|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 28.09.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Qarori
Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 3-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1291-10]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2022-yil 22-avgustdagi 19/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3389, 28.09.2022-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2003-yil 22-sentabrdagi 23/3-son qarori (ro‘yxat raqami 1291, 2003-yil 10-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan tasdiqlangan Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank Raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-sentabr,
22/7-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 14-sentabrdagi 22/7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Lombard faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 81-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
2. 9-banddagi “hududiy boshqarmasining” degan so‘zlar “hududiy bosh boshqarmasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 13-banddagi “30 kalendar” degan so‘zlar “15 ish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 10/19/1291-10/3851-son)