1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat dasturlari, konsepsiyalari va boshqalar]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Aholining uy-joy sharoitini yaxshilash, hududlarda zamonaviy shaharsozlik talablari asosida koʻp qavatli uy-joylar, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari qurilishini jadallashtirish, yer resurslaridan oqilona foydalanish va aholi punktlarining urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida:
1. Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining tuman (shahar) markazlariga yaqin va uy-joyga talab yuqori boʻlgan hududlarda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida barpo etilgan “Muruvvat” massivi namunasi asosida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2022-yilda quriladigan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarining manzilli roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
3.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.02 Yer uchastkasiga egalik qilish va doimiy foydalanish huquqining oʻtishi;
4.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
2. Belgilansinki, “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida koʻp qavatli uy-joylar, muhandislik-transport kommunikatsiyasi, ijtimoiy soha, ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari kompleks tarzda quriladi. Bunda:
koʻp qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida realizatsiya qilinadi;
koʻp qavatli uy-joylarga tutash yer uchastkalari uy-joy qurib bitkazilganidan keyin mahalliy ijroiya hokimlik organining tegishli qarori bilan koʻp qavatli uy-joy mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi;
massivlarda tashkil etiladigan ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarini qurish uchun yer uchastkalari tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali mulk va ijara huquqlari asosida realizatsiya qilinadi;
elektron onlayn-auksionda gʻolib deb topilgan tadbirkorlik subyektlariga koʻp qavatli uy-joylar qurilishi uchun “S” va undan yuqori reytingga ega boʻlgan qurilish tashkilotlarini jalb qilishga ruxsat etiladi.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2024-y., 06/24/70/0317-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5087-son qaroriga muvofiq xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga olis va chekka hududlarda joylashgan yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi va ijara huquqini elektron onlayn-auksionga qoʻyishda yer uchastkasining boshlangʻich narxini 50 foizgacha kamaytirish vakolati berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.04.00 Muhandislik va transport inshootlari va kommunikatsiyalari tizimi.Obodonlashtirish. Koʻkalamzorlashtirish;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.08.00 Yoʻl xoʻjaligi. Yoʻl fondi]
3. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalari hamda ijtimoiy soha obyektlarini qurishda quyidagilar:
a) buyurtmachi etib:
massivlarning qurish loyihalarini ishlab chiqish, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarish, shuningdek, ijtimoiy soha obyektlarini qurish boʻyicha — tegishligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari hamda “Yangi Andijon” shahrida obyektlarni qurish va ulardan foydalanish direksiyasi” DUK;
avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi;
isitish qozonxonalari va issiqlik tarmoqlarini qurish boʻyicha — Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi;
ichimlik va oqova suv taʼminoti tarmoqlarini qurish boʻyicha — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ;
elektr va gaz taʼminoti tarmoqlarini qurish boʻyicha — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ;
aloqa tarmoqlarini qurish boʻyicha — “Oʻzbektelekom” AJ belgilansin;
b) massivlarni qurish loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha bosh loyihachi etib “Qishloqqurilishloyiha” MChJ, “OʻzshaharsozlikLITI” DUK, “ToshuyjoyLITI” AJ va “ToshkentboshplanLITI” DUK belgilansin;
v) tashqi muhandislik-transport kommunikatsiyalari hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishini amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlari davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlansin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.12.00 Hududlarni rivojlantirish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.06.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti. Mahalliy budjet]
4. Belgilansinki, “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida quyidagi ishlar:
massivlarni qurish loyihalarini ishlab chiqish, tashqi avtomobil yoʻllari, ichimlik va oqova suv taʼminoti tarmoqlarini qurish — Davlat budjeti mablagʻlari, hududlarda tashkil etiladigan tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
tashqi elektr va gaz taʼminoti tarmoqlarini qurish — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJlarning oʻz mablagʻlari hamda asoslangan hisob-kitoblarga koʻra Davlat budjetidan ajratiladigan qisqa muddatli foizli ssudalar hisobidan;
koʻp qavatli uy-joylarni qurish — tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari, tijorat banklarining kreditlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini bajarish — mahalliy budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan;
ijtimoiy soha obyektlari (maktabgacha taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari, tibbiyot punktlari, isitish qozonxonalari va boshqalar)ni qurish — Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Bunda, ijtimoiy soha obyektlari davlat-xususiy sheriklik asosida qurilganda, ushbu ishlar davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq bajariladi.
5. Moliya vazirligi (Ishmetov) 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida oʻzlashtirilmagan 300 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlarni teng ulushlarda Moliya vazirligi huzuridagi Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi hisob raqamiga oʻtkazsin.
6. Ushbu Farmonning 2-ilovasida koʻrsatilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan past rentabelli 489 gektar yer maydonlari “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan tegishincha aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilsin.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
Belgilab qoʻyilsinki:
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini mazkur Farmonga muvofiq olib qoʻyish sababli qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari undirilmaydi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.12.00.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchilik va ijro organlari / 01.12.05.00 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.02.00 Hokim]
ushbu yer uchastkalaridan maqsadli foydalanilishi uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari qisqarib ketishining oldini olish maqsadida 2023-yil 1-yanvarga qadar ushbu Farmon bilan toifasi oʻzgarayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydonining besh baravari miqdorida yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin. Bunda, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yer uchastkalari Kadastr agentligi tomonidan belgilangan tartibda hisobga olinganidan soʻng oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
Kadastr agentligi (Umarov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev) bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari tomonidan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yer uchastkalari oʻz vaqtida va belgilangan miqdorda oʻzlashtirilishini qatʼiy nazorat qilsin.
7. Qurilish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligining “Yangi Oʻzbekiston” massivlari bilan birgalikda oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida ham uy-joylarni qurishni davom ettirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Vazirlar Mahkamasi Qurilish vazirligi (Zokirov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflariga asosan bir oy muddatda oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida va uy-joyga talab yuqori boʻlgan boshqa hududlarda quriladigan uy-joylarning manzilli roʻyxatini va qurilish parametrlarini tasdiqlasin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan manzilli roʻyxat asosida uy-joy qurish uchun yer uchastkalarining belgilangan tartibda elektron onlayn-auksionga chiqarilishini taʼminlasin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish loyihalarini ishlab chiqish va ularda qurilish ishlarini tashkil etishga “Qishloq qurilish invest” IK MChJ hamda “Oʻzshahar qurilish invest” IK MChJlarni jalb qilish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda 2022-yilda “Yangi Oʻzbekiston” massivlariga tutash va yaqin hududlarda tashkil etiladigan kichik sanoat zonalari va texnoparklar roʻyxatini tasdiqlasin.
10. Qurilish vazirligi (Zakirov):
a) 2022-yil 1-iyunga qadar 2023 — 2026-yillarda quriladigan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarining manzilli roʻyxatini shakllantirsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
b) bir oy muddatda:
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarida qurish uchun taklif etiladigan koʻp qavatli uy-joylarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqsin va loyiha yechimlarini oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirsin;
koʻp qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi talablarni ishlab chiqsin va ularning shaharsozlik normalari va qoidalariga kiritilishini taʼminlasin;
shaharsozlik normalari va qoidalariga koʻp qavatli uy-joylarning yertoʻlalarini foydali maydon sifatida ishlatish boʻyicha tegishli oʻzgartirish kiritilishini taʼminlasin;
v) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda koʻp qavatli uy-joylarni loyihalash va qurishda belgilangan qurilish normalari va qoidalariga, qurilish-montaj va pardozlash ishlarini bajarish sifatiga qatʼiy rioya etilishi boʻyicha tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin;
g) tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻp qavatli uy-joylarni qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari qonunchilikda belgilangan muddatlarda tayyorlanishi, kelishilishi va qurilish ishlari boshlanishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (Xadjayev) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Koʻchimov) Moliya vazirligi (Ishmetov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Boboyev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun va mohiyati ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritilishini taʼminlasin.
12. Qurilish vazirligi (Zakirov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Voitov) bilan birgalikda bir oy muddatda uy-joy qurilish klasterlarini tashkil etish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Bosh prokuratura (Yuldashev) “Yangi Oʻzbekiston” massivlari qurilishida narxlarning asossiz oshirilishi, raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi hamda tasdiqlangan loyihalarning oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirilishiga yoʻl qoʻymaslik ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatsin.
14. Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari D.K. Adilovga “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida qurilish-montaj ishlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, ularda mahalliy zamonaviy qurilish materiallari va uskunalarini keng qoʻllash orqali uy-joylarning narxini pasaytirish hamda quruvchi tashkilotlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan koʻp qavatli uy-joylar qurilishi sifati yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilib, bu borada normativ-texnik hujjatlar va loyiha hujjatlaridan chetga chiqish holatlari aniqlangan taqdirda, masʼul shaxslarga, shu jumladan buyurtmachi tashkilotning texnik nazorat, pudrat tashkilotining ichki nazorat va loyihachi tashkilotning mualliflik nazorati mutaxassislariga nisbatan choralar qoʻllanilsin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
15. Mazkur Farmonning ijrosini tashkil qilishga masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari A.J. Ramatov va J.A. Qoʻchqorov, moliya vaziri T.A. Ishmetov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Farmonning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-dekabr,
PF-32-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmoniga 1-ILOVA
* 2022-yilda quriladigan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarining manzilli roʻyxatiga Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Qurilish vazirligining takliflariga asosan Vazirlar Mahkamasi Rayosati yigʻilishi qarori bilan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmoniga 2-ILOVA
“Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish uchun toifasi oʻzgarayotgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer maydonlari