Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.12.2018
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek mehnat, aholini ish bilan ta’minlash, nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni samarali amalga oshirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat, aholini ish bilan ta’minlash, nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan, shuningdek ish beruvchilar hisoblanadigan jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bir oy muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyalari to‘g‘risidagi nizomlarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 19-fevral,
29-son
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-son qaroriga
1-ILOVA
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risida
NIZOM
(1-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
2. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. Vazirlikka mehnatni muhofaza qilish sohasida yuklangan vazifalar Inspeksiya tomonidan bevosita yoki uning quyi turuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalarining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi davlat inspeksiyalari (keyingi o‘rinlarda hududiy inspeksiyalar deb ataladi) orqali amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
4. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Vazirlikning buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
5. Inspeksiyaning mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mulkchilik shakllaridan va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar, shuningdek ish beruvchilar hisoblanadigan jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
II. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
(II bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
6. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlashda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflarni va barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yagona talablarni ishlab chiqish;
xodimlarni xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda profilaktika ishlarini amalga oshirish hamda ko‘maklashish va ularni mehnat muhofazasi masalalari bo‘yicha huquqiy himoya qilish;
mehnatni muhofaza qilishning ahvolini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish, shuningdek Vazirlar Mahkamasiga Vazirlikning ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlarda amalga oshirayotgan ishlari to‘g‘risidagi muntazam axborotini tayyorlash;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlarni va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish;
mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini sifatli attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.
nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining nogironlarga ijtimoiy infratuzilma obyektlaridan to‘sqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishga doir qismiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
7. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
7.1. Mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlash maqsadida mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
ish beruvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
xodimlarning yakka tartibda va jamoaviy himoya qilish vositalari hamda ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish priborlari bilan ta’minlanishini nazorat qiladi;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish va aniqlangan buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi.
7.2. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga oid takliflarni va barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilishdagi yagona talablarni ishlab chiqish sohasida:
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini tekshirish materiallarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirishga oid takliflar tayyorlaydi;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maqsadli va tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi.
7.3. Xodimlarning xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashda ko‘maklashish va ularni mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha huquqiy himoya qilish sohasida:
ish beruvchilar tomonidan xodimlarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qiladi;
manfaatdor organlar bilan o‘zaro hamkorlikda tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarning mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligi yuzasidan sertifikatlashtiradi;
mutaxassislarni jalb etgan holda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazadi;
ommaviy axborot vositalarida mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.
7.4. Ishlab chiqarishdagi jarohatlanish holati va ularning sabablarini tahlil qilish sohasida:
ishlab chiqarishdagi jarohatlanish va kasb kasalliklari sabablarini tahlil qiladi va ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqadi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiradi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar sabablarini tahlil qiladi va ularning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
7.5. Manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda normativ-huquqiy hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha hujjatlarni ishlab chiqish va qayta ko‘rib chiqish sohasida:
mehnatni muhofaza qilishga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni doimiy ravishda tahlil qiladi va zarur hollarda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar kiritadi;
belgilangan tartibda normativ-huquqiy hujjatlar va mehnatni muhofaza qilish hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda, kelishish va tasdiqlashda qatnashadi.
7.6. Mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini sifatli attestatsiya qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
mehnat sharoitlari bo‘yicha ekspertiza amalga oshirilishini nazorat qiladi va uning natijalari bo‘yicha xulosa beradi;
mehnat sharoitlari va uskunalarning shikastlash xavfliligi bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazadigan yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish, shuningdek ularning mutaxassislarini mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘qitadi va attestatsiyadan o‘tkazadi.
7.7. Nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining nogironlarga ijtimoiy infratuzilma obyektlariga to‘sqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishga doir qismiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
tashkilotlar tomonidan nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishni amalga oshiradi;
nogironlarga ijtimoiy infratuzilma obyektlariga to‘sqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishi uchun tashkilotlar tomonidan sharoitlar ta’minlanishi bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘radi;
nogironlarning ijtimoiy infratuzilma obyektlariga to‘sqinliksiz kirishi, shuningdek transportning barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan foydalanishini ta’minlash masalalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, kelishishda va belgilangan tartibda tasdiqlashda ishtirok etadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan 7.7 -kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
III. Boshqarmaning huquqlari va javobgarligi
8. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishning ahvolini o‘rganish va tekshirish;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
o‘z vakolatlarini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida tashkilotlar va xodimlardan axborotlar, ma’lumotlar va tushuntirishlar so‘rash va olish;
mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish masalalariga tegishli bo‘lgan hujjatlar va boshqa materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rganish;
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
mansabdor shaxslardan aniqlangan mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf qilishni, tekshirish vaqtida birorta inshootda, asbob-uskunada yoki mehnatni tashkil qilishda aniqlangan qoida buzishlar va kamchiliklar xodimlarning sog‘lig‘iga va xavfsizligiga xavf tug‘dirsa, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rishni talab qilish;
mansabdor shaxslardan nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etishni, ijtimoiy infratuzilma obyektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolari, imoratlar va inshootlarga, sog‘liqni saqlash va sport obyektlariga, madaniy-tomoshagoh hamda boshqa muassasalarga) to‘sqinliksiz kirish uchun, shuningdek temir yo‘l, havo, suv transportidan, shaharlararo avtomobil transportidan, shahar va shahar atrofiga qatnaydigan yo‘lovchilar tashish transportining barcha turlaridan, transport kommunikatsiyalaridan, umumiy foydalanishdagi aloqa va axborot vositalaridan to‘sqinliksiz foydalanish uchun nogironlarga sharoitlar yaratishni ta’minlash maqsadida tekshirishlar davomida aniqlangan buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari ko‘rishni talab qilish;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
xodimlarning sog‘lig‘i yoki hayotiga xavf tug‘diradigan mehnat xavfsizligi talablarining buzilishi aniqlanganda ayrim ishlab chiqarishlarni va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanishni belgilangan tartibda to‘xtatib turish;
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan, yo‘l qo‘yilgan qoida buzilishlarni bartaraf etish huquqiga ega bo‘lgan mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf etish haqida yozma ko‘rsatma berish (ushbu Nizomga 1-ilova);
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari haqida protokolni va belgilangan shakl bo‘yicha (ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalar) mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi uchun jarima solish haqidagi qarorni rasmiylashtirgan holda aybdor mansabdor shaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortish;
yuqori tashkilotga mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarida aybdor bo‘lgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish to‘g‘risida takliflar bilan mehnatni muhofaza qilish va nogironlarni ijtimoiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini, shuningdek ularning vujudga kelishiga imkon yaratuvchi sharoitlarni bartaraf etish haqida taqdimnoma kiritish;
(8-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 1-2-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
tashkilotlar tomonidan ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha belgilangan qonun hujjatlari talablari bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
tashkilotlarda mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish va belgilangan shakl bo‘yicha xulosa berish (ushbu Nizomga 4-ilova);
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka kiritish;
mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi normativ-texnik hujjatlar loyihalarini kelishish va belgilangan tartibda tasdiqlash bo‘yicha takliflar kiritish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yangi va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarni qabul qilish davlat komissiyalari ishida qatnashish;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maxsus tekshirishlar o‘tkazish yoki tekshirishlarda qatnashish;
tashkilotlarning rahbar xodimlari va mutaxassislarini mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish yuzasidan respublika imtihon komissiyalari hamda davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari ishida ishtirok etish;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishdan, yo‘riqnomalar va bilimlarni tekshirishdan o‘tmagan shaxslarni ishdan chetlatish to‘g‘risida takliflar kiritish;
mehnat sharoitlari va uskunalarning shikastlash xavfliligi bo‘yicha ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazishni amalga oshirish sohasidagi yuridik shaxslarni akkreditatsiyadan o‘tkazish;
xodimlarni sog‘lom va xavfsiz mehnat sharoitlari bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha xodimlar va mehnat munosabatlarining boshqa subyektlari murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda xodimlar (fuqarolar) murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha zarur materiallarni so‘rash va olish.
Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
(8-bandning yigirma birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
9. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javob beradilar.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
IV. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
(IV bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
10. Inspeksiyaning tuzilmasi va shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan, xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tasdiqlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
11. Inspeksiyani O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan, ayni bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat mehnat texnik inspektori hisoblanadigan boshqarma boshlig‘i boshqaradi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
12. Inspeksiya boshlig‘ining bir o‘rinbosari bo‘ladi. Boshliq o‘rinbosari ayni bir vaqtda mehnat sharoitlari bo‘yicha bosh davlat eksperti hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
13. Inspeksiyaning bosh mutaxassislari tegishli ravishda Vazirlikning davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat ekspertlari hisoblanadilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
14. Inspeksiya boshlig‘i, boshliq o‘rinbosari va mutaxassisi lavozimiga oliy texnika ma’lumotiga hamda mutaxassisligi bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
15. Inspeksiya hududiy inspeksiyalarning har choraklik hisobotlarini qabul qiladi, tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda Vazirlik rahbariyatiga tegishli axborot tayyorlaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
16. Hududiy inspeksiyalar boshlig‘i o‘z vakolati doirasida:
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalarga rahbarlik qiladi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Vazirlik va hududiy inspeksiyalarning davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlarining ilgari berilgan yozma ko‘rsatmalari, taqdimnomalari, qarorlari va boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi;
Inspeksiya va hududiy inspeksiyalar xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
davlat mehnat texnik hududiy inspeksiyalari va mehnat sharoitlari ekspertlarining bilim darajasi va malakasini doimiy ravishda oshirib borish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, unga berilgan huquqlar va yuklangan majburiyatlarning zarur darajada amalga oshirilishi uchun javob beradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
17. Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari o‘z vakolatlari doirasida:
(17-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
hududiy inspeksiyalarning mehnat sharoitlari bo‘yicha ekspertlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
(17-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
tashkilotlar buyurtmanomalariga binoan, ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish materiallari asosida mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlarini ekspertiza qiladi;
mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish sohasida Inspeksiyaga yuklangan vazifalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi;
(17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
davlat mehnat texnik inspektorlari va mehnat sharoitlari ekspertlarining bilim darajasi va malakasini doimiy ravishda oshirib borish chora-tadbirlarini ko‘radi;
mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish sohasida Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, o‘ziga berilgan huquqlar va yuklangan vazifalarning zarur darajada amalga oshirilishi uchun javob beradi.
(17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
18. Inspeksiyaning o‘z firma blankasi bo‘ladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

‎O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi

‎‎Kimga _____________________________________________________________

‎(korxona nomi, rahbarning F.I.O.)

‎‎20__yil “___” ______________dagi


‎-son YoZMA KO‘RSATMA

‎“Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasi) muvofiq quyidagi tadbirlarning belgilangan muddatlarda bajarilishini talab qilaman:

T/r‎

‎Tadbirlar nomi

‎Bajarish muddati

‎‎ ‎‎
‎‎ ‎‎

‎Yozma ko‘rsatmada ko‘rsatilgan muddat tugagandan keyin uning bajarilganligi to‘g‘risidagi yozma axborotni quyidagi manzilga yuborishingizni so‘rayman:
__________________________________________________________________
‎‎__________________________

____________‎

__________________________‎‎

‎‎(bosh) davlat mehnat muhofazasi bo‘yicha texnik inspektori/mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat eksperti

(imzo)‎

(F.I.O)‎‎


‎Yozma ko‘rsatmani oldim:
‎‎
‎20___ yil “___” ___________


‎____________‎

‎‎
‎__________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O)

‎‎Yozma ko‘rsatmani bajarish natijalari:_________________________________
‎__________________________________________________________________

‎(bosh) davlat mehnat muhofazasi bo‘yicha texnik inspektori/ mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat eksperti

‎‎___ yil “___” _____________

____________‎

‎‎__________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O)

Izoh. Yozma ko‘rsatmaning muddatida bajarilmaganligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi boshqarmasi

‎‎Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi to‘g‘risida

‎-son PROTOKOL

‎‎20__ yil “___” __________ ‎‎__________________________

‎‎(protokol tuzilgan joy)

‎‎
‎Ushbu protokol (Bosh) Davlat mehnat muhofazasi bo‘yicha texnik inspektori (yoki mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat eksperti) ________________________ tomonidan

‎‎(inspektorning F.I.O.)

‎‎_________________________________________________________________da

‎(kor�ona nomi)

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎‎(mansabdor shaxsning F.I.O., lavozimi)

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎(mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi va sodir etilgan joyi, vaqti, modda va bandlari ko‘rsatilgan holda)

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎guvoh va jabrlanuvchining familiyasi, manzillari, yetkazilgan zarar summasi (agar bo‘lsa)

‎________________________________ qonun buzilganligi to‘g‘risida tuzildi.

‎Ushbu mansabdor shaxsga yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlari to‘g‘risida quyidagi tushuntirishlar berildi: ____________________________________
‎‎20__ yil “___” ____________

____________‎

‎__________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O)

‎‎
‎(Bosh) Davlat mehnat muhofazasi bo‘yicha texnik inspektori (yoki mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat eksperti)ning qarori: _________________________________________
‎‎20__ yil “___” ____________

____________‎

‎‎__________________________

(imzo)

‎‎(F.I.O)

‎‎20__ yil “___” ____________

____________‎

‎‎__________________________

(imzo)

‎‎guvohlar va jabrlanuvchilarning F.I.O. (agar bo‘lsa)

Izoh: Protokol uch nusxada tuziladi: bir nusxasi tashkilot rahbariga, ikkinchisi — qonun buzilishini sodir etgan mansabdor shaxsga beriladi, uchinchisi — (bosh) davlat mehnat muhofazasi bo‘yicha texnik inspektori (yoki mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat eksperti)da qoladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi

Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarima solish to‘g‘risida

‎‎20__ yil “___” ______________dagi


‎‎-son QAROR

‎O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 255-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom asosida:
‎‎_________________________________________________________________ga

‎(mansabdor shaxsning F.I.O., uy manzili)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(lavozimi, tashkilot nomi)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(qonun buzilishining qisqacha mazmuni)

‎‎________________________________________ miqdorida jarima solinsin.

‎‎‎Jarima quyidagi hisob raqamiga o‘tkazilsin ___________________________
‎‎__________________________

____________‎

‎‎__________________________

‎‎(qarorni tuzgan mansabdor shaxsning lavozimi)

(imzo)‎

(F.I.O)‎‎

‎‎Qarorni oldim:
‎‎20__ yil “___” ____________ ____________‎ ‎‎__________________________

(imzo)‎

‎(F.I.O.)

Izohlar:
Jarima solish to‘g‘risidagi qaror uch nusxada tuziladi. Birinchi nusxasi — jarima solingan shaxsga, ikkinchi nusxasi — tashkilotga, agar jarima tashkilot rahbariga solingan bo‘lsa — unga mutasaddilik qiladigan yuqori tashkilotga beriladi. Uchinchi nusxasi — qarorni tuzgan mansabdor shaxsda qoladi.
Jarimaning to‘lanishi taqdimnomani va (yoki) yozma ko‘rsatmani bajarish majburiyatidan yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirishdan ozod qilmaydi.
Qarorning bajarilganligi to‘g‘risida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasiga xabar qilinadi.
Jarima solish vaqtida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar, shu jumladan jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan shikoyat berish (e’tiroz bildirish), shikoyatni (e’tirozni) ko‘rib chiqish, qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatib turish, qarorni bajarish tartibi va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda tartibga solinadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Mehnatni muhofaza qilish va mehnat sharoitlari ekspertizasi bo‘yicha davlat inspeksiyasi

__________________________________________________________________

‎‎(ish joyi yoxud ish turi, kasb, lavozim, uchastka, sex, ishlab chiqarish va tashkilotning aniq nomi ko‘rsatiladi)

‎‎20__ yil “___” ______________dagi

‎‎-son XULOSA

‎‎(o‘tkazilgan ekspertiza turi ko‘rsatiladi)


‎‎_____dan ________gacha o‘tkazilgan mehnat sharoitlari ekspertizasi va taqdim etilgan hujjatlar (ro‘yxati ilova qilinadi) asosida quyidagilar aniqlandi:

‎‎‎1. ________________________________________________________________

‎‎(xodimlarga ushbu ish joyida yoki ushbu kasbi, ish turi, lavozimi bo‘yicha berilgan imtiyozlar

‎__________________________________________________________________

va kompensatsiyalar va ularning mehnat sharoitlariga, shu jumladan berilayotgan barcha turdagi imtiyozlar va kompensatsiyalar hamda ularni berish asoslari)‎


‎2. ________________________________________________________________

(buzilgan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar ko‘rsatilgan holda amaldagi normalar va

‎__________________________________________________________________

normativlardan aniqlangan chetga chiqishlar yoxud mazkur ekspertiza turi bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlari)‎


‎3. Xulosalar va qarorlar:
‎‎__________________________________________________________________

(o‘tkazilgan ekspertiza yakunlariga ko‘ra mehnat sharoitlari bo‘yicha davlat eksperti tomonidan tegishli hujjatlar asosida qabul qilingan xulosalar va qarorlar bayon qilinadi)

‎‎
‎__________________________


‎____________‎


‎‎‎__________________________

‎‎(xulosani tuzgan mansabdor shaxs)

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risida
NIZOM
(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Inspeksiya deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
2. Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
3. Mehnat qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish sohasida Vazirlikka yuklangan vazifalar Inspeksiya tomonidan bevosita yoki quyi turuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar bandlik bosh boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi) inspeksiyalari orqali amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
4. Inspeksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Vazirlikning buyruqlari va farmoyishlariga amal qiladi.
5. Inspeksiyaning mehnat va aholi bandligi masalalari yuzasidan o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shakllaridan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar tomonidan, shuningdek ish beruvchi hisoblanadigan jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
II. Inspeksiyaning asosiy vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Inspeksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga oid munosabatlar subyektlarining huquqlarini himoya qilish;
mehnat, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanishini ta’minlash hamda mehnatga oid munosabatlarni, mehnat va aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
qonun hujjatlarida taqiqlangan majburiy mehnatni hamda mehnatga oid munosabatlar sohasidagi kamsitishlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik;
mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanishi bo‘yicha axborot-tushuntirish va huquqiy tarbiya ishlarini amalga oshirish.
7. Inspeksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
7.1. Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
tashkilotlar tomonidan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
mehnat to‘g‘risidagi kelishuvlar va lokal hujjatlarning, ish beruvchilarning mehnatga oid munosabatlar masalalari bo‘yicha buyruqlarining mehnatga doir qonun hujjatlariga muvofiqligini tahlil qiladi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.
7.2. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga oid munosabatlar subyektlarining huquqlarini himoya qilish sohasida:
mehnatga oid munosabatlar subyektlarining, shu jumladan kasanachilik sharoitlarida mehnat faoliyatini amalga oshiradigan xodimlarning hamda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida qoramol boqishayotgan shaxslarning mehnat huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
aniqlangan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini, ularning kelib chiqish sabablari va imkon yaratgan shart-sharoitlarni bartaraf etish uchun huquqiy ta’sir choralarini ko‘radi;
kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlariga mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ularga berilgan huquqlarni amalga oshirishda yordam beradi, shuningdek ish beruvchilarning ularga rioya etishlarini nazorat qiladi;
mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan tashkilotlar va fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
7.3. Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining bir xilda qo‘llanishini ta’minlash va mehnatga oid munosabatlarni, mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish sohasida:
o‘tkazilgan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish holatini o‘rganish va tekshirish yakunlari bo‘yicha tegishli axborot tayyorlaydi hamda belgilangan tartibda Mehnat vaziriga taqdim etadi;
(7.3-kichik bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammoli jihatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash maqsadida mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalarini hamda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish holati bo‘yicha tekshiruvlar materiallarini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
mehnatga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalari bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganadi va tahlil qiladi hamda ularni O‘zbekiston Respublikasida qo‘llashning maqsadga muvofiqligi yuzasidan takliflar tayyorlaydi.
7.4. Qonunda taqiqlangan majburiy mehnat va mehnatga oid munosabatlar sohasidagi kamsitishlarning oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik sohasida:
ayrim toifadagi xodimlar (ayollar, voyaga yetmaganlar, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari, nogironlar, Harbiy Kuchlar saflaridan bo‘shatilganlar va boshqalar) uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnat huquqlari va kafolatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
majburiy mehnatdan foydalanish va kamsitishning aniqlangan har bir holati bo‘yicha huquqiy ta’sir choralarini ko‘radi va qonun hujjatlarining buzilishi holatlari to‘g‘risida tegishli davlat hokimiyati organlarini xabardor qiladi.
7.5. Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanishi bo‘yicha axborot-tushuntirish va huquqiy tarbiya ishlarini amalga oshirish sohasida:
tashkilotlar mutaxassislari va aholi uchun seminarlar, treninglar va davra suhbatlari o‘tkazadi;
ommaviy-axborot vositalarida va aholi o‘rtasida mehnat huquqi munosabatlari hamda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanishi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshiradi.
III. Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi
8. Inspeksiya quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkilotlarda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini o‘rganish va tekshirish o‘tkazish;
o‘z vakolatlarini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida tashkilotlar va xodimlardan axborotlar, ma’lumotnomalar va tushuntirishlarni so‘rash va olish;
mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish masalalariga tegishli bo‘lgan hujjatlar va boshqa materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rganish;
o‘z vakolatlari doirasida mansabdor shaxslardan aniqlangan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishi holatlari bartaraf etilishini talab qilish;
tashkilotlarning mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan buyruqlari va boshqa hujjatlarining amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish, zarur hollarda esa belgilangan tartibda ularni bekor qilish bo‘yicha Vazirlikka taklif kiritish;
tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida yozma ko‘rsatmalar berish (ushbu Nizomga 1-ilova);
mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi to‘g‘risidagi protokolni hamda mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi yuzasidan jarima solish to‘g‘risidagi qarorni belgilangan shakllar bo‘yicha (ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalar) rasmiylashtirgan holda aybdor mansabdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish;
mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo‘lgan tashkilotlar va mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish to‘g‘risidagi takliflar bilan mehnat, aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini, ularning kelib chiqish sabablari va imkon yaratgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida yuqori tashkilotlar va huquqni muhofaza qilish organlariga taqdimnomalar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qaroriga asosan chiqarilgan— O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
tashkilot va xodim (xodimlar) o‘rtasidagi mehnat nizolarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilish;
amaldagi mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlikka kiritish;
xodimlar va boshqa mehnatga oid munosabatlar subyektlarining mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining tegishli qismi bo‘yicha murojaatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqish;
xodimlar va boshqa mehnatga oid munosabatlar subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etish uchun tashkilotlarni (ularning vakillarini) taklif etish.
Inspeksiya O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega.
9. Inspeksiyaning mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi mansabdor shaxslari o‘z vakolatlarini amalga oshirishda:
davlat organlaridan mustaqildirlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga amal qiladilar;
fuqarolarning shaxsiy hayoti to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ularning roziligisiz, shuningdek davlat sirini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni hamda boshqa axborotlarni, agar bu fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklab qo‘ysa, oshkora qilishga yo‘l qo‘ymaslikka majburdirlar.
10. Inspeksiyaning mansabdor shaxslari o‘zlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
IV. Inspeksiya faoliyatini tashkil etish
11. Inspeksiyaning tashkiliy tuzilmasi Vazirlikning, hududiy boshqarmalarning davlat mehnat huquq inspektorlaridan iborat bo‘ladi.
12. Inspeksiyaning tuzilmasi va shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan, belgilangan xodimlar soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida tasdiqlanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
13. Quyidagilar mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradilar:
ayni bir vaqtda Vazirlikning bosh davlat mehnat huquq inspektori hisoblanadigan Inspeksiya boshlig‘i;
Vazirlikning davlat mehnat huquq inspektori hisoblanadigan Inspeksiya bosh mutaxassislari;
tegishli hududiy boshqarmaning bosh davlat mehnat huquq inspektori hisoblanadigan hududiy boshqarmaning Inspeksiya boshlig‘i;
tegishli hududiy boshqarmalarning davlat mehnat huquq inspektorlari hisoblanadigan hududiy boshqarmalar Inspeksiyasining bosh mutaxassislari;
tumanlar (shaharlar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari davlat mehnat huquq inspektorlari.
(13-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
14. Inspeksiyaga Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Vazirlikning (bosh) davlat mehnat huquq inspektori lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va mutaxassisligi bo‘yicha kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanishi mumkin.
15. Inspeksiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri tomonidan tasdiqlanadigan ish rejalari asosida amalga oshiradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
16. Vazirlik Inspeksiyasi boshlig‘i:
hududiy boshqarmalarning barcha quyi inspeksiyalariga rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
davlat mehnat huquq inspektorlarining ilgari bergan yozma ko‘rsatmalari, taqdimnomalari, qarorlari va boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi;
davlat mehnat huquq inspektorlarining bilimlari darajasini va malakasini doimiy ravishda oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Vazirlikning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalarining zarur darajada bajarilishini ta’minlaydi;
o‘z vakolati doirasida quyi hududiy boshqarmalarning inspeksiyalari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar va topshiriqlar beradi;
mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini qo‘llashga doir masalalarni Vazirlik hay’atiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Inspeksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, unga berilgan huquqlar va yuklangan majburiyatlarning zarur darajada amalga oshirilishi yuzasidan javob beradi.
17. Hududiy boshqarmalar inspeksiyalari ushbu hududiy boshqarmalarning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi, ularga Inspeksiya boshlig‘i bilan kelishgan holda tegishli hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan inspeksiyalar boshliqlari (bosh inspektorlar) rahbarlik qiladilar.
Hududiy boshqarmalarning (bosh) davlat mehnat huquq inspektorlari lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga va mutaxassisligi bo‘yicha kamida uch yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi mumkin.
18. Hududiy boshqarmalar inspeksiyalari boshliqlari tegishli hududlar doirasida:
hududiy boshqarmalar hamda tumanlar (shaharlar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari davlat mehnat huquq inspektorlariga rahbarlik qiladilar, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradilar;
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
quyi davlat mehnat huquq inspektorlarining ilgari qabul qilingan yozma ko‘rsatmalari, taqdimnomalari, qarorlari, shuningdek boshqa hujjatlarini ko‘rib chiqish hamda qonun buzilishi holatlari aniqlangan taqdirda ularni o‘zgartirish va bekor qilish huquqiga egadirlar;
Vazirlikning, Inspeksiyaning ko‘rsatmalari, hududiy boshqarmalar rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari va talablarining zarur darajada bajarilishini ta’minlaydilar;
o‘z vakolatlari doirasida tumanlar (shaharlar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari davlat mehnat huquq inspektorlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar va topshiriqlar beradilar;
(18-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
hududiy boshqarmalar inspeksiyalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun javob beradilar;
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va yuqori organlar qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajaradilar.
19. Hududiy boshqarmalar inspeksiyalari Inspeksiyaga belgilangan tartibda o‘z faoliyati to‘g‘risida har oylik va choraklik hisobotlar taqdim etadilar.
20. Tumanlar (shaharlar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari davlat mehnat huquq inspektorlari tegishli Hududiy boshqarma inspeksiyasi boshlig‘i bilan kelishgan holda Bandlikka ko‘maklashish markazi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazi davlat mehnat huquq inspektori lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga yoki mutaxassisligi bo‘yicha kamida ikki yil ish staji mavjud bo‘lgan o‘rta maxsus, professional yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi mumkin.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
21. Tumanlar (shaharlar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari davlat mehnat huquq inspektorlari tegishli tumanlar (shaharlar) doirasida:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonunlarga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;
Vazirlikning, Inspeksiyaning ko‘rsatmalari, hududiy boshqarmalar hamda tumanlar (shaharlar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari rahbariyatining buyruqlari, farmoyishlari va talablarining zarur darajada bajarilishini ta’minlaydilar;
(21-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va yuqori mehnat huquq inspektorlari qarorlariga muvofiq boshqa vakolatlarni bajaradilar.
22. Tumanlar (shaharlar) Bandlikka ko‘maklashish markazlari davlat mehnat huquq inspektorlari tegishli yuqori Hududiy boshqarma inspeksiyasiga bajarilgan ishlar to‘g‘risida oylik va choraklik hisobotlarni belgilangan tartibda taqdim etadilar.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
23. Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshiradigan Inspeksiyaning mansabdor shaxslari Vazirlik tomonidan tasdiqlangan yagona namunadagi guvohnomaga ega bo‘ladilar.
Vazirlikning va hududiy boshqarmalarning (bosh) davlat mehnat huquq inspektorlariga xizmat guvohnomalari Vazirlik tomonidan beriladi.
Tumanlar (shaharlar) Bandlikka ko‘maklashish markazlarining davlat mehnat huquq inspektorlariga xizmat guvohnomalari tegishli hududiy boshqarmalar tomonidan beriladi.
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
24. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishlarga ruxsat berish to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi guvohnomalar barcha (bosh) davlat mehnat huquq inspektorlariga tegishli attestatsiya natijalariga ko‘ra Vazirlik tomonidan beriladi.
25. Inspeksiyaning o‘z firma blankasi bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi

YoZMA KO‘RSATMA

____________________ viloyat, tuman (shahar)
_____________________ tashkiloti rahbariga


‎‎O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga asosan quyidagilar bajarilishini talab qilaman:
‎‎__________________________________________________________________

(mansabdor shaxs tomonidan bajarilishi lozim bo‘lgan aniq ishlar ko‘rsatiladi)

‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________

‎‎Mazkur yozma ko‘rsatmaning bajarilishi to‘g‘risida 20____ yil “___” ___________gacha quyidagi manzilga xabar berilsin: _____________________
‎__________________________________________________________________

‎Yozma ko‘rsatma yuzasidan u taqdim qilingan kundan boshlab 10 kun muddatda yuqori Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.

‎‎‎(Bosh) Davlat mehnat huquq inspektori


‎____________


‎__________________________

(imzo)‎

‎‎(F.I.O.)


‎‎‎Yozma ko‘rsatmani oldim:


‎____________‎

‎‎
‎__________________________

(mansabdor shaxs imzosi)

(F.I.O.)


‎20___ yil “___” ___________

‎‎‎Yozma ko‘rsatmani bajarish natijalari: ________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎
(‎Bosh) Davlat mehnat huquq inspektori



‎‎____________



‎__________________________

(imzo)

(F.I.O.)

‎‎20___ yil “___” ___________
Izoh. Yozma ko‘rsatmaning muddatida bajarilmaganligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

‎‎O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi

‎Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida
‎PROTOKOL

‎‎20___ yil “___” ___________‎ ‎‎__________________________

‎‎(protokol tuzilgan joy)


‎Ushbu protokol davlat mehnat huquq inspektori _________________________

‎‎(inspektorning F.I.O.)

‎‎______________________ tomonidan __________________________________

‎‎(tashkilot nomi)

‎‎______________________________________________________________ning
‎‎__________________________________________________________________

‎(mansabdor shaxsning lavozimi, F.I.O.)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(qonun buzilishining sodir etilgan joyi, vaqti va mazmuni, qanday normativ-huquqiy hujjat buzilgan)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎guvohlar va jabrlanuvchilarning familiyasi, manzillari, yetkazilgan moddiy zarar summasi (agar bo‘lsa)

‎‎Ushbu mansabdor shaxs tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonun buzilishlari to‘g‘risida tushuntirishlar: ___________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎20__ yil “___” ____________

____________‎

__________________________

(mansabdor shaxsning imzosi)

‎‎(F.I.O.)

‎‎Davlat mehnat huquq inspektorining xulosasi:
‎‎__________________________________________________________________
‎__________________________________________________________________
‎‎
Davlat mehnat huquq inspektori
‎‎20__ yil “___” ____________

____________‎

‎‎__________________________

(imzo)

‎‎(F.I.O.)

‎‎20__ yil “___” ____________

____________‎

‎‎__________________________

(imzo)

(guvohlar va jabrlanuvchilarning (agar bo‘lsa) F.I.O.)

Izoh. Protokol uch nusxada tuziladi: bir nusxasi tashkilot rahbariga, ikkinchisi — qonun buzilishini sodir etgan mansabdor shaxsga beriladi, uchinchisi — Davlat mehnat huquq inspektorida qoladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi

‎Mehnat va aholi bandligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun jarima solish to‘g‘risida 20__yil “___” ______________dagi
‎QAROR

‎O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 255-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga asosan:
‎_________________________________________________________________ga

(mansabdor shaxsning F.I.O., uy manzili)

‎__________________________________________________________________

(lavozimi, tashkilot nomi)

‎_______________________________________________________________uchun

‎(qonun buzilishining qisqacha mazmuni)

‎________________________________________ miqdorida jarima solinsin.

‎‎Jarima quyidagi hisob raqamiga o‘tkazilsin ___________________________
‎‎__________________________ ____________‎ ‎__________________________

‎‎(qarorni tuzgan mansabdor shaxsning lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)‎

Izohlar: Jarima solish to‘g‘risidagi qaror uch nusxada tuziladi. Birinchi nusxasi — jarima solingan shaxsga, ikkinchi nusxasi — tashkilotga, agar jarima tashkilot rahbariga solingan bo‘lsa — unga mutasaddilik qiladigan yuqori tashkilotga beriladi. Uchinchi nusxasi Davlat mehnat huquq inspektorida qoladi.
Jarimaning to‘lanishi taqdimnomani va (yoki) yozma ko‘rsatmani bajarish majburiyatini yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirishdan ozod qilmaydi.
Qarorning bajarilishi to‘g‘risida Davlat mehnat huquq inspeksiyasiga xabar beriladi.
Jarima solinishi vaqtida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlar, shu jumladan jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan shikoyat berish (e’tiroz bildirish), shikoyatni (e’tirozni) ko‘rib chiqish, qaror ijrosini vaqtincha to‘xtatib turish, qarorni bajarish tartibi va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida belgilangan tartibda tartibga solinadi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni va Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 29-iyuldagi 378-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 29-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 16-fevraldagi 58-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 4-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qaroriga ilovaning 6-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 27-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomga va Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida” 1999-yil 8-fevraldagi 60-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 11-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2001-yil 6-apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 4-son, 21-modda).
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 6-apreldagi PQ–616-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2007-yil 8-maydagi 95-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 5-son, 25-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 8-son, 61-modda; 2011-y., 1-2-son, 4-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda)