Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish, o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 243-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son)
(1-bandning ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Akademik litsey diplomining davlat namunasi 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflari uchun filologiya fanlari va aniq fanlar bo‘yicha mashq daftarlarini nashr etish hamda yetkazib berish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-son qarorida belgilangan darsliklarni nashr etish hamda yetkazib berishni moliyalashtirish tartibiga asosan, multimediali disk ilovasi bilan ta’minlash esa — o‘qituvchilarni o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash tartibi asosida amalga oshiriladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi:
ikki oy muddatda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quv dasturlarini yangidan ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasinlar hamda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga yetkazsinlar;
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda yaratilayotgan o‘quv-metodik majmualarning o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga undaydigan, rasmlarga boy, zamonaviy matbaa talablariga javob beradigan shakllarda chop etilishini ta’minlasinlar;
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2017-2018 o‘quv yiliga qadar akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari, o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi taqdim etgan xarajatlar smetalari asosida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’limning davlat ta’lim standartlari, akademik litseylarning ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlarining tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini, o‘quv rejalari va dasturlarini, akademik litsey va professional ta’lim muassasalari diplom, sertifikat, akademik ma’lumotnomalari blankalarini chop etish uchun sarflanadigan mablag‘larni belgilangan tartibda ajratsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari 2020-yil 1-sentabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
8. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va ilm-fan masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga 4-ILOVA
(4-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(4-ilova tavsifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qaroriga chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Akademik litsey diplomi namunasi 150 x 100 mm o‘lchovda to‘q-ko‘k (a’lo darajali diplom qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda yuqorida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan, pastroqda davlat tilida “AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” so‘zlari yozilgan.
A’lo darajali diplomlar uchun “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” va “REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF ACADEMIC LYCEUM” so‘zlaridan quyida qizil-marmar rangda davlat tilida “A’lo darajali” va ingliz tilida “With honour’s” so‘zlari yoziladi.
Diplomning ichki varaq o‘lchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, bo‘yoqlar soni “oddiy” — 4+№, “a’lo darajali” — 5+№.
Diplomning har ikki varag‘ida sakkizta pozitsiyada: L harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — to‘q ko‘k, “a’lo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangli. To‘g‘ri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qog‘oz qatlami asosi polivinilxlorid) to‘q ko‘k va qizil-marmar rangli, material qalinligi 170 ± 20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qog‘ozda, diametri 45 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “AKADEMIK LITSEY DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yo‘li bilan yoziladi.
yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi;
ko‘rinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qog‘oz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, ultrabinafsha nurlarisiz ko‘rinadi;
ko‘rinmaydigan tola ko‘k va och yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultrabinafsha nurlari ostida ko‘rinadi.
Bosma tafsiloti:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi;
ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo bo‘lgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa ko‘chirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
tangir setkalarining biri “iris” effektini qo‘llash bilan chop etiladi, ya’ni markazda yashil rangdan chetlari bo‘yicha havo rangga ravon o‘tadi;
ichki varaq markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi;
blankaning to‘rt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan nusxa ko‘chirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25 x 40 mm o‘lchamli) qiyofasida ko‘rinmaydigan tasvir joylashtiriladi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina ko‘rinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “AKADEMIK LITSEY” so‘z birikmasidan iborat. Kichik matn yuqori qismida “ACADEMIC LYCEUM” so‘zi “DIPLOM” so‘zi ostida o‘ng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi;
seriya “L” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi.
Diplomning ichki chap tomoni:
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKADEMIK LITSEY DIPLOMI L № 0000000 ________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi) 20____ yilda ___________________________________________________________ga (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasi nomi) kirib, 20___yilda __________________________________________________________ ________________________________________________________________akademik litseyni _________________________________________________________ yo‘nalishi (yo‘nalish nomi)
bo‘yicha tamomladi.
M.O‘
Davlat attestatsiya komissiyasi raisi
Direktor Kotib(a)
_______ shahri (tumani), _______ yil
Ro‘yxat raqami ______________
Diplomning ichki o‘ng tomoni:
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF ACADEMIC LYCEUM L № 0000000 ________________________________________________________________________ (full name) ________________________________________________________________________
in 20___ entered
________________________________________________________________________ (name of secondary specialized educational establishment)
________________________________________________________________________ and in 20___completed
________________________________________________________________________ (name of academic lyceum)
________________________________________________________________________ ( field of study ) ________________________________________________________________________
Akademik litseyni tamomlagan bitiruvchilarga diplom bilan birga o‘zlashtirishning yakuniy baholari (reyting ballari)dan ko‘chirma varaq beriladi.
Diplom ko‘chirma varag‘ida akademik litsey nomi, o‘quv rejasidagi fanlar va ulardan olingan reyting ballari hamda Davlat attestatsiyasi natijalari ko‘rsatiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) AKADEMIK LITSEY DIRLOMIGA ILOVA _________RAQAMLI DIRLOMGA ILOVA (dirlomsiz kuchga ega emas) _______________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi) 20_____ yilda ___________________________________________________________ga (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasi nomi) kirib, 20___yilda ___________________________________________________________ (akademik litsey) ___________________________________________akademik litseyni tamomladi va o‘qish
davrida quyidagi fanlarni o‘rgandi hamda ushbu baholarni oldi:
T/r
Fanlar nomi
O‘quv rejasida belgilangan soatlar miqdori
To‘plangan reyting ballari
1
2
3
4
I. UMUMTA’LIM FANLARI
1.
Ona tili va adabiyot
2.
Chet tili (__________ )
3.
O‘zbek (rus) tili
4.
Tarix ( O‘zbekiston tarixi, jahon tarixi)
5.
Matematika
6.
Informatika va axborot texnologiyalari
7.
Fizika. Astronomiya
8.
Kimyo
9.
Biologiya
10.
Amaliy geografiya
11.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
12.
Jismoniy tarbiya
13.
Ma’naviyat asoslari
14.
Falsafiy fanlar: (Shaxs va jamiyat, dinshunoslik asoslari, estetika)
15.
Oila psixologiyasi
16.
Nuquqshunoslik
17.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi
18.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar
19.
20.
21.
22.
23.
24.
25.
26.
27.
28.
II. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Direktor O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 20___ yil “___” __________da berildi Ro‘yxatga olish raqami ____________.
Kasb-hunar kolleji diplomi TAVSIFI
Kasb-hunar kolleji diplomi 150 x 100 mm o‘lchovda yaxlit qoplangan yashil (a’lo darajali diplom qizil-marmar) rangli lederindan tayyorlangan ko‘rinishga ega. Uning yuza tomonida bosma naqsh usulida oltin rangda O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushiriladi va undan pastroqda davlat tilida “KASB-NUNAR KOLLEJI DIPLOMI”so‘zi yoziladi.
A’lo darajali diplomlar uchun “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KASB-NUNAR KOLLEJI DIPLOMI” va “REPUBLIS OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF PROFESSIONAL COLLEGE” so‘zlaridan quyida qizil-marmar rangda davlat tilida “A’lo darajali” va ingliz tilida “With honour’s” so‘zlari yoziladi.
Diplomning ichki varaq o‘lchami 142 x 95 mm, joylashish tartibi — gorizontal, ofset bosma usulda, bo‘yoqlar soni “oddiy” — 4+№, “a’lo darajali” — 5+№.
Diplomning har ikki varag‘ida sakkizta pozitsiyada: K harfi va yettita raqamli tartib raqami yoziladi.
Muqova materiali rangi bitiruvchilar diplomi — to‘q yashil, “a’lo darajali” bitiruvchilar diplomi qizil-marmar rangli. To‘g‘ri burchakli (yumshoq yostiqcha) bilan qoplangan qattiq muqova. Muqova materiali — bumvinil (qog‘oz qatlami asosi polivinilxlorid) to‘q yashil va qizil-marmar rangli, material qalinligi 170 ± 20 mkm. Muqovada matn oltin rang zarli qog‘ozda, diametri 45 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi va “KASB-NUNAR KOLLEJI DIPLOMI” nomi qizdirib naqsh solish yo‘li bilan yoziladi.
yorug‘likda yaxshi ko‘rinadigan “paxta ko‘sagi” ko‘rinishidagi asosiy uch o‘lchovli suv belgisi;
ko‘rinadigan rangli tola qizil va yashil tusda, qog‘oz sirtida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida, ko‘z bilan ko‘rinadi;
ko‘rinmaydigan tola ko‘k va och yashil tusda, qog‘oz qatlamida tartibsiz joylashgan, uzunligi 2,5 — 3 mm, “kiprik” shaklida ultra binafsha nurlari ostida ko‘rinadi.
Bosma tafsiloti:
bosma jarayonida eksklyuziv kimyoviy turg‘un matbaa bo‘yoqlari qo‘llaniladi;
ichki varaqning asosiy foni och jigarrang, ikki tangir setkadan paydo bo‘lgan ingichka sinusoidal chiziqdan tashkil topgan nusxa ko‘chirmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
tangir setkalarining biri “iris” effektini qo‘llash bilan chop etiladi, ya’ni markazda yashil rangdan chetlari bo‘yicha havo rangga ravon o‘tadi;
ichki varaq markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi chop etiladi, diametri 35 mm, sakkiz burchak bilan hoshiyalanadi;
blankaning to‘rt burchagida murakkab chiziqli naqsh joylashtiriladi. Bu naqshlar har xil qalinlikdagi chiziqlardan tashkil topadi, shakli va zichligi bir-biriga qoplanib, yagona zarhalni yuzaga keltiradi. Qalbakilikdan nusxa ko‘chirmaydigan va skanerlanmaydigan himoya sifatida xizmat qiladi;
ichki varaqning ikki tarafi markazida “Humo” qushi (25x40 mm o‘lchamli) qiyofasida ko‘rinmaydigan tasvir joylashtiriladi;
kichik matn, bir necha bor kattalashtirilgandagina ko‘rinadi, uzluksiz chiziqni yuzaga keltiradi va takrorlanadigan “KASB-NUNAR KOLLEJI” so‘z birikmasidan iborat. Kichik matn yuqori qismida “KASB-NUNAR KOLLEJI DIPLOMI” so‘zi ostida chap tarafda va “REPUBLIS OF UZBEKISTAN” so‘zi ostida o‘ng tarafda joylashadi. Nusxa tushirish va qalbakilashtirishdan himoyalanadi;
seriya “K” va yetti xonali raqam, ikki tarafda bir xil beriladi. Raqam qora fluoressensiya bo‘yog‘ida chop etiladi, ultrabinafsha nurlarida yashil rangda yorug‘lik sochadi.
Diplomning ichki chap tomoni:
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI KASB-NUNAR KOLLEJI DIPLOMI K № 0000000 ________________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi) 20____ yilda ______________________________________________________________ (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasi nomi) ________ning to‘la kursini ___________________________________________yo‘nalish
bo‘yicha tamomladi.
Davlat attestatsiya komissiyasining 20___ yil “___” _____________________dagi qaroriga binoan unga ______________________________________________________________ _________________________________________________________________kasbi va ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ ________________________________________________________ ixtisoslik(lar) berildi.
M.O‘
Davlat attestatsiya komissiyasi raisi
Direktor Kotib(a)
_______ shahri (tumani), _______ yil
Ro‘yxat raqami ______________
Diplomning ichki o‘ng tomoni:
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN DIPLOMA OF PROFESSIONAL COLLEGE K № 0000000 ________________________________________________________________________ (full name) ________________________________________________________________________
in 20__ entered
________________________________________________________________________ (name of secondary specialized educational establishment)
________________________________________________________________________ and in 20___completed the full course offered by the ________________________________________________________________________ (name of secondary specialized educational establishment) ________________________________________________________________________ Naving specialized in
________________________________________________________________________ (field of study) ________________________________________________________________________
By the decision of the State Attestation Comission on “ __” __________ 20 ____ ________________________________________________________________________ Ne/she is qualified as
________________________________________________________________________ (name of profession) ________________________________________________________________________
and has the following speacialities ________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________
Kasb-hunar kollejini tamomlagan bitiruvchilarga diplom bilan birga o‘zlashtirishning yakuniy baholari (reyting ballari)dan ko‘chirma varaq beriladi.
Diplom ko‘chirma varag‘ida kasb-hunar kolleji nomi, o‘quv rejasiga muvofiq ravishda o‘tilgan fanlar va ulardan olingan reyting ballari, shuningdek, yakuniy Davlat attestatsiyasi natijalari ko‘rsatiladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri) KASB-NUNAR KOLLEJI DIRLOMIGA ILOVA _________RAQAMLI DIRLOMGA ILOVA (dirlomsiz kuchga ega emas) _______________________________________________________________________ (familiyasi, ismi, otasining ismi) 20_____ yilda _____________________________________________________________ (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasi nomi) gakirib, 20___yilda _________________________________________________________ (kasb-hunar kolleji) ______________________________________________kasb-hunar kollejini tamomladi va
o‘qish davrida quyidagi fanlarni o‘rgandi hamda ushbu baholarni oldi:
T/r
Fanlar nomi
O‘quv rejasida belgilangan soatlar miqdori
To‘plangan reyting ballari
1
2
3
4
I. UMUMTA’LIM FANLARI
1.
Ona tili va adabiyot
2.
Chet tili (__________ )
3.
O‘zbek (rus) tili
4.
Tarix ( O‘zbekiston tarixi, jahon tarixi)
5.
Matematika
6.
Informatika va axborot texnologiyalari
7.
Fizika. Astronomiya
8.
Kimyo
9.
Biologiya
10.
Amaliy geografiya
11.
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik
12.
Jismoniy tarbiya
13.
Ma’naviyat asoslari
14.
Falsafiy fanlar: (Shaxs va jamiyat, dinshunoslik asoslari, estetika)
15.
Oila psixologiyasi
16.
Nuquqshunoslik
17.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi
18.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar
II. KASBIY FANLAR
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
16.
17.
18.
19.
20.
21.
II. YAKUNIY DAVLAT ATTESTATSIYASI
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Kollej direktori Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari 20___ yil “___” __________da berildi Ro‘yxatga olish raqami ____________
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187- son qaroriga 5-ILOVA
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan
(5-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
2. Mazkur Umumiy talablarda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
O‘quv-metodik majmua — darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma, darsliklarning multimediali ilovasidan iborat majmua.
Darslik — davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv dasturi asosida didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablarga javob beradigan, o‘quv fanining mavzulari to‘liq yoritilgan, uning asoslari mukammal o‘zlashtirilishiga qaratilgan, o‘quv fanining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ta’lim oluvchilarning yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladigan, nazariy ma’lumotlardan tashqari amaliy-tajriba va sinov mashqlarini qamrab olgan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Mashq daftari — darslikning tarkibiy qismi hisoblanadigan, davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda o‘quv fanining mavzulariga mos ravishda ishlab chiqilgan, mantiq va tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan (krossvordlar, boshqotirmalar, mantiqiy fikrlashga undovchi topshiriqlar va hokazo) topshiriqlardan iborat bo‘lgan didaktik vosita.
O‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma — darslikdagi har bir mavzuni samarali o‘qitish metodikasi, qo‘shimcha sinov topshiriqlari va o‘qituvchining darsni qiziqarli tashkil etishiga oid boshqa metodik ko‘rsatmalar berilgan, har bir darsning maqsadi, darsda foydalaniladigan vositalar va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashg‘ulotlar, qo‘shimcha topshiriqlar va boshqalar haqida metodik ko‘rsatmalar aniq bayon qilingan kitob shaklidagi o‘quv nashri.
Darsliklarning multimediali ilovalari — axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida o‘quv faniga oid materiallarni davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturiga mos ravishda yorita oladigan, o‘quv fanini samarali o‘zlashtirishga, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi hamda video, ovoz, animatsiya, jadval, matn va lug‘atlarni o‘z ichiga olgan, bilimlarni nazoratdan o‘tkazish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan, o‘quv fanining asosiy mazmunini boyitadigan qo‘shimcha materialga ega bo‘lgan yoki shu kabi manbalarga murojaatlarni o‘z ichiga olgan interaktiv elektron axborot-ta’lim resursi.
3. O‘quv-metodik majmualar davlat ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlariga muvofiq, didaktik, metodik, pedagogik-psixologik, estetik va gigiyenik talablar asosida ishlab chiqilgan darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma va darslikning multimediali ilovalarini o‘z ichiga oladi.
4. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Umumiy talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsad va vazifalari
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
5. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning maqsadi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun zamonaviy fan va texnika rivojini hisobga olgan holda kompetensiyaviy yondashuv talablari asosida o‘quv materiallari mazmuni va sifatini takomillashtirish hamda ushbu sohadagi ilg‘or xorijiy tajribani samarali tatbiq etishdan iborat.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
6. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish prinsiplari hamda ularning mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
o‘quvchilarda milliy g‘urur va iftixor, moddiy va ma’naviy merosga qadriyatli munosabatni tarkib toptirish;
davlat ta’lim standartlari talablari asosida o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malaka hamda kompetensiyalarning to‘liq o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashni hamda ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
yangi avlod o‘quv-metodik majmualarini yaratish va amaliyotga joriy etish;
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash va global tafakkur yuritish kompetentligini shakllantirish;
umumta’lim fanlarini o‘qitishning prinsipial yangi metodologiyasi asosida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish.
3-bob. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish prinsiplari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
7. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
o‘quv-metodik majmualar ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari asosida yaratilganligi;
o‘quvchilarning aqliy va jismoniy imkoniyatlari, yoshi, psixofiziologik xususiyatlari, bilim darajasi, qiziqishlari, layoqatlari hisobga olinganligi;
o‘quvchilarda vatanparvarlik va milliy g‘urur hissini shakllantirishga qaratilganligi;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’limning zarur hajmi berilganligi, o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilganligi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
4-bob. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar
8. O‘quv-metodik majmualarni ishlab chiqishga quyidagicha talablar qo‘yiladi:
Didaktik talablar:
o‘quvchi tomonidan o‘quv materiallarining to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash;
matnlar axborot berishga emas, balki o‘quv fanining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadlariga xizmat qilishi;
qiziqarli, lo‘nda va hamma uchun qulay va tabaqalashtirilgan bo‘lishi;
ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va millatlararo totuvlik talablariga javob berishi, aniq dalillarga asoslangan materiallardan tarkib topishi;
ta’limning kundalik hayot va amaliyot o‘rtasidagi bog‘liqligini ta’minlashga, olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatlari shakllantirilishiga, boshqa o‘quv fanlari bilan uzviy bog‘liqlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
rasmlar ko‘rinishidagi illustratsiyalar: xaritalar, chizmalar, sxemalar, jadvallar, diagrammalar va fotosuratlar bilan bezatilgan bo‘lishi;
yangi tushunchalar, atamalar, qoidalar, formulalar, ta’riflar va shu kabilar lug‘at ko‘rinishida ifodalangan bo‘lishi lozim.
Ilmiy-metodik talablar:
fan-texnikaning so‘nggi yutuqlarini o‘zida aks ettirishi;
o‘quv fani mavzularining mazmunan yaxlitligi ta’minlangan bo‘lishi;
o‘quv fani mavzulari o‘zbek adabiy tili qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda oddiy va sodda, tushunarli va ravon tilda bayon qilinishi;
mantiqiy ketma-ketlikka va izchillikka amal qilinishi;
milliy g‘oya va O‘zbekiston xalqining mentalitetiga zid bo‘lmagan tegishli illustratsiyalar bilan boyitilishi;
savol va topshiriqlar aniq ifodalangan bo‘lishi;
o‘quvchilarni fikrlashga, yozishga, tasvirlashga, chizma chizishga, hisoblashga, amaliy ishlarni bajarishga, tajribalar o‘tkazishga o‘rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish nazarda tutilgan bo‘lishi;
bir tushunchaning ikki xil atama bilan ifodalanishiga, sanalarni keltirishda mavhumlikka yo‘l qo‘yilmasligi;
kasb-hunarga yo‘naltirishga oid matnlar va rasmlar, izohli lug‘at, texnik ijodkorlik va mantiqiy tafakkurni o‘stirishga qaratilgan loyihalash hamda modellashtirish yuzasidan topshiriqlarni qamrab olgan bo‘lishi lozim.
Pedagogik-psixologik talablar:
keng jamoatchilik tomonidan tan olingan ilmiy asoslangan ma’lumotlar, o‘quvchilarning bilim darajalari, eslab qolish qobiliyatlari, tafakkuri hisobga olingan holda voqea va hodisalarning mohiyatini anglashga va amaliy qiziqishlarini rivojlantirishga, bilim olishga va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanishga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
o‘quv fani mavzularining o‘quvchi yoshi va psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilishi, ma’lum faktlar, tushunchalar, qoidalar va fanlararo bog‘liqlikni hisobga olgan holda tushunarli bayon qilinishi;
o‘quvchilarning yangiliklarni qabul qilish qobiliyatlari, oldin olgan bilimlarini o‘zlashtirganlik darajasi hisobga olingan bo‘lishi lozim.
Estetik talablar:
imkon darajasida yorqin, rangli, qiziqarli va chiroyli bo‘lishi;
matnlar o‘quvchiga ma’lum ijobiy hissiy ta’sirlarni o‘tkazishi va o‘quv faniga qiziqish uyg‘otishi;
bo‘lim, bob, paragraf va mavzular matnlarining turli shakl va ranglar bilan ajratilishi, mutanosibligi ta’minlanishi;
rasm va tasvirlar badiiy estetik talablarga javob berishi, aniq va tiniq ifodalanishi lozim.
Gigiyenik talablar:
matn va illustratsiyalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos bo‘lishi;
harflarning kattaligi va qog‘ozning sifati (og‘irligi, qalinligi, oqligi va shaffofligi) Vazirlar Mahkamasining “Ta’lim muassasalari uchun matbaa mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 3-iyundagi 146-son qarori talablariga mos bo‘lishi lozim.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga 6-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustdagi 244-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 8-son, 73-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi to‘g‘risida nizomning 8-bandi to‘qqizinchi xatboshidagi “tarmoq ta’lim standartlari” so‘zlari “akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi nizomda:
“o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish quyidagi usullarda olib boriladi:
ichki nazorat — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasi tomonidan amalga oshiriladi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan reyting nazorat tizimi haqidagi nizom asosida o‘tkaziladi.
tashqi nazorat — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi;
davlat-jamoat nazorati — ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi va u bilan kelishilgan holda nodavlat notijorat tashkilotlari va kadrlarga talabgorlar tomonidan amalga oshiriladi;
yakuniy davlat attestatsiyasi — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi”.
b) 20-bandning ikkinchi xatboshidagi “tarmoq ta’lim standartlarini” so‘zlari “akademik litseylar ta’lim yo‘nalishlari va kasb-hunar kollejlari tayyorlov yo‘nalishlari bo‘yicha malaka talablarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-son qaroriga 1-ilova “Umumiy qoidalar” bo‘limining o‘ninchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-son qaroriga 7-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2020-yil 1-sentabrdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadigan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 16-avgustdagi 390-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2000-yil 16-oktabrdagi 400-son qarori.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat ta’lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 8-maydagi 124-son qarorining 2-bandi va unga 2-ilova.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 230-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/858/2095-son, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/821/3833-son; 30.09.2019-y., 09/19/822/3840-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; 26.01.2021-y., 07/21/4963/0064-son; 08.04.2021-y., 09/21/189/0303-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)