1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat;
2.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish;
3.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ipoteka krediti bozorini yanada rivojlantirish, aholining uy-joyga boʻlgan yuqori talabini qondirish, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiyalar taqdim etish ishlarini davom ettirish, xususiy pudrat tashkilotlarini zamonaviy koʻp qavatli uylar qurilishiga keng jalb etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-32-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
1. Belgilansinki, 2021-yil 10-dekabrdan boshlab bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlash tartibi doirasida:
daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga Davlat budjetidan subsidiyalar toʻlashda kvartira maydonining eng koʻp meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan har yili bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya miqdori tasdiqlanadi;
subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan shaxslar ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng boʻlgan qismini oʻz mablagʻlari hisobidan shakllantiradi;
sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qatʼi nazar, dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — qatʼiy belgilangan 32 million soʻm miqdorida, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — birinchi besh yil davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi;
dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan dastlabki badal summasini oshirish orqali toʻlanadi;
fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi boʻlmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi beriladi;
Moliya vazirligining resurslari tijorat banklariga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki “Oʻzbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ orqali joylashtiriladi;
tijorat banklariga qarz oluvchi tomonidan toʻlangan dastlabki badal miqdori, uning qarz yuki koʻrsatkichi, imtiyozli davr muddati va boshqa koʻrsatkichlardan kelib chiqib, subsidiyasiz ajratilgan ipoteka kreditlari boʻyicha tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini oʻrnatish huquqi beriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka]
2. Quyidagilar:
2022-yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
2022-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq;
2022-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun qatʼiy belgilangan subsidiya miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hisobidan ushbu Farmon bilan tegishli hudud uchun belgilangan ipoteka kreditlari va subsidiyalar sonini oshirishga ruxsat berilsin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash / 03.10.02.02 Garov;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
a) koʻp qavatli uy-joylar qurish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha oʻtkazilgan elektron onlayn-auksion gʻoliblariga lot qiymatini qonunchilikda belgilangan tartibda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;
(3-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi PF-135-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son)
b) 2022-yil 1-yanvardan boshlab pudrat tashkilotlariga davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan koʻp kvartirali uy-joylarni kredit taʼminoti sifatida garovga taqdim etishga ruxsat etiladi;
v) 2023-yil 1-yanvarga qadar:
sement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) va energiya tejamkor bazalt qoplamalari (TIF TN kodi 6806 1000 08) importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi;
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida, shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarda va ularning boʻsh turgan yer uchastkalarida uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun sement hamda metall prokatini sotish boʻyicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi;
g) 2024-yil 1-yanvarga qadar roʻyxati 4-ilovada koʻrsatilgan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari importida bojxona boji va utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllaniladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.03 Uy-joy qurilishini kreditlash. Ipoteka;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.04.00.00 Uy-joy qurilishi, saqlab turilishi va taʼmirlanish xarajatlarini toʻlash (kreditlar, kompensatsiyalar, subsidiyalar, imtiyozlar)]
5. Belgilab qoʻyilsinki:
a) 2021-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida:
subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olish boʻyicha arizalar 2021-yil 20-dekabrgacha qabul qilinadi va 2021-yil 25-dekabrgacha koʻrib chiqiladi;
subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalar ular berilgan vaqtdan boshlab 12 oy davomida amal qiladi;
subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan shaxslarga ipoteka kreditlari va subsidiyalar 2021-yil 10-dekabrga qadar amalda boʻlgan shartlar va miqdorlarda ajratiladi;
subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning maydoni va narxi 2021-yil uchun oʻrnatilgan kvartira maydonining eng koʻp meʼyori va uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narxi uy-joyning hisoblangan qiymatidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi;
b) 2022-yil uchun ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli parametrlari doirasida arizalar 2021-yil 25-dekabrdan boshlab qabul qilinadi.
6. Moliya vazirligi (Ishmetov) Markaziy bank (Nurmuratov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev) bilan birgalikda 2022-yil 1-iyulga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda, “maqsadli ipoteka omonati” mexanizmini joriy qilish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. 2022-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mahalliy budjet daromadlarining oshirib bajarilgan qismi hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan birlamchi va ikkilamchi uy-joy bozorida 5-ilovaga muvofiq 1 000 ta kvartira sotib olish choralarini koʻrsin.
Belgilansinki, mazkur bandga muvofiq sotib olingan kvartiralar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga belgilangan tartibda ajratiladi.
8. Qurilish vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining 2022-yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun 4 000 ta kvartiradan iborat boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar qurish va ushbu ishlar boʻyicha buyurtmachi etib “Oʻzshahar qurilish invest” IK MChJni belgilash toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 2022-yilda fuqarolarning alohida toifalari uchun koʻp qavatli uy-joylar qurishning asosiy parametrlarini hamda qurish uchun ajratiladigan yer maydonlarining manzilli roʻyxatini tasdiqlasin.
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
a) bir oy muddatda Toshkent shahrida kamida 5 ta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda kamida 2 tadan ipoteka xizmatlarini koʻrsatish markazlarini tashkil qilsin;
b) ushbu markazlarda:
uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari, qurilayotgan koʻp kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin boʻlgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarning shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etilishini;
subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomalarni berish, uy-joy oldi-sotdisi va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish, uy-joyga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish xizmatlari koʻrsatilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov) Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
12. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil qilishga masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov, moliya vaziri T.A. Ishmetov va qurilish vaziri B.I. Zakirov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-dekabr,
PF-33-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga 1-ILOVA
2022-yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari*
mlrd soʻm
T/r
Hududlar nomi
Kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan kreditlar soni
Xarajatlarning hisoblangan qiymati
shu jumladan quyidagilar hisobidan:
dastlabki badal
kelgusida aholiga kreditlar berish uchun tijorat banklariga ajratiladigan resurslar
jami
kvartira
yakka tartibdagi uy-joy
Respublika boʻyicha jami
43 000
36 500
6 500
15 065,0
2 259,8
12 805,3
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1 700
1 200
500
561,0
84,2
476,9
2.
Andijon viloyati
3 500
3 000
500
1 155,0
173,3
981,8
3.
Buxoro viloyati
2 800
2 300
500
924,0
138,6
785,4
4.
Jizzax viloyati
2 500
2 000
500
825,0
123,8
701,3
5.
Qashqadaryo viloyati
2 600
2 100
500
858,0
128,7
729,3
6.
Navoiy viloyati
2 500
2 000
500
825,0
123,8
701,3
7.
Namangan viloyati
2 000
1 500
500
660,0
99,0
561,0
8.
Samarqand viloyati
4 500
4 000
500
1 485,0
222,8
1 262,3
9.
Surxondaryo viloyati
2 500
2 000
500
825,0
123,8
701,3
10.
Sirdaryo viloyati
1 500
1 000
500
495,0
74,3
420,8
11.
Toshkent viloyati
4 900
4 400
500
1 617,0
242,6
1 374,5
12.
Fargʻona viloyati
3 000
2 500
500
990,0
148,5
841,5
13.
Xorazm viloyati
2 000
1 500
500
660,0
99,0
561,0
14.
Toshkent shahri
7 000
7 000
3 185,0
477,8
2 707,3
* 2022-yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlari ajratishning maqsadli koʻrsatkichlariga, zarur hollarda, Moliya vazirligi va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga 2-ILOVA
2022-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlari*
mlrd soʻm
T/r
Hududlar nomi
Jami toʻlanadigan subsidiyalar
shu jumladan quyidagilar hisobidan:
Kvartira sotib olish uchun ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiyalar
shundan:
yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiyalar
dastlabki badalining bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi
foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
Respublika boʻyicha jami
29 000
1 235,6
22 500
1 126,2
720,0
406,2
6 500
109,4
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1 240
44,5
740
36,1
23,7
12,5
500
8,4
2.
Andijon viloyati
2 349
98,7
1 849
90,3
59,2
31,1
500
8,4
3.
Buxoro viloyati
1 918
77,7
1 418
69,2
45,4
23,9
500
8,4
4.
Jizzax viloyati
1 733
68,6
1 233
60,2
39,5
20,8
500
8,4
5.
Qashqadaryo viloyati
1 795
71,6
1 295
63,2
41,4
21,8
500
8,4
6.
Navoiy viloyati
1 733
68,6
1 233
60,2
39,5
20,8
500
8,4
7.
Namangan viloyati
1 425
53,6
925
45,2
29,6
15,6
500
8,4
8.
Samarqand viloyati
2 966
128,8
2 466
120,4
78,9
41,5
500
8,4
9.
Surxondaryo viloyati
1 733
68,6
1 233
60,2
39,5
20,8
500
8,4
10.
Sirdaryo viloyati
1 116
38,5
616
30,1
19,7
10,4
500
8,4
11.
Toshkent viloyati
3 212
140,8
2 712
132,4
86,8
45,6
500
8,4
12.
Fargʻona viloyati
2 041
83,7
1 541
75,2
49,3
25,9
500
8,4
13.
Xorazm viloyati
1 425
53,6
925
45,2
29,6
15,6
500
8,4
14.
Toshkent shahri
4 314
238,2
4 314
238,2
138,0
100,1
* 2022-yilda ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning maqsadli koʻrsatkichlariga zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga 3-ILOVA
2022-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun qatʼiy belgilangan subsidiya miqdori*
ming soʻm
T/r
Hudud
Ipoteka kreditining eng koʻp miqdori
Boshlangʻich badal uchun qatʼiy belgilangan subsidiya miqdori
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar
327 250
32 000
2.
Toshkent shahri
416 500
* 2022-yil uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun qatʼiy belgilangan subsidiya miqdori, zarur hollarda, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan qayta koʻrilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga 4-ILOVA
2024-yil 1-yanvarga qadar importida bojxona boji va utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllaniladigan yangi qurilish va maxsus texnikalar hamda yuk tashish transport vositalari
ROʻYXATI
T/r
Qurilish va maxsus texnikalar, yuk tashish transport vositalari nomi
TIF tn kodi
1.
Mexanik yoʻl bilan (qoʻlda) yoʻl chiziqlarini chizish mashinasi
8424890009
2.
Elektr dvigatel orqali boshqariladigan telfer (lebedka)
8425110000
3.
Koʻtarish moslamasi (domkrat)
8425490000
4.
Bir kovushli yuk koʻtaruvchi ekskavator, bir tomonlama buriladigan va burilmaydigan buldozer (kovush hajmi 5 kub. m gacha)
8429519900
8429521009
5.
Buldozer (quvvati 200 ot kuchidan kam boʻlgan)
8429110090
6.
Bir kovushli gʻildirakli mini-yuklagich (kovush hajmi 5 kub. m gacha)
8429519900
7.
Old yuk koʻtargich, yuklagich (kovush hajmi 5 kub. m gacha)
8429519900
8.
Mini yuk koʻtargich (kovush hajmi 5 kub. m gacha)
8429519900
9.
Mini yuk ortkich (aylanuvchi bortli) (kovush hajmi 5 kub. m gacha)
8429519900
10.
Gidrobolgʻali, gidrotizimli oʻzi sudralib yuruvchi (gusenichniy) ekskavator (kovush hajmi 2 kub. m gacha)
8429521009
11.
Oʻzi sudralib yuruvchi (gusenichniy) ekskavator (kovush hajmi 2 kub. m gacha)
8429521009
12.
Gidrobolgʻali, gidrotizimli yuklovchi ekskavator (kovush hajmi 2 kub. m gacha)
8429529000
13.
Gidrobolgʻadan foydalanishda qoʻllaniladigan gʻildirakli gidrotizimli ekskavator (kovush hajmi 5 kub. m gacha)
8429529000
14.
Gʻildirakli ekskavator (kovush hajmi 5 kub. m gacha)
8429529000
15.
Manipulyator boshqaruvli kranli yuk mashinasi
8704239109
16.
Dizel yoqilgʻisida harakatlanuvchi sement tashuvchi yuk mashinasi
8704239109
17.
Sement tashuvchi yuk mashinasi
8704239109
18.
Past ramali ogʻir yuk mashinasi
8704239109
19.
Dizel yoqilgʻisida harakatlanuvchi yuk mashinasi (samosval)
8704239109
20.
Avtokran (yuk koʻtarish quvvati 50 tonnagacha)
8705100090
21.
Manipulyator boshqaruvli kran
8705100090
22.
Beton aralashtiruvchi yuk mashinasi
8705400000
23.
Avtobetononasos
8705903000
24.
Avtominora (avtovishka)
8705908007
25.
Purkagichli (bitum va boshqalar) maxsus yuk mashinasi
8705908007
26.
Vakuumli tozalovchi, yuvuvchi maxsus mashina
8705908007
27.
Yotiq yoʻl belgilarini chizish maxsus mashinasi
8705908007
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga 5-ILOVA
2022-yilda xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joylarni sotib olish koʻrsatkichlari*
T/r
Hududlar nomi
Sotib olinadigan kvartiralarning umumiy soni
Respublika boʻyicha jami
1 000
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
60
2.
Andijon viloyati
65
3.
Buxoro viloyati
50
4.
Jizzax viloyati
45
5.
Qashqadaryo viloyati
60
6.
Navoiy viloyati
50
7.
Namangan viloyati
90
8.
Samarqand viloyati
90
9.
Surxondaryo viloyati
50
10.
Sirdaryo viloyati
40
11.
Toshkent viloyati
100
12.
Fargʻona viloyati
110
13.
Xorazm viloyati
80
14.
Toshkent shahri
110
* 2022-yilda xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun uy-joylarni sotib olish koʻrsatkichlariga, zarur hollarda, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi takliflari asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-33-son Farmoniga 6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5886-son Farmonida:
“koʻp qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida lotlarga boʻlingan yoki yaxlit koʻrinishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoniga muvofiq realizatsiya qilinadi”;
beshinchi xatboshidagi “tanlov savdolarida” soʻzlari “elektron onlayn-auksion savdolarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “shaharlarda va qishloq joylarda uy-joy hisoblangan qiymatining 85 foizidan” soʻzlari “har yili tasdiqlanadigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“ipoteka kreditining eng koʻp miqdori har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda uy-joyning hisoblangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va har olti oyda qayta koʻrib chiqiladi”;
toʻrtinchi xatboshidagi “uy-joyning hisoblangan qiymatidan” soʻzlari “ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
subsidiya taqdim etish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan shaxslar ipoteka krediti boʻyicha boshlangʻich badalning uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng boʻlgan qismini oʻz mablagʻlari hisobidan shakllantiradi;
sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qatʼi nazar, ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — qatʼiy belgilangan 32 million soʻm miqdorida, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — kredit muddatining birinchi besh yili davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi;
dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonunchilikda belgilangan boshqa mablagʻlar hisobidan dastlabki badal summasini oshirish orqali toʻlanadi”;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlarini ajratish orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6186-son Farmonida:
“ipoteka kreditining eng koʻp miqdori va dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya miqdori har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan Moliya vazirligi hamda Qurilish vazirligi bilan kelishgan holda uy-joyning hisoblangan qiymatidan kelib chiqib belgilanadi va har olti oyda qayta koʻrib chiqiladi;
sotib olinadigan kvartira joylashuvi, qiymati va maydonidan qatʼi nazar, ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar — qatʼiy belgilangan 32 million soʻm miqdorda, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar kredit muddatining birinchi besh yili davomida 10 foizlik punktdan oshgan qismiga toʻlanadi;
ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, sotib olinadigan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari va qonunchilikda belgilangan boshqa mablagʻlar hisobidan dastlabki badal summasini oshirish orqali toʻlanadi”;
b) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “2021-yil 1-oktabrga” soʻzlari “2022-yil 1-yanvarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida, shuningdek, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarda va ularning boʻsh turgan yer uchastkalarida uy-joy quruvchi tashkilotlar uchun sement hamda metall prokatini sotish boʻyicha alohida birja savdo seksiyasi joriy qilinadi;
sement mahsulotini (TIF TN kodi 2523) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-son Farmoniga 2-ILOVA
2021-yilda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar ajratishning MAQSADLI PARAMETRLARI*
mlrd soʻm
T/r
Hududlar nomi
Jami toʻlanadigan subsidiyalar
shu jumladan:
shaharlarda ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiyalar
shundan:
qishloq joylarda ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiyalar
shundan:
yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun toʻlanadigan subsidiyalar
dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi
foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi
dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi
foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
soni
summasi
Respublika boʻyicha jami
33 726
1 389,8
18 068
895,4
634,8
260,5
11 758
430,0
285,7
144,3
3 900
64,4
1.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
1 020
36,8
320
16,6
10,9
5,7
400
15,2
9,7
5,5
300
4,96
2.
Andijon viloyati
3 410
138,0
1 410
69,9
47,9
22,0
1 700
63,2
41,3
21,9
300
4,96
3.
Buxoro viloyati
2 590
108,7
1 310
68,4
44,5
23,9
980
35,3
23,8
11,5
300
4,96
4.
Jizzax viloyati
1 400
47,3
520
22,5
17,7
4,8
580
19,8
14,1
5,7
300
4,96
5.
Qashqadaryo viloyati
2 210
90,5
1 210
58,4
41,1
17,4
700
27,1
17,0
10,1
300
4,96
6.
Navoiy viloyati
1 280
45,7
420
21,4
14,3
7,2
560
19,3
13,6
5,7
300
4,96
7.
Namangan viloyati
2 630
102,7
1 330
58,9
45,2
13,8
1 000
38,8
24,3
14,5
300
4,96
8.
Samarqand viloyati
3 236
131,7
1 780
84,6
60,4
24,2
1 156
42,2
28,1
14,1
300
4,96
9.
Surxondaryo viloyati
2 560
115,7
1 318
76,1
44,8
31,3
942
34,6
22,9
11,7
300
4,96
10.
Sirdaryo viloyati
780
25,1
180
9,0
6,1
2,9
300
11,1
7,3
3,8
300
4,96
11.
Toshkent viloyati
2 340
94,2
870
47,5
29,5
18,0
1 170
41,8
28,4
13,3
300
4,96
12.
Fargʻona viloyati
2 790
106,4
1 300
59,1
44,1
15,0
1 190
42,3
28,9
13,4
300
4,96
13.
Xorazm viloyati
1 980
72,0
600
27,9
20,4
7,5
1080
39,2
26,2
13,0
300
4,96
14.
Toshkent shahri
5 500
275,1
5 500
275,1
208,1
67,0
* 2021-yilda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning maqsadli parametrlariga zarur hollarda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi takliflari asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi “Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash hamda ipoteka krediti bozorini yanada kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4701-son qarorining 10-bandida:
“shahar va qishloq joylarida 4 va undan yuqori qavatli hamda Toshkent shahrida 7” soʻzlari “shaharlarda 7 va undan yuqori, qishloq joylarida 5 va undan yuqori hamda Toshkent shahrida 9” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmaydigan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, biroq 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kreditning butun davri, biroq kredit olingan kundan boshlab 24 oydan ortiq boʻlmagan muddat davomida kompensatsiya toʻlanadi. Bunda:
kompensatsiya bitta uy-joy uchun kreditning 10 milliard soʻmdan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha toʻlanadi;
kafillik va kompensatsiyalar qurilayotgan koʻp qavatli uy-joydagi jami kvartiralar sonining kamida 70 foizi maydoni 70 kvadrat metrdan oshmagan kvartiralar tashkil etganda beriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2021-y., 06/21/33/1147-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 10.09.2024-y., 06/24/135/0696-son)