O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining
buyrug‘i
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 1-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3360]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Direktor A. INAKOV
Toshkent sh.,
2022-yil 31-mart,
52-ICH-son
Kelishildi:
Sog‘liqni saqlash vaziri B. MUSAYEV
2022-yil 30-mart
Moliya vaziri T. ISHMETOV
2022-yil 28-mart
O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi direktorining 2022-yil 31-martdagi 52-ICH-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) tizimidagi Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari, “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlarida, Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda (bundan buyon matnda tibbiy-ijtimoiy muassasa deb yuritiladi) pullik xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
pullik xizmatlar — mijozga tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida haq evaziga ko‘rsatiladigan xizmatlar;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
mijoz — tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik xizmatlardan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanuvchi jismoniy shaxs.
2. Mijoz tibbiy-ijtimoiy muassasalarga bepul tibbiy-ijtimoiy xizmat olish huquqini beruvchi tegishli hujjatsiz (masalan, order, yo‘llanma) bevosita murojaat qilishi hamda pullik xizmatlardan shartnoma asosida haq evaziga foydalanishi mumkin.
3. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda tashkil etiladigan pullik xizmatlar Davlat budjetidan moliyalashtirilishi belgilangan bepul xizmatlarning sifatiga va hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 316-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlariga joylashtirish hamda ularga ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-son “O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy himoya sohasidagi ayrim tibbiy-ijtimoiy muassasalar faoliyatini tartibga soluvchi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan pullik xizmatlardan foydalanish xohishini bildirgan mijozlarda tibbiy-ijtimoiy muassasalarga qabul qilishga qarshi ko‘rsatmalar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
2-bob. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlarni tashkil etish
5. Tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar mazkur Nizomga 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq tashkil etiladi va amalga oshiriladi.
Ushbu Nizomga 1-ilovada nazarda tutilmagan pullik xizmatlar tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan ko‘rsatilishi taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmatlarning preyskurant narxlari Agentlik tomonidan tasdiqlanadi hamda ularga Agentlik tomonidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarda keyingi yil uchun ko‘rsatiladigan pullik xizmatlarning preyskurant narxlari Agentlik tomonidan har yili 25-dekabrga qadar tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
8. Mijozlarga pullik xizmatlarni ko‘rsatishda tibbiy-ijtimoiy muassasalarda quyidagilar mavjud bo‘lishi shart:
mazkur Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan shaklda tibbiy-ijtimoiy muassasaning qabulxonasida (bundan buyon matnda qabulxona deb yuritiladi) joylashtirilgan mijozga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar haqida ma’lumot beruvchi axborot burchagi;
ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan pullik xizmatlarning preyskurant narxlari;
mijozlarga mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan pullik xizmatlarni ko‘rsatish uchun davolash va muolaja xonalari;
pullik xizmat ko‘rsatadigan shifokorlar (mutaxassislar) haqida ma’lumotlar (uning F.I.Sh., mutaxassisligi, ish staji, malaka toifasi, uning sohada erishgan yutuqlari) taqdim etuvchi axborot burchagi.
3-bob. Tibbiy-ijtimoiy muassasalarga mijozlarni qabul qilish va pullik xizmat ko‘rsatish
9. Tibbiy-ijtimoiy muassasaga pullik xizmatdan foydalanish uchun murojaat qilgan shaxs qabulxonadagi mas’ul xodim tomonidan qabul qilinadi hamda tibbiy-ijtimoiy muassasada ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar to‘g‘risida tushuntirish beriladi.
Bunda, shaxs tibbiy-ijtimoiy muassasada ko‘rsatiladigan pullik xizmatlardan foydalanish xohishini bildirgan taqdirda qabulxona mas’ul xodimi tomonidan unga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi) asosida ambulator karta ochiladi.
Shuningdek, qabulxona mas’ul xodimi tomonidan pullik xizmatlardan foydalanish xohishini bildirgan shaxsga ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda tasdiqlanadigan preyskurant bo‘yicha shifokorning (mutaxassisning) ko‘rigi hamda dastlabki tibbiy tekshiruvlar uchun haq to‘lash zarurligi tushuntiriladi.
10. Mijoz preyskurant bo‘yicha haq to‘laganidan so‘ng qabulxonadagi mas’ul xodim tomonidan tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishi, shu jumladan maslahat olish uchun shifokorga (mutaxassisga) yuboriladi.
Bunda, qabulxona mas’ul xodimi tomonidan maslahat beruvchi shifokorga (mutaxassisga) ambulator kartani taqdim etish zarurligi to‘g‘risida mijozga tushuntirilishi lozim.
11. Shifokor (mutaxassis) mijozga maslahat berish vaqtida uni dastlabki tibbiy tekshiruvdan o‘tishga yuboradi. Bunda, dastlabki tibbiy tekshiruv natijalari bo‘yicha mijozga asosli tashxis qo‘yish imkoni bo‘lmaganda shifokor (mutaxassis) tomonidan unga nisbatan qo‘shimcha tibbiy tekshiruvlar belgilanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, shifokor (mutaxassis) tomonidan mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda yoxud mobil shaklda tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishi belgilanadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mijozga ambulator yoki statsionar sharoitda yoxud mobil shaklda tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatilishi belgilangandan so‘ng shifokor (mutaxassis) mijozning ambulator kartasini qabulxonadagi mas’ul xodimga topshiradi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
12. Mijozga statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar davolash va muolaja xonalarida ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylarida shartnoma asosida pullik tibbiy-ijtimoiy xizmatning kunduzgi qatnov hamda internat tizimi tashkil etilishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
14. Pullik xizmat tibbiy-ijtimoiy muassasa hamda mijoz o‘rtasida rasmiylashtiriladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tomonlar o‘rtasida rasmiylashtiriladigan shartnomada tibbiy-ijtimoiy xizmatlarning har bir yo‘nalishi bo‘yicha asosiy qoidalar, tibbiy-ijtimoiy muassasaning vazifalari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, javobgarligi, shu jumladan to‘lov shartlari alohida ko‘rsatiladi.
Pullik xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnoma ikki nusxada tuziladi hamda mijoz, uning homiysi (u mavjud bo‘lganda) va tibbiy-ijtimoiy muassasa rahbari tomonidan imzolanadi.
Shartnomaning bir nusxasi mijozga yoki uning homiysiga (u mavjud bo‘lganda) beriladi, ikkinchi nusxasi tibbiy-ijtimoiy muassasaning hujjatlar yig‘ma jildlarida saqlash uchun qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ko‘rsatilgan pullik xizmat natijasida mijozning sog‘lig‘ida salbiy oqibatlar yuzaga kelganda, unga yetkazilgan zarar tibbiy-ijtimoiy muassasaning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Bunda, mazkur yetkazilgan zarar tibbiy-ijtimoiy muassasa tomonidan noto‘g‘ri xatti-harakat sodir etgan shifokordan (mutaxassisdan) qonunchilikda belgilangan tartibda undirib olinadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
16. Mijoz tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqish vaqtida ko‘rsatilgan pullik xizmatlar yuzasidan bajarilgan ishlar dalolatnomasi tuziladi va dalolatnomaga asosan yakuniy hisob-kitob ishlari amalga oshiriladi.
Bunda, mijoz tomonidan to‘lanmasdan qolgan mablag‘lar to‘liq qoplanishi yoki ortiqcha to‘langan mablag‘ning qaytarilishi o‘zaro hisob-kitoblar asosida amalga oshiriladi.
17. Pullik xizmatlar yuzasidan mijozlar bilan tuziladigan shartnomalarni va yakuniy hisob-kitob dalolatnomalarini rasmiylashtirish tibbiy-ijtimoiy muassasaning buxgalteriya xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
18. Mijoz yoki uning homiysi mijoz uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha tibbiy-ijtimoiy xizmat hajmi uchun to‘lovni rad etgan taqdirda, qiymati to‘langan pullik xizmatlarni mijoz to‘liq hajmda olgandan keyin tegishli davolash-profilaktika muassasasiga murojaat qilishi tushuntirilgan holda tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqariladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” internat uylari tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi Farmonining 121-bandiga muvofiq, pullik xizmatlar uchun to‘langan mablag‘larning 2 foizi Agentlikning budjetdan tashqari hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi hamda Agentlik direktori ushbu mablag‘larni Agentlik tizimidagi tashkilotlar o‘rtasida taqsimlash huquqiga ega.
Pullik xizmatlar uchun to‘langan mablag‘larning 2 foizini Agentlikka yo‘naltiruvchi tibbiy-ijtimoiy muassasalar ro‘yxati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Pullik xizmatlar uchun to‘langan mablag‘larning 2 foizi Agentlikning budjetdan tashqari hisobvarag‘iga yo‘naltirilishi har oy uchun keyingi oyning 5-sanasiga qadar amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2025-yil 4-oktabrdagi 2025/1-son qarori (ro‘yxat raqami 3360-2, 08.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 10/25/3360-2/0908-son)
20. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari, Jinoyat kodeksining XV bobi.
21. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalar tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar turlari
RO‘YXATI
(1-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-bob. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari va “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uylari, Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda ko‘rsatiladigan pullik tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
1. Mutaxassis ko‘rigi;
2. Yotoq o‘rin bilan ta’minlash;
3. Oziq-ovqat, shu jumladan ratsional va parhez taomlar bilan ta’minlash;
4. Klinik tahlillar;
5. Bioximik tahlillar;
6. Funksional tashxislash;
7. Fizioterapevtik muolajalar;
8. Uqalash;
9. Davolash badantarbiyasi;
10. Dori yuborish (mushak orasiga, qon tomir ichiga, bo‘g‘im ichiga);
11. Dori vositalari;
12. Tibbiy buyumlar;
13. Xonalarni tozalash (yig‘ishtirish);
14. Kiyim-kechaklarini yuvish;
15. Gigiyena tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
16. Sayrga, madaniy va ma’rifiy hamda sport tadbirlariga borishda hamrohlik qilish yoki olib borish;
17. Qarindosh va do‘stlar bilan yozishmalarda hamda aloqa o‘rnatishda ko‘maklashish;
18. Birinchi tibbiy yordam;
19. Yotoq yaralarni, tashqi jarohatlarni qayta ishlash va bog‘lash;
20. Tozalash klizmasini bajarish;
21. Palliativ yordam ko‘rsatish;
22. Uy sharoitida tibbiy parvarish qilish asoslarini o‘rgatish;
23. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish yakka tartibdagi dasturida belgilangan sog‘lomlashtirish tadbirlarini amalga oshirish;
24. Konsertlar, tomoshalar, tarixiy qadamjolarga hamda ziyoratgohlarga ekskursiyalar uyushtirish;
25. Davra suhbatlari, uchrashuvlar, treninglar o‘tkazish;
26. Bayramlar va alohida muhim sanalarda har xil madaniy tadbirlar tashkil qilish;
27. Shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq tegishli sport anjomlaridan, vorkaut sport maydonchalarida mavjud inventarlardan foydalanishga ko‘maklashish;
28. Davolovchi badantarbiya mashqlarini bajarishda ko‘maklashish;
29. Qiziqishni inobatga olgan holda turli xil to‘garaklar tashkil etish.
(1-bob O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
2-bob. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, uning hududiy markazlarida ko‘rsatiladigan pullik tibbiy-ijtimoiy xizmatlar
1. Mutaxassis ko‘rigi;
2. Yotoq o‘rin bilan ta’minlash;
3. Oziq-ovqat bilan ta’minlash;
4. Klinik tahlillar;
5. Bioximik tahlillar;
6. Funksional tashxislash;
7. Nur tashxislash;
8. Fizioterapevtik muolajalar;
9. Uqalash;
10. Davolash badantarbiyasi;
11. Jarrohlik amaliyotlari;
12. Og‘riqsizlantirish;
13. Gips bog‘lami o‘rnatish;
14. Jarohatdagi bog‘lamni almashtirish;
15. Dori yuborish (mushak orasiga, qon tomir ichiga, bo‘g‘im ichiga);
16. Dori vositalari;
17. Tibbiy buyumlar.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda pullik xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 22-iyuldagi 2024/3-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3360-1, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 10/22/3360/0260-son; 28.08.2024-y., 10/24/3360-1/0661-son; 08.10.2025-y., 10/25/3360-2/0908-son)