK PASPORT”ning plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
mikromatn — “TEXNIK PASPORT”, “Texnicheskiy pasport”, “Technical passport” oʻlchami — maksimum 30 mikron;
ultrabinafsha qoplama;
“UZ” yozuvi, egilganda bir rangdan boshqa rangga tovlanadigan optik turlanadigan boʻyoq;
gilosh, doimiy ravishda qiyshayib turadigan 40 — 70 mkm qalinlikdagi toʻlqinli chiziqlarning qalin tarmogʻi shaklidagi naqsh;
guvohnoma plastik shaklining seriyali raqamini lazer oʻyma naqshi.
Texnik pasportning old tomonida “TEXNIK PASPORT”, “Texnicheskiy pasport”, “Technical passport” soʻzlari yozilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, “Oʻzbekiston” soʻzlari davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan. Texnikaning davlat raqami belgisi, markasi, modeli, rangi, egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotning nomi, manzili), texnik pasport berilgan sana, Inspeksiyaning tegishli boʻlimi;
jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK PASPORT”ning orqa tomonida texnika toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ishlab chiqarilgan yil, turi, kuzov/shassi raqami, toʻla vazni, yuksiz vazni, dvigatelning toifasi va quvvati, yonilgʻi turi, alohida belgilar majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilishi hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan agregat, mashina, mexanizm va uskunalarga beriladigan texnik guvohnomaning
NAMUNASI
Texnik guvohnomaning
TASNIFI
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA” xalqaro standartlar asosida 54x86 mm oʻlchamda plastikdan tayyorlanadi. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA”ning rangi — kulrang pushti. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqam — toʻrt harfli (UZ-TG), nomeri — oltita raqamli.
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA”da jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va qurilmalar oʻrtasida bevosita aloqasiz axborot ayirboshlash imkonini beruvchi elektron belgi (NFC smart-kart) boʻladi.
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA”ning plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
mikromatn — “TEXNIK GUVONNOMA”, “Texnicheskoye svidetelstvo”, “Technical certificate” oʻlchami — maksimum 30 mikron;
ultrabinafsha qoplama;
“UZ” yozuvli, egilganda bir rangdan boshqa rangga tovlanadigan optik turlanadigan boʻyoq;
gilosh, doimiy ravishda qiyshayib turadigan 40 — 70 mkm qalinlikdagi toʻlqinli chiziqlarning qalin tarmogʻi shaklidagi naqsh;
guvohnoma plastik shaklining seriyali raqamining lazer oʻyma naqshi.
Texnik pasportning old tomonida “TEXNIK GUVONNOMA”, “Texnicheskoye svidetelstvo”, “Technical certificate” soʻzlari yozilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, “Oʻzbekiston” soʻzlari davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan. Texnikaning nomi, markasi, modeli, rangi, egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotning nomi, manzili), davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA” berilgan sana, Inspeksiyaning tegishli boʻlimi, jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA”ning orqa tomonida texnika toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ishlab chiqarilgan yil, turi, agregat raqami, toʻla vazni, yuksiz vazni, vazifasi, alohida belgilar majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarning davlat raqami belgilari
NAMUNALARI
I tip — yuridik shaxslarning traktorlari, yoʻl-qurilish va melioratsiya texnikalari, oʻziyurar mashinalarga beriladigan davlat raqami belgilari kabinaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap qismida roʻyxatga olish sonlari bilan baravar qilib traktorning shartli rasmi, quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
II tip — jismoniy shaxslarning traktorlari, yoʻl-qurilish va melioratsiya texnikalari, oʻziyurar mashinalarga beriladigan davlat raqami belgilari kabinaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni sariq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap qismida roʻyxatga olish sonlari bilan baravar qilib traktorning shartli rasmi, quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
III tip — yuridik shaxslarning traktor tirkamalariga beriladigan davlat raqami belgilari tirkamaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
IV tip — jismoniy shaxslarning traktor tirkamalariga beriladigan davlat raqami belgilari tirkamaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni sariq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
Izoh. * Traktorlar, yoʻl-qurilish va melioratsiya texnikalari, oʻziyurar mashinalar, traktor tirkamalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarida qoʻllanadigan raqamlar va lotin alifbosi harflarining namunalari Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qaroriga 1 va 3-ilovalarga muvofiq belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Texnika egasi yoki uning vakili (jismoniy yoki yuridik shaxslar)

1. Texnikaning egasi yoki uning vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) yoki davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) oʻzi kelib, shuningdek, davlat xizmatlaridan elektron foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) roʻyxatdan oʻtadi.

1. Xohishiga koʻra

2. Inspeksiya, Markaz yoki YIDXP yoki Agroportal tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun yigʻimni amalga oshiradi.

3. Texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish holatlarida Inspeksiyaga texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport hamda davlat raqami belgisi (keyingi oʻrinlarda — DRB) yoki texnik guvohnomani taqdim etadi.

2. Murojaat qilganda

2-bosqich

1. Markaz

2. YIDXP

3. Agroportal

Soʻrovnomani Inspeksiyaga yuboradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng avtomatik tarzda

3-bosqich

Inspeksiya

1. Soʻrovnoma va taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazgandan soʻng texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazadi yoxud oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1. 2 ish kunidan kechiktirmasdan

2. Qabul qilingan qarorni elektron shaklda Markazga yoki YIDXP yoki Agroportal orqali texnika egasiga yuboradi.

2. Qaror qabul qilingandan soʻng 2 ish kunida

4-bosqich

Inspeksiya

1. Texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining axborot tizimiga kiritadi.

2. Texnika egasiga yoki uning vakiliga texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport hamda davlat raqam belgisi yoki texnik guvohnomani beradi.

2 ish kunida

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

__________________
(sana)

________________

(raqam)

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan

SOʻROVNOMA

I. Texnika egasi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Tashkilot nomi

2. Yuridik manzili

3. STIR raqami

4. Telefon raqami

Yuridik shaxs vakili:

1. F.I.O.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

II. Texnika egasi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

3. Manzili

4. Telefon raqami

III. Texnika toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Nomi

2. Rusumi/modeli

3. Ishlab chiqarilgan yili

4. Dvigatel raqami

5. Zavod raqami

6. Kuzov/shassi raqami

7. Texnik pasport yoki texnik guvohnoma seriyasi va raqami

8. Davlat raqami belgisi

IV. Soʻrovnomaga texnikaga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

Texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish holatlarida Inspeksiyaga texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport, DRB yoki texnik guvohnoma taqdim etiladi.

V. Davlat xizmatlaridan foydalanish sababi:

Texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish

Texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish

Tasdiqlayman:

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Texnikalarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, shuningdek, texnikalarga davlat raqami belgilari, texnik pasport va texnik guvohnomani berishda undiriladigan
TOʻLOV STAVKALARI
I. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilarini berish uchun

1.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilarini (keyingi oʻrinlarda — DRB) berish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida

Izoh. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan DRB oʻrniga yangisini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
yoʻqolgan DRB oʻrniga yangisini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
II. Texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun

2.

Texnik pasport beriladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida

3.

Texnik guvohnoma beriladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalarini davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 18 foizi miqdorida

Izoh. Texnikaga oʻzgartirish kiritish va uni qayta jihozlashni amalga oshirishga ruxsatnoma berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
III. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarga texnik pasport berish uchun

4.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarga texnik pasport berish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida

Izoh. Yaroqsiz holga kelgan yoki oʻgʻirlangan yoxud yoʻqolgan texnik pasport oʻrniga yangisini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
IV. Texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalariga texnik guvohnoma berish uchun

5.

Texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalariga texnik guvohnoma berish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

Izoh. Yaroqsiz holga kelgan va oʻgʻirlangan yoxud yoʻqolgan texnik guvohnoma oʻrniga yangisini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
V. Texnikalarni davlat roʻyxatidan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun

6.

100 ot kuchi va undan yuqori quvvatga ega gʻildirakli traktorlar, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, oʻziyurar mashinalar hamda zanjirli va yarim zanjirli traktorlar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

7.

100 ot kuchigacha quvvatga ega gʻildirakli traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalar, osma va yarim osma, zanjirli, yarim zanjirli va yigʻma mashinalar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida

8.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari hamda agregatlar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida

9.

Yoʻl-qurilish, melioratsiya va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yuk ortuvchi, paxta, don va urugʻlarni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, shuningdek, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashinalari va uskunalari, kichik mexanizatsiya moslamalari uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida

10.

Mashina-traktor parklari, taʼmirlash ustaxonalari, servis punktlari va boshqalardagi har bir stanok, asbob-uskuna va jihozlar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida

11.

Suv nasoslari uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-son qaroriga
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — texnika egasi) qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini (keyingi oʻrinlarda — texnika) vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tashkiliy shaklidan qatʼi nazar texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan mazkur Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
vaqtincha roʻyxatga olish joyi — texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshiruvchi Inspeksiya joylashgan joy;
vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish tadbirlari — qonunchilik hujjatlariga muvofiq Inspeksiya tomonidan texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek, texnikalarni vaqtincha roʻyxatga olish haqida vaqtincha texnik pasport va guvohnoma hamda DRB berishdan iborat davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha harakatlar kompleksi;
vaqtincha texnik pasport — qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, traktorlar, traktor tirkamalari va oʻziyurar mashinalarga mazkur Reglamentga 1-ilovada belgilangan namunaga muvofiq beriladigan maxsus himoyalangan vaqtinchalik hujjat;
vaqtincha texnik guvohnoma — texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilishi hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan agregat, mashina, mexanizm va uskunalarga mazkur Reglamentga 2-ilovada belgilangan namunaga muvofiq beriladigan maxsus himoyalangan vaqtinchalik hujjat;
davlat raqami belgisi (keyingi oʻrinlarda — DRB) — mazkur Reglamentga 3-ilovada belgilangan namunaga muvofiq texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazishni hisobga olish uchun hududiy kodlar va davlat raqamlari belgilarining tiplariga koʻra beriladigan maxsus raqamli belgi;
jismoniy shaxsning vakili — jismoniy shaxsning notarius tomonidan tasdiqlangan qonuniy vakili;
texnika egasi — texnika vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish — texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish haqida texnik pasport hamda DRB yoki texnik guvohnoma berish;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari — idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan barcha turdagi traktorlar (gʻildirakli, zanjirli va yarim zanjirli), oʻziyurar mashinalar (oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari, oʻziyurar meliorativ hamda yoʻl-qurilish texnikalari), traktor tirkamalari, qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish, meliorativ va boshqa maqsadlarga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashina va texnologik uskunalari, suv nasoslari, kichik mexanizatsiya moslamalari.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari Inspeksiya, davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) orqali texnika egasi yoki uning vakilini soʻrovnomasiga asosan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
5. Inspeksiya tomonidan nazorat qilinadigan va texnik koʻrikka jalb etiladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, taʼmirlash va servis asbob-uskunalari turlari ustidan nazorat qilish Inspeksiyaning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
6. Texnikaning tuzilmasi texnik tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-martdagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament), shuningdek, texnika xavfsizligini taʼminlash sohasidagi meʼyoriy hujjatlar talablariga mos kelishi lozim.
7. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish ishlari toʻlovlar oldindan amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.
8. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
texnikalar “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga joylashtirilganda;
texnikalar tajriba sinovlarini oʻtkazish uchun olib kelinganda.
9. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlari kelgusida texnikalarga oid mulkiy huquqlarni vujudga keltirmaydi, oʻzgartirmaydi yoki bekor qilmaydi.
10. Texnikalar uning egasi hisoblanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning nomiga vaqtincha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
11. Jismoniy shaxslarning texnikalari ularning doimiy yoki vaqtincha yashash (turar) joyida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkaziladi.
12. Yuridik shaxslarning texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish yuridik shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan yuridik manzili boʻyicha amalga oshiriladi.
13. Inspeksiyada quyidagi texnikalar vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilmaydi:
faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qoʻllaniladigan maxsus texnikalar;
ichki ishlar organlarida roʻyxatga olingan transport vositalari;
tramvay va trolleybuslar;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyaga tegishli boʻlgan harbiy va boshqa texnikalar, shuningdek, Transport vazirligi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan roʻyxatga olingan texnikalar.
14. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishda ular Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda texnikaning sozligi, uning turi, rusumi, identifikatsiyalovchi shassisi (rama) va dvigatel raqamining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelishi solishtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Markaz, YIDXP, Agroportal va Inspeksiya oʻrtasida axborotlar almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda — ERI) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
16. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
17. Texnika egasi yoki uning vakili texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uchun Inspeksiyaga yoki Markazga kelib murojaat etganda, Inspeksiya yoki Markaz xodimi texnika egasi nomidan ushbu Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga texnikani vaqtincha roʻyxatga olishga asos boʻluvchi hujjatlar ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Texnika egasi yoki uning vakili YIDXP yoki Agroportal orqali davlat xizmatlaridan foydalanganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Mobil-ID tizimi orqali soʻrovnoma toʻldirilganda foydalanuvchining telefon raqamiga yuborilgan xabarni tasdiqlash orqali identifikatsiyalanadi.
19. Texnika egasi yoki uning vakili texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uchun Markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, texnika egasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng, real vaqt rejimida Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
20. Texnika egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
a) jismoniy shaxslar uchun — jismoniy shaxsning shaxsni tasdiqlovchi hujjati:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar (ID-karta), haydovchilik guvohnomasi;
16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — tugilganlik haqida guvohnoma yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun — ichki ishlar organlarining roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi yoki harbiy qismlarning uy ajratish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini ilova qilgan holda harbiy qism yoki harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy biletlari bundan mustasno);
chet el fuqarolari uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ichki ishlar organining doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan chet el fuqarosining milliy pasporti yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi ichki ishlar organlarining doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi haqidagi belgisi qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi;
b) jismoniy shaxsning vakili uchun:
notarius tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxsning vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki jismoniy shaxsning qonuniy vakili vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat;
vakil shaxsini tasdiqlovchi hujjat (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlar);
v) yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning rahbari tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma;
vakil shaxsini tasdiqlovchi hujjat (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlar).
Shuningdek, Inspeksiya xodimi “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasini elektron shaklda oladi.
21. Texnikani vaqtincha roʻyxatga olishga asos boʻluvchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
“vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga joylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasining elektron nusxasi (Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining axborot tizimidan integratsiyalashuv platformasi orqali elektron shaklda olinadi);
texnikalarni sinovdan oʻtkazilayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
22. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan va “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga joylashtirilgan texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan muddatda amalga oshiriladi.
23. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimlar ushbu Reglamentga 6-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu banddagi toʻlov stavkalarining 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan toʻlov stavkalarining 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
231. Taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentga 6-ilovadagi toʻlov stavkalarining 50 foizi undiriladi.
(231-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
24. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(24-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
20 foizi — Respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(24-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
20 foizi — Respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
v) Inspeksiyaga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Respublika budjetiga;
80 foizi — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
25. Quyidagi holatlarda Inspeksiya tomonidan texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish rad etiladi:
davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimga toʻlovlar amalga oshirilmaganda;
mazkur Reglamentda belgilangan tegishli hujjatlar texnika egasi tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
xizmat muddatini oʻtab boʻlganligi va foydalanishga yaroqsizligi sababli texnika hisobdan chiqarilganda;
texnika konstruksiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar texnik tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, texnika xavfsizligini taʼminlash meʼyorlariga javob bermaydigan boʻlsa;
texnika texnik reglamentga muvofiq boʻlmagan ehtiyot qismlar va agregatlardan tayyorlangan yoki yigʻilgan boʻlsa;
texnikaga ishlab chiqaruvchi tomonidan qoʻyilgan identifikatsiya tamgʻasini yashirish, soxtalashtirish, oʻzgartirish, yoʻq qilish alomatlari, taqdim etilgan hujjatlarning soxtalashtirilishi yoki hujjatlar va roʻyxatga oid hujjatlarda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarning texnika va agregatlar raqamlariga nomuvofiqligi aniqlanganda;
texnikaning raqamlangan agregati qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlarning yoʻqolganligi (oʻgʻirlanganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Mazkur bandning yettinchi-sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda, Inspeksiya tomonidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beriladi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
26. Egalik huquqi va hujjatlari mavjud boʻlmagan texnikalar sud qarorlariga asosan doimiy roʻyxatga olinadi.
Inspeksiya tomonidan vaqtincha roʻyxatga olingan texnikalar egalik huquqini belgilash toʻgʻrisidagi sud qarori qabul qilinguniga qadar belgilangan tartibda majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazib boriladi.
27. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishni rad etilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganda, texnika egasi yoki uning vakili texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qayta murojaat qilish huquqiga ega, bunda yigʻimlar undirilmaydi.
3-bob. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishni rasmiylashtirish hamda ularga texnik pasport, texnik guvohnoma va davlat raqam belgilari berish tartibi
28. Inspeksiya xodimi texnika egasi yoki uning vakili tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, texnikaning turi, rusumi, identifikatsiyalovchi shassisi (rama) va dvigatel raqamining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelishini koʻrikdan oʻtkazib solishtirgandan keyin texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazadi yoki oʻtkazishni rad etadi.
29. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish 2 ish kunida koʻrib chiqiladi. Texnikaga tegishli hujjatlar toʻliq taqdim etilganda, Inspeksiya texnika egasi yoki uning vakilini texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etishi haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.
Inspeksiyaning texnika holatini nazorat qilish inspektori 2 ish kunida texnika boʻyicha maʼlumotlarni soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarga muvofiqligini koʻzdan kechirib, texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazadi. Bunda texnika egasi yoki uning vakili Inspeksiyaga texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
Shuningdek, texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishda qoʻshimcha maʼlumot olish talab etilganda, ushbu masalalar boʻyicha kelib tushgan arizalar 10 ish kunida koʻrib chiqiladi.
30. Texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazilib, hujjatlar asliga muvofiq va toʻliq boʻlganda, vaqtincha roʻyxatdan oʻtkaziladi. Bunda Inspeksiyaning texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga va tegishli axborot tizimiga texnikaning identifikatsiyalovchi shassisi (rama), dvigatel raqamlari va boshqa texnik parametrlari hamda texnika egasi va uning yashash (turar) joyi yoki joylashgan manzili (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
31. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi vaqtincha texnik pasport, vaqtincha texnik guvohnoma va DRB Inspeksiyaning texnika holatini nazorat qilish inspektori tomonidan texnika egasi yoki uning vakiliga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga uni olganligi toʻgʻrisida imzo qoʻyilib topshiriladi.
32. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan texnikalarning orqa qismiga joylashtirish uchun mazkur Reglamentga 3-ilovaga muvofiq namunada tayyorlangan DRB beriladi.
DRB undagi raqamlarning oʻsib borish tartibiga muvofiq ravishda beriladi:
yuridik shaxslarga — I va III tipli DRB;
jismoniy shaxslarga — II va IV tipli DRB.
33. Texnika egasi berilgan DRBdan maqsadli foydalanishi shart.
34. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish 2 ish kunida koʻrib chiqiladi. Bunda Inspeksiyaning texnika holatini nazorat qilish inspektori tomonidan texnikaga oid hujjatlar toʻliq taqdim etilganligi koʻrib chiqiladi va texnikadagi maʼlumotlar soʻrovnomada qayd etilgan maʼlumotlarga muvofiqligi koʻzdan kechirilib, texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Taqdim etilgan hujjatlar (maʼlumotlar) texnikaga mos boʻlganda, Inspeksiya texnikani roʻyxatga olish axborot tizimi maʼlumotlari asosida texnika egasi yoki uning vakiliga uning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asliga asosan texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi vaqtincha texnik pasport yoki texnik guvohnomani beradi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
35. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatga olish uchun harakatlarni amalga oshirishda asos boʻladigan hujjatlar uch yil, texnikalarni roʻyxatga olish kitobi Inspeksiyada yigirma besh yil saqlanadi va ushbu muddat oʻtgandan keyin belgilangan tartibda davlat arxiviga topshiriladi.
36. Inspeksiyaga hujjatlar taqdim qilinganda yoki elektron shaklda murojaat qilinganda, ularni oʻrganish yoki texnik koʻrik jarayonlarida asli bilan taqqoslanishi shart.
37. Inspeksiya, Markaz va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
38. Inspeksiya, Markaz va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.
39. Texnika egasi yoki uning vakili davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
40. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarga beriladigan vaqtincha texnik pasportning
NAMUNASI
Vaqtincha texnik pasportning
TASNIFI
Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK PASPORT” xalqaro standartlar asosida 54x86 mm oʻlchamdagi plastikdan tayyorlanadi. Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK PASPORT”ning rangi — ochiq sariq pushti. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqami — toʻrt harfli (UZ-TP), raqami — oltita raqamli.
Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK PASPORT”da jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va qurilmalar oʻrtasida bevosita aloqasiz axborot ayirboshlash imkonini beruvchi elektron belgi (NFC smart-kart) boʻladi.
Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK PASPORT”ning plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
mikromatn — “VAQTINCNALIK TEXNIK PASPORT”, “Vremenniy texnicheskiy pasport”, “Temporary technical passport” oʻlchami — maksimum 30 mikron;
ultrabinafsha qoplama;
“UZ” yozuvi, egilganda bir rangdan boshqa rangga tovlanadigan optik turlanadigan boʻyoq;
gilosh, doimiy ravishda qiyshayib turadigan 40 — 70 mkm qalinlikdagi toʻlqinli chiziqlarning qalin tarmogʻi shaklidagi naqsh;
guvohnoma plastik shaklining seriyali raqamini lazer oʻyma naqshi.
Vaqtincha texnik pasportning old tomonida “VAQTINCNALIK TEXNIK PASPORT”, “Vremenniy texnicheskiy pasport”, “Interim technical passport” soʻzlari yozilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, “Oʻzbekiston” soʻzlari davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan. Texnikaning davlat raqami belgisi, markasi, modeli, rangi, egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotning nomi, manzili), texnik pasport berilgan sana, Inspeksiyaning tegishli boʻlimi:
jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK PASPORT”ning orqa tomonida texnika toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ishlab chiqarilgan yil, turi, kuzov/shassi raqami, toʻla vazni, yuksiz vazni, dvigatelining toifasi va quvvati, yonilgʻi turi, alohida belgilar majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilishi hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan agregat, mashina, mexanizm va uskunalarga beriladigan vaqtincha texnik guvohnomaning
NAMUNASI
Vaqtincha texnik guvohnomaning
TASNIFI
Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK GUVONNOMA” xalqaro standartlar asosida 54x86 mm oʻlchamdagi plastikdan tayyorlanadi. Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK GUVONNOMA”ning rangi — kulrang pushti. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqami — toʻrt harfli (UZ-VTG), raqami — oltita raqamli.
Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK GUVONNOMA”da jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va qurilmalar oʻrtasida bevosita aloqasiz axborot ayirboshlash imkonini beruvchi elektron belgi (NFC smart-kart) boʻladi.
Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK GUVONNOMA”ning plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
mikromatn — “VAQTINCNALIK TEXNIK GUVONNOMA”, “Vremenniy texnicheskoye svidetelstvo”, “Interim technical certificate” oʻlchami — maksimum 30 mikron;
ultrabinafsha qoplama;
“UZ” yozuvli, egilganda bir rangdan boshqa rangga tovlanadigan optik turlanadigan boʻyoq;
gilosh, doimiy ravishda qiyshayib turadigan 40 — 70 mkm qalinlikdagi toʻlqinli chiziqlarning qalin tarmogʻi shaklidagi naqsh;
guvohnoma plastik shaklining seriyali raqamini lazer oʻyma naqshi.
Vaqtincha texnik guvohnomaning old tomonida “VAQTINCNALIK TEXNIK GUVONNOMA”, “Vremenniy texnicheskoye svidetelstvo”, “Interim technical certificate” soʻzlari yozilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, “Oʻzbekiston” soʻzlari davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan. Texnikaning nomi, markasi, modeli, rangi, egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotning nomi, manzili), vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK GUVONNOMA” berilgan sana, Inspeksiyaning tegishli boʻlimi, jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “VAQTINCNALIK TEXNIK GUVONNOMA”ning orqa tomonida texnika toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ishlab chiqarilgan yil, turi, agregat raqami, toʻla vazni, yuksiz vazni, vazifasi, alohida belgilar majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarning davlat raqami belgilari
NAMUNALARI
I tip — yuridik shaxslarning traktorlari, yoʻl-qurilish va melioratsiya texnikalari, oʻziyurar mashinalarga beriladigan davlat raqami belgilari kabinaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap qismida roʻyxatga olish sonlari bilan baravar qilib traktorning shartli rasmi, quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
II tip — jismoniy shaxslarning traktorlari, yoʻl-qurilish va melioratsiya texnikalari, oʻziyurar mashinalarga beriladigan davlat raqami belgilari kabinaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni sariq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap qismida roʻyxatga olish sonlari bilan baravar qilib traktorning shartli rasmi, quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
III tip — yuridik shaxslarning traktor tirkamalariga beriladigan davlat raqami belgilari tirkamaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
IV tip — jismoniy shaxslarning traktor tirkamalariga beriladigan davlat raqami belgilari tirkamaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni sariq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
Izoh. * Traktorlar, yoʻl-qurilish va melioratsiya texnikalari, oʻziyurar mashinalar, traktor tirkamalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarida qoʻllanadigan raqamlar va lotin alifbosi harflarining namunalari Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qaroriga 1 va 3-ilovalarga muvofiq belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Texnika egasi yoki uning vakili

(jismoniy yoki yuridik shaxslar)

1. Texnikaning egasi yoki uning vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) yoki davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) oʻzi kelib, shuningdek, davlat xizmatlaridan elektron foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) roʻyxatdan oʻtadi.

1. Xohishiga koʻra

2. Inspeksiya, Markaz yoki YIDXP yoki Agroportal tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun yigʻimni amalga oshiradi.

2. Murojaat qilganda

2-bosqich

1. Markaz

Soʻrovnomani Inspeksiyaga yuboradi

1. 30 daqiqa mobaynida

2. YIDXP

3. Agroportal

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Inspeksiya

1. Soʻrovnoma va taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazgandan soʻng texnikalarni davlat roʻyxatidan yoki qayta roʻyxatdan oʻtkazadi yoxud oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1. 2 ish kunidan kechiktirmasdan

2. Qabul qilingan qarorni elektron shaklda Markazga yoki YIDXP yoki Agroportal orqali texnika egasiga yuboradi.

2. Qaror qabul qilingandan soʻng 2 ish kunida

4-bosqich

Inspeksiya

1. Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oʻzining axborot tizimiga kiritadi.

2. Texnika egasi yoki uning vakiliga vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi vaqtincha texnik pasport hamda davlat raqam belgisi yoki texnik guvohnomani beradi.

2 ish kunida

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

__________________

(sana)

________________

(raqam)


Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha

SOʻROVNOMA

I. Texnika egasi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Tashkilot nomi

2. Yuridik manzili

3. STIR raqami

4. Telefon raqami

Yuridik shaxs vakili:

1. F.I.O.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:

II. Texnika egasi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

3. Manzili

4. Telefon raqami

III. Texnika toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Nomi

2. Rusumi/modeli

3. Ishlab chiqarilgan yili

4. Dvigatel raqami

5. Zavod raqami

6. Kuzov/shassi raqami

7. Texnik pasport yoki texnik guvohnoma seriyasi va raqami

8. Davlat raqami belgisi

IV. Soʻrovnomaga texnikani vaqtincha roʻyxatga olish uchun asos boʻluvchi hujjatlar ilova qilinadi.

Tasdiqlayman:

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishda, shuningdek, texnikalarga davlat raqami belgilari, vaqtincha texnik pasport va texnik guvohnomani berishda undiriladigan
TOʻLOV STAVKALARI
I. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilarini berish uchun

1.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilarini (keyingi oʻrinlarda — DRB) berish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida

Izoh. Yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bitta DRB oʻrniga yangi DRB berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
yoʻqolgan DRB oʻrniga yangisini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
II. Texnikalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uchun

2.

Texnik pasport beriladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarni vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida

3.

Texnik guvohnoma beriladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalarini vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 18 foizi miqdorida

III. Vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarga vaqtincha texnik pasport berish uchun

4.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarga vaqtincha texnik pasport berish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida

Izoh. Yaroqsiz holga kelgan yoki oʻgʻirlangan yoxud yoʻqolgan vaqtincha texnik pasport oʻrniga yangisini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
IV. Texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalariga vaqtincha texnik guvohnoma berish uchun

5.

Texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalariga vaqtincha texnik guvohnoma berish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

Izoh. Yaroqsiz holga kelgan va oʻgʻirlangan yoxud yoʻqolgan vaqtincha texnik guvohnoma oʻrniga yangisini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
V. Texnikani vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazishda texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun

6.

100 ot kuchi va undan yuqori quvvatga ega gʻildirakli traktorlar, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, oʻziyurar mashinalar hamda zanjirli va yarim zanjirli traktorlar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

7.

100 ot kuchigacha quvvatga ega gʻildirakli traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalar, osma va yarim osma, zanjirli, yarim zanjirli va yigʻma mashinalar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida

8.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari hamda agregatlar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida

9.

Yoʻl-qurilish, melioratsiya va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yuk ortuvchi, paxta, don va urugʻlarni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, shuningdek, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashinalari va uskunalari, kichik mexanizatsiya moslamalari uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida

10.

Mashina-traktor parklari, taʼmirlash ustaxonalari, servis punktlari va boshqalardagi har bir stanok, asbob-uskuna va jihozlar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida

11.

Suv nasoslari uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-son qaroriga
3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — texnika egasi) qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini (keyingi oʻrinlarda — texnika) hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tashkiliy shaklidan qatʼi nazar texnikalarni hisobdan chiqarish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan mazkur Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
texnika egasi — texnika vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
texnikalarni hisobdan chiqarish — texnikalarni keyingi foydalanishga yaroqsiz deb hisoblanganda davlat roʻyxatidan chiqarish;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari — idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan barcha turdagi traktorlar (gʻildirakli, zanjirli va yarim zanjirli), oʻziyurar mashinalar (oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari, oʻziyurar meliorativ hamda yoʻl-qurilish texnikalari), traktor tirkamalari, qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish, meliorativ va boshqa maqsadlarga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashina va texnologik uskunalari, suv nasoslari, kichik mexanizatsiya moslamalari.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Texnikalarni hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlari Inspeksiya, davlat xizmatlari markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) orqali texnika egasi yoki uning vakilini soʻrovnomasiga asosan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
5. Texnikaning tuzilmasi texnik tartibga solish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-martdagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Texnik reglament), shuningdek, texnika xavfsizligini taʼminlash sohasidagi meʼyoriy hujjatlar talablariga mos kelishi lozim.
6. Texnikalarni hisobdan chiqarish ishlari toʻlov oldindan amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.
7. Texnikani hisobdan chiqarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
bojxona yuk deklaratsiyasiga asosan texnikalar Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tovar sifatida chet elga chiqarilganda;
texnikalar keyingi foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelganda.
8. Texnikalarni hisobdan chiqarish uchun Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda texnik koʻrik oʻtkaziladi.
Texnik koʻrikni oʻtkazish uchun texnikaning tipi, rusumi, modeli, davlat raqami belgisi (keyingi oʻrinlarda — DRB), identifikatsiyalovchi shassisi (rama), kuzovi va dvigatel raqamining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga toʻgʻri kelishi solishtiriladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibi
9. Texnikalarni hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
10. Texnika egasi yoki uning vakili texnikani hisobdan chiqarish uchun Inspeksiyaga yoki Markazga kelib murojaat etganda, Inspeksiya yoki Markaz xodimi texnika egasi nomidan ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
bojxona yuk deklaratsiyasi;
texnikani keyingi foydalananishga yaroqsiz deb topish va uni hisobdan chiqarishda:
yuridik shaxslar uchun — qaror, buyruq, bayonnoma va tegishli dalolatnoma;
jismoniy shaxslar uchun — ariza (er va xotinning roziligi asosida), shuningdek, belgilangan tartibda tuzilgan dalolatnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Texnika egasi yoki uning vakili YIDXP yoki Agroportal orqali davlat xizmatlaridan foydalanganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Mobil-ID tizimi orqali soʻrovnoma toʻldirilganda foydalanuvchining telefon raqamiga yuborilgan xabarni tasdiqlash orqali identifikatsiyalanadi.
12. Texnika egasi yoki uning vakili texnikalarni hisobdan chiqarish uchun Markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, texnika egasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Keyingi foydalanishga yaroqsiz deb hisoblangan texnika hisobdan chiqarilganda, texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport va DRB yoki texnik guvohnoma olib qoʻyiladi.
13. Yuridik shaxslardan texnikani hisobdan chiqarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 foizi miqdorida yigim undiriladi.
Jismoniy shaxslardan texnikani hisobdan chiqarish uchun yigim undirilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
14. Texnikalarni hisobdan chiqarish boʻyicha undiriladigan yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(14-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
20 foizi — Respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(14-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
20 foizi — Respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
v) Inspeksiyaga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Respublika budjetiga;
80 foizi — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
15. Inspeksiya tomonidan quyidagi hollarda texnikalarni hisobdan chiqarish rad etiladi:
mazkur Reglamentda belgilangan hujjatlar texnika egasi tomonidan toʻliq taqdim etilmaganda;
texnikaga ishlab chiqaruvchi tomonidan qoʻyilgan identifikatsiya tamgʻasini yashirish, soxtalashtirish, oʻzgartirish, yoʻq qilish alomatlari, taqdim etilgan hujjatlarning soxtalashtirilishi yoki hujjatlar va roʻyxatga oid hujjatlarda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarning texnika va agregatlar raqamlariga nomuvofiqligi aniqlanganda;
texnikaning raqamlangan agregati qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlarning yoʻqolganligi (oʻgʻirlanganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq texnikani tasarruf etishga taqiq yoki xatlab qoʻyilganda;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishida texnika ashyoviy dalil sifatida eʼtirof etilganda;
vasiylik va homiylik organining yoki voyaga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz texnika egasining qonuniy vakillari ruxsati boʻlmaganda;
lizingga beruvchining roziligi mavjud boʻlmaganda (lizingga taqdim etilgan texnikalar uchun);
davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimga toʻlovlar amalga oshirilmagan boʻlsa;
texnikaning egalik huquqi va hujjatlari yoki roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari mavjud boʻlmaganda.
Mazkur bandning toʻrtinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda, Inspeksiya tomonidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beriladi.
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar bilan rad etish taqiqlanadi.
16. Texnikani hisobdan chiqarishni rad etilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganda, texnika egasi yoki uning vakili texnikani hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qayta murojaat qilish huquqiga ega, bunda yigʻimlar undirilmaydi.
17. Texnikani hisobdan chiqarish uchun texnika egasi yoki uning vakili Inspeksiyaga texnik pasport (texnik guvohnoma) va davlat raqami belgisini topshiradi.
18. Inspeksiya 2 ish kunida mazkur Reglamentning 10 va 17-bandlari boʻyicha texnika egasi yoki uning vakili tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi va texnika boʻyicha maʼlumotlarni texnikaning turi, rusumi, DRB, identifikatsiyalovchi shassisi (rama) va dvigatel raqamining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida qayd etilgan maʼlumotlarga muvofiqligini koʻzdan kechirib, undan keyin texnikani hisobdan chiqaradi yoki chiqarishni rad etadi. Bunda texnika egasi yoki uning vakili Inspeksiyaga texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
Shuningdek, texnikani hisobdan chiqarish uchun qoʻshimcha maʼlumot olish talab etilganda, ushbu masalalar boʻyicha kelib tushgan arizalar 10 ish kunida koʻrib chiqiladi.
19. Texnika texnik koʻrikdan oʻtkazilib, hujjatlar asliga muvofiq va toʻliq boʻlganda, texnika hisobdan chiqariladi, bunda Inspeksiyaning texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga va tegishli axborot tizimiga texnikani hisobdan chiqarish raqami va sanasi qayd qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Mazkur Reglamentning 3-ilovasiga muvofiq Texnika hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida maʼlumotnomani Inspeksiyaning masʼul xodimi elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda Markazga yuboradi yoki texnika egasi yoki uning vakili YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat qilganda, elektron shaklda unga yuboradi.
(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Inspeksiyaning masʼul xodimi texnika egasi yoki uning vakilining xohishiga koʻra maʼlumotnomani texnika hisobdan chiqarilgan vaqtning oʻzida unga taqdim etadi.
Markaz maʼlumotnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni texnika egasi yoki uning vakilining elektron pochta manziliga yuboradi yoxud texnika egasi yoki uning vakilini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Markazga texnika egasi yoki uning vakilining oʻzi kelib murojaat qilganda, Markaz texnika egasi yoki uning vakilining soʻroviga koʻra, maʼlumotnomani texnika egasi yoki uning vakiliga elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda beradi.
21. Hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan texnikaning texnik pasporti yoki texnik guvohnomasi yoxud DRB yoʻqolganda, ularni Inspeksiyaning axborot tizimida mavjudligi tekshiriladi va belgilangan tartibda yigim undirilgandan soʻng, texnikani roʻyxatga olish kitobiga texnikaning texnik pasporti yoki texnik guvohnomasi yoxud DRB yoʻqolganligi toʻgʻrisidagi tegishli yozuv kiritiladi.
Zarur hollarda, texnika egasiga belgilangan tartibda hisobdan chiqarilgan texnikaning agregat raqamlari toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotnoma beriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Inspeksiyada texnikalarni hisobdan chiqarish harakatlarini amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlar uch yil saqlanadi va ushbu muddat oʻtgandan keyin belgilangan tartibda davlat arxiviga topshiriladi.
23. Inspeksiyaga hujjatlar taqdim qilinganda yoki elektron shaklda murojaat qilinganda, ularni oʻrganish yoki texnik koʻrik jarayonlarida asli bilan taqqoslanishi shart.
24. Inspeksiya, Markaz va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
25. Inspeksiya, Markaz va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.
26. Texnika egasi yoki uning vakili davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
27. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Texnika egasi yoki uning vakili

(jismoniy yoki yuridik shaxslar)

1. Texnikaning egasi yoki uning vakili davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) yoki davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) oʻzi kelib, shuningdek, davlat xizmatlaridan elektron foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) roʻyxatdan oʻtadi.

1. Xohishiga koʻra

2. Inspeksiya, Markaz yoki YIDXP yoki Agroportal tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun yigʻimni amalga oshiradi.

2. Murojaat qilganda

2-bosqich

1. Markaz

Soʻrovnomani Inspeksiyaga yuboradi.

1. 10 daqiqa mobaynida

2. YIDXP

3. Agroportal

2. Avtomatik tarzda

3-bosqich

Inspeksiya

1. Soʻrovnoma va taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazgandan soʻng texnikalarni hisobdan chiqaradi yoki hisobdan chiqarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

1. 2 ish kunidan kechiktirmasdan

2. Qabul qilingan qarorni elektron shaklda Markazga yoki YIDXP yoki Agroportal orqali texnika egasiga yuboradi.

2. Qaror qabul qilingandan soʻng 2 ish kunida

4-bosqich

Inspeksiya

1. Texnikalarni hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining axborot tizimiga kiritadi.

2. Texnikani hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani texnika egasi yoki uning vakilining shaxsan oʻziga, shuningdek, elektron shaklda Markazga yoki YIDXP yoki Agroportal orqali (Inspeksiyaga murojaat etganda texnika egasiga) yuboradi.

2 ish kunida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

__________________

(sana)

_______________

(raqam)


Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan

SOʻROVNOMA

I. Texnika egasi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Tashkilot nomi

2. Yuridik manzili

3. STIR raqami

4. Telefon raqami

Yuridik shaxs vakili:

1. F.I.O.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

II. Texnika egasi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

3. Manzili

4. Telefon raqami

III. Texnika toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Nomi

2. Rusumi/modeli

3. Ishlab chiqarilgan yili

4. Dvigatel raqami

5. Zavod raqami

6. Kuzov/shassi raqami

7. Texnik pasport yoki texnik guvohnoma seriyasi va raqami

8. Davlat raqami belgisi

IV. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

bojxona yuk deklaratsiyasi;

texnikani keyingi foydalanishga yaroqsiz deb topish va uni hisobdan chiqarish uchun:

yuridik shaxslar uchun — qaror, buyruq, bayonnoma va tegishli dalolatnoma;

jismoniy shaxslar uchun — ariza (er va xotinning roziligi asosida), belgilangan tartibda tuzilgan dalolatnoma

Tasdiqlayman:

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA


__________________

(sana)


________________

(raqam)

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida

MAʼLUMOTNOMA

I. Inspeksiyaning markaziy apparati, hududiy boshqarmasi yoki tuman (Quvasoy shahar) boʻlimi:

II. Texnika egasi toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Texnika egasi — jismoniy shaxsning JSHSHIR raqami

2. Texnika egasi — yuridik shaxsning STIRi

3. Texnika egasining F.I.O yoki nomi

4. Manzili

5. Mobil telefon raqami

III. Hisobdan chiqariladigan tyexnika toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Nomi

2. Rusumi

3. Zavod raqami

4. Dvigatel raqami

5. Dvigatel quvvati

6. Ishlab chiqarilgan yili

7. Texnik pasport yoki texnik guvohnoma seriyasi va raqami

8. Roʻyxatga qoʻyilgan sana

9. Davlat raqami belgisi

IV. Texnikani hisobdan chiqarish uchun asos boʻluvchi hujjat:

1. Sanasi (kun, oy, yil)

2. Roʻyxatga olingan son

3. Qaysi tashkilot tomonidan berilgan

V. Inspeksiya inspektori toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.

2. Mobil telefon raqami

VI. Qoʻshimcha maʼlumotlar:

Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-son qaroriga
5-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament jismoniy va yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — texnika egasi) qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda servis va taʼmirlash jihozlari va boshqa uskunalarini (keyingi oʻrinlarda — texnika) majburiy yillik texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda — texnik koʻrik) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) hamda yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan mazkur Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Texnikalarning texnik holatini aniqlash uchun Inspeksiya tomonidan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning texnika bazalari, shuningdek, xususiy texnik xizmat koʻrsatish stansiyalari shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tadbirkorlik subyektlari tomonidan ham amalga oshiriladi.
3. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
maxsus maydoncha — texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish, zarur holatlarda tegishli oʻlchov asbob-uskunalaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan maydon;
texnika egasi — texnika vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
texnik guvohnoma — texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilishi hamda boshqa maqsadlarga moʻljallangan agregat, mashina, mexanizm va uskunalarga beriladigan maxsus himoyalangan hujjat;
texnik pasport — qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, traktorlar, traktor tirkamalari va oʻziyurar mashinalarga beriladigan maxsus himoyalangan hujjat;
texnik koʻrik dalolatnomasi — mavjud texnikalar soni va ular haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat;
texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon — texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish natijasiga koʻra har bir texnika uchun beriladigan maxsus himoyalangan hujjat;
texnikalarni yuklashdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish — texnikalarning umumiy texnik reglament va davlat sinovi natijalarining ijobiy koʻrsatkichlariga mosligini koʻrib chiqish;
oʻziyurar mashinalar — oʻzining harakatlantiruvchi qurilmasiga ega qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari — idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan barcha turdagi traktorlar (gʻildirakli, zanjirli va yarim zanjirli), oʻziyurar mashinalar (oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari, oʻziyurar meliorativ hamda yoʻl-qurilish texnikalari), traktor tirkamalari, qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish, meliorativ va boshqa maqsadlarga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashina va texnologik uskunalari, suv nasoslari, kichik mexanizatsiya moslamalari.
4. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishning asosiy maqsadi:
texnikalarning texnik holati, ulardan foydalanish normalari va qoidalariga rioya etilishi boʻyicha nazoratni amalga oshirish;
texnikalarning texnik holatini Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-martdagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament hamda mazkur reglamentning 1-ilovasida keltirilgan Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini (parametrlari) texnik koʻrikdan oʻtkazishga oid talablarga asosan standartlar, qoidalar va normalarga muvofiqligini baholash;
texnikalarning soni, holati, amalda mavjudligi, tegishliligi va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha boshqa maʼlumotlarni aniqlashtirish;
texnikalardan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga barham berish yuzasidan profilaktika ishlarini tashkil etish hisoblanadi.
5. Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan hamda belgilangan tartibda Inspeksiya tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan texnikalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Inspeksiyaning “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritib boriladi.
6. Inspeksiya tomonidan texnikalar quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:
a) ishlab chiqarilgan yilidan, foydalanish yoki foydalanmaslik, yaroqli yoki yaroqsizligidan qatʼi nazar, barcha turdagi texnikalar — bir yilda bir marta;
b) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning avvalgi belgilangan muddatidan qatʼi nazar, ularni Inspeksiyada davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazishda, hisobdan hamda roʻyxatdan chiqarilishidan oldin;
7. Jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli texnikalarning texnik koʻrigi 1-yanvardan 31-dekabrgacha oʻtkaziladi.
Texnikalar texnik koʻrikka belgilangan muddatdan oldin taqdim etilishi mumkin.
8. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻimlar ushbu Reglamentga 2-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Birinchi (oldingi) texnik koʻrikda nosoz deb topilgan texnikalardan takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganlik uchun yigʻim undiriladi.
9. Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim miqdori tadbirkorlik subyektlari tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushgan mablagʻlar toʻliq hajmda uning tasarrufida qoldiriladi.
2-bob. Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
17. Inspeksiya jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarining texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish jarayonini har oyda kamida bir marta tekshiruvdan oʻtkazadi.
Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzilib, ish faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan tadbirkorlik subyektlari yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etmasa, ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼsir choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Agar tadbirkorlik subyekti tomonidan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, ushbu tadbirkorlik subyektining ish jarayonini toʻxtatish yoki uning texnik jihatdan malakaliligi maʼqullashdan oʻtkazilgan guvohnomani bekor qilish boʻyicha Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasiga taqdimnoma kiritiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi 371-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son)
Shuningdek, mazkur tadbirkorlik subyektini “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirishi toʻxtatiladi.
19. Aniqlangan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilganidan soʻng, tadbirkorlik subyektiga oʻz faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyishga va texnik koʻrikdan oʻtkazilgan texnikalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtirishga ruxsat etiladi.
3-bob. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi
20. Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish-texnika bazasida amalga oshiriladi.
21. Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini navbatdagi texnik koʻrikka qoʻyish sanasi joriy texnik koʻrik paytida belgilanadi.
Texnika egasi texnikani navbatdagi texnik koʻrikka belgilangan muddatdan kechiktirmay taqdim etishi shart.
22. Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalari roʻyxatdan oʻtkazilgan hududidan qatʼi nazar istalgan hududda texnik koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
25. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnika bazasi joylashtiriladigan xona va maydonlarga oid talablar ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq belgilanadi.
26. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tegishli mutaxassislikka ega boʻlgan yoki diagnostika qilish texnologiyasi, diagnostika jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, diagnostika vositalarini qoʻllagan holda texnik holatni tekshirish metodlari, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha talablarni oʻrgangan shaxslar qoʻyilishi mumkin.
27. Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun texnika egasi yoki uning vakili tadbirkorlik subyekti xodimiga murojaat qiladi va quyidagi hujjatlarni koʻrsatadi:
tegishli toifadagi texnikani boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi;
texnikaning texnik pasporti;
jismoniy shaxs vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjat.
28. Tadbirkorlik subyektining xodimi texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazishni dastlab texnikani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi texnik pasportda koʻrsatilgan maʼlumotlarga texnika turi, rusumi, modeli, davlat raqami belgisi, shassi (rama), dvigatel va identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlaydi.
Shuningdek, texnikalar Inspeksiyaning “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshiriladi va maʼlumotlar mos kelgan taqdirda, belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkazishga ruxsat etiladi.
29. Tadbirkorlik subyektlari xodimi tomonidan jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalari tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish-texnika bazasida belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
30. Tadbirkorlik subyektining xodimi texnika egasining qonunchilik hujjatlari talablarini buzganligi (koʻrsatilgan hujjatlar va agregatlar identifikatsiya raqamlarining soxtalashtirilishi va boshqa), texnikaning qidiruvdaligini aniqlaganda, shuningdek, agregat raqamlari texnik hujjatlarga mos kelmaganda, texnika yoʻl-transport hodisasi ishtirokchisi boʻlganligiga shubha uygʻonganda, bu haqida darhol Inspeksiyaga hamda ichki ishlar organlariga xabar berishi shart.
31. Tadbirkorlik subyekti qayta roʻyxatdan oʻtkazilganda, nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda, bu haqida 7 ish kunida Inspeksiyani xabardor qiladi.
32. Tadbirkorlik subyekti tomonidan jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma rasmiylashtiriladi va maʼlumotlar 1 ish kunida Inspeksiyaning “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiriladi.
4-bob. Inspeksiya tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish
33. Inspeksiya tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning texnikalari roʻyxatdan oʻtkazilgan hududidan qatʼi nazar ular istalgan hududda va quyidagi joylarda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi:
zarur sharoitga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton bilan qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda;
texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida;
Inspeksiyaning diagnostika stansiyalarida;
harakatlanuvchi (maxsus avtotransport) mobil texnik nazorat liniyalarida.
Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazganlik uchun yigʻim ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq miqdorda undiriladi.
Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish joylari Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari tomonidan belgilanadi.
Inspeksiyada texnik koʻriklar boshlangunga qadar, barcha diagnostika asbob-uskunalari tekshirilishi va ishchi holatga keltirilishi shart.
34. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalarining bazasi quyidagi zarur texnik diagnostika vositalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim:
rul boshqaruvidagi umumiy lyuftni oʻlchash uskunasi;
texnikalarning tormoz tizimini tekshirish uchun texnik diagnostika vositalari;
gaz analizatoriga — ichki yonuv dvigatellariga ega texnikaning ishlab boʻlingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash uskunasi;
chiroqlar yorugʻligini boshqarish va kuchini nazorat qilish uskunasi;
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalari (shtangensirkul);
dvigatel aylanish chastotasi va moy haroratini oʻlchash uskunasi;
shovqinni oʻlchash uskunasi;
zarur kompyuter texnikasi.
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish talablariga muvofiq boʻlishi sharti bilan universal texnik vositalarga almashtirilishi mumkin.
Shuningdek, harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalari diagnostik vositalari maxsus avtotransport vositalarida olib yurilishi lozim.
35. Texnikalarning texnik koʻrigini oʻtkazish mazkur Reglamentga 5-ilovadagi jadvalga asosan rejalashtiriladi.
Ushbu jadval texnikalarning texnik koʻrigini oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti hamda koʻrikka taqdim qilingan texnikalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan holda tuziladi.
Mazkur jadvalda yuridik va jismoniy shaxslarning texnikalari soni 10 ta va undan ortiq boʻlganda, ularni joyida, texnika soni 10 tadan kam boʻlganda, hududdagi mashina-traktor parki yoki muqobil mashina-traktor parki yoxud maxsus maydonchada yigʻish (jamlash) orqali texnik koʻrikni tashkil etish nazarda tutiladi.
Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish kunlari Inspeksiya tomonidan texnika egalarining buyurtmalari, ob-havo va ishlab chiqarish sharoiti va boshqa holatlarni hisobga olgan holda belgilanadi.
36. Bir kunda texnik koʻrikka qoʻyiladigan texnikalarning soni mavjud diagnostika va nazorat-oʻlchash uskunalarining kunlik unumdorligidan kelib chiqib belgilanadi.
37. Yuridik shaxslarga ularning texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish muddatlari toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuboriladi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalari talab etiladigan maʼlumotlar koʻrsatilgan holda (texnikaning texnik holati toʻgʻrisidagi maʼlumotdan tashqari) texnikalar roʻyxatiga muvofiq toʻldiriladi. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlar Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlarining texnikalarni hisobga olish maʼlumotlari bilan taqqoslanadi.
38. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tashkilotlarda, hududlarga chiqqan holda harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalarida va texnik xizmat koʻrsatish stansiyalarida ish vaqtida amalga oshiriladi.
39. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
5-bob. Texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
40. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish mazkur Reglamentga 6-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
41. Texnika egasi yoki uning vakili texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun Inspeksiyaga oʻzi kelib murojaat etganda, Inspeksiya xodimi texnika egasi nomidan ushbu Reglamentga 7-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani toʻldiradi va soʻrovnoma texnika egasi yoki uning vakili tomonidan tekshirilib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi.
42. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun texnika egasi yoki uning vakili Inspeksiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
texnika egasi yoki uning vakilining soʻrovnomasi;
a) jismoniy shaxslar uchun:
texnikaning texnik pasporti yoki texnik guvohnomasi;
texnikani boshqaruvchi traktorchi-mashinistning guvohnomasi;
b) yuridik shaxslar uchun:
texnikaning texnik pasporti yoki texnik guvohnomasi;
texnikani boshqaruvchi traktorchi-mashinistning guvohnomasi;
yuridik shaxsning rahbari tomonidan imzolangan va tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan (muhri mavjud boʻlgan taqdirda) yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma.
43. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun yigʻimlar ushbu Reglamentga 2-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yigʻim toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
44. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun yigʻimning amalga oshirilmaganligi xizmatlar koʻrsatishni rad etishga asos hisoblanadi.
Shuningdek, Inspeksiya tomonidan quyidagi hollarda texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha soʻrovnoma rad etiladi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;
texnika egasi yoki uning vakili tomonidan texnikalar texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun 10 ish kuni ichida taqdim etilmaganda.
45. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishni boshqa asoslar bilan rad etish taqiqlanadi.
46. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish joyi va vaqti Inspeksiya tomonidan belgilanadi.
47. Inspeksiya xodimi texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazishni dastlab texnikani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjatlarda (texnik pasport yoki texnik guvohnoma) koʻrsatilgan maʼlumotlarga texnika turi, rusumi, modeli, davlat raqami belgisi, shassi (rama), dvigatel va identifikatsiyalash raqamlarining muvofiqligini tekshirishdan boshlaydi.
Shundan soʻng mazkur Reglamentning 24 yoki 34-bandlarida keltirilgan maxsus diagnostik vositalar yordamida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
48. Har qaysi texnikaning texnik holati va jihozlari texnik reglamentlar, standartlar, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari va normalariga muvofiqligi jihatidan tekshiriladi.
49. Tirkamalar va yarim tirkamalar texnik koʻrikdan alohida turgan holda ham oʻtkaziladi.
50. Jismoniy shaxsning texnikasini texnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga (nosozligi yoki boshqa sabablarga koʻra) olib borish imkoniyati boʻlmaganda, roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish, hisobdan chiqarish uchun yoki boshqa hollarda texnika egasining yozma shakldagi arizasiga koʻra Inspeksiya xodimi tomonidan texnika turgan joyda texnikani koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha alohida dalolatnoma tuzgan holda texnik koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.
51. Texnikaning texnik holati va jihozlari yoʻl harakati xavfsizligi talablaridan hatto bittasiga javob bermaganda, texnika nosoz hisoblanadi va undan foydalanish man etiladi.
Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish natijasida texnik jihatdan nosoz deb topilgan, shuningdek, texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan yoki tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan texnikaning davlat raqami belgisi kamchiliklar va nosozliklar bartaraf etilgunga qadar Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda yechib olinadi.
Ushbu texnikalar oldingi texnik koʻrikdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 20 kundan kechikmay, ushbu Reglamentda belgilangan tartibda qayta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Bunday hollarda texnikaning texnik holatini tekshirish faqat oldingi texnik koʻrikdan oʻtkazish paytida aniqlangan texnika xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmagan koʻrsatkichlar boʻyicha oʻtkaziladi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab 20 kundan ortiq boʻlgan muddatda qayta texnik koʻrikdan oʻtkazishga olib kelingan texnikalarning texnik holatini tekshirish toʻliq hajmda amalga oshiriladi.
52. Mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan yoki xorijiy davlatlardan import qilingan texnikalar isteʼmolchiga yuklashdan yoki bojxona organlarida rasmiylashtirishdan oldin ishlab chiqaruvchi, import qiluvchi, xarid qiluvchi soʻroviga asosan yoki nazorat tartibida texnik reglament talablariga mos ekanligi boʻyicha texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
53. Texnikalarni manziliga yuklab joʻnatishdan oldin Inspeksiya tomonidan ishlab chiqaruvchi hududida yoki bojxona omborida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi va uning yakuni bilan mazkur Reglamentga 8-ilovaga muvofiq dalolatnoma tuziladi, imzolanadi va mulkdorga taqdim etiladi. Manziliga yuklab joʻnatishdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazilgan texnikalarga texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon berilmaydi.
54. Texnikalarni manziliga yuklab joʻnatishdan oldin oʻtkaziladigan texnik koʻrik jismoniy shaxslar tomonidan xorijdan keltiriladigan va oʻz ehtiyoji uchun foydalanadigan texnikalar uchun qoʻllanilmaydi.
55. Texnikalarni manziliga yuklab joʻnatishdan oldin oʻtkaziladigan texnik koʻriklar toʻlov amalga oshirilgandan soʻng bajariladi.
6-bob. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazilganligini rasmiylashtirish
56. Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan texnikaga ushbu Reglamentga 9 va 9a-ilovalarga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnomaga asosan mazkur Reglamentning 10 va 10a-ilovalarga muvofiq texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talonga muhr qoʻyiladi hamda texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazilgan sanasi, uning amal qilish muddati aks ettirilgan holda Inspeksiya xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi va texnika egasi yoki uning vakiliga taqdim etiladi hamda maʼlumotlar “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiriladi.
57. 2023-yil 1-sentabrdan boshlab texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnoma maʼlumotlari “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilib boriladi (ushbu sanadan boshlab xorijiy davlatlarga chiqadigan texnikalardan tashqari barcha texnikalarga texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon berish amaliyoti bekor qilinadi).
58. Texnika texnik koʻrikdan oʻtkazilgandan soʻng Inspeksiyaning xodimi tomonidan texnik koʻrik dalolatnomasi tuziladi hamda texnik koʻrik natijasi 1 ish kunida “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiriladi.
59. Texnikani navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumot “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali 10 kun oldin texnika egasi yoki uning vakilini telefon raqamiga texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqti haqidagi xabarnoma yuboriladi.
60. Texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish joyiga olib borish imkoni boʻlmaganda, jismoniy va yuridik shaxslar belgilangan muddatda Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlariga yozma shaklda soʻrovnoma yuboradi. Soʻrovnomaga ushbu Reglamentning 42-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar ilova qilinadi.
Bunda Inspeksiyaning hududiy boshqarmasi va tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlarining texnika holatini nazorat qilish inspektori tomonidan “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga nosozlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Texnikadagi nosozliklar bartaraf etilgandan keyin, texnika egasi yoki uning vakili mazkur Reglament talablariga asosan texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun qayta taqdim etadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
61. Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon qatʼiy hisobda turadigan blanka hisoblanadi, ularni saqlash, sarflash va hisobga olish belgilangan tartibda Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Talon blankalarini tayyorlash xarajatlari markazlashtirilgan tartibda Inspeksiyani rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
62. Inspeksiya va tadbirkorlik subyektlari texnikalarni mazkur Reglament talablariga muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishini taʼminlash uchun masʼul hisoblanadi.
63. Texnikalar respublikaning boshqa hududida boʻlganda, texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish ushbu hududdagi Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
64. Texnika egasi yoki uning vakili xizmatlar koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
65. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishga oid
TALABLAR
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu talablar jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishga oid texnik normalarni belgilaydi.
2. Texnikalarning texnik holatini koʻrikdan oʻtkazish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashni tashkil etish va uni oʻtkazish uchun tegishli sinov jihozlari va oʻlchash vositalari boʻlishi zarur.
2-bob. Tormoz tizimlari
3. Tormoz tizimlari tormozlash samaradorligi va tormozlash paytida texnikaning barqarorligi koʻrsatkichlariga mos kelishi kerak:
a) traktorlar va oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun — “Xalqaro standart. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Traktorlar va oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari. Umumiy xavfsizlik talablari”;
b) traktor tirkamalari va yarim tirkamalari uchun — GOST 10000-2017 5.5 — 5.8 “Davlatlararo standart. Traktor tirkamalari va yarim tirkamalari. Umumiy texnik talablar”;
v) oʻziyurar yoʻl-qurilish mashinalari uchun — “Qazish mashinalari. Gʻildirakli mashinalarning tormoz tizimlari. Samaradorlik talablari va sinov usullari”.
4. Pnevmatik tormoz yuritmali traktorlarning tormoz tizimini favqulodda (avtomatik) tormozlash rejimi ishchi holatda boʻlishi kerak.
5. Pnevmatik tormoz tizimining ulanish boʻgʻinlari va elementlaridan siqilgan havo chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Gidravlik tormoz tizimida tormoz suyuqligining oqishi va (yoki) gidravlik tormoz uzatmasining quvurlari yoki ulanishlarining zichligi buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
7. Tormoz tizimi zichligining yoʻqotilishi yoki buzilishiga olib keluvchi zanglashga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Tormoz quvurlarining mexanik shikastlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Tormoz yuritmasida yoriqlar yoki qoldiq deformatsiyaga ega qismlarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
10. Tormoz tizimlarining signalizatsiyasi va tormoz tizimini nazorat qilish vositalari, pnevmatik yoki pnevmogidravlik tormoz uzatmalarining bosim oʻlchagichi va toʻxtash tormoz tizimini boshqarish moslamasi ishchi holatda boʻlishi kerak.
11. Bosim ostida tormoz shlanglarining shishishi va (yoki) koʻrinadigan yoriqlar, zanglash, ishqalanish joylari boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Traktorlar pnevmatik tormoz shlanglarining joylashishi va uzunligi traktor va tirkamaning (yarim tirkamaning) oʻzaro harakatlanishi paytida ularning shikastlanishiga olib kelmasligi kerak.
3-bob. Rul boshqaruvi
13. Rulni burish paytida kuchning oʻzgarishi uning burilish burchagi boʻylab bir tekis boʻlishi kerak. Rul kuchaytirgichning ishlamay qolishiga (agar mavjud boʻlsa) yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Dvigatel ishlayotgan paytda rul kuchaytirgichli tizimda rul chambaragining neytral holatda oʻz-oʻzidan aylanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
15. Rul boshqaruvidagi umumiy erkin yurish ishlab chiqaruvchi tomonidan operatsion hujjatlarda belgilangan chegara qiymatlaridan oshmasligi kerak yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan oʻrnatilgan maʼlumotlar boʻlmasa, traktorlar, shu jumladan, kichik oʻlchamdagi va oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun — 25 darajadan oshmasligi kerak.
16. Rul kolonnasi va boshqaruv mexanizmining karterini mahkamlash qismlarining shikastlanishi va yoʻqligi, shuningdek, rul yuritmasi qismlarining ishlab chiqaruvchi tomonidan koʻzda tutilmagan (operatsion hujjatlarda) bir-biriga yoki korpusga (ramkaga) nisbatan harakatlanish koʻrsatkichlarini oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Rezbali birikmalar ishlab chiqaruvchi tomonidan koʻrsatilgan tarzda mahkamlangan va oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Burilish tirsaklari tortqilari va rul tortqilari boʻgʻinlari ulanishlarida salt yurishga yoʻl qoʻyilmaydi. Rul kolonnasi holatini sozlash moslamasi ishchi holatiga ega boʻlishi kerak.
17. Rul mexanizmi va rul yuritmasida qoldiq deformatsiya izlari, yoriqlar va boshqa nuqsonlar boʻlgan qismlardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Rul chambaragining (rulning) maksimal burilish burchagi faqat mashina konstruksiyasida nazarda tutilgan qurilmalar bilan cheklanishi kerak.
4-bob. Zanjirli mashinalarni boshqarish mexanizmi
19. Burilish muftalarini boshqarish dastagi tutqichlarining erkin yurishi ishlab chiqaruvchi tomonidan ruxsat etilgan qiymatlardan chetga chiqmasligi kerak.
20. Boshqarish dastagi oʻziga toʻliq tortilganda, burilish yoʻnalishi boʻyicha quvvat oqimining toʻliq uzilishi taʼminlanishi kerak.
21. Tormoz pedallarining erkin yurishi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan qiymatlardan oshmasligi kerak.
22. Tormoz pedallarining turlicha erkin yurishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
5-bob. Tashqi yoritish moslamalari
23. Yoritish moslamalari va yorugʻlik signalizatsiyasidan foydalanish qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari uchun — GOST 32431-2013 (ISO 16154: 2005) 3.2 — 3.12-bandlari “Davlatlararo standart. Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi uchun mashinalar. Umumiy foydalanish yoʻllarida harakatlanish uchun yoritish va yorugʻlik signalizatsiya moslamalarini oʻrnatish” asosida aniqlanadi.
24. Yoritish moslamalarida yemirilgan nur yoygichlar yoki ularning mavjud emasligi yoki ushbu yorugʻlik uskunasi turiga mos kelmaydigan nur yoygichlar va lampalar ishlatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. Tormoz signallari (asosiy va qoʻshimcha) ishchi va favqulodda tormoz tizimlarini boshqarish vositalariga taʼsir qilganda, yonishi va doimiy rejimda ishlashi kerak.
26. Old tomonda qizil nurli yoritgichlar yoki qizil rangli nur qaytargichlarni, orqa tomonda — oq rangdagi, orqaga yurish chiroqlari va davlat raqam belgisini yoritgichlaridan tashqari oq rangdagi yoritgichlarni oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
27. Yoʻllarni qurish, taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ishlarni bajaradigan texnikalarda, shuningdek, umumiy foydalanishdagi yoʻllarda soatiga 20 km va undan koʻproq tezlikda harakatlanadigan va kengligi 2,55 metrdan oshadigan texnikalarda sariq yoki toʻq sariq rangli maxsus yorugʻlik signallari (miltillovchi mayoqlar) oʻrnatilishi kerak. Miltillovchi mayoqlarning soni va joylashishi ularning yorugʻlik manbai markazidan oʻtuvchi gorizontal tekislikda 360 daraja koʻrinishini taʼminlashi kerak.
6-bob. Old oyna tozalagichlari va oyna yuvish vositalari
28. Kabinasi boʻlgan mashinalar kamida bitta oyna tozalagich bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
29. Qishloq xoʻjaligi, oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun oyna tozalagichlar va yuvish vositalaridan foydalanish “Davlatlararo standart. Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Traktor va oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari operatorlarining kabinalari va ish joylari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
30. Oyna tozalagichlar va oyna yuvish vositalari ishchi holatda boʻlishi kerak.
31. Shisha yuvish vositasi suyuqlikni oynani tozalash joyiga yetkazib berishni taʼminlashi kerak.
7-bob. Gʻildiraklar, shinalar va zanjirlar
32. Gʻildirak shinalari tishlarining yetarlicha qoldiq balandligiga (protektor naqshlariga), jumladan:
a) yetakchi gʻildiraklarda:
5 millimetrdan kam boʻlmagan — 2 tonnagacha tortish sinfidagi traktorlar uchun;
10 millimetrdan kam boʻlmagan — 3 tonna va undan yuqori tortish sinfidagi traktorlar uchun;
b) boshqariladigan gʻildiraklarda:
2 millimetrdan kam boʻlmagan — 2 tonnagacha tortish sinfidagi traktorlar uchun;
10 millimetrdan kam boʻlmagan — 3 tonna va undan yuqori tortish sinfidagi traktorlar uchun;
v) tirkama gʻildiraklarida — 1 millimetrdan kam boʻlmagan gʻildirak shinalari tishlarining qoldiq balandligiga ega boʻlishi kerak.
33. Shinalarda tashqi shikastlanishlar (teshilishlar, kesilishlar, yorilishlar), shnuri (simi) ochilgan, shuningdek, prootektor va yon devorning koʻchishi boʻlmasligi kerak.
34. Gʻildirak disklari mahkamlanadigan bolt yoki gaykaning bir donasi ham yoʻq boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
35. Gʻildirak diskida yoriqlar mavjudligiga hamda ularni payvandlash usulida bartaraf etishga ruxsat etilmaydi.
36. Gʻildirak diskini oʻrnatish teshiklarining shakli va (yoki) oʻlchamida koʻrinadigan oʻzgarishlar mavjudligiga yoʻl qoʻyilmaydi.
37. Shinalar oʻlchami yoki ruxsat etilgan yuklama boʻyicha mashina modeliga mos kelishi kerak.
38. Bir oʻqqa turli oʻlchamlarga, modelga, tuzilishga va turlicha protektor naqshiga ega shinalarni oʻrnatish mumkin emas.
39. Shinalardagi bosim shina markirovkasida koʻrsatilgan qiymatdan oshmasligi kerak. Chap va oʻng shinalar bosimi oʻrtasidagi farq 0,01 MPadan (0,1 kgs/sm2) oshmasligi kerak.
40. Zanjirli yurish qismiga ega mashinalar zanjiri osilib turishi ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan qiymatlardan, agar koʻrsatilmagan boʻlsa 65 mm dan oshmasligi kerak.
41. Zanjirli mashinalar zanjiri tishlarining qoldiq balandligi 7 mm dan kam boʻlmasligi kerak.
42. Chap va oʻng tomonlar zanjirlaridagi zanjir qismlari soni bir xil boʻlishi kerak.
43. Zanjir qismlarida yoriq va siniqliklar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
44. Chap va oʻng zanjirlarning osilib turishi orasidagi farq ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan qiymatlardan, agar koʻrsatilmagan boʻlsa 5 mm dan oshmasligi kerak.
8-bob. Dvigatel va uning tizimlari
45. Traktorlar, oʻziyurar yoʻl-qurilish va boshqa dizelli oʻziyurar mashinalar uchun chiqindi gazlardagi zararli moddalarning miqdori va gazlarning tutashi “Davlatlararo standart. Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Traktorlar va oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari dizellari chiqindi gazlarining tutashini aniqlash normalari va usullari”da belgilangan qiymatlarga mos kelishi lozim.
46. Dizel dvigatelli mashinalarning chiqindi gazlaridagi zararli moddalar miqdori ishlab chiqaruvchi tomonidan nazarda tutilgan talablarga mos kelishi kerak.
47. Dizel dvigatellarining taʼminlash tizimidan yonilgʻi oqishi yoki tomishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
48. Taʼminlash tizimining va yonilgʻi idishining yopish qurilmalari ishchi holatda boʻlishi kerak.
49. Dvigatellarning tutun chiqarish tizimi soz va komplekt holda boʻlishi kerak.
9-bob. Konstruksiyaning boshqa elementlari
50. Traktorlar, oʻziyurar yoʻl-qurilish va qishloq xoʻjaligi mashinalari kamida bitta (chap) orqa koʻrinish koʻzgusi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
51. Traktorchi-mashinist tomonida joylashgan old oynaning oyna tozalagich sohasida yoriqlar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
52. Kabina eshik qulflari, traktorchi-mashinist oʻrindigʻini sozlash mexanizmlari va qulflash moslamalari, old oynani isitish va shamol yoʻnaltirish moslamasi ishchi holatda boʻlishi kerak.
53. Tirkama va yarim tirkamalarning yuk platformasi bortlarini qulflash moslamalari ishchi holatda boʻlishi kerak.
54. Favqulodda chiqish va uni amalga oshirish qurilmalari, kabinani ichki yoritish chiroqlari ishchi holatda boʻlishi kerak.
55. Oʻziyurar qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari konstruksiyasida nazarda tutilgan tovush signali soz holatda boʻlishi kerak.
Tovush signali boshqarish organi tomonidan ishga tushirilganda u uzluksiz va monoton tovush berishi kerak.
Tovush signali darajasi ishga tushirilmagan dvigatelda 90 — 112 DBa oraligʻida boʻlishi kerak.
56. Oʻziyurar qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari konstruksiyasiga koʻra tirkama va yarim tirkamalarda orqa himoya qurilmalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
57. Tirkama va yarim tirkamalar ishga yaroqli xavfsizlik moslamalari (zanjir) bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Xavfsizlik zanjirlarining uzunligi tortish moslamasining sinishi (buzilishi) holatida tirkama bogʻlash halqasining yoʻl yuzasiga tegishiga yoʻl qoʻymasligi kerak.
58. Tirkamalar (bir oʻqli tirkamalar bundan mustasno) tortish moslamasini ulash va ajratishni osonlashtiradigan holatda tortuvchi bogʻlovchi halqani ushlab turadigan qurilma bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
59. Tirkama bogʻichining yoki tirkamani tortish moslamasining tirkama boʻylama simmetriyasiga nisbatan holatini buzadigan deformatsiyalangan, tirkama yoki tirkama tortmasining sinishi, yoriqlari va boshqa koʻrinadigan shikastlanishlari boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
60. Oʻziyurar qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, ularning tirkamalari va yarim tirkamalar kamida 2 ta oʻz-oʻzidan yurib ketishga qarshi gʻildirak tayanchlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
61. Oʻziyurar qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalar kamida 2 litr hajmdagi va kamida bitta kukun yoki xladonli yongʻinga qarshi vosita bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Yongʻin oʻchirgich muhrlangan va unda amal qilish muddati koʻrsatilgan hamda tekshirish vaqtida muddati oʻtmagan boʻlishi kerak.
62. Akkumulyatorlar batareyalari, oʻrindiqlar, shuningdek oʻt oʻchirish moslamalari va traktorlar, oʻziyurar yoʻl-qurilish texnikalaridagi birinchi tibbiy yordam toʻplami konstruksiyada nazarda tutilgan mahkamlash moslamalariga mahkam oʻrnatilishi kerak.
63. Gʻildirakli qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari gʻildirak qanotlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ushbu qurilmalarning kengligi oʻrnatiladigan shinalarning kengligidan kam boʻlmasligi kerak.
64. Dvigatel, uzatmalar qutisi, bort reduktorlari, koʻpriklar, mufta, akkumulyator, sovutish va konditsioner tizimlari hamda qoʻshimcha ravishda oʻrnatilgan gidravlik qurilmalardan yogʻlar va ishchi suyuqliklarning oqib chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
65. Oʻziyurar mashinalarning konstruksiyasida nazarda tutilgan uzatma qoʻshilgan holatda dvigatelni ishga tushirish imkoniyatini istisno qiladigan qurilma ishlaydigan boʻlishi kerak.
66. Mashinalarning harakatlanuvchi (aylanuvchi) qismlari (kardanli, zanjirli, tasmali, tishli uzatmalar va boshqalar) himoya qoplami bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
67. Kabina, dvigatel, kompressor, qoplama, ishchi organlar va boshqa konstruktiv elementlarni mahkamlash joylarining boʻshashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
68. Traktorchi-mashinist oʻrindigʻidan koʻrishni cheklaydigan, oynaning shaffofligini yomonlashtiradigan, shikastlanish xavfini keltirib chiqaradigan qoʻshimcha narsalarni oʻrnatish yoki qoplamalarni qoʻllashga yoʻl qoʻyilmaydi.
69. Mashinalar dvigatelini ishga tushirish uchun ishlatiladigan akkumulyatorlar, shu jumladan, elektr yuritmali mashinalarning akkumulyatorlarining kuchlanishi, vazni yoki oʻlchamlari ishlab chiqaruvchi tomonidan taqdim etilganidan farq qiladigan akkumulyatorlarga almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
70. Ishchi organlar yuritmasining saqlovchi muftasi soz va rostlangan boʻlishi kerak.
71. Oʻziyurar mashinalar favqulodda toʻxtash belgisi bilan jihozlanishi lozim.
72. Texnikalarning orqa tomonida davlat raqami belgisi oʻrnatilishi kerak.
Davlat raqami belgisi tekis vertikal yuzaga oʻrnatilishi, bunda davlat raqami belgisi konstruksiya elementlari bilan toʻsilmasligi, davlat raqami belgisi esa tashqi yoritish va yorugʻlik signallarini toʻsmasligi hamda yon gabaritdan chiqib turmasligi kerak.
Davlat raqami belgisi mashina simmetrik oʻqi boʻyicha yoki mashinaning harakatlanishi yoʻnalishi boʻyicha chap tarafda oʻrnatilishi kerak.
73. Maksimal konstruktiv tezligi 30 km/s dan katta boʻlmagan oʻziyurar mashinalarda “sekin yuruvchi transport vositasi” belgisi oʻrnatilishi kerak.
10-bob. Qishloq xoʻjaligi mashinalari
74. Ekish mashinalari (seyalkalar) harakat uzatuvchi qismlari: tayanch gʻildirak, val, oʻq, zanjir, tishli yulduzchalar; urugʻ va oʻgʻit idishlari hamda taqsimlash gʻaltaklari, urugʻ oʻtkazgichlar, ekgichlar (soshniklar), tuproq zichlagich va uning prujinalari va boshqalar foydalanish yoʻriqnomasida koʻrsatilgan tartibda toʻliq va koʻrsatkichlarga mos boʻlishi kerak.
75. Tuproqqa asosiy ishlov beruvchi mashinalar (omoch, yer tekislagich, chizel-kultivator, diskli borona va boshqalar) ishchi organlarining yeyilganligi ruxsat etilgan meʼyordan oshib ketmasligi, gidrotsilindrlardan moy oqmasligi, ishlov berish chuqurligini rostlash mexanizmi soz boʻlishi kerak.
76. Qator orasiga ishlov beruvchi kultivatorlarning harakat uzatuvchi mexanizmi, oʻgʻit idishlari, oʻgʻitni taqsimlash va sepish qurilmalari, soshnik hamda boshqa ishchi organlari va boshqalar ulardan foydalanish yoʻriqnomasida koʻrsatilgan tartibda toʻliq va yeyilganlik qiymati ruxsat etilgan meʼyordan oshib ketmasligi kerak.
77. Purkagichlarning korpusi butun, suyuqlik purkash qismlari teshiklari bir xil va toʻgʻri oʻrnatilgan, suyuqlik nasosi meʼyordagi bosimni berishi kerak.
78. Mineral oʻgʻit sepish mashinalarining oʻgʻit idishi yorilmagan, teshilmagan, maxsus elakka ega, reduktoridan moy oqmasligi, harakat uzatuvchi kardanning krestovinalari soz va moylangan, oʻgʻit sepish moslamasining parraklari toʻliq va egilmagan boʻlishi kerak.
79. Barcha turdagi qishloq xoʻjaligi mashinalari va agregatlarining harakat uzatuvchi va boshqa ishchi qismlari foydalanish yoʻriqnomasidagi koʻrsatkichlarga mos kelishi va ularning yeyilganlik qiymati ruxsat etilgan meʼyordan oshib ketmasligi boʻyicha texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun
TOʻLOV STAVKALARI

1.

100 ot kuchi va undan yuqori quvvatga ega gʻildirakli traktorlar, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, oʻziyurar mashinalar hamda zanjirli va yarim zanjirli traktorlar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

2.

100 ot kuchigacha quvvatga ega gʻildirakli traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalar, osma va yarim osma, zanjirli, yarim zanjirli va yigʻma mashinalar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida

3.

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari hamda agregatlar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida

4.

Yoʻl-qurilish, melioratsiya va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yuk ortuvchi, paxta, don va urugʻlarni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, shuningdek, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashinalari va uskunalari, kichik mexanizatsiya moslamalari uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida

5.

Mashina-traktor parklari, taʼmirlash ustaxonalari, servis punktlari va boshqalardagi har bir stanok, asbob-uskuna va jihozlar uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida

6.

Suv nasoslari uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida

Izoh. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazishning avvalgi belgilangan muddatidan qatʼi nazar, ularni Inspeksiyada roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi;
nasos stansiyalaridagi, don va paxta tozalash korxonalaridagi har bir mashina va agregatlar uchun alohida toʻlov undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

“Tasdiqlayman”

Inspeksiyaning ______________ boʻlimi

_____________________________ boshligʻi

__________ _________________

20__ yil “___”___________

_____________________ viloyati, ___________________ tumanida qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish rejasi

T/r

Texnikaning nomi

Texnika rusumi

Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati

Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili

Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi

1.

_____________________________________________________________________________________________________________________
(yuridik yoki jismoniy shaxs nomi)

1.1

1.2

1.3

...

Texnika holatini nazorat qilish inspektori

___________

(imzo)

__________________________

(F.I.O.)

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Texnika egasi yoki uning vakili

(jismoniy yoki yuridik shaxslar)

1. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) yoki yuridik shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) kelib murojaat qiladi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

1. Xohishiga koʻra

2. Inspeksiya yoki tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun yigʻimni amalga oshiradi.

2. Murojaat qilganda

2-bosqich

Inspeksiya yoki tadbirkorlik subyektlari

1. Texnika egasi yoki uning vakili nomidan soʻrovnomani toʻldiradi.

2. Texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazadi yoki texnik koʻrikdan oʻtkazishni rad qiladi.

3. Texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasini tuzadi, texnik koʻrik talonini rasmiylashtiradi hamda maʼlumotlarni “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiradi.

4. Texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish rad etilganda, bu haqida texnika egasi yoki uning vakilini xabardor qiladi.

Murojaat qilingan kunda

3-bosqich

Texnika egasi yoki uning vakili

Nosozliklar va kamchiliklarni bartaraf etadi va texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun qayta murojaat qiladi.

Texnik koʻrikdan oʻtkazilgan kundan boshlab 20 kun ichida

4-bosqich

Inspeksiya yoki tadbirkorlik subyekti

1. Texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazadi.

2. Texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha dalolatnomani tuzadi, texnik koʻrik talonini rasmiylashtiradi hamda maʼlumotlarni “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiradi.

Murojaat qilingan kunda

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
7-ILOVA

__________________

(sana)

________________

(raqam)

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatish yuzasidan

SOʻROVNOMA

I. Texnika egasi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Tashkilot nomi

2. Yuridik manzili

3. STIR raqami

4. Telefon raqami

Yuridik shaxs vakili:

1. F.I.O.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

II. Texnika egasi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.

2. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

3. Manzili

4. Telefon raqami

III. Texnika toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Nomi

2. Rusumi/modeli

3. Ishlab chiqarilgan yili

4. Dvigatel raqami

5. Zavod raqami

6. Kuzov/shassi raqami

7. Texnik pasport yoki texnik guvohnoma seriyasi va raqami

8. Davlat raqami belgisi

Tasdiqlayman:

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
8-ILOVA

_____________________ viloyati, ___________________ tumanida qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini yuklashdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha

DALOLATNOMA

T/r

Texnikaning nomi

Texnika rusumi

Yuklashdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazilgan sana

Yuklashdan oldin texnik koʻrik oʻtkazilgan manzil

Texnik reglament talablariga mosligi

(mos, mos emas)

1.

2.

3.

...

Texnik reglament talablariga mos yoki mos emasligi toʻgʻrisida maʼlumotlar: __________________

___________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________

Xulosa: __________________________________________________________________________

Texnika holatini nazorat qilish inspektori

____________________­­

____________________________

M.Oʻ

(imzo)

(F.I.O.)

Ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tashkilot manzili: ________________________________

__________________________________________________________________________________

Ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tashkilot rahbari: _________________________________

__________________________________________________________________________________

Xarid qiluvchi tashkilot manzili: ____________________________________________________

__________________________________________________________________________________

Xarid qiluvchi tashkilot rahbari: _____________________________________________________

__________________________________________________________________________________

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
9-ILOVA

____________ viloyati, ___________ tumanida qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini alohida (bittasini) texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha
‎DALOLATNOMA

Tuzilgan sanasi: 20 ____ yil “____” _______________
Texnik koʻrik ____________________________________________ tomonidan oʻtkazildi

(F.I.O.)

1. Texnikaning rusumi va modeli: _______________________________ 6. Shassi (rama) raqami ____________
2. Turi: _________________ 7. Dvigatel raqami: ______________
3. Rangi:__________________ 8. Kuzov raqami: __________________
4. Ishlab chiqarilgan yili _________

9. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi texnik guvohnoma (texnik pasporti) seriyasi va raqami: __________________

5. Davlat raqami belgisi:________ 10. Texnika

________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

________________________________________________________________________

(yakka tartibdagi transport vositasi egasining F.I.O.)

11. Joylashgan joyi (turar joyi):____________________________________________
12. Quyidagi texnik nosozliklar aniqlandi: ____________________________________
‎________________________________________________________________________
13. Texnikaning holati _____________________________________________________
‎________________________________________________________________________
14. Mavjud kamchiliklar:
15. Motosoat holati: ________________________________________________________
16. Texnik holati toʻgʻrisida xulosa: ____________________________________________

(texnik jihatdan soz, nosoz)

Texnika holatini nazorat qilish inspektori:

_________

‎‎

___________________

(imzo)

(F.I.O.)

M.Oʻ.‎

Dalolatnoma nusxasini oldim va texnik koʻrikdan oʻtmagan texnikalardan foydalanish taqiqlanishi hamda nosoz texnikadan foydalanish, foydalanishga ruxsat berish MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqarishi toʻgʻrisida ogohlantirildim:

________________________________________________________________________

(imzo, F.I.O., yuridik shaxsning nomi, lavozimi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

________________________________________________________________________

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
9a-ILOVA


___________________ viloyati, ______________ tumanida qishloq xoʻjaligi,

melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun

taqdim etilgan texnikalar toʻgʻrisidagi

DALOLATNOMA

Tuzilgan sanasi: 20___ yil “____” ___________

20____ yil “___”________ dan

20___ yil “___”________gacha

Texnikalarni texnik koʻrik uchun taqdim etgan yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning

F.I.O.:________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________

STIR:___________

T/r

Texnika nomi

Rusumi

Texnik pasporti yoki texnik guvohnomasi (inventar) raqami

DRB raqami va seriyasi

Texnika rangi

Ishlab chiqarilgan davlati

Ishlab chiqarilgan yili

Agregatlar raqami

Yonilgʻi turi (benzin, dizel yonilgʻisi, siqilgan tabiiy gazda yoki suyultirilgan gaz)

zavod raqami

dvigatel

shassi (rama)

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

1.

2.

3.

...

Tashkilot balansida _____ ta texnika mavjud.


Tashkilot rahbari (mulk egasi):
___________________________________________

_______________________________________________________________________

(imzo, lavozimi, tashkilot nomi va rahbarining F.I.O, jismoniy shaxsning F.I.O., pasport maʼlumotlari)


Roʻyxatda koʻrsatilgan texnika vositalarini roʻyxatga olish maʼlumotlari bilan taqqoslagan Inspeksiya xodimi

_______________________________________________

Masʼul hisobchi________________________________________________________

(imzo, lavozimi, tashkilot nomi, F.I.O.)

_______________________________________________

_______________________________________________

(imzo, F.I.O.)


M.Oʻ.

TEXNIK KOʻRIK NATIJALARI

Tashkilot (mulk egasi)_________________________________________________________________________ hisobida ____ ta qishloq xoʻjaligi, ____ ta melioratsiya,____ ta yoʻl-qurilish, ____ ta oʻziyurar mashinalar, ___ ta tirkama vayarim tirkamalar, jami ______ ta texnika texnik koʻrikka qoʻyilgan.

____ ta qishloq xoʻjaligi, ____ ta melioratsiya, ____ ta yoʻl-qurilish, ____ ta oʻziyurar mashinalar, ___ ta tirkama vayarim tirkamalar, jami ____ ta texnika texnik koʻrikdan oʻtmadi.

Texnikalar tekshirilganda ____ ta qishloq xoʻjaligi, ____ ta melioratsiya, ____ ta yoʻl-qurilish, ____ ta oʻziyurar mashinalar, ___ ta tirkama vayarim tirkamalar, jami _____ ta texnika texnik jihatdan nosoz deb topildi.

Shu jumladan:

___ ta texnikaning texnik reglament talablariga mos boʻlmagan konstruksiyasidagi oʻzgartirish mavjudligi;

___ ta texnikaning texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermasligi;

___ ta texnikaning dvigatel qismining nosozligi;

___ ta texnikaning tormoz tizimining nosozligi;

___ ta texnikaning rul boshqaruvidagi nosozliklar;

___ ta texnikaning tashqi yoritish uskunalaridagi nosozliklar;

___ ta texnikada foydalanish uchun yaroqsiz qismlar mavjudligi;

___ ta texnikaning ishlangan gazida zararli moddalar mavjudligi va ularning tutunligi belgilangan meʼyordan ortiqchaligi aniqlandi.

Hisobdagi texnikalardan ___ tasi dizel yonilgʻisi bilan ishlaydi.

Dizel yonilgʻisida ishlaydigan ___ tasidan ___ tasi nosoz deb topildi.

____ ta texnik holati nosoz texnikaning texnik pasporti yoki texnik guvohnomasi olib qoʻyilganligi, DRB yechib olinganligi toʻgʻrisidagi belgi _____________________________

Texnik koʻrikdan oʻtmagan texnikalar 20___ yil “___”______________ da qayta texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

Inspeksiya xodimi

_______________________________________

_______________________________________

__________

_____________________________

(imzo)

(F.I.O.)

M.Oʻ.

Dalolatnoma nusxasini oldim va texnik koʻrikdan oʻtmagan texnikalardan foydalanish taqiqlanishi hamda nosoz texnikadan foydalanish, foydalanishga ruxsat berish MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqarishi toʻgʻrisida ogohlantirildim: ___________________________________________________

(imzo, F.I.O., yuridik shaxs nomi, lavozimi)

Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
10-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon
NAMUNASI
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon
TAVSIFI
Texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon toʻrtburchak shakldagi, oʻlchamlari 54 x 86 mm boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan och pushti rangli qogʻozdan tayyorlanadi. Qogʻoz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanogʻi” koʻrinishidagi umumiy “suv belgi”si mavjud.
Ofsetli yozuv, mintaqa kodi, seriyasi — toʻrt harfli, nomeri — olti raqamli.
Blanka quyidagi maxsus himoyaga ega:
kimyoviy taʼsirga bardoshli boʻyoqdan foydalaniladi, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi taʼminlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va oltita raqamli son koʻrinadi. Maxsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.
Lotin alifbosidagi davlat tilidagi matndan foydalanilgan.
Old tomonida texnikaning rusumi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgisi hamda orqa fonida texnik koʻrik oʻtkazilgan yil yashil rangda (har yili oʻzgaradi) koʻrsatiladi.
Talonning orqa tomonida oʻtkazilgan texnik koʻrik natijasi, joriy va navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtish sanasi koʻrsatiladi.
Talondagi yozuvlar texnika holatini nazorat qilish inspektori tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va maxsus shtamp bilan tasdiqlanadi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
10a-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalarining agregatlari hamda uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon
NAMUNASI
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalarining agregatlari hamda uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon
TAVSIFI
Texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon toʻrtburchak shakldagi, oʻlchamlari 54 x 86 mm boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan och havo rangli qogʻozdan tayyorlanadi. Qogʻoz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanogʻi” koʻrinishidagi umumiy “suv belgi”si mavjud.
Ofsetli yozuv, mintaqa kodi, seriyasi — ikki harfli, nomeri — olti raqamli.
Blanka quyidagi maxsus himoyaga ega:
kimyoviy taʼsirga bardoshli boʻyoqdan foydalaniladi, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi taʼminlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va oltita raqamli son koʻrinadi. Maxsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.
Lotin alifbosidagi davlat tilidagi matndan foydalanilgan.
Old tomonida texnikaning rusumi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgisi hamda orqa fonida texnik koʻrik oʻtkazilgan yil pushti rangda (har yili oʻzgaradi) koʻrsatiladi.
Talonning orqa tomonida oʻtkazilgan texnik koʻrik natijasi, joriy va navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtish sanasi koʻrsatiladi.
Talondagi yozuvlar texnika holatini nazorat qilish inspektori tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va maxsus shtamp bilan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-son qaroriga
51-ILOVA
Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
2. Davlat xizmati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yoki uning hududiy boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanish istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) rahbari yoki vakilining (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi) ixtiyoriy murojaatiga asosan bepul koʻrsatiladi.
3. Davlat xizmati ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
4. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtadi.
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari tushganda, navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun hisoblanadi.
5. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda — Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat qilgan taqdirda esa — mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Soʻrovnoma toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
6. Soʻrovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
tadbirkorlik subyektining ishlab chiqarish-texnik bazasi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi maʼqullashdan oʻtgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma (vakil orqali murojaat qilinganda).
7. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi.
8. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, tegishli soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar oʻn daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
9. Vakolatli organ bir ish kunida soʻrovnoma va unga ilova qilingan hujjatlarni oʻrganib chiqib davlat xizmatini rad etadi yoki tadbirkorlik subyekti hisobga olingani haqida ushbu Reglamentga 3-ilovadagi maʼlumotnomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi va uni oʻz elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi hamda “Texnikalar texnik koʻrigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga texnik koʻrikdan oʻtkazilgan texnikalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni joylashtirish uchun login va parolni Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi.
10. Davlat xizmatlari markazi oʻn daqiqa mobaynida xizmat natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi hamda ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining soʻroviga koʻra Davlat xizmatlari markazi xizmat natijasini elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etishi mumkin.
11. Tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish-texnik bazasi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi maʼqullashdan oʻtkazilgan, texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish-texnik bazasi:
a) texnik reglament talablariga muvofiq boʻlishi zarur;
b) texnikalarning texnik holatini tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur texnologik jihozlar hamda diagnostika vositalariga ega boʻlishi lozim, shu jumladan:
oʻqiga tushadigan maksimal ogʻirlik 13 500 kilogrammgacha boʻlgan texnikalarning tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika vositalariga;
pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga;
tirkamalarni ulash moslamasini bosib turish qurilmasiga;
rul boshqaruvidagi umumiy lyuftni oʻlchash uskunasiga;
rul boshqaruvi va osmasi detallaridagi lyuftlarni tekshirish testeriga;
chiroqlar yorugʻligini boshqarish va kuchini nazorat qilish uskunasiga;
shinalarni texnik diagnostika qilish vositalariga;
gaz analizatoriga — ichki yonuv dvigatellariga ega texnikaning ishlab boʻlingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash uskunasiga;
dvigatel aylanish chastotasini va moy haroratini oʻlchash uskunalariga;
shovqinni oʻlchash uskunasiga;
kompressorga;
qinchali manometrga;
zarur kompyuter texnikasiga.
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish talablariga muvofiq boʻlishi sharti bilan universal texnik vositalarga almashtirilishi mumkin.
Qoʻllanadigan barcha oʻlchov vositalari tasdiqlangan tipda boʻlishi, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan oʻtgan boʻlishi shart.
12. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga oid talablar ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq belgilanadi.
13. Quyidagilar davlat xizmatini rad etish uchun asos boʻladi:
ushbu Reglamentning 6-bandida nazarda tutilgan hujjat taqdim etilmaganda;
soʻrovnomada notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
tadbirkorlik subyektining texnikalari ushbu Reglamentning 11-bandi va 4-ilovada belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda.
Davlat xizmatini koʻrsatishni boshqa asoslarga, shu jumladan, maqsadga muvofiq emasligi sabablariga koʻra rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Hisobga olingani haqida maʼlumotlarda oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzaga kelgan taqdirda, ariza beruvchi yetti ish kunidan kechiktirmasdan, ushbu Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda murojaat qilishi shart.
Bunda vakolatli organ soʻrovnomani ushbu Reglamentning 9-bandida belgilangan muddatda koʻrib chiqadi va kiritilgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP orqali murojaat etilganda — ariza beruvchiga xabarnoma yuboradi.
15. Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) quyidagi hollarda hisobdan chiqariladi:
tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) arizasiga asosan;
tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar) tugatilganda.
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda ariza beruvchi ushbu Reglamentning 4-bandida belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan tadbirkorlik subyektlari boʻlgan yuridik shaxs tugatilgani toʻgʻrisida vakolatli organga kompozit tarzda xabarnoma yuboriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Davlat xizmatlari markazi va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazi Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan davlat xizmatlarini koʻrsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali, doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
18. Ariza beruvchilar vakolatli organlar xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
19. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Ariza beruvchilar

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Markaz xodimi soʻrovnomani toʻldirib, vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan soʻrovnomani avtomatik tarzda vakolatli organga yuboradi.

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

Taqdim etilgan hujjatlarga asosan:

1. Davlat xizmatini rad etadi.

2. Tadbirkorlik subyektini reyestrga kiritadi.

1 ish kunida

4-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Xizmat natijasini ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Ariza beruvchining oʻzi kelib murojaat qilganda, xizmat natijasini elektron yoki qogʻoz shaklida unga taqdim etadi.

1. 10 daqiqa ichida

2. YIDXP

2. Xizmat natijasini ariza beruvchiga elektron tarzda taqdim etadi.

2. Real vaqt rejimida

Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish boʻyicha
SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot

1. Rasmiy nomi (toʻliq):

2. Joylashgan joyi:

3. STIR:

3. Telefon raqami:

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

II. Ariza beruvchi vakili toʻgʻrisida maʼlumot

1. Familiyasi:

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR):

5. Telefon raqami:

III. Soʻrovnomaga ilova qilinadigan hujjatlar

1. Vakilning vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma;

2. Ishlab chiqarish-texnik bazasi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligi maʼqullashdan oʻtgani toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi.

Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Jismoniy shaxslarning 100 ot kuchigacha quvvatga ega boʻlgan texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlarini hisobga olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA
Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga oid
TALABLAR
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Talablar Inspeksiya diagnostika stansiyasi, texnik xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlarga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish-texnik baza, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun moʻljallangan ishlab chiqarish-texnik baza (keyingi oʻrinlarda — ishlab chiqarish-texnik baza) joylashtiriladigan xona va maydonlarning parametrlariga oid texnik normalarni belgilaydi.
2. Ishlab chiqarish-texnik baza belgilangan tartibda texnik jihatdan malakaliligini maʼqullashdan oʻtkazilgan, texnikalarning texnik holatini texnik jihatidan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini baholashni tashkil etish va oʻtkazish uchun tegishli texnologik, sinov jihozlari va oʻlchash vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi zarur.
2-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududiga oid talablar
3. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududida quyidagilarni majburiy joylashtirish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlishi kerak:
ishlab chiqarish xonalari;
texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kutilayotgan va tugallangan texnikalar uchun maydon;
xona va maydonlarga kirish va oʻtish yoʻllari.
4. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududida texnikalar harakatini tashkil etish uchun quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
sunʼiy yoritish chiroqlari;
qatnov qismi tekis va qattiq qoplamali (asfalt-betonli yoki sement-betonli) boʻlgan kirish yoʻli, maydoni;
perimetri boʻyicha oʻrnatilgan toʻsiq.
5. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududi yoki u joylashgan tashkilotga kirish joyi oldida ishlab chiqarish-texnik bazaning ish rejimi va texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan texnikalarning harakatlanish sxemasi koʻrsatilgan axborot stendi oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Ishlab chiqarish-texnik bazaning binosida kengligi 2,0 metrdan va balandligi 0,7 metrdan kam boʻlmagan oʻlchamdagi, davlat tilida “Traktor texnik koʻrigi” yozuvi boʻlgan peshlavha oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yozuv boshqa tillarda takrorlanishi ham mumkin.
6. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududida va unga kirish-chiqish joylarida videokuzatuv kameralari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
7. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish yoʻllari boʻylab texnikalarning harakati quyidagi talablarni hisobga olgan holda tashkil qilinishi zarur:
texnikalarning bir tomonlama harakatini tashkil etish;
texnikalarning xavfsiz harakatlanishi uchun imkoniyat yaratish;
ishlab chiqarish-texnik bazaning hududida texnikalarning ruxsat etilgan harakat yoʻnalishlarini tegishli yoʻl chiziqlari bilan belgilash.
8. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududi ichimlik suvi va ishlab chiqarish suv quvurlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
9. Ishlab chiqarish-texnik bazaning hududi maydonining yuzasi tekis, unda suv quvurlari va suv oqib ketadigan ariqlar mavjud boʻlishi kerak.
10. Ishlab chiqarish-texnik bazaga kirish hamda uning hududi boʻylab texnikalarning harakatlanishi, barcha mavjud inshootlar, yoʻl belgilari va chiziqlari koʻrsatilgan sxema tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Yoʻlning kengligi 4,5 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
11. Texnik koʻrikdan oʻtkaziladigan va texnik koʻrikdan oʻtkazilgan texnikalarni joylashtirish uchun maydonlarning oʻlchamlarini aniqlash uchun texnikalarning gabarit oʻlchamlari va texnik koʻrik liniyasining kamida bir soatlik ishlab chiqarish quvvatiga teng boʻlgan miqdordagi texnikalarning texnik koʻrik liniyasi maydonida aynan bir vaqtda boʻlishi eʼtiborga olinishi kerak.
12. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonasiga kirish oldidagi maydon 70 kv.metrdan kam boʻlmasligi kerak.
3-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning xonalariga oid talablar
13. Ishlab chiqarish-texnik baza tarkibiga quyidagilar kiritilishi kerak:
ishlab chiqarish xonasi;
texnikalar egalarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish xonasi;
texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish natijalarini rasmiylashtirish xonasi;
sanitariya-gigiyena xonalari.
14. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalari quyidagilarni inobatga olgan holda tashkil qilinadi:
texnikaning texnik holatini baholashdan oʻtkazish dasturi;
qoʻllanadigan oʻlchash vositalari va sinov jihozlari;
texnikaning texnik holatini baholash va natijalarini rasmiylashtirishning texnologik jarayoni;
yongʻin xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish talablari.
15. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalarining oʻlchamlari mazkur talablarga ilovaga muvofiq texnik koʻrik liniyalarining texnologik postlari soni va texnikaning gabarit oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
16. Ishlab chiqarish-texni bazaning ishlab chiqarish xonalarini rejasi ishlab chiqarishning bino va inshootlarini texnologik loyihalashtirish qoidalari va normalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Ishlab chiqarish korpusi xonasining boʻrtib chiqqan qurilish konstruksiyalarigacha boʻlgan balandligi 7,0 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
Xonalarning poli tekis, neft mahsulotlari taʼsiriga chidamli boʻlishi kerak.
17. Xonalarda barcha texnologik jarayonlar sanitariya-gigiyena normalariga muvofiq holda xavfsiz va oqilona bajarilishi kerak.
18. Ishlab chiqarish xonalaridagi shovqin va tebranish darajasi sanitariya-gigiyena normalarida belgilangan hamda ruxsat etilgan koʻrsatkichlardan oshmasligi kerak.
19. Xona va ish joylarining tabiiy va sunʼiy yoritilishi ishlarning xavfsiz bajarilishi, odamlar uchun xavfsiz boʻlishi va ularning harakatlanishini taʼminlash uchun yetarli boʻlishi kerak.
Xona va ish joylarining tabiiy va sunʼiy yoritilishi quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi lozim:
ish joylarida xonaning poli sathida — kamida 200 lyuks;
ishchi xonalarda (kabinetlarda) poldan 0,8 metr balandlikdagi sathda — kamida 200 lyuks;
koʻrikdan oʻtkazish handagʻida texnikaning tag qismi sathida — kamida 150 lyuks;
avariya holatlarida yoritish ish yuzasini umumiy yoritish uchun belgilangan normaning 5 foizidan kam boʻlmasligi, lekin kamida 2 lyuks boʻlishi kerak.
20. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati oʻtkaziladigan sinov usullariga oid normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Ishlab chiqarish-texnik bazaning binolaridagi havo harorati yilning sovuq davrida — 15°C dan 25°C gacha, issiq davrida — 22°C dan 30°C gacha oraliqda boʻlishi kerak.
21. Texnikalarni korxonaning hududida harakatlanishi tezligi ochiq yoʻllarda — 10 km/s dan, xona ichida — 5 km/s dan ortiq boʻlmasligi kerak.
22. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalariga kirish joyi peshlavha bilan belgilanadi va sutkaning qorongʻi paytida yoritiladi. Ishlab chiqarish xonalariga kirish (chiqish) yoʻli ishlab chiqarish xonalaridan boshqariladigan yorugʻlik (masalan, svetofor) signalizatsiyasi bilan jihozlanadi.
Kirish darvozasi ustida 3.13. “Cheklangan balandlik”, 3.14. “Cheklangan kenglik” va 3.24. “Yuqori tezlik cheklangan (5 km/s)” yoʻl belgilari joylashtiriladi.
23. Ishlab chiqarish-texnik bazaning xonalarini mijozlar uchun qulay boʻlgan joyida quyidagi maʼlumotlar aks ettirilgan axborot stendi yoki boshqa maxsus qurilmalar oʻrnatiladi:
ishlab chiqarish-texnik bazaning tegishliligi, joylashgan joyi, ish tartibi va rejimi, aloqa telefonlari;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining ishonch telefoni raqamlari, taklif va eʼtirozlar kitobi saqlanadigan joy va uni yuritish (saqlash) uchun masʼul boʻlgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;
texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi, tekshiriladigan (baholanadigan) parametrlar va normativlar, texnik koʻrikdan oʻtkazishning davriyligi va texnikalarning texnik holatini baholash natijalari toʻgʻrisidagi hujjatni berish tartibi;
texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrsatilishi zarur boʻlgan hujjatlar, texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun toʻlov miqdori, zarur jarayonlarni amalga oshirish muddati va boshqa maʼlumotlar.
24. Ishlab chiqarish xonalari elektr xavfsizligi talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq elektr taʼminoti (yoritish) uchun elektr tarmoqlari, shuningdek, quvvat berish kabellari (diagnostika jihozlarining elektr energiyasi taʼminoti uchun) va taqsimlagich elektroshitlar bilan jihozlanadi.
25. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalarida ikkitadan kam boʻlmagan evakuatsiya chiqish joylari mavjud boʻlishi nazarda tutiladi. Evakuatsiya chiqish joylarining eshiklari xonadan tashqari tomonga ochiladigan, oʻtish yoʻlagining kengligi 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak.
26. Ishlab chiqarish-texnik bazaning yongʻindan himoyasi, yongʻinning oldini olish tizimi va yongʻin xavfsizligi hamda portlash xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
27. Texnikalar egalarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish xonalari hamda texnikalarning texnik holatini baholash natijalari haqidagi hujjatni rasmiylashtirish uchun xonalar ishlab chiqarish-texnika bazasining ishlab chiqarish xonalariga yoki unga yaqin joyda boʻlishi kerak. Ushbu xonalarga kirish joyi tegishli koʻrsatkichlar bilan belgilab qoʻyiladi.
28. Texnikalarning egalarini qabul qilish va ularga xizmat koʻrsatish xonalarining oʻlchamlarini aniqlashda, ularda ishlab chiqarish-texnika bazasining xodimi tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ish joylari hamda texnikalarni egalarining kutib turish joylari inobatga olinishi kerak.
Texnikalar egalarining kutib turish joylari soni har bir texnik koʻrik liniyasiga beshtadan kam boʻlmasligi kerak.
29. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalarini sanitariya-gigiyena normalari va qoidalariga muvofiqligi sanitariya-epidemiologiya nazorati organining tegishli xulosasi bilan tasdiqlanadi.
4-bob. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalarini texnologik rejalashtirishga oid talablar
30. Ishlab chiqarish-texnik bazaning diagnostika jihozlari texnologik loyihalashga oid talablar va normalarga amal qilgan holda oʻrnatilishi kerak.
31. Ishlab chiqarish-texni bazaning ishlab chiqarish xonalari texnikalarning dvigateli ishlab turgan paytda gazlarni chiqarish quvurlaridan chiqayotgan gazlarni tashqariga olib chiqish tizimi bilan jihozlanadi.
32. Ishlab chiqarish-texnik bazaning ishlab chiqarish xonalariga texnikalarning kirishi (chiqishi) uchun texnik koʻrik liniyalarida kengligi 3,0 metrdan va balandligi 4,3 metrdan kam boʻlmagan oʻlchamdagi kirish (chiqish) darvozalari oʻrnatiladi.
33. Texnik koʻrik liniyalarida texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun xandaqlardan foydalaniladi. Bunda:
texnik koʻrikdan oʻtkazish xandaqlarining soni texnik koʻrikdan oʻtkazish liniyalari soniga muvofiq boʻlishi;
texnik koʻrikdan oʻtkazish xandaqlarining uzunligi texnik koʻrik liniyasida tekshirilishi rejalashtirilayotgan texnikaning maksimal uzunligi va undan chiqib ketish uchun zaxira yoʻlning mavjudligi hisobga olingan holda boʻlishi;
texnik koʻrikdan oʻtkazish xandaqlari tutunni tortib olish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi;
texnik koʻrikdan oʻtkazish xandaqlarining kengligi 0,9 metrdan kam boʻlmasligi;
texnik koʻrikdan oʻtkazish xandaqlarining maksimal kengligi texnik koʻrik liniyasida tekshirilishi rejalashtirilayotgan minimal koleyali texnikaning xandaqdan oʻtish imkoniyati hisobga olingan holda boʻlishi kerak.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
34. Texnikalarning texnik holatini baholashning texnologik jarayoni texnik koʻrik liniyasining rejalashtiriladigan yechimlarini, tekshiriladigan texnikalarning toifasini, bajariladigan ishlarning murakkabligini, qoʻllanadigan jihozlar, oʻlchov vositalari va anjomlarni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
35. Texnikaning texnik holatini baholash boʻyicha ishlarni bajarishda texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilish majburiy hisoblanadi.
36. Texnologik postlarda diagnostika parametrlari, texnika xavfsizligi qoidalari va ishlarning xavfsiz usullari boʻyicha amalda boʻlgan tavsiyalar koʻrsatilgan texnologik xaritalar joylashtiriladi.
37. Ishlab chiqarish-texnik bazada texnik holati baholanadigan toifaga mansub texnikalardan foydalanish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, qoʻllanmalar (yoʻriqnomalar), texnika toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va boshqa zarur maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
38. Ishlab chiqarish-texnik bazada birinchi tibbiy yordam koʻrsatish uchun zarur boʻladigan dori vositalari va anjomlari jamlangan tibbiyot qutichasi boʻlishi kerak.
(51-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-son qaroriga
6-ILOVA
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament yuridik shaxslarning traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish, shuningdek, jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda — talabgor) imtihonlarga ruxsat berish, imtihonlar olish, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini (keyingi oʻrinlarda — texnika) boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibini belgilaydi.
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlariga oliy taʼlim va malaka oshirish muassasalari, professional taʼlim muassasalari hamda taʼlim berish litsenziyasiga ega boʻlgan boshqa nodavlat tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish va oʻquv jarayonlarini nazorat qilish hamda imtihonlarga ruxsat berish, imtihonlar olish, texnikalarni boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari mazkur Reglamentga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Traktorchi-mashinist guvohnomasi mazkur Reglamentga 1-ilovaga muvofiq namunaga va tasnifga koʻra Inspeksiya tomonidan tayyorlanadi.
3. Traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va unga maʼlumotlar tegishliligi boʻyicha taʼlim tashkilotlari hamda Inspeksiya tomonidan kiritiladi.
Inspeksiya quyidagi nazorat funksiyalarini amalga oshiradi:
traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish;
traktorchi-mashinistlikka talabgorlarning oʻquv guruhlaridagi dastlabki va yakuniy elektron hisobini yuritish;
oʻquv guruhlaridagi traktorchi-mashinistlikka talabgorlarning taʼlim jarayonidagi ishtirokini va yakuniy imtihonlarni nazorat qilish, taʼlim sifatini baholab borish, shu jumladan, traktorchi-mashinistlikka talabgorlarni oʻqishga qabul qilish, guruhdan guruhga oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarish va oʻqishini tugatganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (sertifikat, guvohnoma va boshqalar) elektron tarzda olish;
texnikalarni boshqarish huquqini berish uchun traktorchi-mashinistlikka talabgorlardan imtihonlarni qabul qilishning elektron navbat tizimini yoʻlga qoʻyish, imtihon topshirayotgan traktorchi-mashinistlikka talabgorlarning shaxsini identifikatsiya qilish hamda ular toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
nazariy imtihonlarni inson omili aralashuvisiz qabul qilish hamda natijalarni avtomatik tarzda baholash va rasmiylashtirish;
amaliy imtihonlarni maxsus maydonchada imtihon qaysi toifadagi texnikalarni boshqarish huquqini olish uchun topshirilayotgan boʻlsa, oʻsha toifaga mansub boʻlgan texnikalarni boshqarishning amaliy koʻnikmalarini baholash;
traktorchi-mashinist guvohnomasini berish hamda traktorchi-mashinistlar roʻyxatini shakllantirish.
4. Barcha texnikalar turi, vazifasi va boshqarish xususiyatlariga koʻra “A”, “B”, “S”, “D”, “E” va “F” toifalariga boʻlinadi. Ularni boshqarish uchun berilgan traktorchi-mashinist guvohnomasining tegishli katagida ruxsat beruvchi belgi qoʻyiladi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasining “A”, “B”, “S”, “D”, “E” va “F” katagida ruxsat beruvchi belgisi boʻlgan shaxslar quyidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega:
“A” toifa — 30 ot kuchigacha ega boʻlgan gʻildirakli traktorlar;
“B” toifa — 30 ot kuchi va undan yuqori ot kuchiga ega boʻlgan gʻildirakli traktorlar;
“C” toifa — zanjirli traktorlar;
“D” toifa — mexanik transmissiyali qishloq xoʻjaligi texnikalari;
“E” toifa — gidrostatik transmissiyali qishloq xoʻjaligi texnikalari;
“F” toifa — melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari.
Traktorchi-mashinist guvohnomasi uch toifaga boʻlinadi:
“A”, “B”, “C” va “D” toifasi;
“A”, “B”, “C”, “D” va “E” toifasi;
“A”, “B”, “C”, “D”, “E” va “F” toifasi.
Traktorchi-mashinistlarga toifasiga koʻra, klasslar quyidagi tartibda:
III klass — traktorchi-mashinist guvohnomasiga ega boʻlgan fuqarolarga;
II klass — III klassga va shu yoʻnalishda uch yillik mehnat faoliyatiga ega boʻlgan fuqarolarga;
I klass — II klassga va shu yoʻnalishda uch yillik mehnat faoliyatiga ega boʻlgan fuqarolarga talabgorning yoki ish beruvchining soʻrovnomasiga asosan Inspeksiya tomonidan beriladi.
2-bob. Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish va uni rasmiylashtirish tartibi
5. Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish mazkur Reglamentga 2-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
6. Taʼlim tashkilotlari traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻz faoliyatini boshlashdan oldin Inspeksiyaga murojaat etadi.
7. Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish uchun yuridik shaxs Inspeksiyaga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
yuridik shaxsning arizasi (mazkur Reglamentga 3-ilovadagi namunaga muvofiq);
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma.
8. Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish boʻyicha ariza 8 ish kunidan kechiktirilmasdan koʻrib chiqiladi.
9. Ariza kelib tushgandan soʻng, traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotining moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasini koʻrikdan oʻtkazish uchun Inspeksiyaning tuman (shahar) boʻlimlarining buyrugʻiga asosan tekshiruv komissiyasi tuziladi.
Tekshiruv komissiyasi Inspeksiya, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda tuziladi. Inspeksiyaning xodimi komissiya raisi hisoblanadi.
10. Tekshiruv komissiyasi traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotining moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasini quyidagi talablarga javob berishini koʻrib chiqadi:
kamida 48 kv.m. maydonga ega boʻlgan oʻquv xonalarining mavjudligi, oʻquvchilar uchun zarur sharoitlar yaratilganligi, belgilangan talablarga muvofiq moddiy-texnika jihozlari bilan taʼminlanganligi;
taʼlim tashkilotining ish rejasiga kiritilgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni toʻliq oʻtkazish uchun yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlanganligi;
muhandis-pedagoglar, instruktorlar hamda ishlab chiqarish ustalarining maʼlumotga egaligi va bilim darajasining yetarliligi;
traktorchi-mashinistlikka talabgorlarga texnikalarni amaliy boshqarishni oʻrgatish uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan maydoncha, dala maydonchasi, texnika yoki undan foydalanish toʻgʻrisida shartnomaning mavjudligi.
Taʼlim tashkilotiga mulk yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan oʻquv xonalaridan, ulardagi jihoz va mashq texnikalaridan oʻquv mashgʻulotlari jarayonida foydalaniladi.
11. Tekshiruv komissiyasining taʼlim tashkilotida traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha talablarning bajarilganligini oʻrganish natijalari yuzasidan mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq namunada ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va Inspeksiya tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi Inspeksiyada, ikkinchi nusxasi taʼlim tashkilotida saqlanadi.
12. Dalolatnomada tekshiruv komissiyasining taʼlim tashkilotini traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha talablarga javob berishi yoki javob bermasligi toʻgʻrisidagi xulosasi koʻrsatib oʻtiladi.
13. Dalolatnomada “javob beradi” deb xulosa berilganda, dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab 1 ish kunida taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Inspeksiyaning “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi va ushbu taʼlim tashkiloti traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkiloti hisobiga olinadi.
Ushbu taʼlim tashkilotiga “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga taʼlim tashkilotining oʻquv guruhlariga qabul qilingan talabgorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritish uchun login va parol beriladi.
Taʼlim tashkiloti “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga taʼlim tashkilotining nomi, manzili, bank rekvizitlari, ustavni tasdiqlash (roʻyxatdan oʻtkazish) toʻgʻrisidagi guvohnoma raqamini hamda tayyorlanadigan traktorchi-mashinistlar toifalarini kiritadi.
14. Taʼlim tashkiloti oʻquv guruhlaridagi oʻquvchilar soni, nazariy va amaliy mashgʻulotlarni boshlash muddatlarini Inspeksiya bilan kelishgan holda belgilaydi.
15. Oʻquv guruhlaridagi oʻquvchilar roʻyxati va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mashgʻulotlar boshlanishidan oldin taʼlim tashkiloti tomonidan “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Oʻquv guruhlarida oʻqish jarayoni boshlanganidan bir kun oʻtib taqdim etilgan oʻquvchilar roʻyxati “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilmaydi.
16. Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash oʻquv guruhlarida oʻquvchilar soni 8 kishidan kam boʻlmasligi hamda 25 kishidan oshmasligi kerak.
17. Taʼlim tashkilotining oʻquv guruhlarida oʻqish jarayoni yakunlanganidan soʻng, oʻquvchilarga tegishli toifadagi texnikani boshqarish boʻyicha oʻquv dasturlarini tugatganligi haqidagi guvohnoma berilgan sanadan boshlab 5 ish kuni ichida bu toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritilishi lozim.
18. Inspeksiyada belgilangan tartibda hisobga olingan taʼlim tashkilotlarining oʻquv moddiy-texnika bazasi va faoliyati har yili kamida bir marta, oʻquv guruhlarining oʻquv jarayoni — har oyda kamida bir marta tekshiriladi.
Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzilib, ish faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan taʼlim tashkilotlari yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etmasa, ularga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda taʼsir choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisida ogohlantiriladi.
19. Agar taʼlim tashkiloti tomonidan kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, Inspeksiyada yangi oʻquv guruhlarini roʻyxatdan oʻtkazish toʻxtatiladi.
Ushbu taʼlim tashkilotida traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha oʻquv jarayonlarini toʻxtatish yoki uning litsenziyasini bekor qilish boʻyicha Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdimnoma kiritiladi. Shuningdek, mazkur taʼlim tashkilotiga “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish toʻxtatiladi.
20. Aniqlangan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilganidan soʻng, taʼlim tashkilotiga oʻz faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyishiga va yangi oʻquv guruhlarini roʻyxatdan oʻtkazishiga ruxsat etiladi.
21. Inspeksiyada traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlari boʻyicha nazorat-kuzatuv yigʻma jildi yuritiladi.
Unda taʼlim tashkilotining moddiy-texnik bazasi, oʻquv texnikalari roʻyxati, amaliy mashgʻulot oʻtkaziladigan yoʻnalishli xarita nusxasi, oʻquv guruhlarini tekshirish haqidagi maʼlumotlar, tekshirish dalolatnomalari, yil davomida amalga oshirilgan ishlarning tahlili va boshqa maʼlumotlar jamlanadi.
3-bob. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning tartibi
22. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish va imtihonni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
23. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga talabgorning (keyingi oʻrinlarda — talabgor) murojaati uni roʻyxatdan oʻtkazilgan hududidan qatʼi nazar istalgan hududda koʻrib chiqiladi.
24. Talabgor traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish uchun Inspeksiyaga yoki davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) kelib murojaat etganda, Inspeksiya yoki Markaz xodimi talabgor nomidan ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Talabgor Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) orqali davlat xizmatlaridan foydalanganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Mobil-ID tizimi orqali soʻrovnoma toʻldirilganda foydalanuvchining telefon raqamiga yuborilgan xabarni tasdiqlash orqali identifikatsiyalanadi.
25. Talabgor traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish uchun Markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlanganidan soʻng, real vaqt rejimida Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Talabgor YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat qilganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
26. Talabgor traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish uchun Inspeksiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
soʻrovnoma;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat:
Oldingi tahrirga qarang.
(26-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
Inspeksiya xodimi “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali talabgorning quyidagi hujjatlarini elektron shaklda oladi:
tegishli toifadagi texnikani boshqarish uchun dasturlar boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqidagi guvohnoma;
diplom va oʻquv dasturidagi fanlarni oʻqiganligi toʻgʻrisidagi diplom varaqasidan koʻchirma nusxa;
Oldingi tahrirga qarang.
tibbiy maʼlumotnomasi (083-shakl).
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-dekabrdagi 840-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son)
27. Talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — identifikatsiyalovchi ID-kartasi (pasport);
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun — ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi yoki harbiy qismlarning uy ajratish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini ilova qilgan holda harbiy qism yoki harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur boʻlgan fuqarolarning harbiy biletlari bundan mustasno);
chet el fuqarolari uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki chet el fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi yoki diplomatik pasporti yoxud Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxsning identifikatsiyalovchi ID-kartasi, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning ichki ishlar organlarining doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi haqidagi belgisi qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi.
28. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimlar ushbu Reglamentga 7-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu banddagi toʻlov stavkalarining 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan toʻlov stavkalarining 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifadagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
281. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentga 7-ilovadagi toʻlov stavkalarining 50 foizi undiriladi.
(281-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
29. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish va imtihonni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(29-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
20 foizi — Respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(29-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
20 foizi — Respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
v) Inspeksiyaga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Respublika budjetiga;
80 foizi — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
30. Quyidagi hollarda Inspeksiya tomonidan traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish rad etiladi:
davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimga toʻlovlar amalga oshirilmaganda;
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;
mazkur Reglamentning 26-bandida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar soʻrovnoma topshirilganidan soʻng 3 ish kuni ichida toʻliq taqdim etilmaganda.
31. Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
32. Talabgorga traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berishni rad etilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganda, talabgor traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish toʻgʻrisida qayta murojaat qilish huquqiga ega, bunda yigʻimlar undirilmaydi.
33. Talabgor traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish boʻyicha Markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, talabgor tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat qilinganda esa, soʻrovnoma avtomatik tarzda Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
34. Inspeksiya taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, tegishli maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshirib, talabgorga traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat beradi yoki rad etadi.
35. Talabgorga traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish 1 ish kunidan kechiktirilmasdan koʻrib chiqiladi.
36. Taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilganidan soʻng talabgor Inspeksiya xodimi tomonidan imtihon topshiruvchilar roʻyxatiga kiritiladi hamda nazariy imtihonni oʻtkazish sanasi va vaqti haqida talabgorning elektron pochta manziliga yoki uning telefon raqamiga xabarnoma yuboriladi.
37. Talabgor uzrli sabab bilan (betobligi tufayli yoki yaqin qarindoshi vafot etganda) belgilangan vaqtda imtihonga kelmay qolgan hollarda, uning yana bir bor imtihon topshirish imkoniyati saqlanib qoladi.
38. “A”, “B”, “S”, “D”, “E” va “F” toifalaridagi texnikalarni boshqarish boʻyicha oʻquv jarayoni muddati yakunida 18 yoshga toʻlgan shaxslarga imtihon topshirishga ruxsat etiladi.
39. “A”, “B”, “S” va “D” toifalaridagi texnikalarni boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun 280 soatdan kam boʻlmagan nazariy va amaliy oʻquv dasturi asosida taʼlim tashkilotini bitirgan va taʼlim tashkiloti tomonidan beriladigan (sertifikat, guvohnoma va boshqalar) hujjatga ega boʻlgan fuqarolarga imtihon topshirishga ruxsat etiladi.
“A”, “B”, “S” va “D” toifalaridagi texnikalarni boshqarish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarga:
“E” toifasi uchun — 86 soat;
“E va “F” toifalari uchun — 152 soatli oʻquv dasturi asosida taʼlim olganidan soʻng imtihon topshirishiga ruxsat etiladi.
Shuningdek:
“A”, “B”, “S”, “D” va “E” toifalari uchun — 360 soat;
“A”, “B”, “S”, “D”, “E” va “F” toifalari uchun — 440 soatdan kam boʻlmagan nazariy va amaliy oʻquv dasturi asosida taʼlim tashkiloti tomonidan beriladigan (sertifikat, guvohnoma va boshqalar) hujjatga ega boʻlgan fuqarolarga imtihon topshirishiga ruxsat etiladi.
Mashgʻulotlarni tashkil etish shaklidan qatʼi nazar, traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarida umumiy oʻquv yuklamasining hajmi haftasiga 20 soatgacha, oʻquv yuklamasining bajarilishidan kelib chiqqan holda auditoriyada oʻtkaziladigan nazariy va amaliy mashgʻulotlarning kundalik hajmi 4 soatgacha rejalashtiriladi.
Auditoriya mashgʻulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
Texnikalarni boshqarishni oʻrgatish uchun ajratilgan amaliy mashgʻulotlarning kundalik hajmi har bir instruktor uchun 8 soatdan ortiq boʻlmagan holda belgilanadi.
40. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihonlar “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimida avval nazariy, undan soʻng amaliy ketma-ketlikda oʻtkaziladi.
Nazariy imtihonda traktorchi-mashinistlikka talabgorning yoʻl harakati qoidalari, texnikalar xavfsizligi qoidalari va oʻquv dasturida nazarda tutilgan boshqa fanlar boʻyicha bilimlari, amaliy imtihonda esa texnikani boshqarish koʻnikmalari sinovdan oʻtkaziladi va baholanadi.
Imtihonlar jarayonida talabgorlarning avval nazariy bilimlari, keyin amaliy bilimlari tekshiriladi.
Nazariy imtihondan oʻtmagan shaxslar amaliy imtihonlarga qoʻyilmaydi.
41. Nazariy imtihon “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimida test shaklida oʻtkaziladi.
Nazariy imtihon 15 ta elektron test savollaridan tuzilgan, har bir savolga 3 — 5 ta javob variantlari keltirilgan va javoblardan 1 tasi toʻgʻri boʻlishi kerak.
Imtihon savollariga javob berish (toʻgʻri javob variantini tanlash) uchun traktorchi-mashinistlikka talabgorga 15 daqiqa vaqt beriladi. Imtihon xronometraji “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuritiladi, ushbu vaqt tugagach imtihon avtomatik tarzda toʻxtatiladi.
Nazariy imtihon natijalari “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan avtomatik tarzda baholanadi. Bunda traktorchi-mashinistlikka talabgor imtihon uchun ajratilgan vaqtda imtihon savollarining:
12 ta va undan koʻpiga toʻgʻri javob bersa — “topshirdi”;
12 tadan kamiga toʻgʻri javob bersa — “topshirmadi” yakuniy bahosi qoʻyiladi.
Imtihonni topshirish jarayonida traktorchi-mashinistlikka talabgorga adabiyotlar, mobil aloqa, texnik yoki boshqa axborot vositalaridan foydalanishga, imtihon oʻtkazish jarayoniga daxldor boʻlmagan shaxslarning traktorchi-mashinistlikka talabgor bilan muloqotga kirishishga ruxsat etilmaydi.
42. Nazariy imtihondan oʻtgan talabgorga amaliy imtihonni topshirishga ruxsat etiladi.
43. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho ikki oy davomida haqiqiy hisoblanadi.
Agar talabgor ushbu muddat ichida amaliy imtihonni topshiramasa (topshira olmasa), u nazariy imtihonni qayta topshirishga yuboriladi.
44. Barcha toifadagi texnikalarni boshqarish huquqini berish uchun amaliy imtihonlar Inspeksiyaning markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari boshligʻining buyrugʻiga asosan tuziladigan imtihon komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Imtihon komissiyasi tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻladi, komissiya tarkibiga Inspeksiya, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa nodavlat tashkilotlarning vakillari kiritilishi mumkin. Inspeksiya xodimi komissiya raisi hisoblanadi.
Imtihon komissiyasi aʼzolari yoʻl harakati, texnika xavfsizligi qoidalari va imtihon olish usulini bilishi, boshqarilishi tekshirilayotgan toifadagi texnikaga oid bilimlarga ega boʻlishi shart.
45. Amaliy imtihonda talabgor qaysi toifadagi texnikani boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olish xohishini bildirgan boʻlsa, uning faqat shu toifadagi texnikani boshqarishi boʻyicha malakasi tekshiriladi.
46. Yoʻl harakati, texnika xavfsizligi qoidalari va amaliy boshqarish boʻyicha talabgorning natijalari mazkur Reglamentga 8-ilovaga muvofiq toʻldiriladigan traktorchi-mashinistlarga guvohnomalarni berish boʻyicha imtihon natijalari toʻgʻrisidagi imtihon varaqasiga yoziladi hamda imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihonda ishtirok etgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi.
47. Traktorchi-mashinistlarni texnikani boshqarish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi. Texnikani boshqarish huquqidan mahrum qilingan fuqarolar, traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun, mahrum qilish muddatidan qatʼi nazar, majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari hamda nazariy va amaliy imtihon topshirishlari lozim.
48. Chet el fuqarolariga traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi ushbu Reglamentda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga respublika hududida texnikalarni boshqarish uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasining traktorchi-mashinist guvohnomasi haqiqiy hisoblanadi.
Chet elning traktorchi-mashinist guvohnomasiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari koʻrsatilgan toʻlov stavkalarida yigʻimlarni toʻlagandan keyin ularga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining traktorchi-mashinist guvohnomasi beriladi.
49. Imtihonlarni qabul qilish va “A”, “B”, “S”, “D”, “E” va “F” toifalaridagi texnikalarni boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
50. Texnikani boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tugaganidan keyin traktorchi-mashinist guvohnomasi nazariy va amaliy imtihon topshirish orqali qayta beriladi.
4-bob. Traktorchi-mashinist guvohnomasini rasmiylashtirish
51. Traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha nazariy va amaliy imtihonlardan oʻtgan talabgorlarga traktorchi-mashinist guvohnomasi beriladi.
“Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali traktorchi-mashinist guvohnomasining seriyasi va tartib raqami elektron holda shakllantiriladi va imtihon varaqasida qayd etiladi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasidagi maʼlumotlar “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yordamida tayyorlanadi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimlar ushbu Reglamentga 7-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
52. Talabgorga traktorchi-mashinist guvohnomasini berishning asosliligi va hujjatlarning toʻgʻri toʻldirilganligi Inspeksiya xodimi tomonidan tekshiriladi.
“Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimida traktorchi-mashinistlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar elektron shaklda yuritiladi.
53. Traktorchi-mashinist guvohnomasida boshqarishga ruxsat etilgan texnikalar toifasi qayd qilinadi.
54. Traktorchi-mashinist guvohnomasi fuqaro shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatgan holda traktorchi-mashinist guvohnomasini olganidan va qayd etish kitobiga shaxsan imzo qoʻyganidan soʻng beriladi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasi ishonchnoma boʻyicha berilmaydi.
Taʼlim tashkilotlarini tugatgan fuqarolarga traktorchi-mashinist guvohnomasi Inspeksiya tomonidan imtihon oʻtkazish yakunlari boʻyicha berilishi mumkin.
5-bob. Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish tartibi
55. Jismoniy shaxslarga traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish mazkur Reglamentga 5-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
56. Jismoniy shaxs traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha Inspeksiyaga yoki Markazga kelib murojaat etganda, Inspeksiya yoki Markaz xodimi jismoniy shaxs nomidan ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda toʻldiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat qilganda, soʻrovnoma avtomatik tarzda Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
(56-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy shaxs YIDXP yoki Agroportal orqali davlat xizmatlaridan foydalanganda, soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(56-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Mobil-ID tizimi orqali soʻrovnoma toʻldirganda foydalanuvchining telefon raqamiga yuborilgan xabarni tasdiqlash orqali identifikatsiyalanadi.
57. Jismoniy shaxs traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha Markazga kelib murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Markaz xodimi tomonidan toʻldirilib, jismoniy shaxs tomonidan tasdiqlanganidan soʻng real vaqt rejimida Inspeksiyaga elektron shaklda yuboriladi.
58. Jismoniy shaxs traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish uchun Inspeksiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish uchun:
soʻrovnoma;
eski namunadagi yoki shikastlangan yoxud yaroqsiz holga kelgan traktorchi-mashinist guvohnomasi;
b) traktorchi-mashinist guvohnomasi yoʻqolganda yangisini berish uchun:
soʻrovnoma;
shaxsni tasdiqlovchi hujjat.
59. Jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga 36-bandda nazarda tutilgan hujjatlar kiradi.
60. Traktorchi-mashinist guvohnomasi yoʻqolganda yangisini olish uchun murojaat etilganda Inspeksiya xodimi “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda oladi.
61. Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻimlar ushbu Reglamentga 7-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy reyestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu banddagi toʻlov stavkalarining 50 foizi miqdorida, Ijtimoiy reyestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga belgilangan toʻlov stavkalarining 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno). Bunda chegirma Ijtimoiy reyestrning:
“davlat taʼminotidagi oila” yoki “kambagʻal oila” toifasidan “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga oʻtkazilgan oilalarga, ularning ilgari belgilangan toifasiga muvofiq miqdorda;
ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan oila sifatida “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarga “kambagʻal oila” toifasidagi oila uchun belgilangan miqdorda qoʻllaniladi.
(61-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qaroriga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
611. Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun taʼlim tashkilotida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tuzilgan mehnat shartnomasi asosida taʼlim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi pedagog shaxslardan ushbu Reglamentga 7-ilovadagi toʻlov stavkalarining 50 foizi undiriladi.
(611-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 16-apreldagi 175-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)
62. Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Markazga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(62-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
20 foizi — Respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
10 foizi — Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Oldingi tahrirga qarang.
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — yagona billing tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga;
(62-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 688-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son)
20 foizi — Respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
v) Inspeksiyaga oʻzi kelib murojaat etganda:
20 foizi — Respublika budjetiga;
80 foizi — Inspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
63. Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimning amalga oshirilmaganligi xizmatlar koʻrsatishni rad etishga asos hisoblanadi.
Shuningdek, Inspeksiya tomonidan quyidagi hollarda traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha soʻrovnoma rad etiladi:
soʻrovnomada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilganda;
jismoniy shaxs tomonidan traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha hujjatlar 3 ish kuni ichida toʻliq taqdim etilmaganda.
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
64. Jismoniy shaxs traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berishga rad etish asoslarini bartaraf etib, qayta murojaat qilishga haqli. Bunday holda yigʻimlar undirilmaydi.
65. Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish toʻgʻrisidagi murojaat texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilgan hududidan qatʼi nazar, istalgan hududda koʻrib chiqilishi mumkin.
66. Inspeksiya taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berishga ruxsat beradi yoki rad etadi.
67. Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish 1 ish kunidan kechiktirilmasdan koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
68. Taqdim etilgan hujjatlar koʻrib chiqilgandan soʻng, traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berish boʻyicha jismoniy shaxsning maʼlumotlari “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga joylashtiriladi, jismoniy shaxsning telefon raqamiga, shuningdek, Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoki Agroportal orqali traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirilishi yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini berilishi haqidagi xabarnoma yuboriladi.
(68-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Jismoniy shaxs Inspeksiyaga kelib “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimida suratga tushadi va elektron imzo qoʻygandan soʻng unga “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tayyorlangan traktorchi-mashinist guvohnomasini qayd etish kitobiga imzo qoʻygan holda oladi.
69. Bir necha toifadagi texnikalarni boshqarish huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxs traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirishda oʻz xohishiga koʻra mavjud toifadan birortasini ham olishi mumkin.
70. Traktorchi-mashinist guvohnomasi almashtirilganda, yangi berilayotgan guvohnomaning “Alohida belgilar uchun” nomli katagiga eski guvohnomaning seriyasi va raqami hamda berilgan kuni yozib qoʻyiladi.
71. Yoʻqolgan (oʻgʻirlangan, yongʻin, tabiiy ofat oqibatida va boshqa holatlarda) traktorchi-mashinist guvohnomasining yangisi 58-bandning “b” kichik bandiga asosan beriladi.
72. Yoʻqolgan traktorchi-mashinist guvohnomasi topilgan taqdirda, u haqiqiy emas deb hisoblanadi va Inspeksiyaga topshiriladi hamda belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
73. Yangi namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun eski namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasi qaytarib olinadi va belgilangan toʻlov stavkasida yigʻimlar toʻlangandan keyin yangi namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasi beriladi.
74. Traktorchi-mashinistlarga yuqori klass berish boʻyicha imtihon topshirishga ruxsat berish va traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish boʻyicha yigʻimlar ushbu Reglamentga 7-ilovadagi toʻlov stavkalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuqori klass berilayotgan traktorchi-mashinistlarning traktorchi-mashinist guvohnomasi yangisiga almashtirilib, uning alohida belgilar joyiga klass qayd etiladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
75. Traktorchi-mashinist guvohnomasini berish uchun asos boʻladigan hujjatlar (soʻrovnoma, imtihon varaqasi, eski traktorchi-mashinist guvohnomasi va boshqalar) hamda oʻquv guruhlaridagi oʻquvchilarning roʻyxati alohida ish hujjatlari sifatida yigʻma jildga tikiladi va belgilangan tartibda ikki yil mobaynida saqlanadi.
76. Inspeksiyada imtihon komissiyasining bayonnomalari — 3 yil, traktorchi-mashinist guvohnomasini berish kitobi — 25 yil saqlanadi, belgilangan muddat oʻtgandan keyin hujjatlar davlat arxiviga topshiriladi.
77. Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan imtihon olish, traktorchi-mashinist guvohnomalarini berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ish yuritish hujjatlari belgilangan tartibda Inspeksiya tomonidan olib boriladi.
78. Namunaviy oʻquv dasturlari Inspeksiya hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
79. Yangi namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
80. Talabgor tomonidan taqdim qilingan hujjatlar ularni oʻrganishdan yoki imtihonga kirishdan, shuningdek, traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoxud yoʻqolgani oʻrniga yangisini berishdan avval ularning asli bilan taqqoslanishi shart.
81. Traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha arizalar 1 ish kunida koʻrib chiqiladi. Alohida qoʻshimcha maʼlumot yoki maʼlumotlarni aniqlashtirilishi lozim boʻlgan holatlarda — arizalar 10 ish kunida koʻrib chiqiladi.
82. Ushbu Reglament talablarining buzilishi, traktorchi-mashinist guvohnomasining qalbakilashtirilishi, traktorchi-mashinist guvohnomasiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan texnikalarning boshqarilishi hamda boshqarishga ruxsat etilishi belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
83. Inspeksiya, Markaz va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar manfaatdor shaxsga maʼmuriy hujjatni qabul qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan barcha holatlar yuzasidan oʻz fikrini bildirish imkoniyatini beradi.
84. Talabgorlar davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
85. Mazkur Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Traktorchi-mashinist guvohnomasining
NAMUNASI
Traktorchi-mashinist guvohnomasining
TASNIFI
Traktorchi-mashinist guvohnomasi xalqaro standartlar asosida 54 x 86 mm oʻlchamdagi plastikdan tayyorlanadi. Guvohnomaning rangi — ochiq kulrang yashil. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqami — toʻrt harfli (UZ-TM), nomeri — olti raqamli.
Traktorchi-mashinist guvohnomasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR) va qurilmalar oʻrtasida maʼlumotlarni bevosita aloqasiz amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus elektron belgi (NFC smart-karta) boʻladi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasining plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri shaklidagi gologramma, u nishablikning turlicha burchagida oʻz shaklini oʻzgartiradi;
mikromatn — “TRAKTORCNI-MASNINIST GUVONNOMASI”, “Udostovereniye traktorista-mashinista”, “Driving licence”, oʻlchami — maksimum 30 mikron;
ultrabinafsha qoplama;
“UZ” yozuvi, egilganda bir rangdan boshqa rangga tovlanadigan optik turlanadigan boʻyoq;
gilosh, doimiy ravishda qiyshayib turadigan 40 — 70 mkm qalinlikdagi toʻlqinli chiziqlarning qalin tarmogʻi shaklidagi naqsh;
traktorchi-mashinist guvohnomasi plastik shaklining seriyali raqamining lazer oʻyma naqshi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasining old tomonida “TRAKTORCNI-MASNINIST GUVONNOMASI”, “Udostovereniye traktorista-mashinista”, “Driving licence” soʻzlari yoziladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, “Oʻzbekiston” nomi davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, berilgan sanasi, amal qilish muddati, berilgan joyi, jismoniy shaxsning identifikatsiya raqami, guvohnoma raqami, yashash joyi, toifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majburiy tartibda koʻrsatiladi, fotosurat uchun joy nazarda tutilgan.
Orqa tomonida berilgan sanasi va muddati majburiy tartibda koʻrsatiladi.
1 — 12-bandlardagi maʼlumotlar qayd etiladi.
Alohida belgilar uchun joy nazarda tutilgan.
A, B, C, D, E, va F toifalarini boshqarish uchun traktorchi-mashinist guvohnomasining haqiqiyligi tegishli piktogrammalar bilan ifodalangan.
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Taʼlim tashkilotlari

(oliy taʼlim va malaka oshirish muassasalari, professional taʼlim muassasalari hamda taʼlim berish litsenziyasiga ega boʻlgan boshqa nodavlat tashkilotlar)

Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash yoʻnalishida taʼlim jarayonini tashkil qilish uchun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) ariza bilan murojaat qiladi.

Xohishiga koʻra

2-bosqich

Inspeksiya

Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasini koʻrikdan oʻtkazish uchun tekshiruv komissiyasini tuzadi hamda oʻzining buyrugʻi bilan tasdiqlaydi.

Murojaat kelib tushgandan keyin 2 ish kuni mobaynida

3-bosqich

Inspeksiya

Taʼlim tashkilotining moddiy-texnik va oʻquv-metodik bazasini ushbu Reglamentning 10-bandi talablariga asosan koʻrikdan oʻtkazadi.

Murojaat kelib tushgandan keyin 3 ish kunidan

4-bosqich

Inspeksiya

1. Taʼlim tashkilotining belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganib chiqish yakunlari boʻyicha mazkur Reglamentga 4-ilovaga muvofiq namunadagi dalolatnomani ikki nusxada tuzadi.

2. Dalolatnomada taʼlim tashkilotiga belgilangan talablarga “javob beradi” deb xulosa berilganda, ushbu taʼlim tashkiloti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi hamda traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarni hisobga oladi.

Murojaat kelib tushgandan keyin 8 ish kunida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA

__________________

(sana)

_______________

(raqam)

Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan

ARIZA

I. Talabgor — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. Tashkilot nomi

2. Yuridik manzili

3. STIR raqami

4. Telefon raqami

II. Tadbirkorlik subyektining davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma:

1. Sanasi (kun, oy, yil)

2. Roʻyxatga olingan son

Yuridik shaxs vakili:

1. F.I.O.

2. Pasport (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

3. Imzo

Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA


Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha talablarning bajarilganligini oʻrganish natijalari yuzasidan

DALOLATNOMA

20___ yil “___”____________

____________

Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotining nomi, manzili, mulk shakli:__________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________

T/r

Talablar

Talabga javob berishi

(beradi, bermaydi)

Mulk shakli

(oʻz mulki yoki ijara)

1.

Binoning holati

2.

Oʻquv xonasining oʻlchami (kamida 48 kv.m)

3.

Oʻquv xonasining isitilishi

4.

Oʻquv xonasining sovutilishi

5.

Moddiy-texnik bazasi

6.

Oʻquv anjomlari va qurollari

7.

Oʻquv rejalari

8.

Muhandis-pedagoglar, instruktorlar hamda ishlab chiqarish ustalarining maʼlumoti va bilim darajasi

9.

Amaliy mashgʻulotlar uchun texnika va boshqa sharoitlar

10.

Amaliy mashgʻulotlar uchun maydon

11.

Amaliy mashgʻulotlar uchun yoqilgʻi-moylash materiallarining holati

12.

Boshqa sharoitlar

Taʼlim tashkiloti traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash talablariga: ___________________________

(javob beradi/bermaydi)

Komissiya aʼzolari (imzosi, F.I.O., ish joyi va lavozimi):

____________

__________________________________________________________

____________

__________________________________________________________

____________

__________________________________________________________

Taʼlim muassasasi rahbari (imzosi, F.I.O., lavozimi)

Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA
Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish va imtihonni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

1. Talabgor davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) yoki davlat xizmatlari markaziga (keyingi oʻrinlarda — Markaz) oʻzi kelib, shuningdek, davlat xizmatlaridan elektron foydalanish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) roʻyxatdan oʻtadi.

1. Xohishiga koʻra

2. Inspeksiya, Markaz yoki YIDXP yoxud Agroportal tomonidan koʻrsatiladigan davlat xizmatlari uchun yigʻimni amalga oshiradi.

2. Murojaat qilganda

2-bosqich

Markaz,

YIDXP, Agroportal

Soʻrovnomani Inspeksiyaga yuboradi.

Soʻrovnoma toʻldirilgandan soʻng avtomatik tarzda

3-bosqich

Inspeksiya

1. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun soʻrovnoma va taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqib, talabgorga imtihon topshirishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

2. Talabgorga imtihon topshirishga ruxsat etilganda, uni imtihon topshiruvchilar roʻyxatiga kiritadi hamda talabgorga nazariy imtihon oʻtkazish sanasi va vaqti toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali xabarnoma yuboradi.

3. Talabgorga imtihon topshirishi rad etilganligi toʻgʻrisida Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP yoki Agroportal orqali xabarnoma yuboradi.

Soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng 1 ish kunida

4-bosqich

Inspeksiya

Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish uchun murojaat qilinganda guvohnomani almashtirishga yoxud yoʻqolgani oʻrniga yangisini olishga ruxsat berish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng 1 ish kunida

5-bosqich

Inspeksiya

Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihondan oʻtgan yoki traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirishga yoxud yoʻqolgani oʻrniga yangisini olishga ruxsat berilgan talabgorga “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga suratga tushgan holda traktorchi-mashinist guvohnomasini olib ketishi toʻgʻrisidagi xabarnomani yuboradi.

Qaror qabul qilingan kunda

(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA

__________________

(sana)

_______________

(raqam)

Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan

SOʻROVNOMA

I. Talabgor — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.

2. Pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

4. Manzili

5. Telefon raqami

II. Tamomlagan taʼlim tashkiloti (traktorchi-mashinist guvohnomasi birinchi marta olinganda):

1. Nomi

2. Sertifikat, guvohnoma va boshqalar:

a) raqami

b) berilgan sanasi (kun, oy, yil)

III. Eski traktorchi-mashinist guvohnomasi (almashtirish yoki yoʻqolgani oʻrniga yangisini olish uchun):

1. Seriyasi

2. Raqami

3. Berilgan sanasi (kun, oy, yil)

Tasdiqlayman:

Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
7-ILOVA
Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish va traktorchi-mashinist guvohnomasini berish uchun undiriladigan
TOʻLOV STAVKALARI

1.

Texnikani boshqarish boʻyicha nazariy imtihon topshirish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 27 foizi miqdorida

2.

Texnikani boshqarish boʻyicha qayta nazariy imtihon topshirish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

3.

Texnikani boshqarish boʻyicha amaliy imtihon topshirish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida

4.

Texnikani boshqarish boʻyicha qayta amaliy imtihon topshirish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida

5.

Traktorchi-mashinist guvohnomasini berish yoki eski namunadagi guvohnomani almashtirish uchun

bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida

Izoh. Yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan traktorchi-mashinist guvohnomasining oʻrniga yangisini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
yoʻqolgan traktorchi-mashinist guvohnomasining oʻrniga yangisini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida yigʻim undiriladi;
traktorchi-mashinistlarga klass berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga traktorchi-mashinist guvohnomalarini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash yoʻnalishidagi taʼlim tashkilotlarini hisobga olish hamda traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
8-ILOVA


Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalarni berish boʻyicha imtihon natijalari toʻgʻrisidagi

IMTIHON VARAQASI


Oʻzagroinspeksiya markaziy apparati, hududiy boshqarmasi yoki tuman (Quvasoy shahar) boʻlimi nomi:

Imtihon oʻtkazilgan sana (kun, oy, yil)

Raqami

I. Talabgor — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O.

2. Pasport (identifikatsiyalovchi ID-kartasi) maʼlumotlari (seriyasi, raqami)

3. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami

4. Manzili

II. Tamomlagan taʼlim tashkiloti:

1. Nomi

2. Sertifikat, guvohnoma va h.k.

a) raqami

b) berilgan sanasi (kun, oy, yil)

III. Imtihon natijalari:

1. Nazariy imtihon (oʻtdi yoki oʻtmadi)

2. Amaliy imtihon (oʻtdi yoki oʻtmadi)

Komissiya raisi:

______________

(imzo)

___________________________

(F.I.O.)

Komissiya aʼzolari:

______________

(imzo)

___________________________

(F.I.O.)

______________

(imzo)

___________________________

(F.I.O.)

______________

(imzo)

___________________________

(F.I.O.)

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-son qaroriga
7-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadigan va texnik koʻrikka jalb etiladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, taʼmirlash va servis asbob-uskunalarining
ROʻYXATI
(7-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
I. Qishloq xoʻjaligi texnikalari
1. Traktorlar
2. Traktor tirkamalari
3. Oʻziyurar mashinalar:
gʻalla oʻrish kombaynlari;
sholi oʻrish kombaynlari;
makkajoʻxori oʻrish kombaynlari;
paxta terish mashinalari;
yem-xashak oʻrish kombaynlari;
silos oʻrish kombaynlari;
oʻrmon xoʻjaligi texnikalari;
qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan oʻzi harakatlanuvchi qurilmaga (dvigatelga) ega boʻlgan boshqa mashinalar.
4. Qishloq xoʻjaligi mashinalari (traktor hamda oʻziyurar texnikalar bilan ishlatiladigan mashinalarning barchasi):
pluglar;
chizellar;
kultivatorlar;
kalta va uzun bazali tekislagichlar;
lazer boshqaruvli tekislagichlar;
tishli va diskli boronalar;
molalar
chigit ekish seyalkalari;
pnevmatik seyalkalar;
don ekish seyalkalari;
purkagichlar;
mineral oʻgʻit sepgichlar;
organik oʻgʻit sepgichlar;
tuproqqa ishlov berish uchun aktiv ishchi organli agregatlar, frezalar;
zichlab-bogʻlagich;
ariq qazgichlar;
ildiz sugʻurgichlar;
maydalagichlar
motobloklar;
motokultivatorlar;
maxsus bogʻdorchilik mashinalari;
maxsus sabzavot-polizchilik mashinalari;
maxsus chorvachilik mashinalari;
maxsus oʻrmon xoʻjaligi mashinalari;
paxta, don qabul qilish punktlari, korxonalarida mavjud boʻlgan maxsus urugʻlik saralash va boshqa mashinalar, uskunalar (maxsus texnologik jihozlardan, tola ajratgich, tegirmon kabilardan tashqari);
qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa mashinalar.
5. Oʻrmon xoʻjaligi texnikalari:
daraxt va buta qoldiqlarini maydalagich mashina va agregatlari;
daraxt kesish va yogʻoch tayyorlash texnikalari;
oʻrmon xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa texnikalar.
II. Melioratsiya texnikalari
1. Ekskavatorlar
2. Buldozerlar
3. Skreperlar
4. Ochiq suv havzasiga oʻrnatiladigan koʻchma va statsionar nasoslar (22 kVt va undan yuqori quvvatli dvigatellar bilan jihozlangan)
5. Sugʻorish mashinalari
6. Melioratsiyaga tegishli boshqa texnika va mashinalar
III. Yoʻl-qurilish texnikalari
1. Greyderlar
2. Asfalt yotqizgichlar
3. Sement-beton yoʻl yotqizgichlar
4. Yoʻlga yoʻl belgilarni chizish mashinasi
5. Oʻziyurar katoklar va agregatlar
6. Oʻziyurar betonqorgichlar va statsionar (ish hajmi 25 m3/soatdan yuqori) beton qorish agregatlari
7. Tosh maydalash agregatlari
8. Barcha turdagi yuklagich choʻmichli, greyferli, vilkalilar (pogruzchik)
9. Quvur yotqizuvchi oʻziyurar texnikalar va agregatlar
10. Tunnel qazish texnikalari
11. Burgʻulash oʻziyurar texnikalari va agregatalari
12. Kompressorlar
13. Yoʻl frezalash mashinalari
14. Yoʻl yuza qatlamini qayta tiklovchi texnikalar
15. Oʻziyurar va oʻrnatma qoziq qoqish texnikalari
16. Qor tozalash mashinalari
17. Yoʻl qurilishda foydalaniladigan boshqa texnika va mashinalar
IV. Jihoz va asbob-uskunalar
1. Texnikaning texnik servisi va ularni taʼmirlash uchun asboblar va moslamalar:
metallga ishlov beruvchi stanoklar;
koʻchma va statsionar payvandlash qurilmalari;
temirchilik presslash asbob-uskunalari;
elektr energiyasi bilan ishlovchi asboblar, gidrotizimlar, yoqilgʻi nasoslari va forsunkalar, dvigatellar, boshqaruv mexanizmlari diagnostikasi uchun qurilmalar.
2. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini servis va taʼmirlash ustaxonalarida foydalaniladigan boshqa jihozlar hamda uskunalar.
Izoh. Yuqorida qayd etilgan texnikalar idoraviy boʻysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar Inspeksiya tomonidan belgilangan tartibda nazorat qilinadi, davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va majburiy yillik texnik koʻrikka jalb etiladi;
shuningdek, ushbu roʻyxatga kiritilmagan, Transport vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi hamda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan roʻyxatga va nazoratga olinmagan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari ham roʻyxatga olinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-son qaroriga
8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi 325-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 286-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatga olish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga 4-ilovaning 75-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari koʻrsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 28-oktabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 20-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 18-yanvardagi 28-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 604-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 09/23/170/0233-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 29.12.2023-y., 09/23/688/0996-son; 12.07.2024-y., 09/24/371/0499-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 19.06.2025-y., 09/25/378/0518-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son; 06.01.2026-y., 09/26/840/0012-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)