Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sogʻligʻini saqlash, kasbga oʻqitish va bandligini taʼminlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dastur 1-ilovaga muvofiq;
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoniga asosan 2-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 1-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
3. Xotin-qizlarga taʼlim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
a) oliy taʼlim muassasalari, texnikum va kollejlarda kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarning taʼlim kontraktlarini toʻlash uchun 7 yil muddatga foizsiz taʼlim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan har yili 1,8 trillion soʻm resurs mablagʻlari yoʻnaltirilsin.
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-maydagi PF-82-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.05.2024-y., 06/24/82/0372-son)
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshkulov) ikki oy muddatda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan mablagʻlarni ajratish grafigini tijorat banklari kesimida tasdiqlasin;
b) davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichida oʻqiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida, Davlat budjetidan har yili kamida 200 milliard soʻm moliyalashtirilsin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshkulov) hamda Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yil 1-sentabrga qadar davlat oliy taʼlim muassasalarining magistratura bosqichiga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan va taʼlim olayotgan xotin-qizlarning davlat oliy taʼlim muassasalari kesimida roʻyxatini shakllantirsin hamda 2022-yil 1-oktabrga qadar kontrakt toʻlovlarini qoplab bersin;
v) xorijiy oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim dasturlari boʻyicha — 50 nafar, magistratura taʼlim dasturlari boʻyicha — 10 nafar xotin-qizlarga har yili “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali qoʻshimcha grantlar ajratib borilsin.
Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ushbu kichik bandda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun “El-yurt umidi” jamgʻarmasiga har yili Davlat budjetidan kamida 6 milliard soʻm ajratilishini taʼminlasin;
g) har yili Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita) tavsiyalariga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 150 nafardan jami 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning taʼlim kontraktlari mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan qaytarish shartisiz qoplab borilsin.
Qoʻmita (Z.B. Maxkamova) hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshkulov) ikki oy muddatda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar roʻyxatini shakllantirish, ularga tavsiyalar berish va taʼlim kontraktlarini qoplab berish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
d) mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy maʼlumotga ega boʻlmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili Qoʻmita tavsiyanomalariga asosan davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish amaliyoti joriy etilsin.
Qoʻmita (Z.B. Maxkamova), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshkulov) hamda Davlat test markazi (M.M. Karimov) bir oy muddatda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan alohida kvotalarni davlat oliy taʼlim muassasalari kesimida taqsimlash, xotin-qizlarga tavsiyalar berish, alohida test sinovlarini oʻtkazish tartibini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
e) davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy taʼlim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib borilsin.
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmanov) hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshkulov) ikki oy muddatda xotin-qizlar uchun mazkur kichik bandda nazarda tutilgan maqsadli kvotalar davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy taʼlim muassasalari kesimida tasdiqlanishini taʼminlasin.
4. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Oʻzbekiston paxta-toʻqimachilik klasterlari” uyushmasining:
asosan xotin-qizlarga dizayn, toʻqimachilik, axborot texnologiyalari, tarmoqlar iqtisodiyoti, marketing va talab yuqori boʻlgan boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim beradigan alohida universitetni;
ushbu universitet huzurida paxta-toʻqimachilik va pillachilik klasterlari ishtirokida bosqichma-bosqich hududiy texnikumlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshkulov), Qoʻmita (Z.B. Maxkamova), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov), Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev) ikki oy muddatda universitet faoliyatini yoʻlga qoʻyish, uning moddiy-texnika taʼminoti va joylashtirilishi boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
5. Xotin-qizlarni ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanishga jalb qilish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmanov):
Qoʻmita (Z.B. Maxkamova) bilan birgalikda har yili mart oyida amaliy innovatsion loyihalar boʻyicha “Olima ayol” tanlovini oʻtkazib borsin;
ikki oy muddatda “Boʻlajak olim” tanlovi doirasida “Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovini oʻtkazish uchun Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kamida 10 milliard soʻm ajratilishini taʼminlasin.
6. Qoʻmita, Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining xotin-qizlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot natijalarini hayotga tatbiq etish, startap loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Qoʻmita huzurida “Olima ayollar jamiyati”ni tuzish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
Qoʻmita (Z.B. Maxkamova) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda “Olima ayollar jamiyati”ni tashkil etish chora-tadbirlari boʻyicha Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda “Olima ayollar jamiyati”ga xotin-qizlarni amalda qoʻllab-quvvatlash va yanada ragʻbatlantirish uchun Davlat budjetidan 50 milliard soʻm ajratilishi nazarda tutilsin.
7. 2022-yil 1-iyundan boshlab davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitishning yangi tartibi joriy etilsin. Bunda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari huzurida malakani baholash markazlari tashkil etiladi;
malakani baholash markazlari kasbiy malaka talablarini ishlab chiqadi va salohiyatli taʼlim muassasalariga davlat buyurtmasini beradi;
oʻquv kurslarini tugatgan xotin-qizlar bilimi darajasi malakani baholash markazlari tomonidan aniqlanadi va shu asosda ularga malaka sertifikatlari beriladi;
malaka sertifikatini olgan xotin-qizlarga mehnat faoliyatini boshlashi uchun oʻqish xarajatlariga teng miqdorda malakani baholash markazlari tomonidan subsidiyalar beriladi;
malakani baholash markazlari tomonidan umumiy oʻrta taʼlim maktablari, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va kollejlarning bitiruvchi sinf oʻquvchi-qizlarini axborot texnologiyalari yoʻnalishlarida qoʻshimcha kurslarda oʻqitish boʻyicha davlat buyurtmasi beriladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxoʻjayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A.H. Toshkulov) hamda Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bir oy muddatda davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida davlat buyurtmasi asosida xotin-qizlarni kasbga oʻqitish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan 2022-yilda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashadigan hamda ularning muammolari bilan shugʻullanadigan nodavlat notijorat tashkilotlariga 17,1 milliard soʻm miqdoridagi grant mablagʻlari ajratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq joylaridagi ayollarni kasbga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb qilish va ish bilan taʼminlash loyihalarini amalga oshirish maqsadida 2023-yildan boshlab tuman (shahar) sektor shtablari joylashgan binolarning kamida bittadan xonasida oʻquv kurslarini oʻtkazish uchun zarur sharoitlar yaratilsin.
(8-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshisi bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
9. 2022-yil 1-sentabrdan boshlab mehnat resurslari zich boʻlgan qishloq joylarining reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) joriy etilsin.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (S.M. Xolxoʻjayev):
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlari bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar tumanlarda mehnat resurslari zich boʻlgan qishloq joylari roʻyxatini shakllantirsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Reyestrni shakllantirish va yuritish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Belgilansinki, 2022-yil 1-sentabrdan 2025-yil 1-yanvarga qadar Reyestrga kiritilgan hududlardagi umumiy xodimlari soni kamida 10 nafar boʻlgan va ularda ishlovchi xotin-qizlarning mehnatiga haq toʻlash fondi umumiy mehnatga haq toʻlash fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan kichik tadbirkorlik subyektlariga:
Reyestrga kiritilgan hududda joylashgan obyektlar boʻyicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi 50 foiz imtiyoz qoʻllagan holda hisoblanadi;
ularda ishlovchi xotin-qizlar mehnatiga haq toʻlash fondiga ijtimoiy soliq 1 foizlik stavkada hisoblanadi;
budjet tashkilotlariga yillik umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining 750 baravarigacha boʻlgan mahsulotlarini toʻgʻridan-toʻgʻri sotish huquqi beriladi;
ular tomonidan koʻchmas mulk ijaraga olinganda 3-ilovaga muvofiq imtiyozlar beriladi.
10. Oliy Majlis Senati va Vazirlar Mahkamasi tomonidan Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlanganligi, Oliy Majlis Senati raisi T.K. Narbayeva — komissiya raisi hamda Bosh vazir oʻrinbosari Z.B. Maxkamova va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Q.M. Rafikov — komissiya raisi oʻrinbosarlari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (T.K. Narbayeva) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirish dasturi”ni tasdiqlasin va ijroga qaratilishini taʼminlasin:
a) Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash boʻyicha alohida oʻquv kurslarini tashkil etish hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlarni oʻqitish;
b) 2024-yil 1-yanvarga qadar:
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlar xodimlari orasida xotin-qizlarning ulushini kamida 30 foizga yetkazish;
barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar oʻrinbosarini xotin-qizlar orasidan tayinlash. Bunda, mazkur talab tegishli tashkilot rahbari xotin-qizlar orasidan tayinlanganda yoki unda faqat bir nafar oʻrinbosar boʻlgan taqdirda majburiy hisoblanmaydi.
11. Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida xotin-qizlarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun 2022-yilda qoʻshimcha 1 trillion soʻm ajratsin.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi koordinatorlari (S.M. Xolxoʻjayev, A.A. Kamalov, D.Sh. Sultanov) 2022-yilda mazkur dastur doirasida ajratilayotgan mablagʻlarning jami 4 trillion soʻm qismi tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
12. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) uch oy muddatda xotin-qizlarning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida xalqaro moliya institutlarining 300 million AQSH dollari miqdoridagi moliyaviy resurslari jalb etilishini taʼminlasin.
13. Belgilab qoʻyilsinki, 2022-yil 1-apreldan boshlab:
tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million soʻmdan 10 million soʻmga oshiriladi;
“Hunarmand” uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtiriladi.
14. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartish vazirligi (S.M. Xolxoʻjayev), Qoʻmita (Z.B. Maxkamova) hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A.B. Voitov) ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2022 — 2024-yillarga moʻljallangan “Biznes ayollar” dasturi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
tadbirkorlik subyektlari orasida xotin-qizlarning ulushini 40 foizgacha yetkazish;
xotin-qizlarga oʻz tomorqasida gul va meva-sabzavot yetishtirish uchun issiqxona qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilikni yoʻlga qoʻyish uchun 35 million soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratish.
15. 2022-yil 1-iyundan boshlab mahallalarda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) tashkil qilinsin. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
2026-yil 1-yanvardan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari markazlarni tashkil etish uchun hokimlik zaxirasidagi boʻsh yer maydoni mavjud mahallalarda 300 metr kvadratgacha boʻlgan yer uchastkasini doimiy foydalanish huquqi asosida yoki boʻsh turgan davlat mulki obyektini operativ boshqaruv huquqi asosida tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalariga ajratsin;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
markazlar tuman (shahar) hokimliklari tomonidan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hisobidan hamda davlat-xususiy sheriklik shartlarida yoki xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish vakolati boʻlgan tashabbuskor tadbirkorlarning boʻsh turgan binolarida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining tavsiyasi asosida tashkil etilsin;
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) hokimliklari mablagʻlari hisobidan barpo etilgan markazlar tikuvchilik, qandolatchilik, fitnes, sheyping, xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitish faoliyatini tashkil etish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda ijaraga berilsin;
(15-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Markazlarda faoliyat olib borish istagini bildirgan tadbirkorlarga mazkur markazlarda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari tavsiyasi asosida xotin-qizlarni kasb-hunarga oʻqitishga ruxsat beriladi, shuningdek, ularga Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan grantlar ajratish imkoniyati yaratiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-dekabrdagi PF-240-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son)
16. Xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida:
a) 2022-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yoʻnaltirilsin;
b) 2022-yil 1-apreldan boshlab uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan, shu jumladan, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun ijtimoiy uy-joylarni “Xalqparvar” komissiyalari bilan kelishgan holda ikkilamchi uy-joy bozoridan sotib olishga ruxsat berilsin;
v) uy-joyga muhtoj, jumladan xususiy uy-joy fondida ijara huquqi asosida istiqomat qilayotgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi, lekin koʻpi bilan 500 ming soʻmgacha boʻlgan qismi “Ayollar daftari” jamgʻarmasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobidan qoplab berilsin. Bunda:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan 2022-yildan boshlab zarur mablagʻlar ajratib borilsin;
ushbu bandda koʻrsatilgan imtiyozlardan foydalanish uchun xotin-qizlarga ijtimoiy kontrakt asosida kasb oʻrganish, mehnat qilish imkoniga ega boʻlsa, mustaqil yoki Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari yoʻllanmasi asosida ishga joylashish boʻyicha ijtimoiy majburiyatlarni yuklash tartibi joriy etilsin.
17. 2022-yil 1-apreldan boshlab:
a) boquvchisini yoʻqotgan xotin-qizlarning:
farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga toʻlanadigan ota-onalar badalidan ozod qilinsin;
3 yoshgacha boʻlgan farzandlari uchun nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjetidan subsidiyalar belgilangan tartibda ajratilsin;
b) toʻliq quvvat bilan ishlamayotgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 2 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni pullik xizmat koʻrsatish shaklida qabul qilishga ruxsat berilsin;
v) kechki smenada xotin-qizlar ishlaydigan korxona va tashkilotlar oʻz huzurida maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilganda, ulardagi tarbiyachilarning ish haqi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berilsin.
Maktabgacha taʼlim vazirligi (A.V. Shin) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki oy muddatda mazkur bandning “v” kichik bandida nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning uchinchi xatboshida nazarda tutilgan ota-onalar badalidan ozod qilingan tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari toʻliq davlat budjetidan qoplab berilsin.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PF-221-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son)
18. Belgilansinki:
aliment toʻlovchining boshqa ijro hujjatlari boʻyicha majburiyatlari mavjud boʻlganda, qarzdordan undirilgan mablagʻlar aliment toʻlovlari boʻyicha qarzdorlik toʻliq qoplangandan soʻng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va navbatda taqsimlanadi. Xuddi shu kabi, ijro harakatlari davomida qarzdorga solingan jarimalar va ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlari ham aliment toʻlovlaridan joriy qarzdorlik toʻliq qoplangandan soʻng undiriladi;
aliment majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlab kelayotgan va qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ijro organlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish, shuningdek, davlat ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish amaliyoti joriy etiladi. Bunda, ushbu manbalarda qidiruvdagi shaxslar va ularning mol-mulki toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolarga majburiy ijro va ichki ishlar organlariga xabar berish imkoniyati yaratiladi.
19. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) va Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) uch oy muddatda aliment toʻlovlarini undirish tizimi samaradorligini oshirish yuzasidan qonun loyihasini belgilangan tartibda kiritsin. Bunda, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:
a) aliment boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlganda qarzdorlik toʻliq bartaraf etilguniga qadar:
qarzdorning transport vositasini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash;
qarzdorga litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan davlat xizmatlarini vaqtincha koʻrsatmaslik;
b) aliment boʻyicha qarzdorlik mavjudligini nikoh tuzish uchun monelik qiladigan holat sifatida belgilash.
20. Majburiy ijro byurosi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etilsin va unga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 50 milliard soʻm ajratilsin.
Belgilansinki, sud qarori bilan aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan shaxslardan belgilangan mablagʻlarni uch oy ichida undirish imkoni boʻlmagan hollarda “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari aliment toʻlovlari boʻyicha shakllangan qarzdorlikni bir yoʻla toʻlash uchun yoʻnaltiriladi hamda keyinchalik aliment toʻlash majburiyati yuklatilgan qarzdordan sud qarorisiz majburiy tartibda undirib olinadi.
Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev) va Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) ikki oy muddatda “Aliment toʻlovlari” davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish, jamgʻarma mablagʻlari hisobidan aliment toʻlovlaridan qarzdorlik toʻlanadigan holatlar va shaxslar toifasini belgilash tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
21. Xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, xotin-qizlarga xos boʻlgan kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish maqsadida:
a) Qoʻmita (Z.B. Maxkamova) va Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev) ikki oy muddatda yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatilishi lozim boʻlgan ehtiyojmand 6 ming nafar xotin-qizlar, reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanishga muhtoj boʻlgan 10 ming nafar nogironligi boʻlgan xotin-qizlar roʻyxatlarini Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasiga taqdim etsin;
b) Sogʻliqni saqlash vazirligi (B.A. Musayev):
Qoʻmita (Z.B. Maxkamova) bilan hamkorlikda 2022-yilda 3 million nafar xotin-qizlar onkologik skriningdan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) bilan birgalikda 2022 — 2025-yillar davomida 227 ta tugʻuruq kompleksi va 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni toʻliq taʼmirlash va jihozlash uchun xalqaro moliya institutlarining 105 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarni jalb qilsin;
v) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022-yilda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan quyidagilar ajratilishini taʼminlasin:
yuqori texnologik tibbiy yordamga muhtoj xotin-qizlar uchun Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasiga qoʻshimcha — 100 milliard soʻm;
nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash uchun Tibbiy va ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga qoʻshimcha — 17 milliard soʻm;
barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalari tarkibidagi “Onko-nazorat” (“Cancer — nazorat”) ayollar koʻrik xonalarini tibbiy asbob-uskunalar va tibbiy vositalar bilan jihozlash uchun — 20 milliard soʻm;
9 — 12 yoshdagi 815 ming nafar oʻsmir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi hamda 12 turdagi vaksinalar bilan emlash uchun — 200 milliard soʻm.
22. Adliya vazirligi (R.Q. Davletov), Bosh prokuratura (N.T. Yoʻldoshev), Oliy sud (K.F. Kamilov), Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) va Qoʻmita (Z.B. Maxkamova) 2022-yil 1-iyunga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi order sud tomonidan bir yil muddatgacha berilishini belgilash;
chet el fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududida aliment majburiyatlarini bajarmaganlik uchun sudlangan yoki maʼmuriy javobgarlikka tortilgan boʻlsa, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqarib yuborish va Oʻzbekiston Respublikasiga kirish huquqini cheklash boʻyicha majburlov choralarini qoʻllamaslik;
ayolni oʻz homilasini sunʼiy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
yaqin qarindoshi boʻlgan xotin-qizga qasddan tan jarohati yetkazganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, shaʼni va nomusini kamsituvchi maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilash;
ikki oydan ortiq muddat mobaynida moddiy yordamga muhtoj boʻlgan voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxsni moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlagan shaxsga nisbatan haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yoki boshqa ishga majburiy jalb qilish tarzidagi maʼmuriy huquqbuzarlikka oid jazo turini belgilash.
23. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) Qoʻmita (Z.B. Maxkamova) va Yoshlar ishlari agentligi (A.Z. Saʼdullayev) bilan birgalikda uch oy muddatda:
iqtidorli qizlarning ijodiy salohiyatini qoʻllab-quvvatlash hamda intellektual va innovatsion tashabbuslarini rivojlantirish maqsadida “Bilimdon qizlar” telekoʻrsatuvi;
turli sohalarda yutuqlarga erishgan xotin-qizlar toʻgʻrisida ibo-hayo, poklik, sabr-toqat va ilmga intilish singari ezgu qadriyatlarni targʻib qiluvchi “Ayol muvaffaqiyati” ruknidagi teledasturlar tayyorlanishi hamda efirga uzatilishini taʼminlasin.
24. Farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalarga beriladigan “Ibratli oila” koʻkrak nishoni taʼsis etilsin va uni 15-may — Xalqaro oilalar kunida topshirish tartibi belgilansin.
Qoʻmita (Z.B. Maxkamova) bir oy muddatda “Ibratli oila” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
26. Qoʻmita (Z.B. Maxkamova) ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga muvofiq ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
27. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilish maqsadida:
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi raisi T.K. Narbayeva — 10-band;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvahitov — 3-band;
Bosh vazir oʻrinbosari Z.B. Maxkamova — 1, 4, 5, 22 — 25-bandlar;
Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov — 2, 6 — 9, 11, 13 — 16, 20-bandlar;
Bosh vazir oʻrinbosari S.Oʻ. Umurzakov — 12-band;
Bosh prokuror N.T. Yoʻldoshev — 17 — 19, 21-bandlarda nazarda tutilgan tadbirlar ijrosi sifatli va oʻz vaqtida taʼminlanishi uchun masʼul va javobgar etib belgilansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi raisi T.K. Narbayeva va Bosh vazir oʻrinbosari Z.B. Maxkamova har uch oyda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritib borsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 7-mart,
PF-87-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga
1-ILOVA
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha
MILLIY DASTUR
Oʻzbekistonda “2030-yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar” doirasida ustuvor maqsadlardan biri sifatida “Gender tenglikni taʼminlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish” belgilangan.
Ushbu maqsadga erishish uchun xotin-qizlarning oʻz huquq va manfaatlarini ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirishida ularni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutuvchi dasturlarni kengaytirish talab etiladi.
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dastur (keyingi oʻrinlarda — Milliy dastur) xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Milliy dastur Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida“, “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “2030-yilga qadar Oʻzbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida”gi qarori, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan tamoyillari va meʼyorlari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi qoidalar va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq tayyorlangan.
Milliy dasturda xotin-qizlarning huquqlariga inson huquqlarining ajralmas boʻlagi sifatida qaraladi hamda u “Inson qadri uchun” tamoyilidan kelib chiqqan holda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.
Milliy dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi xotin-qizlarning jamiyat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida teng huquqlar asosida toʻlaqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishning muhim omili boʻlib xizmat qiladi.
1-bob. Milliy dasturning maqsad va vazifalari
Milliy dasturning maqsadi — xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, ularning salomatligini mustahkamlash, qizlarning taʼlim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, xususan, davlat boshqaruvida ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni taʼminlashdan iborat.
Milliy dasturni amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olindi:
xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
xotin-qizlarning taʼlim olishlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni ilm-fan sohasiga keng jalb etish;
xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish choralarini kuchaytirish;
xotin-qizlar orasida tazyiq va zoʻravonlikka uchrash hamda odam savdosi qurboni boʻlish holatlarining oldini olish;
jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan, chet elga chiqib ketgan, davlat va jamoat tashkilotlarida hamda xususiy sektorda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ularning qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash choralarini yanada takomillashtirish;
nuroniy onaxonlarni eʼzozlash, ularning bilim va boy hayotiy tajribasidan oilalarni mustahkamlash, qizlarning taʼlim-tarbiyasi, maʼnaviy dunyoqarashini yuksaltirishda foydalanish, shuningdek, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish;
oila institutini mustahkamlash, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni targʻib etish orqali oilalardagi sogʻlom va maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash;
xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, ularda huquqiy madaniyat va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga daxldorlik hissini oshirish choralarini koʻrish.
2-bob. Milliy dasturning dolzarbligi, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini oshirishdagi muammolar
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning toʻlaqonli ishtirok etishini taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi.
Parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, 32 foizni tashkil etdi. Xotin-qizlarning boshqaruv lavozimidagi ulushi 27 foizga, tadbirkorlik sohasida 25 foizga, siyosiy partiyalarda 44 foizga, oliy taʼlimda 46 foizga yetdi.
Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) boʻlinmalari tashkil etildi, yangi Bosh vazir oʻrinbosari lavozimi joriy etilib, u mazkur qoʻmita raisi hisoblanishi belgilandi.
Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi, mahalliy xalq deputatlari Kengashlarida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha hududiy komissiyalar tashkil etildi.
Xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun Xalq banki tizimida rahbarning xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimi joriy etildi.
Viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari hamda tuman (shahar)lar hokimliklarida hokim oʻrinbosarlari — oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari lavozimlari, har bir mahallada xotin-qizlar faoli lavozimi kiritildi.
Xotin-qizlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maxsus jamgʻarma hisobidan ularning hayotiy ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan mablagʻlar ajratib kelinmoqda.
Jumladan, 2018 — 2021-yillarda ogʻir-ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, 5,6 mingdan ziyod xotin-qizlar uchun uy-joy toʻlovining boshlangʻich badali toʻlab berildi, nogironligi boʻlgan 20 mingga yaqin ayollarga nogironlik aravachasi, eshitish moslamalari va boshqa reabilitatsiya vositalari olib berildi, 18 mingga yaqin xotin-qizlarga oilaviy va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar berildi, 500 nafar xotin-qizlarning jarrohlik amaliyoti xarajatlari toʻlab berildi.
“Ayollar daftari” bilan ishlash orqali ijtimoiy koʻmakka muhtoj xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimi yaratilib, 2021-yilning oʻzida 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik koʻmak berish uchun 2 trillion soʻmga yaqin mablagʻ yoʻnaltirildi.
Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yoʻq yolgʻiz ayollarning oʻqish uchun kontrakt toʻlovlarini toʻlab berish tizimi joriy etilib, oliy taʼlim muassasasiga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grant oʻrinlar soni ikki baravarga oshirildi.
Xotin-qizlar uchun ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan biznes loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 6 oylik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qariyb 215 ming oilaga 6 trillion soʻmdan ziyod kredit ajratildi. 55 ming nafar xotin-qizlar tadbirkorlik va kasb-hunar markazlari tomonidan oʻqitildi, hunarmandchilik va kasanachilikka jalb etildi.
Beshta muhim tashabbus doirasida chekka hududlarda tikuvchilik sexlari tashkil etilib, 10 ming nafar xotin-qizlar bandligi taʼminlandi.
Uy-joy sotib olish uchun 1 250 nafar xotin-qizlarga 22 milliard soʻmga yaqin boshlangʻich badallar toʻlab berildi.
Har yili 28 nafar iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanib, mukofot laureatlarini oliy taʼlimning bakalavriat va magistratura bosqichlariga kirish imtihonlarisiz davlat granti asosida qabul qilish yoʻlga qoʻyildi.
“Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni taʼsis etilib, oʻtgan davr mobaynida 855 nafar faollar ushbu koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Davlat buyurtmasi asosida aholini ish bilan taʼminlash va yangi ish oʻrinlarini yaratish tizimi hamda oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning ish stajini qayd etish tartibi yoʻlga qoʻyilib, norasmiy sektorda band boʻlgan xotin-qizlarning ulushi 27 foizgacha qisqardi.
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish masalalari boʻyicha mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi himoya orderini berish tartibi yoʻlga qoʻyilib, ushbu tartib orqali 2020-2021-yillarda zoʻravonlikdan jabr koʻrgan 35 mingdan ziyod xotin-qizlar himoya qilindi.
Xotin-qizlarning murojaatlari boʻyicha kunu-tun faoliyat yuritadigan 1211 qisqa raqamli “ishonch telefoni” orqali birgina 2021-yilning oʻzida 100 mingga yaqin xotin-qizlarning murojaatlari hal etildi.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning 14 ta hududiy va 14 ta namunali tumanlararo markazlari tashkil etilib, mazkur maskanlarda 50 mingga yaqin xotin-qizlarga psixologik, yuridik, tibbiy va boshqa turdagi yordamlar koʻrsatildi.
2020-2021-yillarda mahalla faollari tomonidan ajralish yoqasiga kelib qolgan 50 mingga yaqin oilalar yarashtirildi, 20 mingdan ziyod oilada nikoh qonuniylashtirildi, 6 mingga yaqin oilaning notinchligiga barham berildi.
Barcha tumanlar va shaharlarda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari tashkil etildi. 2021-yil davomida ushbu markazlar tomonidan 90 mingdan ortiq nikohlanuvchi shaxslar oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodiyoti va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha bepul oʻqitildi.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga oʻtishi davrida barcha xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tizimini yuqori bosqichga koʻtarish hamda jamiyatda xotin-qizlar oʻrni va rolini yanada oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, bugungi kunda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishda quyidagi muammolar saqlanib qolmoqda:
xotin-qizlarning, ayniqsa, qishloq joylardagi xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish, ishsiz xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasb-hunarlarga oʻqitish, ish bilan taʼminlash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlari tizimli yoʻlga qoʻyilmagan;
yordamga muhtoj boʻlgan va ogʻir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi boʻlgan ayollar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam koʻrsatish, ularni ehtiyojmandlik holatidan chiqarishga qaratilgan ishlar samarali tashkil etilmagan;
yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj 15 ming nafar xotin-qizlarning muammolari toʻliq hal etilmagan;
xotin-qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ular tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga sabab boʻlgan omillar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga hamda huquqiy oqibatlarini targʻib qilishga qaratilgan tadbirlar koʻlami yetarli emas;
ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va kam taʼminlangan oilalarga tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ularga subsidiyalar ajratish va bandligini taʼminlash uchun imtiyozli kreditlar (shu jumladan, mikrokreditlar) ajratish tartib-taomillari boʻyicha targʻibot ishlari hamda uslubiy-amaliy koʻmaklashish tizimida sustkashliklar mavjud;
hududlarda, ayniqsa, chekka qishloqlarda tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish, ahvoli ogʻir boʻlgan bemor xotin-qizlarni oʻz vaqtida aniqlash, ularni davolash hamda nogironlik belgilari aniq namoyon boʻlgan xotin-qizlarni koʻrikdan oʻtkazish davriyligi muntazam tusga ega emas;
boquvchisini yoʻqotgan hamda ajralish yoqasida turgan oilalarda, toʻliqsiz oilalarda voyaga yetayotgan farzandlarning, shuningdek, uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan ayollarning oilalarida voyaga yetayotgan farzandlarning muammolarini oʻrganish va hal etishga koʻmaklashish, ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash ishlari tashkil etilmagan;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan xotin-qizlarni kasb-hunarlarga oʻqitish, ularning bandligini taʼminlash hamda boshqa muammolarini oʻz vaqtida hal etish choralari talab darajasida emas;
hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda voyaga yetayotgan qizlarning iqtidorlarini oʻz vaqtida aniqlash, ularni roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish tizimi joriy etilmagan;
mahallalarda voyaga yetayotgan qizlar va yosh kelinlar oʻrtasida oila, turmush madaniyati, tibbiy madaniyat, milliy qadriyatlarni eʼzozlash, oilalarni mustahkamlashda qaynonalarning rolini oshirish kabilar boʻyicha targʻibot ishlari samarali yoʻlga qoʻyilmagan;
mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari” tomonidan xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularning oʻz vaqtida hal etilishi ustidan taʼsirchan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish, ijtimoiy faolligini oshirish borasida ularga uslubiy-amaliy koʻmaklashish va ragʻbatlantirish amaliyoti joriy etilmagan.
3-bob. Milliy dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari
Quyidagilar Milliy dasturni amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi.
I. Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash.
Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish.
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish.
Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash.
Chet elga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, odam savdosining oldini olish.
Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilik normalari ijrosini monitoring qilish.
II. Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish
Xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularning tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash.
Xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish.
Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʻrni va mavqeyini yanada mustahkamlash.
Xotin-qizlarning taʼlim olishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning rolini yanada oshirish.
Xotin-qizlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, madaniy hordiq chiqarishlari uchun qoʻshimcha shart-sharoit yaratish.
Nuroniy onaxonlarni eʼzozlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va faolligini oshirish.
III. Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash
Nogironligi boʻlgan yoki nogironligi boʻlgan farzandni tarbiyalovchi ayollarni qoʻllab-quvvatlash.
Uy-joyini taʼmirlashga muhtoj hamda noturar joylarda yashaydigan ehtiyojmand xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash.
Boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash.
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashish.
IV. Oila institutini mustahkamlash
Oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
Oila institutini mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish.
Demografik rivojlanishni ragʻbatlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish.
Oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash.
Oilalarga taʼsirchan metodik, konsultativ va amaliy yordam koʻrsatishning samarali tizimini yaratish.
V. Xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish
Xotin-qizlar orasida qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish.
Ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish.
4-bob. Milliy dasturni amalga oshirish
Milliy dastur uch bosqichda: 2022-2023-yillar, 2024-2025-yillar va 2026-yil davomida amalga oshiriladi, bunda:
a) birinchi bosqichda (2022-2023-yillar) tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratishga hamda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar bajariladi:
xotin-qizlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish maqsadida masofaviy ish usuli va moslashuvchan ish grafigida ishlash mexanizmlari joriy etiladi;
uzoq muddatga xorijga chiqib ketayotgan ota-onalar tomonidan farzandiga vasiy yoki homiy tayinlashning majburiy tartibi oʻrnatiladi;
mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi takomillashtiriladi;
xotin-qizlar orasidagi ishsizlik darajasini kamaytirish uchun ular davlat hisobidan kasb-hunarga oʻqitiladi;
ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish va oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha kompleks choralar koʻriladi;
iqtidorli yosh xotin-qizlarni rahbarlik lavozimlariga tavsiya etish tizimi yaratiladi;
respublika va hududlarda “Yetakchi ayollar muloqoti” platformasi tashkil etiladi;
xorijdagi vatandoshlardan iborat “Oʻzbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi” tashkil etiladi;
vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari va taʼlim muassasalarida xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlarining faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
qurilish, transport, kommunal, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalaridagi kollej va texnikumlarda kasb (mutaxassislik) egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarning toʻliq davlat granti asosida taʼlim olishlari taʼminlanadi, 3 yoshgacha farzandi boʻlgan talaba-qizlarga masofaviy taʼlim olish imkoniyati yaratiladi;
“Ayollar daftari”ga kiritilgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj I va II guruh nogironligi boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joy sharoitlari yaxshilanadi, shuningdek, qaramogʻida nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlarga doimiy daromad manbaiga ega boʻlishda koʻmaklashiladi;
umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim, professional taʼlim tashkilotlarining tegishli fanlari tarkibiga oila qadriyatlari va oila psixologiyasiga oid mavzular kiritiladi;
notinch va kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oilaviy sayohat” turistik paketlari joriy etiladi;
notinch oilalar uchun oilaviy psixologlar yordamini koʻrsatish tizimi joriy etiladi;
b) ikkinchi bosqichda (2024-2025-yillar) barcha sohalarda gender tenglikka erishish hamda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash ishlarini yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar bajariladi:
xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish bilan bogʻliq mavjud infratuzilmalarni mustahkamlash va yangilarini tizimli ravishda barpo etish ishlari jadallashtiriladi;
Milliy dastur doirasida belgilangan maqsad va vazifalarning “mahallabay” ijrosi ustidan monitoring olib borish tizimi yanada takomillashtiriladi;
v) uchinchi bosqichda (2026-yil) xotin-qizlarning huquqiy, tibbiy, psixologik savodxonligini oshirish hamda ilmiy-madaniy iqtidori va ijodkorligini qoʻllab-quvvatlash hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilashga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar bajariladi:
Milliy dasturning asosiy natijalariga erishish, maqsadli parametrlari koʻrsatilgan inson kapitalini yetakchi rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan mezonlarga muvofiq baholash tartibiga oʻtiladi;
xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish uchun indikatorlar yaratiladi.
5-bob. Milliy dasturni qoʻllab-quvvatlash va moliyalashtirish
Milliy dastur quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi:
masʼul ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlari), grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6-bob. Kutilayotgan natijalar
Milliy dasturning amalga oshirilishi kelgusida quyidagi natijalarga olib kelishi kutilmoqda:
“Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etadigan xotin-qizlar soni 30 foizga yetkaziladi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida 14 ta hududda kooperativlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlar orasida xotin-qizlar ulushi 30 foizgacha yetkaziladi;
oliy taʼlim muassasalarida psixolog mutaxassislarga ehtiyoj yuqori boʻlgan sohalar boʻyicha qabul parametrlari 30 foizga oshiriladi;
tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tugʻuruq boʻlimi negizida tumanlararo perinatal markazlar tashkil etiladi;
respublikada istiqomat qilayotgan 337 mingdan ziyod xotin-qizlarni tibbiy, ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish koʻlami kengaytiriladi, ularni reabilitatsiya qilish va protezlash markazlarida ambulator reabilitatsiya qilish mexanizmlari joriy etiladi;
xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi, xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilik normalari ijrosi qatʼiy nazoratga olinadi;
gender tenglikka erishish darajasi boʻyicha dunyo mamlakatlari reytingida mamlakatimizning oʻrni sezilarli oshiriladi;
xotin-qizlarning tazyiq va zoʻravonlikka uchrashining oldi olinadi;
jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlarning jamiyat hayotiga moslashuvchanligi oshadi;
chet elga ishlash uchun chiqib ketgan xotin-qizlarni huquqiy qoʻllab-quvvatlash yoʻlga qoʻyiladi;
odam savdosining oldi olinadi;
xotin-qizlar orasida ishsizlik darajasi kamayadi, ayollar tadbirkorligi oshib, kambagʻallik qisqartiriladi;
ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning turmushi yaxshilanadi;
nogironligi boʻlgan yoki nogironligi boʻlgan farzandi mavjud ayollar, uy-joysiz, boquvchisi boʻlmagan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj ayollar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi;
xotin-qizlarning salomatligi mustahkamlanadi, onalik va bolalik muhofaza qilinadi;
davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʻrni va mavqeyi yanada mustahkamlanadi;
xotin-qizlarning taʼlim olishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratiladi, ilm-fan sohasida ayollarning oʻrni oshadi;
xotin-qizlarning sport bilan shugʻullanishi va madaniy hordiq chiqarishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratiladi;
oila instituti mustahkamlanadi, oilalardagi maʼnaviy-axloqiy muhit yaxshilanadi va ajrimlar soni kamayadi;
xotin-qizlar orasida jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklar oldi olinadi;
xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari roli oshadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga
2-ILOVA
2022 — 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan
KOMPLEKS CHORA-TADBIRLAR REJASI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Talab etiladigan mablagʻ va moliyaviy manba

Ijro uchun masʼullar

I. XOTIN-QIZLARNING HUQUQ VA QONUNIY MANFAATLARINI HIMOYA QILISH

1.1. Xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish

1.

Qonunchilik hujjatlariga “xotin-qizlarni taʼqib etish” tushunchasini kiritish.

1. “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga “xotin-qizlarni taʼqib etish” tushunchasini kiritish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy taʼminlash, zarur tahliliy materiallar va axborot toʻplash.

2. Qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish, huquqiy va boshqa zarur ekspertizalardan oʻtkazish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyul

-

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Mahalla vazirligi)

2.

Ijtimoiy reklamaning hajmini oshirish orqali xotin-qizlar masalalariga alohida eʼtibor qaratish.

1. “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy taʼminlash, zarur tahliliy material va axborotlar toʻplash.

2. Qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish, huquqiy va boshqa zarur ekspertizalardan oʻtkazish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil sentabr

-

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

AOKA,

OʻzMTRK

3.

Oʻquvchi-yoshlarga nisbatan jismoniy tazyiq oʻtkazganlik, zoʻravonlik sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilash.

1. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy taʼminlash, zarur tahliliy materiallar va axborot toʻplash.

2. Qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish, huquqiy va boshqa zarur ekspertizalardan oʻtkazish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil may

-

Adliya vazirligi,

Bola huquqlari boʻyicha vakil,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

4.

Uzoq muddatga chet davlatlarga chiqib ketayotgan ota-onalar tomonidan farzandiga vasiy yoki homiy tayinlashning majburiy tartibini joriy qilish.

1. “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy taʼminlash, zarur tahliliy materiallar va axborot toʻplash.

2. Qonun loyihasi konsepsiyasini tayyorlash.

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish, huquqiy va boshqa zarur ekspertizalardan oʻtkazish.

4. Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

-

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Mahalla vazirligi

5.

“Bolalarga aliment undirish va oilani taʼminlashning boshqa shakllarining xalqaro tartibi toʻgʻrisida”gi Gaaga Konvensiyasiga qoʻshilish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Gaaga Konvensiyasiga qoʻshilishi toʻgʻrisida asoslantirilgan takliflar va qonun loyihalarini ishlab chiqish.

2022-yil iyun

-

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bola huquqlari boʻyicha vakil,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz

1.2. Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlash

6.

Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini keng targʻib qilish.

1. Davlat boshqaruvi akademiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda gender masalalari boʻyicha kamida 140 nafar trener tayyorlash.

2022-yil aprel-may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

AOKA,

OʻzMTRK

2. Trenerlar ishtirokida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini aholiga tizimli yetkazish boʻyicha targʻibot guruhlarini shakllantirish.

2022-yil may

3. Hududlarda targʻibot tadbirlarini tashkil etish jadvallarini ishlab chiqish.

2022-yil iyun

4. Guruh tomonidan targʻibot materiallari (maʼruza, slayd, buklet, videorolik va boshqalar)ni tayyorlash.

2022-2023-yillar

5. Mahallalar, taʼlim muassasalari va korxona-tashkilotlarda hamda OAV, ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

7.

“Gender-madad” elektron huquqiy maslahat platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish.

1. “Gender-madad” elektron huquqiy maslahat platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish.

2022-yil may

-

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

2. Platforma orqali gender masalalari boʻyicha huquqiy normalarni sodda va xalqchil tilda aholiga yetkazish hamda onlayn maslahatni yoʻlga qoʻyish.

2022-2023-yillar

8.

“Ayollarga huquqiy madad” turkumida ommabop qoʻllanmalarni tayyorlash.

1. “Ayollarga huquqiy madad” turkumida ommabop qoʻllanmalar tayyorlash va chop etish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Mahalla vazirligi

2. Qoʻllanmalarni xotin-qizlarga, shu jumladan “Ayollar daftari”ga kiritilgan, himoya orderi olgan yoki zoʻravonlikka uchragan ayollarga bepul tarqatish.

2022-2023-yillar

9.

11-oktabr — Xalqaro qiz bolalar kuni munosabati bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Yoshlar markazlarida “Sening tashabbusing — sening kelajaging uchun” shiori ostida yosh qizlar forumini oʻtkazish.

1. Forumni yuqori saviyada oʻtkazish va tashkil qilish boʻyicha tegishli hujjatlarni ishlab chiqish.

2. Forumni yuqori saviyada oʻtkazish, ishtirokchilarni jalb qilish va ularga amaliy imtiyozlar asosida yordam koʻrsatish.

2022-yil sentabr-oktabr

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

1.3. Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish

10.

Xotin-qizlarning mehnat huquqlari taʼminlanganlik holatini oʻrganish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2022-yil may-iyun

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

2. Reja-jadval asosida tashkilotlarni hududlar kesimida oʻrganish.

3. Tashkilotlarda xotin-qizlarga mehnat sharoitlari yaratilganligi, ularning mehnatini muhofaza qilish va boshqa mehnat huquqlari taʼminlaganlik holatini oʻrganish.

2022-yil iyul-avgust

4. Oʻrganish natijalari yuzasidan qonunchilik hujjatlari va huquqiy amaliyotni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil sentabr

11.

Xoʻjalik hisobidagi korxona va tashkilotlarda rasmiy ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasi toʻlash tizimini yaratish.

1. Xoʻjalik hisobidagi korxonalarda ishlovchi ayollarga homiladorlik va tugʻish nafaqasining bir qismini toʻlash boʻyicha “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi uchun maxsus modul ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriqni tayyorlash.

2. Tegishli vazirlik va idoralar bilan elektron axborot almashuvini yoʻlga qoʻyish.

3. Maxsus modulni ishga tushirish.

2022-yil iyun

-

Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

12.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini takomillashtirish

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali homiladorlik va tugʻish nafaqasini elektron tarzda hisoblash va toʻlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyul

-

Moliya vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1.4. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish

13.

Huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish maqsadida umumtaʼlim maktablarida huquqiy savodxonlik boʻyicha interfaol usullardan foydalangan holda mashgʻulotlar oʻtkazish.

1. Umumtaʼlim maktablarida huquqiy madaniyatni yoshlikdan shakllantirish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Kinematografiya agentligi

2. Dasturga asosan taʼlim muassasalarida interfaol mashgʻulotlar oʻtkazish.

2022-2023-yillar

3. Yoshlarda huquqiy madaniyatni, jumladan xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligiga oid tushunchalarni singdirish, zoʻravonlikka murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan animatsion qisqa metrajli filmlar va ijtimoiy roliklar yaratish.

2022-2023-yillar

14.

Sudyalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish boʻyicha malakasini oshirish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sudyalar oliy kengashi,

Oliy sud,

Milliy gvardiya

2. Oʻquv materiallari (maʼruza matni, taqdimot, tarqatma material, koʻrgazmali targʻibot vositalari)ni tayyorlash va joylarga yetkazish.

2022-yil may

3. Reja-jadvallar asosida sud, ichki ishlar, prokuratura organlari va Milliy gvardiya xodimlari uchun oʻquvlar (shu jumladan masofaviy) tashkil etish.

2022-2023-yillar reja-jadval asosida

15.

Yuridik oliy taʼlim muassasalari oʻquv reja va dasturlariga “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar bilan ishlash” mavzusini kiritish.

1. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik natijasida vujudga keladigan nizolarning sabablarini oʻrganish va oldini olish maqsadida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyotini oʻrganish.

2. “Tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlar bilan ishlash” mavzusi boʻyicha oʻquv materiallarini ishlab chiqish.

3. Mavzuni yuridik oliy taʼlim muassasalari oʻquv dasturlariga kiritish.

2022/2023 oʻquv yilidan

-

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Bosh prokuratura,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Mahalla vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

16.

Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida turkum tadbirlarni tashkil etish.

1. Mavzuga oid maʼruza matni, videorolik, buklet va boshqa targʻibot materiallari hamda tadbirlar jadvalini ishlab chiqish.

2022-2023-yillar oktabr

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

OʻzMTRK

2. “Oilaviy zoʻravonlikning oldini olishdagi muhim vazifalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish.

2022-2023-yillar noyabr-dekabr

3. Targʻibot ishlarini barcha taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalar kesimida tashkil etish.

2022-2023-yillar

4. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.

17.

Aholi oʻrtasida oilaviy zoʻravonliklarning oldini olish va ularning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida “Biz oilaviy zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida ijtimoiy tarmoqlarda chellenj hamda ijtimoiy roliklar tanlovini tashkil qilish.

1. Yozuvchi-shoirlar, sanʼatkorlar hamda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, blogerlar ishtirokida ijodiy guruhni shakllantirish.

2022-2023-yillar oktabr

Hisob-kitoblarga asosan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markaz?,

Madaniyat vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi

2. Chellenj ssenariysi va tanlov nizomi loyihasini ishlab chiqish.

3. Chellenj va tanlovni tashkil etish.

2022-2023-yillar noyabr

4. Tanlov ishtirokchilarini taqdirlash.

5. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

18.

Yoshlar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonlikni bartaraf qilish, oilaviy ajralishlar va shu kabi salbiy holatlarga ularning munosabati va fikr-mulohazalarini oʻrganish boʻyicha sotsiologik tadqiqot oʻtkazish.

1. Soʻrovnoma loyihasini ishlab chiqish.

2. Yosh oilalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazish va takliflar tayyorlash.

2022-yil aprel-may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

1.5. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash

19.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladigan xotin-qizlarning oilalaridagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni shakllantirishga koʻmaklashish.

1. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etiladigan xotin-qizlarning roʻyxatlarini shakllantirish va har bir mahkuma va uning oilasi bilan manzilli ishlar boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash.

2022-2023-yillar

-

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Xotin-qizlarning oilalaridagi muammolarni oʻrganish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha manzilli choralarni koʻrish (bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, psixologik, huquqiy yordam va boshqalar).

2022-2023-yillar chora-tadbirlar asosida

20.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan, jazo muddatini oʻtab boʻlgan xotin-qizlarni mehnat bozorida raqobatbardosh kasb-hunar turlariga oʻqitish orqali bandligini taʼminlashga koʻmaklashish hamda ularni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish.

1. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlarning turmush sharoitlari va murojaatlarini oʻrganish orqali muammolarini tahlil qilish.

2022-yil sentabr

Hisob-kitoblarga asosan, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi

Ichki ishlar vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va jazo muddatini oʻtab boʻlgan xotin-qizlarni tizimli qoʻllab-quvvatlash boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilish.

2022-yil oktabr

21.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan xotin-qizlarning huquqiy bilimini oshirish.

1. Xotin-qizlarning huquqiy bilimlarini oshirishga yoʻnaltirilgan videorolik, buklet va boshqa targʻibot materiallarini tayyorlash va mazkur muassasalardagi kutubxonalarga taqdim etish.

2. Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlarning huquqiy bilimlarni oshirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash va oʻquv kurslarini tashkil etish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

OʻzMTRK

22.

Jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan xotin-qizlar oʻrtasida milliy qadriyatlar va kitobxonlikni targʻib qilishga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

1. Targʻibot tadbirlari dasturini ishlab chiqish.

2022-2023-yillar aprel

Hisob-kitoblarga asosan, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Ichki ishlar vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi

2. Targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

2022-2023-yillar har chorakda

23.

Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi “Respublika qiz bolalar ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasasi”da tarbiyalanayotgan qizlarda hayotiy koʻnikmalarni shakllantirish.

1. Muassasada tarbiyalanayotgan qizlar va ularning oilalari roʻyxatini shakllantirish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan, Bolalarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

Xalq taʼlimi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Toshkent viloyati hokimligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Madaniyat vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

2. Tarbiyalanuvchilar qobiliyati, xohish-istaklaridan kelib chiqib, ularni kasb bilan bogʻliq toʻgaraklarga, jumladan, WEB dasturlash, kompyuter savodxonligi, elektron tijorat kabi yoʻnalishlarga jalb qilish.

2022-2023-yillar

3. Mazkur muassasaga tarbiyalanuvchi qizlarning qiziqishlari boʻyicha tegishli idora va tashkilotlardan mutaxassislarni jalb qilish.

4. Qizlarning kunlik ehtiyojlarini oʻrganish va kerakli vositalar bilan doimiy taʼminlash choralarini koʻrish.

5. Qizlarning oilalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha manzilli choralarni koʻrish (bandligini taʼminlashga koʻmaklashish, psixologik, uquqiy yordam va boshqalar).

1.6. Chet elga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, odam savdosining oldini olish

24.

Uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan shaxslar, shu jumladan ayollarning oilalarini ijtimoiy-psixologik qoʻllab-quvvatlash.

1. Har bir mahallada jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda xonadonlarni oʻrganib borish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan, Davlat budjeti mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirla? Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan shaxslarning oilalari yagona reyestrini yaratish va yangilab borish.

Doimiy

3. Chet elga chiqib ketgan shaxslarning uyda qolgan oila aʼzolari, shu jumladan farzandlarining turmush tarzini oʻrganish, doimiy manzilli qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish (tarbiyasi ogʻir boʻlgan bolalar bilan ishlash, psixologik yordam, toʻgaraklarga jalb etish va boshqalar).

2022-2023-yillar

25.

Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga chiqib ketgan xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish.

1. Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan, huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga muhtoj boʻlgan xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish.

2022-yil aprel

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Moliya vazirligi

2. Xotin-qizlar, shu jumladan ijtimoiy ogʻir ahvolga tushib qolgan ayollar muammolarini hal etishning moliyaviy manbalarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyul

3. Aniqlangan muammolarning yechimi boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni belgilash.

2022-yil iyun

26.

Xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun-mohiyatini xotin-qizlarga tushuntirish maqsadida “Odam savdosi — davr muammosi” targʻibot tadbirlarini amalga oshirish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2022-yil aprel

-

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

OʻzMTRK

2. Tagʻibot materiallari (maʼruza matni, taqdimot, tarqatma material, koʻrgazmali targʻibot vositalari)ni tayyorlash va joylarga yetkazish.

3. Targʻibot tadbirlarini barcha taʼlim muassasalarida, korxona-tashkilotlar va mahallalarda oʻtkazish.

2022-2023-yillar

4. Oʻtkazilgan tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.

27.

Odam savdosidan jabrlangan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish jarayonlarini tashkil qilishda davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining hamkorligi samaradorligini oshirish.

1. Idoralararo ishchi guruhni tuzish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Oʻzbekiston nodavlat-notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura

2. Xorijiy tajribani inobatga olgan holda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, odam savdosidan jabrlangan ayollarni ijtimoiy reabilitatsiya qilishning zamonaviy uslublari boʻyicha takliflarni tayyorlash.

2022-yil may

3. Takliflarni amalga oshirish chora-tadbirlarini belgilash.

2022-yil iyul

1.7. Xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish boʻyicha qabul qilingan xalqaro konvensiyalar va m?lliy qonunchilik normalari ijrosini monitoring qilish

28.

“Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida”gi Konvensiya asosida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ijrosini oʻrganish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil avgust

-

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman),

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish yoʻnalishlarini belgilash.

3. Qonunchilik hujjatlari ijrosini reja-jadval asosida tashkilotlar, hududlar va mahallalarda tanlov asosida oʻrganish.

2022-yil sentabr

4. Monitoring natijalari boʻyicha qonunchilik hujjatlari va huquqiy amaliyotni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil oktabr

29.

“Onalikni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Konvensiya asosida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ijrosini oʻrganish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2023-yil mart

-

Inson huquqlari boʻyicha vakil (Ombudsman),

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura

2. Qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish yoʻnalishlarini belgilash.

3. Qonunchilik hujjatlari ijrosini reja-jadval asosida tashkilotlar, hududlar va mahallalarda tanlov asosida oʻrganish.

2023-yil aprel

4. Monitoring natijalari asosida qonunchilik hujjatlari va huquqiy amaliyotni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil may

30.

“Bola huquqlari toʻgʻrisida”gi Konvensiya asosida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari ijrosini oʻrganish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2023-yil avgust

-

Bola huquqlari boʻyicha vakil,

Yoshlar ishlari agentligi,

Adliya vazirligi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Oliy sud,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

2. Qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish yoʻnalishlarini belgilash.

3. Qonunchilik hujjatlari ijrosini reja-jadval asosida tashkilotlar, hududlar va mahallalarda tanlov asosida oʻrganish.

2023-yil sentabr

4. Monitoring natijalari boʻyicha qonunchilik hujjatlari va huquqiy amaliyotni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktabr

II. XOTIN-QIZLARNING IQTISODIY, IJTIMOIY VA SIYOSIY FAOLLIGINI OSHIRISH

2.1. ?otin-qizlar bandligini taʼminlash, ularning tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash

31.

Ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va oʻzini oʻzi band qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. Hududlarda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash.

2022-yil iyun

Hisob-kitoblarga asosan, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

“Hunarmand” uyushmasi

2. Dastur doirasida:

2022-2023-yillarda xotin-qizlarning kichik biznes loyihalariga imtiyozi kreditlar ajratish;

har bir hududda xotin-qizlar hunarmandchilik markazlari va klasterlarini tashkil qilish;

xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari faoliyatini takomillashtirish, mintaqaviy markazlar ochish choralarini koʻrish;

tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizatsiya qilishga koʻmaklashish;

xotin-qizlarni tadbirkorlikka oʻqitish va biznesga jalb qilish.

2022-2023-yillar

32.

Ishsiz xotin-qizlarni boʻsh (vakant) va zaxiralangan (kvota) ish oʻrinlariga ishga joylashtirish choralarini koʻrish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Chora-tadbirlar doirasida:

ishsiz xotin-qizlar bazasini shakllantirish;

mavjud boʻsh va zaxiralangan (kvota) ish oʻrinlarini taklif etish va ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berish;

xizmat koʻrsatish va servis, sanoat (xususan yengil sanoatda) va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida xotin-qizlar bandligiga koʻmaklashishga alohida eʼtibor qaratish;

2022-yilda — 140 ming, 2023-yilda — 150 ming nafar xotin-qizlarni ishga joylashtirish choralarini koʻrish.

2022-2023-yillar

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

33.

Ish bilan band boʻlmagan xotin-qizlarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Chora-tadbirlar doirasida:

xotin-qizlarni vaqtinchalik haq toʻlanadigan jamoat ishlarida ishtirok etishga taklif qilish;

haq toʻlanadigan jamoat ishlarida qatnashish istagini bildirganlar xotin-qizlarni jamoat ishlariga jalb qilish choralarini koʻrish;

2022-yilda — 66 ming, 2023-yilda — 74 ming nafar xotin-qizlarni haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilish orqali ularning bandligiga koʻmaklashish.

2022-2023-yillar

250 mlrd soʻm, Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

34.

Ishsiz xotin-qizlarga subsidiyalar (tadbirkorlik, tomorqa va boshqalar) ajratish orqali ularning bandligini taʼminlash.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Chora-tadbirlar doirasida aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari tomonidan murojaat etgan xotin-qizlarga quyidagi subsidiyalarni taklif etish:

tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazish, tadbirkorlikka oʻqitish va kredit olishda sugʻurta polisi toʻlovi uchun;

mehnatga layoqatli nogironligi boʻlgan xotin-qizlarni ish bilan taʼminlagan ish beruvchilar uchun;

yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish, urugʻlik, koʻchat va sugʻorish vositalari xarid qilish uchun.

3. 2022-yilda 17 062 nafar, 2023-yilda 19 020 nafar xotin-qizga subsidiyalar ajratish orqali ularning bandligiga koʻmaklashish.

2022-2023-yillar

97,4 mlrd. soʻm, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

35.

Farzandlari boʻlgan xotin-qizlarni yanada qoʻllab quvvatlash, ularning mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

1. “Ishga marhamat” monomarkazlari, professional taʼlim muassasalari, kasb-hunarga oʻqitish markazlari va mahalla aholisini kasb-hunarga oʻqitish maskanlarida bolalarga, bemorlar hamda doimiy ravishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil qilish.

2022-yil yakuniga qadar mehnat bozoridagi talabdan kelib chiqib

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Moliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Bolalarga, bemorlar hamda doimiy ravishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish kurslarini tugatgan malakali mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ularning roziligi bilan “ish.mehnat.uz” portali hamda taniqli xususiy rekruting tashkilotlar saytlarida joylashtirish.

2022-yildan boshlab doimiy

3. 2022/2023 oʻquv yili qabul parametrlarini shakllantirishda jamoat salomatligi texnikumlarida bolalarga, bemorlar hamda doimiy ravishda oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa kishilarga qarab turish va ularni parvarish qilish mutaxassisligi boʻyicha 200 ta davlat grantini ajratish.

2022-yildan boshlab doimiy

36.

Xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiya qilishga koʻmaklashish.

1. Mahalliy va jahon logistika kompaniyalari bilan aloqa oʻrnatish.

2022-yil may

-

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

AT “Xalq banki”

2. Xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni mahalliy va jahon logistika kompaniyalari tomonidan xaridorlarga yetkazib berish tizimini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganib chiqish.

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha jahondagi mashhur elektron portallar orqali xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar realizatsiya qilinishini tashkil etish, xotin-qizlarni ushbu portallar orqali oʻz mahsulotlarini taklif etish koʻnikmalariga oʻrgatish.

2022-yil II chorak

37.

Xotin-qizlarning bandligini taʼminlash va salomatligini mustahkamlash markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

Markazlarni tashkil etish, ularning faoliyat koʻrsatishi va davlat granti ajratish tartibi loyihasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil may

-

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

2.2. Xotin-qizlarning salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish

38.

Taʼlimning barcha bosqichlarida tibbiy madaniyatni oshirish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni belgilash boʻyicha qoʻshma qaror ishlab chiqish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Moliya vazirligi

2. Chora-tadbirlar doirasida:

maktabgacha taʼlim muassasalarida “Lifestyle — Sogʻlom makon”;

umumtaʼlim maktablarida:

1 — 7 sinflarda “Salomatlik darslari”;

8 — 11 sinflarda Roʻzgʻor yuritish sirlari” va “Sogʻlom oila asoslari”;

oʻrta-maxsus, professional va oliy taʼlim muassasalarida “Reproduktiv salomatlik asoslari” maxsus kursini tashkil etish.

2022/2023 oʻquv yili

39.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining 46 ta tugʻuruq boʻlimi negizida tumanlararo perinatal markazlarini tashkil etish.

1. 46 ta tugʻuruq boʻlimi negizida tumanlararo perinatal markazlarini amaldagi shtatlar doirasida tashkil etish choralarini koʻrish.

2. Tumanlararo perinatal markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

2022-2023-yillar reja asosida

5,1 mln AQSH dollari, xalqaro moliya tashkilotlarining kredit mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

40.

Respublika boʻyicha xotin-qizlarning salomatligi holatini oʻrganish.

Xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb qilgan holda xotin-qizlarning salomatligi holatini oʻrganish dasturini amalga oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni oʻrnatilgan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil iyun

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Moliya vazirligi

2.3. Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning oʻrni va mavqeyini yanada mustahkamlash

41.

Davlat boshqaruvining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan faol xotin-qizlarning kasbiy va intellektual salohiyatini oshirish, ularni rahbarlikka tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tizimida qisqa muddatli oʻquvlarni tashkil etish.

1. Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning hududiy filiallari tomonidan rahbarlikka zaxiradagi xotin-qizlarning siyosiy-huquqiy bilimlari hamda boshqaruv koʻnikmalarini oshirish boʻyicha oʻquvlarni tashkil etish.

2. Oʻquv dasturlariga maʼnaviy qiyofani oʻzgartirish, rejalashtirish, jamoani shakllantirish, liderlik va muloqot koʻnikmalarini shakllantirish mavzularini kiritish.

2022-yil aprel — dekabr

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar hamda Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

42.

“Rahbar ayollar maktabi” oʻquv dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.

1. Davlat boshqaruvi akademiyasi tomonidan “Rahbar ayollar maktabi” oʻquv dasturini ishlab chiqish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, Davlat xizmatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

2. Milliy kadrlar zaxirasiga olingan xotin-qizlarni Davlat boshqaruvi akademiyasida bosqichma-bosqich oʻqitish.

2022-yil aprel — dekabr

3. Oʻquvlarni muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarning davlat tashkilotlarida hamda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ilgʻor xorijiy davlatlarda amaliyot (stajirovka) oʻtashini tashkil etish.

2022-2023-yillar reja-jadval asosida

4. Rahbarlik lavozimlariga Milliy kadrlar zaxirasidan nomzodlarni tavsiya etishda xotin-qizlarning nomzodlarini inobatga olish tizimini joriy etish.

Doimiy

44.

Ilm-fan sohasida xotin-qizlardan rahbar kadrlarni tayyorlash va rahbarlikka tayinlash.

1. Ilm-fan va taʼlim sohasida rahbar xotin-qizlarning innovatsion boshqaruv kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida “Innovatsion menejment” dasturi asosida oʻquv kursini tashkil etish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

tasarrufida taʼlim va ilmiy tashkilotlari mavjud vazirlik va idoralar

2. Innovatsion menejment oʻquv kursida rahbarlik lavozimlari zaxirasi uchun oʻrta boʻgʻin rahbar xodimlari (kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlari)ni, innovatsion faoliyat bilan band boʻlgan tashkiliy tuzilmalar xodimlarini oʻqitish.

2022-2023-yillar

3. “Innovatsion menejment” oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan rahbar hamda oʻrta boʻgʻin rahbar xodimlari uchun xorijiy davlatlarga maqsadli stajirovkalar tashkil etish.

4. “Innovatsion menejment” dasturi asosida malaka oshirgan xotin-qizlar roʻyxatini Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mo.argos.uz portaliga kiritib borish.

45.

Xorijdagi vatandoshlardan iborat “Oʻzbekistonlik vatandosh xotin-qizlar kengashi”ni tashkil qilish.

1. Kengash faoliyatini tashkil etish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2022-yil II chorak

-

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Mahalla vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

2. Kengash tomonidan “Vatandoshlar” jamoat fondi bilan tizimli hamkorlik oʻrnatish.

Bunda, xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam koʻrsatish masalasiga alohida eʼtibor qaratish.

Doimiy

46.

Respublika va hududlarda “Yetakchi ayollar muloqoti” platformasini tashkil etish choralarini koʻrish.

Platforma faoliyatini tashkil etish tartibini ishlab chiqish.

2022-yil oktabr

Hisob-kitoblarga asosan, Davlat budjeti mablagʻlari

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

47.

“Oʻzbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollar roli” mavzusida anʼanaviy ayollar forumini tashkil etish.

1. Forumni tashkil etish va oʻtkazish konsepsiyasi, dasturini ishlab chiqish va kelishish.

2. Har yili forumni eng dolzarb masalalarni tanlab olgan holda tashkil etish va oʻtkazish.

Har yili dekabr oyida

Tegishli vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan

Oliy Majlis palatalari,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari

48.

Davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan ibratli, faol xotin-qizlarni aniqlash, ularning faoliyatini keng targʻib etish maqsadida “Yil ayoli” milliy tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov Nizomini qayta koʻrib chiqish va tajribadan kelib chiqqan holda unga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish.

2022-yil I chorak

Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablagʻlari respublika darajasidagi tadbirlar uchun respublika budjeti mablagʻlari

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tanlovni Nizom talablari asosida belgilangan muddatlarda tashkil etish va oʻtkazish.

Tanlov nizomida belgilangan muddatlarda

3. Tanlov jarayonlarini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

49.

Gender tenglikni taʼminlash sohasida idora va tashkilotlarning ilgʻor tajribasini aniqlash maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov Nizomini qayta koʻrib chiqish va tajribadan kelib chiqqan holda ularga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish.

2022-yil I chorak

Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablagʻlari respublika darajasidagi tadbirlar uchun respublika budjeti mablagʻlari

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tanlovni Nizom talablari asosida belgilangan muddatlarda tashkil etish va oʻtkazish.

Tanlov nizomida belgilangan muddatlarda

3. Tanlov jarayonlarini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

50.

Oila va xotin-qizlar masalalari bilan shugʻullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari forumini tashkil etish.

1. Forum konsepsiyasi, kun tartibi va dasturi loyihalarini ishlab chiqish va kelishish.

Forumdan bir oy oldin

Hisob-kitoblarga asosan, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlari

“Yuksalish” umummilliy harakati,

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat-notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi,

Adliya vazirligi

2. Forumni oʻtkazish joyi va vaqtini belgilash.

3. Forumni hududlarda va Toshkent shahrida yuqori saviyada oʻtkazish.

2022-2023-yillar iyul

4. Tadbirning ahamiyatini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

51.

Vazirlik va idoralar, xoʻjalik birlashmalari va taʼlim muassasalarida xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlarini tashkil etish.

1. Soha mutaxassislarini jalb etgan holda huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish.

2. Oʻrganish natijalari asosida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflar ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

-

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

52.

Oʻzbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan maʼrifatparvar ayollarning ibratli hayot yoʻlini targʻib etish maqsadida ularning yubiley sanalarini keng nishonlash choralarini koʻrish.

1. Oʻzbekiston tarixida chuqur iz qoldirgan maʼrifatparvar ayollarning roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil I chorak

Hisob-kitoblarga asosan, Davlat budjeti mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Fanlar akademiyasi,

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi,

Madaniyat vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

AOKA,

OʻzMTRK,

EOAVMA,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Taʼlim muassasalarida, vazirlik, idora va tashkilotlarda, mahallalarda maʼrifatparvar ayollarning ibratli hayot yoʻlini keng targʻib etish boʻyicha badiiy kecha, uchrashuv, davra suhbati va boshqa tadbirlar oʻtkazish.

2022-2023-yillar

3. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda mazkur ayollarning ibratli hayot yoʻli toʻgʻrisida turkum koʻrsatuv, intervyu, eshittirishlar tayyorlash, maqolalar chop etish.

53.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga nomzodlarni tavsiya etishda xotin-qizlarning sonini magistraturada oʻqishga tavsiya etilgan nomzodlar umumiy sonining 30 foizigacha yetkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasinin? magistraturasiga qabu?ni tartibga soluvchi qonun?ilik hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil fevral

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

54.

Parlamentlararo ittifoq bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda parlamentlar ayol-spikerlari Global sammitini tashkil etish.

1. Global sammit konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish, ishtirokchilar tarkibi boʻyicha takliflarni tayyorlash.

Kelishuvga asosan

Hisob-kitoblarga asosan, Davlat budjeti mablagʻlari

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Parlamentlararo ittifoq aʼzolari, BMT tuzilmalari, xorijiy davlatlar parlamentlari hamda xalqaro nohukumat tashkilotlarining delegatsiyalari ishtiroki masalasini oʻrganib chiqish.

Kelishuvga asosan

3. Tadbirni yuqori tashkiliy darajada oʻtkazish, tegishli tavsiyalar tayyorlash.

Tadbirdan bir oy oldin

4. Tadbirning ahamiyatini milliy va xorijiy OAVda keng yoritish.

Tadbir kunlari

5. Tadbir yakuni yuzasidan ishlab chiqilgan hujjatni xalqaro tashkilotlarning rasmiy hujjati sifatida chop etish.

55.

“Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ayollar forumini oʻtkazish.

1. Vazirlik va idoralarning masʼul xodimlaridan iborat tarkibda tashkiliy qoʻmita tarkibini tasdiqlash.

2023-yil fevral

isob-kitoblarga asosan

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Forum konsepsiyasi, kun tartibi va dasturi loyihalarini ishlab chiqish.

2023-yil mart

3. Forumni oʻtkazish joyi va vaqtini belgilash.

Tadbirdan bir oy oldin

4. Diplomatik kanallar orqali xorijiy davlatlarga Forumda ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborish.

5. Forumni yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish.

6. Tadbirni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish.

56.

Oʻzbek milliy liboslariga mehr uygʻotish va ommalashtirish, kiyim va kiyinish madaniyatini yuksaltirish, milliy moda sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga ??osan

Madaniyat vazirligi,

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi,

“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

“Osiyo ramzi” Oʻzbekiston dizaynerlar uyushmasi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

2. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti (TTESI) Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti hamda TTESI va Parij Xalqaro moda akademiyasi bilan hamkorlikdagi qoʻshma fakultet negizida davlat-xususiy sheriklik asosida Xalqaro moda industriyasi akademiyasini (Oʻzbek-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki binosida) hamda uning tarkibida Oʻzbek milliy liboslari merosini saqlash markazini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqish.

3. Hozirgi kunda mavjud boʻlgan oʻzbek milliy liboslari toʻplamlarini xatlovdan oʻtkazish.

2022-yil sentabr

4. Oʻzbek milliy liboslarining hududlar boʻyicha toʻplamlarini yaratish.

Doimiy

5. Milliy moda sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, xalqaro dizayn markazlari bilan aloqa oʻrnatish, dizaynerlik ishlanmalari boʻyicha oʻzaro tajriba almashish maqsadida Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi qoshida “Markaziy Osiyo dizaynerlik ittifoqi”ni tashkil etish.

6. Xar yili moda haftaliklari, viloyatlarda moda namoyishlari, koʻrgazmalari va festivallarini oʻtkazish.

2.4. Xotin-qizlarning taʼlim olishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning rolini yanada oshirish

57.

“Bir million dasturchi” loyihasida ishtirok etadigan xotin-qizlar sonini 30 foizga yetkazish.

1. Tashkiliy chor-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Tashkiliy chora-tadbirlar doirasida:

“Bir million dasturchi” loyihasi toʻgʻrisida vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy boshqarmalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali targʻibot ishlarini kuchaytirish;

taʼlim muassasalarining axborot texnologiyalari, informatika fanlari oʻqituvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi boʻyicha onlayn vebinarlar tashkil etish;

xotin-qizlarning IT-parklarga sayohatlarini tashkil qilish va ularning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, innovatsiyalar borasidagi qiziqishlarini oshirish.

2022-2023-yillar

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Axborot texnologiyalari vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

58.

Oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini, shu jumladan qizlarni ragʻbatlantirish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Barcha fanlardan yaxshi oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga ega boʻlgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan, namunali xulq atvorga ega oʻquvchilar, shu jumladan qizlar uchun “Rektor stipendiyasi”ni joriy qilish.

3. Oliy taʼlim muassasalari tomonidan stipendiya tayinlash va toʻlash tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-2023 oʻquv yilidan boshlab

Hisob-kitoblarga asosan, OTMlarning budjetdan tashqari mablagʻlari

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

59.

Umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilarini tabiiy fanlar, texnologiya va matematika yoʻnalishlarida variativ oʻquv rejalari asosida oʻqitish tizimini joriy qilish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. Tashkiliy chora-tadbirlar doirasida hududlar ehtiyojini inobatga olgan holda variativ oʻquv rejalari asosida oʻqitish tizimini joriy etish va takomillashtirib borish.

2022-2023 oʻquv yilidan boshlab doimiy

-

Xalq taʼlimi vazirligi

2.5. Xotin-qizlar oʻrtasida sportni ommalashtirish, madaniy hordiq chiqarishlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish

60.

Xotin-qizlar oʻrtasida sportni ommalashtirish.

1. Mahallalarda xotin-qizlarning qiziqishlaridan kelib chiqib sport toʻgaraklarini tashkil qilish.

2022-2023-yillar doimiy

Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablagʻlari

Yoshlar siyosati va sport vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tuman (shahar)larda sektorlararo sport musobaqalari, shu jumladan:

2022-2023-yillar doimiy

uy-bekalari oʻrtasida “Sport malikalari” sport haftaligi;

oilaviy jamoalar oʻrtasida “Sogʻlom oila — Yangi Oʻzbekiston tayanchi” shiori ostida uch bosqichli sport musobaqalarini oʻtkazish.

61.

Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

1. Xotin-qizlarni sport bilan shugʻullantirish boʻyicha dastur ishlab chiqish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Sportni r?vojlantirish vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Har bir davlat organi va tashkilotlarida jismoniy tarbiya va sport xonalarini tashkil qilish hamda ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash.

2022-yil sentabr

3. “Sport — nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida mehnat jamoalarida faoliyat koʻrsatayotgan xotin-qizlar oʻrtasida tuman (shahar) — viloyat — respublika miqyosida ayollar sport festivalini oʻtkazish.

2022-yil sentabr

62.

Sportchi xotin-qizlar oʻrtasida “Prezident kubogi” musobaqalarini joriy etish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2022-yil davomida

Hisob-kitoblarga asosan

Sportni rivojlantirish vazirligi,

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Sportchi xotin-qizlar ishtirokida sportning ommabop turlari boʻyicha “Prezident kubogi” musobaqalarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kelishish.

2022-yil may

3. “Prezident kubogi” musobaqalarini xotin-qizlar oʻrtasida keng targʻib etish.

Doimiy ravishda

4. “Prezident kubogi” musobaqalarini ikki yilda bir marotaba yuqori saviyada oʻtkazish.

2022-yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba noyabr oyiga qadar

63.

Mehnat jamoalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etib borish.

1. Har bir davlat organi va tashkilotlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlarning sayohatlarini tashkil etish boʻyicha kasaba uyushmalari bilan kelishilgan holda dasturlar ishlab chiqish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, korxona va tashkilotlar mablagʻlari

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Q?raqalpogʻiston Respub?ikasi Vazirlar Kengashi, v?loyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida har yili ish beruvchilar hisobidan xodimlar, birinchi navbatda xotin-qizlarning mamlakatimizdagi soʻlim goʻshalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil etib borish.

2022-2023-yillar

64.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etib borish.

1. “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning sayohatlarini tashkil etish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Transport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida har yili 50 ming nafar xotin-qizning yurtimizdagi soʻlim goʻshalar, dam olish maskanlari va tarixiy shaharlarga sayohatlarini tashkil etib borish.

2022-2023-yillar

“Ayollar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlari

65.

Madaniy-ommaviy tadbirlarda xotin-qizlar qamrovini oshirish.

1. Milliy anʼana va qadriyatlarni inobatga olib, madaniy-ommaviy tadbirlarning yangi repertuar toʻplamlarini ishlab chiqish.

2022-2023-yillar alohida reja asosida

Hisob-kitoblarga asosan, mahalliy budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Aholining qiziqishidan kelib chiqqan holda hududlarda xotin-qizlar havaskor badiiy va folklor jamoalari sonini oshirish va ularni ragʻbatlantirish choralarini koʻrish.

3. Har bir shahar va tuman boʻyicha madaniy-ommaviy tadbirlarni oʻtkazish sxemasi va reja-grafigini sektorlararo va “mahallabay” tasdiqlash va ijroga qaratish.

2022-2023-yillar

2.6. Nuroniy onaxonlarni eʼzozlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash va faolligini oshirish

66.

Qizlarni eng goʻzal fazilatlar, bilim va odob sohibalari etib tarbiyalashda nuroniy onaxonlar imkoniyatidan samarali foydalanish.

1. Hududlar kesimida nuroniy onaxonlar, faol xotin-qizlar, jonkuyar ayollar roʻyxatini shakllantirish.

2022-yil may

-

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

AOKA,

OʻzMTRK,

OʻzA,

EOAVMA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Hududlar va respublika miqyosida ularning qizlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlarini tizimli ravishda tashkil etish.

Doimiy

3. Yosh qizlarga ustozlik qilib, ularga taʼlim-tarbiya beradigan fidoyi ustoz-murabbiylarning tajribalarini koʻrsatuv, maxsus reportajlar tayyorlash va efirga uzatish orqali ommalashtirish.

4. Nuroniy onaxonlarni ragʻbatlantirish, shuningdek, har yili 8-mart bayrami arafasida “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni, davlat mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha tavsiyalar berish.

67.

“Buvijonlar maʼrifati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish.

1. Tadbirlar reja-grafigini ishlab chiqish.

2022-yil may

-

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

AOKA,

OʻzMTRK,

OʻzA,

EOAVMA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Reja-grafik asosida sohalar kesimida jonkuyar nuroniy onaxonlar ishtirokida quyidagi mavzularda ochiq muloqotlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar oʻtkazish:

“Keksa shifokor — millat sogʻligʻiga madadkor” mavzusida yoshi ulugʻ shifokorlar;

“Adolat tarozisini mahkam tutib” mavzusida nafaqada boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari;

“Goʻzal yurtim imoratlari poydevorining egasi” mavzusida quruvchi-ayollarning keksa avlodi vakillari;

“Koʻzga surtgum ustoz bosgan tuproqlarni” mavzusida nafaqadagi ustoz pedagoglar va oʻquvchilar;

“Ilmi ummon sharafiga sazovorlar” mavzusida ilmiy-tadqiqot muassasalarida uzoq yillar davomida ishlab kelayotgan, nafaqaga chiqqan akademik, professor, siyosatchi, olima, dirijor, muhandis, bastakor, rassom, faxriy oʻqituvchi va boshqalar.

2022-2023-yillarda reja-grafik asosida

3. Tadbirlarga taʼlim muassasalari oʻquvchi-qizlari, uy bekalarini manzilli jalb etish.

68.

“Oʻzbek qadriyatlari va urf-odatlari buvijonlar talqinida” mavzusida ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida turkum koʻrsatuv, eshittirish va maʼrifiy materiallar tayyorlash va keng yoritish.

1. Xotin-qizlar bilan ishlash boʻyicha komissiya, “Ota-onalar universiteti” jamoatchilik tuzilmasi, “Ayollar maslahat kengashlari”, “Bibixonim maktabi” aʼzolarini koʻrsatuv va eshittirishlarga jalb etish.

2. Ommaviy axborot vositalari va internet nashrlarida (shu jumladan, tarmoq gazeta va jurnallarda) turkum koʻrsatuv, eshittirish va maʼrifiy materiallarni uzluksiz yoritish va efirga uzatib borish.

2022-yil iyundan boshlab muntazam

-

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

AOKA,

OʻzMTRK,

OʻzA,

EOAVMA,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

III. IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ XOTIN-QIZLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH

3.1. Nogironligi boʻlgan yoki nogironligi boʻlgan farzandni tarbiyalovchi ayollarni qoʻllab-quvvatlash

69.

Umumtaʼlim muassasalarida inklyuziv sharoitda taʼlim olayotgan qizlarni psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish.

1. Inklyuziv sharoitda taʼlim olayotgan oʻquvchi-qizlarni psixologik-pedagogik qoʻllab-quvvatlash maqsadida doimiy monitoring olib borish.

2022-2023 oʻquv yilidan

-

Xalq taʼlimi vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Inklyuziv sharoitda taʼlim olayotgan oʻquvchi-qizlarning maktabga moslashishi uchun maxsus psixologik korreksion dasturlarni ishlab chiqish.

2022-yil sentabr

3. Inklyuziv sharoitda taʼlim olayotgan oʻquvchi-qizlarning nuqsoni tufayli pedagog xodimlar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari tomonidan turli kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tushuntirish ishlarini olib borish.

2022-yil sentabr oyidan boshlab muntazam ravishda

70.

Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 1089 nafar oʻquvchi-qizni zamonaviy eshitish moslamalari bilan taʼminlash.

1. Eshitish qobiliyati zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchi-qizlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish

2022-yil iyul

Hisob-kitoblarga asosan, budjet mablagʻlari

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiri? agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Moliya vazirligi

2. Zamonaviy eshitish moslamalarini oʻrnatilgan tartibda xarid qilish.

2022-yil aprel — avgust,

3. Tibbiy koʻrik xulosasiga binoan ularni zamonaviy eshitish moslamalari bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2022-yil sentabr-oktabr

71.

Imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash.

1. Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan har bir nogironligi boʻlgan shaxslar ishlashi mumkin boʻlgan kasblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda “Bandlik xizmati” axborot tizimiga integratsiya qilish.

2022-yil may

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Markaziy bank

2. Nogironligi boʻlgan shaxslarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish uchun kasbiy taʼlim muassasalariga imtiyozlar berish.

2022-yil iyun

3. Nogironligi boʻlgan shaxslarni tadbirkorlikka jalb etish va ularning oʻzini oʻzi band qilishi uchun imtiyozli kreditlar, subsidiyalar ajratish.

Doimiy

72.

Nogironligi boʻlgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan oʻzaro aloqasini kuchaytirish, davlat xizmatlarini koʻrsatishda mahalliy darajada (“mahallabay” tamoyili asosida) ijtimoiy ishlarni olib borish mexanizmini yoʻlga qoʻyish.

1. Amaliy chora-tadbirlarni olib borish.

2022-yildan boshlab doimiy

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman (shahar) hokimliklari,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Moliya vazirligi

73.

Nogironligi boʻlgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish darajasi va sifatini yuqori texnologiyali ixtisoslashgan tibbiy va ijtimoiy yordamdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish orqali oshirish.

1. Nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tibbiy ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha davlat organlariga onlayn videoaloqa tizimi orqali murojaat qilish platformasini yaratish.

2022-yil davomida

-

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Moliya vazirligi,

Axborot texnologiyalari vazirligi

2. Davlat va ijtimoiy xizmatlarning kamida 70 foizini bevosita mahallada koʻrsatish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

2022-2023-yillar

3.2. Uy-joyini taʼmirlashga muhtoj hamda noturar joylarda yashaydigan ehtiyojmand xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash

74.

Uy-joyga muhtoj noturar joylarda yashayotgan va ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

“Ayollar daftari” tizimi orqali:

1. 14 ming nafar xotin-qizlarga turarjoy ijara toʻlovi boʻyicha kompensatsiyalar toʻlash;

2. 12 ming nafar xotin-qizlarni ijtimoiy ijara shartlari asosida ijtimoiy uy-joylarga joylashtirish.

2022-2023-yillar davomida

Hisob-kitoblarga asosan, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi va mahalliy budjet mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

75.

Uy-joyga muhtoj noturar joylarda yashaydigan “Ayollar daftari”ga kiritilgan va ehtiyojmand xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan 6 ming nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan, “Ayollar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Moliya vazirligi,

tuman (shahar) hokimliklari

3.3. Boquvchisi boʻlmagan ehtiyojmand xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash

76.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan yolgʻiz ehtiyojmand xotin-qizlarga har yili bir martalik moddiy yordam ajratish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan kamida 100 ming nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish.

2022-2023-yillar

324 mlrd. soʻm, “Ayollar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Moliya vazirligi,

tuman (shahar) hokimliklari

77.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj yolgʻiz ehtiyojmand xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. 30 ming nafar xotin-qizlarga ularning taʼmirtalab uy-joylarini taʼmirlash uchun qurilish materiallari olib berish va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan, “Ayollar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

sektorlar rahbarlari,

Moliya vazirligi,

tuman (shahar) hokimliklari

3.4. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash

78.

Muhim sanalar va umumxalq bayramlari (Xalqaro xotin-qizlar kuni, Navroʻz, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, Xalqaro nogironlar kuni, Yangi yil)da hamda “Keksalar haftaligi”da oʻzgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarning holidan xabar olib, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab quvvatlash.

Amaliy chora-tadbirlar.

2022-2023 yillar davomida

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

79.

“Inson taftini inson oladi” shiori ostida har oyda bir marotaba uyida yotib qolgan ehtiyojmand oilalardagi keksalarning holidan xabar olish xayriya tadbirlarini tashkil etish.

1. Mahallalar kesimida uyida yotib qolgan ehtiyojmand oilalardagi keksalarning roʻyxatini shakllantirish va yangilab borish.

Har yarim yilda

Hisob-kitoblarga asosan, “Nuroniy” jamgʻarmasi, homiylik mablagʻlari

Mahalla vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

“Nuroniy” jamgʻarmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, hokimliklari,

hududiy nuroniylar jamoatchilik kengashlari

2. “Inson taftini inson oladi” shiori ostida har oyda bir marotaba uyida yotib qolgan ehtiyojmand oilalardagi keksalarning holidan xabar olish xayriya tadbirlarini oʻtkazib borish.

2022-2023-yillar

3. Xayriya tadbirlariga barcha darajadagi davlat boshqaruvi organlari rahbarlari va koʻngillilarni jalb etish.

80.

Mahallalarda nuroniy onaxonlarning salomatligini oshirish va ularni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

1. Viloyat, tuman (shahar) miqyosida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish grafigini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil aprel

“Nuroniy” jamgʻarmasi, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi, Madaniyat vazirligi,

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

hududiy nuroniylar jamoatchilik kengashlari

2. “Tibbiyot avtobuslari”ni tashkil etish.

3. Tibbiy koʻrikka tor doiradagi mutaxassislarni jalb etish.

2022-2023-yillar reja-grafik asosida

4. 484 333 nafar onaxonlarni bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.

5. Nuroniy onaxonlarni zarur dori-darmonlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak, poyabzal bilan taʼminlash tadbirlarini tashkil etish.

6. 12 919 nafar onaxonlarni tashkilotlar va kasaba uyushmalari sanatoriylarida davolanishlarini tashkil etish.

7. Nogironligi bor keksa ayollardan 1640 nafarini nogironlar aravachasi, 1643 nafarini eshitish moslamasi, 504 nafarini koʻzoynak, 1322 nafarini boshqa reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlash.

8. “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan keksalar uchun madaniy tadbirlar va ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish.

3.5. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlarga ularning bandligini taʼminlash va tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishda koʻmaklashish

81.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish.

1. “Ayollar daftari” orqali xotin-qizlarning muammolarini hal etish amaliyotini oʻrganish va tahlil qilish.

2022-yil alohida reja asosida

-

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Orttirilgan tajriba hamda mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Tartib hamda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil mart

82.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarning bandligini taʼminlash.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. “Ayollar daftari” tizimi orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz 300 ming nafar xotin-qizlarning bandligini taʼminlash.

2022-2023-yillar

400 mlrd. soʻm, Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi va Jamoat ishlari jamgʻarmasi mablagʻlari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

83.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish.

1. Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2. “Ayollar daftari”ga kiritilgn 80 ming nafar xotin-qizlarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish.

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblarga asosan “Ayollar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Moliya vazirlig?,

tuman (shahar) hokimliklari

84.

Qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish orqali xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish.

1. Qishloq joylarda infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan suv taʼminoti va transport xizmati koʻrsatish tizimini yaxshilash orqali xotin-qizlarning mehnat bozoriga kirishlari uchun sharoitlarni kengaytirish boʻyicha hududlar kesimida iqtisodiy asoslangan “Maqsadli harakatlar dasturi”ni ishlab chiqish.

2022-yil iyun

-

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Moliya vazirligi,

tuman (shahar) hokimliklari

2. “Maqsadli harakatlar dasturi” loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil yanvar

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

IV. OILA INSTITUTINI MUSTAHKAMLASH

4.1. Oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini takomillashtirish

85.

Jamiyat rivojlanishining zamonaviy xususiyatlarini inobatga olib, Oila kodeksini takomillashtirish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Oilani mustahkamlash, farzandlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar, shu jumladan yon shajara boʻyicha yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzishning oldini olishga oid normalarni kiritish masalalarini oʻrganish.

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil oktabr

-

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Adliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura

86.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini takomillashtirish.

1. Tuman (shahar)lardagi Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini oʻrganish.

Bunda:

oʻquvlar tashkil qilishga tizimli uslubiy koʻmaklashish;

oʻquvlarni zamonaviy usullarda tashkil qilish va qamrovini kengaytirish;

markazlar faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida nodavlat oʻquv markazlarini ijtimoiy buyurtmalar orqali oʻquvlarni oʻtkazish uchun jalb qilish va oʻquvlar sifatini oshirishga erishish;

yoshlarning ish joyi va taʼlim muassasasida ish haqi va stipendiyasi saqlangan holda mashgʻulotlarga qatnashish uchun kurslarda ishtirokini taʼminlash tizimini yaratish.

2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil dekabr

Tegishli vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

87.

“Yoshoila.uz” veb-sayti (elektron platforma) va mobil ilovasi faoliyatini takomillashtirish va ommalashtirish.

1. “Yoshoila.uz” veb-sayti (elektron platforma) faoliyatini takomillashtirish va mobil ilovasini ishlab chiqish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. “Yoshoila.uz” veb-sayti (elektron platforma) va mobil ilovasi faoliyatini ommalashtirish boʻyicha media-reja ishlab chiqish.

2022-yil iyun

4.2. Oilani mustahkamlash va rivojlantirish masalalari boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib borish

88.

“Farovon oila — kelajak poydevori” mavzusi doirasida 20 ta amaliy va fundamental loyihani amaliyotga tatbiq etish.

1. Ilmiy tadqiqot mavzularining bazasini yaratish.

2. Reja asosida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.

3. Tadqiqotlar natijalari asosida takliflar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-2023-yillar

Tegishli vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

89.

Oilalarning baxtlilik darajasini aniqlash orqali ular bilan yakka tartibda ishlash, nizoli vaziyatlarni erta aniqlash va individual yondashuvni tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida xalqaro baxtlilik indikatorlarini oʻrganish hamda oilalarning baxtlilik indikatorini ishlab chiqish.

1. Xalqaro baxtlilik indikatorlarini oʻrganish va oilalarning baxtlilik indikatorlarini aniqlash.

2022-yil aprel

Tegishli vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi

2. Indikatorlarni ishlab chiqish va tajriba-sinovdan oʻtkazish.

2022-yil aprel — sentabr

3. Indikatorlarni joriy qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil noyabr

4.3. Demografik rivojlanishni ragʻbatlantirish va oila farovonligi darajasini oshirish

90.

Oʻzbekistonning 2030-yilgacha moʻljallangan demografik barqarorlik Konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. Konsepsiya loyihasini ishlab chiqish uchun amaldagi holat va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

3. Konsepsiya boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2022-yil noyabr

Hisob-kitoblarga asosan, xalqaro moliya institutlari grantlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

91.

Oila institutini mustahkamlash boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish, bunga yoshlarni jalb qilish maqsadida “Oila demografiyasi” ilmiy-oʻquv laboratoriyasini tashkil etish.

1. Laboratoriyaning moddiy-texnika bazasini shakllantirish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2022-yil sentabr

Hisob-kitoblarga asosan, xalqaro moliya institutlari grantlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Davlat statistika qoʻmitasi

2. Laboratoriya bazasida “Demografiya” milliy portalini yaratish hamda mazkur sohada faoliyat yuritayotgan olimlarning yutuqlari va ishlanmalarini yoritib borish.

2022-yil noyabr oyidan boshlab doimiy

92.

“Xonadon gigiyenasini baholash” elektron platformasi hamda oʻz gigiyenasini baholashiga qarab hududiy xaritani yaratish.

1. Respublikaning barcha hududlarida yashovchi aholini keng qamrab olishga qaratilgan dasturiy mahsulotni ishlab chiqish.

2022-yil iyun

Tegishli vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti

2. Uy xoʻjaliklarining oʻzini-oʻzi baholash natijalari asosida respublika hududini sanitariya-gigiyena sharoitlari bilan taʼminlanganlik darajasi boʻyicha xaritalash imkonini beruvchi toʻliq maʼlumotlar bazasini shakllantirish.

2023-yil iyun

3. Uy xoʻjaliklarida turmush gigiyenasi sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil noyabr

4.4. Oilaning tarbiyaviy-taʼlim salohiyatini mustahkamlash, jamiyatda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni yaxshilash

93.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning ongiga oila muqaddasligi, ota-onani hurmat qilish, keksalarni eʼzozlash gʻoyalarini singdirish.

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2022-yil II chorak

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Maktabgacha taʼlim vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining “Oʻrta”, “Katta”, “Tayyorlov” guruhlari uchun “Men va mening oilam” mavzusida uslubiy qoʻllanma tayyorlash, chop etish.

3. Qoʻllanmani maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazish.

2022-yil sentabr doimiy

4. Oilaviy qadriyatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga yetkazish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshirish.

94.

Farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan oilalar uchun “Ibratli oila” koʻkrak nishonini taʼsis etish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2. “Ibratli oila” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil may

-

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

95.

“Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

1. Ishchi guruh tuzish.

2022-2023-yillar aprel

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

OʻzMTRK,

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tanlov konsepsiyasi, nizomi va dasturini ishlab chiqish.

3. Hududlarda koʻrik-tanlovni oʻtkazish va gʻoliblarni taqdirlash.

2022-2023-yillar may

96.

Notinch va kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Oilaviy sayohat” turistik paketlarni joriy etish.

1. “Oilaviy sayohat” turistik paketlarni ishlab chiqish.

2022-yil mart

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Kasaba uyushmalari federatsiyasi,

Turizm va madaniy meros vazirligi,

Transport vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi

2. Har yili reja-jadval asosida 1 000 ta notinch va kam taʼminlangan oilalarni ichki turistik sayohatga imtiyozli yuborish.

reja-grafik asosida 2022-2023-yillar

4.5. Oilalarga taʼsirchan metodik, konsultativ va amaliy yord?m koʻrsatishning samarali tizimini yaratish

97.

Nizoli oilalar vakillari bilan individual ishlash mexanizmini joriy qilish.

Nizoli oilalar vakillari bilan individual ishlash daftarini yaratish va amaliyotga tatbiq etish.

2022-yil martdan boshlab doimiy

Tegishli vazirlik va idoralar mablagʻlari hisobidan

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Oʻzbekiston psixologlar assotsiatsiyasi,

Adliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

98.

Oilaviy ajralishlarning oldini olishda mediatorlik institutining rolini kuchaytirish.

1. Yuristlar malakasini oshirish markazida birinchi navbatda oilaviy ajralish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan fuqarolar yigʻinlari xodimlari malakasini oshirish.

2022-2023-yillarda reja-grafik asosida

Davlat budjet mablagʻlari

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Huquqiy eksperiment tariqasida fuqarolik ishlari boʻyicha Mirobod tumanlararo sudida ajrimlarga oid ishlarni koʻrib chiquvchi maxsus xona tashkil etish.

2022-yil iyul-avgust

3. Huquqiy eksperiment natijalari boʻyicha takliflar tayyorlash.

2022-yil avgust

99.

Fuqarolar yigʻinlari xodimlarining oilalar bilan ishlash, ularning muammolarini barvaqt aniqlash va bartaraf etish borasidagi malakasini oshirish.

1. Oʻquv dasturlari, oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar yaratish.

2022-yil aprel

Hisob-kitoblarga asosan, “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari

Mahalla vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Oʻquv-seminarlarni oʻtkazish reja-grafiklarini ishlab chiqish.

2022-yil may

3. Oʻquvlarga jalb etiladigan fuqarolar yigʻinlari xodimlari roʻyxatini shakllantirish.

2022-2023-yillar

4. Reja-grafik asosida zamonaviy usullarda oʻquvlarni tashkil qilish.

V. XOTIN-QIZLAR ORASIDA JINOYATCHILIK HAMDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH

5.1. Xotin-qizlar orasida qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usul va shakllarini tatbiq etish

100.

Xotin-qizlar orasida qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan eng yaxshi ijtimoiy roliklar tanlovini oʻtkazish.

1. Tanlov konsepsiyasi va nizomini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2022-yil sentabr

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura

2. Tanlovda ishtirok etish boʻyicha eʼlon berish.

2022-2023-yillar noyabr

3. Tanlovni ijtimoiy tarmoqlar orqali tashkil etish.

4. Tanlov gʻoliblarini aniqlash va taqdirlash.

101.

Huquqbuzarliklarga murosasizlik munosabatini shakllantirish, huquqiy nigilizmga barham berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik hissini kuchaytirish.

1. Mahallalardagi “Ayollar maslahat kengashlari”da “Huquqiy bilimlar” mavzusida uchrashuvlar tashkil etish.

Har oyning oxirgi haftasi

-

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

OʻzMTRK

2. Muntazam ravishda tele- va radiolektoriy tashkil etish, unda qonun majmualari sharhini xalqchil tilda berib borish.

2022-2023-yillar

3. Oilada huquqiy savodxonlik va huquqiy tarbiyani yuksaltirish boʻyicha tavsiya, ommabop risolalar tayyorlash va chop etish.

102.

Profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi profilaktik ishlarni amalga oshirish.

1. Mahallalar kesimida profilaktik hisobda turgan xotin-qizlarning muammolarini oʻrganish.

Har chorakda

-

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi

2. Xotin-qizlarni ularning ijtimoiy ahvoli va qiziqishlaridan kelib chiqib, toʻgaraklarga jalb etish.

2022-2023-yillar

3. Xotin-qizlarni ularga moddiy-maʼnaviy, ijtimoiy masalalarda amaliy yordam koʻrsatish orqali profilaktik hisobdan chiqarish choralarini koʻrish.

103.

Haftaning har payshanba kuni oʻtkaziladigan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida xotin-qizlar oʻrtasida “Huquq va majburiyatlaringizni bilasizmi?” mavzusida uchrashuvlar oʻtkazish.

1. Mavzuga oid maʼruza matni, videorolik, buklet va boshqa targʻibot materiallarini tayyorlash.

2. Hamkorlikda oʻtkaziladigan uchrashuvlar reja-jadvalini ishlab chiqish.

3. Targʻibot ishlarini barcha taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda tashkil etish.

4. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish.

2022-2023-yillar davomida

-

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xalq taʼlimi vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

OʻzMTRK

104.

Jamoat tashkilotlari ishtirokida “Xotin-qizlar huquqiy madaniyatini rivojlantirishning istiqbollari”, “Oila muqaddas”, “Ayol eʼzozda”, “Kelin va qaynona”, “Ibratli oila”, “Siz qonun himoyasidasiz”, “Oʻzbek ayoli” mavzularida davra suhbatlarini tashkil etish.

1. Mavzuga oid videorolik, buklet va boshqa targʻibot materiallarini tayyorlash.

2. Hamkorlikda oʻtkaziladigan uchrashuvlar reja-jadvalini ishlab chiqish.

3. Targʻibot ishlarini taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va mahallalarda tashkil etish.

4. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritish.

2022-2023-yillar

-

Bosh prokuratura,

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi

105.

Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, internet tarmogʻi orqali tarqatilayotgan gʻarazli axborotlar, odob-axloqni yemiruvchi illatlar, ayollarni zalolatga boshlovchi bu?gʻunchi gʻoyalarga qarshi sogʻ?om dunyoqarashni shakllantirish maqsadida “Ayol baxti” loyihasini amalga oshirish

1. Ishchi guruh shakllantirish.

2. Faol va ibratli yosh ayollar roʻyxatini shakllantirish.

2023-yil yanvar

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi,

OʻzMTRK,

OʻzA,

Yoshlar ishlari agentligi,

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

3. Faol va ibratli yosh ayollarning tengdoshlariga murojaat bilan chiqishlarini nazarda tutuvchi koʻrsatuv ssenariysini ishlab chiqish va namoyishini yoʻlga qoʻyish.

2023-yil mart

4. Koʻrsatuvni ijtimoiy tarmoqlarda ham keng targʻib qilish.

Doimiy

106.

Yosh xotin-qizlar huquqlarining cheklanishi va oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha targʻibot materiallari, jumladan, maxsus videorolik, buklet, infografika va maxsus flayerlar nashr ettirish.

1. Targʻibot materiallari loyihalarini ishlab chiqish.

2. Nashr ettirilgan materiallarni taqsimot asosida hududlarga tarqatish.

2022-yil may

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi

5.2. Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish

107.

Huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida jamoat tashkilotlari, OAV vakillari va blogerlar ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etish.

1. Huquqbuzarliklarning oldini olish sohasida jamoat tashkilotlari, OAV vakillari va blogerlar bilan tizimli hamkorlik oʻrnatish.

2. Huquqbuzarliklar yoʻnalishlari boʻyicha hududlarda ochiq muloqotlar tashkil etish.

2022-2023-yillar

-

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

OAV,

nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida)

108.

Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari rolini oshirish.

1. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik markazi bilan hamkorlikda ayollar oʻrtasida ularning zoʻravonlikka munosabati yuzasidan ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkazish.

2. Soʻrovnoma va tahlil natijalariga koʻra xotin-qizlar huquqlarini himoya qilishda fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2022-yil II chorak

Hisob-kitoblarga asosan, ijrochilar mablagʻlari

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi,

Ichki ishlar vazirligi,

Bosh prokuratura,

nodavlat notijorat tashkilotlari (kelishuv asosida)

109.

Voyaga yetmagan qizlar bilan ishlashda “Oila — mahalla — taʼlim muassasasi” hamkorlik mexanizmi samaradorligini oshirish.

1. Tarbiyasi ogʻir voyaga yetmagan qizlar va ularning oilalaridagi muammolarini manzilli oʻrganish.

Har chorakda

-

Yoshlar ishlari agentligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Mahalla vazirligi,

Xalq taʼlim vazirligi,

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Bosh prokuratura,

Ichki ishlar vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Sektorlar, mutasaddi idoralar rahbarlari tomonidan aniqlangan muammolarni tizimli hal etib borish.

3. Fuqarolar yigʻinlari tomonidan tarbiyasi ogʻir voyaga yetmagan qizlarning davomati, aniqlangan muammolarning hal etilishi, ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatilishi, farzand taʼlim va tarbiyasida ota-ona masʼuliyati boʻyicha jamoatchilik nazo?atini amalga oshirish.

2022-2023-yillar davomida

VI. CHORA-TADBIRLAR REJASI IJROSINING MONITORINGINI OʻRNATISH VA IZCHILLIGINI TAʼMINLASH

110.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning ushbu Farmoni ijrosining borishi toʻgʻrisida mutasaddi davlat organlari, sektor rahbarlarining axborotini eshitib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Doimiy

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari (kelishuv asosida)

111.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi yigʻilishlarida ushbu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni ijrosining borishi toʻgʻrisida mutasaddi davlat organlari rahbarlarining axborotini eshitib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Doimiy

-

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (kelishuv asosida)

112.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmoni ijrosini monitoringini oʻrnatish.

1. Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi huzurida chora-tadbirlar rejasi ijrosini taʼminlash boʻyicha monitoring guruhini tuzish.

2022-yil mart

-

Oila va xotin-qizlar davlat qoʻmitasi,

Oliy Majlis Senati (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi,

Bosh prokuratura,

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi

2. Monitoring guruhi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ijrosiga masʼul tashkilotlardan olingan maʼlumotlarni umumlashtirish va tahlil qilish.

Har oyning 25 sanasi

3. Tahlillar asosida Dastur ijrosining taʼminlanishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hisobot taqdim etish.

Har olti oyning yakuni boʻyicha

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tomonidan chora-tadbirlar rejasi ijrosi boʻyicha Davlat Rahbariga tahliliy maʼlumot kiritish.

Har olti oy yakuni boʻyicha

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-dekabrdagi PF-243-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga
3-ILOVA
Mehnat resurslari zich boʻlgan qishloq joylarining reyestriga kiritilgan hududlardagi xotin-qizlar bandligini taʼminlagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻchmas mulk ijaraga olinganda beriladigan imtiyozlar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.

Tadbirkorlik subyektining ishchilari soni

Imtiyoz beriladigan koʻchmas mulk maydoni

I. Davlat mulki obyektlarini ijaraga olishda ijara toʻlovlaridan 90 foiz miqdorida imtiyoz beriladigan tadbirkorlik subyektlari*

10 tadan — 19 tagacha

120

20 tadan — 29 tagacha

160

30 tadan — 39 tagacha

300

40 ta va undan ortiq

320

Izoh
Mazkur ilovada nazarda tutilgan imtiyozlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ijara toʻlovlaridan imtiyozga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga tatbiq qilinmaydi. Tadbirkorlik subyektlari ushbu roʻyxatda keltirilgan imtiyozlarning bittasidan foydalanishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari tomonidan ushbu roʻyxatda belgilangan maydonga nisbatan:
kam maydondan foydalanilganda, haqiqatda foydalanilgan maydonga nisbatan imtiyoz qoʻllaniladi;
koʻp maydondan foydalanilganda, imtiyoz faqat belgilangan maydonga nisbatan qoʻllaniladi.
* Istisno tariqasida elektron savdolarni oʻtkazmasdan ijaraga beriladi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-227-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoniga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4235-son “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorining 5 va 6-bandlari, shuningdek, unga 1-ilova.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi PQ-5020-son “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1 va 2-bandlari, shuningdek, unga 1-ilova.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2022-y., 06/22/87/0198-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 03.01.2024-y., 06/24/221/0003-son, 27.05.2024-y., 06/24/82/0372-son; 28.12.2024-y., 06/24/227/1089-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son; 04.12.2025-y., 06/25/240/1122-son; 09.12.2025-y., 06/25/243/1128-son)