Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Soʻnggi yillarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash, yoshlar va xotin-qizlar tashabbuslarini keng miqyosda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yoʻnaltirilgan dasturlar (keyingi oʻrinlarda — Dasturlar) doirasida soʻnggi 3 yil davomida 600 mingdan ziyod aholi va tadbirkorlik subyektlariga 15 trillion soʻmdan ortiq miqdorda imtiyozli kreditlar ajratilgan.
2021-yilda aholining daromad topishga qaratilgan tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, birinchi navbatda, mahallalarda ishsiz yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilish, ularning oʻz biznesini tashkil etishiga koʻmaklashish borasidagi tadbirlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida:
1. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yoʻnaltirilgan:
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni kreditlashning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari 2-ilovaga muvofiq maʼqullansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Iqtisodiyot va moliya vazirining, Markaziy bank raisining hamda kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosarlari (keyingi oʻrinlarda — Dastur koordinatorlari):
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
haqiqiy ehtiyojdan hamda shakllantirilgan loyihalarning istiqboli va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratishga yoʻnaltirilganligidan kelib chiqqan holda ajratilayotgan resurslarni Dasturlar, vakolatli banklar va hududlar kesimida tezkor qayta taqsimlash boʻyicha vakolatli hisoblansin;
ajratilayotgan mablagʻlar doirasida “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan qishloq va mahallalarda, ularning ixtisosligidan kelib chiqib, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishni nazarda tutsin.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Dasturlar doirasida 2021-yil 1-apreldan boshlab:
aholi va tadbirkorlik subyektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi;
kredit olishda talabgorlarga “Agrobank” ATB, AT Xalq banki va “Mikrokreditbank” ATBlar orasidan birini ixtiyoriy tanlab, barcha dasturlar doirasida imtiyozli kredit olish boʻyicha murojaat etish imkoniyati yaratiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
kredit oluvchi jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) fiskal belgili kassa cheki asosida yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan) va loyiha egasi undan qanoatlanish hosil qilganidan soʻng kredit mablagʻlari mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat koʻrsatuvchi)ning hisobraqamiga oʻtkazib beriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi PQ-39-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish masʼuliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari, tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimlari, shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻini raislari zimmasiga yuklatiladi.
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
4. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun:
a) Moliya vazirligi:
1,3 trln soʻm miqdoridagi mablagʻni vakolatli banklarning ustav kapitalini oshirishga, shu jumladan “Agrobank” ATBga — 700 mlrd soʻm, “Mikrokreditbank” ATBga — 400 mlrd soʻm va AT Xalq bankiga — 200 mlrd soʻm yoʻnaltirsin;
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuniga yuqoridagi topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
b) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga:
Oldingi tahrirga qarang.
vakolatli banklarga Dastur koordinatorlarining taqsimotiga muvofiq 1,5 trln soʻmlik kredit resurslari ajratilishini;
(4-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son)
Oldingi tahrirga qarang.
AT “Aloqabank”ka asalarichilikni rivojlantirish uchun 5 mln AQSH dollari ekvivalentida va “Turonbank” ATBga (ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Turonbank” ATB ustav kapitalini oshirish orqali) tadbirkorlik subyektlarining 10 sotixdan kam boʻlmagan maydonlarda limonchilikni tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 8 mln AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
(4-bandining “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-avgustdagi PQ-5207-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Moliya vazirligi mazkur qarorning 4-bandi asosida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan ajratiladigan 1,5 trln soʻm kredit resurslarining tijorat banklari tomonidan qaytarilmagan qismida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan 2026-yilda qoplanishini taʼminlasin.
Bunda, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga qoplangan mablagʻlar miqdoridagi vakolatli banklarning majburiyatlari Moliya vazirligi foydasiga qayta rasmiylashtiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-noyabrdagi PQ-5272-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qarorga muvofiq:
tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada belgilanadi;
tijorat banklariga kredit resurslari Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past darajada, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 10 foiz stavkada ajratiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari hamda sektor rahbarlari Dasturlar boʻyicha kreditlarning belgilangan muddatlarda qaytarilishining taʼminlanishida vakolatli banklarga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatib borsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 27-mart,
PQ-5041-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga
1-ILOVA
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi
MAQSADLI PARAMETRLAR
Oldingi tahrirga qarang.

mlrd soʻm

T/r

Dasturlar nomlanishi

2021-yilda yoʻnaltiriladigan mablagʻlar

shundan:

avval berilgan kreditlarning soʻndirilishi hisobidan

budjet mablagʻlari hisobidan

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hisobidan

JAMI

9 040

4 100

2 500

2 440

1.

“Har bir oila — tadbirkor” dasturi

5 538

3 243

795

1 500

2.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi

354

154

200***

3.

Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi

498

498

4.

Bandlikka koʻmaklashish dasturi

125

125

5.

Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash dasturi

1 125

80

575

470**

(45 mln doll.)

6.

Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash dasturi

1 400

-*

930

470**

(45 mln doll.)

* Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6017-son Farmoniga muvofiq “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasidan ajratilgan kreditlarning soʻndirilgan qismi Moliya vazirligiga qaytariladi.
** Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4862-son qaroriga muvofiq Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining resurs mablagʻlari yoshlar (45 mln AQSH dollari) va xotin-qizlarning loyihalari uchun (45 mln AQSH dollari) yoʻnaltiriladi.
*** Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-yanvardagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4964-son qaroriga muvofiq “Tomorqa xizmati” MCHJlar, fermer va dehqon xoʻjaliklariga ajratiladigan mablagʻlar. Mazkur mablagʻlarning kamida 50 mlrd soʻmi “Turonbank” ATB orqali limonchilik yoʻnalishidagi loyihalar uchun ajratiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga
2-ILOVA
2021-yilda Dasturlar doirasida loyihalarni kreditlashning hududlar kesimidagi
MAQSADLI PARAMETRLAR
Oldingi tahrirga qarang.

mlrd soʻm

T/r

Hudud nomi

Jami

shundan:

“Har bir oila — tadbir kor” dasturi

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash dasturi

Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi

Bandlikka koʻmaklashish dasturi

Xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash dasturi

Yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash dasturi

JAMI:

9 040

5 538

354

498

125

1 125

1 400

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

643

415

23

24

8

72

100

2.

Andijon viloyati

788

488

25

74

8

93

100

3.

Buxoro viloyati

632

368

25

51

9

79

100

4.

Jizzax viloyati

502

283

20

22

7

71

100

5.

Qashqadaryo viloyati

707

450

35

28

14

80

100

6.

Namangan viloyati

785

502

39

49

10

86

100

7.

Navoiy viloyati

506

284

19

26

7

69

100

8.

Samarqand viloyati

866

578

35

46

13

94

100

9.

Surxondaryo viloyati

727

466

35

33

13

80

100

10.

Sirdaryo viloyati

473

258

18

22

6

68

100

11.

Toshkent viloyati

677

419

25

27

9

97

100

12.

Fargʻona viloyati

836

542

27

60

9

98

100

13.

Xorazm viloyati

595

355

28

28

8

77

100

14.

Toshkent shahri

303

131

7

6

60

100

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi PQ-5084-son qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi PQ-5041-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarori 9-bandining “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB hamda Oʻzbekiston Respublikasi AT Xalq bankiga mablagʻlarni “Tomorqa xizmati” MCHJni va qishloq xoʻjaligi kooperativlarini kreditlash uchun resurslar sifatida 3 yil muddatga, shu jumladan 6 oylik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida, bankning yillik 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda taqdim etish. 2020-yil 1-yanvardan boshlab mablagʻlarni taqdim etish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda amalga oshiriladi”;
oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa, tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda, foiz xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmini qoʻllash imkoniyati bilan beriladi”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi PQ-3777-son qarorida:
a) 3, 5, 7 va 18-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlariga:
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlarining har bir oilani oʻrganish natijalari boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari tomonidan oʻrganish natijalari boʻyicha kiritilgan muammolarni hal etish choralarini koʻrib borish, respublika miqyosida hal etilishi zarur boʻlgan masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, tegishli vazirlik va idoralarga kiritib borish;
tuman va shaharlarda tadbirkorlik faoliyati rivojlanishi uchun qoʻshimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish, yanada qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
aholini tadbirkorlikka jalb etish, faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash borasida tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlarining faoliyatini muntazam ravishda monitoring qilib borish va har oy natijalari boʻyicha ular faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlarini belgilash;
har bir tuman va shaharda Dasturda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalari xususida Dastur koordinatorlariga batafsil axborot kiritib borish;
tadbirkorlik bilan shugʻullanish ishtiyoqida boʻlgan fuqarolarni ushbu faoliyatga yoʻnaltirish uchun joylarga chiqqan holda “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish asoslari va uning mahalliy sharoitlarga mos boʻlgan turlari” mavzusida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazib, ularga aniq hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan turli yoʻnalishlardagi tayyor biznes-rejalarni taqdim etish;
ichki va tashqi bozorlarni doimiy ravishda oʻrganib borgan holda barqaror hamda dolzarb talabga ega boʻlgan mahsulotlarning roʻyxati va hajmi yuzasidan maʼlumotlar bazasini shakllantirish, har oyda yangilab borish hamda ushbu maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalari va Internet tarmogʻidan keng foydalangan holda aholiga muntazam ravishda yetkazib borish va yoʻnalishlar berib borish;
tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagida boʻlgan oilalarga xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy mini-texnologiya va boshqa uskunalarning taqdimotlarini oʻtkazish va sotib olishga koʻmaklashish;
koʻp qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholiga kasanachilik va kichik hajmda mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirmalarni tashkil etish orqali qoʻshimcha daromad topish imkonini yaratish;
tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish (shu jumladan, budjet tashkilotlariga) orqali ularning faoliyatiga koʻmaklashish vazifalari yuklatilsin”;
birinchi xatboshidagi “Hududiy ishchi guruhlarga:” soʻzlari “Tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlariga:” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oʻninchi xatboshidagi “Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlarga” soʻzlari “hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “Tashkiliy muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlar” soʻzlari “Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
d) 9-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi boʻyicha, 2022-yil 1-yanvardan boshlab — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda beriladi”;
e) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari zimmasiga tuman va shaharlarda kichik tadbirkorlik subyektlarining samaradorligi yuqori, barqaror ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan loyihalariga bazaviy hisoblash miqdorining ming baravaridan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar hisobidan imtiyozli kredit ajratishga tuman (shahar) markazlarining qarori asosida qaror qabul qilish vazifasi yuklatilsin.
Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari aʼzolari oʻz qarori asosida imtiyozli kredit ajratilgan loyihalarning toʻliq ishga tushirilishi hamda kelgusida ushbu loyihalarning samarali ishlashini monitoring qilsin.
Dastur koordinatorlari hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlarining qarorlari asosida kredit ajratilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi holatini alohida nazorat qilib borsin”.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3856-son qarori 6-bandining “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-yanvardan boshlab — tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda ajratiladi”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4231-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga yillik 8 foiz stavkada 3 — 6 oygacha boʻlgan imtiyozli davr bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ajratiladi. Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT Xalq banki, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab tijorat banklari tomonidan bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda oʻrnatiladigan stavkalarda beriladi;”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kreditlar bogʻdorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qoʻy, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga sektor rahbarlari va tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi xulosasi asosida beriladi”;
v) 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari S.M. Xolxoʻjayev, moliya vazirining oʻrinbosari Q.X. Taparov, Markaziy bank raisining oʻrinbosari A.A. Kamalovlar Dastur koordinatorlari etib belgilansin hamda ularga”;
g) 13-banddan ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “J.A. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri, Komissiyasi raisi” soʻzlari “J.A. Qoʻchqorov — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, Komissiyasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “Sh.D. Kudbiyev — Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” soʻzlari “N.B. Xusanov — Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “A.Ya. Xaydarov — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari “Q.X. Taparov — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “A.R. Karimov — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri oʻrinbosari” soʻzlari “S.M. Xolxoʻjayev — Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshidagi “S.M. Xolxoʻjayev — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari” soʻzlari “A.A. Kamalov — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi”gi PQ-4539-son qarori 9-bandining uchinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmaydigan holda” soʻzlari “2022-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, zarur hollarda, foiz xarajatlarining maʼlum bir qismini kompensatsiya qilish mexanizmini qoʻllangan holda, bozor stavkalarida,” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4862-son qarorida:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki tomonidan nodavlat taʼlim tashkilotlari maxsus sertifikatini olgan”;
toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, mikrokreditlar 3 yil muddatgacha 6 oygacha imtiyozli davr bilan, yoshlarning biznes loyihalariga esa kreditlarni qaytarish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, 7 yilgacha muddatga, 3 yilgacha imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi”;
b) 6-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“90 mln AQSH dollari ekvivalenti, shundan 45 mln AQSH dollari ekvivalenti “Mikrokreditbank” ATBga va 45 mln AQSH dollari ekvivalenti AT Xalq bankiga kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha nodavlat taʼlim tashkilotlari kurslarini muvaffaqiyatli tamomlab, ularning maxsus sertifikatini olgan yoshlar va xotin-qizlarga kreditlar ajratish uchun 7 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga past foiz stavkasida yoʻnaltirilsin.
“Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki ushbu mablagʻlarni mazkur qarorning 5-bandida koʻrsatilgan yangicha tartibda mikrokreditlash maqsadlariga yoʻnaltirsin”;
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Belgilansinki, 2022-yil 1-iyuldan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida davlat maqsadli resurslari hisobidan kreditlar “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki tomonidan tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha tegishli oʻquv kurslarini tamomlagan shaxslarga yagona mikrokreditlash dasturi asosida ajratiladi”;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Moliya vazirligi “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalqi banki boshqaruvlari tarkibiga ijtimoiy yoʻnaltirilgan mikrokreditlash sohasida yetarli tajribaga ega boʻlgan xorijiy malakali mutaxassislarning jalb qilinishini taʼminlasin”;
d) 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Moliya vazirligi 2021-yilning 1-yanvariga qadar “Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq bankining aholini, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish boʻyicha yangi biznes modelini ishlab chiqsin va unda quyidagilarga eʼtibor qaratsin”;
e) 10-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mikrokreditbank” ATB va AT Xalq banki bilan birgalikda tadbirkorlik boʻyicha oʻquv kurslarini tamomlab va keyinchalik mikrokredit olib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini monitoring qilib borishning yagona “raqamli” tizimi joriy etilishini taʼminlaydi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.03.2021-y., 07/21/5041/0244-son; 21.04.2021-y., 07/21/5084/0355-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2021-y., 07/21/5207/0750-son, 02.11.2021-y., 07/21/5272/1010-son, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son; 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)