Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 23-avgustda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: “Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisida”gi konvensiya (1979-yil 18-dekabr, Nyu-York), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 625-sonli “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
jinsiy zoʻravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ularning roziligisiz shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish orqali jinsiy daxlsizlikka va jinsiy erkinlikka tajovuz qiladigan zoʻravonlik shakli, shuningdek zoʻrlik ishlatish yoki zoʻrlik ishlatish bilan tahdid qilish yoxud ayol jinsidagi voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan axloqsiz harakatlar sodir etish orqali uchinchi shaxs bilan jinsiy aloqa qilishga majburlash;
jismoniy zoʻravonlik — xotin-qizlarga nisbatan ogʻirligi turli darajada boʻlgan tan jarohatlari yetkazish, xavf ostida qoldirish, hayoti xavf ostida qolgan shaxsga yordam koʻrsatmaslik, zoʻravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy taʼsir oʻtkazish yoki bunday taʼsir oʻtkazishning oʻzga choralarini qoʻllash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sogʻligʻi, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qiladigan zoʻravonlik shakli;
zoʻravonlik — xotin-qizlarga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki iqtisodiy taʼsir oʻtkazish yoki bunday taʼsir oʻtkazish choralarini qoʻllash bilan tahdid qilish orqali ularning hayoti, sogʻligʻi, jinsiy daxlsizligi, shaʼni, qadr-qimmati va qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari hamda erkinliklariga tajovuz qiladigan gʻayrihuquqiy harakat (harakatsizlik);
iqtisodiy zoʻravonlik — xotin-qizlarga nisbatan turmushda, ish joylarida va boshqa joylarda amalga oshirilgan zoʻravonlik shakli, xotin-qizlarning normal yashash va kamol topish uchun oziq-ovqat, uy-joy hamda boshqa zarur shart-sharoitlar bilan taʼminlanishga boʻlgan huquqini, mulk huquqini, taʼlim olish hamda mehnatga oid huquqini amalga oshirishni cheklashga olib keladigan harakat (harakatsizlik);
ish joyi — oʻzi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq mehnat majburiyatlarini amalga oshirish yoki xizmat vazifalarini bajarish uchun boʻlishi yoki borishi lozim boʻlgan, ish beruvchi tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan joy;
ruhiy zoʻravonlik — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning shaʼnini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zoʻravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchida oʻz xavfsizligi uchun xavotir uygʻotgan, oʻzini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sogʻligʻiga zarar yetkazgan harakat (harakatsizlik);
Oldingi tahrirga qarang.
tazyiq — sodir etilganligi uchun maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilmagan, xotin-qizlarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakat (harakatsizlik), shilqimlik, taʼqib etish;
(3-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi — oʻziga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishi tahdidi ostida boʻlgan yoki tazyiq va zoʻravonlik natijasida jabrlangan ayol jinsidagi shaxs;
tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish — xotin-qizlarning hayoti, sogʻligʻi uchun paydo boʻlgan xavfni bartaraf etish, tezkor chora-tadbirlarni talab qiladigan hayotiy vaziyatlar yuz berganda xotin-qizlarning xavfsizligini taʼminlash, shuningdek jabrlanuvchiga nisbatan tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning takroran gʻayriqonuniy xatti-harakatlariga yoʻl qoʻymaslik maqsadidagi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik va boshqa tusdagi kechiktirib boʻlmaydigan tadbirlar tizimi;
tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish — xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etishga, jamiyatda xotin-qizlarning zoʻravonlikdan xoli boʻlish huquqlaridan xabardorligini oshirishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va boshqa chora-tadbirlar tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
taʼqib etish — jabrlanuvchining xohish-irodasiga qarshi, uning ikki yoki undan ortiq marta qarshilik koʻrsatganligiga yoxud ogohlantirganligiga qaramay sodir etiladigan, jabrlanuvchini qidirishda, u bilan ogʻzaki, telekommunikatsiya tarmoqlari vositasida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi orqali yoki boshqa usullarni qoʻllash yoʻli bilan muloqotga kirishishda, uning ish, oʻqish va (yoki) yashash joyiga borishda ifodalangan hamda jabrlanuvchida oʻz xavfsizligi uchun xavotirlik qoʻzgʻatadigan harakatlar;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
himoya orderi — tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq oʻtkazayotgan yoki ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxsga yoxud bir guruh shaxslarga nisbatan ushbu Qonunda belgilangan taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanilishiga sabab boʻladigan hujjat.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisida nizom.
4-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining huquqlari
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
oʻziga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilganligi yoki ularni sodir etish tahdidi toʻgʻrisidagi ariza bilan tegishli vakolatli organlarga hamda tashkilotlarga yoxud sudga murojaat etish;
maxsus markazlarda, shuningdek bepul telefon liniyasi orqali tekin huquqiy maslahat, iqtisodiy, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish;
 LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
ichki ishlar organlariga himoya orderi berish toʻgʻrisidagi talab bilan murojaat qilish, himoya orderi shartlari buzilgan taqdirda esa, ularni bu haqda xabardor qilish;
sodir etilgan tazyiq va zoʻravonlik natijasida oʻziga yetkazilgan moddiy zararning oʻrni qoplanishi hamda maʼnaviy ziyon kompensatsiya qilinishi toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat etish.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash hamda maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etganda davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi.
5-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi gender siyosatini, davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;
xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilinishini taʼminlash;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonuniylikni mustahkamlash;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish uchun samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish;
tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish maqsadida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamkorligini taʼminlash.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini va strategiyalarni tasdiqlaydi;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash, ularning xavfsizligini, jismoniy va ruhiy reabilitatsiyasini hamda moslashuvini taʼminlash boʻyicha tuzilmalarni tashkil etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlarning hamkorligini muvofiqlashtiradi.
 LexUZ sharhi
Ushbu moddada Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari bayon etilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-moddasida fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni taʼminlashi kabi vakolatlari nazarda tutilgan. Yaʼni Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi boʻlganligi sababli mamlakat hayotining eng muhim va dolzarb sohalarini tartibga solish hamda nazorat qilishga doir koʻplab vazifalarni amalga oshiradi. Bunda sharhlanayotgan moddada keltirilgan masalalar Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiruvchi turli vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va boshqa tuzilmalar tomonidan bevosita amalga oshiriladi, Vazirlar Mahkamasi esa xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasida belgilangan dasturlar, chora-tadbirlarning tegishli organlar tomonidan ijro etilishini nazorat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
61-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni, strategiyalarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda ishtirok etadi;
xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida ijtimoiy reabilitatsiya qilishga hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazadi;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklarini taʼminlash monitoringini oʻtkazadi;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga ijtimoiy, huquqiy va psixologik xizmatlar koʻrsatadi;
nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir dasturlarni va uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, sudlarga davlat boji toʻlamasdan ariza, shikoyat va daʼvolar taqdim etadi, sud majlislarida oʻzining vakolatli vakili orqali ishtirok etadi;
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 1-iyuldagi OʻRQ-1156-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklari taʼminlanishini monitoring qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(61-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi OʻRQ-977-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
7-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
(7-modda ikkinchi qismning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini hamda strategiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritadi hamda amalga oshiradi;
(7-modda ikkinchi qismning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasida davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qiladi;
xotin-qizlarni huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy himoya qilish kafolatlarini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
8-modda. Ichki ishlar organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Ichki ishlar organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
(8-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shu jumladan ularning sabablarini hamda shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini koʻradi, xotin-qizlarga tazyiq oʻtkazayotgan va ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxslar bilan muntazam asosda profilaktika ishlarini olib boradi;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etilganligi yoki sodir etilishi tahdidi mavjudligi toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqadi;
tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga rasmiy ogohlantirish beradi;
himoya orderini beradi;
zoʻravonlik sodir etgan shaxslarni javobgarlikka tortish yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida choralar koʻradi;
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining “b” kichik bandi.
9-modda. Mehnat organlarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Mehnat organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
(9-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ishga joylashtirilmagan xotin-qizlarni hisobga olish, ularning bandligini taʼminlash va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
xotin-qizlarga nisbatan ish joylaridagi tazyiq va zoʻravonlik hollarining oldini olish hamda xotin-qizlar bilan oʻzaro munosabatlar madaniyatini yuksaltirish boʻyicha mulk shakllaridan qatʼi nazar tashkilotlarda profilaktika tadbirlarini oʻtkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
ish qidirayotgan va ogʻir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan oilaviy muammolarga va zoʻrlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar bandligini taʼminlash va kasbga yoʻnaltirishga koʻmaklashish choralarini koʻradi;
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-736-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son)
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-sonli “Xotin-qizlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
10-modda. Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlarining hamda taʼlim muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari va taʼlim muassasalari:
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlar hamda qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
(10-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xotin-qizlarni majburiy mehnatga va gʻayriijtimoiy xulq-atvorga jalb qilish hollari aniqlanganligiga doir faktlar toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar qiladi;
taʼlim muassasalarida tahsil oluvchilar orasidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlaydi hamda ularning xulq-atvorini tuzatish, shuningdek tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish hamda moslashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 52-moddasi.
taʼlim muassasalarida boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazishni taʼminlash maqsadida tadbirlar tashkil etadi;
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
11-modda. Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlarining hamda sogʻliqni saqlash muassasalarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari:
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
(11-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga, shu jumladan ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga hamda ularning bolalariga birlamchi tibbiy yordam koʻrsatish, ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, shuningdek tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni bepul davolash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
(11-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 9-dekabrdagi OʻRQ-736-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son)
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga tibbiy va ruhiy yordam koʻrsatish yuzasidan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqadi hamda ularni sogʻliqni saqlash muassasalarining ish amaliyotiga joriy etadi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xotin-qizlarning hayotiga yoki sogʻligʻiga xavf soluvchi faktlar va aniqlangan sabablar toʻgʻrisida xabardor qiladi;
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 48-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi vakolatlari
(12-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi OʻRQ-977-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi:
(12-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi OʻRQ-977-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
(12-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlariga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni aniqlash boʻyicha tadbirlarda ishtirok etadi va bunday holatlarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar koʻradi;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz joniga qasd qilishning oldini olishga doir tadbirlar oʻtkazadi;
(12-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi OʻRQ-977-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-oktabrdagi 625-sonli “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish borasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq oʻtkazganligi va zoʻravonlik sodir etganligi uchun profilaktik hisobda turadigan shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etadi;
nizoli vaziyatlarni profilaktika qilishga, tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir dasturlar hamda uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
13-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishda ishtirok etishi
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari:
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy hamda boshqa dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etishi;
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlariga koʻmaklashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi;
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni hamda mazkur sohada huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishi;
(13-modda birinchi qismining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalashdagi rolini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻradi.
14-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlarning hamkorligi
Vakolatli organlar va tashkilotlar xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish sohasidagi tadbirlarni amalga oshirishda quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik qiladi:
aniqlangan tazyiq va zoʻravonlik faktlari toʻgʻrisida oʻzaro bir-birini xabardor qilish;
tazyiq va zoʻravonlik holatlariga munosabat bildirish choralarini kelishish hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga amaliy yordam koʻrsatish;
tazyiq va zoʻravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish va tajriba almashish sohasidagi chora-tadbirlarni birgalikda amalga oshirish;
tazyiq va zoʻravonlikni bartaraf etish hamda ularga qarshi kurashish sohasidagi tadbirlarni amalga oshiradigan mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish, qonunchilikni va ularning qoʻllanilish amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
(14-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qoʻyishning umumiy chora-tadbirlari
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda ularga chek qoʻyishning umumiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
tazyiq va zoʻravonlikning sabablari hamda shart-sharoitlari boʻlgan omillarni tahlil qilish, oʻrganish va baholash;
aholi oʻrtasida huquqiy targʻibot olib borish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik hollarining statistik hisobi va hisobotini yuritish hamda ularni davlat statistika organlariga taqdim etish;
fuqarolarni, ayniqsa xotin-qizlarni oʻz huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari toʻgʻrisidagi, shuningdek himoya qilish kafolatlari haqidagi axborot bilan taʼminlash maqsadida axborot-maʼrifiy faoliyatni amalga oshirish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarini aniqlashning samarali huquqiy mexanizmlarini joriy etish;
tazyiq va zoʻravonlik sodir etish xavfi boʻlgan guruhlarga mansub shaxslarga yoki ularni sodir etgan shaxslarga nisbatan oldini olish choralarini amalga oshirish;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatishga va ularni himoya qilishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarga nisbatan taʼsir koʻrsatish choralarini qoʻllash;
aybdorlarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
16-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik hollarining statistik hisobi va hisoboti
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek zoʻravonlik sodir etgan yoki zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan shaxslar haqidagi maʼlumotlar vakolatli organlar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritiladi.
17-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini xabardor qilish
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini ijtimoiy hamda huquqiy himoya qilish mexanizmlari, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganga koʻrsatiladigan yordam turlari va xizmatlar toʻgʻrisidagi axborot bilan tanishtiradi.
Zarur boʻlgan taqdirda vakolatli organlar va tashkilotlar sodir etilgan tazyiq va zoʻravonlik fakti munosabati bilan ariza berishda amaliy yordam koʻrsatadi.
Jazoni ijro etish muassasalari tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanganga unga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxs jazoni ijro etish joyidan ozod etilganligi, ozodlikdan mahrum qilish joyidan tashqariga qisqa muddatga chiqarilganligi yoki qochib ketganligi haqida zudlik bilan xabar beradi.
18-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar uchun ishonch telefoni
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi yordam koʻrsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish toʻgʻrisida axborot olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmogʻi (ishonch telefoni) ishlab turishini taʼminlaydi.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 18-oktabrdagi OʻRQ-977-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Telefon liniyasi tarmogʻi maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat koʻrsatadi. Ishonch telefoni orqali olingan axborotni oshkor etishga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi yordam koʻrsatish, maslahat berish mexanizmi hamda chora-tadbirlari, xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish toʻgʻrisida axborot olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida tunu kun ishlaydigan, bepul telefon liniyasi tarmogʻi: 1146 ishlab turishini taʼminlaydi. Telefon liniyasi tarmogʻi maxfiylikka rioya etgan holda faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek, ogʻir ahvolga tushib qolgan ayollar uchun Respublika reabilitatsiya va moslashtirish markazi telefon raqami: 1169 ham doimiy ravishda ishlab turadi.
19-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyil boʻlgan yoki uni sodir etgan gʻayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslarni aniqlash hamda ularga profilaktik taʼsir koʻrsatish bilan bogʻliq faoliyati xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlardir.
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar muayyan shaxsning, uning ijtimoiy muhitining oʻziga xos xususiyatlari, ijtimoiy-maishiy sharoitlari va turmush tarzi, uning gʻayriijtimoiy xulq-atvori, tazyiq va zoʻravonlik sodir etishga moyilligi, shuningdek u sodir etgan tazyiq va zoʻravonlikning ijtimoiy xavflilik darajasini tavsiflovchi boshqa omillar hisobga olingan holda qoʻllaniladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtishi tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
20-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash uchun asoslar
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlarni qoʻllash uchun quyidagilar asos boʻladi:
tazyiq va zoʻravonlik qurbonining murojaati;
jismoniy yoki yuridik shaxslarning xabarlari;
tazyiq yoki zoʻravonlik sodir etish yoxud ularni sodir etishga urinish faktlarining vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlanishi;
davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan kelib tushgan materiallar.
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zoʻravonlik faktlari aniqlangan taqdirda bu haqda tegishli ichki ishlar organlariga darhol xabar qilishi shart.
Ichki ishlar organlari tazyiq va zoʻravonlik toʻgʻrisida ogʻzaki yoki yozma xabar olganda bunday harakatlarga chek qoʻyish va ularning oldini olish yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan yakka tartibdagi chora-tadbirlar koʻrishi shart.
21-modda. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari
Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olishga doir yakka tartibdagi chora-tadbirlar turlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
profilaktika suhbatini oʻtkazish;
himoya orderini berish;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazlarga joylashtirish;
zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtish.
22-modda. Profilaktika suhbati
Muayyan shaxsni jamiyatda umum qabul qilingan xulq-atvor normalari va qoidalariga rioya etishga ishontirish, gʻayriijtimoiy xulq-atvorning ijtimoiy hamda huquqiy oqibatlarini tushuntirish, shuningdek qonunda belgilangan javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirish maqsadida profilaktika suhbati oʻtkaziladi.
Tazyiq va zoʻravonlik hollarini aniqlagan vakolatli organ vakili tomonidan profilaktika suhbati tazyiq oʻtkazish va zoʻravonlik sodir etishga moyil shaxslar bilan qonunda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
 LexUZ sharhi
Ushbu moddada esa xotin-qizlarni tazyiq hamda zoʻravonlikdan himoya qilishga vakolatli organlarning vakillari tomonidan tazyiq va zoʻravonlik harakatlarini sodir etgan yoki bunga moyil shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazish orqali jamiyatda belgilangan umumahloqiy qoidalar hamda barcha amal qilishi lozim boʻlgan qonunchilik hujjatlarining mazmunini tushuntirish orqali, tegishli huquqbuzarlik harakatlarini sodir etishning huquqiy oqibatlari va javobgarlik choralarining mazmuni bilan tanishtirib, ularni ogohlantirish va jamiyat va davlat tomonidan oʻrnatilgan ahloqiy hamda huquqiy meʼyorlarga rioya etishga daʼvat qilinishi bayon etilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
23-modda. Himoya orderini berish
(23-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Himoya orderi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga himoya orderining nusxasi beriladi.
Himoya orderini bergan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsni himoya orderining shartlari hamda uni bajarmaslik oqibatlari va zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturlaridan oʻtish zarurligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Shaxs himoya orderini olish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni imzolashni rad etgan taqdirda, himoya orderini topshirayotgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan xolislar ishtirokida dalolatnoma tuziladi.
Tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tazyiq va zoʻravonlik fakti yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida himoya orderini oʻttiz kun muddatgacha beradi va ushbu order rasmiylashtirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs bir joyda ishlasa yoki oʻqisa, tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshiruvchi ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan jabrlanuvchiga himoya orderi berilganidan keyin bir ish kuni ichida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining ish yoki oʻqish joyiga, agar tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs tashkilot rahbari boʻlsa, yuqori turuvchi organga, jabrlanuvchi va tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani taqiqlash toʻgʻrisida taqdimnoma yuboriladi.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi ishlayotgan yoki taʼlim olayotgan tashkilot rahbari taqdimnomani olganidan keyin, uch ish kuni ichida jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs oʻrtasidagi bevosita aloqani bartaraf etishga qaratilgan harakatlarni amalga oshiradi.
(23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar xavf hali bartaraf etilmagan boʻlsa, himoya orderining amal qilish muddati tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga koʻra koʻpi bilan bir yilgacha muddatga jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan uzaytirilishi mumkin.
(23-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Himoya orderini berish yoki himoya orderini berishni yoxud uzaytirishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
(23-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Himoya orderi talablarining ijrosi ustidan nazorat ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi.
(23-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Himoya orderining shakli va uni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisida nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
231-modda. Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish
Tazyiq va zoʻravonlik yoki ularni sodir etish xavfi bartaraf etilmagan taqdirda, tegishli hududda tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsi tomonidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining arizasiga koʻra, bir ish kuni ichida himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish boʻyicha materiallar tayyorlanadi hamda himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma rasmiylashtirilgan holda jabrlanuvchining yashash joyidagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga yuboriladi.
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan eʼtiboran yigirma toʻrt soat ichida yopiq sud majlisida jabrlanuvchi hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs hozirligida koʻrib chiqiladi.
Iltimosnomani sudda koʻrishda advokat ishtirok etishi mumkin.
Jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning sud majlisiga kelishi ichki ishlar organi xodimi kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
Tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning sud majlisida uzrsiz sabablarga koʻra hozir boʻlmaganligi ishni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Agar sud mazkur shaxsning sudda hozir boʻlishini shart deb topsa, sud uni majburan olib kelish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Sudya ish materiallari bilan tanishib chiqqanidan keyin himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida yoki himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqida qaror chiqaradi.
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorda quyidagilar koʻrsatiladi:
himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan vaqt va joy haqidagi maʼlumotlar, qarorni qabul qilgan sudning nomi, sudyaning, taraflarning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning familiyasi, ismi va otasining ismi;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, mashgʻulotining turi hamda yashash joyi;
himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar;
tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllanilgan, ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning roʻyxati.
Sudning himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qarori oʻqib eshittirilgan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi va ichki ishlar organlari tomonidan darhol ijro etiladi.
Sudya tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga qaror ustidan shikoyat qilish tartibi va muddatini, shuningdek himoya orderi talablarini hamda ularni bajarmaslik oqibatlarini tushuntiradi.
Qarorning koʻchirma nusxasi tazyiq va zoʻravonlikning yakka tartibdagi profilaktikasini amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ichki ishlar organining mansabdor shaxsiga, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga, shuningdek tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga darhol topshiriladi.
Agar ular sud majlisiga kelmagan boʻlsa, qarorning koʻchirma nusxasi bir sutka ichida pochta orqali taraflarga yuboriladi.
Sudning himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi yoki himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarori ustidan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi, tazyiq oʻtkazgan va (yoki) zoʻravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs, agar ishda ishtirok etgan boʻlsa, ularning advokati, qonuniy vakili tomonidan 72 soat ichida apellyatsiya tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinishi uning ijro etilishini toʻxtatib turmaydi.
Himoya orderi talablarining bajarilishi ustidan nazorat ichki ishlar organi tomonidan amalga oshiriladi.
(231-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish, ijrosini taʼminlash va monitoring olib borish toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobi.
24-modda. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya orderi
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organi ularning nomidan himoya orderini berish hamda uni uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar himoya orderini olish toʻgʻrisidagi ariza bilan shaxsan murojaat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga himoya orderini berish hamda uni uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza ularning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organining vakili hozirligida koʻrib chiqiladi.
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan yoki sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga nisbatan himoya orderi ularning qonuniy vakiliga yoki vasiylik va homiylik organiga beriladi.
Himoya orderi berilganligi va uzaytirilganligi toʻgʻrisidagi axborot vasiylik va homiylik organiga, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga 24 soat ichida yuboriladi.
 LexUZ sharhi
Sharhlanayotgan ushbu moddada oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga nisbatan himoya orderini berish hamda uning amal qilish muddatini uzaytirish tartibi belgilangan. Xususan, uning mazmuniga koʻra mazkur toifadagi shaxslarga himoya orderini berish va muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bilan ularning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organi murojaat qilishi mumkinligi, bundan tashqari oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar himoya orderini olish toʻgʻrisidagi ariza bilan shaxsan murojaat qilishga haqli ekanliklari belgilangan. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, himoya orderi yuqoridagi toifa vakillarining oʻziga emas, balki ularning qonuniy vakili yoki vasiylik va homiylik organiga taqdim etiladi.
25-modda. Himoya orderining mazmuni
Himoya orderida quyidagilar koʻrsatiladi:
u rasmiylashtirilgan sana va joy;
uni rasmiylashtirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan holatlar;
tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi va joyi, kasbi hamda yashash joyi;
ushbu Qonunning 26-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarning roʻyxati.
Himoya orderida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining sudga murojaat qilish huquqi toʻgʻrisidagi, tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning himoya orderi talablarini bajarmaganlik uchun maʼmuriy javobgarligi haqidagi maʼlumot koʻrsatiladi.
26-modda. Himoya orderida nazarda tutilgan cheklovlar
Himoya orderida quyidagi cheklovlar nazarda tutilishi mumkin:
tazyiq oʻtkazishni va zoʻravonlik sodir etishni taqiqlash;
tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxsning tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar bilan aloqasini taqiqlash (ish joylarida va taʼlim muassasalarida tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxs bilan bilvosita aloqasiga yoʻl qoʻyiladi);
tazyiq oʻtkazilgan va zoʻravonlik sodir etilgan taqdirda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining hamda tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning bir xonada birga boʻlishini taqiqlash;
tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini davolash, unga maslahat berish, uni tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazga joylashtirish uchun xarajatlarning, yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash, shuningdek maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish majburiyatini yuklatish;
tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning qurolni (bundan xizmat quroli mustasno) saqlash va olib yurish huquqini himoya orderining amal qilishi yoki unda koʻrsatilgan muddat davrida cheklash yoxud taqiqlash, shuningdek qurol sotib olish uchun ruxsatnoma olishga doir huquqini taqiqlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Himoya orderining amal qilish muddatini uzaytirish masalasini hal qilishda, sud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan cheklovlardan tashqari quyidagi cheklovlarni qoʻllashga haqli:
tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning muayyan joylarga borishini taqiqlash;
narkologik kasallikdan ambulatoriya yoki statsionar sharoitlarda davolanish kabi majburiyatlardan birini yoki bir nechtasini tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning zimmasiga yuklatish;
tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning jabrlanuvchi yashaydigan uy-joy maydonidan yoki uning bir qismidan foydalanish, jabrlanuvchining ish joyiga yoki u joylashgan boshqa joylarga yaqinlashish huquqini vaqtinchalik cheklash.
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Himoya orderining amal qilish muddati uzaytirilgan taqdirda ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan talablardan tashqari, unga tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtishi toʻgʻrisidagi shart majburiy tartibda kiritiladi.
(26-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar himoya orderini berish va uning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan jinoyat belgilari aniqlansa, himoya orderini berish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish bilan bir vaqtda ish materiallari jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organga yuboriladi.
(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
27-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazlar
Tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar hamda tashkilotlar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, ruhiy, tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus markazlar (bundan buyon matnda maxsus markazlar deb yuritiladi) tashkil etishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori 1-bandi.
28-modda. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarni maxsus markazlarga joylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Zoʻravonlik fakti mavjud boʻlgan taqdirda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining boshpana berish toʻgʻrisidagi talabi boʻyicha tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarning maxsus markazlarga joylashtirilishini taʼminlaydi. Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining voyaga yetmagan bolalari ular bilan birga maxsus markazlarga joylashtirilishi mumkin.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-sonli “Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandi.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchini maxsus markazga joylashtirish uning xohishiga koʻra oʻttiz kungacha boʻlgan muddatga amalga oshiriladi. Zarurat boʻlgan taqdirda bu muddat maxsus markazning ustavida belgilangan tartibda uzaytiriladi. Maxsus markazga joylashtirish muddati tugagach, agar tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan xavf mavjud boʻlsa, maxsus markaz maʼmuriyati bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, uning ish joyi (lavozimi) saqlab qolinadi. Bunda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining maxsus markazga joylashtirilganligi unga ushbu markazda boʻlgan davri, biroq bir oydan ortiq boʻlmagan muddat uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berish uchun asos boʻladi.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 1-iyuldagi OʻRQ-1156-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining maxsus markazda boʻlish vaqti uni taʼlim muassasasidan mashgʻulotlarni oʻtkazib yuborganligi munosabati bilan chiqarish uchun asos boʻlmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus markazlar ushbu markazlarga joylashtirilgan tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar hamda ularning voyaga yetmagan bolalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini koʻzlab, sudlarga davlat boji toʻlamasdan ariza, shikoyat va daʼvolar taqdim etadi, sud majlislarida oʻzining vakolatli vakili orqali ishtirok etadi.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 1-iyuldagi OʻRQ-1156-sonli Qonuniga asosan beshinchi qismi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchilarga, shuningdek ularning oʻzi bilan birga maxsus markazlarga joylashtirilgan voyaga yetmagan bolalariga yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar tazyiq oʻtkazganlikda va zoʻravonlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsdan undirilishi mumkin.
(28-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi OʻRQ-829-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)
29-modda. Zoʻravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tadbirlar
Zoʻravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zoʻravonlikdan jabrlanganning xavfsizligini taʼminlash maqsadida shaxsning zoʻravonlikka moyil xulq-atvorini oʻzgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxs zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtadi.
Zoʻravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori bilan tasdiqlangan Tazyiq oʻtkazgan va zoʻravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarning zoʻravonlik xulq-atvorini oʻzgartirish boʻyicha tuzatish dasturidan oʻtishi tartibi toʻgʻrisida nizom.
30-modda. Maʼlumotlarning maxfiyligi
Oldingi tahrirga qarang.
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga yordam koʻrsatgan shaxslarga maʼlum boʻlib qolgan barcha shaxsga doir maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan qoʻriqlanadi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchining shaxsiga doir maʼlumotlari ishonib topshirilgan hamda kasbiy, xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan bu maʼlumotlar oʻziga maʼlum boʻlib qolgan, ushbu maʼlumotlarni oshkor etishga yoʻl qoʻygan shaxslar qonunda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi.
31-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish chora-tadbirlarini moliyalashtirish tegishli vakolatli organlar hamda tashkilotlarning mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
32-modda. Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 592, 2061-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1261-moddasi.
33-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
34-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(34-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
35-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 2-sentabr,
OʻRQ-561-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2019-y., 03/19/561/3680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 10.12.2021-y., 03/21/736/1144-son; 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son; 19.10.2024-y., 03/24/977/0831-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 02.07.2026-y., 03/26/1156/0670-son)