|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 05.06.2024
|
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
Qarori
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-son Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari B. Kuchkarov zimmasiga yuklansin.
Rais Z. NIZAMXODJAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 2-iyul,
1078-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1078-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkalarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 7-bandda:
a) toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar mazkur muassasa xodimlari orasidan okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi”.
b) quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Zarurat tugʻilganida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarining rahbari tomonidan Saylov kodeksining 25-moddasiga muvofiq boshqa shaxslar va jamoatchilik vakillari ham uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzod sifatida tavsiya etilishi mumkin.
Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov uchastkasi saylovga kamida yetti kun qolganda tuzilsa, okrug saylov komissiyasiga saylov uchastkasini tuzish toʻgʻrisida taqdimnoma bilan birga uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar ham tasdiqlash uchun tavsiya etiladi”.
v) beshinchi xatboshi tegishincha yettinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 12-bandning uchinchi xatboshisidagi “uch kun” degan soʻzlar “besh kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Kuzatuvchilar, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari va akkreditatsiyadan oʻtgan ommaviy axborot vositalari vakillari qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin uchastka saylov komissiyasini xabardor qilishi kerak”.
4. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida ovoz berish ushbu muassasalarning ichki tartib-qoidalari, rejimi va ularning boshqa oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda Saylov kodeksiga va tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son va 2021-yil 14-apreldagi 1066-son qarorlari bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq tashkil etiladi”.
5. Mazkur Nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan kelishilgan.
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV