1-ILOVA
|
J.A. Qoʻchqorov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi |
|
M.B. Nurmuratov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi oʻrinbosari |
|
A.I. Ikramov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi |
|
D.S. Qosimov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil |
|
I.U. Majidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
T.A. Ishmetov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
M.Sh. Istamov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
O.M. Umarov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
B.E. Zohidov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining oʻrinbosari |
|
S.S. Nosirov |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki departamenti direktori |
2-ILOVA
|
T/r |
Qaror bandlari |
Ijro muddati |
Nazorat uchun masʼullar | |
|
vazirlik, idora va boshqa tashkilotlardan |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasidan | |||
|
1. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy ommaboplik sohasidagi ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda tarkibida moliyaviy xizmatlar ommabopligini kengaytirishni, aholi va tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy savodxonlik darajasini oshirishni, moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilishni nazarda tutuvchi Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini (keyingi oʻrinlarda — Milliy strategiya) ishlab chiqishga Jahon bankining texnik koʻmagi jalb etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. |
2019-yil 25-avgustga qadar Milliy strategiyani tayyorlash va kiritish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
|
M. Nurmuratov |
G. Saidova |
|
2. |
2. Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini ishlab chiqish va kelgusida amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: masʼul vazirlik va idoralarning Milliy strategiya ijrosining borishi boʻyicha muvofiqlashtirilgan hamkorligini taʼminlash, zarur boʻlganda, belgilangan tadbirlarning bajarilishiga oid tezkor choralarni koʻrish; Milliy strategiyani amalga oshirish masalalari boʻyicha xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkil etish, ushbu maqsadlarda seminarlar, davra suhbatlari, anjumanlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish. |
2019-yil 25-avgustga qadar Milliy strategiyani tayyorlash va kiritish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
|
M. Nurmuratov |
G. Saidova |
|
3. |
3. Muvofiqlashtiruvchi kengash (J.A. Qoʻchqorov): bir oy muddatda mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan tadbirlarni 2019-yil yakuniga qadar ijro qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin, shuningdek, reja ijrosining borishi toʻgʻrisida har oy Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritsin; 2020-yil 1-yanvarga qadar “Moliyaviy ommaboplikni oshirishning milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. |
2019-yil 25-avgustga qadar Milliy strategiyani tayyorlash va kiritish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
|
M. Nurmuratov |
G. Saidova |
|
4. |
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki: 2020-yil 1-yanvarga qadar sohaga ixtisoslashgan xalqaro ekspertlar koʻmagida aholining moliyaviy savodxonligi va moliyaviy ommaboplik darajasini xolisona baholash maqsadida tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazsin; moliyaviy ommaboplikni takomillashtirish uchun Moliyaviy inklyuziv ittifoq va xorijiy mamlakatlarning markaziy banklari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirsin. |
|
M. Nurmuratov |
G. Saidova |
|
5. |
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining 2019-yil 1-avgustdan boshlab quyidagi tartibni joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin, unga muvofiq: mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 million soʻmgacha, mikrokredit miqdori — 300 million soʻmgacha va mikrolizing miqdori — 600 million soʻmgacha oshiriladi; mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati 30 kundan 15 ish kunigacha qisqartiriladi; mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli (blankli) kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil belgilaydi; aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan mikrokredit tashkilotlariga korporativ obligatsiyalarni chiqarish va ularni faqat yuridik shaxslar oʻrtasida joylashtirish huquqi taqdim etiladi; xorijiy mikrokredit tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat koʻrsatayotgan mikrokredit tashkilotlarining ustav fondida ishtirok etishiga ruxsat beriladi. |
2019-yil 25-sentabrga qadar
|
M. Nurmuratov |
G. Saidova |
|
6. |
6. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil 1-avgustdan boshlab: a) mikrokredit tashkilotlariga: banklar, sugʻurta kompaniyalari va boshqa moliya tashkilotlarning agenti sifatida agentlik xizmatlarini faqat naqdsiz shaklda koʻrsatish va agentlik bitimining mavjudligi toʻgʻrisida axborotlarni oshkor qilish, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari normalarini bajarish sharti bilan qatnashishga; makroprudensial nazorat doirasida belgilangan normalarga rioya qilinishini taʼminlaydigan hajmlarda kreditlarni (qarzlarni) jalb qilishga va korporativ obligatsiyalarni chiqarishga; mikrokredit tashkilotlari boshqaruvining oliy organlari qarori bilan chakana xizmatlar, shu jumladan naqdsiz shaklda koʻrsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar markazlarini ular ochilgan kundan boshlab oʻn kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini xabardor qilgan holda ochishga ruxsat beriladi; b) banklar va boshqa kredit tashkilotlari jismoniy shaxslarga banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan potensial qarz oluvchini masofadan turib identifikatsiyalash, maʼlumotlar xavfsiz almashuvini amalga oshirish va skoring modeli asosida qarz oluvchining kredit qobiliyatini baholashni taʼminlash sharti bilan onlayn-kreditlar (mikroqarzlar) berish huquqiga ega. |
2019-yil 25-sentabrga qadar
qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni |
M. Nurmuratov |
G. Saidova |
|
7. |
7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq quyidagilar taqiqlanadi: jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish; nobank kredit tashkilotlari tomonidan jismoniy shaxslardan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar taʼminotiga koʻchmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish; ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish. |
2019-yil 25-sentabrga qadar qonun hujjatlariga ushbu banddan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish
|
M. Nurmuratov |
G. Saidova |
|
8. |
8. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki: 2019-yil 1-sentabrga qadar mikrokredit tashkilotlari binolari va kassa xonalarining texnik jihozlanganlik talablarini bugungi kun talablari, xalqaro tajriba va mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uslublarini takomillashtirishni hisobga olgan holda soddalashtirsin; 2019-yil 1-oktabrga qadar qarz oluvchi jismoniy shaxslarning kreditlar (qarzlar) boʻyicha qarz yukini hisoblash metodologiyasi va ruxsat etiladigan koʻrsatkich birliklarini, shuningdek, jismoniy shaxslarning qarz yukining, shu jumladan kunlik eng yuqori foiz stavkalari boʻyicha oʻsishini cheklab turishga oid meʼyorlarni tasdiqlasin; 2019-yil 1-noyabrga qadar kredit tashkilotlari tomonidan tavakkalchiliklarning mos ravishda boshqaruvi mavjudligi, kredit byurolaridan kredit maʼlumotlarini majburiy olish, faoliyatning xavfsizligi va uzluksizligini taʼminlashni nazarda tutuvchi masofadan turib xizmat koʻrsatish tartibini tasdiqlasin; 2019-yil 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ilgari tijorat bankida dastlabki identifikatsiyadan oʻtgan jismoniy shaxsni kredit tashkilotlari tomonidan masofadan turib identifikatsiyalash mexanizmini joriy etsin. |
2019-yil 2019-yil 2019-yil |
M. Nurmuratov |
J. Qoʻchqorov |
|
9. |
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi 2019-yil 1-dekabrga qadar: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Garov reyestri” DUK maʼlumotlar bazasini Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining maʼlumotlar bazasi bilan mikromoliyaviy xizmatlar boʻyicha garovga qabul qilingan koʻchar mulkka taqiq qoʻyish, yechish va maqomini tekshirishga oid kredit tashkilotlarining foydalanish imkoniyatini kengaytirishni nazarda tutuvchi integratsiyasini taʼminlasin; qonunchilikka mikromoliyaviy xizmatlar boʻyicha garov shartnomasini majburiy notarial tasdiqlashni bekor qilish va kredit tashkilotlari tomonidan garov reyestrining maʼlumotlar bazasiga tegishli yozuvlarni kiritish bilan bir vaqtda maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining maʼlumotlar bazalarida aks ettirish imkoniyatini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. |
2019-yil 1-dekabrga qadar
|
M. Nurmuratov |
A. Aripov |
|
10. |
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2019-yil 1-noyabrga qadar mazkur qaror bilan belgilangan normalar taʼsirining tahlili, shuningdek, sohaga ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining ekspert xulosalaridan kelib chiqqan holda quyidagilarni nazarda tutuvchi “Nobank kredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin: nobank kredit tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy asoslari; nobank kredit tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning ruxsat beriladigan turlarini aniqlash; mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish va ularning isteʼmolchilari huquqini himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish; nobank kredit tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish va tartibga solish tartibi. |
2019-yil |
M. Nurmuratov Oʻzbekiston banklar assotsiatsiyasi Mikromoliyaviy institutlar milliy assotsiatsiyasi mazkur sohadagi boshqa nodavlat tashkilotlar |
A.Aripov |
|
11. |
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3270-son qaroriga 1-ilovaning 41-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. |
2019-yil 25-sentabrga adar mazkur band talablarini hisobga olgan holda Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari (roʻyxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) va boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish |
M. Nurmuratov |
J. Qoʻchqorov |
|
12. |
13. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ikki oy muddatda: Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin; qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin. |
2019-yil 25-sentabrga qadar |
M. Nurmuratov |
G. Saidova |
|
13. |
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin. |
Mazkur qaror ijrosining borishini har oy koʻrib chiqish |
M. Nurmuratov |
A. Aripov |