Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2021-yil 29-yanvarda qabul qilingan
Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda maʼqullangan
Senat tomonidan 2021-yil 5-fevralda maʼqullangan
1-modda. 1992-yil 8-dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 4, 100-modda, № 12/1, 343-modda; 2014-yil, № 4, 85-modda; 2017-yil, № 4, 134-modda, № 5, 200-modda, № 8, 383-modda; 2018-yil, № 10, 674-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 9, 588-modda) 117-moddasining ikkinchi qismidagi “dekabr” degan soʻz “oktyabr” degan soʻz bilan almashtirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 637-modda; 2011-yil, № 12/1, 344-modda; 2012-yil, № 4, 104-modda; 2019-yil, № 9, 588-modda) 3-moddasining matnidagi “dekabr” degan soʻz “oktyabr” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-aprelda qabul qilingan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi 617-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 86-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 12, 452-modda; 2019-yil, № 12, 880-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 8-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8-modda. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish”;
birinchi qismidagi “Qonunchilik palatasiga va davlat hokimiyatining boshqa vakillik organlariga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
“Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlarining bir nomzod hisobiga toʻgʻri keladigan miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablagʻlari shu partiyadan koʻrsatilgan nomzodlar roʻyxatga olinganidan keyin roʻyxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda siyosiy partiyaning hisob-kitob varagʻiga belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Saylovda siyosiy partiyalarning ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratilgan mablagʻlar siyosiy partiya tomonidan:
tashviqot olib borishga;
nomzodlarning ishonchli vakillari va tashviqot oʻtkazish uchun jalb qilinadigan boshqa faollar ishini tashkil etishga;
saylov kampaniyasini oʻtkazishga doir umumpartiyaviy tadbirlarga sarflanishi kerak”;
2) 16-modda:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Siyosiy partiya har yili qonunchilikda belgilangan muddatlarda hamda tartibda moliya organlariga, davlat soliq xizmati organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Adliya vazirligiga hisobot davrida olingan hamda sarflangan moliyaviy va boshqa mablagʻlar toʻgʻrisida moliyaviy hisobot taqdim etishi shart. Siyosiy partiya saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun oʻziga ajratilgan davlat mablagʻlari yuzasidan saylov kunida oraliq hisobotni, saylov natijalari eʼlon qilinganidan keyin esa yakuniy hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi”;
beshinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Siyosiy partiyaning moliyaviy hisobotida davlat mablagʻlarining kelib tushishi va sarflanishi alohida qismda nazarda tutiladi. Bunda siyosiy partiya tomonidan saylovda ishtirok etish uchun sarflangan mablagʻlar alohida hisobga olinadi.
Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish toʻgʻrisidagi hisobot shakli va uni taqdim etish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Siyosiy partiyaning hisobotlari uning rasmiy veb-saytida va bosma nashrida eʼlon qilinadi”;
3) 17-moddaning ikkinchi qismidagi “Qonunchilik palatasiga” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
4) 18-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi tomonidan siyosiy partiyalarning moliyaviy faoliyatini tekshirish natijalari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyunda qabul qilingan OʻRQ-544-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 6, 327-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 10-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari tumanlar va shaharlar hokimliklarining taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar Kengashlari deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov uchastkalari esa tuman, shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi”;
toʻrtinchi qismidagi “okrug komissiyalari” degan soʻzlar “okrug saylov komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 19-moddaning ikkinchi qismidagi “yetti — oʻn besh” degan soʻzlar “oʻn bir — yigirma bir” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 20-modda:
uchinchi xatboshisidagi “komissiyasi” degan soʻz “saylov komissiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyasi mazkur Kodeksning 22, 23, 31, 32, 59, 60 va 95-moddalarida nazarda tutilgan okrug saylov komissiyasining vakolatlarini ham amalga oshiradi”;
4) 21-modda:
birinchi qismidagi “mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan” degan soʻzlar “Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi tomonidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “viloyat Kengashiga” degan soʻzlar “viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi mustasno) Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tuzilmaydi”;
5) 22-modda:
sakkizinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi — oʻn uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oʻn birinchi xatboshisidagi “tuman, shahar” degan soʻzlar “Toshkent shahar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
6) 25-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas, bundan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum qilish joylarida tashkil etilgan uchastka saylov komissiyalari mustasno”;
7) 27-moddaning oltinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
8) quyidagi mazmundagi 271-modda bilan toʻldirilsin:
“271-modda. Chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar roʻyxatlariga kiritish
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida saylovchilarning roʻyxatlari mazkur muassasalar boshliqlari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida tuziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar roʻyxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Chet davlatlarda turgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga ularni saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida saylovdan oʻn besh kun oldin yozma shaklda yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarning ularni saylovchilar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisidagi murojaatida koʻrsatilgan shaxsga doir maʼlumotlarni tekshiradi va fuqaroni saylovchilar roʻyxatiga kiritish haqidagi masalani hal qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalari saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun taqdim etadi”;
9) 29-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Chet davlatlarda turgan fuqarolarga saylovchilar roʻyxatidagi oʻziga tegishli maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari rasmiy veb-saytlari orqali ham taʼminlanadi”;
beshinchi qismidagi “uch kun” degan soʻzlar “besh kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 31-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida toʻldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin”;
11) 32-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalaridagi saylovchilar soni haqida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Markaziy saylov komissiyasi saylov byulletenlarining tayyorlanishi va yetkazib berilishini taʼminlaydi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
12) 33-modda:
ikkinchi qismidagi “oʻn besh kun” degan soʻzlar “oʻn kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Kuzatuvchilar harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin uchastka saylov komissiyasini xabardor qilishi kerak”;
13) 41-moddaning ikkinchi qismidagi “saylovni oʻtkazish uchun ajratiladigan mablagʻlar hisobidan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
14) 42-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Nomzod saylovga qadar vafot etgan, saylov huquqidan mahrum boʻlgan yoxud nomzodlikdan chaqirib olingan taqdirda nashr etilgan saylov byulletenlaridan ushbu nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi yozilgan satr oʻchiriladi. Muddatidan oldin ovoz berish jarayonida bunday nomzodni yoqlab berilgan ovozlar uchastka saylov komissiyalari tomonidan ovozlarni sanab chiqish chogʻida haqiqiy emas deb topiladi”;
15) 44-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Quyidagilarning saylovoldi tashviqotini olib borishi taqiqlanadi:
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan boʻlinmalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining, sudyalarning;
saylov komissiyalari aʼzolarining;
diniy tashkilotlar professional xizmatchilarining.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslariga oʻz mansab va xizmat mavqeyidan saylovoldi tashviqoti vaqtida har qanday siyosiy partiyaning yoki nomzodning foydasiga yoxud unga qarshi foydalanishi taqiqlanadi”;
16) 46-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tashviqot maqsadida ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish tartibi, hajmi va vaqti siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan holda tegishli saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
17) 48-moddaning ikkinchi qismidagi “mazkur komissiyalar bu haqda saylovchilarni oldindan xabardor qiladi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
18) 50-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“saylov qutilari”;
oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
19) 51-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha oʻtkaziladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
20) 54-modda uchinchi qismi ikkinchi xatboshisining oʻzbekcha matni “ovoz berish” degan soʻzlardan keyin “uchun” degan soʻz bilan toʻldirilsin;
21) quyidagi mazmundagi 561-modda bilan toʻldirilsin:
“561-modda. Saylovchining chet davlatda turgan joyida ovoz berish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarda muddatidan oldin ovoz berish saylovchining turgan joyida oʻtkazilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish vaqti hamda joyi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va bu haqda saylovchilarni, kuzatuvchilarni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor etadi.
Saylovchilarning turgan joyida ovoz berish Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida oʻtkaziladi.
Ovoz berish tugaganidan keyin uchastka saylov komissiyasi aʼzolari koʻchma ovoz berish qutisini ochadi, uning ichidagi saylov byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi, qopni surgʻuchlaydi va bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Saylov byulletenlari solingan qop surgʻuchlangan holda dalolatnoma bilan birga saylov uchastkasiga olib boriladi va saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlanguniga qadar saqlanadi”;
22) 57-moddaning:
ikkinchi qismidagi “tegishli okrug saylov komissiyasi” degan soʻzlar “Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “va ovoz beruvchining imzosi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
23) 58-moddaning oltinchi qismi “okrug saylov komissiyasiga” degan soʻzlardan keyin “xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlariga saylovda esa tegishli tuman, shahar (bundan Toshkent shahar saylov komissiyasi mustasno) saylov komissiyalariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
24) 86-moddaning matnidagi “oʻn kun” degan soʻzlar “besh kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
25) 95-moddaning uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Okrug boʻyicha saylov natijalari okrug saylov komissiyasining majlisida aniqlanadi va bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi, boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda tegishli saylov komissiyasiga taqdim etiladi. Mazkur bayonnomaning koʻchirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun darhol uchastka saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga osib qoʻyiladi.
Xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlariga okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash ushbu moddada belgilangan tartibda tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi”;
26) 96-modda:
birinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, Toshkent shahar saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalarining oʻziga kelib tushgan bayonnomalari asosida, tuman, shahar saylov komissiyasi esa oʻziga kelib tushgan uchastka saylov komissiyalarining bayonnomalari asosida”;
oltinchi qismidagi “oʻn kun” degan soʻzlar “besh kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “oʻn kun” degan soʻzlar “besh kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
27) 99-modda quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Saylov komissiyalarining aʼzolariga saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir xarajatlar smetasida koʻrsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa xarajatlarning oʻrnini qoplash maqsadida kompensatsiya toʻlanadi.
Saylov komissiyasining doimiy ish joyiga ega boʻlmagan aʼzolariga, shu jumladan pensionyerlarga mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiq ish haqi toʻlanadi”;
28) 100-moddaning ikkinchi qismidagi “va boshqa tegishli saylov komissiyalari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
29) 102-moddaning matnidagi “oʻn kun” degan soʻzlar “besh kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
30) quyidagi mazmundagi 1021-modda bilan toʻldirilsin:
“1021-modda. Markaziy saylov komissiyasi aʼzolarining transportdan foydalanish huquqi
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi aeroportlar va aerovokzallar, temir yoʻl vokzallari hamda stansiyalarining rasmiy shaxslar va delegatsiyalarga xizmat koʻrsatish zallaridan tekin foydalanish huquqiga ega.
Markaziy saylov komissiyasining aʼzosi oʻz guvohnomasini koʻrsatganidan keyin temir yoʻl vokzallari va stansiyalarining chipta sotadigan kassalari, fuqaro aviatsiyasi agentligi yoki aeroportlar unga poyezd vagonidan, samolyot salonidan navbatsiz joy berishi shart. Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi Markaziy saylov komissiyasining majlisiga borayotganda unga samolyot chiptasi parvozdan kamida ikki soat oldin, boshqa hollarda esa kamida bir sutka oldin beriladi”.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
7-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-fevral,
OʻRQ-670-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)