Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 18.06.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-iyundagi 369-sonli “O‘zbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini tartibga solishga qaratilgan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qaroriga muvofiq, shuningdek, kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qarorining 8-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) huzurida Mehnat bozori tadqiqotlari instituti (keyingi o‘rinlarda — Mehnat instituti) tashkil etilganligi hamda uning asosiy vazifalari belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Mehnat instituti huquqiy maqomini, asosiy vazifa va funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, faoliyatini tashkil etish tartibini, shu jumladan Mehnat instituti rahbariyati funksional majburiyatlarini, Mehnat instituti faoliyatini baholash mezonlari, uning faoliyati samaradorligi va natijadorligi indikatorlarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari (keyingi o‘rinlarda — Tarmoq kengashi) faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, uning tarkibini, shuningdek, Tarmoq kengashi majlislarini tashkil etish davriyligini nazarda tutuvchi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari to‘g‘risidagi namunaviy nizom 3-ilovaga muvofiq;
malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish tartibini, ularga qo‘yiladigan namunaviy talablarni, maqsad va vazifalarini, huquq va majburiyatlarini hamda malakani baholash markazlarining namunaviy tuzilmasini nazarda tutuvchi Malakalarni baholash markazi to‘g‘risidagi namunaviy nizom 4-ilovaga muvofiq;
2021-2022-yillarda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tarmoqlararo mehnat me’yorlarini joriy etish bo‘yicha ishlanmalarni ishlab chiqish grafigi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlik bir oy muddatda:
Mehnat institutini yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish;
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) Mehnat instituti binosini bosqichma-bosqich qayta ta’mirlash, shu jumladan, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, mebel, jihozlar, kompyuter va tashkiliy texnika vositalari sotib olish uchun zarur mablag‘lar ajratish choralarini ko‘rsin.
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Mehnat institutining faoliyati Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Mehnat institutining rahbarlari va xodimlariga Vazirlik markaziy apparatining tegishli rahbar va xodimlariga belgilangan mehnatga haq to‘lash, mukofotlash, ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar belgilash va moddiy yordam berish shartlari tatbiq etiladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Mehnat institutining tuzilmasiga qo‘shimcha shtat birliklarini kiritish huquqi berilsin.
6. 2021-yil 23-iyul kuni Moskva shahrida Mehnat instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligining “Butunrossiya mehnat ilmiy-tadqiqot instituti” Federal budjet muassasasi o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro faoliyat yuritish to‘g‘risida bitim imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Mehnat instituti doimiy ravishda:
sohaga oid xorijiy yetakchi boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatib, birgalikda konferensiya, seminar, forum, simpoziumlar o‘tkazsin, ilmiy xodimlar malakasini oshirib borsin hamda qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish uchun o‘zaro tadqiqotchi va ekspertlarni stajirovkalarga yuborsin va taklif qilsin;
xorijiy yetakchi boshqa ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlari bilan o‘zaro axborotlar almashinuvini yo‘lga qo‘ysin hamda chet el ijobiy tajribasini O‘zbekiston sharoitida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin;
mamlakatda kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalar milliy tizimi takomillashtirilishida hamda kasbiy standartlarning ishlab chiqilishida ilg‘or xorijiy tajriba va ilmiy hamjamiyat takliflari qo‘llanilishini ta’minlasin;
mehnatni me’yorlash masalalari bo‘yicha mehnat qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishda ilg‘or xorijiy amaliyot va ilm-fan bilan uyg‘unlikni ta’minlab borsin;
respublika hududlarida mehnat bozorining tizimli monitoringini tashkil qilish, mehnat resurslari balansini ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, mehnat munosabatlarini va mehnat bozorini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil etsin;
respublikaning ayrim hududlarida ayollar (ayniqsa, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolganlar), yoshlar, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarining boshqa toifalari bandligi bo‘yicha tadqiqotlarni tashkil etsin hamda yoshlar, ayollar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish to‘g‘risida taklif kiritib borsin.
7. Vazirlik Mehnat instituti bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda:
mehnat bozorida dolzarb bo‘lgan kasblar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga doir uslubiy qo‘llanma ishlab chiqsin. Bunda, Vazirlik tizimidagi “Ishga marhamat” monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish maskanlarida pedagogik jarayonni tashkil qilish, shu jumladan, xorij mehnat bozorida raqobatbardosh ishchi kasblarni tayyorlashga e’tibor qaratilsin;
mehnatni muhofaza qilish, xavfsiz ishlab chiqarishlarni joriy qilish, baxtsiz hodisalarni kamaytirish hamda jarohatlanishlarning oldini olish, ishsizlikdan sug‘urtalashning ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish borasida ishlab chiqarish yo‘nalishlari bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqsin;
b) 2021-yil 31-dekabrga qadar — zamonaviy bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan O‘zbekistonda mehnatni me’yorlash konsepsiyasini ishlab chiqsin. Bunda, Mehnat institutining mehnat munosabatlarini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish uchun ijtimoiy standartlar va me’yorlarni ishlab chiqishda ishtirok etishi nazarda tutilsin.
8. Mehnat instituti 2021-yil 31-dekabrga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini strategik boshqarish mexanizmini shakllantirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin:
kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimi monitoringini amalga oshirish ko‘rsatkichlari tizimi va metodikasini tasdiqlash;
kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimining holati va rivojlanishi monitoringini amalga oshirish;
kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimi ekspertlari reyestrini tuzish;
kasbiy faoliyatning tarmoqlararo turlari bo‘yicha tarmoq kengashlarining o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarining kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish tizimini hududiy mehnat va ta’lim bozorlari darajasida joriy qilish va takomillashtirish bo‘yicha faoliyatini baholashning ko‘rsatkich va indikatorlari ro‘yxatini shakllantirish.
9. Belgilansinki, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Mehnat instituti tomonidan quyidagilar shakllantiriladi va yuritiladi:
kompetensiyalarni baholash bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar registrini hamda tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestrini joriy etadi, yuritadi va rivojlantirishni tashkil etadi;
tasdiqlangan malakaga ega shaxslarni haqiqatda ushbu malakaga muvofiqligi darajasini o‘rganadi va tahlil qiladi;
sohadagi ilg‘or va ijobiy amaliyotlarni joriy qilgan holda, Mehnat bozorining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini baholovchi tizim hamda kasbiy standartlarni va mustaqil malaka baholashning ma’lumotlar bazasi;
malakalarning xalqaro miqyosda tan olinishini va o‘zaro taqqoslanilishini ta’minlagan holda, mehnat migratsiyasida talab yuqori bo‘lgan kasblar to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi.
10. Vazirlikning:
Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasidagi Davlat mehnat inspeksiyasi tizimida tajriba-sinov tariqasida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni o‘rganish hamda hal qilishga ko‘maklashish markazini (keyingi o‘rinlarda — Markaz) tashkil etish, 2023-yil 1-yanvarga qadar tajribaning ijobiy yakunlari bo‘yicha Markaz faoliyatini respublika bo‘yicha tatbiq etishning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha uch tomonlama komissiyalar to‘g‘risida” 2019-yil 3-iyuldagi 553-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasiga jamoa muzokaralarini o‘tkazishda Markaz tomonidan ko‘maklashish amaliyoti joriy etilishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
11. Vazirlik bir oy muddatda Mehnat sohasidagi murojaat va nizolarni o‘rganish hamda hal qilishga ko‘maklashish markazi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
12. Markazni moddiy-texnik jihatdan ta’minlash, shu jumladan, uning faoliyatini tashkil qilish maqsadida qo‘shimcha jalb qilingan mutaxassislar ish haqi xarajatlari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishiga ruxsat berilsin.
Belgilansinki, Markaz xodimlariga Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi markaziy apparati xodimlariga belgilangan mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlari tatbiq etiladi, shuningdek, ko‘p yillik xizmatlari uchun ustamalar qo‘llaniladi.
13. Mehnat instituti Toshkent shahar Olmazor tumani, Umid ko‘chasi, 16-uy manzilida joylashgan Kasb-hunarga o‘qitish markazi binosining 2 va 3-qavatlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 30-sentabr,
616-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga
1-ILOVA
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari institutining
TUZILMASI
Izoh. Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 57 nafar (yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, shuningdek, Mehnatni me’yorlash markazi xodimlari bundan mustasno), shu jumladan, 42 nafar ilmiy xodim.
* Loyiha guruhlar va laboratoriyalarni o‘z ichiga olgan tarkibiy bo‘linma hisoblanadi.
** Guruh uy xo‘jaliklarini uyma-uy, tanlanma va boshqa shaklda o‘tkaziladigan tadqiqotlarni tashkil qiluvchi (supervayzer)lardan iborat.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) huquqiy maqomini, asosiy vazifalari va funksiyalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Institut:
mehnat bozori, ish bilan ta’minlash, mehnat munosabatlari, kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish, mehnatni muhofaza qilish va me’yorlash, mehnat sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qarori bilan tasdiqlangan Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengashning ishchi organi hisoblanadi.
3. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri buyruqlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Institut o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) hisobot beradi.
5. Institutning faoliyati Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
6. Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtamp va blankalarga, mustaqil balansga hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
7. Institutning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
to‘liq — O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti;
qisqartmasi — Mehnat instituti;
b) ingliz tilida:
to‘liq — Institute for Labor Market Research under the Ministry of Employment and Labor Relations;
qisqartmasi — Labor institute;
v) rus tilida:
to‘liq — Institut issledovaniy rinka truda pri Ministerstve zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan;
qisqartmasi — Institut truda.
8. Institut joylashgan joy (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Umid ko‘chasi, 16-uy.
2-bob. Institutning asosiy vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:
aholi bandligi, shu jumladan, mehnat migratsiyasi jarayonlari, mehnat munosabatlari va mehnatga haq to‘lashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish;
mehnat bozorining rivojlanish tendensiyalarini, uning kasbiy-malaka tuzilmasini, mehnat bozorining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish;
kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalar milliy tizimida o‘rganishlar o‘tkazish va o‘rganish natijalariga muvofiq tizimni takomillashtirish ishlarini tashkil etish;
mehnat muhofazasi va gigiyenasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish;
mehnatni me’yorlash masalalari bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
10. Institut o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) aholi bandligi, shu jumladan, mehnat migratsiyasi jarayonlari, mehnat munosabatlari va mehnatga haq to‘lashni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish sohasida:
fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda va ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirishda, innovatsion loyihalarni amalga oshirishda, shuningdek, aholi bandligi, mehnat munosabatlari, kasbga tayyorlash va mehnatni muhofaza qilish sohalarida jahondagi zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilishda ishtirok etadi;
aholi bandligining umumiy ko‘rsatkichlari va tarkibini aniqlashga yo‘naltirilgan amaliy tanlanma va yalpi (zarur hollarda) tadqiqotlar o‘tkazadi va har chorakda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha va hududlar kesimida ish bilan bandlar va ishsizlarning hisob-kitob miqdori to‘g‘risidagi hisobotlarni shakllantiradi;
tashqi va ichki mehnat migratsiyasi jarayonlarini o‘rganadi, mehnat migratsiyasining asosiy tendensiyalari va yo‘nalishlarini, shuningdek, qaytib kelgan mehnat migrantlari ijtimoiy moslashuvi xususiyatlarini aniqlaydi;
ish beruvchilar va xodimlar o‘rtasida mehnat munosabatlarini takomillashtirish bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazadi va ularga asoslanib, bozor islohotlarini chuqurlashtirish sharoitida mehnat munosabatlarini tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
moddiy rag‘batlantirish va mehnatga haq to‘lash mexanizmlarining samaradorligini o‘rganadi, xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda, ularni takomillashtirish hamda mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligi bilan aloqasini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
Vazirlikka bandlik sohasida qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish va normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdim etadi;
mehnat bozorini rivojlantirish va aholi bandligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari, strategiyalari, istiqbolga mo‘ljallangan dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
hududlarda ish o‘rinlarini tashkil etish va bandlik dasturlarini ishlab chiqish hamda monitoring qilishda ishtirok etadi;
doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mehnat bozori va ijtimoiy-mehnat munosabatlarini chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan stajer-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktorantura hamda mustaqil izlanuvchanlik asosida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashda ishtirok etadi;
xalqaro tashkilotlarning buyurtmasi bo‘yicha yoki hamkorlikda mehnat va aholi bandligi sohasida xorijiy sheriklar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshiradi;
b) mehnat bozorining rivojlanish tendensiyalarini, uning kasbiy-malaka tuzilmasini, mehnat bozorining malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash mexanizmlarini takomillashtirish sohasida:
kadrlar tayyorlashga davlat buyurtmasini shakllantirish jarayonida ish bilan band aholining tarkibidagi miqdor va sifat o‘zgarishlarini hisobga olib, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganadi va prognoz qiladi;
bandlik darajasi va tuzilmasiga ta’sir qiluvchi tendensiyalar va omillarni, mehnat bozoridagi o‘zgarishlarni o‘rganadi;
inson kapitali, professional ta’limni va xodimlarning malaka darajalarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
mehnat munosabatlari uchun ijtimoiy standartlar va me’yorlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
mehnat resurslarining prognoz balanslarini, demografik rivojlanishning o‘rta va uzoq muddatli prognozlarini tayyorlaydi;
ish bilan ta’minlashning hududiy va tarmoq dasturlarini ijtimoiy-iqtisodiy baholash bo‘yicha uslubiy yondashuvlarni ishlab chiqadi;
mehnat va aholi bandligi sohasidagi sotsiologik tadqiqotlarni, shuningdek, mahalliy va xalqaro tashkilotlar buyurtmasi bilan boshqa dala tadqiqotlarini o‘tkazadi;
v) kasbiy malaka, bilim va ko‘nikmalar milliy tizimida o‘rganishlar o‘tkazish va o‘rganish natijalariga muvofiq takomillashtirish ishlarini tashkil etish sohasida:
mehnat bozori monitoringi asosida tarmoqlarning malaka va bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlari va tendensiyalarini o‘rganadi;
tarmoq malaka doiralarini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;
norasmiy va informal o‘qitishning natijalarini tan olish, validatsiya va akkreditatsiya (sertifikatlash) qilish tizimini shakllantirish, shu jumladan malakalarni baholash markazlari faoliyatini tashkil qilishda ishtirok etadi;
yoshlarni kasbga yo‘naltirish, professiogramma va axborot materiallarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etishda qatnashadi;
tarmoq kengashlarining, shu jumladan kasbiy standartlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish borasidagi faoliyatini uslubiy, tashkiliy va axborot jihatidan ta’minlaydi;
kompetensiyalarni baholash bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar registrini hamda tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestrini joriy etadi, yuritadi va rivojlantirishni tashkil etadi;
tasdiqlangan malakaga ega shaxslarni haqiqatda ushbu malakaga muvofiqligi darajasini o‘rganadi va tahlil qiladi;
tarmoq malakalar doiralari va kasbiy standartlardan kelib chiqqan holda, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorini, ta’lim tizimi klassifikatorlari va standartlarini takomillashtirish hamda mehnatga haq to‘lashga oid me’yorlarni belgilash bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
milliy malaka tizimi joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holatini monitoringini amalga oshirish ko‘rsatkichlari tizimi va metodikasini ishlab chiqadi;
milliy malaka tizimining holati va rivojlanishining monitoringini olib boradi;
milliy malaka tizimi ishtirokchilarining faoliyatini hududiy mehnat va ta’lim bozorlari darajasida tashkil qilish va takomillashtirish bo‘yicha faoliyatini baholash ko‘rsatkichlari va indikatorlari ro‘yxatini shakllantiradi;
bandlik va mehnat munosabatlari sohalarida dasturlar, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy asarlar to‘plamlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar materiallari, metodik ko‘rsatmalar, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha qo‘llanmalar ishlab chiqadi va nashr etadi;
g) mehnat muhofazasi va gigiyenasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish sohasida:
mehnat muhofazasi va gigiyenasi sohasidagi ilmni rivojlantirish strategiyasi, ustuvor yo‘nalishlari hamda ularni amalga oshirishning tashkiliy-moliyaviy mexanizmlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
mehnat muhofazasi, mehnat gigiyenasi va mehnat sharoitlarini yaxshilash sohalaridagi davlat, tarmoq va maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
mehnat muhofazasi va mehnat gigiyenasi sohasidagi davlat dasturlarining bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi, mehnat muhofazasi va gigiyenasi bo‘yicha qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarni tizimli ravishda xatlovdan o‘tkazadi;
mehnat muhofazasi sohasidagi davlat boshqaruvi asoslarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari bilan birgalikda xavfsiz mehnat standartlari tizimini, mehnat muhofazasi va mehnat gigiyenasi sohasidagi tarmoqlar normativ hujjatlarini ishlab chiqadi;
iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarning sabablarini tahlil qilish asosida ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
sanoat va ish muhitining zararlilik darajasini baholash, mehnatni muhofaza qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish, malakani baholash metodikalarini validatsiya (attestatsiya) qilish;
shaxsiy va jamoaviy himoya vositalarini sertifikatlash bo‘yicha texnik reglament sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi;
shaxsiy va jamoaviy, shu jumladan xorijda ishlab chiqarilgan himoya vositalarini sertifikatlashni amalga oshiradi, shuningdek tegishli sifat sertifikatlarini beradi;
mehnat muhofazasi va gigiyenasi sohasida davriy ravishda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda mehnat muhofazasi va gigiyenasi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish rejalari hamda jadvallari tasdiqlanishini ta’minlaydi;
mehnat muhofazasi va gigiyenasi bo‘yicha xodimlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun o‘quv-tematik rejalarini, o‘quv modullarini tayyorlaydi va tasdiqlaydi;
mehnat muhofazasi va gigiyenasi sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashdan o‘tgan kadrlarning yagona axborot-ma’lumot bazasini yaratadi va yangilab boradi;
bakalavriat va magistraturaning tegishli ta’lim yo‘nalishlarida yangi o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari yaratishga ko‘maklashish orqali o‘quv-metodik ishlarning sifati va darajasini oshiradi;
bakalavr va magistrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik jihatdan ko‘maklashadi, shuningdek, Institut bazasida mehnat muhofazasi va gigiyenasining tegishli sohalarida oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutini tashkil etish yo‘li bilan yuqori malakali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshiradi;
mehnat muhofazasi va gigiyenasi sohasida mutaxassislar tayyorlovchi ta’lim muassasalari uchun ilmiy, o‘quv, o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini nashr etishga tayyorlash ishlarida ishtirok etadi;
d) mehnatni me’yorlash masalalari bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish sohasida:
tashkilotlar buyurtmalariga binoan shartnoma asosida mehnatni me’yorlash bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, ekspertizadan o‘tkazadi va amalga oshiradi;
Vazirlikka bandlik va mehnat munosabatlari bo‘yicha normativ hujjatlar loyihalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun kiritadi, tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqishda va ilmiy-metodik ko‘rsatmalar berishda ko‘maklashadi;
umumiy va maxsus texnik reglamentlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
mehnatni me’yorlash bo‘yicha normativ hujjatlar fondini yaratadi, yuritadi va yangilaydi;
mehnatni me’yorlash bo‘yicha normativ hujjatlar axborot resurslari ma’lumotlar bazalarini shakllantirish, saqlash va ulardan foydalanishning yagona tizimini yaratadi;
mehnatni me’yorlash bo‘yicha normativ hujjatlarni ishlab chiquvchilar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari hamda manfaatdor tomonlarning takliflarini inobatga olgan holda, mehnat me’yorlarini ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqishning yillik grafiklarini shakllantiradi.
3-bob. Institutning huquqlari va javobgarligi
11. Institut o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalaridan unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, shu jumladan, xorijiy tashkilotlarni shartnoma asosida jalb qilish;
o‘z vakolatlarini bajarish doirasida xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni, shu jumladan, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
aholi bandligini yaxshilash va mehnat bozorini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli vazifalarini hal qilish uchun tashkil etilgan ishchi guruhlar yig‘ilishlarida ishtirok etish;
kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoqlar va hududiy kengashlarning ishchi guruhlari yig‘ilishlarida hamda majlislarida, bandlik, mehnat munosabatlari, kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi ekspertlar kengashi hamda komissiyalari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar ishlarida ishtirok etish;
bandlik va mehnat munosabatlari, mehnati muhofazasi hamda kadrlar salohiyati, bilim va ko‘nikmalari rivojlantirish sohalarida xalqaro loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
bandlik va mehnat munosabatlari, mehnat muhofazasi hamda kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish sohalarida noshirlik, ilmiy-texnik axborotni tarqatish faoliyatini amalga oshirish;
tashkilotlarning buyurtmalari bo‘yicha bandlik va mehnat munosabatlari sohasida shartnomalar asosida normativ hujjatlarni ishlab chiqish, tarjima qilish, joriy qilishni amalga oshirish;
bandlik va mehnat munosabatlari, mehnat muhofazasi hamda kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, forumlar, davra suhbatlari va Institut vakolatiga taalluqli boshqa masalalar bo‘yicha jamoatchilik tadbirlarini o‘tkazish;
kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarishga vazirliklar, idoralar, ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalar, shuningdek davlat tashkilotlaridan mutaxassislarni jalb qilish;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi, Vazirlik hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan kelishgan holda, ilmiy darajalar berishga ixtisoslashgan kengash tashkil etish.
Institut qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Institut o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
13. Institut o‘z faoliyatida bevosita Vazirlikka bo‘ysunadi va unga hisobot beradi.
14. Institut faoliyatiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
15. Institut direktori:
Institut vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi hamda Institutga yuklangan vazifalar va funksiyalar amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi;
Institutda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-metodik ishlar olib borish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Institut ilmiy kengashining tavsiyalari asosida o‘quv-mavzuli rejalar, dasturlar va ilmiy-metodik ishlar rejalarini tasdiqlaydi;
Institut faoliyatini yanada takomillashtirishga taalluqli konsepsiyalar, dasturlar va kompleks tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qiladi;
Institut va Mehnatni me’yorlash markazi xodimlari, shuningdek, Mehnatni muhofaza qilish sohasida malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;
xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Institutning shtat jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Institut xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Institut nomidan xo‘jalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi;
Vazirlik bilan kelishgan holda ishlarning haqiqiy hajmidan kelib chiqib, zarur bo‘lganda, Institutning tuzilmasi va shtatdagi xodimlar soniga o‘zgartirishlar kiritadi (budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladigan tuzilmalar va shtat birliklari yuzasidan).
Direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
16. Institut direktori Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, Vazirlik tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan uch nafar, shu jumladan biri Mehnatni me’yorlash markazi direktori hisoblanadigan o‘rinbosarga ega bo‘ladi.
17. Direktor o‘rinbosarlari:
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, ushbu bo‘linmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etadi;
Vazirlik qarorlari va buyruqlarini, Institut direktori buyruqlari va topshiriqlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlaydi;
tarkibiy bo‘linmalarga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qiladi va muvofiqlashtiradi;
tarkibiy bo‘linmalar faoliyatiga taalluqli masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun direktorga taqdim etadi;
direktorga Institutning tarkibiy bo‘linmalarida xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish bo‘yicha takliflar beradi, ularning kasbiy mahoratini, malakasini, amaliy tajribasini, ishchanlik va ruhiy-axloqiy fazilatlarini yuqori darajada ta’minlash, kasbiy malakalarini rivojlantirish, tarkibiy bo‘linmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Institut tarkibiy bo‘linmalari xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tizimli tanqidiy tahlil qilish, yig‘ilishlarda ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokamalar yakunlari bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rishni tashkil etadi.
18. Direktor bo‘lmagan davrda uning vakolatlarini direktorning birinchi o‘rinbosari amalga oshiradi.
19. Institut huzurida direktor, faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), Institut tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, Fanlar akademiyasi vakillari, shuningdek, turdosh ilmiy-tadqiqot institutlarida va tashkilotlarda ishlaydigan yetakchi olimlar, malakali mutaxassislardan iborat tarkibda Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Ilmiy kengash ishini Ilmiy kengashning ilmiy kotibi tashkil etadi.
Ilmiy kengash:
Institut tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturlari, rejalari hamda tematikasini ko‘rib chiqadi va ma’qullaydi;
loyihalar va laboratoriyalar rahbarlarining amalga oshirilayotgan ishlarning borishi va natijalari haqidagi hisobotlarini eshitadi, o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari va sifatiga, ularni amaliyotga joriy qilish borasida yil yakunlari bo‘yicha baho beradi;
hisobot davrida loyihalar (laboratoriyalar) faoliyati natijalarini baholash asosida loyihalar doirasidagi tadqiqotlarni davom ettirish yoki loyihalarni yopish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
Institut joriy faoliyatini moliyalashtirishning cheklangan me’yorlarini aniqlaydi, Institut xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning cheklangan miqdorlarini belgilaydi;
Ilmiy kengashning ish tartibi Institutning ish rejalariga muvofiq tashkil etiladi.
20. Institut ilmiy kotibi:
Ilmiy kengash faoliyatini muvofiqlashtirish va axborot-tahlil bo‘yicha ta’minlashni amalga oshiradi;
ilmiy-tadqiqot ishlarining dasturlari va rejalarini ishlab chiqishni tashkil etadi, tadqiqotlarga o‘z vaqtida va sifatli tayyorgarlik ko‘rishni nazorat qiladi;
Institutning mamlakat va xorij ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalar o‘rnatishini amalga oshiradi;
Institut xodimlarining tahliliy va axborot materiallari bilan ishlash metodikasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil qiladi.
Ilmiy kotib lavozimga Institut direktori tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
21. Institut tadqiqotlarining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tuzilgan loyihalar va laboratoriyalar Institutning asosiy tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi.
Ilmiy-tadqiqot loyihalarini (laboratoriyalarini) yuqori malakali mutaxassislar, birinchi navbatda, iqtisodiyot sohasidagi vazirlik va idoralarda, ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida ish tajribasiga ega bo‘lgan mutaxassislar orasidan tanlab olib tayinlangan rahbarlar boshqaradi.
Loyiha rahbarlari lavozimiga Institut direktori tomonidan tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ilmiy loyihalar bandlikka ko‘maklashish, mehnat munosabatlarini rivojlantirish, mehnat bozorini, mehnatni muhofaza qilishni, kasbiy standartlarni va malakani rivojlantirish tizimini takomillashtirish, shuningdek, mehnat migratsiyasi bo‘yicha eng dolzarb muammolarni hal qilish uchun tashkil etiladi hamda ularga qo‘yilgan vazifalarni bajargandan so‘ng tarqatib yuboriladi.
22. Institut tarkibida ixtisoslashgan tadqiqot bo‘linmalari bilan bir qatorda mehnatni me’yorlash markazi, ilmiy-yordamchi, texnik, ma’muriy-xo‘jalik bo‘linmalari va boshqa xizmatlar faoliyat yuritadi.
23. Muayyan tadqiqotlarni amalga oshirish uchun Institut fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
5-bob. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish shakllari va tizimi
24. Xodimlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, Institut ma’muriyati bilan o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat to‘g‘risidagi qonunchiligi, Institutning ichki tartib-qoidalari, boshqa normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi, individual mehnat shartnomalari hamda mazkur Nizomga asoslanib, tartibga solinadi.
25. Institut xodimlariga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq Vazirlik markaziy apparati xodimlari uchun taqqoslanadigan lavozimlar bo‘yicha belgilangan ish haqi, mukofot va moddiy yordam sharoitlari tatbiq etiladi, shuningdek, ularga ishlagan davri uchun ustama to‘lanadi.
Mehnat instituti xodimlari va jalb qilingan mutaxassislar uchun budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ish haqi fondining 50 foizi miqdorida moddiy rag‘batlantirish uchun maxsus mablag‘lar ajratiladi.
Alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun moddiy rag‘batlantirishning maxsus fondi hisobidan ularning lavozim maoshining ikki baravari miqdorigacha mukofot to‘lanadi.
26. Institut xodimlari loyiha rahbarlari (laboratoriyalar) va boshqa tarkibiy bo‘linmalar takliflari asosida Ilmiy kengash bilan kelishgan holda mukofotlanadi.
27. Institut Vazirlik bilan kelishilgan holda rahbar, ilmiy-yordamchi, ilmiy, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning shtat jadvalini tasdiqlaydi, amaldagi qonunlar va normativ hujjatlarga asoslangan holda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish tizimi va shakllarini belgilab beradi.
6-bob. Institutning mulki va moliyaviy mablag‘lari
28. Institut mulki asosiy fondlardan (binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar), aylanma mablag‘lardan, shuningdek, moliyalashtirishning barcha manbalari hisobiga sotib olingan moliyaviy resurslar va boshqa moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi. Institut mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.
29. Institut belgilangan tartibda o‘ziga biriktirilgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini amalga oshiradi. Institut unga tutash yer maydoniga egalik qilish va undan foydalanish huquqiga ega.
30. Institutning intellektual mulk obyektlari jumlasiga barcha tadqiqot materiallari (ilmiy konsepsiya va hisobotlar, tahliliy ma’lumotnomalar, nashrlar, tadqiqot natijalari, prognoz baholari, referativ, uslubiy-instruktiv materiallar, dasturiy mahsulotlar va institut ma’lumotlar bazalari va boshqalar), shuningdek, Institut buyurtmasi asosida ijrochi tashkilotlar tomonidan shartnomalar asosida olib borilgan tadqiqotlar kiradi. Intellektual mulk xususiyatiga qarab, unga bo‘lgan huquq Institutga, mualliflar guruhiga yoki Institut tadqiqotchisiga tegishli bo‘lishi mumkin.
Institutda intellektual mulk huquqining taqsimlanishi direktor tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq belgilanadi.
31. Institut mablag‘lari quyidagilar hisobidan shakllantiriladi:
joriy saqlash va moddiy-texnik bazani rivojlantirish, axborot bosma nashrlariga, shu jumladan, chet el nashrlariga obuna tashkil etish va Institutning boshqa ehtiyojlari uchun Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘lar;
grant tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar;
vazirliklar, idoralar va banklarning buyurtma-arizalari bo‘yicha tadqiqotlar uchun ajratilgan mablag‘lari;
xalqaro moliya institutlari va donorlik tashkilotlarining grantlari;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari doirasida, Institutning o‘z faoliyati, shu jumladan tijorat banklaridagi depozitlarga pul mablag‘larini joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
bank va boshqa kreditorlar kreditlari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
32. Iqtisodiy, ilmiy-texnik va boshqa xo‘jalik hisobidan olib boriladigan faoliyat uchun, shuningdek, xayriya, homiylik va beg‘araz tushumlar orqali olingan mol-mulk va mablag‘lar Institut mulkidir.
33. Institut o‘ziga tegishli bo‘lgan asosiy vositalar, muomaladagi aktivlar va boshqa moddiy boyliklarni belgilangan tartibda sotish, boshqa korxona, tashkilot va muassasalarga o‘tkazish, almashtirish, ijaraga berish, vaqtincha foydalanish yoki qarz olish uchun bepul berish, shuningdek, ularni balansdan chiqarish huquqiga ega.
34. Institut ixtiyorida qolgan foyda Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va zarur jamg‘armalarni shakllantirish uchun sarflanadi. Institut jamg‘armalariga pul mablag‘larni kiritish me’yorlari, hajmi va tartibi Institut direktori tomonidan tasdiqlanadigan Jamg‘armalar to‘g‘risidagi nizom bilan belgilanadi.
7-bob. Institut faoliyatini baholash mezonlari hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligi ishchi indikatorlari
35. Institut faoliyati samaradorligi muntazam ravishda baholanishdan o‘tkaziladi.
36. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Institut faoliyatini baholash mezonlariga hamda uning faoliyati samaradorligi va natijadorligini aniqlovchi ishchi indikatorlarga asoslanadi.
37. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Institut rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (taqdirlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari belgilanadi;
Institut faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
38. Institut faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va metodikasi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan belgilanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
39. Institut qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga
3-ILOVA
Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari (keyingi o‘rinlarda — Tarmoq kengashi) faoliyat yuritishining tartibini belgilaydi.
2. Tarmoq kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tarmoq kengashi faoliyatiga taalluqli qarorlari, shuningdek, huzurida Tarmoq kengashi tashkil etilgan davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining (keyingi o‘rinlarda — mas’ul tashkilot) tegishli farmoyishlari va qarorlari asosida amalga oshiradi.
3. Tarmoq kengashining faoliyati Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha kengash (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
4. Tarmoq kengashi to‘g‘risidagi nizom, uning tarkibi va faoliyatining reglamenti mas’ul vazirlik (idora) tomonidan Respublika kengashi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
2-bob. Tarmoq kengashining vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari
5. Quyidagilar Tarmoq kengashining vazifalari hisoblanadi:
mehnat bozori monitoringi asosida tarmoqlarning malaka hamda bilimlarga bo‘lgan ehtiyojlari va tendensiyalarini aniqlash;
tarmoqlar malaka doiralarini ishlab chiqish, joriy etish va takomillashtirish;
kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha vazirliklar, idoralar va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
norasmiy va informal o‘qitishning natijalarini tan olish, validatsiya va akkreditatsiya (sertifikatlash) qilish tizimini shakllantirish, shu jumladan, malakalarni baholash markazlari faoliyatini tashkil qilish;
yoshlarni kasbga yo‘naltirish va axborot materiallarini ishlab chiqish ishlarini tashkil etish;
tarmoq malakalari doiralari va kasbiy standartlardan kelib chiqqan holda, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatorini takomillashtirish.
6. Mazkur vazifalarni bajarish uchun Tarmoq kengashi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) har yili kamida ikki marta mehnat bozori monitoringini tashkil qiladi, tarmoqda kasbiy malakalar va ko‘nikmalar bo‘yicha mehnat bozori ehtiyojlarini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
b) kasbiy faoliyatning tegishli sohalari bo‘yicha kasbiy standartlar va tarif-malaka talablarini ishlab chiqish va yangilashni muvofiqlashtiradi hamda kasbiy standartlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasini tashkil etadi;
v) aynan shu tarmoqqa xos bo‘lgan kasbiy faoliyat turlari bo‘yicha malakani xolis, professional baholashni muvofiqlashtiradi, shu jumladan:
malakalarni baholash markazlari (MBM) vazifalarini bajarish uchun tashkilotlarni tanlab olish, ularga malakalarni xolis baholash bo‘yicha vakolatlar berish hamda tanlash va vakolatlar berish jarayonida ular tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarni tekshirishni;
har bir malakalarni baholash markazi uchun malakalar xolis baholanadigan kasb malakasining nomini belgilashni;
tegishli malakalar bo‘yicha baholash vositalarini ishlab chiqish va ularning ekspertizadan o‘tkazilishini;
malakalarni baholash markazlari faoliyatini nazorat qilishni;
malakalarni baholash natijalariga aloqador shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha apellyatsiya komissiyasini tuzish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yishni;
malakalarni xolis baholash to‘g‘risidagi axborotni tegishli ma’lumotlar reyestriga joylashtirishni tashkil etadi;
g) umumta’lim va professional ta’lim muassasalarida kasbga yo‘naltirish tadbirlarini amalga oshirishni muvofiqlashtiradi;
d) ta’lim muassasalariga dual ta’lim usulida o‘qitish, shu jumladan, talabalar va o‘quvchilarning ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish masalalari bo‘yicha ko‘maklashadi;
e) kasbiy faoliyatning turlari bo‘yicha malakalar va ko‘nikmalarni rivojlantirish tendensiyalaridan kelib chiqib, Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish va mehnatga haq to‘lashga oid me’yorlarni aniqlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
j) tarmoq kengashi faoliyati haqidagi ma’lumotlarni aks ettirgan va umumfoydalanishga mo‘ljallangan axborot resurslarini shakllantiradi;
z) O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari bilan kasbiy malakalar va ko‘nikmalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi.
7. Tarmoq kengashi quyidagi huquqlarga ega:
tarmoq kengashi ko‘rib chiqadigan masalalar bo‘yicha ekspertlarni o‘z ishiga jalb qilish, o‘z oldida turgan vazifalarni hal qilish uchun ularning tarkibida seksiyalar, komissiyalar va ishchi guruhlar tuzish;
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalaridan, boshqa tashkilotlardan, ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish markazlaridan, kompetensiyani baholash markazlaridan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni so‘rab olish;
o‘z majlislariga professional ta’lim muassasalari, ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasbga o‘qitish markazlari, kompetensiyani baholash markazlari rahbarlarini, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari vakillarini taklif qilish.
Tarmoq kengashiga davlat boshqaruvi organi va xo‘jalik birlashmasi tomonidan vakolati doirasida boshqa huquqlar berilishi ham mumkin.
Tarmoq kengashi qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
8. Tarmoq kengashi quyidagi majburiyatlarga ega:
Respublika kengashiga tegishli taqvim yilidagi faoliyati to‘g‘risida har yili axborot taqdim etish;
malakalarni baholash markazlari tashkil etilgani va tugatilgani to‘g‘risidagi axborotni Respublika kengashiga taqdim etish;
o‘z faoliyati bo‘yicha arxiv ishlarini va ish yuritishni tashkil etish.
3-bob. Tarmoq kengashi faoliyatini tashkil etish
9. Tarmoq kengashi tarkibiga tegishli davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, ish beruvchilar va ularning birlashmalari, professional hamjamiyatlar, ta’lim va ilmiy muassasalar, kasaba uyushmalari tarmoq kengashlari vakillari kiradi.
Tarmoq kengashi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qarori bilan tasdiqlangan Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq kengashlari, shuningdek, ularning faoliyatini tashkil etish uchun mas’ul vazirlik, idora, ta’lim va ilmiy muassasalar ro‘yxatiga muvofiq tasdiqlangan ta’lim va ilmiy muassasalar vakillari ham kiritiladi.
10. Tarmoq kengashi rais, rais o‘rinbosari, Tarmoq kengashi a’zolari va kotibidan iborat.
Mas’ul vazirlik (idora) rahbari yoki uning o‘rinbosarlaridan biri Tarmoq kengashi raisi hisoblanadi.
Mas’ul vazirlik (idora)ning boshqa vazifalarni bajarishdan ozod qilingan va umumiy shtat birliklari soni doirasida mehnatga haq to‘lash sharoiti bo‘yicha mustaqil bo‘lim boshlig‘iga tenglashtirilgan xodimi Tarmoq kengashi kotibi etib tayinlanadi.
11. Tarmoq kengashi a’zolari soni va uning tarkibi Respublika kengashi bilan kelishilgan holda shakllantiriladi va tasdiqlanadi.
12. Tarmoq kengashi majlislari zaruratga qarab, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.
Tarmoq kengashi majlisida uning a’zolarining kamida yarmi ishtirok etsa, vakolatli hisoblanadi.
Tarmoq kengashi a’zosi tarmoq kengashining majlislarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda masofadan turib qatnashish, shuningdek, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z mulohazalarini oldindan yuborib, taqdim etish huquqiga ega.
Tarmoq kengashi qarorlari majlis ishtirokchilarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan hisoblanadi.
Alohida hollarda, tarmoq kengashi raisining qaroriga muvofiq qarorlar majlis o‘tkazilmasdan, sirtdan ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinishi ham mumkin.
13. Tarmoq kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar bayon bilan rasmiylashtiriladi va rais hamda kotib tomonidan imzolanadi.
14. Tarmoq kengashi faoliyatiga uning raisi rahbarlik qiladi. Quyidagilar tarmoq kengashi raisining vazifalariga kiradi:
Tarmoq kengashi majlislarini chaqirish va uning faoliyatini tashkil etish;
majlislar kun tartibini tasdiqlash;
tarmoq kengashiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun komissiyalar va ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
tarmoq kengashining Respublika kengashi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini tashkil etish.
15. Tarmoq kengashi kotibi quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
ish yuritishni va arxiv yuritishni amalga oshiradi, tarmoq kengashi a’zolariga zarur materiallarni yuboradi;
tarmoq kengashiga kelayotgan, shu jumladan, tarmoq kengashi ish rejasini shakllantirish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha materiallarni va takliflarni umumlashtiradi;
Tarmoq kengashi a’zolariga Tarmoq kengashi ishiga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni yetkazib beradi;
Tarmoq kengashi majlislarini chaqirishni ta’minlaydi;
Tarmoq kengashi majlislarida masofadan turib ishtirok etayotgan kengash a’zolari bilan aloqani ta’minlaydi, shuningdek, sirtqi ovoz berish hollarida Tarmoq kengashi a’zolari kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bergan ovozlarini hisobga oladi;
Tarmoq kengashining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti vakolatiga kiradigan masalalar, shu jumladan, zarur materiallar va hujjatlarni ekspertiza uchun taqdim etish bo‘yicha doimiy o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi;
ekspertlar, manfaatdor ta’lim va ilmiy muassasalar bilan o‘zaro hamkorlik qiladi.
16. Tarmoq kengashi o‘z faoliyatini samarali amalga oshirish maqsadida kasbiy standartlar, malakalarni baholash, mehnat bozorini tahlil qilish, ta’lim sifatini o‘rganish va Tarmoq kengashi faoliyatining boshqa asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi ekspertlar guruhlarini tashkil etishga haqli.
17. O‘z faoliyatida oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash maqsadida Tarmoq kengashi tegishliliga ko‘ra mas’ul vazirlik (idora)ning rasmiy saytida o‘z faoliyati va qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtiradi.
18. Tarmoq kengashi a’zolariga haq to‘lanmaydi.
19. Tarmoq kengashi ishiga jalb qilingan (Tarmoq kengashi a’zosi bo‘lmagan) ekspertlar mehnatiga haq to‘lash fuqarolik-huquqiy ko‘rinishdagi shartnomalarga ko‘ra amalga oshiriladi. Bunday hollarda mas’ul vazirlik (idora) buyurtmachi tomon hisoblanadi.
4-bob. Tarmoq kengashiga biriktirilgan ta’lim va ilmiy muassasalarning asosiy vazifalari
20. Tarmoq kengashining doimiy ishchi organi sohaga oid ilmiy-tadqiqot va ta’lim tashkilotlari, yirik tarmoq korxonalari, xodimlar bilan ishlash bo‘yicha tuzilmalar bo‘lishi mumkin. Doimiy ishchi organ:
Tarmoq kengashining ilmiy-metodik ta’minotini amalga oshiradi;
malakalarni baholash uchun baholash vositalarini ekspertizadan o‘tkazadi;
Tarmoq kengashi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va taqdim etadi;
mehnat bozorini monitoring qilishda, uning kasb malakasi va ko‘nikmalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda ishtirok etadi;
yoshlarni kasbga yo‘naltirish usullarini sinovdan o‘tkazadi va joriy qiladi;
Tarmoq kengashi buyurtmalariga va topshiriqlariga ko‘ra o‘z vakolatiga kiruvchi boshqa funksiyalarni bajaradi.
21. Tarmoq kengashining topshiriqlarini bajarish biriktirilgan ta’lim va ilmiy tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
22. Ta’lim va ilmiy tashkilotlarning tarmoq kengashi bilan moliyaviy-xo‘jalik munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Tarmoq kengashining faoliyati mas’ul tashkilot mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
24. Tarmoq kengashi faoliyatini tashkil etish uchun mas’uliyat tegishli tashkilot rahbari zimmasiga yuklanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga
4-ILOVA
Malakani baholash markazi to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom Malakani baholash markaziga qo‘yiladigan namunaviy talablarni, malakani baholash markazlari faoliyatini tashkil etish tartibini, ularning maqsad va vazifalarini, huquq va majburiyatlarni hamda malakani baholash markazlarining namunaviy tuzilmasini belgilaydi.
Malakani baholash markazi o‘z faoliyatini ushbu Namunaviy nizom va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga asosan amalga oshiradi.
2. Ushbu Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
baholash vositalari — kasbiy imtihonni o‘tkazishda Malakani baholash markazi tomonidan qo‘llaniladigan topshiriqlar va baholash mezonlari majmui;
malakani baholash markazi — talabgorlar malakalarini xolis baholash bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs (yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi);
malaka — xodim yoki ishga (kasbga) talabgor bilimi, mahorati va ko‘nikmalarining tegishli kasb va mutaxassislik bo‘yicha aniq mehnat funksiyalarini sifatli bajarishga tayyorgarlik darajasi, uning ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, mahorat va ko‘nikmalar saviyasi;
malaka darajasi (malakaviy daraja) — xodim yoki ishga (kasbga) talabgorning tayyorgarligi va ko‘nikmalari darajasi bo‘yicha mehnat funksiyalarining murakkabligi, ularni mustaqil bajarish va natijalar uchun mas’uliyat parametrlari bo‘yicha belgilanadigan toifalangan talablar majmuasi;
malaka pasporti — malakani baholash markazi tomonidan beriladigan, ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini berish bo‘yicha kasb standartida (yoki malaka talabida) nazarda tutilgan tegishli malaka darajasining berilgani va kompetensiyaning ijobiy baholanganini tasdiqlovchi, milliy malakalar doirasi darajalariga muvofiq lavozimlarni egallash va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan kompetensiya to‘g‘risidagi sertifikat;
malaka imtihoni — talabgorning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratini baholash usuli. Malaka imtihoni “kasb imtihoni” deb ham yuritilishi mumkin;
talabgor (xodim yoki ishga (kasbga) talabgor shaxs) — ishga joylashish yoki lavozimda rivojlanish yoki ushbu Namunaviy nizomga muvofiq tartibda o‘zining kasbiy kompetensiyalarini tasdiqlash maqsadida Malakani baholash markaziga murojaat qilgan, kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan kompetensiya tasdig‘ini olishni xohlovchi jismoniy shaxs;
Tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestri — ishchi kasblar va mutaxassislar toifalari bo‘yicha tasdiqlangan kasbiy kompetensiyalarga ega jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi doimiy yangilanadigan ma’lumotlar bazasi.
3. Malakani baholash markazi o‘z tomonidan beriladigan malaka pasportining haqiqiyligini aniqlash imkoniyatini beruvchi o‘zining to‘liq nomiga, shuningdek, muhriga (yoki QR-kodiga) ega bo‘lishi shart.
4. Malakani baholash markazi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tadi.
2-bob. Malakani baholash markazining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari
5. Malakani baholash markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
talabgorlarning, o‘zlashtirish usulidan qat’i nazar, mehnat bozorida talab etilgan kasb kompetensiyalarini baholash;
ishga qabul qilishda, kasb-lavozim tuzilmasida o‘sishda talabgorlarning kasb kompetensiyalari talablariga va kasb standartlariga mosligini tasdiqlash;
kasb malakalari bo‘yicha normativ hujjatlar va standartlar bo‘yicha takliflar tayyorlash va ularni ishlab chiqishda ishtirok etish;
tegishli tarmoq yoki korxonada ishlaydigan muayyan lavozimlarni egallab turgan xodimlarga nisbatan aniq va to‘g‘ri talablarni shakllantiradigan har bir kompetensiya rivojlanishining mos shkalasi va aniq xulq indikatorlarini belgilagan holda, kompetensiyalarning samarali modellarini ishlab chiqish va joriy etish;
kasb kompetensiyalari va ishbilarmonlik sifatlarini rivojlantirishning korporativ dasturlarini ishlab chiqish;
talabgorning mavjud malakasini aniqlashda, xolislikni ta’minlash mexanizmlarini joriy etish.
Tarmoqlarning iqtisodiy rivojlanish tendensiyalaridan kelib chiqib, Malakani baholash markaziga, uning vakolatlari doirasida yangi vazifalar ham belgilanishi mumkin.
7. Malakani baholash markazi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) talabgorlarning, o‘zlashtirish usulidan qat’i nazar, mehnat bozorida talab etilgan kasb kompetensiyalarini baholash sohasida:
talabgorlarga malakani haqqoniy, xolis va shaffof baholashning qoidalari va tartib-taomillari to‘g‘risida zarur axborot taqdim etadi;
shaxsning intellektual va kasbiy rivojlanish darajasini mustaqil aniqlash va tasdiqlashga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga ko‘maklashadi;
iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga mos ravishda kasbiy malakani baholash bo‘yicha moddiy-texnika bazasini muntazam takomillashtirib boradi;
talabgorga ekspert malaka komissiyasining xulosasini, malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, malaka pasportini rasmiylashtiradi va taqdim etadi;
kasbiy standartlarga asosan malakani baholash mezonlarini ishlab chiqadi;
b) ishga qabul qilishda, kasb-lavozim tuzilmasida o‘sishda talabgorlarning kasb kompetensiyalari talablariga va kasb standartlariga mosligini tasdiqlash sohasida:
Tarmoq kengashining rahbarlik va uslubiy hujjatlariga mos ravishda talabgorlar malakasining kasb standartlariga ko‘ra belgilangan malaka talablariga, tarif-malaka tavsiflariga va talablariga, shuningdek, xodimga malaka talablari qo‘yilgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga mosligini malaka imtihoni tarzida mustaqil va xolis baholashni tashkil etadi va o‘tkazadi;
keng va tor ixtisosliklar bo‘yicha ishchilarga malaka razryadlarini va mutaxassislarga malaka toifalarini beradi;
muayyan mutaxassislik (kasb) bo‘yicha kasbiy kompetensiya darajasini tasdiqlovchi va Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga muvofiq talab etiladigan kasbiy malaka darajalarini berishga asos bo‘luvchi kompetensiya to‘g‘risidagi sertifikat berilishini ta’minlaydi;
v) kasb malakalari bo‘yicha normativ hujjatlar va standartlar bo‘yicha takliflar tayyorlash va ularni ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:
mehnat bozori talablariga mos keladigan, lavozimda o‘sish va raqobatbardoshlikni ta’minlovchi kasbiy malaka va ko‘nikmalarni baholash tizimini joriy etadi;
kasb standartlarini ishlab chiqish jarayonida o‘z takliflarini tegishli Tarmoq kengashiga taqdim etadi;
kasb kompetensiyalarini baholashni talabgorlar va ish beruvchilar o‘rtasida ommalashtirish, korxona va tashkilotlarda xodimlar o‘rtasida adolatli mehnatga haq to‘lash tizimi vujudga kelishiga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
g) tegishli tarmoq yoki korxonada ishlovchi muayyan lavozimlarni egallab turgan xodimlarga nisbatan aniq va to‘g‘ri talablarni shakllantiruvchi har bir kompetensiya rivojlanishining mos shkalasi va aniq xulq indikatorlarini belgilagan holda kompetensiyalarning samarali modellarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida:
ish beruvchilarga sifatli kadrlar tanlovi imkoniyatining vujudga kelishi uchun har bir kompetensiya bo‘yicha tegishli tarmoq kengashlari va ish beruvchilar bilan doimiy hamkorlik qiladi;
kasbiy malakasi baholangan va tasdiqlangan shaxslar malaka doirasi darajalariga muvofiq lavozimlarni egallash va mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqidan foydalangan holda xodimlar o‘rtasida sog‘lom raqobat va motivatsiya muhiti paydo bo‘lishiga xizmat qilishini ta’minlashga qaratilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etib boradi;
tasdiqlangan kasbiy malaka pasporti haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlangan malakaga ega shaxslar milliy reyestriga kiritish uchun vakolatli organga ma’lumotlarni taqdim etadi;
d) kasb kompetensiyalari va ishbilarmonlik sifatlarini rivojlantirishning korporativ dasturlarini ishlab chiqish sohasida:
kasb kompetensiyalari va ishbilarmonlik sifatlarini rivojlantirish bo‘yicha xorijiy ekspertlarni jalb etadi, xorijiy kasbiy malakani baholash markazlari bilan hamkorlik qiladi;
kasbiy malakani egallash, kompetensiyani baholash va ish o‘rnida o‘sib borish yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim muassasalari va ish beruvchilar bilan hamkorlik qiladi;
e) talabgorning mavjud malakasini aniqlashda xolislikni ta’minlash mexanizmlarini joriy etish sohasida:
kasbiy kompetensiyasi tasdiqlangan shaxslarni baholangan malaka darajasiga muvofiqligi bo‘yicha doimiy monitoring olib boradi;
baholash jarayonlariga shaffof va elektron tizimni joriy etish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganadi;
kasbiy malakani baholashda haqqoniylik, xolislik, shaffoflik va ishonchlilik tamoyillariga rioya etib boradi;
malaka darajasini egallash va tasdiqlashni xohlovchi barcha talabgorlar uchun ixtiyoriylik tamoyillari asosida teng sharoitlarni yaratadi.
Malakani baholash markazlari tarmoq yoki hududiy kengashlarning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlariga ko‘ra tegishli tarmoqlarga taalluqli va umumtarmoq kasb malakalari bo‘yicha normativ hujjatlar va standartlarni ishlab chiqishda qatnashish funksiyalarini bajarishlari mumkin.
8. Malakani baholash markazi:
ushbu Namunaviy nizom va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilishi;
malakani baholashga da’vo qilayotgan har bir yo‘nalish bo‘yicha shtatda doimiy yoki o‘rindoshlik asosida ishlovchi oliy ma’lumotli va oliy ta’lim muassasasini tugatgandan keyin kamida 3 yil amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek, mehnat organlari xodimlari malakasini oshirish Respublika kurslarida malaka oshirishdan o‘tgan kamida bir nafar xodimning mavjudligi;
malakani baholashga da’vo qilayotgan har bir yo‘nalish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan xo‘jalik yuritish, tezkor boshqaruv va boshqa qonuniy asoslarda mulk sifatida moddiy-texnika bazasiga ega bo‘lishi;
kasb standartlari va malaka talablariga asoslangan, malaka imtihonlari va sinov malaka ishlarini o‘tkazish moddiy-texnika bazasining mavjudligi;
baholash vositalarini Mehnat instituti yoki Tarmoq kengashidan ekspertizadan o‘tkazishi;
xizmatlar ko‘rsatishda olingan ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlashi;
malakani baholash bo‘yicha shartnomaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarishi;
malakani baholashdan o‘tgan shaxslar hisobini yuritish, baholash bo‘yicha yagona dasturiy ta’minotdan foydalanishi;
o‘z faoliyati to‘g‘risida haqqoniy hisobot taqdim etish talablariga javob berishi hamda faoliyat yo‘nalishiga ko‘ra o‘ziga taalluqli bo‘lgan Tarmoq kengashiga belgilangan tartib va muddatlarda hisobot berishi shart.
9. Malakani baholash markazi quyidagi huquqlarga ega:
talabgorga malaka pasportini berish;
Respublika, Tarmoq va hududiy kengash qaroriga ko‘ra normativ, rahbarlik va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
kasb imtihoni ko‘rinishida malakalarni mustaqil baholagani va malaka pasporti bergani uchun to‘lov olish;
malakani baholash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish bo‘yicha faoliyat tajribasini umumlashtirish, bu borada fikr almashish maqsadlarida ilmiy-uslubiy konferensiyalar o‘tkazish, ko‘rgazma, seminarlar, majlislar, uslubiy, tashkiliy, tartib-taomillar bo‘yicha tushuntirishlar tashkil etish va o‘tkazish.
Malakani baholash markazi amaldagi qonunchilikka va normativ-huquqiy hujjatlarga, jumladan, Respublika va tarmoq kengashi qarorlariga muvofiq o‘z vakolati doirasida boshqa huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
10. Malakani baholash markazi:
o‘ziga yuklatilgan vazifalar, funksiyalar, talablar va majburiyatlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi;
malakani haqqoniy, xolis va shaffof baholash uchun jalb qilingan mutaxassislar (ekspertlar) malakasi;
malaka imtihonlarini o‘tkazish jarayonini tartibga soluvchi normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar talablarini bajarmaganliklari;
talabgor shaxsiga taalluqli va malakani baholash jarayonida olingan va boshqalarning xabardor bo‘lishi cheklangan ma’lumotlarni oshkor etganligi;
malakani baholashda foydalaniladigan jihozlar, uskunalar va qurilmalardan taalluqli bo‘lmagan maqsadlarda foydalangani uchun javobgardir.
3-bob Malakani baholash markazining namunaviy tuzilmasi
11. Malakani baholash markazining namunaviy tuzilmasi quyidagilardan tarkib topadi:
Malakani baholash markazi rahbari (direktori);
talabgorlarga axborot berish, malakani baholashga taalluqli hujjatlarni (arizalar va buyurtmalarni) qabul qilish, malaka komissisiyani shakllantirish, malakalarni baholash dastur, usul va vositalarini ishlab chiqish, kasb malakasini validatsiya qilishni tashkil etish va malaka pasportlarini rasmiylashtirish va berish, shikoyatlarni ko‘rib chiqish va boshqa funksiyalarini bajaruvchi tashkiliy-uslubiy bo‘lim;
malaka imtihonini o‘tkazishni tashkil etish funksiyalarini bajaruvchi malaka bo‘limi;
Malakani baholash markazi hujjatlarini saqlashni ta’minlovchi arxiv bo‘limi;
moliyaviy-xo‘jalik bo‘limi.
Malakani baholash markazining faoliyat yo‘nalishlari xususiyatlari va xizmatlar qamrovidan kelib chiqib, o‘z faoliyati samaradorligini oshirishni ta’minlashga mo‘ljallangan boshqa bo‘linmalar, ish joylari, lavozimlar tashkil etishi mumkin.
12. Tashkilotlarning alohida bo‘linmasi sifatida tashkil etilgan (yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi sifatida tashkil etilgan malakani mustaqil baholash organi) malakani baholash markazi rahbari (direktori) tegishli tashkilotning rahbariga bevosita bo‘ysunadi.
Malakani baholash markazi rahbari (direktori):
malakani baholashni tashkil etish va o‘tkazishda Respublika, Tarmoq va hududiy kengashining rahbarlik va uslubiy hujjatlariga rioya qilish;
malakalarni baholash bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar sifati;
malakalarni baholashda talablar bir xilligini ta’minlash;
kasb malakasi va malaka darajasiga muvofiqlik to‘g‘risida qabul qilingan qarorlarining asosliligi;
malakalarni baholash bo‘yicha hujjatlarning rasmiylashtirilishi va berilishining qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi;
Respublika, Tarmoq va hudud kengashiga beriladigan hisobotlarning muddatlari va haqqoniyligi;
arxiv ishining yuritilishini ta’minlash;
malakani baholash faoliyati jarayonida olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
Malakani baholash markazi faoliyatining axborot jihatdan ochiqligini ta’minlash bo‘yicha shaxsan javobgar hisoblanadi.
4-bob. Malakalarni xolis va mustaqil baholash, malaka pasportini rasmiylashtirish va berish
15. Malakalarni xolis va mustaqil baholash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Malaka pasporti qat’iy hisob-kitob hujjati hisoblanadi, hisob seriyasiga, raqamiga va himoyalanish darajasiga ega bo‘ladi. Malaka pasporti blanki Malakani baholash markazi tomonidan “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasida nashriyot usulida chop etiladi va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida bir xil kuchga ega.
Malaka pasporti QR-kod bilan elektron shaklda ham berilishi mumkin.
17. Malaka pasporti talabgorga ekspert malaka komissiyasining bayonnomasi taqdim etilgandan keyin 10 kun mobaynida taqdim etiladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Ushbu Namunaviy nizom talablarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
19. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-sentabrdagi 616-son qaroriga
5-ILOVA
2021-2022-yillarda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tarmoqlararo mehnat me’yorlarini joriy etish bo‘yicha ishlanmalarni ishlab chiqish
GRAFIGI

T/r

Mehnat me’yorlarining
nomlanishi

Qamrab olish doirasi

Muddat

Mas’ul
ijrochilar

1.

Kadrlar xizmati va buxgalteriya hisobi xodimlari maksimal sonining me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi

2.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yuridik xizmat xodimlari tomonidan bajariladigan ishlarning vaqt me’yorlari

Budjet tashkilotlari

2022-yil

fevral

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Adliya vazirligi

3.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatish va texnik xodimlari soni nisbatining me’yorlari

Davlat boshqaruv organlari

2022-yil

fevral

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi

4.

Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati xodimlari sonining tarmoqlararo me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

5.

Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining xizmat ko‘rsatish va madaniy-maishiy binolarini tozalash uchun vaqt me’yorlari

Budjet tashkilotlari

2022-yil

mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

6.

Ma’muriy bino-inshootlarga xizmat ko‘rsatish va jihozlarni ta’mirlashda band bo‘lgan ishchilar sonining tarmoqlararo me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

mart

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Moliya vazirligi

7.

Kutubxonalarda va axbort-resurs markazlarida bajariladigan ish uchun tarmoqlararo vaqt me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Madaniyat vazirligi

8.

Tashkilotlar shaxsiy tarkibi bo‘yicha hujjatlarni saqlaydigan qo‘shma arxivlarda bajariladigan ish uchun vaqt me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

“O‘zarxiv” agentligi

9.

Boshqaruvni hujjatlar bilan ta’minlash bo‘yicha ishlashning tarmoqlararo vaqt me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

may

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

“O‘zarxiv” agentligi

10.

Ish yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ishlarida oshirilgan vaqt me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

may

Mehnat vazirligi

11.

Ilmiy-texnik adabiyotlar va hujjatlar tarjimasi bo‘yicha namunaviy vaqt me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

12.

Ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ishlarda namunaviy vaqt (ishlash) me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

13.

Qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan xizmatchilar sonining namunaviy tarmoq me’yorlari

Qishloq xo‘jaligi

2022-yil

iyul

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi

14.

Maishiy chiqindilarni yig‘ish, qayta ishlash va yo‘q qilishda band bo‘lgan ishchilar sonining me’yorlari

Kommunal xizmat ko‘rsatish

2022-yil

avgust

Mehnat vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

15.

Mehmonxona xo‘jaligi boshqaruvchilari, mutaxassislari, xizmatchilari, ishchilari va umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlari sonining tavsiyaviy me’yorlari

Turizm

2022-yil

avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Turizm va sport vazirligi

16.

Oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalari ishchilari sonining me’yorlari

Ta’lim

2022-yil

sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

17.

Shaxsiy kompyuterlar, serverlar, tashkilotlarning texnika va ofis jihozlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarning vaqt me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

18.

Oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibi bajaradigan o‘quv ishlari hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarning asosiy turlari hajmini hisoblash uchun taxminiy vaqt me’yorlari

Ta’lim, fan

2022-yil

oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Fanlar akademiyasi

19.

Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari ishchilari sonining namunaviy shtatlari me’yorlari

Barcha tarmoqlar

2022-yil

noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Xalq ta’lim vazirligi

20.

Tashkilotlar buyurtmasi bo‘yicha tarmoq mehnat me’yorlari

Barcha tarmoqlar

doimiy

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 09/21/616/0926-son)