1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Transport. Yo‘l xo‘jaligi. Harakat va parvozlar xavfsizligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI ORQALI MAXSUS YUKLAR VA HARBIY TARKIBLARNING TRANZITINI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH VA NAZORAT QILISH TO‘G‘RISIDA
“Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda xavfli yuklar, qurol-yarog‘, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar xavfsiz tashilishini ta’minlash, shuningdek ularning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti ustidan nazorat qilish samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
1. Belgilab qo‘yilsinki, temir yo‘l, avtomobil va havo transporti bilan O‘zbekiston hududi orqali amalga oshiriladigan yuk va yo‘lovchilar oqimi tranziti O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, idoraviy qoidalar, ustavlar, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan umumiy tartibda tartibga solinadi, maxsus yuklar va harbiy tarkiblarni tashish bundan mustasno.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
2. Belgilansinki, maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranziti, uning amalga oshirilishi ustidan nazorat qilish tartibi “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, unga muvofiq qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro bitimlari bilan tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
3. Belgilab qo‘yilsinki, maxsus ruxsatnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit qilinadigan maxsus yuklarga:
1-ilovaga muvofiq xavfli yuklar — yadro materiallari, organik va noorganik zaharli, toksinli, tez alangalanadigan, portlash xavfi bo‘lgan moddalar va prekursorlar, boshqa moddalar va ularning chiqindilari;
2-ilovaga muvofiq qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy mol-mulk — qurol-yarog‘ning har xil turlari, komplekslari va ularning jangovor qo‘llanilishini ta’minlash vositalari; o‘q-dorilar va portlovchi moddalar; qurolli kuchlarni jihozlashga mo‘ljallangan boshqa texnik vositalar hamda ularni ishlab chiqarish uchun maxsus asbob-uskunalar kiradi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash]
4. 1-ilovada nazarda tutilgan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar berilishini ko‘rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga yuklansin.
Belgilansinki:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma tashiladigan yuklarning turi va xususiyatlari hisobga olingan holda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Transport nazorati inspeksiyasining asosli xulosalari olingandan keyin qat’iy belgilangan tartibda beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri tomonidan imzolanadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
2024-yil 1-sentabrdan boshlab xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomalar mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
5. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur qarorga 2-ilovada nazarda tutilgan qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy mol-mulk, shuningdek harbiy tarkiblarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga ruxsatnoma berish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
Belgilab qo‘yilsinki, qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy mol-mulkning, shuningdek, harbiy tarkiblarning tranzitiga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Transport vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi, Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Transport nazorati inspeksiyasi (yuk tashiladigan transport turiga qarab), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashining asosli xulosalari olingandan keyin qat’iy belgilangan tartibda beriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
Qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy mol-mulk, shuningdek harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri u bo‘lmagan taqdirda — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
6. O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga maxsus ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.2005-yil 22-fevraldagi 73-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami,2005-y., 8-9-son, 67-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (E.M. G‘aniyev) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan maxsus yuklar tasnifini tasdiqlasin.
9. Hukumatning 4-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
10. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda), Mudofaa vazirligi (Q.G‘. G‘ulomov), Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (E.M. G‘aniyev), Davlat bojxona qo‘mitasi (O‘.T. Komilov), Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita (M.I. O‘taganov) tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi normativ hujjatlarga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida taklif kiritsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi Kotibi M.H. Rahmonqulov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 21-fevral,
62-son
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnomalar bo‘lgan taqdirda tranzit qilinadigan xavfli yuklar
RO‘YXATI
1.Uran rudalari konsentratlari
2. Uran geksaftoridi
3. Yangi ishlangan yadro yonilg‘isi va uning komponentlari
4. Ishlatilgan yadro yonilg‘isi
5. Solishtirma aktivligi 70 kBk/kilogrammdan ortiq bo‘lgan radioaktiv materiallar
6. Maxsus yuklarni tashish uchun foydalaniladigan bo‘sh transport komplektlari
7. №-atsetilantranil kislota
8. Akonit
9. Akonitin
10. Suyultirilgan ammiak
11. Sirka kislotasi angidridi
12. Antronil kislota
13. Atseklidin
14. Atseton
15. Benzol
16. Asos giossiamin
17. Kamforat giossiamini
18. Sulfat giossiamini
19. Gliftor aralashma:
1,3-diftorpropanol—2 (1) 70—75% (1)
1-ftor-3-xlorpropanol—2 (2) 10—20% (2).
20. Dixloretan
21. Izosafrol
22. Ilon zahari
23. Sianid kadmiy
24. Permanganat kaliy
25. Sianid kaliy
26. Sianid kalsiy
27. Karbaxolin
28. Ftoridli vodorod kislotasi
29. Sianid misi
30. Merkaptofos
31. Metanol
32. 3,4-metilendoksifenil—2-propanon
33. Metiletilketon
34. Metilbromid
35. Metilxlorid
36. Margumushsimon angidrid
37. Margumush angidridi
38. Arsenat natriy va uning har xil dozalardagi dorivor shakllari
39. Arsenit natriy
40. Sianid natriy
41. Tetrakarbonil nikel
42. Nitrotluol
43. Novarsenol
44. Piperonal
45. Promeran va uning har xil dozalardagi dorivor shakllari
46. Xlororganik pestitsidlar
47. Tozalangan asalari zahari
48. Diyodid simobi
49. Dixlorid simobi
50. Oksitsianid simobi
51.Salitsilat simobi
52. Sianid simobi
53. Metal simob
54. Safrol
55. Sianid kumushi
56. Ammiak selitra
57. Sulfat kislota
58. Tuzlangan kislota
59. Gidrobromid skopolamini
60. Nitrat strixnini va uning har xil dozalardagi dorivor shakllari
61. Krasavka alkaloidlari to‘plami
62. Toluol
63. Tetraetilsvinets va uning boshqa moddalar ( etil suyuqligi va boshqalar) bilan aralashmalari, etillashtirilgan benzinlardan tashqari
64. Yangi jungar akonit o‘ti
65. 4-xlorbenzaldegida nitrat uranili
66. Fenil sirka kislotasi
67. Fenol
68. Sariq fosfor
69. Qizil fosfor
70. Ftor vodorodi
71.Xinkulidil-3-benzilat
72. Xlor
73. Xlorpikrin
74. Bariy sianisti
75. Vodorod sianisti
76. Sianplav
77. Siklon
78. Fosfid sinka
79. Sinxonin
80. Chilibuxi ekstrakti
81. Etilmerkurxlorid
82. Etil efiri
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali faqat maxsus ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda tranzit qilinadigan qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy mol-mulk
RO‘YXATI
1. Kosmik apparatlar, uchiruvchi raketalar, ballistik raketalar, tezlikni oshirish bloklari va ularning komponentlari.
2. Samolyotlar, vertolyotlar va harbiy maqsaddagi boshqa uchish apparatlari.
3. Tanklar va qurol-yarog‘li yoki qurol-yarog‘siz boshqa o‘ziyurar zirhli texnika.
4. Harbiy maqsaddagi g‘ildirakli va zanjirli avtomobillar va boshqa o‘ziyurar mashinalar.
5. Artilleriya, ishga tushirish raketa va bomba qurilmalari, gaubitsalar, granatomyotlar, minomyotlar va jangovar harakatlarni olib borishning shunga o‘xshash vositalari.
6. O‘qotar qurollar.
7. O‘q-dorilar: bombalar, raketalar, minalar, granatalar, snaryadlar, patronlar va jangovar harakatlarni olib borishning shunga o‘xshash vositalari.
8. BMT tasnifiga va 1996-yil 5-aprelda Temir yo‘l transporti kengashining XV majlisida tasdiqlangan Temir yo‘llarda xavfli yuklarni tashish qoidalari tasnifiga muvofiq xavfli yuklarning 1-darajasiga kiruvchi portlovchi, pirotexnika moddalari va boshqa buyumlar.
9. Ko‘prik qurish mashinalari, muhandislik-qurilish mashinalari, mina to‘siqlari, ta’mirlash ustaxonalari, pontonlar va qo‘shinlarni muhandislik jihatdan ta’minlashning boshqa vositalari.
10. Qurol-yarog‘larning har xil turlarini jangovor qo‘llash komplekslari, nishonga olish, ishga tushirish va boshqarish tizimlari.
11. Qurol-yarog‘ va harbiy texnikaga komponentlar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar, shu jumladan texnik hujjatlar.
12. Qurol-yarog‘, harbiy texnika va harbiy mol-mulk ishlab chiqarish va ularni ta’mirlash uchun maxsus ishlab chiqilgan asbob-uskunalar, materiallar, moslamalar va jihozlar.
13. Parashut bilan bog‘liq mol-mulk.
14. Kartografiya mahsulotlariga ishlov berish va tahlil etishning kompleks vositalari.
15. Radioaloqa va radionavigatsiya anjomlari.
16. Harbiy maqsaddagi elektrodvigatellar va ichki yonish dvigatellari.
17. Maxsus idishlar.
18. Qo‘shinlarni tayyorlash uchun o‘quv-imitatsiya vositalari.
19. Qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi hayot faoliyatini ta’minlash tizimi.
20. Ommaviy qirg‘in qurolidan himoyalanishning jamoaviy va yakka tartibdagi vositalari.
21. Ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llanilishining oldini olish va uning oqibatlarini davolash vositalari.
22. Qo‘shinlar ta’minotining maxsus asbob-uskunalari.
23. Harbiy kiyim-bosh va uning belgilari.
24. Texnologik asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar, shu jumladan maxsus davrda qurol-yarog‘ ishlab chiqarish uchun.
25. Elektronika, elektron tizimlar, harbiy maqsaddagi priborsozlik buyumlari.
26. Maxfiy tusdagi maxsus buyumlar va yuklar.
27. Jo‘natuvchilari va oluvchilari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari, chegara xizmatlari, xavfsizlik organlari va boshqa harbiylashtirilgan davlat tuzilmalari bo‘lgan harbiy yuklar.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida” 2001-yil 11-maydagi 213-II-son Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish, ularning amal qilish muddatini uzaytirish va ularni bekor qilish tartibini, shuningdek tranzit tartibida tashish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
2. Maxsus yuklar deyilganda qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk, xavfli yuklar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalada bo‘lishi davlat nazorati ostida bo‘lgan ashyolar tushuniladi.
Xavfli yuklar — o‘ziga xos xossalari va xususiyatlari tufayli muayyan omillar mavjud bo‘lgan taqdirda tashish, yuklash-tushirish ishlari jarayonida tashilayotgan yuklar, texnika vositalari, qurilmalar, bino va inshootlar, boshqa obyektlarning portlashi, yonishi yoki shikastlanishiga, shuningdek odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, atrof muhitga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan moddalar, materiallar, buyumlar, chiqindilar.
Qurol-yarog‘ va harbiy texnika — qurolli kuchlarni jihozlashga mo‘ljallangan turli xil qurollarning va ularni jangovar qo‘llashni ta’minlovchi vositalarning majmualari, shu jumladan eltib qo‘yish vositalari, mo‘ljalga olish, uchirish, boshqarish tizimlari, shuningdek boshqa maxsus texnika vositalari, o‘q-dorilar va ularning tarkibiy qismlari, ehtiyot qismlar, asbob-uskunalar va ularning butlovchi buyumlari, mashq qurollari, (turli xil qurol-yarog‘ va harbiy texnika maketlari, trenajyorlari va imitatorlari).
Harbiy mol-mulk — qurolli kuchlarning shaxsiy tarkibi hayot faoliyatini ta’minlash tizimlari, maxsus maqsaddagi materiallar va ularni ishlab chiqarish uchun maxsus uskunalar, ommaviy qirg‘in qurolidan umumiy va yakka tartibda himoyalanish vositalari, ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash oqibatlarining oldini olish va davolash vositalari, front orqasida qo‘llaniladigan maxsus uskunalar, harbiy kiyim va unga xos atributlar.
Harbiy tarkib — xorijiy davlatlar harbiy tuzilmalarining shaxsiy tarkibi va harbiy xodimlari, shuningdek ushbu davlatlarda harbiy xizmatga chaqirilgan yoki zaxiraga bo‘shatilayotgan shaxslar.
3. Xavfli yuklar tranziti ularning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan elektron shaklda beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. Xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnomani maxsus vakolatli organlarning xulosalari asosida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri imzolaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
4. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarga, shuningdek harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish bo‘yicha vakolatli organ hisoblanadi. Tranzit ruxsatnomasini maxsus vakolatli organlarning xulosalari asosida Mudofaa vaziri u bo‘lmagan taqdirda ― Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari imzolaydi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-dekabrdagi 1022-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1022/2328-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
5. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi xavfli yuklar tranzitiga xulosalar berish hamda nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi (harbiy tarkiblar tranzitidan tashqari), Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi (portlovchi moddalarning tranzitida), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlarni, shuningdek, harbiy tarkiblarni tranzit tarzida o‘tkazishda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.05.00 Havo transporti / 09.15.05.08 Havo transportida tashish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
Havo transportida tranzitni amalga oshirishda “O‘zaviatsiya” agentligi va Mudofaa vazirligining xulosalarini olish zarur.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi tranzit yukning xarakteriga ko‘ra boshqa davlat organlarining xulosalarini talab qilish, shuningdek, tranzit yuk yoki harbiy tarkibga, tashuv shartlariga taalluqli qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishni arizachidan so‘rashi mumkin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
6. Tranzit ruxsatnomasini olish uning egasini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga qo‘yiladigan talablarni bajarishdan ozod qilmaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
maxsus yuklarni yoki O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida va xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘tayotgan maxsus tarkibni kuzatib borayotgan harbiy qorovullar yoxud qurolli qo‘riqchilarning shtatdagi quroliga;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
tashish xavfsizligining tegishli qoidalariga rioya etilgan taqdirda va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan eng yuqori normalar doirasida bo‘lganda, fuqarolarning shaxsiy iste’moli uchun mo‘ljallangan xavfli yuklarning ayrim turlariga maxsus yuklar tranziti uchun alohida ruxsatnomalar talab etilmaydi.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
II. TRANZITGA RUXSATNOMALAR BERISH, ULARNING AMALDA BO‘LISH MUDDATINI UZAYTIRISH VA ULARNI BEKOR QILISH
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
8. Arizachi tranzitga ruxsatnoma olish uchun, tashilayotgan yuklar turiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi yoki Mudofaa vazirligiga quyidagi hujjatlarni pochta orqali yoki elektron shaklda taqdim etadi:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
maxsus yuklar yoki harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza, unda tashishning maqsadi, yukning miqdori, harbiy tarkib soni, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va undan chiqib ketishning rejalashtirilgan muddatlari, punktlari, foydalaniladigan transport turi, yuk yoki harbiy tarkibni jo‘natish va yetkazish punktlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, yukni tashuvga bergan va yukni oluvchi tashkilotning nomi, shuningdek tranzit qatnashchilari bo‘lgan davlatlar hududi bo‘ylab harakatlanishning mo‘ljallanayotgan marshruti ko‘rsatiladi;
maxsus yuk kelib chiqqan mamlakat sertifikati;
qonunchilikda belgilangan hollarda — ekologiya sertifikati;
yukni yetkazib berish yuzasidan kontrakt (shartnoma), xavfli yuklar tranziti turkumlab amalga oshirilayotganda — tashuvlar jadvali;
yukning O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi bo‘yicha xarakteri to‘g‘risidagi ma’lumotlar, buyumning tasniflovchi shifri, agregat holati, xavfli xossalari va hokazo;
maxsus yuklarni sug‘urta va boshqa kafolatlar bilan sug‘urta polisi, bank kafolati yoxud qonunchilikda belgilangan boshqacha shaklda, shuningdek odamlar hayoti va sog‘lig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi atrof muhitiga va xavfsizligiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararni undirishga doir boshqa majburiyatlar bilan tashishning ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjat, belgilangan joyga yetkazib berishga yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan va yetkazib berish imkoniyati bo‘lmagan hollarda.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
9. Harbiy mol-mulk, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika va harbiy tarkib tranzitida tashish rejasi vakolatli organlar bilan oldindan kelishib olinadi.
Harbiy mol-mulk, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika va harbiy tarkib tranzitiga ruxsatnoma olish uchun quyidagilar ham taqdim etiladi:
yuklarni qo‘riqlash va harbiy tarkibni kuzatib borish tartibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
jo‘natuvchi va qabul qilib oluvchi tomonlarning yukning O‘zbekiston Respublikasi uchun nomaqbul shartlarda boshqa manzilga yo‘llanmasligi yoki qayta eksport qilinmasligi to‘g‘risidagi majburiyatlari.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
10. Tranzitda foydalanish nazarda tutilayotgan transport turiga ko‘ra arizachi tranzitni amalga oshirish vaqtida, ushbu Nizomning 8, 9-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlardan tashqari, quyidagi hujjatlarga ega bo‘lishi zarur:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar]
a) temir yo‘l transportida tranzit qilishda:
avariya kartochkasi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa hujjatlar;
b) avtomobil transportida tranzit qilishda:
ichki ishlar organlari tomonidan kuzatib borish yuzasidan buyurtmanoma;
transport vositalari uchun talab qilinadigan tashishga ruxsat berish to‘g‘risidagi guvohnoma;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro shartnomalarga muvofiq boshqa hujjatlar;
v) havo transportida tranzit qilishda, quyidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjatlar:
aviakompaniyaning nomi va aniq manzili;
IKAO kodi va reysning tartib raqami;
havo kemasining turi, ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami, ro‘yxatdan o‘tkazilgan mamlakati;
parvoz turi;
tashilayotgan yo‘lovchilar va yuklarning qanchaligi va toifasi;
O‘zbekiston Respublikasi havo yo‘liga kirib kelish va undan chiqib ketish albatta ko‘rsatilgan holda parvozning sanasi, to‘liq marshruti va jadvali;
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
11. Arizachi maxsus yuklarni turkumlab tranzit qilishda, maxsus yuklarning barcha turkumlari uchun zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, tranzitga ruxsatnoma berilishi uchun bitta ariza taqdim etishi mumkin.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Maxsus yuklarni turkumlab tranzit qilishga ruxsatnoma yukning har bir turkumi uchun alohida rasmiylashtiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
12. Transport vazirligi xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma uchun ariza olinganda yoki Mudofaa vazirligi qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkibni tranzit tarzida tashishga ruxsatnoma uchun ariza olinganda, zarur hujjatlar olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida ularni xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vakolatli organlarga belgilangan talablarga muvofiq tranzitni amalga oshirish mumkinligi to‘g‘risida asosli xulosalar chiqarish uchun yuboradi. Ushbu organlarning asosli xulosalari yetti kun muddatda tashilayotgan yuklar turiga ko‘ra Transport vazirligiga xavfli yuklarning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda hamda Mudofaa vazirligiga qurol-yarog‘, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar bo‘yicha taqdim etilishi kerak.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
13. Mudofaa vazirligi olingan xulosalar asosida o‘n kun muddat mobaynida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi.
Transport vazirligi olingan xulosalar asosida besh kun muddat mobaynida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va qarorni yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboradi.
Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq beriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
14. Tranzit ruxsatnomasida:
tashuvchi va oluvchi tashkilotning nomi;
yukning O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi, BMT nomenklaturasi bo‘yicha xarakteri to‘g‘risidagi ma’lumotlar, buyumning tasniflovchi shifri;
yukning miqdori, harbiy tarkibning soni;
O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish va undan chiqib ketish punktlari;
foydalaniladigan transport turi;
tranzit ruxsatnomasining amalda bo‘lish muddatining boshlanishi va tugashi;
tranzitda qatnashuvchi davlatlar hududida harakatlanishning mo‘ljallanayotgan marshruti;
maxsus yuklar va harbiy tarkibni turkumlab tranzit qilishda tashuvlar jadvali;
Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda beriladi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qaroriga asosan o‘n birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
Transport vazirligi yoki Mudofaa vazirligi xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vakolatli organlarni tranzit yukning xarakteri, transport vositasining turiga ko‘ra tranzitga ruxsatnoma berish to‘g‘risida xabardor qiladi.
(14-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 580-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/580/0889-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
15. Tranzitga ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish, shu jumladan ruxsatnomaning o‘zini berish to‘g‘risida qaror qabul qilishning umumiy muddati ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi ariza va barcha tegishli hujjatlar olingan kundan boshlab yigirma kundan, Transport vazirligi uchun o‘n besh kundan oshmasligi kerak.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Qo‘shimcha hujjatlar, axborotlar taqdim etish yoki arizachi dastlab taqdim etgan ma’lumotlarni o‘zgartirish zarur bo‘lgan taqdirda, shuningdek maxsus yuklarni va harbiy tarkiblar tranziti xavfsizligiga tahdid soluvchi holatlar mavjud bo‘lganda arizani ko‘rib chiqish muddati uzaytirilishi mumkin. Bu holda Mudofaa vazirligi ariza beruvchini ushbu Nizomda nazarda tutilgan umumiy muddatning uzaytirilgani to‘g‘risida uning sabablarini va uzaytirish muddatlarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda, Transport vazirligi esa yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali xabardor qiladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
16. Tranzit ruxsatnomasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror “Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasida nazarda tutilgan asoslarda, shuningdek xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organlarning xulosalariga binoan chiqariladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash]
Tranzit ruxsatnomasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchiga bunday qaror qabul qilingandan keyin bir kun muddatda yozma ravishda, Transport vazirligi tomonidan esa yukning mazmun-mohiyati va maxfiylik darajasidan kelib chiqib, “Xavfli yuk” axborot tizimi orqali rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yuboriladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
17. Tranzit uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati u imzolangan sanadan boshlab o‘ttiz kunni tashkil etadi va bir martalik xususiyatga ega.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
18. Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun uning egasi Transport vazirligiga yoki Mudofaa vazirligiga asoslangan iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqlidir.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi iltimosnoma u taqdim etilgan kundan e’tiboran yetti kun muddatda ko‘rib chiqiladi. Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi ko‘rsatilgan muddatda xulosa olish uchun xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vakolatli organlarga murojaat qilishi mumkin, ular murojaat qilingan vaqtdan e’tiboran ikki ish kuni mobaynida xulosalarni taqdim etishlari shart.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vakolatli organlarning xulosalariga asosan ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki rad javobini berish yuzasidan qaror qabul qiladi va ikki kun muddatda amal qilish muddatini uzaytirish masalasi to‘g‘risidagi qarorni tranzit ruxsatnomasining egasiga jo‘natadi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 580-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/580/0889-son)
“Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarning tranziti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati bir marta, ko‘pi bilan o‘ttiz kunlik davrga uzaytirilishi mumkin.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
19. Berilgan tranzit ruxsatnomasi Transport vazirligi va Mudofaa vazirligi tomonidan bekor qilinishi mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 580-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/580/0889-son)
Tranzit ruxsatnomasining bekor qilinishiga quyidagilar asos bo‘ladi:
tranzit ruxsatnomasi egasining maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitini amalga oshirishdan voz kechganligi;
tranzit ruxsatnomasining uni berish to‘g‘risidagi qarorning qabul qilinishi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan noto‘liq yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida berilganligi;
tranzit ruxsatnomasini berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish vaqtida ma’lum bo‘lmagan, lekin uni berishni rad qilishga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning aniqlanganligi;
qonunchilik bilan belgilangan tranzit tartibining buzilganligi.
(19-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Tranzit ruxsatnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi qarorda bekor qilishning asoslari ko‘rsatilishi kerak.
Tranzit ruxsatnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror kechiktirmasdan tranzit ruxsatnomasining egasiga yo‘llanadi hamda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tegishli vakolatli organlarga xabar qilinadi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
4.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
20. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ilgari berilgan tranzit ruxsatnomalariga muvofiq ravishda amalga oshirilayotgan tranzit tashish, tranzit shartlarini buzish hollari aniqlangan taqdirda xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organning qarori bilan, ayni bir vaqtda bu to‘g‘rida Transport vazirligini va Mudofaa vazirligini xabardor qilgan holda vaqtinchalik to‘xtatib turilishi mumkin.
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Bunda tashish vaqtinchalik to‘xtatib turilgan vaqtdan e’tiboran uch kun mobaynida tranzitni to‘xtatib turish uchun asos bo‘lgan sabablar bartaraf etilmagan va u qayta boshlanmagan bo‘lsa, ruxsatnoma Transport vazirligi yoki Mudofaa vazirligining qarori bilan bekor qilinadi.
(20-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 580-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/580/0889-son)
III. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDI ORQALI MAXSUS YUKLAR VA HARBIY TARKIBLARNING TRANZITI USTIDAN DAVLAT NAZORATINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
21. Tranzit tashish shartlarining bajarilishini nazorat qilish xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
22. Xavfli yuklar tranziti bo‘yicha vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirish Transport vazirligi zimmasiga, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar tranziti bo‘yicha — Mudofaa vazirligiga yuklanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.04.00.00 Mudofaa sohasidagi vazifalarni bajarishga jalb qilinadigan boshqa qismlar, qo‘shinlar / 15.04.01.00 Chegara qo‘shinlari]
23. Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari maxsus yuklarni kuzatib boruvchilarning, shuningdek harbiy tarkib xizmatchilarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishining qonuniyligini tekshiruvdan o‘tkazadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi respublika hududiga maxsus yuklar olib kirilishining qonuniyligi va asoslanganligi, ularning amalda olib chiqib ketilishi va belgilangan tartibda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlarda Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qo‘shinlari va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Mudofaa vazirligi bilan birgalikda tegishli ravishda harbiy tarkib a’zolarini shaxsan identifikatsiyalash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazadi va maxsus yuklar nazoratini amalga oshiradi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
24. Zaruratga qarab Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha tegishli organga amalda o‘tkazilayotgan yukning tranzit talabnomasida ko‘rsatilganiga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa olish uchun murojaat qiladi.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Zarur hollarda bunday xulosani tayyorlashga xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organlar hududiy bo‘linmalarining mutaxassislari jalb etilishi mumkin, ular telefonogramma olingan vaqtdan e’tiboran sakkiz soat ichida bojxona nazorati amalga oshiriladigan joyga yetib kelishlari kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
25. Maxsus yuk O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit ruxsatnomasida belgilab qo‘yilgan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.03.00 Temir yo‘l transporti / 09.15.03.04 Yo‘lovchi va yuk tashish, o‘zaro hisob-kitoblar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang)]
26. Temir yo‘l transportida tashish vaqtida maxsus yuklarni kuzatib borish va qo‘riqlash belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari tomonidan tranzit shartlariga muvofiq ravishda va milliy qonunchilik hamda davlatlararo bitimlarga asosan amalga oshiriladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
27. Avtomobil transportida maxsus yuklarni tashish belgilangan tartibda Ichki ishlar vazirligi bo‘linmalarining kuzatuvi ostida, arizachi tomonidan alohida to‘lanadigan haq evaziga amalga oshiriladi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
28. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblarni havo transportida tashish ruxsatnomadagi yo‘nalish, vaqt va boshqa shartlarga muvofiq Mudofaa vazirligi va “O‘zaviatsiya” agentligining doimiy ravishdagi monitoringi bo‘yicha amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
29. Qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulk va harbiy tarkiblar tranziti vaqtida Mudofaa vazirligining tegishli xizmatlari ularning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradilar.
Harbiy eshelon yoki harbiy transport (qurol-yarog‘lar, harbiy texnika va shaxsiy tarkib) O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘tayotganda Mudofaa vazirligi shu jumladan:
harbiy eshelon yoki transportni kuzatib borayotgan qorovul va navbatchilarning qo‘riqlash xizmatini olib borishlari;
qurol va o‘q-dorilarning butligi va ularni qo‘riqlash tartibi;
qorovul shaxsiy tarkibining postdagi jadvalga muvofiq ro‘yxati;
vagonlardagi plomba-tamg‘alarning butligi;
qurol-yarog‘lar va harbiy texnikaning ochiq harakatlanadigan sostav ustida to‘g‘ri mahkamlanganligi, ularning hisobga olish ma’lumotlariga muvofiqligi;
texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish]
30. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashishlar turidan qat’i nazar, maxsus yuklarni tranzit tashuvlarining xavfsizligi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.02.00 Transport sohasidagi boshqaruv. Transport xizmatlari ko‘rsatishni litsenziyalash;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari;
4.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.03.00 Davlat xavfsizlik xizmati organlari;
5.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.02.00.00 Xavfsizlikni ta’minlash kuchlari / 16.02.05.00 Ichki ishlar organlari]
31. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi o‘z vakolatlariga muvofiq nazoratni amalga oshiradilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.14.00 Yuklarni tashish (tranzit) (shuningdek, 03.11.11.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.15.00.00 Transport / 09.15.15.00 Maxsus, shu jumladan xavfli yuklarni tashish;
3.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
32. Maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga doir xulosalar berish va nazoratni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli organlar Transport vazirligi va Mudofaa vazirligiga yuklar tranzit olib o‘tilayotgan joy va ularning ahvoli to‘g‘risida axborot berib boradilar.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Transport vazirligi tomonidan xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma berish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Ariza beruvchi
Xavfli yuklar tranzitiga ruxsatnoma olish uchun Transport vazirligiga zarur hujjatlarni taqdim etadi.
Xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Transport vazirligi
Zarur hujjatlarni tegishli vakolatli organlarga tranzitni amalga oshirish bo‘yicha xulosalar berish uchun yuboradi.
2 kun muddatda
3-bosqich
Vakolatli organlar
Zarur hujjatlarni o‘rganib chiqib, asosli xulosalarni Transport vazirligiga yuboradi.
7 kun muddatda
4-bosqich
Transport vazirligi
Olingan xulosalar asosida tranzitga ruxsatnoma berish yoxud ruxsatnoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi, uni rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga yuboradi.
5 kun muddatda
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali maxsus yuklar va harbiy tarkiblar tranzitiga ruxsatnomalar berish va uning amalga oshirilishini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
(asos, xalqaro shartnoma, normativ-huquqiy hujjat)
_____________________________________________________________________________________ muvofiq ___________ (davlat) ehtiyoji uchun mo‘ljallangan xavfli yukning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitiga Transport vazirligi tomonidan ____-son ruxsatnoma berildi.
Yuk jo‘natuvchi: ________________________________________________________________________
Yuk tashuvchi tashkilot: _________________________________________________________________
Yuk oluvchi tashkilot: ___________________________________________________________________
Kirish punkti: ________________________________________________________________________
Chiqish punkti: ________________________________________________________________________
Foydalaniladigan transport turi: _______________________________________________________
Tranzit ruxsatnomasining amal qilish muddati: ___ kun
Tranzitda qatnashuvchi davlatlar hududida rejalashtirilayotgan harakatlanish marshruti:____________________________________________
Tranzitni amalga oshirish shartlari: xavfli yuk O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali harakatlanishi ko‘rsatilgan marshrutga muvofiq barcha xavfsizlik talablari va maxsus yuklarning tranziti sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga qat’i rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Ilova:_________
Transport vaziri
QR-kod
F.I.O.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-iyuldagi 434-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2024-y., 09/24/434/0562-son)
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 21-fevraldagi 62-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 46-son, 584-modda)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y., 09/21/75/0121-son)