1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.02.00 Elektrotaʼminot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.03.00 Gaztaʼminoti]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Energetika]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi va tadbirkorlik subyektlarga sotish mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning isteʼmoli uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlash maqsadida:
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda ― Byuro) quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) 2020-yil 1-iyuldan quyidagilarni nazarda tutuvchi mexanizmni joriy etish:
“Hududgaztaʼminot” AJga va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotish funksiyasini “UzGasTrade” AJga yuklash;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)
“Hududgaztaʼminot” AJ tomonidan keyinchalik gaz taqsimlash tarmoqlariga ulangan respublika ichki isteʼmolchilariga, shu jumladan, aholiga sotish maqsadida tabiiy gazni ushbu tabiiy gaz magistral gaz uzatish tizimi orqali yetkazib berilgan taqdirda ― “Oʻztransgaz” AJdan, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri gaz taqsimlash tarmoqlariga yetkazib berilgan taqdirda ― tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilardan oldi-sotdi shartnomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar boʻyicha sotib olinishi;
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
v) 2020-yil 1-avgustdan Byuroning:
elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini nazorat qilish va hisobga olishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlari, shuningdek, muqobil energiya manbalarining joriy etilishini tashkil etish va ushbu jarayonlar ustidan monitoring oʻtkazishga doir vazifa va vakolatlarini ― Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga;
elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishini taʼminlash, isteʼmolchilarning qarzdorligini kamaytirish, shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gaz sotuvi va isteʼmolini hisobga olish boʻyicha vazifa va vakolatlarini ― tegishlicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korxonalariga va “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz taʼminoti tashkilotlariga;
elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga doir vazifa va vakolatlarini ― tegishlicha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korxonalariga va “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz taʼminoti tashkilotlariga hamda oʻz vakolatlari doirasida tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga;
elektr energiyasi va tabiiy gazni ehtiyot qilish va ulardan oqilona foydalanish yuzasidan isteʼmolchilarning huquqiy madaniyati va masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrishga doir vazifa va vakolatlarini ― tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga va “Hududgaztaʼminot” AJga;
energiya resurslari uchun hisob-kitob qilinishini taʼminlash tizimini kompleks tahlil qilish, tizimli muammolarni aniqlash, takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishga doir vazifa va vakolatlarini ― Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligiga oʻtkazish.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz taʼminoti tashkilotlarini keyinchalik ular negizida filiallar tashkil etgan holda belgilangan tartibda “Hududgaztaʼminot” AJga qoʻshilishini taʼminlasin.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
3. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi “Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda:
ichki bozorga yetkazilgan tabiiy gaz uchun 2020-yil 1-iyul holatiga mavjud boʻlgan debitorlik va kreditorlik qarzdorliklarini (magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilar bundan mustasno) “Oʻztransgaz” AJdan “Hududgaztaʼminot” AJga qayta rasmiylashtirilishini;
tabiiy gazni nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi 2021-yil oxiriga qadar barcha turdagi isteʼmolchilar uchun toʻliq joriy etilishini taʼminlasin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoni tahririda)
(3-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Belgilansinki, “Hududgaztaʼminot” AJ “Oʻztransgaz” AJ va ilgari “Oʻztransgaz” AJ tarkibiga kirgan uning hududiy gaz taʼminoti filiallari bilan isteʼmolchilar (magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilar bundan mustasno) oʻrtasida tuzilgan tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnoma va majburiyatlar yuzasidan huquqiy voris hisoblanadi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
4. Bosh prokuratura Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin:
elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarni aniqlash va rasmiylashtirish mexanizmi;
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni undirish mexanizmi;
energiya taʼminoti, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish sohasida toʻlov intizomini taʼminlash boʻyicha Byuro organlarining vazifalari tugatilishi munosabati bilan uning faoliyatini takomillashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish.
Belgilansinki, elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq undirilishi boʻyicha vazifalar oʻtkazilishi munosabati bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning va “Hududgaztaʼminot” AJning tuzilmalari faoliyatiga qoʻshimcha jalb qilinadigan xodimlar, birinchi navbatda, mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisiga muvofiq qisqartirilayotgan Byuro xodimlari hisobidan toʻldiriladi.
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.02.00 Elektr taʼminoti;
2.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.03.00 Gaz taʼminoti]
5. Belgilansinki:
2020-yil 1-iyuldan boshlab yangi tabiiy gaz isteʼmolchilari (yirik strategik korxonalar bundan mustasno) faqat gaz taqsimlash tarmoqlariga ulanadi;
neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish (shu jumladan, oxirgi isteʼmolchigacha sotish) boʻyicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs ― litsenziatlar tomonidan umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulanish yoki ulardan foydalanish qoidalarini boshqacha tarzda buzish, tabiiy gazni hisobga olish asboblariga, shu jumladan, ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek, hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga litsenziat tomonidan ruxsatsiz aralashish litsenziya bitimi talablari va shartlarini bir marotaba qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi hamda litsenziyalovchi organning qaroriga muvofiq litsenziya amal qilishining tugatilishiga olib keladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Byuro hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 18-iyun,
PF-6010-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-son Farmoniga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-apreldagi “Neft va gaz konlarini razvedka qilish hamda ularni qazib chiqarishga bevosita xorijiy sarmoyalarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-2598-son Farmonining 9-bandidagi ““Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyati” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5484-son Farmonining 1-bandida:
toʻrtinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi tarkibiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tuzilmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-avgustdagi ““Oʻztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-438-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. “Oʻztransgaz” AJning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
tabiiy gazni keyinchalik yagona operator sifatida yetkazib berish, jumladan, eksport va import qilish uchun gaz qazib oluvchi va qayta ishlovchi tashkilotlar, shu jumladan, mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlar asosida faoliyat yurituvchi qoʻshma korxonalar va xorijiy kompaniyalardan xarid qilish;
tabiiy gazni oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha “Hududgaztaʼminot” AJ va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilarga sotish;
magistral gaz quvurlari, kompressor stansiyalari, yer osti gaz omborlari va ularning uskunalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarining meʼyoriy talablariga amal qilgan holda magistral gaz quvurlariga ulangan elektr ishlab chiqaruvchi elektr stansiyalarini belgilangan tartibda tabiiy gaz bilan uzluksiz taʼminlash;
magistral gaz quvurlari tizimida ularni modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlashni hisobga olib hamda tabiiy gazni uzatish texnologiyasi va gidravlik balansiga rioya etgan holda yagona texnik siyosatni olib borish;
magistral gaz quvurlari tizimida tabiiy gazdan oqilona foydalanishni taʼminlash;
magistral gaz quvurlari tizimida zamonaviy hisoblash priborlari va usullarini joriy etgan holda gazning qatʼiy hisobga olinishini taʼminlash, tabiiy gazning isrof qilinishi va asossiz ishlatilishini kamaytirish boʻyicha choralar koʻrish;
eksportga tabiiy gaz yetkazib berish hajmini oshirish va uni uzatish boʻyicha koʻrsatilayotgan xizmatlarni kengaytirish”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-noyabrdagi “Suv xoʻjaligi tashkilotlari isteʼmol qiladigan elektr energiya uchun toʻlovlar mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-723-son qarorida:
a) 1-bandning oltinchi xatboshisidagi ““Oʻzbekenergo” DAKning” soʻzlari ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“SXEMA
osushestvleniya platejey za elektroenergiyu, potreblyayemuyu vodoxozyaystvennimi organizatsiyami Ministerstva vodnogo xozyaystva, cherez Kaznacheystvo Ministerstva finansov Respubliki Uzbekistan i yego territorialnie podrazdeleniya
1) predostavleniye zaregistrirovannix v ustanovlennom poryadke Ministerstvom finansov smet rasxodov v podrazdeleniya Kaznacheystva Ministerstva finansov;
2) zaklyucheniye dogovorov na postavku elektroenergii mejdu vodoxozyaystvennimi organizatsiyami i podrazdeleniyami AO “Regionalnie elektricheskiye seti” v predelax utverjdennix smet rasxodov;
3) predostavleniye vodoxozyaystvennimi organizatsiyami dogovorov na registratsiyu v sootvetstvuyushiye kaznacheyskiye podrazdeleniya;
4) predostavleniye podrazdeleniyami AO “Regionalnie elektricheskiye seti” vodoxozyaystvennim organizatsiyam schetov-faktur ob obyemax postavlennoy elektroenergii i summax, podlejashix k oplate;
5) predostavleniye schetov-faktur vodoxozyaystvennimi organizatsiyami v sootvetstvuyushiye territorialnie kaznacheyskiye podrazdeleniya;
6) proverka territorialnimi kaznacheyskimi podrazdeleniyami schetov-faktur i vvod ix dannix dlya oplati za elektroenergiyu v Yedinuyu bazu dannix Kaznacheystva Ministerstva finansov;
7) oplata Kaznacheystvom Ministerstva finansov za elektroenergiyu na spetsialnie bankovskiye scheta podrazdeleniy AO “Regionalnie elektricheskiye seti”;
8) predostavleniye territorialnimi kaznacheyskimi podrazdeleniyami vodoxozyaystvennim organizatsiyam vipisok i kopiy platejnix porucheniy ob oplate za potreblennuyu elektroenergiyu”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 14-fevraldagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish. Oʻzbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlari 0,4 kVli isteʼmolchilarining elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1705-son qarori rus tilidagi matni 2-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilaridagi “GAK “Uzbekenergo”” soʻzlari “AO “Regionalnie elektricheskiye seti”” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi “Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish. Oʻzbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlari 0,4 kVli isteʼmolchilarining elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish tizimi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1795-son qarori rus tilidagi matni 5-bandining uchinchi xatboshisi, 7 va 8-bandlaridagi “GAK “Uzbekenergo”” soʻzlari “AO “Regionalnie elektricheskiye seti”” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 1-maydagi ““Toʻraqoʻrgʻon issiqlik elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2342-son qarori rus tilidagi matni 3-bandining toʻrtinchi xatboshisi, 4-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari, 5, 9, 10 va 11-bandlaridagi “GAK “Uzbekenergo”” soʻzlari “AO “Teplovie elektricheskiye stansii”” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 17-oktabrdagi PQ-2635-son qarori bilan tasdiqlangan 100 foiz oddiy aksiyalari davlatga tegishli boʻlgan strategik aksiyadorlik jamiyatlari roʻyxatining rus tilidagi matnida:
a) 1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. AO “Uzbekneftegaz”
2. AO “Teplovie elektricheskiye stansii””;
b) quyidagi mazmundagi 11, 12, 21 va 22-bandlar bilan toʻldirilsin:
“11. AO “Uztransgaz”
12. AO “Xududgaztaʼminot”
21. AO “Natsionalnie elektricheskiye seti Uzbekistana”
22. AO “Regionalnie elektricheskiye seti””.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-maydagi “2017 ― 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-3012-son qarorida:
“Bunda qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olmagan holda hisob-kitoblar Oʻzbekiston Respublikasining “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunida nazarda tutilgan qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilish boʻyicha imtiyoz va preferensiyalarning amal qilish davrida amalga oshiriladi.
Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan kelishgan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiya ishlab chiqaruvchi isteʼmolchilardan elektr energiya sotib olish boʻyicha shartnomalar tuzish huquqiga egadir”.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-noyabrdagi “Energiya resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3379-son qarori 2-bandining “b” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3384-son qarorida:
“2. Ishchi komissiyaning Loyiha doirasida dastlab 2 million dona elektr energiyasini hisobga olish uskunalari, shuningdek, dasturiy taʼminot, qoʻshimcha asbob-uskuna, boshqa zarur texnik vositalarni (keyingi oʻrinlarda hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalar deb yuritiladi) “Toshelectroapparat” MCHJ XKdan istisno tariqasida tender savdolarini oʻtkazmasdan xarid qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
ikkinchi xatboshidagi ““Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ” soʻzlari ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ” coʻzlari bilan almashtirilsin;
“3. Ishchi komissiya (J.A. Qoʻchqorov) “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Loyiha boʻyicha “Toshelectroapparat” MCHJ XK bilan yakuniy muzokaralar oʻtkazilishi va kontraktlar (keyingi oʻrinlarda kontraktlar deb yuritiladi) tuzilishini tashkil etsin”;
v) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi ““Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ” soʻzlari ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“10. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Byuro bilan birgalikda bir oy muddatda elektr uzatish liniyalari va gaz quvurlarini modernizatsiya qilish boʻyicha davlat dasturlari amalga oshirilishini, elektr taʼminoti infratuzilmasining amaldagi holatini, shaharlar va viloyatlar markazlarining ustuvorligini inobatga olgan holda hisobga olish uskunalari va qoʻshimcha vositalarni oʻrnatish jadvalini tasdiqlasin”;
“12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan birgalikda yaratiladigan Kommunal xizmatlar yagona billing tizimining Loyiha doirasida oʻrnatiladigan dasturiy mahsulotlar bilan mosligini taʼminlasin”;
j) 14-banddagi ““Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻztransgaz” AJ” soʻzlari ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
z) 16-banddagi ““Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AJ” soʻzlari ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“17. Loyihaning toʻliq va oʻz muddatida amalga oshirilishi, shu jumladan, tasdiqlanadigan loyiha parametrlariga erishish yuzasidan shaxsiy javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbari U.M. Mustafoyev zimmasiga yuklansin”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilgʻi-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan taʼminlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiisteʼmolchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3386-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshisidagi ““Oʻzneftmahsulot” AJning” soʻzlari ““Oʻzbekneftgaz” AJning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-3870-son qarorida:
(13-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-sentabrdagi PF-139-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3875-son qarorida:
“8. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda 2019-yil va keyingi yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlarini shakllantirishda ularga “MMFI” MTYAU filialining bino va inshootlarini tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash yuzasidan loyihalarning belgilangan tartibda kiritilishini taʼminlasin”;
“a) “MMFI” MTYAU filialiga qabul kvotasi manfaatdor vazirlik va idoralarning kadrlarga boʻlgan ehtiyoji hisobga olingan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi, bosh muassasa bilan kelishilgan holda tayyorlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining asoslantirilgan takliflari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda malakali kadrlarni tayyorlashga boʻlgan ehtiyojni har yili tahlil qilib boradi hamda tahlil natijasiga koʻra “MMFI” MTYAU filialiga kelgusi oʻquv yillarida taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha talabalarni qabul qilish soni yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi”;
“b) Vasiylik kengashining qaroriga muvofiq “MMFI” MTYAU filiali xodimlariga ularning yuqori malakasi, ixtisoslashtirilgan kompyuter komplekslari bilan ishlash koʻnikmalari uchun “MMFI” MTYAU filiali va Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan shaxsiy ustama belgilanishi mumkin”;
“g” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “Fanlar akademiyasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 11-bandning birinchi xatboshisidagi ““Oʻzbekneftgaz” AJ” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin”;
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“S.R. Xolmuradov” soʻzlari “Sh.A. Vafayev” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“M.M. Mirzayev” soʻzlari “I.I. Norkulov” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“iqtisodiyot vazirining” soʻzlari “iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari ― “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi bosh direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin”.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 23-oktabrdagi “Elektr energetikasi tarmogʻini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3981-son qarorida:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripovga ― “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini qatʼiy nazoratga olish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari S.U. Umurzakovga ― xalqaro moliya institutlari va tashkilotlardan jalb qilinayotgan mablagʻlarning oʻz vaqtida oʻzlashtirilishini taʼminlash, shuningdek, salohiyatli investorlarni izlash va investorlarga, shu jumladan, ishonchli boshqaruvga beriladigan obyektlarni aniqlagan holda elektr energetikasi tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyalarini jalb qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorovga ― elektr energetikasi tarmogʻida loyihalarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish mexanizmlarining sifatli ishlab chiqilishini taʼminlash;
“Issiqlik elektr stansiyalari”, “Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” va “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatlar boshqaruvining raislari ― loyiha hujjatlarini oʻz vaqtida ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash, mazkur qarorda belgilangan obyektlarni qurish va foydalanishga topshirishni taʼminlash uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin”;
Osiyo taraqqiyot banki mablagʻlari hisobiga ASKUE 1-faza loyihasini amalga oshirish doirasida iqtisod qilingan mablagʻlar hisobidan EEHO va NQAT maʼlumotlarini qayta ishlash respublika yagona markazini tashkil etish boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro tender natijalariga koʻra aniqlangan pudratchi ― kompaniya bilan;
Respublikaning barcha hududlarida EEHO va NQATni joriy etish uchun zarur boʻlgan zamonaviy hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotib olish uchun xalqaro tanlov savdolarini oʻtkazish yuzasidan tender hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha “CESI S.P.A / AF Mercados Energy Markets International S.A / Sharifa.com” (Italiya/Ispaniya/Oʻzbekiston) konsalting kompaniyalarining konsorsiumi bilan qoʻshimcha bitimlar tuzish.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev)ga quyidagilarni muvofiqlashtirish uchun javobgarlik yuklansin:
xarid qilish jarayonlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtirok etishini, mamlakat hududida EEHO va NQAT va hisoblash qurilmalariga xizmat koʻrsatish servis markazlarini yaratishni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini hisobga olgan holda EEHO va NQATni joriy qilish uchun zamonaviy hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotib olish uchun tender hujjatlarini ishlab chiqish;
Osiyo taraqqiyot bankining qarz mablagʻlari hisobiga 2021-yil 1-dekabrga qadar respublikaning barcha hududlarida EEHO va NQATni joriy etishni yakunlash boʻyicha zamonaviy hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotib olish yuzasidan xalqaro tender savdolarining oʻtkazilishini jadallashtirish.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mahalliy ishlab chiqaruvchilardan hisoblash qurilmalari va qoʻshimcha asbob-uskunalarni sotib olish jarayonida, ularning texnik parametrlarining xalqaro tender savdolarini oʻtkazish uchun tayyorlangan tender hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlasin”;
v) 4-banddagi ““Oʻzbekenergo”” soʻzlari ““Hududiy elektr tarmoqlari”” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 8-banddagi “Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi “Oʻzbekenergo” AJ” soʻzlari “Investitsiyalar va tashqi savdo vaziriligi Energetika vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1) “Loyiha qiymati va moliyalashtirish manbai” ustunida:
1 ― 3, 5, 7-pozitsiyalardagi ““Oʻzbekenergo” AJ” soʻzlari ““Issiqlik elektr stansiyalari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11, 12, 19-pozitsiyalardagi ““Oʻzbekenergo” AJ” soʻzlari ““Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13, 15, 16-pozitsiyalardagi ““Oʻzbekenergo” AJ” soʻzlari ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2) “Masʼul ijrochilar” ustunida:
1 ― 7, 9, 10 va 14-pozitsiyalardagi ““Oʻzbekenergo” AJ (Mustafoyev)” va “Davlat investitsiya qoʻmitasi” soʻzlari tegishincha ““Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Mubarakshin)” va “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-pozitsiyada:
““Oʻzbekenergo” AJ (Mustafoyev)” soʻzlari “““Issiqlik elektr stansiyalari” AJ (Mubarakshin)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
““MEK” AJ (Muratov)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11 va 12-pozitsiyalardagi “Davlat investitsiya qoʻmitasi” va ““Oʻzbekenergo” AJ (Mustafoyev)” soʻzlari tegishincha “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” va ““Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isakulov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
13, 14 va 16-pozitsiyalardagi “Davlat investitsiya qoʻmitasi” va ““Oʻzbekenergo” AJ” soʻzlari tegishincha “Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi” va ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15, 17 va 18-pozitsiyalardagi ““Oʻzbekenergo” AJ” soʻzlari ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-pozitsiyadagi ““Oʻzbekenergo” AJ (Mustafoyev)” soʻzlari ““Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ (Isakulov)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
e) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Elektr energetikasi tarmogʻini isloh qilish boʻyicha Komissiya
TARKIBI
1.
A.N. Aripov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi
2.
J.A.Qoʻchqorov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari ― Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, Komissiya raisi oʻrinbosari
3.
A.S. Sultanov
―
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri, Komissiya raisi oʻrinbosari
4.
B.M. Mavlonov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti rahbari
5.
G.K. Saidova
―
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari
6.
Sh.A. Vafayev
―
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari ―Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijrochi direktori
7.
Sh.Ya. Ismailov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining shuʼba mudiri
8.
O.E. Nasritdinxodjayev
―
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari
9.
B.K. Abdinazarov
―
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining oʻrinbosari
10.
N.Sh. Sharipov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi
11.
Sh.X. Xodjayev
―
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari
12.
U.U. Egamberdiyev
―
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” boshligʻi
13.
M.R. Abdullayev
―
“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi
14.
R.G. Mubarakshin
―
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi
15.
D.A. Isakulov
―
“Oʻzbekiston Milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi
16.
U.M. Mustafoyev
―
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi
17.
A.A. Sanginov
―
“Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisi
18.
B.A. Xadjixanov
―
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shuʼba mudiri, Komissiya masʼul kotibi
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi”.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “Noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4078-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2020-yil 1-yanvardan barcha noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish (daryo oʻzanlarini tozalash jarayonida qum-shagʻal materiallarini qazib olish bundan mustasno) huquqi uchun litsenziyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tomonidan “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasidagi elektron auksion yakunlari asosida 20 kundan oshmagan muddatda beriladi”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Shisha tola, shisha tolali buyumlar, kompozit materiallar, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari va energiya tejashning zamonaviy tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4277-son qarori 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlarini bajarishda bino va inshootlarning energiya samaradorligi sinflarini (A, B, V sinflari va boshqalar) belgilash, energiya tejamkor isitish asbob-uskunalari, energiya tejaydigan texnologiyalar va uskunalar, shuningdek, energiya tejashning boshqa zamonaviy tizimlaridan foydalanish boʻyicha talablarni normativ hujjatlarga kiritish choralarini koʻrsin”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlarida telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4329-son qarori 11-bandidagi ““Oʻzbekenergo” AJ” degan soʻzlar ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, neft-gaz tarmogʻini moliyaviy sogʻlomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4388-son qarorining 4-bandida:
“toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha “Hududgaztaʼminot” AJ va magistral gaz uzatish tizimiga ulangan isteʼmolchilarga tabiiy gazni sotish”;
“b” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirdagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“suyultirilgan gazni xarid qilish, yetkazib berish, saqlash hamda aholi va ijtimoiy soha obyektlariga sotish;
tabiiy gazni keyinchalik gaz taqsimlash tarmogʻiga ulangan respublika ichki isteʼmolchilariga, shu jumladan, aholiga sotish maqsadida magistral gaz uzatish tizimi orqali yetkazib berilganda ― “Oʻztransgaz” AJdan, shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri gaz taqsimlash tarmogʻiga yetkazib berilganda ― tabiiy gaz ishlab chiqaruvchilaridan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan tariflar boʻyicha oldi-sotdi shartnomasi asosida xarid qilish funksiyalari yuklansin”.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-noyabrdagi “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4522-son qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“strategik foydali qazilma turlariga ega yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqining boshlangʻich bahosi geologik tadqiqot uchun ― imzo bonusi stavkasi miqdorida, qazib chiqarish uchun ― tijorat topilma bonusi stavkasi miqdorida qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda belgilanadi”.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori bilan tasdiqlangan Foyda soligʻi toʻliqligicha Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga yoʻnaltiriladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyxati quyidagi mazmundagi 86-qator bilan toʻldirilsin:
“
86.
“Hududgaztaʼminot” AJ
306605769
”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-son Farmoniga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan ayrim hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 23-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4256-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-4473-son Farmoniga 1-ilovaning 10-bandi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5114-son Farmoniga ilovaning 2-bandi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5207-son Farmoniga ilovaning 6-bandi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi PF-5620-son Farmoniga 1-ilovaning 8-bandi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-5894-son Farmoniga ilovaning 34-bandi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 8-avgustdagi ““Oʻztransgaz” aksionerlik kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-438-son qarori 5-bandi hamda 5 va 6-ilovalari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 21-avgustdagi “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-446-son qarorining 3-bandi.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 7-iyundagi “Yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-649-son qarori.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 7-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-1850-son qarori.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 17-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-2213-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 26-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-2280-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2343-son qarori.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PQ-2655-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi “Zamonaviy energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni yanada joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3238-son qarori.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)