1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / Suv va suvdan foydalanish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining baliq resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash va samarali boshqarishni tashkil etish, biologik xilma-xillikni saqlash, baliqchilikni rivojlantirish, shuningdek tabiiy suv havzalarida baliqlarni ko‘paytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga kompleks yondashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzurida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini belgilangan tartibda “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJga baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish uchun doimiy ravishda tanho foydalanishga bersinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
4. Belgilansinki, Jizzax viloyatining Arnasoy tumani “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJning joylashish manzili hisoblanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi (keyingi o‘rinlarda — Chora-tadbirlar kompleksi) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Tabiatni muhofaza qilish respublika jamg‘armasi hamda O‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish respublika davlat inspeksiyasi hisobidan moliyalashtiriladigan 2017-yilgi Tadbirlar dasturiga mazkur qarorga 3-ilovada belgilangan tadbirlarni ikki hafta muddatda kiritsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 32-son, 814-modda)
10. Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ buyurtmanomalariga binoan, Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi qirg‘oq bo‘ylarida baliq parvarishlash va inkubatsiya sexlari qurish, shuningdek ozuqa bazasini rivojlantirish uchun yer uchastkalari berilishini ta’minlasinlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
11. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 124-son qaroriga 2-ILOVA
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
1. Ushbu Nizom Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi (keyingi o‘rinlarda suv havzasi deb ataladi) uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish hamda mazkur suv havzasida baliq ovlashni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
baliqlarni ko‘paytirish — baliq mahsuldorligini oshirish uchun sun’iy suv havzalarida yetishtirilgan mayda baliq chavoqlarini suv havzasiga qo‘yib yuborish;
bu yilgi baliq — joriy yilning kuz davrigacha (bir yoz yashagan) yetishtirilgan baliq;
bir yillik baliq — qishdan chiqib birinchi o‘sish davri yakunlangan baliq;
sanoat baliq ovlashi — baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berilgan suv havzalari uchastkalaridagi hayvonot olami obyektlaridan tijorat maqsadida baliq ovlashda foydalanish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
baliq ovlash xo‘jaligi — sanoat baliq ovlashini amalga oshiradigan yuridik shaxs;
talabgor — ochiq tanlovda ishtirok etish uchun ariza bergan baliq ovlash xo‘jaligi.
3. Suv havzasi uchastkalari baliq ovlash xo‘jaliklariga sanoat baliq ovlashini amalga oshirish uchun kamida 10 yil muddatga, ochiq tanlov (keyingi o‘rinlarda tanlov deb ataladi) natijalari bo‘yicha beriladi.
4. Mazkur Nizom bilan tartibi aniqlangan suv havzasi uchastkasi uchun belgilangan tartibda tanlov g‘olibi bo‘lgan baliq ovlash xo‘jaligi, suv havzasi uchun ijara shartnomasini (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) tuzgan suv havzasi uchastkasida sanoat baliq ovlashi bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
2-bob. Tanlovni o‘tkazish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi
5. Suv havzasi uchastkasini berish baliq ovlash xo‘jaliklarining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tanlov komissiyasining (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) qarorlari asosida amalga oshiriladi.
6. Tanlovni tashkil etish va o‘tkazish “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ tomonidan ta’minlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
7. Tanlovni o‘tkazish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
baliq ovlash xo‘jaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalarini aniqlash va tanlov o‘tkazish uchun ular haqidagi zarur ma’lumotlarni shakllantirish;
tanlov haqidagi xabarnomani ommaviy axborot vositalari, Davlat xizmatlari yagona interaktiv portalida va O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilish;
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
tanlovda ishtirok etish bo‘yicha nomzodlardan arizalarni tegishli ilova qilingan hujjatlari bilan birga muhrlangan konvertda qabul qilish;
talabgorlardan kelib tushgan hujjatlarni o‘rganish va baholash yo‘li bilan tanlovni o‘tkazish hamda g‘olibni aniqlash;
8. Baliq ovlash xo‘jaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalari “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ tomonidan aniqlanadi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ baliq ovlash xo‘jaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalarini aniqlagandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ular haqida quyidagilardan iborat bo‘lgan ma’lumotlarni shakllantiradi:
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
suv havzasi uchastkasi (konturi)ning raqami;
suv havzasi uchastkasining joylashgan koordinatlari;
Suv havzasi uchastkasining o‘rtacha baliq mahsuldorligi haqidagi ma’lumotlar “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ tomonidan taqdim etiladi.
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
9. Baliq ovlash xo‘jaliklarining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish Baliq ovlash xo‘jaliklarining tanlov takliflarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tanlov komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Komissiyaga Suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari yoki u vakolat bergan mas’ul shaxs rahbarlik qiladi;
Jizzax va Navoiy viloyatlarining irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari rahbarlarining o‘rinbosarlari komissiya raisining o‘rinbosarlari hisoblanadi.
Komissiya tarkibiga, shuningdek, Jizzax va Navoiy viloyatlari Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari boshliqlari, Qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining boshqarmalari boshliqlari, moliya boshqarmalari boshliqlarining o‘rinbosarlari, ichki ishlar boshqarmalari boshlig‘ining o‘rinbosarlari, Ovchilar va baliq ovlash sporti birlashmasi bo‘linmalari rahbarlari hamda komissiya kotibi hisoblanadigan “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ direktori kiritiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
10. “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
11. Baliq ovlash xo‘jaliklariga beriladigan suv havzasi uchastkalari haqidagi tegishli ma’lumotlar shakllantirilgandan keyin, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ komissiya raisi bilan kelishilgan holda tanlovni o‘tkazish sanasini belgilaydi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
12. “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ tanlov o‘tkazilishining taxminiy sanasidan kamida 30 kun oldin ommaviy axborot vositalarida, Davlat xizmatlari yagona interaktiv portalida va Suv xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-saytida tanlov o‘tkazilishi haqidagi xabarni e’lon qiladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
a) “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJning joylashgan manzili (pochta manzili), aloqa telefonlari, telefaks raqamlari va elektron pochta manzili;
(12-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
b) suv havzasi uchastkalarining ro‘yxati, ularning nomlari, joylashgan o‘rni, maydoni va suv havzasining o‘rtacha baliq mahsuldorligi (tanlovni o‘tkazish paytidagi) va shartnomaning amal qilish muddati;
v) tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati;
g) nomzodlarning tanlov takliflari joylangan konvertlarni ochish sanasi, vaqti va joyi (tanlovni o‘tkazish sanasi);
d) tanlovni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi, shu jumladan tanlovda ishtirok etish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
e) tanlovda ishtirok etishga berilgan arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lov miqdori va uni to‘lash uchun bank rekvizitlari;
j) arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati (sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda).
13. Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor yoki uning vakili shaxsan yoxud pochta orqali buyurtma xat bilan buyurtmanomani (keyingi o‘rinlarda buyurtmanoma deb ataladi) ikki nusxada, shuningdek quyidagi hujjatlarni “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJga taqdim etadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
tanlovda ishtirok etish uchun talabgorning to‘liq nomi va joylashgan manzili (pochta manzili) ko‘rsatilgan ariza;
baliq ovlashni amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja;
baliq ovlashni amalga oshirish bo‘yicha biznes-rejaning moliyalashtirish manbalari (talabgorning o‘z mablag‘lari hisobiga, kreditlar va hokazo) bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlar;
baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun moddiy-texnika vositalarining (rusumi ko‘rsatilgan qayiqlar, motorlar, ovlash qurollari, avtotransport vositalari, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalari va hokazo) mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.
Talabgorlardan ushbu bandda ko‘zda tutilmagan hujjatlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilarda nazarda tutilgan barcha hujjatlar talabgorlar tomonidan muhrlangan (imzo bilan tasdiqlangan) konvertlarda taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlarning barcha varaqlari nomzodning imzosi bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ talabgorlar taqdim etgan takliflarning saqlanishini va oshkor etilmasligini ta’minlash hamda talabgorlarga teng sharoitlar yaratilishi uchun javob beradi.
(13-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
14. Baliq ovlashni amalga oshirish bo‘yicha “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJga taqdim etiladigan biznes-rejada quyidagi asosiy qoidalar aks ettirilgan bo‘lishi lozim:
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
iqtisodiy samaradorlik hisob-kitoblari, shuningdek baliq ovlash xo‘jaligini yuritishdagi eng samarali texnikaviy, tashkiliy va iqtisodiy yechimlar;
taxmin qilingan investitsiyalarning hajmi va turi, moliyalashtirish manbalari hamda kreditlar jalb etiladigan taqdirda taxmin qilingan garov ta’minoti;
tashkil etiladigan ish o‘rinlari soni;
talabgor xodimlar shtatining tajribali baliqchilar, ixtiologlar, boshqa mutaxassis va ekspertlar bilan to‘ldirilganligi.
15. Buyurtmanomani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ushbu mablag‘lar “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJning bank hisob-raqamiga kelib tushadi va tanlovni tayyorlash va o‘tkazish uchun ishlatiladi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Buyurtmanomani ko‘rib chiqish uchun to‘langan to‘lovlar qaytarilmaydi, mazkur Nizomda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
16. “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ tanlov o‘tkazilishi haqida e’lon berilgan kundan boshlab o‘ttiz kun davomida talabgorlarning tanlovda ishtirok etishlari to‘g‘risidagi buyurtmanomalarini qabul qiladi.
“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJning vakolatli xodimi buyurtmanomaning ikkinchi nusxasiga buyurtmanomani va unga ilova qilingan muhrlangan konvert qabul qilingan sana va vaqtini ko‘rsatib belgi qo‘yadi va talabgorga yoki uning vakiliga topshiradi yoxud pochta orqali yuboradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
17. Barcha hujjatlar ro‘yxatga olish kitobida topshiruvchi va qabul qiluvchi shaxslarning imzolari qo‘yilgan, qabul qilish sanasi va vaqti qayd etilgan holda qabul qilinadi. Ro‘yxatga olish kitobi tikilgan, raqamlangan va “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJning gerbli muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Talabgorlarning tanlov takliflari joylangan konvertlar belgilangan muddatgacha ochilmaydi va “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ seyfida saqlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
18. Tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni qabul qilish tanlovning o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berilgan sanadan boshlanadi va buyurtmanomalarni qabul qilishning oxirgi kunida soat 18:00da tugaydi.
Pochta orqali yuborilgan buyurtmanomalarning kelib tushgan sanasi ularning komissiyaning ishchi organi tomonidan olingan sanasi hisoblanadi, olingan buyurtmanoma uning kelib tushgan kunida qayd etilishi shart.
19. Qabul qilishning belgilangan muddatidan keyin kelib tushgan buyurtmanomalar ro‘yxatdan o‘tkazilmay talabgorga qaytarib beriladi.
Buyurtmanomalarni qabul qilishning boshqa asoslarga ko‘ra rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Tanlov o‘tkazishning belgilangan sanasigacha, talabgor komissiyaning ishchi organini yozma ravishda xabardor etish yo‘li bilan o‘zining buyurtmanomasini va tanlov takliflarini qaytarib olish huquqiga ega. Komissiyaning ishchi organi ushbu xabarnomani kelib tushgan kunida qayd etishi shart.
21. Mazkur Nizomning 19 va 20-bandlarida nazarda tutilgan holatlarda buyurtmanomani ko‘rib chiqish uchun to‘langan to‘lovlar talabgorga uch bank kuni mobaynida qaytarib beriladi.
22. Buyurtmanomalarni qabul qilish yakunlangandan keyin ishchi organ komissiya majlisini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini tashkil etadi.
Komissiya raisi tanlovni o‘tkazish kuni komissiya majlisini chaqiradi.
23. Komissiya o‘z faoliyatini shaxsan ishtirok etish tartibida tashkil etadi.
Komissiyaning qarorlari majlis a’zolarining kamida to‘rtdan uch qismi ishtirok etgan taqdirda qonuniy hisoblanadi.
24. Suv havzasi uchastkalarini berish (yoki berilishini rad etish) masalasi belgilangan kun va soatda komissiya majlisida tanlov takliflari konvertlarini ochish orqali amalga oshiriladi.
Talabgorlar yoki ularning vakillari tanlov takliflari konvertlari ochilishida ishtirok etish huquqiga ega.
Komissiya tomonidan tanlov takliflari konvertlari ochilganda tanlov takliflarining rasmiylashtirilishi, taqdim etish tartibotlari bo‘yicha talablarga rioya qilinganligi, mazkur Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning mavjudligi tekshiriladi.
25. Tanlov takliflarini ko‘rib chiqish va tanlov g‘olibini aniqlash quyidagilarni baholash natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi:
baliq ovlashni amalga oshirish bo‘yicha biznes-reja;
talabgorning baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun mavjud moddiy-texnika vositalari (rusumi ko‘rsatilgan qayiqlar, motorlar, ovlash qurollari, avtotransport vositalari, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalari va hokazo) va ularning holati;
talabgorning baliq ovlashni amalga oshirish bo‘yicha biznes-rejasi, o‘z mablag‘lari va kreditlar hisobiga moliyalashtirish bilan ta’minlanganligi;
talabgorning tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlari kompleksi.
26. Tanlov g‘olibi konvertlar ochilgan kuni komissiyaning ochiq majlisida aniqlanadi.
Eng maqbul tanlov takliflarini taqdim etgan talabgor tanlovning g‘olibi deb e’tirof etiladi.
Komissiya qarori ishtirok etgan a’zolar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovozlar teng bo‘lgan holatda komissiya raisi hal qiluvchi ovoz huquqiga ega bo‘ladi.
27. Quyidagi holatlarda tanlov o‘tkazilmagan deb hisoblanadi:
tanlov o‘tkazilishi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan konvertlarning ochilish sanasigacha birorta ham buyurtmanoma kelib tushmagan bo‘lsa;
taqdim etilgan tanlov takliflaridan birortasi ham tanlov shartlariga mos kelmasa.
Ishchi organ buyurtmanoma taqdim etgan talabgorlarni yoki ularning vakolatli vakillarini bu haqda xabardor qiladi.
28. Tanlov amalga oshmagan deb e’tirof etilgan taqdirda komissiya mazkur Nizomda belgilangan tartibda tanlovni qayta o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki yagona talabgorni tanlov g‘olibi deb e’tirof etib, unga maqbul takliflarni taqdim etish sharti bilan va suv havzasi uchastkasini berish maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qiladi.
29. Komissiya tanlov takliflarining konvertlari ochilgan kuni tanlov natijalarini bayon shaklida rasmiylashtiradi.
Bayonda quyidagilar ko‘rsatiladi:
komissiya tarkibi;
tanlov ishtirokchilari bo‘lgan talabgorlar va ularning takliflari haqidagi ma’lumotlar;
suv havzasi uchastkasining (konturining) joylashuvi, maydoni va raqami, suv havzasining o‘rtacha baliq mahsuldorligi (tanlovni o‘tkazish paytidagi);
tanlov g‘olibi;
ovoz berish natijalari va komissiya a’zolarining qarori.
Bayon komissiyaning barcha a’zolari, tanlov g‘olibi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi va komissiyaning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
30. Komissiya tanlov natijalari bo‘yicha qarorini qabul qilishda talablarning yagona bo‘lishini va xolislikni ta’minlashi lozim.
31. Tanlov natijalariga ko‘ra suv havzasi uchastkasining berilishi rad etilgan talabgorlar, komissiya qarori yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
32. Ishchi organ tanlov komissiyasining tanlov yakunlari to‘g‘risidagi qarori natijalaridan qaror qabul qilingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida tanlov ishtirokchilarini xabardor qilishi shart.
Ishchi organ tanlov g‘olibi aniqlangan kuni g‘olibga tegishli xabarnoma yuborib shartnoma tuzishni taklif qiladi.
Shartnomada qonunchilikda nazarda tutilgan shartlardan tashqari quyidagilar ham ko‘rsatiladi:
suv havzasi uchastkasining (konturining) joylashuvi, maydoni va raqami;
shartnomani tuzgan shaxsning baliq resurslarini va suv havzasini saqlash bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazishi, shuningdek ovlanadigan baliqning muntazam hisobini yuritish bo‘yicha majburiyatlari.
Shartnomaga uning ajralmas qismi bo‘lgan quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
suv havzasi uchastkasining xarita-sxemasi;
talabgorning tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari rejasi, majburiyatlari doirasida to‘liq amalga oshirilishi belgilangan shartnoma.
33. Tanlov yakunlari ommaviy axborot vositalarida, Davlat xizmatlari yagona interaktiv portaliga va Suv xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
34. Tanlov g‘olibi bo‘lgan baliq ovlash xo‘jaligi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishi monitoringi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
35. Shartnoma muddati tugaganda uning amal qilishi to‘xtaydi. Yangi muddatga shartnoma tuzish mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
36. Shartnoma muddatini oldindan tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ, tabiatni muhofaza qilish organlarining taqdimnomasiga binoan, baliq ovlash xo‘jaligi tomonidan hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilik bir marotaba qo‘pol yoki muntazam (yil davomida ikki va undan ortiq marta) buzilganda, shuningdek qonunchilikda va shartnomada nazarda tutilgan boshqa holatlarda shartnomani muddatidan oldin tugatishga haqli.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilikni bir marotaba qo‘pol buzish hayvonot olamini muhofaza qilish va undan foydalanishga oid qonunchilik talablarining hayvonot olami obyektlariga yetkazilgan zarar hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
37. Shartnoma shartlari buzilganda tomonlar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston RespublikasiFuqarolik kodeksining 28-bobi.
3-bob. Komissiyaning, tabiatni muhofaza qilish organlarining va “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJning vakolatlari
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
38. Komissiya:
o‘z faoliyati reglamentini mustaqil ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
tanlov takliflarini taqdim etish muddatlarini uzaytirish to‘g‘risida yoki tanlovni o‘tkazish sanasini tanlovning o‘tkazilishi haqidagi e’londa belgilangan muddatdan ko‘pi bilan bir oyga ko‘chirish to‘g‘risida qarorni qabul qiladi, tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomalarni taqdim etgan barcha talabgorlarni (ular mavjud bo‘lganda) yozma xabardor qiladi;
mazkur Nizomning 27-bandida nazarda tutilgan holatlarda tanlov amalga oshmagan deb hisoblaydi;
yagona talabgor buyurtmanomasini ko‘rib chiqadi, uning tomonidan maqbul takliflar taqdim etilgan taqdirda uni tanlovning g‘olibi deb e’tirof etadi;
zarur holatlarda, komissiya ishiga ekologlar, biologlar, ixtiologlar, boshqa mutaxassis va ekspertlarni jalb qiladi;
tanlovni o‘tkazish jarayonini nazorat qiladi;
mazkur Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlarining talablari buzilganda til biriktirish holatlari va tanlovni o‘tkazish tartibotini buzadigan boshqa holatlar aniqlanganda tanlov o‘tkazilishini to‘xtatadi.
39. Tabiatni muhofaza qilish organlari Direksiya bilan birgalikda, belgilangan tartibda quyidagilarni amalga oshiradi:
baliq ovlash xo‘jaliklari tomonidan tabiatni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya qilish;
tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi bajarilishini ta’minlash maqsadida nazorat tadbirlarini o‘tkazish sohasida ma’lumotlar almashish.
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
baliq ovlash xo‘jaliklariga suv havzasi uchastkalarining ijaraga berilishi bo‘yicha ochiq tanlov o‘tkazilishini tashkil etadi;
tabiatni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda suv havzasining baliq resurslarini muhofaza qilish va qayta tiklashga doir tadbirlarni o‘tkazadi;
suv havzasida baliq yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini va usullarini joriy qiladi;
suv havzalarining gidrobiologik va gidrokimyoviy holatini o‘rganadi va suv havzalari hududida havaskorlik va baliq ovlash sportini hamda ekoturizmni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etadi;
baliq ovlash xo‘jaliklari tomonidan shartnoma shartlariga rioya qilinishi monitoringini yuritadi;
suv havzasida baliq resurslari ovlanishi holati haqida yillik ma’lumotlarni umumlashtiradi va tabiatni muhofaza qilish organlariga taqdim etadi;
suv havzasining vaqtincha berilmagan uchastkalarida baliq resurslarini qonunchilikda belgilangan tartibda ovlash huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalari.
4-bob. Baliq ovlash xo‘jaliklarining huquq va majburiyatlari
41. Baliq ovlash xo‘jaligi quyidagi huquqlarga ega:
suv havzasida berilgan uchastkadan tuzilgan shartnomaga muvofiq foydalanish;
o‘z ixtiyoriga ko‘ra belgilangan tartibda ovlangan baliqlarni sotish;
suvni muhofaza qilish chegarasidan tashqarida baliq ozuqasi va asosiy faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish, shuningdek baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha yordamchi xo‘jaliklar tashkil etish.
Baliq ovlash xo‘jaliklari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
baliq resurslaridan foydalanishda tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya qilish;
shartnoma shartlarini, shu jumladan tanlovda ishtirok etish uchun buyurtmanomani berish paytida taqdim etilgan tabiatni muhofaza qilish kompleks chora-tadbirlari rejasini bajarish;
shartnomaga ilova qilingan suv havzasi uchastkasining pasportida ko‘rsatilgan suv havzasi uchastkalari doirasida baliq ovlashni amalga oshirish;
berilgan suv havzasi uchastkasini uchinchi shaxslarga foydalanishga bermaslik;
suv havzasining qirg‘oq uchastkalarini belgilangan tartibda sanitariya holatida saqlash;
har yili baliqlarni ko‘paytirishni, baliq ovlanadigan suvlar melioratsiyasini, kelgusida ovlanadigan mayda baliqlarni, shuningdek baliq resurslari saqlanishini ta’minlash choralarini amalga oshirish;
har kuni ovlangan baliqlarni mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq belgilangan namunadagi baliqlarni ovlash daftarida qayd etish;
tabiatni muhofaza qilish davlat inspektorlariga, ularning talabiga binoan shartnoma va baliqlarni ovlash daftarini taqdim etish, ovlash qurollarini va ovlangan baliqlarni, ishlab chiqarish xonalarini, suzish vositalarini va qabul qilish punktlarini belgilangan tartibda ko‘zdan kechirishni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmaslik;
har oyda “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJga ovlangan baliqlar to‘g‘risida (turlari bo‘yicha), baliq ovlanadigan suvlar melioratsiyasi, ovlanadigan mayda baliqlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi ma’lumotni va suv havzasi uchastkasida baliqlarni ko‘paytirish natijalari haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish;
(42-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
baliqlarni suzish vositasidan qirg‘oqqa faqat maxsus jihozlangan joyda, baliq ovlash xo‘jaligi joylashgan manzilda tushirishni amalga oshirish;
baliq ovlash xo‘jaligidan baliqni olib chiqishni tovar-transport yukxatlari bo‘yicha amalga oshirish;
suzish vositalarini belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va baliqni ovlashda xavfsizlik texnikasiga rioya qilish;
baliqchilarning shaxsini va ushbu xo‘jalikdagi lavozimini tasdiqlaydigan guvohnomalar bilan ta’minlash;
zarur suv havzasida baliq ovlash faoliyatining qonuniyligini tasdiqlaydigan barcha kerakli hujjatlarga (shartnomalar, baliqni ovlash daftarlari, suzish vositalarining hujjatlari va hokazolarga) ega bo‘lish.
Baliq ovlash xo‘jaligi qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(43-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
tanlov g‘oliblari bo‘lgan baliq ovlash xo‘jaliklari bilan joriy yil uchun ijara haqining miqdorini belgilagan holda shartnoma tuzadi;
har yilning 15-fevral sanasigacha ijara haqining miqdorini aniqlab shartnomaning ijara haqi miqdori nazarda tutilgan bandiga o‘zgartirishlar kiritadi.
44. Ijaraga berilgan suv havzasi uchastkalari bo‘yicha ijara haqi miqdorini hisoblash uchun quyidagi ma’lumotlar talab etiladi:
a) ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni (gektar hisobida);
b) ijarachi tomonidan o‘tgan yilda bir gektar suv havzasidan tutilgan (sotilgan) baliqning o‘rtacha miqdori;
v) baliq ovlash xo‘jaligi tomonidan o‘tgan yilda bir gektar tabiiy suv havzasini o‘rtacha baliq (turlari bo‘yicha) chavoqlari bilan baliqlantirish miqdori;
(44-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
45. Ijaraga berilgan tabiiy suv havzasi uchastkalari bo‘yicha ijara haqi miqdori quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Ih = H1 * Mu * Is, bunda:
Ih — ijara haqi;
H1 — bir gektarning o‘rtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan o‘zgarmas koeffitsiyent);
Mu — suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
Is — mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq amaldagi bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi, so‘mda”;
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
46. Ijara haqi hisoblashda ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasining har gektaridan ovlanadigan baliq miqdori eng kamida 10 kg hisobida qo‘llanadi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
(47-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
48. Baliq ovlash xo‘jaliklari tomonidan ijara haqi uch qismga bo‘lib yil davomida to‘lanadi. Bunda, yillik ijara haqining 30 foizi 1-aprelga qadar, 35 foizi 1-oktabrga qadar, qolgan qismi 1-dekabrga qadar to‘lanadi.
(48-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
49. Ijaraga berilgan suv havzasi uchastkasi uchun ijara haqi birinchi yilda joriy yilda faoliyat yuritilgan oylar soniga mos miqdorda, teng ulushlarda va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Ih=Yih/12x x Tm, bunda:
Ih — ijara haqi;
Yih — yillik ijara haqi;
Tm — joriy yil davomida faoliyat yuritilgan oylar soni.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
51. Ijarachilar tomonidan ijara haqining o‘z vaqtida to‘lab borilishi “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ tomonidan nazorat qilinadi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
7-bob. Suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashga doir tadbirlarni o‘tkazish
52. Suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashni ta’minlash uchun “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ:
(52-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
akva mahsulotlarni rivojlantirish, shuningdek ovlanadigan baliqlar zaxirasini aniqlash bo‘yicha yangi texnologiyalarni ishlab chiqadi va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
suv havzasida baliqlarni qafas usulida yetishtirish texnologiyalarini tatbiq qilish ishlarini tashkil etadi;
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi qirg‘og‘ida, keyinchalik suv havzasida baliqlarni ko‘paytirish uchun baliq chavoqlari yetishtiradi, inkubatsiya sexlarini, baliq parvarishxonalarini, baliq ozuqasi ishlab chiqarish zavodlarini, shuningdek qayta ishlash sexlarini, baliq va baliq mahsulotlarini saqlash uchun sovutish uskunalarini barpo etadi.
53. Suv havzalarining baliq ko‘paytirish me’yori suv havzasining bir gektariga kamida 50 ta baliq chavoqlari — shu yilgi yoki bir yillik baliqlar darajasida belgilanadi.
54. Suv havzalarida baliq ko‘paytirish tadbirlari tabiatni muhofaza qilish organlari, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ va baliq ovlash xo‘jaliklarining vakillari ishtirokida o‘tkaziladi va bu haqda tegishli dalolatnoma tuziladi.
(54-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
8-bob. Yakunlovchi qoida
55. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish hamda sanoat baliq ovlashini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-iyuldagi 404-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)
Baliq ovlash xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan ijara haqi to‘lovini hisoblashda suv havzalari uchastkalari mahsuldorligiga bog‘liq holda qo‘llaniladigan stavkalar miqdori
1) bir gektarning o‘rtacha mahsuldorligi, kg (10 kg belgilangan o‘zgarmas koeffitsiyent);
2) suv havzasi uchastkasining umumiy maydoni, ga;
3) 1 ga tabiiy suv havzaga qo‘llaniladigan bazaviy hisoblash miqdorining foiz stavkasi;
4) bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) bir baravari miqdorida.
Bunda: 1 ga tabiiy suv havzasiga eng yuqori 100 foizli stavka bo‘yicha hisoblangan ijara haqi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida.
1) 10 x 1 x 100% x 223000 / 100 — 22 300 so‘m — 10 kg.
2) 10 x 1 x 90% x 223000 / 100 — 20 070 so‘m — 30 kg.
3) 10 x 1 x 80% x 223000 / 100 — 17 840 so‘m — 50 kg.
4) 10 x 1 x 70% x 223000 / 100 — 15 610 so‘m — 70 kg.
5) 10 x 1 x 60% x 223000 / 100 — 13 380 so‘m — 80 kg.
6) 10 x 1 x 50% x 223000 / 100 — 11 150 so‘m — 90 kg.
7) 10 x 1 x 40% x 223000 / 100 — 8 920 so‘m — 100 kg.
8) 10 x 1 x 30% x 223000 / 100 — 6 690 so‘m — 100,1 kg. dan yuqori.
1 ga suv havzasiga eng past 30 foizli stavka bo‘yicha hisoblangan ijara haqi — 6 690 so‘m.
(10 x 1 x 30% BHM/ 100) — 6 690
Izoh. Bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarishi bilan birga ijara haqi summasining miqdori ham o‘zgaradi.
(2-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 124-son qaroriga 3-ILOVA
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslarini rivojlantirish va ulardan oqilona foydalanish
I. “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” davlat unitar korxonasini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar
1.
“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
2017-yil mart
Davlat soliq qo‘mitasi
“Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK faoliyatini tashkil etish.
2.
Direksiyani zarur ma’muriy va ishlab chiqarish xonalari bilan ta’minlash.
2017-yil mart
Jizzax viloyati hokimligi,
Davlat raqobat qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi
Davlat soliq qo‘mitasi
Direksiyaga yuklangan vazifalarning to‘liq bajarilishini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish.
3.
Direksiyani zarur uskunalar va anjomlar (mebel, kompyuter, avtotransport va boshqalar) bilan jihozlash.
2017-2018-yillar
Davlat soliq qo‘mitasi,
Direksiya
Davlat soliq qo‘mitasi
Direksiya faoliyati samaradorligini oshirish.
4.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi (keyingi o‘rinlarda AAKT deb ataladi) havzasiga tutash hududlarni (Qli, Oqbuloq daryolari irmoqlari va MCHKni) o‘rganib chiqish va ularning to‘liq tizimli inkubatsiya sexlari, baliq parvarishxonalari hamda baliq o‘stirish uchun sun’iy suv havzalari tashkil etishga yaroqliligini aniqlash.
O‘rganish natijalariga ko‘ra Direksiyaga yerlarni ajratish bo‘yicha tegishli kelishilgan taklif kiritish.
2017-yil mart
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
Davlat soliq qo‘mitasi,
Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘limlari,
Direksiya
Loyihani moliyalashtirish doirasida
Suv havzalarini har yili bahorda va kuzda baliq ko‘paytirish uchun yiliga 17,5 mln ta baliq chavoqlari yetishtiradigan inkubatsiya sexlari tashkil etish.
Mintaqada 15 ta yangi ish o‘rni, tegishli infratuzilma va boshqalarni tashkil etish.
Yuqori sifatli baliq (oq do‘ngpeshana, oqamur, olachipor, zog‘arabaliq, sudak, laqqa va boshqalar) turlari o‘stirishni ko‘paytirishga ko‘maklashish.
5.
Direksiyaga to‘liq tizimli inkubatsiya sexlari, baliq parvarishxonalari hamda baliq o‘stirish havzalari tashkil etish uchun yer uchastkasini ajratish.
2017-yil mart
Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi hududiy bo‘limlari
II. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar
6.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi qirg‘og‘ida to‘liq tizimli baliq yetishtirish parvarishxonalari, inkubatsiya sexlari hamda baliq o‘stirish havzalari qurish, shu jumladan:
2017-yilda — 2 mln. ta;
2018-yilda — 7 mln. ta;
2019-yilda — 12 mln. ta;
2020-yilda — 17,5 mln. ta.
2017-2020-yillar
Davlat soliq qo‘mitasi,
Direksiya,
Davlat ekologiya qo‘mitasi,
“Ipoteka-bank” ATIB,
baliqchilik xo‘jaliklari
Davlat ekologiya qo‘mitasi — 2,9 mlrd. so‘m (shu jumladan (1,4 mlrd.so‘m — 2017-yilda;
1,5 mlrd.so‘m — 2018-yilda),
“Ipoteka-bank” ATIB
kreditlari — 2019-yilda 3 mlrd.so‘m
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliq ko‘paytirish uchun baliq chavoqlarini yetishtirish.
Transport xarajatlarini hamda baliq chavoqlarini tashishda nobud bo‘lishini kamaytirish.
7.
Baliq o‘stirish havzalari barpo etish, shu jumladan:
2017-yilda — 50 gektar;
2018-yilda — 100 gektar;
2019-yilda –300 gektar.
2017-2019-yillar
Davlat soliq qo‘mitasi,
Direksiya
8.
Ilmiy-tajriba stansiyasida yuqori sifatli baliq turlarini yetishtirish bo‘yicha yopiq tizimli suv ta’minoti qurilmasi (YOTSTQ) tashkil etishga hamda ko‘llar tizimida baliq ko‘paytirish uchun baliq chavoqlari (shartnomaviy narxlarda o‘rtacha vazni 2 gramm bo‘lgan 2 mln.ta) sotib olishga mablag‘lar ajratish.
2017-yil
may — iyul
Qishloq va suv vazirligi huzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tajriba stansiyasi,
Direksiya
Davlat ekologiya qo‘mitasi —
0,5 mlrd.so‘m,
shundan:
YOTSTQga 0,3 mlrd.so‘m,
baliq chavoqlari sotib olishga — 0,2 mlrd.so‘m
Qafas usulida baliq yetishtirish uchun yangi baliq turlarini iqlimlashtirish.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida yuqori sifatli baliq chavoqlari hisobiga baliq zaxirasini ko‘paytirish.
9.
Direksiyani hamda Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazihuzuridagi Baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tajriba stansiyasining moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida 4 ta “Isuzu” rusumli yuk avtomobillarini imtiyozli asosda ajratish.
2017-2018-yillar
Samarqand avtomobil zavodi
“Ipoteka-bank” ATIB
Kreditlari —
0,5 mlrd.so‘m
Baliq chavoqlarini tashishni tezlashtirish hamda xo‘jalik hududidagi tashishlarni ta’minlash.
10.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida 1 gektarga kamida 50 ta baliq chavoqlari bilan baliq ko‘paytirish hisobiga baliq mahsuldorligini oshirish.
Suv havzalarida baliq ovlashning prognoz ko‘rsatkichlariga erishish, shu jumladan:
2017-yilda — 10 000 tn;
2018-yilda — 12 000 tn;
2019-yilda — 16 000 tn;
2020-yilda — 22 000 tn;
2021-yilda — 30 000 tn.
2017-yildan boshlab har yili -
mart-aprel,
oktabr-noyabr
Davlat soliq qo‘mitasi,
Direksiya,
baliqchilik xo‘jaliklari
Direksiya, baliqchilik xo‘jaliklari
Suv havzalarida baliq mahsuldorligini oshirish va baliq turlari (oq do‘ngpeshana,oqamur, olachipor, zog‘arabaliq, sudak, laqqa va boshqalar) ovlanishini ko‘paytirish.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida har yili kamida 17,5 mln. ta baliq chavoqlari bilan baliq ko‘paytirish.
11.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida qafas usulida baliq yetishtirishni tashkil etishga qafas moslamalarini joylashtirish, shu jumladan:
2018-yilda — 150 ta;
2019-yilda — 350 ta;
2020-yilda — 500 ta.
2018 — 2020-yillar
Davlat soliq qo‘mitasi,
Direksiya,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘simlik va hayvonot olami genofondi instituti,
baliqchilik xo‘jaliklari
jami 8,4 mlrd.so‘m:
“�poteka-bank” ATIB
kreditlari — 5 mlrd.so‘m, (ulardan
1 mlrd.so‘m —
2018-yilda; 1,8 mlrd.so‘m -
2019-yilda;
2,2 mlrd.so‘m -
2020-yilda);
Direksiyaning
o‘z mablag‘lari
(3,4 mlrd.so‘m), baliqchilik xo‘jaliklarining o‘z mablag‘lari
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliq yetishtirishni ko‘paytirish.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida tabiiy baliqlarning ortiqcha ovlanishini kamaytirish.
12.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi qirg‘og‘ida joylashgan sug‘oriladigan va lalmikor yer maydonlaridan, ozuqa ekinlari (bug‘doy, javdari, arpa va boshqalar) yetishtirishni tashkil etish maqsadida Direksiyaga 500 ga yer ajratish.
2017 -2018-yillarda
Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari, Davlat soliq qo‘mitasi,
Direksiya
Yuqori oqsilli ozuqalar ishlab chiqarish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishni ta’minlash.
III. Baliq xo‘jaligini rivojlantirish sohasida infratuzilmani rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni tashkil etish
13.
Ishlab chiqarish sexlari barpo etish:
qafas moslamalariga metallkonstruksiyalar;
qafas moslamalariga to‘r materiallari tikish;
qafas moslamalariga suv yuzida turadigan plastmassa qurilmalar, plastmassa po‘kaklar va boshqalar;
poliamid asosidagi to‘r-anjom materiallari;
granullalangan omuxta yemlar.
2018-yildan boshlab
Davlat soliq qo‘mitasi,
Direksiya
Direksiyaning
o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari
Chet ellardan anjomlar importini kamaytirish hamda ichki iste’mol bozori talablarini qondirish uchun mahalliy xom ashyoni qayta ishlash hisobiga qafas moslamalari, to‘r-anjom materiallari va boshqalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan maxsus ishlab chiqarish sexlari barpo etish.
14.
Baliq ovlash xo‘jaliklari va Direksiya uchun, respublikada ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgunga qadar markazlashgan tartibda keltirilishi lozim bo‘lgan jihozlar (qayiq, qayiq motorlari, baliqni qayta ishlash jihozlari) va materiallar (baliq ovlash to‘rlari, baliq uni, premikslar) ro‘yxatini tayyorlash.
Direksiya tomonidan zarur uskunalar va materiallar keltirishni tashkil etish.
2017-yil oktabr
2017-2018-yillar
Davlat soliq qo‘mitasi,
Direksiya,
Iqtisodiyot vazirligi,
Tashqi savdo vazirligi,
“Ipoteka-bank” ATIB
O‘zbekiston Respublikasiga uskunalarni markazlashgan tartibda keltirish baliqchilik va baliq ovlash xo‘jaliklari ta’minotini yaxshilaydi.
15.
Direksiya negizida quyidagi ishlab chiqarishlarni tashkil etish:
eksportga mo‘ljallangan baliqlarni chuqur qayta ishlash hamda yarim tayyor baliq mahsulotlari ishlab chiqarish, shu jumladan mahsulotni o‘ta tez muzlatish va bir yo‘la saqlash bo‘yicha;
katerlar, qayiq va baliq ovlash jihozlarini ta’mirlash bo‘yicha;
baliq mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va iste’molchilariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha.
2018-2020-yillar
Davlat soliq qo‘mitasi,
Direksiya,
“Ipoteka-bank” ATIB
Direksiyaning
o‘z mablag‘lari, “Ipoteka-bank” ATIB
kreditlari
Baliqni qayta ishlash hamda quritilgan va dudlangan baliqlarni eksport qilish. Eksportdan olingan mablag‘lar hisobiga yarim tayyor baliq mahsulotlari, baliq uni, baliq konservalarini ishlab chiqarish uchun uskunalarni keltirish, o‘rnatish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish.
16.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududini qo‘riqlash bo‘yicha hamda hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashish bo‘yicha birgalikdagi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2017-yil aprel
Davlat soliq qo‘mitasi,
Direksiya,
Ichki ishlar vazirligi,
Davlat ekologiya
qo‘mitasi
Biologik resurslarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha belgilangan me’yorlar va qoidalarga rioya qilinishi ustidan nazoratni kuchaytirish.
Tabiatni muhofaza qilish qonunchiligidagi buzilishlar sonini kamaytirish.
17.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida turizm sohasini rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
2017-2020-yillar
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari,
Direksiya
Qirg‘oq infratuzilmasini rivojlantirish va qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish.
IV. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi suv sathini saqlash
18.
Sirdaryo suv havzasida suv xo‘jaligi vaziyati o‘zgarish dinamikasini hisobga olgan holda Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga kelib tushadigan suv oqimining miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish.
Har yili yanvar, iyul
“O‘zgidromet”,
Suv xo‘jaligi vazirligi
Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimiga suv beruvchi irmoqlardagi suv hajmini va sifatini baholash, suv miqdorini prognoz qilish.
19.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida barqaror suv sathini, suvning sho‘rlanishi rejimini ta’minlash choralarini ko‘rish.
Har yili
Suv xo‘jaligi vazirligi vazirligi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida
Suv ta’minoti barqarorligiga erishish, AAKT mintaqasida ekologik vaziyatni saqlash va yaxshilash, biologik resurslarni rivojlantirishga erishish.
20.
Biologik resurslarni rivojlantirish uchun Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining maqbul suv-tuz rejimini ta’minlash:
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidan suv chiqaruvchi kollektorlar orqali minerallashgan suvlarni chiqarish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
moliyalashtirish manbalarini aniqlash.
2017-yil may
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida
AAKTdan minerallashgan suvlarni chiqarish loyihasini va aniq asoslangan hisob-kitoblarni tayyorlash.
Oyog‘itma va Qoraqir ko‘llari orqali Aydarko‘l ko‘lidan Medami pastligiga 280 km uzunlikdagi, o‘tkazuvchanlik quvvati 90 m3/s bo‘lgan suv chiqarish kollektorini qurish.
AAKTning biologik resurslarini saqlash va qayta tiklash uchun suvning minerallarga maqbul darajada to‘yinishi uchun chuchuk suv kelishini ta’minlash.
Jami xarajatlar:
— 15,3 mlrd. So‘m
ulardan:
tijorat banklari kreditlari
— 8,5 mlrd. so‘m
Davlat ekologiya qo‘mitasi mablag‘lari
— 3,4 mlrd. so‘m
Direksiya mablag‘lari
— 3,4 mlrd. so‘m
*Izohlar:
*1. Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan ajratilgan mablag‘larni qaytarish 2021-yildan boshlab kelishib tasdiqlangan jadval asosida amalga oshiriladi.
*2. Jadval Davlat soliq qo‘mitasi hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi raislari tomonidan tasdiqlanadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 761-sonli qarori tahririda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 10-son, 148-modda, 29-son, 693-modda, 32-son, 814-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 26.07.2022-y., 09/22/404/0674-son)