O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5545-son va 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630-son farmonlariga muvofiq, shuningdek, davlat organlari tomonidan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan amalga oshirish uchun nodavlat notijorat tashkilotlariga va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari A.A. Abduvaxitov va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-may,
PF-5733-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5733-son Farmoniga
1-ILOVA
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5583-son Farmoni 7-bandining birinchi xatboshisidagi “Innovatsion rivojlanish vazirligi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,” so‘zlari “Kapital bozorini rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining chet elda stipendiatlarning malakasini oshirish, stajirovka o‘tash va ta’lim olishini tashkillashtirish “Iste’dod” jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3152-son qarorida:
10-banddagi “Prezidentining “Iste’dod” jamg‘armasi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 15-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” va “Bajarish uchun mas’ullar” ustunlaridagi “Iste’dod” jamg‘armasi” so‘zlari “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi “Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatini va “Astronomiya va aeronavtika” bog‘ini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3275-son qarori 1-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Xalq ta’limi vazirligining Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti (keyingi o‘rinlarda — Astronomiya instituti)” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi va Xalq ta’limi vazirligining Innovatsion rivojlanish vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-avgustdagi PF-133-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3702-son qaroriga 2-ilovada:
13-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbalari” va “Bajarish uchun mas’ullar” ustunlaridagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
16-pozitsiyaning “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi “Samarqand veterinariya meditsinasi institutini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3703-son qaroriga 2-ilovaning 9-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” va “Bajarish uchun mas’ullar” ustunlaridagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi “O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3737-son qarorida:
11-banddagi “Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning 8-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbai” va “Mas’ullar” ustunlaridagi “Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF-214-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3815-son qarorida:
20-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Tashqi ishlar vazirligi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazining” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning rus tilidagi matni 3-pozitsiyasi “Istochniki finansirovaniya” ustunidagi “Sentra po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami Ministerstva inostrannix del” so‘zlari “Fonda “El-yurt umidi” po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami pri Kabinete Ministrov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3837-son qarorida:
a) 4-bandda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash”;
to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 5-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni ko‘rib chiqish”;
oltinchi — o‘ninchi xatboshilar tegishincha yettinchi — o‘n birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) ilovada:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni umumlashtirish va baholash”;
to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha beshinchi — o‘ninchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“davlat boshqaruvi organlariga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlaridan kelib tushgan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni ko‘rib chiqadi”;
oltinchi — o‘n uchinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — o‘n to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-iyuldagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3880-son qarorida:
4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Tashqi ishlar vazirligining Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot markazi” so‘zlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-ilovaning rus tilidagi matni 14-pozitsiyasi “Naimenovaniye meropriyatiya” ustunidagi “Sentra po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami Ministerstva inostrannix del” so‘zlari “Fonda “El-yurt umidi” po podgotovke spetsialistov za rubejom i dialogu s sootechestvennikami pri Kabinete Ministrov” so‘zlari bilan almashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-maydagi PF-5733-son Farmoniga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim farmonlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi PF-5329-son Farmoniga 1-ilovaning 5-bandi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PF-5399-son Farmoniga ilovaning 3-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5400-son Farmoni 3-bandi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 06/22/214/0791-son)