1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.20.00 Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalari]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-sonli “Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 15-martdagi PQ-4241-son qaroriga muvofiq, shuningdek, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda agrotexnika tadbirlari holatining nazoratini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom 2-ilovaga muvofiq;
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, roʻyxatdan oʻtkazishda (qayta roʻyxatdan oʻtkazishda), texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek, traktorchi-mashinist imtihonlarini olishda undiriladigan toʻlov stavkalari 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadigan va texnik koʻrikka jalb etiladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, taʼmirlash va servis asbob-uskunalari turlarining roʻyxati 5-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda agrotexnika tadbirlari holatining nazoratini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
2019-yil 1-dekabrdan boshlab Toshkent shahrida, 2020-yil 1-martdan boshlab respublika boʻyicha — tegishli ravishda traktorchi-mashinist guvohnomasini rasmiylashtirishda — traktorchi-mashinist guvohnomasining, texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazishda (qayta roʻyxatdan oʻtkazishda) — texnik pasport va texnik guvohnomaning yangi namunalari beriladi;
2020-yil 1-mart — 2020-yil 31-dekabr davrida eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, traktorchi-mashinist guvohnomasi, ularning berilgan sanasidan qatʼi nazar, egalarining arizasiga koʻra, majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishda, oldi-sotdi, roʻyxatdan oʻtkazish va chiqarish davrida almashtiriladi;
2021-yil 1-yanvar — 2022-yil 31-dekabr davrida eski namunadagi barcha texnik pasport va texnik guvohnoma, traktorchi-mashinist guvohnomasi, ularning berilgan sanasidan qatʼi nazar, majburiy tartibda almashtiriladi;
eski namunadagi texnik pasport va texnik guvohnoma, davlat raqami belgilari, traktorchi-mashinist guvohnomasi 2023-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan toʻlov stavkalari 2019-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun zarur texnik-diagnostika vositalarini hamda plastik shakldagi hujjatlarga tegishli maʼlumotlarni kiritish uchun zarur uskunalar va elektron dastur taʼminotini xarid qilish uchun 7,0 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishini bir oy muddatda taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi M.T. Esanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 17-aprel,
325-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 325-son qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom traktorlar, traktor tirkamalari, oʻziyurar va qishloq xoʻjaligi mashinalari, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini, servis va taʼmirlash jihozlari va boshqa uskunalarni (keyingi oʻrinlarda texnika deb ataladi) majburiy texnik koʻrikdan (keyingi oʻrinlarda-texnik koʻrik deb ataladi) oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Texnikalarning texnik koʻrikdan oʻtkazilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan, texnik koʻrik boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq oʻtkaziladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari — qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan barcha turdagi traktorlar (gʻildirakli, zanjirli va yarim zanjirli), oʻziyurar mashinalar (oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari, oʻziyurar meliorativ hamda yoʻl-qurilish texnikalari), traktor tirkamalari, qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish, meliorativ va boshqa maqsadlarga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashina va texnologik uskunalari, suv nasoslari, kichik mexanizatsiya moslamalari;
oʻziyurar mashinalar — oʻzining harakatlantiruvchi qurilmasiga ega qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari;
maxsus maydoncha — texnikalarni koʻrikdan oʻtkazish, zarur holatlarda tegishli oʻlchov asbob-uskunalaridan foydalanish imkoniyatiga ega maydon;
texnik koʻrik dalolatnomalari — mavjud texnikalar soni va ular haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan shakl;
texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon blankasi — har yili texnik koʻrik natijasiga koʻra har bir texnika uchun beriladigan, maxsus himoyalangan blanka;
texnik pasport — traktor, tirkama va oʻziyurar texnikalar uchun beriladigan, texnikalarning egasi, nomi, rusumi, zavodi, dvigatel, shassi va boshqa raqamlari qayd etiladigan maxsus himoyalangan hujjat;
texnik guvohnoma — agregat, mashina, mexanizm va uskunalar uchun beriladigan, ularning egasi, nomi, rusumi va zarur raqamlari qayd etiladigan hujjat;
texnikalarni yuklashdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish — texnikalarning umumiy texnik reglament va davlat sinovi natijalarining ijobiy koʻrsatkichlariga mosligini koʻrib chiqish.
4. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazishda texnikalarning texnik holati va uskunalari “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-martdagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament” (keyingi oʻrinlarda Texnik reglament deb ataladi), standartlar, qoidalar va normalarga muvofiqligi baholanadi.
5. Yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda Markazda roʻyxatdan oʻtkazilgan texnikalar mazkur Nizomga muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak.
6. Texnikalar quyidagi davriylikka muvofiq texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak:
a) ishlab chiqarilgan yilidan, foydalanish yoki foydalanmaslik, yaroqli yoki yaroqsizligidan qatʼi nazar, barcha turdagi texnikalar, shuningdek ishlab chiqarilgan vaqti aniqlanmagan texnikalar — bir yilda bir marta;
b) tirkamalar koʻrikka shatakchi texnika uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi;
v) navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ularni Markazda roʻyxatdan oʻtkazishda (qayta roʻyxatdan oʻtkazishda);
g) notarial idoralar, tender komissiyalari hamda boshqalarga maʼlumotnoma berishdan oldin;
d) texnikalarning hisobdan chiqarilishidan oldin.
7. Texnikalarning Markaz tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.
Avvalgi texnik koʻrikda nosoz deb topilgan texnikalar qayta texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun yigʻimlar umumiy qoidalar asosida undiriladi.
2-bob. Texnik koʻrikni tashkil etish
8. Texnik koʻrikni oʻtkazish mazkur Nizomning 1-ilovasidagi jadval asosida rejalashtiriladi. Jadvalda texnik koʻrikni oʻtkazish joyi, sanasi va vaqti, koʻrikka qoʻyilayotgan texnikalar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Jadval yuridik va jismoniy shaxslarning texnikalari soni 10 ta va undan ortiq boʻlganda ularning joyida, texnika soni 10 tadan kam boʻlganda joylashgan hududdagi mashina-traktor parki, muqobil mashina-traktor parki yoki maxsus maydonchalarda yigʻish (jamlash)ni nazarda tutgan holda tuziladi.
Texnik koʻrik kunlari texnika egalarining buyurtmanomalari, ob-havo va ishlab chiqarish sharoitlari va boshqa holatlar hisobga olingan holda Markazning tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan belgilanadi.
9. Kunlik texnik koʻrikka qoʻyiladigan texnikalar soni mavjud diagnostika va nazorat-oʻlchash uskunalarining kunlik ish unumidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
10. Texnik koʻrikni oʻtkazish jadvali va uni oʻtkazish boʻyicha komissiya tarkibi har yili 15-yanvar kuniga qadar Markazning tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tayyorlanadi va Inspeksiyaning tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibi uch kishidan iborat boʻladi.
Komissiya tarkibiga tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi va tuman “Agroservis” MTP MChJ vakili hamda boshqa xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakili kiritilishi mumkin.
11. Texnikaga mulk huquqi asosida egalik qiluvchi shaxslarga (keyingi oʻrinlarda mulkdor deb ataladi) texnik koʻrik oʻtkaziladigan muddatlar toʻgʻrisida bildirishnoma yuboriladi, unga mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq texnik koʻrikka taqdim etiladigan texnikalar toʻgʻrisida dalolatnomalar ilova qilinadi. Texnik koʻrik dalolatnomalarida talab etiladigan maʼlumotlar koʻrsatilgan holda texnikalar roʻyxatiga muvofiq, mulkdor (jismoniy shaxslar uchun — mulk egasi, yuridik shaxslar uchun — tashkilot rahbari) tomonidan toʻldiriladi. Texnikalar guruhining texnik koʻrigi dalolatnomasida koʻrsatilgan texnikalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markazning roʻyxatga olish hujjatlari bilan taqqoslanadi.
12. Xizmat muddatini oʻtagan va belgilangan maydonchalarga olib kelish qiyinchilik tugʻdiradigan texnikalar ish (faoliyat) olib borilayotgan hududda yoki saqlanayotgan joyda koʻrikdan oʻtkaziladi.
13. Texnikalarning texnik koʻrigi oʻtkaziladigan joyi va vaqti Markaz tomonidan belgilanadi.
Texnikalar navbatdagi texnik koʻrikka Markaz tomonidan belgilangan joylarga tasdiqlangan muddatdan kechiktirmasdan, mulkdorlar tomonidan yetkazilishi shart.
14. Boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslarga ijaraga berilgan texnikalar ijaraga beruvchida yoxud ular vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda Markaz tomonidan ijaraga beruvchi uchun belgilangan muddatlarda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
15. Texnik koʻrik boshlanishidan kamida oʻn kun oldin mulkdor yoxud uning ishonchli vakili Markazga quyidagi hujjatlarni:
yuridik shaxslar:
yuridik shaxsning rahbari, bosh buxgalter (bosh buxgalter funksiyasini bajaruvchi shaxs) tomonidan tasdiqlangan texnik koʻrik dalolatnomasining bir nusxasini;
mukammal taʼmirlashda, xizmat safarida boʻlgan, ijaraga berilgan yoki sotishga qoʻyilgan texnikalar sonini tasdiqlovchi maʼlumotlarni;
gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan texnikalarga oʻrnatilgan gaz ballonlarining amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga mosligi haqidagi sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikati nusxasini;
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan texnikalarning gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma nusxasini;
texnikalarni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlar roʻyxati va ularning traktorchi-mashinist guvohnomalari nusxasini;
belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi;
jismoniy shaxslar:
pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat (harbiy xizmatchilar — shaxsiy guvohnoma; xorijiy fuqarolar — ichki ishlar organlarida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan milliy pasportlari yoki Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi; fuqaroligi boʻlmagan shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi)ni;
texnikani boshqarish huquqini beruvchi hujjatni;
texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnomani;
Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan texnikaning gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani;
sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan texnikalarga oʻrnatilgan gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikati nusxasini;
belgilangan yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
16. Mulkdorning kasalligi, favqulodda holatlar yoki boshqa uzrli sabab bilan texnik koʻrikdan belgilangan muddatlarda oʻtkazilmagan texnikalar tasdiqlovchi hujjat boʻlgan taqdirda, mulkdor sogʻaygandan yoki boshqa uzrli sabab va favqulodda holat bartaraf etilgandan keyin 10 kun mobaynida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
17. Markaz mulkdorga tegishli texnikalarning texnik holatini tekshirish uchun maxsus jihozlangan transport vositalari, texnikalarining texnik holatini tekshirishni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur texnologik jihozlar bilan taʼminlangan ishlab chiqarish-texnik bazaga ega boʻlishi shart.
18. Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli texnikalarning texnik holatini tekshirish uchun diagnostika stansiyalari va maxsus jihozlangan transport vositalarining ishlab chiqarish-texnik bazasi:
a) texnikalarning texnik holatini tekshirish uchun — Texnik reglament, gazda ishlovchi texnikalar — Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining talablariga muvofiq boʻlishi;
b) texnikaning tormoz tizimini tekshirish uchun tormoz tizimining texnik diagnostika, pnevmatik va pnevmogidravlik tormoz uzatmalarida siqilgan havo bosimi va germetiklikni (bosim tushishini) nazorat qilish vositalariga, tirkamalarni ulash moslamasining bosib turish qurilmasi, rul boshqaruvidagi umumiy erkin yurish (lyuftini) oʻlchash pribori, rul boshqaruvi va mexanizmi (podveskasi) detallaridagi erkin yurish (lyuftlarni) tekshirish testeri, chiroqlar yorugʻligini boshqarishni va kuchini nazorat qilish pribori, shinalarni texnik diagnostika qilish vositalari, gazanalizatori — uchqundan oʻt oldirish dvigatellariga ega texnikalarning ishlab boʻlingan gazlarida ifloslantiruvchi moddalarning mavjudligini aniqlash pribori, tutun oʻlchash pribori — siqilishdan oʻt oldirish dvigatellariga ega texnikalarning ishlab boʻlingan gazlarida tutunni aniqlash pribori, dvigatelning aylanish chastotasi va moy haroratini oʻlchash priboriga, shovqinni oʻlchash pribori, oynalarning yorugʻlik oʻtkazishini tekshirish pribori, kompressor, qinchali manometr, zarur kompyuter texnikasiga ega boʻlishi lozim.
Ayrim texnik diagnostika vositalari xavfsiz foydalanish boʻyicha talablarga muvofiq boʻlish sharti asosida universal texnik vositalar bilan almashtirilishi mumkin.
Qoʻllaniladigan barcha oʻlchov vositalari tasdiqlangan tipda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq tekshiruvdan oʻtgan boʻlishi zarur.
(18-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Ishlab chiqarish-texnik bazaning maydoni, texnik diagnostika vositalarining soni va xususiyatlari, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid talablar qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Texnikalarni tekshirishga tegishli mutaxassislikka ega boʻlgan yoki diagnostika qilish texnologiyasi, diagnostika jihozlarining tuzilishi va ishlash prinsiplari, diagnostika vositalarini qoʻllagan holda texnik holatni tekshirish metodlari, mehnatni muhofaza qilish talablari boʻyicha malakaga ega shaxslar qoʻyilishi mumkin.
21. Texnikaga oʻrnatilgan siqilgan tabiiy gaz (keyingi oʻrinlarda STG deb ataladi) va suyultirilgan neft gazi (keyingi oʻrinlarda SNG deb ataladi) tizimlarining germetikligi hamda agregatlari va uzellari ulangan joylarning ishonchliligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan texnikalarning xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan texnikaning gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomasiga asosan koʻrib chiqiladi.
22. Texnikaga oʻrnatilgan STG va SNG tizimlari Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasining gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud boʻlgan tashkilot tomonidan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan texnikaning gaz ballonlari sinovdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma, sertifikatlashtirish organi tomonidan berilgan gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan texnikalarga oʻrnatilgan gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikati asosida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
23. Texnik koʻrik texnikalar roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda zarur shart-sharoitlarga (texnik diagnostika uskunalariga, koʻtarish moslamalariga yoki qarab chiqish uchun chuqurchalarga, nazorat-oʻlchash asboblariga, asfalt yoki beton qoplangan bir tekis gorizontal maydonchaga) va malakali mutaxassislarga ega boʻlgan tashkilotlarda, texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida hamda maxsus jihozlangan transport vositasida oʻtkaziladi.
Tashkilotlarda texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi va ish holatiga keltirilishi zarur.
Texnika boshqa hududda ishlatilayotganda uning texnik koʻrigi Markaz tomonidan texnika joylashgan hududda oʻtkaziladi va dalolatnoma tuzilib, roʻyxatga olingan hududga yuboriladi hamda rasmiylashtiriladi.
3-bob. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish
24. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Mulkdor mazkur nizomning 15-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni va texnik koʻrikdan oʻtish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda tegishli texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha Markazga yozma ariza taqdim etadi.
25. Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻlik arizalar 3 ish kunidan kechiktirilmasdan koʻrib chiqiladi. Alohida hollarda, qoʻshimcha maʼlumot olish talab etilgan hollarda arizalar 10 ish kunida koʻrib chiqiladi.
26. Mulkdor texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun Markaz tomonidan belgilangan zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan jamoaviy garaj hududiga olib keladi, yoxud xizmat muddatini oʻtagan va belgilangan joylarga olib kelish qiyinchilik tugʻdiradigan texnikalar ish (faoliyat) olib borilayotgan hududda yoki saqlanayotgan joyida koʻrikdan oʻtkazishga tayyorlaydi.
27. Texnik koʻrik texnikaning holati va jihozlari texnik reglamentlar yoki standartlar talablariga, texnikaning xavfsizlik qoidalari va normalariga muvofiqligini koʻrib chiqishdan iborat boʻladi.
Gaz yonilgʻisida ishlash uchun qayta jihozlangan texnikalarni texnik koʻzdan kechirishda gaz ballonlarining foydalanish muddati, ishlab chiqarilgan yili, zavod raqami, gaz ballonlarini sinovdan oʻtkazish muddatlari, gaz balloni anjomlarining belgilangan talablarga muvofiqligi tekshiriladi.
28. Tirkamalar va yarim tirkamalarning texnik holati avtopoyezd tarkibida va qoʻshimcha ravishda alohida turgan holatda tekshiruvdan oʻtkaziladi.
29. Texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarga mazkur Nizomning 2 va 3-ilovalarda koʻrsatilgan namunada 2 nusxada (Markaz va mulkdor uchun) dalolatnoma tuziladi.
30. Dalolatnomaga asosan mazkur Nizomning 5 va 6-ilovalarga muvofiq texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talonga muhr qoʻyiladi hamda texnik koʻrikdan oʻtkazilgan sanasi, uning amal qilish muddati aks ettirilgan holda Markaz xodimining imzosi bilan tasdiqlanadi va mulkdorga taqdim etiladi.
Texnikaning texnik koʻrikdan oʻtganligi boʻyicha maʼlumot elektron bazaga kiritiladi.
31. Texnik pasport yoki texnik guvohnoma oʻrniga dublikat berilayotganda, texnika roʻyxatga olinayotganda va roʻyxatdan chiqarilayotganda texnik koʻrikdan oʻtkazilganlik fakti tekshirib koʻriladi.
Texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon yoʻqolganda (yoki yaroqsizlanganda) yuridik yoki jismoniy shaxs — mulkdorning yozma arizasiga koʻra Markazning roʻyxatdan (vaqtinchalik roʻyxatdan) oʻtkazilgan joydagi organi koʻrikdan oʻtkazilganlik faktini tekshiradi.
32. Texnik koʻrik natijalari Markazning elektron bazasida, shuningdek, Markazning hisobga olish hujjatlarida qayd etiladi.
33. Texnik holati va jihozlari texnika xavfsizligi talablarining birortasiga javob bermaydigan texnika nosoz hisoblanadi va undan foydalanish taqiqlanadi.
Bunday texnikani takroriy koʻrikdan oʻtkazish oldingi koʻrikdan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kundan kechikmay, ushbu Nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. Bu holda texnik holatni tekshirish faqat oldingi koʻrikdan oʻtkazishda texnika xavfsizligi talablariga muvofiq boʻlmagan koʻrsatkichlar boʻyicha oʻtkaziladi va umumiy qoidalar asosida yigʻim undiriladi.
Texnika oldingi koʻrikdan oʻtkazish kunidan boshlab 20 kundan ortiq boʻlgan muddatda takroriy koʻrikdan oʻtkazishga qoʻyilgan taqdirda texnik holatni tekshirish toʻliq hajmda oʻtkaziladi.
4-bob. Mavsumiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
34. Texnikalar agrotexnik tadbirlar va mavsumiy ishlardan 20 kun oldin maxsus komissiyalar tomonidan mavsumiy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
35. Maxsus komissiya tarkibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Maxsus komissiyaga davlat va jamoat tashkilotlaridan mutaxassislar jalb etiladi. Mavsumoldi texnik koʻrigiga texnikalarni yigʻish ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
36. Mavsumoldi texnik koʻrigi mavsum boshlanishidan kamida 10 kun oldin toʻliq yakunlanishi lozim.
37. Mavsumoldi texnik koʻrigida texnikalarning mavsumga tayyorligi oʻrganiladi va natijalari dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi. Mavsumiy texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarga texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon berilmaydi.
38. Mavsumoldi texnik koʻrigi majburiy hisoblanmaydi va mavsumiy texnik koʻrikdan oʻtkazilgan texnikalardan yigʻim undirilmaydi.
5-bob. Texnikalarni yuklashdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish
39. Mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilgan yoki xorijiy davlatlardan import qilingan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari isteʼmolchiga yuklashdan yoxud bojxona organlarida rasmiylashtirishdan oldin ishlab chiqaruvchi, importchi, xarid qiluvchi talabiga asosan yoki nazorat tartibida Texnik reglament talablariga mos ekanligi boʻyicha texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
40. Yuklashdan oldingi texnik koʻrik Markaz tomonidan, ishlab chiqaruvchi korxona hududida yoki bojxona omborida oʻtkaziladi va uning yakuni boʻyicha mazkur Nizomga 7-ilovasiga muvofiq dalolatnoma tuzilib, tegishli tartibda imzolanadi va mulkdorga taqdim etiladi.
Yuklashdan oldingi texnik koʻrikdan oʻtgan texnikalarga texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon berilmaydi.
41. Yuklashdan oldingi texnik koʻrik jismoniy shaxslar tomonidan xorijdan keltirilayotgan va oʻz ehtiyoji uchun foydalaniladigan texnikalar uchun qoʻllanilmaydi.
42. Yuklashdan oldingi texnik koʻrik belgilangan miqdorda toʻlovlar asosida amalga oshiriladi.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
43. Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi shtamp namunasi Markaz tomonidan tasdiqlanadi. Shtamplarni tayyorlash va taʼminlash Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
44. Texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi talon qatʼiy hisobda turadigan blanka hisoblanadi, uni tayyorlash, saqlash, sarflash va hisobga olish belgilangan tartibda Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Talon blankalarini tayyorlash xarajatlarini mablagʻ bilan taʼminlash markazlashtirilgan tartibda Markazning yigʻimlardan tushgan mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
45. Texnikalarni roʻyxatga qoʻyish, roʻyxatdan chiqarish, hisobdan chiqarish va texnik maʼlumotnoma (TM-1) shaklidagi maʼlumotnomalar berishda texnikalar Markaz tomonidan belgilangan joyda, odatdagi texnik koʻrikdan oʻtkaziladi va majburiy texnik koʻrikdagi miqdorda toʻlov undiriladi.
Texnikalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xizmatlari Inspeksiya boshligʻining buyrugʻiga asosan toʻgʻridan toʻgʻri masʼul inspektorlar tomonidan ham koʻrsatilishi mumkin.
46. Texnikalarni texnik koʻrikka uzrli sabablarsiz olib kelmagan yoki texnik koʻrikdan boʻyin tovlagan, texnik koʻrikdan oʻtmagan texnikani boshqargan, boshqarishga ruxsat bergan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Tasdiqlayman” Inspeksiyaning ______________ boʻlimi _____________________________ boshligʻi __________ _________________ 20__ yil “___”___________
_____________________ viloyati (shahri), ___________________ tumanida qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish rejasi
T/r
Texnikaning nomi
Texnika rusumi
Texnik koʻrikdan oʻtkazish muddati
Texnik koʻrikdan oʻtkazish manzili
Texnik koʻrikdan oʻtkazish sanasi
1.
_____________________________________________________ (yuridik yoki jismoniy shaxs nomi)
1.1
1.2
1.3
...
Markaz xodimi
________
_____________________
(imzo)
( F.I.O.)
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
________________ viloyati (shahri), ____________ tumanida qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini alohida (bittasini) texnik koʻrikdan oʻtkazish DALOLATNOMASI
Tuzilgan sanasi: 20 ____ yil “____” _______________
Texnik koʻrik _________________________________________________ tomonidan oʻtkazildi
(F.I.O.)
1. Texnikaning rusumi, modeli ________________________________________
6. Shassi (rama) raqami ____________
2. Turi _________________
7. Dvigatel ra�ami ______________
3. Rangi __________________
8. Kuzov raqami __________________
4. Ishlab chiqarilgan yili _____________
9. Roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasi (texnik pasporti) seriyasi, raqami __________________
5. Davlat raqam belgisi________
10. Texnika
__________________________________________________________________________________ (yuridik shaxsning toʻliq nomi, ________________________________________________________________________ga qarashli yakka tartibdagi transport vositasi egasining F.I.O.)
11. Joylashgan joyi (turar joyi)__________________________________________________
12. Quyidagi texnik nosozliklar aniqlandi: ________________________________________ __________________________________________________________________________________
16. Texnik holati toʻgʻrisida xulosa _________________________________________________
(texnik jihatdan soz, nosoz)
Markaz xodimi
_________
______________________________
M.Oʻ.
(imzo)
(F.I.O.)
Dalolatnoma nusxasini oldim va texnik koʻrikdan oʻtmagan texnikalardan foydalanish taqiqlanishi hamda nosoz texnikadan foydalanish, foydalanishga ruxsat berish MJtKning tegishli moddalari bilan maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqarishi toʻgʻrisida ogohlantirildim:
__________________________________________________________________________________ (imzo, F.I.O., yuridik shaxsning nomi, lavozimi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.) __________________________________________________________________________________
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
___________________ viloyati (shahri), ______________ tumanida qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtishga taqdim etilayotgan texnikalar toʻgʻrisidagi DALOLATNOMA
Tuzilgan sanasi: 20___ yil “____” ___________
20____ yil “___”________ dan 20___ yil “___”________gacha
Texnikalarni texnik koʻrik uchun taqdim etgan yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.:_____________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________
INN:________________
T/r
Texnika- ning nomi
Rusumi
Texnik pasporti yoki texnik guvoh- nomasi (inventar) raqami
DRB raqami va seriya- si
Texni- ka rangi
Ishlab chiqa- rilgan davlati
Ishlab chiqa- rilgan yili
Agregatlar raqami
Yonilgʻi turi (benzin, dizel yonilgʻisi, siqilgan tabiiy gazda yoki suyultirilgan gaz)
Texnika- ning texnik holati soz/nosoz
Izoh
zavod raqami
dviga- tel
shassi (rama)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
1.
2.
3.
...
Tashkilot balansida _____ ta texnika mavjud.
Tashkilot rahbari (mulk egasi): ___________________________________________ _______________________________________________________________________ (imzo, lavozimi, tashkilot nomi va rahbarining F.I.O, jismoniy shaxsning F.I.O., pasport maʼlumotlari)
Roʻyxatda koʻrsatilgan texnika vositalarini roʻyxatga olish maʼlumotlari bilan taqqoslagan Markaz xodimi ________________________________________________________________
(imzo, lavozimi, organ nomi, unvoni, F.I.O.) ___________________________________________________________________________________________
(imzo, F.I.O.)
M.Oʻ.
TEXNIK KOʻRIK NATIJALARI
Tashkilot (mulk egasi)_________________________________________________________________________hisobida ____ta qishloq xoʻjaligi, ____ ta meliorativtexnika,____ ta yoʻl-qurilish, ____ ta oʻziyurar mashinalar, ___ ta tirkama, yarim tirkamalar, jami ______ ta texnika texnik koʻrikka qoʻyilgan. ____ ta qishloq xoʻjaligi, ____ ta texnika, ____ ta yoʻl-qurilish, ____ ta oʻziyurar mashinalar, ___ ta tirkama, yarim tirkamalar, jami ____ ta texnika texnik koʻrikdan oʻtmadi.
Texnikalar tekshirilganda ____ ta qishloq xoʻjaligi, ____ ta meliorativ texnika,____ ta yoʻl-qurilish, ____ ta oʻziyurar mashinalar, ___ ta tirkama, yarim tirkamalar, jami _____ ta texnika texnik jihatdan nosoz deb topildi.
Shu jumladan: ___ ta texnikaning Texnik reglament talablariga mos boʻlmagan konstruksiyasidagi oʻzgartirish mavjudligi; ___ ta texnikaning texnika va yongʻin xavfsizligi talablariga javob bermasligi; ___ ta texnikaning dvigatel qismining nosozligi; ___ ta texnik�ning tormoz tizimining nosozligi; ___ ta texnikaning rul boshqaruvidagi nosozliklar; ___ ta texnikaning tashqi yoritish priborlaridagi nosozliklar; ___ ta texnikada foydalanish uchun yaroqsiz qismlar mavjudligi; ___ ta texnikaning ishlangan gazida zararli moddalar mavjudligi va ularning tutunliligi belgilangan normalardan ortiqchaligi aniqlandi. Hisobdagi texnikalardan ___ tasi benzin yonilgʻisi bilan, __ tasi dizel yonilgʻisi, ___tasi suyultirilgan gaz, __ tasi siqilgan gaz bilan ishlaydi. Benzinda ishlaydigan tekshirilgan ___ ta texnikadan ___tasi, dizel yonilgʻisida ishlaydigan ___tasidan ___tasi, siqilgan tabiiy gazda ishlaydigan ___tasi va suyultirilgan neft gazida ishlaydigan __dan __ tasi nosoz deb topildi. _____ta texnik holati nosoz texnikaning Texnik pasporti yoki Texnik guvohnomasi olib qoʻyilganligi, DRB yechib olinganligi toʻgʻrisidagi belgi _____________________________ _____________________________________________________________________________________ Tabiiy va suyultirilgan gazda ishlaydigan texnikalar jihozlarni oʻrnatgan tashkilot tomonidan berilgan ishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma asosida koʻrikdan oʻtkaziladi. Korxona maʼlumotnomada qayd etilgan koʻrsatkichlarga masʼuldir.
Majburiy texnik koʻrikdan oʻtmagan texnikalar qayta texnik koʻrikdan 20___ yil “___”______________ da oʻtkaziladi.
Markazning xodimi
______________________________
__________
_____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
M.Oʻ.
Dalolatnoma nusxasini oldim va texnik koʻrikdan oʻtmagan texnikalardan foydalanish taqiqlanishi hamda nosoz texnikadan foydalanish, foydalanishga ruxsat berish MJtKningtegishli moddalari bilan maʼmuriy javobgarlikni keltirib chiqarishi toʻgʻrisida ogohlantirildim:__________________________________________________________
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish
SXEMASI
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Traktor, tirkama, oʻziyurar qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon
NAMUNASI
Traktor, tirkama, oʻziyurar qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon
TAVSIFI
Texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon toʻrtburchak shaklidagi, oʻlchamlari 54 x 86 mm boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan och pushti rangli qogʻozdan tayyorlanadi. Qogʻoz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanogʻi” koʻrinishidagi umumiy “suv belgi”si mavjud.
Ofsetli yozuv, mintaqa kodi, seriyasi-toʻrt harfli, nomeri-olti raqamli.
Blanka quyidagi maxsus himoyaga ega:
kimyoviy taʼsirga bardoshli boʻyoqdan foydalaniladi, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi taʼminlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va oltita raqamli son koʻrinadi. Maxsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.
Lotin alifbosidagi davlat tilidagi matndan foydalanilgan.
Old tomonida texnikaning rusumi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgisi hamda orqa fonida texnik koʻrik oʻtkazilgan yil yashil rangda (har yili oʻzgaradi) koʻrsatiladi.
Talonning orqa tomonida oʻtkazilgan texnik koʻrik natijasi, joriy va navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtish sanasi koʻrsatiladi.
Talondagi yozuvlar Markaz xodimi tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va maxsus shtampi bilan tasdiqlanadi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari hamda uskunalarning texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon
NAMUNASI
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlar hamda uskunalarning texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon
TAVSIFI
Texnik koʻrikdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi talon toʻrtburchak shaklidagi, oʻlchamlari 54 x 86 mm boʻlgan, zichligi bir kvadrat metrga 140+/-5 grammli 100% paxtadan olingan och havo rangli qogʻozdan tayyorlanadi. Qogʻoz qatlami orasiga joylashgan, ultrabinafsha nurda koʻrinadigan koʻk va och yashil rangli tola hamda nurda yaxshi ajralib turadigan “paxta chanogʻi” koʻrinishidagi umumiy “suv belgi”si mavjud.
Ofsetli yozuv, mintaqa kodi, seriyasi — ikki harfli, nomeri — olti raqamli.
Blanka quyidagi maxsus himoyaga ega:
kimyoviy taʼsirga bardoshli boʻyoqdan foydalaniladi, yuza qismidagi kataklarda nusxa olishga va skaner qilishga qarshi ingichka chiziqlar mavjud. Bir rangdan boshqa rangga rasm chiziqlari buzilmasdan ohista jilolanishi taʼminlangan. Juda kattalashtirilganda mikromatn koʻrinadi, ultrabinafsha nurda koʻrinmaydigan tasvirlar va oltita raqamli son koʻrinadi. Maxsus qabariq va oʻyiqlar mavjud.
Lotin alifbosidagi davlat tilidagi matndan foydalanilgan.
Old tomonida texnikaning rusumi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami belgisi hamda orqa fonida texnik koʻrik oʻtkazilgan yil pushti rangda (har yili oʻzgaradi) koʻrsatiladi.
Talonning orqa tomonida oʻtkazilgan texnik koʻrik natijasi, joriy va navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtish sanasi koʻrsatiladi.
Talondagi yozuvlar Markaz xodimlari tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va maxsus shtampi bilan tasdiqlanadi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
_____________________ viloyati (shahri), ___________________ tumanida qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini yuklashdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazish DALOLATNOMASI
T/r
Texnikaning nomi
Texnika rusumi
Yuklashdan oldin texnik koʻrikdan oʻtkazilgan sana
Yuklashdan oldin texnik koʻrik oʻtkazilgan manzil
Texnik reglament talablariga mosligi (mos, mos emas)
1.
2.
3.
...
Texnik reglament talablariga mos yoki mos emasligi toʻgʻrisida maʼlumotlar: __________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________ _________________________________________________________________________________
Ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tashkilot manzili:____________________________ __________________________________________________________________________________
Ishlab chiqaruvchi yoki import qiluvchi tashkilot rahbari: ____________________________ __________________________________________________________________________________
Xarid qiluvchi tashkilot manzili: __________________________________________________ __________________________________________________________________________________
Xarid qiluvchi tashkilot rahbari: __________________________________________________ __________________________________________________________________________________
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 325-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarning (keyingi oʻrinlarda texnika deb ataladi) davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini belgilaydi.
2. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan, davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
texnikaning egasi — texnika vositasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar asosida egalik qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda mulkdor deb ataladi);
texnikalarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish — texnikani vaqtinchalik hisobga qoʻyish, roʻyxatdan oʻtkazish haqida vaqtinchalik texnik pasport yoki texnik guvohnoma va davlat raqami belgisini berish;
davlat raqami belgisi (keyingi oʻrinlarda DRB deb ataladi) — mazkur Nizomga 5-ilovada belgilangan namunada texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazishni hisobga olish uchun hududiy kodlar va davlat raqamlari belgilarining tiplariga muvofiq beriladigan maxsus raqamli belgi;
texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish — texnikani doimiy hisobga qoʻyish, texnikani roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnoma va DRBni berish;
roʻyxatga olish joyi — texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi Markazning joylashgan joyi;
texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish — tegishli huquqiy asoslar mavjud boʻlganda texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
texnikani qayta jihozlash — boshqa model va modifikatsiyalar agregat va uzellari, ehtiyot qismlar va butlovchi detallardan foydalangan holda texnikaning tarkibiy qismlari elementlari va tuzilishiga oʻzgartirishlar kiritish;
davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbirlari — qonunchilik hujjatlariga muvofiq Markaz tomonidan texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish va ularni hisobdan chiqarish, shuningdek, texnikalarni roʻyxatga olish haqida guvohnoma va DRBni berishdan iborat davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha harakatlar kompleksi;
(3-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
roʻyxatdan oʻtkazish hujjati — texnikadan foydalanishga huquq berilganligini tasdiqlovchi, yaʼni roʻyxatdan oʻtkazish haqida texnik pasport, texnik guvohnoma, shuningdek, texnikani roʻyxatdan oʻtkazish kitobi;
qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari — qishloq va oʻrmon xoʻjaligiga moʻljallangan barcha turdagi traktorlar (gʻildirakli, zanjirli va yarim zanjirli); oʻziyurar mashinalar (oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari, oʻziyurar meliorativ hamda yoʻl-qurilish texnikalari); traktor tirkamalari; qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish, meliorativ va boshqa maqsadlarga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashinalari va texnologik uskunalari, suv nasoslari, kichik mexanizatsiya moslamalari.
4. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar Markazning tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur qarorga 5-ilova bilan tasdiqlanayotgan “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadigan va majburiy texnik koʻrikka jalb etiladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, taʼmirlash va servis asbob-uskunalari turlarining roʻyxati”dagi barcha texnika va uskunalar davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
5. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda beriladigan hamda mazkur Nizomga 1-ilovadagi namunada va tasnifga mos texnik pasport hamda 2-ilovadagi namunada va tasnifga mos texnik guvohnoma Markaz tomonidan plastik shaklda tayyorlanadi.
6. Texnikalarning tuzilmasi texnik tartibga solish sohasidagi normativ huquqiy-hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 18-martdagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi texnikalari konstruksiyasining xavfsizligi toʻgʻrisidagi umumiy texnik reglament” (keyingi oʻrinlarda Texnik reglament deb ataladi), shuningdek, texnika xavfsizligini taʼminlash sohasidagi meʼyoriy hujjatlar talablariga mos kelishi lozim.
7. Texnikaga mulk huquqi asosida egalik qiluvchi shaxs (bundan buyon mulkdor deb ataladi) yoki uning vakili texnikaga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo boʻlishi, oʻtishi, cheklanishi va tugatilishi kunidan yoki texnikaning huquqiy holati oʻzgarishidan boshlab oʻn kun ichida mazkur Nizomning 19 va 20-bandlariga muvofiq Markazda texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun texnikani, uning texnik holatidan qatʼi nazar va mazkur Nizomda nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qilishi zarur. Agar murojaat qilish muddatining oxirgi kuni dam olish, bayram va boshqa ish kuni boʻlmagan kunlarga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugagan kuni hisoblanadi.
Texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazishga olib keluvchi barcha holatlarda u Markaz tomonidan belgilangan tartibda texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.
Texnik koʻrikdan oʻtkazishda texnikaning tipi, rusumi, modeli, DRB, identifikatsiyalovchi shassisi (rama), kuzovi va dvigatel raqamining roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga toʻgʻri kelishi solishtiriladi.
8. Oʻzi harakatlanuvchi qurilma (dvigatel)ga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl qurilish texnikalari boshqa shaxsga oʻtkazilishi haqida bitimlar notarius tomonidan tasdiqlanishidan oldin texnika raqam agregatlari va boshqa texnik parametrlarning roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlarga mos kelishi predmeti yuzasidan tekshirilishi uchun bitim amalga oshirilgan yoki texnika roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha Markazga taqdim etilishi zarur.
9. Roʻyxatdan oʻtkazish harakatlarini amalga oshirishda, shuningdek, notarius tomonidan bitimlarning tasdiqlanishidan oldin koʻrikdan oʻtkazishda texnikani roʻyxatdan oʻtkazish hujjatlaridagi maʼlumotlarda shubhali holatlar aniqlanganda ichki ishlar boʻlimiga belgilangan tartibda soʻrovnoma yuboriladi, texnika boshqa shaxsga oʻtkazilishiga taqiq yoki xatlovning mavjudligi yuzasidan tekshiriladi.
10. Koʻtaruvchi mexanizmlar bilan jihozlangan texnikalar (oʻziyurarkranlar)ga nisbatan roʻyxatdan oʻtkazish harakatlari, ular Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan hisobga qoʻyilgandan (hisobdan chiqarilgandan) soʻng amalga oshiriladi.
11. Davlat roʻyxatidan oʻtgan texnikalar va ularning egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda surishtiruv, dastlabki tergov va sud organlariga taqdim etilishi mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Markaz texnikalarning texnik holati, xavfsizlik talablariga javob berishini baholash boʻyicha ishlarni tashkil etish, shuningdek, ish yuritishni olib borish Markaz boshligʻi tomonidan tasdiqlangan tartibga asosan amalga oshiriladi.
2-bob. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish
13. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Mulkdor mazkur Nizomning 21-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni va texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda Markazga yozma ariza taqdim etadi.
Texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq arizalar 3 kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
14. Texnikalarni roʻyxatga olishni asosli rad etish Markazga murojaat qilingan kundan boshlab 2 kun ichida amalga oshiriladi.
15. Texnikalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda mulkdorga Markaz tomonidan DRB va texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik toʻgʻrisida texnik pasport yoki texnik guvohnoma beriladi.
Oldin berilgan texnikani roʻyxatdan oʻtkazganlik toʻgʻrisidagi hujjat va DRB, shuningdek, chet el hujjatlari va roʻyxatdan oʻtish raqamli belgilari mavjud boʻlsa Markazga topshiriladi.
16. Texnika davlat roʻyxatidan oʻtkazilganda Markazning texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga va elektron bazaga texnikaning agregat raqami va boshqa texnik parametrlari hamda mulkdor toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, uning yashash (turar) joyi kiritiladi.
Mulkdorning doimiy manzili oʻzgarganda texnika 10 kun muddatda Markazdan roʻyxatdan chiqarilib, yangi manzilda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart.
17. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Markaz tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) Markazda roʻyxatdan oʻtkazilmagan yangi texnika olinganda;
b) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga kiritilgan texnikalar, ularning tirkamalari va yarim tirkamalari erkin aylanishi uchun (import) bojxona rejimida bojxona roʻyxatidan oʻtkazilishida;
v) oldin Markazda roʻyxatdan oʻtgan texnikaning egasi oʻzgarganda;
g) texnikaning roʻyxatdan oʻtgan joyini oʻzgartirishni talab qiluvchi, mulkdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili oʻzgarganda.
18. Texnika mulkdor hisoblanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oilaviy tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Jismoniy shaxslarning texnikalari ularning doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Texnikalar 18 yoshga toʻlgan muomalaga layoqatli jismoniy shaxslarning nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi. Meros, vasiyatnoma, hadya (mukofot) yoki qonunda belgilangan tartibda ommaviy oʻyinlarda yutib olingan texnikalar voyaga yetmagan shaxslar nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi mumkin.
20. Yuridik shaxslarning texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish guvohnomasida koʻrsatilgan yuridik manzili boʻyicha amalga oshiriladi.
Yuridik maqomga ega boʻlmagan filiallar, alohida boʻlinmalar ixtiyorida boʻlgan texnikalar ularning joylashgan joyi boʻyicha roʻyxatga qoʻyilishi mumkin.
21. Texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun mulkdor yoki uning vakili Markazga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
texnika mulkdori yoki uning vakilini belgilangan namunadagi arizasi — ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq — yuridik shaxslar uchun, 5-ilovaga muvofiq — jismoniy shaxslar uchun;
mulkdor yoki uning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
texnikaning avvalgi mulkdorga berilgan texnikani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi texnik pasporti yoki texnik guvohnomasi;
texnikaga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjat;
roʻyxatga olish bilan bogʻliq yigʻimlarning toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat.
22. Mulkdor yoki uning vakili shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
a) jismoniy shaxslar uchun — jismoniy shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — fuqarolik pasporti;
16 yoshga toʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun — tugʻilganlik haqida guvohnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari uchun — ichki ishlar organlarining roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi yoki harbiy qismlarning uy ajratish toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasini ilova qilgan holda harbiy qism yoki harbiy muassasalar qoʻmondonligi tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki harbiy bilet (harbiy xizmatga majbur fuqarolarning harbiy biletlari bundan mustasno);
chet el fuqarolari uchun — Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ichki ishlar organining doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi toʻgʻrisidagi belgisi qoʻyilgan chet el fuqarosining milliy pasporti yoxud diplomatik pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat;
fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun — fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi ichki ishlar organlarining doimiy yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilgan joyi haqidagi belgisi qoʻyilgan Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi;
b) jismoniy shaxslarning vakili uchun:
notarius tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaxsning vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki jismoniy shaxs qonuniy vakili vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat;
vakil shaxsini tasdiqlovchi hujjat (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlar);
v) yuridik shaxslar uchun:
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi;
yuridik shaxsning rahbari (direktor, rais) tomonidan imzolangan va uning muhri bilan tasdiqlangan (muhri mavjud boʻlgan taqdirda) yuridik shaxs vakili vakolatlarini tasdiqlovchi ishonchnoma;
vakil shaxsini tasdiqlovchi hujjat (mazkur bandning “a” kichik bandida koʻrsatilgan hujjatlar).
23. Texnikaga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarga quyidagilar kiradi:
merosga boʻlgan huquq yoki mulkiy huquqlar toʻgʻrisida notarius tomonidan berilgan guvohnoma;
vasiyatnoma;
sudning qarori;
notarius tomonidan tasdiqlangan shartnoma (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta va boshqalar);
ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkiloti (texnikani ishlab chiqaruvchi korxona, uning vakili yoki vositachi tashkiloti) tomonidan beriladigan shartnoma va hisob-maʼlumotnoma;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boʻlinmalari tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlarining davlat ijrochilari hududiy boshqarmalarining davlat ijrochilari hamda auksion oʻtkazish vakolatiga ega boshqa tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan auksionlarda texnikalarga ega boʻlishni tasdiqlovchi auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma;
yuqori turuvchi davlat organining texnikani bir tizim ichida tekinga berish toʻgʻrisidagi qarori (buyrugʻi, farmoyishi);
yuridik shaxsning yuqori turuvchi boshqaruv organining yuridik shaxsning ustav jamgʻarmasiga texnikani kiritish toʻgʻrisida yoki shu yuridik shaxsning ishtirokchisiga (taʼsischi, aʼzo) yuridik shaxsning texnikani dividend sifatida toʻlash toʻgʻrisidagi qarori (ishtirokchilar, taʼsischilar, aʼzolar) umumiy yigʻilishining bayonnomasi yoki yagona ishtirokchining qarori);
davlat bojxona xizmati organi tomonidan berilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
shaxsning texnikani ommaviy oʻyinda (lotereyada) yutganligini tasdiqlovchi hujjat;
davlat organining texnikani mukofot (hadya) sifatida taqdim etganligi toʻgʻrisidagi qarorining nusxasi.
Mulk va boshqaruv shaklidan qatʼi nazar barcha qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining oldi-sotdi shartnomalari notarial idoralar orqali amalga oshiriladi.
24. Tugatilgan yuridik shaxslarning texnikalari yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning ustav jamgʻarmasiga oʻtganda, texnikalarni davlat roʻyxatiga olishda uning huquqiy vorisligini tasdiqlovchi hujjatga — yuridik shaxsning ustavi yoki taʼsis shartnomasi kiradi.
25. Texnika sud qarori asosida musodara qilinganda, yetkazilgan zararni qoplashga qaratilganda, boshqa shaxs yoki davlat egaligiga oʻtkazilganda davlat roʻyxatidan oʻtkazish sud qarori yoki auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma asosida amalga oshiriladi.
Texnikaning roʻyxatda turish joyini oʻzgartirishga olib keladigan mulkdorning yashash (turar) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarishi munosabati bilan texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazishda, mazkur Nizomning 23-bandi beshinchi xatboshida keltirilgan texnikaga boʻlgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish talab etilmaydi.
26. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan barcha turdagi traktorlar (gʻildirakli, zanjirli va yarim zanjirli), oʻziyurar mashinalar (oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari, oʻziyurar meliorativ hamda yoʻl-qurilish texnikalari), traktor tirkamalariga texnik pasport beriladi;
texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish, meliorativ va boshqa maqsadlarga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalarga, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashinalari va texnologik uskunalariga, kichik mexanizatsiya moslamalariga texnik guvohnoma beriladi.
27. Markazda quyidagi texnikalar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi:
faqat konlarda, shaxta va karyerlarda qoʻllaniladigan maxsus texnikalar;
Ichki ishlar organlarida roʻyxatga olingan transport vositalari;
tramvay va trolleybuslar;
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tegishli boʻlgan harbiy va boshqa texnikalar.
Quyidagi holatlarda Markaz tomonidan texnikani davlat roʻyxatiga qoʻyish rad etiladi:
a) mazkur Nizomda belgilangan tegishli hujjatlar taqdim etilmaganda;
b) texnika xizmat muddatini oʻtab boʻlgani va foydalanishga yaroqsizligi tufayli hisobdan chiqarilgan boʻlsa;
v) texnika konstruksiyasiga kiritilgan oʻzgartirishlar texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga, texnika xavfsizligini taʼminlash normalarga javob bermaydigan boʻlsa;
g) texnik reglamentga mos boʻlmagan ehtiyot qismlar va agregatlardan tayyorlangan va yigʻilgan boʻlsa;
d) texnikaga ishlab chiqaruvchi tomonidan qoʻyilgan identifikatsiya tamgʻasini yashirish, soxtalashtirish, oʻzgartirish, yoʻq qilish alomatlari yoxud taqdim etilgan hujjatlarning soxtalashtirilishi, taqdim etilgan hujjatlarda yoki roʻyxatga doir hujjatlarda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarga texnika va raqam agregatlarining nomuvofiqligi aniqlanganda;
e) texnikaning raqamlangan agregati qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlarning yoʻqolganligi (oʻgʻirlanganligi) toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
Mazkur bandning “d” va “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan holatlar aniqlanganda Markaz tomonidan tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga xabar beriladi.
Mulkdor yoki uning vakili texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazishga rad etish asoslarini bartaraf etib, qayta murojaat qilishga haqli. Bunday holda yigʻimlar undirilmaydi.
3-bob. Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishda davlat raqami belgilarini berish
28. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, oʻziyurar mashinalar hamda tirkamalarga orqa qismiga joylashtirish uchun mazkur Nizomga 6-ilovadagi namunada tayyorlangan bitta DRB beriladi.
DRB undagi raqamlarning oʻsib borish tartibiga muvofiq ravishda beriladi:
yuridik shaxslarga — I va III tipli DRB;
jismoniy shaxslarga — II va IV tipli DRB.
Ilgari foydalanishda boʻlgan DRB kirim qilinishi va belgilangan tartibda sarflanishi (berilishi) mumkin.
29. Texnika egasi berilgan DRB dan maqsadli foydalanishi shart.
30. Qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish, meliorativ va boshqa maqsadlarga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashina va texnologik uskunalari, kichik mexanizatsiya moslamalari, suv nasoslari, urugʻ saralagichlar texnik guvohnomaga mos ravishda raqamlanadi va rama yoki asosiy qismning koʻrinadigan joyiga inventar raqami shaklida yoziladi.
4-bob. Texnikalarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish
31. Texnikalarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Mulkdor mazkur Nizomning 33, 34 va 35-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni va texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda Markazga yozma ariza taqdim etadi.
Texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq arizalar 3 kundan kechiktirilmasdan koʻrib chiqiladi hamda 1 va 2-ilovalardagi namunada, qogʻozda tayyorlangan “vaqtinchalik texnik pasport” va “vaqtinchalik texnik guvohnoma” beriladi va zaruratga koʻra har yili uzaytirib uzaytiriladi.
32. Texnikalarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish Markaz tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga olib kelingan texnikalar davlat bojxona xizmati organlari tomonidan rasmiylashtirilganda;
b) texnika tajriba namunalari sinovlaridan oʻtkazilganda;
v) texnika lizing (sublizing) shartnomasiga asosan lizingga (sublizingga) berilganda;
g) texnika hujjatlarining qonuniyligiga aniqlik kiritilishi talab etiladigan holatlarda;
d) texnika mulkdorining manzili oʻzgarganda, texnikaning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish joyini oʻzgartirish talab etilganda;
e) olti oydan koʻp boʻlgan muddatga uning manzili vaqtinchalik oʻzgarganda, texnika roʻyxatda turgan hududdan chiqib ketganda;
yo) egalik huquqi belgilanmaganda.
33. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun Markazga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
bojxona yuk deklaratsiyasi;
mulkdorning shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki yuridik shaxsning guvohnomasi nusxasi;
mulkdorning ishonchli vakili vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat (ishonchnoma) va shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
texnikalarning toʻxtash (saqlash) joyi toʻgʻrisida maʼlumotlar;
vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelingan va vaqtinchalik olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish vaqtinchalik olib kirish ruxsatnomasida koʻrsatilgan muddatga amalga oshiriladi.
34. Sinovdan oʻtkazilayotgan texnikalarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mulkdor yoki uning vakilining (Nizomga 4 va 5-ilovadagi namunada) arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ishonchnoma nusxasi;
Markaz tomonidan rasmiylashtirilgan alohida texnikaning tajriba namunasini texnik koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomasi;
texnika tajriba namunasining toʻxtash (saqlash) joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Tajriba namunasi boʻlgan texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish belgilangan sinov oʻtkazish muddatiga amalga oshiriladi.
Bu haqda mazkur texnikaga texnik pasport yoki texnik guvohnoma va “TAJRIBA” tipidagi DRB beriladi.
35. Lizingga (sublizingga) berilayotgan texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun uning egasi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor yoki uning vakilining (Nizomga 4 va 5-ilovadagi namunada) arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ishonchnoma nusxasi;
texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi guvohnomasi yoki ixtisoslashtirilgan savdo korxonasi tomonidan beriladigan hisob-maʼlumotnoma;
texnikaning lizing yoki sublizing shartnomasi;
yuridik shaxslar uchun — texnikalarning toʻxtash (saqlash) joyi toʻgʻrisida maʼlumot;
roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
36. Bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga lizing yoki sublizing shartnomasi doirasida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishga berish uchun olingan texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish, tuzilgan lizing (sublizing) shartnomasi talablaridan kelib chiqib, lizing beruvchi yoki lizing oluvchi nomiga lizing (sublizing) shartnomasida koʻrsatilgan muddatga amalga oshiriladi. Agar lizing shartnomasida lizingga oluvchi nomiga texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish haqida bir xildagi qoidalari mavjud boʻlmasa, unda texnika lizingga beruvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Texnikani lizingga beruvchiga vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish lizingga beruvchining manzili (yashash joyi) boʻyicha, lizingga oluvchiga esa — lizingga oluvchining manzili (yashash joyi) boʻyicha amalga oshiriladi.
37. Lizingga (sublizingga) berilayotgan texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish shartnomada koʻrsatilgan muddatga texnikani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma berilgan holda amalga oshiriladi.
38. Lizingga (sublizingga) berilayotgan vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilgan texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatining tugashi, lizing (sublizing) shartnomasining raqami va sanasini koʻrsatgan holda “Lizing, 20___ yil “___” _______dagi “___” -son lizing (sublizing) shartnomasiga asosan vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish ____________ gacha” degan yozuv kiritiladi.
39. Lizingga oluvchiga texnika mulk huquqi asosida oʻtishini nazarda tutuvchi lizing (sublizing) shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilan texnika lizing (sublizing) shartnomasi va lizing beruvchining texnikaga boʻlgan mulk huquqining lizingga oluvchiga oʻtganligini tasdiqlovchi topshirish-qabul qilish dalolatnomasi asosida lizingga oluvchining nomiga doimiy davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Lizingga oluvchiga texnikaga boʻlgan mulk huquqining oʻtishi nazarda tutilmagan lizing (sublizing) shartnomasining amal qilish muddati tugashi bilan lizingga oluvchiga texnika faqat notarius tomonidan tasdiqlangan texnikani boshqa shaxsga oʻtkazish shartnomasi (oldi-sotdi, ayirboshlash, hadya, renta va boshqalar) asosida roʻyxatdan oʻtkazilishi mumkin.
Lizingga beruvchining yozma soʻroviga asosan texnikalar lizingga oluvchi nomiga ham rasmiylashtirilishi mumkin. Bunda texnika lizingga beruvchi nomidan taqiqqa olinadi va uning xati bilan taqiqdan chiqariladi. Texnika lizing oluvchidan olinib, boshqaga oʻtkazilganda yangidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
40. Lizingga (sublizingga) oluvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan texnikani lizingga beruvchiga qaytarib berilishini nazarda tutuvchi lizing shartnomasini bekor qilgan holda, koʻrsatilgan texnika lizing shartnomasining bekor qilinganligi haqida hujjat yoki texnikani lizingga beruvchiga qaytarilishini nazarda tutuvchi sud yoki boshqa organlar ijro hujjatining nusxasi ilova qilingan holda lizingga beruvchining arizasiga asosan lizingga beruvchi nomiga roʻyxatdan oʻtkaziladi.
41. Davlat roʻyxatidan (vaqtinchalik roʻyxatdan) oʻtkazish uchun taqdim etilgan texnikalarning hujjatlari Markazda ularning asli ekanligiga yoki ulardagi maʼlumotlarning qonuniyligiga shubha tugʻdirsa yoxud boshqa aniqlik kiritilishi lozim boʻlgan holatlar mavjud boʻlsa, lekin, shu bilan birga, mazkur Nizomning 27-bandida koʻrsatilgan texnikani davlat roʻyxatidan oʻtkazishga rad qilish uchun asoslar mavjud boʻlmasa, olti oydan oshmagan muddatga vaqtinchalik roʻyxatga olinadi.
Koʻrsatilgan texnikalarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Nizomning 21, 33 yoki 35-bandlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati davomida Markaz boshqa vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorlikda taqdim qilingan hujjatlarni tekshirish boʻyicha tegishli tadbirlarni amalga oshiradi. Shubhalar tasdiqlanganda va roʻyxatdan oʻtkazish uchun asoslar paydo boʻlganda, Markaz avvalgi egasiga texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligini tiklab berib, texnikaning roʻyxatdan oʻtganligini bekor qiladi yoxud qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralarni koʻradi. Markazning shubhalari tasdiqlanmaganda yoki texnikaning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati tugaganda, u Markaz tomonidan umumiy asoslarga koʻra roʻyxatdan oʻtkaziladi yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtgan muddati uzaytiriladi.
(41-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
42. Texnikaning vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish joyi oʻzgartirilishi talab etilayotgan mulkdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili oʻzgarganda, texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun mulkdor yoki uning vakili hududiy Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor yoki uning vakilining (Nizomga 4 va 5-ilovadagi namunada) arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ishonchnoma nusxasi;
mulkdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar (yashash joyi boʻyicha doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinganligi belgisi bilan pasport, yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va boshqalar) nusxalari;
(42-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28-sentabrdagi 593-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)
yuridik shaxslar uchun — texnikalarning toʻxtash (saqlash) joyi toʻgʻrisida maʼlumot;
vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ushbu asos boʻyicha texnikani vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish, tegishli asoslarning mavjud holatlaridan tashqari, oldingi vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddatini oʻzgartirmagan holda amalga oshiriladi.
43. Egalik huquqi belgilanmagan texnikalarni vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:
yuridik yoki jismoniy shaxsning arizasi;
texnikaning texnik maʼlumotlari (shassi, dvigatel, va boshqa raqamlari);
mahalla fuqarolar yigʻinidan 3 yildan ortiq muddatda foydalanib kelayotganligi toʻgʻrisida hamda 3 nafar qoʻshnisi imzolagan maʼlumotnoma;
ichki ishlar boʻlimidan shu raqamdagi texnika yoki qismlarni oʻgʻirlangan texnikalar roʻyxatida mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
texnikani sotib olgani yoki yigʻilganligi toʻgʻrisida taqdim etuvchining tushuntirish xati va shu texnika boshqaga tegishli boʻlgan taqdirda qaytarilishi toʻgʻrisida tilxat;
vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Uch yil davomida ushbu texnikaga daʼvogar chiqmagan taqdirda, u taqdim etgan yuridik yoki jismoniy shaxsga doimiy mulk huquqi bilan rasmiylashtiriladi.
44. Texnika saqlanayotgan va uning mulkdorining yashash joyi olti oydan koʻp boʻlgan muddatga vaqtinchalik oʻzgarganda, texnika roʻyxatdan oʻtgan hududdan tashqariga vaqtincha olib chiqib ketilganda, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mulkdor yoki uning vakilining (Nizomga 4 va 5-ilovadagi namunada) arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ishonchnoma;
mulkdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili vaqtinchalik oʻzgarganlik holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (roʻyxatga qoʻyilganligi belgisi bilan pasport, xizmat safari toʻgʻrisidagi guvohnoma va boshqalar), notarius tomonidan tasdiqlangan va texnikani vaqtinchalik foydalanishga olganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (shartnoma, ishonchnoma va h.k.);
yuridik shaxslar uchun — texnikaning toʻxtash (saqlash) joyi toʻgʻrisida maʼlumot;
vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
5-bob. Boshqa shaxslarga oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlmagan texnikalar bilan kelishuvlarni hisobga qoʻyish
45. Notarius, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda esa konsul tomonidan ham tasdiqlangan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar texnikalardan foydalanish va (yoki) tasarruf etish ishonchnomalari (yuridik shaxslar tomonidan oʻz xodimlariga berilgan texnikalardan foydalanish va (yoki) tasarruf etish ishonchnomalari bundan mustasno), ijara, tekinga foydalanish va texnikalarni garovga qoʻyish shartnomalari, texnikaning roʻyxatdan oʻtish joyi boʻyicha Markazda texnikalarni roʻyxatdan oʻtkazmasdan hisobga qoʻyiladi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
46. Mazkur Nizomning 45-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni hisobga qoʻyish uchun notarius va konsullar tomonidan ularning yozma (elektron) shakllari Markazga yuboriladi yoki texnikalarni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar roʻyxatga olish kitobiga va elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
Barcha turdagi texnikalarning koʻrsatilgan hujjatlari hisobga qoʻyish uchun Markazga:
mulkdorning yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma;
notarius tomonidan tasdiqlangan hisobga qoʻyiladigan hujjatning ikkita nusxasi (ishonchnoma bittadan ortiq ishonchli shaxsga berilgan taqdirda, Markazga ishonchli shaxslar soni boʻyicha ishonchnomalar nusxalari, shuningdek, Markazga bitta nusxasi) berilishi lozim.
47. Mazkur Nizomning 45-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni hisobga qoʻyish, hisobga qoʻyiladigan hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni texnikalarning roʻyxatdan oʻtkazish kitobiga kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi, unga hujjatning shakli ilova qilinadi.
Mazkur Nizomning 45-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni hisobga qoʻyishda Markazning roʻyxatdan oʻtkazish harakatlarini amalga oshirishda belgilangan yigʻim undiriladi.
6-bob. Texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish
48. Texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Mulkdor mazkur Nizomning 50, 51, 52, 54, 55 va 56-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni va texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda Markazga yozma ariza taqdim etadi.
Texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq arizalar 3 kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
49. Texnikalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, shuningdek, mulkdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi oʻzgarganda;
b) texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish joyini oʻzgartirishni talab qilmagan holatda mulkdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili oʻzgarganda;
v) yuridik shaxslarga tegishli texnikalarning saqlab turiladigan joyi oʻzgarganda;
g) texnikalarning rangi va (yoki) agregat raqami oʻzgarganda;
d) texnika qayta jihozlanganda;
50. Mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, shuningdek, mulkdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi oʻzgarganda texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun mulkdor yoki uning vakili Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor yoki uning vakilining (Nizomga 4 va 5-ilovadagi namunada) arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganligini (FHDY organlarining yoki xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimining maʼlumotnomasi), shuningdek, mulkdor — yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi yoki nomlanishi oʻzgarganligini (yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumot va yuridik shaxsning boshqaruv organi qarori) tasdiqlovchi hujjat;
qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda, shuningdek, mulkdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi oʻzgarganda texnikaning roʻyxatga olish kartasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi, ilgari berilgan texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma esa texnika egasi haqida yangi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda almashtiriladi.
51. Mulkdorning roʻyxatdan oʻtgan joyini oʻzgartirishni talab etmaydigan mulkdorning yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun mulkdor yoki uning vakili Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor yoki uning vakilining (Nizomga 4 va 5-ilovadagi namunada) arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
mulkdorning yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat (yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi belgi bilan pasport, yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma va boshqalar);
qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Mulkdorning roʻyxatdan oʻtgan joyini oʻzgartirishni talab etmaydigan mulkdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili oʻzgarganda texnikaning roʻyxatga olish kitobi (kartasi)ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi, ilgari berilgan texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma esa mulkdorning yangi yashash joyi yoki joylashgan manzilini koʻrsatgan holda almashtiriladi.
52. Yuridik shaxslarga tegishli texnikalarning saqlab turiladigan joyi oʻzgarganda texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun mulkdor yoki uning vakili Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor yoki uning vakilining (Nizomga 4 va 5-ilovadagi namunada) arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
texnikalarning saqlab turiladigan joyi oʻzgarganligini tasdiqlovchi hujjat;
qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Texnikalarning saqlab turiladigan joyi oʻzgarganda texnikaning roʻyxatga olish kitobi (kartasi)ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
53. Texnikaga oʻzgartirish kiritish va uni qayta jihozlash mulkdorning mazkur Nizomga 7-ilovaga muvofiq bergan arizasiga va Markaz tomonidan tegishli muassasaning xulosasi asosida beriladigan mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq berilgan ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.
54. Texnikaning rangi va (yoki) agregat raqami oʻzgarganda texnikani qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun mulkdor yoki uning vakili hududiy Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
mulkdor yoki uning vakilining (Nizomga 4 va 5-ilovadagi namunada) arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
agregatning qonuniy olinganligini tasdiqlovchi hujjat (hisob-maʼlumotnoma, notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi);
texnikani taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha maxsus korxonada agregatning almashtirilganligini yoki rangi oʻzgartirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Texnikaning rangi va (yoki) agregat raqami oʻzgarganda texnikaning roʻyxatga olish kitobi (kartasi)ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi, ilgari berilgan texnikani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma esa texnikaning yangi rangi va (yoki) agregat raqamini koʻrsatgan holda almashtiriladi.
55. Texnika qayta jihozlaganda uni qayta roʻyxatdan oʻtkazish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
mulkdor yoki uning vakilining (Nizomga 4 va 5-ilovadagi namunada) arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
raqamli agregatlar (hisob-maʼlumotnoma, notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi) va texnika qayta jihozlanganda ishlatilgan boshqa detallar olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Markaz tomonidan berilgan texnikani qayta jihozlashga ruxsati boʻlgan texnikani taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha maxsus korxonada qayta jihozlashni amalga oshirganlikni tasdiqlovchi hujjat;
gaz balloni uskunalarini texnikaga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻrnatish dalolatnomasining nusxasi va gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikatining nusxasi (gaz balloni uskunasi oʻrnatilgan holda qayta jihozlangan texnikalar uchun);
(55-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ushbu texnikada qayta jihozlashni amalga oshirish uchun Markaz tomonidan berilgan ruxsatnomaning nusxasi (tegishli guvohnomaga ega boʻlgan texnikani taʼmirlash va unga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha ixtisoslashtirilgan korxonalarda texnika qayta jihozlangan holatlar bundan mustasno);
qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Texnikani qayta jihozlashni amalga oshirganda texnikaning roʻyxatga olish kitobi (kartasi)ga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi, ilgari berilgan texnikani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma esa texnikaning yangi agregat raqami koʻrsatilgan holda almashtiriladi.
56. Texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki oʻgʻirlanganda va (yoki) DRB yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki oʻgʻirlanganda ularning dublikatini berish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
mulkdor yoki uning vakilining (Nizomga 4 va 5-ilovadagi namunada) arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma (u yaroqsiz holga kelganda);
shikastlangan DRBlar (ular shikastlanganda);
ichki ishlar organlarining texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnomaning va (yoki) DRBlar oʻgʻirlanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumoti;
dublikat hujjat olish uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Texnikani roʻyxatdan oʻtkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki oʻgʻirlanganda texnikani roʻyxatdan oʻtkazish kitobi (kartasi) maʼlumotlari asosida Markaz texnika vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnomaning dublikatini beradi.
DRBlar shikastlanganda, yoʻqolganda yoki oʻgʻirlanganda texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish maʼlumotlari asosida belgilangan miqdorda toʻlovlar amalga oshirilgach, Markaz yangi DRB berilishini taʼminlaydi.
DRBlar dublikatining yoʻqolgan yoki oʻgʻirlanganlarining oʻrniga qayta dublikat berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
DRBlar shikastlanganda Markaz buyurtmasiga asosan dublikati tayyorlanishi va qayta foydalanilishi mumkin.
Amalga oshirilgan roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (texnikaning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnomaning dublikatini, yangi DRBni yoki dublikatini berish) texnikaning roʻyxatga olish kitobi (kartasi)ga kiritiladi.
7-bob. Texnikalarni hisobdan chiqarish
57. Texnikalarni hisobdan chiqarish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Mulkdor mazkur Nizomning 59 va 61-bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarni va texnikani hisobdan chiqarish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda Markazga yozma ariza taqdim etadi.
Texnikalarni hisobdan chiqarish bilan bogʻliq arizalar 3 kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
58. Rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasiga asosan texnika Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tovar sifatida chetga chiqarilganda hamda texnika keyingi foydalanuvga yaroqsiz deb hisoblanganda Markaz hisobidan chiqariladi.
59. Rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan texnika tovar sifatida chetga chiqarilganda texnikani hisobdan chiqarish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi;
mulkdor yoki uning vakilining arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
texnikani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida guvohnoma.
Texnika uning chet davlat hududiga chiqarilganligi munosabati bilan hisobdan chiqarilganda, oldingi DRB Markaz tomonidan vaqtinchalik (bir martalik qogʻozli tranzit) yoʻl harakatida ishtirok etish uchun ruxsat etilgan texnikalar uchun DRBlarga almashtiriladi, texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnomada hisobdan chiqarishning sabablari, belgilangan manzil va hisobdan chiqarish sanasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozib qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtinchalik olib kelingan chet davlat yoki xalqaro tashkilotlar texnikani ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqarib ketilishi munosabati bilan hisobdan chiqarganda arizachilarga texnikani hisobdan chiqarganlik toʻgʻrisidagi belgi bilan texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma beriladi, shuningdek, chet davlatlarning roʻyxatdan oʻtgan texnikalarining DRBlari qaytarib beriladi, ular mavjud boʻlmaganda — vaqtinchalik (bir martalik qogʻozli tranzit) yoʻl harakatida ishtirok etish uchun ruxsat etilgan texnikalar uchun DRBlar beriladi.
60. Texnikaning roʻyxatdan oʻtkazish joyini oʻzgartirishni talab qilmaydigan holatda mulkdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili oʻzgarganda texnikani hisobdan chiqarish hududiy Markaz tomonidan texnikaning roʻyxatdan oʻtgan yangi joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan texnikalar kitobi (kartasi)ga va elektron maʼlumotlar bazasiga tegishli maʼlumotlarni kiritgan holda amalga oshiriladi.
61. Texnika keyingi foydalanuvga yaroqsiz deb hisoblanganda uni hisobdan chiqarish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
mulkdor yoki uning vakilining arizasi;
mulkdor yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat;
texnikani keyingi foydalanuvga yaroqsiz deb topish va uni hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruq (yuridik shaxslar uchun) yoki tegishli masʼullar ishtirokida tuzilgan dalolatnoma (jismoniy shaxslar uchun);
texnika joylashgan joy boʻyicha Markaz tomonidan rasmiylashtirilgan alohida texnikani texnik koʻrikdan oʻtkazganlik toʻgʻrisida dalolatnoma;
hisobdan chiqarish harakatlari uchun belgilangan yigʻimlarning toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
Keyingi foydalanuvga yaroqsiz deb hisoblangan texnika hisobdan chiqarilganda texnikaning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma va DRB olib qoʻyiladi.
62. Texnikani hisobdan chiqarish yoki asosli rad etish harakatlari murojaat etilgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida amalga oshiriladi.
63. Texnika quyidagi holatlarda hisobdan chiqarilmaydi:
mazkur Nizomning 59 va 61-bandlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
texnikaga tushirilgan identifikatsiya tamgʻasining yashirilishi, soxtalashtirilishi, oʻzgartirilishi, yoʻq qilinishi alomatlari yoxud taqdim etilgan hujjatlarning soxtalashtirilishi, taqdim etilgan hujjatlarda yoki roʻyxatga doir hujjatlarda koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarga texnika va agregat raqamlarining nomuvofiqligi aniqlanganda;
texnika, raqam agregatlarining qidiruvda ekanligi yoki taqdim etilgan hujjatlarning yoʻqolganligi (oʻgʻirlanganligi) toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud boʻlganda;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq texnikaning tasarruf etilishiga taqiq yoki uning xatlab qoʻyilishi mavjud boʻlganda;
(63-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishida ashyoviy dalil sifatida eʼtirof etilganda;
vasiylik va homiylik organining yoki belgilangan yoshga yetmagan yoxud muomalaga layoqatsiz mulkdorning qonuniy vakillarining ruxsati boʻlmaganda;
lizing beruvchining roziligi mavjud boʻlmaganda — lizingga taqdim etilgan texnikalar uchun.
Mulkdor yoki uning vakili texnikani hisobdan chiqarishning rad etish asoslarini bartaraf etgan taqdirda texnikani hisobdan chiqarish toʻgʻrisida ariza bilan qaytadan murojaat qilishga haqli.
64. Texnika hisobdan chiqarilganda uning roʻyxatga olish kitobiga hisobdan chiqarishning sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan texnikaning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma va (yoki) texnikaning DRBi yoʻqolganda, ularning Markazda mavjudligi tekshirilgandan soʻng, texnikani roʻyxatga olish kitobi (kartasi)ga texnikaning roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi texnik pasport yoki texnik guvohnoma va (yoki) texnikaning DRBsi yoʻqolganligi toʻgʻrisida tegishli yozuv kiritiladi.
Zarur holatlarda, texnikaning egasiga belgilangan tartibda texnikaning agregat raqamlari hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotnoma beriladi.
8-bob. Egalik huquqi va hujjatlari mavjud boʻlmagan texnikalarni rasmiylashtirish va roʻyxatga qoʻyish
65. Egalik huquqi va hujjatlari mavjud boʻlmagan texnikalarni rasmiylashtirish va roʻyxatga qoʻyish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Egalik huquqi va hujjatlari mavjud boʻlmagan texnikani rasmiylashtirish va roʻyxatga qoʻyish uchun murojaat qilgan yuridik yoki jismoniy shaxs mazkur Nizomning 69 va 70-bandlari talabi boʻyicha koʻrib chiqish uchun tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda Markazga yozma ariza taqdim etadi.
Egalik huquqi va hujjatlari mavjud boʻlmagan texnikani rasmiylashtirish va roʻyxatga qoʻyish bilan bogʻliq arizalar 10 kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
66. Egalik huquqi boʻlmagan, qayta tiklangan yoki mavjud imkoniyatlar bilan tayyorlangan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari va oʻziyurar mashinalarga egalik huquqini berish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish Inspeksiyaning tuman (shahar) boʻlimlari tuzadigan komissiya tomonidan koʻrib chiqiladi.
67. Komissiya faoliyatiga Inspeksiya xodimi rahbarlik qiladi.
68. Komissiya tarkibiga tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi va boshqa davlat xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy vakillari kiritiladi.
69. Komissiya egalik huquqi va hujjatlari boʻlmagan texnikalarning texnik reglament va texnika xavfsizlik talablariga mosligini, texnikadan foydalanib kelinayotgan muddatni, texnikaning qidiruvda yoki qidiruvda emasligini koʻrib chiqadi.
70. Komissiya tomonidan, kamida uch yildan ortiq muddatda foydalanib kelinayotgani, oʻgʻirlanmagani, texnik talablarga javob berishi boʻyicha dalolatnoma tuziladi va tegishli tashkilot (mahalliy hokimliklar, sudlar)ga egalik huquqini belgilash uchun taqdim etiladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar egalik huquqini belgilash uchun toʻgʻridan toʻgʻri tegishli tashkilotlarga murojaat qilishi mumkin.
71. Egalik huquqi belgilangan texnikalar ushbu Nizomda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Egalik huquqi belgilanmagan texnikalar vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkaziladi va 3 yil davomida texnik koʻrik davrida vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish muddati uzaytirib boriladi va 3 yil oʻtgach doimiy roʻyxatga olinadi.
9-bob. Texnikani roʻyxatdan chiqarish
72. Texnikalarni davlat roʻyxatidan chiqarish Markaz tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) oldin Markazda roʻyxatdan oʻtgan texnikaning egasi oʻzgarganda;
b) texnikaning roʻyxatdan oʻtgan joyini oʻzgartirishni talab qiluvchi, mulkdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili oʻzgarganda;
v) texnikalar hisobdan chiqarilgandan soʻng.
73. Texnikalarni roʻyxatdan chiqarish mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Mulkdor mazkur Nizomning 74-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni va texnikani roʻyxatdan chiqarish uchun belgilangan yigʻim summasi toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatni ilova qilgan holda Markazga yozma ariza taqdim etadi.
Texnikalarni hisobdan chiqarish bilan bogʻliq arizalar 3 kundan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.
74. Mulkdor tomonidan texnikalarni roʻyxatdan chiqarish uchun Markazga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
mulkdor yoki uning vakilining mazkur Nizomga 9-ilovada belgilangan namunadagi arizasi;
mulkdorning yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
texnikaning sotilganligi, meros sifatida berilganligi kabi holatlarda notarius tomonidan tasdiqlangan hujjat nusxasi;
texnik pasport yoki texnik guvohnoma;
davlat raqami belgisi;
taqiqqa olingan boʻlsa, taqiqqa oldirgan idoraning taqiqdan chiqarish toʻgʻrisidagi xati;
75. Markazda taqiqqa qoʻyilmaganligi tekshirilgandan soʻng kitobga belgilangan tartibda roʻyxatdan chiqarilganligi qayd etiladi, elektron maʼlumotlar bazasiga roʻyxatdan chiqarish raqami va sanasi qoʻyiladi.
76. Texnika roʻyxatdan chiqarilganda DRB Markazga topshiriladi.
77. Yangi xarid qilingan, roʻyxatdan chiqarilgan texnikalar 10 ish kuni davomida roʻyxatga qoʻyilishi shart. Roʻyxatga qoʻyishning muddatini buzgan yuridik va jismoniy shaxslardan qonunchilikda belgilangan tartibda jarima undiriladi.
10-bob. Texnikani taqiqqa olish va taqiqdan chiqarish
78. Markazga taqiqqa qoʻydirish notarial idoralar, Majburiy ijro byurosi va sud idoralari hamda qonunda belgilangan boshqa tashkilotlarning soʻrovi asosida amalga oshiriladi.
79. Mazkur Nizomga 10-ilovada belgilangan TM-1 shaklidagi maʼlumotnoma asosida texnikalar oldi-sotdi qilinganda, sovgʻa qilinganda, meros qilib qoldirilganda yoki boshqa holatlarda shartnoma tuzilishida notarial idoralar, savdo birjalari va boshqalar tomonidan talab qilinishi shart.
80. Texnikalarni taqiqqa qoʻyish taqiqlar kitobiga hamda elektron maʼlumotlar bazasida qayd qilinadi, taqiqqa qoʻydirgan tashkilot nomi va taqiqqa qoʻyilgan sana yozib qoʻyiladi.
81. Markazda taqiqdan chiqarish taqiqqa qoʻydirgan muassasaning xati yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi. Taqiqdan chiqarilgan texnikalar taqiqlar kitobiga hamda elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi va taqiqdan chiqarilgan sanasi yozib qoʻyiladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
82. Markazda roʻyxatga olish harakatlarini amalga oshirish uchun asos boʻladigan hujjatlar besh yil, texnikalarni va DRBni berishni roʻyxatga olish kitobi Markazda yigirma besh yil saqlanadi va ushbu muddat oʻtgandan keyin belgilangan tartibda davlat arxiviga topshiriladi.
83. Markazga hujjatlar nusxalari qabul qilinayotganda, ular asli bilan taqqoslanishi shart.
84. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning vakilligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan taqdirda tijorat bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar texnikalarni belgilangan tartibda oʻz nomlariga roʻyxatdan oʻtkazishlari shart.
85. Boshqaruv va mulk shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining oldi-sotdi shartnomalari faqat notarial idoralar tomonidan rasmiylashtirilishi shart.
Ishlab chiqaruvchi, diller, lizing, birja va maxsus auksion savdo tashkilotlarining shartnomalari bundan mustasno.
86. Texnikalarning oldi-sotdi shartnomalari va boshqa mulk egasining oʻzgarishiga olib keluvchi shartnomalar Markazda maxsus kitoblarda roʻyxatdan oʻtkazilib, qayd etiladi va shartnomaga maxsus shtamp qoʻyiladi.
87. Texnikani davlat roʻyxatidan (vaqtinchalik yoki qayta roʻyxatdan) oʻtkazish, davlat roʻyxatidan va hisobdan chiqarishda qoʻshimcha maʼlumot olish talab etilganda taqdirda, ushbu masalalar boʻyicha kelib tushgan arizalar 10 kunda koʻrib chiqiladi.
88. Mulkdor roʻyxatdan oʻtkazuvchi tashkilot qarorlari yuzasidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Texnikalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xizmatlari Inspeksiya boshligʻining buyrugʻiga asosan toʻgʻridan toʻgʻri masʼul inspektorlar tomonidan ham koʻrsatilishi mumkin.
89. Mazkur Nizom talablarining buzilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarga beriladigan texnik pasportning
NAMUNASI
Texnik pasportning
TASNIFI
Texnika roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK PASPORT” xalqaro standartlar tavsiyalari asosida 54x86 mm oʻlchamda plastikdan tayyorlanadi. Texnika roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK PASPORT”ning rangi — ochiq sariq pushti. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqam — toʻrt harfli (UZ-TP), nomeri — oltita raqamli.
Texnika roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK PASPORT”da jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va qurilmalar oʻrtasida bevosita aloqasiz axborot ayirboshlash imkonini beruvchi elektron belgi (NFC Smart-kart) boʻladi.
Texnika roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK PASPORT”ning plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
Texnik pasportning old tomonida “TEXNIK PASPORT”, “Texnicheskiy pasport”, “Vehicle license” soʻzlari yozilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan. Texnikaning davlat raqami belgisi, markasi, modeli, rangi, egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotning nomi, manzili), texnik pasport berilgan sana, Inspeksiyaning tegishli boʻlimi (“Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasining tegishli boʻlimi), jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Texnika roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK PASPORT”ning orqa tomonida texnika toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ishlab chiqarilgan yil, turi, kuzov/shassi raqami, toʻla vazni, yuksiz vazni, dvigatelining toifasi va quvvati, yonilgʻi turi, alohida belgilar majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, yoʻl-qurilish, meliorativ va boshqa maqsadlarga moʻljallangan tuproqqa va ekinlarga ishlov beruvchi, yuk ortuvchi, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar, chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashina va texnologik uskunalari, kichik mexanizatsiya moslamalariga beriladigan texnik guvohnomaning
NAMUNASI
Texnik guvohnomaning
TASNIFI
Texnika roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA” xalqaro standartlar tavsiyalari asosida 54x86 mm oʻlchamda plastikdan tayyorlanadi. Texnika roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA”ning rangi — kulrang pushti. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqam ― toʻrt harfli (UZ-TG), nomeri ― oltita raqamli.
Texnika roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA”da jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) va qurilmalar oʻrtasida bevosita aloqasiz axborot ayirboshlash imkonini beruvchi elektron belgi (NFC Smart-kart) boʻladi.
Texnika roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA”ning plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
Texnik pasportning old tomonida “TEXNIK GUVONNOMA”, “Texnicheskoye svidetelstvo”, “Vehicle license” soʻzlari yozilgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, “Oʻzbekiston Respublikasi” soʻzlari davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan. Texnikaning nomi, markasi, modeli, rangi, egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi yoki tashkilotning nomi, manzili), roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA” berilgan sana, Inspeksiyaning tegishli boʻlimi (“Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasining tegishli boʻlimi), jismoniy shaxs uchun — shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR), yuridik shaxs uchun — soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Texnika roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi “TEXNIK GUVONNOMA”ning orqa tomonida texnika toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; ishlab chiqarilgan yil, turi, agregat raqami, toʻla vazni, yuksiz vazni, vazifasi, alohida belgilar majburiy tartibda koʻrsatiladi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish
SXEMASI
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Markazning ___________________________ ga ____________________________________dan (yuridik shaxsning nomi)
(roʻyxatdan, qayta yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish)
_____________________________________soʻraymiz.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Texnika olinganligi haqidagi notarial hujjat yoki shartnoma nusxasi.
20___ y. “___”__________ ______-son, ____________________________ dan berilgan.
(qaysi notarial idora tomonidan berilgan)
2. Texnika ishlab chiqarilgan korxona tomonidan berilgan texnik hujjat, texnik pasport yoki guvohnoma.
Olingan texnika haqida maʼlumotlar
1.
Turi, nomi
5.
Rusumi
2.
Ishlab chiqarilgan yili
6.
Ishlab chiqaruvchisi
3.
Texnik pasport raqami
7.
Korxona (zavod) raqami
4.
Dvigatel raqami
8.
Shassi raqami
Rahbar
_________
________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Bosh hisobchi
________
____________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Tel. raqami: ________________
20___ yil “____”_______________
Texnik pasport raqami _____________
Davlat raqami _______________
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Markazning ___________________________ ga ____________________________________dan (fuqaroning F.I.O.)
A R I Z A
Fuqaro, ____________________________________ “___”___________ 20___ yilda tugʻilgan, doimiy yashash manzili _______________________________________________________________ __________________________________________________________________________________ fuqarolik pasporti seriyasi va raqami ___________________, ______________________ IIB tomonidan 20___ yil “___” ___________ da berilgan.
Menga tegishli ______________________________________________________________________
(roʻyxatdan, qayta yoki vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish)
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
1. Texnika olinganligi haqidagi notarial hujjat.
20___ y. “___”__________ ______-son, ____________________________ dan berilgan.
(qaysi notarial idora tomonidan berilgan)
2. Texnika ishlab chiqarilgan korxona tomonidan berilgan texnik hujjat, texnik pasport yoki guvohnoma.
Olingan texnika haqida maʼlumotlar
1.
Turi, nomi
5.
Rusumi
2.
Ishlab chiqarilgan yili
6.
Ishlab chiqaruvchisi
3.
Texnik pasport raqami
7.
Korxona (zavod) raqami
4.
Dvigatel raqami
8.
Shassi raqami
Fuqaro
_________
________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Tel. raqami: ________________
20___ yil “____”_______________
Texnik pasport raqami _____________
Davlat raqami _______________
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurarmashinalarning davlat raqami belgilari
NAMUNALARI
I tip — yuridik shaxslarning traktorlari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnikasi, oʻziyurar mashinalarga beriladigan davlat raqami belgilari kabinaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap qismida roʻyxatga olish sonlari bilan baravar qilib traktorning shartli rasmi, quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
II tip — jismoniy shaxslarning traktorlari, yoʻl-qurilish va meliorativ texnikasi, oʻziyurar mashinalarga beriladigan davlat raqami belgilari kabinaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni sariq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap qismida roʻyxatga olish sonlari bilan baravar qilib traktorning shartli rasmi, quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
III tip — yuridik shaxslarning traktor tirkamalariga beriladigan davlat raqami belgilari tirkamaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
IV tip — jismoniy shaxslarning traktor tirkamalariga beriladigan davlat raqami belgilari tirkamaning orqa qismiga mahkamlanadi.
Davlat raqami belgisining foni sariq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Quyida chap tomonda farqlovchi harflar guruhlari va oʻng tomonda hududning kodi*, Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻi va UZ harflari tasvirlangan.
* Traktorlar, yoʻl-qurilish va meliorativ texnika, oʻziyurar mashinalar, traktor tirkamalariga beriladigan roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining hududiy kodlari, shuningdek, roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarida qoʻllanadigan raqamlar va lotin alifbosi harflarining namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari uchun roʻyxatdan oʻtkazish davlat raqami belgilarining yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 27-iyundagi 131-son qaroriga 1 va 3-ilovalarga muvofiq belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Markazning ___________________________ ga ____________________________________dan (yuridik yoki jismoniy shaxsning nomi)
Texnikaga kiritilayotgan oʻzgartirish va uni qayta jihozlashdan keyingi maʼlumotlar
1.
Turi, nomi
5.
Rusumi
2.
Ishlab chiqarilgan yili
6.
Ishlab chiqaruvchisi
3.
Texnik pasport raqami
7.
Korxona (zavod) raqami
4.
Dvigatel aqami
8.
Shassi raqami
9. Texnikaga kiritilgan oʻzgartirish va uni qayta jihozlashning umumiy texnik reglament talablariga javob berishi: _____________________________________________________________________
(javob beradi/javob bermaydi)
10. Texnikada oʻzgartirilgan raqamli agregat olinganligi toʻgʻrisida hujjat: __________________________________________________________________________________
11. Qoʻshimcha maʼlumotlar:____________________________________________________________ __________________________________________________________________________________
1. Texnika olinganligi haqidagi notarial hujjat yoki shartnoma nusxasi.
20___ y. “___”__________ ______-son, ____________________________ dan berilgan.
(qaysi notarial idora tomonidan berilgan)
2. Texnika ishlab chiqarilgan korxona tomonidan berilgan texnik hujjat, texnik pasport yoki guvohnoma.
Olingan texnika haqida maʼlumotlar
1.
Turi, nomi
5.
Rusumi
2.
Ishlab chiqarilgan yili
6.
Ishlab chiqaruvchisi
3.
Texnik pasport raqami
7.
Korxona (zavod) raqami
4.
Dvigatel raqami
8.
Shassi raqami
Mulk egasi
_________
________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Bosh hisobchi
________
____________________________
(yuridik shaxslar uchun)
(imzo)
(F.I.O.)
Tel. raqami: ________________
20___ yil “____”_______________
Texnik pasport raqami _____________
Davlat raqami _______________
Davlat raqami belgisi olindi __________
_________________________
M.Oʻ.
(imzo)
(masʼul xodim F.I.O.)
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
(TM-1 ShAKL) Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikasi hamda oʻziyurar mashinalar toʻgʻrisida M A ʼ L U M O T N O M A №_______
Texnikaning taqiqlari toʻgʻrisida maʼlumot______________________________________________
9. Qoʻshimcha maʼlumotlar:_____________________________________________________________ __________________________________________________________________________________
Maʼlumotnoma berilgan sana: 20___ yil “___”_________
Izoh: Ushbu maʼlumotnoma texnikalarning oldi-sotdisi boʻlganda, sovgʻa qilinganda, meros qilib qoldirilganda yoki boshqa hollarda shartnoma tuzilishida notarial idoralar, savdo birjalari va boshqalar tomonidan talab qilinishi lozim. Ushbu maʼlumotnoma bilan birga texnik pasport taqdim etilishi shart. Maʼlumotnomaning amal qilish muddati 10 kun. Maʼlumotnoma texnikaning narxini belgilashga va ajratiladigan kredit summasiga, lizingga berishga asos boʻla olmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 325-son qaroriga 3-ILOVA
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish, imtihonlar olish, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini (keyingi oʻrinlarda texnika deb ataladi) boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibini belgilaydi
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash taʼlim muassasalariga oliy taʼlim va malaka oshirish muassasalari, kasb-hunar kollejlari hamda yoʻnalish boʻyicha taʼlim berish litsenziyasiga ega boʻlgan boshqa davlat, nodavlat yuridik shaxslar kiradi.
2. Mazkur Nizom boʻyicha traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga ruxsat berish, imtihonlar olish, qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini (keyingi oʻrinlarda texnika deb ataladi) boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berishni nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb ataladi) tomonidan, bu borada koʻrsatiladigan xizmatlar Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq plastik shakldagi traktorchi-mashinist guvohnomasi uning namunasi va tasnifiga muvofiq ravishda Markaz tomonidan tayyorlanadi.
3. Barcha qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalar, ularning turi, vazifasi va boshqarish xususiyatlariga koʻra “A”, “B”, “S”, “D”, “E” va “F” toifalariga boʻlinadi. Ularni boshqarish uchun berilgan traktorchi-mashinist guvohnomasining tegishli katagida ruxsat beruvchi belgi qoʻyiladi.
4. Traktorchi-mashinist guvohnomasining “A”, “B”, “S”, “D”, “E” va “F” katagida ruxsat beruvchi belgisi boʻlgan shaxslar quyidagi transport vositalarini boshqarish huquqiga ega:
“A” toifa — 30 ot kuchigacha boʻlgan gʻildirakli traktorlar;
“B” toifa — 30 ot kuchi va undan yuqori ot kuchiga ega boʻlgan gʻildirakli traktorlar;
“C” toifa — zanjirli traktorlar;
“D” toifa — mexanik transmissiyali oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari;
“E” toifa — gidrostatik transmissiyali oʻziyurar qishloq xoʻjaligi mashinalari;
“F” toifa –oʻziyurar melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari.
Traktorchi-mashinist guvohnomasi malakasiga koʻra uch klassga boʻlinadi va traktorchi-mashinistlarga:
III, II va I klass beriladi.
Klasslar traktorchi-mashinist guvohnomasining alohida belgilar uchun ajratilgan qismiga yoziladi.
2-bob. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalariga qoʻyiladigan talablar va ushbu muassasalarni hisobga olish
5. Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taʼlim muassasalarini hisobga olish mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
6. Davlat yoki nodavlat taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda taʼlim muassasasi deb ataladi) traktorchi-mashinistlarni tayyorlash yoki qayta tayyorlash boʻyicha oʻz faoliyatini boshlagunga qadar Inspeksiyaga belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Inspeksiyaning tuman (shahar) boʻlimlarining buyrugʻiga asosan tuzilgan tekshiruv komissiya tomonidan traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasasining moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasi koʻrikdan oʻtkaziladi.
7. Taʼlim muassasasining ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqilishi yakunlari boʻyicha Nizomga 3-ilovaga muvofiq namunada ikki nusxada dalolatnoma tuziladi va Inspeksiyaning tuman (shahar) boʻlimi tomonidan tasdiqlanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi Inspeksiyada, ikkinchi nusxasi taʼlim muassasasida saqlanadi.
8. Komissiya tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma boʻyicha Inspeksiyaning tuman (shahar) boʻlimi taʼlim muassasasiga xulosa beradi.
Inspeksiyaning tuman (shahar) boʻlimi tomonidan davlat yoki nodavlat taʼlim muassasasiga berilgan xulosaning birinchi nusxasi hisobga qoʻyish uchun Inspeksiyada saqlanadi, ikkinchi nusxasi esa taʼlim muassasasiga beriladi.
Taʼlim muassasalarini Inspeksiyada hisobga qoʻyish taʼlim muassasasining nomi, manzili, bank rekvizitlari, ustavni tasdiqlash (roʻyxatdan oʻtkazish) toʻgʻrisidagi guvohnoma raqami, tayyorlanadigan traktorchi-mashinistlarning toifalari koʻrsatilgan holda alohida jurnalda yuritiladi.
9. Taʼlim muassasalari oʻquv guruhlarining soni, nazariy va amaliy mashgʻulotlarning boshlanishi va oʻqish muddati toʻgʻrisidagi qarorlarini Inspeksiya bilan kelishadi.
10. Oʻquv guruhlaridagi oʻquvchilar roʻyxati mashgʻulotlar boshlanishidan avval Markazga taqdim etiladi. Roʻyxat Markaz tomonidan oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish kitobida qayd etiladi.
11. Inspeksiya tuman (shahar) boʻlimi buyrugʻiga asosan tuziladigan tekshiruv komissiyasi Inspeksiya organi, Markaz, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
Komissiya oʻrganish davomida oʻquv muassasasining quyidagi talablarga javob berishini koʻrib chiqadi:
kamida 48 kv.m. maydonga ega boʻlgan oʻquv xonalarining mavjudligi, nomzodlar uchun zarur sharoitlar yaratilganligi, belgilangan talablarga muvofiq moddiy-texnika jihozlari bilan taʼminlanganligi;
taʼlim muassasasining ish rejasiga kiritilgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarni boshqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni toʻliq oʻtkazish uchun yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlanganligi;
muhandis-pedagoglar, instruktorlar hamda ishlab chiqarish ustalarining maʼlumoti va bilim darajasi;
traktorchi-mashinistlikka nomzodlarga amaliy boshqarishni oʻrgatish uchun belgilangan talablarga muvofiq jihozlangan maydoncha, dala maydonchasi, texnika yoki undan foydalanish toʻgʻrisida shartnomaning mavjudligi.
Taʼlim muassasasiga unga mulk yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan oʻquv xonalaridan, ulardagi jihozlar va mashq texnikalaridan oʻquv mashgʻulotlari jarayonida foydalaniladi.
12. Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash guruhlarida nomzodlar soni 25 kishidan oshishi mumkin emas.
13. Inspeksiyada belgilangan tartibda hisobga olingan taʼlim muassasalarining oʻquv moddiy-texnika bazasi va faoliyati har yili kamida bir marta, oʻquv guruhlarining oʻquv jarayoni esa — har oyda kamida bir marta tekshiriladi. Tekshiruv natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzilib, ish faoliyatida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etmayotgan taʼlim muassasalariga nisbatan qonunchilikda belgilangan taʼsir choralari qoʻllanilishi orqali munosabat bildiriladi.
14. Agar kamchilliklar mavjud taʼlim muassasasi taʼsir choralarida koʻrsatilgan muddat mobaynida kamchiliklarni bartaraf etmasa, yangi oʻquv guruhlarini Inspeksiyada roʻyxatdan oʻtkazish toʻxtatiladi va mazkur yoʻnalish boʻyicha oʻqitishni toʻxtatish yoki litsenziyasini bekor qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdimnoma kiritiladi.
15. Yangi oʻquv guruhlarini roʻyxatdan oʻtkazish koʻrsatmadagi kamchiliklar taʼlim muassasasi tomonidan bartaraf etilganidan soʻng uning faoliyatini qayta yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi.
16. Inspeksiyada traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalari boʻyicha nazorat-kuzatuv yigʻmajildi yuritiladi. Unda taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, oʻquv texnikalarining roʻyxati, amaliy mashgʻulot oʻtkaziladigan yoʻnalishli xarita nusxasi, oʻquv guruhlarini tekshirish haqidagi maʼlumotlar, tekshirish dalolatnomalari, yil davomida amalga oshirilgan ishlarning tahlili va boshqa maʼlumotlar jamlanadi.
3-bob. Markazda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun imtihon topshirishga ruxsat berish
17. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshirishga ruxsat berish mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
18. Taʼlim muassasalarida taʼlim olgan shaxslar “A”, “B”, “S”, “D”, “E” va “F” toifalaridagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnomani olish uchun taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan doimiy yoki vaqtinchalik yashash joylaridagi Markazga murojaat qiladi.
19. III klassdagi texnikalarni boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun 280 soatdan kam boʻlmagan nazariy va amaliy oʻquv dasturi asosida taʼlim muassasalarini bitirgan, taʼlim muassasalari tomonidan berilgan (sertifikat, guvohnoma va h.k.) hujjatga ega boʻlgan;
II yoki I klassdagi texnikalarni boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi olish uchun uch yil ish stajiga ega boʻlgan yoki texnika yoʻnalishi boʻyicha taʼlim muassasalarida 86 soatli malaka oshirish oʻquv dasturi asosida qayta oʻqigan fuqarolarga imtihonlar topshirishga ruxsat etiladi.
20. Oʻquv muddati yakunida traktorlar hamda oʻziyurar mashinalarni boshqarish yoʻnalishi boʻyicha 18 yoshga toʻlgan, II yoki I klassdagi texnikalarni boshqarish yoʻnalishi boʻyicha esa — 21 yoshga toʻlgan shaxslarga imtihon topshirishga ruxsat etiladi.
21. Nazariy imtihonda imtihon topshiruvchining yoʻl harakati, traktorlar hamda oʻziyurar mashinalar xavfsizligi qoidalari va oʻquv dasturida nazarda tutilgan fanlar boʻyicha bilimi tekshiriladi;
amaliy imtihonda qaysi toifali traktorlar hamda oʻziyurar mashinalarni boshqarish huquqini beruvchi guvohnoma uchun faqat shu toifadagi texnikani boshqarish boʻyicha topshiruvchining malakasi tekshiriladi.
22. Alohida shartlar boʻyicha ishlovchi traktorlar hamda oʻziyurar mashinalarni boshqaruvchi shaxslar yiliga bir marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan muddatda majburiy ravishda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
23. Agar Markazda fuqarolarga traktorchi-mashinist guvohnomasini berishda ularning sogʻligʻiga nisbatan shubha tugʻilganda, unga belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan qayta oʻtish uchun yoʻllanma berilishi mumkin.
24. Agar fuqaro tibbiy koʻrikdan qayta oʻtishdan boʻyin tovlasa yoki u tibbiy komissiya tomonidan texnikani boshqarishga noloyiq deb topilsa, unga doir hujjatlar Markaz tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinadi.
Traktorchi-mashinistni tibbiy koʻrikdan qayta oʻtkazish haqidagi qaror Markaz tomonidan qabul qilinadi.
25. Traktorchi-mashinistlarni texnikani boshqarish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror qonunchilikda belgilangan tartibda qabul qilinadi. Texnikani boshqarish huquqidan mahrum qilingan fuqarolar, traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun, mahrum qilish muddatidan qatʼi nazar, majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishlari hamda nazariy va amaliy imtihon topshirishlari lozim.
26. Chet davlat fuqarolariga traktorchi-mashinist guvohnomalarini berish tartibi ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy qoidalar asosida amalga oshiriladi.
4-bob. Imtihonlarni oʻtkazish, traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi
27. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun imtihonlar oʻtkazish, traktorchi-mashinist guvohnomasini berish mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
28. Imtihonlarni qabul qilish va “A”, “B”, “S”, “D”, “E”, “F” toifalaridagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarni boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomalarni berish Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
29. Barcha toifadagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarni boshqarish huquqini berish uchun nazariy va amaliy imtihonlar Inspeksiyaning tuman (shahar) boʻlimlari buyrugʻi asosida tuziladigan komissiyalar tomonidan qabul qilinadi;
komissiya tarkibi kamida uch kishidan iborat boʻladi, komissiya tarkibiga Inspeksiya organlari, Markaz vakili va hamda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin;
imtihon komissiyasi aʼzolari yoʻl harakati, texnika xavfsizligi qoidalarini va imtihon olish uslubini bilishi, boshqarish boʻyicha tekshirilayotgan toifadagi texnikaga oid bilimlarga ega boʻlishi shart.
30. Oʻquv guruhlari mashgʻulotlari yakunlanganidan soʻng traktorchi-mashinist nomzodlarining oʻquv jarayonida dasturda koʻrsatilgan barcha fanlarni oʻzlashtirgani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Markaz tomonidan tekshiriladi va ularning roʻyxati taqdim etilgan roʻyxat bilan solishtiriladi, shundan keyin uning imzosi bilan tasdiqlanadi.
31. Traktorchi-mashinist guvohnomasini olish uchun nomzodlar Markazga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) tegishli toifadagi texnikani boshqarish uchun dasturlar boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqidagi guvohnoma;
b) diplom va oʻquv dasturidagi fanlarni oʻqiganligi toʻgʻrisidagi diplom varaqasidan koʻchirma nusxalar;
v) 3x4 sm oʻlchamdagi 2 ta fotosurat;
g) sogʻligʻi toʻgʻrisida maʼlumotnoma;
d) imtihonni topshirgan hamda imtihondan oʻtganlarning traktorchi-mashinist guvohnomasi uchun yigʻimlarni toʻlaganligini tasdiqlovchi hujjat;
e) imtihon varaqasi;
yo) fuqaroning pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat;
j) jismoniy shaxslarning identifikatsiya raqami (JSh IR).
32. Imtihonlar jarayonida nomzodlarning avval nazariy bilimlari, keyin amaliy bilimlari tekshiriladi.
Nazariy imtihondan oʻtmagan shaxslar amaliy imtihonlarga qoʻyilmaydi.
33. Nomzodlar, shuningdek, traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va texnikani boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tamom boʻlgandan keyin traktorchi-mashinist guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan shaxslar uchun takroriy imtihonlar oldingi imtihondan soʻng kamida oʻn kun oʻtgandan keyin oʻtkaziladi.
Uch yil mobaynida imtihon sinovlaridan oʻtmagan shaxslar belgilangan tartibda yana taʼlim muassasalarida tayyorlash va qayta tayyorlashdan oʻtishlari kerak, traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish va texnikani boshqarish huquqidan mahrum qilish muddati tamom boʻlgandan keyin traktorchi-mashinist guvohnomasi dublikatini olish uchun imtihonlarga yuborilgan shaxslar bundan mustasno.
34. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho ikki oy davomida haqiqiy hisoblanadi. Agar nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, u qayta nazariy imtihonga takroran yuboriladi.
35. Yoʻl harakati, texnika xavfsizligi qoidalari va amaliy boshqarish boʻyicha nomzodning natijalari mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq toʻldiriladigan “Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalar berishda imtihon natijalari toʻgʻrisida imtihon varaqasi”ga yoziladi hamda imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma imtihonda qatnashgan komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va Markazning masʼul xodimi tomonidan tasdiqlanadi.
36. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur bayonnoma asosida traktorchi-mashinist guvohnomasi beriladi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasini qayd etish kitobiga guvohnomaning seriyasi va tartib raqami oʻsishi boʻyicha yoziladi hamda imtihon varaqasida qayd etiladi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasidagi yozuvlar texnik vositalar bilan yoziladi.
37. Traktorchi-mashinist guvohnomasi berilishining asosliligi va toʻgʻri toʻldirilganligi Inspeksiya inspektori tomonidan tekshirilib, nazorati olib boriladi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasi berilganda fuqaroning taʼlim muassasasini tamomlaganligi haqidagi guvohnomasiga traktorchi-mashinist guvohnomasi va talonining seriyasi, raqami, qachon va kim tomonidan berilganligi yozib qoʻyiladi.
38. Traktorchi-mashinist guvohnomasida boshqarishga ruxsat etilgan texnika toifasi qayd etiladi.
39. Tibbiy komissiya tomonidan qayta tekshiruvdan oʻtish muddati belgilangan shaxslarga traktorchi-mashinist guvohnomasini berishda qoʻshimcha maʼlumot katagiga “tmm” (tibbiy maʼlumotnoma majburiy) yozuvi kiritiladi.
40. Traktorchi-mashinist guvohnomasi faqat uning egasiga beriladi. Mazkur shaxs pasportini yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatni koʻrsatib, traktorchi-mashinist guvohnomasi berishni qayd etish kitobiga shaxsan imzo qoʻyadi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasi oʻquv muassasasini tugatgan fuqarolarga Markazning oʻquv muassasasi joylashgan tuman (shahar) boʻlimi tomonidan imtihon yakuni boʻyicha berilishi mumkin.
Traktorchi-mashinist guvohnomasi vakolatnoma (ishonchnoma) boʻyicha berilmaydi.
5-bob. Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish hamda dublikat berish tartibi
41. Traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirish belgilangan tartibda ariza, eski traktorchi-mashinist guvohnomasi fuqaroning imtihon varaqasi yoki traktorchi-mashinist guvohnomasini bergan Markaz tasdiqnomasi, tibbiy maʼlumotnoma hamda fuqaroning pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilganidan soʻng, tasdiqlangan stavka boʻyicha yigʻimlar undirilgach amalga oshiriladi.
42. Texnikani oxirgi bir yil davomida boshqargan shaxslarning traktorchi-mashinist guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtiriladi.
43. Quyidagilar texnikalarni bir yil mobaynida boshqarganligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanishi mumkin:
a) ishlayotgan xodimlar ishlayotgan joyida unga biriktirilgan texnika turi koʻrsatilgan maʼlumotnoma (buyruqdan koʻchirma);
b) shaxsiy texnikalar uchun — ularga tegishli boʻlgan texnikaning roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi hujjat (texnik pasport);
v) ishonchnoma yoki ijara shartnomasi boʻyicha texnikani boshqargan shaxslar uchun — texnikaning roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma yoki ijara shartnomasi.
44. Texnikani oxirgi bir yil davomida boshqarmagan shaxslarning traktorchi-mashinist guvohnomalari nazariy va amaliy imtihon topshirganidan soʻng almashtiriladi.
45. Bir necha toifali texnikalarni boshqarishga ruxsati boʻlgan shaxs traktorchi-mashinist guvohnomasini almashtirishda oʻz xohishiga koʻra mavjud toifalardan birortasini yoki tibbiy koʻrik xulosasiga koʻra belgilangan toifalardan ruxsat etilganini olishi mumkin.
Bunda amaliy imtihon oʻz xohishi bilan qoldirgan (yoki tibbiy koʻrik xulosasiga koʻra ruxsat etilgan) texnika toifasi boʻyicha olinadi va berilayotgan traktorchi-mashinist guvohnomasida faqat ushbu toifaga ruxsat belgisi qoʻyiladi. Fuqaroning avval ega boʻlgan toifalarini qayta tiklash ushbu Nizomning 42 va 44-bandlari talablariga muvofiq, uning arizasi asosida amalga oshiriladi.
46. Yaroqsiz holga kelgan traktorchi-mashinist guvohnomasi ushbu Nizomning 42 va 45-bandlariga muvofiq almashtiriladi.
47. Traktorchi-mashinist guvohnomasi almashtirilganda yangi berilayotgan guvohnomaning “Alohida belgilar uchun” nomli katagiga birinchi marotaba olgan eski guvohnomaning seriyasi, tartib raqami va berilgan kuni yozib qoʻyiladi.
48. Tibbiy koʻrik maʼlumotnomasi va shaxsning imtihon varaqasi barcha rekvizitlar toʻldirilgandan soʻng yangi traktorchi-mashinist guvohnomasi bilan birga egasiga qaytarib beriladi.
49. Yoʻqolgan (oʻgʻirlangan, yongʻin, tabiiy ofat oqibatida va boshqa holatlarda) traktorchi-mashinist guvohnomasi dublikati fuqaroning arizasi, imtihon varaqasi, tibbiy maʼlumotnoma, zarur holatlarda, oʻqishni tamomlaganligi haqidagi taʼlim muassasasining guvohnomasi yoki Markazning tasdiqnomasi va tasdiqlangan stavka boʻyicha yigʻimlar asosida beriladi.
50. Traktorchi-mashinist guvohnomasining dublikatini rasmiylashtirish davomida bir oy muddat bilan vaqtinchalik ruxsatnoma beriladi. Tasdiqlovchi hujjatlar olinguniga qadar vaqtinchalik ruxsatnoma muddatini yana bir oygacha uzaytirish mumkin.
51. Yoʻqolgan traktorchi-mashinist guvohnomasining dublikati, texnikani boshqarish huquqidan mahrum etilgan fuqarolarning kartotekasi boʻyicha tekshirilgandan va davlat xizmatlari markazidan, Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatidan olib qoʻyilmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olingandan soʻng beriladi.
(51-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son)
52. Guvohnomaning dublikati rasmiylashtirilayotgan vaqtda berilgan vaqtinchalik ruxsatnoma alohida qayd etish kitobiga yoziladi va guvohnoma nusxasi berilgandan keyin ruxsatnomaga asos boʻlgan hujjatlarga tikiladi.
53. Traktorchi-mashinist guvohnomasi oʻrniga dublikat guvohnoma berilgandan keyin, yoʻqolgan guvohnoma topilgan taqdirda, u haqiqiy emas deb hisoblanadi va Markazga topshiriladi hamda belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
54. Eski nusxadagi traktorchi-mashinist guvohnomalarini yangi nusxadagi traktorchi-mashinist guvohnomalariga almashtirishda, faqat eski namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasi olinadi, belgilangan stavkada yigʻim undirilgach, yangi namunaga almashtiriladi. Shubhali holatlarda eski namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasini berilishining qonuniyligi oʻrganiladi.
55. Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan traktorchi-mashinist guvohnomalarini almashtirishdan oldin ular Markaz tomonidan Tashqi ishlar vazirligi orqali tekshiriladi. Tekshirish natijasida tasdiq olingan shaxslarning traktorchi-mashinist guvohnomalari, ular tibbiy koʻrikdan oʻtib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan soʻng, Oʻzbekiston Respublikasining traktorchi-mashinist guvohnomalariga ushbu Nizom asosida umumiy tartibda almashtiriladi.
6-bob. Traktorchi-mashinistlarga yuqori klass berish tartibi
56. Traktorchi-mashinistlarga III klass uch yillik uzluksiz shu yoʻnalishdagi mehnat faoliyatidan keyin yoki maxsus malaka oshirish oʻquv dasturi yakunida Markaz tomonidan imtihon olish orqali II klassga almashtiriladi.
57. II klass shu yoʻnalishdagi uch yillik uzluksiz mehnat faoliyatidan keyin yoki maxsus malaka oshirish oʻquv dasturi yakunida Markaz tomonidan imtihon olish orqali I klassga almashtiriladi.
58. Traktorchi-mashinistlarga yuqori klass berishda imtihon olish va guvohnoma berish uchun belgilangan miqdorda toʻlov undiriladi.
Traktorchi-mashinistlarga yuqori klass berilayotganda traktorchi-mashinist guvohnomasi almashtiriladi va klass qayd etilgan holda yangisi beriladi.
7-bob. Traktorchi-mashinist guvohnomalarining plastik blankalarini tayyorlash, ular bilan taʼminlash va hujjatlarni saqlash tartibi
59. Traktorchi-mashinist guvohnomalarining plastik shakldagi blankasi Markaz buyurtmasiga asosan tayyorlanadi.
Buyurtma, olti oylik zaxirani inobatga olgan holda, Markaz tomonidan beriladi.
60. Traktorchi-mashinist guvohnomasining plastik blankalari joylarga Markazning hududlardagi ehtiyojlaridan kelib chiqib taqsimlanadi.
61. Traktorchi-mashinist guvohnomasining plastik blankasi soni, kirim va chiqimlari hisobot kitobida qayd etiladi, ularning topshirilishi traktorchi-mashinist guvohnomasi berishni qayd etish kitobida roʻyxatga olinadi.
62. Traktorchi-mashinist guvohnomasining plastik blankalari ular boʻyicha qatʼiy hisobot beriladigan hujjatlar tariqasida saqlanadi.
63. Toʻldirish jarayonida buzilgan traktorchi-mashinist guvohnomasining plastik blankasi 3 kishidan kam boʻlmagan komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan Markazning markaziy apparatiga topshiriladi.
64. Tibbiy koʻrik xulosasi asosida texnikani boshqarish huquqidan chetlatilgan, yoʻqolgani oʻrniga dublikati berilgandan soʻng topib olingan, mahrum etilgan muddatdan keyin ikki yil davomida talab qilib olinmagan, vafot etgan fuqarolarning traktorchi-mashinist guvohnomalari 3 kishidan kam boʻlmagan komissiya tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan Markazning markaziy apparatiga topshiriladi.
65. Mazkur Nizomda nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish tartibi uchun koʻzda tutilgan imtihon varaqasi Markaz tomonidan tayyorlanadi.
66. Traktorchi-mashinist guvohnomasini berish uchun asos boʻlgan hujjatlar (ariza, imtihon varaqasi, eski traktorchi-mashinist guvohnomasi, toʻlov qogʻozlari va boshqalar) hamda oʻquv guruhlaridagi oʻquvchilarning roʻyxati alohida ish hujjatlari sifatida tikiladi va belgilangan tartibda ikki yil mobaynida saqlanadi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasining oʻrniga yangisi berilganda eski traktorchi-mashinist guvohnomasiga “Bekor qilinadi” shtampi qoʻyilib, boshqa asos boʻluvchi hujjatlar bilan birga tikiladi.
Imtihon komissiyasi bayonnomalari — 10 yil, traktorchi-mashinist guvohnomalarini berish kitobi — 45 yil mobaynida, Markazda belgilangan tartibda saqlanadi. Belgilangan muddat oʻtgandan keyin hujjatlar davlat arxiviga topshiriladi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
67. Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ulardan imtihon olish, traktorchi-mashinist guvohnomalarini berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ish yuritish hujjatlari Inspeksiya tomonidan tasdiqlangan namunalar asosida olib boriladi.
68. Namunaviy oʻquv dasturlari Inspeksiya bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlim markazi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
69. Barcha oʻziyurar texnikalar traktorchi-mashinist guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan boshqarilishiga ruxsat etiladi.
70. Traktorchi-mashinist guvohnomasini berish boʻyicha arizalar 3 ish kunida koʻrib chiqiladi. Alohida, qoʻshimcha maʼlumot yoki aniqlashtirish lozim boʻlgan holatlarda esa — arizalar 10 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasini berish bilan bogʻliq davlat xizmatlari Inspeksiya boshligʻining buyrugʻiga asosan toʻgʻridan toʻgʻri masʼul inspektorlar tomonidan ham koʻrsatilishi mumkin.
71. Ushbu Nizom talablarini buzish, traktorchi-mashinist guvohnomasini qalbakilashtirish, traktorchi-mashinist guvohnomasiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan texnikalarni boshqarish hamda boshqarishga ruxsat etish belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab boʻladi.
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
“Traktorchi-mashinist guvohnomasi”ning
NAMUNASI
“Traktorchi-mashinist guvohnomasi”ning
TASNIFI
Traktorchi-mashinist guvohnomasi xalqaro standartlar tavsiyalari asosida plastikdan tayyorlanadi. Guvohnoma oʻlchami 54x86 millimetrni tashkil etadi. Guvohnomaning rangi — ochiq kulrang yashil. Lotin yozuvidagi davlat tilidan foydalaniladi. Seriyali raqami — toʻrt harfli (UZ-TM), nomeri — olti raqamli.
Traktorchi-mashinist guvohnomasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSh ShIR) va qurilmalar oʻrtasida maʼlumotlarni bevosita aloqasiz amalga oshirish imkonini beruvchi maxsus elektron belgi (NFC Smart-karta) boʻladi.
Traktorchi-mashinist guvohnomasining plastik shakli quyidagi himoya vositalariga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri shaklidagi gologramma, u nishablikning turlicha burchagida oʻz shaklini oʻzgartiradi;
Traktorchi-mashinist guvohnomasining old tomonida “TRAKTORCNI-MASNINIST GUVONNOMASI”,”Udostovereniye traktorista-mashinista”, “Driving licence” soʻzlari yoziladi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan, Oʻzbekiston Respublikasining nomi davlat tilida, rus va ingliz tillarida yozilgan, familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan joyi va sanasi, berilgan sanasi, amal qilish muddati, berilgan joyi, jismoniy shaxslarning identifikatsiya raqami va yuridik shaxslarning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami, guvohnoma raqami, yashash joyi, toifalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar majburiy tartibda koʻrsatiladi, fotosurat uchun joy nazarda tutilgan.
Orqa tomonida berilgan sanasi va muddati majburiy tartibda koʻrsatiladi.
1 ― 12-bandlardagi maʼlumotlar qayd etiladi.
Alohida belgilar uchun joy nazarda tutilgan.
A, B, C, D, E, va F toifalarini boshqarish uchun traktorchi-mashinist guvohnomasining haqiqiyligi tegishli piktogrammalar bilan ifodalangan.
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish
SXEMASI
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalariga qoʻyiladigan talablarni oʻrganish natijalari boʻyicha tuzilgan
DALOLATNOMA
20___ yil “___”____________
____________
Traktorlar va oʻziyurar mashinalarni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shugʻullanuvchi taʼlim muassasalarining nomi, manzili, mulk shakli:_____________ __________________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________________
T/r
Talab
Talabga javob berishi (beradi, bermaydi)
Mulk shakli (oʻz mulki yoki ijara)
1.
Binoning holati
2.
Oʻquv xonasining oʻlchami (kamida 48 m.kv.)
3.
Oʻquv xonasining isitilishi
4.
Oʻquv xonasining sovutilishi
5.
Moddiy-texnik bazasi
6.
Oʻquv anjomlari, qurollari
7.
Oʻquv rejalari
8.
Muhandis-pedagoglar, instruktorlar hamda ishlab chiqarish ustalarining maʼlumoti va bilim darajasi
9.
Amaliy mashgʻulotlar uchun texnika va boshqa sharoitlar
10.
Amaliy mashgʻulot uchun maydon
11.
Amaliy mashgʻulotlar uchun yonilgʻi-moylash materiallarining holati
12.
Boshqa sharoitlar
Taʼlim muassasasi traktorlar va oʻziyurar texnikalarni boshqaruvchi traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash talablariga: _________________________
(javob beradi/bermaydi)
Komissiya aʼzolari (imzosi, F.I.O., ish joyi va lavozimi):
Traktorchi-mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, taʼlim muassasalarini hisobga olish, imtihonlarga kirish va uni oʻtkazish hamda qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Traktorchi-mashinistlarga guvohnomalarni berishda imtihon natijalari toʻgʻrisida IMTIHON VARAQASI ________________ tuman (shahar)
20___ yil “____”____________
__________ raqamli
T/r
F.I.O.
Tugʻilgan yil, kun, oy
Oʻqigan muassasasining nomi, diplom, guvohnoma yoki sertifikat raqami va sanasi
Tibbiy koʻrik maʼlumotnoma-sining raqami va sanasi
Imtihon natijalari
yoʻl harakatidan
texnika xavfsizligidan
boshqarish koʻnikmalaridan
(oʻtdi, oʻtmadi)
(oʻtdi, oʻtmadi)
(oʻtdi, oʻtmadi)
1
2
3
4
5
6
7
8
Komissiya raisi
___________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Komissiya aʼzolari
__________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
__________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
__________
_________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 325-son qaroriga 4-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilarini va qatʼiy hisobdagi blankalarni berishda, roʻyxatdan oʻtkazishda (qayta roʻyxatdan oʻtkazishda), texnik koʻrikdan oʻtkazishda, shuningdek, traktorchi-mashinist imtihonlarini olishda undiriladigan
TOʻLOV STAVKALARI
I. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun davlat raqami belgilarini berish, yaroqsiz holga kelgan, shikastlanganlari oʻrniga yangi davlat raqami belgilarini berish uchun
1.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalariga davlat raqami belgilari (keyingi oʻrinlarda DRB deb ataladi) uchun
bazaviy hisoblash miqorining 90 foizi miqdorida
Izohlar: yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan bitta DRB oʻrniga yangi DRB berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
yoʻqolgan eski namunadagi DRB oʻrniga yangi DRB berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi;
yoʻqolgan yangi namunadagi DRB oʻrniga yangisini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida yigʻim undiriladi;
roʻyxatdan oʻtkazishda oldingi DRBni saqlab qolish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
II. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazish hamda roʻyxatdan chiqarishni qayd etish uchun
2.
Texnik pasport beriladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan, qayta roʻyxatdan va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida
3.
Texnik pasportga ega qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarni roʻyxatdan chiqarish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida
4.
Texnik guvohnoma beriladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalarini roʻyxatdan, qayta roʻyxatdan va vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkaz�sh uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 18 foizi miqdorida
5.
Texnik guvohnoma beriladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalarini roʻyxatdan chiqarish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 18 foizi miqdorida
Izohlar: texnikaga oʻzgartirish kiritish va uni qayta jihozlashni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berishda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
III. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida plastik shakldagi texnik pasport va vaqtinchalik guvohnoma berish uchun
6.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarning roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida texnik pasport berish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida
Izohlar: qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarning roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida vaqtinchalik guvohnomani berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida berilgan vaqtinchalik guvohnomaning muddatini uzaytirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan, oʻgʻirlangan, yoʻqolgan texnik pasport, shuningdek yoʻqolgan vaqtinchalik guvohnoma oʻrniga dublikat berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
plastik shakldagi texnik pasport joriy etilgunga qadar texnik pasport uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi, yoʻqotilganining oʻrniga dublikat berish yoki yaroqsizini almashtirish uchun 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
(III boʻlim izohining uchinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
IV. Texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalariga texnik guvohnoma berish uchun
7.
Texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalariga roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida texnik guvohnoma berish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida
Izohlar: texnik pasport berilmaydigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari va asbob-uskunalariga roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida vaqtinchalik texnik guvohnomani berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
vaqtinchalik texnik guvohnomaning muddatini uzaytirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
(IV boʻlim izohining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
(IV boʻlim izohining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
(IV boʻlim izohining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
(IV boʻlim izohining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan, oʻgʻirlangan, yoʻqolgan texnik pasport, shuningdek yoʻqolgan vaqtinchalik guvohnoma oʻrniga dublikat berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
plastik shakldagi texnik pasport joriy etilgunga qadar texnik pasport uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi, yoʻqotilganining oʻrniga dublikat berish yoki yaroqsizini almashtirish uchun 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
(IV boʻlim izohi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qaroriga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
V. Majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun
8.
100 ot kuchi va undan yuqori quvvatga ega gʻildirakli traktorlar, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalar
bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida
9.
100 ot kuchi va undan yuqori quvvatga ega zanjirli va yarim zanjirli traktorlar
bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida
10.
100 ot kuchigacha quvvatga ega gʻildirakli traktorlar, traktor tirkamalari, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalar, osma va yarim osma, zanjirli, yarim zanjirli va yigʻma mashinalar
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida
11.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, agregatlari
bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida
12.
Yoʻl-qurilish, meliorativ va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yuk ortuvchi, paxta, don va urugʻni qayta ishlashga moʻljallangan mashinalar
bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida
13.
Chorvachilik, parrandachilik va yem-xashak ishlab chiqarish mashina va texnologik uskunalari
bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida
14.
Suv nasoslari
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida
15.
Kichik mexanizatsiya moslamalari
bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida
16.
Mashina-traktor parklari, taʼmirlash ustaxonalari, servis punktlari va boshqalardagi har bir stanok, asbob-uskuna, jihoz
bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida
Izohlar: qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini navbatdagi texnik koʻrikdan oʻtkazishning ilgari oʻrnatilgan muddatlaridan qatʼi nazar, ular Markazda roʻyxatdan oʻtkazish (qayta roʻyxatdan oʻtkazish) vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkaziladi;
texnik koʻrik vaqtida koʻrikdan oʻtmaganlarni qayta texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov stavkasining 1,5 barobari miqdorida yigʻim undiriladi;
nasos stansiyalaridagi, don va paxta tozalash korxonalaridagi har bir mashina, agregat uchun alohida toʻlov undiriladi.
VI. Traktorchi-mashinistdan imtihonlarni olish va ularga guvohnoma berish uchun
17.
Nazariy imtihon topshirish uchun (yoʻl-harakat va texnikadan foydalanish qoidalari)
bazaviy hisoblash miqdorining 27 foizi miqdorida
18.
Har bir qayta nazariy imtihon topshirish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida
19.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini amaliy boshqarish boʻyicha imtihon topshirish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida
20.
Har bir qayta amaliy boshqarish boʻyicha imtihon topshirish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida
21.
Plastik shakldagi traktorchi-mashinist guvohnomasi berish, eski namunadagi guvohnomani almashtirish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida
Izohlar: yoʻqolgan traktorchi-mashinist guvohnomasi oʻrniga vaqtinchalik ruxsatnoma berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki oʻgʻirlangan traktorchi-mashinist guvohnomasi oʻrniga dublikatini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
(VI boʻlim izohining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
yoʻqolgan eski namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasi oʻrniga yangi namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasini berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida yigʻim undiriladi;
yoʻqolgan yangi namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomasi oʻrniga dublikat berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
(VI boʻlim izohining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
traktorchi-mashinistlarga klass berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻim undiriladi;
chet davlat fuqarosi, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga va diplomatik xizmat xodimlariga traktorchi-mashinist guvohnomalari berish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida yigʻim undiriladi;
plastik shakldagi traktorchi-mashinist guvohnomasi joriy etilgunga qadar bazaviy hisoblash miqdorining traktorchi-mashinist guvohnomasi uchun — 20 foizi, yoʻqolganining oʻrniga dublikat berish yoki yaroqsizini almashtirish uchun 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
(VI boʻlim izohining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-oktabrdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son)
VII. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari uchun maʼlumotnoma berish, taqiqlarni qayd etish uchun
22.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarga TM-1 shakldagi maʼlumotnoma berish va taqiqqa olish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida
23.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda oʻziyurar mashinalarga roʻyxatda turganligi, holati toʻgʻrisida tender komissiyalar va boshqalarga maʼlumotnoma berish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida
Izohlar: TM-1 shakli boʻyicha maʼlumotnoma texnikalar oldi-sotdi, sovgʻa qilinganda, meros qilib qoldirilganda, kredit uchun kafolatga qoʻyilayotganda yoki boshqa holatlarda shartnoma tuzilishida notarial idoralar, savdo birjalari va boshqalar tomonidan talab qilinishi lozim.
Gʻoʻza va gʻalla urugʻchiligi bilan shugʻullanish uchun tanlovda ishtirok etish hamda boshqa holatlarda maʼlumotnoma, belgilangan toʻlov asosida beriladi.
VIII. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish ishlarini amalga oshirish uchun
24.
Texnik pasportga ega boʻlgan oʻziyurar qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini hisobdan chiqarish ishlarini amalga oshirish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi miqdorida
25.
Texnik guvohnomaga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish mashinalari, asbob-uskunalarini hisobdan chiqarish ishlarini amalga oshirish uchun
bazaviy hisoblash miqdorining 18 foizi miqdorida
Izohlar: hisobdan chiqarishga doir hujjatlar belgilangan tartibda mulk egasi tomonidan tayyorlanadi, Markaz tomonidan hisobdan chiqarish uchun zarur hujjatlarning qonuniyligi hamda texnikaning holati koʻrib chiqiladi.
Texnikalar boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlaridan tushgan yigʻimlarning 20 foizi respublika budjetiga, 80 foizi Inspeksiya jamgʻarmasiga ajratiladi. DRB, texnik pasport va boshqalarni tayyorlash, qoʻshimcha jalb etilgan xodimlarni ish haqi uchun xarajatlar Inspeksiya jamgʻarmasi hisobidan qoplanadi.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 325-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadigan va texnik koʻrikka jalb etiladigan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari, taʼmirlash va servis asbob-uskunalari turlarining
ROʻYXATI
I. Qishloq xoʻjaligi texnikalari
1. Traktorlar;
2. Traktor tirkamalari;
3. Oʻziyurar mashinalar:
gʻalla oʻrish kombaynlari;
sholi oʻrish kombaynlari;
makkajoʻxori oʻrish kombaynlari;
paxta terish mashinalari;
em-xashak oʻrish kombaynlari;
silos oʻrish kombaynlari;
oʻrmon xoʻjaligi texnikalari;
qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan oʻzi harakatlanuvchi qurilmaga (dvigatelga) ega boʻlgan boshqa mashinalar.
4. Qishloq xoʻjaligi mashinalari (traktor hamda oʻziyurar texnikalar bilan ishlatiladigan mashinalarning barchasi):
pluglar;
chizellar;
kultivatorlar;
kalta va uzun bazali tekislagichlar;
lazer boshqaruvli tekislagichlar;
tishli va diskli boronalar;
molalar;
chigit ekish seyalkalari;
pnevmatik seyalkalar;
don ekish seyalkalari;
purkagichlar;
mineral oʻgʻit sepgichlar;
organik oʻgʻit sepgichlar;
tuproqqa ishlov berish uchun aktiv ishchi organli agregatlar, frezalar;
yigʻgich-presslagichlar;
ariq qazgichlar;
ildiz sugʻurgichlar;
maydalagichlar;
motobloklar;
motokultivatorlar;
maxsus bogʻdorchilik mashinalari;
maxsus sabzavot-polizchilik mashinalari;
maxsus chorvachilik mashinalari;
maxsus oʻrmon xoʻjaligi mashinalari;
paxta, don qabul qilish punktlari, korxonalarida mavjud boʻlgan maxsus urugʻlik saralash va boshqa mashinalar, uskunalar (maxsus texnologik jihozlardan, tola ajratgich, tegirmon kabilardan tashqari);
qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan boshqa mashinalar.
II. Melioratsiya texnikalari
1. Ekskavatorlar;
2. Buldozerlar;
3. Skreperlar;
4. Koʻchma va statsionar nasoslar;
5. Sugʻorish mashinalari;
6. Melioratsiyaga tegishli boshqa texnika va mashinalar.
III. Yoʻl-qurilish texnikalari
1. Greyderlar;
2. Asfalt yotqizgichlar;
3. Katoklar;
4. Koʻchma va statsionar beton qorgichlar;
5. Yuklagich (pogruzchik)lar;
6. Yoʻl-qurilishda foydalaniladigan boshqa texnika va mashinalar.
IV. Jihoz va asbob-uskunalar
1. Texnika taʼmiri uchun zarur oʻlchov asboblari;
2. Texnikaning texnik servisi va ularni taʼmirlash uchun asboblar va moslamalar:
metallga ishlov beruvchi stanoklar,
koʻchma va statsionar payvandlash qurilmalari,
temirchilik presslash asbob-uskunalari;
elektr energiyasi bilan ishlovchi asboblar, gidrotizimlar, yoqilgʻi nasoslari va forsunkalar, dvigatellar, boshqaruv mexanizmlari diagnostikasi uchun qurilmalar.
3. Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini servis va taʼmirlash ustaxonalarida foydalaniladigan boshqa jihoz hamda uskunalar.
Izohlar: yuqorida qayd etilgan texnikalar mulk shakli va foydalanish yoʻnalishidan qatʼi nazar belgilangan tartibda nazorat qilinadi, davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi va yillik texnik koʻrikka jalb etiladi;
ushbu roʻyxatga kirmagan, Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi va Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari tomonidan roʻyxatga va nazoratga olinmagan barcha turdagi qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari ham roʻyxatga va nazoratga olinadi;
konlarda ishlaydigan maxsus ekskavator, buldozerlar Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi tomonidan roʻyxatga olinadi va nazorat qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 325-son qaroriga 6-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari hamda agrotexnika tadbirlari holatining nazoratini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar
I.Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari holatini nazorat qilish boʻyicha
1.
“Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish.
-
2019-yil
aprel-may
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2.
Davlat raqam belgilarini tayyorlash va joylarga yetkazish.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan
2019-yil
aprel-may
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi xodimlarini qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari yoʻnalishida da�lat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha malakasini oshirish.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan
2019-yil aprel-may
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimli va dasturiy taʼminotli server uskunalarini xarid qilish va oʻrnatish.
Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan
2019-yil
1-avgust
Moliya vazirligi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi
5.
Respublikada mavjud boʻlgan barcha qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va elektron hisobini yuritishni taʼminlash.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan
2019-yil
1-avgust
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
“Oʻzagroservis” AJ,
manfaatdor vazirlik va idoralar
6.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun zarur 14 komplekt texnik diagnostika vositalarini xarid qilish va joylarga yetkazish.
Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan
2019-yil
1-sentabr
Moliya vazirligi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
7.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning tumanlarini bosqichma-bosqich qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish uchun zarur texnik diagnostika vositalari bilan taʼminlash.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamgʻarmasi, “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK mablagʻlari hisobidan
2020 ― 2022-yillar
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar
8.
Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni har yili belgilangan maskanlarga yigʻish, texnik diagnostik vositalar bilan amalga oshirishni tizimli ravishda olib borish.
-
doimiy
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
Ichki ishlar vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
9.
Xorijiy davlatlardan keltirilayotgan va mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalarini davlat sinovidan oʻtkazishni tizimli yoʻlga qoʻyish.
-
2019-yil
1-iyul
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
Davlat bojxona qoʻmitasi
10.
Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligida qoʻllashga tavsiya qilingan texnikalar reyestri yuritilishini tashkil etish.
-
2019-yil
1-iyul
Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, “Oʻzstandart” agentligi
11.
Plastik shakldagi texnik pasport, texnik guvohnoma va traktorchi-mashinist guvohnomasini berish uchun zarur 50 komplekt uskunalar hamda dasturiy taʼminotni xarid qilish va oʻrnatish.
Respublika budjeti mablagʻlari hisobidan
2019-yil
1-oktabr
Moliya vazirligi,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
12.
Barcha tumanlarni bosqichma-bosqich plastik shakldagi texnik pasport, texnik guvohnoma va traktorchi-mashinist guvohnomasini berish uchun zarur komplekt uskunalar bilan taʼminlash.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamgʻarmasi, “Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” DUK mablagʻlari hisobidan
2020 ― 2022-yillar
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
13.
Plastik shakldagi texnik pasport, texnik guvohnoma va traktorchi-mashinist guvohnomasi blankalarini tayyorlash.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan
2019-yil
1-noyabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
14.
“Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari yoʻnalishida davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Toshkent shahrida sinov tariqasida plastik shakldagi texnik pasport, guvohnoma va traktorchi-mashinist guvohnomasi berishni yoʻlga qoʻyish.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan
2019-yil
1-dekabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
15.
“Agrosanoat majmuida xizmatlar koʻrsatish markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalari yoʻnalishida davlat xizmatlari koʻrsatish boʻyicha respublika miqyosida plastik shakldagi texnik pasport, guvohnoma va traktorchi-mashinist guvohnomasi berishni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan
2020-yil
1-mart
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
II. Agrotexnik tadbirlarning holatini nazorat qilish boʻyicha
16.
Yozgi va kuzgi shudgorlash tadbirlarini sifatli, toʻliq maydon hosil qilgan holda belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini nazorat qilish.
-
doimiy
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
17.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, parvarishlash davrida belgilangan agrotexnik tadbirlarning oʻtkazilishini nazorat qilish.
-
doimiy
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
18.
Paxta terish mashinalari yordamida paxta hosilini terib olish uchun dalalarni mashina terimiga tayyorlanishi va mashina terimining sifatli oʻtkazilishini nazorat qilish.
-
doimiy
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
19.
Boshoqli don ekinlari hosilini yigʻishtirib olishga gʻalla oʻrish kombaynlari tayyorlanganligini va mavsum davomida hosilni yoʻqotishlarsiz oʻrib-yigʻib olishni nazorat qilish.
-
doimiy
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi,
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 09/19/325/296-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 19.01.2022-y., 09/22/28/0041-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)