Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 13-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3210]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 25-iyuldagi 199-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3060, 2018-yil 28-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2018-y., 10/18/3060/1806-son);
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2018-yil 24-sentabrdagi 243-son “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni tanlash va qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3060-1, 2018-yil 10-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2018-y., 10/18/3060-1/2031-son).
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qoʻmondon B. TASHMATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-dekabr,
248-son
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2019-yil 8-dekabrdagi 248-son buyrugʻiga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi (bundan buyon matnda Milliy gvardiya deb yuritiladi) boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
kontrakt boʻyicha harbiy xizmat — Qurolli Kuchlar safidagi haqiqiy harbiy xizmatga ixtiyoriylik asosida Milliy gvardiya orqali davlat bilan tuziladigan kontraktga binoan kirgan fuqarolar bajaradigan harbiy xizmat;
harbiy-kasbiy saralash (bundan buyon matnda saralash deb yuritiladi) — fuqarolarni (nomzodlarni) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qoʻyilgan talablarga mos kelishini aniqlashga qaratilgan tadbirlar kompleksi (intellektual rivojlanganlik va psixoemotsional barqarorlik darajasini psixologik oʻrganish, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, jismoniy imkoniyatlarni baholash, shuningdek harbiy xizmat uchun kasbiy jihatdan muhim boʻlgan boshqa sifatlar);
nomzod — kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish haqidagi arizasi koʻrib chiqish uchun qabul qilingan fuqaro.
2. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun saralash tadbirlari tashkil qilinadi.
3. Nomzodlarni kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga saralash tadbirlari quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
a) nomzodni dastlabki oʻrganish (hujjatlarni yigʻish va oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi, suhbat);
b) jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash;
v) psixologik oʻrganish (nomzodning intellektual rivojlanganlik darajasi va psixoemotsional barqarorligini baholash);
g) tibbiy koʻrik;
d) maxsus tekshiruv.
4. Milliy gvardiya uchun zarur hollarda ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega boʻlgan fan arboblari, shuningdek madaniyat vakillari, soʻngi besh yil davomida respublika miqyosidagi sport musobaqasining gʻolibi boʻlgan yoki xalqaro miqyosdagi sport musobaqasining 1 — 3-oʻrinlaridan birini egallagan sportchilar istisno tariqasida saralashning faqatgina tibbiy koʻrik va maxsus tekshiruv bosqichlaridan oʻtadilar.
2-bob. Nomzodlarga qoʻyiladigan umumiy talablar
Oldingi tahrirga qarang.
5. Saralashda Oʻzbekiston Respublikasining umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus (boshlangʻich, oʻrta, oʻrta maxsus professional) yoxud oliy maʼlumotga ega boʻlgan quyidagi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)
oʻn sakkiz yoshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan shaxslar;
muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan qirq yoshgacha boʻlgan shaxslar;
rezervdagi va zaxiradagi qirq yoshgacha boʻlgan ofitserlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda, erkak jinsidagi nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan (oʻtayotgan) yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida harbiy xizmatni oʻtagan yoxud oliy taʼlim tashkilotlari harbiy tayyorgarlik kurslarida oʻqishni tugatgan boʻlishi, shuningdek harbiy roʻyxatda turgan boʻlishi kerak.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2024-yil 9-noyabrdagi 289-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-3, 27.11.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.11.2024-y., 10/24/3210-3/0975-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq kontrakt boʻyicha harbiy xizmatchilar lavozimlarini butlash uchun yuksak kasbiy tayyorgarlik va faoliyatida katta tajribaga ega boʻlgan, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatda boʻlishning belgilangan yosh chegarasiga yetmagan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati bilan kelishilgan holda Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi asosida harbiy xizmatga qabul qilishga ruxsat etiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3210-1, 30.09.2021-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilishda nomzod boʻyining balandligi quyidagi maxsus antropometrik parametrlarga javob berishi talab etiladi:
erkak jinsidagi nomzodning boʻyi — 178 santimetrdan past boʻlmasligi kerak;
ayol jinsidagi nomzodning boʻyi — 170 santimetrdan past boʻlmasligi kerak.
Ushbu bandda belgilangan talablar mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan shaxslarga hamda 1-ilovasida nazarda tutilgan mutaxassisliklarga ega shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2024-yil 20-dekabrdagi 338-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3210-4, 23.12.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2024-y., 10/24/3210-4/1054-son)
3-bob. Nomzodni dastlabki oʻrganishni tashkil etish va oʻtkazish
8. Nomzodni dastlabki oʻrganish bosqichi oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya boʻlinmalarida tegishli boʻlinma boshligʻi yoki komandirining buyrugʻi bilan doimiy faoliyat yuritadigan Nomzodni dastlabki oʻrganish komissiyasi (bundan buyon matnda Oʻrganish komissiyasi deb yuritiladi) tashkil etiladi hamda nomzodlar uchun muntazam qabul kunlari belgilanadi (masalan, haftaning muayyan kunlari yoki oyning muayyan sanalari).
9. Oʻrganish komissiyasi tarkibi Milliy gvardiya boʻlinmasi boshligʻi yoki komandiri, uning oʻrinbosarlari hamda boʻlinma harbiy xizmatchilari orasidan shakllantiriladi.
Milliy gvardiya boʻlinmasi boshligʻi yoki komandiri — Oʻrganish komissiyasi raisi, kadr organi boshligʻi esa — Oʻrganish komissiyasi kotibi hisoblanadi.
10. Milliy gvardiya boʻlinmalari hududiga kirish joylarida nomzodlarni saralash tartibi, ularga qoʻyiladigan talablar va muntazam qabul kunlari haqidagi maʼlumotlar qayd etilgan axborot stendlari joylashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqaro yashash joyidagi Milliy gvardiya boʻlinmasiga mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza bilan murojaat qiladi. Turgan joyi boʻyicha tahsil olayotgan yoki rasmiy mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan fuqarolar ushbu hududdagi Milliy gvardiya boʻlinmasiga murojaat qilishlari mumkin.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2025-yil 9-sentabrdagi 268-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-5, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/3210-5/0846-son)
12. Nomzod muqaddam kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtagan boʻlsa, arizada kontrakt boʻyicha harbiy xizmatdan boʻshatilish sababini koʻrsatishi lozim.
13. Navbatdagi qabul kuni davomida nomzodlar hujjatlarini qabul qilish va oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik sinovi tadbirlari hamda suhbat oʻtkaziladi.
14. Oʻrganish komissiyasi kotibi saralash uchun hozir boʻlgan nomzod haqidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi Nomzodlarni roʻyxatga olish jurnaliga qayd etadi.
15. Nomzod mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan talabga javob berishini aniqlash maqsadida Oʻrganish komissiyasining tegishli aʼzosi tomonidan uning boʻyi oʻlchanadi. Nomzodning boʻyi talabga javob bermagan hollarda, unga dastlabki oʻrganish tadbirlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.
16. Oʻrganish komissiyasi kotibi boʻyga qoʻyilgan talablarga muvofiq kelgan nomzodning hujjatlarini komissiya koʻrib chiqishi uchun qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Nomzod Oʻrganish komissiyasi kotibiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:
pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
tugʻilganlik haqida guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
anketa-maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 15-oktabrdagi 281-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3210-2, 30.10.2021-y.) asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 10/21/3210-2/1002-son)
erkak jinsidagi nomzodlar uchun harbiy guvohnoma (nusxasi olinib, asli qaytariladi).
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)
18. Nomzod taqdim etgan hujjatlar toʻliq va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlishi zarur.
19. Hujjatlar toʻliq va ulardagi maʼlumotlar toʻgʻri boʻlgan hollarda nomzod shu vaqtning oʻzida jismoniy tayyorgarlik sinovidan oʻtkaziladi.
Hujjatlarida kamchilik aniqlangan nomzodga ushbu kamchilikni bartaraf etishi va navbatdagi qabul kunida hozir boʻlishi Oʻrganish komissiyasi kotibi tomonidan tushuntiriladi.
20. Jismoniy tayyorgarlik sinovi Oʻrganish komissiyasining masʼul aʼzosi (aʼzolari) tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida oʻtkaziladi hamda baholanadi.
21. Jismoniy tayyorgarlik sinovi nomzod saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bosqichiga tayyor yoki tayyor emasligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
22. Jismoniy tayyorgarlik sinovidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzod suhbatga kiritiladi.
23. Nomzodni suhbatdan oʻtkazish mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq Nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
24. Suhbat boshlanishidan avval Oʻrganish komissiyasining suhbat oʻtkazilishiga masʼul boʻlgan aʼzosi (aʼzolari) tomonidan nomzodga mazkur Nizom talablari, harbiy xizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq shartlar va imtiyozlar tushuntirilishi hamda nomzodning suhbatni davom ettirish istagi bor yoki yoʻqligi aniqlanishi lozim.
Nomzodning suhbatni davom ettirish istagi bor boʻlgan taqdirda suhbat oʻtkazilishi kerak.
25. Oʻrganish komissiyasi aʼzolari tomonidan nomzodni dastlabki oʻrganish bosqichida oʻtkazilgan sinov va suhbat natijalari umumlashtirilib, shu kunning oʻzida nomzodni saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazish yoki oʻtkazishni rad etish haqida qaror qabul qilinadi.
26. Oʻrganish komissiyasi qarori asosida komissiya kotibi tomonidan mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi Suhbat oʻtkazish varaqasiga tegishli yozuv kiritiladi va varaqa nomzodga tanishtiriladi.
27. Nomzod Suhbat oʻtkazish varaqasi bilan tanishganligini shu vaqtning oʻzida oʻz imzosi bilan tasdiqlashi lozim.
28. Milliy gvardiya boʻlinmasining kadr organi saralashning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning hujjatlari va Suhbat oʻtkazish varaqalarini yagona yigʻma jildda jamlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Milliy gvardiya boʻlinmalarining kadr organlari dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni dastlabki oʻrganish oʻtkazilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida Milliy gvardiyaning Kadrlar boshqarmasiga taqdim etishlari lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)
30. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar orasidan kontrakt boʻyicha xizmatga nomzodlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
4-bob. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganishni tashkil etish hamda oʻtkazish
1-§. Umumiy qoidalar
31. Saralashning dastlabki oʻrganish bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda psixologik oʻrganish maqsadida Milliy gvardiya qoʻmondonining buyrugʻi bilan Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash boʻyicha doimiy komissiya (bundan buyon matnda Doimiy komissiya deb yuriladi) tashkil etiladi.
32. Doimiy komissiya tarkibi Milliy gvardiya markaziy apparatining tegishli boʻlinmalari hamda hududiy boʻlinmalarning harbiy xizmatchilari orasidan shakllantiriladi.
Milliy gvardiya qoʻmondonining tegishli oʻrinbosari — Doimiy komissiya raisi, Milliy gvardiya Kadrlar boshqarmasining masʼul xodimi yoki hududiy boʻlinmasining kadr organi masʼul xodimi — Doimiy komissiya kotibi hisoblanadi.
33. Saralashning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish bosqichlari Milliy gvardiyaning mavjud boʻsh lavozimlaridan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.
34. Doimiy komissiya kotibi tomonidan jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha reja-jadval shakllantiriladi hamda komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Reja-jadvalda saralash tadbirlarini oʻtkazish joyi va vaqti koʻrsatilishi kerak.
35. Nomzodlar saralashning navbatdagi bosqichlari oʻtkaziladigan vaqt va joy haqida ular oʻtkazilishidan kamida uch kun oldin Milliy gvardiya boʻlinmasining kadr organi boshligʻi tomonidan xabardor qilinadi.
2-§. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash
36. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi.
37. Nomzodlar tomonidan mashqlarni bajarish boshlanishidan oldin ularga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari Doimiy komissiya aʼzolari tomonidan tushuntiriladi.
38. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
39. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajargan nomzodlar shu vaqtning oʻzida Doimiy komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida baholanadi.
40. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari natijalari boʻyicha shu kunning oʻzida mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va natijalar shu zahoti nomzodlarga eʼlon qilinadi.
Qaydnoma Doimiy komissiyaning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sinovda ishtirok etgan aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda shu kunning oʻzida komissiya kotibiga topshiriladi.
41. Jismoniy tayyorgarlik darajasi boʻyicha qoniqarsiz baholangan nomzodlar saralashning keyingi bosqichiga oʻtkazilmaydi.
42. Qoniqarsiz baholangan nomzod, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-§. Nomzodlarni psixologik oʻrganish
43. Nomzodlarni psixologik oʻrganish test va topshiriqlar (bundan buyon matnda test deb yuritiladi) shaklida amalga oshiriladi.
44. Test savollari Doimiy komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
45. Milliy gvardiya Kadrlar boshqarmasining masʼul xodimi test savollari va ularning javoblari saqlanishi hamda oshkor qilinmasligi uchun javobgar hisoblanadi.
46. Test sinovlari mazkur Nizomning 8-ilovasiga muvofiq Psixologik test sinovlarini oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari asosida oʻtkaziladi va baholanadi.
47. Psixologik oʻrganish natijalari qoniqarsiz boʻlgan nomzod test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
48. Test sinovining natijalari boʻyicha, u oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida Doimiy komissiyaning psixologik oʻrganish tadbirlarida ishtirok etgan aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 9-ilovasiga muvofiq shaklda qaydnoma rasmiylashtiriladi va imzolanadi hamda shu kunning oʻzida komissiya kotibiga topshiriladi.
49. Doimiy komissiya tomonidan psixologik oʻrganish natijalariga asosan quyidagi xulosalardan biri chiqariladi:
nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga muvofiqligi haqida;
nomzodning kontrakt boʻyicha harbiy xizmat talablariga nomuvofiqligi haqida.
50. Doimiy komissiya xulosasiga muvofiq komissiya kotibi tomonidan mazkur Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shaklda bayonnoma rasmiylashtiriladi.
51. Bayonnoma Doimiy komissiyaning har bir aʼzosi tomonidan imzolanadi hamda tasdiqlash uchun komissiya raisiga taqdim etiladi.
52. Doimiy komissiya kotibi komissiya raisi tomonidan tasdiqlangan bayonnomaning koʻchirmasi (nusxasi) shu kunning oʻzida Milliy gvardiya boʻlinmalari kadr organlariga yuborilishini taʼminlaydi.
53. Milliy gvardiya boʻlinmasi kadr organi boshligʻi Doimiy komissiya bayonnomasining koʻchirmasini (nusxasini) olgan kundan boshlab 5 kun ichida uning nomzodlarga tanishtirilishini taʼminlashi lozim.
54. Doimiy komissiya bayonnomasi u tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir yil davomida haqiqiy hisoblanadi.
5-bob. Nomzodni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish
55. Nomzodlar sogʻligʻining holatiga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini aniqlash maqsadida ular tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
56. Nomzodlarga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yoʻllanmalar Milliy gvardiya boʻlinmalari tibbiyot xizmatlari tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Saralashning dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash va psixologik oʻrganish bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar garnizon (hududiy) harbiy-tibbiy komissiyalariga tibbiy koʻrikdan oʻtish uchun yuboriladi.
(57-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)
58. Tibbiy koʻrik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy koʻrikdan oʻtkazishni tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3147, 2019-yil 3-aprel) talablariga muvofiq oʻtkaziladi.
59. Tibbiy koʻrik natijalariga koʻra, harbiy xizmatga yaroqsiz yoki keyinchalik qayta tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sharti bilan davolanishga muhtoj deb topilgan nomzodlar kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.
6-bob. Nomzodning hujjatlarini rasmiylashtirish va kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Dastlabki oʻrganish, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash, psixologik oʻrganishdan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlar Milliy gvardiya tomonidan belgilanadigan maxsus tekshiruvdan oʻtkaziladi, shuningdek xizmat davomida davlat siri boʻlgan maʼlumotlar bilan ishlaydigan lavozimlarga qabul qilinadigan nomzodlarga davlat siri boʻlgan maʼlumotlar bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtiriladi, bundan davlat sirlaridan foydalanishga doir ruxsatnomaga ega boʻlgan nomzodlar mustasno.
(60-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2025-yil 9-sentabrdagi 268-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-5, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/3210-5/0846-son)
Maxsus tekshiruv hamda davlat siri bilan ishlash uchun ruxsatnoma rasmiylashtirish talablari xizmat siri hisoblanadi va oshkor qilinishi man etiladi.
(60-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)
61. Maxsus tekshiruv natijalariga koʻra, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinishi maqsadga muvofiq emas deb topilgan nomzodlarga yozma ravishda xabarnoma yuboriladi.
62. Saralash natijalariga koʻra kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kiruvchilar uchun belgilangan talablarga muvofiq deb topilgan nomzodga Milliy gvardiya boʻlinmalari kadr organlari tomonidan shaxsiy yigʻmajild rasmiylashtiriladi.
63. Saralashdan oʻtgan nomzodning shaxsiy yigʻmajildi kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash toʻgʻrisida yakuniy qarorni qabul qilish uchun boʻysunuv boʻyicha yuqori turuvchi kadr organiga taqdim qilinadi. Bunda tibbiy koʻrik xulosasining amal qilish muddati inobatga olinishi lozim.
64. Saralash yakuniga koʻra eng yuqori natijalarga erishgan nomzodlar boʻsh lavozimlar mavjud boʻlgan taqdirda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga qabul qilinadi.
7-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
65. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(65-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari, Jinoyat kodeksining XV bobi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Maxsus antropometrik parametrlar tatbiq etilmaydigan mutaxassisliklar
ROʻYXATI
I. Quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlganlar:
1. Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat.
2. Sanʼat yoʻnalishida: aktyorlik sanʼati, vokal sanʼati, cholgʻu ijrochiligi, xoreografiya.
3. Kino-teleoperatorlik.
4. Psixologiya.
5. Jurnalistika.
6. Moliya.
7. Yurisprudensiya.
8. Portlatish ishi.
9. Kompyuter texnologiyalari va informatika.
10. Arxitektura va qurilish.
11. Aloqa va axborotlashtirish, telekommunikatsiya texnologiyalari.
12. Veterinariya.
13. Davolash ishi, tibbiy profilaktika ishi, farmatsiya.
II. Quyidagi mutaxassisliklar boʻyicha oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlganlar:
1. Sanʼat yoʻnalishida: vokal sanʼati, cholgʻu ijrochiligi, xoreografiya.
2. Veterinariya.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
_______________________-harbiy qism ‎‎
________________________________ga

(harbiy unvoni, F.I.O)

A R I Z A

Men__________________________________________________________________________________

(harbiy unvoni, F.I.O)

______________________________________________________________________

(tugʻilgan yili, kuni, oyi va joyi)

______________________________________________________________________

(yashash joyi yoki turgan joyi manzili)

______________________________________________________________________

(qaysi MIBda harbiy hisobda turadi)

______________________________________________________________________

(maʼlumoti — qaysi oʻquv yurtini qachon va qanday mutaxassislik boʻyicha tamomlagan)

______________________________________________________________________
______________________________________________________________________

(muddatli harbiy xizmatni qayerda va qaysi lavozimda oʻtagan)

______________________________________________________________________

(ilgari kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtaganlar qayerda va qaysi lavozimda kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtaganligini, qanday sabablar va asoslarga koʻra harbiy xizmatdan Qurolli Kuchlar rezerviga boʻshatilganliklarini qayd etishlari lozim)

Menga Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tadbirlarida qatnashishga ruxsat berishingizni soʻrayman.

Xizmatni oʻtash talablari va sharoitlari bilan tanishdim. Oʻzbekiston Respublikasining istalgan hududida kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashga tayyorman.

Sinovlarni __________ tilida topshiraman.

Kun, oy, yil

(imzo) ‎‎

‎‎F.I.O

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2025-yil 9-sentabrdagi 268-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-5, 18.09.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.09.2025-y., 10/25/3210-5/0846-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Nomzodlarni roʻyxatga olish
JURNALI

T/r

Sana

F.I.O.

Tugʻilgan yili
va kuni

Maʼlumoti
va mutaxassisligi

Yashash manzili
va telefon raqami

Suhbat natijasi

1.

2.

3.

...

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari
1. Nomzod suhbatga kirish uchun Nomzodni dastlabki oʻrganish komissiyasiga ogʻzaki shaklda murojaat qiladi. Bunda nomzod suhbat boshlanishidan oldin komissiyaning masʼul aʼzolariga oʻzini tanishtirishi va shaxsini tasdiqlovchi hujjatni komissiya kotibiga koʻrsatishi lozim.
2. Suhbatni boshlashdan avval nomzodga mazkur Nizom, suhbat oʻtkazish metodikasi va baholash mezonlari talablari, harbiy xizmatchining huquq va majburiyatlari, harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq shartlar va imtiyozlar tushuntirilishi hamda nomzodning suhbatni davom ettirish istagi bor yoki yoʻqligi aniqlanishi lozim.
Nomzodning suhbatni davom ettirish istagi bor boʻlgan taqdirda suhbat oʻtkazilishi kerak.
3. Har bir nomzod bilan suhbat yakka tartibda oʻtkaziladi.
4. Nomzodni dastlabki oʻrganish komissiyasi aʼzolari suhbatga kirgan har bir nomzodga uning maʼlumotidan kelib chiqqan holda 10 ta savol beradi.
5. Nomzodga berilgan savollarga javob berishi uchun oʻn daqiqagacha umumiy vaqt taqdim etiladi.
6. Nomzodga savol bergan Oʻrganish komissiyaning har bir aʼzosi nomzodni uning javoblariga koʻra umumiy baholaydi.
7. Agar nomzod toʻgʻri, ishonch bilan 50 foiz va undan yuqori maʼlumotlar hajmini keltirib javob bersa, ijobiy baholanadi. Agar u notoʻgʻri, ishonchsiz, 50 foizdan kam hajmdagi maʼlumotlar hajmini keltirib javob bersa, salbiy baholanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Nomzod bilan suhbat oʻtkazish
VARAQASI

Old tomoni

Nomzodning (F.I.O.): ___________________________________________________________________
Tugʻilgan sanasi va joyi: _________________________________________________________________
Suhbat oʻtkazilgan vaqt: __________________________________________________________________
Nomzodga berilgan savollar va ularning javoblari: ___________________________________________
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________

Orqa tomoni

Nomzodning imzosi: _____________________________________________________________________
______________________________________________________________________
Nomzodning eʼtiroz va takliflari: _________________________________________________________
______________________________________________________________________
______________________________________________________________________

Nomzodni dastlabki oʻrganish komissiyasi aʼzolari

T/r‎

Lavozimi, F.I.O.‎‎

Taklif‎‎

Imzo‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎

...‎

‎‎
Qabul qilingan qaror ____________________________________________________________________
______________________________________________________________________
Komissiya raisi‎‎ ____________________ _____________‎‎

(harbiy unvoni, F.I.O.)‎‎

(imzo)‎‎

Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish
METODIKASI
1. Nomzodlarning Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash ularning mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarishlarini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
2. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tadbirlari boshlanishidan oldin nomzod komissiyaning masʼul aʼzolariga oʻzini tanishtiradi, bunda nomzod oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatishi lozim.
3. Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini bajarish boshlanishidan oldin nomzodlarga mashqlarni bajarishga qoʻyiladigan talablar, mashqlarni bajarish tartibi hamda baholash mezonlari komissiya aʼzolari tomonidan tushuntiriladi.
4. Nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari va ularni bajarishga qoʻyiladigan talablar erkak va ayol jinsidagi nomzodlar uchun alohida belgilanadi.
5. Nomzodlar mashqlarni sport kiyimida bajarishlari tavsiya etiladi.
6. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishda nomzodlar quyidagi yosh guruhlariga boʻlinadi:
1-guruh: 25 yoshgacha boʻlganlar;
2-guruh: 25 yoshdan — 30 yoshgacha boʻlganlar;
3-guruh: 30 yoshdan — 35 yoshgacha boʻlganlar;
4-guruh: 35 yoshdan — 40 yoshgacha boʻlganlar;
5-guruh: 40 yoshdan — 45 yoshgacha boʻlganlar;
6-guruh: 45 yoshdan — 50 yoshgacha boʻlganlar;
7-guruh: 50 yoshdan — 55 yoshgacha boʻlganlar.
7. Quyidagilar erkak jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
toʻsinda (turnikda) tortilish yoki tiralib yotgan holda qoʻlni bukish va rostlash*;
100 metrga yugurish**;
3000 yoki 1000 metrga yugurish***.
8. Quyidagilar ayol jinsidagi nomzodlar tomonidan bajarilishi lozim boʻlgan jismoniy tayyorgarlik mashqlari hisoblanadi:
kuch ishlatish mashqlari kompleksi;
100 metrga yugurish****;
1000 metrga yugurish.
9. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarish oraligʻida nomzodlarga dam olish uchun kamida 20 daqiqa vaqt beriladi.
10. Jismoniy tayyorgarlik mashqlarini uzrsiz sabablarga koʻra bajarmagan, shuningdek mashqlarni bajarishi “qoniqarsiz” baho bilan baholangan nomzodlarga jismoniy tayyorgarlik mashqlarini shu kunning oʻzida qayta topshirishga ruxsat berilmaydi.
“Qoniqarsiz” baho bilan baholangan nomzod, jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mashqlarini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
11. Quyidagilar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
bosh barmoq poya ichkarisidan ushlanadi, tana biroz rostlanadi, tizza boʻgʻimi toʻgʻirlanadi, oyoq uchlari choʻziladi, tovonlar birlashtiriladi;
iyak toʻsin (turnik) poyasidan oʻtgunga qadar qoʻllar bukiladi;
harakat toʻliq amalga oshirilishi bilan dastlabki holatga qaytiladi (osilish holati 1-2 soniya davom etishi mumkin);
oyoqlarni 45° ga koʻtarishga ruxsat etiladi.
Ushbu mashqni bajarishda oyoqlarni bukish va kerish, tanani harakatsiz holatda egish hamda oyoqlar bilan siltanma harakatlar qilish taqiqlanadi.
12. Quyidagilar tiralib yotgan holda qoʻlni bukish va rostlash mashqiga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tiralib yotish (oyoqlar birga, tana toʻgʻri holatda);
koʻkrak yerga tiralguncha qoʻllarni bukish, qoʻllarni rostlash, tiralib yotish holatiga qaytish;
mashqni toʻxtovsiz amalga oshirish.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
13. 100 metrga yugurish mashqi stadionning yugurish yoʻlakchasida yoki qattiq qoplamli tekis joylarda yuqori yoki quyi startdan quyidagicha amalga oshiriladi:
“Start” komandasi boʻyicha start olish chizigʻiga yaqinlashish;
“Diqqat” komandasi boʻyicha tananing ogʻirligini oldinda turgan oyoqqa oʻtkazish, gavda va boshni oldinga egish, qoʻllarni tirsakka bukish;
“Marsh” komandasi boʻyicha yugurishni boshlash.
14. 3000 va 1000 metrga yugurish mashqlari stadionning yugurish yoʻlakchalari yoki tekis joylarda, umumiy yoki alohida start berilgan holda oʻtkaziladi.
Start va marra chiziqlari bir joyda belgilanishi mumkin. Bunda, yugurish hududidan chiqib ketgan yoki yugurishdan yurish holatiga oʻtgan ishtirokchi mashqni bajarmagan hisoblanadi.
15. Nomzod tomonidan kuch ishlatish mashqlari kompleksini bajarishda 1 daqiqa ichida 2 ta mashq uzluksiz bajariladi.
Har bir mashqni bajarish uchun 30 soniyadan vaqt ajratiladi.
Birinchi mashqni bajarish uchun ajratilgan 30 soniya vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda, nomzod darhol ikkinchi mashqni bajarishga kirishadi.
Quyidagilar birinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
chalqancha yotiladi;
qoʻllar belda, tizzalar bukilmagan holda oyoqlar toʻpiq qismidan boshqa odam yordamida ushlanadi;
dastlabki holatdan gavda oldinga koʻtarilib, qoʻllar oyoq uchiga tekkandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida tizzalarni bukish va sherik tomonidan oyoqlarni qoʻyib yuborish taqiqlanadi.
Quyidagilar ikkinchi mashqni bajarishga qoʻyiladigan talablar hisoblanadi:
tayanib yotiladi, qoʻllar yelka kengligida tizzalar bukilmagan holatda boʻladi;
qoʻllar bukilib yoziladi (bunda bel hamda yelka qismlari birgalikda va tekis tushib chiqishi shart);
qoʻllar bukilib tana yerga nisbatan parallel holatga keltirilgandan soʻng, dastlabki holatga qaytiladi.
Ushbu mashqni bajarish vaqtida qoʻllar chala bukilib yozilishi, bel va yelkalar har xil tushib chiqishi, tizzalarning yerga tegishi taqiqlanadi.
16. 1 — 5-yosh guruhlari boʻyicha erkak jinsidagi hamda 1 — 4-yosh guruhlari boʻyicha ayol jinsidagi nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
“aʼlo” — uchta mashqdan “aʼlo” baholangan yoki ikkita mashqdan “aʼlo”, qolgan mashqdan “yaxshi” baholangan boʻlsa;
“yaxshi” — uchta mashqdan “yaxshi” bahodan past boʻlmagan yoki ikkita mashqdan “yaxshi” qolgan mashqdan esa “qoniqarli” baholangan boʻlsa;
“qoniqarli” — agar baholarning ikkitasi “qoniqarli” boʻlib, “qoniqarsiz” baho boʻlmasa yoki baholarning faqat bittasi “qoniqarsiz” boʻlib, qolgan baholardan kamida bittasi “yaxshi” baholangan boʻlsa;
“qoniqarsiz” — agar baholardan ikkitasi “qoniqarsiz” boʻlsa yoki ikkita baho “qoniqarli” boʻlib, qolgan bitta baho “qoniqarsiz” boʻlsa yoxud nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarining bittasini bajarishdan bosh tortsa.
17. 6 va 7-yosh guruhlari boʻyicha erkak jinsidagi hamda 5 — 7-yosh guruhlari boʻyicha ayol jinsidagi nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini yakuniy baholash quyidagicha amalga oshiriladi:
“aʼlo” — ikkita mashqdan “aʼlo” baholangan yoki bitta mashqdan “aʼlo”, qolgan mashqdan “yaxshi” baholangan boʻlsa;
“yaxshi” — ikkita mashqdan “yaxshi” baholangan yoki bitta mashqdan “yaxshi” qolgan mashqdan esa “qoniqarli” baholangan boʻlsa;
“qoniqarli” — ikkita mashqdan “qoniqarli” baholangan yoki bitta mashqdan “yaxshi” qolgan mashqdan esa “qoniqarsiz” baholangan boʻlsa;
“qoniqarsiz” — ikkita mashqdan “qoniqarsiz” baholangan yoki bitta baho “qoniqarli” boʻlib, qolgan bittasi “qoniqarsiz” boʻlsa yoxud nomzod jismoniy tayyorgarlik mashqlarining bittasini bajarishdan bosh tortsa.
18. Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mazkur Metodikaning ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Mazkur Metodikada nazarda tutilgan mashqlarni bajarish tartibini buzgan nomzodga shu mashq boʻyicha “qoniqarsiz” baho qoʻyiladi.
Izoh:
* Vazni 90 kilogrammdan kam boʻlgan nomzodlar toʻsinda (turnikda) tortilish mashqini bajaradi. Vazni 90 kilogramm va undan ortiq boʻlgan nomzodlarga tiralib yotgan holda qoʻlni bukish va rostlash mashqini bajarishga ruxsat beriladi.
** 6 va 7-yosh guruhidagi nomzodlar 100 metrga yugurish mashqini bajarmaydi.
*** 5, 6 va 7-yosh guruhidagi nomzodlar 1000 metrga yugurish mashqini bajaradi.
**** 5, 6 va 7-yosh guruhidagi nomzodlar 100 metrga yugurish mashqini bajarmaydi.
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha tadbirlarni oʻtkazish metodikasiga
ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari
1. Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:

Mashqning nomlanishi

Oʻlchov birligi

Yosh guruhi

Baholash mezonlari

Aʼlo

Yaxshi

Qoniqarli

Toʻsinda (turnikda) tortilish

marta

1

14

12

10

2

13

11

9

3

12

10

8

4

10

8

6

5

8

6

4

6

7

5

3

7

6

4

2

Tiralib yotgan holatda qoʻllarni bukish va rostlash

marta

1

40

35

30

2

35

30

25

3

30

25

20

4

25

20

18

5

22

18

16

6

20

16

14

7

18

14

12

100 metrga yugurish

sekund

1

14,0

14,4

15,2

2

14,2

14,6

15,4

3

14,4

14,8

15,6

4

14,8

15,4

16,0

5

15,4

16,0

16,6

3000 metrga yugurish

daqiqa, sekund

1

12,40

13,00

13,35

2

13,00

13,20

13,55

3

13,20

13,40

14,10

4

14,20

14,50

15,30

1000 metrga yugurish

daqiqa, sekund

5

4,15

4,35

5,00

6

4,25

5,00

5,30

7

5,10

5,40

6,00

2. Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:

Mashqning nomlanishi

Oʻlchov birligi

Yosh guruhi

Baholash mezonlari

Aʼlo

Yaxshi

Qoniqarli

Kompleks kuch ishlatish mashqlari

marta

1

32

29

26

2

30

27

24

3

28

25

22

4

25

22

19

5

23

20

17

6

21

18

15

7

17

14

11

100 metrga yugurish

sekund

1

16,8

17,4

18,0

2

17,4

18,0

18,6

3

18,0

18,6

19,2

4

18,6

19,6

20,6

1000 metrga yugurish

daqiqa, sekund

1

4,25

4,40

5,00

2

4,35

4,50

5,20

3

4,50

5,05

5,40

4

5,10

5,30

6,00

5

5,20

5,40

6,10

6

5,30

5,50

6,20

7

6,00

6,10

6,30

(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
7-ILOVA
Nomzodlarning jismoniy tayyorgarlik darajasi natijalari boʻyicha
QAYDNOMA

20__ yil “____” ____________.

Erkak jinsidagi nomzodlar uchun:

T/r

Nomzodlarning F.I.O.

Mashqlarning nomi va baholash

Umumiy baholash

toʻsinda (turnikda) tortilish

tiralib yotgan holatda qoʻllarni bukish
va rostlash

100 metrga yugurish

3000 metrga yugurish

natija

baho

natija

baho

natija

baho

natija

baho

1.

2.

3.

 

4.

5.

6.

7.

8.

9.

...


Ayol jinsidagi nomzodlar uchun:

T/r

Nomzodlarning
F.I.O.

Mashqlarning nomi va baholash

Umumiy baholash

kompleks
kuch ishlatish mashqlari

100 metrga yugurish

3000 metrga yugurish

natija

baho

natija

baho

natija

baho

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

...


Komissiya aʼzolari:


__________________________

(imzo)


_______________________

(F.I.O.)

__________________________

(imzo)

_______________________

(F.I.O.)

__________________________

(imzo)

_______________________

(F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
8-ILOVA
Psixologik test sinovlarini oʻtkazish metodikasi
1. Nomzodlar maxsus xonaga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini koʻrsatgan holda kiritiladi.
2. Test sinovlari oʻtkazilayotgan xonaga jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, kalkulyator, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirish taqiqlanadi.
3. Test sinovlarini oʻtkazishni boshlashdan avval Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash boʻyicha doimiy komissiya aʼzolari nomzodlarga test sinovlarini oʻtkazish tartibini tushuntirishi shart.
4. Nomzodlar barcha harakatlarni Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash boʻyicha doimiy komissiya aʼzolari koʻrsatmalariga muvofiq bajaradi. Mazkur koʻrsatmalarga amal qilmagan nomzod xonadan chiqarib yuboriladi va psixologik oʻrganish ishtirokchilari roʻyxatidan oʻchiriladi.
5. Nomzod beriladigan savollarga javoblarni belgilash hamda vazifalarni bajarish orqali test sinovlaridan oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Nomzodga oldindan tayyorlangan psixologik test savollari boʻyicha 2 ta vazifa beriladi.
Nomzodga berilgan vazifalarni bajarish uchun 1 soat 42 daqiqa, shuningdek har bir vazifa yoʻriqnomasini oʻqib chiqish uchun qoʻshimcha 2 daqiqadan vaqt beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)
7. Test savolida mashqning oʻziga xosligidan kelib chiqib javob variantlari berilishi mumkin. Nomzodlar test savollariga javob variantlarini belgilashda javoblar varaqasidagi variantlardan faqat bitta toʻgʻri javobni belgilashi lozim.
8. Test sinovlarini topshirish vaqtida nomzodning xonadan chiqishi taqiqlanadi, nomzodning sogʻligʻi yomonlashgan holatlar bundan mustasno. Test sinovi tugagunga qadar xonani tark etgan nomzod xonaga takroran kiritilmaydi.
9. Test sinovlarini oʻtkazish vaqtida test sinovlari oʻtkazilayotgan xonada nomzodlar hamda Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash boʻyicha doimiy komissiya aʼzolaridan tashqari boshqa shaxslarning boʻlishi taqiqlanadi.
10. Javoblar toʻgʻri belgilanishi uchun nomzod shaxsan javobgardir. Javoblarni notoʻgʻri belgilagan nomzodlarning eʼtirozi koʻrib chiqilmaydi.
11. Nomzod, test sinovini u baholangan kundan boshlab 1 yil davomida 2 marotaba qayta topshirishi mumkin, biroq shu kunning oʻzida qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Nomzodning psixologik test savollariga bergan javoblari 10 kun ichida mazkur metodikaning ilovasiga muvofiq Psixologik test natijalarini hisoblash jadvali asosida Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash boʻyicha doimiy komissiya aʼzolari tomonidan hisoblab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Psixologik test sinovlarini oʻtkazish metodikasiga
ILOVA
Psixologik test natijalarini hisoblash
JADVALI

Toifasi

1-vazifa

2-vazifa

1-koʻrsatkich boʻyicha

2-koʻrsatkich boʻyicha

I

68 — 100%

0 — 84%

0 — 10%

II

46 — 67%

11 — 25%

III

23 — 45%

26 — 40%

IV

0 — 22%

85 — 100%

41 — 100%

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonining 2021-yil 28-sentabrdagi 252-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3210-1, 30.09.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
9-ILOVA
Psixologik test sinovlari natijalari boʻyicha
QAYDNOMA

20__ yil ____ ____________.

T/r

Nomzodning F.I.O.

Nomzodni psixologik
oʻrganish natijasi

1.

2.

3.

...



Komissiya aʼzolari:

_________________
(imzo)

________________________
(F.I.O.)

_________________
(imzo)

________________________
(F.I.O.)

_________________
(imzo)

________________________
(F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlinmalariga kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga nomzodlarni saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
10-ILOVA

“TASDIQLAYMAN”
‎Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosari

____________ ____________‎‎

(imzo)‎‎

(F.I.O.)‎‎

‎‎20__ yil “___” _____________

Nomzodlarni harbiy-kasbiy saralash boʻyicha doimiy komissiyaning

_____-son BAYONNOMASI

T/r

Nomzodning F.I.O.

Tugʻilgan kuni, oyi, yili va joyi‎‎

Harbiy-kasbiy saralash natijalari‎‎

Komissiya xulosasi‎‎

‎‎jismoniy tayyorgarlik darajasi

psixologik oʻrganish natijasi‎‎

‎‎

1.‎

‎‎ ‎‎

2.‎

‎‎ ‎‎

3.‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

...‎

‎‎ ‎‎ ‎‎ ‎‎

Komissiya aʼzolari:‎‎

______________ (imzo) ‎‎

______________________ (F.I.O.) ‎‎

______________ (imzo) ‎‎ ‎‎

______________________ (F.I.O.) ‎‎ ‎‎

______________ (imzo) ‎‎ ‎‎

______________________ (F.I.O.) ‎‎ ‎‎

‎‎Komissiya kotibi:

______________ (imzo) ‎‎ ‎‎

______________________ (F.I.O.) ‎‎ ‎‎

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2020-y., 10/20/3210/0049-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son, 30.09.2021-y., 10/21/3210-1/0924-son, 30.10.2021-y., 10/21/3210-2/1002-son; 28.11.2024-y., 10/24/3210-3/0975-son; 24.12.2024-y., 10/24/3210-4/1054-son; 19.09.2025-y., 10/25/3210-5/0846-son)