Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi toʻgʻrisidagi, yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisidagi, davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
 LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda koʻrsatilgan geodeziya punktlari va jugʻrofiy obyektlar koordinatlarini, kosmik va aerofotosuratlar, xaritalar, atlaslar, joylarning maketlari va boshqa kartografiya materiallarini ochiq eʼlon qilish yoki koʻrgazmalarda va televideniyeda namoyish qilish mumkinligi toʻgʻrisida xulosalar, korxonalarda geodeziya punktlarining koordinatlari va balandliklari, texnik hisobotlar, topografiya xaritalari va rejalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻplanishini kelishish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga va viloyatlar hokimlariga qishloq xoʻjaligi yerlarini muhofaza qilish sohasidagi yerga oid qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi, sugʻoriladigan ekin maydonlarining foydalanishdan chiqib ketishiga yoʻl qoʻymaslik uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi ikki oy muddatda:
“Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda — avtomobil yoʻllari;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda — temir yoʻllar;
“Oʻzbekneftgaz” milliy-xolding kompaniyasi bilan birgalikda — neft-gaz yetkazib berish quvurlari;
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda — aloqa obyektlari;
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda — energetika obyektlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Gidrometeorologiya xizmati markazi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda — tabiiy xavf yuqori boʻlgan zonalar;
Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda — texnogen xavf yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, baʼzilariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
5. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Agrosanoat va suv xoʻjaligi komplekslari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 16-fevral,
66-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 183-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 620-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 16-fevraldagi 66-son qaroriga
4-ILOVA
I. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya va kartografiya boshqarmasi (“Oʻzgeodeziya”) faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1992-yil 24-martdagi 139-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kadastrlari yagona tizimini tashkil etish va uni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1996-yil 17-iyuldagi 255-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 7-son, 21-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida koʻchmas mulk davlat kadastrini yuritish toʻgʻrisida” 1997-yil 2-iyundagi 278-son qarorining 8-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1997-yil 7-avgustdagi 392-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 27-modda) ilovaning 1-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 1998-yil 25-dekabrdagi 534-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 16-noyabrdagi 499-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 11-son, 66-modda) 3-ilovaning 1-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-avgustdagi 606-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 32-son, 818-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-iyundagi 395-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2021-y., 09/21/395/0604-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 7-son, 59-modda, 14-son, 103-modda; 2011-y., 45-46-son, 470-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 32-son, 818-modda, 34-son, 889-modda, 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 04.12.2018-y., 09/18/977/2260-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 13.02.2019-y., 09/19/117/2603-son, 13.03.2019-y., 09/19/215/2774-son,20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2021-y., 09/21/395/0604-son, 17.08.2021-y., 09/21/525/0803-son; 15.04.2022-y., 09/22/183/0308-son, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son, 27.10.2022-y., 09/22/620/0965-son)