1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Moliyalashtirish manbalari |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Oliy va oʻrta maxsus tibbiyot va farmatsevtika taʼlimini takomillashtirish | |||||
|
1. |
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab oliy va oʻrta maxsus tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarida bosqichma-bosqich kredit-modulli oʻqitish tizimiga asoslangan oʻquv jarayonini tashkil etish. Ilgʻor xalqaro tendensiyalar hamda mahalliy tibbiyot va farmatsevtika taʼlimining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarida kredit-modulli oʻqitish tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
— |
2020-yil 1-fevral |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov) |
|
2. |
Tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim muassasalarida yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda oʻqitish rus va ingliz tillarida olib boriladigan xalqaro fakultetlar tashkil etish, jumladan: 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent pediatriya tibbiyot institutida, Toshkent davlat stomatologiya institutida, Toshkent farmatsevtika institutida, Andijon, Samarqand va Buxoro davlat tibbiyot institutlarida; 2020/2021 oʻquv yildan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida. |
Xorijiy OTMlari bilan bitimlar, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi |
Tegishli OTMlarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
2019-yil 1-sentabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
|
3. |
Quyidagilar orqali tibbiyot va taʼlim sohasidagi mahalliy va yetakchi xorijiy muassasalar oʻrtasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirish: respublikadagi oʻqituvchilar, ilmiy va tibbiy xodimlarning yetakchi xorijiy tibbiyot va taʼlim muassasalarida malaka oshirishi va stajirovkalarini tashkil etish; taʼlim, mahorat darslari va tajriba almashish uchun xorijiy olimlar, oʻqituvchilar, mutaxassislarni taklif etish; xalqaro konferensiya va seminarlarni tashkil etish, qoʻshma xalqaro ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish. |
Ijrochilarning chora-tadbirlar kompleksi, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻi |
Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari, homiylar va XMI mablagʻlari, tibbiyot OTMlarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
Doimiy asosda |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Tashqi ishlar vazirligi (Komilov) |
|
4. |
2019 — 2022-yillarda bosqichma-bosqich tibbiyot o?iy taʼlim muassasalari va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash sifatini oshirish maqsadida amaliy koʻnikmalarga oʻrgatish uchun oʻquv-simulyatsion markazlar tashkil etish. |
Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar |
XMI va homiylarning mablagʻlari, muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturlari doirasidagi markazlashtirilgan mablagʻlar |
2019 — 2022-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzakov) |
|
5. |
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida anatomik morglar, oʻquv-biologik laboratoriya (vivariy)lar va ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini tashkil etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar |
Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida |
2019-yil 1-sentabr
|
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Moliya vazirligi (Ashrafxanov) |
|
6. |
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari klinikalari, tibbiyot va farmatsevtika oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari klinik va oʻquv bazalarining quvvatlaridan taʼlim jarayonida imkon qadar foydalangan holda, taʼlim, fan va amaliyotning chuqur integratsiyasini taʼminlash orqali ularning faoliyatini takomillashtirish. Quyidagilarni tasdiqlash: sogʻliqni saqlash muassasalari orasidan oʻquv klinik amaliyotni oʻtash uchun tibbiyot oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari klinik bazalari roʻyxatini; tibbiyot va farmatsevtika oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquv va oʻquv-ishlab chiqarish bazalari roʻyxatini. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining tegishli kafedralari SanQvaMning oʻquv auditoriyalarga qoʻyiladigan talablarini inobatga olgan holda OTM huzuridagi klinikalar, shuningdek, tasdiqlangan klinik va oʻquv bazalarida joylashtirilishini taʼminlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida |
2019-yil 15-noyabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
7. |
Tibbiyot va farmatsevtika OTMlarida taʼlim jarayonini tashkil qilish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish. Quyidagilarni: bitiruvchilarining malaka tavsifnomalari, kompetensiyalari, tibbiyot va farmatsevtika oliy, oʻrta maxsus taʼlimining yangilangan oʻquv reja va oʻquv dasturlarini; tibbiyot va farmatsevtika taʼlimining oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda tibbiyot va farmatsevtika OTMlari professor-oʻqituvchilari vaqt meʼyorlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
— |
2019-yil 1-avgust |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
8. |
Tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarining oʻquvchilari uchun, shu jumladan bakalavriat, magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) dasturlari boʻyicha ishlab chiqarish amaliyotini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda quyidagilarni nazarda tutish: tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarining davlat va xususiy tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari bilan integratsiyasini; respublika tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalari oʻrtasida talabalarning akademik almashinuvini; oʻquv yili semestrlari davomida amaliyotni oʻtash (yozgi va qishki ishlab chiqarish amaliyoti); egallangan bilim va koʻnikmalar sifatini oʻquv yili yakunlangunga qadar nazorat qilish, bunda natijalarni kursdan-kursga oʻtkazishda inobatga olish; amaliyot imtihoni va oʻquv amaliyotini (sifat va son jihatidan) nazorat qilish shaklida amaliy bilimlar nazoratini joriy etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
— |
2019-yil 1-noyabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
9. |
Quyidagilarni: tibbiyot muassasalarida kursdan-kursga koʻchirishda asosiy sinov sifatida integratsiyalashgan klinik va klinik-oldi imtihonlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom; davlat attestatsiya komissiyasi tarkibiga buyurtmachi-tashkilotlardan ekspertlarni keng jalb etish orqali davlat imtihonlarini dastlabki akkreditatsiya bilan oʻtkazishning mustaqil, shaffof va adolatli mexanizmini nazarda tutuvchi bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarini davlat imtihonidan dastlabki akkreditatsiya bilan oʻtkazishning yangilangan tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
— |
2019-yil 10-dekabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
10. |
Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining klinik bazasini 1-sonli Respublika klinik shifoxonasida joylashtirish. Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali va Toshkent tibbiyot akademiyasining Fargʻona filiali klinik bazalarini tegishli viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida joylashtirish. |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida |
2019-yil 1-noyabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
11. |
Oliy va oʻrta maxsus tibbiyot hamda farmatsevtika taʼlim muassasalarida tahsil oluvchilar va bitiruvchilar uchun buyuk tabiblar Gippokrat va Ibn Sinolarning davolash anʼanalarini inobatga olgan holda “Oʻzbekiston Respublikasi shifokorining qasamyodi”ni yagona shaklda broshyura koʻrinishida tayyorlash va eʼlon qilish hamda seriyali nashr etish. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
Muassasalarning budjetdan tashqari mablagʻlari |
2019-yil 1-avgust |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
12. |
Sogʻliqni saqlash sohasida yetakchi mahalliy va xorijiy olim va mutaxassislarni jalb etgan holda sogʻliqni saqlash va farmatsevt kadrlarni tayyorlash va uzluksiz professional taʼlimni tashkil etishni yoritish boʻyicha mavzuga oid telekoʻrsatuvlar tayyorlash. |
Ijrochilarning chora-tadbirlar komp�e??i |
— |
2019-yil 1-sentabr |
MTRK (Xodjayev), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
13. |
Tibbiyot OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, tibbiyot kollejlarining oʻqituvchilari, ilmiy izlanuvchilari, shuningdek, tibbiyot xodimlari uchun “Tibbiy taʼlim va fan” ilmiy-amaliy maʼrifiy jurnalini, shu jumladan uning elektron shaklini tashkil etish, unda quyidagilarni chop etishni taʼminlash: tibbiyot taʼlim, fan, amaliyot va innovatsiyalar sohasidagi ijobiy xalqaro tajribasini, tibbiyot va ilmiy xodimlarning xorijda malaka oshirish yakunlarini; keyinchalik ularni amaliy sogʻliqni saqlashga tatbiq etgan holda tibbiyotning zamonaviy tendensiyalari, xalqaro tavsiyalar, protokollar, standartlar haqida maʼlumotlar, profilaktikadagi yangiliklarni, kasalliklarni diagnostika qilish va davolash, tibbiy buyumlar va uskunalar, farmatsevtika preparatlarini yaratishning ilgʻor texnologiyalari toʻgʻrisida maʼlumotlarni. |
Tashkiliy-amaliy choralar |
Jurnalni sotishdan tushadigan budjetdan tashqari mablagʻlar |
2019-yil 1-dekabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
14. |
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab: tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining yetakchi mutaxassislari va olimlari tomonidan tibbiyot va farmatsiyaning ilgʻor texnologiyalari mavzulariga bagʻishlangan maʼruzalar siklini oʻqish hamda mahorat darslarini muntazam ravishda oʻtkazish; respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining klinik amaliyotchi mutaxassislari va tibbiyot OTMlarining klinik fanlar boʻyicha professor-oʻqituvchilarini tibbiy-biologik kafedralar faoliyati xususiyati, anatomik morglar, oʻquv-biologik laboratoriya(vivariy)lar va h.k.da klinikagacha boʻlgan fanlarni oʻqitish jarayoniga jalb etish orqali klinik va klinikagacha boʻlgan fanlarning vertikal integratsiyasi tartibini joriy etish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
Muassasalarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida |
2019-yil 1-sentabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
15. |
Tibbiyot va farmatsevtika OTMlarini quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash mexanizmini takomillashtirish: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi oʻquv adabiyotlarini tasdiqlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashni tashkil etish; xorijning yetakchi tibbiyot va farmatsevtika taʼlim muassasalarining tavsiya etiladigan oʻquv adabiyotlari roʻyxatini tuzish, shuningdek, ulardan foydalanish amaliyotini kengaytirish; tibbiyot va farmatsevtika taʼlim tizimi uchun zamonaviy shakl va koʻrinishdagi, shu jumladan elektron formatdagi oʻquv adabiyotlarini yaratish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
Ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida |
2019-2020-yillar |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
II. Tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish | |||||
|
16. |
Tibbiyot va farmatsevtika kadrlari uchun taʼlimning kredit-modulli tizimiga asoslangan va muammolarga yoʻnaltirilgan modulli oʻquv dasturlari, seminarlar, konferensiyalar, vebinarlar, mahorat darslari, simulyatsion treninglar va xalqaro standartlarga muvofiq boshqa oʻqitish kurslari negizida har yili malaka oshirishni koʻzda tutuvchi uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
— |
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
17. |
Tibbiyot va farmatsevtika kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitta oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha yillik soni normativlarini tibbiyot va farmatsevtika oliy taʼlim muassasalari talabalari sonining bakalavriat taʼlimi tegishli yoʻnalishlari boʻyicha bitta oʻqituvchiga toʻgʻri keladigan nisbat normativlaridan 25 foiz past miqdorda belgilash. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, pullik kurslarda oʻqitishdan kelib tushadigan mablagʻlar |
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
III. Tibbiyot fanini takomillashtirish | |||||
|
18. |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining saytida sogʻliqni saqlash sohasidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha tibbiyot fanining yutuqlariga bagʻishlangan boʻlimni yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
— |
2019-yil 1-avgust |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
19. |
Tibbiyot ilmiy muassasalari va OTMlari ilmiy xodimlari va oʻqituvchilari uchun jahon ilmiy-texnik maʼlumotlarning xorijiy elektron axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini taʼminlash. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
XMI va homiylarning mablagʻlari, tibbiyot OTMlarining budjetdan tashqari mablagʻlari |
2019-yil 1-iyul |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Madjidov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
20. |
Amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatini quyidagilar orqali oshirish: ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro standartlarga rioya etish va ularning natijalarini manbalar keltiriladigan Scopus, Web of Science, Thomson Reuters va boshqa tizimlarga kiruvchi xalqaro ilmiy jurnallarda eʼlon qilish; tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi mahalliy ilmiy jurnallarning Scopus, Web of Science, Thomson Reuters xalqaro maʼlumotlar bazasi nashrlariga kirishi uchun sharoitlar yaratish. |
Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
— |
Doimiy asosda |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov) |
|
21. |
Jamoatchilik asosida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning filiallarida, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda tibbiyot va farmatsevtika OTMlarida yosh olimlar jamiyatini tashkil etish. Talabalar ilmiy toʻgaraklari tarmogʻi ishini takomillashtirish, yosh olimlar konferensiyalari va tanlovlarini oʻtkazish. |
Ijrochilarning tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
— |
2019-yil 15-iyun |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
IV. Sogʻliqni saqlashning kadrlar resursini rivojlantirish tizimini takomillashtirish | |||||
|
22. |
Rejalashtirishni takomillashtirish va kadrlar resursidan foydalanish maqsadida doimiy yangilab boriladigan sogʻliqni saqlash kadrlarining elektron reyestrini tuzish va uning mexanizmini joriy etish. Sogʻliqni saqlash tizimini kadrlar bilan taʼminlanganligi hisobini yuritish va monitoring qilish boʻyicha axborot tizimini yaratish. |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi, axborot tizimini yaratish |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari |
2019-yil 1-iyun
1-dekabr |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov) |
|
23. |
Sifatni boshqarishning zamonaviy prinsiplari va standartlari, keng qamrovli kasb-hunar bilimlari va kadrlarni boshqarish koʻnikmalariga (yuridik, iqtisodiy, psixologik, ijtimoiy va boshqalar) asoslangan sogʻliqni saqlashning boshqaruv kadrlari va tibbiyot tashkilotlarining mutaxassislarini tayyorlashni takomillashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar kompleksi |
— |
Doimiy asosda |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov) |
|
24. |
Xalqaro tajriba va standartlarni hisobga olgan holda ish bilan taʼminlashning zamonaviy, shaffof va adolatli mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, mansab pogʻonalarida kafolatlangan oʻsish, rotatsiya mexanizmini obyektiv qoʻllash, tibbiyot va farmatsevtika kadrlarining faoliyatini tashqi va ichki baholash. |
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi |
— |
2019-yil 1-avgust |
Sogʻliqni saqlash vazirligi (Shadmanov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (Kudbiyev) |
2-ILOVA
|
T/r |
Indikatorlar |
2019-yil |
2021-yil |
2025-yil |
|
I. Taʼlim muassasasi kadrlar tarkibining sifatini baholash | ||||
|
1. |
Ilmiy salohiyat indikatori (professor-oʻqituvchilarning shtat soniga nisbatan fan doktorlari va nomzodlari, shu jumladan, professor va dotsentlar ulushi) |
40 % |
45 % |
55 % |
|
2. |
Chet elda stajirovka oʻtash indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan dunyoning yetakchi gospitallarida klinik stajirovka oʻtagan professor-oʻqituvchilar ulushi) |
10 % |
15 % |
20 % |
|
3. |
Yosh mutaxassislarni tayyorlash indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan magistrlar, klinik ordinatorlar (rezidentlar) va ilmiy xodimlar ulushi) |
25 % |
30 % |
70 % |
|
4. |
Uzluksiz kasbiy taʼlim tizimida malaka oshirish indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan malaka oshirish kurslarini oʻtagan xodimlar ulushi) |
32 % |
45 % |
80 % |
|
5. |
Xalqaro konferensiyalar, forumlar va boshqa shunga oʻxshash tadbirlarda qatnashish indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan qatnashgan professor-oʻqituvchilar ulushi) |
25 % |
30 % |
70 % |
|
6. |
Nufuzlilik indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan davlat mukofotlari bilan taqdirlanganlar ulushi) |
4 % |
7 % |
15 % |
|
7. |
Chet tillarini oʻrtachadan kam boʻlmagan darajada bilish indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan ingliz va boshqa xorijiy tillarni egallagan xodimlar ulushi) |
25 % |
30 % |
50 % |
|
8. |
Informatsion texnologiyalarni egallash indikatori (professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan informatsion texnologiyalarni egallagan professor-oʻqituvchilar ulushi) |
40 % |
45 % |
70 % |
|
II. Taʼlim muassasasining jihozlanganlik va taʼminlanganlik darajasi | ||||
|
9. |
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining oʻz klinikalaridagi oʻquv xonalari (SanQvaMning talab va meʼyorlariga javob beradigan oʻquv xonalari) |
20 % |
30 % |
90 % |
|
10. |
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining klinik bazalaridagi oʻquv xonalari (SanQvaMning talab va meʼyorlariga javob beradigan oʻquv xonalari) |
20 % |
25 % |
75 % |
|
11. |
Oʻquv vositalari bilan jihozlanganlik indikatori |
30 % |
35 % |
55 % |
|
12. |
Laboratoriya uskunalari bilan jihozlanganlik indikatori |
40 % |
45 % |
65 % |
|
13. |
Davolash-diagnostika uskunalari bilan jihozlanganlik indikatori |
35 % |
40 % |
60 % |
|
14. |
Yuqori texnologiyalar bilan jihozlanganlik indikatori (umumiy jihozlarga nisbatan oxirgi 5 yildagi yuqori texnologiyali jihozlar soni) |
15 % |
20 % |
35 % |
|
15. |
Taʼlim muassasalarining simulyatsion markazlar bilan taʼminlanganlik indikatori |
45 % |
50 % |
70 % |
|
16. |
Taʼlim muassasalarining tajriba-biologik laboratoriya (vivariy)lar bilan taʼminlanganlik indikatori |
30 % |
35 % |
70 % |
|
17. |
Taʼlim muassasalarining anatomik morglar bilan taʼminlanganlik indikatori |
— |
65 % |
80 % |
|
18. |
Taʼlim muassasalarida kompyuterlashtirish koʻrsatkichi (taʼlim muassasalarida oʻquvchi va professor-oʻqituvchilar soniga nisbatan tele-videotexnika, kompyuterlarning sonidan foiz nisbatida) |
45 % |
50 % |
70 % |
|
19. |
Taʼlim muassasalarini axborotlashtirish koʻrsatkichi (har bir professor-oʻqituvchi hisobidan umumiy hujjatlarni yuritishga nisbatan hujjatlar aylanmasini elektronlashtirish ulushi) |
15 % |
20 % |
60 % |
|
20. |
Taʼlim resurslari indikatori (oʻquv, ilmiy, davolash-diagnostika jarayonlarida taʼlim portali, veb-sayt, elektron pochta, kutubxona resurslari, mediatekalar, interaktiv oʻquv qoʻllanmalarining mavjudligi) |
55 % |
60 % |
80 % |
|
21. |
Xalqaro standartlarga muvofiq akkreditatsiyalangan taʼlim dasturlari foizi |
5 % |
10 % |
30 % |
|
22. |
Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda isloh qilingan oliy tibbiy va farmatsevtika taʼlimi dasturlarining foizi |
40 % |
50 % |
80 % |
|
23. |
Xalqaro standartlarni hisobga olgan holda isloh qilingan tibbiyot va farmatsevtika kadrlarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturlarining foizi |
40 % |
50 % |
80 % |
|
III. Taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot salohiyati | ||||
|
24. |
Ilmiy tadqiqotlarning natijadorligi koʻrsatkichi (taʼlim muassasasining professor-oʻqituvchilarning umumiy soniga nisbatan ilmiy natijalarga erishgan — ixtirolar, ratsionalizatorlik takliflari va boshqa ishlarni tatbiq etishga patentlarning professor-oʻqituvchilar soniga nisbati |
15 % |
20 % |
35 % |
|
25. |
Nashr indikatori (oxirgi 5 yilda respublika va chet elda taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilarning bir shtat soniga nisbatan ilmiy maqolalar soni) |
30 % |
35 % |
55 % |
|
26. |
Nashrlarga havola qilish indikatori (taʼlim muassasalarining nashr qilingan umumiy soniga nisbatan taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari nashr qilgan ilmiy ishlariga boshqa mualliflarning havola qilishulushi) |
15 % |
20 % |
40 % |
|
27. |
Taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining xalqaro hamkorlik indikatori (taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilarining umumiy soniga nisbatan xalqaro darajadagi dasturlarni amalga oshirishda qatnashuvchi professor-oʻqituvchilar soni) |
15 % |
20 % |
25 % |
|
IV. Taʼlim muassasasida oʻquvchilar, bakalavriat va magistratura talabalari, klinik ordinator (rezident)larni sifatini baholash | ||||
|
28. |
Tibbiyot kollejlari, klinik ordinatura (rezidentura), bakalavriat, magistratura bitiruvchilarining davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilar indikatori (taʼlim muassasasi bitiruvchilarining umumiy soniga nisbatan davlat imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan bitiruvchilar ulushi) |
80 % |
85% |
95% |
|
29. |
Birlamchi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) bitiruvchilarining indikatori (taʼlim muassasasi bitiruvchilarining umumiy soniga nisbatan birlamchi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan bitiruvchilar ulushi) |
— |
75 % |
80% |
|
30. |
Talabalar almashinuviindikatori (umumiy taʼlim oluvchilar soniga nisbatan dunyoning yetakchi shifoxonalarida klinik taʼlim olgan va stajirovka oʻtagan taʼlim oluvchilar ulushi) |
5 % |
10% |
20% |
|
31. |
Xalqaro konferensiyalar, forumlar va boshqa shunga oʻxshash tadbirlarda ishtirok etish indikatori (taʼlim oluvchilarning umumiy soniga nisbatan qatnashgan taʼlim oluvchilar ulushi) |
5 % |
10% |
20% |
|
32. |
Chet tillarini oʻrtachadan kam boʻlmagan darajada bilish indikatori (taʼlim oluvchilarning umumiy soniga nisbatan ingliz va boshqa tillarni egallagan taʼlim oluvchilar ulushi) |
40 % |
45% |
55% |
|
33. |
Informatsion texnologiyalarni egallaganlik indikatori (taʼlim oluvchilarning umumiy soniga nisbatan informatsion texnologiyalarni egallagan taʼlim oluvchilar ulushi) |
45 % |
50% |
70% |
3-ILOVA
|
Taʼlim yoʻnalishlari |
Oʻqish muddati |
Bitirgandan keyingi malaka | |
|
1. |
Davolash ishi |
6 yil |
Oilaviy shifokor |
|
2. |
Kasbiy taʼlim (davolash ishi) |
6 yil |
Oilaviy shifokor-pedagog |
|
3. |
Pediatriya ishi |
6 yil |
Umumiy pediatr shifokori |
|
4. |
Harbiy tibbiyot (davolash ishi) |
6 yil |
Harbiy shifokor |
|
5. |
Tibbiy-biologiya ishi |
4 yil |
Fundamental tibbiyot mutaxassisi |
|
6. |
Tibbiy-profilaktika ishi |
5 yil |
Gigiyena-epidemiologiya shifokori |
|
7. |
Stomatologiya |
5 yil |
Umumiy stomatolog shifokori |
|
8. |
Oliy hamshiralik ishi (oʻrta maxsus kasb-hunar tibbiy taʼlim negizida) |
3 yil |
Oliy hamshiralik ishi mutaxassisi |
|
9. |
Klinik psixologiya |
5,5 yil |
Klinik psixolog — ijtimoiy xodim |
|
10. |
Farmatsiya |
5 yil |
Farmatsevt |
|
11. |
Kasbiy taʼlim (farmatsevtika ishi) |
5 yil |
Farmatsevt — pedagog |
|
12. |
Sanoat farmatsiyasi (turlari boʻyicha) |
4 yil |
Farmatsevt — texnolog |
|
13. |
Farmatsevtik biotexnologiya |
4 yil |
Farmatsevt — biotexnolog |
|
14. |
Biotibbiyot muhandisligi |
4 yil |
Biotibbiyot muhandisi |
|
15. |
Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti |
4 yil |
Farmatsevt — tahlilchi |
4-ILOVA
| Taʼlim yoʻnalishlari | Oʻqish muddati | Bitirgandan keyingi malaka | |
| 1. | Hamshiralik ishi | 2 yil | Umumiy amaliyot hamshirasi Fizioterapiya (massaj) xonasi hamshirasi |
| 2. | Stomatologiya ishi | 2 yil | Stomatolog assistenti, ortopedik stomatologiya texnigi |
| 3. | Farmatsiya | 2 yil | Farmatsevt assistenti, dori vositalari ishlab chiqarish operatori |
| 4. | Tibbiy profilaktika | 2 yil | Sanitariya shifokori yordamchisi, epidemiolog yordamchisi, tibbiy profilaktika ishi feldsheri |
| 5. | Feldsher-laboratoriya ishi | 2 yil | Tibbiy laborant, qishloq vrachlik punkti, qishloq oilaviy poliklinikasi feldsher-laboranti, funksional va nur diagnostikasi laboranti |
| 6. | Feldsherlik ishi | 2 yil | Umumiy amaliyot feldsheri, tez tibbiy yordam brigadasi feldsheri, oilaviy poliklinika feldsheri |
| 7. | Tibbiy-ijtimoiy ish | 1,5 yil | Ayollar va bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordami tashkilotchisi, yolgʻiz nogironligi boʻlgan shaxslar va qariyalarga uyda tibbiy-ijtimoiy yordam tashkilotchisi |
5-ILOVA
6-ILOVA