Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 11-fevraldagi PQ-4185-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning voyaga yetmagan bolalari (keyingi oʻrinlarda xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan qaytariladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan 3 yoshgacha boʻlgan bolalarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tashkil etiladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
xorijiy davlatlar hududida ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning shaxsini tasdiqlovchi hujjati boʻlmagan taqdirda, ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligini tasdiqlash, shuningdek, bola shaxsini tasdiqlovchi hamda unga Oʻzbekiston Respublikasiga kirish (qaytib kelish) huquqini beruvchi vaqtinchalik hujjatni rasmiylashtirish va berish Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Bolalar masalalari boʻyicha milliy komissiya, Bolalar masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) komissiyalari, taʼlimni davlat tomonidan boshqarish organlari, taʼlim muassasalari, davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari, sogʻliqni saqlash muassasalari, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlari xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni Oʻzbekistonga qaytarishda ishtirok etuvchilar hisoblanadi;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son)
barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy va tarkibiy tuzilmalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar boʻyicha ichki ishlar organlarining soʻrovnomalarini oʻrganib chiqib, tegishli maʼlumotlar oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qaror talablaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalarga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi bildirishnomalarni mazkur shartnomalar depozitariylariga yuborilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-yanvar,
6-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-yanvardagi 6-son qaroriga
ILOVA
Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning voyaga yetmagan bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish (keyingi oʻrinlarda xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarish deb ataladi) ishlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarish borasidagi faoliyat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalarga, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarish boʻyicha vakolatli organlar hisoblanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarish borasidagi faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi deb ataladi) tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
4. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarish borasidagi tadbirlar mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
2-bob. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarish borasida oʻzaro axborot almashish tartibi
5. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar boʻyicha maʼlumotlar ushbu davlatlarning vakolatli organlaridan Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga kelib tushganda yoxud ularning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, vasiylik va homiylik organlari yoki boshqa yaqin qarindoshlarining murojaatlari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kuni zudlik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga (keyingi oʻrinlarda Konsullik-huquqiy departamenti deb ataladi) yuboriladi.
6. Vakolatli organlar xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar boʻyicha maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalarda belgilangan tartibda oʻzaro axborot almashish yoʻli bilan ham olishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Konsullik-huquqiy departamenti Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalaridan xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar boʻyicha olgan maʼlumotlarni bir ish kuni mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ga yuboradi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
3-bob. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
8. Boshqa davlatlardagi vakolatli organlar tomonidan xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarish toʻgʻrisida yuborilgan maʼlumot Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga kelib tushgan vaqtdan boshlab, Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda bolaga oid barcha maʼlumotlar oʻn besh kun ichida jamlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari Agentlikning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda qaytarilishi lozim boʻlgan bola toʻgʻrisida fuqarolar yigʻinidan, doimiy yoki vaqtincha yashaganligi, yaqin qarindoshlari, ota-onasi toʻgʻrisida, FHDY organlaridan tugʻilganlik guvohnomasi, xalq taʼlimi boʻlimidan oʻqigan taʼlim muassasasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar olinishini taʼminlaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
10. Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi yoki uning hududiy boʻlinmalari zarurat tugʻilganda, olib kelinishi lozim boʻlgan bola toʻgʻrisida davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan hamda fuqarolardan maʼlumotlar, boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni soʻrash va olish huquqiga ega boʻlib, buning uchun ularga soʻrov xati bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Barcha maʼlumotlar toʻplangandan soʻng:
3 yoshdan katta bolalarni olib kelish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va Agentlik rahbariyatining tegishli koʻrsatmasiga asosan ichki ishlar organlari va Agentlik hududiy boʻlinmalari masʼul xodimlariga;
3 yoshga toʻlmagan bolalarni olib kelish boʻyicha Ichki ishlar vazirligi, Agentlik hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyatining tegishli koʻrsatmasiga asosan ichki ishlar, Agentlik hududiy boʻlinmalari va sogʻliqni saqlash organlari masʼul xodimlariga shu kunning oʻzida xizmat safari guvohnomasi rasmiylashtiriladi hamda bolalarni qaytarish uchun ushbu bolalar ushlab turilgan davlatga xizmat safariga yuboriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan 3 yoshga toʻlmagan bolalarni qaytarish borasidagi tadbirlar huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari va Agentlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan sogʻliqni saqlash organlari (bolalar uylari)ning tibbiyot xodimlari kuzatuvida amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarishda ichki ishlar, Agentlik va sogʻliqni saqlash organlarining masʼul xodimlari quyidagicha ajratiladi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
1-2 nafar voyaga yetmaganni olib kelish uchun 1 nafardan;
3-4 nafar voyaga yetmaganni olib kelish uchun 2 nafardan;
5 nafar va undan koʻp voyaga yetmaganni olib kelish uchun 3 nafardan.
14. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarishda ikki yoki undan ortiq xodim ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli organlar rahbariyati tomonidan guruh rahbari tayinlanadi.
15. Vakolatli organlar rahbariyati xizmat safariga yuborilayotgan xodimlar bilan bolalarni qaytarish yuzasidan belgilangan tartibda yoʻriqnoma oʻtkazadi.
4-bob. Oʻzbekistonga qaytarib olib kelingan bolalar bilan profilaktik tadbirlarni tashkil etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
16. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar olib kelingandan soʻng doimiy yashash joyi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari Agentlik hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda ularni ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, muqobil joylashtirish shakllariga yoxud Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga (keyingi oʻrinlarda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazi deb ataladi) qonunchilik hujjatlariga muvofiq joylashtirish choralarini koʻradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilgan xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan 3 yoshdan katta bolalar bilan ushbu markazning psixologi hamda ijtimoiy xodimi tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan 3 yoshga toʻlmagan bolalar olib kelingandan soʻng shu kunning oʻzida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bolalar uylariga joylashtiriladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Qaytarilgan bolalarning ota-onasi (ota-onalarning oʻrnini bosuvchi shaxslar) yoxud ulardan biri Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan hollarda, olib kelingan bolalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq shu kunning oʻzida ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga topshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 20 – 22-boblari.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
20. Mazkur Nizom bandlari va Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokchisi boʻlgan xalqaro shartnomalarning bandlari oʻrtasida ziddiyat yuzaga kelganda, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Bolalarni qaytarish borasidagi sarf-xarajatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Subyekt

Bajarish mexanizmi

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari

Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum bolalarning ota-onasi, ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar. vasiylik va homiylik organlari yoki boshqa yaqin qarindoshi

1. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning bolalari boʻyicha olingan maʼlumotlarni Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga yuboradi.

Maʼlumot olingan kulga

2. Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar boʻyicha maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri Tashqi ishlar vazirligiga (Konsullik-huquqiy departamentiga) taqdim etadi.

2-bosqich

Tashqi ishlar vazirligining

Konsullik-huquqiy departamenti

Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalaridan xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar boʻyicha olingan maʼlumotlarni Ichki ishlar vazirligining Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ga yuboradi.

1 ish kunida

3-bosqich

Ichki ishlar vazirligining

Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari

Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni qaytarish toʻgʻrisidagi maʼlumot kelib tushgan vaqtdan boshlab bolaga oid barcha maʼlumotlarni jamlaydi.

15 kun ichida

4-bosqich

Ichki ishlar vazirligi, Agentlik,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

1. Barcha maʼlumotlar toʻplangandan soʻng Ichki ishlar vazirligi, Agentlik hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati tegishli koʻrsatmasiga asosan xizmat safari guvohnomasi rasmiylashtiradi.

Shu kunning oʻzida

2. Bolalarni qaytarish uchun masʼul xodimlar ushbu bolalar ushlab turilgan davlatga xizmat safariga yuboriladi.

Belgilangan muddatda

5-bosqich

Ichki ishlar organlari, Agentlik va uning hududiy boʻlinmalari

Xorijda ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar olib kelingandan soʻng doimiy yashash joyi boʻyicha ularni ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, muqobil joylashtirish shakllariga yoxud Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq joylashtirish choralarini koʻradi.

Shu kunning oʻzida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-iyuldagi 440-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 09/20/6/0026-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 07.07.2022-y., 09/22/363/0600-son; 14.07.2025-y., 09/25/440/0656-son)