1-ILOVA
1-ILOVA
|
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari | ||||
|
|
||||||
|
1-bosqich |
Odam savdosidan jabrlangan jismoniy shaxs yoki ushbu holatdan xabardor boʻlgan boshqa shaxslar |
Vakolatli organlar va tashkilotlarga murojaat qiladi yoxud xabar beradi. |
Zudlik bilan | |||
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Vakolatli organ va tashkilotlar |
1. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida dastlabki identifikatsiyadan oʻtishga roziligini oladi. 2. Dastlabki identifikatsiyani amalga oshiradi. 3. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida tan olish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. |
5 kun ichida | |||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Vakolatli organ va tashkilotlar |
1. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida tan olingan shaxsning huquqlarini tushuntiradi. 2. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga belgilangan yordamlarni koʻrsatadi, agarda chet davlatda boʻlsa vatanga qaytarish choralarini koʻradi. 3. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishni taklif etadi. |
Qaror qabul qilingandan soʻng | |||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs |
Vakolatli organga huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishi toʻgʻrisida rozilik beradi yoki hamkorlikni rad etadi. |
Murojaat qilingan kundan eʼtiboran 30 sutkadan kam boʻlmagan muddatda | |||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar |
Odam savdosi jinoyatlarini sodir etishda ishtirok etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov harakatlarini amalga oshiradi. |
Shaxsning roziligidan soʻng JPK doirasidagi muddatlar | |||
|
|
||||||
|
6-bosqich |
Vakolatli organ |
1. Toʻplangan hujjatlarni yashash joyi boʻyicha hududiy komissiyaga yuboradi. |
1. Qaror qabul qilinganidan soʻng | |||
|
2. Ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuboradi. |
2. Shaxsning roziligidan soʻng | |||||
|
|
||||||
|
7-bosqich |
Hududiy komissiya |
1. Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb tan olish boʻyicha yakuniy identifikatsiyani amalga oshiradi 2. Yakuniy identifikatsiya qilish zarur holatlar oydinlashtirilgandan va aniqlashtirilgandan keyin kollegial tarzda qaror qabul qiladi. 3. Odam savdosidan jabrlangan shaxsning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuvi boʻyicha yakka tartibdagi rejani tasdiqlaydi. |
15 kun ichida, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa, bir oygacha boʻlgan muddatda | |||
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
|
Amalga oshiriladigan harakatlar |
|
|
Kirish qismi |
1. Suhbat olib borayotgan mutaxassis suhbatdoshiga oʻzini tanishtirish. 2. Suhbat oʻtkazish maqsadini tushuntirish (respondentning ehtiyojlarini aniqlash zarurligiga urgʻu bergan holda). |
|
Maʼlumotlarni toʻplash va almashish boʻyicha kelishish (nooshkoralik asosida) |
1. Shaxsni uning shaxsi haqidagi maʼlumotlar sir tutilishidan xabardor qilish. 2. Shaxsni unga doir maʼlumotlarni ishlatish va tarqatishni chegaralovchi huquqlari bilan tanishtirish. |
|
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning huquqlari bilan tanishtirish |
1. Qonunlarda koʻrsatilgan huquq va majburiyatlar bilan tanishtirish. 2. Ixtisoslashtirilgan yordam koʻrsatish imkoniyati haqida maʼlumotlar berish. |
|
Shaxsga doir maʼlumotlarni toʻplash |
Shaxs bilan keyinchalik aloqa oʻrnatish usullarini belgilash. |
|
Shaxsni odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxs bilan aloqaga chiqishdan oldingi hayoti toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash |
Shaxsni, odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxsning taklifini qabul qilish sababi va omillarini aniqlash. |
|
Odam savdosining toʻgʻridan-toʻgʻri belgilari haqida maʼlumotlar toʻplash |
1. Shaxslarga (harakat) nisbatan ulardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish kabi harakatlar boʻlganligini aniqlaydi va tahlil qilish. 2. Shaxsga (vosita) kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud majburlashning boshqa shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun toʻlovlar yoki manfaatdor etish evaziga ogʻdirib olish kabi taʼsir choralar qoʻllanilganligini tahlil qilish. 3. Shaxsning (maqsad) fohishaligidan foydalanishni yoki undan shahvoniy foydalanishning oʻzga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka oʻxshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson aʼzolarini, toʻqimalarini va (yoki) hujayralarini ajratib olish kabi ekspluatatsiya qilish maqsadini aniqlash. |
|
Odam savdosining bevosita belgilari haqida maʼlumotlar toʻplash (odam savdosining toʻgʻridan-toʻgʻri belgilari boʻlmagan taqdirda amalga oshiriladi) |
1. Shaxsning psixologik holatini tahlil qilish. 2. Ijtimoiy muammolar va odam savdosidan oldingi holatlarning tahlilini amalga oshirish (yashash manzili, muhit va boshqalar). |
|
Xavfni aniqlash |
1. Shaxs va uning yaqin qarindoshlarining sogʻligiga va hayotiga xavfni tahlil qilish (suhbatdoshda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish xohishini uygʻotish). 2. Agarda hamkorlik qilish istagi bildirilmasa, unga yordam berish dasturidan chiqishini tushuntirish. |
|
Suhbatdosh (respondent)ning shoshilinch, ustuvor va uzoq muddatli ehtiyojlarini aniqlash |
1. Qonunchilik hujjatlarida odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning huquqlari doirasida yordamga boʻlgan ehtiyojini aniqlash. 2. Uzoq muddatli ehtiyojlarini aniqlash (identifikatsiya qilinmagan shaxsga qoʻllanilmaydi). |
|
Odam savdosidan jabrlanganlar, shaxsni qayta yoʻnaltirish |
Shaxsni qayta yoʻnaltirishga bergan roziligini tegishli tartibda rasmiylashtirish. |
5-ILOVA
|
Roʻyxatga olingan sanasi: _____________________ Roʻyxatda oʻtgan kodi:__ __________ |
||
|
Suhbat sanasi: _____________________________________________________________ |
||
|
Tashkilot nomi: ____________________________________________________________ |
||
|
Suhbatdoshning familiyasi, ismi, otasining ismi: _______________________________ |
||
|
Tashkilot turi: □ bandlik va mehnat organlari □ NNT □ xalqaro tashkilot |
||
|
Yuqorida koʻrsatilgan tashkilotga qayta yoʻnaltirilgan tashkilotning nomi: __________ |
||
|
1. Shaxsiy maʼlumotlar |
||
|
Familiyasi:____________________________ _________ Ismi: ______________________ |
||
|
Jinsi: □ Ayol □ Erkak |
||
|
Tugʻilgan sanasi: _________________ Tugʻilgan joyi: ______________________________ |
||
|
Fuqaroligi: □ Oʻzbekiston Respublikasi □ Fuqaroligi boʻlmagan shaxs □ Boshqa davlat □ |
||
|
Boʻlgan davlati _______________________________________________________________ |
||
|
Millati/elati: □ Oʻzbek □ Boshqa _____________________________________________ |
||
|
Doimiy roʻyxatdan oʻtgan joyi: _________________________________________________ |
||
|
Boʻlgan joyi: ________________________________________________________________ |
||
|
Oilaviy ahvoli: |
||
|
Onasining familiyasi, ismi:___________________________________________________ |
||
|
Otasining familiyasi, ismi:___________________________________________________ |
||
|
Qonuniy vakil (faqat voyaga yetmaganlar uchun): ___________________________________ |
||
|
Farzandlar soni: □ Yoʻq □ 1 □ 2 □ 3 □ Koʻproq (koʻrsating) _______________________ |
||
|
Farzandlarning familiyasi, ismi va tugʻilgan sanasi:______________________________ |
||
|
2. Ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli |
||
|
Taʼlim darajasi: □ oliy maʼlumot |
||
|
Kasb/mutaxassisligi: _________________________________________________________ |
||
|
Agar taʼlim darajasi 0, savodxonlik darajasini koʻrsatadi (oʻqish va yozishni bilishi?) |
||
|
Oldingi ish tajribasi mavjudligi: □ Ha □ Yoʻq □ Boshqa □ |
||
|
Ketishidan oldin ijtimoiy holati qanday edi: |
||
|
Oylik/kishi boshiga oʻrtacha oylik daromad (___):_________________________________ |
||
|
Migratsiya sababi: |
||
|
Muqaddam sudlanganligi: □ Ha □ Yoʻq |
||
|
Agar boʻlsa, jinoyat turi, sud hukmining sanasi va sudlanish muddatini koʻrsating: |
||
|
3. Odam savdosi jinoyatining bosqichlari va elementlari |
||
|
3.1. Yollash |
||
|
Yollash sanasi:_______________________________________________________________ |
||
|
Yollanishi amalga oshirilgan davlat ____________________________________________ |
||
|
Yollovchi bilan ushbu shaxs oʻrtasida qanday yoʻl bilan aloqa oʻrnatilgan: □ radioga eʼlon |
||
|
Mazkur shaxsga boradigan davlatida vaʼda qilingan ish yoki daromad turi: |
||
|
Mazkur shaxs qaysi davlatda ishlashga rozi boʻlgan?: _____________________________ |
||
|
Belgilagan mamlakatda vaʼda qilingan ish haqi miqdori:__________________________ |
||
|
Mazkur shaxs yollovchiga oldindan avans tariqasida haq toʻlaganmi? □ Ha □ Yoʻq |
||
|
Yollovchi haqidagi maʼlumotlar: □ Yuridik shaxs □ Jismoniy shaxs |
||
|
Agar yollovchi — yuridik shaxs boʻlsa, koʻrsating: |
||
|
Agar yollovchi jismoniy shaxs boʻlsa, koʻrsating: |
||
|
Birinchi yollovchining jinsi: □ E □ A |
||
|
Birinchi yollovchining fuqaroligi: |
||
|
Millati/elat birinchi yoʻllovchi: ____________________________________________ |
||
|
Birinchi yollovchi bilan munosabatlar turi: |
||
|
Ikkinchi yollovchining jinsi: □ E □ A |
||
|
Ikkinchi yollovchining fuqaroligi: |
||
|
Millati/elati Ikkinchi yollovchi: ____________________________________________ |
||
|
Ikkinchi yollovchi bilan munosabatlar turi: |
||
|
yollash davrida foydalanilgan boshqarish vositalari: |
||
|
yollovchiga mazkur shaxs qarzini toʻlashi kerak edimi? |
||
|
Agar ha boʻlsa, koʻrsating: Pul miqdori: _________________ Davr: _________________ |
||
|
Nima uchun qarz boʻlgan? ______________________________________________________ |
||
|
Mazkur shaxs sotilgan boʻlsa, pul miqdorini koʻrsating: __________________________ |
||
|
3.2. Tashish |
||
|
Mazkur shaxs oʻz mamlakatidan boshqa joyga koʻchirilganmi? |
||
|
Mazkur shaxs oʻz mamlakatidan boshqa joyga olib tashilganmi? |
||
|
Transport xarajatlari kim tomonidan qoplangan: |
||
|
Sayohat usuli: |
||
|
Mazkur shaxs chegarani kesib oʻtdimi? |
||
|
Agar ha boʻlsa, chegarani qanday kesib oʻtganligini koʻrsating: |
||
|
Agar noqonuniy boʻlsa, foydalanilgan shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsating: |
||
|
Viza kerak edimi? |
||
|
Agar ha boʻlsa, qanday viza bilan foydalanilganligini koʻrsating: |
||
|
Shaxsini tasdiqlovchi hujjati hozir qayerda? |
||
|
Mazkur shaxs boshqa davlatlar orqali tranzit yoʻllari bilan yurganmi? |
||
|
Agar ha boʻlsa, ushbu shaxs mazkur davlatlar hududida biron-bir faoliyatga jalb etilganligini koʻrsating? |
||
|
Agar ha boʻlsa, faoliyat turini koʻrsating: □ savdo |
||
|
|
||
|
Ketish shahar/mamlakat |
Boradigan/borgan shahar/mamlakat |
Foydalaniladigan transport vositasi (piyoda, avtobusda, mashinada samolyotda, poyezdda va boshqalar) |
kun/oy/yil |
Mazkur shaxs boshqa jabrlanganlar/migrantlar bilan sayohat qilganmi? |
Mazkur shaxs oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjati bilan sayohat qilganmi? |
Mazkur shaxs qalbaki hujjatlar bilan sayohat qilganmi? |
Chiqish-kirish vizasi boʻlganmi? |
|
|
|
Tashish vaqtida foydalanilgan boshqarish vositalari: Mazkur shaxs tashuvchiga qarzini toʻlashi kerakmi? Agar ha boʻlsa, koʻrsating: Pul miqdori_________________________________________ Nima uchun qarz?_____________________________________________________________ |
|
3.3. Ekspluatatsiya |
|
Mazkur shaxs boshqa shaxs tomonidan foyda koʻrish maqsadida ekspluatatsiya (faoliyatga majburlanganmi) qilinganmi? Agar ha boʻlsa, koʻrsating: ekspluatatsiya boshlangan sana: ________________________ Mamlakat/mamlakatlar ekspluatatsiyasi_________________________________________ Odam sotuvchilar soni: _______________________________________________________ Birinchi odam sotuvchining roli: ______________________________________________ Birinchi odam sotuvchining jinsi: □ E □ A Birinchi odam sotuvchining millati: ___________________________________________ Ikkinchi odam sotuvchining roli: ______________________________________________ Ikkinchi odam sotuvchining jinsi: □ E □ A Ikkinchi odam sotuvchining millati: ___________________________________________ Boʻlgan davlatda jabrlanuvchining faoliyat/ekspluatatsiya turi: □ Ekspluatatsiyaning boshqa turlari ___________________________________________ Ekspluatatsiya bosqichida foydalaniladigan boshqaruv vositasi: □ Jismoniy qaramlikdan foydalanish (narkotik va boshqalar) □ Harakat erkinligini cheklash Mazkur shaxs qandaydir qarzini ekspluatatorlarga toʻlashi kerakmi? Agar ha boʻlsa, aniqlashtiring: pul miqdori _________________ davr________________________ Nima uchun qarz? ____________________________________________________________ Ekspluatatsiya shartlari qanday edi? □ Oziq-ovqat yoʻqligi Mazkur shaxs pul oldimi? Agar ha boʻlsa, har oy olgan pul miqdorini koʻrsating: ____________________________ Mazkur shaxsga pul toʻplashiga ruxsat berilganmi? Boshqa shaxslar ham shunga oʻxshash holatlarga tushib qolganmi? Agar ha boʻlsa, qancha: ________________________________________________________ Jinsi qanaqa? □ Ha □ Yoʻq □ ikkala jinsli Yoshi taxminan nechada boʻlgan? □ voyaga yetmagan 18 yoshgacha □ voyaga yetgan, 18 yoshdan kattaroq |
|
4. Odam savdosi vaziyatidan chiqish yoʻllari |
|
Odam savdosi vaziyatidan chiqish sanasi: ________________________________________ Jabrlanuvchi qanday ozod etildi? |
|
5. Ilgari odam savdosidan jabrlanganlik holati |
|
Mazkur shaxs ilgari odam savdosidan jabrlangan boʻlganligi holati Agar ha boʻlsa, koʻrsating: ilgari odam savdosidan jabrlangan boʻlgan sanasi:________ Ilgari odam savdosidan jabrlangan boʻlgan davlati _____________________________ Boʻlish davri/yil ___________________________________________________________ Jabrlanuvchi ilgari odam savdosidan jabrlangan boʻlgan vaqtidagi faoliyat turi/ ekspluatatsiya: □ Tijorat shahvoniy ekspluatatsiya □ Ekspluatatsiyaning boshqa turlari___________________________________________ Mazkur shaxs ilgari ham odam savdosidan jabrlangan deb identifikatsiya qilinganmi: Agar ushbu shaxs odam savdosidan jabrlangan deb identifikatsiya qilingan boʻlsa, aniqlashtiring: Identifikatsiyani amalga oshirgan tashkilot: ___________________________________ Jabrlanuvchi ilgari odam savdosidan jabrlangan boʻlganda, yordam koʻrsatilganmi: Holatning aniq tafsiloti: __________________________________________________________________________
Yakunlovchi xulosa:
Imzo ______________ Sana_____________ |
6-ILOVA
7-ILOVA
8-ILOVA
|
Asosiy turlari |
Belgilari |
Belgilari uchun tushunchalar |
|
I. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni identifikatsiya qilish mezonlari | ||
|
1. Jinoiy harakatlar | ||
|
1.1. Yollash. |
Yollash alomatlari quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: 1) yollash maqsadida yolgʻon maʼlumotlar taqdim etish: jamoat joylarida (dam olish joylari, mehnat yarmarkalari, xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim dasturlarini yoritish boʻyicha tadbirlar, turli tanlovlar); bevosita qarindoshlari va tanishlari tomonidan; internet tarmogʻida; sayyohlik va ish bilan taʼminlash agentliklari, tanishish va nikoh agentliklari orqali; vasiylik/homiylikka olish orqali; OAVda reklama berish orqali; boshqa davlat fuqaroligini olishni vaʼda berish; firibgarlik. 2) Majburlash orqali: odam savdosida gumon qilingan shaxs tomonidan jabrlanuvchiga va uning qarindoshlariga nisbatan zoʻravonlik qoʻllash orqali; oʻgʻirlash; nikohga majburlash; tovlamachilik. |
Yollash deganda, jismoniy yoki yuridik shaxslarni izlash, tanlash, yollash va har qanday ishni bajarish, ish beruvchi yoki boshqa shaxslar manfaatlari uchun xizmatlar koʻrsatish uchun moddiy tovon puli toʻlash maqsadida odamlarni yollashdagi faoliyati tushuniladi. Yollash kelib chiqqan, tranzit qilingan yoki boradigan mamlakatda amalga oshirilishi mumkin. Yollash jismoniy shaxslar tomonidan ham (erkaklar, ayollar, turmush qurgan juftliklar) va yuridik shaxslar tomonidan (turli xil yuridik va noqonuniy bandlik agentliklari, sayyohlik agentliklari va boshqalar) amalga oshirilishi mumkin. Yollashda yolgʻon maʼlumotlar quyidagilar boʻlishi mumkin: taʼlim olish imkoniyatlari toʻgʻrisida; ishga joylashish shartlari toʻgʻrisida; taklif qilinayotgan mehnat shartnomasining qonuniyligi toʻgʻrisida; chet elda oila aʼzolari bilan uchrashish imkoniyati toʻgʻrisida; yashash sharoitlari toʻgʻrisida; boshqa davlatda ish topish va unda yashash uchun zarur boʻlgan huquqiy hujjatlarni olish toʻgʻrisida; taklif qilingan ishning mohiyati; taklif qilingan ish haqi toʻgʻrisida. |
|
1.2. Tashish (transportirovka). |
Shaxsni ekspluatatsiya qilish maqsadida turli transport vositalaridan foydalanilgan holda yoki foydalanmagan holda davlat hududida yoki chet elda bir joydan ikki joyga koʻchirish. |
Tashish/transportirovka quyidagicha amalga oshirilishi mumkin: 1) jabrlanuvchi shaxsni mamlakat ichidagi boshqa bir turur joyga, (mamlakat ichidagi odam savdosi) yoki chet elda (transmilliy odam savdosi); 2) transport vositalaridan foydalangan holda (avtomobil, samolyot va boshqalar) yoki ularsiz (borish qiyin boʻlgan hududlar orqali piyoda yurish); 3) jinoiy guruhlar yoki transport kompaniyalari tomonidan. |
|
1.3. Topshirish. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni ekspluatatsiya qilish maqsadida bir shaxs tomonidan boshqa shaxsga oʻtkazish. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni topshirish, odatda, mol-mulk bilan bogʻliq boʻlgan pulli bitim natijasida yuzaga keladi. Sobiq egasi uni moddiy manfaat olish uchun yangi egasiga narsa sifatida topshiradi. Pul oʻtkazish nafaqat belgilangan mamlakatda, balki tranzit mamlakatlarida ham amalga oshirilishi mumkin. |
|
1.4. Yashirish. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni davlat organlari yoki uchinchi shaxslarga jinoyat haqida xabar berish imkoni boʻlmagan joylarga yashirish. |
Odam savdosidan jabrlangan shaxsni yashirish uning asosiy yashash joyidan tashqarida joylashgan boshqa bir hududda amalga oshiriladi. Bu mehmonxona, mehmon uyi yoki kvartira boʻlishi mumkin. Odam savdosidan jabrlangan shaxsni odatda, boshqa shaxslar, rasmiy va norasmiy shaxslar bilan aloqa qilishdan qochish uchun yashiriladi. Yashirishni tan olish juda qiyin, chunki u majburlashdan koʻra uy-joy bilan taʼminlash bilan bogʻliq. Uy egasining aybdorligi masalasi va darajasi bu shaxs nima yuz berayotgani haqida bergan maʼlumot miqdoriga bogʻliq |
|
1.5. Qabul qilish. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni kelajakda ekspluatatsiya qilish maqsadida bir shaxs boshqa bir shaxsdan qabul qilishi. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni qabul qilish shuningdek, topshirish paytida, odatda mol-mulk bilan bogʻliq boʻlgan pulli bitim natijasida yuzaga keladi. Bunday holda, yangi egasining harakatlariga urgʻu beriladi. Yangi egasi jabrlanuvchini avvalgi egasiga moliyaviy foyda berish evaziga qabul qiladi. Sotib olish, ekspluatatsiya maqsadida ish bilan taʼminlash yoki yollashni oʻz ichiga oladi. |
|
2. Jinoiy taʼsir etish usullari | ||
|
2.1. Jismoniy yoki ruhiy tahdid qilish. |
Shaxsning erkiga qarshi zoʻravonlikni qoʻllash bilan tahdid qilish. |
Shaxs itoatsizlik qilgan taqdirda, unga yoki boshqa shaxslarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlik qoʻllashga vaʼda berishni, shuningdek, boshqa shaxslarga zoʻrlik ishlatilayotganini namoyish etishni oʻz ichiga olishi mumkin. Jismoniy yoki ruhiy zoʻravonlik tahdidi kuch ishlatish, yakkalash, qurolni namoyish qilish va boshqa tahdidlar sifatida ham eʼtirof etiladi. |
|
2.2. Shaxsning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan badaniga shikast yetkazish. |
Badanga qasddan shikast yetkazish, mehnat qobiliyatini sezilarli darajada yoʻqotish yoki jismoniy azob-uqubatlarni keltirib chiqargan, ammo buning natijasida jabrlanuvchining hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmagan qasddan ish tashlash yoki boshqa zoʻravonlik harakatlariga olib keladi. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan kaltaklangan yoki boshqa zoʻravonlik harakatlari (oziq-ovqat va suv bilan taʼminlanmagan, zarur tibbiy yordam koʻrsatilmagan va hokazo) bu jismoniy azob-uqubatlarga va/yoki jarohatlarga olib keldi, ammo jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Tanada zoʻravonlik izlari (chandiqlar va boshqalar) boʻlishi mumkin) sogʻliqqa zarar ogʻirligining sud-tibbiy taʼrifi xulosasi hisobga olinadi. Zoʻravonlik, ular ustidan koʻproq nazorat qilish uchun shaxslarni giyohvand yoki spirtli ichimliklar olishga majbur qilishi mumkin. Zoʻravonlik insonni asl shartnomada aks etmagan vazifalarni bajarishga majbur qilish uchun ham ishlatilishi mumkin (masalan, asosiy vazifalardan tashqari majburiy uy vazifasini bajarish uchun). |
|
2.3. Insonning hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlmagan ruhiy zoʻravonlikdan foydalanish. |
Shaxsga ruhiy zoʻravonlik natijasida odam savdosi jabrlanuvchisi oʻz irodasini erkin nazorat qila olmaydi va odam savdogarining topshirigʻiga binoan harakatlarni amalga oshiradi. |
Ruhiy zoʻravonlik alomatlari shikastlanishdan keyingi stressni oʻz ichiga olishi mumkin — fikrlash buzilishi, tartibsizlik, xotira muammolari va uyquning buzilishi. Haqorat, har qanday xatti-harakatlar uchun aybdorlik hissini singdirish, masxara qilish, qoʻpol munosabat, qoʻrqitish va boshqalar ruhiy zoʻravonlik deb ham tan olinadi. Oʻzaro munosabatlarni doimiy ravishda suiisteʼmol qilish va buzish, shuningdek, odamning zaifligini oshirishga qaratilgan psixologik majburlashning bir shakli hisoblanadi. Tahdidlarning ishonchliligi va taʼsirini jabrlanuvchining individual eʼtiqodi, yoshi, madaniy darajasi va ijtimoiy-iqtisodiy holati hisobga olingan holda baholash kerak. Sogʻlikka yetkazilgan zararning ogʻirligi toʻgʻrisida sud-tibbiyot xulosasi hisobga olinadi. |
|
2.4. Shaxsning hayoti, jismoniy yoki ruhiy salomatligi uchun xavfli boʻlgan zoʻravonlikdan foydalanish. |
Qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish yoki oʻrtacha ogʻirlikdagi tan jarohati yetkazish, natijada: 1) koʻrish, soʻzlash, eshitish qobiliyatini yoʻqotish yoxud biron aʼzoning ishdan chiqishi yoki uning faoliyati tamoman yoʻqolishiga, ruhiy holatining buzilishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda buzilishiga, umumiy mehnat qobiliyatining oʻttiz uch foizidan kam boʻlmagan qismining doimiy yoʻqolishiga yoki homilaning tushishi yoxud badanning tuzalmaydigan darajada xunuklashishiga; 2) uzoq muddatli sogʻliqni buzilishiga yoki uchdan bir qismidan kam boʻlgan doimiy nogironlik holatiga olib keladigan oʻrtacha ogʻirlikdagi jismoniy shikastlanish. Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish, sogʻliqning uzoq vaqt, yaʼni kamida yigirma bir kun, ammo toʻrt oydan koʻp boʻlmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining oʻn foizidan oʻttiz uch foizigacha yoʻqolishiga sabab boʻlgan qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish. |
Ushbu xavfli harakatlar jabrlanuvchiga yetkazish vaqtida hayoti uchun xavfli boʻlgan yoki normal rivojlanish jarayonida, tegishli tartibda davolanmasa jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlishi yoki nogironligiga olib kelishi mumkin boʻlgan jarohatlarga kiradi. Sogʻlikka yetkazilgan zararning ogʻirligi toʻgʻrisida sud-tibbiyot xulosasi hisobga olinadi. |
|
2.5. Qiynash. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs koʻp marotaba yoki uzoq vaqt davomida ogʻriq yetkazish bilan bogʻliq harakatlar, chimchilash, savalash, toʻmtoq yoki oʻtkir uchli narsalar bilan koʻplab, ammo uncha katta boʻlmagan shikastlar yetkazish, qizdirilgan buyumlar bilan odam tanasiga taʼsir koʻrsatish yoki boshqa shunga oʻxshash qiynoqlar. Qiynoqlar — bu yuqoridagi maqsadlar uchun qasddan qiynoqqa solish yoki jiddiy jismoniy yoki ruhiy azob berishdir. Qiynoqlar va boshqa zoʻravonlik turlari oʻrtasidagi farq, berilgan ogʻriqning intensivligi asosida belgilanadi. |
Qiynoqlar odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsdan pulni undirish, qoʻrqitish yoki baʼzi harakatlarga majburlash maqsadida unga jismoniy yoki ruhiy azob yetkazishni anglatadi. Qiynoqlar ogʻirlashtiruvchi va qasddan qilingan, gʻayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsitadigan muomaladir. Jismoniy va ruhiy zoʻravonlik uyqu, oziq-ovqat va suvdan mahrum qilish, termal, kimyoviy kauterizatsiya (Moxibustion), qoʻrqitish, tibbiy yordamdan, shaxsiy gigiyena buyumlaridan va boshqadan mahrum qilish bilan ifodalanadi. |
|
2.6. Insonni boʻysundirish uchun gʻayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan muomaladan foydalanish. |
Gʻayriinsoniy muomala-noqonuniy jismoniy yoki ruhiy azob-uqubatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan qiynoqlardan boshqa har qanday muomala. Shaxsni kamsituvchi muomala — bu odamni boshqa odamlar oldida qoʻpol ravishda kamsitadigan yoki uni oʻz irodasi va vijdoniga zid ish tutishga majbur qiladigan yoki jabrlanuvchini qoʻrquv, kamsitilish, xavotirga soladigan, odamni kamsitishga va jismoniy holatini bostirishga qodir qiynoqlardan boshqa har qanday muomala. shuningdek, jabrlanuvchiga boʻysunish uchun axloqiy qarshilik. Shaxsni kamsituvchi muomala — bu odamni boshqa odamlar oldida qoʻpol ravishda kamsitadigan yoki uni oʻz irodasi va vijdoniga zid ish tutishga majbur qiladigan yoxud jabrlanuvchini qoʻrquv, kamsitilish, xavotirga soladigan, shaxsni kamsitishga va jismoniy holatini bostirishga qodir qiynoqlardan boshqa har qanday muomala. |
Gʻayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsitadigan muomala — odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilingan shaxsni boʻysundirish maqsadida unga qarshi qilingan harakatlar majmuasi. |
|
2.7. Oʻgʻirlash |
Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni xohishiga yoki irodasiga zid ravishda sodir etilgan xatti-harakatlar, yashash joyini yoki vaqtincha yashash joyini oʻzgartirish, shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq harakatlar. Odam oʻgʻirlash quyidagi ketma-ketlikda uchta bosqichni oʻz ichiga oladi: 1) jabrlanuvchini qoʻlga olish; 2) doimiy yoki vaqtincha yashash, ishlash, dam olish, davolanish va boshqalardan koʻchib oʻtish; 3) ozodlikdan mahrum qilingan shaxsni irodasiga qarshi yoki uning xohish-irodasini hisobga olmasdan ozodlikdan mahrum qilish bilan ushlab turish. |
Shaxsni oʻz xohish-irodasiga qarshi oʻgʻirlash, uning doimiy yoki vaqtincha yashash joyidan koʻchib oʻtishi, joylashgan joyidan boshqacha joyda ushlab turish, garovga olish alomatlari bilan bogʻliq boʻlmagan va qoʻlga olish, aldash yoki hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻravonlik ishlatish bilan sodir etilgan yoki bunday zoʻravonlik tahdidi. Odam oʻgʻirlash odam savdosi jabrlanuvchisini oʻz irodasiga qarshi qasddan qoʻlga olishni, tashishni va cheklashni oʻz ichiga oladi. |
|
2.8. Hujjatlarni olib qoʻyish. |
Odam savdosidan jabrlangan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, sayohat hujjatlari (pasport, shaxsiy guvohnoma, yashash guvohnomasi va boshqalar), hujjatlarni olib qoʻyish orqali foydalanishdan mahrum qilish. |
Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, masalan, huquqni muhofaza qilish organlari bilan bogʻliq ayrim ishlarni hal qilish zarurati uchun turli bahonalar ostida olib qoʻyilishi mumkin. Keyin oʻz hujjatlarini olgan kishiga boʻysunish uchun qoʻrquv va masʼuliyatni his qilish uchun shaxsga qaytarilmaydi. |
|
2.9. Asossiz qarzni toʻlash uchun shaxsni majburiy holatda ushlab turish. |
Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni harakat erkinligidan mahrum boʻlgan holatda, uchinchi shaxs tomonidan qonuniy yoki noqonuniy ravishda belgilangan qarzni toʻlamagunga qadar garovga olinadi. |
Odam savdosidan jabrlangan, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs qamoqqa tashlanadi yoki kichik hududda harakat erkinligi cheklanadi, yoki uchinchi shaxs asossiz qarzni (qarzga qullik) toʻlash paytigacha garovda saqlanadi. Bu deyarli muddatsiz davom etishi mumkin, chunki bir tomondan, koʻrsatilayotgan ishlar va xizmatlar kam baholanadi, boshqa tomondan, oziq-ovqat va turar joy uchun toʻlov shu qadar yuqori narxlarda undiriladiki, qarzni undirish deyarli mumkin emas. Bunday munosabatlar qonuniy koʻrinish berish uchun qarz bilan bogʻliq shartnoma asosida oʻrnatilishi mumkin. Aslida, bunday munosabatlar noqonuniydir, chunki ular yolgʻonga asoslangan va shartnoma shartlari adolatsizdir. Qarz, ish haqi avanslari yoki sayohat xarajatlarini qoplash uchun qarzlardan, kunlik yashash xarajatlaridan, tibbiy xarajatlar kabi favqulodda xarajatlardan kelib chiqishi mumkin. Taʼsir usullari manipulyatsiyaga, ayniqsa, savodsiz ishchilarga taʼsir qilishi mumkin. Taʼsir qilish usullari, ayniqsa, savodsiz ishchilarga taʼsir qilishi mumkin. |
|
2.10. Aldash. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganga, odam savdosidan jabrlangan shaxsga ham jismoniy, ham ruhiy azob yoki jiddiy ogʻriq tugʻdiradigan har qanday harakat qasddan sodir etiladi. Yolgʻon, jinoyat sodir yetish usuli sifatida, muayyan holatlar yoki harakatlar haqida yolgʻon maʼlumot berishdan iborat faol harakatlar orqali va holatlarni yoki real faktlarni yashirish yoki yashirishdan iborat harakatsizlik orqali namoyon boʻlishi mumkin (masalan, qonuniy ish joyi haqida ishga qabul qilish paytida yolgʻon vaʼdalar, jabrlanuvchining ishlashga majbur boʻladigan haqiqiy sharoitlarni yashirish va boshqalar yoki haq haqida operatsiya davomida yolgʻon vaʼdalar-ish oxirida yoki maʼlum bir kalendar davridan keyin maʼlum bir miqdorda soʻng daromad butun miqdorini toʻlash uchun). Aldash quyidagilarni oʻz ichiga oladi: ish, mablagʻ yoki ish beruvchining tabiati haqida yolgʻon gapirish; mehnat sharoitlari va / yoki ish haqi haqida aldash; mehnat shartnomasi yoki xizmat shartnomasining mazmuni yoki qonuniyligi haqida yolgʻon gapirish; oilani birlashtirish haqidagi aldov; yaxshilangan uy-joy yoki yashash sharoitlari haqida aldash; qonuniy qolish haqida aldash va/yoki migrant maqomini olish; safar shartlari va maqsadlari haqida yolgʻon gapirish; nikoh yoki farzandlikka olish haqidagi yolgʻon vaʼdalar berish; taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi toʻgʻrisida yolgʻon vaʼda berish. |
Odam savdosi jinoyatini shaxsiy manfaatlar yoʻlida yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotganga chalgʻituvchi va zarar yetkazish maqsadida yolgʻon yoki buzib koʻrsatilgan faktlar bilan amalga oshiriladi. Aldash bilan bir qatorda koʻp hollarda psixologik manipulyatsiya ham ishlatiladi — bu qasddan aldashga asoslangan ishontirish usuli hisoblanadi. Bunda shaxs manipulyator tasvirlangan holatlar haqiqatligiga ishonadi. Misol uchun, shahvoniy ekspluatatsi qilishdan oldin shaxs, shu maqsadda foydalanilayotgan va taqdirga tan bergan boshqa jabrlanganlar bilan bir xonada bir necha oy davomida yashashga majbur qilinadi. Sekin asta shaxsning fikrida bunga koʻnikish paydo boʻlib, ongida xulq-atvorning yangi modeli shakllana boshlaydi. Shu bilan birga bu davr orasida unga boshqa yoʻl yoʻqligi eslatib turiladi. Buni oqibatida aksariyat hollarda shaxs oʻzi fohishalik qilishga rozilik bildiradi hamda foydalanuvchiga nisbatan uning adolatli shaxs deb qabul qiladi va aytilgan ishdan bosh tortishi foydalanuvchiga yoki boshqa shaxslarga zarar keltirishi mumkinligini oʻylay boshlaydi. Shuningdek, ayrim xollarda qoidabuzarliklar sodir etilganligi toʻgʻrisida holatlar uyushtiriladi va foydalanuvchilar tomonidan bu narsalar toʻgʻrilanganligi namoyish etiladi va ularning qarzdorliklarini his qilishlariga undaladi. Aldov ogʻzaki yoki yozma boʻlishi mumkin. Voyaga yetmagan shaxslarni aldash ularga va/yoki ularning ota-onalariga (vakillariga) berilgan yolgʻon vaʼdalar orqali amalga oshirilishi mumkin. |
|
2.11. Vaziyatning qaltisligidan foydalanish. |
Odam savdosi bilan shugʻullanuvchilarning, shaxs tushib qolgan ogʻir vaziyatlardan foydalanishi: ularning xavfli ijtimoiy turmush darajasi; yoshi, homiladorlik, kasallik, nogironlik, jismoniy yoki ruhiy nogironlik yoki aqli zaiflik tufayli yuzaga kelgan holat; noqonuniy kirish yoki tranzit yoki maqsad mamlakatda qolish bilan bogʻliq ularning xavfli joy. Zaif vaziyat: jabrlanuvchini izolyatsiya qilish, ularning qiyin iqtisodiy ahvoli, oilaviy muammolar yoki ijtimoiy resurslarning yetishmasligi va boshqalar. Zaiflikni suiisteʼmol qilish quyidagi hollarda ham qoʻllanilishi mumkin: qiyin oila yoki shaxsiy vaziyat; taʼlim yetishmasligi / til; axborot yetishmasligi; ish beruvchi tomonidan nazorat / ekspluatator; noqonuniy ravishda migrant maqomini olish. Majburiy mehnat holatlarida zaiflik mezonlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin: mahalliy til koʻnikmalarining yoʻqligi; mahalliy qonunlarni bilmaslik; muqobil tirikchilik vositalarining yoʻqligi; diniy yoki etnik ozchilik guruhiga mansub; nogironlik yoki shaxsni aholining koʻpchiligidan ajratib turadigan boshqa xususiyatlar. |
Zaiflik zaiflikning har qanday turi sifatida tushunilishi kerak: aqliy, hissiy, oilaviy, ijtimoiy yoki iqtisodiy. Bu odamni ekspluatatsiyani qabul qilishga majbur qiladigan umidsiz vaziyatlar majmuasiga ishora qiladi, chunki ular haqiqiy va maqbul muqobillikka ega emas. |
|
2.12. Hokimiyatni suiisteʼmol qilish. |
Mansabdor shaxs tomonidan uning xizmat vazifalari doirasiga kiruvchi harakatlarni bajarmasligi yoxud mansabdor shaxsning oʻz vakolatidan foydalanib, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsga taʼsir koʻrsatishi yoxud oʻz vakolatidan xizmat manfaatlariga xilof ravishda foydalanishi. |
Jabrlanuvchining koʻrsatmasidan kelib chiqib, unga qarshi jinoiy harakatlar oʻz lavozimidan uchinchi shaxs manfaatlari uchun yoki shaxsiy maqsadlarda foydalangan holda mansabdor shaxs tomonidan sodir etiladi. |
|
2.13. Boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun toʻlovlar yoki manfaatdor etish evaziga ogʻdirib olish. |
Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 135-moddasida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etib, shaxsdan foydalanish uchun shaxslar oʻrtasida tuzilgan bitim. Boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxs-odam savdosi jarayonida ushbu kuchdan foydalanib, jabrlanuvchini nazorat qiluvchi shaxs. |
Boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxs: ota-onalar, farzandlikka oluvchilar, vasiylar va boshqalar boʻlishi mumkin. |
|
2.14. Jismoniy qaramlikdan foydalanish. |
Odam savdosidan jabrlangan shaxs tanasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, alkogolli ichimliklar bilan oʻzaro taʼsiri natijasida yuzaga keladigan jismoniy yoki ruhiy bogʻliqlik. Xulq-atvorda yuzaga keladigan oʻzgarishlar va boshqa reaksiyalar bilan tavsiflangan holat har doim oʻzlarining aqliy taʼsirini qayta his qilish va baʼzan azob-uqubatlardan qochish uchun bunday moddalarni uzoq muddatli yoki vaqti-vaqti bilan qabul qilish zarurati bilan bogʻliq. |
Odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar koʻpincha jabrlanuvchilar uchun giyohvandlik yoki psixotrop bogʻliqlikni keltirib chiqaradi. Bu ular uchun ikkita sababga koʻra foydalidir. Stimulyatorlar odam savdosidan jabrlangan shaxsga bir muncha vaqt unutishga yordam beradi, “yaxshi” kayfiyatni yaratadi, bu esa oʻz navbatida mijozlarni xursand qiladi. Bundan tashqari, odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarga toʻliq boʻysunishga erishadi va giyohvandlik yoki psixotrop qaramlikka tushib qolgan jabrlanuvchini oson boshqarish imkoniga ega boʻladi. |
|
2.15. Huquqlari va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatish tahdidi. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni qoʻrqitish uchun maxfiy maʼlumotlardan nazorat mexanizmi sifatida foydalanish. (oilasiga intim xarakterdagi maʼlumotlarni oshkor qilish tahdidi va boshqalar.) |
Huquqlari va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatish tahdidi odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsning koʻrsatmasi asosida olinadi. |
|
2.16. Harakat erkinligini cheklash. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxsni erkinlikdan mahrum qilish yoki muayyan hudud bilan harakat erkinligini cheklash orqali odatda, boshqa odamlar bilan aloqa qilishning oldini olish yoki mehnat ekspluatatsiyasini maksimal darajada oshirish. |
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs koʻpincha boshqalar bilan muloqotga kirishishni oldini olish yoki ishini mehnat ekspluatatsiyasini maksimal darajada oshirish maqsadida erkinlikdan mahrum qilinadi yoki muayyan hudud bilan harakat erkinligi cheklanadi. Harakat erkinligini cheklash soqchilar tomonidan yoki videokameralardan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. |
|
2.17. HMQOga xabar berish bilan tahdid qilish. |
Jabrlanuvchining mamlakatda boʻlishi noqonuniyligi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilish xavfi ostida muayyan harakatlarni amalga oshirishni talab qilish. |
Bu, odatda, muhojirlar uchun mamlakatda qolish, ularning holati noqonuniy boʻlganda qoʻllaniladi. Majburiy mehnat ekspluatatsiyasi davomida ish haqining yoʻqolishiga; oila aʼzolarini ishdan boʻshatish; mehnat sharoitlarining yanada yomonlashishi yoki imtiyozlarning bekor qilish kabi tahdidlar koʻrinishida namoyon boʻlishi mumkin. |
|
3. Maqsad | ||
|
Maqsad (ekspluatatsiya) — odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning oʻzga shakllarini, majburiy mehnatni yoki xizmatlarni, qullikni yoxud qullikka oʻxshash odatlarni, erksizlik holatini yoxud inson aʼzolarini, toʻqimalarini va (yoki) hujayralarini ajratib olishni anglatadi. |
||
|
3.1. Odamlardan fohishalikda foydalanishning oʻzga shakllari |
Fohishalikdan foydalanish deganda , odam uning haq evaziga nomuayyan doiradagi jinsiy sheriklar bilan shahvoniy munosabatlarga kirishishidan muttasil foydalanish tushuniladi. Shahvoniy foydalanishning oʻzga shakllari deganda odamning undan pornografik tasvirlar tayyorlash, buzuq harakatlar sodir etish va boshqa maqsadlarga foydalanish uchun berilishi tushuniladi. Odam savdosidan jabrlangan shaxsni fohishabozlik bilan shugʻullanishga, pornografik materiallarni ishlab chiqarish, tarqatish va aylanmasini amalga oshirish, ularni sotib olish, sotish yoki saqlash maqsadida tayyorlanadigan pornografik tomoshalarda qatnashishga, boshqa turdagi jinsiy ekspluatatsiya turlarida foydalanish yoki jinsiy xarakterdagi boshqa harakatlarga majburlash. |
Ekspluatatsiya — bu shaxsning ixtiyoriga qarshi biror-bir ish yoki xizmat koʻrsatishga noqonuniy majburlash (majburlash vositasi sifatida qoʻllaniluvchi yuridik, jismoniy yoki psixologik omillar) sababli ushbu ish va xizmatlarni bajarishni rad eta olmaslikni anglatadi. Ekspluatator odam savdosidan jabrlanganga turli taʼsir oʻtkazish choralarini qoʻllashi mumkin. Taʼsir oʻtkazish choralari oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlishi mumkinligini inobatga olish zarur, masalan: yomon shart-sharoitlardagi ish joyiga oʻtkazish; kelgusida yaxshi ishlarda ishlashga yoʻl qoʻymaslik; yashash joyi va kundalik ehtiyojlardan mahrum qilish va boshqalar. Shahvoniy xizmatlar ekspluatatsiyasi holatida ekspluatator aniq moddiy manfaatni koʻzlaydi. Odatda, odam savdosidan jabrlangan ekspluatatorning doimiy nazorati ostida boʻladi va shahvoniy xarakterdagi xizmatlarni majburlov ostida yoki xizmat haqqi toʻlovini kutib amalga oshiradi, lekin ekspluatator: umuman haq toʻlamaydi yoki juda ham kam miqdorda arzimas haq toʻlaydi; kutilayotgan toʻlovdan asossiz ravishda sezilarli miqdorda chegirib qoladi. Shahvoniy xizmatlar yoki pornografiyada odam savdosidan jabrlangan shaxsdan majburiy foydalanish ekspluatator yoki boshqa shaxslar uchun moddiy daromad keltiruvchi serdaromad faoliyat sanaladi. |
|
3.2. Shahvoniy ekspluatatsiyaning boshqa shakllari (notijorat shahvoniy ekspluatatsiya). |
Jinoiy xatti-harakatni sodir etgan shaxsning yoki boshqa shaxslarning mol-mulki hajmiga bevosita taʼsir qilmaydigan faoliyat boʻlib, bu oʻzaro rasmiy nikoh (shu jumladan, koʻpxotinlilikda), sharʼiy nikoh yoki boshqa shunga oʻxshash yashash turlarida namoyon boʻladi. |
Notijorat shahvoniy xizmatlar ekspluatatsiyasiga birgalikda majburiy yashash yoki majburiy nikoh misol boʻla oladi. Bu kabi holatlardagi munosabatlarda moddiy manfaatdorlik koʻzlanmaydi. |
|
3.3. Majburiy mehnat. |
Majburiy mehnat — bu shaxs oʻz xizmatlarini ixtiyoriy ravishda taklif qilmagan, har qanday jazo tahdidi ostida har qanday shaxsdan talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni bajarishdir. Majburiy mehnat quyidagi belgilarga ega: ish yoki xizmatlarni aldash, majburlash, zoʻravonlik yoki zoʻravonlik tahdidi bilan taʼminlash (yoki bajarish); zoʻravonlik yoki zoʻravonlik tahdidi ostida oʻta ogʻir (noqulay) ish sharoitlari va kun koʻrish/yashash sharoitlari; zoʻravonlik yoki zoʻravonlik tahdidini qoʻllash orqali har qanday vaqtda mehnat munosabatlarini toʻxtatish imkoniyatini cheklash va mahrum qilish. Majburlash quyidagi belgilarga ega: ishchining zaif ahvolini suiisteʼmol qilish; harakatni cheklash; izolyatsiya/yakkalash; jismoniy va jinsiy zoʻravonlik; qoʻrqitish va tahdidlar; shaxsni tasdiqlovchi hujjat yoki shaxsiy buyumlarni musodara qilish yoki ushlab turish; ish haqqining maʼlum miqdorini ushlab qolish; qarzni qoplash (qarzdorlik girdobi), shuningdek, majburiy qarzdorlik oqibatida yuzaga kelgan qarzlarini toʻlatish maqsadida odam savdosidan jabrlangan shaxsni majburan ushlab turish. |
Majburiy mehnat holatini ish beruvchining mehnat qonunchiligini buzgan holatidan ajrata olish kerak. Misol uchun, xodimga belgilangan davlatda ish haqqi uchun belgilangan eng kam ish haqqini toʻlashdan bosh tortish majburiy mehnat belgisi emas. Biroq, agar ish beruvchi qonun bilan taqiqlangan majburiy vositalar va usullarni qoʻllagan holda ishchining ish joyini tark etishiga toʻsqinlik qilsa, bu faktlar majburiy mehnatning belgisi hisoblanadi. Majburiy mehnat ixtiyoriga (oʻz xohish-irodasi va irodasiga) qarshi va jazolanish tahdidi ostida (majburlash yoʻli bilan) amalga oshiriladigan ish deb koʻrib chiqilishi zarur. Majburiy mehnat odam savdosidan jabrlangan shaxsning xohish-irodasiga qarshi majburan mehnat qilishga undash boʻlib, bunda jabrlanuvchi boshqa holatlarda oʻz erki va istagiga koʻra bu kabi mehnat shart-sharoitlarga rozilik bermasligini, aldov (yollash) va majburlash orqali ish topishni anglatadi. Haddan tashqari noqulay ish sharoitlari quyidagilarni oʻzida aks ettiradi, masalan, xavfli ish (jiddiy jarohat yoki shikastlanish, shu jumladan oʻlimga olib keluvchi omillar), zararli mehnat sharoiti (kasalliklarga olib keluvchi, shu jumladan mavjud kasalliklarni yanada kuchaytiradigan omillar), ortiqcha ish yuklamasi (belgilangan mehnat meʼyorlardan ortib ketuvchi omillar), belgilangan vaqtdan ortiq ish vaqti (dam olish va ovqatlanish vaqtini cheklanishi, boʻsh vaqt nazorati va boshqalar), yaʼni mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mehnat sharoitlari. Haddan tashqari noqulay yashash shart-sharoitlari yomon holatdagi maishiy turar joylarni (avariya holatidagi, qurilishi tugallanmagan yoki boshqa yaroqsiz binolar/inshootlarda yashash, sanitariya sharoitlariga javob bermaydigan joylar, yashash joyini erkin tanlashni taqiqlash) oʻz ichiga oladi. Har qanday vaqtda mehnat munosabatlarini tugatish toʻgʻrisida ongli ravishda rozilik berish imkonining cheklanganligi va erkin qaror qabul qilish istagi bildirilganda, ish beruvchi tomonidan jazolanish yoki ishchining salomatligiga taʼsir koʻrsatuvchi vaziyatni yuzaga keltiriladi. Majburiy mehnat sharoitida shaxsni ushlab turish uchun jazo tahdidi sifatida quyidagi keng qamrovli vositalar qoʻllanilishi mumkin boʻlib, ular biror-bir koʻrinishdagi mehnat yoki xizmatni bajarishga majburlashni oʻz ichiga oladi: jismoniy va psixologik zoʻravonlik va tahdidlar; ish haqqining koʻp qismini ushlab qolish, masalan, oziq-ovqat va turar joy uchun ortiqcha chegirmalarni oʻzlashtirib olish; ish beruvchi tegishli mehnat haqqini kelishilgan tartibda toʻlab bermaslik maqsadida shaxsning mehnat yoki xizmatini ayni vaqtdagi shart-sharoitda davom ettirishi uchun majburlash maqsadida ish haqqini toʻlab bermay ushlab qolish yoki ish haqqidan qisman ushlab qolish; oʻz mehnat haqqini nazorat qilish va daromadini erkin tasarruf etish imkoniyatining cheklanganligi; oila aʼzolariga tahdid qilish; qarzlari bilan manipulyatsiya qilish; yakkalash, yaʼni izolyatsiya (boshqalar bilan aloqada boʻlishning qisman yoki toʻliq cheklanishi, masalan, telefon aloqalari yoki boshqa aloqa vositalariga cheklov qoʻyilishi yoki taqiqlanishi kabilar); oʻz oilasi yoki doʻstlaridan ajratib qoʻyish va/yoki cheklangan joylardagi odamlar bilan ishlash yoki yashashga majbur qilish. Yakkalash, yaʼni izolyatsiya bu kabi holatlarda shaxsning oʻz xohish-irodasiga qarshi ushlab turishni, yaʼni yopiq muhitda yoki ish joyda saqlash, boshqa ishga oʻtishi, yashash joyini oʻzgartirishi yoki harakatlanishini cheklanishini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, shaxs doimiy yoki qisman nazorat ostida boʻlishi mumkin. |
|
3.4. Qullikdagi ekspluatatsiya yoki qullikka oʻxshash odatlar. |
Qullik — bu shaxsning ahvoli yoki holati boʻlib, mazkur shaxsga nisbatan boshqa bir shaxsning unga boʻlgan egalik, mulkchilik huquqi sanaladi. Qullikka oʻxshash sharoitlar — bu shaxsni muayyan shart-sharoitlarda saqlash yoki ushlab turish, boshqa bir shaxs tomonidan boshqarilishi yoki shaxsga nisbatan kuch ishlatilishi, maʼlum xizmatlarni koʻrsatish uchun aldov yoki zoʻravonlikni qoʻllash tahdidi, shu jumladan, birga yashashga koʻndirish, birgalikdagi nikohda yashash uchun majburan ushlab turish sanaladi. |
Qullik — bu insonning mehnatidan foydalanish boʻlib, unga nisbatan mulkdorlik huquqiga xos boʻlgan vakolatlar amalga oshiriladi, agar bu shaxs oʻz nazoratidan tashqari sabablarga koʻra ushbu mehnatni (ishlarni, xizmatlarni) bajarishdan bosh torta olmasa. |
|
3.5. Jinoiy faoliyatda foydalanish. |
Jinoyat sodir etishga majburlash. |
Shaxslarni majburan uyushgan jinoiy guruhlarga jalb qilish holatlarida odam savdosi bilan shugʻullanuvchining oʻzi ham ishtirok etishadi hamda boshqarishadi. Odam savdosidan jabrlanganning bunday jinoiy guruhlardagi ishtirok etishga jalb qilinishi baʼzi jinoyatlarning xususiyatlariga bogʻliq boʻlib, bunda uning tanasi jinoyatni amalga oshirishda muhim oʻrin tutadi (yopiq binolarga deraza, panjara, tuynuk va boshqalar orqali kirish). |
|
3.6. Transplantatsiya uchun inson aʼzolari va toʻqimalarini ajratib olish. |
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 133-moddasida nazarda tutilgan inson aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olish bilan bogʻliq holatlar. |
Tibbiy sabablarga koʻra shoshilinch jarrohlik operatsiyasi paytida odam savdosidan jabrlanganlar va ularning yaqinlarining roziligisiz organlari olingan holatlarga taalluqli boʻladi. Jabrlanuvchi pul mukofoti evaziga aʼzolaridan birini ajratib olishga rozilik berishi, lekin ushbu organni ajratib olish jarayonida jabrlanuvchidan rozilik olinmagan va ogohlantirilmagan yana boshqa bir organni ajratib olish holatlari ham boʻladi. Bu holat haqida jabrlanuvchi oradan biroz vaqt oʻtgach, salomatligi toʻsatdan yomonlashgandan keyingina xabar topishi mumkin. |
|
3.7. Noqonuniy bola asrab olish maqsadida bolaning huquqlarini suiisteʼmol qilish. |
Ekspluatatsiyada qoʻllash maqsadida bolani noqonuniy asrab olishga qaratilgan harakatlar. |
Bolani noqonuniy asrab olish, agar bolani ekspluatatsiyada (moliyaviy yoki boshqa maqsad va manfaatlar uchun suiisteʼmol qilish) qoʻllash maqsadida amalga oshirilsa, odam savdosining ajralmas qismi boʻlishi mumkin. |
|
3.8. Insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini buzadigan faoliyat bilan shugʻullanishga majburlash. |
Odam savdosidan jabrlangan shaxs tomonidan qonun bilan himoya qilinadigan asosiy huquqlari va erkinliklarini buzilishiga olib keluvchi faoliyat bilan shugʻullanishga qaratilgan harakatlar. |
Jabrlanuvchiga nisbatan noqonuniy taʼsir oʻtkazish usullarini qoʻllash orqali sodir etiladi. |
|
II. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxslarni identifikatsiya qilish mezonlari | ||
|
1. Jinoiy harakatlar | ||
|
1.1. Yollash. |
Yollash belgilari quyidagilardan tarkib topgan boʻlishi mumkin: 1) yollash maqsadida yolgʻon maʼlumotlar berish orqali aldov: jamoat joylari toʻgʻrisida maʼlumotlar (dam olish joylari, boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari, xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim dasturlarini yoritishga qaratilgan tadbirlar, turli tanlov musobaqalari kabilar); bevosita aloqador shaxslar (qarindoshlar, tanishlar); internet orqali aloqalar; sayyohlik, ish bilan taʼminlash, migratsiya, tanishuv yoki nikohni rasmiylashtirish agentliklari orqali aloqalar; farzandlikka asrab olish; ommaviy axborot vositalarida reklama joylashtirish; chet el fuqaroligini olish uchun vaʼdalar; firibgarlik; 2) quyidagi usullar yordamida majburlash: odam savdosidan jabrlangan — voyaga yetmagan shaxs va uning yaqinlariga nisbatan zoʻravonlik qoʻllash; oʻgʻirlash; nikohga majburlash; tovlamachilik (shantaj). |
Yollash jarayoni qanday sharoitlarda amalga oshirilganligidan qatʼi nazar, ushbu ilovaning 2-bandida koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun bolani tanlov orqali jalb etish. Yollash deganda, jismoniy yoki jismoniy yoki yuridik shaxslarni izlash, tanlash va yollash boʻyicha moddiy manfaat evaziga biror bir koʻrinishdagi faoliyatni yollovchini manfaatini koʻzlagan holda bajarish, xizmat koʻrsatish tushuniladi. Yollash jarayoni kelib chiqish, tranzit yoki belgilangan davlatda ham amalga oshirilishi mumkin. Yollash jismoniy shaxslar tomonidan ham (erkaklar, ayollar, oilaviy juftliklar) va yuridik shaxslar tomonidan (turli xil yuridik va noqonuniy bandlik agentliklari, sayyohlik agentliklari va boshqalar) amalga oshirilishi mumkin. Ishga yollashda yolgʻon maʼlumotlar quyidagilar boʻlishi mumkin: taʼlim olish imkoniyatlari; ishga joylashish shartlari; taklif qilingan mehnat shartnomasining qonuniyligi; chet elda oila aʼzolari bilan uchrashish imkoniyati; yashash sharoitlari; boshqa davlatda ish topish va unda yashash uchun zarur boʻlgan huquqiy hujjatlarni olish; taklif qilingan ishning mohiyati; taklif qilingan ish haqi. |
|
1.2 Tashish (transportirovka). |
Ushbu shaxsni yanada koʻproq ekspluatatsiya qilish maqsadida odamni turli transport vositalaridan foydalangan holda yoki foydalanmasdan davlat hududida yoki chet elda bir joydan ikkinchi joyga koʻchirish. |
Tashish / transportirovka qilish quyidagi holatlarda amalga oshirilishi mumkin: 1) odam savdosidan jabrlangan bolaning doimiy yashash joyi boʻlgan davlat ichidagi hududdan boshqa hududda (mamlakat ichkarisidagi odam savdosi) yoki chet eldagi (transmilliy odam savdosi) odam savdosi; 2) transport vositalaridan foydalangan (avtomobil, samolyot va boshqalar) yoki ulardan foydalanmagan holda (transport vositalarida harakatlanish qiyin va/yoki muammoli boʻlgan joylarda piyoda); 3) uyushgan jinoiy guruhlar kabi transport kompaniyalari tomonidan. |
|
1.3. Topshirish. |
Bolani topshirish — odam savdosi jabrlanuvchisiga aylanish ehtimolidagi bolani bir shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga kelgusida ekspluatatsiyada qoʻllanilishi maqsadida topshirish. |
Bolani topshirish — odam savdosidan jabrlangan bolani topshirish odatda mol-mulk bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro kelishuvga koʻra amalga oshiriladi. Avvalroq bolaga egalik qilgan shaxs moddiy manfaat olish maqsadida bolani boshqa yangi bir “xoʻjayin”ga topshiriladi. Bolaning boshqa bir shaxsga topshirilishi nafaqat belgilangan davlat hududida, balki tranzit davlatlarda ham amalga oshiriladi. |
|
1.4. Yashirish |
Odam savdosi jabrlanuvchisi — bolani davlat organlari vakillari yoki jinoyat toʻgʻrisida xabar berishga qodir boʻlgan uchinchi shaxslar tomonidan aniqlanishiga yoʻl qoʻymaslik uchun yashirin joylarga joylashtirish. |
Odam savdosi qurboniga aylangan bolani yashirish uning asosiy yashash joyidan boshqa aholi yashash punktida amalga oshiriladi. Bu mehmonxona, mehmonxona uyi yoki xususiy uy-joy boʻlishi mumkin. Odatda, odam savdosidan jabrlanganlarni boshqa shaxslar bilan rasmiy va norasmiy muloqotdan boʻlishlaridan saqlashadi. Yashirishni aniqlash qiyin jarayon hisoblanadi, chunki bu holat majburlashdan koʻra koʻproq yashash joyi bilan taʼminlashga taalluqli boʻladi. Yashash joyi bilan taʼminlagan shaxsning aybdorligi va aybdorlik darajasi holat boʻyicha qay darajada xabardor ekanligiga bogʻliq boʻladi. |
|
1.5. Shaxsni qabul qilish. |
Odam savdosi jabrlanuvchisiga aylangan bolani topshiruvchi shaxsdan uni kelgusida ekspluatatsiyada qoʻllash maqsadida boshqa bir shaxs tomonidan qabul qilish. |
Odam savdosi jabrlanuvchisiga aylangan bolani qabul qilish ham topshirish jarayonidagi mol-mulk boʻyicha oʻzaro kelishuv kabi amalga oshiriladi. Bu kabi holatlardagi asosiy eʼtibor egalik qiluvchi yangi “xoʻjayin”ning harakatlariga qaratiladi. Egalik qiluvchi yangi “xoʻjayin” odam savdosi jabrlanuvchisiga aylangan bolani avval egalik qilgan “xoʻjayin”dan moddiy manfaat evaziga qabul qiladi. Shaxsni qabul qilish bandligini taʼminlash yoki kelgusida ekspluatatsiyada qoʻllash maqsadini taxmin qiladi. |
|
2. Koʻzlangan maqsadlar | ||
|
2.1. Boshqa shaxslarning shahvoniy xizmatlari ekspluatatsiyasi (tijorat yoʻlida shahvoniy xizmatlar ekspluatatsiyasi). |
Odam savdosidan jabrlangan bolani fohishabozlik bilan shugʻullanishga, pornografik materiallarni ishlab chiqarish, tarqatish va aylanmasini amalga oshirish, ularni sotib olish, sotish yoki saqlash maqsadida tayyorlanadigan pornografik tomoshalarda qatnashishga, boshqa turdagi jinsiy ekspluatatsiya turlarida foydalanish yoki jinsiy xarakterdagi boshqa harakatlarga majburlash. |
Ekspluatatsiya — bu shaxsning ixtiyoriga qarshi biror-bir ish yoki xizmat koʻrsatishga noqonuniy majburlash (majburlash vositasi sifatida qoʻllaniluvchi yuridik, jismoniy yoki psixologik omillar) sababli ushbu ish va xizmatlarni bajarishni rad eta olmaslikni anglatadi. Ekspluatator odam savdosidan jabrlangan bolaga turli taʼsir oʻtkazish choralarini qoʻllashi mumkin. Taʼsir oʻtkazish choralari oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlishi mumkinligini inobatga olish zarur, masalan: yomon shart-sharoitlardagi ish joyiga oʻtkazish; kelgusida yaxshi ishlarda ishlashga yoʻl qoʻymaslik; yashash joyi va kundalik ehtiyojlardan mahrum qilish va boshqalar. Shahvoniy xizmatlar ekspluatatsiyasi holatida ekspluatator aniq moddiy manfaatni koʻzlaydi. Odatda odam savdosidan jabrlangan bola ekspluatatorning doimiy nazorati ostida boʻladi va shahvoniy xarakterdagi xizmatlarni majburlov ostida yoki xizmat haqqi toʻlovini kutib amalga oshirdi, lekin ekspluatator: umuman haq toʻlamaydi yoki juda ham kam miqdorda arzimas haq toʻlaydi; kutilayotgan toʻlovdan asossiz ravishda sezilarli miqdorda chegirib qoladi. Shahvoniy xizmatlar yoki pornografiyada odam savdosidan jabrlangan boladan majburiy foydalanish ekspluatator yoki boshqa shaxslar uchun moddiy daromad keltiruvchi serdaromad faoliyat sanaladi. |
|
2.2. Shahvoniy ekspluatatsiyaning boshqa shakllari (notijorat shahvoniy ekspluatatsiya). |
Jinoiy xatti-harakatni sodir etgan shaxsning yoki boshqa shaxslarning mol-mulki hajmiga bevosita taʼsir qilmaydigan faoliyat boʻlib, bu oʻzaro rasmiy nikoh (shu jumladan, koʻpxotinlilikda), sharʼiy nikoh yoki boshqa shunga oʻxshash yashash turlarida namoyon boʻladi. |
Notijorat shahvoniy xizmatlar ekspluatatsiyasiga majburiy birgalikda yashash yoki majburiy nikoh misl boʻla oladi. Bu kabi holatlardagi munosabatlarda moddiy manfaatdorlik koʻzlanmaydi. |
|
2.3. Majburiy mehnat. |
Majburiy mehnat — bu shaxs oʻz xizmatlarini ixtiyoriy ravishda taklif qilmagan, har qanday jazo tahdidi ostida har qanday shaxsdan talab qilinadigan har qanday ish yoki xizmatni bajarishdir. Majburiy mehnat belgilari kamida quyidagilarni oʻz ichiga oladi: ish yoki xizmatlarni aldash, majburlash, zoʻravonlik yoki zoʻravonlik tahdidi bilan taʼminlash (yoki bajarish); zoʻravonlik yoki zoʻravonlik tahdidi ostida oʻta ogʻir (noqulay) ish sharoitlari va kun koʻrish/yashash sharoitlari; zoʻravonlik yoki zoʻravonlik tahdidini qoʻllash orqali har qanday vaqtda mehnat munosabatlarini toʻxtatish imkoniyatini cheklash va mahrum qilish. Majburlash va jazo belgilari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: ishchining zaif ahvolini suiisteʼmol qilish; harakatni cheklash; izolyatsiya/yakkalash; jismoniy va jinsiy zoʻravonlik; qoʻrqitish va tahdidlar; pasport va boshqa shaxsiy hujjatlarni yoki shaxsiy buyumlarini musodara qilish yoki ushlab turish; ish haqqining maʼlum miqdorini ushlab qolish; qarzini qoplash (qarzdorlik girdobi), shuningdek, majburiy qarzdorlik oqibatida yuzaga kelgan qarzlarini toʻlatish maqsadida odam savdosidan jabrlangan shaxsni majburan ushlab turish. |
Majburiy mehnat holatini ish beruvchining mehnat qonunchiligini buzgan holatidan ajrata olish kerak. Misol uchun, xodimga belgilangan davlatda ish haqqi uchun belgilangan eng kam ish haqqini toʻlashdan bosh tortish majburiy mehnat belgisi emas. Biroq, agar ish beruvchi qonun bilan taqiqlangan majburiy vositalar va usullarni qoʻllagan holda ishchining ish joyini tark etishiga toʻsqinlik qilsa, bu faktlar majburiy mehnatning belgisi hisoblanadi. Majburiy mehnat ixtiyoriga (oʻz xohish-irodasi va irodasiga) qarshi va jazolanish tahdidi ostida (majburlash yoʻli bilan) amalga oshiriladigan ish deb koʻrib chiqilishi zarur. Majburiy mehnat odam savdosidan jabrlanganning xohish-irodasiga qarshi majburan mehnat qilishga undash boʻlib, bunda jabrlanuvchi boshqa holatlarda oʻz erki va istagiga koʻra bu kabi mehnat shart-sharoitlarga rozilik bermasligini, aldov (yollash) va majburlash orqali ish topishni anglatadi. Haddan tashqari noqulay ish sharoitlari quyidagilarni oʻzida aks ettiradi, masalan, xavfli ish (jiddiy jarohat yoki shikastlanish, shu jumladan oʻlimga olib keluvchi omillar), zararli mehnat sharoiti (kasalliklarga olib keluvchi, shu jumladan mavjud kasalliklarni yanada kuchaytiradigan omillar), ortiqcha ish yuklamasi (belgilangan mehnat meʼyorlardan ortib ketuvchi omillar), belgilangan vaqtdan ortiq ish vaqti (dam olish va ovqatlanish vaqtini cheklanishi, boʻsh vaqt nazorati va h.k.), yaʼni mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish xavfsizligi talablariga javob bermaydigan mehnat sharoitlari. Haddan tashqari noqulay yashash shart-sharoitlari yomon holatdagi maishiy turar-joylarni (avariya holatidagi, qurilishi tugallanmagan yoki boshqa yaroqsiz binolar/inshootlarda yashash, sanitariya sharoitlariga javob bermaydigan joylar, yashash joyini erkin tanlashni taqiqlash) oʻz ichiga oladi. Har qanday vaqtda mehnat munosabatlarini tugatish toʻgʻrisida ongli ravishda rozilik berishning imkonining cheklanganligi va erkin qaror qabul qilish istagi bildirilganda, ish beruvchi tomonidan jazolanish yoki ishchining salomatligiga taʼsir koʻrsatuvchi vaziyat yuzaga keltiriladi. Majburiy mehnat sharoitida shaxsni ushlab turish uchun jazo tahdidi sifatida quyidagi keng qamrovli vositalar qoʻllanilishi mumkin boʻlib, ular biror bir koʻrinishdagi mehnat yoki xizmatni bajarishga majburlashni qamrab oladi: jismoniy va psixologik zoʻravonlik va tahdidlar; ish haqqining koʻp qismini ushlab qolish, masalan, oziq-ovqat va turar joy uchun ortiqcha chegirmalarni oʻzlashtirib olish; ish beruvchi tegishli mehnat haqqini kelishilgan tartibda toʻlab bermaslik maqsadida shaxsning mehnat yoki xizmatini ayni vaqtdagi shart-sharoitda davom ettirishi uchun majburlash maqsadida ish haqqini toʻlab bermay, ushlab qolish yoki ish haqqidan qisman ushlab qolish; oʻz mehnat haqqini nazorat qilish va daromadini erkin tasarruf yetish imkoniyatining cheklanganligi; oila aʼzolariga tahdid qilish; qarzlari bilan manipulyatsiya qilish; yakkalash, yaʼni izolyatsiya (boshqalar bilan aloqada boʻlishni qisman yoki toʻliq cheklanishi, masalan, telefon aloqalari yoki boshqa aloqa vositalariga cheklov qoʻyilishi yoki taqiqlanishi kabilar); oʻz oilasi yoki doʻstlaridan ajratib qoʻyish va/yoki cheklangan joylardagi odamlar bilan ishlash yoki yashashga majbur qilish. Yakkalash, yaʼni izolyatsiya bu kabi holatlarda shaxsning oʻz xohish-irodasiga qarshi ushlab turishni, yaʼni yopiq muhitda yoki ish joyda saqlash, boshqa ishga oʻtishi, yashash joyini oʻzgartirishi yoki harakatlanishini cheklanishini oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari shaxs doimiy yoki qisman nazorat ostida boʻlishi mumkin. |
|
2.4. Qullikdagi ekspluatatsiya yoki qullikka oʻxshash odatlar. |
Qullik — bu shaxsning ahvoli yoki holati boʻlib, mazkur shaxsga nisbatan boshqa bir shaxsning unga boʻlgan egalik, mulkchilik huquqi sanaladi. Qullikka oʻxshash sharoitlar — bu shaxsni muayyan shart-sharoitlarda saqlash yoki ushlab turish, boshqa bir shaxs tomonidan boshqarilishi yoki shaxsga nisbatan kuch ishlatilishi, maʼlum xizmatlarni koʻrsatishi uchun aldov yoki zoʻravonlikni qoʻllash tahdidi, shu jumladan birga yashashga koʻndirish, birgalikdagi nikohda yashash uchun majburan ushlab turish sanaladi. |
Qullik — bu insonning mehnatidan foydalanish boʻlib, unga nisbatan mulkdorlik huquqiga xos boʻlgan vakolatlar amalga oshiriladi, agar bu shaxs oʻz nazoratidan tashqari sabablarga koʻra ushbu mehnatni (ishlarni, xizmatlarni) bajarishdan bosh torta olmasa. |
|
2.5. Jinoiy faoliyatda foydalanish. |
Jinoyat sodir etishga majburlash. |
Bolalarni majburan uyushgan jinoiy guruhlarga jalb qilish holatlarida kattalarning oʻzi ham ishtirok etadi hamda boshqaradi. Bolalarning bunday jinoiy guruhlarda ishtirok etishga jalb qilinishi baʼzi jinoyatlarning xususiyatlariga bogʻliq boʻlib, bunda bolaning tanasi jinoyatni amalga oshirishda muhim oʻrin tutadi (yopiq binolarga deraza, panjara, tuynuk va boshqalar orqali kirish). |
|
2.6. Transplantatsiya uchun inson aʼzolari va toʻqimalarini ajratib olish. |
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 133-moddasida nazarda tutilgan inson aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olish bilan bogʻliq holatlar. |
Tibbiy sabablarga koʻra shoshilinch jarrohlik operatsiyasi paytida bolalar, odam savdosidan jabrlangan bolalar va ularning yaqinlarini roziligisiz organlari olingan holatlarga taalluqli boʻladi. Jabrlanuvchi pul mukofoti evaziga aʼzolaridan birini ajratib olishga rozilik berishi, lekin ushbu organni ajratib olish jarayonida jabrlanuvchidan rozilik olinmagan va ogohlantirilmagan yana boshqa bir organni ajratib olish holatlari ham boʻladi. Bu holat haqida jabrlanuvchi oradan biroz vaqt oʻtgach, salomatligi toʻsatdan yomonlashganidan keyingina xabar topishi mumkin. |
|
2.7. Noqonuniy bola asrab olish maqsadida bolaning huquqlarini suiisteʼmol qilish. |
Ekspluatatsiyada qoʻllash maqsadida bolani noqonuniy asrab olishga qaratilgan harakatlar. |
Bolani noqonuniy asrab olish, agar bolani ekspluatatsiyada (moliyaviy yoki boshqa maqsad va manfaatlar uchun suiisteʼmol qilish) qoʻllash maqsadida amalga oshirilsa, odam savdosining ajralmas qismi boʻlishi mumkin. |
|
2.8. Tilanchilik bilan shugʻullanishga majburlash. |
Odam savdosidan jabrlagan bolani tilanchilik bilan shugʻullanishga majburlash. |
Oʻtkinchi shaxslarning bolalarga nisbatan achinish ehtimolining yuqoriligidan foydalanish maqsadida boʻlgan kattalar, baʼzan ota-onalar bolalarni tilanchilik qilishga majbur qilishadi va sadaqa berishga undovchi vaziyatni yuzaga keltirishadi. Yosh bolali ayollarni tilanchilik qilishga majburlangan holatlarda toʻplangan barcha daromadlar yoki tilanchilikdan tushgan tushumlarning aksariyati ekspluatatorlar tomonidan oʻzlashtiriladi. |
|
2.9. Insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini buzadigan faoliyat bilan shugʻullanishga majburlash. |
Odam savdosidan jabrlangan bola tomonidan insonning qonun bilan himoyalanadigan asosiy huquqlari va erkinliklarini buzilishiga olib keluvchi faoliyat bilan shugʻullanishga qaratilgan harakatlar. |
Jabrlanuvchiga nisbatan noqonuniy taʼsir oʻtkazish usullarini qoʻllash orqali sodir etiladi. |
9-ILOVA
|
Namuna “TASDIQLAYMAN” Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri ___________________ “____” _____ 20__ yil |
|
|
Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs sifatida eʼtirof etish toʻgʻrisida QAROR __________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________ __________________________________________________________________________
bilan bogʻliq boʻlgan hujjatlar bilan tanishib chiqib QUYIDAGILAR ANIQLANDI Jumladan, ___________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________ ___________________________________________________________________________ Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan QAROR QILAMAN 1. Dastlabki identifikatsiya _____________________________________________ (tugʻilgan yili, F.I.O) bilan amalga oshirildi hamda u odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs hisoblansin va tan olinsin. 2. ____________________________________________________________________, (tugʻilgan yili, F.I.O) odam savdosidan jabrlangan sifatida taxmin qilinayotgan shaxsni tan olish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berilsin va yigʻilgan materialni kelgusida koʻrib chiqish uchun Qonunda belgilangan tartibda “Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha __________________________________________ hududiy komissiyaga yuborilsin. (hududiy komissiya nomi) |
|
|
___________________________________
20 __yil “____” _________ |
_____________________________
|
10-ILOVA
|
Namuna “TASDIQLAYMAN” Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha Fargʻona shahar hududiy komissiyasi raisi, Fargʻona shahar hokimi _________________________________ (F.I.O.) 2020-yil “____” _______ |
|
|
Shaxsni odam savdosidan jabrlangan deb topish toʻgʻrisida QAROR Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari boʻyicha ________________________________________________hududiy komissiyasi tomonidan, ________________________________________________________________manzilda yashovchi (F.I.O., tugʻilgan yili) ___________________________________________bilan bogʻliq materiallar koʻrib chiqildi. Materiallarni oʻrganish davomida quyidagilar, ANIQLANDI (aniqlangan holatning qisqacha tavsifi) Jumladan,__________________________________________________________________, Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan QAROR QILAMAN 1. Yakuniy identifikatsiya_________________________________________________________ (F.I.O., tugʻilgan yili) bilan amalga oshirildi hamda u odam savdosidan jabrlangan deb hisoblansin va tan olinsin. 2. Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan __________________________________ga (F.I.O., tugʻilgan yili) nisbatan xavfni baholash, xavfsizlik rejasi va ehtiyojlar roʻyxati tasdiqlansin. 3. Odam savdosidan jabrlangan shaxsni tan olish toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma berilsin. |
11-ILOVA
|
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari | ||||
|
|
||||||
|
1-bosqich |
Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxs toʻgʻrisida xabardor boʻlgan shaxs |
Vakolatli organlar va tashkilotlarga xabar beradi. |
Zudlik bilan | |||
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Vakolatli organlar va tashkilotlar |
1. Dastlabki identifikatsiyani amalga oshiradi (roziligidan qatʼi nazar). 2. Voyaga yetmagan shaxsni odam savdosidan jabrlangan hamda odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxs deb topish toʻgʻrisidagi qaror uning roziligidan qatʼi nazar, oʻn olti yoshga toʻlgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa uning ixtiyoriy roziligi bilan, qonuniy vakilning va (yoki) homiylik hamda vasiylik organi vakilining, tegishli ixtisoslashtirilgan muassasa vakillarining murojaati asosida qabul qilinadi. 3. Voyaga yetmagan shaxsning oilasini qidirish yoki unga vasiylik yoxud homiylik belgilash choralarini koʻradi. 4. Bolalar masalalari boʻyicha komissiyaga xabar beradi. |
5 ish kunidan kechiktirmasdan | |||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Bolalar masalalari boʻyicha komissiya |
Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxsni identifikatsiya qilgan vakolatli davlat organining mutaxassisi bilan birgalikda huquq va qonuniy manfaatlarni taʼminlash uchun ixtisoslashtirilgan muassasalarga qayta yoʻnaltiradi. |
Qaror qabul qilingandan soʻng | |||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Vakolatli davlat organi |
1. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxs, odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan voyaga yetmagan shaxs ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchilar qaramogʻidan mahrum boʻlgan yoki oʻz oilasining qayerdaligini bilmasa, dastlabki identifikatsiyani amalga oshirgan vakolatli davlat organning mutaxassisi boshqa vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda voyaga yetmagan shaxsning oilasini qidirish yoki unga vasiylik yoki homiylik belgilash choralarini koʻradi. 2. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan toʻgʻrisida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar beradi. |
Dastlabki identifikatsiya jarayonida hamda qaror qabul qilingandan soʻng | |||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va uning hududiy boʻlinmalari |
Voyaga yetmagan savdosi jinoyatlarini sodir etishda ishtirok etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov harakatlarini amalga oshiradi. |
Qonuniy vakil va (yoki) homiylik hamda vasiylik organi vakilining, tegishli ixtisoslashtirilgan muassasa vakillarining roziligi bilan JPK doirasidagi muddatlar | |||
|
|
||||||
|
6-bosqich |
Vakolatli organ |
1. Toʻplangan hujjatlarni yashash joyi boʻyicha hududiy komissiyaga yuboradi. |
1. Qaror qabul qilingandan soʻng | |||
|
2. Ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuboradi. |
2. Shaxsning roziligidan soʻng | |||||
|
|
||||||
|
7-bosqich |
Hududiy komissiya |
1. Voyaga yetmagan shaxsni odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxs deb tan olish uchun yakuniy identifikatsiyani amalga oshiradi. 2. Yakuniy identifikatsiya qilish zarur holatlar oydinlashtirilgandan va aniqlashtirilgandan keyin kollegial tarzda qaror qabul qiladi. 3. Odam savdosidan jabrlangan voyaga yetmagan shaxs bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasini tasdiqlaydi. |
15 kun ichida, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda esa, bir oygacha boʻlgan muddatda | |||
12-ILOVA
2-ILOVA
1-ILOVA
|
Subyektlar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari | ||||
|
|
||||||
|
1-bosqich |
Vakolatli organ yoki hududiy komissiya |
1. Odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarga yordam koʻrsatish zarurati boʻlganda ularga yordam koʻrsatish va himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan muassasaga yuboradi. 2. Odam savdosidan jabrlangan deb tan olingan shaxslarni hududiy komissiya tomonidan ixtisoslashtirilgan muassasaga yuboriladi. |
Shaxsning roziligi olingandan keyin | |||
|
|
||||||
|
2-bosqich |
Hududiy komissiya masʼul kotibi |
1. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni roʻyxatga olish jurnalida qayd etadi. |
Zudlik bilan | |||
|
2. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga nisbatan xavfni baholashni amalga oshiradi. |
Uch kun ichida | |||||
|
3. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarning xavfsizlik rejasini tuzadi (agar zarurat boʻlsa). |
Uch kun ichida | |||||
|
4. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan birgalikda ehtiyojlar roʻyxatini belgilaydi. |
Bir kun muddatda | |||||
|
5. Komissiya raisiga ishlab chiqilgan hujjatlarni muvofiqlashtirish va tasdiqlash uchun taqdim etadi, hududiy komissiya aʼzolarini chaqirish taklifini kiritadi. |
Besh kun ichida | |||||
|
|
||||||
|
3-bosqich |
Hududiy komissiya |
1. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga nisbatan xavfni baholaydi, xavfsizlik rejasi va ehtiyojlar roʻyxatini oʻrganib chiqadi. 2. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga nisbatan xavfni baholash, xavfsizlik rejasi va ehtiyojlar roʻyxatini tasdiqlaydi. 3. Odam savdosidan jabrlangan shaxslarga nisbatan xavfni baholash, xavfsizlik rejasi va ehtiyojlar roʻyxati asosida odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasini ishlab chiqadi va hududiy komissiya raisiga tasdiqlash uchun yuboradi. |
Yakuniy identifikatsiya jarayonida | |||
|
|
||||||
|
4-bosqich |
Hududiy komissiya raisi |
1. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasini tasdiqlaydi. 2. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasining tegishli bandlarini muddatida bajarish maqsadida masʼul shaxslarga yetkazish uchun hududiy komissiya masʼul kotibiga topshiradi. |
Kamida uch oy muddatga tuziladi | |||
|
|
||||||
|
5-bosqich |
Hududiy komissiya masʼul kotibi |
1. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasini masʼul shaxslarga yetkazadi. |
Shaxsiy reja tasdiqlangan kuni | |||
|
2. Odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasi sifatli va belgilangan muddatlarda bajarilishini nazorat qiladi. |
Rejada belgilangan muddatlarda |
2-ILOVA
3-ILOVA
|
|
Xavfni baholash | ||||
|
Mutaxassis F.I.O:_________________________________________________ Ariza beruvchining F.I.O:___________________________________________ Sana______________________________________________________________ | |||||
|
Omillar |
Ha |
Yoʻq |
Bilmayman | ||
|
Odam savdosidan jabrlangan (keyingi oʻrinlarda OSJ) holatining mavjudligi |
|||||
|
1. Sogʻligi |
jarohatlar |
||||
|
surunkali kasallik belgilari |
|||||
|
travmatik stress buzilishi |
|||||
|
nogironlik |
|||||
|
hayot uchun xavfli sharoitlar |
|||||
|
ogʻriqlar |
|||||
|
ruhiy kasalliklar |
|||||
|
homiladorlik |
|||||
|
tana toʻqimasining buzilishi |
|||||
|
jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalar |
|||||
|
sil kasalligi |
|||||
|
OIV/OITS |
|||||
|
bezgak |
|||||
|
boshqa kasalliklar (tushuntirish) |
|||||
|
2. Zoʻravonlikka tahdid |
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar tomonidan OSJga nisbatan oʻtmishdagi tahdidlar |
||||
|
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar tomonidan OSJga hozirgi vaqtdagi tahdidlar |
|||||
|
OSJning oila aʼzolariga tahdidlar |
|||||
|
OSJ va uning oila aʼzolariga nisbatan tovlamachilik |
|||||
|
OSJni majburlash |
|||||
|
OSJni taʼqib qilish |
|||||
|
OSJning odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar bilan hozirgi kunda aloqasi mavjudligi |
|||||
|
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarning OSJ yashash manzilini xabardorligi |
|||||
|
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarning OSJ telefon raqamini xabardorligi |
|||||
|
odam savdosi bilan bogʻliq holatning davomiyligi: 1 oydan 6 oygacha; 6 oydan 1 yilgacha; 1 dan 3 yilgacha; 5 yildan ortiq. |
|||||
|
OSJ borishga qoʻrqadigan joylarning mavjudligi |
|||||
|
odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslarning xavflilik darajasi (shafqatsizligi, jinoiy guruhning uyushganlik darajasi, ularning soni, qurolga egaligi) |
|||||
|
boshqa holatlar |
|||||
|
3. Oilaviy munosabatlari |
odam savdosi bilan shugʻullanadigan shaxslarning OSJ qarindoshlari bilan aloqasi |
||||
|
odam savdosiga aloqador boʻlgan shaxslar orasida yaqin tanish va qarindoshlarining mavjudligi |
|||||
|
OSJ oila aʼzolarining odam savdosidan jabrlanganligidan xabardorligi |
|||||
|
OSJni yashash joyida unga nisbatan xavfning mavjudligi |
|||||
|
boshqa holatlar |
|||||
|
4. Jinoyat ishi jarayoni |
OSJ boʻlgan mamlakatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaati |
||||
|
OSJ oʻz mamlakatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaati |
|||||
|
OSJ huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilmoqchiligi |
|||||
|
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirilganligi |
|||||
|
jinoyat ishi qoʻzgʻatilganligi |
|||||
|
hozirda odam savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar qoʻlga olinganligi |
|||||
|
OSJning yashash hududida odam savdosi jinoyatida gumonlanayotgan shaxslarning mavjudligidan xabardorligi |
|||||
|
OSJning noqonuniy faoliyatdagi ishtiroki uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi xavfining mavjudligi |
|||||
|
boshqa holatlar |
|||||
|
5. Vatanga qaytarish |
OSJ vatanga qaytib kelganidan soʻng takroran OSJ boʻlish xavfi yoki boshqa turdagi zoʻravonliklarga duchor boʻlish xavfi mavjudligi |
||||
|
OSJ vatanga qaytib kelgandan soʻng ijtimoiy, shu jumladan, ogʻir oilaviy sharoiti, ishsizlik va boshqa muammolarga duchor boʻlish xavfi mavjudligi |
|||||
|
OSJ qaytib kelgandan keyin qayta moslashuviga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan ijtimoiy, madaniy yoki diniy omillar mavjudligi |
|||||
|
boshqa holatlar |
|||||
|
_____________________________________________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ _____________________________________________________________ |
|||||
4-ILOVA
5-ILOVA
|
Ehtiyojlar roʻyxati Mutaxassis F.I.O:________________________________________________ Ariza beruvchining F.I.O:___________________________________________ Sana_____________________________________________________________ |
||
|
Ehtiyoj |
Ha/yoʻq | |
|
Ijtimoiy-tibbiy |
||
|
Tibbiy yordam |
||
|
Kasalxonaga yotqizish |
||
|
Terapevt bilan maslahatlashish |
||
|
Psixoterapiya maslahati / psixiatr |
||
|
Psixoterapiya |
||
|
Ginekolog bilan maslahatlashish |
||
|
Nevropatolog bilan maslahatlashish |
||
|
Narkolog maslahati |
||
|
Davolash / dorilar |
||
|
OIV/OITS tekshiruvi |
||
|
Jinsiy yoʻl bilan yuqadigan infeksiyalarni tekshirish |
||
|
Spirtli ichimliklarni isteʼmol qilishdan yoki giyohvandlikdan davolash |
||
|
Umumiy salomatlik (tushuntirish) |
||
|
Psixologik |
||
|
Shaxsiy maslahat |
||
|
Psixologik qoʻllab-quvvatlash |
||
|
Birgalikda xatti-harakatlar bilan ishlash |
||
|
Oila va yaqin atrof-muhit bilan aloqalarni tiklashga koʻmaklashish |
||
|
Jarohatdan keyingi profilaktika |
||
|
Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash |
||
|
Huquqiy |
||
|
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni tiklashda koʻmaklashish |
||
|
Oilaviy huquq sohasidagi maslahat (nikohdan ajralish, er-xotinning mol-mulkini boʻlish va boshqalar) |
||
|
Meros huquqi sohasidagi maslahat (qonun boʻyicha meros, noqonuniy vasiyat va boshqalar ustidan shikoyat qilish) |
||
|
Uy-joy va kommunal nizolar boʻyicha maslahat (noqonuniy koʻchirish va boshqalar) |
||
|
Mehnat huquqi sohasidagi maslahat (ishda tiklash, noqonuniy ishdan boʻshatish, ish haqini toʻlamaslik va boshqalar) |
||
|
Jinoiy protsessda advokatni qoʻllab-quvvatlash (surishtiruv, tergov harakatlarini oʻtkazish bosqichida va sud jarayonida, shu jumladan, yetkazilgan zararni qoplashda yordam berish va boshqalar) |
||
|
Maʼmuriy huquq sohasidagi maslahat (bolalarni himoya qilish, hujjatlarni tiklash va boshqalar) |
||
|
Maʼmuriy jarayonda advokatni qoʻllab-quvvatlash (bolalarni himoya qilish va boshqalar) |
||
|
Tadbirkorlikni boshlash boʻyicha maslahat |
||
|
Ijtimoiy-maishiy |
||
|
Gumanitar yordam (kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqalar) |
||
|
Moddiy yordam |
||
|
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar toʻlovlari (jarimalari) qoplanishini taʼminlash |
||
|
Bepul tarjimon bilan taʼminlash |
||
|
Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov jarayonlarida OSJ transport xarajatlarini qoplash |
||
|
Kasbiy qayta tayyorlash |
||
|
Taʼlim olish |
||
|
Ishga joylashish |
||
|
Xavfsiz yashash joyi (boshpana) |
||
|
Yangi uy topish |
||
|
Shaxsiy gigiyena vositalari (tish choʻtkasi va pastasi, sovun, sochiq, shampun, ayollar uchun shaxsiy gigiyena vositalari va boshqalar) |
||
|
Jabrlanuvchi shaxslarning bolalarini parvarish qilish vositalari (tagliklar, hoʻl roʻmolcha, oʻzgaruvchan mahsulotlar, shuningdek, butilkalar, bolalar aralashmasi va bolaning ehtiyojlarini qondiradigan boshqa mahsulotlar) |
||
|
Chet el fuqarolari uchun oʻzbek tilini oʻrganish uchun bepul imkoniyat yaratish |
||
|
Ichki sayohat uchun toʻlov |
||
|
Boshqa ehtiyojlar |
||
|
_______________________________________________________________ _______________________________________________________________ _______________________________________________________________ _______________________________________________________________ _______________________________________________________________ _______________________________________________________________ _______________________________________________________________ _______________________________________________________________ |
||
6-ILOVA
|
|
Odam savdosidan jabrlangan shaxs bilan yakka tartibda ishlash shaxsiy rejasi Mutaxassis F.I.O:________________________________________________ Ariza beruvchining F.I.O:__________________________________________ Boshlangan sana____________________________________________________ Muddatning tugash sanasi __________________________________________ |
||||
|
T/r |
Xizmat nomi va tadbirlar |
Tadbirlarni amalga oshirish |
Amalga oshirish muddati |
Yordam koʻrsatuvchi tashkilot |
Xizmat natijasi |
|
|
|||||
|
|
|||||
|
|
|||||
|
|
|||||
|
|
|||||