Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash hamda tegishli nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1339-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi OʻRQ-544-son Qonunining 3-moddasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim Nizom va Yoʻriqnomalari, shuningdek, boshqa meʼyoriy hujjatlari 1-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Rais M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-iyul,
924-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan ayrim nizom va yoʻriqnomalari, shuningdek, boshqa meʼyoriy hujjatlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga oʻtkaziladigan saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha uchastka saylov komissiyalari ishining ayrim masalalari toʻgʻrisida” 1999-yil 9-oktabrdagi 36-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqotini olib borishlarida qoʻshimcha sharoit yaratib berish boʻyicha Markaziy saylov komissiyasining yoʻriqnomasi” toʻgʻrisida” 1999-yil 9-oktabrdagi 52-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq Markaziy saylov komissiyasining nizom va yoʻriqnomalari toʻgʻrisida” 2004-yil 18-sentabrdagi 198-son qarori 3-bandi va 3-ilovasi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida”gi Qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlarga tegishli ayrim qoidalarini amalga oshirishga doir masalalar haqida” 2004-yil 21-oktabrdagi 211-son qarori.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda saylovchilar turgan joyida ovoz berishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” 2004-yil 23-dekabrdagi 234-son qarori.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi huzuridagi Ilmiy-metodik Kengash Nizom” loyihasi toʻgʻrisida” 2006-yil 14-apreldagi 271-son qarori.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi boʻyicha metodik jihatdan amaliy yordam koʻrsatish haqida” 2006-yil 14-apreldagi 272-son qarori.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlari toʻgʻrisida” 2009-yil 17-sentabrdagi 417-son qarori 3, 5 va 6-bandlari hamda 3, 5 va 6-ilovalari.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash boʻyicha Konferensiyasi Sanoq komissiyasining rezina muhri va byulletenlarni bekor qilish shtampi tavsifini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2009-yil 13-noyabrdagi 441-son qarori.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi saylovida muddatidan ilgari ovoz berish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2009-yil 3-dekabrdagi 450-son qarori.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Saylovchilar turgan joyda ovoz berishni tashkil etish va koʻchma saylov qutilaridan foydalanish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2009-yil 14-dekabrdagi 464-son qarori.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov oʻtkazish bilan bogʻliq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarori 1-bandining uchinchi, toʻrtinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari hamda 2, 3, 6 va 7-ilovalari.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatligiga nomzodlar koʻrsatish tartibi boʻyicha uslubiy tavsiyalarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-avgustdagi 844-son qarori.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi saylov komissiyalarining binolari va xonalarini jihozlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 11-avgustdagi 845-son qarori.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalari ishini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” 2017-yil 1-dekabrdagi 858-son qarori;
16. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlari sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida” 2017-yil 14-dekabrdagi 860-son qarori.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibini belgilaydi.
I bob. Saylov okruglarini tuzish
1. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan tuziladi.
2. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish uchun bir yuz ellikta hududiy saylov okrugi tuziladi.
3. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha saylov okruglarining chegaralari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining maʼmuriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda, qoida tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida saylovchilar soni teng holda belgilanadi.
4. Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish uchun quyidagi saylov okruglari tuziladi:
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish uchun — oltmishtadan koʻp boʻlmagan saylov okrugi;
xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish uchun — oʻttiztadan koʻp boʻlmagan saylov okrugi.
5. Har bir saylov okrugidan bitta deputat saylanadi.
6. Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish uchun saylov okruglari soni tegishli mahalliy Kengash tomonidan aholi, saylovchilar soni, hudud va boshqa mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish boʻyicha saylov okruglari tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning maʼmuriy-hududiy tuzilishi inobatga olingan holda belgilanadi.
7. Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp chetga chiqishi, qoida tariqasida, oʻn foizdan oshmasligi kerak.
8. Saylov okruglarining roʻyxatlari ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashgan yeri koʻrsatilgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
II bob. Okrug saylov komissiyalarini tuzish
9. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyasi esa tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida yetmish kun qolganida komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va olti — sakkiz nafar komissiya aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi.
10. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari saylov okruglari tuzilganidan soʻng uch kun ichida tavsiya qiladi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashiga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari saylov okruglari tuzilganidan soʻng uch kun ichida tavsiya qiladi hamda viloyatlar va Toshkent shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
12. Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari aʼzoligiga nomzodlarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari saylov okruglari tuzilganidan soʻng uch kun ichida tavsiya qiladi hamda tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
III bob. Okrug saylov komissiyalariga aʼzolik
13. Yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar okrug saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin.
Quyidagilar okrug saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas:
deputatlikka nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek deputatlikka nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar.
14. Okrug saylov komissiyasi aʼzosiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda guvohnoma beriladi.
Okrug saylov komissiyasining raisi, rais oʻrinbosari, kotib va boshqa aʼzolarining guvohnomalari tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining raislari tomonidan imzolanadi.
15. Okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan komissiyaning raisi, rais oʻrinbosari, kotibi yoki boshqa aʼzosi saylov oʻtkazish uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab chiqarish yoki xizmat vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin.
16. Okrug saylov komissiyasi aʼzosi okrug saylov komissiyasi tarkibidagi faoliyati davrida Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida nazarda tutilgan davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish bilan bogʻliq kafolatlardan foydalanadi.
17. Okrug saylov komissiyasining aʼzosi tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining qarorlariga muvofiq quyidagi hollarda oʻz vazifalarini bajarishdan ozod etilishi mumkin:
shaxsiy arizasiga koʻra;
vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda;
Saylov kodeksi talablarini buzgan yoki zimmasidagi majburiyatlariga muntazam ravishda eʼtiborsizlik qilgan taqdirda.
18. Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod yoki nomzodning ishonchli vakili etib roʻyxatga olingan okrug saylov komissiyasi aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Zarur boʻlgan taqdirda, Saylov kodeksida belgilangan tartibda saylov komissiyasining yangi aʼzosi saylanadi.
IV bob. Okrug saylov komissiyalarining vakolatlari
19. Okrug saylov komissiyasi:
saylov okrugi hududida Saylov kodeksi ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi va uning bir xil tarzda qoʻllanilishini taʼminlaydi;
saylov uchastkalarini tuzadi, okrug boʻyicha ularning tartib raqamini belgilaydi, manzilini koʻrsatgan holda ularning roʻyxatini eʼlon qiladi;
uchastka saylov komissiyalarini tuzadi va ularning tarkibi haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qiladi;
uchastka saylov komissiyalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
har bir saylov uchastkasining chegarasi va uchastka saylov komissiyalari joylashgan joyi hamda ovoz berish xonalari haqida saylovchilarning xabardor etilishini tashkil etadi;
uchastka saylov komissiyalariga tashkiliy-uslubiy yordam beradi, ularni saylovga oid qonun hujjatlari matnlari, Markaziy saylov komissiyasining nizomlari, yoʻriqnomalari va boshqa hujjatlari bilan taʼminlaydi;
deputatlikka nomzodlarga saylov kampaniyasida ishtirok etish uchun teng sharoitlarni taʼminlaydi;
deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
siyosiy partiyalar, boshqa jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotini eshitadi;
saylovchilar roʻyxatlarining tuzilishini va ularning hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
pul mablagʻlarini uchastka saylov komissiyalari boʻyicha taqsimlaydi, uchastka saylov komissiyalarining binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlanishini nazorat qiladi hamda saylovni moddiy-texnika jihatdan taʼminlashning boshqa masalalarini koʻrib chiqadi;
saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va ularni tegishincha Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etadi;
siyosiy partiyalarning va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining kuzatuvchilariga mandat beradi;
saylovchilar, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillariga muddatidan oldin ovoz berish oʻtkaziladigan vaqt va joy haqidagi maʼlumotlarni yetkazadi;
takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga deputatlar saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq maʼrifiy tadbirlarni (oʻquv mashgʻulotlari, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va hokazolarni), shu jumladan uchastka saylov komissiyalari aʼzolari uchun oʻtkazadi;
Saylov kodeksiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
20. Okrug saylov komissiyasi raisi:
okrug saylov komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
okrug saylov komissiyasi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi va uni oʻtkazish tartibini belgilaydi;
komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda okrug saylov komissiyasi nomidan ishtirok etadi;
okrug saylov komissiyasi joylashgan binoning jihozlanishini tashkil etadi;
okrug saylov komissiyasining qarorlari, uchastka saylov komissiyasi raislari, deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kuzatuvchilari, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari, deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari guvohnomalarini hamda boshqa hujjatlarni imzolaydi;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni komissiya aʼzolari oʻrtasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
okrug saylov komissiyasi aʼzolarining ovoz berish kunidagi vazifalarini belgilaydi;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, huquqbuzarlikka oid materiallarni toʻplab, yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki sudga murojaat qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi budjetidan uchastka saylov komissiyasi faoliyatini taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlarni uchastka saylov komissiyalari oʻrtasida taqsimlaydi va ularning maqsadli foydalanishini nazorat qiladi;
okrug saylov komissiyasining vakolat muddati tugaganidan soʻng komissiya faoliyatiga oid hujjatlarni hamda moddiy qiymatliklarni tuman (shahar) hokimligiga topshiradi;
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Okrug saylov komissiyasi raisi oʻz vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek okrug saylov komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda, uning vakolatlari rais oʻrinbosari yoki okrug saylov komissiyasi qarori bilan komissiya aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
21. Okrug saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari:
okrug saylov komissiyasi raisi oʻz vakolatlarini bajara olmagan taqdirda, uning vakolatlarini amalga oshiradi;
komissiya aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
okrug saylov komissiyasi aʼzolarining malakasini oshirish va ularning faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni tashkil etadi;
ommaviy axborot vositalari vakillari bilan aloqalar oʻrnatadi, ularda komissiya faoliyatini har tomonlama yoritilishini tashkillashtiradi;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilarini, vakolatli vakillarini, ommaviy axborot vositalari vakillarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjatlar asosida roʻyxatga olishni tashkillashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek ularning vakillarini qabul qiladi va ularning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqishni tashkil etadi;
okrug saylov komissiyasi aʼzolarini jalb etgan holda komissiya qarorlari ijrosini taʼminlaydi;
okrug saylov komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi;
oʻz vakolatlari doirasida okrug saylov komissiyasining boshqa aʼzolariga topshiriqlar beradi;
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
22. Okrug saylov komissiyasi kotibi:
okrug saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari oʻz vakolatlarini bajara olmagan taqdirda, uning vakolatlarini amalga oshiradi;
okrug saylov komissiyasi majlislarini tashkillashtiradi, muhokama etiladigan masalalar boʻyicha qaror va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
okrug saylov komissiyasi aʼzolarini komissiya majlisi oʻtkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qiladi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati (bundan buyon matnda SYER deb yuritiladi) bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
okrug saylov komissiyasi raisi va rais oʻrinbosari topshiriqlarini bajaradi;
okrug saylov komissiyasining faoliyatiga taalluqli ish hujjatlarini nomenklatura asosida yuritib boradi;
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
23. Okrug saylov komissiyasining aʼzosi:
komissiyaning majlisi haqida oldindan xabardor boʻlishga;
komissiya majlisida soʻzga chiqishga, takliflar kiritishga, majlis ishtirokchilariga savollar berishga va javoblar olishga;
saylovga taalluqli har qanday hujjatlar va materiallar bilan tanishish va ulardan nusxalar olishga;
majlisda muhokama qilingan masalalar yuzasidan ovoz berishga va uning qarorlarini qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda imzolashga;
komissiya raisi topshirigʻiga koʻra saylov byulletenlarini dalolatnomalar asosida taqsimlashga;
uchastka saylov komissiyalariga amaliy yordam berishga;
uchastka saylov komissiyalarining ovozlarni sanab chiqish toʻgʻrisidagi bayonnomalarini qabul qilishda va saylov natijalarini aniqlashda ishtirok etishga;
okrug saylov komissiyasi majlisida muhokama etiladigan masalalar yuzasidan oʻzining alohida fikrini bildirishga;
qonun hujjatlari va mazkur Nizomga muvofiq boshqa vazifalarni bajarishga haqli.
24. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi tarkibida SYER bilan ishlaydigan masʼul aʼzo boʻlishi lozim.
Mazkur masʼul aʼzo:
uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimiga (bundan buyon matnda SJBAT deb yuritiladi) kirish uchun tegishli maʼlumotlarni beradi;
uchastka saylov komissiyalari tomonidan SJBAT tizimida amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirib boradi;
deputatlikka nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni (tarjimai hol, rasm, saylovoldi dasturi va boshqalar) SJBATga kiritadi;
har bir uchastka saylov komissiyasi uchun saylovchilar roʻyxatini chop etish ishlarini amalga oshiradi.
25. Saylovni tashkil etish va uni oʻtkazish sohasida huquqbuzarlik sodir etilgan hollarda okrug saylov komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari yoki kotib tomonidan belgilangan tartibda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma tuziladi.
Bayonnoma boshqa hujjatlar va ish boʻyicha ashyoviy dalillar bilan birga huquqbuzarlik sodir etilgan yoki aniqlangan paytdan boshlab bir sutkadan kechiktirmay uni tuzgan shaxs tomonidan tegishli tuman, shahar maʼmuriy sudiga yuboriladi.
26. Okrug saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qoʻyilgan masalani koʻpi bilan uch kunlik muddatda koʻrib chiqishi va okrug saylov komissiyasiga javob qaytarishi shart.
Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar okrug saylov komissiyalariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi, ularning ishi uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
V bob. Okrug saylov komissiyalari ishini tashkil etish
27. Okrug saylov komissiyasi oʻz faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
28. Okrug saylov komissiyasining faoliyati quyidagi tadbirlar boʻyicha rejalashtiriladi:
okrug saylov komissiyasining birinchi tashkiliy majlisini oʻtkazish;
okrug saylov komissiyasining saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga doir ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
okrug saylov komissiyasi aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
okrug saylov komissiyasi aʼzolari tomonidan saylovchilarning har kungi qabulini tashkil etish;
okrug saylov komissiyasi aʼzolarining navbatchiligini tashkil qilish;
okrug saylov komissiyasi joylashgan binoni belgilangan tartibda jihozlash;
saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq maʼrifiy tadbirlarni (oʻquv mashgʻulotlari, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va hokazolarni) tashkil etish;
uchastka saylov komissiyalarining ishini tashkil qilish va binolarni jihozlashda amaliy yordam koʻrsatish;
saylov byulletenlarini uchastka saylov komissiyalariga taqsimlash va yetkazish;
saylovchilarning murojaatlarini (shikoyatlar, arizalar, takliflarni) mazkur Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqish.
29. Okrug saylov komissiyasi ishining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab oʻtkaziladigan majlisi hisoblanadi.
Okrug saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis oʻtkazilayotgan kundagi komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
30. Okrug saylov komissiyasining majlisi raisning tashabbusiga koʻra yoki komissiya aʼzolari umumiy tarkibining kamida uchdan bir qismi talabiga binoan chaqirilishi mumkin.
31. Okrug saylov komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli orqali komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
32. Okrug saylov komissiyasi majlislarida masalalar ochiq va oshkora muhokama etiladi.
Majlisda kun tartibi, unda ishtirok etayotgan komissiya aʼzolarining ismi, familiyasi, otasining ismi, koʻrilgan har bir masala boʻyicha ovoz berish natijalari, qabul qilingan qaror aks etgan bayonnoma yuritiladi.
Bayonnomaga majlisda qabul qilingan qaror, xulosalar va boshqa hujjatlar, shuningdek komissiya aʼzolarining u yoki bu masala yuzasidan alohida fikrlari boʻlsa, yozma shaklda ilova qilinadi.
33. Bayonnoma raislik qiluvchi va kotib tomonidan imzolanadi.
Okrug boʻyicha saylov natijalarini belgilash toʻgʻrisidagi bayonnoma komissiyaning majlisida ishtirok etgan barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
34. Okrug saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir.
35. Okrug saylov komissiyasi majlislarida yuqori turuvchi komissiya aʼzolari, roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi mumkin.
Majlislarga mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari vakillari va boshqalar taklif etilishi mumkin.
36. Manfaatdor tashkilotlar oʻz kuzatuvchilari toʻgʻrisida okrug saylov komissiyasiga saylovga kechi bilan oʻn besh kun qolganida ariza bilan maʼlum qiladilar. Okrug saylov komissiyasi manfaatdor tashkilotdan ariza olinganidan keyin besh kun ichida mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi mandatni kuzatuvchiga beradi.
37. Okrug saylov komissiyasi oʻz muhriga ega boʻlib, uning namunasi tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
38. Okrug saylov komissiyasi SYER asosida tegishli saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilar roʻyxatini saylovga uch kun qolganda qogʻozda chop etadi va uchastka saylov komissiyasiga yetkazilishini taʼminlaydi.
39. Saylov kuni okrug saylov komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari okrug saylov komissiyasiga tashrif buyurgan siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, nomzodning ishonchli vakillari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli hujjatlar asosida roʻyxatga oladi va qabul qiladi.
40. Okrug saylov komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan komissiya aʼzolarining ovoz berish kunidagi vazifalari belgilanadi.
41. Okrug saylov komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari yoki kotibi tegishli saylov komissiyasiga saylov okrugi hududida ovoz berish jarayonining borishi haqida har soatda xabar berib boradi.
VI bob. Okrug saylov komissiyalarining binolari va xonalarini jihozlash
42. Davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar okrug saylov komissiyalariga saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan binolar, majlis zallari, xonalar hamda asbob-uskunalarni bepul berishi shart.
Okrug saylov komissiyalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shahar hokimliklari tomonidan kamida toʻrt xonadan iborat bino bilan, shuningdek transport, aloqa vositalari va Internet tarmogʻiga ulanish imkoniyati bilan taʼminlanadi.
43. Okrug saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi (binoning ustida va ichida);
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);
saylov okrugining tartib raqami koʻrsatilgan peshlavha;
okrug saylov komissiyasining muhri;
zarur mebellar, orgtexnika vositalari, telefon, televizor, 2 tadan kam boʻlmagan SJBAT talablariga javob beruvchi kompyuter va ularga kerakli boʻlgan moslamalar (UPS, printer, skaner va boshqalar) hamda uzluksiz internet aloqasi va h.k.;
yongʻinga qarshi vositalar.
Okrug saylov komissiyasi joylashgan bino va unga olib boruvchi yoʻlaklar ozoda va taʼmirlangan, yoritish moslamalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasida har bir uchastka saylov komissiyasiga saylovchilar roʻyxatini chop etish uchun yetarli darajada orgtexnikalar boʻlishi kerak.
44. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga taalluqli maʼlumotlar joylashtiriladigan stendlarda quyidagilar joylashtiriladi:
saylov sanasiga bagʻishlangan plakat (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga___kun qoldi);
saylov okrugining xaritasi;
okrug saylov komissiyasining tarkibi, ish rejasi, navbatchilik jadvali haqidagi axborot;
barcha roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi;
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (XXIII bob 117-modda), Saylov kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (146 va 147-moddalar), Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (V1 bob 512 —519-moddalar), Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (27, 142 va 167-moddalar)dan koʻchirmalar;
saylovga oid infografik va sxematik koʻrinishdagi tushuntirish materiallari.
45. Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasida qoʻshimcha ravishda:
Markaziy saylov komissiyasining ishonch telefoni;
viloyat maʼmuriy sudi va prokuraturasi telefon raqamlari aks ettirilgan axborot stendlari boʻlishi lozim.
46. Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasida qoʻshimcha ravishda:
viloyat saylov komissiyasining ishonch telefoni;
viloyat maʼmuriy sudi va prokuraturasi telefon raqamlari aks ettirilgan axborot stendlari boʻlishi lozim.
47. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasida qoʻshimcha ravishda:
tuman (shahar) saylov komissiyasining ishonch telefoni;
tuman (shahar) maʼmuriy sudi va prokuraturasi telefon raqamlari aks ettirilgan axborot stendlari boʻlishi lozim.
48. Stendlarda joylashtiriladigan materiallarda saylovoldi tashviqotiga oid nishon va alomatlar boʻlmasligi kerak.
49. Okrug saylov komissiyasiga olib boruvchi yoʻllarda saylov okrugining koʻrsatkichlari koʻrinarli joylarga joylashtirilgan boʻlishi kerak.
50. Binoga kirish joyida nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yoʻlaklari (panduslar) boʻlishiga (gʻildirakli aravachalar chiqishiga moʻljallangan maxsus yoʻlak) va ularning belgilangan talablarga (eni kamida 90 santimetr, chiqish burchagi 300 dan koʻp boʻlmagan) mos kelishiga eʼtibor qaratiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri va tegishli shahar, tuman hokimliklari okrug saylov komissiyalari joylashgan binolarini taʼmirlash va saylov jihozlari bilan taʼminlashga yordam beradi.
51. Okrug saylov komissiyasi kompyuterlarini Internet tarmogʻiga ulash Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmalari koʻmagida amalga oshiriladi.
52. Okrug saylov komissiyasida boʻlishi tavsiya etiladigan ish yuritish jildlari:
okrug saylov komissiyasining qarorlari, bayonnomalari va dalolatnomalari jildi;
Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar, tuman va shahar saylov komissiyalaridan kelgan hujjatlar va yozishmalar jildi;
murojaatlar qaydlov daftari va jildi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlarni roʻyxatga olish jurnali va jildi;
chiqish hujjatlarini roʻyxatga olish jurnali;
kuzatuvchilarni roʻyxatga olish jurnali;
navbatchilik jurnali.
VII bob. Saylov byulletenlarini olish va taqsimlash
53. Okrug saylov komissiyasi tegishli organlardan saylov okrugi hududida istiqomat qilayotgan aholining milliy mansubligiga koʻra aholi soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soʻrab oladi.
Davlat organlari ikki ish kuni davomida soʻralgan maʼlumotlarni okrug saylov komissiyasiga taqdim etadi.
54. Okrug saylov komissiyasi olingan maʼlumotlarni umumlashtiradi hamda saylov okrugi hududida istiqomat qilayotgan koʻpchilik aholisi soʻzlashadigan tillarda saylov byulletenlarini tayyorlashga ehtiyojni aniqlaydi.
55. Okrug saylov komissiyasi ikki kun ichida boshqa tillarda tayyorlash zarur boʻladigan saylov byulletenlarining miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga taqdim etadi.
56. Qonunchilik palatasi sayloviga doir saylov byulletenining shakli hamda matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli hamda matni tegishincha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
Nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tugʻilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi), ish joyi va uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya koʻrsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
57. Tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining qaroriga binoan saylov byulletenlari saylovga kamida yigirma kun qolganida davlat tilida nashr etiladi.
Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugining koʻpchilik aholisi soʻzlashadigan tillarda ham nashr etilishi mumkin.
Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaret bilan uchastka saylov komissiyalarini taʼminlaydi.
58. Okrug saylov komissiyalari saylov okrugi chegaralarida istiqomat qilayotgan aholining milliy mansubligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hisobga olgan holda saylov byulletenlarini tegishli tillar boʻyicha taqsimlaydi.
59. Uchastka saylov komissiyalari okrug saylov komissiyalaridan quyidagilarni qabul qilib oladi:
saylov uchastkasidagi saylovchilar umumiy sonining besh foizi miqdorida saylov byulletenlarini muddatidan oldin ovoz berish boshlanishiga kamida uch kun qolganda;
saylov byulletenlarining 95,5 foizini — saylovga kamida uch kun qolganida oladilar.
Berilgan va olingan saylov byulletenlari sonini mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnomada tegishli okrug va uchastka saylov komissiyalarining raisi yoki rais oʻrinbosari yoxud komissiya kotibi oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
60. Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatlariga kiritilgan saylovchilar sonidan yarim foizdan ortiq boʻlishi mumkin emas.
VIII bob. Okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash
61. Okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari boʻyicha bayonnomalarni soat 20:00 dan keyin qabul qilishni boshlaydi.
62. Okrug saylov komissiyasining aʼzosi uchastka saylov komissiyasining bayonnomasini tekshiradi va bayonnoma toʻgʻri yoki notoʻgʻri toʻldirilganligi boʻyicha xulosa beradi.
63. Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasida aks ettirilgan, ovozlarni sanab chiqish chogʻida nomuvofiqliklar aniqlangan taqdirda, okrug saylov komissiyasi oʻz majlisida uchastka saylov komissiyasiga ushbu nomuvofiqliklarni bartaraf etishni taklif qiladi.
64. Okrug saylov komissiyasi aʼzosi uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi toʻgʻri toʻldirilgan boʻlsa, bayonnomadagi tegishli raqamlarni darhol mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq Saylov okrugi boʻyicha natijalarni jamlab borish jadvalga kiritadi.
Saylov okrugi boʻyicha natijalarni jamlab borish jadvali A3-formatda nashr qilinib, okrug saylov komissiyasi joylashgan binoda hamma koʻrishi mumkin boʻlgan joyga osiladi.
65. Okrug saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda okrug boʻyicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, ommaviy axborot vositalari vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar hozir boʻlishlari mumkin.
66. Saylov okrugi boʻyicha saylov natijalari faqat uchastka saylov komissiyalarining taqdim etgan bayonnomalari asosida aniqlanadi. Okrug saylov komissiyasi:
saylov okrugidagi saylov uchastkalari soni;
saylov okrugidagi saylovchilarning umumiy soni;
okrug saylov komissiyasi olgan saylov byulletenlari soni;
saylov byulletenlari olgan saylovchilar soni;
ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni;
foydalanilmagan va buzib qoʻyilib bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni;
har bir nomzod boʻyicha alohida-alohida yoqlab berilgan ovozlar soni;
haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari sonini aniqlaydi.
67. Okrug saylov komissiyasi majlisida okrug boʻyicha saylov natijalari aniqlanadi hamda mazkur Nizomning 6 a, 6 b va 6 v-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladigan bayonnomada aks ettiriladi.
Okrug boʻyicha saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolash vaqtida bayonnoma mazmuni yuzasidan norozi boʻlgan komissiya aʼzosi oʻzining alohida fikrini bayonnomaga ilova qilishga haqli, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
68. Saylov okrugi boʻyicha saylov natijalari okrug saylov komissiyasining majlisida aniqlanadi va bayonnomaga kiritiladi. Bayonnoma komissiya raisi, rais oʻrinbosari, kotibi va boshqa aʼzolari tomonidan imzolanadi hamda tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
IX bob. Takroriy ovoz berish
69. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida saylov okrugi boʻyicha ikki nafardan ortiq nomzod qoʻyilgan boʻlsada, ulardan hech biri saylanmasa, okrug saylov komissiyasi eng koʻp ovoz olgan ikki nafar nomzod boʻyicha okrugda takroriy ovoz berishni oʻtkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarini hamda okrug saylovchilarini xabardor etadi.
Takroriy ovoz berish Saylov kodeksi talablariga rioya etilgan holda ikki haftalik muddatda oʻtkaziladi.
70. Takroriy ovoz berishda unda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
71. Okrug saylov komissiyalari uchastka saylov komissiyalari bayonnomalari asosida okrug boʻyicha takroriy ovoz berish natijalarini belgilaydi va mazkur Nizomning 66-67-bandlariga muvofiq ularni bayonnomaga kiritadi. Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
X bob. Takroriy saylov
72. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
agar saylov okrugi boʻyicha saylov oʻtmagan yoxud haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
agar takroriy ovoz berish saylangan deputatni aniqlash imkonini bermagan boʻlsa;
agar saylov okrugi boʻyicha koʻpi bilan ikki nomzod qoʻyilgan boʻlsa va ulardan hech biri saylanmagan boʻlsa.
73. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining topshirigʻiga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Bunda okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatida saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan taqdirda, tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan oʻtkazilishi zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
74. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi asosiy saylovdan keyin kechi bilan bir oylik muddat ichida oʻtkaziladi.
75. Ovoz berish asosiy saylovni oʻtkazish uchun tuzilgan oʻsha saylov uchastkalarida va saylovchilarning oʻsha roʻyxatlari boʻyicha oʻtkaziladi.
76. Okrug saylov komissiyalari uchastka saylov komissiyalari bayonnomalari asosida okrug boʻyicha takroriy saylov natijalarini belgilaydi va mazkur Nizomning 66-67-bandlariga muvofiq ularni bayonnomaga kiritadi.
XI bob. Okrug saylov komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish
77. Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
78. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
(78-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-sonli qarori tahririda)
XII bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish
79. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar organlari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar, saylovchilar, saylov jarayoni boshqa ishtirokchilari (bundan buyon matnda murojaat etuvchilar deb yuritiladi) bevosita oʻzlari yoki vakillari orqali ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin.
Murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼiy nazar, bir xil ahamiyatga ega.
80. Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida okrug saylov komissiyasining tartib raqami, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) koʻrsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari koʻrsatilishi mumkin.
Murojaatlar davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin.
81. Murojaat etuvchilarga, okrug saylov komissiyalariga yakka yoki jamoa tartibida murojaat etish huquqi kafolatlanadi.
82. Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.
83. Murojaat etuvchilarning yozma roziligisiz, ularning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi shart.
84. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar okrug saylov komissiyasi raisi tomonidan komissiya aʼzolari oʻrtasida koʻrib chiqish uchun taqsimlanadi.
Okrug saylov komissiyasi saylov kampaniyasini oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning Saylov kodeksi talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida oʻziga kelib tushgan murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonida tekshiruvlar oʻtkazilishi mumkin.
Murojaatlarga uch kunlik muddatda, agarda saylovga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol koʻrib chiqib, yozma javob beriladi.
Murojaatda koʻtarilgan masala joyida ijobiy hal etilsa, murojaatchining roziligi bilan yozma javob berilmaydi.
85. Murojaatlar qaydlov daftarida roʻyxatga olinishi lozim.
Murojaatni qabul qilishni va roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Okrug saylov komissiyasi murojaatni qabul qilishni yoki koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etgan taqdirda yoki murojaatni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan murojaat etuvchi norozi boʻlsa, yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki bevosita tuman (shahar) maʼmuriy sudiga yohud prokuraturasiga shikoyat qilishi mumkin.
Okrug saylov komissiyasining raisi murojaatni koʻrib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun okrug saylov komissiyasini mazkur Nizomning 84-bandida belgilangan muddatlarda chaqiradi va uning majlisini oʻtkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
86. Okrug saylov komissiyasi kelib tushgan murojaatda qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolatiga kirmagan taqdirda, uni murojaat yuborgan shaxs xabardor qilingan holda uch kunlik muddatda tegishli organlarga yuboradi.
87. Quyidagi murojaatlar koʻrib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslar vakillari orqali yuborilgan murojaatlar, agar ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa;
qonunda belgilangan boshqa talablarga mos kelmaydigan murojaatlar.
Murojaatlar koʻrmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u okrug saylov komissiyasi raisi yoki raisi oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Murojaat etuvchi vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻgʻrisida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
88. Murojaat etuvchilarni, ularning vakilini, ularning oila aʼzolarini, ular oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga, saylov komissiyalari va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda oʻz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan taʼqib etish man etiladi.
Murojaat etuvchilarni taʼqib qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
89. Murojaatni koʻrib chiqqan okrug saylov komissiyasi aʼzolari uni koʻrib chiqish natijalari va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
90. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar organlari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar okrug saylov komissiyalarining murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha va boshqa qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki viloyat, tuman (shahar) prokuraturasiga, maʼmuriy sudiga shikoyat qilishi mumkin.
Shikoyat kelib tushgan saylov komissiyasi yoki tuman (shahar) prokuraturasi, maʼmuriy sudiga shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, saylovga kamida olti kun qolganida esa darhol koʻrib chiqishi kerak.
Shikoyat bergan shaxslar oʻz xohishiga koʻra shikoyatni koʻrib chiqishda bevosita ishtirok etish, qoʻshimcha dalil va isbotlarni taqdim etish huquqlariga ega.
91. Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari shikoyatlarni mazkur Nizomning 84-bandida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
okrug saylov komissiyasi qarorini bekor qilish yuzasidan tegishli qaror qabul qilish;
okrug saylov komissiyasi qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilish va takroriy tekshiruv oʻtkazish uchun shikoyatni yuborish;
shikoyatni qanoatlantirmaslik.
Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish mumkin.
92. Qonunchilik palatasiga oʻtkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi Markaziy saylov komissiyasining qarori ustidan saylov yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
93. Mahalliy Kengashlarga oʻtkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi tegishli saylov komissiyasining qarori ustidan saylov yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tegishli viloyat, tuman (shahar) maʼmuriy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
94. Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga va murojaatchiga topshirilishi lozim.
XIII bob. Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
95. Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish (hammaga maʼlum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish taqiqlanadi.
96. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy ish yuritishni rasmiylashtirish Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 7-oktabrdagi 751-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov va referendumni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy ish yuritishni rasmiylashtirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar asosida amalga oshiriladi.
XIV bob. Saylovga oid hujjatlarni va muhrni saqlash
97. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining 2007-yil 28-dekabrdagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari sayloviga va referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarni saqlash va arxivga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi.
98. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari tugagandan soʻng tegishincha Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalariga quyidagilar taqdim etiladi:
okrug saylov komissiyasi qarorlari, bayonnomalari va komissiya aʼzolarining alohida fikrlari;
okrug boʻyicha saylov natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaning ikkinchi nusxasi;
uchastka boʻyicha ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaning birinchi nusxasi;
okrug saylov komissiyasi faoliyati davrida koʻrib chiqilgan murojaatlar;
saylov okrugi xaritasi;
komissiyaning saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga ajratilgan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisoboti.
Hujjatlar jildlarga tikilgan, ularning roʻyxati shakllantirilgan va har bir varagʻi raqamlangan boʻlishi lozim.
99. Okrug saylov komissiyasi saylov jarayonida foydalanilgan komissiya muhri, Davlat gerbi va bayrogʻi kabi moddiy qimmatliklar tegishli ravishda tuman va shahar hokimliklarining tashkiliy-nazorat guruhiga masʼul, mansabdor shaxslariga dalolatnoma asosida topshiriladi va ularning javobgarligida saqlanadi.
XV bob. Yakuniy qoida
100. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tegishincha saylov yakunlari chiqarilganidan, tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Saylov byulletenlari oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillarida chop etish taqsimotining
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisida nizomga 4-ILOVA
SAYLOV BYuLLETENLARINI TOPShIRISh VA QABUL QILISh DALOLATNOMASI
2019-yil “___” dekabr
_____________________________________________
(manzil)
________________________________________________okrug saylov komissiyasi ________________ uchastka
(okrug saylov komissiyasining nomi)
saylov komissiyasiga __________dona saylov byulletenlarini topshirdi.
Saylov byulletenlarini topshirdim:
_________________________________________________________________okrug saylov komisssiyasi raisi,
(okrug saylov komissiyasining nomi)
rais oʻrinbosari, kotibi _______________________________________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Saylov byulletenlarini qabul qildim:
____uchastka saylov komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari, kotibi ____________________________________________________________________________________________
(imzo)
(F.I.O.)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisida nizomga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi ____________________________-okrug saylov komissiyasining saylov okrugi boʻyicha natijalarni jamlab borish
JADVALI
SAYLOV UChASTKASI TARTIB RAQAMI
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.1
7.2
7.3
7.4
7.5
8.
Saylov uchastkasidagi saylovchilarning umumiy soni
Uchastka saylov komissiyasi olgan saylov byulletenlari soni
Saylov byulletenlari olgan saylovchilar soni
Muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilar soni
Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni
(saylov qutilaridagi saylov byulletenlari)
Foydalanilmagan va buzib qoʻyilib, bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni
________________ni
Nomzodni yoqlab ovoz berganlar soni
________________ni
Nomzodni yoqlab ovoz berganlar soni
________________ni
Nomzodni yoqlab ovoz berganlar soni
________________ni
Nomzodni yoqlab ovoz berganlar soni
________________ni
Nomzodni yoqlab ovoz berganlar soni
Haqiqiy emas deb topilgan saylov byulletenlari soni
№1
№2
№3
№4
№5
№6
№7
№8
№...
Saylov okrugi boʻyicha jami
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisida nizomga 6 a-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASIGA SAYLOV 20___ yil “__”_______ _____________________________OKRUG SAYLOV KOMISSIYASINING SAYLOV OKRUGI BOʻYIChA SAYLOV NATIJALARINI ANIQLASh TOʻGʻRISIDAGI BAYoNNOMASI
______________________okrug saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov k�deksining 22, 95-moddalariga muvofiq uchastka saylov komissiyalarining saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalariga asosan ______________________saylov okrugi boʻyicha quyidagilarni aniqladi:
1. Saylov okrugidagi saylov uchastkalari soni 2. Saylov okrugidagi saylovchilarning umumiy soni 3. Okrug saylov komissiyasi olgan saylov byulletenlari soni 4. Saylov byulletenlari olgan saylovchilar soni 5. Muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilar soni 6. Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni 7. Foydalanilmagan va buzib qoʻyilib bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni 8. Har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni:
Bayonnoma 2019-yil “____”______________da tuzildi.
M.Oʻ.
ESLATMA:
Bayonnoma toʻldirilgach, okrug saylov komissiyasi belgilangan tartibda uning birinchi nusxasini Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etadi.
Bayonnomaning birinchi nusxasiga saylov natijalari aniqlanayotganda hozir boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kuzatuvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan hozir boʻlgan kuzatuvchilar roʻyxati ilova qilinadi.
Bayonnomaning ikkinchi nusxasiga komissiya aʼzolarining alohida fikri (agar mavjud boʻlsa), ovoz berish chogʻida yoki ovozlar hisoblab chiqilayotganda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan komissiya nomiga kelib tushgan murojaatlar, mazkur murojaatlarga doir komissiya xulosalari ilova qilinadi.
Bayonnomaning 6-bandida koʻrsatilgan son bayonnomaning 8-bandi 1,2,3,4, va 5-satrlardagi va 9-banddagi sonlar yigʻindisiga teng (6-band = 8-bandning satrlar yigʻindisi + 9-band) boʻlishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisida nizomga 6 b-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGAShLARIGA SAYLOV 20___ yil “__”_______ OKRUG SAYLOV KOMISSIYASINING SAYLOV OKRUGI BOʻYIChA SAYLOV NATIJALARINI ANIQLASh TOʻGʻRISIDAGI BAYoNNOMASI
______________________okrug saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 22, 95-moddalariga muvofiq uchastka saylov komissiyalarining saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalariga asosan ______________________saylov okrugi boʻyicha quyidagilarni aniqladi:
1. Saylov okrugidagi saylov uchastkalari soni 2. Saylov okrugidagi saylovchilarning umumiy soni 3. Okrug saylov komissiyasi olgan saylov byulletenlari soni 4. Saylov byulletenlari olgan saylovchilar soni 5. Muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilar soni 6. Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni 7. Foydalanilmagan va buzib qoʻyilib bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni 8. Har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni:
Bayonnoma 2019-yil “____”______________da tuzildi.
M.Oʻ.
ESLATMA:
Bayonnoma toʻldirilgach, okrug saylov komissiyasi belgilangan tartibda uning birinchi nusxasini viloyat saylov komissiyasiga taqdim etadi.
Bayonnomaning birinchi nusxasiga saylov natijalari aniqlanayotganda hozir boʻlgan xalq deputatlari viloyat Kengashiga deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kuzatuvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan hozir boʻlgan kuzatuvchilar roʻyxati ilova qilinadi.
Bayonnomaning ikkinchi nusxasiga komissiya aʼzolarining alohida fikri (agar mavjud boʻlsa), ovoz berish chogʻida yoki ovozlar hisoblab chiqilayotganda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan komissiya nomiga kelib tushgan murojaatlar, mazkur murojaatlarga doir komissiya xulosalari ilova qilinadi.
Bayonnomaning 6-bandida koʻrsatilgan son bayonnomaning 8-bandi 1, 2, 3, 4, va 5-satrlardagi va 9-banddagi sonlar yigʻindisiga teng (6-band = 8-bandning satrlar yigʻindisi + 9-band) boʻlishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisida nizomga 6 v-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI TUMAN (ShAHAR) KENGAShLARIGA SAYLOV 20___ yil “__”_______ OKRUG SAYLOV KOMISSIYASINING SAYLOV OKRUGI BOʻYIChA SAYLOV NATIJALARINI ANIQLASh TOʻGʻRISIDAGI BAYoNNOMASI
______________________okrug saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 22, 95-moddalariga muvofiq uchastka saylov komissiyalarining saylov uchastkalarida ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomalariga asosan ______________________saylov okrugi boʻyicha quyidagilarni aniqladi:
1. Saylov okrugidagi saylov uchastkalari soni 2. Saylov okrugidagi saylovchilarning umumiy soni 3. Okrug saylov komissiyasi olgan saylov byulletenlari soni 4. Saylov byulletenlari olgan saylovchilar soni 5. Muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilar soni 6. Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni 7. Foydalanilmagan va buzib qoʻyilib bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni 8. Har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni:
Bayonnoma 2019-yil “____”______________da tuzildi.
M.Oʻ.
ESLATMA:
Bayonnoma toʻldirilgach, okrug saylov komissiyasi belgilangan tartibda uning birinchi nusxasini tuman (shahar) saylov komissiyasiga taqdim etadi.
Bayonnomaning birinchi nusxasiga saylov natijalari aniqlanayotganda hozir boʻlgan xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kuzatuvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan hozir boʻlgan kuzatuvchilar roʻyxati ilova qilinadi.
Bayonnomaning ikkinchi nusxasiga komissiya aʼzolarining alohida fikri (agar mavjud boʻlsa), ovoz berish chogʻida yoki ovozlar hisoblab chiqilayotganda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar yuzasidan komissiya nomiga kelib tushgan murojaatlar, mazkur murojaatlarga doir komissiya xulosalari ilova qilinadi.
Bayonnomaning 6-bandida koʻrsatilgan son bayonnomaning 8-bandi 1,2,3,4, va 5-satrlardagi va 9-banddagi sonlar yigʻindisiga teng (6-band = 8-bandning satrlar yigʻindisi + 9-band) boʻlishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qaroriga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksiga (bundan buyon matnda Saylov kodeksi deb yuritiladi) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar deb yuritiladi) sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha uchastka saylov komissiyalari faoliyati tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Uchastka saylov komissiyasi aʼzoligiga nomzodlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan taklif etilib, bu nomzodlar xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlarining majlislarida muhokama qilinadi hamda tegishli okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Uchastka saylov komissiyalarining aʼzolari yigirma bir yoshga toʻlgan, oʻrta yoki oliy maʼlumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish borasida ish tajribasiga ega boʻlgan, aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtibor qozongan fuqarolar boʻlishi mumkin.
2. Uchastka saylov komissiyasi oʻz faoliyatini qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilik prinsiplari asosida amalga oshiradi.
3. Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilgan taqdirda, Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha okrug saylov komissiyalari tomonidan yagona saylov uchastkalari tuziladi.
4. Uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan saylovga kamida qirq kun qolganida besh — oʻn toʻqqiz nafar aʼzodan, shu jumladan rais, rais oʻrinbosari va kotibdan iborat tarkibda tuziladi.
Agar komissiya yetti nafargacha aʼzodan iborat tarkibda tuzilsa, rais va kotib saylanadi.
5. Uchastka saylov komissiyasining shaxsiy tarkibi okrug saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining soni zarur hollarda (ish yuklamasi oʻzgargan va boshqa hollarda) koʻpaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
6. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining yarmidan koʻpi bitta tashkilotdan tavsiya etilishi mumkin emas.
Quyidagilar saylov komissiyasining aʼzosi boʻlishi mumkin emas:
deputatlikka nomzodlarning yaqin qarindoshlari va ishonchli vakillari, shuningdek deputatlikka nomzodlarga bevosita boʻysunuvchi shaxslar.
7. Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatligiga nomzod yoki ishonchli vakil etib roʻyxatga olingan uchastka saylov komissiyasi aʼzosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
8. Uchastka saylov komissiyasining aʼzosi tegishincha okrug saylov komissiyasining qaroriga muvofiq quyidagi hollarda oʻz vazifasini bajarishdan ozod etilishi mumkin:
shaxsiy arizasiga koʻra;
vakolatlaridan mahrum etilgan taqdirda;
Saylov kodeksi talablarini buzgan yoki zimmasidagi majburiyatlariga muntazam ravishda eʼtiborsizlik qilgan taqdirda.
Zarur boʻlgan taqdirda, Saylov kodeksi va mazkur Nizomda belgilangan tartibda saylov komissiyasining yangi aʼzosi saylanadi.
9. Uchastka saylov komissiyasi aʼzosi oʻz vakolat muddati tugaguniga qadar saylov kampaniyasi davrida ish beruvchining tashabbusi bilan ishdan boʻshatilishi yoki uning roziligisiz boshqa ishga oʻtkazilishi mumkin emas.
10. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda Markaziy saylov komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan belgilanadigan namunadagi guvohnoma beriladi.
Uchastka saylov komissiyasi raisining guvohnomasi okrug saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va okrug saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi (1-ilova).
Uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolarining guvohnomalari uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi va uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi (2-ilova).
11. Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida uchastka saylov komissiyasi raisining vazifalarini ushbu vakolatxonalarning rahbarlari amalga oshiradi.
II bob. Uchastka saylov komissiyasi faoliyatini tashkil etish
12. Uchastka saylov komissiyasi ishining tashkiliy shakli uning zaruratga qarab oʻtkaziladigan majlisi hisoblanadi.
13. Uchastka saylov komissiyasi oʻz faoliyatini ochiq va oshkora amalga oshiradi.
Uchastka saylov komissiyasining majlislarida yuqori turuvchi komissiya aʼzolari, roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlar, ularning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etishi mumkin.
Majlislarga mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari vakillari va boshqalar taklif etilishi mumkin.
14. Uchastka saylov komissiyasining majlisi, agar unda majlis oʻtkazilayotgan kundagi komissiya aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etayotgan boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
15. Uchastka saylov komissiyasining majlisi raisning tashabbusiga koʻra yoki komissiya aʼzolari umumiy tarkibining kamida uchdan bir qismi talabiga binoan chaqirilishi mumkin.
16. Uchastka saylov komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli orqali komissiya aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlib qolgan taqdirda, raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Majlisda kun tartibi, unda ishtirok etayotgan komissiya aʼzolarining ismi, familiyasi, otasining ismi, koʻrilgan har bir masala boʻyicha ovoz berish natijalari, qabul qilingan qaror aks etgan bayonnoma yuritiladi.
Bayonnomaga majlisda qabul qilingan qaror, xulosalar va boshqa hujjatlar, shuningdek komissiya aʼzolarining u yoki bu masala yuzasidan alohida fikrlari yozma shaklda bayonnomaga ilova qilinadi.
17. Saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar ishtirok etish huquqiga ega. Ularning vakolatlari tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
III bob. Uchastka saylov komissiyasining vakolatlari
18. Uchastka saylov komissiyasi:
saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilarning roʻyxatini tuzadi;
saylovchilarni saylovchilarning roʻyxati bilan tanishtiradi, roʻyxatda yoʻl qoʻyilgan xatolar va noaniqliklar toʻgʻrisidagi arizalarni qabul qiladi hamda koʻrib chiqadi va roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi masalani hal etadi;
saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish va ovoz berishda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchilardan toʻldirilgan saylov byulletenlarini yopiq konvertlarda qabul qilib oladi;
aholini saylov kuni va ovoz berish joyi toʻgʻrisida xabardor etadi;
binoning yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari va saylov qutilari, shuningdek boshqa jihozlar bilan tayyorlab qoʻyilishini taʼminlaydi (3-ilova);
saylov kuni uchastkada ovoz berishni tashkil etadi;
ovozlarni sanab chiqadi;
saylovchilarning va saylov jarayoni boshqa ishtirokchilarining murojaatlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Saylov kodeksiga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
19. Uchastka saylov komissiyasi raisi:
uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
uchastka saylov komissiyasi majlislarini chaqiradi, ularda raislik qiladi va uni oʻtkazish tartibini belgilaydi;
komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, jamoat birlashmalari bilan munosabatlarda uchastka saylov komissiyasi nomidan ishtirok etadi;
uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonasining jihozlanishini tashkil etadi;
uchastka saylov komissiyasining qarorlari, uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari, komissiya kotibi va aʼzolarining guvohnomalari hamda boshqa hujjatlarni imzolaydi;
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni komissiya aʼzolari oʻrtasida koʻrib chiqish uchun taqsimlaydi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining ovoz berish kunidagi vazifalarini belgilaydi;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari, vakolatli vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonidagi huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, bu haqida yuqori turuvchi saylov komissiyasiga xabardor qiladi;
uchastka saylov komissiyasining vakolat muddati tugaganidan soʻng komissiya faoliyatiga oid hujjatlarni hamda moddiy qiymatliklarni tuman (shahar) hokimligiga topshiradi;
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Uchastka saylov komissiyasi raisi oʻz vakolatlarini bajara olmagan, shuningdek uchastka saylov komissiyasi raisi boʻlmagan taqdirda, uning vakolatlari rais oʻrinbosari yoki uchastka saylov komissiyasi qarori bilan komissiya aʼzolaridan birining zimmasiga yuklatiladi.
20. Uchastka saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari:
uchastka saylov komissiyasi raisi oʻz vakolatlarini bajara olmagan taqdirda, uning vakolatlarini amalga oshiradi;
komissiya aʼzolarining faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining malakasini oshirish va ularning faoliyatini uslubiy jihatdan taʼminlashni tashkil etadi;
ommaviy axborot vositalari vakillari bilan aloqalar oʻrnatadi, ularda komissiya faoliyatini har tomonlama yoritilishini tashkillashtiradi;
siyosiy partiyalarning kuzatuvchilarini, vakolatli vakillarini, ommaviy axborot vositalari vakillarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjatlar asosida roʻyxatga olishni tashkillashtiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarni, shuningdek ularning vakillarini qabul qiladi va ularning murojaatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqishni tashkil etadi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarini jalb etgan holda komissiya qarorlari ijrosini taʼminlaydi;
uchastka saylov komissiyasi raisining topshiriqlarini bajaradi;
oʻz vakolatlari doirasida uchastka saylov komissiyasining boshqa aʼzolariga topshiriqlar beradi;
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
21. Uchastka saylov komissiyasi kotibi:
uchastka saylov komissiyasi raisining oʻrinbosari oʻz vakolatlarini bajara olmagan taqdirda, uning vakolatlarini amalga oshiradi;
uchastka saylov komissiyasi majlislarini tashkillashtiradi, muhokama etiladigan masalalar boʻyicha qaror va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarini komissiya majlisi oʻtkazilishi vaqti va joyi haqida xabardor qiladi;
uchastka saylov komissiyasi raisi va rais oʻrinbosari topshiriqlarini bajaradi;
uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga taalluqli ish hujjatlarini nomenklatura asosida yuritib boradi;
saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish uchun uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining uyma-uy aylanib chiqishini tashkillashtiradi, muvofiqlashtirib boradi va Saylovchilarning yagona elektron roʻyxatiga (bundan buyon matnda SYER deb yuritiladi) tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini nazoratga oladi;
Saylov kodeksiga hamda mazkur Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
22. Uchastka saylov komissiyasining aʼzosi:
komissiya majlislari haqida olindan xabardor etilishga;
komissiya majlislarida ishtirok etishga, komissiya vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan taklif kiritish va mazkur masala boʻyicha ovoz berishni oʻtkazishni talab qilishga;
komissiyaning saylovga oid hujjatlari bilan tanishish hamda bu hujjatlarning nusxalarini olishga;
komissiya majlisida muhokama etilgan masalalar yuzasidan ovoz berishga va uning qarorlarini qonunda belgilangan tartibda imzolashga haqli.
23. Davlat organlari va jamoat birlashmalarining organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar uchastka saylov komissiyalariga oʻz vakolatlarini amalga oshirishida koʻmaklashishi, ularning ishi uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
24. Uchastka saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan davlat organlariga hamda jamoat birlashmalarining organlariga, korxonalarga, muassasalarga, tashkilotlarga, mansabdor shaxslarga murojaat qilish huquqiga ega, ular qoʻyilgan masalani koʻpi bilan uch kunlik muddatda koʻrib chiqishi va uchastka saylov komissiyasiga javob qaytarishi shart.
25. Uchastka saylov komissiyasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarori barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalari, mehnat jamoalari va harbiy qismlar, korxonalarning, muassasalarning va tashkilotlarning rahbarlari ijro etishi uchun majburiydir.
26. Uchastka saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan muhrga ega boʻladi.
IV bob. Uchastka saylov komissiyasi ishini rejalashtirish
27. Uchastka saylov komissiyasining aʼzolari tasdiqlangandan soʻng, uch kun ichida uchastka saylov komissiyasining birinchi tashkiliy yigʻilishini oʻtkazadi.
Majlisda uchastka saylov komissiyasi Saylov kodeksi va yuqori turuvchi saylov komissiyalari tomonidan qabul qilingan hujjatlarga muvofiq uchastka saylov komissiyasining ish rejasini tasdiqlaydi.
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining navbatchilik jadvalini ishlab chiqadi va qabul qiladi.
28. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolaridan uch nafargacha aʼzosini saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida ishlab turgan vazifasidan ozod etish va uchastka saylov komissiyasida doimiy faoliyat yuritishga jalb qilishi mumkin.
29. Uchastka saylov komissiyasi oʻzining faoliyatini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida komissiyaning ish hujjatlari nomenklaturasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalda qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
30. Uchastka saylov komissiyasi quyidagi tadbirlarni rejalashtirishi zarur:
aholini ovoz berish kuni, vaqti va joyi toʻgʻrisida saylovdan kamida oʻn besh kun oldin, uchastka saylov komissiyasining joylashgan joyi (aniq manzilini koʻrsatgan holda), telefon raqami, ish vaqti, shuningdek, saylovchilar roʻyxati hamda deputatlikka nomzodlar haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish uchun saylovchilarni xabardor qilish;
saylovchilarni qabul qilishni tashkil etish;
komissiya aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
uchastka saylov komissiyasi binosi hamda ovoz berish xonasini jihozlash;
saylovchilar roʻyxatiga aniqlik kiritishi, hamma tanishib chiqishi uchun saylovchilarga taqdim etish;
okrug saylov komissiyalardan dalolatnomalar boʻyicha saylov byulletenlarini olish;
okrug saylov komissiyalardan olingan har bir saylov byulletenini ikki nafar komissiya aʼzosining imzosi va komissiya muhrini qoʻyish orqali tasdiqlash hamda ularning saqlanishini taʼminlash.
31. Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonasi shay holatga keltirish uchun zarur choralarni koʻrishi lozim (4-ilova).
32. Saylov uchastkasi hududida yashovchi imkoniyati cheklangan shaxslarning (nogiron, bemor, qariya) roʻyxatini shakllantirish lozim.
V bob. Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va ovoz berish xonalarini jihozlash
33. Saylov uchastkalari ovoz berish xonalarini tashkil etish uchun zarur boʻlgan binolar va jihozlarni davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar uchastka saylov komissiyalari ixtiyoriga bepul berib turishi shart.
Lozim boʻlgan darajada jihozlangan ovoz berish xonalari tuman va shahar hokimliklari tomonidan uchastka saylov komissiyalariga saylovdan kamida oʻn bir kun oldin taqdim etilishi kerak.
34. Yashirin ovoz berish binosida yoritish tizimi bilan jihozlangan va yozuv anjomlari bilan taʼminlangan kabinalar boʻlishi kerak.
35. Uchastka saylov komissiyalari joylashgan binolar tegishli tarzda jihozlanishi va quyidagilarga ega boʻlishi kerak:
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi (binoning ustida va ichida);
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi (binoning ichida);
saylov uchastkasining tartib raqami koʻrsatilgan peshlavha;
statsionar kichkina saylov qutisi (saylovchilar soni 20 dan 1000 nafargacha boʻlsa) yoki statsionar katta saylov qutisi (saylovchilar soni 1000 nafardan 3000 nafargacha boʻlsa);
koʻchma saylov qutisi;
yashirin ovoz berish kabinalari yoki xonalari (20 dan 1000 nafar saylovchi uchun kamida 3 ta, 1000 dan 3000 nafar saylovchi uchun kamida 4 ta),
zarurat boʻlsa, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari;
plastmassali plombalar (umumiy 7 dona, shundan 2 tasi zaxira uchun);
uchastka saylov komissiyasining muhri;
zarur mebellar, orgtexnika vositalari (telefon, televizor, 2 tadan kam boʻlmagan Saylov jarayonini boshqarish axborot tizimi (bundan buyon matnda SJBAT deb yuritiladi) talablariga javob beruvchi kompyuter va ularga kerakli boʻlgan moslamalar (UPS, printer, skaner va boshqalar) hamda uzluksiz internet aloqasi va h.k.;
yongʻinga qarshi vositalar.
Uchastka saylov komissiyasi joylashgan bino va unga olib boruvchi yoʻlaklar ozoda va taʼmirlangan, yoritish moslamalari oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
36. Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga taalluqli maʼlumotlar joylashtiriladigan stendlarda quyidagilar joylashtiriladi:
saylov sanasiga bagʻishlangan plakatlar (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari sayloviga___kun qoldi);
saylov uchastkasining xaritasi;
uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining tarkibi, ish rejasi, navbatchilik jadvali haqidagi axborot;
barcha roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlarning Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan nashr qilingan tarjimai holi va dasturi;
uchastka saylov komissiyasida saylovchilar murojaati uchun Markaziy saylov komissiyasining ishonch telefoni, viloyat, tuman (shahar) saylov komissiyalari, Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi, xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalari, tuman (shahar) maʼmuriy sudi va tuman (shahar) prokuraturasining telefon raqamlari aks ettirilgan maʼlumotlar;
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (XXIII bob 117-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (146 va 147-moddalar), Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (V1 bob 512 — 519-moddalar), Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi (27, 142 va 167-moddalar)dan koʻchirmalar;
ovoz berish tartibi;
saylovchilar roʻyxati;
saylovga oid infografik va sxematik koʻrinishdagi tushuntirish materiallari.
37. Stendlarda joylashtiriladigan materiallarda saylovoldi tashviqotiga oid nishon va alomatlar boʻlmasligi kerak.
38. Ovoz berish xonasiga olib boruvchi yoʻllarda saylov uchastkasining koʻrsatkichlari koʻrinarli joylarga joylashtirilgan boʻlishi kerak.
39. Binoga kirish joyida nogironlar aravachasiga moslashtirilgan nishab yoʻlkalari (panduslar) boʻlishi (gʻildirakli aravachalar chiqishiga moʻljallangan maxsus yoʻlak) va ularning belgilangan talablarga (eni kamida 90 santimetr, chiqish burchagi 300 dan koʻp boʻlmagan) lozim.
40. Uchastka saylov komissiyasining ish yuritish jildlari:
Uchastka saylov komissiyasining qarorlari, bayonnomalari va dalolatnomalari jildi;
Markaziy saylov komissiyasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyatlar, tuman va shahar hamda okrug saylov komissiyalaridan kelgan hujjatlar va yozishmalar jildi;
murojaatlar qaydlov daftari va jildi;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlarni roʻyxatga olish jurnali va jildi;
chiqish hujjatlarini roʻyxatga olish jurnali;
kuzatuvchilarni roʻyxatga olish jurnali;
navbatchilik jurnali.
VI bob. Saylovchilar roʻyxati
41. Saylovchilar roʻyxati uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
Saylovchi faqat bitta saylovchilar roʻyxatiga kiritilishi mumkin.
Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, roʻyxat tuzilayotgan vaqtda mazkur saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qilib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Saylovchilar roʻyxatiga har bir saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan sanasi va yashash joyi manzili kiritiladi.
Sud tomonidan muomalaga layokatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovchilar roʻyxatiga kiritilmaydi.
42. Saylovchilar roʻyxati SYER shakllantirish buyicha SJBAT maʼlumotlari asosida tuziladi.
SYER vakolatli davlat organlarining axborot bazalariga muvofiq saylovchi fuqarolar, ularning doimiy va vaqtincha yashash joylari manzillari haqidagi axborotni oʻz ichiga olgan davlat axborot resursidir.
Harbiy qismlardagi harbiy xizmatchi-saylovchilarning, shuningdek harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar joylashgan xududlarda yashovchi oila aʼzolari va boshqa saylovchilarning roʻyxati harbiy qismlarning komandirlari taqdim etadigan maʼlumotlar asosida tuziladi.
Harbiy qismlardan tashqarida yashovchi harbiy xizmatchilar oʻzlarining istiqomat joyidagi yashash joylari boʻyicha umumiy asoslarda saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida, sanatoriy va dam olish uylarida, kasalxonalarda hamda boshqa statsionar davolash muassasalarida, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tashkil etilgan saylov uchastkalari boʻyicha saylovchilar roʻyxati ushbu muassasalar rahbarlari taqdim etgan maʼlumotlar asosida uchastka saylov komissiyasi tomonidan tuziladi.
43. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari SJBATga kirish huquqini olish uchun okrug saylov komissiyasiga murojaat qiladi. Okrug saylov komissiyasi SJBATda ishlashga masʼul aʼzosi mazkur tizimga kirish huquqini uchastka saylov komissiyasi aʼzosiga taqdim qiladi.
Har bir uchastka saylov komissiyasi tuzilganidan soʻng uch kun ichida okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilangan uchastka saylov komissiyasining masʼul aʼzosi tizimga kirib, SYERdan saylov uchastkasiga kiruvchi saylovchilar roʻyxatining dastlabki variantini yuklab oladi.
Uchastka saylov komissiyasi masʼul aʼzosi saylovchilar roʻyxatini tekshirib chiqadi, chop etadi va uchastka saylov komissiyasi raisiga saylovchilar roʻyxatini aniqlashtirish uchun taqdim qiladi.
44. Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasi hududida yashovchi saylovchilar toʻgʻrisida maʼlumotlarni olganidan keyin, ushbu maʼlumotlarning toʻgʻriligini uyma-uy aylanib chiqish (xatlov) orqali aniqlik kiritishni amalga oshiradi.
Saylovchilarning roʻyxatini tuzish uchun uchastka saylov komissiyalari tuman va shahar hokimliklaridan tegishli hududda yashovchi saylovchilar toʻgʻrisida zarur maʼlumotlarni olishi mumkin.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilar roʻyxatini tuzish ishlariga jamoatchilik vakillarini jalb qilishi mumkin. Tuman va shahar hokimliklari saylovchilarning roʻyxatlarini aniqlashtirish ishlariga koʻmaklashadi.
Uyma-uy aylanib yurish vaqtida fuqarolar saylov kuni ushbu uchastka hududida boʻlishi-boʻlmasligiga aniqlik kiritiladi.
Saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqarolar boʻlsa, ularning ovoz berish kuni ushbu hududda boʻlishi yoki boʻlmasligi oʻzaro suhbat chogʻida aniqlanadi.
Saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqarolar bilan shaxsan suhbat qurish imkoniyati boʻlmasa, ular saylovchilar roʻyxatiga kiritilmaydi.
Agar saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqarolar bilan oʻzaro suhbat chogʻida ular ovoz berish kuni ushbu hududda boʻlishi aniqlansa, ular saylovchilar roʻyxatiga kiritiladi.
Xatlov natijasiga koʻra SYERdan olingan saylovchilar roʻyxatida aniqlangan xato va noaniqliklar yuzaga kelganda, uchastka saylov komissiyasi quyidagi turdagi oʻzgartirishlarni kiritadi:
saylovchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash manziliga tuzatish kiritish.
SYERga mazkur oʻzgarishlarni kiritish masʼul aʼzo tomonidan amalga oshiriladi.
Masʼul aʼzo oʻzgartirish kerak boʻlgan saylovchining jismoniy shaxslar identifikatsiya raqami yoki pasport maʼlumotlarini kiritgan holda saylovchini qaysi saylov uchastkasining saylovchilar roʻyxatiga kiritilganligini aniqlaydi va saylovchining maʼlumotlari boʻyicha roʻyxatga tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi.
Saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqaro saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan taqdirda, doimiy yashaydigan uchastka saylov komissiyasiga uning saylovchilar roʻyxatidan chiqarib, boshqa joyda roʻyxatga olinganligi haqidagi xabarnoma SJBAT orqali avtomatik tarzda yuboriladi.
45. Uchastka saylov komissiyalarining aloqa maʼlumotlari (telefon raqamlari va joylashgan manzili) saylov okruglari kesimida Markaziy saylov komissiyasi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Fuqarolarga uchastka saylov komissiyasi binosida saylovchilar roʻyxati bilan tanishish, shuningdek Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-sayti orqali saylovchilar roʻyxatidan oʻzlariga tegishli maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.
Saylovchilar roʻyxatida xato va noaniqliklar aniqlangan taqdirda har bir fuqaro uchastka saylov komissiyasiga murojaat etishga va saylovchilar roʻyxatiga kiritilmaganligi, notoʻgʻri kiritilganligi yoki roʻyxatdan chiqarib tashlanishi, shuningdek roʻyxatda saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilishida yoʻl qoʻyilgan noaniqliklar ustidan shikoyat qilishga haqli.
46. Uchastka saylov komissiyasi murojaatni oʻrganib chiqib:
fuqaroni saylovchilar roʻyxatiga kiritish;
saylovchilar roʻyxatidagi maʼlumotlarga (familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi, yashash manzili) tuzatish kiritish;
saylovchilar roʻyxatini oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
47. Quyidagilar saylovchilar roʻyxatiga kiritish uchun asos boʻlishi mumkin:
saylovchining tegishli saylov uchastkasi hududida doimiy yoki vaqtinchalik yashashi;
yoshi oʻn sakkizga toʻlganligi;
sudning fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori bekor qilinganligi yoki fuqaroning ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilganini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari mavjud boʻlganda.
48. Quyidagilar saylovchilar roʻyxatiga tuzatishlar kiritish uchun asos hisoblanadi:
fuqaro familiyasi, ismi va otasining ismi oʻzgarganligi;
saylovchilar roʻyxatida mavjud boʻlgan boshqa noaniqliklar yoki xatolar.
49. Saylovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga kiritilgan oʻzgartirishlar haqidagi axborot avtomatik tarzda SJBAT orqali okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.
50. Sanatoriy va dam olish uylari, kasalxonalar, boshqa statsionar davolash muassasalari, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida boʻlgan fuqarolar saylovchilar roʻyxatiga kiritilganda, ushbu joylarda tashkil etilgan uchastka saylov komissiyasi bunday fuqarolar doimiy yoki vaqtincha yashaydigan uchastka saylov komissiyalariga ularni saylovchilar roʻyxatidan chiqarish zarurligi toʻgʻrisidagi axborotni yetkazish choralarini koʻradi.
51. Saylovchilar roʻyxatini aniqlashtirish ishlari olib borilayotgan vaqtda fuqarolarga muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish imkoniyati va boshqa huquqlar tushuntiriladi.
Saylov uchastkasi hududida vaqtinchalik yashayotgan fuqarolar tomonidan muddatidan oldin ovoz berish amalga oshirilganda, uchastka saylov komissiyasi ushbu fuqarolarni SJBATga saylovda ishtirok etganligini belgilab qoʻyadi.
Masʼul aʼzo muddatidan oldin ovoz bergan saylovchini SJBATdan qidirib topadi va ovoz bergan saylovchi sifatida belgilaydi.
52. Saylovchilarning roʻyxatlari saylovga oʻn besh kun qolganida masʼul aʼzo tomonidan SYERdan yuklab olinadi, chop qilib, hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, sanatoriylarda va dam olish uylarida, kasalxonalarda va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan uchastkalarda saylovchilar roʻyxati saylovga uch kun qolganida hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Saylovchilar roʻyxati uchastka saylov komissiyasi raisi va kotibi tomonidan imzolanadi hamda uchastka saylov komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning roʻyxatlari hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilganidan keyin ham ularga oʻzgartishlar kiritishi mumkin.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni roʻyxat bilan tanishib chiqish joyi va vaqti haqida xabardor qiladi.
53. Saylovchilarning roʻyxatlariga oʻzgartishlar kiritish saylovga uch kun qolganida toʻxtatiladi.
Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi saylovdan uch kun oldin oʻz hududidagi saylovchilarning oxirgi roʻyxatlarini SJBATdan yuklab oladi va yuklab olingan roʻyxatlarni saylov uchastkalari kesimida chop etadi.
Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyasi ikki kun ichida chop etilgan saylovchilar roʻyxatlarini har bir uchastka saylov komissiyasi kotibiga yetkazib beradi.
54. Ovoz berish kuni har bir saylovchi saylov byulleteni olganini tasdiqlab, saylovchilar roʻyxatidagi familiyasi qarshisiga imzo chekadi.
Ovoz berish kuni biron-bir sabab bilan saylovchilar roʻyxatiga kirmay qolgan saylovchilar shaxsini, fuqaroligi va yashash joyini tasdiqlovchi hujjat asosida saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritiladi.
Saylov kuni saylovchi saylovchilar roʻyxati ilovasiga kiritilgan taqdirda, uchastka saylov komissiyasi uni qaysi uchastka saylov komissiyasiga tegishliligini aniqlaydi va tegishli uchastka saylov komissiyasiga saylovchi ushbu saylov uchastkasida ovoz berganligi haqida aloqa vositalari orqali xabardor qiladi.
Bunda xabardor qilingan uchastka saylov komissiyasi ushbu saylovchi boshqa saylov uchastkasida ovoz berganligi haqidagi maʼlumotni saylovchilar roʻyxatiga kiritadi.
VII bob. Saylov byulleteni
55. Qonunchilik palatasi deputatlari sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Mahalliy Kengashlar sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni tegishincha viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalari tomonidan tasdiqlanadi.
56. Deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tugʻilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi), ish joyi va uni nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya koʻrsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
57. Saylov byulletenida uni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirish boʻlishi kerak.
58. Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar saylov komissiyalarining qaroriga binoan saylov byulletenlari saylovga kamida yigirma kun qolganida davlat tilida nashr etiladi.
Saylov byulletenlari davlat tilida, shuningdek okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining koʻpchiligi soʻzlashadigan tillarda nashr etiladi.
Saylovchining iltimosiga binoan saylov byulletenini toʻldirishda Brayl alifbosi asosida tayyorlangan trafaret beriladi.
59. Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarini ovoz berish kuniga kamida uch kun qolganida okrug saylov komissiyalaridan oladi.
Saylov byulletenlarining topshirilganligi hamda qabul qilinganligini okrug va uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari yoxud kotibi dalolatnomada oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi.
60. Uchastka saylov komissiyasi oladigan saylov byulletenlarining soni saylov uchastkasi boʻyicha saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolar soniga nisbatan yarim foizdan ortiqroq boʻlishi mumkin emas.
61. Saylov byulleteni oʻng tomonining yuqori burchagiga uchastka saylov komissiyasining ikki aʼzosi imzo qoʻyadi, imzolar uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi.
62. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi.
63. Uchastka saylov komissiyalari saylov byulletenlarining saqlanishiga masʼuldir.
64. Milliy gvardiya qoʻriqlash boʻlinmalari saylov byulletenlari olingan kundan boshlab byulletenlar hamda boshqa hujjatlar saqlanadigan binoning qoʻriqlanishini taʼminlaydi.
VIII bob. Muddatidan oldin ovoz berish
65. Saylov kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
66. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga oʻn kun qolganida boshlanadi va saylovga uch kun qolganida tugallanadi.
67. Uchastka saylov komissiyalari saylov uchastkasidagi saylovchilar umumiy sonining besh foizi miqdorida saylov byulletenlarini okrug saylov komissiyalaridan muddatidan oldin ovoz berish boshlanishiga kamida uch kun qolganida oladilar.
68. Muddatidan oldin ovoz berishni oʻtkazish vaqti tegishli okrug saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi va saylovchilarning, kuzatuvchilarning eʼtiboriga ommaviy axborot vositalari orqali yetkaziladi.
69. Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida boʻla olmasligining sabablari (taʼtil, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) koʻrsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi.
Uchastka saylov komissiyasi saylovchidan saylov kunida boʻla olmasligining sabablarini tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
70. Saylovchi saylov byulletenini olganligi haqida tegishli uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar aʼzosi hozirligida mazkur Nizomning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi saylovchilar roʻyxati koʻchirmasiga imzo qoʻyadi.
71. Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi tomonidan toʻldiriladi.
72. Saylovchi qaror qabul qiladi va toʻldirilgan saylov byulletenini yopiq konvertda qoldiradi. Konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga uchastka komissiyasining ikki nafar aʼzosining imzolari qoʻyilib, ular komissiyaning muhri va ovoz beruvchining imzosi bilan tasdiqlanadi.
IX bob. Uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylov kuni amalga oshiriladigan vazifalar
73. Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi aʼzolarining uchdan ikki qismi hozir boʻlganda ochiladi.
74. Soat 8:00 da Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etiladi.
Uchastka saylov komissiyasi raisi ovoz berish boshlanganligini eʼlon qiladi.
75. Uchastka saylov komissiyasi raisi yoki uning oʻrinbosari siyosiy partiyalarning kuzatuvchilarini, vakolatli vakillarini, ommaviy axborot vositalari vakillarini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, shuningdek, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilarni tegishli saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjatlar asosida roʻyxatga oladi.
76. Uchastka saylov komissiyasi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan saylov uchastkasidagi saylovchilar soni, okrug saylov komissiyasidan olingan saylov byulletenlarning soni, shuningdek, muddatidan oldin ovoz berganlar soni maʼlum qilinadi.
77. Uchastka saylov komissiyasining raisi komissiya aʼzolari, kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari hozirligida saylov qutilarining boʻshligini tekshiradi va ularni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa plombalar bilan plombalaydi, plombalar raqami koʻrsatilgan holda mazkur Nizomning 6-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.
78. Uchastka saylov komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan komissiya aʼzolarining ovoz berish kunidagi vazifalari belgilanadi.
79. Uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga saylov byulletenlari mazkur Nizomning 7-ilovasiga muvofiq shakldagi dalolatnoma asosida topshiriladi. Bunda saylovchilarga tartibli ravishda byulletenlarni berish maqsadida, har bir uchastka saylov komissiyasi aʼzolariga saylovchilar familiyasi alifbo ketma-ketligida saylovchilar roʻyxati asosida taqsimlab beriladi.
80. Uchastka saylov komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari yoki kotibi tomonidan ovoz berish boshlanganligi haqida aloqa vositalari orqali okrug saylov komissiyasiga xabar beriladi.
81. Saylovchilarga taqdim etilgan saylov byulletenlari sonining hisobi har soatda yuritib boriladi.
X bob. Ovoz berishni tashkil etish
82. Ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20:00 gacha oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi saylov kunidagi faoliyatini ushbu komissiya joylashgan hududdagi mahalliy vaqt bilan soat 8:00 dan 20:00 ga qadar amalga oshiradi.
83. Ovoz berish binosiga kelgach, saylovchi uchastka saylov komissiyasining aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi (pasport, harbiy guvohnoma, fuqarolik pasportini yoʻqotgan fuqarolarga ichki ishlar organlari tomonidan berilgan vaqtinchalik maʼlumotnoma, jazoni oʻtab boʻlganlik yoki jazodan ozod qilinganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma) hamda saylovchilar roʻyxatiga imzo qoʻyadi. Shundan keyin unga saylov byulleteni beriladi.
84. Ayrim saylovchilar sogʻligʻining holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan hollarda, tegishli uchastka saylov komissiyasi ovoz berishni ushbu saylovchilarning saylov kuni yoki saylov kuniga qadar qilgan yozma yoki ogʻzaki iltimosiga binoan ular turgan joyda faqat saylov kunida tashkil etadi.
Bunda uchastka saylov komissiyasi aʼzosi murojaatlar qaydlov daftariga saylovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, murojaat qilingan vaqt haqida tegishli yozuv kiritadi va ushbu maʼlumotlar uchastka saylov komissiyasi aʼzosining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Uchastka saylov komissiyasi tomonidan saylovchi turgan joyda saylovni tashkil etish saylov kunidagi ish hajmi va vaziyatdan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Turgan joyida ovoz bergan saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar uchastka saylov komissiyasi aʼzosi tomonidan mazkur Nizomning 8-ilova muvofiq shakldagi saylovchilar roʻyxatidan koʻchirmaga tegishli yozuv kiritadi va saylovchi saylov byulleteni olganini tasdiqlab, ushbu roʻyxatdagi familiyasi qarshisiga imzo chekadi.
Saylovchi yashirin ovoz berib boʻlganidan soʻng saylovchilar roʻyxatining tegishli joyiga (saylovchining familiyasi qarshisiga) “turgan joyida ovoz berdi” yozuvi kiritiladi va uchastka saylov komissiyasi aʼzolari imzo chekadi.
Tegishli komissiyaning kamida ikki nafar aʼzosi koʻchma saylov qutisi bilan saylovchining turgan joyiga yuboriladi, ular saylovchining xohish-irodasi sir saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini taʼminlaydi. Bunda kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari hozir boʻlishi mumkin.
85. Saylovchi saylov byulletenini olgach, uni yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida toʻldiradi (9-ilova).
86. Saylov byulletenini toʻldirish chogʻida ovoz beruvchi shaxsdan boshqa shaxslarning hozir boʻlishi taqiqlanadi.
87. Saylov byulletenini mustaqil ravishda toʻldirish imkoniyatiga ega boʻlmagan saylovchi oʻz xohishiga koʻra yashirin ovoz berish kabinasiga yoki xonasiga boshqa shaxsni taklif qilishga haqli, bundan saylov komissiyasi tarkibiga kiradigan shaxslar, kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillari mustasno.
88. Saylovchi oʻzi yoqlab ovoz berayotgan nomzodning familiyasi roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisini qoʻyadi.
Ovoz beruvchi toʻldirilgan saylov byulletenini saylov qutisiga tashlaydi.
Buzib qoʻyilgan saylov byulleteni saylovchining iltimosiga koʻra yangisiga almashtirilishi mumkin. Buzib qoʻyilgan saylov byulletenlari hisobga olinishi, ovozlarni sanab chiqish jarayonida bekor qilinishi (yuqori chap burchagini kesish yoki saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qoʻyish yoʻli bilan) va alohida saqlanishi lozim.
XI bob. Ovoz berish natijalarini aniqlash
89. Uchastka saylov komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari soat 20:00 da ovoz berish yakunlanganligini eʼlon qiladi.
Saylov uchastkasi binosida hozir boʻlgan saylovchilarga ovoz berishni tugallashi uchun imkoniyat beriladi (agar saylovchilar bor boʻlsa).
90. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida, harbiy qismlarda, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalarida uchastka saylov komissiyasi, agar roʻyxatga kiritilgan barcha fuqarolar ovoz berib boʻlgan boʻlsa, ovoz berish tugaganligini istalgan vaqtda eʼlon qilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan saylov uchastkalarida saylov qutilarini soat 20:00 dan oldin ochish va ovozlarni sanab chiqishga yoʻl qoʻyilmaydi.
91. Saylovchilarning ovozlarini sanab chiqish uchastka saylov komissiya aʼzolari tomonidan ovoz berish qutilarida mavjud boʻlgan saylov byulletenlari boʻyicha amalga oshiriladi. Saylovchilarning ovozlarini sanab chiqish faqatgina ovoz berish binosida oʻtkaziladi.
92. Komissiya aʼzolari ovoz berish yakunlangandan soʻng qonunchilikda belgilangan harakatlar ketma-ketligida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
1-harakat: ovozlarni sanashni boshlashdan oldin stollar birlashtiriladi, barcha yozuv ashyolari (ruchka, qalam va boshqa vositalar) hammaning eʼtiboriga havola qilingan holda chetga olib qoʻyiladi;
2-harakat: saylov qutilaridagi bir martalik plombadagi mavjud raqamlarni plombalash dalolatnomasidagi raqamlar bilan solishtiriladi;
3-harakat: uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari komissiya aʼzolari bilan birgalikda muddatidan oldin ovoz berish byulletenlari solingan yopiq konvertlarni saylov qutisiga tashlaydi;
4-harakat: foydalanilmagan va buzilgan saylov byulletenlari sanab chiqiladi va yuqori chap burchagini kesish yoki saylov byulletenining orqa tomonida tegishli belgi qoʻyish yoʻli bilan bekor qilinadi, bu haqda yakuniy bayonnomaga tegishli yozuv kiritiladi;
5-harakat: statsionar va koʻchma saylov qutilarini ochishdan oldin komissiya aʼzolari tomonidan saylovchilar roʻyxati va saylovchilar roʻyxati ilovasining har bir varagʻiga shu varaq boʻyicha saylov byulleteni olganlarning umumiy soni haqidagi maʼlumotlar kiritiladi;
6-harakat: maʼlumotlar kiritilganidan keyin saylovchilar roʻyxati va saylovchilar roʻyxati ilovasining har bir varagʻi ushbu maʼlumotlarni kiritgan komissiya aʼzosi tomonidan imzolanadi va varaqlardagi raqamlar umumlashtiriladi. Saylovchilar roʻyxatining barcha sahifalari boʻyicha yakuniy umumiy maʼlumotlarni komissiya raisi eʼlon qiladi, saylovchilar roʻyxatining oxirgi varagʻiga kiritadi, oʻz imzosi va uchastka saylov komissiyasining muhri bilan tasdiqlaydi. Saylov byulletenlarini olgan saylovchilar soni aniqlangandan soʻng yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
7-harakat: saylovchilar roʻyxati va mazkur roʻyxat ilovasi boʻyicha uchastkadagi saylovchilarning umumiy soni aniqlanadi va yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
8-harakat: okrug saylov komissiyasidan olingan saylov byulletenlarining soni aniqlanadi va yakuniy bayonnomaga kiritiladi;
9-harakat: statsionar va koʻchma saylov qutilari ochiladi. Byulletenlar stol ustiga toʻkiladi va ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar (saylov qutilaridagi saylov byulletenlari) soni aniqlanadi.
Qonunchilik palatasi, viloyat va tuman (shahar) Kengashlari saylovi boʻyicha saylov byulletenlari alohida-alohida ajratib olinadi.
Har bir nomzod boʻyicha berilgan ovozlar alohida-alohida sanab chiqiladi va har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni aniqlanadi;
10-harakat: saylov byulletenining haqiqiyligi shubha tugʻdirganda, masala uchastka saylov komissiyasi tomonidan ovozga qoʻyish orqali hal etiladi;
11-harakat: belgilanmagan shakldagi (hajmi, rangi, qogʻoz sifati, bosmaxona shrifti va hokazolar boʻyicha farqlanuvchi) shuningdek, uchastka saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmagan saylov byulletenlari ovozlarni sanab chiqishda hisobga olinmaydi va haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Ovoz berish vaqtida bittadan ortiq kvadratga “+” yoki “” yoxud “x” belgisi qoʻyilgan yoki bitta ham kvadratga bunday belgilar qoʻyilmagan saylov byulletenlari ham haqiqiy emas deb topiladi. Ular sanalib, alohida bogʻlam qilib oʻraladi va ularning soni yozib qoʻyiladi. Haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar soni bayonnomaga kiritiladi;
12-harakat: sanab chiqish tugaganidan soʻng, saylov byulletenlari ovoz berilgan deputatlikka nomzodlar boʻyicha alohida-alohida bogʻlam qilib oʻraladi. Bogʻlamda nomzodning ismi, familiyasi va otasining ismi yozilib, ovozlar soni koʻrsatiladi;
13-harakat: ovoz berish natijalari komissiya majlisida koʻrib chiqiladi va yakuniy bayonnomada aks ettiriladi.
93. Zarur harakatlar amalga oshirilganidan keyin komissiya yakuniy majlis oʻtkazadi, unda ovoz berish va saylovchilar ovozlarini sanab chiqish vaqtida yoʻl qoʻyilgan qonunbuzilishlar haqidagi shikoyat hamda arizalar koʻrib chiqiladi.
94. Ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma tuzishdan oldin komissiya raisi hozir boʻlganlar eʼtiboriga ovoz berish kunida va saylovchilar ovozlarini sanab chiqish tugagunicha komissiyaga kelib tushgan shikoyatlar (arizalar) va ular boʻyicha qabul qilingan qarorlar haqidagi axborotni yetkazadi, tegishli bayonnomaga ilova qilinadigan dalolatnomalar va boshqa hujjatlarni koʻrsatib oʻtadi, komissiya faoliyati boʻyicha eʼtirozlar, shikoyatlar bor-yoʻqligini aniqlaydi (zarur hollarda komissiya eʼtiroz, shikoyatlarni koʻrib chiqadi va qaror qabul qiladi).
Komissiyaga ovoz berish kunida va saylovchilar ovozlarini sanab chiqish tugagunicha kelib tushgan barcha shikoyatlar (arizalar) ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaga ilova qilinadi.
95. Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda oʻtkazilayotgan boʻlsa:
1-navbatda: Qonunchilik palatasi deputatlari saylovi boʻyicha;
2-navbatda: xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovi boʻyicha;
3-navbatda: xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi boʻyicha ovozlarni ketma-ketlikda sanab chiqiladi va natijalar aniqlanadi.
Yuqoridagi har bir saylov natijalari tegishincha mazkur Nizomning 10 a, 10 b va 10 v-ilovalariga muvofiq bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladi.
96. Uchastka saylov komissiyasi saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijalari haqidagi bayonnomani tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Shundan keyin komissiya aʼzolari tomonidan ovozlarni sanab chiqish natijalari haqidagi bayonnoma imzolanadi va uchastka saylov komissiyasi muhri bilan tasdiqlanadi.
Ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaga biron-bir oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani toʻldirish vaqtida komissiyaning ayrim aʼzolari hozir boʻlmasalar, bu haqda bayonnomada ularning hozir boʻlmaganliklari sabablari koʻrsatib oʻtiladi.
Shundan soʻng bayonnoma uchastka saylov komissiyasining raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan oʻqib eshittiriladi hamda mazkur bayonnomaning koʻchirma nusxasi hamma tanishib chiqishi uchun uchastka saylov komissiyasi binosiga kamida qirq sakkiz soat muddatga darhol osib qoʻyiladi.
Ovoz berish natijalarini muhokama qilish vaqtida hozir boʻlgan shaxslarga ularning iltimosiga koʻra bayonnoma nusxalari beriladi.
97. Ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani imzolash vaqtida bayonnoma mazmuni yuzasidan norozi boʻlgan komissiya aʼzosi oʻzining alohida fikrini bayonnomaga ilova qilishga haqli, bu haqda bayonnomada qayd etiladi.
98. Uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining koʻchirma nusxasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda darhol tegishli okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi, asl nusxa esa rais yoki uning oʻrinbosari tomonidan ichki ishlar organlari xodimlari kuzatuvida olib borib topshiriladi.
Okrug saylov komissiyasida ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma notoʻgʻri toʻldirilganligi yoki arifmetik xatolar mavjudligi aniqlanganda, uchastka saylov komissiyasi qoʻshimcha majlis oʻtkazadi va xatoliklarni tuzatadi. Avvalgi bayonnomani asoslari koʻrsatilgan holda bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi hamda yangi qaror bilan tuzatilgan bayonnoma tasdiqlanadi. Hamma tanishib chiqishi uchun osib qoʻyilgan bayonnoma yangisi bilan almashtiriladi.
981. Uchastka saylov komissiyasining ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar yohud siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ovozlarni qayta sanab chiqilishini soʻrab tegishli okrug saylov komissiyasiga, okrug saylov komissiyasi tomonidan saylov okrugi boʻyicha saylov natijalari yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar asoslarni keltirgan holda, murojaat qilish huquqiga ega.
Tegishli okrug saylov komissiyasi murojaatni darhol koʻrib chiqadi. Agar murojaatda keltirilgan vajlar asosli deb topilsa, okrug saylov komissiyasi uchastka saylov komissiyasida ovozlarni qayta sanab chiqish haqida qaror qabul qiladi.
Bunda, uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasining kamida bir nafar aʼzosi ishtirokida tegishli saylov uchastkasida saylov byulletenlarini qayta sanab chiqadi. Ovozlarni dastlabki sanab chiqish chogʻida xatolikka yoʻl qoʻyilgani aniqlansa, uchastka saylov komissiyasi aniqlangan xatoliklarni tuzatadi. Bu haqida majlis oʻtkazib, dastlabki bayonnomani bekor qilish asoslarini koʻrsatgan holda qaror qabul qiladi hamda yangi qaror bilan tuzatilgan bayonnomani tasdiqlaydi. Hamma tanishib chiqishi uchun osib qoʻyilgan dastlabki bayonnoma darhol yangisi bilan almashtiriladi.
Agar saylov byulletenlarini qayta sanab chiqish natijasiga koʻra dastlabki natijalar toʻgʻri boʻlganligi aniqlansa, bu haqda bayonnoma tuziladi va oʻqib eshittiriladi.
Basharti, murojaatda keltirilgan vajlar okrug saylov komissiyasi tomonidan asossiz deb topilsa, bu haqda murojaatchi xabardor qilinadi.
Uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi ushbu Nizomning 98-bandi birinchi xatboshida belgilangan tartibda okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga yoki mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar yoxud siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari qayta ovozlarni sanab chiqish natijalaridan ham norozi boʻlgan taqdirda, yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.
Ovozlarni takroran qayta sanab chiqish yuqori turuvchi saylov komissiyasi yoki sudning qaroriga asosan mazkur bandning ikkinchi xatboshisida belgilangan tartibda yuqori turuvchi saylov komissiyasi aʼzosi ishtirokida amalga oshiriladi.
(981-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 15-oktabrdagi 964-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
XII bob. Saylov komissiyalari faoliyatini moliyalashtirish
99. Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
100. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari deputatlari saylovlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazishni moliyalashtirish hamda mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomasi asosida amalga oshiriladi.
(100-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 25-oktabrdagi 969-sonli qarori tahririda)
XIII bob. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish
101. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar vakillari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar, saylovchilar, saylov jarayoni boshqa ishtirokchilari (bundan buyon matnda murojaat etuvchilar deb yuritiladi) bevosita oʻzlari yoki vakillari orqali ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilishlari mumkin.
Murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda berilishi mumkin.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼiy nazar, bir xil ahamiyatga ega.
102. Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, familiyasi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida uchastka saylov komissiyasining tartib raqami, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, familiyasi, otasining ismi) koʻrsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Murojaatlarda murojaat etuvchilarning elektron pochta manzili, aloqa telefonlari koʻrsatilishi mumkin.
Murojaatlar davlat tilida yoki boshqa tillarda berilishi mumkin.
103. Murojaat etuvchilarga yakka yoki jamoa tartibida saylov komissiyalariga, prokuratura organlari, sud va tegishli davlat organlariga murojaat etish huquqi kafolatlanadi.
104. Murojaat etish huquqi ixtiyoriy amalga oshiriladi. Hech kim biron-bir murojaatni yoxud unga qarshi qaratilgan harakatlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Murojaat etish huquqining amalga oshirilishi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini hamda qonuniy manfaatlarini, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlarini buzmasligi kerak.
105. Murojaat etuvchilarning yozma roziligisiz, ularning shaxsiga doir biron-bir maʼlumot oshkor etilmasligi shart.
106. Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar uchastka saylov komissiyasi raisi tomonidan komissiya aʼzolari oʻrtasida koʻrib chiqish uchun taqsimlanadi.
Uchastka saylov komissiyasi saylov kampaniyasini oʻtkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning Saylov kodeksi talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida oʻziga kelib tushgan murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish jarayonida tekshiruvlar oʻtkazilishi mumkin.
Murojaatlarga uch kunlik muddatda, agarda saylovga kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol koʻrib chiqib, yozma javob beriladi.
Murojaatda koʻtarilgan masala joyida ijobiy hal etilsa, murojaatchining roziligi bilan yozma javob berilmaydi.
107. Murojaatlar qaydlov daftarida roʻyxatga olinishi lozim.
Murojaatni qabul qilishni va roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Uchastka saylov komissiyasi murojaatni qabul qilishni yoki koʻrib chiqishni qonunga xilof ravishda rad etgan taqdirda yoki murojaatni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan murojaat etuvchi norozi boʻlsa, ular ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi komissiyaga yoki bevosita tuman (shahar) prokuraturasi yoki tuman (shahar) maʼmuriy sudiga shikoyat qilishi mumkin.
Uchastka saylov komissiyasining raisi murojaatni koʻrib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun mazkur Nizomning 106-bandida belgilangan muddatlarda komissiyani chaqiradi va uning majlisini oʻtkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
108. Saylovchilarning roʻyxatlaridagi xato yoki noaniqlik yuzasidan tushgan murojaatlar uchastka saylov komissiyasi tomonidan 24 soat ichida koʻrib chiqilishi va ularni tekshirishi hamda xatoni yoki noaniqlikni bartaraf etishi yoxud murojaat qiluvchiga uning murojaati rad etilganligi toʻgʻrisida asoslantirilgan javob berishi shart.
109. Qoʻyilgan masalalarni hal etish oʻz vakolatiga kirmaydigan uchastka saylov komissiyasiga kelib tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda xabardor qilingan holda yuboriladi.
110. Quyidagilar koʻrib chiqilmaydi:
anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslar vakillari orqali yuborilgan murojaatlar, agar ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlmasa;
qonunda belgilangan boshqa talablarga mos kelmaydigan murojaatlar.
Murojaatlar koʻrmay qoldirilganda tegishli xulosa tuziladi, u uchastka saylov komissiyasi raisi yoki rais oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Murojaat etuvchi vakilining vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi sababli murojaatlar koʻrmay qoldirilganligi toʻgʻrisida murojaat qiluvchi tegishli tartibda xabardor qilinadi.
111. Murojaat etuvchilarni, ularning vakilini, ularning oila aʼzolarini, ular oʻz huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga, saylov komissiyalari va ularning mansabdor shaxslariga murojaat etganligi, shuningdek murojaatlarda oʻz fikrini bildirganligi va tanqid qilganligi munosabati bilan taʼqib etish man etiladi.
Murojaat etuvchilarni taʼqib qilish qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
112. Murojaatni koʻrib chiqqan saylov komissiyalari aʼzolari uni koʻrib chiqish vaqti, natijalari va qabul qilingan qaror toʻgʻrisida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
113. Deputatlikka nomzodlar koʻrsatgan siyosiy partiyalar organlari, deputatlikka nomzodlar, ishonchli vakillar, kuzatuvchilar va saylovchilar uchastka saylov komissiyalarining murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha va boshqa qarorlari ustidan ushbu qarorlar qabul qilinganidan keyin oʻn kun ichida yuqori turuvchi saylov komissiyasiga yoki viloyat, tuman (shahar) prokuraturasiga, maʼmuriy sudiga shikoyat qilishi mumkin.
Shikoyat kelib tushgan saylov komissiyasi yoki tuman (shahar) prokuraturasi, maʼmuriy sudiga shikoyat kelib tushganidan keyin uch kun ichida, saylovga kamida olti kun qolganida esa darhol koʻrib chiqishi kerak.
Shikoyat bergan shaxslar oʻz xohishiga koʻra shikoyatni koʻrib chiqishda bevosita ishtirok etish, qoʻshimcha dalil va isbotlarni taqdim etish huquqlariga ega.
114. Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, tuman va shahar, okrug saylov komissiyalari shikoyatlarni ushbu Nizomning 106-bandida belgilangan muddatlarda koʻrib chiqadi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
uchastka saylov komissiyasi qarorini bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
uchastka saylov komissiyasi qarorini toʻliq yoki qisman bekor qilish va takroriy tekshiruv oʻtkazish uchun shikoyatni yuborish;
shikoyatni qanoatlantirmaslik.
115. Qonunchilik palatasiga oʻtkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi Markaziy saylov komissiyasining qarori ustidan saylov yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
116. Mahalliy Kengashlarga oʻtkazilgan saylovni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi tegishli saylov komissiyasining qarori ustidan saylov yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida tegishli viloyat, tuman (shahar) maʼmuriy sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
117. Sudning hal qiluv qarori chiqarilishi bilanoq darhol tegishli saylov komissiyasiga va murojaatchiga topshirishi lozim.
XIV bob. Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
118. Saylov toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri soʻrovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, oʻtkazilayotgan saylov bilan bogʻliq boshqa tadqiqotlarni eʼlon qilish (hammaga maʼlum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirish taqiqlanadi.
119. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy ish yuritishni rasmiylashtirish Markaziy saylov komissiyasining 2016-yil 7-oktabrdagi 751-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov va referendumni tashkil etish hamda oʻtkazish sohasidagi huquqbuzarliklar boʻyicha maʼmuriy ish yuritishni rasmiylashtirish yuzasidan uslubiy tavsiyalar asosida amalga oshiriladi.
XV bob. Uchastka saylov komissiyalarining hujjatlari, muhrlari va ovoz berish qutilarini saqlash
120. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlar Markaziy saylov komissiyasining 2007-yil 28-dekabrdagi 368-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari sayloviga va referendumga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarni saqlash va arxivga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq saqlash uchun tayyorlanadi hamda topshiriladi.
121. Uchastka saylov komissiyasining vakolat muddati tugaganidan soʻng oʻn kun ichida tuman va shahar hokimliklariga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida quyidagilar taqdim etiladi:
saylov byulletenlari;
saylovchilar roʻyxatlari;
uchastka saylov komissiyasi qarorlari, bayonnomalari va komissiya aʼzolarining alohida fikrlari;
saylov uchastkasi boʻyicha ovozlarni sanab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaning ikkinchi nusxasi;
kuzatuvchilar roʻyxatlari;
uchastka saylov komissiyasi faoliyati davrida koʻrib chiqilgan murojaatlar;
saylov uchastkasi xaritasi.
Hujjatlar jildlarga tikilgan, ularning roʻyxati shakllantirilgan va har bir varagʻi raqamlangan boʻlishi lozim.
122. Uchastka saylov komissiyasi saylov jarayonida foydalanilgan saylov qutilari, yashirin ovoz berish kabinalari, komissiya muhri, Davlat gerbi va bayrogʻi kabi moddiy qiymatliklar tegishli ravishda tuman va shahar hokimliklarining tashkiliy-nazorat guruhiga masʼul, mansabdor shaxslariga dalolatnoma asosida topshiriladi va ularning javobgarligida saqlanadi.
XVI bob. Yakuniy qoida
123. Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini oʻtkazish boʻyicha uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Mahalliy Kengashlarga saylov oʻtkazish boʻyicha uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Koʻchma saylov qutilari binodan tashqarida ovoz berish uchun moʻljallangan.
Ovoz berish uchun koʻchma saylov qutilarining gabaritlari 30x20x35 sm boʻlishi kerak.
Oldindan ovoz berish uchun koʻchma saylov qutilarining soni tegishli uchastka saylov komissiyasining qarori bilan belgilanadi va ularning har biriga tartib raqami qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Ovoz berish qutilari ular muhrlangan paytdan to ochilgungacha uchastka saylov komissiyasi aʼzolari, kuzatuvchilarning nazoratida boʻlishi lozim.
Saylov qutilarining saqlanishi yuzasidan nazorat olib borish komissiya qarori bilan belgilanadigan uchastka saylov komissiyasi aʼzosi zimmasiga yuklatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASI, XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA ShAHAR KENGAShLARI SAYLOVI VIBORI V ZAKONODATELNUYu PALATU OLIY MAJLISA RESPUBLIKI UZBEKISTAN, OBLASTNIE, RAYONNIE I GORODSKIYE KENGAShI NARODNIX DEPUTATOV SAYLOVChILAR ROʻYXATIDAN KOʻChIRMA VIPISKA IZ SPISKA IZBIRATELEY (muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilar boʻyicha) (po izbiratelyam, progolosovavshim dosrochno) ______ — saylov okrugi izbiratelniy okrug ______ 20__y. “___”_______________ (saylov sanasi — data viborov) ___________SAYLOV UChASTKASI IZBIRATELNIY UChASTOK__________
Saylovchining saylov byulletenini olganligi haqidagi imzosi Podpis izbiratelya o poluchenii izbiratelnogo byulletenya
1
2
3
4
5
* Saylov kuni 18 yoshga toʻlgan saylovchilarning tugʻilgan kuni va oyi koʻrsatilsin.
* Izbiratelyam, kotorim ispolnyayetsya 18 let v den viborov — ukazat den i mesyats rojdeniya.
Izoh. Mazkur roʻyxatga saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozuv ruchkasi orqali kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Saylov qutisini plombalash toʻgʻrisida dalolatnoma namunasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi oʻtkazuvchi _____-uchastka saylov komissiyasining DALOLATNOMASI
20__ yil ___ dekabr
Toshkent shahri
Qatnashdilar:
Uchastka saylov komissiyasi aʼzolari
Ushbu dalolatnoma saylov qutisini qutisini plombalash toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilangan tartib asosida ovoz berish qutilari __________-sonli, ____________-sonli, ________-sonli va koʻchma quti__________-sonli raqamlangan plombalar bilan plombalandi.
____-Uchastka saylov komissiyasi raisi: ___________________________________________________________
(F.I.O)
_________________
(imzo)
____-Uchastka saylov komissiyasi kotibi: _________________________________________________________
(F.I.O)
_________________
(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Uchastka saylov komissiyasida saylov byulletenlarini komissiya aʼzolariga taqsimlab berish dalolatnomasining namunasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi oʻtkazuvchi -uchastka saylov komissiyasining DALOLATNOMASI
20__ yil ___ dekabr
Toshkent shahri
Ushbu dalolatnoma uchastka saylov komissiyasi raisi va aʼzosi oʻrtasida saylov byulletenlarini topshirish va qabul qilib olish toʻgʻrisida tuzildi. Quyidagi: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi saylovi boʻyicha ________ ta saylov byulletenlari; Xalq deputatlari ________ viloyat Keng�shi saylovi boʻyicha ______ ta saylov byulletenlari; Xalq deputatlari ________ tuman (shahar) Kengashi saylovi boʻyicha ________ ta saylov byulletenlarini topshirildi va qabul qilib olindi.
____-Uchastka saylov komissiyasi raisi: ___________________________________________________________
(F.I.O)
Topshirdim
_________________
(imzo)
____-Uchastka saylov komissiyasi aʼzosi: __________________________________________________________
(F.I.O)
Qabul qildim
_________________
(imzo)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASI, XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA ShAHAR KENGAShLARI SAYLOVI VIBORI V ZAKONODATELNUYu PALATU OLIY MAJLISA RESPUBLIKI UZBEKISTAN, OBLASTNIE, RAYONNIE I GORODSKIYE KENGAShI NARODNIX DEPUTATOV SAYLOVChILAR ROʻYXATIDAN KOʻChIRMA VIPISKA IZ SPISKA IZBIRATELEY (turgan joyida ovoz bergan saylovchilar boʻyicha) (po izbiratelyam, progolosovavshim v meste ix prebivaniya) ______-saylov okrugi izbiratelniy okrug ______ 20__y. “___”_______________ (saylov sanasi — data viborov) ___________SAYLOV UChASTKASI IZBIRATELNIY UChASTOK__________
Saylovchining saylov byulletenini olganligi haqidagi imzosi Podpis izbiratelya o poluchenii izbiratelnogo byulletenya
1
2
3
4
5
* Saylov kuni 18 yoshga toʻlgan saylovchilarning tugʻilgan kuni va oyi koʻrsatilsin.
* Izbiratelyam, kotorim ispolnyayetsya 18 let v den viborov — ukazat den i mesyats rojdeniya.
Izoh. Mazkur roʻyxatga saylovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yozuv ruchkasi orqali kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Yashirin ovoz berish kabinalarining
ESKIZI
Yashirin ovoz berish kabinasi u joylashgan xonada hozir boʻlganlar tomonidan saylovchining yashirin ovoz berishini kuzatishga imkon bermaydigan va uning oʻz xohish-irodasini erkin bildirishini taʼminlaydigan darajada oʻralgan holda tashkil etiladi.
Kabinaning balandligi 2 metr va eni 0,75 metr boʻlishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10 a-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUNChILIK PALATASIGA SAYLOV 20___ yil “__”_______ UChASTKA SAYLOV KOMISSIYASINING SAYLOV UChASTKASIDA OVOZLARNI SANAB ChIQISh NATIJALARI TOʻGʻRISIDAGI BAYoNNOMASI
Uchastka saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 24, 54, 94-moddalariga muvofiq, ______________________ saylov okrugining ______ saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijasida quyidagilarni aniqladi:
1. Saylov uchastkasidagi saylovchilarning umumiy soni 2. Uchastka saylov komissiyasi olgan saylov byulletenlari soni 3. Saylov byulletenlari olgan saylovchilar soni 4. Muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilar soni 5. Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni (saylov qutilaridagi saylov byulletenlari) 6. Foydalanilmagan va buzib qoʻyilib, bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni 7. Har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni:
Bayonnoma 20___ yil “____”______________da tuzildi.
M.Oʻ.
ESLATMA:
Bayonnoma tuzilishi bilan uning birinchi nusxasi belgilangan tartibda okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.
Bayonnomaning birinchi nusxasiga: saylov natijalarini aniqlashda hozir boʻlgan deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kuzatuvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan hozir boʻlgan kuzatuvchilar roʻyxati ilova qilinadi.
Bayonnomaning ikkinchi nusxasi komissiya aʼzolarining alohida fikrlari (agar bunday fikrlari boʻlsa); ovoz berish yoki ovozlarni sanab chiqish chogʻida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisida kelib tushgan murojaatlar, ushbu murojaatlar boʻyicha komissiyaning qabul qilgan qarorlari; saylov qutilarini plombalash boʻyicha tuzilgan bayonnoma; saylov byulletenlari hamda boshqa saylov hujjatlari bilan birga uchastka saylov komissiyasida saqlanadi.
Bayonnomaning 5-bandida koʻrsatilgan son bayonnomaning 7-bandi 1,2,3,4, va 5-satrlardagi va 8-banddagi sonlar yigʻindisiga teng (5-band = 7-bandning satrlar yigʻindisi + 8-band) boʻlishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10 b-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGAShIGA SAYLOV 20___ yil “__”_______ UChASTKA SAYLOV KOMISSIYASINING SAYLOV UChASTKASIDA OVOZLARNI SANAB ChIQISh NATIJALARI TOʻGʻRISIDAGI BAYoNNOMASI
Uchastka saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 24, 54, 94-moddalariga muvofiq, ______________________ saylov okrugining ______ saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijasida quyidagilarni aniqladi:
1. Saylov uchastkasidagi saylovchilarning umumiy soni 2. Uchastka saylov komissiyasi olgan saylov byulletenlari soni 3. Saylov byulletenlari olgan saylovchilar soni 4. Muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilar soni 5. Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni (saylov qutilaridagi saylov byulletenlari) 6. Foydalanilmagan va buzib qoʻyilib, bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni 7. Har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni:
Bayonnoma 20__ yil “____”______________da tuzildi.
M.Oʻ.
ESLATMA:
Bayonnoma tuzilishi bilan uning birinchi nusxasi belgilangan tartibda okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.
Bayonnomaning birinchi nusxasiga: saylov natijalarini aniqlashda hozir boʻlgan deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kuzatuvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan hozir boʻlgan kuzatuvchilar roʻyxati ilova qilinadi.
Bayonnomaning ikkinchi nusxasi komissiya aʼzolarining alohida fikrlari (agar bunday fikrlari boʻlsa); ovoz berish yoki ovozlarni sanab chiqish chogʻida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisida kelib tushgan murojaatlar, ushbu murojaatlar boʻyicha komissiyaning qabul qilgan qarorlari; saylov qutilarini plombalash boʻyicha tuzilgan bayonnoma; saylov byulletenlari hamda boshqa saylov hujjatlari bilan birga uchastka saylov komissiyasida saqlanadi.
Bayonnomaning 5-bandida koʻrsatilgan son bayonnomaning 7-bandi 1,2,3,4, va 5-satrlardagi va 8-banddagi sonlar yigʻindisiga teng (5-band = 7-bandning satrlar yigʻindisi + 8-band) boʻlishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10 v-ILOVA
XALQ DEPUTATLARI TUMAN (ShAHAR) KENGAShIGA SAYLOV 20___ yil “__”_______ UChASTKA SAYLOV KOMISSIYASINING SAYLOV UChASTKASIDA OVOZLARNI SANAB ChIQISh NATIJALARI TOʻGʻRISIDAGI BAYoNNOMASI
Uchastka saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 24, 54, 94-moddalariga muvofiq, ______________________ saylov okrugining ______ saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqish natijasida quyidagilarni aniqladi:
1. Saylov uchastkasidagi saylovchilarning umumiy soni 2. Uchastka saylov komissiyasi olgan saylov byulletenlari soni 3. Saylov byulletenlari olgan saylovchilar soni 4. Muddatidan oldin ovoz bergan saylovchilar soni 5. Ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilar soni (saylov qutilaridagi saylov byulletenlari) 6. Foydalanilmagan va buzib qoʻyilib, bekor qilingan saylov byulletenlarining umumiy soni 7. Har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni:
Bayonnoma 20__ yil “____”______________da tuzildi.
M.Oʻ.
ESLATMA:
Bayonnoma tuzilishi bilan uning birinchi nusxasi belgilangan tartibda okrug saylov komissiyasiga yuboriladi.
Bayonnomaning birinchi nusxasiga: saylov natijalarini aniqlashda hozir boʻlgan deputatlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari kuzatuvchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlardan hozir boʻlgan kuzatuvchilar roʻyxati ilova qilinadi.
Bayonnomaning ikkinchi nusxasi komissiya aʼzolarining alohida fikrlari (agar bunday fikrlari boʻlsa); ovoz berish yoki ovozlarni sanab chiqish chogʻida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar toʻgʻrisida kelib tushgan murojaatlar, ushbu murojaatlar boʻyicha komissiyaning qabul qilgan qarorlari; saylov qutilarini plombalash boʻyicha tuzilgan bayonnoma; saylov byulletenlari hamda boshqa saylov hujjatlari bilan birga uchastka saylov komissiyasida saqlanadi.
Bayonnomaning 5-bandida koʻrsatilgan son bayonnomaning 7-bandi 1,2,3,4, va 5-satrlardagi va 8-banddagi sonlar yigʻindisiga teng (5-band = 7-bandning satrlar yigʻindisi + 8-band) boʻlishi lozim.