Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.04.2025
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
qarori
“Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1026-1]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 26-dekabrdagi 33-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3594, 27.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-apreldan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Budjet kodeksiga, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqishni tartibga solish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2001-yil 5-apreldagi 2, 33-son qaroriga (roʻyxat raqami 1026, 2001-yil 13-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ hujjatlari byulleteni, 2001-yil, 7-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-avgust,
9-2019/q/q-son
Moliya vaziri D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-avgust,
32-son
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Moliya vazirligining 2019-yil 15-avgustdagi 9-2019/k/q, 32-son qaroriga
ILOVA
“Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasining budjet tashkilotlari va muassasalari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”.
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom”;
b) soʻzboshining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Nizom Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi hududida joylashgan budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr uchun ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlash tartibini belgilaydi”;
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi budjet tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar, xodimning yuqorida keltirilgan shaharlardagi budjet tashkilotlarida ishlagan ish stajidan kelib chiqib, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

Ish stajiga koʻra

Oylik toʻlovlarning miqdori, oylik tarif stavkasining yoki lavozim okladining ulushida belgilanadi

3 yilgacha

0,25

3 yildan 5 yilgacha

0,5

5 yildan ortiq

0,75

”;

g) 3-bandning 1 va 2-kichik bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlarida ishlagan davri;
2) Xodim haqiqatda ishlamagan boʻlsa ham, lekin amaldagi qonunchilikka asosan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davr.”;
d) quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31. Mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar boshqa tashkilotdan Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlariga ishga kirganda, ish staji saqlanib qolinadi.
Bunda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar boshqa tashkilotdagi (Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasidagi budjet tashkilotlaridan tashqari) ish, budjet tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik toʻlovlar toʻlanishi huquqini beradigan ish stajiga kiritilmaydi.”.