1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.05.00 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish (shuningdek, 08.01.06.00ga qarang) / 03.08.05.03 Davlat mulki obyektlarini sotish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat aktivlarini sotishda va ijaraga berishda elektron savdolarni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 22-martdagi 209-son qaroriga muvofiq, davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizmlari va tartibotlari samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat mulki obyektlariga doir bitimlarni sodir etishda ommaviylik va shaffofligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov, va Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 16-iyun,
454-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-iyundagi 454-son qaroriga ILOVA
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom elektron shaklda oʻtkaziladigan auksionlar va tanlovlar vositasida masʼuliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) davlat ulushlarini, davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish hamda davlat mulkini nodavlat yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berish uchun materiallar tayyorlash tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomning amal qilishi quyidagi holatlarda yuzaga keladigan munosabatlarga:
a) davlat mulki obyektlarini:
sudning qarori asosida sotishda;
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari hududlarida joylashgan davlat mulki obyektlarini sotishda;
Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat komissiyasi) qarori asosida, agar uning qarorida boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa;
(2-band “a” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida sotishda, agar ushbu qarorlarda boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa;
(2-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari hududida joylashgan davlat mol-mulkini ijaraga berishda;
koʻchar mulkni ijaraga berishda;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida ijaraga berishda, agar ushbu qarorlarda boshqacha holat nazarda tutilgan boʻlmasa, tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomning maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ijarachi — davlat mulkining ijara shartnomasini ushbu Nizomda belgilangan shartlar asosida va tartibda tuzgan nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs;
ijaraga beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
balansda saqlovchi — sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyekti biriktirilgan yuridik shaxs;
davlat mulki — davlat korxonalari va budjet tashkilotlariga biriktirilgan mol-mulk, shuningdek, ommaviy mulkni tasarruf etuvchi yoxud vakolatli davlat organi tomonidan yuridik shaxslarga tasarruf etish huquqisiz (davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bilan sotish hollari bundan mustasno) berilgan yuridik shaxslarning mol-mulki (shu jumladan, texnoparklar hududidagi davlat mulki);
investitsiya majburiyatlari — pul bilan baholanadigan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan davlat mulki obyektini sotishda davlat mulki obyektiga investitsiyalarni amalga oshirish boʻyicha xaridor tomonidan qabul qilinadigan majburiyatlar;
tanlov hujjatlari — davlat mulki obyektining texnik tartiboti, tijorat, tashkiliy va boshqa xususiyatlari haqida hamda tanlovning shartlari va tartiboti haqida boshlangʻich maʼlumotni oʻz ichiga olgan, “E-auksion” elektron savdo platformasida sotuvchi tomonidan belgilanadigan tanlovni oʻtkazish qoidalari, tanlov taklifining shakllaridan iborat boʻlgan hujjatlar toʻplami;
tanlov taklifi — tanlov hujjatlarida belgilanadigan shartlarda shartnomani tuzish taklifi;
boshlangʻich narx — davlat mulki obyektini savdolarga qoʻyishda sotuvchi tomonidan qoʻyilgan narx;
davlat mulki obyektlari — davlatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan koʻchmas mulk, mulkiy huquqlar va davlat ulushlari;
operator — “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlarni (tanlovlarni) tashkil etish va oʻtkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” aksiyadorlik jamiyati;
(3-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
gʻolib — davlat mulki obyekti uchun eng yuqori narxni taklif etgan yoki uning tanlov taklifi tanlovning shartlariga eng yuqori darajada mos boʻlgan savdolar ishtirokchisi;
xaridor — sotuvchi bilan davlat mulki obyektining oldi-sotdi shartnomasini (keyingi oʻrinlarda — oldi-sotdi shartnomasi) tuzgan savdolar gʻolibi;
sotuvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) yoki uning hududiy boshqarmasi;
ijtimoiy majburiyatlar — davlat mulki obyektini sotishda xaridor tomonidan qabul qilinadigan, pul bahosiga ega boʻlmagan va qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan shakllarda amalga oshiriladigan majburiyatlar;
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) — elektron onlayn-auksionlar va tanlovlarni tashkil etish va oʻtkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksionlar va tanlovlar jarayonlariga bevosita kirish va ishtirok etish imkonini taʼminlaydigan axborot tizimi;
tanlov shartlari — tanlovni oʻtkazish tartibi, davlat mulki obyektlarining soni va oʻlchamlari, ular boʻyicha majburiyatlar, ishtirokchilarga qoʻyiladigan investitsion va ijtimoiy majburiyatlar hamda talablar yuzasidan sotuvchi tomonidan belgilanadigan shartlar;
elektron onlayn-auksion (keyingi oʻrinlarda — auksion) — xaridorni (ijarachini) musobaqa asosida aniqlash boʻyicha platformada oʻtkaziladigan savdolar shakli, bunda davlat mulki obyektining oldi-sotdi (ijara) shartnomasini tuzish huquqiga ommaviy tarzda eng katta narxni taklif etgan ishtirokchi ega boʻladi;
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan axborot. Elektron hujjat bitimni amalga oshirishning isboti sifatida qoʻllanishi mumkin;
elektron tanlov (keyingi oʻrinlarda — tanlov) — platformada ishtirokchilar tomonidan tanlov hujjatlarining mezonlari va shartlariga muvofiq taqdim etilgan eng yaxshi takliflarni tanlash yoʻli bilan xaridorni aniqlash boʻyicha savdolarning shakli.
4. Balansda saqlovchi savdolarda sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyektidan foydalanish imkonini va uning xaridorga (ijarachiga) oʻtish paytigacha saqlanishini taʼminlaydi va u haqdagi maʼlumotning haqqoniyligi uchun javob beradi.
5. Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish uchun materiallar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha tayyorlanadi.
6. Operator savdolarni oʻtkazish qoidalari va reglamentini belgilaydi va uning barcha manfaatdor shaxslarning tanishib chiqishi uchun, shu jumladan, platformada tanishish uchun doimiy ochiqligini taʼminlashi shart.
7. Boshlangʻich narx sotib olish qiymati boʻyicha — davlat mulki obyekti (ulushi) qiymatini baholash toʻgʻrisida baholash tashkilotining hisobotida va baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish natijalari haqidagi ekspert xulosasida belgilangan miqdorda belgilanadi.
Bunda quyidagi holatlarda baholash hisobotlari haqqoniyligini majburiy ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi:
davlat mulki obyekti (ulushi) baholash xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalarining Oʻzbekistonda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan shuʼba korxonalari tomonidan amalga oshirilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 67-moddasi.
davlat mulki obyekti (ulushi) “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolariga chiqarilganda.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 100-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son)
2-bob. Savdolarni tashkil etish uchun materiallar tayyorlash va buyurtma yuborish
8. Savdolarni oʻtkazish uchun sotuvchi (ijaraga beruvchi):
operator bilan platformada savdolarni oʻtkazish boʻyicha elektron xizmatlar koʻrsatilishi yuzasidan shartnoma tuzadi;
sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyektlari toʻgʻrisidagi axborotni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qiladi;
operatorga buyurtma va unga ilova qilinadigan elektron hujjatlarning namunalari yuborilishini taʼminlaydi;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.
9. Operator sotuvchi yoki ijaraga beruvchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron xizmatlarni koʻrsatadi.
10. Savdolarni oʻtkazishga tayyorgarlik sotuvchining (ijaraga beruvchining) ichki tartibotlariga va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomani eʼlon qilishdan oldin sotuvchi (ijaraga beruvchi) har bir sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat mulki obyekti boʻyicha operatorga yuboriladigan buyurtmaga quyidagilarni ilova qiladi:
a) sotish (ijara) obyekti yuzasidan maʼlumot, ushbu Nizomga 2 — 4-ilovalarga muvofiq;
b) sotish (ijara) obyektining balansda saqlovchisi haqidagi maʼlumot (pochta va elektron manzil, telefon, faks);
v) ijaraga beriladigan binolar va inshootlar boʻyicha ijara haqini hisoblash (ijara haqining tayanch stavkasi);
g) mavjud yuklatilgan majburiyatlar toʻgʻrisidagi maʼlumot;
d) sotish obyekti (ulush) boʻyicha:
belgilangan tartibda sotuvchi tomonidan savdoga chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqning skaner qilingan nusxasi;
sotiladigan davlat mulki obyektini baholash hisoboti — sotib olish qiymati evaziga sotishda;
davlat ulushini sotishda:
xatlov komissiyasining aʼzolari va rahbari tomonidan imzolangan jamiyatning mol-mulk xatlovi va moliyaviy majburiyatlari dalolatnomalari;
jamiyat ijroiya organining birinchi rahbari tomonidan imzolangan va jamiyat muhri bilan tasdiqlangan oxirgi yil uchun moliyaviy hisobotlarning nusxalari;
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona;
davlat koʻchmas mulk obyektini sotishda:
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona;
xususiylashtirish boʻyicha komissiyaning aʼzolari va rahbari tomonidan imzolangan xatlov dalolatnomalari — xarid qiymatida sotilgan taqdirda;
davlat koʻchmas mulk obyektining kadastr hujjatlari, shu jumladan, kadastr xaritasi (rejasi) va boshqa huquqlarni belgilovchi hujjatlarning nusxalari (mavjud boʻlganda);
yer uchastkasiga (yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslarga — mavjud boʻlganda) boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
e) faoliyatning ixtisosligini saqlab qolish zarurligi haqida koʻrsatma;
j) faoliyatning ixtisosligi saqlanishi muddati (agar uning saqlanishi nazarda tutilgan boʻlsa);
z) sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektini tasarruf etish huquqiga taʼsir etadigan mavjud yuklangan majburiyatlar yoki cheklashlar toʻgʻrisida maʼlumot;
i) madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish boʻyicha organning xulosasi (zarur boʻlganda);
k) ijaraga beriladigan binolar va inshootlar boʻyicha:
balansda saqlovchi xatining skaner qilingan nusxasi;
ikki tomonlama imzolanadigan elektron shartnoma;
obyektning binolari va inshootlarining fotosuratlari, kamida 4 dona.
Sotuvchining (ijaraga beruvchining) qaroriga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq platformadagi axborot bazasiga qoʻshimcha maʼlumot kiritilishi mumkin.
12. Sotish (ijaraga berish) obyektini platformada realizatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom.
13. Sotiladigan davlat mulki obyektini kamida bir yil ijaraga oluvchi ijarachi arizaga Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining tegishli xizmatlari asosiy fondlarni modernizatsiyalash va kapital taʼmirlash amalga oshirilganligi haqidagi ekspertizasi xulosalarini, bandlik va mehnat munosabatlari organining sotiladigan davlat mulki obyektini ijaraga berish davrida yaratilgan yangi ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotnomasining elektron (skaner qilingan) nusxalarini ilova qiladi.
14. Obyektning oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish operator tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilgan kundan boshlab oʻn ish kun ichida:
davlat mulkini ijaraga berish elektron shaklda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yoʻli orqali;
davlat mulki obyektlarini auksion yoki tanlovda sotishda elektron shaklda amalga oshiriladi.
(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Sotuvchi (ijaraga beruvchi) auksion yoki tanlov obyektini auksion yoki tanlov gʻolibiga zarar yetkazilmagan holda topshirishi shart.
15. Savdolar yakunlari ular boʻyicha bekor qilingan yoxud oldi-sotdi shartnomalari bekor qilingan yoki haqiqiy emas deb hisoblangan davlat mulki obyektlarining savdolarga qoʻyilishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
davlat mulki obyektlarini davlat mulki obyektining boshlangʻich narxi boʻyicha sotib olish qiymati evaziga sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb eʼtirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat ikki yildan oshmasa;
bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi qoʻllanganda, davlat mulki obyektlarini davlat mulki obyektining oxirgi savdolarga qoʻyilishi sanasiga kelib uning shakllantirilgan narxi boʻyicha sotib olish qiymati evaziga sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki ularni savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb eʼtirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat bir yildan oshmasa;
ijaraga beriladigan davlat mulki obyektining ijara haqi tayanch stavkasining yillik miqdori boʻyicha ijaraga berishda — agar savdolar natijalari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb eʼtirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat joriy yil uchun oxirgi tasdiqlangan eng kam ijara stavkasidan boshlab bir yildan oshmasa;
davlat mulki obyektlarini Davlat komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining qarorida belgilangan tartibda tanlov savdolari orqali sotishda — agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb tan olish sanasi oʻrtasidagi muddat ikki yildan oshmasa amalga oshiriladi.
(15-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-apreldagi 139-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son)
16. Agar savdolar yakunlari bekor qilingan sanadan boshlab yoki savdolarga qoʻyish sanasi va shartnomalarni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb eʼtirof etish sanasi oʻrtasidagi muddat ikki yildan oshgan boʻlsa, davlat mulki obyekti takroriy baholanishi va belgilangan tartibda savdolarga qoʻyilishi zarur.
3-bob. Nazorat qilish va savdolarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etuvchi shaxslarning javobgarligi
17. Ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi boʻyicha nazorat Agentlik arbitraj komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
18. Operator sotuvchi bilan davlat koʻchmas mulk obyektlarini sotish boʻyicha xizmat koʻrsatish yuzasidan tuzilgan shartnoma shartlarining bajarilishi, savdolarning ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligini taʼminlash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 462-moddasi.
19. Balansda saqlovchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq:
sotiladigan (ijaraga beriladigan) davlat koʻchmas mulk obyektlarining yangi mulkdorga topshirilish paytigacha saqlanishini taʼminlash, ularni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini oʻz vaqtida rasmiylashtirish;
ushbu Nizomga muvofiq taqdim etiladigan maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javob beradi.
20. Savdolarni tashkil etish va oʻtkazishda ishtirok etuvchi shaxslar talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning saqlanishi va maxfiyligi taʼminlanishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 462-moddasi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
21. Davlat mulki obyektlarini sotishda yoki ijaraga berishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Baholash tashkilotining obyekt qiymatini baholash hisobotida hamda baholash toʻgʻrisidagi hisobotining ishonchliligi ekspertizasini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida ekspert xulosasida aniqlangan miqdorda obyektlarni sotish toʻgʻrisida buyruq chiqarish.
Bunda, davlat mulki obyekti (ulushi) baholash xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalarining Oʻzbekistonda belgilangan tartibda faoliyat yuritayotgan shuʼba korxonalari tomonidan amalga oshirilganda;
davlat mulki obyekti (ulushi) “E-auksion” elektron savdo platformasida auksion savdolariga chiqarilganda ularni baholash toʻgʻrisidagi hisobotning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish talab etilmaydi.
Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish toʻgʻrisida hujjatlar toʻplamini ijobiy koʻrib chiqishdan keyin 3 ish kun ichida
Obyektlarni sotish holatlarida, investitsion majburiyatlar minimal qiymati miqdori Davlat komissiyasi yoki hududiy tanlov komissiyasining qarori bilan belgilanadi.
Obyektni ijaraga berish holatlarida, tayanch stavkasi belgilangan tartibda aniqlanadi.
Obyektni ijaraga beruvchi va balansda saqlovchi tomonidan imzolangan xatlovdan oʻtkazish dalolatnomasi asosida 5 kun ichida
2-bosqich
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari
Operator bilan savdolarni tashkil etish xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan shartnomani tuzish.
Xizmat koʻrsatish shartnomasida koʻrsatilgan muddatlarda
Agentlik, uning hududiy boshqarmalari, savdolar operatori
OAV da va Agentlik veb-saytida elektron savdolarni oʻtkazish (auksion yoki tanlov) toʻgʻrisida eʼlonni joylashtirish, sotish (ijaraga berish) uchun taklif etilgan obyektlar toʻgʻrisida maʼlumotni oshkor etish.
Obyektlarni sotish holatida — elektron savdolar, auksion (tanlov) oʻtkazilishidan kamida 30 kun oldin
Obyektlarni ijaraga berish holatida — elektron savdolar, auksion oʻtkazilishidan kamida 15 kun oldin
Savdolar operatori
Savdolar tashkilotchisi tomonidan elektron savdolarda ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilish.
Savdolarni oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlonda koʻrsatilgan muddatlarda.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Sotiladigan davlat ulushi toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r
Koʻrsatkich
Haqiqiy qiymati
1.
Jamiyat nomi
2.
Jamiyat STIR
3.
Jamiyat manzili
4.
Ustav kapitali (mln.soʻm)
5.
Jamiyatning ustav fondidagi davlat ulushi (%)
6.
Jamiyatning ustav fondidagi sotiladigan davlat ulushi (%)
7.
Sotiladigan ulushning narxi (ming soʻm)
8.
Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga)
9.
Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)
9.1.
shu jumladan, qurilishi tugallanmagan
10.
Asosiy fondlarning balans qiymati (mln soʻm)
11.
Asosiy fondlarning eskirishi (%)
12.
Aylanma aktivlar (mln soʻm)
13.
Debitorlik qarzdorligi (mln soʻm)
14.
Kreditorlik qarzdorligi (mln soʻm)
15.
Sof foyda (zarar) (+/- mln soʻm)
16.
Ishchilarning oʻrtacha yillik soni (kishi)
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Sotiladigan koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r
Koʻrsatkich
Haqiqiy qiymati
1.
Nomi
2.
Joylashuvi
3.
Balansda saqlovchining nomi
4.
Yer uchastkasining egallagan umumiy maydoni (ga)
5.
Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)
6.
Qurilgan yili
7.
Asosiy faoliyat turi
8.
Kommunikatsiyalar bilan taʼminlanganligi
8.1.
Suv
8.2.
Gaz
8.3.
Elektr energiyasi
8.4.
Kanalizatsiya tarmogʻi
9.
Sotiladigan obyektning narxi (ming soʻm)
Davlat mulki obyektlarini sotish va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish uchun materiallar tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ijaraga beriladigan davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r
Koʻrsatkich
Haqiqiy qiymati
1.
Nomi
2.
Joylashuvi
3.
Balansda saqlovchining nomi
4.
Binolar va inshootlarning egallagan umumiy maydoni (kv.m)
5.
Ijaraga beriladigan obyektning maydoni (kv.m)
6.
Qurilgan yili
7.
Asosiy faoliyat turi
8.
Kommunikatsiyalar bilan taʼminlanganligi
8.1.
Suv
8.2.
Gaz
8.3.
Elektr energiyasi
8.4.
Kanalizatsiya tarmogʻi
9.
Ijara haqining tayanch stavkasi
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2018-y., 09/18/454/1360-son, 12.10.2018-y., 06/18/5552/2038-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.01.2022-y., 09/22/18/0019-son; 10.03.2023-y., 09/23/100/0134-son; 04.04.2023-y., 09/23/139/0190-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)