O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarda budjetdan tashqari jamg‘ariladigan mablag‘larni shakllantirish va ulardan samarali foydalanish, birinchi sinf o‘quvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta’lim oladigan nogiron bolalar, shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalq ta’limi tizimidagi tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yo‘nalishlarini belgilash;
jamg‘arma mablag‘larining hisobi va hisobotini yuritish;
jamg‘arma mablag‘larning xarajatlari ijrosini nazorat qilish.
2. Belgilab qo‘yilsinki, 2021-yildan boshlab maktablardagi barcha 1 — 11-sinf o‘quvchilarining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari bilan bepul ta’minlanadi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi ta’lim vazirligi bir oy muddatda:
birinchi sinf o‘quvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta’lim oladigan nogiron bolalar uchun beriladigan o‘quv qurollari to‘plami bilan tekin ta’minlash tartibini;
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi bilan birgalikda kam ta’minlangan oilalarga mansub 1 — 11-sinf o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari bilan tekin ta’minlash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-aprel,
243-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga

1-ILOVA
Xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari (keyingi o‘rinlarda — jamg‘arma) mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizom xalq ta’limi tizimidagi barcha davlat ta’lim muassasa va tashkilotlariga nisbatan tatbiq etiladi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish
3. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarining ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berishdan balansda saqlovchiga tushadigan mablag‘lar;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son)
o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar;
xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;
yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;
vaqtincha bo‘sh turgan milliy valyutadagi mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
muassasa va tashkilotlarning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining lavozim maoshiga belgilangan qo‘shimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning moliya yili yakuniga qadar ishlatilmay qolgan budjet mablag‘lari;
xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
4. Jamg‘arma mablag‘lari tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar rejasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun moliyalashtiriladi.
Bunda xalq ta’limi muassasasi va tashkiloti rahbarini moddiy rag‘batlantirish va xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobga olinishi lozim.
Jamg‘armaga yo‘naltirilgan muassasa va tashkilotlarning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarining lavozim maoshiga belgilangan qo‘shimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning moliya yili yakuniga qadar ishlatilmay qolgan budjet mablag‘lari quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bino va inshootlarni, ilmiy laboratoriyalarni texnik shartlar asosida joriy ta’mirlash va jihozlash, xalqaro ilmiy axborot bazalari va kutubxona resurslariga ulanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
xodimlarni yetakchi milliy va jahonda eng yuqori mingtalik reytingga kiruvchi yoki yo‘nalishlar bo‘yicha jahonda eng yuqori yuztalik reytingga kiruvchi xorijiy ilmiy-ta’lim muassasalariga qayta tayyorlov, malaka oshirish va amaliyotga yuborish orqali kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, xodimlarning xorijiy ilmiy anjumanlarda ma’ruza bilan ishtirok etishi va qatnashishi, xalqaro tan olingan ma’lumotlar bazasidagi yetakchi ilmiy jurnallarda ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini nashr qilish.
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar rejasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat xalq ta’limi muassasasi rahbarining asosli yozma murojaati asosida umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi roziligi bilan amalga kiritiladi.
Mazkur bandning oltinchi xatboshisida belgilangan muassasalardan boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari jamg‘armalarining daromadlar va xarajatlar rejasiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish ularning rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
Xalq ta’limi muassasalari va tashkilotlari rahbarlari jamg‘arma mablag‘larini erkin yo‘naltirish huquqiga ega.
5. Jamg‘armaga oylik, choraklik yoki yillik tushgan mablag‘lar bo‘yicha (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) jami summadan o‘n foizgacha bo‘lgan miqdori mazkur muassasa va tashkilot rahbarini moddiy rag‘batlantirish uchun yo‘naltiriladi.
Bunda muassasa va tashkilot rahbarini moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘ni hisoblashda ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning lavozim maoshiga belgilangan qo‘shimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning moliya yili yakuniga qadar ishlatilmay qolgan budjet mablag‘lari hisobga olinmaydi.
6. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan jamg‘armaga ko‘rsatilgan homiylik xayriyalari, agar homiy bilan aniq maqsadlar uchun yo‘naltirilishi kelishilmagan bo‘lsa, muassasa va tashkilot rahbari va buxgalteri tomonidan xarajatlar rejasiga o‘zgartirish tayyorlanib, umumta’lim muassasasi uchun Kuzatuv kengashi roziligi bilan, boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari uchun rahbar tomonidan xalq ta’limi muassasasi va tashkiloti xarajatlariga sarflanadi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini hisobga olish va hisob-kitobini yuritish
7. Jamg‘arma mablag‘larining hisobi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (muassasa va tashkilot buxgalteri) yoki muassasa va tashkilotning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi buxgalteri tomonidan yuritiladi. Bunda muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi buxgalter shtatini saqlash bo‘yicha barcha xarajatlar budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga qoplanadi.
8. Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi muassasa rahbari va buxgalteri tomonidan tayyorlanib, umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashiga kelishish uchun kiritiladi.
Umumta’lim muassasasi Kuzatuv kengashining roziligi olingandan so‘ng daromadlar va xarajatlar rejasi muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilarida belgilangan muassasalardan boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarida jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi ularning rahbari va buxgalteri tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.
9. Jamg‘arma tushumlari (maqsadli homiylik xayriyalaridan tashqari) quyidagi tartibda yo‘naltiriladi:
respublika darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining besh foizi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga;
hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuvidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining besh foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining jamg‘armalariga;
tuman (shahar) darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining ikki foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari jamg‘armalariga, uch foizi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalariga.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tushumlari ularning ixtiyorida qoldiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
91. Jamg‘arma mablag‘lari tashkilotlarning “4001” mablag‘lar manbasi bo‘yicha tegishli g‘aznachilik shaxsiy hisobvarag‘ida shakllantirilib, barcha xarajatlar ushbu hisobvaraq orqali amalga oshiriladi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son)
5-bob. Jamg‘arma mablag‘larning xarajatlari ijrosini nazorat qilish
10. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi tomonidan nazorat qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi va uning hududiy bo‘linmalari Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish yuzasidan dastlabki va joriy nazoratni amalga oshiradi.
11. Jamg‘arma mablag‘laridan faqat ta’lim muassasasi rahbari tomonidan berilgan yozma murojaatga asosan, barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati yoki muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi buxgalter tomonidan foydalaniladi.
Mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan muassasalardan boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari rahbari topshirig‘iga asosan ularning buxgalteri yoki budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi buxgalter tomonidan foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda shartnomalarni imzolash, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) turlarini tanlash, mahsulotlarni (ishlar, xizmatlarni) sifatli qabul qilib olish ta’lim muassasa va tashkiloti rahbari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Amalga oshirilgan ishlar uchun ta’lim muassasasi va tashkiloti rahbari shaxsan javobgar hisoblanadi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari:
tegishliligi bo‘yicha xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning jamg‘armalariga mablag‘larning tushumlari (pullik xizmatlar, ijara, homiylik xayriyalari, grantlar va boshqalar) to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni olishga;
xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlar tomonidan mablag‘lar g‘ayriqonuniy sarflanganda, shuningdek, moliyaviy hisobotlar va boshqa belgilangan hisobot taqdim etilmaganda, bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasini yoki ushbu vazirlik rahbariyatini xabardor qilgan holda budjetdan tashqari mablag‘lar xarajatlarini moliyalashtirishni (to‘lashni) cheklash va zarur hollarda to‘xtatib qo‘yishga haqli.
Jinoyat alomatlari bo‘lgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tekshirish materiallarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga topshirishi lozim.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
13. Jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etish yoki boshqa maqsadlarga yo‘naltirish (ishlatish) bilan bog‘liq har qanday ko‘rinishdagi aralashish taqiqlanadi.
14. Xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarining rahbarlari va buxgalterlari Jamg‘arma mablag‘lari to‘g‘ri shakllantirilganligi, ulardan samarali, oqilona va to‘g‘ri foydalanish, mazkur mablag‘larning hisob-kitobining to‘g‘ri yuritilishi bo‘yicha shaxsan javob beradilar.
Xalq ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyekt

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Muassasa va tashkilot

Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:

xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarining ko‘chmas mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar (O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari huzuridagi Davlat mulkini ijara berish markazi davlat unitar korxonalariga to‘langan 1 foizi va elektron savdo maydonchasi operatoriga to‘lovdan tashqari);

o‘quv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta’lim standartlaridan tashqari) mashg‘ulotlar bo‘yicha qo‘shimcha ta’lim berishdan olingan daromadlar;

xalq ta’limi muassasa va tashkilotlari faoliyat ixtisosligi bo‘yicha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;

vaqtincha bo‘sh turgan milliy valyutadagi mablag‘larni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy davlatlarning grantlari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari;

muassasa va tashkilotlarning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning lavozim maoshiga belgilangan qo‘shimcha haqni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larning moliya yili yakuniga qadar ishlatilmay qolgan budjet mablag‘lari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.

Yil davomida

2-bosqich

Muassasa va tashkilot

Jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi muassasa rahbari va buxgalteri tomonidan tayyorlanib, umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi muassasalarning rahbariga kelishish uchun kiritiladi.

Jamg‘arma mablag‘lari faqat tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar rejasida nazarda tutilgan maqsadlar uchun moliyalashtiriladi.

Kalendar yili boshida

3-bosqich

Muassasa va tashkilot

Umumta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi daromadlar va xarajatlar rejasini ko‘rib chiqib, roziligini beradi.

Boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarida rahbar tomonidan ko‘rib chiqilib, rozilik beriladi.

2 kun davomida

4-bosqich

Muassasa va tashkilot

1. Kuzatuv kengashi roziligi olingandan so‘ng daromadlar va xarajatlar rejasi xalq ta’limi muassasasi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarida jamg‘arma mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar rejasi ularning rahbari va buxgalteri tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.

1. 1 kun davomida

2. Jamg‘arma tushumlari (maqsadli homiylik va xayriya mablag‘laridan tashqari) quyidagi tartibda yo‘naltiriladi:

respublika darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining 5 foizi Xalq ta’limi sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish jamg‘armasiga;

hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuvidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining 5 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining jamg‘armalariga;

tuman (shahar) darajasidagi muassasa va tashkilotlar tushumlarining 2 foizi hududiy xalq ta’limi boshqarmalari jamg‘armalariga, 3 foizi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari huzuridagi Xalq ta’limi xodimlarini rag‘batlantirish jamg‘armalariga;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tushumlari ularning ixtiyorida qoldiriladi.

2. Mablag‘ tushumiga ko‘ra

3. Jamg‘arma mablag‘larining hisobini yuritish markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati (muassasa va tashkilot buxgalteri) yoki muassasaning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobini yurituvchi buxgalter tomonidan yuritiladi.

3. Rejaga muvofiq

4. Muassasa rahbari tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga yozma murojaat beriladi, zarur hujjatlar taqdim etiladi va ushbu rejada belgilangan xarajatlarga mablag‘lar sarflanadi.

Boshqa xalq ta’limi muassasa va tashkilotlarida tasdiqlangan rejaga muvofiq ularning rahbari tomonidan sarflanadi.

4. Yil davomida

5-bosqich

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati

Jamg‘arma mablag‘laridan faqat muassasa rahbari tomonidan berilgan yozma murojaatga asosan barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng tuman (shahar) xalq ta’limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tomonidan foydalaniladi.

Rejaga muvofiq yil davomida

Izoh. Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmati tarkibiga kirmagan muassasa va tashkilotlar (alohida budjet mablag‘lari hisobidan buxgalter lavozimi kiritilgan) daromadlar va xarajatlar rejalari ijrosini mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga

2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus ta’lim-tarbiya muassasalaridagi alohida mehnat sharoitlari uchun qo‘shimcha haq belgilangan pedagog xodimlar lavozimlari ro‘yxatiga, mazkur to‘lovlarning turlari va miqdorlarining I-bandiga quyidagi mazmundagi o‘ninchi xatboshisi qo‘shilsin:
“e) inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablarining maxsus pedagoglariga ularning bazaviy tarif stavkasiga har oyda 50 foiz ustama haq to‘lanadi.”.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘qituvchilar va o‘quvchilar moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorining:
a) 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Xalq ta’limi vazirligi 2021-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagilarni har yili:
birinchi sinf o‘quvchilari hamda kasalligi tufayli yakka tartibda uyida ta’lim oladigan nogiron bolalar uchun beriladigan o‘quv qurollari to‘plami;
maktablardagi barcha 1 — 11-sinflar o‘quvchilarining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan kam ta’minlangan oilalarga mansub o‘quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi to‘plamlari bilan bepul ta’minlash joriy qilinsin”;
b) 1- va 2-ilovalar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz;
16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz;
21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz;
26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz;
31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi”;
b) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari

Lavozimlar nomi

Tarif stavkalari miqdorlari:

oliy malaka toifali

birinchi malaka toifali

ikkinchi malaka toifali

oliy ma’lumotli

o‘rta maxsus ma’lumotli

1. Umumta’lim muassasalarining boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchisi, o‘qituvchi-logopedi, logopediya shoxobchasi mudiri, o‘qituvchi-defektolog, inklyuziv ta’lim tizimi joriy qilingan va tayanch korreksion sinflar ochilgan umumta’lim maktablarining maxsus pedagogi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari qoshidagi metodika kabinetlari, davlat ta’lim standartlari monitoringi bo‘limlari hamda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari xodimlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining metodik ta’minlash, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va davlat ta’lim standartlari monitoringi guruhlari xodimlari

2 881 828

2 607 826

2 340 317

2 090 399

1 954 033

1.1. Yoshlar yetakchisi, ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi

2 090 399

2. Respublika muassasa va tashkilotlari metodistlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari metodistlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari qoshidagi metodika kabinetlari, davlat ta’lim standartlari monitoringi bo‘limlari hamda o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari metodistlari, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari metodistlari

2 881 828

3. Maktabdan tashqari muassasaning o‘qituvchi-treneri, oliy sport mahorati maktablari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpia zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktablarining, bolalar-o‘smirlar sport maktablarining instruktor-metodistlari, sport psixologi

2 117 518

1 978 039

1 851 265

1 725 279

1 603 710

4. Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘qituvchisi

2 197 828

2 056 958

1 916 981

1 781 907

1 652 203

5. Bolalar musiqa va san’at maktabi konsertmeysteri

1 916 981

1 781 907

1 652 203

1 527 724

1 410 683

6. Xalq ta’limi barcha tipdagi muassasalarining tarbiyachisi, katta tarbiyachisi (tarbiyachi-metodist)

2 881 828

2 607 826

2 340 317

2 090 399

1 465 523

6.1. Umumiy o‘rta tipdagi muassasalar psixologlari, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari psixologlari

2 282 408

2 151 458

2 014 709

1 881 360

1 758 629

6.2. Xalq ta’limi barcha tipdagi muassasalarining psixologi (6.1.-bandda ko‘rsatilgan tashqari) va maktabdan tashqari muassasalar instruktor-metodisti

1 277 984

1 187 933

1 101 470

1 018 482

940 454

7. Xalq ta’limi barcha muassasalaridagi metodist (3-bandda ko‘rsatilgandan tashqari), pedagog-tashkilotchi, to‘garaklar, studiyalar, seksiyalar rahbarlari, barcha ixtisosliklar instruktorlari, katta vojatiy, akkomponiator, musiqa rahbari, ekskursovod, madaniyat ishlari bo‘yicha tashkilotchi

1 124 607

1 034 572

948 124

865 627

787 178

8. “Barkamol avlod” bolalar maktablarining to‘garak rahbarlari, instruktor-metodistlar va metodistlar, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalari to‘garak va musiqa rahbarlari, mehnat va trener yo‘riqchisi

1 939 949

1 784 640

1 635 515

1 493 207

1 357 882

9. Kutubxona mudiri

x

x

x

1 251 639

1 147 152

10. Kutubxonachi

x

x

x

1 047 107

994 752

Maktabdan tashqari muassasalar bo‘lim, seksiya, laboratoriya, kabinet mudirining ish haqi miqdori (kontingentdan qat’i nazar) ikkinchi malaka toifali to‘garak rahbarining ish haqiga teng miqdorda belgilanadi.”;
v) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xalq ta’limi muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari

Lavozimlar nomi

Tarif stavkalari

miqdorlari

I guruh

II guruh

III guruh

IV guruh

1. Rahbar xodimlar:

1.1. Umumta’lim muassasasi direktori

3 467 983

3 278 418

3 091 716

2 895 520

1.2. “Mehribonlik” uyi direktori

3 091 716

2 895 520

x

x

1.3. Maktabdan tashqari muassasa direktori

1 277 984

1 187 933

1 101 470

x

1.4. “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori

1 980 876

1 841 297

1 707 277

x

1.5. Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi “Mehribonlik” uylari respublika sog‘lomlashtirish oromgohi rahbari

2 782 545

2 605 968

2 605 968

x

1.6. Oliy sport mahorati maktabi, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpia zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktori

2 260 662

x

x

x

1.7. Bolalar va o‘smirlar sport maktabi direktori

2 117 518

1 978 039

1 851 265

x

1.8. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktori

2 637 392

2 468 349

x

x

2. Rahbarlarning o‘rinbosarlari:

2.1. Umumta’lim muassasasi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, ixtisoslashtirilgan fanlar bo‘yicha o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, sport ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

3 278 418

3 091 716

2 895 520

2 704 330

2.2. Umumta’lim muassasalarining Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari-Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari

2 090 399

2.3. “Mehribonlik” uyi direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

2 895 520

2 704 330

x

x

2.4. Maktabdan tashqari muassasa direktorining o‘rinbosarlari (2.9.-banddan tashqari)

1 187 933

1 101 470

1 018 482

x

2.5. “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktorining o‘rinbosarlari (2.9.-banddan tashqari)

1 841 297

1 707 277

1 578 649

x

2.6. Oliy sport mahorati maktabi, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktorining o‘rinbosari

2 117 518

X

x

x

2.7. Bolalar-o‘smirlar sport maktabi direktorining o‘rinbosari, filial direktorlari

1 978 039

1 851 265

1 725 279

x

2.8. Bolalar musiqa va san’at maktabi direktorining o‘quv-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

2 468 349

2 300 378

x

x

2.9. Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari

1 473 637

1 360 575

1 251 639

1 147 152

”.

g) 3-ilovaning 10-bandida:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“a) sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
15 nafar o‘quvchigacha — 26,4 foiz;
16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha — 31,6 foiz;
21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha — 36,9 foiz;
26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha — 42,1 foiz;
31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda — 52,8 foiz;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Bunda o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi”.
d) 3-ilovaga quyidagi mazmundagi 20-band qo‘shilsin:
“O‘qituvchilarning tarifikatsiya ro‘yxati asosida o‘qituvchilarga bir yarim stavka miqdorigacha belgilangan dars soatlarining bir stavkadan ortiq bo‘lgan qismi bo‘sh ish o‘rinlari sifatida qayd etilmaydi.”
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 6-7-son, 39-modda;):
a) qaror muqaddimasidagi “shuningdek, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) Maktabgacha ta’lim va umumiy o‘rta ta’lim pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi tuzilmasida:
“A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari” so‘zlari “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda litsenziyaga ega nodavlat ta’lim tashkilotlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Iste’dod” jamg‘armasi” so‘zlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari” so‘zlari “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qarorining rus tilidagi matnida:
a) 1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“Pri etom, uchrejdeniyam i organizatsiyam sistemi narodnogo obrazovaniya, finansiruyemim iz Gosudarstvennogo budjeta, razreshayetsya ispolzovaniye i priobreteniye legkovix avtomobiley i drugix vidov avtotransportnix sredstv svishe utverjdennogo predelnogo kolichestva slujebnix legkovix avtomobiley, pri uslovii ix soderjaniya (soderjaniye voditelya, obespecheniye goryuche-smazochnimi materialami, texnicheskoye obslujivaniye i procheye), za schet vnebudjetnix sredstv.”.
b) 1-ilovaning 11-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

11.

Ministerstvo narodnogo obrazovaniya

436

770

242

113

415

Sentralniy apparat

5

9

7

2

-

Oblastnie zvenya

28

28

14

14

-

Rayonnie zvenya

209

562

206

28

358

Podvedomstvennie organizatsii

194

128

15

69

57

49

25

”.

8. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-martdagi 67-son qarori bilan tasdiqlangan Umumta’lim muassasalarining chet tillar o‘qituvchilari kasb mahoratini oshirish har haftalik kurslarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
3-banddagi “institutlar” so‘zlari tegishli kelishikdagi “markazlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandning birinchi xatboshisidagi “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy instituti” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7 — 10 va 27-bandlardagi “Markaziy institut” so‘zlari tegishli kelishikdagi “Institut” so‘zi bilan almashtirilsin;
16, 23 va 27-bandlardagi “hududiy institut rektori” so‘zlari “hududiy markaz direktori” so‘zlari bilan almashtirilsin;
27-banddagi “hududiy institutlar tomonidan Markaziy institutga” so‘zlari “hududiy markazlar tomonidan Institutga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomda:
15-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalari (maktab va maktab-internatlar) (o‘qitish muddati 11 yil: I — XI sinflar) (intellektual rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlarda (o‘qish muddati 9 yil: I — IX sinflar);”.
30-banddagi “Vazirlar Mahkamasi” so‘zlari “Xalq ta’limi vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 6-apreldagi 187-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 230-modda):
a) qaror muqaddimasidagi “va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga” so‘zlari “qonuniga” so‘zi bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovaning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovaning 2-bandi to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
g) 5-ilovaning 1-bandidagi “, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari” so‘zlari “qonuni” so‘ziga almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi 498-sonli qaroriga asosan 11-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 7-noyabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)
12. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-oktabrdagi 795-son qarori bilan tasdiqlangan Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatorining rus tilidagi matni 2-ilovasida (Xizmatchilarning asosiy lavozimlari tasnifi):
1531-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

1531.

Vospitatel v spetsializirovannix obrazovatelnix uchrejdeniyax dlya detey s ogranichennimi vozmojnostyami

2349

S

V/O

5110900

”;

156-pozitsiyaning “Naimenovaniye doljnostey slujashix” ustunidagi “detskogo doma” so‘zlari “domov Mehribonlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risida nizomda:
a) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti” so‘zlari “A. Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“umumta’lim muassasalari direktorlarini lavozimga tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishish uchun nomzodlarni tavsiya qiladi va belgilangan tartibda ularni egallagan lavozimidan ozod etish bo‘yicha takliflar kiritadi;”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“umumta’lim muassasalari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarini lavozimga tuman (shahar) ma’naviyat-ma’rifat markazi tavsiyasiga asosan tayinlaydi;”
to‘rtinchi — oltinchi xatboshilar tegishligicha beshinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Xalq ta’limi vazirligining A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlari, pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlash.”
v) 18-bandning yettinchi xatboshisidagi “umumta’lim muassasalarining kuzatuv kengashlariga” so‘zlari “tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi yigirma to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
“umumta’lim muassasasining bo‘sh turgan binolari va yer maydonlarini ishonchli boshqaruvchiga ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish;”;
yigirma to‘rtinchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar tegishlicha yigirma beshinchi — o‘ttiz ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin.
o‘ttiz birinchi xatboshidagi “kuzatuv kengashlariga” so‘zlari “tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotganQonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son)
15. Vazirlar Mahkamasining “Tashkent International University of Education” xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2020-yil 23-iyundagi 404-son qarorining 3-bandiga quyidagi mazmundagi “v” “g” va “d” kichik bandlar qo‘shilsin:
“v) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi potensial investor tanlangandan so‘ng:
bir oy muddatda ushbu bandning “b” kichik bandida belgilangan shartlar asosida investor bilan obyektni “nol” xarid qiymatida sotish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini;
o‘n kun muddatda obyektni topshirish-qabul qilish dalolatnomasi taqdim etilgandan keyin besh ish kuni mobaynida potensial investorga “tasarruf etish huquqisiz” belgisi bilan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga iltimosnoma yuborilishini;
potensial investor tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini;
investitsiyaviy majburiyatlar to‘liq bajarilgan deb e’tirof etilgan paytdan va penya (yuzaga kelgan taqdirda) to‘liq hajmda to‘langan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda belgilangan tartibda obyektni “tasarruf etish huquqi” belgisi kiritilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga iltimosnoma yuborilishini ta’minlasin;
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xalq ta’limi vazirligining iltimosnomasi asosida obyektni potensial investorga sotish bo‘yicha vazirlik va potensial investor o‘rtasida tuzilgan shartnoma va topshirish-qabul qilish dalolatnomasi taqdim etilgandan keyin besh ish kuni mobaynida potensial investorga “tasarruf etish huquqisiz” belgisi bilan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderini, shuningdek, ushbu shartnoma bo‘yicha potensial investor tomonidan investitsiyaviy majburiyatlar qabul qilinganligi to‘g‘risida bayonnoma va potensial investor tomonidan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderining asli taqdim qilingan kundan boshlab besh ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda “tasarruf etish huquqi bilan” belgisi kiritilishini ta’minlasin;
d) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori, istisno tariqasida, mazkur qarorning bajarilishi doirasida tatbiq etilmasligi belgilansin.”

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-son qaroriga

3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-iyundagi 110-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2006-y., 23-son, 208-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2006-yil 2-oktabrdagi 207-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 10-son, 73-modda) 1-ilovaning 30-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 6-son, 55-modda) ilovaning 6, 7, 11 va 13-bandlari.
4. Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarning budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 22-apreldagi 344-son qarori.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 822-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son, 17.09.2021-y., 09/21/572/0891-son, 13.10.2021-y., 09/21/638/0962-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.08.2022-y., 09/22/425/0712-son; 15.12.2023-y., 09/23/660/0938-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son; 06.08.2025-y., 09/25/498/0698-son)