1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.13.00.00 Jinoyat-ijroiya qonunchiligi / 16.13.02.00 Sudlanganlar va qamoqdagi shaxslarning huquqiy holati;
2.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.01.00.00 O‘zbekiston Respublikasining qonunlari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Ijro ish yurituvi]
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 17-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda; 2019-yil, № 5, 265-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagioltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza bevosita manzil-koloniya joylashgan yerdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga beriladi”;
2) quyidagi mazmundagi 531-modda bilan to‘ldirilsin:
“531-modda. Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga pensiyalar to‘lash
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiyalar to‘lash manzil-koloniya joylashgan yerdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tegishli pensiyalar summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali amalga oshiriladi”;
3) 62-modda“bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan shaxslar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
1) 29-moddaning birinchi qismi “protestni ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida ajrim chiqargan sudni albatta xabardor qilgan holda ko‘rib chiqish” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismi “shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi “uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
birinchi qismi “shuningdek ehtiyot chorasini ushbu Kodeksning 240 va 2431-moddalariga muvofiq bekor qilishga yoki o‘zgartirishga” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma berishga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismi “uy qamog‘i bo‘yicha qo‘shimcha taqiq (cheklov) belgilash” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4) quyidagi mazmundagi 281-bob bilan to‘ldirilsin:
“281-bob. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish
2541-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish maqsadi va asoslari
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo‘yin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportdan (harakatlanish hujjatidan) foydalanib, O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi yoki xorijda harakatlanishi mumkin, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lsa, mazkur pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin.
Ayblanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi masala esa, ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qo‘llaniladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishga sabab bo‘lmaydi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportning, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik to‘xtatib turish tushuniladi.
2542-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish
Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorda pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish zaruriyati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan asoslar bayon qilinadi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Surishtiruvchining, tergovchining pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo‘lgan taqdirda, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
2543-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi tomonidan, mazkur sudlarning sudyasi bo‘lmagan yoxud pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi materialni ko‘rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda esa, jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat, Toshkent shahar sudi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining ko‘rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning sudyasi tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo‘lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur hollarda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanib, u davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatish zaruriyatini asoslab beradi. So‘ngra himoyachi, sudda hozir bo‘lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) chiqadi.
2544-modda. Sud ajrimi
Sudya pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:
1) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida;
2) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqida.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimida: qidiruv e’lon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi haqidagi ma’lumotlar; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish asoslari ko‘rsatiladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan bo‘lishi kerak.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma’lumot uchun esa, himoyachiga yuboriladi.
Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran qirq sakkiz soat ichida ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud apellatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart.
Shikoyat yoki protest berish pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimi ijrosini to‘xtatib turadi.
Apellatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga ular kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay ko‘rib chiqishi kerak.
Apellatsiya instansiyasi sudi apellatsiya shikoyatini, protestini ko‘rib chiqib, o‘z ajrimi bilan:
sudyaning ajrimini o‘zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga;
sudyaning ajrimini bekor qilishga va pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishga yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turishni rad etishga haqli.
2545-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud ajrimi ustidan shikoyat berish
Pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxs pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sudyaning ajrimi ustidan u tegishli vakolatli organga keltirilgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
2546-modda. Amal qilishi to‘xtatib turilgan pasport (harakatlanish hujjati) o‘rniga yangi pasport(harakatlanish hujjati) berish
Ayblov hukmi chiqarilganda yoki ushbu Kodeksning 84-moddasi asosida aybdorlik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishi tugatilganda surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning qaroriga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yangi pasport (harakatlanish hujjati) berilishi bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi”;
5) 302-moddaning birinchi qismi “yoki uy qamog‘iga joylashtirilgani” degan so‘zlardan keyin “pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi qonunga xilof ravishda to‘xtatib turilgani” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
6) 310-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qonunga xilof ravishda hukm qilinganligi yoki ishda ayblanuvchi, sudlanuvchi sifatida ishtirok etishga jalb qilinganligi munosabati bilan pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to‘xtatib turilgan shaxsga yangi pasport (harakatlanish hujjati) berish yo‘li bilan pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi tiklanadi”;
7) 345-moddaning ikkinchi qismi “175” raqamidan keyin “moddalarida, 177-moddasi uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
8) 3812-modda birinchi qismining 3-bandidagi “177” raqami “177-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 423-moddaning ikkinchi qismi “Sud ehtiyot choralarini qo‘llash (o‘zgartirish, bekor qilish) to‘g‘risidagi” degan so‘zlardan keyin “pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
1) 171-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto- va video qayd etishning avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma’muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish ushbu Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatiladi”;
“49-modda. Mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, —
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, bundan bila turib g‘ayriqonuniy ishdan bo‘shatish mustasno, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
491-modda. Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish
Voyaga yetmagan shaxs mehnatidan uning sog‘lig‘iga, xavfsizligiga yoki axloq-odobiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanish, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
492-modda. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini bajarmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
493-modda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
3) quyidagi mazmundagi 494-modda bilan to‘ldirilsin:
“494-modda. Xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish
Xorijiy ishchi kuchini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
“50-modda. Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini yaratishga doir qarorlarini bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mahalliy mehnat organlari tomonidan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) mavjud bo‘lgani holda asossiz ravishda rad etish, shuningdek ish o‘rinlarining belgilangan eng kam soni hisobidan ish o‘rinlariga ishga joylashtirishni asossiz ravishda rad etish, xuddi shuningdek avval talabnoma berilgan, kasbga tayyorlashga, qayta tayyorlashga va malakasini oshirishga yuborilgan shaxslarni ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
51-modda. Mehnatga ma’muriy tarzda majburlash
Mehnatga biron-bir shaklda ma’muriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etish, —
eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Bo‘sh ish o‘rinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, bo‘sh ish o‘rinlari (vakant lavozimlar) yoki har bir xodim bo‘shatib olinishi kutilayotganligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z vaqtida taqdim etmaslik, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratmalarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
6) 245-moddaning birinchi qismidagi “491, 511” raqamlari “491, 494, 511” raqamlari bilan almashtirilsin;
“255-modda. Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari
Davlat mehnat inspeksiyasining mansabdor shaxslari ushbu Kodeks 49, 492, 493, 50, 51, 229-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga quyidagilar haqlidir:
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari, mehnat bo‘yicha davlat huquqiy inspektorlari;
mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun — mehnat bo‘yicha davlat inspektorlari, mehnat bo‘yicha davlat texnik inspektorlari, mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan 409-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 6, 248-modda, № 9, 422-modda, № 12, 595-modda; 2008-yil, № 4, 187-modda, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 4, 136-modda, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 9, 334-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 10, 605-modda; 2019-yil, № 3, 165-modda, № 5, 267-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 45-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish muassasalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan davolash huquqi asosidagi koloniyalar;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar”;
2) quyidagi mazmundagi 521-modda bilan to‘ldirilsin:
“521-modda. Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar
Mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalar bemor mahkumlarni saqlash va ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangandir”;
4) 59-moddaning birinchi qismidagi “Ixtisoslashgan davolash muassasalarida” degan so‘zlar “Davolash huquqi asosidagi koloniyalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 60-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Jazoni o‘tash joyiga borayotgan yoki bir jazoni ijro etish muassasasidan boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirilayotgan mahkumlarni vaqtincha saqlash uchun jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari huzurida tranzit-jo‘natish uchastkalari tashkil etilishi mumkin. Mahkumlar tranzit-jo‘natish uchastkalarida rejimining turi sud hukmi bilan belgilangan jazoni ijro etish muassasasida o‘zining jazoni o‘tashiga oid shartlar asosida, ushbu Kodeksning 58-moddasi talablariga rioya etgan holda saqlanadi. Mahkumlarni tranzit-jo‘natish uchastkalarida saqlashning eng ko‘p muddati ko‘pi bilan 20 sutkani tashkil etadi”;
6) 69-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jismoniy kuch ishlatilishi natijasida mahkumning hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan har bir holat to‘g‘risida prokurorga darhol xabar beriladi”;
7) quyidagi mazmundagi 691-modda bilan to‘ldirilsin:
“691-modda. Mahkum ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan choralar
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda muassasa boshlig‘i yoxud uning o‘rnini bosuvchi shaxs bu haqda zudlik bilan prokurorni xabardor qiladi.
Ovqat yeyishni rad etadigan mahkum imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi va tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida bo‘ladi.
Ovqat yeyishni rad etgan mahkumning sog‘lig‘ini saqlab turishga qaratilgan majburlov yo‘sinidagi (sun’iy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar, agar uning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida amalga oshiriladi.
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazishga yoxud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa yerga ko‘chirishga to‘sqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa yerga ko‘chirish tibbiyot xodimi kuzatuvida amalga oshiriladi.
Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan majburlov yo‘sinidagi choralarni qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi”;
8) 71-moddaning yettinchi qismidagi “prokurorga xabar qilinadi” degan so‘zlar “darhol prokurorga xabar qilinadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 76-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuqumli kasalliklarga chalingan va statsionar davolanishda bo‘lgan mahkumlarga uchrashuvlar shifokor ruxsati bilan beriladi”;
birinchi qismidagi “bunday so‘zlashuvlar muassasa ma’muriyati nazorati ostida o‘tkaziladi va ularning haqi mahkumning shaxsiy hisob-varag‘idan to‘lanadi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Umumiy, qattiq, maxsus tartibli koloniyalarda, tarbiya koloniyalarida, turmalarda va mahkumlar uchun ixtisoslashgan kasalxonalarda jazoni o‘tayotgan mahkumlarning telefon orqali so‘zlashuvlari muassasa ma’muriyati nazorati ostida o‘tkaziladi hamda ularning haqi mahkumning shaxsiy hisobvarag‘idan to‘lanadi”;
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga organizmning energiyaga va ozuqaviy moddalarga bo‘lgan fiziologik ehtiyojini ta’minlaydigan ovqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika budjeti hisobidan beriladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotganlar mustasno”;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan homilador ayollarga va emizikli onalarga ishdan ozod etilgan davrida respublika budjeti hisobidan ovqat beriladi.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, kasalligi tufayli yoki intizomiy bo‘linmaga kiritilib ishdan ozod qilingan mahkumlarga manzil-koloniyalarning korxonalari, muassasalari va tashkilotlari hisobidan ovqat berilib, ovqatning qiymati keyinchalik mahkumlarning oylik ish haqidan ushlab qolinadi”;
“96-modda. Mahkumlarning ijtimoiy sug‘urtasi va pensiya ta’minoti
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar amalga oshirilmaydi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga tayinlangan pensiyani to‘lash ozodlikdan mahrum qilingan vaqtda to‘xtatib turiladi, bundan manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan mahkumlar mustasno.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar pensiyani qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olishi mumkin.
Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlash va to‘lash manzil-koloniya joylashgan yerdagi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tegishli pensiya summalarini mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘ladi”;
13) 114-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga xarid qilingan oziq-ovqat mahsulotlaridan va yo‘qlovlardagi mahsulotlardan mustaqil ravishda ovqat tayyorlashni amalga oshiradi”;
14) 117-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;
o‘n ikki marta telefon orqali so‘zlashuv;
o‘n ikkita posilka yoki yo‘qlov;
o‘n ikkita banderol olish huquqiga ega”;
15) 119-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
besh marta qisqa muddatli va besh marta uzoq muddatli uchrashuv;
sakkiz marta telefon orqali so‘zlashuv;
sakkizta posilka yoki yo‘qlov;
sakkizta banderol olish huquqiga ega”;
16) 121-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mahkumlar yil mobaynida:
to‘rt marta qisqa muddatli va to‘rt marta uzoq muddatli uchrashuv;
olti marta telefon orqali so‘zlashuv;
oltita posilka yoki yo‘qlov;
oltita banderol olish huquqiga ega”;
17) 123-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Turmalarda mahkumlar har kuni muddati bir soatlik sayr qilish hamda yil mobaynida:
to‘rt marta qisqa muddatli va bir marta uzoq muddatli uchrashuv;
to‘rt marta telefon orqali so‘zlashuv;
to‘rtta posilka yoki yo‘qlov;
to‘rtta banderol olish huquqiga ega”;
18) 125-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tarbiya koloniyalarida mahkumlar yil mobaynida:
yigirma to‘rt marta qisqa muddatli va sakkiz marta uzoq muddatli uchrashuv;
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mahkumni jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishga taqdim etish masalasini ma’muriyat tomonidan qayta ko‘rib chiqish jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining yoki jazoni ijro etuvchi organning jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirishni rad etish haqidagi qarori chiqarilgan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach, basharti mahkum belgilangan rejimga va mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lsa, amalga oshiriladi”;
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 48-moddaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yerlarni muhofaza qilish yuzasidan, shu jumladan sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘rishlari shart”;
2) 90-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaganlikda”.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda; 2009-yil, № 9, 328-modda; 2010-yil, № 9, 334, 335-moddalar; 2011-yil, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) 15-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o‘n sakkiz yosh etib belgilanadi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar; 2019-yil, № 5, 267-modda, № 7, 389-modda) 67-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jazoni ijro etish koloniyalarida, tarbiya koloniyalarida va qamoqxonalarda jazoni o‘tayotgan shaxslardan, shuningdek tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini ijro etuvchi muassasalarda saqlanayotgan shaxslardan undiruv O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksida belgilangan tartibda butun ish haqidan amalga oshiriladi”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-298-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 9, 251-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2019-yil, № 5, 267-modda) 44-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ushlab turilganlar yoki qamoqqa olinganlar ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan majburiy tusdagi choralarni qo‘llash tartibi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati yoki O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
10-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonunning 6-moddasi 2019-yil 1-sentabrdan e’tiboran amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 28-avgust,
O‘RQ-558-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)