Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 14.10.2022
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 13-oktabrdagi 592-sonli “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-son va “Psixiatriya yordami ko‘rsatish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-son qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiyot va sanoat vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 12-mart,
145-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-martdagi 145-son qaroriga
ILOVA
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“qaydnoma — pensioner va nafaqa oluvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi, pasport ma’lumotlari, pensiya va nafaqa to‘lov muddati hamda summasiga doir ma’lumotlar aks ettirilgan, pensiya va nafaqa to‘lovi uchun pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filialiga taqdim etiladigan hujjat”.
2. Quyidagi mazmundagi 81-band qo‘shilsin:
“81. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish) to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi.
Shaxsning pensiya tayinlash (qayta hisoblash, tiklash, pensiyaning bir turidan boshqa turiga o‘tkazish) to‘g‘risidagi arizasi manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi. Pensiya tayinlash (qayta hisoblash) to‘g‘risidagi arizaga ish stajiga oid ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda taqdim etiladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi:
shaxsning ish stajiga oid ma’lumotlar asosida pensiya tayinlash (qayta hisoblash) uchun zarur bo‘lgan ushbu Nizomning 12 — 14-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlarni to‘plashda amaliy yordam ko‘rsatadi;
pensiya to‘lovini tiklash yoki davom ettirish to‘g‘risidagi arizaga asosan pensiya yig‘majildini Pensiya jamg‘armasining tegishli tuman (shahar) bo‘limidan talab qilib oladi”.
3. Quyidagi mazmundagi 181-band qo‘shilsin:
“181. Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxsning pasporti (istiqomat uchun berilgan guvohnoma) nusxasi manzil-koloniya ma’muriyati tomonidan manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga beriladi”.
4. 157-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“157. Pensiyalar komissiyaning qarorida ko‘rsatilgan miqdor hamda muddatlardan kelib chiqib to‘lanadi.
Ishlamaydigan pensionerlarga pensiya yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot yoki pensionerning xohishiga ko‘ra pul mablag‘larini fuqarolarning depozit hisob raqamlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan tijorat bankining filiali orqali to‘lanadi.
Ishlamaydigan shaxsga pensiya va nafaqa to‘lovi shakli ushbu Nizomga 16-ilovaga muvofiq shakldagi arizaga asosan aniqlanadi.
Shaxsning tanlovi bo‘yicha unga to‘lanishi lozim bo‘lgan pensiya summasi, bir vaqtning o‘zida pensiya to‘lovining bir nechta shaklidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.
To‘lov shakli shaxs tegishli ariza bilan murojaat etgan yoki mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risidagi buyruqdan ko‘chirmani (bajarilgan ishlar dalolatnomasini) taqdim etgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab o‘zgartiriladi yoki tiklanadi.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya to‘lovi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan manzil-koloniya ma’muriyati orqali mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga naqd pulsiz o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Manzil-koloniya ma’muriyati har oyning 1-sanasiga qadar joriy oy uchun manzil-koloniyada jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lovi uchun mablag‘larni olishga ushbu Nizomga 17-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha talabnomani manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga taqdim etadi”.
5. Quyidagi mazmundagi 1571 va 1572-bandlar qo‘shilsin:
“1571. Pensiyalarni bank plastik kartochkalari orqali to‘lash uchun mablag‘larni o‘tkazish Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan axborot tizimi orqali elektron shaklda taqdim etilgan to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma asosida amalga oshiriladi.
Haqiqatda moliyalashtirilgan mablag‘lar to‘lov topshiriqnomasi va qaydnoma elektron shaklda taqdim etilgan kundan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmasdan xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banki filiali tomonidan pensioner yoki nafaqa oluvchi uchun ochilgan 22617 — “Pensionerlarning plastik kartochkalari bo‘yicha majburiyatlari” hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
1572. To‘liq bo‘lmagan oy kunlari uchun pensiya to‘lovi summasi quyidagi tartibda aniqlanadi:
tayinlangan pensiya summasi tegishli oyning kalendar kunlari soniga bo‘lish yo‘li bilan bir kun uchun to‘lov summasi aniqlanadi;
bir kun uchun to‘lov summasi pensiya to‘lovi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli oyning kalendar kunlari soniga ko‘paytiriladi.”.
6. Quyidagi mazmundagi 1581 — 1585-bandlar qo‘shilsin:
“1581. Pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi inspektori har oyning 25-sanasiga qadar komissiya qarori qabul qilingan va keyingi to‘lov oyi qaydnomalariga kiritilishi lozim bo‘lgan pensiya yig‘majildlarini pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoring guruhiga (keyingi o‘rinlarda monitoring guruhi deb ataladi) taqdim etadi. Bunda taqdim etilgan hujjatlar Pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi guruhiga taqdim etilgan hujjatlarni ro‘yxatga olish kitobiga qayd qilinishi lozim.
1582. Qaydnomalar quyidagi tartibda shakllantiriladi:
asosiy qaydnomalar — pensiya va nafaqalar, vafoti munosabati bilan olinmay qolingan pensiya va nafaqalar, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni qoplash, pensiya va nafaqalardan aliment va jarimalar, kompensatsiya va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha to‘lov oyi uchun bir marotaba;
qo‘shimcha qaydnomalar — dafn marosimi uchun nafaqa, O‘zbekiston Respublikasidan tashqarisiga ko‘chib ketish oldidan 6 oy avval beriladigan pensiya to‘lovi tayinlangan kunda.
1583. Monitoring guruhi inspektori tomonidan qaydnomalar axborot tizimida pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallari bo‘yicha alohida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini va tijorat banki filiali kesimida shakllantiriladi.
1584. Qaydnomalar:
pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot uchun — har to‘lov oyining 2-sanasiga qadar shakllantiriladi va 3-sanasiga qadar taqdim etiladi;
tijorat banklari filiallari uchun — har to‘lov oyining 3-sanasiga qadar shakllantiriladi va 4-sanasiga qadar axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
Qaydnomalarni shakllantirish hamda taqdim etishning so‘nggi kuni dam olish yoki bayram (ish kuni bo‘lmagan) kunlariga to‘g‘ri kelgan hollarda keyingi ish kuni muddatning so‘nggi kuni deb hisoblanadi.
1585. Tijorat banki filiallari har oyda pensionerlarning bank plastik kartochkalariga mablag‘lar o‘z vaqtida kirim qilinishini ta’minlashlari lozim.
Pensionerning bank plastik kartochkalariga mablag‘lar kirim qilingan sana pensiya to‘langan sana deb hisoblanadi.
Pensionerning bank plastik kartochkasiga mablag‘lar pensioner vafot etgan sanadan so‘ng kirim qilingan hollarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi hisobvarag‘iga vafot etgan pensionerning hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘lar hisobidan qaytarish to‘g‘risida tegishli tijorat banklari filiallariga rasmiy xat yuborish orqali qaytarish choralarini ko‘radi”.
7. 160-bandning ikkinchi xatboshidagi “ruhiy kasallar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) birinchi xatboshidagi “ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshidagi “ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
9. 170-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“170. Pensiya oluvchi shaxs O‘zbekiston Respublikasi doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chgan taqdirda, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotganda yoki manzil-koloniyadan ozod etilganda, pensiya hujjatlar yig‘majildi pochta orqali pensionerning yangi yashash joyi yoki manzil-koloniya joylashgan erdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi yoxud pensionerning qo‘liga beriladi.
Pensiya oluvchi shaxs bir tuman (shahar) hududida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida boshqa tuman (shahar)ga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganda pensiya avvalgi yashash joyi bo‘yicha shaxs ro‘yxatdan chiqarilgan oyning oxirigacha to‘lanadi.
Ushbu holatda pensiyani to‘lash pensiya hujjatlar yig‘majildi olingandan keyin pensiya oluvchi shaxsning yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash uning oldingi yashash joyi bo‘yicha pensiyani to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab, biroq u hisobga qo‘yish maqsadida murojaat etganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun davom ettiriladi”.
a) to‘rtinchi xatboshiga “(manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar bundan mustasno)” so‘zlari qo‘shilsin;
b) beshinchi xatboshidagi “ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) o‘n ikkinchi xatboshiga “ozodlikdan mahrum etish joylarida” so‘zlaridan keyin “(manzil-koloniyalardan tashqari)” so‘zlari qo‘shilsin;
g) quyidagi mazmundagi o‘n uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Pensiya to‘lashni tiklash komissiya qaroriga asosan amalga oshiriladi”.
11. Quyidagi mazmundagi 1921 — 19212-bandlar qo‘shilsin:
“1921. Qaydnomalar yuborish, shuningdek, yuridik shaxslardan pensiya va nafaqalar to‘lovlariga Pensiya jamg‘armasidan mablag‘lar olish bo‘yicha talabnomalar qabul qilish yakunlangandan so‘ng mablag‘larga ehtiyojni aniqlash, buxgalteriya hisobi va hisoboti sektori (bosh buxgalter) tomonidan ushbu Nizomga 18 va 19-ilovalarga muvofiq shakl bo‘yicha joriy to‘lov oyiga talabnomalar tuziladi hamda Pensiya jamg‘armasi bo‘limining pensiya va nafaqa to‘lovi uchun qaydnomalar va talabnomalarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhiga (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ishchi guruhi deb ataladi) ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi ishchi guruhi quyidagi tarkibda tuziladi:
bo‘lim boshlig‘i — ishchi guruh rahbari;
bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bosh buxgalter, monitoring guruhi hamda pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi rahbarlari — ishchi guruh a’zolari.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi shtat jadvalida mazkur lavozimlar bo‘lmagan yoki vakant lavozim mavjud bo‘lgan taqdirda, ishchi guruhi tarkibiga ushbu lavozim bo‘yicha tegishli vazifalarni bajarish yuklangan xodim kiritiladi.
Bunda joriy to‘lov oyi uchun talabnomaga dafn marosimi uchun nafaqa va O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga ko‘chib ketgunga qadar oldindan beriladigan 6 oylik pensiya to‘lovlariga rejalashtirilayotgan, ammo ular bo‘yicha oldingi to‘lov oyida haqiqatda to‘langan mablag‘lardan kam bo‘lmagan summa kiritiladi.
1922. Talabnomalar joriy oyning 13-sanasidan kechiktirilmay Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i (uning vazifasini bajaruvchi) tomonidan axborot tizimida tasdiqlanadi.
1923. Pensiya va nafaqa to‘loviga tuzilgan talabnomalar Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganiladi (keyingi o‘rinlarda Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi ishchi guruhi deb yuritiladi). Ishchi guruh quyidagi tarkibda tuziladi:
boshqarma boshlig‘i — ishchi guruh rahbari;
boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, mablag‘larni boshqarish va pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i, bosh buxgalter — ishchi guruh a’zolari.
Ko‘rsatib o‘tilgan lavozimlar vakant bo‘lgan taqdirda, ishchi guruh tarkibiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan xodim kiritiladi.
Jamlanma talabnomalar to‘lov oyining 15-sanasidan kechiktirmasdan Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi boshlig‘i (uning vazifasini bajaruvchi) tomonidan axborot tizimida tasdiqlanadi.
1924. Pensiya jamg‘armasining axborot tizimida tasdiqlangan talabnomalar Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmasi va tuman (shahar) bo‘limi tomonidan moliyalashtirish uchun asos hisoblanadi.
Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tuzilgan qaydnomalardagi summalarga mos mablag‘larni pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallarining tegishli hisobvaraqlariga moliyalashtiradi.
1925. Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan joriy oyning 15-sanasiga qadar Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalariga talabnomalarni moliyalashtirish uchun pensionerlar va nafaqa oluvchilarning vafoti, ko‘chib ketganligi, vaqtincha yo‘qligi va boshqa sabablarga ko‘ra to‘lanmasdan qaytarilgan pensiya va nafaqalar summalari to‘g‘risida tezkor ma’lumotni ushbu Nizomga 20-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadilar.
Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari to‘lov oyining 18-sanasiga qadar talabnomalarni moliyalashtirish uchun pensionerlar va nafaqa oluvchilarning vafoti, ko‘chib ketganligi, vaqtincha yo‘qligi va boshqa sabablarga ko‘ra to‘lanmasdan qaytarilgan pensiya va nafaqalar summalari to‘g‘risida jamlanma tezkor ma’lumotni ushbu Nizomga 20-ilovaga muvofiq shaklda tuzadilar va Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatiga taqdim etadilar.
1926. Pensiya jamg‘armasi bo‘limida hisobda turgan pensionerlarning monitoringi har oyda tanlov asosida ushbu Nizomning 1927-bandida nazarda tutilgan tartibda tasdiqlangan grafik asosida o‘tkaziladi.
1927. Har oyning boshida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i (uning vazifasini bajaruvchi)ning buyrug‘i bilan monitoring o‘tkazish grafigi tasdiqlanadi. Ushbu buyruqda Pensiya jamg‘armasi bo‘limining mas’ul xodimlarini ko‘cha va uchastkalar bo‘yicha biriktirish, ish rejasi (ish kuni tartibini hisobga olib, har xafta kamida 2 kun mobaynida monitoring o‘tkazilishi) va o‘rganish grafigi hamda monitoring o‘tkaziladigan kunda 10 — 30 nafar pensionerlarni qamrab olgan holda monitoringdan o‘tkazish talablari nazarda tutilgan bo‘lishi lozim.
1928. Monitoring uchun mas’ul har bir pensioner bilan suhbat o‘tkazadi, natijasi bo‘yicha ushbu Nizomga 21-ilovaga muvofiq shakldagi monitoring natijalari bo‘yicha anketani to‘ldiradi.
1929. Monitoring davomida monitoring uchun mas’ul quyidagi holatlarni aniqlaydi:
pensionerning tirik ekanligi;
yashash joyi o‘zgarganligi yoki O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganligi;
jazoni ijro etish muassasasida ekanligi;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning internat uylarida (pansionatlarida) yashayotganligi;
ishonchnoma orqali pensiya to‘lovi to‘g‘ri to‘lanayotganligi;
pensiya qaydnomada ko‘rsatilgan pensionerga shaxsan to‘lanayotganligi.
19210. Monitoring o‘tkazish davomida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha monitoring uchun mas’ul xodim tomonidan shaxs yoki tegishli fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi vakili ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtiradi.
19211. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi monitoring natijasida aniqlangan faktlar yuzasidan tegishli pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banklari filiallariga kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, mablag‘larni tiklashga oid zarur chora-tadbirlarni ko‘rish uchun xat (murojaat) yuboradi. Pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot va tijorat banki filiali kamchiliklarni bartaraf etish va o‘zlashtirilgan mablag‘larning yoki noqonuniy to‘langan pensiya summalarining tiklanishi bo‘yicha belgilangan tartibda zarur chora-tadbirlar ko‘radi.
19212. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar g‘aznachilik bo‘linmalari bilan birgalikda ushbu Nizomga 22-ilovaga muvofiq shakldagi pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida solishtirma dalolatnomalarni tuzadi hamda Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasiga taqdim etadi.
Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi:
Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari va g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan tasdiqlangan pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida solishtirma dalolatnomalarning to‘g‘riligini tekshiradi;
G‘aznachilikning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari bilan birgalikda mazkur Nizomga 23-ilovaga muvofiq shakldagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlariga pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida Jamlanma solishtirma dalolatnomalarini tuzadi va joriy oyning 7-sanasidan kechiktirmay Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparatiga taqdim etadi”.
12. 195-banddagi “ruhiy bemorlar” so‘zlari “ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin.
13. Quyidagi mazmundagi 16 — 23-ilovalar qo‘shilsin:
“Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
16-ILOVA

________________________


‎O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi

________________________

________________________ ‎‎

(rahbar ko‘rsatmasi) ‎‎

‎‎_____________________________

(shahar, viloyat, respublika)

‎‎__________________________ tumani ‎

‎‎(shahar) bo‘limi boshlig‘iga

‎‎Fuqaro ___________________________________________________________________dan

‎‎(F.I.O.)

‎‎Yashash joyi __________________________________________________________________
‎‎Telefon raqami ______________________________‎

ARIZA‎‎‎

‎‎ Menga tayinlangan pensiya, nafaqa, oylik kompensatsiya va boshqa to‘lovlarni (keraklisining tagiga chizilsin) 20___ yil ______________oyidan 20___ yil ___________ oyigacha qonun hujjatlariga amal qilgan holda oylik summaning ____ % pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot orqali naqd pul shaklida, ____% tijorat banki filialiga (bank plastik kartochkasi, jismoniy shaxsning omonat hisobvarag‘i) (keraklisining tagiga chizilsin) o‘tkazib berishingizni so‘rayman. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ___________________ tumani (shahar) bo‘limini ishga kirish yoki mehnat shartnomasini bekor qilish, oila a’zolari tarkibi, yashash joyi o‘zgarganligi kabi o‘zgarishlar sodir bo‘lganda o‘z vaqtida xabardor qilish hamda bank plastik kartochkasi yoki jismoniy shaxsning omonat hisobvarag‘i orqali to‘lov amalga oshirilganda har olti oyda Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga keli� yo‘li bilan pensiya olishga huquqimni tasdiqlash majburiyatini olaman. Pensiya va nafaqa olishga huquqimni tasdiqlash uchun Pensiya jamg‘armasiga kelmasam, to‘lov shaklini tanlash bo‘yicha yozma ariza bilan murojaat qilgunimga qadar to‘lovni to‘xtatib turishingizni so‘rayman.‎
‎ Arizaga quyidagilarni ilova qilaman:
‎ 1. Pasport nusxasi.
‎ 2. Tijorat bankining bank plastik kartochkasi bo‘yicha hisobvaraq yoki jismoniy shaxsning omonat hisobvarag‘i ochilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi va Bank hamda mijoz o‘rtasida tuzilgan shartnomaning nusxasi.

‎‎20___ y. “___” ________________ ‎‎Ariza beruvchining imzosi ____________
‎‎
‎‎
Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
17-ILOVA
Tashkilot shtampi
Pensiya jamg‘armasining
_______________________
tumani (shahar) bo‘limiga
‎‎_______________________________dan
‎‎(tashkilotning to‘liq nomi)
�TIR ________________________________
Bank MFOsi __________________________
Hisob raqami _________________________
G‘azna hisobvarag‘i _______________________

20__ yil ___________ oyi uchun manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan pensionerlarning pensiya to‘loviga mablag‘ ajratish uchun
‎ TALABNOMA

T/r‎

Pensionerning F.I.O. ‎‎

‎‎Pensionerning JShIR (PINFL) raqami ‎

Pensiya ishi raqami

‎‎Pasport seriyasi

Pasport raqami ‎‎
‎‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎
‎‎‎ ‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎
‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎
Muassasa rahbari‎‎ _________________‎‎‎

(imzo)

‎‎M.O‘.
‎‎Bosh buxgalter _________________‎‎

(imzo) ‎‎

Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
18-ILOVA

_______yilning ____________ oyi uchun ishlamaydigan fuqarolarga pensiya, kompensatsiya va ijtimoiy nafaqalarni moliyalashtirishga

TALABNOMA

shu jumladan:

Jami

Pensiya

Pensionerning vafoti munosabati bilan olinmay qolgan pensiya

Mehnatda mayiblangan-lik nafaqasi

Bolalikdan nogironlarga ijtimoiy nafaqa

Pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga ega bo‘lmagan qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar

Bola tug‘ilganda bir marotabalik nafaqa

Dafn nafaqasi

Uy-joy kommunal- to‘lovlar bo‘yicha oylik kompensatsiya

Un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik kompensatsiya

summa

soni

summa

soni

summa

soni

summa

soni

summa

soni

summa

soni

summa

soni

summa

soni

summa

soni

summa


Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
19-ILOVA

______yilning______ oyida korxona va tashkilotlarga pensiya, kompensatsiya va ijtimoiy nafaqalarni qoplash uchun

TALABNOMA

Korxonalar soni

Jami talab qilingan mablag‘

Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lovi

Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lashlar bo‘yicha beriladigan imtiyozlar o‘rniga oylik kompensatsiya

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (suyunchi puli)

Dafn marosimi uchun to‘lanadigan nafaqa puli

16 yoshgacha nogiron bolalarning ota-on�lariga qo‘shimcha dam olish kunlari haqining to‘lanishi

Un va non xaridi uchun kompensatsiya

soni

summa

soni

summa

soni

summa

soni

summa

soni

summa

soni

summa


Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
20-ILOVA

20_____ yil ____ oyi uchun talabnomalarni moliyalashtirish uchun pensionerlar va nafaqa oluvchilarning vafoti, ko‘chib ketganligi, vaqtincha yo‘qligi va boshqa sabablarga ko‘ra to‘lanmasdan qaytarilgan pensiya va nafaqa summalari to‘g‘risida

TEZKOR MA’LUMOT

T/r

To‘lov turi

Joriy to‘lov oyi uchun talabnoma summasi

To‘lanmasdan qaytarilgan pensiya va nafaqalar mablag‘lari summalari

Joriy to‘lov oyi uchun mablag‘larga haqiqiy ehtiyoj

1.

2.

...

Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
21-ILOVA

Monitoring natijalari bo‘yicha

ANKETA

Tuman (shahar)

Monitoring o‘tkazilgan sana _____________

T/r

Pensioner yoki nafaqa oluvchi F.I.O.

Pensiya yig‘majildi raqami

Yashash joyi

Pensiyani yetkazib berish (topshirish) yuklangan tashkilot yoki tijorat banki filialiga pensiya va nafaqa to‘lovi bo‘yicha e’tirozlari

Pensioner yoki nafaqa oluvchining imzosi

1

2

3

...

Monitoring uchun mas’ul _____________________

________________

(F.I.O.)

(imzo)

Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
22-ILOVA

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ______________ tumani (shahar) bo‘limi bo‘yicha pensiya va nafaqalar to‘loviga yo‘naltirilgan maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida

SOLIShTIRMA DALOLATNOMA

T/r

01.01.__ yil holatiga qoldiq

Hisobvarag‘i

Hisobvarag‘i nomi

Daromad kodi

JAMI tushum summasi (qaytarilgan tushumlar ayrilmagan holda)

Qaytarilgan tushumlar

Xarajat moddasi

Jami xarajat summasi (tiklangan mablag‘lar ayrilmagan holda)

Tiklangan xarajatlar (qaytarilgan xarajatlar)

01.__.__ yil holatiga qoldiq

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

I.

Jami

XXX

XXX

XXX

1

2

.....

Tuman (shahar) G‘aznachilik bo‘limi boshlig‘i

Tuman (shahar) Pensiya jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i

Tayyorlangan sana_________.

Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
23-ILOVA

Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi _______viloyati bo‘limlariga yo‘naltirilgan
maqsadli subvensiyalar va xarajatlar to‘g‘risida

JAMLANMA SOLIShTIRMA DALOLATNOMA

T/r

01.01.__ yil holatiga qoldiq

Hisobvarag‘i

Hisobvarag‘i nomi

Daromad kodi

JAMI tushum summasi (qaytarilgan tushumlar ayrilmagan holda)

Qaytarilgan tushumlar

Xarajat moddasi

Jami xarajat summasi (tiklangan mablag‘lar ayrilmagan holda)

Tiklangan xarajatlar (qaytarilgan xarajatlar)

01.__.__ yil holatiga qoldiq

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

viloyat boshqarmasi

I.

JAMI

XXX

XXX

XXX

1

2

3

...

tuman (shahar) bo‘limlari jami

II.

0,0

JAMI

XXX

XXX

0,0

0,0

XXX

0,0

0,0

0,0

1

2

3

...

III.

0,0

XXX

XXX

0,0

0,0

XXX

0,0

0,0

0,0


G‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i


Pensiya jamg‘armasi boshqarmasi boshlig‘i


Tayyorlangan sana_________”.

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.03.2020-y., 09/20/145/0295-son)