Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
“Urugʻchilik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri, Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raislari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlarining zimmasiga sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish, saqlash va undan foydalanish tadbirlarini qonunchilikka qatʼiy muvofiq holda amalga oshirish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 3-aprel,
80-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-apreldagi 80-son qaroriga
ILOVA
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
urugʻlik tayyorlovchi — tuzilgan shartnomalar asosida, belgilangan tartibda urugʻlikni qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish uchun tegishli sharoitlarga ega boʻlgan yuridik (qayta ishlash korxonalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, tajriba xoʻjaliklari) yoki jismoniy shaxs;
asosiy urugʻlik fondi — asosiy ekish uchun tayyorlangan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari;
sugʻurta urugʻlik fondi — imkoniyatlari cheklangan mintaqalarga hamda xalqaro shartnomalarga muvofiq eksportga yetkazib berish uchun, shuningdek tabiiy ofatlar ehtimolini nazarda tutgan holda va boshqa maqsadlarda zaxira uchun qoldirilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari.
II. Gʻoʻza va boshoqli don ekinlarining sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish tartibi
3. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun urugʻliklarni yetishtirish hajmlari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
urugʻlik chigit uchun — kelgusi yilda gʻoʻzaning asosiy urugʻlik fondi uchun yetishtiriladigan urugʻlik prognoz hajmining 10 foizigacha;
boshoqli don ekinlari urugʻliklari uchun — kelgusi yilda boshoqli don ekinlarining asosiy urugʻlik fondi uchun yetishtiriladigan urugʻlik prognoz hajmining 3 foizigacha.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Respublika boʻyicha kelgusi yilga sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmlari urugʻlik chigitni tayyorlash boʻyicha tasdiqlangan topshiriqlar hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi. Bunda sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmlari, gʻoʻza va boshoqli don ekinlarining seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlarini aniqlagan holda, hududlar boʻyicha tasdiqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Hududlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmlari toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hududiy boʻlinmalariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va viloyatlar hokimliklariga yetkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Hududlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining tasdiqlangan hajmlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hududiy boʻlinmalari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari oʻzlarining qoʻshma qarori bilan tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlari hajmlarini tasdiqlaydi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining hajmlari toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining tuman boʻlinmalariga, shuningdek tumanlar hokimliklariga yetkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
III. Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining sugʻurta urugʻlik fondini saqlash va undan foydalanish
8. Tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining tasdiqlangan hajmlari asosida tuman hokimi aniq urugʻchilik xoʻjaliklarini, shuningdek asosiy urugʻlik fondining urugʻlik yetishtirish hajmlariga qarab sugʻurta urugʻlik fondi ulushini belgilaydi.
9. Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻliklarini yetishtirish belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov yakunlariga muvofiq aniqlangan tegishli xoʻjaliklar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan urugʻlik chigit belgilangan tartibda “Oʻzpaxtasanoat” AJning korxonalarida yoki urugʻlik chigit tayyorlovchi boshqa sexlarda, boshoqli don ekinlari urugʻliklari esa — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarida qayta ishlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlari sifatini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi laboratoriya tahlillarini oʻtkazadi va ularning natijalari boʻyicha keyingi yilda ekish uchun xulosalar beriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoat” AJ yoki “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining tegishli qoʻshma qaroriga muvofiq sugʻurta urugʻlik fondi asosiy urugʻlik fondining ishlatilmay qolgan va keyingi yilga oʻtadigan gʻoʻza yoki boshoqli don ekinlari urugʻliklari zaxiralari hisobiga ham toʻldirilishi mumkin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Sugʻurta urugʻlik fondining urugʻlik chigitlari belgilangan tartibda “Oʻzpaxtasanoat” AJning paxta qabul qilish korxonalarida yoki urugʻlik chigit tayyorlovchi boshqa sexlarda, boshoqli don ekinlari urugʻliklari esa — “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don qabul qilish korxonalarida amaldagi standartlarga muvofiq saqlanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
14. Sugʻurta urugʻlik fondining gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlari koʻpi bilan bir yilgacha saqlanadi.
15. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini fermer va dehqon xoʻjaliklarida saqlashga yoʻl qoʻyilmaydi, ular urugʻlik tayyorlovchilar hisoblanadigan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
16. “Oʻzpaxtasanoat” AJ korxonalarining yoki urugʻlik chigit tayyorlovchi boshqa sexlarning, shuningdek “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalarining sugʻurta urugʻlik fondi uchun gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini jamgʻarish, qayta ishlash va saqlash xarajatlari sotiladigan urugʻliklar tannarxiga kiritiladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Sugʻurta urugʻlik fondining gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlaridan, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari qarorlari asosida ularni imkoniyatlari cheklangan mintaqalarga yetkazib berish uchun, shuningdek tabiiy ofatlar ehtimoli va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
18. Tabiiy ofatlar roʻy bergan hollarda sugʻurta urugʻlik fondining gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlaridan foydalanish uchun mazkur Nizomning 2-ilovasiga (gʻoʻza uchun) va 3-ilovasiga (boshoqli don ekinlari uchun) muvofiq shakllar boʻyicha dalolatnomalar rasmiylashtiriladi.
19. Sugʻurta urugʻlik fondining gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini imkoniyatlari cheklangan mintaqalarga yetkazib berish uchun ulardan foydalanishga tegishli mintaqalar rahbarlarining buyurtmanomalari asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Sugʻurta urugʻlik fondining gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini xalqaro shartnomalarga muvofiq yetkazib berish uchun ulardan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining qarori asos hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
21. Sugʻurta urugʻlik fondining ishlatilmay qolgan urugʻliklari keyingi yilda asosiy urugʻlik fondiga oʻtkaziladi va belgilangan tartibda ekiladi.
IV. Davlat ehtiyojlari uchun yetishtirilmaydigan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish tartibi
22. Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish maqsadida davlat ehtiyojlari uchun yetishtirilmaydigan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklarini yetishtirish hajmi (keyingi oʻrinlarda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari deb ataladi), urugʻlik sarfi boʻyicha oʻrtacha koʻp yillik maʼlumotlarni hisobga olgan holda, keyingi yilda tegishli qishloq xoʻjaligi ekinlarining asosiy urugʻlik fondiga yetishtiriladigan urugʻlik prognoz hajmining 3 dan 5 foizigacha miqdorida belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Keyingi yilda sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining hajmlari hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va tumanlar hokimlarining qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish boʻyicha takliflari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi. Bunda sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining hajmlari, boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlarini belgilagan holda tumanlar boʻyicha tasdiqlanadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondining boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish hajmlari, seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlari hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari va tumanlar hokimliklariga yetkaziladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-dekabrdagi 1021-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son)
24. Tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish uchun yetishtiriladigan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining tasdiqlangan hajmlari asosida tuman hokimi aniq urugʻchilik xoʻjaliklarini, shuningdek asosiy urugʻlik fondining urugʻlik yetishtirish hajmlaridagi sugʻurta urugʻlik fondi ulushini belgilaydi.
25. Boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirish tegishli xoʻjaliklar tomonidan amalga oshiriladi.
26. Sugʻurta urugʻlik fondi tashkil etish uchun yetishtirilgan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklari belgilangan tartibda urugʻlik tayyorlovchilar tomonidan qayta ishlanadi.
V. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini saqlash va ulardan foydalanish
27. Sugʻurta urugʻlik fondining boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari amaldagi standartlarga muvofiq, urugʻlik tayyorlovchilarda koʻpi bilan bir yilgacha saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Urugʻliklar sifatini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi laboratoriya tahlillarini oʻtkazadi, ularning natijalari asosida keyingi yilda ekish uchun xulosalar beriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
29. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini jamgʻarish, qayta ishlash va saqlash xarajatlari sotiladigan urugʻliklar tannarxiga kiritiladi.
30. Sugʻurta urugʻlik fondining boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlaridan belgilangan tartibda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining qarorlari asosida ularni imkoniyati cheklangan mintaqalarga yetkazib berish uchun, shuningdek tabiiy ofatlar holatida va boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Sugʻurta urugʻlik fondining boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini xalqaro shartnomalarga muvofiq yetkazib berish uchun ulardan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining qarori asos hisoblanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqichlar

Tadbirlar

Masʼullar

Muddatlar

Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari uchun

1-bosqich

Hududlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondi uchun gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish hajmlari toʻgʻrisida, seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlari boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilish. Qoʻshma qarorni hududlarga yetkazish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi

10-yanvargacha-

gʻoʻza,

10-iyulgacha-

boshoqli don

2-bosqich

Tumanlar boʻyicha sugʻurta urugʻlik fondi uchun gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini yetishtirish hajmlari, seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlari boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilish.

Qoʻshma qarorni tumanlarga yetkazish.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK,

hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13-yanvargacha-

gʻoʻza,

13-iyulgacha-

boshoqli don

3-bosqich

Aniq urugʻchilik xoʻjaliklarini belgilash hamda kelgusi yil hosili uchun asosiy urugʻlik fondining urugʻlik hajmlariga koʻra sugʻurta urugʻlik fondining ulushini aniqlash.

Tumanlar hokimliklari

1-martgacha-

gʻoʻza,

15-avgustgacha-

boshoqli don

4-bosqich

Gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻliklarini yetishtirish.

Hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, belgilangan tartibda oʻtkaziladigan tanlov natijalariga muvofiq aniqlangan urugʻchilik xoʻjaliklari

Agrotexnika muddatlarida

5-bosqich

1. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan urugʻliklarni paxta va don qabul korxonalarida qayta ishlash.

2. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarining sifatini aniqlash uchun laboratoriya tahlillarini oʻtkazish va tegishli xulosalar berish.

1. “Oʻzpaxtasanoat” AJ, “Oʻzdonmahsulot” AK, urugʻlik tayyorlash boʻyicha boshqa sexlar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi

1. 1-martgacha- gʻoʻza,

25-avgustgacha- boshoqlin



2. Doimiy ravishda

6-bosqich

Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlarini saqlash.

“Oʻzpaxtasanoat” AJ,

“Oʻzdonmahsulot” AK

Bir yildan ortiq emas

7-bosqich

Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan gʻoʻza va boshoqli don ekinlari urugʻlaridan foydalanish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, fermer xoʻjaliklari

Maqbul agrotexnika muddatlarida va zarur holatlarda

Boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari uchun

1-bosqich

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishni hisobga olgan holda tuman hokimlarining takliflariga asosan tumanlar boʻyicha boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish hajmlari, seleksiya navlari va reproduksiyalarini joylashtirish maydonlarini belgilash.

Qarorlarni tumanlarga yetkazish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, tumanlar hokimliklari

Ekishdan 15 kun oldin

2-bosqich

Urugʻchilik xoʻjaliklarini belgilash hamda kelgusi yil hosili uchun asosiy urugʻlik fondining urugʻlik hajmlariga koʻra sugʻurta urugʻlik fondining ulushini aniqlash.

Tumanlar hokimliklari

Ekishdan 10 kun oldin

3-bosqich

Boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini yetishtirish.

hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, urugʻchilik xoʻjaliklari

Agrotexnika muddatlarida

4-bosqich

1. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini qayta ishlash.

2. Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarining sifatini aniqlash uchun laboratoriya tahlillarini oʻtkazish va tegishli xulosalar berish.

1. Urugʻlik tayyorlovchilar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi

1. Ekishdan 10 kun oldin



2. Doimiy ravishda

5-bosqich

Sugʻurta urugʻlik fondi uchun tayyorlangan boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini saqlash.

Urugʻlik tayyorlovchilar

Koʻpi bilan bir yil

6-bosqich

Sugʻurta urugʻlik fondidagi boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini imkoniyatlari cheklangan mintaqalarga, xalqaro shartnomalar boʻyicha, shuningdek tabiiy ofatlar ehtimolini nazarda tutgan holda va boshqa maqsadlar uchun yetkazib berish uchun ulardan foydalanish.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, hududiy fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari, fermer xoʻjaliklari, eksport va import qiluvchilar

Maqbul agrotexnika muddatlarida va zarur holatlarda

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎‎DALOLATNOMA‎‎

‎‎_______________viloyati, _____________tumani

‎‎__________(sana)

‎‎
‎‎Biz, quyidagi tarkibdagi komissiya aʼzolari ___________________________________
_______________________________________________________________________

‎‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎_____________________________ viloyati, _________________________tumanidagi
‎ __________________________________________ fermer xoʻjaligining gʻoʻza ekilgan
‎ ______________________________ gektar maydoni ___________________________

‎‎(sana)

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(zararlanish sabablari)

sababli zararlanganligini aniqladik.

‎‎Mazkur maydonning __________________ gektariga qayta ekish uchun (yoki olasiga ekish
‎ uchun) ______________tonna (tukli, tuksiz) urugʻlik chigit talab etiladi.

‎‎Yuqoridagilarni inobatga olib, ____________ viloyati, _______________ tumanining
‎ ____________ fermer xoʻjaligiga _____________tonna _____________________gʻoʻza
‎ navi (yoki ushbu mintaqa uchun navlarni joylashtirish tartibiga asosan belgilangan boshqa navlar)ning _______________partiya, ________________ reproduksiyali (tukli, tuksiz) urugʻlik chigiti __________________________________ korxonasi huzuridagi _____________________________ urugʻlik chigit sotish shoxobchasidan sugʻurta urugʻlik fondi hisobidan ajratilishini zarur deb hisoblaymiz.

‎‎Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi rahbari________________________‎‎
‎‎Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi________________________‎‎‎
Oʻzpaxtasanoat” AJ hududiy filiali vakili________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining hududiy laboratoriyasi xodimi‎‎________________________
‎‎“Oʻzgidromet” vakili ‎‎________________________
Fermer ‎‎‎‎________________________
(2-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
Sugʻurta urugʻlik fondini tashkil etish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

‎‎‎DALOLATNOMA‎‎

‎‎_______________viloyati, _____________tumani

‎‎______(sana)

‎‎
‎‎Biz, quyidagi tarkibdagi komissiya aʼzolari ___________________________________
_______________________________________________________________________

‎‎(F.I.O., lavozimi)

‎‎_____________________________ viloyati, _________________________tumanidagi
‎ _____________________________________________________ fermer xoʻjaligining
‎boshoqli don ekilgan _________________ gektar maydoni ______________________da

‎‎(sana)

‎‎_______________________________________________________________

‎‎(zararlanish sabablari)

sababli zararlanganligini aniqladik.
Mazkur maydonning __________________ gektariga qayta ekish uchun _______________
‎ tonna boshoqli don ekinlari urugʻlari talab etiladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, _______________viloyati, _____________tumanining
‎ _____________ fermer xoʻjaligiga _______________tonna _____________________
‎ boshoqli don ekinlari navi (yoki ushbu mintaqa uchun navlarni joylashtirish tartibiga asosan belgilangan boshqa navlar)ning ___________partiya, __________ reproduksiyali boshoqli don ekinlari urugʻligi ____________________________________ korxonasi huzuridagi ________________________ shoxobchadan sugʻurta urugʻlik fondi hisobidan ajratilishini zarur deb hisoblaymiz.
‎‎Tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi rahbari________________________‎‎
‎‎Tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakili‎‎________________________‎‎
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasining don mahsulotlari korxonasi vakili________________________
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasining hududiy laboratoriyasi xodimi‎‎________________________
‎‎“Oʻzgidromet” vakili ‎‎________________________
Fermer ‎‎‎‎________________________
(3-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-apreldagi 197-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 15-son, 164-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2017-y., 09/17/1021/0465-son; 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 13.07.2019-y., 09/19/575/3415-son, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)