Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4292-son qarorlari)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasida bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4246-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PQ-4292-son qarorlari ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-oktabr,
874-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-apreldagi 258-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-sentabrdagi 278-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2012-y., 39-son, 453-modda) bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy va tarmoq markazlari roʻyxatining “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazlari” boʻlimining 4-pozitsiyasi “Vazirliklar va idoralarga mansubligi” ustunidagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2013-yil 1-avgustdagi 214-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 49-modda):
a) qaror nomidagi, 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasiga” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“toʻliq — Qishloq xoʼjalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazi;
qisqacha — QTTSM”;
“b” kichik bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“toʻliq — Sentr po sertifikatsii i ispitaniyu selskoxozyaystvennoy texniki i texnologiy;
qisqacha — SITT”;
6-bandning ikkinchi xatboshidagi “Fanlar akademiyasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning uchinchi xatboshidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
11-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Markazni Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
Direktor oʻrinbosarlari Markaz direktorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
12-bandning birinchi xatboshidagi “bosh” soʻzi chiqarib tashlansin;
13-banddagi “Markazning bosh direktori” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Markazning mol-mulkini tasarruf etish quyidagi holatlarda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan kelishgan holda Markaz direktori tomonidan amalga oshiriladi”;
oltinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
nomidagi va 1-banddagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qishloq xoʻjaligi va melioratsiya texnikasi hamda texnologiyalarini sinovdan oʻtkazish rejasi Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlanadi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014-yil 3-apreldagi 80-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 15-son, 167-modda):
a) 2-banddagi “Innovatsion rivojlanish vaziri” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11 va 28-bandlardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4 va 12-bandlardagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
17-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari kompleksi rahbari” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20 va 31-bandlardagi “xulosasi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovada:
“Masʼullar” ustuni “Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari uchun” boʻlimi “1-bosqich” va “2-bosqich” pozitsiyalardagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-iyuldagi 479-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 28-son, 656-modda):
a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 8-banddagi, 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirlar nomi”, “Masʼul bajaruvchilar” ustunlari 7-pozitsiyasidagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul bajaruvchilar” ustuni 10-pozitsiyasidagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Masʼul bajaruvchilar” ustuni 11, 12 va 13-pozitsiyalaridagi “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarorida:
2-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “Vazirlik markaziy apparati” soʻzlaridan keyin “Monitoring xizmati” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar”;
toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
5-bandning “v” kichik bandidagi “Markaziy apparat” soʻzlaridan keyin “va Monitoring xizmati” soʻzlari qoʻshilsin;
3-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Bunda, vazirlik markaziy apparati xodimlarining umumiy ish staji uchun lavozim maoshiga (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) oylik ustamalar shtatlar jadvaliga muvofiq har oyda quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
1 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 15 yilgacha — 30 foiz;
15 yildan 20 yilgacha — 40 foiz;
20 yildan 25 yilgacha — 50 foiz;
25 yildan ortiq — 60 foiz”;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan tashabbuskor vazirlik markaziy apparati xodimlariga lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 200 foizgacha hamda hududiy boʻlinmalar xodimlariga 100 foizgacha miqdorda har oylik ustamalar belgilanishi mumkin.
Ustamaning aniq miqdori vazirlik markaziy apparati xodimlari va hududiy boʻlinmalar rahbarlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan hamda qolgan xodimlarga hududiy boʻlinmalar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri alohida oʻrnak koʻrsatgan markaziy apparat xodimlariga mazkur bandning birinchi xatboshisida belgilangan miqdordan tashqari lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 100 foizgacha miqdorda ustamalar belgilashi mumkin, bunday xodimlar soni markaziy apparatning umumiy xodimlari sonining 15 foizidan oshmasligi lozim”;
9-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi” soʻzlaridan keyin “Monitoring xizmati” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-iyuldagi 606-son qarorida:
a) 1-banddagi “Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-band toʻrtinchi xatboshidagi hamda 5-band birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 8-banddagi “Fanlar akademiyasining prezidenti B.S. Yuldashev” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 2-yanvardagi 2-son qarorida:
a) 2-banddagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 4-banddagi “Innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov” soʻzlari “qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-banddagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
16-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi va “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanish” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Nav originatorlari, institutlar, seleksioner olimlar va urugʻchilikda ishtirok etuvchi boshqa subyektlarga ustama mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik xarajatlar smetasiga hamda tegishli tashkilotlar bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasining maxsus hisobvaragʻidan oʻtkazib beriladi”;
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi va klasterlariga berilgan maydonlarda urugʻlik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish sxemasi 1, 2 va 10-bosqichlarining “Masʼullar” ustunidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi 10-son qarorining nomidagi, 1-bandidagi va 1-ilovasi nomidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
14. Vazirlar Mahkamasining “Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi 327-son qarorida:
a) 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi hamda 5-banddagi “Fanlar akademiyasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 9-banddagi “Fanlar akademiyasining prezidenti B.S. Yuldashev” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 30.04.2021-y., 09/21/258/0400-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2022-y., 09/22/396/0656-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)